logo

O‘zbek-Fransuz xalqaro arxeologik ekspiditsiyasining Zarafshon vohasi tosh davri yodgorliklarini o‘rganishda qo‘shgan hissasi mavzusida

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

87.9423828125 KB
O‘zbek-Fransuz xalqaro arxeologik ekspiditsiyasining Zarafshon vohasi tosh
davri yodgorliklarini o‘rganishda qo‘shgan hissasi mavzusida
 
MUNDARIJA
Kirish…………………………………………………………………………… ..4
I  BOB . ZARAFSHON VODIYSINING TABIIY-GEOGRAFIK SHAROITI 
VA  TOSH DAVRI ARXEOLOGIK YODGORLIKLARI…………………..10
1.1. Zarafshon vodiysining tabiiy-geografik tuzilishi………………………….10
1.2. Zarafshon vodiysining qadimgi tosh  davri yodgorliklarining o’rganilish 
tarixi……………………………………… ………………………………………12
II  BOB. O’ZBEK –FRANSUZ XALQARO ARXEOLOGIK 
EKSPEDISIYASINING ZARAFSHON VOXASI PALEOLIT DAVRI 
YODGORLIKLARINI O’RGANISHDAGI QO’SHGAN HISSASI………...20
2 . 1. Sulton-Uvaystov   so’ngi paleoliti  ( №23 va 24 punktlar)… ……………20
2. 2. Ko’kcha ustaxonasi… ………………………………………………….30
III  BOB.   OYOQOG’ITMA BOTIG’INING SO’NGI PALEOLIT VA 
NEOLIT DAVRI YODGORLIKLARINI O’RGANISHDAGI QO’SHGAN 
HISSASI………………………………………………………………………….38
3.1.  Oyoqog’itma botig’ining so’ngi paleolit davri arxeologiyasi……………..38
3.2. Oyoqog’itma botig’ining so’ngi paleolit davri arxeologiyasi……………..42
Xulosa…………………………………………………………………………57
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………………60
Qisqartirilgan so’zlar izohi……………………………………………………..66
1 2 Kirish.
Mavzuning dolzarbligi.  Zarafshon vodiysi o’zining tabiiy-geografik o’rniga
ko’ra,   nafaqat   O’zbekiston,   balki   O’rta   Osiyo   mintaqasining   markaziy   qismini
tashkil   etadi.   Bu   zamin   odamzod   tomonidan   qadimgi   tosh   davrining   mustye
bosqichidan   boshlab   o’zlashtirilgan.   Shu   davrdan   boshlab   kishilik   tarixining
barcha   bosqichlariga   oid   arxeologik   yodgorliklar   topilib,   ana   shu   moddiy
madaniyat   manbalari   asosida   voha  aholisining   ibtidoiy  davr   tarixi   tadrijiy  ketma-
ketlikda o’rganib chiqilgan.
Ana   shu   tadqiqotlardan   ma’lum   bo’ldiki,   Zarafshon   vohasining   qadimgi
madaniyati   o’zining   xilma-xilligi,   har   bir   davr   va   ularning   tarixiy   ketma-ketlikda
intensiv   rivoj   topgan   bosqichlari   bilan   insoniyat   tarixida   katta   madaniy   meros
qoldirgan. 
Zarafshon   vodiysida   mustye   davri   yodgorliklari   keng   o’rganilgan.   Ular
Omonqo’ton 1
,   Takalisoy 2
,   Qizilnura-1 3
,   Zirabuloq 4
,   Qo’tirbuloq 5
  va   boshqa
yodgorliklar   bo’lib,   bulardan   o’sha   davr   odamlarining   ovchilik   va   termachilikka
asoslangan turmush tarzi bilan bog’liq mehnat qurollari, ov hayvonlarining suyak
qoldiqlari  kabi boy ashyoviy dalillar  topilgan. Xalqaro ekspedisiyalar  tadqiqotlari
natijasida   yurtimizda   paleolit   davriga   oid   Angilloq,   To’daxotin,   Angren,   Teshik-
tosh   2,   Oyoqog’itma,   Bo’kantog’   (№23   va   24   punktlar)   kabi   yangi   yodgorliklar
ochib   o’rganildi.   Ko’lbuloq,   Qizilolma   2,   Obiraxmat,   Qo’tirbuloq,   Zirabuloq,
Omonqo’ton va h.k. yodgorliklarda ilmiy tadqiqot ishlari davom ettirildi. Natijada
qator   olamshumul   yutuqlarga   erishildi.   Shunga   qaramasdan,   XX   asrning   30-
yillarida ishlab chiqilgan, hozirda esa eskirgan mahalliy stratigrafik chizmalardan
foydalanish   davom   etadi.     Masalan,   geologlar     G.F.Tetyuxin,   S.A.Nesmyanov,
1
    Лев Д.Н. Древний палеолит в Аман - Кутане. Тр. УзГУ, в ы п .  3 9. Самарканд-1949 ; Его же. Нов ы е  находки в
пещере Аманкутан. «Природа» , № 1, 1958.          
2
  Лев Д.Н. Пещера  эпохи  палеолита   близ  г. Самарканда. «Природа» №6, 1953;    Его же.   Новые  памятники
палеолита в Узбекистане.  Труды по изучению чевертичного периода . Вып.  XIII , Москва -1957. 
3
  Виноградов   А.В.,   Мамедов     Э.Д.   Кызылнура   1-первый   мустьерский   памятник   в   Кызылкумах.   СА   №   1,
1969 .
4
Ташкенбаев Н.Х.  Новые памятники древнекаменного века в Самаркандской области.  О НУ  №11,1971 ; 
5
  Ташкенбаев Н.Х.     Об исследовании палеолитической стоянки Кутурбулак.   ИМКУ вып.12. Ташкент-1975;
Ташкенбаев   Н.Х.,   Сулайманов   Р.Х.   Культура   древнекаменного   века   долины   Зарафшана.   Изд.   «ФАН»,
Ташкент-1980.
3 arxeologlar   M.R.Qosimov,   V.A.Ranov,   R.X.Sulaymonov,   N.X.   Toshkenboyevlar
bu   chizmalardan   O’rta   Osiyo,   jumladan   Zarafshon   havzasi   geologiyasini
arxeologik obyektlar bilan bog’lashda  foydalanib kelganlar 6
.
Zarafshon   vodiysida   mezolit   davri   yodgorliklari   hozircha   kam   o’rganilgan.
Bu   davrga   oid   obyekt   sifatida   Saza g’ on   1   manzilgohini   ko’rsatish   mumkin.
Mezolit   davri   tosh   qurollari   Uchtut   tosh   ustaxonasi   va   ba’zi   bir   Uchtut   neolit
shaxtalarida ham uchraydi. Ammo bu davrga tegishli orginal yodgorlik Zarafshon
vodiysida hozircha topilgani yo’q.
Mustaqillik   tufayli   o’tmish   tarixga,   uning   obyektlariga,   ularning   tarixiy
talqinidan   kelib   chiqadigan   natijalarga   qarab   tahlil   etish   usullari   qo’llanila
boshladi.   Natijada,   Zarafshon   vodiysining   suv   havzalariga   yaqin   mintaqalarda
tarkib   topgan   yodgorliklar   asosida   o’troq   dehqonchilik   xo’jaligi   yotganligi,   ular
«kechagi»   qishloqlar   bo’lgan   bo’lsa,   «bugun»,   sekin-asta   yirik   ilk   shaharlar
markaziga   aylanganligi   haqida   fikr-mulohazalar   qilina   boshlandi.   Arxeologiya
obyektlarini yangicha qarashlar asosidagi tahliliga ko’ra, miloddan avvalgi II-ming
yillikning   o’rtalaridan   O’rta   Osiyo   mintaqasiga   ommaviy   kirib   kelgan   chorvador
qabilalar   hayotida   ham   tub   ijtimoiy-iqtisodiy   o’zgarishlar   yuz   bera   boshlaydi.
Tarixiy   ildizlari   Qadimgi   Sharq   sivilizasiyasiga   borib   taqaluvchi   ilk   urbanistik
jarayon miloddan avvalgi II-ming yillikning oxiri va I-ming yillikning boshlaridan
yana   jonlana   boshlaydi.   Ana   shu   jonlanishning   guvohi   sifatida   Zarafshon
vodiysining o’rta qismida Ko’ktepa, Afrosiyob kabi ilk shaharlar  qad ko’taradi. 
Shunday   qilib,   Zarafshon   vodiysining   tosh   davri   qabilalarining   madaniyati
haqida   juda   katta   arxeologik   materiallar   to’plangan.   Har   bir   davr   arxeologik
komplekslari   baholi   qudrat   sistemalashtirilgan   va   ularning   davriy   sanalari
aniqlangan.   Jahon   tarixshunosligida   tosh   davri   jamiyatning   butun   evolyusiyasiga
tamal toshi qo’ygan va sivilizasiyalarning paydo bo’lishiga zamin hozirlagan davr
sifatida   e’tirof   etiladi.   Zero,   ushbu   davr   qa’rida   san’at,   din,   oila   va   ijtimoiy
tashkilotlarning   ildizlari   yashirinib   yotadi.   Shu   jihatdan   ushbu   davrda   insoniyat
6
  Тетюхин   Г.Ф,   Ташкенбаев   Н.Х.,   Сулайманов   Р.Х.   Геоморфологические   положения   мустьерского
местонахождения   Кутурбулак.   И МКУ,   вып.14   Ташкент-1978;     Ранов   В.А.,   Несмянов   С.А   Палеолит   и
стратиграфия антропогена Средней Азии. Душанбе-1973.
4 hayotining   turli   jabhalarida   ro’y   bergan   o’zgarishlarni   tizimli   tadqiq   etish   va   shu
asosda insoniyat  madaniyati voqyeyligining mohiyatini anglash muhim   ahamiyat
kasb etadi 7
. 
Hozirgi vaqtda jahon neolitshunosligida ushbu davrning asosiy manbalaridan
biri   bo’lgan   tosh   qurollarni   o’rganishda   yangi   texnologiyalar   va   shu   asosda
yaratilgan yangi uslublarni qo’llash keng qamrovli ilmiy natijalarni qo’lga kiritish
ustuvor   vazifalardan   biriga   aylanib   bormoqda.   Xususan,   tosh   industriyalarning
ilmiy   tahlili   neolit   davri   odamlarining   iqtisodiy   munosabatlari,   ularning     tabiiy-
geografik muhit bilan o’zaro aloqadorligiga oid ma’lumotlarni olish va shu asnoda
qadimgi   ajdodlarimizning   turmush   tarzi   va   xo’jaligini   yoritish   imkonini   beradi.
Ayni   vaqtda   Oyoqog’itma   makoni   materiallari   asosida   Kaltaminor   madaniyati
yodgorliklarini kompleks o’rganish, zamonaviy standartlar darajasiga ko’tarish va
uning   jahon   sivilizasiyalari   shakllanishidagi   ahamiyatini   aniqlash   zarurati   ushbu
dissertasiya ishining dolbzarbligini belgilaydi.  
Muammoning   o’rganilganlik   darajasi.   ,   Zarafshon   vodiysining   tosh   davri
yodgorliklari   XX   asrning   o’rtalaridan   boshlab   tadqiq   etila   boshlangan   bo’lib,
ushbu tadqiqotlar natijasida shu davrga oid Uzboy bo’ylari 8
, Sariqamish 9
, Xorazm
hududi 10
,   Qizilqum 11
    va   Zarafshonning   quyi   oqimida 12
  ko’plab   Kaltaminor
madaniyati   yodgorliklari   ochilgan   va   o’rganilgan.   Bu     tadqiqotlar   tufayli
Kaltaminor madaniyati sohiblari Markaziy Osiyo va Janubiy-G’arbiy Qozog’iston
hududlarida   tarqalib   yashaganliklari   ilmiy   isbotlangan   va   kaltaminorliklar
7
Деревянко А.П., Маркин С.П. Палеолитоведение. Новосибирск. 1994. -С. 3.
8
Итина М.А. Памятники первобытной культуры верхнего Узбоя //ТХААЭЭ, т. 2. М.: 1958б. -С. 37.
9
Толстов С.П., Кесь А.-С., Итина М.А., Андрианов Б.В. Низовья Аму-Дарьи, Сары-Камыш, Узбой. История
формирования и заселения// МХЭ, 3, М.: 1960. -С. 77.
10
Виноградов   А.В.   Раннекельтеминарская   стоянка   Куняк   1//   КСИЭ,   вып.   30.   М.:   1958.   -С.545;   Виноградов
А.В. Новые неолитические находки Хорезмской экспедиции АН СССР в 1957 г. //МХЭ, вып. 4, М.: 1960. -
С.12; Виноградов А.В. Новые материалы для изучения кельтеминарской культуры// МХЭ, вып. 6. М.: 1963. -
С. 36.
11
Тереножкин А.И. Археологическая рекогносцировка в Западной части Узбекистана// ВДИ, № 2. М.: 1947. -
С. 134. Вактурская Н.Н. О поездке в Южные Кызылкумы в 1955 г. МХЭ, вып 1. М.: 1959. -С. 165.
12
Гулямов Я.Г. Археолгические работы к западу от Бухарского оазиса//ТИИА АН УзССР. Вып. 8. Т. 1956. -
С. 14.
5 egallagan   xudud   va   tarixiy   davr   arxeologiya   faniga   Kaltaminor   tarixiy-madaniy
jamoalari  nomi bilan kiritilgan 13 ,, 14
. 
Kaltaminor  madaniyatini  o’rganishdagi  eng katta muammolardan biri, ushbu
ulkan hududdagi ko’p sonli yodgorliklar orasida stratigrafiyalashgan makonlarning
kamligidir.   Hozirda   Kaltaminor   madaniyatiga   oid   yangi   yodgorliklar   topib
o’rganilayotgan   bo’lib,   shulardan   stratigrafiyasini   saqlab   qolgani   -   Oyoqog’itma
makoni   1995   yilda   O’zbekiston-Polsha   qo’shma   arxeologik   ekspedisiyasi
tomonidan   topildi   va   tadqiqot   ishlari   o’n   yil   davom   etdi.   Tadqiqot   natijalari
Kaltaminor   madaniyatiga   oid   yangi   ma’lumotlarni   berdi.   So’ngra,   2002   yilda
Kaltaminor   madaniyatini   o’rganish   uchun   O’zbekiston-Fransiya 15
  qo’shma
arxeologik   ekspedisiyasi   tashkil   qilindi.   Xalqaro   ekspedisiyalarning
Oyoqog’itmada   olib   borgan   tadqiqotlari   natijasida   mazkur   madaniyatni   o’rganish
multidissiplinar   sohaga   aylandi.   Hozirda   neolit   davri   tosh   industriyalarini
o’rganishning yangi tipologik, texnologik va morfologik usullari kashf qilindikim,
ularni arxeologik materiallarga qo’llash ko’plab yangi ma’lumotlarni berishi bilan
bir qatorda, ularni tadqiq qilishni yuqori zamonaviy bosqichga ko’tarishi mumkin.
Taklif   qilinayotgan   ushbu   dissertasion   ish   bu   borada   amalga   oshirilayotgan   ilk
qadam bo’lib, Oyoqog’itma makoni ilk neolitga oid qatlamlarining ko’p sonli tosh
industriyalarini zamonaviy tipologik, morfologik va texnologik uslublar yordamida
tadqiq qilishga bag’ishlangan. Ushbu madaniyatni o’rganishda paydo bo’layotgan
ikkinchi   muammo   bu   -   endilikda   o’tgan   80   yil   mobaynida   topilgan   Kaltaminor
madaniyatiga   oid   barcha   tosh   industriyalar   ilmiy   ishda   qo’llanilayotgan   tadqiqot
uslublari   yordamida   o’rganilishi   va   ularning   o’rganilish   darajasi   bir-biriga
yaqinlashtirilishi hamda shunga mos xulosalar olinishi lozim.
Tadqiqotning   maqsadi.   Zarafshon   vohasida   xalqaro   hamkor   ekspedisiyalar
tomonidan   tosh   davri   madaniyatlarini,   xususan,   qadimgi   tosh   davri
yodgorliklarining   o’rganilishi   va   muammolarni   tahlil   etish,   ularning   yurtimiz
tarixini o’rganishdagi ahamiyatini aniqlashdan iboratdir.    
13
Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы Среднеазиатского междуречья. М.: 1981. -С. 114.
14
Виноградов А.В. К вопросу о южных связах кельтеминарской культуры. СЭ, № 1. 1957а. -С. 44.
15
ЎзР ФА Археология институти ва Франция Миллий тадқиқотлар маркази.
6 Tadqiqotning   vazifalari: -O’zbek-Fransuz   ekspedisiyasining   mustaqillikdan
keyingi 30 yil mobaynida amalga oshirgan ilmiy tadqiqotlarini ma’lum bir tizimga
solish va umumlashtirish;
-O’zbekistonning qadimgi tosh davri arxeologik yodgorliklarini o’rganishdagi
muammolarga   xorijlik   mutaxassislarning   qarashlarini   tahlil   qilib,   ulardan
ayrimlarining yechimini topish;
-O’zbek-Fransuz   xalqaro   hamkor   ekspedisiyasi   ilmiy   tadqiqotlarining
natijalarini ilmiy muomalaga kiritish;
Tadqiqotning   obyekti     sifatida,   Zarafshon   voxasi   tosh   davri ga   oid   madaniy
qatlamlaridan topilgan tosh industriyalari tanlangan.
Tadqiqot   predmetini   Zarafshon   voxasi   tosh   davriga   oid   tosh   buyumlari:
nukleuslar,   uchirindilar,   plastina   va   mikroplastinkalar,   tosh   qurollar,   shuningdek,
ularning   tipologik   tasnifi,   ishlanish   texnologiyalari   hamda   madaniy-davriy   talqini
masalalari tashkil etadi.
Tadqiqotning   usullari:   Dissertasiya   arxeologik   qazishmalarda   aniqlangan
qatlamlar   bilan   bog’liq   ma’lumotlarni   tizimlashtirish,   tarixiy-qiyosiy   tahlil   va
xronologik   usul,   asosiy   tarixiy   manbalar   va   ma’lumotlarni   umumlashtirish
usullaridan   foydalanildi.   Shuningdek,   arxeologik   materiallarni   tadqiq   qilishda
Yevropada   keng   qo’llanilib   kelinayotgan   tipologik   (N.   Pijo)   va   texnologik   (J.
Peligrin va J.-P. Tiksiye) usullaridan foydalanildi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
- Zarafshon   voxasi   tosh   davrini   o’rganishdagi   xalqaro   hamkor
ekspedisiyalarning   tadqiqotlari   natijalari   umumlashtirildi   va   ma’lum   bir
tizimga solindi.  
- -Xalqaro   hamkorlik   natijalari   mustaqillikgacha   amalga   oshirilgan
tadqiqotlar bilan taqqoslandi.
- Oyoqog’itma   makoni   ilk   neolitga   oid   materiallarini   keng   miqyosda
qiyoslash asosida yodgorlikda toshga ishlov berishning Samarqand so’nggi paleolit
madaniyatida hukm surgan texnik an’analarning davom etganligi aniqlandi;
7 - qo’lga   kiritilgan   natijalar   nafaqat   Oyoqog’itma   makoni,   balki   butun
Kaltaminor madaniyatining genezisi masalalariga oydinliklar kiritdi;
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati:  Tadqiqot natijalarining
ilmiy   ahamiyati   mazkur   mavzuga   oid   nazariy-uslubiy   yondoshuvlar   yordamida
Zarafshon   voxasi   tosh   davrini   o’rganishga,   shuningdek,   neolit   davriga   oid   ilmiy-
nazariy va umumlashtirish uslublarini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Tadqiqot   natijalari   va   dissertasiyada   umumlashtirilgan   ma’lumotlar   Oliy
o’quv   yurtlari   talabalari   uchun   yangi   avlod   darslik   va   o’quv   qo’llanmalar
yaratishda,   muzeylarda   yangi   tosh   davriga   oid   ekspozisiyalarni   tashkil   etishda
hamda tarixiy-madaniy merosni targ’ib qilish jarayoniga xizmat qiladi. 
Natijalarning   e’lon   qilinganligi:   Dissertasiya   mavzusi   bo’yicha   jami   3   ta
ilmiy   ish,   jumladan,   ulardan   2   tasi   Respublika   va   1   tasi   xorijiy   jurnallarda   nashr
etilgan.
Dissertasiyaning   tuzilishi   va   hajmi.   Dissertasiya,   kirish,   2   ta   bob,   xulosa,
foydalanilgan manba va adabiyotlar, shartli qisqartmalar ro’yxatidan iborat. 
8 1-BOB 
ZARAFSHON VODIYSINING TABIIY-GEOGRAFIK ShAROITI VA
TOSh DAVRI ARXEOLOGIK YoDGORLIKLARI     
1.1. Zarafshon vodiysining tabiiy-geografik tuzilishi.
Zarafshon   vodiysi   O’rta   Osiyoning   markaziy   qismida,   Turkiston   va
Zarafshon   tog’   tizmalari   oralig’ida   joylashgan   ko’ndalang   vodiy.   Vodiyning
sharqiy   tog’   qismi   Tojikiston   Respublikasiga,   g’arbiy   tog’   etagi   va   keng   tekislik
qismi   esa   O’zbekiston   Respublikasiga   qaraydi.   Vodiyning   hozirgi   relyefini
shakllanishida   Zarafshon   daryosining   doimiy   va   vaqtli   irmoqlari   muhim   rol
o’ynagan.   Zarafshon   vodiysi   Zarafshon   muzligidan   boshlanib,   g’arbda
Qizilqumning   Sandiqli   qumigacha   (781   km)   cho’zilgan.   Zarafshon   vodiysi   shu
masofada   g’arbiy,   janubiy-g’arbiy   yo’nalishda   davom   etib,   asta-sekin   kengayib
boradi. 
Zarafshon   daryosining   eng   yuqori   qismining   eni   4-5   km.   Kishtutsoyning
Zarafshonga quyiladigan joyidan boshlab Zarafshon havzasi yana torayadi. Undan
quyi   sari   vodiy   kengaya   borib,   O’zbekiston   Respublikasining   Buxoro   vohasi
rayonlarida uning eni 60-70 km gacha borib yetadi 16
 .  
Zarafshon vodiysining O’zbekiston qismini uzunligi 480 km ga yaqin bo’lib,
mana   shu   masofada   tarixiy   davrlarda   Samarqand,   Buxoro   va   Qorako’l   vohalari
tashkil   topgan.   Samarqand   vohasi   shimolda   G’ubdintog’-Oqtog’-Qoratog’,
janubdan   Qoratepa-Zirabuloq-Ziyovuddin   kabi   uncha   baland   bo’lmagan   tog’lar
bilan o’rab olingan. Mana shu rayonlarda vohaning kengligi 50 km gacha boradi.
Vodiy   Karmanadan   o’tgach,   yana   torayadi.   Shu   joyda   Qiziltepa   va   Oftobachi
qirlari   bir-birlariga   yaqinlashib,   kengligi   8-10   km   bo’lgan   Xazara   yo’lagini   hosil
qiladi.   Vodiy   Xazara   yo’lagidan   o’tgach,   yana   kengayadi   va   janubiy-g’arbga
burilib, Buxoro vohasini hosil qiladi.  
Buxoro vohasi shimoldan Qizilqum, sharqdan Qo’shtepa, Quyimozor, Qum-
Sulton   kabi   tepaliklar,   janub   va   janubiy-g’arbdan   Qorako’l   platasi   bilan   o’rab
olingan.   Vodiy   Buxoro   vohasining   Qoraqo’l   platosi   yonida   ancha   torayib,
16
  Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 3 жилд, 2002 йил, 675 бет.
9 Qoraqo’l   yo’lagini   hosil   qilgan.   So’ngra   vodiy  yana   kengayib,   Qoraqo’l   vohasini
tashkil etgan.  
Qoraqo’l   vohasi   janubiy-g’arbdan   Sandiqli   qumi,   shimoliy-sharqdan
Qoraqo’l   platosi   va   janubdan   Eshakchi   qumligi   bilan   o’rab   olingan.   Bu   yerda
vodiyning kengligi 48-50 km. Voha doirasida katta va kichik sho’r qo’llar, baland-
pastliklar bor. Zarafshon vodiysining iqlimi kontinental, uning pastekislik qismlari
bog’u-rog’lar   barpo   etish   uchun,   umuman,   sug’orma   dehqonchilik   madaniyati
rivoji uchun juda qulay. 
Zarafshon   tog’   tizmasining   g’arbiy   qismi   janubiy   Hisor   tog’lari   bilan
tutashib   ketadi.   Uning   g’arbga   tomon   yastlangan   tizmalari   -Chaqalikalon   tog’i
Taxtaqaracha   dovonigacha   davom   etadi   va   so’ng   Qoratepa   tog’i   nomi   ostida
g’arbga   tomon   pasayib   borib,   balandligi   500-600   metrli   adirlar   bilan   tugaydi.
Adirlar   Kattaqo’rg’on   shahridan   janubda   balandlasha   borib,   Zirabuloq   tog’lariga
tutashadi.   Zirabuloq   va   uning   davomi-Ziyovuddin   tog’lari   Zarafshon   tog’
tizmalarining   g’arbiy   davomidir.   Bu   tog’larning   1500-2000   metr   oralig’idagi
baland qismi o’rmon-dasht mintaqasi hisoblanib, bu joylar archa, yong’oq, bodom,
pista, do’lana, itburun kabi o’simliklar bilan qoplangan. 
Zarafshon vodiysining shimoli-sharqida Nurota tog’ tizmalari joylashgan. U
Pomir-Oloy   tog’   tizmasining   shimoliy-g’arbiy   irmog’i   bo’lib,   Nurota   vohasini
shimol   va   g’arb   tomondan   o’rab   turadi.   Janubda   esa   Qoratog’   (Ko’ h i   siyoh),
Oqtog’ (Ko’hi Safed) hamda Baxiltov yastanib yotibdi. Tog’ tizmasining G’ubdin
tog’, Qaroqchi tog’, Qo’ytosh tog’lari bilan qo’shib hisoblaganda janubiy-sharqdan
shimoliy–g’arbga   tomon   cho’zilgan   masofa   500   km.   dan   kam   emas.   Janubiy-
sharqda Sanzar daryosidagi Ilon o’tdi yo’lagi Nurota tog’ tizmasini Morguzar tog’
tizmasidan   ajratib   turadi 17
.   Nurota   tog’   tizmasining   janubiy-g’arbiy   tarmog’i
Oqtog’   bo’lib,   uning   shimoliy   yon   bag’ri   bepoyon   Qizilqumga,   u   orqali
Aydarko’lga   hamda   Qozog’iston   dashtlariga   tutashib   ketadi.   Nurota   tog’   tizmasi
hududlarini   tog’li   zonalar,   tog’oldi   adirliklar   va   tekisliklar   tashkil   etadi.   Nurota
tog’ tizmalari Zarafshon vohasini shimoliy-sharqdan o’rab turadi.       
17
 Нурота тоғи. Ўзбекистон миллий энциклопедияси. Тошкент-2003, том 6, 420 бет.
10 Vodiyning   eng   pastki   400-500   metr   balandlikkacha   bo’lgan   yerlari   cho’l
mintaqasi hisoblanadi. Cho’l mintaqasidan so’ng vodiyning adirlari boshlanadi. U
500   metrdan   1200   metrgacha   balandlikda   bo’lgan   yerlarni   o’z   ichiga   oladi.   Bu
mintaqa   chorvachilik   xo’jaligi   uchun   juda   qulay   hisoblanib,   bronza   davridan
boshlab   xo’jalik   asosi   chorvachilikka   moslashgan   urug’-jamoalari   maskaniga
aylangan.   Vodiyning   1200   metrdan   yuqorisi   tog’   mintaqasi   hisoblanadi.   Bu
mintaqa   o’zlashtiruvchi   xo’jalik   sohiblariga   xos   o’z   tabiiy   imqoniyatlariga   ko’ra,
qadimgi   tosh   davrining   mustye   bosqichidan   e’tiboran   o’zlashtirilib,   ajdodlar
maskaniga aylangan.
Arxeologik   topilmalarga   ko’ra,   bu   mintaqa     yaylovlarida   bronza   davridan
boshlab chorva boqilgan va uning tegishli joylarida qadimgi metallurglar tog’ kon
sanoati   bilan   ham   shug’ulanishgan   (Jilou,   Yori,   Konchach,   Ziyovuddin     konlari).
Uning suvga yaqin daryo va soy, buloqlar bo’ylarida hamda suv resurslari asosida
hosil   bo’lgan   hududlarda   esa   eneolit   davridan   boshlab   qadimgi   dehqonchilik
xo’jaliklari   tashkil   topgan.   Miloddan   avvalgi     II-I   ming   yillik   va   milodiy   I-ming
yillik   davomida   esa   mikrooazis   tipidagi     dehqonchilik   o’choqlaridan   yirik
sug’orma dehqonchilik markazlari tarkib topadi 18
. 
1.2. Zarafshon vodiysining qadimgi tosh  davri yodgorliklarining o’rganilish 
tarixi. 
Zarafshon   vodiysi,   uning   tog’li   rayonlari   odamzodning   ilk   ajdodlari
tomonidan qadimgi tosh davrining mustye bosqichidan boshlab o’zlashtirilgan. Bu
haqda   dastlabki   ma’lumotlarni   Samarqand   davlat     universitetining   arxeologi
D.N.Lev   asarlarida   o’qish   mumkin 19
.   D.N.Lev   1947   yilda   Samarqand   shahridan
janubroqda,   Tahtaqaracha   dovoni   yaqinidan   Omonqo’ton   g’orini   topadi.   Besh   yil
o’tgach,   Samarqand   shahridan   50   km   lar   chamasi   janubiy-sharqdan   Takaliksoy
g’orini topib o’rgandi. 
1947-1957   yillarda   D.N.Lev     Omonqo’ton   g’orida   arxeologik   qazishmalar
olib   borib,   uning   madaniy   qatlamlaridan   220   dan   ortiq   chaqmoqtosh,     diorit   va
18
  Якубовский А.Ю. Из истории археологического изучения Самарканда. 1940;       Сборник “Афрасияб” , том
1, Ташкент -1969 ; Шишкин В.А. Варахша. Ташкент -1963. 
19
  Лев Д.Н. Древний палеолит в Аман - Кутане. Тр. УзГУ, в ы п . 39. Самарканд-1949.  
11 kvarsdan   ishlangan   mehnat   qurollari,   shuningdek   to’rtlamchi   davrga   boy   hayvon
suyaklarining boy kolleksiyasini topishga muyassar bo’lgan 20
. D.N.Lev 1966 yilda
arxeologik   izlanishlarni   Go’rdarada,   1951-1952   yillarda   esa   Takalisoy   g’orlarida
olib   borgan 21
.   Bu   joydan   topilgan   arxeologik   artefaktlar   Omonqo’ton   g’oridan
farqli   o’laroq   qalin   soztuproq   qatlamida   hosil   bo’lgan   madaniy   qatlamda
uchratilgan.   Ular   yaxshi   ishlov   berilgan   tosh   parrahalar,   chaqmoqtosh   uchqunlari
va   to’rtlamchi   davr   hayvonat   dunyosining   suyak   qoldiqlaridan   iborat   bo’lib,
yodgorlik   mehnat   qurollarining   xarakteriga   ko’ra,   qadimgi   tosh   davrining     muste
bosqichiga   tegishli   edi 22
.   Xullas,   har   ikkala   g’orlarda   olib   borilgan   arxeologik
izlanishlar   ularni   qadimgi   tosh   davrining   mustye   bosqichiga   tegishli   ekanligini
ko’rsatdi.   1958-1959   yillarda   mustye   davriga   tegishli   yodgorliklar   Q izil q um
sa h rosida   Q izilnur-1,   Lovlakon,   Q orasigir,   Qoratov-Nurota   tog’   tizmalarining
Voush tog’i janubiy yonbag’ridan 23
 M.R.Qosimov tomonidan topildi. Arxeolog M.
R. Qosimov ma’lumotlariga ko’ra, bu yodgorlik tosh ustaxonasi bo’lib, bu joydan
mustye davriga tegishli 884 ta ashyoviy dalillar topilgan 24
 . 
1971   yili   arxeolog   N.X.Toshkenboyev   tomonidan   Zirabuloq   tog’
etaklaridan 25
  mustye   davrining   yirik   obyektlari-Zirabuloq   va   Qo’tirbuloq
yodgorliklari   topildi.   Qo’tirbuloqni   qazish   vaqtida   (1971-1972   yillar)   besh
gorizontdan iborat madaniy qatlam ochilib, 200 metr kvadrat maydondan juda boy
mustye   davri   tosh   industriyasi   qoldiqlari   topib   o’rganildi 26
.   Ayniqsa,
Qo’turbuloqda olib borilgan arxeologik izlanishlar Zarafshon vodiysi qadimgi tosh
davrining mustye bosqichini o’rganishda noyob materiallar berdi 27
.
20
 Лев Д.Н. Древний палеолит в Аманкутане. Труды УзГУ,вып.69, Самарканд-1949; Новые находки в пещере
Аманкутан. «Природа», №1, 1958.
21
 Лев Д.Н. Итоги работы археологического отряда СамГУ в 1966 г. Тр. СамГУ, вып.218, Самарканд-1972.
22
 Лев Д.Н. Пещера эпохи палеолита  близ г. Самарканда. «Природа» №6, 1953; Новые памятники палеолита
в Узбекистане. Труды по изучению чевертичного периода . Вып.  XIII , Москва -1957. 
23
  Касымов   М.Р.   Добыча   и   техника   обработки   камня   в   каменаломнях   мастерских   Средней   Азии.   Сб.
«Научные работы и сообщения. Кн. 3. Ташкент-1961. Его же, Кремнеобрабатывающие мастерские и шахты
каменного века Средней Азии. Ташкент-1972 .
24
   Кас ы мов М.Р. Доб ы ча и обработки   камня в каменоломнях мастерских Средней Азии. Научные работы и
сообщения. Кн.  III , Ташкент-1961 .  
25
  Ташкенбаев Н.Х.  Новые памятники древнекаменного века в Самаркандской области.  О НУ  №11,1971.
26
  Ташкенбаев   Н.Х.,   Сулайманов   Р.Х.   Культура   древнекаменного   века   долинқ   Зарафшана.   Изд.   « ФАН”,
Ташкент -1980, стр.5.
27
  Ташкенбаев Н.Х.     Об исследовании палеолитической стоянки Кутурбулак.   ИМКУ вып.12. Ташкент-1975;
Ташкенбаев   Н.Х.,   Сулайманов   Р.Х.   Культура   древнекаменного   века   долины   Зарафшана.   Изд.   «ФАН»,
Ташкент-1980.
12 Qadimgi   tosh   (paleolit)   davriga   oid   qurollar   Samarqand   shahri   va   uning
atroflaridan   ham   topilgan.   Masalan,   1963   yilda   Da h bed   ko’chasida   olib   borilgan
qurilish   vaqtida   chaqmoqtosh   parraha   va   teri   tarashlagich   (skreblo)   topilgan 28
.
Mustye   davriga   tegishli   30   dan   ortiq   mehnat   qurollari     1967-1970   yillarda
Afrosiyobda   olib   borilgan   arxeologik   tadqiqotlar   vaqtida   topildi.   Ular   orasida
disksimon   shakldagi   nukleuslar,   mustye   davriga   xos   tosh   parrahalar,   tosh
qirg’ichlar,  tipik  mustye   davrining  teri  tarashlagichi  bor  edi.  1969  yilda  Registon
maydonida   olib   borilayotgan   rekonstruksiya   ishlari   vaqtida   ham   xuddi   shunday
tosh   qurollari   topilgan.   Ular   ichida   tosh   qirg’ich,   nukleus,   tosh   parraha   va
boshqalar bo’lib, qurollarning ishlanish texnikasi va xarakteriga ko’ra, ular mustye
davri mehnat qurollari kompleksini tashkil etadi 29
.
1940   yilda   arxeolog   G.V.Grigoryev   Samarkand   yuqori   paleolit   davri
yodgorligidan   400   –   500   m.   chamasi   q uyiroqdan,   Siyobcha   jarining   3   m.
chuqurligida   mustye   davriga   tegishli   toshsanchiq   (ostrokonechnik)     va
chaqmoqtosh   parraha   topdi 30
.   Ushbu   topilma   Samarqand   manzilgohiga   xos   ba’zi
bir   tosh   qurollarining   arxaik   xarakterda   ekanligini   hisobga   olganda,   ular
Samarqand manzilgohidan sel suvi toshqini vaqtida oqizib keltirilgan bo’lishi ham
mumkin.   Chunki   bunday   farazni   tosh   qurollari   topilgan   qatlam   tarkibi   ham
tasdiqlaydi.
N.X.Toshkenboyev 1971-1972 yillar davomida Qo’tirbuloqda keng ko’lamli
arxeologik   izlanishlar   olib   borgan.   1971   yilda   buloqning   g’arbiy   tomonidagi
maydonda   shurf   qazib,   yodgorlikda     turli   xil   tosh   qurollariga   boy   uchta   madaniy
qatlami borligi aniqlandi. Har uchala gorizont materiallari yagona bir tarixiy davr-
qadimgi   tosh   davrining   mustye   bosqichiga   tegishli   ekanligi   ma’lum   bo’ladi.
Shundan   so’ng   shurf   yaqinidan   10x11m.   m aydonda     stasionar   qazishmalar   olib
boriladi (10-rasm). 
28
 Лев Д.Н.  Самаркандская палеолитическая стоянка. ИМКУ, вып.   №6, стр.22. Ташкент-1965.
29
 Ташкенбаев Н.Х. О находках каменных изделий  на территории городища Афрасияб. В кн.  Афрасияб, в ып.
III . Ташкент -1974.
30
 Григорьев Г.В. Находка мустьерского остроконечника  в Самарканде. КСИИМК, вып.  VIII ,  М -Л.-1941.
13 N.X.Toshkenboyevning   bergan   ma’lumotlariga   ko’ra,   madaniy   qatlamlarni
o’rganishda   yodgorlik   stratigrafiyasiga   alohida   e’tibor   berilgan.   Natijada   1971
yilda   40   kv.   m.   maydon   o’rganilib,   har   bir   kvadratdagi   qazishmalar   ona-yer
(materik)gacha yetkaziladi. Qazishma maydonida madaniy qatlamlar qalinligi 2,2-
2,8 m. iborat ekanligi aniqlanadi. 
N.X.Toshkenboyev   har   bir   shurf   va   stasionar   qazishmalar   davomida
ularning kesmalarini sinchqovlik bilan o’rganishga alohida e’tibor beradi. N atijada
har   bir   shurf   va   qazishma   maydoni   stratigrafik   xarakter   tus ini   oladi.   Natijada,
qazishma   devorlarida   bir-birlaridan   farq   qiluvchi   8   ta  litologik  arxeologik   qatlam
aniqlanadi. 
1971   yilda   Qo’tirbuloqda   yana   to’rt   joyda   shurflar   qazildi.   1972   yilda   esa
5x10 m.  maydonda  ikkinchi qazishma solindi. Undan janubroq va g’arbroqda yana
2 ta shurf qazildi. Xullas, Qo’tirbuloq maydonida 7ta stratigrafik shurflar  qazilib,
yodgorlikning  janubiy  va  g’arbiy  chegaralari  aniqlandi.  Qo’tirbuloq  manzilgohini
o’rganish   jarayonida   yodgorlikda   5ta   madaniy   qatlam   mavjudligi   aniqlandi.
Materiallar tarkibiga ko’ra, barcha litologik arxeologik qatlamlar bir davrga, ya’ni
qadimgi tosh davrining mustye bosqichini xarakterlaydi. 
Qo’tirbuloq   manzilgohida   keng   ko’lamda   olib   borilgan   stasionar
qazishmalar   (1   va   2   qazishma)   va   shurflar   (1-7   shurf)   bir   tomondan   yodgorlik
stratigrafiyasining   litologik   xarakterini   aniq   ifoda   etsa,   ikkinchi   tomondan   5   ta
madaniy   qatlamlardan   topilgan   tosh   qurollari   va   hayvon   suyaklarining   tarixiy
analizi Qo’tirbuloqda neandertal odamining zamondoshlari qadimgi tosh (paleolit)
davrining   mustye   bosqichida   uzoq   asrlar   davomida   makon   topganligi   haqida
guvohlik   beradi.   Mustye   davriga   tegishli   yodgorliklar   Zarafshonning   qu yi
havzalari   –   Daryolisoy   etaklarida,   Oyoq-Og’itma   cho’qmasida     (Qizilnura)
topiladi 31
.  
Shunday   qilib,   Zarafshon   vodiysi   qadimgi   tosh   (paleolit)   davrining   mustye
bosqichidan   e’tiboran   keng   o’zlashtirilgan.   Vodiyning   mustye   davri   yodgorliklari
31
  Виноградов   А.В.,   Мамедов     Э.Д.   Кызылнура   1-первый   мустьерский   памятник   в   Кызылкумах.   СА   №   1,
1969 .
14 asosan   tog’   bag’ridan   qaynab   chiqqan   buloq   bo’ylarida,   ungurlarda,   suvga   yaqin
g’orlarda   makon   topganlar.   Mustye   davri   mehnat   qurollarining   ayrim   nusxalarini
Samarqand   shahri   oralab   o’tgan   qadimgi   soy   yoqalarida   uchrashi   o’sha   davr
ajdodlarimizning hayvon ovi bilan bog’liq faoliyatining mahsuli bo’lsa kerak. Olib
borilgan hisob-kitoblarga ko’ra, bugungi kunga kelib, bu o’lkada ajdodlarimizning
mustye davri hayotini, mehnat faoliyatini xarakterlovchi 10 dan ortiq punktlardan
mustye davri odamlarining izlari topib o’rganildi .
Yuqorida   qayd   etilgan   yuqori   paleolit   yodgorliklari   orasida   Samarqand
manzilgohi   alohida   ahamiyat   kasb   etadi.   Samarqand   o’lka   muzeyining   arxeologi
N.G.Xarlamov   1939   yil   martda   Chashmasiyob   soyining   jarligi   va   shahar
«Dinamo»   stadioni   qurilishi   maydonidan   bir   necha   tosh   qurollarini   terib   olgach,
bo’lajak   yodgorlik   maydonida   3   ta   shurf   qaziydi   va   anchagina   tosh   qurollari   va
hayvon   suyaklarini   topib   olgan.   Ammo   u   topilmalardan   muzey   fondida   atigi   bir
necha   tosh   parrahalar gina   bizgacha   yetib   kelgan 32
.   O’sha   yilning   kuzida
M.V.Voyevodskiy   N.G.Xarlamov   qazishmalarini   davom   ettirib,   topilgan
materiallarni MGU antropologiya muzeyiga topshiradi.
Yodgorlikda   ilmiy   asosda   keng   ko’lamdagi   qazishma   ishlari   bilan   1958-
1967   yillarda   D.N.Lev 33
,   undan   keyin   esa   M.Jo’raqulov   shug’ullandi. 34
.   D.N.Lev
va   M.J.Jo’raqulovlarning   ta’kidlashicha,   yodgorlikda   tosh   qurollar   va   fauna
qoldiqlariga   boy   uchta   madaniy   qatlam   ochilgan.   Yodgorlik   nafaqat
O’zbekistonda,   balki   sobiq   Ittifoq,   Afg’oniston,   Pokistonda   keng   o’rganilgan
obyekt   sifatida   mashxurdir.   Ochilgan   uch   madaniy   qatlam   yer   sathidan   2-3,8   m.
chuqurlikda   bizgacha   yetib   kelgan.   D.N.Lev   yodgorlikni   sinchkovlik   bilan
o’rgangan va u haqda  qator  to’g’ri  xulosalarga kelgan.  Masalan,    manzilgoh tosh
qurollari orasida mustye davriga xos elementlarning (chopperlarning)   mavjudligi,
uni   madaniy   rivojlanish   jihatidan   Sibir-xitoy   mintaqalari   bilan   yaqindan   aloqada
bo’lganligidan dalolat beradi, degan to’g’ri xulosaga kelgan.
32
  Лев   Д.Н.   Поселение   древнекаменного   века     в   Самарқанде:   Исследования   1958-1960   гг.   Тр.   СамГУ,
вып.135, стр.11. Самар қ анд-1964. 
33
  Лев   Д.Н.   Самаркандская   палеолитическая   стоянка.   ИМКУ,   вып.6,   Ташкент-1965;   Его   же.     Палеолит
Самаркандской области и его специфические  особенности. Труды СамГУ, вып.166. Самарканд-1967. 
34
 Джуракулов М.ДЖ. Некоторые  археологические исследования Самаркандского Гос.университета  1970 г.
Труды СамГУ  вып.118. Самарканд-1972; Его же. Самаркандская  стоянка  и проблемы верхнего палеолита в
Средней Азии. Ташкент-1987.
15 Arxeologiya   olamidagi   Yaqin   Sharq   va   Yevropa   yodgorliklari   misolidagi
tasavvurga   ko’ra,   yuqori   paleolit   yodgorliklari   chopperlarsiz,   levallua   nukleuslari
va   kurakcha   (skrebel)   larsiz,   “toza”   holda   uchrashi   kerak.   Ammo   Samarqand
kompleksi   bu   jihatdan   klassik   Yevropa   yuqori   paleolitiga   o’xshamaydi.   Bu   joy
mehnat qurollari majmuasida arxaik elementlar hamda ilk mezolit qurollariga xos
ba’zi   bir   o’xshashliklarni   kuzatish   mumkin.   Bunday   holat   Sibir-xitoy   mintaqalari
komplekslariga xos bo’lib, ularni hatto O’rta Osiyoda mezolit davri yodgorliklarda
ham kuzatish mumkin 35
. 
D.N.Lev   yodgorlik   stratigrafiyasiga   alohida   e’tibor   berib,   yodgorlikda
shurflar yordamida uch qator arxeologik madaniy qatlam borligini aniqladi. Yuqori
qatlam   yer   sathidan   130   –   150   sm   chuqurlikda,   o’rta   qatlam   160-190   sm,   quyi
qatlam–260-275   sm   chuqurlikda   ochildi.Ammo   «Dinamo»   stadioni   yaqinida   olib
borilgan   stasionar   qazishma   maydonida   yodgorlikning   anchagina   qismi   yoshlar
hashari   bilan   qurilgan   sun’iy   ko’lni   yaratish   vaqtida   buzilib,   faqat   uchinchi   q uyi
qatlamgina   saqlanib   qolganligi   aniqlanadi.   Bu   joyda   quyi   qatlam   330-360   sm
chuqurlikda   uchratiladi.   Hamma   joyda   quyi   qatlam   ostida   allyuviy   qumloq
uchratiladi.   Allyuviy   gorizont   tarkibida   esa   hyech   qanday   madaniy   hayot   izlari
kuzatilmaydi. 
D.N.Lev   qarashlarida   ba’zi   bir   nuqsonlar   ham   ko’zga   tashlanadi.   Masalan,
uning yozishicha, 1963-1965 yillarda olib borgan qazishmalar  davomida, go’yo u
141   kv.m.   maydonni   egallagan   uy-joy   kompleksini   ochgan 36
.   Afsuski,   muallif
hisobatida   xulosa   tegishli   chizma   va   foto   materiallar   hamda   matn   iboralari   bilan
tasdiqlanmaydi. D.N.Lev yana boshqa bir asarida 37
  «Samarqand manzilgohida uy-
joy   o’rnining   topilishi   katta   ahamiyat   kasb   etadi.   Rejaga   ko’ra,   u   to’g’ri   to’rt
burchak   shaklida.   Uning   maydonida   gulxan,   toshdan   qurol   ishlash   ustaxonasi,
mehnat   qurollari,   oxra   izlari,   hayvon   suyaklari   uchraydi.   Ta’kidlash   joizki,   biz
o’rgangan   uy   qoldi g’ i,   -   deydi   D.N.Lev,   -   chashma   qaynab   nam   qilgan   terrasa
asosida   joylashgan.   U   yaxshi   saqlangan,   diametri   6-8   sm.   li   ustunchalarga
35
    Джуракулов   М.Д..   Самаркандская   стоянка   и   проблем ы   верхнего   палеолита   в   Средней   Азии.   Стр.   13.
Ташкент-1987.
36
 Лев Д.Н. Отчет о раскопках   Самаркандской верхнепалеолитической стоянки 1967 г. Стр.85; Джуракулов
М.Д. Самаркандская стоянка и проблемы верхнего палеолита в Средней Азии. Стр.20-21. Ташкент-1987.
37
  Лев   Д.Н.   Палеолит   Самаркандской   области   и   его   специфические   особенности.   Тр.   Сам .   ГУ   ,в ы п.166,
стр.118. Самарканд -1967.  
16 o’rnatilgan.   Terrasa   ustida   ustun   izlari   uchramaydi,   bu   yerto’laning   bir   qismi
bo’lishi   mumkin.   O’rganilgan   yerto’laning   maydoni   60   kv.m 38
.»   Afsuski,   D.N.
Levning   bu   masalada   mutaxassis   olimlar   davrasidagi   axborati   tanqidiy   qarshi
olinib,   uning   noyob   Samarqand   manzilgohida   olib   borgan   ayrim   kuzatuvlari,
ulardan   kelib   chiqadigan   ilmiy   xulosalar   o’z   tasdi g’ ini   topmadi,   uning   bu   va
boshqa   juz’iy   ilmiy   xatolari   o’z   vaqtida   shogirdi   prof.   M.J.Jo’raqulov   tomonidan
tahlil etildi 39
. 
Samarqand   yuqori   paleolit   manzilgohi   yaqin-yaqinlargacha   O’rta   Osiyoda
yagona   noyob   yodgorlik   sifatida   o’rganilib   kelindi.   Makondan   qariyb   10   ming
nusxa   rivojlangan   so’nggi   paleolit   xarakter-xususiyatlarini   belgilaydigan   ashyolar
topilgan.   Bugungi   kunda   O’rta   Osiyoda   ularning   soni   30   dan   oshib   ketdi 40
.
Arxeologik   materiallar   kompleksining   originalligi   bilan   Xo’jag’or   manzili
(Farg’ona   vodiysi),   ko’p   qatlamli   Shug’nou   (Pomir   tog’i   Yaxsu   bo’yida)
yodgorligi,   shuningdek,   boy   mehnat   qurollari   bilan   ko’p   qatlamli   Ko’lbuloq
yodgorligining yuqori qatlamlari (uchta arxeologik qatlam) mutaxassislar e’tiborini
o’ziga   tortgan 41
.   Markaziy   Osiyoda   so’nggi   paleolitga   tegishli   san’at   namunalari
ham Samarqand makonidan topilgan.
Ta’ k idlash   joizki,   Samarqand   manzilgohida   paleoantropologik   materiallar
ham   topilgan.   1962   yilda   Samarqand   manzilgohini   qazish   vaqtida   Homo   sapiens
odamiga tegishli bir necha tish, yelka suyagining bo’lagi va 9 ta tishi bilan pastki
jag’ suyagi topildi. Antropolog V.V.Ginzburgning aniqlashicha, bu suyaklar 25-30
yoshlar   chamasidagi   ayolga   tegishli   bo’lgan.   1966   yilda   10ta   tishi   bilan   30-35
yoshlardagi   erkakning   (V.V.Ginzburg   va   I.I.Goxman   xulosasi)   jag’   suyagi
topilgan 42
.   1970   yilda   yer   sathidan   240   sm   chuqurlikdan   odamning   boldir   suyagi
topildi. Garchi  uning yaqinidan, qo’zg’atilgan madaniy qatlamdan yuqori  paleolit
davri   tosh   qurollari   va   ba’zi   bir   sopol   parchalari   uchratilgan   bo’lsada,   topilma
mualliflari   odam   boldir   suyagini   saqlanish   xarakteriga   ko’ra,   uni   Homo   sapiens
38
  Джуракулов   М.Ж.   Самаркандская   стоянка   и   проблемы   верхнего   палеолита   в   Средней   Азии.   Стр.20.
Ташкент-1987.
39
 Там же, стр. 20-30.
40
  Ранов   В.А.   Шугнау-многослойная   палеолитическая   стоянка   в   верховьях   реки   Яхсу   (раскопки   1969-1970
гг.) Археологические работы  в Таджикистане, вып. 10. Душанбе-1973.
41
   Қас ы мов М.Р.  Многослойная палеолитическая стоянка Кульбулак в Узбекистане: предварительные итоги
исследований. МИА №185. Ленинград-1972.   
42
 Алексеев В.П., Аскаров А., Ходжайов Т.К. Историческая антропология Средней Азии. -Ташкент, 1990,  19
бет.
17 vakiliga   tegishli   ekanligini   tasdiqlaydilar 43
.   Shu   jihatdan   ham   Samarqand
manzilgohining   O’rta   Osiyo   hududlarida   yuqori   paleolit   muammolarini
o’rganishda o’rni va roli kattadir. 
Shuningdek,   Samarqand   makoniga   yaqin,   Siyobcha   jarligi   qirg’oqlarida
joylashgan   va   N.Toshkenboyev   tomonidan   o’rganilgan   manzilgoh   ham   qiziqarli
manbalar   berdi.   So’nggi   paleolitga   doir   makonlardan   Bulung’ur   tumanida
joylashgan   Xo’jamazgil   va   Qoratov   etaklarida   o’rganilgan   “Chashma”   makonlari
bergan materiallar ham qiziqarlidir.
2- Bob.   O’zbek   –Fransuz   xalqaro   arxeologik   ekspedisiyasining
Zarafshon voxasi tosh davri yodgorliklarini o’rganishdagi qo’shgan hissasi.
2 . 1. Sulton-Uvaystov   so’ngi paleoliti  ( №23 va 24 punktlar) .
43
  Джуракулов   М.Ж.,   Сулайманов   Р.Х.   Новые   находки   ископаемого   человека   на   Самаркандской
верхнепалеолитической стоянке . ИМКУ, вып.10. стр.21-23. Ташкент-1973.
18 Zarafshon   vohasi   hududlari   ham   so’ngi   paleolit   davri   yodgorliklariga   boy
o’lkalardan   hisoblanadi.   Markaziy   O’zbekistonning   so’ngi   paleolitga   oid
yodgorliklari   Samarqand   botig’i   va   uning   atrofidagi   hududlarda   jamlangan.
Bularga   Samarqand   makoni   hamda   madaniyatiga   oid   Siobcha,   Xo’jamazgil
yodgorliklari va boshqa topilmajoylarni kiritish mumkin. 
Keyingi   yillarda   O’zR   FA   Arxeologiya   instituti   paleolitchilar   guruhi
tomonidan   Zarafshon   vohasidan   so’ngi   paleolit   davriga   oid   qator   yangi
yodgorliklar   topib   o’rganildi   va   o’rganilmoqda.   Bularga   Qizilqum   hududlaridagi
Sultan-Uvays-tov   (23   va   24   punktlar),   Ko’kcha   ustaxonasi   va   Oyoqog’itma
botig’idan   yig’ilgan   so’ngi   paleolit   davriga   oid   materialarni   kiritish   mumkin.
Shuningdek,   Samarqand   atrofidan   Rovotxo’ja,   Chashma   (Paxtachi),   Jom   va
Bulungur   tumanidagi   topilmajoylari   hamda   Jizzax   viloyatining   Forish   tumanida
joylashgan   Nurota   tog’   tizmalarining   shimoliy   etaklarida   aniqlangan   Azimbuloq,
Go’rdara   Chashmai-Doston   kabi   yangi   topilmajoylarni   ham   yangi   yodgorliklar
safiga kiritish mumkin.
Zarafshon   vohasining   qadimgi   tosh   davriga   boy   hududlari   ham   xalqaro
hamkor   ekspedisiyalarning   diqqatini   tortmay   qolmadi.   Ushbu   hududlarda
paleolit   davrini   o’rganish   borasida   O’zbekiston-Polsha,   O’zbekiston-Rossiya
hamda O’zbekiston-AQSh kabi hamkor ekspedisiyalar faoliyat olib bordi.   
  Ushbu   yodgorliklar   2005   yilning   yozida   O’zbek-Fransuz   xalqaro
ekspedisiyasi   tomonidan   Qoraqalpog’istondagi   Sulton-Uvays-tovning   janubiy
etaklaridan topilgan.  Bu yerdagi tog’oldi adirliklaridan birida, dengiz sathidan 167
m balandlikda so’ngi paleolit davriga oid tosh buyumlar konsentrasiyalashgan joy
aniqlandi.   Bu   buyumlar   tashqi   ko’rinishiga   ko’ra   turli   darajada   deflyasiyaga
uchragan.   Bundan   xulosa   shuki,   yodgorlik   dastavval   yuqoriroqda   joylashgan   va
keyinchalik   yomg’ir   qor   suvlari   ta’sirida   pastga   qarab   oqizib   ketilgan.
Materiallarning   aksariyat   qismida   deflyasiya   darajasi   yuqori   va   ba’zilari   termik
o’zgarishlarga   uchragan.   Shunga   qaramasdan,   materiallarning   asosiy   qismini
tipologik jihatdan o’qisa bo’ladi. Bunday tosh buyumlar konsentrasiyalashgan joy
19 ikkita bo’lib (ular  o’rtasidagi  oraliq masofa 2 km  ni tashkil  qiladi), ular raqamlar
bilan belgilandi (23 va 24 punktlar).
№23   punktning   koordinatalari   quyidagicha:   S:   41 0
.   59 ,
.   39,4 0
.   V:   60 0
.   48 1
.
16,1"., balandligi dengiz sathidan 167 m ni tashkil qiladi.  
Ushbu   punktdan   yig’ilgan   tosh   buyumlar   orasida   nukleuslar,   plastinalar   va
uchirindilar   mavjud.   Bu   tosh   buyumlarni   yasashda   yuqoriroqda,   tog’   etaklarida
konlari   ko’rinib   turgan   yashmadan   foydalanilgan.   Materiallarning   rangi   to’q
jigarrangda. 
To’plamda   17   ta   bir   zarb   maydonli   nukleuslar   ajratilgan.   Ular   kichik
hajmdaligi   bilan   ajralib   turadi   va   ularni   chaqmoqlash   bitta   tayyorlargan   va
o’zakning orqa tarafiga qiyalashtirilgan zarb maydondan amalga oshirilgan. Ushbu
nukleuslardan   parallel   yoki   subparallel   ravishda   kalta   proporsiyali   plastinasimon
yo’nilg’ilar   chaqmoqlab   olingan.     Bunday   o’zaklardan   birining   hajmi   44x37x28
mm.   Uni   chaqmoqlash   bitta   tayyorlangan   va   orqa   tarafga   qiyalashtirilgan   zarb
maydondan   parallel   ravishda   amalga   oshirilgan.   Ammo,   chaqmoqlab   olingan
yo’nilg’i   negativlari   o’zakning   pastki   qismigacha   yetib   kelmagan   va   bu   hol
nukleus   ish   yuzasining   o’rta   qismida   noqulayliklar   hosil   qilgan.   Shuning   uchun
ehtimol   (o’zakning   ish   yuzasida   hosil   bo’lgan   noqulay   bo’rtmani   olib   tashlash
uchun),   nukleusning   pastki   qismidan   asosiy   ish   yuzasiga   perpendikulyar   tarzda
yo’nishlar   amalga   oshirilgan.   Nukleusning   yon   tomonida   ortogonal   tarzda
yo’nalgan negativ izlari saqlanib qolgan. Bu aftidan, ushbu o’zak bir necha marta
qayta   shakllantirilganligidan   va   o’zining   oxirgi   bosqichda   ishlov   berilganidan
keyin   tashlab   yuborilganligidan   dalolat   beradi.   Nukleus   ish   yuzasining   bir   qismi
deflyasiyaga   uchragan.   To’plamdagi   bir   zarb   maydonli   nukleuslardan
ikkinchisining   hajmi 38x32x32 mm. Uni chaqmoqlash ham bitta tayyorlangan va
o’zakning   orqa   tarafiga   qiyalashtirilgan   zarb   maydondan   amalga   oshirilgan.
Nukleusning   yuqori   hamda   yon   tomonilarida   o’zakni     chaqmoqlashning   avvalgi
bosqichlaridan   saqlanib   qolgan   negativ   izlari   mavjud.   Aftidan,   ushbu   tipdagi
birinchi   nukleus   kabi   bu   o’zak   ham   bir   necha   marta   qayta   shakllantirilgan.   Bu
nukleusdan   plastinasimon   yo’nilg’ilar   subparallel   ravishda   chaqmoqlab   olingan.
20 Ushbu kategoriyadagi uchinchi o’zakning hajmi 29x30x28 mm. Uni chaqmoqlash
ishlari   bitta   tekislangan   va   orqa   tarafga   qiyalashtirilgan   zarb   maydondan
subparallel   tarzda   amalga   oshirilgan.   Nukleusning   orqa   tarafi   uni   chaqmoqlashga
tayyorlashdan qolgan negativ izlariga ega va qisman deflyasiyaga uchragan. Ushbu
o’zak uchirindidan shakllantirilganligi ko’rinib turibdi, negaki, uning ish yuzasida
uchirindi nukleusning ventral yuzasi qisman saqlanib qolgan.
Perpendikulyar   nukleuslar-7   ekz.   ulardan   biri   (eng   yirigi)   ning   hajmi
50x43x28 mm. Uning ikkita bir-biriga perpendikulyar joylashgan, tayyorlangan va
orqa   tarafiga   biroz   qiyalashgan   zarb   maydonlaridan   subparallel   chaqmoqlash
amalga   oshirilgan.   O’zakdan   kalta   proporsiyali   uchirindilar   chaqmoqlab   olingan,
biroq, bu yo’nilg’i  negativlari  nukleusning pastki  uchigacha yetib kelmay singan.
Ushbu   nukleus   ish   yuzasining   bir   qismi   va   orqa   tarafi   deflyasiyaga   uchragan.
To’plamdagi   ikkinchi   perpendikulyar   nukleusning   hajmi   34x28x18   mm.   O’zak
zarb   maydonlaridan   biri   fasetkalashtirilgan.   Ammo,   ushbu   zarb   maydondan
yo’naltirilgan yo’nilg’ilardan  biri  nukleusning  pastki  qismigacha  yetib kelmasdan
singan. Natijada, o’zakning ish yuzasida noqulay bo’rtik hosil bo’lgan va aftidan,
ana shu noqulaylikni olib tashlash maqsadida nukleusning pastki  qismidan asosiy
ish yuzasiga perpendikulyar ravishda yo’nilgan.
Ortogonal   nukleus-1   ekz.   Ushbu   nukleusning   hajmi   kichik   (36x31x26
mm).   Uning   bir   yuzasidan   chaqmoqlash   tekislangan   va   uning   orqa   tarafiga
qiyalashtirilgan   zarb   maydondan   amalga   oshirilgan.   So’ngra,   ushbu   ish   yuzadagi
negativlardan   biri   o’zakni   ortogonal   tarzda   chaqmoqlash   uchun   zarb   maydon
vazifasini o’tagan.
Ikki   zarb   maydonli   nukleuslar-8   ekz.   ulardan   birining   hajmi   82x55x26
mm.   O’zakni   chaqmoqlash   ikkita   tekislangan,   qarama-qarshi   va   orqa   tarafga
qiyalashtirilgan   zarb   maydonlardan   amalga   oshirilgan.   Ushbu   nukleusdan   kalta
proporsiyali   uchirindilar   chaqmoqlab   olingan.   Nukleus   ish   yuzasidagi   yo’nilg’i
negativlaridan   biri   ikki   xil   patinaga   ega.     Bunday   toifadagi   ikkinchi   nukleusning
hajmi   37x28x23   mm.   Uni   chaqmoqlash   ikkita   qarama-qarshi   joylashgan   va   orqa
tarafga   o’ta   qiyalashgan   zarb   maydonlardan   amalga   oshirilgan.   O’zakning   bir
21 qismi   deflyasiyaga   uchragan.   Ammo,   har   ikkala   zarb   maydondan   amalga
oshirilgan   yo’nilg’i   negativlari   nukleusning   o’rtasiga   kelib   singan.   To’plamdagi
uchinchi   ikki   zarb   maydonli   nukleusning   hajmi   44x30x29   mm.   U   ham   ikkita
tekislangan,   orqa   tarafga   qiyalashtirilgan   qarama-qarshi   zarb   maydondan
chaqmoqlangan.   Ushbu   o’zakdan   plastinasimon   yo’nilg’ilar   sindirib   olingan.
Nukleusning   orqa   tarafi   uni   tayyorlashdan   qolgan   yo’nilg’i   negativlariga   ega.
Ushbu toifadagi to’plamning to’rtinchi o’zagi biroz boshqacharoq bo’lib, u bifasial
ishlangan ikki zarb maydonli nukleusdir (uning hajmi 44x31x18 mm). Nukleusdan
plastinasimon   yo’nilg’ilar   parallel   ravishda   sindirib   olingan.   O’zakning   zarb
maydonlari   tekislangan   va   orqa   tarafga   qiyalashtirilgan.   To’plamning   beshinchi
ikki   zarb   maydonli   o’zagi   haddan   tashqari   ishlov   berilgan   bo’lib,   uning   hajmi
25x28x18 mm. Uni chaqmoqlash ikkita qarama-qarshi  joylashgan, tekislangan va
orqa   tarafga   qiyalashtirilgan   zarb   maydondan   amalga   oshirilgan.   Ushbu
nukleusdan mayda uchirindilar subparallel tarzda chaqmoqlab olingan. 
Yelpig’ichsimon nukleuslar-4 ekz.  Ulardan ikkitasi bir taraflama ishlangan
va ikkitasi ikki taraflama ishlov berilgan yelpig’ichsimon nukleuslardir.  Ko’p zarb
maydonli nukleuslar-4 ekz.    Ularning   barchasi kichik hajmli. To’plamning ko’p
zarb   maydonli   nukleuslaridan   birining   hajmi   37x29x20   mm.   Uning   bir   yuzasida
markazga   intiluvchi   yo’nilg’i   negativlari   mavjud   bo’lsa,   ikkinchi   yuzasida   esa,
ikkita   tekislangan   va   orqa   tarafga   o’ta   qiyalashgan   zarb   maydondan   ketma-ket
yo’nilg’ilar   chaqmoqlab   olingan.   Ushbu   toifadagi   ikkinchi   buyumning   hajmi
45x23x23   mm.   Bu   nukleus   oxirgi   chaqmoqlanish   bosqichlaridan   birida   tashlab
yuborilgan.   O’zakning   periferiyasi   bo’ylab   subparallel   yo’nilg’i   negativlari   bor,
so’ngra,   nukleus   ortogonal   tarzda   chaqmoqlangan.   Undan   mayda   hajmli
uchirindilar sindirib olingan. To’plamning uchinchi ko’p zarb maydonli o’zagining
yo’nilg’i   negativlari   sharsimon   chaqmoqlash   texnikasini   eslatadi.   Bunda   bir
yo’nilg’i negativi ikkinchi bir yo’nish uchun zarb maydon vazifasini o’taydi va shu
tarzda o’zak aylantirilib chaqmoqlanaveriladi. Ushbu nukleusning hajmi 30x39x28
mm va undan kalta proporsiyali uchirindilar chaqmoqlb olingan.
22 Yonlama   nukleuslar-10   ekz.   Ushbu   toifaga   keng  zarb   maydonli   va   ushbu
maydonning   bir   chetidan   chaqmoqlash   amalga   oshirilgan   nukleuslar   kiritilgan.
Ulardan birining hajmi  59x32x25 mm. Bu nukleusni yasash uchun tanovor sifatida
yashma   bo’lagidan   foydalanilgan.   O’zakning   zarb   maydoni   tekis   va   keng   bo’lib,
undan   kalta   proporsiyali   uchirindilar   chaqmoqlab   olingan.   Ushbu   toifadagi
ikkinchi buyumning hajmi 39x24x30 mm. O’zakning zarb maydoni tekislangan va
plastinasimon   yo’nilg’ilar   uning   bir   chetidan   sindirib   olingan.   Nukleusning   bir
qismi   kuchli   deflyasiyaga   uchragan.   To’plamning   uchinchi   yonlama   o’zagining
hajmi   39x34x29   mm.   O’zakni   tekislangan   va   orqa   tarafga   qiyalashgan   zarb
maydonini bir chetidan plastinasimon subparallel chaqmoqlash amalga oshirilgan.
Nukleusning   o’ziga   nisbatan   uning   ish   yuzasidagi   yo’nilg’i   negativlari   kamroq
patinizasiyalashgan. Uning katta qismi deflyasiyaga uchragan.
Konussimon   nukleuslar-5   ekz.   To’plamning   bu   tipdagi   nukleuslaridan
birining   hajmi   36x28x26   mm.   Uning   tekislangan,   keng   va   yumaloq   zarb
maydonidan   parallel   ravishda   mikroplastinkalar   chaqmoqlab   olingan.   Nukleus
yorqin   konussimon   shaklga   ega.   O’zakning   yuzasi   deflyasiyaga   uchragan   bo’lsa-
da,   tipologik   jihatdan   o’qisa   bo’ladi.   Uning   pastki   qismi   yonlama   yo’nish
yordamida   olib   tashlangan.   Ikkinchi   konussimon   nukleusning   hajmi   25x22x15
mm.   Uning   zarb   maydoni   tekislangan   va   orqa   tarafga   qiyalashtirilgan.   O’zakdan
plastinasimon   yo’nilg’ilar   subparallel   ravishda   chaqmoqlab   olingan.
Kolleksiyadagi   uchinchi   konussimon   nukleusning   hajmi   36x17x21   mm.   Uning
tekislangan   va   orqa   tarafga   qiyalashtirilgan   zarb   maydonidan   mikroplastinkalar
chaqmoqlab   olingan.   O’zakning   orqa   tarafi   qator   yo’nishlar   yordamida
yupqalashtirilgan   va   ehtimol,   bu   nukleusni   yog’och   moslamaga   mahkamlash
maqsadida  amalga  oshirilgan .  Va  nihoyat, oxirgi  konussimon  nukleusning  hajmi
38x16x19   mm.   Ushbu   o’zakdan   ham   bitta   tekislangan   va   orqa   tarafga
qiyalashtirilgan zarb maydonidan mikroplastinkalar chaqmoqlab olingan. Nukleus
chaqmoqlashning   oxirgi   bosqichlaridan   birida   tashlab   yuborilgan.   Uning   orqa
tarafi yupqalashtirilgan va bu ehtimol, uni yog’och moslamaga mahkamlash uchun
qilingan.
23 Haddan   tashqari   ishlov   berilgan   nukleuslar-6   ekz.   Bu   toifaga   haddan
tashqari ishlov berilgan o’ta kichik hajmli va ishlov berishning oxirgi bosqichidan
keyin   sistemasiz   ravishda   chaqmoqlangan   nukleus   qoldiqlari   kiritilgan.   Ulardan
birining   hajmi   30x25x18   mm.   O’zakni   chaqmoqlash   qanday   qulay   yoki   imkon
darajasida   sistemasiz   amalga   oshirilgan   va   bunda   bir   yo’nilg’i   negativi   ikkinchi
yo’nilg’ini   chaqmoqlash   uchun   zarb   maydon   vazifasini   bajargan.   To’plamdagi
ikkinchi   bunday   nukleusning   hajmi   30x25x21   mm.   Uni   chaqmoqlash   o’zakning
periferiyasi   bo’ylab   amalga   oshirilgan   va   bunda   bir   yo’nilg’i   negativi   ikkinchi
yo’nilg’ini   chaqmoqlash   uchun   zarb   maydon   vazifasini   bajargan.   Ushbu
nukleuslarning barchasi kichik hajmli va haddan tashqari ishlov berilgan.
Nukleuslar   fragmentlari   -5   ekz.   Ushbu   kategoriyaga   nukleussimon   tosh
bo’laklari   kiritilgan.   Ulardan   birining   hajmi   27x18x15   mm.   U   har   tarafdan
sistemasiz   yo’nilg’i   negativlari   bilan   qoplangan.   Ushbu   toifadagi   ikkinchi
buyumning hajmi 22x40x15 mm va bu qiyalashgan zarb maydonini saqlab qolgan
o’zakning   yuqori   qismidir.   Bu   nukleussimon   bo’lak   to’q   sarg’ish   rangdagi
yashmadan ishlangan. 
Plastina-1 ekz.   To’plamda bir dona plastina aniqlangan bo’lib, uning hajmi
57x28x7   mm.   Uning   zarb   maydoni   fasetkalashtirilgan   va   bo’rtib   chiqqan,
dorsalidagi   yo’nilg’i   negativlari   unipolyar-subparallel   xarakterga   ega.   Plastina
yuzasining distal  qismida xom-ashyo tabiiy yuzasining bir qismi  saqlanib qolgan.
Plastinaning   har   ikkala   laterallari   dorsal   tarafga   yo’naltirilgan   irregulyar
mikroretushlarga ega.
Uchirindilar-17   ekz.   Ushbu   uchirindilar   o’rta   va   kichik   hajmda   bo’lib,
ularning   barchasi   yashmadan   ishlangan.   Uchirindilardan   9   tasi   zarb
maydonchalarini   saqlab   qolgan   va   qolgan   8   tasi   ularning   distal   fragmentlardir.
To’plamdagi   butun   uchirindilardan   birining   hajmi   57x40x22   mm,   zarb
maydonchasi   fasetkalashtirilgan   va   orqa   tarafga   o’ta   qiyalashtirilgan.   Ushbu
uchirindi   dorsalidagi   negativlar   bipolyar   xarakterga   ega.   Uning   o’ng   lateralida
ketma-ket   tishsimon   retushlar   berilgan.   Kolleksiyadagi   ikkinchi   uchirindi
plastinasimon   shaklda   va   uning   dorsalidagi   negativlar   unipolyar   xarakterga   ega.
24 Uchirindining zarb maydonchasi  tekis va orqa tarafga qiyalashgan.  Uchirindining
distali   qo’poruvchi   sharnir   bilan   tugallangan.   Aytish   mumkinki,   ushbu   uchirindi
aksident   yo’nilg’ilar   toifasiga   kiradi.   Uning   pastki   uchi   nukleus   ish   yuzasining
katta   qismini   sindirib   tushgan.   To’plamdagi   uchinchi   uchirindi   mayda   hajmli
(16x19x6   mm)   bo’lib,   fasetkalashtirilgan   zarb   maydonchaga   ega   va   uning
dorsalidagi   negativlar   perpendikulyar   xarakterga   ega.   Ushbu   uchirindining
periferiyasi   bo’ylab   dorsal   tarafdan   irregulyar   va   ordinar   retushlash   amalga
oshirilgan   (rasm.   33).   Qolga   uchirindilar   dorsallarining   xarakterlari   unipolyar   (9
ekz.),   bipolyar   (3   ekz.)   hamda   perpendikulyar   (2   ekz.)   ko’rinishga   ega.   Ulardan
ayrimlariga irregulyar retushlar berilgan.
Siniqlar-6   ekz.   To’plamda   6   ta   tipologik   jihatdan   aniqlanmaydigan   tosh
siniqlari mavjud va ularning barchasi yashmadan.
    Shunday   qilib,   №23   topilmajoyi   to’plamida   asosan   birlamchi   ishlov
berilgan   mahsulotlar   nukleslar   hamda   ularga   mos   keladigan   yo’nilg’ilarning
mavjudligiga   ko’ra   yodgorlikni   toshga   ishlov   berish   ustaxonasi   deyish   mumkin.
Kolleksiyada   plastinalar   va   mikroplastinalar   chaqmoqlab   olishga   mo’ljallangan
yonlama,   konussimon   hamda   prizmasimon   mikronukleuslarning   mavjudligiga
ko’ra,   tipologik   jihatdan   uni   so’ngi   paleolit   davrining   oxirlari   bilan   sanalash
mumkin.   Aftidan,   Sulton   Uvays   tov   yaqinidagi   suv   havzalari   bo’ylarida   so’ngi
paleolit davrining makoni mavjud bo’lgan va uning aholisi tog’ yon  bag’irlaridagi
yashma   konlariga   kelishib,   tosh   qurollar   yasash   uchun   tayyor   yo’nilg’ilarni   olib
ketganlar.
Nima   bo’lganda   ham,   Sulton-Uvaystovda   aniqlangan   ushbu   topilmajoylar
Qizilqum   hududlaridan   topilgan   so’ngi   paleolit   davrining   ikkinchi   yarmiga   oid
dastlabki   yodgorlikdir.   №23   punkt   materiallariga   yaыin   analogiyalar   sifatida
Ko’lbuloqning yuqori qatlamlari tosh buyumlarini keltirish mumkin. 
№24   punkt.   Ushbu   topilmajoy   №23   punktdan   2   km   g’arbroqda,   quyidagi
koordinatalarda joylashgan   N 42 0
. 00'. 03,3"   Ye 60 0
. 49'. 27,3" , dengiz sathidan
balandligi   163   m.   Bu   yerdan   28   ta   tosh   buyum   yig’ib   olingan   bo’lib,   ulardan   16
ekz. nukleuslar, 1 ekz. plastina, 6 ekz. uchirindilar va 5 ekz. siniqlardan iborat.
25 Gardishsimon   nukleuslar-3   ekz.   Ulardan   ikkitasi   yashmadan   (2   ekz.)   va
bittasi   kremniylashgan   ohaktoshdan   ishlangan   (1   ekz.).   Ushbu   o’zaklarning
barchasi   bir   taraflama   ishlov   berilgan   gardishsimon   nukleuslardir.   Ulardan   biri
yashmadan   ishlangan   bo’lib,   hajmi   70x65x35   mm.   O’zakning   qirralari
zigzagsimon   va   ko’ndalang   kesmada   bir   taraflama   bo’rtib   chiqqan.   Uni
chaqmoqlash   nukleusning   aylanasi   bo’ylab   radial   markazga   intiluvchi   tarzda
amalga   oshirilgan.   Bu   o’zakni   yasashda   tabiiy   tosh   bo’lagidan   foydalanilgan.
Nukleusning   orqa   tarafida   uni   chaqmoqlashga   tayyorlashdan   hosil   bo’lgan   (zarb
maydonlar)  izlari   hamda  tabiiy  yoriq  saqlanib  qolgan.  U  chaqmoqlashning  oxirgi
bosqichlaridan   birida   tashlab   yuborilgan   va   undan   kalta   uchirindilar   sindirib
olingan.   To’plamdagi   ikkinchi   gardishsimon   nukleusning   hajmi   51x45x26   mm,
qirralari   zigzagsimon   va   ko’ndalang   kesmada   bir   taraflama   bo’rtib   chiqqan.
O’zakni   chaqmoqlash   radial   markazga   intiluvchi   yo’nishlar   yordamida   amalga
oshirilgan.   Chaqmoqlashning   ushbu   bosqichida   nukleusdan   kichik   hajmli
uchirindilar sindirib olingan. Uning orqa tarafi tayyorlangan zarb maydonlar izlari
va   qisman   xom-   ashyoning   tabiiy   yuzasini   saqlab   qolgan.     Ushbu   toifadagi
uchinchi   buyum   kremniylashgan   ohaktoshdan   ishlangan   bo’lib,   hajmi   44x38x18
mm.   Bu   nukleus   boshqalariga   nisbatan   ancha   yupqa,   qirralari   zigzagsimon   va
ko’ndalang kesmada bir taraflama bo’rtib chiqqan. Undan o’rta va mayda hajmdagi
uchirindilar   chaqmoqlab   olingan.   O’zakning   orqa   tarafida   tayyorlangan   zarb
maydon   izlari   va   kuchli   deflyasiyaga   uchragan   xom-ashyoning   tabiiy   yuzasini
saqlab qolgan. 
Ortogonal nukleus-1 ekz.   U yashmadan ishlangan bo’lib, hajmi 46x41x32
mm. O’zakning katta qismida xom-ashyo defekti qoldiqlari saqlanib qolgan. Uning
ish yuzasidagi asosiy yo’nilg’ilar tekislangan va orqa tarafga qiyalashtirilgan zarb
maydondan   amalga   oshirilgan.   So’ngra,   ushbu   yuzadan   ortogonal   yo’nilg’i
chaqmoqlangan   va   ushbu   yo’nish   uchun   o’zidan   avvalgi   yo’nilg’i   negativi   zarb
maydon vazifasini o’tagan. 
Bir   zarb   maydonli   nukleuslar-9   ekz.   Ularning   barchasi   yashmadan
ishlangan.   Ushbu   o’zaklardan   birining   hajmi   36x24x27   mm.   Bu   nukleusning
26 tayyorlangan   zarb   maydonidan   plastinalar   parallel   ravishda   chaqmoqlab   olingan.
O’zakning   orqa   tarafi   uni   chaqmoqlashga   tayyorlashdan   hosil   bo’lgan   yo’nilg’i
negativlarini saqlab qolgan. To’plamdagi ikkinchi bunday nukleus hajmi 36x55x20
mm.   Uning   keng   va   kuchli   deflyasiyaga   uchragan   zarb   maydonidan   kalta
proporsiyali uchirindilar chaqmoqlab olingan. Nukleusning orqa tarafi ham kuchli
deflyasiyaga   uchragan.  Ushbu   toifadagi   uchinchi   ancha   yupqa   nukleusning   hajmi
46x42x14   mm.   Uni   chaqmoqlash   tayyorlangan   va   orqa   tarafga   qiyalashtirilgan
zarb   maydondan   amalga   oshirilgan.   Nukleusdan   o’rta   hajmdagi   uchirindilar
chaqmoqlab   olingan.   O’zak   ish   yuzasidagi   yo’nilg’i   negativlarining   bir   qismi
kuchli   deflyasiyaga   uchragan.   Nukleusning   orqa   tarafida   tabiiy   yoriq   izlari
saqlanib qolgan.
Yonlama   nukleus-   1ekz.   U   yashmaning   tabiiy   singan   bo’lagidan
shakllantirilgan   va   hajmi   37x31x14   mm.   Uni   chaqmoqlash   keng   va   tekis   zarb
maydonning bir chetidan amalga oshirilgan va nukleusdan parallel ravishda mayda
uchirindilar chaqmoqlab olingan.
Ko’p   zarb   maydonli   nukleus-1   ekz .   №24   topilmajoyi   tosh   buyumlari
orasida bir dona yashmadan ishlangan sharsimon nukleus mavjud va uning hajmi
85x74x62   mm.   Undan   o’rta   hajmdagi   uchirindilar   chaqmoqlab   olingan   va   ularni
sindirib   olishda   zarb   maydon   vazifasini   o’zidan   avvalgi   yo’nilg’i   negativlari
o’tagan.
Haddan   tashqari   ishlov   berilgan   nukleus-1   ekz.   To’plamda   bir   dona
yashmadan ishlangan haddan tashqari ishlov berilgan o’zak mavjud va uning hajmi
30x24x23 mm. Chaqmoqlanishning oxirgi bosqichida nukleus hyech bir sistemasiz
sindirilgan va undan palapartish mayda hajmdagi uchirindilar chaqmoqlab olingan.
Nukleusning   fragmenti-1   ekz.   U   yashmadan   ishlangan   va   ikki   zarb
maydonli   nukleusning   singan   borti   bo’lib,   hajmi   21x17x13   mm.   Fragment
nukleusning   tayyorlangan,   orqa   tarafga   qiyalashtirilgan   va   kuchli   deflyasiyaga
uchragan zarb maydonlarini hamda bipolyar tarzda yo’naltirilgan yo’nilg’i izlarini
qisman saqlab qolgan.
27 Plastina-1   ekz.   To’plamda   kvarsdan   ishlangan   bir   dona   plastina   bo’lib,
uning   hajmi   78x31x18   mm.   Uning   zarb   maydonchasi   fasetkalashtirilgan   va   orqa
tarafga   qiyalashgan.   Plastinaning   dorsalidagi   yo’nilg’i   izlari   bipolyar   xarakterga
ega. Uning chap lateralida irregulyar tishsimon retushlar mavjud.
Uchirindilar-5 ekz.  Ulardan ikkitasi yashmadan, ikkitasi kvarsdan va bittasi
jigarrang   kremniydan   ishlangan.   Ushbu   uchirindilardan   uchtasi   zarb
maydonchalarini   saqlab   qolgan   va   qolgan   ikkitasi   uchirindilarning   distal
bo’laklaridir.   Uchirindilardan   yana   biri   sire   tipidagi   aksident   yo’nilg’idir.   To’rtta
uchirindilarning   dorsallaridagi   yo’nilg’i   negativlari   bipolyar   xarakterda   va   bitta
uchirindining   dorsalida   xom-ashyoning   tabiiy   qobig’i   to’liq   saqlanib   qolgan.
Jigarrang   kremniydan   ishlangan   uchirindining   hajmi   33x25x8   mm   bo’lib,   zarb
maydonchasi fasetkalashtirilgan. Uning dorsali to’liq tabiiy qobiq bilan qoplangan.
Ushbu uchirindining chap laterali dorsal tarafga yo’naltirilgan bir nechta irregulyar
ordinar   va   mayda   retushlarga   ega.   To’plamdagi   ikkinchi   uchirindi   yashmadan
ishlangan   bo’lib,   hajmi   45x31x10   mm.   Uning   zarb   maydonchasi   ikki   qirrali   va
orqa   tarafga   biroz   qiyalashgan.   Uchirindining   dorsalidagi   yo’nilg’i   negativlari
bipolyar ravishda joylashgan. Ushbu uchirindini nukleusning bortidan chaqmoqlab
olingan texnik yo’nilg’i deyish mumkin, negaki, uning distal qismida o’zi sindirib
olingan   o’zak   qarama-qarshi   zarb   maydonining   bir   qismi   saqlanib   qolgan.
To’plamdagi uchinchi uchirindi   - sire aksidenti tipidagi texnik yo’nilg’i bo’lib, u
kvarsdan   ishlangan   va   hajmi   44x16x17   mm.   U   uchirindining   teng   o’ng   tomon
bo’lagi bo’lib, saqlanib qolgan zarb maydonchasi fasetkalashtirilgan va dorsalidagi
yo’nilg’i   negativlari   bipolyar   xarakterga   ega.   Uchirindi   o’ng   lateralining   pastki
qismida dorsal tarafga yo’naltirilgan klekton tipidagi ankosh mavjud.
Siniqlar-5   ekz.   To’plamda   beshta   tipologik   jihatdan   aniqlanmaydigan   tosh
siniqlari mavjud. Ularning barchasi yashmadandir. 
№24   punkt   materiallari   №23   punkt   industriyasiga   o’xshashdir.   Aytish
mumkinki,   Sulton   Uvays   tovning   janubiy   etaklari   ishlov   berishga   yaroqli   zom
ashyo krnlariga boy bo’lib, bu yerdagi toshga ishlov berish ustaxonalari bir necha
chaqirim masafalarga cho’zilgan bo’lgan. Bu yerdan kvarsdan va kremniylashgan
28 oxaktoshdan   ishlangan   tosh   buyumlarning   borligini   hisobga   olmaganda   №24
punktni   huddi   №23   punktga   xos   belgilarga   ega   va   sinxron   uchtaxona   deyish
mumkin.   
2.2. Ko’kcha ustaxonasi.  Ushbu yodgorlik Qoraqalpog’istondani Ellikqal’a
tumani   hududidagi   klassik   davrga   oid   Qirqqiz   qal’a   yodgorligidan   bir   necha
chaqirim janubroqda, shu nomli tepalikda joylashgan. Bu tepalikda qora rangli ko’l
kvarsiti   konlari   mavjud   va   u   quyoshda   tovlanib   ko’k   qoramtir   tusga   kirib   turadi.
Shuning  uchun   ham   mahalliy   aholi   uni   Ko’kcha   tepaligi   deb  atashadi.   Yodgorlik
2005   yilda   O’zbek-Fransuz   xalqaro   ekspedisiyasi   tomonidan   topilgan.   Bu   joydan
qora   kvarsitdan   ishlangan   27   ta   tosh   buyumlar   yig’ib   olingan   va   ular   orasida
nukleuslar,   tosh   qurollar,   kombinasiyalashgan   qurollar,   uchirindilar   hamda   kam
sonli plastinalar yig’ib olingan.  
Bir zarb maydonli nukleuslar - 2 ekz.    Ulardan biri yirik qumli kvarsitdan
ishlangan bo’lib, hajmi 45x72x52 mm. Uning orqa tarafga biroz qiyalashgan zarb
maydoni keng va tekislangan. Nukleusdan kalta proporsiyali uchirindilar unipolyar
subparallel ravishda chaqmoqlab olingan. To’plamdagi ikkinchi bir zarb maydonli
nukleus   mayda   qumli   kvarsitldan   ishlangan   bo’lib,   hajmi   61x82x28   mm.
O’zakning zarb maydoni fasetkalashtirilgan. Undan kalta proporsiyali uchirindilar
unipolyar-   konvergent   ravishda   chaqmoqlab   olingan.   Nukleus   ish   yuzasidagi
yo’nilg’i negativlari uning pastki qismigacha yetib bormagan va ehtimol, shuning
uchun   o’zakning   pastki   qismidan   hosil   bo’lgan   bo’rtiklarni   yo’qotish   maqsadida
qarama-qarshi   va   ortogonal   yo’nishlar   amalga   oshirilgan.   Nukleusning   zarb
maydoni va orqa tarafi kuchli deflyasiyaga uchragan. 
Prizmasimon   nukleus - 1   ekz.     U   kvarsitdan   ishlangan   bo’lib,   hajmi
108x74x36   mm.   O’zakning   zarb   maydoni   tekislangan   va   orqa   tarafga
qiyalashtirilgan.   Undan   plastinasimon   yo’nilg’ilar   subparallel   ravishda
chaqmoqlab   olingan.   Ammo,   ushbu   yo’nilg’i   negativlari   o’zakning   pastki
uchigacha   yetib   kelmagan   va   shuning   uchun   ehtimol,   hosil   bo’lgan   bo’rtiklarni
yo’qotish   maqsadida   nukleusning   pastki   qismidan   ortogonal   yo’nishlar   amalga
oshirilgan. Nukleus kuchli deflyasiyaga uchragan.
29 Nukleus-kombeva - 2 ekz.    Ulardan biri yirik qumli kvarsitdan ishlangan va
hajmi   123x136x49mm.   Ushbu   nukleusning   tanovori     nukleusning   bortidan
chaqmoqlab olingan bo’lib, zarb maydonchasi ikki qirrali yirik uchirindidir. Uning
dorsalidagi   yo’nilg’i   negativlari   turli   yo’nalishlarda.   Uchirindi-tanovorning   chap
lateralida   o’zi   chaqmoqlab   olingan   nukleus   zarb   maydonining   bir   qismi   hamda
debitaj   negativlarini   saqlab   qolgan.   Ushbu   uchirindi-tanovor   sindirib   olinganidan
so’ng,   uning   zarb   maydoni   hozirlangan   va   ushbu   maydondan   ventral   tarafga
yo’nalgan   bir   dona   uchirindi   chaqmoqlab   olingan.   Uchirindi-nukleus   o’ng
lateralining   distalida   ventral   tarafga   yo’nalgan   klekton   tipidagi   ankosh   mavjud.
Kombeva   tipidagi   ikkinchi   nukleus   mayda   qumli   kvarsitdan   ishlangan   bo’lib,
hajmi   66x60x15   mm.   Nukleusning   tanovori   sifatida   fasetkalashtirilga   va   orqa
tarafga   o’ta   qiyalashtirilgan   zarb   maydonchali   uchirindidan   foydalanilgan.
Uchirindi-tanovorning   dorsalida   unipolyar   subparallel   yo’nilg’i   negativlari
mavjud.   So’ngra,   uchirindining   nisbatan   qalinroq   bo’lgan   chap   lateralidan
uchirindi-nukleusning   ventral   tarafidan   ortogonal   yo’nishlar   uchun   zarb   maydon
hozirlangan va undan atigi bir nechta mayda uchirindilar chaqmoqlab olingan. 
Uchirindilar-9   ekz.   To’plamning   uchirindilari   asosan   yirik   hajmli   bo’lib,
ulardan   biri   yirik   qumli   kvarsitdan   ishlangan   va   hajmi   127x160x39   mm.
Uchirindining   zarb   maydonchasi   fasetkalashtirilgan   va   dorsal   tarafga   biroz
qiyalashgan.   Uning   dorsalidagi   yo’nilg’i   negativlari   markazga   intiluvchi   ravishda
joylashgan. Ikkinchi yirik uchirindi ham yirik qumli uchirindidan ishlangan bo’lib,
hajmi   86x111x32   mm.   Uning   zarb   maydonchasi   tekis   va   orqa   tarafga   biroz
qiyalashgan.   Uchirindining   dorsalida     qarama-qarshi   hamda   perpendikulyar
yo’nalgan   yo’nilg’i   negativlari   mavjud.   To’plamning   uchinchi   uchirindisi   ham
yirik   qumli   kvarsitdan   ishlangan   va   hajmi   110x99x34   mm.   Uning   zarb
maydonchasi   fasetkalashtirilgan   va   orqa   tarafga   biroz   qiyalashgan.   Uchirindi
dorsalidagi   yo’nilg’i   negativlari   unipolyar-subparallel   xarakterga   ega.
Uchirindining katta qismi  deflyasiyaga uchragan. Va nihoyat, to’plamni eng yirik
uchirindisining   zarb   tepaligi   ham   juda   yirik.   Shuningdek,   uning   yirik   va
qo’poruvchi sharniri ham mavjud.  Uchirindining har ikkala laterali ikki taraflama
30 ketma-ket   yщnishlar   yordamida   yupqalashtirilgan.   Uning   dorsalidagi   yo’nilg’i
negativlari   perpendikulyar   xarakterga   ega.   Uchirindining   zarb   maydoni   tekis   va
distal   qismi   o’zi   sindirib   olingan   nukleusning   pastki   bo’lagini   kesib
chaqmoqlangan. 
Levallua   uchirindi-1   ekz.   To’plamda   bir   dona   levallua   tipidagi   uchirindi
bo’lib, u mayda qumli kvarsitdan ishlangan va hajmi 66x47x16 mm. Uchirindining
zarb   maydonchasi   chiziqsimon   va   dorsalida   markazga   intiluvchi   yo’nilg’i
negativlari   mavjud.   Uni   chap   lateralini   distal   qismi   yupqa   retushlash   yordamida
dorsal   tarafdan   ishlov   berilgan   va   ushbu   retushlar   uchirindining   o’ziga   nisbatan
kamroq patinizasiyalashgan.
Levallua tig’-1 ekz.  U yirik qumli kvarsitdan ishlangan va hajmi 75x63x21
mm. Levallua tig’ning zarb maydonchasi  tekis va orqa tarafga biroz qiyalashgan.
Uning dorsalida unipolyar-konvergent yo’nilg’ilar negativlari mavjud. Tig’ni chap
lateralining medialida ventral tarafga yo’naltirilgan klekton tipidagi ankosh bor. 
Nukleuslarning   bortidan   chaqmoqlab   olingan   uchirindilar - 3   ekz.
Ulardan   biri   yirik   qumli   kvarsitdan   ishlangan,   hajmi   105x146x33   mm.
Uchirindining   dorsalidagi   yo’nilg’i   negativlari   kturli   yo’nalishlarga   ega.   Uning
o’ng   distal   burchagida   perpendikulyar   holatdagi   debitaj   yo’nilg’ilari   mavjud.
Demak,   ushbu   uchirindining   qalin   chap   laterali   qandaydir   nukleusning   borti
hisoblanishi mumkin. Uchirindining zarb maydonchasi fasetkalashtirilgan va orqa
tarafga   biroz   qiyalashtirilgan.   Ushbu   toifadagi   uchirindilardan   yana   biri   mayda
qumli   kvarsitdan   ishlangan   va   hajmi   53x61x12   mm.   Uchirindining   zarb
maydonchasi   chiziqsimon.   Uning   dorsalida   markazga   intiluvchi   yo’nilg’i
negativlari mavjud. Uchirindining chap laterali perpendikulyar yo’nalgan yo’nilg’i
izlarini va nukleus zarb maydonining bir qismini saqlab qolgan. Navbatdagi ushbu
toifadagi   uchirindi   o’zining   uzunchoqligi   bilan   ajralib   turadi.   U   ham   yirik   qumli
kvarsitdan   ishlangan   bo’lib,   hajmi   87x52x33   mm.   Uchirindining   dorsalida
perpendikulyar   xarakterdagi   yo’nilg’i   izlari   bor.   Ushbu   uchirindi   nukleusning
peshanasidan   (flangovaya   chast)   sindirib   olingan   bo’lib,   o’zida   nukleusning
tekislangan   zarb   maydonini   hamda   unipolyar-subparallel   yo’nalishdagi
31 negativlarni   qisman   saqlab   qolgan.   Uchirindining   zarb   maydonchasi
fasetkalashtirilgan va biroz orqa tarafga qiyalashgan. Uni chap lateralining medial
qismida ventral tarafga yo’nalgan klekton tipidagi ankosh mavjud. 
Plastinlar - 2 ekz . Ulardan biri yirik qumli kvarsitdan ishlangan bo’lib, hajmi
146x66x31   mm.   Plastinaning   zarb   maydonchasi   fasetkalashtirilgan   va   dorsalida
qarama-qarshi-bipolyar   yo’nilg’i   negativlari   mavjud.   Plastina   dorsalining   katta
qismi   kuchli   deflyasiyaga   uchragan.   To’plamdagi   ikkinchi   plastinaning   zarb
maydochasi singan va saqlanib qolgan hajmi 180x61x24 mm. Plastina dorsalidagi
yo’nilg’i   negativlari   unipolyar-subparallel   xarakterga   ega.   Uning   yuzasi   to’liq
sarg’ish patina bilan qoplangan.
Plastinaning   o’rta   qismida   shakllantirilgan   ordinar   kesgich-1   ekz .
Ushbu   kesgich   yirik   qumli     kvarsitdan   ishlangan   plastina   distalining   medialida
ikkiyonlama  yo’nish   orqali   shakllantirilgan  va   hajmi   96x37x14  mm.  Plastinaning
zarb   maydonchasi   singan,   dorsalidagi   yo’nilg’i   negativlari   unipolyar-subparallel
ravishda joylashgan.
Pichoqlar-2   ekz .   Ulardan   biri   mayda   qumli   kvarsitdan   ishlangan   kombeva
tipidagi   uchirindidan   yasalgan   va   hajmi   48x44x10   mm.   Uchirindining   zarb
maydonchasi   fasetkalashtirilgan   va   orqa   tarafga   biroz   qiyalashgan.   Qurolning   ish
yuzasi   uchirindining   chap   lateralida   ventralga   yo’nalgan   yarim   tik   yo’nishlar
yordamida   shakllantirilgan.   Uchirindi   ikkiyoqlama   ventralga   ega.   To’plamning
ikkinchi tosh pichog’i yirik qumli kvarsitdan ishlangan va hajmi 100x73x28 mm.
Uning zarb maydonchasi tekis. Uchirindining dorsali markazga intiluvchi yo’nilg’i
negativlari   bilan   qoplangan.   Pichoq   esa   uning   chap   lateralida   dorsal   tarafga
yo’naltirilgan   yupqa   retushlar   yordamida   hosil   qilingan.   Pichoqning   uchi
uchirindining chap distal burchagida shakllantirilgan. Yo’nilg’ining distali va o’ng
laterali   yarim  tik  yo’nishlar   hamda  o’tmaslashtiruvchi  retushlar   yordamida   ishlov
berilgan. 
Tosh bolta- 1   ekz.   U yirik qumli kvarsit plitkadan shakllantirilgan va hajmi
181x160x70 mm . Buyumning har ikkala laterali va distali ikki taraflama yarim tik
yo’nishlar   yordamida   ishlov   berilgan.   Ayniqsa,   uning   distal   uchi   sinchiklab
32 o’tkirlangan qurolning proksimal qismi tabiiy siniq yuzasini saqlab qolgan (qo’lda
ushlash   uchun   qulay   bo’lgan)   va   bu   paleolit   davrining   tosh   boltalari   uchun
xarakterlidir. Tosh bolta sarg’ish patina bilan qoplangan.
Qirg’ich+iskana+retushlangan   ankosh-1   ekz.   U   yirik   qumli   kvarsit
uchirindidan   ishlangan,   hajmi   98x113x   34   mm.   Bu   yirik   uchirindining   zarb
maydonchasi   keng,   fasetkalashtirilgan   va   orqa   tarafga   qiyalashgan.   Uning
dorsalidagi   yo’nilg’i   negativlari   bipolyarn-qarama-qarshi   hamda   perpendikulyar
tarzda   joylashgan.   Qirg’ich   dorsal   tarafga   yo’naltirilgan   tishsimon   retushlash
yordamida   uchirindi   chap   lateralining   proksimali   va   medialida   shakllantirilgan.
Qirg’ichning  ish  qirrasi  egik  yoysimon  shaklga  ega.   Uchirindining  distal  qismida
iskanasimon qirra hosil qilingan va uning katta qismi singan. Iskananing ish yuzasi
faqat   uchirindining   o’ng   lateralida   saqlanib   qolgan   va   u   dorsal   tarafga
yo’naltirilgan   yarim   tik   yo’nishlar   yordamida   shakllantirilgan.   Va   nihoyat,
retushlangan ankosh uchirindi o’ng lateralining proksimal qismida dorsal tarafdan
shakllantirilgan. 
Uchirindining   burchagida   shakllantirilgan   qirg’ichcha+iskanasimon
qurol-1   ekz.   U   yirik   qumli   kvarsitdan   ishlangan   uchirindidan   yasalgan   va   hajmi
99x87x25 mm.   Uchirindining zarb maydonchasi  tekis va old tarafga qiyalashgan.
Uning   dorsalida   subparallel   qarama-qarshi   yo’nilg’i   negativlari   mavjud .
Qirg’ichcha uchirindi o’ng lateralining proksimal burchagida dorsal tarafdan yarim
tik retushlash yordamida shakllantirilgan .  Qirg’ichcha ish qirrasining shakli bo’rtib
chiqqan.   Uchirindining   distalida   dorsal   tarafga  yo’naltirilgan   yarim   tik  yo’nishlar
yordamida iskanasimon qirra hosil qilingan va uning ham bir qismi sinib qolgan.
Shunday qilib, Ko’kcha topilmajoyi Qizilqum xududlaridan topilgan paleolit
davriga   oid   yana   bir   yangi   yodgorlikdir.   Bu   yerdan   yig’ilgan   tosh   buyumlarning
aksariyati   birlamchi   ishlov   berilgan   tosh   buyumlar   bo’lganligi   uchun   yodgorlikni
ustaxona deyish mumkin. Aytish mumkinki, shu atrofdagi suv havzalari bo’ylarida
yashagan   padeolit   davri   aholisi   bu   yerga   xom   ashyo   aztarib   kelganlar.   Garchi,
nisbatan sifatsiz material bo’lgan qora rangli kvarsitlarni yuqori darajada taraqqiy
qilgan   so’ngi   paleolit   davri   texniksi   yordamida   ishlov   berganlar.   Kolleksiyada
33 prizmasimon   nukleslarning,   plastinalarning   hamda   kombinasiyalashgan   tosh
qurollarning   mavjudligiga   ko’ra,   yodgorlikni   so’ngi   palelit   davrining   birinchi
yarmi bilan davrlashtirish mumkin. Ularga yaqin analogiyalar sifatida Samarqand
so’ngi paleolit davri madaniyati materiallarini keltirish mumkin.
3-  BOB.   OYOQOG’ITMA BOTIG’INING SO’NGI PALEOLIT VA NEOLIT
DAVRI YODGORLIKLARINI O’RGANISHDAGI QO’SHGAN HISSASI.
3.1.  Oyoqog’itma botig’ining so’ngi paleolit davri arxeologiyasi.
34 Oyoqog’itma   botig’ining   neolit   davrini   o’rganish   bo’yicha   O’zbek   Fransuz
xalqaro ekspedisiyasi 2009 yilning kuzida Oyoqog’itma makonida qazish ishlarini
davom ettirdi. Bir vaqtning o’zida botiqning barcha hududlarida qidiruv ishlari olib
borildi   va   paleolit   davriga   oid   11   ta   topilmajoy   aniqlandi.   Ularning   barchasi
Oyoqog’itma   botig’ining   sharqiy   va   janubiy   qismlarida,   shu   nomli   ko’l   birinchi
terrasasidan pastroqda joylashgan. 
Oyoqog’itma   botig’idan   paleolit   davriga   oid   dastlabki   topilmalar   o’tgan
asrning   60-yillarida   A.V.   Vinogradov   tomonidan   aniqlangan,   so’ngra     «Drevniye
oxotniki   i   rыbolovы     Sredneaziatskogo   mejdurechya» 44
  nomli   kitobida   nashr
etilgan edi. Biroq, bu topilmalar  o’rta paleolit davriga oid edi. Topilmajoylarning
barchasi raqamlar bilan belgilandi.
Punkt-1.  Ushbu punktdan 2 ta tosh buyum aniqlangan. Ulardan biri haddan
tashqari   ishlov   berilgan   bir   zarb   maydonli   nukleus   bo’lib,   och-jigarrang
kremniydan ishlangan va hajmi  70x60x43 mm. O’zakning zarb maydoni keng va
fasetkalashtirilgan.   Chaqmoqlashning   oxirgi   bosqichlaridan   birida   undan   kalta
proporsiyali uchirindilar sindirib olingan. Nukleusning orqa tarafida qarama qarshi
yo’nalishdagi   yo’nilg’i   negativlari   saqlanib   qolgan.   Ammo,   nukleusning   ushbu
yo’nilg’ilar   chaqmoqlab   olingan   zarb   maydoni   o’zakning   boshqa   ish   yuzasidan
keyingi yo’nishlar yordamida kesib yuborilgan. To’plamdagi ikkinchi tosh buyum
och jigarrang kremniydan ishlangan o’rta hajmli uchirindi bo’lib, hajmi 43x47x16
mm).   Uning   zab   maydonchasi   tekis   va   dorsalida   perpendikulyar   xarakterdagi
yo’nilg’i negativlari mavjud.
Punkt - 2.  Ushbu topilmajoydan 23 ekz. tosh buyum yig’ib olingan. Ulardan
22   tasi   uchirindilar   va   1   nukleusning   peshona   bo’lagidir.   Nukleus   peshona
bo’lagining hajmi 40x25x15 mm va u och-jigarrang kremniydan ishlangan. Uning
dorsalida   unipolyar   ravishdagi   yo’nilg’i   negativlarining   izlari   mavjud,   ammo,
ushbu yuzada dastlabki nukleus-kombevaning ventral ish yuzasini bir qismini ham
saqlab qolgan. Uchirindining orqa tarafi tabiiy singan yuzaga ega. 
44
 А.В. Виноградов Древние охотники и рыболовы Среднеазиатского междуречья. М . 1981,
с . 46-51;
35 2 Punktning uchirindilari  dorsallari  orasida  unipolyar  tipdagilari  katta  o’rin
tutadi (10 ekz.). Unidan keyingi pozisiyalarni perpendikulyar (4 ekz.), bipolyar (4
ekz.)   hamda   qobiqli   (3   ekz.)   tipdagi   dorsalli   uchirindilar   egallaydi.   To’plamda
shuningdek, bir dona termik xarakterdagi dorsalga ega uchirindi ham mavjud.
To’plam   uchirindilari   zarb   maydonchalari   orasida   ko’pchilikni
fasetkalashtirilganlari   (6   ekz.)   tashkil   qiladi,   chiziqsimon   (2   ekz.),   nuqtasimon   (2
ekz.) hamda ikki qirali (1 ekz.)  zarb maydonchalar  deyarli bir xil nisbatga  ega. 2
punkt uchirindilari orasida deyarli yarmida zarb maydonchalari singan (9 ekz.). 
To’plamning   uchirindilari   orasida   2   tasi   texnik   yo’nilg’ilar   hisoblanadi.
Ulardan   biri   och   jigarrang   kremniydan   ishlangan   bo’lib,   hajmi   30x23x8   mm.
Uchirindining   o’ng   laterali   nukleus   bortining  bir   qismini   o’zi   bilan  birga   sindirib
tushgan.   Ushbu   uchirindini   nukleusning   zarb   maydonini   yangilashdan   hosil
bo’lgan   texnik   yo’nilg’i   deyish   mumkin.   Uning   zarb   maydonchasi
fasetkalashtirilgan   va   bo’rtib   chiqqan,   dorsalidagi   yo’nilg’i   negativlari   unipolyar
xarakterga   ega.   Ushbu   toifaga   kiruvchi   to’plamning   ikkinchi   buyum   nukleusning
bortidan   chaqmoqlab   olingan   uchirindining   distal   bo’lagidir.   Uning   dorsalidagi
negativlar perpendikulyar xarakterga ega.       
Punkt–3.   Ushbu   punktdan   bir   dona   tosh   qurol   topilgan   bo’lib,   u   ikki
yonlama   tishsimon   quroldir.   U   och-jigarrangli   kremniydan   ishlangan   va   hajmi
57x31x15   mm.   Uchirindining   zarb   maydonchasi   fasetkalashtirilgan.   Uning
dorsalida bipolyar xarakterdagi yo’nilg’i negativlari mavjud. Ushbu tosh qurol ikki
xil patinaga ega, ya’ni uning dorsali o’zining ventrali hamda retushlariga nisbatan
ko’proq   patinizasiyalashgan.   Uchirindining   chap   hamda   o’ng   laterallari   dorsal
tarafdan mikroankoshlar yordamida ishlov berilgan. Qirralari zigzagsimon.
Punkt–4.  Ushbu punktdan 4 ekz. tosh buyum yig’ib olingan. Ulardan 3 tasi
o’rta   hajmlardagi   uchirindilar   va   1   tasi   plastinaning   distal   fragmentidir .   To’plam
uchirindilari   zarb   maydonchalarining   xarakteriga   ko’ra   –   2   tasi   qobiqli   va   1   tasi
fasetkalashtirilgan .  Dorsallarining xarakteriga ko’ra 2 tasi unipolyar va 1 tasi oxak
qoplamalidir. To’plamda bir dona plastina mavjud bo’lib, u jigarrang kremniydan
36 ishlangan   va   hajmi   18x10x4   mm.   Uning   zarb   maydonchasi   tabiiy   singan   va
dorsalidagi yo’nilg’i negativlari unipolyar xarakterga ega .       
Punkt–5.   Ushbu punktdan 3 ta tosh buyum topilgan .   Ulardan biri jigarrang
kremniydan   ishlangan   nukleusning   bo’lagi   bo’lib,   hajmi   50x37x24   mm.   U   ikki
zarb   maydonli   nukleusning   peshona   (flangov iy   fragment)   qismi   bo’lagidir.
Uchirindining  dorsalida   hamda  har   ikkala   uchlarida   nukleusning  zarb  maydonlari
qisman   saqlanib   qolgan.   Uchirindining   dorsali   qisman   oxak   qoplama   bilan
qoplangan va ventral tarafi tabiiy yoriqqa ega. To’plamda bir dona kremniylashgan
oxaktoshdan   ishlangan   nukleussimon   bo’lak   mavjud   va   uning   hajmi   43x32x22
mm.   5   punktdan   bir   dona   loyli   slanesdan   ishlangan   ikki   yoqlama   ko’ndalang-
uzunasiga   ishlangan   tishsimon   qurol   ham   topilgan.   Uning   hajmi   80x56x26   mm.
Ushbu   qurol   ikki   qirrali   zarb   maydonchaga   ega   uchirindidan   ishlangan.   Uning
dorsalidagi   yo’nilg’i   negativlari   unipolyar   xarakterda.   Uchirindining   o’ng   laterali
oxak   qoplama   bilan   qoplangan   tabiiy   yuzasini   saqlab   qolgan.   Tishsimon
qirralarining   biri   uchirindining   distalida   dorsal   tarafga   yo’naltirilgan   ankoshlar
hamda   yupqa   retushlar   yordamida   shakllantirilgan.   Ish   qirraning   shakli
zigzagsimon.   Ushbu   ish   qirraga   tanovorning   o’ng   lateralida   hosil   qilingan
tishsimon qirra tutashadi. Uning o’ng qirrasi dorsal tarafga yo’naltirilgan ankoshlar
yordamida shakllantirilgan va bu qirra ham zigzagsimondir .
Punkt-6.   Ushbu   topilmajoydan   atigi   3   ta   tosh   buyum   yig’ib   olingan.
Ulardan   biri   to’q   jigarrang   yashmadan   ishlangan   nukleussimon   bo’lak   bo’lib,
hajmi   52x45x24   mm.   To’plamdagi   ikkinchi   buyum   jigarrang   kremniydan
ishlangan uchirindi va hajmi 36x37x9 mm. Uning zarb maydonchasi tekis va orqa
tarafga   biroz   qiyalashgan.   Uchirindi   dorsalidagi   yo’nilg’i   negativlari
perpendikulyar   xarakterga   ega.   U   nukleusning   bortidan   chaqmoqlab   olingan   va
chap   lateralida   o’zi   sindirib   olingan   o’zakning   fasetkalashtirilgan   zarb   maydoni
qisman   saqlanib   qolgan.   To’plamdagi   uchinchi   buyum   kichik   hajmli   termik
xarakterdagi uchirindidir.
37 Punkt–7.   Ushbu   punkdan   atigi   4   ta   tosh   buyum   yig’ib   olingan   bo’lib,
ulardan   3   tasi   uchirindilar   va   1   tasi   byuske   tipidagi   kesgichdir 45
.   Bu   kesgich
kremniylashgan   slanesdan   ishlangan   uchirindidan   yasalgan.   Uning   zarb
maydonchasi kesgich tumshug’iga aylantirilgan. Uchirindining bir lateralidan bitta
kesgich   yo’nilg’isi   amalga   oshirilgan,   so’ngra,   uchirindining   qarama   qarshi
lateraliga   qarab   bir   nechta   kesgich   yo’nilg’ilari   amalga   oshirilgan.   Buyumning
distalida   ventralga   yo’naltirilgan   bir   nechta   mayda   hamda   yupqa   retushlar   bor.
Uchirindining o’ng laterali har ikki tarafdan yupqa va botiq retushlash yordamida
ishlov   berilgan.   Buyumning   hajmi   60x51x17mm.   To’plamning   uchirindilaridan
biri to’q jigarrangli kremniydan ishlangan bo’lib, hajmi 48x56x14 mm. Uning zarb
maydonchasi   tekis   va   orqa   tarafga   biroz   qiyalashtirilgan.   Uchirindining   dorsalida
bipolyar   yo’nilg’i   negativlari   mavjud.   Ikkinchi   uchirindi   ham   to’q   jigarrangli
kremniydan   ishlangan   va   hajmi   42x38x8   mm.   Uning   zarb   maydonchasi   tekis   va
orqa   tarafga   biroz   qiyalashgan.   Uchirindining   dorsalida   bipolyar   xarakterdagi
yo’nilg’i   negativlari   mavjud.   Va   nihoyat,   to’plamdagi   uchinchi   uchirindi   kichik
hajmli (28x18x4 mm) bo’lib, u to’q-jigarrangli kremniydan ishlangan. Uning zarb
maydonchasi   ikki   qirrali,   dorsalida   esa   unipolyar   yo’nilg’i   negativlari   bor.
Uchirindining nisbatan qalinroq o’ng laterali galkali qobiq bilan qoplangan.
Punkt–8.   Bu   yerdan   atigi   2   ta   tosh   buyum   topilgan.   Ularning   har   ikkalasi
ham   kvarsdan   ishlangan   nukleuslardir.   Ushbu   o’zaklardan   biri   bir   zarb   maydonli
bo’lib,   undan   unipolyar   subparallel   ravishda   uchirindilar   chaqmoqlab   olingan.
Uning zarb maydoni tekis va orqa tarafga biroz qiyalashgan.   Ammo, ushbu zarb
maydondan yo’naltirilgan yo’nilg’ilar o’zakning pastki uchigacha yetib kelmasdan
singan va shuning uchun ehtimol, nukleusning pastki qismidan bitta qarama qarshi
yo’nish amalga oshirilgan. Ushbu nukleus bir ish yuzali bo’lib, biroq, ba’zan uning
yon   tomonlaridan   ish   yuzasiga   yo’nalgan   yonlama   negativlar   mavjud.   bu   hol
plastinalar   chaqmoqlab   olishga   mo’ljallangan   levallua   o’zaklarini   eslatadi.
Nukleusning hajmi 54x57x31 mm. To’plamdagi ikkinchi nukleus haddan tashqari
ishlov   berilgan   bir   zarb   maydonli   bo’lib,   undan   subparallel   ravishda   mayda
45
 Brezillon M. Les denomination des objets de Pierre taille. Paris, 1988, p. 188;
38 uchirindilar   chaqmoqlab   olingan.   O’zakning   zarb   maydoni   fasetkalashtirilgan   va
orqa arafga biroz qiyalashtirilgan. Uning hajmi 50x32x16 mm. 
Punkt–9.   Ushbu   punktdan   1   ta   to’q-jigarrangli   kremniydan   ishlangan
nukleussimon bo’lak topilgan va uning hajmi 31x36x13 mm.
Punkt–10.  Bu topilmajoydan 4 ta tosh buyum yig’ib olingan.   Ulardan 2 tasi
uchirindi va levallua tipidagi paykonlar chaqmoqlab olishga mo’ljallangan levallua
o’zaklardir.   Ushbu   nukleuslardan   biri   54x60x25   mm   hajmga   ega   bo’lib,   to’q-
jigarrangli   kremniydan   ishlangan.   O’zakka   haddan   tashqari   ishlov   berilgan,   zarb
maydoni   fasetkalashtirilgan   va   orqa   tarafga   biroz   qiyalashtirilgan.   Uning   ish
yuzasida   asosiy   (levallua)   hamda   tayyorlovchi   yo’nilg’i   negativlari   saqlanib
qolgan. Nukleusdan asosiy levallua paykon sindirib olinganidan so’ng, o’zak yana
qaytadan   chaqmoqlash   uchun   shakllantirilgan   va   faqat   shundan   so’ngina   tashlab
yuborilgan.   O’zakning   orqa   tarafida   zarb   maydonlar   hosil   qilishdan   qolgan
yo’nilg’i negativlari va hom ashyo defekti qoldiqlari saqlanib qolgan. To’plamdagi
ikkinchi levallua nukleus uchirindilar chaqmoqlab olishga mo’ljallangan va u to’q
jigarrangli   kremniydan   ishlangan.   Uning   hajmi   60x58x36   mm.   O’zakdan   asosiy
levallua   uchirindi   ekstarksiya   qilingandan   keyin,   uning   ish   yuzasi   yana   yonlama
yo’nishlar   yordamida   chaqmoqlashga   tayyorlangan.   So’ngra   nukleusning
fasetkalashtirilgan   zarb   maydoni   bitta   zarb   berilgan.   Biroq,   bu   yo’nish
muvaffaqiyatsiz   chiqqanidan   so’ng,   ustaning   jahli   chiqqanmi   o’zakning   zarb
maydon qismidan bitta kuchli zarb berilib bitta uchirindi sindirib olingan. So’ngra
nukleus   tashlab   yuborilgan.   10   punktning   kolleksiyasida   ikkita   uchirindi   ham
bo’lib, ulardan biri to’q jigarrangli kremniydan ishlangan va hajmi 41x41x14 mm.
Uchirindining   zarb   maydonchasi   singan.   Uchirindining   dorsalida   perpendikulyar
xarakterdagi yo’nilg’i negativlari mavjud va dorsalining katta qismi oxak qoplama
bilan qoplangan. Ushbu uchirindining o’ng laterali o’zi sindirib olingan o’zakning
zarb   maydonini   qisman   saqlab   qolgan.   Shuning   uchun   ham   uni   nukleuslarning
bortidan   chaqmoqlab   olingan   texnik   yo’nilg’ilar   qatoriga   kiritish   mumkin.
To’plamning   ikkinchi   uchirindisi   kichik   hajmli   bo’lib   (33x23x4   mm),   och-
39 jigarrangli   kremniydan   ishlangan.   Uning   zarb   maydonchasi   fasetkalashtirilgan,
dorsalidagi yo’nilg’i negativlari perpendikulyar xarakterga ega.  
Punkt-11.  Ushbu punktdan 3 ta uchirindi topilgan. Ulardan biri yirik hajmli
85x64x27   mm   va   jigarrang   kremniydan   ishlangan .   Uning   zarb   maydonchasi
fasetkalashtirilgan va orqa tarafga biroz qiyalashgan .  Uchirindining dorsalida bitta
unipolyar   negativ   izi   mavjud .   Biroq   uchirindi   dorsalining   katta   qismi   oxak
qoplama   bilan   qoplangan .   To’plamning   ikkinchi   uchirindisi   sire   tipidagi   aksident
yo’nilg’i   bo’lib,   och   jigarrangli   yashmadan   ishlangan   va   hajmi   33x35x14   mm.
Uchirindining   saqlanib   qolgan   zarb   maydonchasi   tekis   va   orqa   tarafga   biroz
qiyalashgan .   Uning   dorsalidagi   yo’nilg’i   negativlari   unipolyar   xarakterga   ega .
To’plamdagi uchinchi uchirindi ham och jigarrangli yashmadan ishlangan va hajmi
40x33x10  mm.   Uning  zarb  maydonchasi   fasetkalashtirilgan  va  orqa  tarafga   biroz
qiyalashgan.   Uchirindining   dorsalidagi   yo’nilg’i   negativlari   unipolyar   subparallel
xarakterga ega.   
Shunday   qilib,   Oyoqog’itma   ko’lining   g’arbiy   va   janubiy   sohillar   paleolit
davri   topilmalariga   boydir.   Ta’kidlab   o’tilganidek,   ushbu   tosh   buyumlar   o’ziga
xosligi   va   rang   barangligi   bilan   ajralib   turadi.   Albatta,   ushbuk   topilmalar
qachonlardir   ko’lning   yuqori   terrasasida   yashagan   paleolit   davri   odamlarining
buzilgan   makonlaridan   yomg’ir   qor   suvlari   ta’sirida   oqib   keltirilgan.   Chunki   bu
yerlarda   qadimda   ibtidoiy   odamlar   yashashi   uchun   hamma   sharoitlar   muhayyo
bo’lgan. Oyoqog’itma botig’ining g’arbiy sohillarida (ko’lning 1 terrasasi)  yuqori
sifatla kremniy konlari mavjud. 
Topilgan   materiallarning   sanasi   masalasi   ularni   talqin   qilishning   eng
murakkab   sohalaridan   biridir.   Shunday   bo’lsada,   11   ta   punktdan   olingan
materiallar   orasida   plastinalar   olishga   mo’ljallangan   levallua   nukleuslarining,
murakkab   texnologiyali   byuske   tipidagi   kesgichning,   kombinasiyalashgan
qurollarning   va   boshqa   tosh   buyumlarning   topilishi   bu   yerda   yuqori   darajada
taraqqiy qilgan so’ngi paleolit davri texnikasi hukm surgan deyishga imkon beradi.
Shuningdek,   kvarsdan   ishlangan   levallua   nukleuslarining   mavjudligi   ham
fikrimizni isbotlaydi.          
40 Ta’kidlash   joizki,   Oyoqog’itma   botig’idan   topilgan   materiallar   bir   vaqtlar
A.V.   Vinogradov   topgan   paleolit   davri   materiallardan   farq   qiladi.   Bularga   A.V.
Vinogradov yiqqan kolleksiyada bizdagidek levallua o’zaklar uchramaydi. Bundan
tashqari,   №7   punktdan   topilgan   byuske   tipidagi   murakkab   texnologiyali
kesgichning topilishi umuman O’zbekiston paleolitida yangi hodisadir. 
Xulosa qilib aytish mumkinki, Oyoqog’itma botig’ining paleolit davri o’ziga
xosligi bilan ajralib turadi va uni o’rganish istiqbolli ko’rinadi. 
3.2. Oyoqog’itma botig’ining so’ngi paleolit davri arxeologiyasi.
Qizilqum   Turon   pasttekisligining   yirik   cho’llaridan   biri   bo’lib,   Markaziy
Osiyodagi Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon kabi yirik daryolarning o’rta va quyi
oqimlari hududlarini egallagan. Shimoliy-G’arbda bu cho’l Orol dengizi, Janubiy-
Sharqda   Nurota   tog’   tizmasi   bilan   chegaradosh.   Tabiati,   o’simliklari,   cho’kindi
jinslari va tuprog’i bir xil bo’lgan bu ulkan joy 4 ta yirik hududlarga bo’linadi: 1.
Janubiy-G’arbiy   Qizilqum   tog’   manzaralari   bilan   ajralib   turadi,   shu   jumladan,
Zarafshonning   delta   tekisligi;   2.   Markaziy   Qizilqum   (Bo’kantog’   va   Yetimtog’
Shimoliy-Sharqi)   katta   qismi;   3.   Shimoliy   Qizilqum   Amudaryo   va   Sirdaryo
paleovodiylari va delta tekisligi; 4. Janubiy-Sharqiy Qizilqum (Nurota tog’ tizmasi
va Mirzacho’l) 46
.
Qizilqumning maydoni 300 ming km 2
. Bu hudud janubiy-sharqdan shimoliy-
g’arbga qarab pasayib boradi. Uning o’rtacha mutloq balandligi 200-300 m bo’lsa,
janubiy-sharqda 350-400 m, shimoliy-g’arbda esa 90-100 metrga tushib qoladi 47
.
Qizilqum   okrugining   markaziy   qismida   bir   necha   botiqlar   joylashgan 48
.
Botiqlarning   tagi   qumdan   iborat   bo’lib,   ustki   qismi   taqirlar   bilan   qoplangan.   Bu
46
BRUNET   F.,   О   новом   исследовании   неолитической   Кельтеминарской   культуры,   Узбекистан.   In
MUSTAFAEV   Sh.   et   FRANCFORT   H.-P.   (eds.),   Археология   и   история   Центральной   Азии   в   трудах
французских ученых, Том I: МИЦАИ: Самарканд. 2014. -С. 38-62.
47
Виноградов   А.В.   Древные   охтники   и   рыболовы.     Москва.   1981.   -С.14.   Архангельский   А.   Д.   - Из
геологических наблюдении в пустыне Кызылкумы. - Известия Докучаевской почв. ком., , № 3. 1915. -С. 157.
48
Кушнарь С. А.  - [Выступление по конференции по палеогеографии четвертичного периода] - Труды ИГАП,
1946. Вып 37. -С. 177.
41 botiqlarning   eng   kattalari   Mingbuloq,   Mo’llali,   Qoraxotin   va   Oyoqog’itma
botiqlaridir. Bu botiqlarni har birining uzunligi 40-50 km ga yetadi 49
.
Qizilqum   okrugining   markaziy   qismidagi   platolardan   ko’tarilib   turgan
paleozoy   qoldiq   tog’lar   eng   qadimiy   quruqlikka   aylangan   qismi   hisoblanadi.   Bu
tog’lar   juda   ham   yemirilib   ketgan   bo’lib,   mutloq   balandliklari   922   m   dan
oshmaydi.   Bu   tog’lar   paleozoy   erasining   kristalli,   kvarsli   slaneslari   va
ohaktoshlardan   tashkil   topgan.   Ularda   granit,   diorit,   granodiorit   va   boshqa
cho’kindi jinslar ham uchraydi.
Qizilqumning   tekislik   qismi   neogen   va   antropogen   davrlarining   allyuvial
tekisliklaridan, asosan Amudaryo va Sirdaryoning yotqiziqlaridan iborat, ularning
ustini   esa   qalinligi   10-12   m   keladigan   qumlar   qoplab   olgan.   Cho’lda   ko’plab
qadimgi quruq o’zanlar uchraydi. Ulardan eng yirigi Janadaryo bo’lib, u taxminan
Qizilo’rda shahri yaqinidan boshlanib, janubiy-g’arb tomon oqqan. Qadimda uning
o’zanidan   Sirdaryo   suvlari   Orol   dengizigacha   borib   quyilgan.   Sulton-Uvays
tog’ining   sharqiy   qismidan   Orol   dengizining   janubiy-g’arbiy   qirg’og’igacha
Amudaryoning qadimgi o’zani - Oqchadaryo cho’zilib yotadi. U uzunligi 170 km,
kengligi 25 km keladigan delta hosil qilgan. Qizilqumning janubiy qismida ham bir
necha qadimgi o’zanlar mavjud, ulardan eng yiriklari Sirdaryoning qadimgi o’zani
- Daryolisoy va Zarafshonning Moxondaryo o’zanlari hisoblanadi.
Markaziy   Osiyodagi   cho’llarda   odamlarni   yashashi   tabiiy   omillarga,
jumladan, suv mavjudligiga bog’liq. Eng muhim va barqaror suv manbai har doim
eng   katta   daryolar   -   Amudaryo,   Sirdaryo   va   Zarafshon   vodiylari   hamda   deltalar
edi.   Paleolit   davridan   bu   daryolarning   delta   hududlari   eng   ko’p   arxeologik
yodgorliklarga ega.
Tadqiqotlar   neolit   davriga   oid   yodgorliklarning   aksariyati   cho’lning
endorhyeic   depressiya   mintaqalarida   (Oyoqog’itma,   Qarakata,   Lavlakon,
Beshbuloq, Mingbuloq, Ko’chbuloq va boshqalar) ekanligini ko’rsatdi.
Cho’l   hududlarida,   jumladan,   Zarafshonning   quyi   oqimida,   Amudaryoning
o’rta   va   quyi   oqimida,   Orol   dengizi   atroflarida   va   Kaspiy   bo’ylarida   so’ngi
49
Виноградов А.В. Древные охотники и рыболовы.  Москва. 1981. -С.17. 
42 pleystosen va ehtimol, undan keyingi davrlarda ham uncha iliq bo’lmagan nisbatan
nam   semiarid   (yarim   quruq)   tipdagi   sharoit   hukmron   bo’lgan.   Ushbu
namlashuvning   xarakterli   belgilaridan   biri   cho’l   botiqlarida   shamolli   errozion
chuqurlashuvning to’xtashi va ularda subakval (prolyuvial va ko’l) cho’kmalarning
to’planishi   bo’ldi.   Cho’l   botiqlarida   so’ngi   pleystosen   davri   plyuvial   ko’llarining
hukm   surganligi   haqida   ularda   ko’l   terrasalarining   mavjudligi   hamda   chuchuk
suvlarda bo’ladigan mollyuskalar chig’anoqlarining topilishi guvohlik beradi. 
Yer   yuzida   tosh   davrida   Markaziy   Osiyo   cho’llaridek   aholi   zich   istiqomat
qilgan   hududni   topish   qiyin 50
.   Qizilqum   hududida   qulay   paleoekologik   tabiiy
sharoitlar,   shunga   mos   paleofauna   va   paleoflora   hukm   surgan   bo’lib,   mahalliy
ibtidoiy   madaniyatlarning   yuqori   darajada   taraqqiy   qilishini   ta’minlagan   va
ularning keng tarqalishiga zamin hozirlagan.
Kaltaminor   madaniyati   Markaziy   Osiyo   arxeologiyasida   o’ziga   xos   o’rin
egallaydi.   Mazkur   madaniyatining   dastlabki   o’rganilgan   yodgorliklaridan   biri
Jonbosqala 4 makonidir. Xorazm arxeologik-etnografik ekspedisiyasi  rahbari S.P.
Tolstov   tomonidan   1939   yil     Kaltaminor   madaniyati   tushunchasi   fanga
kiritilgan 51 , 52 , 53 , 54
 va ko’plab Kaltaminor madaniyati yodgorliklari ochilgan. Shunga
o’xshash   yodgorliklar   Qizilqumda 55
  va   Zarafshonning   quyi   oqimida 56
  ham   topib
o’rganilgan 57
.  Ushbu   madaniyatning   ilk  bosqichlari   tag   qismi   qabariq,   naqshlarga
boy va chaplama bo’lgan eng qadimgi sopol  idishlar, yerto’la tipidagi  yirik uylar
va plastinali industriyasi bilan xarakterlanadi. 
50
Герасимов   И.   П.,   Чихачев   П.   К.   -   Геологический   очерк   Кызылкумов.   Отчет   о   работах   1927   и   1928   гг.-
Труды Главного геолого-разведочного. управления BC Н X СССР, 1931, вып 82. -С. 116-117.
51
Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы сренеазиатского Междуречья. Москва.1964. -С. 23.
52
Толстов   С.П.   Хорезмская   археологическая   экспедиция   1940   г.   (четвертый   полевой   сезон   работ
экспедиции). КСИИМК. Вып. 12. 1946б.-С.34; Толстов С.П. По древним дельтам Окса и Яксарта. М.: 1962. -
С. 27.
53
Итина М.А. Памятники первобытной культуры верхнего Узбоя ТХААЭЭ, т. 2. М.: 1958б. -С. 37.
54
Толстов С.П., Кесь А.С., Итина М.А., Андрианов Б.В. Низовья Аму-Дарьи, Сары-Камыш, Узбой. История
формирования и заселения. МХЭ, 3, М.: 1960. -С. 77.
55
Виноградов   А.В.   Раннекельтеминарская   стоянка   Куняк   1.   КСИЭ,   вып.   30.   М.:   1958.   -С.545;   Виноградов
А.В. Новые неолитические находки Хорезмской экспедиции АН СССР в 1957 г. МХЭ, вып. 4, М.: 1960. -С.
12.
56
Тереножкин А.И. Археологическая рекогносцировка в Западной части Узбекистана. ВДИ.вып. 2. М.: 1947.
-С.134. Вактурская Н.Н. О поездке в Южные Кызылкумы в 1955 г. МХЭ. вып 1. М.: 1959. -С.165.
57
Гулямов Я.Г. Археолгические работы к западу от Бухарского оазиса. ТИИА АН УзССР. Вып. 8. Т. 1956. -
С. 14.
43 Keyingi   yillarda   Kaltaminor   madaniyatining   yangi   yodgorliklari   topib
o’rganilmoqda. Ana shunday yodgorliklardan biri Oyoqog’itma makonidir. U 1995
yilda O’zbekiston-Polsha xalqaro arxeologik ekspedisiyasi tomonidan dala qidiruv
ishlari   natijasida   topildi   va   tadqiqot   ishlari   o’n   yil   davom   etdi.   Yodgorlikning
qatlamlaridan   bir   qancha   na’munalar   olindi.   Oyoqog’itma   makonining   davriy
xronologiyasi   ishlab   chiqildi.   Unga   ko’ra     yodgorlikning   madaniy   qatlamlari
7180±20 to 4460±80 ming yilliklar bilan sanalandi 58
. 
2006   yilda   K.   Shimchak   va   M.   Xo’janazarovlarning   "Qizilqumdagi   neolit
davri   makoni   Oyoqog’itma   va   boshqa   topilmajoylar"   nomli   monografiyasi
nashrdan   chiqarildi.   Ushbu   asarning   asosiy   maqsadi   O’zbekiston-Polsha   xalqaro
ekspedisiyasining  janubiy-sharqiy Qizilqumning neolit davri bo’yicha 1995-1999
yy.   va   2002-2003   yy.   da   olib   borgan   arxeologik   tadqiqotlari   natijalarini   taqdim
qilishdan   iborat   bo’ldi.   Bunda   asosiy   e’tibor   ilk   neolitga   oid   Oyoqog’itma
makonini   tadqiqoti   natijalariga   qaratilgan.   Unda   ta’kidlanishicha,   Oyoqog’itma
makoni   tadqiqi   natijalari   hududdagi   ibtidoiy   davrga   oid   qator   muammolarga
yangicha   qarash   imkonini   beradi.   Ma’lumki,   A.V.   Vinogradov   bo’yicha
Kaltaminorning   ilk   bosqichi   -   Daryosoy   materiallari   6000-5000   yillar   bilan
belgilangan   bo’lsa,   xalqaro   ekspedisiyaning   Oyoqog’itmadagi   tadqiqotlari   ushbu
sanani 8000-7500 yillargacha qadimiylashtirdi 59
.
So’ngra   2002   yilda   Kaltaminor   madaniyatini   o’rganish   uchun   O’zbekiston-
Fransiya 60
  xalqaro   arxeologik   ekspedisiyasi   tashkil   qilindi.   O’tgan   asrning   90-
yillaridan   boshlab   Kaltaminor   madaniyatiga   oid   Oyoqog’itma   yodgorligida   turli
fan sohalari  (paleobotanika,  arxeozoologiya, polinologiya, mikroiqlim, geologiya,
58
Карол Шимчак-  Варшавский Государственный университет, Польша .
59
L’archéologie française en Asie centrale.   Nouvelles recherches et enjeux socioculturels. cac-IFEac # 21-22, 2013.
–   Р p.   191-205.   Szymczak   K.   and   Khudzhanazarov   M.   Excavation   in   Ayakagytma   the   site,   SE   Kyzil-Kum,
Uzbekistan.   Season   1999.   General   Rapport .   Varsovie - Samarcande ,   2004.   -Рр.1-100.   Брюне   Ф.   О   новом
исследовании неолитической Кельтеминарской культуры (Узбекистан)// Археология и история Центральной
Азии в трудах французских ученых. Том  1.  Самарканд . 2014.  - С .38-44.
60
  BRUNET   F.,   «The   Technique   of   Pressure   Knapping   in   Central   Asia:   Innovation   or   Diffusion?   ».   In
DESROSIERS P. M. (éd.), The Emergence of Pressure Blade Knapping: From Origin to Modern Experimentation:
307-328.  Springer-Verlag, Heidleberg. 2012. -P.307-328.
44 sedimentologiya,   mikromorfologiya,   topografiya,   GIS)   40   ga   yaqin   mutahassislar
izlanishlar olib borishdi.
Kaltaminor tarixiy-madaniy birligi geografik jihatdan cho’l dashtlar (Rossiya,
Ural), eng qadimgi dehqonchilik vohalari (Turkmaniston va O’zbekiston), tog’li va
tog’oldi   xududlari   (Tojikiston   va   Afg’oniston)   tutashgan   chorrahada   joylashgan.
Bu   xolat   Kaltaminor   madaniyatini   o’rganish   naqadar   axamiyatga   ega   ekanligi
anglatadi.
Yuqorida   keltirilgan   qisqacha   rakursdan   kelib   chiqib,   Kaltaminor
madaniyatini o’rganishda quyidagi muammolar yuzaga keldi:
Kaltaminor  madaniyatining barcha yodgorliklarini yangi zamonaviy tadqiqot
usullari   yordamida   qayta   tadqiq   qilish   zarurati   tug’ildi,   negaki   o’tgan   asrda
komplekslarni   o’rganishda   foydalanilgan   usullar   eskirdi.   Materiallarni   chuqur
tahliliy tadqiq qilish va avvalgi yuzaki qiyosiy tahlillardan voz kechish zarur.
Keng   hududlarda   Kaltaminor   madaniyatiga   oid   ko’plab   yodgorliklar   ochib
o’rganilganiga   qaramasdan   ularni   umumlashtirgan   va   tizimlashtirgan   monografik
tadqiqotning   yo’qligi   Markaziy   Osiyo   neolitshunosligi   rivojiga   salbiy   ta’sir
ko’rsatmoqda.
Xomashyo.   Tadqiq   qilinayotgan   k olleksiyalarning   barchasida   kulrang
kremniy   ustunlik   qiladi.   Shuningdek,   ayrim   kam   sonli,   shubhasiz,   uzoqlardan
keltirilgan (kvarsit, yashil xalsedon, kremniylashgan oxaktosh) buyumlar uchraydi.
Yashil   rangli   xalsedon   taxminan   Zarafshon   tog’   etaklaridan   (300   km)   keltirilgan
bo’lishi   mumkin.   Ushbu   material   mezolit   va   neolit   davrining   mahalliy   aholisi
tomonidan ishlatilgan: Bundan tashqari, a) o’rtacha qumli to’q sariq kremniy ham
ishlatilganki, uning kelib chiqishi noma’lum. Buxomashyo yodgorlikning janubiy-
g’arbiy sektorida ko’plab ishlatilgan; b) biroz yaltiroq qizg’ish rangli kremniy ham
ishlatilgan va uning ham kelib chiqishi noma’lum.Ushbu material mahalliy kulrang
kremniy   bilan   bir   xil   miqdorda   ishlatilgan   va   u   shimoliy   va   shimoliy-sharqiy
sektorlarda ishlatilgan.
Chaqmoqlash usullarining paydo bo’lish davri arxeologik materiallar asosida
isbotlangan.   Oyoqog’itmaning   ilk   neolit   qatlamlaridan   topilgan   yo’nilg’ilar
45 quyidagi usullar yordamida chaqmoqlangan: 7-qatlam (og’ir ushatg’ich-6 ta, og’ir
va   yumshoq   ushatg’ich-38   ta,   organik   yumshoq   ushatg’ich-10   ta,   vositachi
yordamida-25 ta, ezma texnikada-20 ta);  6-qatlam  (og’ir  ushatg’ich-2 ta, og’ir va
yumshoq ushatg’ich-25 ta, organik yumshoq ushatg’ich-10 ta, vositachi  orqali-14
ta,   ezma   texnikada-8   ta),   5-qatlam   (og’ir   ushatg’ich-18   ta,   og’ir   va   yumshoq
ushatg’ich-114 ta, organik yumshoq ushatg’ich-47 ta, vositachi yordamida-102 ta,
ezma texnikada-37 ta).
Oyoqog’itma makoni industriyasida krestlashgan chaqmoqlash texnikasi keng
o’rin egallaydi. Klassik adabiyotlarda yozilishicha 61
, ushbu chaqmoqlash texnikasi
onda-sonda   so’nggi   paleolit   davri   texnokomplekslarida   uchraydi.   Bu   konseptual
chaqmoqlash usullaridan biri  bo’lib, xomashyoni  iqtisod qilishni  ko’zda tutadi  va
dissertasiyada ularga ishlov berishning operasiyalar zanjiri ishlab chiqildi.
Makon industriyasidagi mikroplastinkalar esa asosan ezma texnika yordamida
chaqmoqlab olingan va ularning zarb maydonchalari asosan kichik: chiziqsimon va
nuqtasimondir.
Oyoqog’itma makoni industriyasida uchirindilar ham katta o’rin tutadi. Ayrim
hollarda ulardan tosh qurollar ham ishlangan. Uchirindilarning zarb maydonchalari
asosan   tekis   ko’rinishga   ega.   Xuddi   Samarqand   makoni   industriyasida   bo’lgani
kabi 62
, kolleksiya uchirindilarining proksimal, ya’ni zarb maydoncha tomoni keng
va pastki uchi (distal) yupqa va o’tkir shakllarga ega. 
Umuman,   Oyoqog’itma   makonida   toshlarni   chaqmoqlash   ishlari   murakkab
jarayon   bo’lib,   nukleuslarni   tayyorlash   va   chaqmoqlashda   og’ir,   yengil   tosh,
organik   ushatg’ich,   vositachi   va   ezma   texnikalardan   o’z   o’rnida   foydalanilgan.
To’plamda   qoziqsimon   nuklekslarning   ustunligi   va   ulardan   uchburchaksimon
plastinkalarning   chaqmoqlab   olinganligi   ham   oyoqog’itmaliklarning   iqtisodiy
talablaridan kelib chiqqan, negaki ularning asosiy tosh qurollaridan biri geometrik
uchburchaksimon qurollar hisoblangan.
61
 Peligrin Jacque.Outillage en pierre du Paléolithique ancien au Mézolithique.  Evolution des techniques de taille et
de l'outillage; Etude des industries lithiques. Arkéo Fabrik, Paris, 2013. -P. 1-21.  
62
Коробкова   Г . Ф .,  Джуракулов   М . Д .  Самаркандская   палеолитическая   стоянка   как   эталон   верхнего   палеолита
Средней   Азии :   ( специфика   техники   расщепления   и   хозяйственно - производственной   деятельности )   //
Stratumplus. – 2000. –  Вып . 1. - С . 385–462.
46 Makonning   tosh   qurollari   orasida   katta   o’rinni   triangllar   egallaydi   va   ular
asosan   laterallaridan   hamda   ko’ndalang   tomonlaridan   birining   o’tmaslashtiruvchi
mikroretushlash yordamida shakllantirilgan. 
Qurollar orasida keyingi pog’onani tishsimon elementlar band qiladi. 
Navbatdagi   o’rinda   geometrik   trapesiyalar   joylashadi.   Ular   orasida   shoxli
trapesiyalar   ham   mavjud.   Ushbu   toifadagi   qurollar   ham   bitta   ankosh   va   qirralari
o’tmaslashtiruvchi retushlash yordamida shakllantirilgan.
To’plamda   retushlangan   plastina   va   mikroplastinkalar   ham   katta   o’rin
egallaydi.   Ularning   aksariyati   qadama   qurollar   sifatida   qo’llanilgan   bo’lishi
mumkin.   Bundan   tashqari,   kolleksiyada   kam   sonli   qirg’ichlar,   qirg’ichchalar,
kesgichlar, to’rtburchak qurollar hamda tosh bigizlar ham uchraydi.
Shunday   qilib,   Oyoqog’itma   makoni   industriyasida   tosh   qurollarning   11   xil
turi   mavjud   bo’lib,   ular   mikroretushlar,   o’tmaslashtiruvchi   mikroretushlar,
tishsimon va o’yib-kertib ishlov berilgan. 
Kaltaminor   madaniyatiga   oid   yodgorliklar   hozirda   butun   Qizilqum,
Amudaryoning   o’rta   va   quyi   oqimi   chap   sohillarida,   Uzboyda,   Ustyurtda   va
Qozog’istonning   qator   rayonlarida   keng   tarqalgan.   Kaspiybo’yining   ayrim
komplekslarini   ham   Kaltaminor   madaniyatiga   kiritish   mumkin   (Balxan   va
Mangishlak yodgorliklari) 63
.
Tabiiyki,   bunday   katta   hududlarda   madaniyatning   to’liq   bir   xilligi
kuzatilmaydi. Katta o’xshashlikni tosh buyumlarda kuzatish mumkin, garchi ularda
ham   ayrim   o’ziga   xos   mahalliy   tafovutlar   kuzatilsa-da.   Yanada   yorqinroq   ular
sopol idishlarda, ularning shakllarida, naqshlarida va taqinchoqlarda kuzatiladi.
Materiallarni   qiyosiy   tahlillari   bu   ulkan   hududda   materiallari   bir   tomondan
barqaror   umumiy   belgilarga,   ikkinchi   tomondan,   madaniy   xususiyatlarning
barqaror   belgili   guruhlariga   ega   ekanligini   ko’rsatdi.   Ushbu   guruhlar   -   mahalliy
arxeologik  madaniyatlar,  aftidan,  madaniyati,  xo’jaligi,  hayot   tarzi   jihatdan   yaqin
yoki   qardosh   qabilalarning   arxeologik   jihatdan   rayonlashuvining   aks   etishi
63
Толстов   С. П.   Древний   Хорезм.   Опыт   историко-археологического   исследования.   Моск.   гос.   ун-т.   –   М.,
1948. -С.87.  Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы Среднеазиатского междуречья. М .: 1981. - С . 69.
47 hisoblanadi. Hozirda Kaltaminor (yoki Oqchadaryo), Quyi Zarafshon va Lavlakon
madaniy guruhlari ajratilgan.
Kaltaminorning   ichidagi   hududiy   tafovutlardan   tashqari,   O’zbekiston,
Qozog’iston   va   Turkmanistonda     Kaltaminorga   oid   deb   topilgan   yodgorliklarda
sinchkov tadqiqotlar o’tkazilganidan keyingina, ularni ushbu madaniyatga bog’lash
talab qilinadi 64
.  
Shunday   qilib,   Markaziy   Osiyo   va   Rossiya   materiallarni   zamonaviy   usullar
yordamida   qiyosiy   tahlil   qilish   asosida   F.   Bryune   quyidagi   farazlarni   ilgari
suradi: 65
  "Sirdaryoning   quyi   oqimidagi   Kosmola   1-6   Kaltaminordan   quyidagicha
farq   qiladi:   mikroplastinkalar   ishlab   chiqarish   yo’q   yoki   kam   sonli,   retushlangan
buyumlar   orasida   plastinalardan   ishlangan   qirg’ichlar   ko’pchilikni   tashkil   qiladi;
geometrik buyumlar yo’q va faqat bitta Kaltaminor tipidagi o’q uchi aniqlangan va
u ham  atipik ko’rinishga ega 66
  (o’xshatib yasalgan) 67
. Ushbu materiallar  bu yerda
mahalliy   materiallar   bilan   tipik   Kaltaminor   (2-   bosqich)   elementlarining
aralashganligini ko’rsatadi: bu yerda gap regional variant yoki oddiy aloqalar yoki
okulturasiya haqida boradimi aytish qiyin. 
Orolbo’yi   makonlari   materiallari   (Qozog’iston,   Agispe,   Saksaul   1) 68
  orasida
kam   sonli   xurmachalar   bo’lib,   ularning   naqshi   Jingeldi   (Oqchadaryo)
makonidagiga   o’xshash;   biroq   ushbu   elementning   o’zigina   ularning   Kaltaminor
madaniyatiga   kiritilishi   uchun   yetarli   emas.   Ushbu   hududning   qolgan   makonlari
g’arbroqda   joylashgan   bo’lib,   kam   sonli   Kaltaminor   tipidagi   kamon   o’qlari
mavjudligi bilan ajralib turadi. Biroq ushbu kamon o’qlari Lavlakondagi kabi faqat
tashqi   ko’rinishigina   Kaltaminornikiga   o’xshaydi   (Ko’ktubek)   yoki   atipik
ko’rinishga   ega   (Akkumsagiz).   Ushbu   yodgorliklarda   Kaltaminorga   xos
64
B RUNET   F., Pour une nouvelle étude de la culture de   Kel'teminar , Ouzbékistan.   Paléorient   31/2: CNRS Editions,
Paris. 2005. -Р. 87-106. .
65
 Брюне Ф. О новом исследовании неолитической Кельтеминарской культуры (Узбекистан)// Археология и
история Центральной Азии в трудах французских ученых. Том  1.  Самарканд . 2014.  - С .38-44.
66
B RUNET   F., Pour une nouvelle étude de la culture de   Kel'teminar , Ouzbékistan.   Paléorient   31/2: CNRS Editions,
Paris . 2005. - Р . 87-106.
67
Brunet F. ,  Khudzhanazarov M .,  Hoshimov H. Nouvelles donnees sur la chronologie de la culture kel’teminer(VII-
IV millenaires) en Ouzbekistan.  ИМКУ. Вып.38.Самарканд 2012. -С.121-123.
68
Виноградов   В.А.,   Мамедов   Е.Д.   Первобытный   Лявлякан.   Этапы   древнейшего   заселения   и   освоения
внутренных Кызылкумов. М., 1975.  -С.77.
48 (chaqmoqlash   texnikasi   va   usullari   hamda   sopol   idishlarida)   boshqa   belgilar
uchramaganligi uchun ularni Kaltaminor madaniyatiga kiritishdan bosh tortishni va
ular   o’rtasida   madaniy   aloqalargina   mavjud   bo’lgan   bo’lishi   mumkin,   degan
farazni ilgari surish imkonini beradi. 
Va   nihoyat,   Uzboyning   yuqori   oqimi   bo’ylab   sochilgan   makonlar
(Turkmaniston)  murakkab  bo’lib,  ulardan   faqat  ayrimlarigina   (Charichli  1,  O’rta-
quyi 204 va 205, Kugunek 18 va 22, Bala-Ichem 9) 69
 mahalliy an’analar doirasida
(uchirindi   va   plastinalar   chaqmoqlash,   qadama   qurollar,   ko’pincha   ezma   texnika
yordamida   retushlangan   bifasial   buyumlar),   ayrim   Kaltaminor   elementlariga
egaligini   namoyon   qiladi   (plastina   va   uchirindilar   chaqmoqlab   olish,   atipik
fakturalar va trapesiyalar). 
Kaltaminor madaniyatining ichida yagona texnik an’analar doirasida regional
tafovutlar yoki o’ziga xosliklar ajratilgan (Oqchadaryo va Zarafshon); fikrimizcha,
ikkita   turli   ildizlarga   oid   kelib   chiqish   haqidagi   fikr   inkor   bo’lsa,   turli   ta’sirlarga
aftidan,   Oqchadaryo   hududi   uchragan,   negaki,   bu   haqda   sopol   idishlar   guvohlik
beradi.   Agar   Kaltaminorning   eng   qadimgi   belgilari   mahalliy   kelib   chiqish
ildizlariga ega bo’lsa, u Zarafshon vohasida shakllandimi, ayniqsa, er. av. VII /VI
ming   yilliklarda?   Bundan   tashqari,   er.   av.   V/IV   ming   yilliklarda   Kaltaminor
tipidagi   kamon   o’qlari   O’zbekistonda   qayerdan   paydo   bo’lganligi   masalasi
muammolidir" 70 , 71
.   Bizning   tadqiqotlarimiz   natijalari   zamonaviy   tadqiqotlarga
asoslangan F. Bryunening farazlarini tasdiqlaydi. 
Kaltaminor   madaniyatining   genezisi   masalasi   hozirgacha   jumboqligicha
qolmoqda.   Bu   haqda   turli   xil   fikrlar   ilgari   surilgan.   Agar   Kaltaminorning   eng
qadimgi   belgilari   mahalliy   kelib   chiqish   ildizlariga   ega   bo’lsa,   u   Zarafshon
vohasida shakllandimi, ayniqsa, er. av. VII /VI ming yilliklarda? Bundan tashqari,
er.   av.   V/IV   ming   yilliklardaKaltaminor   tipidagi   kamon   o’qlari   O’zbekistonda
qayerdan   paydo   bo’lganligi   masalasi   muammolidir.   Hozirda   Kaltaminor
69
Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы Среднеазиатского междуречья. М.: 1981. -С. 114.
70
 Брюне Ф. О новом исследовании неолитической Кельтеминарской культуры (Узбекистан)// Археология и
история Центральной Азии в трудах французских ученых. Том  1.  Самарканд . 2014.  - С .38-44.
71
  B RUNET  F., Pour une nouvelle étude de la culture de  Kel'teminar , Ouzbékistan.   Paléorient  31/2: CNRS Editions,
Paris. 2005. -Р. 87-106.
49 madaniyatining   kelib   chiqishi   masalasida   unga   chaqmoqtoshli   industriyali
baliqchi-ovchi jamoalar asos solgan, degan fikrlar ustuvor bo’lmoqda 72
. Ta’kidlash
joizki,   Kaltaminor   madaniyati   mahalliy   mezolit   davri   jamoalari   asosida
shakllangan   va   rivojlangan.   Ammo   O’rta   Osiyoda   mezolit   davri   hali   yetarli
darajada   o’rganilmaganligi   uchun   bu   masala   o’zining   to’liq   yechimini   topgani
yo’q.
Fikrimizcha,   Kaltaminor   madaniyatining   shakllanishida   Samarqand   so’nggi
paleolit madaniyati jamoalari asos solgan deyish uchun ham ayrim dalillar mavjud.
Masalan,   Kaltaminorning   ilk   bosqichiga   oid   deb   topilgan   Oyoqog’itma   makoni
quyi   qatlamlari   tosh   industriyasi   uchirindilar   chaqmoqlab   olish   (53   %)
texnologiyasida, garchi ushbu uchirindilarga ikkilamchi ishlov berilmagan bo’lsa-
da,   Samarqand   makonida   mavjud   an’analar   kuzatiladi.   G.F.   Korobkovaning
aniqlashicha 73
,   Samarqand   so’nggi   paleolit   makonida   uchirindilarni   keng   va   tekis
zarb   maydonchali   va   distal   qismlari   yupqa   va   o’tkir   qilib   chaqmoqlab   olish
an’anasi hukm surgan.
Bundan   tashqari,   Quyi   Zarafshon   vohasida   aniqlangan   60   dan   ziyod
Chorboqti topilmajoylari materiallari shubhasiz, tosh davrining turli bosqichlariga
oid.   Ular   orasida   faqat   va   faqat   so’nggi   paleolit   davri   bilan   sanalanishi   mumkin
bo’lgan tosh buyumlar: karane, amyuzo, mikromyuzo va h.k. tipdagi qirg’ichchalar
uchraydi.   Ushbu   tosh   buyumlar   tosh   davrining   keyingi   bosqichlari   uchun   xos
emas. 
Ta’kidlash   joizki,   ishonarli   absolyut   sanalarning   mavjud   emasligiga
qaramasdan,   yuqori   sanab   o’tilgan   qirg’ichchalar,   shuningdek,   mezolit   va   neolit
davrlarida  keng  tarqaladigan  tirnoqsimon  mikroqirg’ichchalar   Samarqand   so’nggi
paleolit madaniyatiga kiritilgan komplekslarda keng tarqalgan. 
72
BRUNET   F.,   О   новом   исследовании   неолитической   Кельтеминарской   культуры,   Узбекистан.   In
MUSTAFAEV   Sh.   et   FRANCFORT   H.-P.   (eds.),   Археология   и   история   Центральной   Азии   в   трудах
французских ученых, Том I: МИЦАИ: Самарканд. 2014. -С. 38-62.
73
  Коробкова   Г.Ф.,   Джуракулов   М.Д.   Самаркандская   палеолитическая   стоянка   как   эталон   верхнего
палеолита   Средней   Азии:   (специфика   техники   расщепления   и   хозяйственно-производственной
деятельности) //  Stratumplus . – 2000. – Вып. 1. -С. 385–462.
50 Aftidan,   Samarqand   botig’ini   so’nggi   paleolit   davrining   ikkinchi   yarmida
egallagan jamoalar bir necha ming yilliklar ichida Zarafshonning quyi oqimlari va
ehtimol,   Qizilqum   hududlariga   keng   tarqalgan.   Ushbu   so’nggi   paleolit   jamoalari
Kaltaminorga   asos   solgan   va   nisbatan   qisqa   vaqt   davom   etgan   mezolit   davri
jamoalarining paydo bo’lishiga sababchi bo’lgan.  
Kaltaminor   madaniyatiga   kiritilgan   yodgorliklarning   ayrimlari   xususida
quyidagilarni   aytish   mumkin:   fikrimizcha,   ayrim   kaltaminor   tipidagi   tipik   yoki
atipik   va   o’xshatib   yasalgan   (podrajeniye)   kamon   o’qlarini   hisobga   olmagan
ma’qul.   Nima   bo’lganda   ham   hozirgi   bilimlar   darajasida   aytish   mumkinki,
Kaltaminor   madaniyatining   kelib   chiqishi   okulturasion   emas,   balki   mahalliy
avtoxton ildizlarga ega.   
Radiokarbon   sanalarning   kamligi   Kaltaminor   madaniyatining   aniq   va
taqsimlangan   absolyut   sanasini   aniqlash   uchun   yetarli   emas.   Oyoqog’itmadan
olingan   sanalar   uni   ikkita   fazaga   ajratish   imkonini   beradi:   er.av.   VII/VI   hamda
V/IV   ming   yilliklar.   Bu   masalaga   ikkinchi   tomondan   yondoshuv   geologik   va
sedimentologik tadqiqotlar natijalaridan kelib chiqadi. 
Birinchi bosqich ilk neolit davriga to’g’ri kelib, Daryosoy bosqichi nomi bilan
fanga   kirgan   va   u   VII/VI   ming   yilliklar   bilan   sanalangan,   Oyoqog’itmaning   quyi
qatlamlaridan olingan S14 namunalarga ko’ra 7305±35 dan 7290+40 =8180-8017
yillar bilan kalibrovka qilingan 74
 va bu = mil.avv. 6231-6068 (Programme: OxCAL
version 4.2.4 et IntCal 13) 75
 shuningdek, Uchashi 131 etaklarida qazilgan shurfdan
olingan   namunalar   6630±100   sanalar   aniqlangan 76
.   A.V.   Vinogradov   tomonidan
Daryosoy   bosqichiga   kiritilgan   makonlar   qatoriga   Uchashi   84,   85,   159
topilmajoylari ham kiradi. Ushbu bosqichda ko’proq kremniylardan ishlangan tosh
74
  B RUNET  F., Pour une nouvelle étude de la culture de  Kel'teminar , Ouzbékistan.   Paléorient  31/2: CNRS Editions,
Paris.   2005.   -Р.   87-106.   Брюне   Ф.   О   новом   исследовании   неолитической   Кельтеминарской   культуры
(Узбекистан) // Археология и история Центральной Азии в трудах французских ученых. Том 1. Самарканд,
2014. -С. 43-44.
75
Брюне   Ф.   О   новом   исследовании   неолитической   Кельтеминарской   культуры   (Узбекистан)   //   Археология   и   история
Центральной Азии в трудах французских ученых. Том 1. Самарканд, 2014. -С. 43-44.  
76
Брюне Ф. О новом исследовании неолитической Кельтеминарской культуры (Узбекистан) // Археология и
история Центральной Азии в трудах французских ученых. Том  1.  Самарканд , 2014. - С . 43-44.
51 materiallar vositachi orqali to’g’ri plastina va plastinkalar tayyorlanganligi ko’zga
tashlanadi 77
. 
Oyoqog’itma   makoni   ma’lumotlariga   asoslangan   holda   aytish   mumkinki,
hozirda O’rta Osiyo neoliti davri yodgorliklarining xronologik holati ham o’zgardi.
Yaqin   kunlargacha   Joytun   madaniyati   Kaltaminordan   qadimgiroq,   deb   hisoblab
kelinar   edi.   Oyoqog’itmaning   o’rta   qatlamlaridan   (5-qatlam)   olingan   namunalar
Kaltaminor madaniyatini O’rta Osiyoda eng qadimgi neolit davri madaniyatlaridan
biri, ya’ni Joytun madaniyatidan ham qadimiyroq ekanligi aniqlandi.
Kaltaminor   madaniyatiga   oid   yodgorliklar   hozirda   butun   Qizilqum
(Amudaryo va Zarafshonning eski  o’zanlarini ham qamrab oladi), Amudaryoning
o’rta va quyi oqimi chap sohillarida, Uzboyda, Ustyurtda va Qozog’istonning qator
rayonlarida   keng   tarqalgan.   Kaspiybo’yining   ayrim   komplekslarini   ham
Kaltaminor madaniyatiga kiritish mumkin (Balxan va Mangishlak yodgorliklari) 78
.
Tabiiyki,   bunday   katta   hududlarda   madaniyatning   to’liq   bir   xilligi
kuzatilmaydi. Katta o’xshashlikni tosh buyumlarda kuzatish mumkin, garchi ularda
ham   ayrim   o’ziga   xos   mahalliy   tafovutlar   kuzatilsa-da.   Yanada   yorqinroq   ular
sopol idishlarda, ularning shakllarida, naqshlarida va taqinchoqlarda kuzatiladi.
Materiallarni   qiyosiy   tahlillari   bu   ulkan   hududda   materiallari   bir   tomondan
barqaror   umumiy   belgilarga   ega,   ikkinchi   tomondan,   madaniy   xususiyatlarning
barqaror   belgilariga   ega   guruhlarga   ega   ekanligini   ko’rsatdi.   Ushbu   guruhlar   -
mahalliy   arxeologik   madaniyatlar,   aftidan,   madaniyati,   xo’jaligi,   hayot   tarzi
jihatdan   yaqin   yoki   qardosh   qabilalarning   arxeologik   jihatdan   rayonlashuvining
aks etishi hisoblanadi. Hozirda Kaltaminor (yoki Oqchadaryo), Quyi Zarafshon va
Lavlakon madaniy guruhlari ajratilgan.
Agar Janubiy Turkmanistonda er.av. V ming yillik boshlarida Jaytun neolit
madaniyati asosida ilk metallar madaniyati (ilk neolit) shakllangan bo’lsa, hozirgi
cho’l   tekisliklarida   er.av.   III   ming   yilliklarda   hali   nafaqat   toshdan   ishlangan
77
Brunet F. ,  Khudzhanazarov M .,  Hoshimov H. Nouvelles donnees sur la chronologie de la culture kel’teminer(VII-
IV millenaires) en Ouzbekistan.  ИМКУ. Вып.38.Самарканд 2012. -С.121-123.
78
Толстов   С. П.   Древний   Хорезм.   Опыт   историко-археологического   исследования.   Моск.   гос.   ун-т.   –   М.,
1948.-С.87.  Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы Среднеазиатского междуречья. М.: 1981 .- С.69
52 qurollar   komplekslari   to’liq   saqlanib   qoladi   (albatta   vaqtda   ko’rinishi   o’zgargan
holatda),   balki   o’zlashtiruvchi   xo’jalik   -   ovchilik,   baliqchilik   va   terimchilik
saqlanib qoladi.       
Kaltaminorning   ichidagi   hududiy   tafovutlardan   tashqari,   O’zbekiston,
Qozog’iston   va   Turkmanistonda     Kaltaminorga   oid   deb   topilgan   yodgorliklarda
sinchkov tadqiqotlar o’tkazilganidan keyingina, ularni ushbu madaniyatga bog’lash
talab qilinadi 79
.  
Sirdaryoning   quyi   oqimidagi   Kosmola   1-6   (6-rasm,   12)   Kaltaminordan
quyidagicha   farq   qiladi:   mikroplastinkalar   ishlab   chiqarish   yo’q   yoki   kam   sonli,
retushlangan   buyumlar   orasida   plastinalardan   ishlangan   qirg’ichlar   ko’pchilikni
tashkil qiladi; geometrik buyumlar yo’q va faqat bitta Kaltaminor tipidagi o’q uchi
aniqlangan va u ham atipik ko’rinishga ega (o’xshash qilib yasalgan). 
Sopol   buyumlari   mahalliy:   o’simlik   qo’shilgan   loydan   qo’lda   yasalgan,
yaxshi   kuydirilmagan   kichik   piyolalar.   Ularning   usti   tekislangan   va   qizil   angob
bilan   qoplangan   va   ular   Oqchadaryo   tipidagi   sopol   idishlar   bilan   birga   uchraydi
(analogiyalar   Jingeldi   11   makonida   uchraydi) 80
.   Ushbu   materiallar   bu   yerda
mahalliy   materiallar   bilan   tipik   Kaltaminor   (2-   bosqich)   elementlarining
aralashganligini ko’rsatadi: bu yerda gap regional variant yoki oddiy aloqalar yoki
okulturasiya haqida boradimi aytish qiyin. 
Zarafshonning   quyi   oqimi   makonlaridan   topilgan   sopollar   (Katta   Tuzkon,
Kichik Tuzkon, Darbozaqir 1 va 2 (6-rasm, 4; 52-rasm) 81
 Kaltaminorning ikkinchi
bosqichiga   oid   shakllar   va   naqshlarda   o’xshashliklarga   ega.   Tosh   industriyasi
Kaltaminorga xos belgilarga ega, biroq o’q uchlari atipik ko’rinishga ega. So’nggi
neolit   va   eneolit   davrlariga   kelib   ko’plab   mahalliy   xususiyatlar   paydo   bo’ladi:
geometrik   shakllarning   yo’qligi   yoki   kam   sonliligi,   silliqlangan   boltalarning,
bifasial   va   qoplama   retushli   qurollar,   shuningdek,   feruza   va   lazuritdan   ishlangan
79
Джуракулов М.Дж., Холматов Н.У. Мезолит и неолит Зарафшана. Ташкент. ФАН. 1991. –С.17-23.
80
Виноградов   В.А.,   Мамедов   Е.Д.   Первобытный   Лявлякан.   Этапы   древнейшего   заселения   и   освоения
внутренных Кызылкумов. М., 1975. 
81
Авизова   А.К.   Неолит   Устюрта   (в   свете   экспериментально-трасологических   исследований   орудий   труда).
Автореф. дисс....к.и.н. Л., 1987.
53 bir   nechta   munchoqlar   paydo   bo’ladi.   Biroq,   ehtimol,   bu   yerda   Kaltaminor
madaniyatining ancha keyingi yoki regional varianti namoyon bo’ladi. 
Orolbo’yi   makonlari   materiallari   (Qozog’iston)   (Agispe,   Saksaul)   orasida
kam   sonli   xurmachalar   bo’lib,   ularning   naqshi   Jingeldi   (Oqchadaryo)
makonidagiga   o’xshash;   biroq   ushbu   elementning   o’zigina   ularning   Kaltaminor
madaniyatiga   kiritilishi   uchun   yetarli   emas.   Ushbu   hududning   qolgan   makonlari
g’arbroqda   joylashgan   bo’lib 82
,   kam   sonli   Kaltaminor   tipidagi   o’q   uchlari
mavjudligi   bilan   ajralib   turadi.   Biroq   ushbu   o’q   uchlari   Lavlakondagi   kabi   faqat
tashqi   ko’rinishigina   Kaltaminornikiga   o’xshaydi   (14   Ko’ktubek)   yoki   atipik
ko’rinishga ega (6-rasm,15 Akkumsagiz). Ushbu yodgorliklarda Kaltaminorga xos
(chaqmoqlash   texnikasi   va   usullari   hamda   sopol   idishlarida)   boshqa   belgilar
uchramaganligi   uchun   ushbu   yodgorliklarni   Kaltaminor   madaniyatiga   kiritishdan
bosh   tortishni   va   ular   o’rtasida   madaniy   aloqalargina   mavjud   bo’lgan   bo’lishi
mumkin, degan farazni ilgari surish imkonini beradi. 
Va   nihoyat,   O’zboyning   yuqori   oqimi   bo’ylab   sochilgan   makonlar
(Turkmaniston)   (18)   murakkab   bo’lib,   ulardan   faqat   ayrimlarigina   (Charichli   1,
O’rta-quyi   204   va   205,   Kugunek   18   va   22,   Bala-Ichem   9) 83
  mahalliy   an’analar
doirasida (uchirindi va plastinalar chaqmoqlash, qadama qurollar, ko’pincha ezma
texnika   yordamida   retushlangan   bifasial   buyumlar),   ayrim   Kaltaminor
elementlariga egaligini namoyon qiladi (plastina va uchirindilar chaqmoqlab olish,
atipik fakturalar va trapesiyalar). 
Kaltaminor   madaniyatining   ichida   yagona   texnik   an’analar   doirasida
regional   tafovutlar   yoki   o’ziga   xosliklar   ajratilgan   (Oqchadaryo   va   Zarafshon);
fikrimizcha, ikkita turli ildizlarga oid kelib chiqish haqidagi fikr inkor bo’lsa, turli
ta’sirlarga   aftidan,   Oqchadaryo   hududi   uchragan,   negaki,   bu   haqda   sopol   idishlar
guvohlik beradi. Agar Kaltaminorning eng qadimgi belgilari mahalliy kelib chiqish
ildizlariga ega bo’lsa, u Zarafshon vohasida shakllandimi, ayniqsa, er. av. VII /VI
82
Бижанов   Е.Б.   Каменный   век   Устюрта.   автореф.   дисс.   ..к.и.н.   Ташкент.   1996.   Авизова   А.К.   К   вопросу   о
культурном   своеобразии   неолита   Устюрта   -   по   данным   типолого-статистического   анализа   каменной
индустрии // Археология Приаралья. Ташкент., 1990. С. 3-28.
83
Матюшин   Г.Н.   Мезолит   Южного   Урала.   М.,   1976.   Сериков   Ю.Б.   Геометрические   микролиты   Среднего
Зауралья // Российская археология, №1. 1998. -С. 117-125.
54 ming   yilliklarda?   Bundan   tashqari,   er.   av.   V/IV   ming   yilliklarda   Kaltaminor
tipidagi   o’q   uchlari   O’zbekistonda   qayerdan   paydo   bo’lganligi   masalasi
muammolidir.   Ushbu   masalalarni   tadqiq   qilish   O’zbekiston,   Turkmaniston,
Qozog’iston,   Ukraina   va   Rossiyaning   mezolit   davri   yodgorliklariga   e’tibor
qaratishni talab qiladi.                             
55                                             Xulosa.
O’zbekistonning   eng   qadimgi   o’tmishini   o’rganish   hamisha   dunyo
arxeologlarining   diqqatini   tortib   kelgan.   Negaki,   ushbu   region   butun   tarix
davomida   “sivilizasiyalar   chorrahasi”   bo’lib   kelgan .   O’zbekistonning   Sharq
bilan   G’arbni   bog’lovchi   Buyuk   Ipak   Yo’lida   joylashganligi,   albatta   antik   va
o’rta   asrlarda   barcha   jabhalarda   keng   namoyon   bo’ladi .   Ammo,   bundan   ancha
qadimgi   davrlarda   ham   O’zbekiston   o’zining   geografik   o’rniga   ko’ra   turli   xil
qabilalar   hamda   elatlarning   Yevrosiyo   bo’ylab   migrasiyasi   yo’nalishlari   ustida
joylashganligi ma’lum.
1998   yili     O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   “O’zR   FA
Tarix   instituti   faoliyatini   takomillashtirish   to’g’risida”   chiqargan   qarorining
arxeologiyaga   tegishli   bandlari   asosida   “O’zbekistonda   Arxeologiya   fanini
rivojlantirish   konsepsiyasi”   ishlab   chiqildi 84
.   Jahonnning   yetuk   ilmiy   markazlari
bilan   hamkorlik   ishlari   yo’lga   qo’yilib,   tadqiqotlarda   zamonaviy   uslublar,   asbob-
uskanalar   qo’llanila   boshladi:     O’zbek-Fransuz   Afrosiyob   ekspedisiyasi
(Afrosiyob, Ko’ktepa); O’zbek-:   O’zbek-Fransuz Baqtriya ekspedisiyasi  (Ko’hna
Termiz);   O’zbek-Olmon   ekspedisiyasi   (Jarqo’ton);   O’zbek-Italiya   ekspedisiyasi
(Buxoro);   O’zbek-Yapon   ekspedisiyasi   (Qoratepa,   Surxondaryo);   O’zbek-Italiya
ekspedisiyasi   (Samarqand);   O’zbek-Rossiya   (Poykent,   Buxoro);   O’zbek-Yapon
Baqtriya   ekspedisiyasi   (Dalvarzin,Surxondaryo);   O’zbekiston-Avstraliya
ekspedisiyasi (Qoraqalpog’iston MR); O’zbek-Amerika Kesh ekspedisiyasi (Kitob,
Shahrisabz   tumanlari);     O’zbekiston   –Rossiya   paleolit   ekspedisiyasi   (Samarqand
va   Toshkent   viloyatlari) 85
;   O’zbekiston   -:     O’zbek-Fransuz   -Polsha   Qizilqum
ekspedisiyasi   (Oyoqagitma);   O’zbekiston-Yaponiya   (Dabusiya   qal’asi);
O’zbekiston-Italiya (Kofirqal’a); O’zbekiston-Xitoy (Farg’ona vodiysi). Ta’kidlash
joizki,  Respublikamiz   mustaqilligi   yillari  arxeologik  yodgorliklar  tadqiqotida  O’z
84
  Ширинов   Т.Ш.   Ўзбекистонда   археология   фанини   ривожлантириш   концепцияси.   ЎММТ,   №   32,
Тошкент,Фан, 2001й.
85
 Деревянко А.П..Исламов У.И. и др. Верхний палеолит Узбекистана: Стоянка Кульбулак. ИМКУ, № 38, 
Самарканд, 2012. 18-37-бб; Деревянко А.П..Исламов У.И. и др. Верхний палеолит Узбекистана: Стоянка  
Додекатым. ИМКУ, № 38, Самарканд, 2012. 37-57-бб; 
56 FA   Qoraqalpog’iston   bo’limi,   Nukus   Davlat   universiteti,   O’zbekiston   milliy
universiteti,   Samarqand   Davlat   universiteti,   Termiz   Davlat   universiteti   hamda
qator Davlat va viloyat tarix,o’lkashunoslik muzeylari arxeolog olimlarining ilmiy
izlanishlari   muhim   ahamiyat   kasb   etdi.   Xususan,   T.J.   Annayev   (Chingiztepa),
M.Turabekov   (Tuproqqal’a   va   Mizdahqon),   M.Sh.   Qdirniyazov   (Puljoy),   Q.Yu.
Masharipov   (Qatqal’a),   A.Asqarov   (Ohangaron   vodiysi);   M.Jo’raqulov,
N.Xolmatov   (O’rta   Zarafshon   vohasi   Ochilg’or   makoni),   L.Sverchkov
(Mulalitepa),   N.O.   Xushvaqov   (Qashqadaryo   viloyati),   S.I.Mustafoqulov
(Jarqo’ton,   Afrosiyob,   G’ishttepa),   B.H.   Matbabayev   (Andijon   va   Namangan
viloyati),   M.X.Pardayev   (Jizzax   viloyati)   kabi   arxeologlarning   tadqiqotlari
natijalari muhim  ilmiy ahamiyat kasb etadi.
Zarafshon   vohasi  hududlaridagi   paleolit   davri   yodgorliklari   o’zining  turli-
tumanligi   va   o’ziga   xosligi   bilan   uzoq   vaqt   mobaynida   xorijlik
mutaxassislarning  diqqatini  jalb  qilib   kelgan.  Biroq,  ularning  yurtimizga  kelib,
mahalliy   mutaxassislar   bilan   ilmiy   xamkorlik   qilishlari   uchun   faqat
mustaqillikdan   keyingi   imkoniyat   tug’ildi.   Bu   borada   amalga   oshirilishi   lozim
bo’lgan   chora-tadbirlar   orasida   eng   sermaxsuli   bu   dunyoning   fani   va
texnologiyalari ilg’or maktablari bilan xalqaro teng hamkorlikni yo’lga qo’yish
edi.   Negaki,   paleolit   davri   tadqiqotlari   multidissiplinar   soha   bo’lib,   uni
o’rganish   uchun   arxeologlardan   tashqari,   paleontologlar,   paleogeologlar,
minerologlar,   paleoantrapologlar,   paleozoologlar,   paleobotaniklar   va   h.k.
mutaxassislarning   hamkorligi   zarur   edi.     Hozirda   yurtimizdagi   ilmiy
muassasalarda   bunday   mutaxassislarning   barchasi   ham   yetarli   emas.   Shu
munosobat   bilan   mustaqillikning   30   yili   mobaynida   O’zbekistonning   paleolit
davri   yodgorliklarini   o’rganishga   Rossiya,   Polsha,   Belgiya,   AQSh,   Fransiya
kabi   davlatlarning   mutaxassislari   jalb   qilindi   va   yurtimizning   tash   davri
arxeologiyasida   bir   qator   yangiliklar   qilindi.   Shulardan   eng   O’zbek   Fransuz
xalqaro hamkor ekspedisiyalarining faoliyatiga to’xtalib o’tdik. 
57 Zarafshon   vohasi   hududlari   ham   so’ngi   paleolit   davri   yodgorliklariga   boy
o’lkalardan   hisoblanadi.   Markaziy   O’zbekistonning   so’ngi   paleolitga   oid
yodgorliklari   Samarqand   botig’i   va   uning   atrofidagi   hududlarda   jamlangan.
Bularga   Samarqand   makoni   hamda   madaniyatiga   oid   Siobcha,   Xo’jamazgil
yodgorliklari va boshqa topilmajoylarni kiritish mumkin. 
Zarafshon   voxasida   joylashgan   tosh   davri   yodgorliklarini   halqaro
ekpedisiyalar   tamonidan   o’rganilishi   natijasida   qator   yodgorliklar   aniqlandi.
Ularning   xronologiyasi,   qurol   yasash   texnologiyalariga   oydinliklar   kiritilib,
vatanimiz tarixining qadim saxifalari yangi ma’lumotlar asosida boyitildi. Keyingi
yillarda O’zR FA Arxeologiya instituti paleolitchilar guruhi va fransuz arxeologlari
tomonidan   Zarafshon   vohasidan   so’ngi   paleolit   davriga   oid   qator   yangi
yodgorliklar   topib   o’rganildi   va   o’rganilmoqda.   Bularga   Qizilqum   hududlaridagi
Sultan-Uvays-tov   (23   va   24   punktlar),   Ko’kcha   ustaxonasi   va   Oyoqog’itma
botig’idan   yig’ilgan   so’ngi   paleolit   davriga   oid   materialarni   kiritish   mumkin.
Shuningdek,   Samarqand   atrofidan   Rovotxo’ja,   Chashma   (Paxtachi),   Jom   va
Bulungur   tumanidagi   topilmajoylari   hamda   Jizzax   viloyatining   Forish   tumanida
joylashgan   Nurota   tog’   tizmalarining   shimoliy   etaklarida   aniqlangan   Azimbuloq,
Go’rdara   Chashmai-Doston   kabi   yangi   topilmajoylarni   ham   yangi   yodgorliklar
safiga kiritish mumkin.
58 Foydalanilgan adabiyotlar
1.Алексеев   В.П.,   Аскаров   А.,   Ходжайов   Т.К.   Историческая   антропология
Средней Азии. -Ташкент, 1990, 19 бет.
2 . Бижанов   Е.Б.   Неолитические   памятники   юго-восточного
Устюрта   // Древняя   и   средневековая   культура   юго-восточного   Устюрта.   –
Ташкент, Фан, 1978.  
3 . Бижанов   Е.Б.   Каменный   век   Устюрта.   Авт.реф.   на   соискание   уч.степени
д.и.н. – Нукус, 1996 .
4.Брюне   Ф.   О   новом   исследовании   неолитической   Кельтеминарской
культуры (Узбекистан)  // Археология и история Центральной Азии в трудах
французских ученых. Том 1. Самарканд, 2014. -С. 43-44.
5 . Буцков   Н.А.,   Насыров   Я.М.   Почвы   Юго-Западных   Кызылкумов.   Ташкент,
1961.
5 . Проблемы   взаимосвязи   природы   и   общества   в   каменном   веке   в   Средней
Азии.   ТДК,   посвященный   50   летию   открытия   Тешикташа.Ташкент,   Фан,
1988. 
7 . Палеоэкология и проблемы первобытной археологии Центральной Азии. 
ТДК, Самарканд, 1992.
8 . Семенова   О.А.   Климат   пустыни   Кызылкумы.-   В   кн.:   Пастбища
Узбекистана. Ташкент, 1961.
9 . Смирнов А.П. К вопросу об археологической культуре. СА, 1964.
10 . Степанов   И.Н.   Эколого-георафический   анализ   почвенного   покрова
Средней Азии. – М.: Наука, 1975.  С.87 .
11 . Ташкенбаев   Н.Х.,   Сулейманов   Р.Х.   Культура   древнекаменного   века
долины Зеравшана. – Ташкент :  Фан, 1980. 101  с.  
1 2 . Виноградов А.В. Неолитические памятники Хорезма  -  МЭХ, вып.8. – М.: 
Наука, 1968.
  1 3 . Виноградов А.В. Кельтеминарская культура. Автореф. дисс. на соиск. уч.
степени канд. истор. наук, М., 1957.
59 1 4 . Виноградов А.В. К вопросу о южных связах  кельтеминарской культуры.-
СЭ, 1957, №1, с.34-45.;  С.170-177.
1 5 . Виноградов   А.В.   Новые   материалы   для   изучения   кельтеминарской
культуры.МХЭ, 1963, вып.6.
1 6 . Исломов   У.И.   Неолитическая   культура   в   низовьях   Зарафшана.   Автореф.
дисс. на соиск. уч.степени канд.истор.наук, Л., 1963.
17 . Виноградов   А.В.,   Мамедов   Э.Д.   Комплексные   археолого-
геоморфологические работы в юго-западных Кызылкумах. АО,1978.
18 . Виноградов   А.   В.   О   локальных   вариантах   неолитической   культуры
Кызылкумов.- КСИА, 1970, вып. 122.
19 . Виноградов А. В. Кызылкумские ювел и ры. – УСА. – Л.: Наука, 1972, вып.
2; 
20 . Виноградов А. В. Бирюза, первобытная мода, этногенез СЭ, 1972, а №5; 
21 . Виноградов А.В., Лапатин С.В., Мамедов Э.Д. Кызылкумская бирюза (Из
истории добычи и обработки). – СЭ, 1965, №2.  
22 . Виноградов А.В., Мамедов Э.Д., Сулержицкий Л.Д., Первые 
радиоуглерод-ные даты для неолита Кызылкумов. –  //  СА, №4, 1977.
2 3 . Виноградов   А.В.   Мамедов   Э.Д.   Первобытный   Лявлякан.   //   Этапы
древнейшего заселения и освоения Внутренних Кызылкумов .  - МЭХ, вып.10.
– М.: Наука, 1975.  
2 4 . Виноградов   А.   В.   Новые   материалы   по   периодизации   и   хронологии
неолита Кызылкумов // Культура и искусство Древнего Хорезма. М., 1981. 
2 5 . Виноградов   А.В.   Древние   охотники   и   рыболовы   Среднеазиатского
междуречья. – ТХЭ, т. Х III . – М.: Наука, 1981.  173 б .
2 6 .   Виноградова   Н.М.,Ранов   В.А.Филимонова   Т.Г.   Памятники   Кангуртута   в
Юго-Западном Таджикистане (эпоха неолита и бронзовый век.) М., 2008.
27. Гранитов   И.И.   Растительный   покров   Юго-Западных   Кызылкумов.   Т.1.2.
Ташкент, 1964,1967.
60 28 . Гулямов   Я.Г.,   Исламов   У.,   Аскаров   А.   Первобытная   культура   и
возникновение   орошаемого   земледелия   в   низовьях   Зарафшана.   –   Ташкент:
Фан, 1966.
29 . Джуракулов М.Ж. История изучения каменного века Средней Азии. 
Самарканд, 1966.
30.Джуракулов М.Ж., Сулайманов Р.Х. Новые находки ископаемого человека
на   Самаркандской   верхнепалеолитической   стоянке .   ИМКУ,   вып.10.   стр.21-
23. Ташкент-1973.
3 1 . Джуракулов М.Д. Каменный век бассейна Зарафшана. Самарканд, 1992.
3 2 . Джуракулов М.Ж. Самаркандская стоянка и проблемы верхнего палеолита
в Средней Азии. – Ташкент: Фан, 1987. 171  с.
3 3 . Джуракулов М.Д. Холматов Н.У. Мезолит и неолит Среднего Зарафшана.-
Ташкент, Фан, 1991. с.122; 
3 4 . Джуракулов   М.Д.   Экологическая   среда   первобытных   обитателей
Самаркандской   впадины.   Проблемы   взаимосвязи   природы   и   общества   в
каменном   веке   в   Средней   Азии.   ТДК,   посвященный   50   летию   открытия
Тешикташа.Ташкент, Фан, 1988; 
3 5 . Джуракулов   М.Д.,   Аванесова   Н.А.   Палеоэкология   древнего   человека
Зарафшанского   бассейна   и   проблема   жилища.   Палеоэкология   и   проблемы
первобытной археологии Центральной Азии. ТДК, Самарканд, 1992. 
3 6 . Джуракулов   М.Д.,   Мамедов   Э.Д.   и   др.,   Природная   среда   и   человек   в
голоцене   Средней   Азии.   Вопросы   археологии,   древней   истории   и
этнографии. Самарканд, 1985; 
37 . Зокиров   Я.М.   Ботаническая   география   низкогорий   Кызылкума   и   хребта
Нуратау. Ташкент, 1975.
38 . Мамедов   Э.Д.   Пески   внутренных   Кызылкумов.-   Труды   ТашГУ,   нов.сер.
269,1964.
39 . Мамедов  Э.Д., Батулин  С.Г. Палеогидрологическая  обстановка и древнее
расселение   человека   в   пустынях     Средней   Азии.-   В   кн.:   Палеоэкология
древнего человека. М., Наука.1977.
61 4 0 . Мамедов   Э.Д.   Экология   человека   каменного   века   в   пустынях   Средней
Азии.- В кн.: Культура и искусство древнего Хорезма. М., 1981. 
4 1 . Мамедов   Э.Д.   Динамика   природных   процессов   на   равнинах   Средней
Азии.   //   Вопросы   природовения   Средней   Азии.   Сборник   научных   трудов
ТашГУ, №591, Ташкент, 1979.  С.24 ; 
4 2 . Мамедов   Э.Д.   Изменение   климата   среднеазиатских   пустынь   в   голоцене.
// Колебания  увлажненности Арало – Каспийского  региона  в голоцене. – М.:
Наука, 1980.  С. 170,171;  
4 3 . Холматов   Н.У.   Ўзбекистон   неолит   даври   жамоаларининг   моддий
маданияти. Тошкент, 2008, 181 б.
4 4 .   Холматов   Н.У.   Мезолит   и   неолит   Нижнего   Зарафшана.   Изд.   «Фан»,
Ташкент, 2007, С.203.
4 5 . Ранов В.А. Гиссарская культура: распространение, хронология, экономика
//  Культура первобытной эпохи Таджикистана. – Душанбе, 1982. 
46. Кас ы мов   М.Р.   Доб ы ча   и   обработки     камня   в   каменоломнях   мастерских
Средней Азии. Научные работы и сообщения. Кн.  III , Ташкент-1961 .  
4 7 . Коробкова Г.Ф. Орудия труда и хозяйство неолитических племен Средней
Азии. МИА, №158. – Л.: Наука, 1969 .
48 . Коробкова   Г.Ф.   К   вопросу   о   хронологии   кельтеминарской   культуры.
ИМКУ, 
49.Лев Д.Н. Самаркандская палеолитическая стоянка.   ИМКУ, вып.6, 
Ташкент-1965; Его же.  Палеолит Самаркандской области и его 
специфические  особенности. Труды СамГУ, вып.166. Самарканд-1967.
50.Лев   Д.Н.   Палеолит   Самаркандской   области   и   его   специфические
особенности. Тр. Сам .  ГУ  ,в ы п.166, стр.118. Самарканд -1967.  
51.Ранов   В.А.   Шугнау-многослойная   палеолитическая   стоянка   в   верховьях
реки   Яхсу   (раскопки   1969-1970   гг.)   Археологические   работы     в
Таджикистане, вып. 10. Душанбе-1973.
62 52.Cайфуллаев Б., Хошимов Х.Б. Новые данные по палеолиту 
Аякагитминской впадины// Ўзбекистонда археологик тадқиқотлар 2008-2009 
йил 7-сон. Самарқанд 2012 йил
53.Толстов С.П. Древней Хорезм. – М.: Издательство МГУ, 1948.
54 . Толстов   С.П.   Хорезмская   археологическая   экспедиция,   1939.   КСИИМК,
вып.6, 1940. 
55 . Толстов   С.П.   Хорезмская   археологическая   экспедиция,   1940.   КСИИМК,
вып.12, 1946,с.91,92
56 . Толстов С.П. По следам древнехорезмской цивилизации. М., 1948,с. 65-74.
57 . Толстов   С.П.Низовья   Амударьи,   Сарыкамыш,   Узбой.   //   История
формирования и заселения – МХЭ, вып.3. – М., 1960.  
58 . Холматов Н.У. Мезолит низовьев Зарафшана. – ИМКУ, №30, 2000.
59.Холматов Н.У. Урта Зарафшон неолит даври моддий маданиятининг баъзи
хусусиятлари (Тепакул 4 макони асосида). СамДУ ахборотномаси, 2004, № 4.
60.Хошимов   Х.   Янги   тош   даврининг   археологик   ёдгорлиги//   Илмий
хабарнома. АнДУ. Махсус сон. Андижон 2009 йил 
61.Хошимов   Х.   Фарғона   водийси   мезолит   даври   маконларининг   айрим
хусусиятлари// Илмий хабарнома. АнДУ. Махсус сон. Андижон 2010 йил
62.Хошимов   Х.   Калтаминор   маданияти   ёдгорликлари   изланишларига   доир//
Ўзбекистонда Ижтимоий Фанлар -2015/2,
54.Хужаназаров   М.,   Брунет   Ф.,   Шимчак   К.   Археологические   исследования
55.Узбекско-французской   экспедиции   на   памятниках   Кызылкумов   //
Археологические исследования в Узбекистане 2004-2005 гг. Ташкент, 2006.
56. Якубовский   А.Ю.   Из   истории   археологического   изучения   Самарканда.
1940;   Сборник “Афрасияб” , том 1, Ташкент-1969;
57. Шишкин В.А. Варахша. Ташкент-1963. 
58.Brezillon M. Les denomination des objets de Pierre taille. Paris, 1988, p. 188;
L’archéologie   française   en   Asie   centrale.   Nouvelles   recherches   et   enjeux
socioculturels. cac-IFEac # 21-22, 2013. –  Р p. 191-205.  
63 59. Szymczak K. and Khudzhanazarov M. Excavation in Ayakagytma the site, SE
Kyzil-Kum,   Uzbekistan.   Season   1999.   General   Rapport.   Varsovie-Samarcande,
2004.  -Рр.1-100.
60.Brunet F., «The Technique of Pressure Knapping in Central Asia: Innovation or
Diffusion?   ».   In   DESROSIERS   P.   M.   (éd.),   The   Emergence   of   Pressure   Blade
Knapping:   From   Origin   to   Modern   Experimentation:   307-328.   Springer-Verlag,
Heidleberg. 2012. -P.307-328.
61.Brunet F., Pour  une nouvelle étude de la culture de   Kel'teminar , Ouzbékistan.
Paléorient  31/2: CNRS Editions, Paris. 2005. - Р . 87-106. .
62.Brunet   F. ,   Khudzhanazarov   M .,   Hoshimov   H.   Nouvelles   donnees   sur   la
chronologie de la culture kel’teminer(VII-IV millenaires) en Ouzbekistan.  ИМКУ .
Вып .38. Самарканд  2012. - С .121-123.
63.Szymezak.,   Khudzhanazarov   M.,   Fontugne   M.,   Muchniak   R.   14   C   dating   of
Ayakagytma   tht   site,   neolithic   settlement   in   south-   eastern   Kyzyl-Kums,
Uzbekistan.  The history of material cu
lture of Uzbekistan, 34 Edition, Samarkand-2004.P, 26-32. 
64 QISQARTIRILGAN SO’ZLAR IZOHI
AO - Arxeologicheskiye otkr i tiya
ART -Arxeologicheskiye rabot i  v Tadjikistane. Dushanbe
BKIChP -Byulleten komissii po izucheniyu chetvertichnogo perioda
VDI -Vestnik drevney istorii
IMKU - Istoriya materialnoy kulturы Uzbekistana. Tashkent.
KD - Karakumskiye drevnosti. Ashxabad: Ыlыm.
KSIA - Kratkiye soobщyeniya Instituta arxeologiya AN Rossii 
KSIIMK - Kratkiye soobщyeniya Instituta istorii materialnoy kulturi 
  AN Rossii
MIA - Material ы  i issledovaniya po arxeologii  Rossii
MOIP - Moskovskoye obщyestvo ispitateley prirodi
MXE - Materialы Xorezmskoy arxeologo-etnograficheskoy ekspedisii 
  AN Rossii
CA- Sovetskaya arxeologiya
SamGU - Samarkandskiy gosudarstvenn ы y universitet
TashGU - Toshkentskiy gosudarstvenn ы y universitet
TXE   -   Trud ы   Xorezmskoy   arxeologo-etnograficheskoy   ekspedisii     Instituta
etnografii AN  Rossii .  
USA - Uspexi sredneaziatskoy arxeologii. L.: Nauka
TYuTAKE  - Trud ы  Yujnoturkmenistanskaya arxeologicheskaya komleksnaya 
  ekspedisiya.  Ashxabad.
65

O‘zbek-Fransuz xalqaro arxeologik ekspiditsiyasining Zarafshon vohasi tosh davri yodgorliklarini o‘rganishda qo‘shgan hissasi mavzusida MUNDARIJA Kirish…………………………………………………………………………… ..4 I BOB . ZARAFSHON VODIYSINING TABIIY-GEOGRAFIK SHAROITI VA TOSH DAVRI ARXEOLOGIK YODGORLIKLARI…………………..10 1.1. Zarafshon vodiysining tabiiy-geografik tuzilishi………………………….10 1.2. Zarafshon vodiysining qadimgi tosh davri yodgorliklarining o’rganilish tarixi……………………………………… ………………………………………12 II BOB. O’ZBEK –FRANSUZ XALQARO ARXEOLOGIK EKSPEDISIYASINING ZARAFSHON VOXASI PALEOLIT DAVRI YODGORLIKLARINI O’RGANISHDAGI QO’SHGAN HISSASI………...20 2 . 1. Sulton-Uvaystov so’ngi paleoliti ( №23 va 24 punktlar)… ……………20 2. 2. Ko’kcha ustaxonasi… ………………………………………………….30 III BOB. OYOQOG’ITMA BOTIG’INING SO’NGI PALEOLIT VA NEOLIT DAVRI YODGORLIKLARINI O’RGANISHDAGI QO’SHGAN HISSASI………………………………………………………………………….38 3.1. Oyoqog’itma botig’ining so’ngi paleolit davri arxeologiyasi……………..38 3.2. Oyoqog’itma botig’ining so’ngi paleolit davri arxeologiyasi……………..42 Xulosa…………………………………………………………………………57 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………………60 Qisqartirilgan so’zlar izohi……………………………………………………..66 1

2

Kirish. Mavzuning dolzarbligi. Zarafshon vodiysi o’zining tabiiy-geografik o’rniga ko’ra, nafaqat O’zbekiston, balki O’rta Osiyo mintaqasining markaziy qismini tashkil etadi. Bu zamin odamzod tomonidan qadimgi tosh davrining mustye bosqichidan boshlab o’zlashtirilgan. Shu davrdan boshlab kishilik tarixining barcha bosqichlariga oid arxeologik yodgorliklar topilib, ana shu moddiy madaniyat manbalari asosida voha aholisining ibtidoiy davr tarixi tadrijiy ketma- ketlikda o’rganib chiqilgan. Ana shu tadqiqotlardan ma’lum bo’ldiki, Zarafshon vohasining qadimgi madaniyati o’zining xilma-xilligi, har bir davr va ularning tarixiy ketma-ketlikda intensiv rivoj topgan bosqichlari bilan insoniyat tarixida katta madaniy meros qoldirgan. Zarafshon vodiysida mustye davri yodgorliklari keng o’rganilgan. Ular Omonqo’ton 1 , Takalisoy 2 , Qizilnura-1 3 , Zirabuloq 4 , Qo’tirbuloq 5 va boshqa yodgorliklar bo’lib, bulardan o’sha davr odamlarining ovchilik va termachilikka asoslangan turmush tarzi bilan bog’liq mehnat qurollari, ov hayvonlarining suyak qoldiqlari kabi boy ashyoviy dalillar topilgan. Xalqaro ekspedisiyalar tadqiqotlari natijasida yurtimizda paleolit davriga oid Angilloq, To’daxotin, Angren, Teshik- tosh 2, Oyoqog’itma, Bo’kantog’ (№23 va 24 punktlar) kabi yangi yodgorliklar ochib o’rganildi. Ko’lbuloq, Qizilolma 2, Obiraxmat, Qo’tirbuloq, Zirabuloq, Omonqo’ton va h.k. yodgorliklarda ilmiy tadqiqot ishlari davom ettirildi. Natijada qator olamshumul yutuqlarga erishildi. Shunga qaramasdan, XX asrning 30- yillarida ishlab chiqilgan, hozirda esa eskirgan mahalliy stratigrafik chizmalardan foydalanish davom etadi. Masalan, geologlar G.F.Tetyuxin, S.A.Nesmyanov, 1 Лев Д.Н. Древний палеолит в Аман - Кутане. Тр. УзГУ, в ы п . 3 9. Самарканд-1949 ; Его же. Нов ы е находки в пещере Аманкутан. «Природа» , № 1, 1958. 2 Лев Д.Н. Пещера эпохи палеолита близ г. Самарканда. «Природа» №6, 1953; Его же. Новые памятники палеолита в Узбекистане. Труды по изучению чевертичного периода . Вып. XIII , Москва -1957. 3 Виноградов А.В., Мамедов Э.Д. Кызылнура 1-первый мустьерский памятник в Кызылкумах. СА № 1, 1969 . 4 Ташкенбаев Н.Х. Новые памятники древнекаменного века в Самаркандской области. О НУ №11,1971 ; 5 Ташкенбаев Н.Х. Об исследовании палеолитической стоянки Кутурбулак. ИМКУ вып.12. Ташкент-1975; Ташкенбаев Н.Х., Сулайманов Р.Х. Культура древнекаменного века долины Зарафшана. Изд. «ФАН», Ташкент-1980. 3

arxeologlar M.R.Qosimov, V.A.Ranov, R.X.Sulaymonov, N.X. Toshkenboyevlar bu chizmalardan O’rta Osiyo, jumladan Zarafshon havzasi geologiyasini arxeologik obyektlar bilan bog’lashda foydalanib kelganlar 6 . Zarafshon vodiysida mezolit davri yodgorliklari hozircha kam o’rganilgan. Bu davrga oid obyekt sifatida Saza g’ on 1 manzilgohini ko’rsatish mumkin. Mezolit davri tosh qurollari Uchtut tosh ustaxonasi va ba’zi bir Uchtut neolit shaxtalarida ham uchraydi. Ammo bu davrga tegishli orginal yodgorlik Zarafshon vodiysida hozircha topilgani yo’q. Mustaqillik tufayli o’tmish tarixga, uning obyektlariga, ularning tarixiy talqinidan kelib chiqadigan natijalarga qarab tahlil etish usullari qo’llanila boshladi. Natijada, Zarafshon vodiysining suv havzalariga yaqin mintaqalarda tarkib topgan yodgorliklar asosida o’troq dehqonchilik xo’jaligi yotganligi, ular «kechagi» qishloqlar bo’lgan bo’lsa, «bugun», sekin-asta yirik ilk shaharlar markaziga aylanganligi haqida fikr-mulohazalar qilina boshlandi. Arxeologiya obyektlarini yangicha qarashlar asosidagi tahliliga ko’ra, miloddan avvalgi II-ming yillikning o’rtalaridan O’rta Osiyo mintaqasiga ommaviy kirib kelgan chorvador qabilalar hayotida ham tub ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar yuz bera boshlaydi. Tarixiy ildizlari Qadimgi Sharq sivilizasiyasiga borib taqaluvchi ilk urbanistik jarayon miloddan avvalgi II-ming yillikning oxiri va I-ming yillikning boshlaridan yana jonlana boshlaydi. Ana shu jonlanishning guvohi sifatida Zarafshon vodiysining o’rta qismida Ko’ktepa, Afrosiyob kabi ilk shaharlar qad ko’taradi. Shunday qilib, Zarafshon vodiysining tosh davri qabilalarining madaniyati haqida juda katta arxeologik materiallar to’plangan. Har bir davr arxeologik komplekslari baholi qudrat sistemalashtirilgan va ularning davriy sanalari aniqlangan. Jahon tarixshunosligida tosh davri jamiyatning butun evolyusiyasiga tamal toshi qo’ygan va sivilizasiyalarning paydo bo’lishiga zamin hozirlagan davr sifatida e’tirof etiladi. Zero, ushbu davr qa’rida san’at, din, oila va ijtimoiy tashkilotlarning ildizlari yashirinib yotadi. Shu jihatdan ushbu davrda insoniyat 6 Тетюхин Г.Ф, Ташкенбаев Н.Х., Сулайманов Р.Х. Геоморфологические положения мустьерского местонахождения Кутурбулак. И МКУ, вып.14 Ташкент-1978; Ранов В.А., Несмянов С.А Палеолит и стратиграфия антропогена Средней Азии. Душанбе-1973. 4

hayotining turli jabhalarida ro’y bergan o’zgarishlarni tizimli tadqiq etish va shu asosda insoniyat madaniyati voqyeyligining mohiyatini anglash muhim ahamiyat kasb etadi 7 . Hozirgi vaqtda jahon neolitshunosligida ushbu davrning asosiy manbalaridan biri bo’lgan tosh qurollarni o’rganishda yangi texnologiyalar va shu asosda yaratilgan yangi uslublarni qo’llash keng qamrovli ilmiy natijalarni qo’lga kiritish ustuvor vazifalardan biriga aylanib bormoqda. Xususan, tosh industriyalarning ilmiy tahlili neolit davri odamlarining iqtisodiy munosabatlari, ularning tabiiy- geografik muhit bilan o’zaro aloqadorligiga oid ma’lumotlarni olish va shu asnoda qadimgi ajdodlarimizning turmush tarzi va xo’jaligini yoritish imkonini beradi. Ayni vaqtda Oyoqog’itma makoni materiallari asosida Kaltaminor madaniyati yodgorliklarini kompleks o’rganish, zamonaviy standartlar darajasiga ko’tarish va uning jahon sivilizasiyalari shakllanishidagi ahamiyatini aniqlash zarurati ushbu dissertasiya ishining dolbzarbligini belgilaydi. Muammoning o’rganilganlik darajasi. , Zarafshon vodiysining tosh davri yodgorliklari XX asrning o’rtalaridan boshlab tadqiq etila boshlangan bo’lib, ushbu tadqiqotlar natijasida shu davrga oid Uzboy bo’ylari 8 , Sariqamish 9 , Xorazm hududi 10 , Qizilqum 11 va Zarafshonning quyi oqimida 12 ko’plab Kaltaminor madaniyati yodgorliklari ochilgan va o’rganilgan. Bu tadqiqotlar tufayli Kaltaminor madaniyati sohiblari Markaziy Osiyo va Janubiy-G’arbiy Qozog’iston hududlarida tarqalib yashaganliklari ilmiy isbotlangan va kaltaminorliklar 7 Деревянко А.П., Маркин С.П. Палеолитоведение. Новосибирск. 1994. -С. 3. 8 Итина М.А. Памятники первобытной культуры верхнего Узбоя //ТХААЭЭ, т. 2. М.: 1958б. -С. 37. 9 Толстов С.П., Кесь А.-С., Итина М.А., Андрианов Б.В. Низовья Аму-Дарьи, Сары-Камыш, Узбой. История формирования и заселения// МХЭ, 3, М.: 1960. -С. 77. 10 Виноградов А.В. Раннекельтеминарская стоянка Куняк 1// КСИЭ, вып. 30. М.: 1958. -С.545; Виноградов А.В. Новые неолитические находки Хорезмской экспедиции АН СССР в 1957 г. //МХЭ, вып. 4, М.: 1960. - С.12; Виноградов А.В. Новые материалы для изучения кельтеминарской культуры// МХЭ, вып. 6. М.: 1963. - С. 36. 11 Тереножкин А.И. Археологическая рекогносцировка в Западной части Узбекистана// ВДИ, № 2. М.: 1947. - С. 134. Вактурская Н.Н. О поездке в Южные Кызылкумы в 1955 г. МХЭ, вып 1. М.: 1959. -С. 165. 12 Гулямов Я.Г. Археолгические работы к западу от Бухарского оазиса//ТИИА АН УзССР. Вып. 8. Т. 1956. - С. 14. 5