logo

Zarafshon vohasi bronza davri

Yuklangan vaqt:

13.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

98 KB
Mavzu: Zarafshon vohasi bronza davri
1. Zarafshon vohasi bronza davri o‘rganilishi tarixi
2. Zarafshon   vohasi   bronza   davri   asosiy   yodgorliklari   va   ular   tadqiqoti
natijalari
3. Zarafshon   vohasi   bronza   davri   jamoalari   moddiy   madaniyatining
o‘ziga xos xususiyatlari Zarafshon   vohasi   bronza   davrida.   Zamonbobo   madaniyati.   Zomonbobo
manzilgohi   yarim   er   uylarning   konstruksiyasi.   Zamonbobo   qabristoni.   Dafn
marosimlari.   Zamonbobo   madaniyati   jamoasi   xo‘jaligi   va   moddiy
madaniyati.   Kulolchilik.   Bronza   buyumlari.   Tosh   qurollari.   Xo‘jalik
xususiyatlari.   Sarazm   madaniyati   bronza   davrida.   Uy-joy   imoratlari   va
ibodatxona   inshootlari.   Hunarmandchilik   taraqqiyoti.   Sopol   buyumlar
bezaklarining murkablashib borishi. Bronza va toshdan ishlangan buyumlar.
To‘qay   yodgorligi   bronza   davri   metallurglari   manzilgohi.   Zarcha   Xalifa
mozorlari   So‘g‘d   hududlaridagi   madaniy   aloqalarning   namunasi   sifatida.
O‘rta   Osiyoning   dasht   va   tog‘   oldi   hududlarida  chorvador   va  yarim   dexqon
xo‘jaligining   shakllanishi.   Dashti   Qozi,   Mo‘minobod,   CHakka   va   boshqa
mozorlar. Kuzatuv buyumlari.
Qadimda   Sug‘diyona   deb   nomlangan   tarixiy-madaniy   o‘lka   hozirgi
Samarqand,   Navoiy,   Buxoro   va   Qashqadaryo   viloyatlarini   tashkil   etadi.   Bu   ona
zaminning   tarkib   topishi,   rivojlanishi   va   gullashida   Zarafshon   va   Qashqadaryo
daryolarining o‘rni beqiyos va benazirdir. Ana shu ikki daryo suvlari asosida juda
qadim   zamonlarda   Sug‘d   bobo   dehqonlarining   qishloqlari   va   shaharlari   qad
ko‘targan.   Zarafshonning   yuqori   va   o‘rta   havzalarida   ilk   temir   davriga   kelib,
Avesto   turlari   sekin-asta   o‘troq   hayotga   o‘ta   boshlaydilar.   Zarafshon   va
Qashqadaryo   havzalarida   o‘troqlashgan   bu   saklar   Sarazm   madaniyati   avlodlari
bilan   qorishib,   Avestoda   “Gova   Sug‘uda”deb   atalgan   tarixiy   viloyatning   o‘troq
sug‘diylar aholisini tashkil etgan. Ular yashagan vohalar esa tarixda “Sug‘diyona”
deb ataldi. SHunday qilib, so‘nggi bronza va ilk temir davrida yana bir madaniy-
xo‘jalik   markazi,   ya’ni   Sug‘diyona   viloyati   tarkib   topadi,   uning   qadimgi
dehqonchilik   xo‘jaliklari   bilan   shug‘ullangan   etnik   qatlamining   izlari   Zarafshon
vodiysining   Ko‘ktepa,   Afrosiyob,   Xo‘ja   Bo‘ston,   Qozimontepa   yodgorliklarining
quyi   qatlamlari,   Qalqan   ota   mozor   qo‘rg‘onlari,   Qashqadaryo   vohasida   Uzunqir,
Daratepa va Sangirtepa kabi yodgorliklar misolida o‘rganilgan. 
YAqingacha   Sug‘dning   bosh   shaharlari   Samarqand   va   Buxoroni   ilk   shahar
madaniyatining tarixiy ildizlari qaysi davr va qanday yodgorliklarga borib taqalishi fanda   noma’lum   edi.   SHuning   uchun   sobiq   Sovet   davri   tarixshunosligida   O‘rta
Osiyoga   ilk   shahar   madaniyati   Eron   Axomaniylar   va   Iskandar   boshliq   yunonlar
tomonidan   olib   kelingan.   Bu   zaminning   tub   joyli   aholisi   saklar   esa,   o‘tovlarda
yashab   ko‘chmanchi   chorvachilik   bilan   shug‘ullanar   edilar,   deb   tushintirilar   edi.
Ammo,   o‘tgan   asrning   70   yillaridan   boshlab,   olib   borilgan   arxeologik   izlanishlar
bunday   g‘ayriilmiy   qarashlarni   asossiz   ekanligini   yuqorida   nomlari   zikr   etilgan
qadimgi dehqonchilik madaniyati yodgorliklari misolida isbotladi. Ana shu noyob
yodgorliklarning   keng   o‘rganilgan   ob’ektlaridan   biri   Ko‘ktepa   qadimgi   shahar
xarobasidir.
YOdgorlik deyarli kvadrat shaklida bo‘lib, uning maydoni 23 gektarni tashkil
etadi. YOdgorlik toporelefiga ko‘ra, uni o‘rab olgan mudofaa devori chiziqlari va
darvoza   o‘rinlari   yaqqol   ko‘zga   tashlanadi.   Uning   maydonida   monumental   bino
qoldiqlari   saqlangan.   YOdgorlikning   markaziy   darvozasiesa   yirik   minoralar   bilan
mustahkamlangan.   YOdgorlik   markaziy   qismini   egallagan   bino   qoldig‘i   baland
platforma   ustida   qad   ko‘targan   bo‘lib,   M.X.   Isamiddinovning   tahliliy   xulosasiga
ko‘ra,   zardushtiylik   ibodatxonasi   bo‘lishi   mumkin.   YOdgorlik   maydonida   ko‘zga
tashlangan   ikkinchi   yirik   tepalik,   u   erda   o‘tkazilgan   qazishma   natijalariga   ko‘ra,
shahar   hokimining   qarorgohi   bo‘lib   chiqqan.SHahar   maydonida   yana   bir   necha
tepachalar mavjudki, ular shahar aholisining turar-joy massivlari, hunarmandchilik
ustaxonalarining qoldiqlari bo‘lib chiqdi.Xullos, Ko‘ktepa Sug‘diyona hududidagi
eng   katta   qadimgi   shaharlardan   biri   bo‘lgan,   degan   to‘g‘ri   xulosaga
kelingan.Ko‘ktepani   davriy   sanasini   o‘rganish   maqsadida   uning   5   joyida
stratigrafik   shurflar   va   6   punktda   keng   ko‘lamli   qazishmalar   o‘tkazildi.   Olingan
materiallar   hliliga   ko‘ra,   Ko‘ktepa   uch   xronologik   davrga   bo‘linadi.n.   Birinchi
davr Ko‘ktepa I (so‘nggi bronza davri), ikkinchi davr Ko‘ktepa II (ilk temir davri
Sug‘diyonasi), uchinchi davr Ko‘ktepa III (antik davri). 
SHunday   qilib,   yodgorlikning   deyarli   kvadrat   shaklda   tarkib   topishi,   uning
ichki   va   tashqi   mudofaa   devorlari,   ichki   devorning   monumental   xarakteri,
markaziy   kirish   darvozasining   minoralar   bilan   rasmiylashtirilishi,   shimol
tomondan shaharga olib kirilgan kanal izlarining saqlanishi, shahar markazida qad ko‘targan   bosh   otashgohning   monumental   xarakteri,   uni   qalin   platforma   ustiga
qurilishi,   unga   markaziy   darvozadan   pandus   orqali   ko‘tarilishi,   yodgorlik
maydonining   janubi-sharqida   balandligi   10   m.dan   kam   bo‘lmagan   to‘g‘ri
to‘rtburchakli   monumental   binoning   qad   ko‘tarishi   (Ko‘ktepa   II),   uni   qalin
mudofaa   devori   bilan   o‘rab   olinishi,   bularning   barchasi   Ko‘ktepa   co‘nggi   bronza
va   ilk   temir   davrining   yirik   ilk   shahri   bo‘lganligidan   dalolat   beradi.   Afsuski,
Ko‘ktepa   III   davrida   shahar   vayronaga   uchraydi.   Gullab-yashnab   turgan   bu
shaharning   inqirozga   yuz   tutishi   mil.   avv.   IV   asrning   oxirgi   choragida   Iskandar
Zulqarnaynning (Aleksandr Makedonskiy) harbiy yurishlari bilan bog‘liq bo‘lgan.
Markaziy   Sug‘dda   ilk   temir   davriga   oid   ilk   shahar   madaniyati   qadimiy
Samarqand-Afrosiyobda,   Samarqandning   eski   shahri   va   atrofida   tarkib   topgan
Qo‘rg‘oncha   va   Lolazor   qishloq   makonlarida   va   boshqa   joylarda   ham   topib
o‘rganilgan.   Lolazorda   mil.   avv.   VII   asr   oxirlariga   tegishli   kanal   izlari   ham
topilgan.   Afrosiyobning   turli   joylarida   olib   borilgan   arxeologik   izlanishlar
davomida qadimgi shaharni o‘rab olgan monumental  mudofaa devor (mil. avv.VI
asr) qoldiqlari, ular tarkibi va devor asosi atrofidan kulolchilik charxida ishlangan
qadimgi   sug‘d   davri   sopol   parchalari   topilgan.   Bularning   barchasi   Ko‘ktepa   II
komplekslari bilan bir  davrni, ya’ni markaziy Sug‘dda qadimgi sug‘d madariyati,
ya’ni ilk shahar madaniyatini xarakterlaydi.  Qashqadaryo vodiysida ilk temir davri
yodgorliklari   janubiy   Sug‘d   sarhadlarini   tashkil   etadi.   Bu   o‘lkada   qadimgi
dehqonchilik   madaniyat   yodgorliklari   32   joyida   topib   o‘rganilgan.   Ular   yuqorida
tilga   olingan   ayrimlari   o‘tgan   asrning   50   yillarida   S.K   Kabanov   tomonidan
YAkkabog‘   va   Tanxozdaryolarning   quyi   havzalarida   ochilgan.   1970   yillarning
boshlarida   CHimqo‘rg‘on   suv   ombori   sohillaridan   Jartepa   2   va   CHiroqchitepa
qishloq   makonlari   topib   o‘rganiladi.   Daratepa,   Uzunqir   va   Sangirtepa   kabilardan
iborat bo‘lib,ularda keng ko‘lamli qazishmalar olib borilgan. 
Tadqiqot   natijalariga   ko‘ra,   Janubiy   Sug‘dda   huddi   SHimoliy   Baqtriya   kabi
o‘troq  aholining  qishloqlari   Qashqadaryoning  o‘rta   va  quyi   havzalarida,  tog‘  oldi
hududlarda,   soy   etaklarida   tashkil   topgan.   Ular   Qayrag‘och,   Guldaryo,
SHo‘robsoy,   Tanxozdaryo,   Qizildaryo,   Erqo‘rg‘on,   Nishon   kabi   qadimgi dehqonchilik   vohalarini   tashkil   etadi.   Bu   yodgorliklarni   (Sangirtepa,   Daratepa   va
Uzunqir)   o‘rganish   natijasida   qadimgi   Sug‘d   madaniyatining   me’moriy   qurilish
rejasi,   o‘ziga   xos   qurilish   usullari   va   tuzilish   xususiyatlari   aniqlandi   va
Qashqadaryo vodiysida yashagan ilk temir davri ajdodlarimizning o‘troq hayoti va
yuksak darajada rivojlangan madaniyati o‘rganildi.
Sangirtepa,   Uzunqir   va   Daratepa   sopollarining   qiyosiy   o‘rganish   natijasida,
shu   narsa   ma’lum   bo‘ldiki,   Daratepa   aynan   Uzunqir   II   va   Sangir   II   davrida
o‘zlashtirilib, bu erda ilk shahar hayoti mil. avv. V-IV asrlarda ham davom etadi.
g).   Qadimgi   Xorazm. Q adimgi   Xorazm   Amudaryoning   quyi   havzalari,   ya’ni
O‘zbekistan   Respublikasi,   uning   tarkibidagi   Qoraqolpog‘iston   va   Turkmaniston
Respublikasining   Toshovuz   viloyatini   o‘z   ichiga   oladi.   Bu   zaminga   urbanistik
jarayonlar Baqtriya va Sug‘diyonaga nisbatan ancha keyin kirib boradi. 
Amudaryo quyi havzalari juda qadim-qadim zamonlardan Amudaryodan oqib
kelgan   chirindi,   sernam,   unumdor   qoq   erlar   maydoni   bo‘lib   kelgan.   Mil.   avv.   VI
asrgacha   chorvador   sak-massaget   ajdodlarimizning   makoni   edi.   Qadimgi
Xorazmda ilk davlatchilikning kurtaklari Amirobod madaniyati (miloddan avvalgi
X-VIII   asrlar)   davridan   nish   ura   boshlagan   bo‘lsada,   ammo,   dehqonchilik   hali
qo‘ltik ziroatchiligi xarakterida edi. Amirobod madaniyati esa butun o‘lka bo‘ylab
keng   tarqalmagan.   Demak,   mavjud   tasavvurlarga   zid   o‘laroq,   Amirobod
madaniyati  davrida Amudaryo quyi  havzalarida  tub ma’nodagi  takroriy sug‘orma
dehqonchilikka   asoslangan   Qadimgi   Xorazm   sivilizatsiyasi   hali   tashkil   topmagan
edi.Bu   mintaqaning   unumdor   qoq   er   massivlari   Quyisoy   madaniyati   chorvador
qabilalarining chorva yaylovlari bo‘lib xizmat etishda davom etar edi. SHu boisdan
bo‘lsa   kerak,   Qadimgi   Xorazm   tarixining   chuqur   bilimdoni   S.P.   Tolstov   bu
mintaqani oriylar vatani “Aryanam Vaychah” deb bejiz aytmagan.
Aryanam   Vaychah   o‘z   tabiiy   iqlim   sharoitiga   ko‘ra,   avestoshunos
lingivistlarning   ta’kidlashicha,   ko‘chmanchi   chorvador   jamoalarning   muqaddas
vatani bo‘lgan. Arxeologik materiallar tahliliga ko‘ra, mil. avv. II ming yillikning
ikkinchi   yarmidan   boshlangan   oriylar   migratsiyasi   ko‘chmanchi   chorvachilik
xo‘jaligi   rivoji   bilan   bog‘liq   bo‘lib,   bu   migratsiyalar   natijasida,   O‘rta   Osiyo hududlari   va   uning   tevarak-atroflariga   turkiy   etnik   jamoalarning   kirib   kelishi
faollashadi.   Ular   hatto   o‘troq   dehqonchilik   madaniyati   mintaqalariga   ham   kirib
boradilar.   Qadimgi   Xorazm   sivilizatsiyasining   ldizlari   esa,   Axomaniy
podsholarining   soliq   siyosati   tufayli   xorasmiylarning   mil.avv.   VI   asrning   oxirgi
choragida   Amudaryo   quyi   havzalariga   migratsiyasi   yuz   beradi.   Bu   haqda   Doro   I
saroyida xizmatda bo‘lgan qariyalik Skilak o‘zining 7 yillik safari (mil. avv. 519-
513   yillar)   to‘g‘risida   yozgan   “Sayohatnoma”sida   ma’lumot   qoldirgan.   Uning
“Sayohatnoma”si   bilan   miletlik   Gekatey   (mil.   avv.   VI   asr)   tanishib,   “Er
kurrasining tavsifi” asarining Osiyoga bag‘ishlangan qismida xorasmiylar haqidagi
Skilak ma’lumotlaridan foydalanadi.
Gerodot   esa   “Tarix”   asarida   Gekateyga   asoslanib,   xorasmiylar   haqida
shunday   yozadi:   “Osiyoda   har   tarafidan   tog‘   bilan   o‘ralgan   vodiy   bor,   tog‘larda
beshta dara bor. Bir vaqtlar bu erlar xorasmiylarga qaragan va xorasmiylar girkan,
parflar,   sarang   va   fanameylarga   chegaradosh   bo‘lgan.   Ana   shu   vodiy   atrofidagi
tog‘lardan Akes deb ataluvchi katta daryo oqib tushgan. SHu daryo besh irmoqqa
bo‘linib,   yuqoridagi   xalqlar   erlarini   sug‘organ....   Ammo,   eroniylarga   qaram
bo‘lgandan keyin bu xalqlar mana shunday ahvolga tushdilar. SHoh tog‘ daralarini
berkitib, to‘g‘on darvozalar qurdirdi. Vodiyda ko‘l hosil bo‘ldi. Er sug‘orish uchun
bu   suvdan   foydalangan   qabilalar   endi,   og‘ir   ahvolga   tushadilar.   Qishda,   albatta,
boshqa  joylardagidek, ilohiyot  ularga  ham  namgarchilik  yuboradi,  yozda  esa  ular
ekadigan tariq va kunjut doim suvsiz qoladi. Mutlaqo suvsiz qolganda, ular xotin
bola-chaqalari   bilan   shoh   qasriga   boradilar,   shoh   saroyi   qarshisida   turib,   baland
ovoz bilan achinarli holda faryod qiladilar. Ulardagi suv tanqisligini ko‘rgan shoh
arzgo‘ylar   tomonidagi   to‘g‘on   darvozalarini   ochishni   buyuradi.   Ekinzorlar
sug‘orilgach,   yana   to‘g‘onni   berkitishni   buyuradi.   Endi,   suvga   tashna   boshqa
qabila   erlariga   suv   ochadilar,   biroq   men   bildimki,   to‘g‘on   darvozasini   ochish
uchun shoh katta pul (bojlardan tashqari) olar ekan. Ishlar ana shunday”. 
Xorasmiylarning   dastlabki   vatani,   uning   joylashish   o‘rni   haqida   Stepan,
Strabon,   Afiney   ham   yozgan.   Ularning   yozishicha,   xorasmiylar   Baqtriyadan
Janubda, Parflardan SHarqda, Xerirut va Xilmend daryolarining yuqori havzasida, hozirgi   Xirot   vodiysida   bo‘lgan.   YOzma   manbalar   tahliliga   ko‘ra,   suv   oqib
tushadigan daralar berkitilgach, xorasmiylar yurti suv ostida qolib, aholining katta
qismi   Amudaryo   quyi   havzalariga   ko‘chib   ketgan.   Oqibat   natijada,
xorasmiylarning massagetlar mamlakatida makon topishi Amudaryo quyi oqimida
Xorazm etnotoponimining paydo bo‘lishiga olib kelgan. 
Xorasmiyaning   omilkor   dehqon   jamoalari   sug‘orma   dehqonchilik   bobida
bronza   davri   margushlari   va   bohtariylardan   qolishmas   edilar.   Xorasmiylar
etakchiligida   taniqli   manbashunos   olim   I.Markvart   faraziga   ko‘ra,   Eron
Axomaniylari imperiyasiga qadar shimoliy-sharqiy Xurosanda Seyiston (saranglar
yurti),  Araxosiya   (famaneylar   yurti),  parflar   va   Girkaniya   bilan  birgalikda   “Katta
Xorazm”   davlat   uyushmasi   tashkil   topgan   bo‘lib,   uning   shimoliy   chegarasi
Amudaryoning   o‘rta   havzalari   bilan   cheklangan.   Ularda   ilk   shahar   madaniyati
bronza   davridayoq   shakllangan.   Ular   Qadimgi   Xorazmda   takroriy   sug‘orma
dehqonchilik   madaniyati   tarkib   topmasdan   rosa   ming   yil   burun,   qadimgi   SHarq
sivilizatsiyasining mahalliy o‘choqlaridan biriga aylanib bo‘lgan edi. 
Sug‘orma   dehqonchilik   xo‘jaligini   yuritishda   boy   tajriba   va   malakaga   ega
bo‘lgan   xorasmiylarning   Amudaryo   quyi   havzalarida   paydo   bo‘lishi,   ularning
omilkor dehqonlari tomonidan Amudaryo kuyi havzalaridagi har bir daryo va soy
tarmoqlari   -   o‘zanlari   bo‘ylab   erlarni   o‘zlashtirishi,   yangidan-yangi   qishloq
jamoalarini   (Avestoda   «vis»larni)   tashkil   topishiga   olib   keldi.   Har   bir   daryo
o‘zanlari   bo‘ylab   dastlab   qad   ko‘targan   aholi   punkti-«vis»   atrofida   sekin-asta
boshqalari paydo bo‘la boshlaydi. 
Mana   shu   jarayonning   jadal   kechishi   tufayli   Qadimgi   Xorazmda   o‘nlab
urbanistik   aholi   punktlari-ilk   shaharlar,   takroriy   sug‘orma   dehqonchilikka
asoslangan   mahalliy   madaniy-xo‘jalik   markazlari   tashkil   topadi.   Agar   Amirobod
madaniyati   davrida  ziroatchi   ajdodlarimiz  erto‘lalarda  yashab  o‘troq  hayotga   o‘ta
boshlagan   bo‘lsalar,   quyi   Amudaryo   havzalarida   xorasmiylarning   paydo   bo‘lishi
munosabati   bilan   atrofi   monumental   devorlar   bilan   o‘rab   olingan   qal’alar   paydo
bo‘ladi.   Qadimgi   Xorazmning   Amirobod   madaniyati   aholisining   avlodlari
xorasmiylar   bilan   qorishib,   ular   ta’sirida   paxsa   va   xom   g‘ishtlardan   qurilgan   uy- joylarda,  qishloq  va  shaharlarda yashay   boshlaydilar. Bu  jarayon  Amudaryo  quyi
havzalarida  mil.  avv. VI   asrdan  boshlandi.  Endi, Amirobod madaniyati  davrining
daryo va soy etaklaridagi erlarga dambalar yordamida suv chiqarish asosida tashkil
topgan   “qo‘ltiq   dehqonchiligi”   emas,   balki   arxaik   davriga   xos   keng   va   sayoz
ariqlar   tizimi   asosida   qurilgan   sug‘orma   dehqonchilik   madaniyati   shakllandi.
Amurdaryoning   sertarmoq   o‘zanlaridan   chiqarilgan   Kaltaminor,   Tozabog‘yob,
Suvyorgan,   Amirobod,   CHirmanyob,  Polvonyob,   Xozarasp,   YOrmish,   Savkan   va
boshqa   katta-kichik   sun’iy   sug‘orish   inshootlari   bo‘ylab   o‘nlab   mikrovohalar
tashkil   topadi.   Bu   kichik   vohalarning   har   birida   birnecha   shaharmonand
qishloqlarni o‘z atrofiga birlashtirgan markaziy shahar paydo bo‘ladi. Demak, mil.
avv.   VI   asrdan   qadimgi   Xorazmda   aniq   hududiy   chegaraga   ega   bo‘lgan   qator
madaniy-xo‘jalik   markazlari   va   ular   asosida   tarkib   topgan   mitti   dehqonchilik
vohalarining   vujudga   kelish   jarayoni   boshlanadi.   Bu   zaminga   ko‘chib   kelgan
xorasmiylarning   o‘ziga   xos   kulolchilik   xunarmandchiligi   tarkib   topdi,   Amudaryo
kuyi   havzalarida   qadimgi   Xorazm   sivilizatsiyasiga   asos   solindi.   Bu   qadimgi
Xorazm   sivilizatsiyasi   izlari   va   hududiy   joylashuvini   kuzatgan   X.X.Matyaqubov,
ularni   xronologik  jihatdan ikki   bosqichga  bo‘ladi:   1). Mil.  avv.  VI   asrda  vujudga
kelgan   dehqonchilik   mikrooazislar:   Ko‘zaliqir,   Xozarasp,   Qanhaqal’a,   Butentov,
Qo‘shqal’a,   Odoytepa,   Xumbustepa;   2).   Mil.   avv.   V   asrda   qadimgi   Xorazmda
vujudga kelgan dehqonchilik mikrovohalar: Qal’aliqir, Tuzqir, Oybuyir,   Xiva,
Dingilja, Bozorqal’a va boshqalar.
Mil.   avv.   V   asr   oxiri-IV   asr   boshlarida   dehqonchilik   mikrovohalari   atrofida
yangidan-yangi   shaharmonand   qishloqlar   qad   ko‘tarib,   ularni   yagona   magistral
sug‘orish   kanallari   orqali   o‘zaro   bog‘lagan   yaxlit   sug‘orish   –   dehqonchilik
massivlari tarkib topdi. Bu jarayon o‘ng sohil Oqchadaryo havzasida ayniqsa, keng
ko‘lam   oldi.   Masalan,   Burgutqal’a,   Tuproqqal’a,   YAkka-Parson,
Katqal’a,Toshxirmon va boshqalar .
Qadimgi   Xorazmning   yaxshi   o‘rganilgan   eng   qadimgi   shahar   xarobalaridan
biri  Ko‘zaliqir  hisoblanadi.  S.P. Tolstov  Ko‘zaliqir  davriy sanasini  mil. avv. VII-
VI   asrlar   bilan,   V.M.   Masson   esa   mil.   avv.   V-IV   asr   boshlari   bilan   belgilagan edilar.   Ko‘zaliqir   S.P.   Tolstov   taxmin   qilinganidek,   “Katta   Xorazm”   davlatining
poytaxti   bo‘lgan   emas,   balki   mil.   avv.   VI   asrda   CHirmonyob   dehqonchilik
markazining   bosh   shahri   vazifasini   o‘tagan.   Avvallari   Xorazmda   ilk   shaharsozlik
madaniyati   Qo‘zaliqirda   boshlangan,   degan   tasavvur   hukmron   edi.   Keyingi
yillarda   uning   qatoriga   Xozarasp,   Qanhaqal’a,   Butentov,   Qo‘shqal’a,   Odoytepa,
Xumbustepa   kabi   yodgorliklar   ham   qo‘shilib,   qadimgi   dehqonchilik   madaniyati
Amudaryoning   quyi   havzalarida   keng   yoyilganligidan   guvohlik   beradi.
Ko‘zaliqirda   monumental   mudofaa   inshootlari   kuzatilsada,   ammo,   uning   ichki
qismida hukmdor saroyining qurilishi to‘xtab qoladi. Ehtimol, bu qadimgi Xorazm
davlatining   mil.   avv.   V   asrda   Axomaniylar   ta’siridan   qutilib,   mustaqil   davlat
sifatida o‘z faoliyatini boshlaganligi bilan bog‘liqdir. O‘ng sohil Xorazmda arxaik
davrining eng mukammal  o‘rganilgan shahri  Bozorqal’a va Dingilja qo‘rg‘onidir.
Bu zonada arxaika davrining 53 joyida qishloq va qo‘rg‘on xarobalari mavjudligi
qayd qilingan.Mil avv. V asrda Qadimgi Xorazm Axomaniylardan mustaqil davlat
sifatida ajralib chiqgach, dehqonchilik xo‘jaligi butun vohani qamrab oladi. Bu esa
Amudaryo quyi  havzalarida urbanistik jarayonlarni  avj  olishiga olib keladi. Xiva,
Katta   Oybuyirqal’a,   Bozorqal’a   va   Axchaxonqal’a   kabi   yirik   shaharlar   paydo
bo‘ladi.   Bularning   barchasi   ilk   temir   davrida   (m.   a.   VI   asrdan   boshlab)
Amudaryoning   quyi   havzalarida   qadimgi   dehqonchilik   madaniyati   keng
rivojlanganligidan dalolat beradi
Jukov   diniy   memorial   kompleksi. Samarqand   Davlat   universiteti
arxeologlari   1987   yilda   o‘rta   Zarafshon   bo‘ylab   To‘qayli   va   Jukov   qishloqlari
oralig‘ida olib borgan arxeologik dala qidiruv ishlari davomidaJukov aholi punkti
yaqinidan   daryo   o‘pirib   ketgan   qirg‘oqdan   sopol   parchalari   va   chaqmoqtoshdan
yasalgan   qurollar   topadi.   Jar   kesmasi   va   daryo   sohili   bo‘ylab   bir   necha   joyda
solingan nazoratshurflar natijalariga ko‘ra, sopol parchalari va tosh qurollar 20x30
m.   maydon   doirasida   uchraydi.   Dastlab   daryo   yoqasi   bo‘ylab   2x18   m.li   joyda
qidiruv   qazishmasi   o‘tkazildi.Er   sathidan   5,02   m.   chuqurlikdan   naqshli   sopol
parchalari uchray boshladi.  Moliyaviy tankislik tufayli ob’ektda izlanish ishlari to‘xtatilib, rosa 5 yildan
so‘ng(1992)   yodgorlikni   o‘rganishga   yana   qirishildi.   O‘tgan   5   yil   davomida
Zarafshon suvi yana ancha joyni o‘pirib ketgan. Natijada, yangi jarlik kesmasida,
4,07   m.   chuqurlikda   tosh   konstruksiyali   inshoot   qoldig‘i   va   tim   qora   ko‘mir
kukunlari   aralash   qatlam   ochiladi.   Tosh   devorli   inshootni   ochish   uchun   16x4   m.
maydonda qazishmalar o‘tkazilib, diametri 5 m.ga yaqin toshg‘ov ochiladi. 
Toshg‘ov aylanasi  bo‘ylab valun va yirik daryo toshlaridan qurilgan bo‘lib,
ular   devor   atrofida   sochilib   yotardi.   Toshg‘ov   asosida   oval   shaklida   yirik
valunlardan   qurilgan   fundament   ochildi.   Uning   ustiga   qo‘yilgan   toshlar   esa   hajm
jihatidan  kichik.  Tosh   devor   2-3  qatorgina  saqlanib,   uning  umumiy  balandligi  40
smgacha, diametri 3,06 m. Inshoot ichidan erga o‘yilgan ikkita gulxan o‘rni topildi
(diametri   0,8-0,9   m,   chuqurligi   0,2-0,   25   m.).   Ularning   ichlaridakul   va   kuygan
hayvon suyaklari uchraydi. 
Gulxanlardanbirida 2ta poyteshasimon toshbolta, chaqmoqtoshdan ishlangan
kamon   o‘q   uchi   va   ikkinchi   gulxandan   esa   hovancha   sopi   topildi.   Gulxanlar
atrofida   turli   predmetlar,   ya’ni   kelisopsimon   toshlar,   kamon   o‘q   uchlari
(paykonlar),   tosh   qirg‘ich,   tosh   paraqalar,   suyak   va   terrakota   podelkalari,
isiriqdonning   katta   bo‘lagi,   qurbonlik   vaqtida   sindirilgan   sopol   parchalarisochilib
yotganday edi.
Toshg‘ovning g‘arbiy qismida diametri 22 sm li chuqurcha bo‘lib, uning ichi
oxraga to‘la, oxra ichida esa sadafday oppoq toshdan yasalgan mayda munchoqlar
va   2ta   qo‘y   oshig‘i   topildi.   CHuqurcha   usti   sopol   siniqlari   bilan   berkitilgan   edi.
Toshg‘ov   maydonining   har   joyidan   oxra   va   ko‘mir   dog‘lari,   ko‘plab   hayvon
suyaklari,   suyak   va   bronza   predmetlari,   chaqmoqtoshdan   yasalgan   turli   mehnat
qurollari, mikro paraqa va uchirmalar topilgan.
  Toshg‘ov ichida hech qanday qabr izlari yoki odam suyaklarining parchalari
ham   uchratilmaydi.   Mualliflarning   ta’kidlashicha,   bu   joy   ajdodlarimizningeng
qadimgiva   uzoq   vaqtlar   faoliyat   ko‘rsatgan   ochiq   joydagi   “ibodatxonasi”bo‘lishi
mumkin.   CHunki   bu   joyda   ajdodlar   ruhi   va   quyosh   xudosiga   atab   qurbonliklar
qilingan, muqaddas olov yoqilib, turli  qurollar va sopol  idishlar  sindirilib, olovga tashlangan,   qabila   xudolariga   alqovlar   aytilib,   olov   atrofida   turli   marosimlar
o‘tkazishgan.Demak,   toshg‘ov   ichidan   topilgan   ashyoviy   dalillar   va   qabr   izlarini
uchramasligi,   mualliflarga,   ushbu   ob’ektni   otashparastlik   dini   bilan   bog‘liq
marosimlar   o‘tkazish   memorial   kompleksi   sifatida   talqin   etishga   olib   kelgan.
YOdgorlikka   tarixiy   jihatdan   yondashganda,   uning   ma’naviy   olami   janubiy
mintaqalarning bobo dehqonlariningotashparastlik dunyosi bilan bog‘liq ekanligiga
ishora   qiladi.   Ammo   ushbu   ob’ektdan   topilgan   predmetlar,   ayniqsa   keramika   va
uning   naqshinkorligi   hamda   uning   toshg‘ov   konstruksiyasi   yodgorlikni   kelib
chiqish tarixiy ildizlari ko‘proq unidasht qabilalari madaniy dunyosi bilan bog‘liq
ekanligidan   guvoxlik   beradi.Tadqiqotchi   arxeolog   N.A.Avanesovaning
ta’kidlashicha,   sopollar   JanubiySibirning   eneolit   davriga   tegishli   Afanaseva
madaniyati sopollarini eslatardi. 
3-2. Jom arxeologik kompleksi.
Bronza   davriga   kelganda   Zarafshon   vodiysining   o‘rta   havzasi   ibtidoiy
ajdodlar tomonidan keng o‘zlashtirilgan rayonlardan biri bo‘lib qoldi. Bir tomonda
Zarafshon vodiysini janubiy mintaqalar bilan bog‘lovchi Jom savdo yo‘li yoqasida
Jom   savdo   karvon   saroylari   va   feruza   tosh   konlari,   ular   bilan   bog‘liq   turli   etnik
guruh   vakillariningqabristoni   (Galasherik)   paydo   bo‘ladi,   ikkinchi
tomondaZarafshon yoqalab diniy memorial kompleksi (Jukov), ruda eritish, metall
xomashyosini ishlab chiqarishga moslashgan qishloqlar (To‘qayli) va nihoyat davr
so‘nggida qadimgi shaharlar (Ko‘ktepa, Afrosiyob) qad ko‘taradi.
Samarqand   So‘g‘didanKesh-Naxshob   So‘g‘diga   olib   boruvchi   qadimgi
savdo-karvon   yo‘li   Jom   dashti   orqali   o‘tgan   bo‘lib,Jom   qishlog‘i   bu   yo‘l
yoqasidagi tranzit savdo punkti sifatida juda qadimiydir.
Keyingi   o‘n-o‘n   besh   yil   davomidaJom   qishlog‘i   territoriyasidan   6   joydan
bronza   davriga   oid   ajdodlarimizning   moddiy   madaniyat   izlari   topib   o‘rganildi.
Ularning   deyarli   ko‘pchiligiJom   qishlog‘ini   oralab   o‘tgan   Jomsoy   bilan   bog‘liq
bo‘lib,   uning   o‘zani   Eski   Anxor   kanaliga   ulanib   ketgan.   Eski   Anxor   kanali   esa
qadimiy o‘zan ustiga qurilgan. Ehtimol, Eski Anxor kanaliga asos bo‘lgan ana shu
o‘zan qachonlardir Jomsoyning davomi bo‘lgandir . Jom   arxeologik   kompleksiga   kirgan   yodgorliklardan   biri   Galasherik
tepaligiga joylashgan bronza davri qabristoni bo‘lib, bu joydan turli yillarda, uning
3   gektarlik   maydonidan,   uni   turli   maqsadlarda   o‘zlashtirish   vaqtida   4ta   qabr
topilgan .
a )Galasherik   qabristoni.   Qabr   №   1   1994   yilda   uyga   fundament   qazish
vaqtida,   er   sathidan   2   m.   chuqurlikdan   topilgan.Mualliflarning   yozishiga
qaraganda,   qabrdan   qizil   sirli   sopol   parchalari,   o‘roqsimon   bronza   quroli,
disksimon bronza ko‘zgusi va bargsimon shaklli bronza to‘g‘nag‘ich topilgan. 
№2   qabr   1997   yilda   uy   qurilishi   vaqtida   1,9   m.   chuqurlikdan   topilgan.
Mualliflarning   yozishicha,   kulolchilik   charxida   yasalgan   sharsimon   xurmacha,
dastasi   va   ko‘zgusi   aylanasi   bo‘ylab   naqshlangan   bronza   oyna   va   shoxdor   oxu
haykalli   bronza   to‘g‘nag‘ich   bir   joydan   topilgan.   Ulardan   3   metrcha   sharqda
fundamentga   qazilgan   chuqur   chetining   kesmasida   bo‘g‘zi   ostida   ikkita   teshikli
bikonik  shaklida   yana   bir   sopol   idish   va   kukunga  aylangan   odam   suyak   izlari   va
bir   necha   tishlar   uchratilgan   (200-201   rasmlar).Mualliflar   ularning   barchasini   bir
qabrga tegishli degan fikrni olga suradilar. Ammo bizningcha, bu topilmalar ikkita
qabrga tegishli. CHunki birinchidan, mualliflar mozorni mutaxassis sifatida o‘zlari
qazishmagan. Ular bergan ma’lumotlar uy egasi B.Rasulov so‘zlariga asoslangan.
Ikkinchidan,   odam   suyak   izlari   va   bikonik   shaklidagi   sopol   chuqurcha   chetining
kesmasida   bo‘lib,   B.Rasulov   ikkinchi   mozorni   to‘liq   ochmagan.Bir   joydan
topilgan   uch   predmetga   tegishli   qabr   suyaklari   esa,   kukunga   aylanib,   uni
B.Rasulov yo sezmagan yoki u haqda mualliflarga tegishli ma’lumot bermagan. 
№2   qabrdan   50   metrcha   sharqda,   haydalgan   er   uchastkasining   10   kv.   m.
maydonidan   uchastka   egasi   har   xil   yillarda   (2000-2002   g.)   disksimon   bronza
ko‘zgusi,   chaqmoqtoshdan   ishlangan   paykon,   bir   talay   sopol   parchalari   (uchta
charhda yasalgan sopol idishlar)ni terib oladi vashu joyda odam suyak parchalarini
ham   uchratadi.Mualliflar   bu   asoslanmagan   gaplarga   suyanib,   ushbu   topilmalarni
bir mozorga tegishli, degan xulosaga kelishib, unga qabr № 3nomini beradilar.
№4 qabr saqlanish jihatidan yuqoridagi qabrlardan farq qiladi. U tepalikning
eng   yuqori   cho‘qqisidan,   uning   markazidan   topildi.   Tepalikdagi   hovli   egasi P.Aliqulov   1995   yilda   hayvonlariga   qo‘ra   qurayotgan   paytda   topgan.   Qabrning
razmeri va chuqurligi haqida ma’lumotlar yo‘q. Ammo uning gaplariga ko‘ra, bir
kvadrat   metrdan   ortiqroq   joyda   odam   suyaklarining   bo‘laklari,   bir   necha   sopol
parchalari,  bronzadan   ishlangan  bilaguzuklar  va  munchoqlar,  karnay  gul   shaklida
ishlangan   2ta   bronza   baldoquchratilgan.Odam   suyaklarining   uchrash   tartibiga
ko‘ra,   skelet   gujanak   holatda,   o‘ng   tomoni   bilan   yotgan.   Uning   bosh   chanog‘i
g‘arbga   qaratilgan.   Qabrdan   topilgan   arxeologik   materiallar   kompleksi   uni
chorvador andronova madaniyatiga tegishli ekanligidan dalolat beradi .
Galasherikqabristoni arxeologik materiallar kompleksiga ko‘ra, odatdagi bir
urug‘   jamoasi   qabristoni   emas.   Bu   joyda   turli   etnik   guruhlar   vakillarining
qabrlarini   uchratamiz.Birinchi   qabr   materiallar   tarkibiga   qaraganda   (o‘roq
tig‘isimon qurol  va qizil  sirli  sopol  parchalari)  Ko‘ktepa 1 materiallarini  eslatadi.
Ikkinchi   qabr   aynan   Sopolli   madaniyatining   mo‘lali   bosqichi   materiallarining
(dastali   bronza   ko‘zg‘usi   naqshlari)   dashtlashtirilgan   variantining   o‘zginasi.
Uchinchi   mozorga   tegishli   ashyoviy   dalillar   esa   (chaqmoqtoshdanpaykon,   qo‘l
charxida   yasalgan   g‘isht   rangli   sopol   parchalari)   Zamonbobo   yoki   To‘qayli
manzilgohining   qadimgi   dehqonchilik   madaniyati   bilan   bog‘liq   etnik   ildizidan
guvohlik beradi.To‘rtinchi qabr dasht qabilalari madaniyatiga tegishli.
Galasherik   qabristonining   mozorlar   tarkibi   ham   tarixiy   tahlil   nuqtai
nazaridan   yondashganda,   qadimgi   Jomda   savdo   karvon   saroyi   bo‘lganligidan
guvohlik beradi.
b)Qoratepa   feruza   tosh   koni. Jom   arxeologik   kompleksining   ikkinchi
ob’ekti   sifatida   Jom   markazidan   2,5   km   sharqda,   Qoratepa   tog‘   massivining
g‘arbiy   yonbag‘rida   feruza   tosh   koni   topilgan.Feruza   koni
chiqindiuyumidadashtqabilalarimadaniyatigategishlisopolparchalariuchraydi.
Feruza   koni   yaqinidasolinganshurfdan   1,2   m.   Chuqurlikda   kular   alash   qatlamda
mayda feruza parchalari, kremnistiyslanetsdanishlangan2 ta ruda parchalashplitasi,
2 ta qo‘pol tosh bolg‘a va andronova madaniyatiga xos sopol  parchalari topilgan.
Qoratepa feruza koni chiqindisi va uning yaqinida solingan shurfdan topilgan ruda
maydalash   qurollari   va   andronova   madaniyatiga   tegishli   sopol   parchalarini uchrashi   ushbuob’ekt   bronza   davrida   o‘zlashtirilganligi   va   feruzaqazibolishishi
bilan   ob’ektgaengyaqinaholipunkti   Jom   tayanch   savdo   faktoriyasi   jamoalari
shug‘ullangan, degan farazni o‘rtaga tashlashni taqoza etadi.
v)   Tasodifan   topilgan   arxeologik   materiallar. Jom   qishlog‘i   va   uning
tevarak-atrofida ekin  maydonlarini   kengaytirish  va hovli-joy qurilishi  munosabati
bilanyana 4 punktdan bronza davriga tegishli ko‘plab mehnat va ov qurollari, sopol
parchalari   topilgan.   Ularning   aksariyati   qadimgi   manzilgoh   qoldiqlari   vabuzilgan
qabrlardanchiqqan bo‘lishi ehtimoldan uzoq emas. Ular quyidagilardan iborat: 
1)   1980 yilda  Jom   qishlog‘ining markazida  Jom   soyining o‘ng qirg‘og‘ida,
Sig‘irtepa deb atalgan adirlikda er qazish vaqtida ikki tig‘li bronza bolta topilgan.
Xuddi shu joydan 1992 yili O.Umirover qazish vaqtida chaqmoqtoshdan ishlangan
chereshkoviy paykon topib oladi;
2)1998   yilda   cho‘pon   B.Jumanov   qishloqning   Beshbuloq   chashmasi
yaqinidan bronzadan ishlangan ikki parrakli zo‘g‘atali paykon topib oladi;
3)   Jom   qishlog‘ining   G‘ishtband   yodgorligi   yaqinidagi   Qorazov   degan
joydan   1994   yilda   tosh   bolg‘a,   1995   yilda   esa   toshdan   ishlangan   hovancha   sopi
topiladi;
4)   1997  va   1999   yillarda   Omandarsoyning   Jomsoyga   quyilish   joyidan  tosh
bolg‘a bilan hovancha sopi topiladi.
Jom   qishlog‘i   va   uning   tevarak-atrofida   ekin   maydonlarini   kengaytirish   va
hovli-joy   qurilishi   munosabati   bilantopilgan   bubronza   davrining   mehnat
qurollariva   sopol   idishlari   Jom   qishlog‘ini   qadimda   savdo   karvon   yo‘lida   qad
ko‘targan   aholi   punkti   sifatida   tarkib   topganligidan   guvohlik   beradi.   Bu   joydan
ikki   madaniy   xo‘jalik   va   ikki   xil   etnik   guruhlarga   tegishli   moddiy   madaniyat
ashyovlarining topilishiesa (Zarcha Xalifa va Jom) bir jihatdan ikki etnik guruhlar
o‘rtasida   davom   etgan   iqtisodiy   va   etnomadaniy   aloqalar   haqida   guvohlik   bersa,
ikkinchi   tomondan,   Sarazm   madaniyatining   Sarazm   IV   bosqichi   Sopolli
madaniyatining Jarqo‘ton va mo‘lali bosqichlari bilan tengdosh ekanligidan dalolat
beradi.  Qadimgi   Xorazmning   Tozabog’yob   kanali   zonasida   tarqalgan   bu   qadimgi
madaniyat izlarini 1938 yili S.P.Tolstov aniqlab, uni Tozabog’yob madaniyati deb
nomlagan.   Keyingi   yillar   davomida   Tozabog’yob   madaniyati   materiallariga
o’xshash,   ani qrog’i   Andronov   madaniy-tarixiy   birligiga   oid   bronza   davri
makonlari   va   qabristonlari   Q uyi   Zarafshon   va   Quyi   Qashqadaryo   havzalarida,
Toshkent   vohasinin ,   Tojikiston,   Surxonning   adirli   zonasi   rayonlarida,   Farg’ona
vodiysida keng tarqalganligi aniqlandi. Ana shu cho’l zonasi qabilalari madaniyati
S.P.Tolstov   va   M.A.Itina   Tozabog’yob   madaniyati   deb   atasa,   Farg’ona   vodiysi
yodgorliklarini   B.A.Litvinskiy   Qayroqum   madaniyati   deb   ataydi.   A.Asqarov   esa
cho’l zonasi bronza davri yodgorliklarini Andronova madaniyatining Tozabog’yob
varianti,   Yu.A.Zadneprovskiy,   N.G.   Gorbunova   va   boshqalar   esa   Andronova
yodgorliklari deb ata shgan . 
Tozabog’yob   yodgorliklari,   ayniqsa   Amudaryoning   Oqchadaryo   etaklarida
keng   tarqalgan.   M.A.Itina   hisobiga   ko’ra,   200   ga   yaqin   Tozabog’yob   madaniyati
makonlari   topilgan.   Tozabog’yobliklar   huddi   Zarafshonning   Zamonbobo,   qo’shni
Suvyorg’on   qabilalari   singari   Oqchadaryoning   quyi   oqimida   toshqin   suvlaridan
hosil   bo’lgan   ko’l   va   ko’lmaklar   atrofida,   zahob   yerlarida   dehqonchilik   qilib,
atrofdagi keng yaylovlarda o’z chorvalarini boqqanlar.
M.A.Itina   Tozabog’yob   madaniyatiga   oid   ko’pgina   makonlarda   arxeologik
qazishmalar   olib   borib,   tozabog’yobliklarning   yarim   yerto’la   va   chaylalarda
yashaganligi,   ularning   de h qonchilik   xo’jaligi   tez-tez   o’z   o’zanini   o’zgartirib
turadigan   daryolar   suvi   bilan   bog’liq   ekanligi   va   nihoyat   shu   tufayli   ular   muqim
o’troq   xayot   kechira   olmay,   balki   toshqin   suvlarning   o’zgaruvchanligiga   qarab,
tez-tez   ko’chib   yurganliklari   haqida   ma’lumot   beradi.   Anqa-5,   Qavat-3
makonlaridan   jamoalarning   moddiy   madaniyati   xususida   materiallar   qo’lga
kiritilgan.   Tozabog’yob   makonlaridan   yarim   yerto’la   tipidagi   kulbalar   ochilgan.
Ular   to’g’ri   to’tburchak   shaklida   bo’lib,   ularning   o’rtacha   maydoni   120-180   m²
gacha   boradi.   Ularning   markazida   o’choq   joylashgan.   Xo’jalik   chuqurchalari,
gul x anlar  qoldiqlari, turli  arxeologik materiallar  kulba  devorlari  bo’ylab  topilgan.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, b unday kulbalar bitta juft oila uchun emas, balki bir urug’ jamoasi a’zolarini birlashtirgan patriarxal oilaga mo’ljallangan. Tozabog’yob
madaniyatiga   tegishli   Ko’kcha-3   qabristoni   1954   yili   Ko’kcha   tog’idan   6-7
kilometrlar   chamasi   janubiy-g’arbda,   Sulton   Uvays   tizmalarining   sharqiy
chekkasida   n   topib   o’rganildi.   Qabriston   maydonidan   100   dan   ortiq   mozorlar
borligi   aniqlangan.   1954-1955   yillar   maboynida   74   ta   mozor   tekshirilib,   ulardan
yakka   tartibda,   juft   holda   dafn   etilgan   mayitlar   topilgan.   Ayollar   bilan   bolalarni,
erkak   va   ayolni   birgalikda   dafn   etish   holatlari   kuzatilgan.   Mayitlar   oyoq-qo’llari
buklangan holda o’ng yoki  chap biqini  bilan ko’milgan. Bosh  qismi  g’arb tomon
yo’naltirilgan.   Mayitlar   yonidan   sopol   idishlar,   bronzadan   yasalgan   mehnat
qurollari, qurol-yarog’lar, zeb-ziynat, taqinchoqlar topilgan.
Xullas,   mil.   avv.   II   ming   yillikning   ikkinchi   yarmi-   I   ming   yillikning
boshlarida  O’zbekiston,  xususan   Xorazm  sarhadlarida   Yevrosiyo   cho’l   chorvador
qabilalarining   ta’siri   moddiy   madaniyatda   kuzatiladi.   Bu   davrda   chorvador   va
ibtidoiy dehqon qabilalarining madaniyati bo’lib, ular turmushida qo’ldan yasalgan
qo’pol, mo’rt, chizma naqshli, yassi tubli xurmacha va bankasimon idishlar, yarim
doira   shaklidagi   kosalar   bo’lgan.   Metallsozlikni   bilishgan.   Bronzadan   turli,   zeb-
ziynatlar, taqinchoqlar, shu jumladan, bilakuzuklar, sirg’alar, oyna va munchoqlar,
mehnat  qurollari  –  oybolta,  xanjar, bir  tig’li  pichoqlar, o’roq va  bolg’alar,  harbiy
qurollardan – nayza, paykon va boshqa qurol-yarog’larni yasashgan. 
Mil.avv. II minginchi yillikning boshida Janubiy Orolbo’yi hudidida Qamishli
guruhi   moddiy   madaniyati   ajratilgan.   Ularning   madaniyati   kelib   chiqishi
kaltaminor   jamoalari   madaniyatining   so’nggi   bosqichi   (janub   dehqon   jamoalar
madaniyatining   kuchli   ta’sirida   bo’lgan)   moddiy   madaniyati   bilan   bog’liq.   Bu
yodgorliklardan   taypoq   tubli   idishlar   topilgan   va   metallsozlik   hunarmandchilik
ishlab chiqarishi ma’lumotlari topilgan. S.P.Tolstov, A. Itinalarning ko’rsatishicha,
qamishli   madaniy   kompleksi   mahalliy   suvyorg’on   madaniyatining   ilk   bosqichiga
to’g’ri keladi. 
Orolbo’yi   hududining   srub   va   andronov   jamoalari   bilan   aloqadorlikda
bo’lgan   joylarida   tadqiq     etilgan   ko’plab   yodgorliklar   Tazabog’yob   madaniyatiga
ham tegishli. Shimoldan suqilib kelgan chorvador qabilalar tezlikda mahalliy aholi bilan qorishib ketishgani tadqiqotlarda aniqlangan. Tazobog’yob jamoalari moddiy
madaniyati   shakllanishida   srub,   andronov   va   mahalliy   suvyorg’on   jamoalari
madaniyatining   sintezi   kuzatiladi.   Tozabog’yob   madaniyati   rivojida   3   ta
rivojlanish   bosqichi   tadqiq   etilgan:   1-   ilk   bosqich   (mil.avv.   XV-XIV   ming
yilliklar);   2-   rivojlanish   bosqich   (mil.avv.   XIV-XIII   ming   yilliklar);   3-   so’nggi
bosqich (mil.avv. XIII-XII ming yilliklar). Tozabog’yobliklar Amudaryoning quyi
oqimi va uning deltasi vohasidagi unumdor tuproqli joylarda yashashgan, shu bois
ularda   sug’orma   dehqonchilik   ishlari   (ariqlar,   sug’orish   kanallariorqali)
rivojlangan,   daryo   qirg’og’i   bo’ylab,   mavsumiy   yaylovlarda   chorvachilik   (mayda
tuyoqli   va   yirik   shoxli   hayvonlar,   ot)   bilan   shug’ullanishgan,   shuningdek
hunarmandchilik   taraqqiy   etgan,   jumladan   Tozabog’yob   madaniyatining   so’nggi
bosqichlarida   metallsozlik   hunarmandchiligi   yo’lga   qo’yila   boshlagan.
Tazobog’yob   yodgorliklaridan   bronzadan   yasalgan   buyumlar   juda   kam   topilgan
bo’lib,   ular   bir   yuzli   pichoqlar,   kuzgular,sirg’a,   bilakuzuklar   hisoblanadi.
Shuningdek,   metallni   quyish   qoliplari,   suyuq   metallni   qolipga   quyishda
ishlatiladigan mayda o’lchamli asbob-uskanalar ham topilgan. Shu bois, A.A.Itina
Xorazm hududida to’laqonli metallga ishlav berish, metallsozlik hunarmandchiligi
ishlari mil.avv. II minginchi yil oxiri va I minginchi yil boshlarida ro’y bergan deb
hisoblaydi.   Tadqiqotchining   yozishicha   Janubiy   Orolbo’yi   hududlariga   andronov
chorvador   qabilalari   tozabog’yob   madaniyatining   so’nggi   bochqichida   kelishgan
va materiallar ko’rsatishicha ular bu joylarda uzoq muddat yashamagan. Shu bois,
bu joy aholisining etnik qiyofasi  mil.avv. II minginchi  yil ikkinchi  yarmida   turli
xil bo’lgan.
Sumbar madaniyati -   Janubiy-G’arbiy Turkmaniston Sumbar vohasida I.N.
Xlopin   tomonidan   paleometall   davriga   oid   yodgorliklarning   tadqiqoti   natijalari
O’rta   Osiyo   janubiy   sarhadlari   arxeologiyasi   rivojida   muhim   ahamiyat   kasb   etdi.
Parxay   1,   2,   Sumbar   1,   2   va   boshqa   yodgorliklar   tadqiqotida   qo’lga   kiritilgan
materiallar   asosida   Sumbar   madaniyati   ajratilgan   va   paleometall   davri
yodgoliklarining   xronologik   klassifikasiyasi   ishlab   chiqilgan.   Bu   yodgorliklar
qabriston   yodgorliklari   hisoblanib,   dafn   bilan   bog’liq   ma’lumotlar   va   qabrdan topilgan   narsa-predmetlari   asosida   xronologik   jihatdan   ketma-ketlikdagi   7   ta
rivojlanish   bosqichlari   kompleksi   aniqlandi   (eneolit-ilk   temir   asri;   mil   avv.   V-   I
minginchi   yillar).   Hozirgi   kunga   qadar   xronologik   ketma-ketlikdagi   6   ta   bosqich
to’liq   o’rganilgan.   Janubiy-G’arbiy   Turkmaniston-   1-6.   JG’T-1   bosqichi   so’nggi
bronza davriga to’g’ri keladi.
Sumbar   madaniyatining   asosiy   yodgorliklaridan   biri   Parxay   2   qabristoni
hisoblanadi.   Qabriston   Krasnovodsk   viloyati   Qorako’l   tumanida   joylashgan.
Balandligi   chamasi   10   metrlar   bo’lgan   tepalik   ko’rinishidagi   bu   yodgorlikning
maydoni   2   gektargacha   bo’lgan.   Qabristondagi   mozorlar   turli   tarixiy   davrlarga
taalluqli   bo’lib,   ular   asosan   xonali   jamoaviy   ko’milgan   va   katakomblidir.
Tadqiqotchi   I.N.   Xlopinning   yozishicha,   jamoaviy   qo’yindi   joylar   yarim   yer   osti
ko’rinishli bo’lib, ularga yon tomonidan kirilgan. Ularning diametri 2,2-2,3 metrli
o’lchamda   bo’lgan,   vertikal   devorli   va   chuqurligi   90-130   santimetrgacha   yetgan.
Ko’pincha bu qo’yindi joylarga yon tomondagi nisbatan kichikroq o’lchamli xona
orqali   ham   kirilgan.   Ular   ikkalasi   tosh   yoki   g’isht   qalanib,   bir-birlaridan   ajralib
turgan.   Bu   kirish   joyi   mayit   qo’yilgach   tuproq   bilan   ko’mib   tashlangan.
Navbatdagi   mayit   qo’yilishida   chuqurlikdan   tuproq   qayta   olinib,   kirish   yo’lak
ochilgan.   Demak,   mayit   qo’yilgan   qo’yindi   joyiga   tuproq   tushmagan.   Mayitlar
g’ujanak   holatda   bo’lib,   erkaklar   chap   biqini   bilan,   ayollar   esa   o’ng   biqini   bilan
yotqizilgan.   Tadqiqotchining   ko’rsatishicha,   qo’yindi   joy,   ya’ni   xona   mayitlar
bilan   to’lgach,   eti   qochgan   mayit   suyaklari   bir   chetga   surilib,   qo’yiladigan   mayit
uchun   joy   bo’shatilgan.   Mayitlar   suyaklarining   insitu   holati   buzilgan.   Ba’zi
holatlarda   bu   xonalarga   70   tagacha   mayitlar   qo’yilgani   aniqlangan.   Bunday
jamoaviy dafn etishlar eneolit va ilk bronza davrlariga xos bo’lgan (JG’T-VI-IV).
Ilk bronza davriga oid  qabr   joylardan topilgan sopol to’plamlari uch guruhga
ajratilgan.   Kulrangli   sopol   to’plami   19   shaklli   idishlardan   iborat.   Idishlar
devorining   qalinligi   1-1,5   santimetrni   tashkil   etadi.   Idishlarning   asosiy   qismini
balandligi 6,5 santimetrdan 15,5 santimetrgacha bo’lgan kubok ko’rinishli idishlar,
chashkalar,   qadahlar,   oyoqli   vazalar   tashkil   etgan.   Sopol   buyumlar   ichida   to’rt
oyoqda   turgan   to’g’ri   burchakli     ko’rinishdagi     qurbonlikka     daxldor     buyumlar ham   uchraydi.   Ular   qo’y,   ho’kiz   boshlari,   ilon   tasvirlari,   oyoqlari   ilon,   echki
hamda   osmon   jismlari   tasvirini   beruvchi   aylana   ko’rinishli   bezaklar   bilan
bezatilgan.   I.N.   Xlopin   bu   bezaklarni   avesto   miflari   bilan   interpretasiya   qilish
mumkinligi   haqida   yozgan.   Topilgan   predmetlar   ichida   bronzadan   yasalgan
taqinchoqlar ham uchraydi. Shuningdek, metalldan yasalgan yirik o’lchamli bolta,
teshalar ham topilgan.
Rivojlangan   bronza   davriga   JG’T-3   bosqichi   to’g’ri   kelib,   bu   davrga
katakomba   elementini   mujassamlashtirgan   yakka   tartibdagi   qabrlar   xarakterli
hisoblanadi.   Ikki   may i t   qo’yilgan   mozorlar   ham   topilgan.   Mayit   atrofiga
qo’yiladigan   narsa-predmatlar   o’zgargan.   Ayollar   maytida   zeb-ziynatlar
uchramaydi,   lekin   sopol   buyumlardan   tashqari   yoniga   urchuqboshlar   ham
qo’yilgan.   Erkaklar   yoniga   sopol   idishlardan   tashqari   doimiy   ravishda   bronzadan
yasalgan pichoq va paykon tig’i qo’yiladigan bo’lgan. 
JG’T-2   bosqichi   rivojlangan   bronza   davrining   so’nggi   bosqichidan   so’nggi
bronzaga   o’tish   oraliq   vaqtni   o’z   ichiga   oladi.   Bu   davr   JG’T-4   va   JG’T-1
bosqichlari sopollari uchrovchi katakombali mozorlar bilan xarakterlanadi. 
JG’T-1   bosqichi   so’nggi   bronza   davriga   to’g’ri   kelib,   Sumbar   vohasi
qabriston   yodgorliklari   asosida   o’rganilgan.   Bu   yodgorliklar   asosan,   Sumbar
daryosi   o’rta   oqimi   chap   yon   qirg’oqi     bo’ylab,   shuningdek   vohaning   janub
qismida     joylashgan.   Xususan,   Sumbar   1   qabriston   yodgorligida   hammasi   bo’lib
181   ta   qo’yindi   joyi   mozor   o’rganilgan.   Sumbar   2   yodgorligi   Sumbar   1
yodgorligidan   chuqur   jarlik   orqali   ajralib   turadi.   Undan   8   ta   qabr   o’rganilgan
bo’lib,   shundan   6   tasi   so’nggi   bronza   davri   jamoalariga   tegishli   bo’lib   chiqdi.
Sumbar   3   yodgorligida   qazilma   ishlari   bajarilmagan,   sababi   qabriston   keying
vaqtlarda   faoliyat   ko’rsatgan.   Uning   yer   sathidan   terib   olingan   sopol   idishlar
parchalari so’nggi bronza davri jamoalariga tegishli sopollar hisoblanadi.
Parxay   mozor     yodgorligi   Sumbar   qabr   yodgorliklaridan   4   kilometrlar
chamasi   shimol   tomonda   joylashgan .   Hammasi   bo’lib   18   ta   mozor   o’rganilgan.
Barcha   mozorlar   tuzilishi   jihatidan   katakombo   ko’rinishiga   ega.   Unga   tushish
qismi   quduq   ko’rinishiga   ega.   Mayitlar   g’ujanak   holatda   yon   tomonlari   bilan yotqizilib   ko’milgan.   Mayitlar   ko’pincha   bosh   qismi   yuzi   bilan   qo’yindi   joyiga
kiradigan teshik tomonga qaratilib yotqizilgan. Mozorlardan 1500 dan ortiq sopol
idishlar,   mehnat   qurollari,   qurol-yarog’lar,   zeb-ziynat   va   taqinchoq   namunalari
topilgan.
Sopol.   Sumbar   qabrlaridan   700   ga   yaqin   sopol   idishlar   topilgan.   Turli
ko’rinishli   shakldagi   sopol   idishlarning  13   ta  tipi   ajratilgan.   Sopol   idishlar   ichida
xumcha,   tuvaksimon   idishlar,   vazalar,   tovoqsimon   idishlar,   qadahlar,   choynaklar
ko’pchilikni tashkil etadi. Idishlarning 60 % i qo’lda yasalgan.
Mehnat   qurollari,   aslaha-anjomlar   ham   sumbar   jamoalari   moddiy
madaniyatining   asosiy   qismini   tashkil   etadi.   Ularning   ham   bir   nechta   tiplari
mavjud:   keskich,   teshgich   qurollari   va   turli   ishlab   chiqarishda   ishlatiladigan
mehnat   qurollari   shular   jumlasidan.   Pichoqlar   ham   turmushda   turli   funksiyalarni
bajargan.   Masalan,   gilamlar   to’qishda   ularning   jun   tolalarini   kesishda,   qirqishda
pichoqlar,   qaychilar   ishlatilgan.   Bronzadan   yasalgan   ignalar   (quloqli   ignalar
ko’plab topilgan), bigizlar, juvoldizlar ham teshish, tikish kabi funksiyalarni ishlab
chiqarishda   keng   bajargan.   Ayollar   qabridan   ko’plab   urchuqboshlar   topilgan.
Shuningdek,   to’qimachilik,   tikuvchilik   ishlariga   oid   turli   asbob-uskanalar,   narsa-
predmetlar aniqlangan.
Qurol-yarog’   -   aslohalar   ham   turlicha.   Bronzadan   yasalgan   bargsimon
ko’rinishli   va   yog’och   dastaga   berkitishga   mo’ljallangan   ikki   taraflama
yupqalashtirilgan   dum   qismi   bo’lgan   o’q-yoy   uchlari,   irg’itib   jarohat   berishga
mo’ljallangan sanchiluvchi paykonlar, paykon uchlari, xanjarlar shular jumlasidan
hisoblanadi.   Bu   jangovar   qurol-yarog’larning   deyarli   barchasi   erkaklar   qabrida gi
mayit yonidan topilgan.
Zeb-ziynatlar,   taqinchoqlar.   Zeb-ziynat   taqinchoqlar   asosan   bronza,   oltin,
kumush,   turli   qimmatbaho   toshlardan,   shishadan   va   fayansdan   ishlangan.
Qabrlardan   topilgan   zeb-ziynat,   taqinchoqlarning   ko’pchiligi   boshga   oid
taqinchoqlar   hisoblanadi.   To’g’nog’ich,   sirg’a,   munchoq,   bilakuzuk,   uzuklar,
surmatoshlar,   kosmetik   narsalar   shu   turdagi   zeb-ziynat,   taqinchoqlardir.   Ularning
ba’zilari yaxshi tasvirlangan naqshlar uchratilgan. Ta’kidlash   joizki,   mozorlardan   ko’plab   organik   qoldiqlar   ham   uchratilgan.
Bular   cho’l   toshbaqasining   suyaklari,   oshiqlar,   qo’y-echki   suyaklari   qoldiqlarini
tashkil   etadi   Toshbaqalar   kosasi   qoldiqlari   asosan   ayollar   qabrida   uchraydi.
Erkaklar   va   ayollar   mozorlaridan   ko’pincha   ularning   oyoq   qismidan   oshiqlar
topilgan. Oziq-ovqat iste’moli maqsadida qo’yilgan go’sht mahsuloti asosan qo’y-
echkilarga teishli bo’lib, ularning qoliqlari kalla suyagi, old son qismi kuraklar va
qavurg’alari bilan birgalikda, orqa son qismlaridan iborat. 
Sumbar   madaniyati   so’nggi   bronza   davri   yodgorliklarida   qo’lga   kiritilgan
materiallar   dehqonchilik   xo’jaligi   aholisining   ijtimoiy   tuzumini   aniqlashtirishga
yordam berdi. Katta patriarxal oila va uning tarkibiy qismini aniqlashtirib, bu oila
so’nggi bronza jamoalari turmushida ustvor ekanligi ma’lum bo’ldi. 
Soha   tadqiqotchilari   fikriicha,   Sumbar   madaniyatini   shakllanishi   va   rivoji
mahalliy   madaniyatlar   negizida   bo’lgan,   bu   haqda   jamoalar   moddiy
madaniyatining   xarakteri   hamda   o’zlarining   metallga   ishlov   berishdagi   o’ziga
xoslik jihatlar ma’lumot beradi
manzilgohlar   ark   va   shahriston   qismlaridan   tashkil   topgan   bo'lib,   muhofaza
tizimiga   ega   bo'lgan.Gonur   manzilgohi   vohadagi   manzilgohlarning   eng   yirigi
bo'lib,   uning   ma'muriy   markazi   vazifasini   o'tagan.   Gonurning   markazida   kvadrat
shakldagi   ichki   qala   joylashgan   bo'lib,   muhofaza   devori   bilan   o'rab   olingan.
Devorlar   tashqi   tomonda   togri   to'rtburchak   burjlar   bilan   kuchaytirilgan.   Qalada
markaziy   o'rinni   saroy   egallaydi.   Uning   atrofida   mahalliy   hukmdor   va   saroy
amaldorlari   uchun   xizmat   qilgan   ibodatxonalar   joylashgan.   Bu   erdagi   ibodatxona
olov   va   suvga   siginish,   qurbonlik   keltirish,   in'om   qilish   odatlari   uchun   xizmat
qiluvchi   yagona   majmuani   tashkil   etgan.Boshqa   yirik   manzilgohlar   Keleli,
Toqaloq,   Toip   va   boshqalar   hisoblangan.   Ular   alohida   mikrovohalarning   markazi
hisoblangan. Gonur esa butun Murgob vohasining markazi hisoblangan. Bu erdagi
markaziy   manzilgohlarda   asosiy   o'rinni   ibodatxonalar   egallagan.   Toqaloq   21,
Toqaloq   1   kabi   manzilgohlardagi   ibodatxonalar   markaziy   xonalaridan   ko'plab
haoma   tayorlashda   foydalanilgan   o'simlikni   yanchadigan   keli   toshlar   va   haoma
tayorlanadigan   idishlar   topilgan.   Murgob   vohasi   aholisi   orasida   otashparastlik   va muqaddas ichimlik kulti keng tarqalgan. Muqaddas ichimlik kulti mitraga siginish
odati   bilan   bogliq.   Klassik   mitra   kelishuv   va   muzokara   hudosi   hisoblangan.
Hindevropaliklar mitraga quyosh hudosi sifatida siginishgan. Regvida va Avestoda
quyosh   chiqishning   sherigi   sifatida   maydonga   chiqib,   yomgirni   chaqiradi,
o'simliklar   o'sishiga   va   butun   hosilga   yordam   beradi,   degan   fikrni   bildiradi   Meri
Boys.   Uning   sheriklari   tomonidan   olov   mitraning   vakili   sifatida   qaraladi.
Lingvistlar   mitra   bilan   olov   va   quyosh   o'rtasidagi   umumiylikni   topishgan.Qala-
qo'rgon   turidagi   manzilgohlar   sirasiga   Keleli   3   mansub   bo'lib,   baland   tag   kursi
ustida barpo etilgan kvadrat shaklidadagi (128x128 ) atrofi muhofaza devori bilan
o'ralib, yarim aylana burjlar bilan kuchaytirilgan yodgorlikni kiritish mumkin.
Boshqa   turdagi   manzilgohlari   dehqon   jamoasining   oddiy   qishloqlaridan   tashkil
topgan   yodgorliklardan   iborat.   Har   bir   xojalik   tumanilarida   bunday
manzilgohlarning bir nechatasi joylashgan. Bu davrda Margiyonada ixtisoslashgan
ishlab   chiqarish   yaxshi   rivojlanadi.   Gonurtepa   yodgorligining   shimoliy   va   garbiy
qismidagi   kulollar   mahallasidan   kulolchilik   xumdonlari   o'rganilgan.   Metallarga
ishlov   berish   ishlari   yanada   takomillashadi.   Bronzadan   Mehnat   qurollari   va   uy-
ro'zgor   bumlarini   yasash   hunarmanchiligi   takomillashadi.   Shuningdek,   hususiy
mulk belgisini ifodalovchi muhrlar va yozuv belilari ham keng tarqaladi. Shimoliy
Gonur saroyi dar vozasida loy tahtachaga tushirilgan sxematik belgilar va qadimgi
sxummer,   qadimgi   hind   yozuvlariga   oxshash   mixxat   yozuv   belgilari   tushirilga
muhrlar   aniqlangan.   Murgob   vohasining   bronza   davri   taraqqiy   etgan   madaniyati
bronza davrining oxirlariga kelib, inqirozga yuz tutadi.
4.   Baqtriyaning   so'nggi   bronza   davri   arxeologiyasi.   Ilk   yozma   manbalarda   Bahdi
(Avesto),   Baqtrish   (qadimgi   fors),   Baqtriya   (yunon-rim)   nomlari   bilan   keltirilgan
qadimiy o'lkada, uning hududi so'nggi bronza davrida Surxon vohasi va Shimoliy
Afgoniston doirasida chegaralangan. Bu o'lkada ilk otroq dehqonchilik madaniyati
so'nggi   bronza   davrida   qaror   topadi.   Dastlabki   topib   aniqlangan   yodgorliklarga
nisbatan   Shimoliy   Baqtriyada   -   Sopolli,   Janubiy   Baqtriyada   esa   -   Dashli madaniyati   nomlari   bilan   yuritiladi.Sopolli   madaniyatiga   oid   dastlabki   otroq
dehqon   jamoasi   qishloqi   Kohitangtogning   janubi-garbiy   etaklarida   (hozirgi
Muzrobod   cho'li)   Ulanbuloq-soyning   so'l   yoqasida   joylashgan   shu   nomdagi
yodgorlik   o'rnida   shakllanib,   taraqqiyotining   so'nggi   bosqichlariga   qadar   Surxon
vohasining Sharqiga tomon yoyilib boradi.
Kundalik   saqlash   va   boshqarish   tegishli   mahalliy   ma'muriyatlar   (Gochang-gun
okrugi,   Xvasun-gun   okrugi   va   Gangva-gun   okrugi)   zimmasida.   Gochang   Dolmen
muzeyi, Xvasun Dolmen saytini himoya qilish paviloni va Gangxva tarixiy muzeyi
tashrif   buyuruvchilarga   har   bir   dolmen   sayti   haqida   ma'lumot   beradi.   Muntazam
ravishda   kundalik   monitoring   olib   boriladi   va   3-4   yil   davomida   chuqur
professional   monitoring   olib   boriladi.Yozilgan   saytdagi   uchta   mulkning   har   biri
uchun boshqaruv rejalari ishlab chiqilgan.   Ularning asosiy maqsadi dolmen joylari
va   ularning   yaqin   atrof-muhitining   asl   xarakterini   saqlab   qolishdir.   Rejalar   ilmiy
tadqiqotlar   (tadqiqot,   inventarizatsiya,   tanlangan   qazishmalar   va   paleo-ekologik
tadqiqotlar),   atrof-muhitni   muhofaza   qilish   (o'simlik   qoplamini   tanlab   tozalash,
tabiiy   muhitga   minimal   ta'sirni   ta'minlash   uchun   tashrif   buyuruvchilarni
yo'naltirish,   qo'shni   qishloq   xo'jaligi   erlarini   bosib   olishning   oldini   olish,   va
hokazo), tizimli monitoring va taqdimot (belgilar, kirish yo'llari va to'xtash joylari,
tarjima   qilish   vositalari,   jamoatchilikni   xabardor   qilish   va   mahalliy
hamjamiyatlarning ishtiroki, festivallar va boshqa joylarda tadbirlar).
O'rmon   yong'inlarining   oldini   olish   uchun   dolmenlar   yonidagi   butalar   muntazam
ravishda olib tashlanadi va qazib olingan yer yoki daraxt ildizlari natijasida qulab
tushgan   dolmenlar   o'rganiladi,   keng   qamrovli   tadqiq   qilinadi   va   asl   holiga
keltiriladi.
3.   Kor е ya   yarim   orolida   m е tallurigiyaning   vujudga   k е lishi   bilan   sivilizasiya   ham
boshlangan.   Yarim   oroldagi   Sopxoxan,   Odon,   Shuantos   kabi   manzilgohlar
bronzaga oid bo'lib, dastlabki sivilizasiyalarning   tamal toshi bo'lgan. K е yinchalik bulardan ham rivojlangan Chxondo, II-III-IV Pomiy Kusok yodgorliklari vujudga
k е lgan.   Shimoliy   Xamg е ndagi   Musan   tumanida   joylashgan   Pomiy   Kusok   yoki
Yo'lbarsli   dara   manzilgohi   topilmalari   muhim   ahamiyatga   ega.   Undan   yarmi   е r
to'lalar topilgan. 
      Chxoda   1   yodgorligidan   17   ta   qabr   kovlangan.   Qabrlar   uyning   ichkarisidan
topilgan. Erkak va ayol  kishiga oid ikki  qabr  bus-butun chiqqan. Jasadning  boshi
shimol   tomonga   qaratib   ko'milgan.   Qabrlardan   sopollar   bilan   birga   qarmoq
ilgakchasi   va   bronza   z е b   ziynat   buyumlari   topilgan.   Manzilgoh   aholisi   m е hnat
qurollari yog'och, tosh, suyak va bronzadan yasalgan. Ular orasida skif-sibir tipiga
xos   tugmacha   ham   topilgan.   Sopol   buyumlardan   pettori   (18   smgacha
badandlikdagi   kosa),   siru   (guruch   pishirishga   mo'ljallangan   idish),   stakansifat
idishlar,   kichik   tag   kursichalar,   taglikli   tar е lkalar   chiroyli   profilli   tuvaklardan
iborat. Chxoda orlidagi manzilgohning asosiy qatlami mil avv. 2 ming yillik oxiri-
1   ming   yillik   boshlariga,   yuqorisi   esa   mil   avv.   V-IV   asrlarga   t е gishli.     Xv е r е n
shahri   yaqinidagi   Tumangan   daryosi   qirg'og'idagi   Odon   manzilgohi   mil   avv.   1
ming   yillik   boshlariga   oid.   Undan   8   ta   turar   joy   qoldiqlari   ochilgan.   aholining
asosiy   mashg'uloti   d е hqonchilik   bo'lgan.   Slans   yoki   bazalitdan   ishlangan
lapatkasimon motiga d е hqonchilik asosiy quroli bo'lgan. Bug'doy katta tosh dasta
bilan   plita   ustida   yanchilgan.   Shuningd е k   to'qimachilik   ham   mavjudligini
isbotlovchi dalillar ham topilgan. 
    Kor е yada   t е mir   mil.   avv.   VII-VI   asrlarda   paydo   bo'lgan.   Mil   avv.   1   ming
yilliklarda   bronza   va   t е mir   bilan  birga  tosh   va   suyakdan   ham   foydalanish   davom
etgan. 
    Bronza   davrning   ilk   bosqichida   uylar   yarim   е rto'lasimon   bo'lsa   k е yinchalik
ularning   arxit е kturasida   k е skin   o'zgarishlar   sodir   bo'lgan.   Ularning   poyd е vorini
chuquri   unchalik   chuqur   bo'lmagan.   Uyning   qrtasidan   tosh   platforma   ustiga
joylashgan ustunlar t е rib chiqilgan.      Bronza  va t е mir   davrida  asosiy   xo'jalik mashg'uloti  ziroatchilik  va chorvachilik
bo'lgan.   D е hqonlar   tariq,   chumiz,   turli   xil   poliz   ekinlari   va   sholi   е tishtirganlar.
Ovchilik va baliq ovlash ham ahamiyatli mashg'ulot bo'lgan. 
Miloddan   avvalgi   birinchi   ming   yillikda   bronza   texnologiyasi,   keyin   esa   temir
texnologiyasi   Koreya   yarim   oroliga,   ehtimol   qit'a   materikining   shimoliy
hududlaridan   kiritilgan   va   utilitarian   va   marosim   asboblarini   ishlab   chiqarish
uchun   ishlatilgan.   Metallurgiyadagi   yutuqlar   va   qishloq   xo'jaligiga   bog'liqlik
yanada   murakkab   ijtimoiy   ierarxiyaning   rivojlanishiga   turtki   bo'ldi,   bu   tobora
rivojlangan   dafn   amaliyoti   bilan   tasdiqlanadi.   Bronza   davrida   Manchuriya   va
Sibirning   qo'shni   mintaqalaridan   yarim   orolga   turli   populyatsiyalarning   ko'chishi
ham   sopol   buyumlarning   materiali,   shakli   va   funktsiyalarida,   shu   jumladan
bo'yalgan   buyumlarning   ko'rinishida   mintaqaviy   o'zgarishlarga   olib   keladi.   Temir
davrining   kulolchilik   g'ildiragi   paydo   bo'lishi   bilan   yanada   xilma-xil   shakllarni
oladi.
Bu davrda yarim  orolda birinchi  devor  bilan  o'ralgan  shtatlar  shakllangan.Koreya
yarim   orolida   nasroniylik   davrining   boshlarida   yuqori   tabaqalashgan   jamiyat
vujudga kelgan.  U ramziy ma'noda qimmatbaho buyumlarga egalik qilish va dafn
etish   maqomi   bilan   ifodalangan.     Taxminan   miloddan   avvalgi   2300–1700
yillardagi   Koreyada   tabaqalanishning   paydo   bo'lishini   tushunish   uchun   to'rt   omil
asosiy   hisoblanadi:   Chulmun   davridan   boshlab   yarim   orol   ichidagi   avtonom
sotsial-madaniy   evolyutsiya,   Manchuriya   va   Shimoliy   Xitoyda   rivojlangan
madaniyat   sohalarining   tashqi   bosimi,   elitaning   mavjudligi.     integratsiya
jarayonini, urush va mojarolarni osonlashtirish.  Ayniqsa, tashqi tazyiqlar ikkinchi
darajali   shakllanish   sifatida   tavsiflangan   ijtimoiy-madaniy   jarayonni   keltirib
chiqardi.  Rivojlanayotgan ijtimoiy murakkablik va tabaqalanishni isbotlash uchun
mualliflar   turli   xil   arxeologik   ma'lumotlarni   o'rganadilar,   bunda   alohida   e'tibor
tabaqalashtirilgan o'likxona arxitekturasi va unga aloqador ob'ektlarga qaratiladi.  
Bronza   davri   (miloddan   avvalgi   1000–300   yillar)   va   ilk   temir   davrida   (miloddan
avvalgi 300–1 yillar) sifati yaxshilangan sopol idishlarning yana ko p turlari paydoʻ bo ldi.     Xitoyning   bo'yalgan   kulollaridan   olingan   bo'yalgan   buyumlar   Shimoliyʻ
Koreyada topilgan, yarimorolning boshqa hududlarida esa sirt bezaklari bo'lmagan
buyumlar   ishlatilgan.     Shamanistik   xudolarning   loydan,   suyakdan   yoki   toshdan
yasalgan   haykalchalari   Musan   va   Kulp'o-ri   kabi   shimoliy-sharqiy   joylarda,
unumdorlik   va   boylikni   ta'minlash   uchun   joziba   sifatida   ishlatilgan   kichik   loy
cho'chqalar   ishlab   chiqarilgan.     Cho'chqalar   haqiqiy   tasvirlangan   va   ba'zilarida
hatto   haqiqiy   cho'chqa   tuklarini   ushlab   turish   uchun   ishlatilgan   mayda   teshiklari
ham bor.
Koreyada miloddan avvalgi 3-2-ming yillik va 1-ming yillik boshlarigacha davrda
bronza   va   temirga   ishlov   berish   markazlari   tashkil   etilgan.     Bronza   xanjarlar,
nometalllar va teshilgan qutblar, oxir-oqibat Sibir kelib chiqishi, quyildi.  Xanjarlar
Yevroosiyo   cho'lidagi   skif   xalqlari   tomonidan   keng   qo'llaniladigan   turdagi.
Ko'zgular   ham   xitoycha   bo'lmagan   turdagi   bo'lib,   egizak   tugmachalar   nozik
chiziqli   uchburchaklardan   tashkil   topgan,   mahkam   tuzilgan   geometrik   dizaynga
nisbatan markazdan bir oz uzoqroqda joylashgan edi.  Chizilgan uchburchak motifi
Hallstattdan butun Yevroosiyo qit'asi bo'ylab keng tarqalgan.
Tarixdan   oldingi   Koreyadagi   Sibir   san'ati   an'analarining   ko'proq   dalillarini   1970
yilda   Janubiy   Koreyaning   janubi-sharqiy   qirg'og'i   yaqinidagi   Pan'gudae   shahrida
topilgan   toshga   o'yilgan   rasmda   ko'rish   mumkin.     Kitlar,   delfinlar,   yo'lbarslar,
bo'rilar   va   kiyiklarni   o'z   ichiga   olgan   hayvonlarning   o'ralgan   chizmalari   va
siluetlari toshning katta (8 dan 2 metrgacha), tekis vertikal yuzasida tasvirlangan.
Ba'zi   hayvonlarda   Sibir   qoya   san'atining   rentgen   uslubida   og'izdan   anusgacha
chizilgan   "hayot   chizig'i"   mavjud.     Shaman,   ovchilar   va   baliqchi   ham
tasvirlangan.Metall   ishlov   berish   Uch   Shohlik   davridagi   bezak   san'atining   eng
rivojlangan vositalaridan biri edi.  Podshohlar va yuqori martabali amaldorlar oltin
yoki zarhal bronza toj va toj kiygan, shuningdek, oltin, kumush, bronza, nefrit va
shishadan   yasalgan   sirg'alar,   marjonlarni,   bilaguzuklar   va   barmoq   uzuklari   bilan
bezatilgan.   Omon qolgan eng yaxshi zargarlik buyumlari va regaliya buzilmagan
Silla   qabrlaridan   olingan.     1990-yillarning   boshlarida   beshta   Kyonju   qabrlaridan kelgan   faqat   beshta   oltin   toj   topilgan   (o'shandan   beri   yana   bir   nechtasi   topilgan).
1921 yilda Oltin toj qabrida topilgan eng murakkablaridan biri beshta tik elementli
tashqi   aylana   va   shoxli   old   bezakli   alohida   ichki   qalpoqdan   iborat.     U   kesilgan
oltindan   yasalgan   bo'lib,   oldingi   ustunlarning   uchtasi   yuqori   darajada   stilize
qilingan  daraxtlar   bo'lib,   ikki   shox   shaklidagi   ustunlar   bilan  qoplangan.     Vertikal
elementlarga   o ralgan   sim   yordamida   ko p   sonli   shpal   va   yarim   oy   shaklidagiʻ ʻ
nefrit   (kogok)   bo laklari   biriktirilgan.     Daraxtlar   va   shoxlarga   sig'inish   Uch	
ʻ
Qirollikdagi   koreyslar   paydo   bo'lgan   Markaziy   va   Shimoliy   Osiyoning   qadimgi
xalqlari   orasida   deyarli   universal   edi.     Qora   dengizning   shimoliy   qirg'og'idagi
sarmatlar qabrida xuddi shunday miniatyura kiyiklari va daraxtlari bilan bezatilgan
diadema topilgan. 
Bronza sopol buyumlarining eng vakillik turi Koreya yarimorolini  qattiq, kulrang,
sirlanmagan   kulol   buyumlaridir.     Idish   shakllarining   asosiy   turi   silindrsimon
bo'yinbog'li   o'rnatilgan   stakan   va   bankalardir.     Kuboklarning   tagida   to'rt   yoki
undan   ortiq   to'rtburchaklar   teshiklari   mavjud.     Bundan   tashqari,   bu   kulrang
idishlarning   yelkasiga   biriktirilgan   ko'plab   inson   va   hayvonlar   haykalchalari,
shuningdek, bir oz kattaroq o'lchamdagi mustaqil haykalchalar mavjud.  Pekcheda
7-asrda   Puyŏ   atrofida   kulrang   loydan   yasalgan   plitkalar   ishlab   chiqarilgan,
ularning   ko'plarida   dadil   stilize   qilingan   landshaftlarning   releflari   mavjud.     Ular
Koreyadagi   landshaft   rasmlarining   dastlabki   bosqichlarining   dalili   bo'lib   xizmat
qiladi.
Birlashgan Silla davri boshqa davrlarga qaraganda ko'proq granit buddist tasvirlari
va   pagodalarini   yaratdi.     Me'moriy   bezaklar,   masalan,   gul   va   hayvonot   naqshlari
bilan   bezatilgan   tomlar   yuqori   sifatli   edi.     Birlashgan   Sillaning   bronza   ustalari
ajoyib   ishlarni   amalga   oshirdilar,   bunga   misol   sifatida   ko'plab   ulkan   ma'bad
qo'ng'iroqlari,   sharira   qutilari   (shakyamuni   Buddaning   muqaddas   kullari)   va
buddist   haykallari   misol   bo'la   oladi.     Hukmronlik   davrining   oxirlarida   bronza
yetishmay   qolgandek,   haykallar   temirdan   yasalgan.     Birlashgan   Silla   davridan buddistlarning   bitta   rasmi   saqlanib   qolgan.     Unda   ma'badda   o'tkazilgan   buddist
va'zi tasvirlangan.  
Ko'p sonli sopol idishlar, asosan, Kyonju yaqinida topilgan.   Ular muhrlangan gul
naqshlari   bilan   qoplangan,   ba'zilarida   esa   sarg'ish   yashil   qo'rg'oshin   sirlangan.
Shtamplash   va   oynalash   7-asrda   kulollar   tomonidan   kiritilgan   usullar   edi.     Sopol
tom va kvadrat plitkalar ham ishlab chiqarilgan.    Ular nozik shakllangan lotus va
boshqa boy gul

Mavzu: Zarafshon vohasi bronza davri 1. Zarafshon vohasi bronza davri o‘rganilishi tarixi 2. Zarafshon vohasi bronza davri asosiy yodgorliklari va ular tadqiqoti natijalari 3. Zarafshon vohasi bronza davri jamoalari moddiy madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari

Zarafshon vohasi bronza davrida. Zamonbobo madaniyati. Zomonbobo manzilgohi yarim er uylarning konstruksiyasi. Zamonbobo qabristoni. Dafn marosimlari. Zamonbobo madaniyati jamoasi xo‘jaligi va moddiy madaniyati. Kulolchilik. Bronza buyumlari. Tosh qurollari. Xo‘jalik xususiyatlari. Sarazm madaniyati bronza davrida. Uy-joy imoratlari va ibodatxona inshootlari. Hunarmandchilik taraqqiyoti. Sopol buyumlar bezaklarining murkablashib borishi. Bronza va toshdan ishlangan buyumlar. To‘qay yodgorligi bronza davri metallurglari manzilgohi. Zarcha Xalifa mozorlari So‘g‘d hududlaridagi madaniy aloqalarning namunasi sifatida. O‘rta Osiyoning dasht va tog‘ oldi hududlarida chorvador va yarim dexqon xo‘jaligining shakllanishi. Dashti Qozi, Mo‘minobod, CHakka va boshqa mozorlar. Kuzatuv buyumlari. Qadimda Sug‘diyona deb nomlangan tarixiy-madaniy o‘lka hozirgi Samarqand, Navoiy, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarini tashkil etadi. Bu ona zaminning tarkib topishi, rivojlanishi va gullashida Zarafshon va Qashqadaryo daryolarining o‘rni beqiyos va benazirdir. Ana shu ikki daryo suvlari asosida juda qadim zamonlarda Sug‘d bobo dehqonlarining qishloqlari va shaharlari qad ko‘targan. Zarafshonning yuqori va o‘rta havzalarida ilk temir davriga kelib, Avesto turlari sekin-asta o‘troq hayotga o‘ta boshlaydilar. Zarafshon va Qashqadaryo havzalarida o‘troqlashgan bu saklar Sarazm madaniyati avlodlari bilan qorishib, Avestoda “Gova Sug‘uda”deb atalgan tarixiy viloyatning o‘troq sug‘diylar aholisini tashkil etgan. Ular yashagan vohalar esa tarixda “Sug‘diyona” deb ataldi. SHunday qilib, so‘nggi bronza va ilk temir davrida yana bir madaniy- xo‘jalik markazi, ya’ni Sug‘diyona viloyati tarkib topadi, uning qadimgi dehqonchilik xo‘jaliklari bilan shug‘ullangan etnik qatlamining izlari Zarafshon vodiysining Ko‘ktepa, Afrosiyob, Xo‘ja Bo‘ston, Qozimontepa yodgorliklarining quyi qatlamlari, Qalqan ota mozor qo‘rg‘onlari, Qashqadaryo vohasida Uzunqir, Daratepa va Sangirtepa kabi yodgorliklar misolida o‘rganilgan. YAqingacha Sug‘dning bosh shaharlari Samarqand va Buxoroni ilk shahar madaniyatining tarixiy ildizlari qaysi davr va qanday yodgorliklarga borib taqalishi

fanda noma’lum edi. SHuning uchun sobiq Sovet davri tarixshunosligida O‘rta Osiyoga ilk shahar madaniyati Eron Axomaniylar va Iskandar boshliq yunonlar tomonidan olib kelingan. Bu zaminning tub joyli aholisi saklar esa, o‘tovlarda yashab ko‘chmanchi chorvachilik bilan shug‘ullanar edilar, deb tushintirilar edi. Ammo, o‘tgan asrning 70 yillaridan boshlab, olib borilgan arxeologik izlanishlar bunday g‘ayriilmiy qarashlarni asossiz ekanligini yuqorida nomlari zikr etilgan qadimgi dehqonchilik madaniyati yodgorliklari misolida isbotladi. Ana shu noyob yodgorliklarning keng o‘rganilgan ob’ektlaridan biri Ko‘ktepa qadimgi shahar xarobasidir. YOdgorlik deyarli kvadrat shaklida bo‘lib, uning maydoni 23 gektarni tashkil etadi. YOdgorlik toporelefiga ko‘ra, uni o‘rab olgan mudofaa devori chiziqlari va darvoza o‘rinlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Uning maydonida monumental bino qoldiqlari saqlangan. YOdgorlikning markaziy darvozasiesa yirik minoralar bilan mustahkamlangan. YOdgorlik markaziy qismini egallagan bino qoldig‘i baland platforma ustida qad ko‘targan bo‘lib, M.X. Isamiddinovning tahliliy xulosasiga ko‘ra, zardushtiylik ibodatxonasi bo‘lishi mumkin. YOdgorlik maydonida ko‘zga tashlangan ikkinchi yirik tepalik, u erda o‘tkazilgan qazishma natijalariga ko‘ra, shahar hokimining qarorgohi bo‘lib chiqqan.SHahar maydonida yana bir necha tepachalar mavjudki, ular shahar aholisining turar-joy massivlari, hunarmandchilik ustaxonalarining qoldiqlari bo‘lib chiqdi.Xullos, Ko‘ktepa Sug‘diyona hududidagi eng katta qadimgi shaharlardan biri bo‘lgan, degan to‘g‘ri xulosaga kelingan.Ko‘ktepani davriy sanasini o‘rganish maqsadida uning 5 joyida stratigrafik shurflar va 6 punktda keng ko‘lamli qazishmalar o‘tkazildi. Olingan materiallar hliliga ko‘ra, Ko‘ktepa uch xronologik davrga bo‘linadi.n. Birinchi davr Ko‘ktepa I (so‘nggi bronza davri), ikkinchi davr Ko‘ktepa II (ilk temir davri Sug‘diyonasi), uchinchi davr Ko‘ktepa III (antik davri). SHunday qilib, yodgorlikning deyarli kvadrat shaklda tarkib topishi, uning ichki va tashqi mudofaa devorlari, ichki devorning monumental xarakteri, markaziy kirish darvozasining minoralar bilan rasmiylashtirilishi, shimol tomondan shaharga olib kirilgan kanal izlarining saqlanishi, shahar markazida qad

ko‘targan bosh otashgohning monumental xarakteri, uni qalin platforma ustiga qurilishi, unga markaziy darvozadan pandus orqali ko‘tarilishi, yodgorlik maydonining janubi-sharqida balandligi 10 m.dan kam bo‘lmagan to‘g‘ri to‘rtburchakli monumental binoning qad ko‘tarishi (Ko‘ktepa II), uni qalin mudofaa devori bilan o‘rab olinishi, bularning barchasi Ko‘ktepa co‘nggi bronza va ilk temir davrining yirik ilk shahri bo‘lganligidan dalolat beradi. Afsuski, Ko‘ktepa III davrida shahar vayronaga uchraydi. Gullab-yashnab turgan bu shaharning inqirozga yuz tutishi mil. avv. IV asrning oxirgi choragida Iskandar Zulqarnaynning (Aleksandr Makedonskiy) harbiy yurishlari bilan bog‘liq bo‘lgan. Markaziy Sug‘dda ilk temir davriga oid ilk shahar madaniyati qadimiy Samarqand-Afrosiyobda, Samarqandning eski shahri va atrofida tarkib topgan Qo‘rg‘oncha va Lolazor qishloq makonlarida va boshqa joylarda ham topib o‘rganilgan. Lolazorda mil. avv. VII asr oxirlariga tegishli kanal izlari ham topilgan. Afrosiyobning turli joylarida olib borilgan arxeologik izlanishlar davomida qadimgi shaharni o‘rab olgan monumental mudofaa devor (mil. avv.VI asr) qoldiqlari, ular tarkibi va devor asosi atrofidan kulolchilik charxida ishlangan qadimgi sug‘d davri sopol parchalari topilgan. Bularning barchasi Ko‘ktepa II komplekslari bilan bir davrni, ya’ni markaziy Sug‘dda qadimgi sug‘d madariyati, ya’ni ilk shahar madaniyatini xarakterlaydi. Qashqadaryo vodiysida ilk temir davri yodgorliklari janubiy Sug‘d sarhadlarini tashkil etadi. Bu o‘lkada qadimgi dehqonchilik madaniyat yodgorliklari 32 joyida topib o‘rganilgan. Ular yuqorida tilga olingan ayrimlari o‘tgan asrning 50 yillarida S.K Kabanov tomonidan YAkkabog‘ va Tanxozdaryolarning quyi havzalarida ochilgan. 1970 yillarning boshlarida CHimqo‘rg‘on suv ombori sohillaridan Jartepa 2 va CHiroqchitepa qishloq makonlari topib o‘rganiladi. Daratepa, Uzunqir va Sangirtepa kabilardan iborat bo‘lib,ularda keng ko‘lamli qazishmalar olib borilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Janubiy Sug‘dda huddi SHimoliy Baqtriya kabi o‘troq aholining qishloqlari Qashqadaryoning o‘rta va quyi havzalarida, tog‘ oldi hududlarda, soy etaklarida tashkil topgan. Ular Qayrag‘och, Guldaryo, SHo‘robsoy, Tanxozdaryo, Qizildaryo, Erqo‘rg‘on, Nishon kabi qadimgi

dehqonchilik vohalarini tashkil etadi. Bu yodgorliklarni (Sangirtepa, Daratepa va Uzunqir) o‘rganish natijasida qadimgi Sug‘d madaniyatining me’moriy qurilish rejasi, o‘ziga xos qurilish usullari va tuzilish xususiyatlari aniqlandi va Qashqadaryo vodiysida yashagan ilk temir davri ajdodlarimizning o‘troq hayoti va yuksak darajada rivojlangan madaniyati o‘rganildi. Sangirtepa, Uzunqir va Daratepa sopollarining qiyosiy o‘rganish natijasida, shu narsa ma’lum bo‘ldiki, Daratepa aynan Uzunqir II va Sangir II davrida o‘zlashtirilib, bu erda ilk shahar hayoti mil. avv. V-IV asrlarda ham davom etadi. g). Qadimgi Xorazm. Q adimgi Xorazm Amudaryoning quyi havzalari, ya’ni O‘zbekistan Respublikasi, uning tarkibidagi Qoraqolpog‘iston va Turkmaniston Respublikasining Toshovuz viloyatini o‘z ichiga oladi. Bu zaminga urbanistik jarayonlar Baqtriya va Sug‘diyonaga nisbatan ancha keyin kirib boradi. Amudaryo quyi havzalari juda qadim-qadim zamonlardan Amudaryodan oqib kelgan chirindi, sernam, unumdor qoq erlar maydoni bo‘lib kelgan. Mil. avv. VI asrgacha chorvador sak-massaget ajdodlarimizning makoni edi. Qadimgi Xorazmda ilk davlatchilikning kurtaklari Amirobod madaniyati (miloddan avvalgi X-VIII asrlar) davridan nish ura boshlagan bo‘lsada, ammo, dehqonchilik hali qo‘ltik ziroatchiligi xarakterida edi. Amirobod madaniyati esa butun o‘lka bo‘ylab keng tarqalmagan. Demak, mavjud tasavvurlarga zid o‘laroq, Amirobod madaniyati davrida Amudaryo quyi havzalarida tub ma’nodagi takroriy sug‘orma dehqonchilikka asoslangan Qadimgi Xorazm sivilizatsiyasi hali tashkil topmagan edi.Bu mintaqaning unumdor qoq er massivlari Quyisoy madaniyati chorvador qabilalarining chorva yaylovlari bo‘lib xizmat etishda davom etar edi. SHu boisdan bo‘lsa kerak, Qadimgi Xorazm tarixining chuqur bilimdoni S.P. Tolstov bu mintaqani oriylar vatani “Aryanam Vaychah” deb bejiz aytmagan. Aryanam Vaychah o‘z tabiiy iqlim sharoitiga ko‘ra, avestoshunos lingivistlarning ta’kidlashicha, ko‘chmanchi chorvador jamoalarning muqaddas vatani bo‘lgan. Arxeologik materiallar tahliliga ko‘ra, mil. avv. II ming yillikning ikkinchi yarmidan boshlangan oriylar migratsiyasi ko‘chmanchi chorvachilik xo‘jaligi rivoji bilan bog‘liq bo‘lib, bu migratsiyalar natijasida, O‘rta Osiyo