logo

“ZIRABULOQ-ZIYOVUDDIN TOG‘ VA TOG‘OLDI LANDSHAFTLARINI MUHOFAZA QILISH” ( MALIK VA QARNOB CHO‘L MISOLIDA)

Yuklangan vaqt:

13.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

32033 KB
“ZIRABULOQ-ZIYOVUDDIN TOG‘ VA TOG‘OLDI
LANDSHAFTLARINI MUHOFAZA QILISH” ( MALIK VA QARNOB
CHO‘L MISOLIDA)
М UNDARIJA
Kirish ……………………………………………………………….…...…...….5
I. BOB. ZIRABULOQ-ZIYOVUDDIN TOG LARI VA TOG‘OLDI 
TEKISLIKLARI  TABIATINING ASOSIY XUSUSIYATLARI
1.1. Geografik o‘rni va chegaralari ……………………………………………...8
1.2. Geologik tuzilishi va tektonikasi…………………………………………....9
1.3. Relyefi va uning landshaftlarni shakllanishiga ta'siri…… .... ………………13
1.4. Iqlimi va uning balandlik ozgarishi………………………………………..14
1.5. Ichki suvlari………………………………………………………………..17
1.6. Tuproq-o‘simlik qplami va hayvonot dunyosi………………………….....18
II. BOB.   ZIRABULOQ-ZIYOVUDDIN   TOG‘LARI   VA   TOG‘OLDI
TEKISLIK LANDSHAFTLARINI RAYONLASHTIRISH
2.1.   Landshaft rayonlashtirish masalasi  ………………………………………..20
22.   Zirabuloq   past   tog‘   landshafti……………… . …………………………28
2.3. Kattaqo‘rg‘on voha landshafti……………………………………………..31
2.4.  Qarnobcho‘l tog‘oldi landshaftlari .............................................................. .40
2.5. Malikcho‘l tog‘oldi tekislik landshafti………………………………...…..43
III . BOB.   ZIRABULOQ-ZIYOVUDDIN   TOG‘LARI   VA   TOG‘OLDI
TEKISLIK  LANDSHAFTLARINING   GEOEKOLOGIK MUAMMOLAR
3.1. To g‘   oldi   tekisliklarini   sug‘orish   natijasida   vujudga   kelgan   geoekologik
muammolar ………………………………………………………….………….56 .
3.2.   Malik   choli   er   osti   suvlarining   minerallashishi   va   ularning   agrolandshaftlar
ekologiyasiga ta'siri…...………………………………………………………..61
3.3   Zirabuloq   –   Z iyovuddin   tog‘   va   tog‘oldi   landshaftlari,   ulardan   oqilona
foydalanish ...................................................................................................... ...65  
3.4   Zirabuloq   –   Ziyovuddin   tog‘   va   tog‘oldi   tekisliklarining   geoekologik
muammolari......................................................................................................... 68 X ulosa. ……… ... ……………….……………… ..... ………………………….. . 74
Foydalangan adabiyotlar  …………. ..…………………………….…… . … ... 76
Ilovalar …………………………………………………………………………85
Kirish
Mavzuning   dolzarbligi .   Zirabuloq-Ziyovuddin   tog‘   va   tog‘oldi
landshaftlarini   muhofaza   qilish.   O‘zbekistonimizning   Janubiy-G‘arbiy   qismining
cho‘lli-tekis   va   nisbatan   gumud   tog‘li   o‘lkalari   oralig‘idagi   o‘tkinchi   zonada
joylashgan bo‘lib, juda ko‘p janubiy potensial imkoniyatlarga ega.  Shu bilan birga
o‘lka   hududi   turli   antropogen   omillar   ta'siri   ostida   ekosistemalar   va   landshaft
komplekslari holatining beqarorligi bilan ajralib turadi .
Yildan-yilga   aholi   sonining   ko‘payib   borayotganligi,   uning   xo‘jalik
ehtiyojlarining  ortib  borayotganligi,  turli   o‘g‘itlar   va zaharli   ximikatlarni   intensiv
ishlatilishi   oqibatada   atrof-mihitning   ifloslanish   darajasi   va   degradatsiyasi   ortib
bormoqda,   natijada   sho‘rli   salbiy   oqibatlarga   olib   kelib,   qishloq   xo‘jalik
ekinlarining hosildorligi kamayib bormoqda.
Shuning   uchun   ham   landshaft   komplekslarini   o‘rganish   va   ularni
xaritalashtirish,   uning   relyef   bilan   aloqadorligini   aniqlash   tabiiy   jarayonlar
o‘zgarishining   sabablarini   va   antropogen   ta'sirlar   oqibatlarini   o‘rganish,   bu
komplekslardan   samarali   foydalanish,   bo‘yicha   ilmiy   asoslangan   tavsiyalarini
ishlab chiqarish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.
Ishning maqsadi.   Olib borilgan ishning maqsadi   Zirabuloq-Ziyovuddin tog‘
va   tog‘oldi   landshaftlarini   muhofaza   qilish ,   tabiatni   kompleks   o‘rganish,   tabiiy
resurslardan   yanada   samarali   foydalanish   va   muhofoza   qilish   bo‘yicha   tavsiyalar
ishlab   chiqarish,   landshaft   komplekslarida   qo‘shilayotgan   va   mumkin   bo‘lgan
o‘zgarishlarni bashoratlashtirishdan iborat.
Tadqiqotimiz oldida qo‘yilgan maqsadni hayotga tadbiq etish uchun quyidagi
vazifalarni  amalga  oshirish ko‘zda tutilgan;  Relyef  tuzilishi  bilan bog‘liq bo‘lgan
landshaft   kompleslarining   hududiy   aniqlash;   hozirgi   zamon   va   qisman   tiklangan
landshaft   komplekslarining   o‘rniga   va   yirik   masshtabli   kartalarni   tuzish;
landshaftlardan   foydalanishning   hozirgi   holatini   baholash   va   ularning
2 degradatsiyasi   sabablarini   aniqlash;   landshaft   komplekslaridan   samarali
foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqarish.                      
To‘plangan   ma'lumotlar.   Magistrlik   dissertatsiyasini   yaratish   jarayonida
2022-2023-yilar   davomida   dala   tatqiqot   sharoitida   to‘plangan   ma'lumotlar,
Zirabuloq-Ziyovuddin tog‘ va tog‘oldi  relyefi va landshaftlari haqida ma'lumotlar,
hamda   mavjud   adabiyotlardagi   materialllarni   umumlashtirish   va   tahlil   qilish   va
kartografik materiallardan samarali foydalanildi.
Tadqiqot metodikasi (usullari).   Magistrlik dissertatsiya matinini tayyorlash
va   dala   tadqiqotlarini   olib   borishda   kompleks   metodik   usullardan   foydalanildi.
Ulardan asosiysi kartografik, statistik, dala marshurt, landshaft-hududiy, landshaft-
tarixiygenetik, kompleks landshaft qiyosiy taqqoslash va boshqalar hisoblanadi.
Ilmiy   yangiligi.   Zirabuloq-Ziyovuddin   tog‘   va   tog‘oldi   landshaftlarini
muhofaza qilish  va ekologik muammolari ilk marotoba landshaftlarning balandlik-
hududiy   differensiyasi   relyef,   eng   yangi   harakatlar   ular   bilan   bog‘liq
marfosturukturalar  bilan aloqadorligi qo‘llanilgan. Shu asosida  ilk marotoba o‘rta
va   yirik   masshtabli   geomorfologok   landshaft   xaritalari   tuzilgan   va   landshaft
komplekslaridan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Amaliy   ahamiyati .   albatta   erishilgan   natijalardan   Samarqand   viloyati
Davlatagroplan   mutahassislari,   ilmiy   tadqiqot   loyihalash   va   tabiatni   muhofaza
qilish tashkilotlari mutahasislari tomonidan foydalanishi mumkin. 
Tavsiyalar   xalq   xo‘jaligi   obektlarini   va   qishloq   xo‘jaligi   ekinlarini
joylashtirishni   optimallashtirish,   yaylovlardan   oqilona   foydalanish   hamda   yangi
yerlarni o‘zlashtirish imkonini beradi. 
Ishning   sinalganligi .   Magistrlik   dissertatsiyasining   asosiy   mazmuni
"Geografik   tadqiqotlar:   Innovatsion   g‘oyalar   istiqbollari   (xalqaro   ilmiy-amaliy
konferensiya,   Toshkent   15-16-aprel   2022)",   M;   “Tog‘   va   tog‘oldi   cho‘l
landshaftlaridan   samarali   foydalanish   muammolari”   “Zamonaviy   geografik
tadqiqotlar:  nazariya, amaliyot, innovatsiya (xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya I-
II-qism,   Samarqand   12-13-may   2023)”,   M;   “Zarafshon   tizmasi   va   unga   tutash
tekislik   landshaftlarining   geoekologik   muammolari”,   M;   “Zirabuloq-Ziyovuddin
3 tog‘   oldi   tekisliklarini   sug‘orish   natijasida   vujudga   kelgan   geoekologik
muammolar   (Malikcho‘l   misolida)”,   M;   “Zirabuloq-Ziyovuddin   tog‘   oldi   tekislik
landshaftlarida ro‘y berayotgan erozion jarayonlar”.
Natijalarning   e'lon   qilinganligi.   Magistrlik   dissertatsiya-mavzusi   bo‘yicha
to‘rtta maqola e'lon qilindi.
Magistrlik   dissrtatsiyaning   hajmi   va   tuzilishi.   Magistrlik   dissertatsiya   91
bosma   varaqdan   iborat,   14   ta   rasm   va   9   ta   tablitsa   va   8   ta   ilova   qilingan.
Adabiyatlar ro‘yxatida 40 ta kitob. Magistrlik dissertatsiya kirish qismi, 3 ta qism,
xulosalardan iborat. 
Magistrlik   ish   g.f.n.prof:   X.   Jo‘raqulov   rahbarligida   bajarildi.   Magistrant
ilmiy rahbariga minnaddorchilik isxor qiladi.
Foydali   maslahatlar   bergani   uchun   magistrant,   t.f.d.,   prof.   Qobilov   E.E.
hamda g.f.n.dots: Haydarov.S.A. minnatdorchilik bildiradi.
4 I. BOB. ZIRABULOQ-ZIYOVUDDIN TOG‘ LARI VA TOG‘OLDI
TEKISLIKLARI TABIATINING ASOSIY XUSUSIYATLARI
1.1. Geografik o‘rni va chegaralari .
Zirabuloq-Ziyovuddin past tog‘lari va tog‘oldi prolyuvial tekisliklaridan tarkib
topgan arid iqlimli tabiiy geografik region Zarafshon tog‘ tizmasining eng g‘arbiy
tarmog‘i   hisoblanadi.   Bu   region   ma'muriy   jihatdan   Samarqand,   Navoiy   va
Qashqadaryo   viloyatlari   hududlarida   joylashgan.   U   sharqda   Ulus   tog‘oralig‘i
tekisligi, shimolda Zarafshon daryosi, janubda Sho‘rsoy va To‘dako‘l sho‘rliklari,
g‘arbda   Qiziltepa   va   Oqmozor   platolarining   Buxoro   vohasiga   tutashgan   qismi
bilan   chegaralangan.   Ana   shu   chegaralar   doirasida   Zirabuloq-Ziyovuddin   past
tog‘lari   va   tog‘oldi   prolyuvial   tekislik   landshaftlarining   umumiy   maydoni   8368
km 2
  ni   tashkil   etadi.   Shundan   past   tog‘   landshaftlariga   1845   km 2
  va   tog‘oldi
prolyuvial tekislik landshaftlariga 6523 km 2
 maydon to‘g‘ri keladi.
Zirabuloq-Ziyovuddin   tog‘lari   va   tog‘oldi   tekisliklari   tabiiy   geografik
regioni hududida Malik cho‘l massivi eng kuchli o‘zlashtirilgan tog‘oldi prolyuvial
tekislik   cho‘l   landshaftlaridan   hisoblanadi.   Malik   cho‘lining   yer   yuzasi
to‘lqinsimon   va   yassi   tekislik   bo‘lib,   uning   mutlaq   balandligi   sharqda   va   janubi-
sharqda   450-470   m   dan   g‘arbda   va   shimoli-g‘arbda   270-280   m   gacha   pasayib
boradi.
Malikcho‘lini   o‘zlashirilishi   natijasida   tabiiy   landshaftlar   maydoni   qisqarib
sug‘oriladigan   agrolandshaftlar   maydoni   kengaydi.   Obikor   dehqonchilikning
rivojlanishi  bilan jamoa xo‘jaliklarining markazlari  - qishloq seliteb landshaftlari,
irrigatsion landshaftlar barpo etildi. Ammo qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orishda
agrotexnika   qoidalariga   amal   qilmaslik,   agromelioratsiya   chora-tadbirlarini   talab
etilgan   darajada   amalga   oshirmaslik,   drenaj   tarmoqlarining   uzunligi   va   holati
nihoyat darajada qoniqarsiz ekanligi va boshqa salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi omillar bir
qator   geoekologik   muammolarni   vujudga   keltirdi.   Bunday   geoekologik
muammolarga   grunt   suvlari   sathining   ko‘tarilishi,   ekin   maydonlaridagi
sug‘oriladigan   madaniy   tuproqlarning   sho‘rlanishi,   zaharli   kimyoviy   moddalarni
me'yoridan ortiq ishlatilishi natijasida tuproqlarning ifloslanishi, yerusti va yerosti
5 suvlarining   minerallashish   darajasini   ortib   borishi   va   boshqalar   kiradi.   Yuqorida
zikr   etilgan   geoekologik   muammolar   majmuasi   o‘z   navbatida   sotsial-ekologik
muammoni ham vujudga keltiradi.
1.2 Geologik tuzilishi va tektonikasi.
Zirabuloq-Ziyovuddin   tog‘lari   va   tog‘oldi   tekisliklarining   geologik   va
tektonik   tuzilishi   o‘zining   murakkabligi   bilan   xarakterlanadi.   Bu   regionning
geologik   va   tektonik   tuzilishini   o‘rganishda   Yu.A.   Skvortsov   (1950),   G.F.
Tetyuxin   (1958),   O.A.   Rijkov   (1962),   N.P.   Kostenko,   A.A.   Chistyakov   (1962),
Sh.D. Davlatov (1971) va boshqalarning xizmati katta.
Bu   regionni   bir   necha   marta   takrorlangan   tog‘   hosil   bo‘lish   jarayonlari   va
Alp   orogenezi   bilan   yakunlangan   tektonik   harakatlar   natijasida   vujudga   kelgan
antiklinal   va   sinklinal   morfostrukturalar   past   tog‘   massivlarini   va   tog‘oldi
prolyuvial-allyuvial   tekisliklarini   barpo   etdi.   Zarafshon   megaantiklinoriysi   tadqiq
etilayotgan region doirasida Zirabuloq va Ziyovuddin past tog‘ massivlarini tashkil
etuvchi antiklinal ko‘tarilmalardan va megasinklinal zonasi Zarafshon tog‘oralig‘i
botig‘i va Jom tog‘oralig‘i bukilmasi sinklinoriylaridan tarkib topgan.
Zirabuloq   antiklinal   ko‘tarilmasi   Zarafshon   megaantiklinoriy   zonasining   shimoli-
g‘arbiy   davomi   hisoblanadi.   Antiklinalning   tuzilishida   silur,   bo‘r   va   uchlamchi
davrlarning   yotqiziqlari   ko‘p   uchraydi.   Quyi   bo‘r   yotqiziqlari   qizil   tusli
konglomeratlardan   va   qumtoshlardan,   yuqori   bo‘r   yotqiziqlari   yashil-kulrang   gil,
qum va ohaktoshlardan iborat. Bu jinslar Zirabuloq past tog‘ massivining shimoliy
va janubiy yonbag‘rlarida uchraydi.
Paleogen   yotqiziqlari   chegaralangan   holda   tarqalgan   bo‘lib,   litologik
chegarasi   deyarli   aniq   ifodalanmagan.   Ular   oq,   kulrang-oq,   va   g‘ovak   gipsli
ohaktoshlardan,   dolomitlardan   va   dolomitlashgan   ohaktoshlardan   hamda   tuzli   va
yashilsimon gipsli gillardan tashkil topgan.
Neogen   yotqiziqlari   Zirabuloq   massivining   eng   chekka   sharqiy   qismida
mavjud   bo‘lib,   ular   kontinental   sharoitda   hosil   bo‘lgan   konglomeratlardan   va
qumlardan iborat.
6 Ziyovuddin   antiklinal   ko‘tarilmasi   g‘arbiy,   shimoli-g‘arbiy   yo‘nalishda
cho‘zilib yotgan past tog‘ massivi hisoblanadi. Uning shimoliy yonbag‘ri nisbatan
qiyaroq   bo‘lib,   mezozoy   va   kaynozoy   qoplama   yotqiziqlari   yaxshi   saqlangan.
Janubiy   yonbag‘ri   aksincha   tik.   Antiklinalning   janubiy   qanotida   paleozoy
yotqiziqlari   50-60°   qiyalikda   Qarnobcho‘l   tekisligi   tomon   pasayib   boradi.
Ziyovuddin   past   tog‘   massivida   quyi   silur   yotqiziqlari   kristalli   slanetslardan
dolomitlashgan   ohaktoshlardan   tarkib   topgan.   Ayrim   joylarda   paleozoy
yotqiziqlarini intruziv jinslar yorib o‘tgan. Yuqori bo‘r yotqiziqlari keng tarqalgan.
Paleogen   va   neogen   davr   yotqiziqlari   yuqori   bo‘r   yotqiziqlari   tarqalgan   joylarda
uchraydi.
Zirabuloq-Ziyovuddin   antiklinal   ko‘tarilmalaridan   shimolda   Samarqand
megasinklinali   joylashgan.   Zarafshon   daryosi   vodiysi   ana   shu   megasinklinal
yo‘nalishi   bo‘ylab   cho‘zilgan.   Bu   yerda   struktura   nuqtai   nazardan   ikki   qavat
tektonik hosila ajratiladi. Birinchi quyi tektonik qavat paleozoy asosni va ikkinchi
yuqori tektonik qavat mezo-kaynozoy qoplamni tashkil etadi.
Sh.D.Davlatovning   (1971)   ma'lumoti   bo‘yicha   paleozoy   poydevor   2500-
2800 m  chuqurlikda yotadi. Mezo-kaynozoy qoplamning qalinligi turlicha bo‘lib,
bir   necha   yuz   metrdan   2000-2800   m   gacha   boradi.   Sh.D.   Davlatovning   (1971)
fikricha   Samarqand   megasinklinali,   jumladan   Zirabuloq   va   Ziyovuddin
antiklinallaridan   shimolda   joylashgan   Kattaqo‘rg‘on   sinklinali   ham   yura   davrida
shakllana boshlagan. Quyi bo‘rda relefi, konfiguratsiyasi  aniq ifodalangan. Uning
hozirgi   strukturasi   esa   to‘rtlamchi   davrda   sodir   bo‘lgan   yangi   tektonik   haraktlar
natijasida shakllangan.
To‘rtlamchi   davr   yotqiziqlari   past   tog‘   massivlarida   kam   tarqalgan   bo‘lib,
ular asosan tog‘ etaklarida, soy va daryo vodiylarida ko‘p uchraydi. Bu yotqiziqlar
delyuvial,   prolyuvial,   allyuvial   va   elyuvial   jarayonlar   natijasida   tarkib   topgan.
Delyuvial yotqiziqlar tog‘ yonbag‘rlari etaklarida va soylarning chekkalarida keng
tarqalgan.   Prolyuviylar   tog‘oldi   tekisligida,   allyuviylar   esa   daryo   vodiylarida
hukmronlik   qiladi.   Ular   toshlar,   shag‘allar,   qumlar,   lyossimon   jinslar,   soz
tuproqlardan iborat.
7 To‘rtlamchi   davr   yotqiziqlarining   qalinligi   turli   xil   omillarga   -   joyning
tektonik   harakatchanligi,   terrasalarning   o‘sish   tezligi,   eroziya   bazisining
chuqurlashib   borishi,   tog‘oldi   bukilmalarini   to‘lishi   va   boshqalarga   bog‘liq.
Ularning qalinligi tog‘ tomondan Zarafshon vodiysi tomon 5-10 m dan 650-700 m
gacha ortib boradi.
Demak   Zirabuloq-Ziyovuddin   tog‘lari   va   tog‘oldi   tekisliklarining   geologik
tuzilishi   shuni   ko‘rsatadiki,   antiklinal   ko‘tarilmalarda   silur   va   bo‘r   davr
yotqiziqlari   landshaftlarni   shakllanishida   muhim   rol   o‘ynasa,   tog‘oldi   tekisliklari
va vodiylarda to‘rtlamchi davr yotqiziqlari faol ishtirok etadi.
Zirabuloq-Ziyovuddin   tog‘larida   tog‘   jinslarining   yotish   sxemasi   quyidagi
1-2-3-4-rasmlarda o‘z aksini topgan.
1-rasm.
8 2-rasm.
3-rasm.
9 4-rasm.
1.3. Relefi va uning landshaftlarni shakllanishiga ta'siri.
Zirabuloq-Ziyovuddin past tog‘ massivlari va ularga tutash bo‘lgan Oqtosh,
Malikcho‘l   va   Qarnobcho‘l   tog‘oldi   prolyuvial   tekisliklar   Zarafshon   tog‘
tizmasining   eng   g‘arbiy,   Turon   pasttekisligi   tomon   pasayib   boruvchi   tarmog‘i
hisoblanadi.   Bu   regionning   eng   baland   qismi   Zirabuloq   tog‘   massivi   bo‘lib,
markaziy   platodan   shimolda   va   shimoli-sharqda   joylashgan   Qo‘chqorli   va
Chang‘ali tog‘larining maksimal balandligi 1000-1100 m gacha etadi. Regionning
eng   past   joyi   tog‘oldi   prolyuvial   tekislikning   Quyi   Zarafshon   vodiysi   bilan
tutashgan qismidir. Bu yerda uning balandligi 225-250 m ni tashkil etadi.
Zirabuloq-Ziyovuddin past tog‘ massivlari va tog‘oldi prolyuvial tekisliklari
tektonik   va   geomorfologik   jihatdan   bir-biridan   farq   qiluvchi   monoklinal
tizmalardan, tog‘oldi cho‘kmalarida yemirilgan tog‘ jinslaridan va to‘rtlamchi davr
yotqiziqlaridan   tashkil   topgan   prolyuvial   tekishklardan   hamda   Zarafshon
10 daryosining   allyuvial   yotqiziqlaridan   vujudga   kelgan   qayir   va   qayirusti
terrasalaridan iborat.
Tadqiq   etilayotgan   regionning   tabiiy   sharoiti   va   landshaft   komplekslari
xilma-xil.   Bunga   sabab,   birinchidan,   relefning   g‘arbdan   sharqqa   qarab   ko‘tarilib
borishi   bo‘lsa,   ikkinchidan   shu   yo‘nalish   bo‘ylab   iqlimning   o‘zgarib   borishidir.
Bular   o‘z   navbatida   tuproq-o‘simlik   qoplamining   o‘zgarishiga   ta'sir   ko‘rsatadi.
Masalan,   Malik   cho‘lida   iyulning   o‘rtacha   harorati   28-28,5°c     bo‘lsa,   Zirabuloq
tog‘larida   bu   ko‘rsatkich   25,5-26°c   ni   tashkil   etadi.   Yog‘ingarchilik   miqdori   esa
g‘arbdan   sharqqa   tomon   127-277   mm   dan   (Malik   cho‘lida)   300-350   mm   gacha
(Zirabuloq   tog‘larida)   ortib   boradi.   Demak   Zirabuloq-Ziyovuddin   tog‘lari   va
ularga   tutash   bo‘lgan   tog‘oldi   tekisliklarida   vujudga   kelgan   va   rivojlangan
landshaftlar   ham   rang-barang   bo‘lib,   ular   o‘zlarining   morfologik   tuzilishi,   ichki
xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi.
1.4. Iqlimi va uning balandlik o ‘ zgarishi.
Zirabuloq-Ziyovuddin   tog‘lari   va   tog‘oldi   tekisliklarining   iqlim   sharoiti
umuman   O‘rta   Osiyo   iqlim   sharoitiga   o‘xshash   bo‘lsada,   uning   orografik
joylashishi   tufayli   vujudga   kelgan   iqlim   xususiyatlari   bu   regionni   o‘rab   turgan
hududlardan   bir   oz   bo‘lsada   farq   qilishiga   ta'sir   ko‘rsatadi.   Tavsif   berilayotgan
hudud sharq, shimoli-sharq va janubi-sharqdagi katta tog‘ sistemalari bilan g‘arbda
va   janubi-g‘arbda   yastanib   yotgan   bepoyon   tekisliklar   oralig‘ida   joylashgan.
Bunday   holat   iqlim   elementlarini   turli   xil   taqsimlanishiga   imkoniyat   yaratadi.
Iqlim   elementlarining   taqsimlanishi   joyning   balandligi,   relef   shakli,
yonbag‘rlarning   ekspozitsiyasi   va   ularning   nam   havo   massalari   oqimiga   nisbatan
joylashishi va boshqa omillarga bog‘liq.
Tadqiq   qilinayotgan   regionning   harorat   rejimi   relef   shakllari,   yonbag‘rlar
ekspozitsiyasi,   tog‘   massivining   mutloq   balandligi   kabi   omillar   ta'sirida
shakllanadi. Masalan, o‘rtacha yillik haroratning pasayishi g‘arbdan sharqqa qarab
mutloq   balandlikning   ortib   borishi   bilan   uzviy   bog‘liq.   Shunday   ekan,   shu
yo‘nalish   bo‘ у   lab   joylashgan   shaharlarda,   Kogonda   (dengiz   sathidan   mutloq
11 balandligi   222   m)   o‘rtacha   yillik   havo   harorati   15,1°c   ni,   Navoiyda   (347   m)
14,2°c    ni, Kattaqo‘rg‘onda (485 m) 13°c  ni tashkil etadi (1-jadval).
Jadval-1
O‘RTACHA OYLIK VA YILLIK HAVO HARORATINING BALANDLIK
BO‘YICHA O‘ZGARISHI, °c
T./r Stantsiya Dengiz
sathidan
balandligi, m O‘rtacha
yanvar O‘rtacha
Iyul O‘rtacha
Yillik
1. Kogon 222 -0,6 29,6 15,1
2. Navoiy 347 -0,4 28,3 14,2
3. Qattaqo‘rg‘on 485 -1,9 27,2 13,0
4. Samarqand 695 -0,2 25,9 13,4
5. Omonqo‘ton 1213 -0,6 24,0 11,7
Zirabuloq-Ziyovuddin   tog‘lari   va   tog‘oldi   tekisliklari   uchun   eng   sovuq   oy
yanvar hisoblanadi. Yanvar oyining o‘rtacha harorati bu erda 0°c dan past. Yozgi
harorat   rejimi   bo‘yicha  tavsif   berilayotgan  hudud O‘zbekistonning  issiq  rayonlari
qatoriga   kiradi.   Iyulning   o‘rtacha   havo   harorati   tekislik   va   tog‘oldi   rayonlari
bo‘yicha   29,6°c   dan   25°c   gacha   o‘zgarib   boradi.   Iyul   oyida   havo   haroratining
umumiy   pasayishi   g‘arbdan   sharqqa   tomon   joyning   ko‘tarilib   borishi   bilan   uzviy
bog‘liq.
Sovuq   bo‘lmaydigan   davrning   davomiyligi   193   kundan   215   kungacha
o‘zgarib   boradi.   O‘simliklarning   asosiy   rivojlanish   davri,   ya'ni   harorat   +5°c   dan
yuqori   bo‘lgan   davr   260-280   kunni   tashkil   etadi.   Issiqlikni   sevuvchi   madaniy
o‘simliklarning faol vegetatsiya davri, ya'ni harorat +10°c dan yuqori bo‘lgan davr
balandlikka   qarab   224   kundan   200   kungacha   o‘zgarib   boradi.   Tog‘oldi
tekisliklarida havo harorati +10°c dan yuqori bo‘lgan haroratning yig‘indisi 4300°c
dan 5000°c gacha boradi.
Hududda   atmosfera   yog‘inlarining   taqsimlanishi   region   orografiyasining
murakkabligi,   tog‘   yonbag‘rlarining   turli   qiyalikka   ega   ekanligi,   ekspozitsiyasi,
12 cho‘l va vohalarning yaqinligi munosabati bilan ancha murakkablashgan. Eng kam
yog‘in yog‘adigan joylar regionning g‘arbiy qismi, Malikcho‘l va Qarnob cho‘llari
hisoblanadi. Masalan, Kogon va Qiziltepada yillik yog‘in miqdori 125-127 mm ni
tashkil   etadi.   Sharqqa   borgan   sari   yog‘in   miqdori   asta-sekin   orta   boradi   va
Navoiyda   177   mm,   Kattaqo‘rg‘onda   282   mm,   Samarqandda   328   mm   yog‘in
tushadi. Yog‘in miqdori faqat oylar bo‘yicha emas, balki fasllar bo‘yicha ham bir
xilda taqsimlanmagan. Eng ko‘p yog‘ingarchilik qish va bahor fasllariga, eng kam
yog‘ingarchilik kuz va yoz fasllariga to‘g‘ri keladi (2-jadval).
Jadval-2
YILLIK YOG‘IN MIQDORINING BALANDLIK VA FASLLLAR BO‘YICHA
TAQSIM LANISHI, mm HISOBDA
T./r. Stantsiya Dengiz
sathidan
balandligi
, m Yillik
yog‘in
miqdori,
mm Fasllar   bo‘yicha,   yillik   miqdorga
nisbatan % hisobida
IX-XI XII-II III-V VI-VIII
1. Kogon 222 125 10 45 43 2
2. Qiziltepa 270 127 12 37 48 3
3. Navoiy 347 177 10 44 44 2
4. Kattaqo‘rg‘on 485 282 13 43 42 2
5. Samarqand 695 328 14 35 48 3
6. Omonqo‘ton 1213 881 14 38 45 3
      Zirabuloq - Ziyovuddin   tog ‘ lari   va   tog ‘ oldi   tekisliklarida   qor   qoplami   unchalik
qalin   emas   va   uzoq   saqlanmaydi .   Uning   g‘arbiy   cho‘l   tekisliklarida   qor
qoplamining qalinligi 10-11 sm atrofida. Sharqqa borgan sari ko‘payib 15-18 sm ni
tashkil etadi (Balashova va boshq., 1963).
1 .5.  Ichki suvlari
Zirabuloq-Ziyovuddin  tog‘lari   va  tog‘oldi  tekisligining   asosiy   suv  manbayi
Zarafshon   daryosi   va   o‘rganilayotgan   hududdagi   tog‘lardan   oqib   tushadigan   soy
13 suvlari   hisoblanadi.   Zarafshon   daryosi   O‘rta   Osiyoning   asosiy   daryolaridan
hisoblanib,  u  Ko‘ksuv  tog‘   tugunida  joylashgan   Zarafshon  muzligidan  boshlanib,
Amudaryoga 20 km yetmasdan Sandiqli va Eshakchi qumlari orasida singib ketadi.
Uning   uzunligi   781   km,   havzasining   maydoni   esa   43   ming   km   ni   tashkil   etadi.
Zarafshon daryosi bu hudud uchun tranzit daryo hisoblanadi.
Zirabuloq-Ziyovuddin   tog‘lari   uncha   baland   bo‘lmaganligi   uchun   unda
muzliklar   kuzatilmaydi.   Bu   tog‘lardan   boshlanadigan   soylar   erta   bahorda   erigan
qor   va   yomg‘ir   suvlaridan   to‘yinadi.   Yozda   esa   ularning   suvi   juda   kamayib,
ba'zilari qurib ham qoladi. Soylarda yillik suv oqimini yarmidan ko‘p qismi bahor
oylariga to‘g‘ri keladi. Umuman Zirabuloq-Ziyovuddin tog‘ soylari juda kam suv
soylar   hisoblanadi.   Ularning   ko‘pchiligini   o‘rtacha   yillik   suv   sarfi   sekundiga   bir
necha   litrni   tashkil   qiladi.   Faqatgina   Qo‘chqorliota   soy,   Oqtoshsoy   kabi   kattaroq
soylarning suv sarfi sekundiga bir necha yuz m 3
 dan iborat xolos. Qish va ayniqsa
bahor  oylarida qorlarning erishi  va yomg‘irning ko‘p yog‘ishi  natijasida  soylarda
suv   ancha   to‘lib   oqadi.   Ba'zan   bahorda   yomg‘irning   ko‘p   yog‘ishi   va   qorlarning
tez   erib   ketishi   natijasida   sel   oqimlari   vujudga   keladi.   Bunday   katta   oqimlar   o‘z
yo‘lida   uchragan   ekin   maydonlarini,   ko‘prik   va   yo‘llarni   buzib   o‘tadi.   Tuproqni
yuvib, jarliklarni hosil qiladi.
Shuning   uchun   sellarni   zararli   oqibatlarini   oldini   olish   va   soy   suvlaridan
oqilona   foydalanish   maqsadida   soylarda   kichik   suv   omborlarini   qurib,   bahorgi
suvni to‘plash va ulardan yozda ekin maydonlarini sug‘orishda foydalanish lozim.
Bulardan   tashqari   qishloq   xo‘jaligi   ekin   maydonlarini   sug‘orish   maqsadida   bir
necha,   jumladan   «Narpay»,   «Islom   Shoir»   kabi   kanallar   ham   barpo   etilgan.
Hududda yer osti suvlari ham notekis taqsimlangan. Yer osti  suvlarining harakati
tog‘oldidan   daryo   o‘zani   tomon   yo‘nalgan   bo‘lib,   daryo   qayirlarida   05-1   m
chuqurlikda yotsa, tog‘oldi hududlarida 15-20 m chuqurlikda yotadi.
1.6. Tuproq-o‘simlik qoplami va hayvonot dunyosi
Zirabuloq-Ziyovuddin   tog‘lari   va   tog‘oldi   tekisligining   tuproq   qoplami
hamma joyda ham bir xil emas. Ular joyning relefi, mikroiqlim namlanish darajasi,
14 o‘simlik qoplami va boshqa tuproq hosil bo‘lishi sharoitiga qarab o‘zgarib boradi.
Umuman   tuproqlarning   tarqalishida   balandlik   mintaqalari   katta   rol   o‘ynaydi.   Bu
yerda bo‘z tuproqlarning uch xili - och bo‘z, tipik bo‘z va to‘q bo‘z tuproqlar keng
tarqalgan.
Bo‘z   tuproqlarni   umumiy   xususiyati   shundan   iboratki,   ularni   hammasi
karbonatli   xususiyatga   ega   b o‘ ladi.   Bo‘z   tuproqlar   tarkibidagi   chirindi   miqdori
1-2   %   dan   4   %   gacha   bo‘ladi.   Och   tusli   bo‘z   tuproqlar   asosan,   Zirabuloq-
Ziyovuddin tog‘larining g‘arbiy chekkasidagi ancha pastroq bo‘lgan tekisliklarida
keng   tarqalgan.   Ular   yupqa   qumli   lyoss   jinslarida   va   yoyilma   konuslarning
allyuvial-prolyuvial   yotqiziqlarida   rivojlangan.   Tipik   b o‘ z   tuproqlar   Zirabuloq-
Ziyovuddin   to g‘ larining   past-baland   tog‘oldi   tekisliklarida   va   terrasali
tekisliklarida tarqalgan. Bu tuproqlarni hosil qiluvchi tog‘ jinslari asosan lyoss va
lyossimon suglinkali yotqiziqlar hisoblanadi.
To‘q   tusli   bo‘z   tuproqlar   Zirabuloq-Ziyovuddin   tog‘larining   800   m   dan
balandida joylashgan. To‘q tusli bo‘z tuproqlar tipik bo‘z tuproqlardan tarkibidagi
chirindi miqdorining ko‘pligi va chirindi qatlamining qalinligi bilan farq qiladi. Bu
tuproqlarda chirindi miqdori 3-4 % ni tashkil etadi.
Zarafshon daryosi qayirida o‘tloq va botqoq-o‘tloq kabi gidromorf tuproqlar keng
tarqalgan.
Zirabuloq-Ziyovuddin   tog‘lari   va   tog‘oldi   tekisliklarining   tabiiy   sharoiti
hamma joyda bir xil emasligi uning o‘simliklarini xilma-xil bo‘lishiga olib kelgan.
Cho‘l   o‘simlik   mintaqasiga   Zirabuloq-Ziyovuddin   tog‘oldi   tekisliklari   kiradi.
Cho‘l   mintaqasi   yozning   qurg‘oqchiligi   va   issiqligi   bilan   ajralib   turadi.   Bu   yerda
asosan   namsizlikka   chidamli   bo‘lgan   shuvoq,   yantoq,   juzg‘un,   iloq,   karrak,
oqquvray   kabi   kserofit   o‘simliklar   keng   tarqalgan.   Adir   mintaqasida   efemer   va
efemeroid o‘simliklardan rang, qo‘ng‘irbosh, yaltirbosh, oqquvray, lolaqizg‘aldoq,
yovvoyi   bug‘doy,   chalov,   betaga,   mingboshi,   qo‘ziquloq,   shirach   va   boshqa
o‘simliklar keng tarqalgan.
Daryo   qayiri   bo‘ylab   to‘qayzorlar   tarqalgan.   Bu   yerda   asosan   qizilmiya,
chuchukmiya,   ajriq,   turong‘il,   yulg‘un,   qamish,   jiyda,   tol   hamda   chirmoviqlar
15 o‘sadi.   Vohalarda   esa   madaniy   o‘simliklar   ekilib,   mevali   va   manzarali   bog‘lar
barpo etilgan.
Zirabuloq-Ziyovuddin tog‘lari va tog‘oldi  tekisliklari  hayvonot  dunyosi  ham
tabiiy   sharoitga   ko‘ra   hudud   bo‘ylab   turlicha   taqsimlangan.   Bu   yerlarda   cho‘l
(tekislik),   adir,   tog‘   va   to‘qay   hayvonlari   tarqalgan.   Hududda   kemiruvchilardan
yumronqoziq,   qum   sichqoni,   qo‘shoyoq,   sudralib   yuruvchilardan   ilon,   cho‘l
toshbaqasi,   O‘rta   Osiyo   kobrasi,   charxilon,   o‘qilon,   Turkiston   agamasi,   gekkon;
sutemizuvchilardan   bo‘ri,   tulki,   mushuk,   chiya   bo‘ri,   shog‘ol;   qushlardan
so‘fito‘rg‘ay, chumchuq, mayna, musicha, chittak, sassiqpopishak, qirg‘iy, kalkat,
yovvoyi kaptar, zag‘cha, qarg‘a, bedana va boshqa hayvon turlari keng tarqalgan.
Zirabuloq-Ziyovuddin tog‘lari va tog‘oldi tekisliklarining o’simlik dunyosi
16 II- BOB.   ZIRABULOQ-ZIYOVUDDIN TOG‘LARI VA TOG‘OLDI
TEKISLIK LANDSHAFTLARINI RAYONLASHTIRISH
2.1. Landshaft rayonlashtirish masalasi
Zirabuloq-Ziyovuddin   tog‘lari   va   tog‘oldi   tekislik   landshaftlarini
rayonlashtirish   masalasi   bilan   L.N.   Babushkin,   N.A.   Kogay   (1964),   N.A.
Gvozdetskiy   (1965),   A.A.   Abdulqosimov,   S.A.   Nishonov   (1966),   L.A.   Alibekov
(1982) va boshqalar shug‘ullangan.
L.N.   Babushkin   va   N.A.   Kogay   (1964)   O‘zbekistonni   tabiiy   geografik
rayonlashtirishda   O‘rta   Zarafshonni   okrug   deb   qarab,   uning   doirasida   biz   tadqiq
etgan regionni  Kattaqo‘rg‘on tabiiy geografik rayoni  deb ajratgan. Uning janubiy
qismini Qashqadaryo okrugiga kiritgan.
N.A.   Gvozdetskiy   (1965)   Samarqand   oblasti   hududini   landshaft
kartalashtirish   va   tabiiy   geografik   ra   yonlashtirish   masalasi   bilan   shug‘ullanib,
Zirabuloq-Ziyovuddin   tog‘lari   va   tog‘oldi   tekisliklarini   ikkita   tabiiy   geografik
rayonga   ajratgan:   1.   Kattaqo‘rg‘on   rayoni,   2.   Zirabuloq-Qarnobcho‘l   rayoni.   Har
qaysi   rayonga   landshat   tavsiloti   berilgan.   A.A.   Abdulqosimov   va   S.A.
Nishonovlarning   (1966)   ishida   ham   Zirabuloq-Ziyovuddin   tog‘lari   va   tog‘oldi
tekisliklari ikkita tabiiy geografik rayonga bo‘lingan: 
1. Zirabuloq-Qarnobcho‘l rayoni va 
2. Kattaqo‘rg‘on voha landshafti.
L.A.   Alibekov   (1982)   o‘zining   «Zarafshon   tog‘lari   va   tutash   tekisliklarining
landshaftlari  va yer  tiplari» (« Ландшафты   и   типы   земел   Зарафшанскf   горь   и
прилегаюшf   равнин »,   1982)   monografiyasida   12   ta   landshaftni   ajratgan,
shundan   6   tasi   Zirabuloq-Ziyovuddin   tog‘lari   va   tog‘oldi   tekisliklari   hududiga
to‘g‘ri   keladi.   Masalan,   Zirabuloq   past   tog‘   landshafti,   Kattaqo‘rg‘on   voha
landshafti, Qarnobcho‘l landshafti va boshqalar.
Zirabuloq-Ziyovuddin   tog‘lari   va   tog‘oldi   tekisliklarining   tabiiy   sharoitida
bo‘lgan   ichki   tafovutlarini   ochib   berish,   morfologik   birliklarini   ajratish,   ularning
sxematik   kartalarini   tuzish   va   kompleks   tavsifini   berish   uchun   landshaft
rayonlashtirishni   amalga   oshirish   maqsadga   muvofiqdir.   Landshaft
17 rayonlashtirishni   bajarishda   biz   tabiiy   geograflar   tomonidan   ishlab   chiqilgan
quyidagi printsiplarga va uslublarga asoslandik.
Tabiiy geografik rayonlashtirish printsiplari:
1.   Hududiy   yaxlitlik   printsipi.   Tabiiy   geografik   rayonlashtirish   regional
birliklarning eng muhim xususiyatlaridan biri - hudud jihatdan yaxlitligidir. Tabiiy
geografik   birliklar   -   o‘lka,   provintsiya,   okrug,   rayon   -   hudud   jihatdan   bir-biridan
ajralgan holda uchraydigan uchastkalardan tashkil topishi mumkin emas. Hududiy
yaxlitlik printsipi har bir regionning makonda takrorlanmasligiga, ularning xususiy
belgilariga   ega   ekanligiga   asoslanadi.   Yer   yuzida   regional   birliklarni   aynan
takrorlanish   holati   umuman   uchramaydi.   Tabiatda   ularning   faqatgina   bir-biriga
o‘xshashlari   uchrashi   mumkin.   Lekin   ular   ham   o‘zaro   o‘xshash   bo‘lishiga
qaramay,   bir-biridan   ajralgan   holda   joylashganligi   sababli   har   biri   mustaqil
regionni tashkil etadi.
Hududiy yaxlitlik printsipiga amal  qilmaslik  ayrim  hollarda bir-biridan uzoq
bo‘lgan, lekin o‘zaro o‘xshash hududlarni bitta regionga birlashtirishga olib keladi.
Masalan,   E.M.   Murzaev   (1953)   O‘rta   Osiyoni   tabiiy   geografik   rayonlashtirish
sxemasida   hudud   jihatdan   bir-biridan   ajralgan   holda   joylashgan   Amudaryo,
Sirdaryo,   Tajan   va   Murg‘ob   daryolarining   vodiy   va   deltalarini   bitta   geografik
oblastga   -   yirik   daryo   vodiylari   va   deltalari   oblastiga   birlashtiradi.   Vaholanki,
O‘rta   Osiyo   daryo   vodiylari   va   deltalarining   umumiy   yig‘indisi   regional
kompleksni emas, balki tipologik kompleksni tashkil etadi.
2. Genetik   yoki   rivojlanish   tarixi   birligi   printsipi.   Hududning   genetik   yoki
rivojlanish tarixi jihatdan bir xilligi kompleks tabiiy geografik rayonlashtirishning
muhim printsipi bo‘lib hisoblanadi va u rayonlashtirishning hamma bosqichlarida
asos qilib olinishi kerak.
Genetik   printsip   tabiiy   geografik   rayonlashtirish   amaliyotida   XIX   asrning
ikkinchi   yarimidan   beri   qo‘llanib   kelinadi.   Bu   printsipni   birinchi   bo‘lib,
F.I.   Ruprext   1866   yilda   Rossiya   qoratuproqli   dashtlarini   shimoliy   erratik   yoki   el
oblastiga va Orol-Kaspiy cho‘l oblastiga nisbatan paydo bo‘lishi, rivojlanish tarixi
18 nuqtai nazardan qadimiy ekanligini aytib o‘tgan va flora komplekslarining yoshiga
qarab Rossiyani floristik oblastlarga ajratgan edi.
Ayrim   geografilar   (N.A.   Solntsev)   genetik   printsip   deb   geologik-
geomorfologik   taraqqiyot   tarixi   bir   xil   bo‘lgan   hudud   birligini   tushunadilar.
Shunday   ekan   geografik   zona   provintsiya   yoki   rayonga   o‘xshash   hudud   jihatdan
geologik-geomorfologik   bir   xillikka   ega   emas.   Lekin   har   bir   zona   -   tayga,   dasht,
cho‘l   bir-biridan   nafaqat   landshaft   xususiyatlarining   tashqi   ko‘rinishi   bilan   farq
qilibgina qolmay, balki ular o‘zlarining landshat tipi sifatida vujudga kelish davri,
fauna va flora landshaft elementlarining tarkib topishi va taraqqiyot tarixining bir
xilligi   bilan   farq   qiladi.   Binobarin,   tabiiy   geografik   regionlarning   hamma
taksonomik birliklari - o‘lka, zona, provintsiya, rayon - tarkib topishi va taraqqiyot
tarixining bir xilligi bilan xarakterlanadi. Tabiiy geografik birliklarning genetik bir
xilligi   nisbiydir.   Aks   holda   o‘lkalarda   genetik   jihatdan   bir   xil   bo‘lgan   zonalarni,
yoki zonalarda genetik jihatdan bir xil bo‘lgan provintsiyalarni va provintsiyalarda
tabiiy geografik rayonlarni ajratish mumkin bo‘lmas edi.
3. Komplekslik   printsipi.   Tabiiy   geografik   rayonlashtirish   uchun   muhim
printsiplardan   biri   komplekslik   printsipidir.   Uning   mohiyati   shundaki,   tabiiy
geografik   rayon   lashtirishda   hudud   farqlarini   ochib   berish   uchun   landshaftning
bitta   yoki   bir   necha   yetakchi   komponentlari   e'tiborga   olinmasdan,   balki   ularning
hammasi  birgalikda nazarda tutilishi  kerak. Tabiiy geografik birliklarni  ajratishda
relef yoki iqlim komponentlari tahlil qilinibgina qolmasdan, balki tuproq, o‘ simlik,
hayvonot dunyosi,   grunt suvlari, tabiiy geografik   jarayonlar tahlil qilinib, ulardagi
o‘ xshashlik   yoki   farqlar   ham   aniqlanishi   va   e'tiborga   olinishi   kerak.   Anna
shundagina   tabiiy   geografik   rayonlashtirish   kompleks   rayonlashtirish   bo‘ladi   va
boshqa   tarmoqdagi   rayonlashtirishlardan   farq   qiladi.   Bu   printsip   A.A.   Grigorev
(1957)  tomonidan asoslangan.
4.   Nisbiy   bir   xillik   printsipi.   Nisbiy   bir   xillik   printsipi   ham   tabiiy   geografik
rayonashtirishda   boshqa   printsiplar   qatori   keng   qo‘llaniladi.   Har   qanday
rayonlashtirishda   Yer   yuzasini   bo‘laklarga   bo‘lishda   ularning   o‘xshashlik   va
19 tafovut xususiyatlan asos qilib olinadi. Ana shu bo‘laklar o‘xshash xususiyatlariga
qarab yaxlitlashtiriladi va tafovutlanga qarab bir-iridan ajratiladi va chegaralanadi.
Nisbiy bir xillik tabiiy geografik komplekslarning muqarrar xususiyatlaridan
biri   bo‘lib,   hamma   bajarilgan   tabiiy   geografik   rayonlashtirishlar   ana   shu   printsip
asosida   amalga   oshirilgan.   Ajratilgan   hududlaraing   o‘xshash   va   bir   xillik
xususiyatlarini amqlash rayonlashtirish bosqichlariga hamda tadqiqot masshtabiga
bog‘liq.
Geografik   komplekslarning   nisbiy   bir   xillik   xarakteri   rayonlashtirish
taksonomik   birliklar   tizimining   hamma   qatorlarida   ifodalanadi.   Shunga   asosan
yirik bir xil region nisbatan bir xil bo‘lgan o‘rtacha va kichik regionlarga bo‘linadi.
Nisbiy   bir   xillik   printsipining   asosiy   mohiyati   ham   ana   shundadir.   Bu   printsip
xo‘jalik   chora-tadbirlarini   ishlashda   va   ularni   boshqa   o‘xshash   geografik
komplekslarga ham tadbiq etishda katta amaliy ahamiyatga ega.
5.   Antropogen   printsip.   Tabiiy   geografik   rayonlashtirishda   boshqa
printsiplar   qatori   antropogen   printsipi   ham   o‘z   о 'rnini   topishi   kerak.   Bu
printsipning   mohiyati   shundaki,   yerning   landshaft   sferasida   sodir   bo‘layotgan
antropogen   o‘zgarishlarni   har   tomonlama   e'tiborga   olishdir.   U   tabiiy   geografik
rayonlashtirish   va   landshaft   tipologik  kartalashtirish   uchun  taalluqli   bo‘lib,   tabiiy
komplekslar bilan antropogen komplekslar o‘rtasidagi farqlarni ochib beradi.
Tabiiy   geografik   rayonlashtirishda   antropogen   printsipga   amal   qilish,   yer
landshaftlarida obektiv ravishda mavjud bo‘lgan antropogen komplekslar sharoitini
e'tirof   etishdir.   Binobarin,   landshaft   sferasining   rivojlanishida   tabiiy   jarayonlar
qatori antropogen manba ham katta rol o‘ynaydi. Hatto uning ta'sir doirasi yildan
yilga kuchayib bormoqda. Landshaft sferasi strukturasida antropogen komplekslar
geografiyasi kengayib, katta-katta hududlarni egallamoqda. Antropogen fatsiyalar,
antropogen   urochishalar,   antropogen   joy   tiplari   shakllanib   qolmasdan,   yirik-yirik
regionlar   ham   vujudga   keldi.   Masalan,   O‘rta   Osiyo   tog‘li   o‘lkasida   Farg‘ona   va
Samarqand   tog‘   oralig‘i   botiqlari   inson   xo‘jalik   faoliyati   tufayli   o‘zlashtirilgan
provintsiyalarga   aylandi.   Bu   provintsiyalarda   to‘liq   antropogen   landshaftlardan
tarkib   topgan   tabiiy   geografik   rayonlar   ham   mavjud.   Bunday   rayonlarga
20 Samarqand   va   Kattaqo‘rg‘on   voha   landshaftlarini   ko‘rsatish   mumkin.   Tabiiy
geografik   rayonlashtirishda   antropogen   printsipga   amal   qilish   hududuning
landshaft   strukturasiga   va   kategoriyasiga   oid   miqdor   ko‘rsatkichlardan   keng
foydalanishni taqozo etadi.
Tabiiy geografik rayonlashtirishning asosiy uslublari.
Tadqiqotchi geograflar hududlarni tabiiy geografik rayonlashtirishda yuqorida
izoh berib o‘tilgan printsiplardan tashqari turli xil uslublardan ham foydalanadi. Bu
uslublar   quyidagilardan   iborat:   1)   turli   xil   rayonlashtirish   kartalarini   bir-biriga
qiyoslash   uslubi,   2)   etakchi   omil   uslubi,   3)   landshaft-tipologik   komplekslari
kartalari   asosida   regional   birliklarni   aniqlash   uslubi,   4)   xarakterli   landshaft
komplekslarning   takrorlanish   uslubi,   5)   miqdoriy   tafsilot   uslubi,   6)   kartografiya
uslubi,   7)   tabiiy   geografik   rayonlashtirish   birliklarini   dalada   aniqlash   uslubi   va
boshqalar.
1. Turli xil rayonlashtirish kartalarini bir-biriga qiyoslash uslubi. Bu uslubning
mohiyati   shundan   iboratki,   turli   xildagi   rayonlashtirish   karta-sxemalanni
(geomorfologik,   gidrologik,   gidrogeologik,   geobotanik,   iqlimiy,   tuproq,
zoogeografik   va   h.k.)   bir-biri   bilan   mos   kelgan   yoki   yaqin   kelgan   chegaralar
geografik komplekslar chegarasi deb qabul qilinadi. Bu uslub o‘zining mazmuniga
ko‘ra   tabiiy   geografik   rayonlashtirishning   komplekslilik   printsipiga   asoslangan
bo‘lib,   unda   landshaft   komponentlarining   rayonlashtirish   sxemalari
umumlashtirilgan holda hisobga olinadi. Qiyoslash uslubi ko‘pchilik hollarda yirik
regionlarning   chegaralarini   aniqlashda   qo‘l   keladi.   U   hozirgi   paytda   asosiy
uslublardan hisoblanmasa ham, undan rayonlashtirishning tashqi ko‘rinishini oddiy
taqqoslash yo‘li bilan emas, balki tahliliy taqqoslash yo‘li bilan keng foydalanish
mumkin.
2. Yetakchi   omil   uslubi.   Tabiiy   geografik   rayonlashtirishda   yetakchi   omil
uslubi   eng   muhim   uslublardan   biri   hisoblanadi.   Yetakchi   omil   landshaft
kompleksining   boshqa   hamma   komponentlarini   xususiyatini   ma'lum   darajada
aniqlab   ham   beradi.   Bu   uslubning   rayonlashtirishdagi   ahamiyaiga   A.A.   Grigorev
(1946)   e'tibor   berib,   klassifikatsiyalash   shu   vaqtdagina   haqiqiy   ilmiy   bo‘la   oladi,
21 qachonki,   u   eng   muhim,   obektiv   yetakchi   jarayon   asosida   tuzilgan   bo‘lsa.   Uning
ikkinchi   nuqtai   nazari   shundan   iboratki,   tabiiy   geografik   rayonlashtirishning   turli
taksonomik   birliklarida  yetakchi   omil   o‘zgara   boradi.   Bu   fikrga  D.L.  Armand   va
F.N. Milkov ham amal qiladilar.
Har   qaysi   taksonomik   birlik   o‘zining   yetakchi   omili   yoki   boshqacha   qilib
aytganda   yetakchi   omillar   kompleksi   bilan   xarakterlanadi.   Masalan,   tabiiy
geografik o‘lkalarni  ajratishda hududning geologik-geomorfologik strukturasining
umumiyligi,   makroiqlim   jarayonlarining   birligi,   landshaftlarning   hududiy
taqsimlanishida   kenglik   zonallik   va   balandlik   mintaqalanishining   o‘ziga   xosligi,
provintsiyalarni   ajratishda   orografik   va   tektonik   omillar   bilan   birga   iqlimning
uzoqlik bo‘yicha farqlari e'tiborga olinadi. Demak, regional taksonomik o’lkalarni
ajratishda ularning har birini o‘ziga xos yetakchi omillar kompleksini tahlil qilish
va ularga asoslanish shart.
3.   Landshaft-tipologik   komplekslari   kartalari   asosida   regional   birliklarni
aniqlash uslubi. Bu uslub tabiiy geografik rayonlashtirishning yangi davridan keng
qo‘llanila   boshlandi.   U   o‘zining   yangiligiga   qaramasdan   tadqiqotchi   geograflar
tomonidan eng ishonchli va qulay uslub deb tan olingan. Yangi uslubning mohiyati
shundan   iboratki,   tabiiy   geografik   rayonlashtirish   ishini   amalga   oshirish   uchun
birinchi   navbatda   shu   hududning   landshaft-tipologik   komplekslari
kartasi   tuziladi.   Ana   shu   karta   asosida   tabiiy   geografik   birliklar   ajratiladi   va
ularning chegaralari o‘tkaziladi. Ma’lum darajada tipologik komplekslar yig‘indisi,
ular   egallab   olgan   maydon   va   komplekslarning   joylanishi   har   bir   regional
birlikning   ichki   mazmunini   va   strukturasini   belgilaydi,   hamda   bitta   regional
birlikni   ikkinchi   regional   birlikdan   ajratib   turuvchi   individual
xususiyatlarin va farqlarini ochib beradi. Bu uslubda geograflar Rus tekisligi, Ural,
Sharqiy   Karpat,   Kavkaz,   O‘rta   Osiyo,   Janubiy   Sibir   tog‘li   o‘lkalarini   tabiiy
geografik rayonlashtirishda keng foydalanganlar.
4. Xarakterli landshaft komplekslarining takrorlanish uslubi. Tabiiy geografik
rayonlashtirishda xarakterli landshaft komplekslarining takrorlanish uslubidan ham
foydalanish   maqsadga   muvofiqdir.   Bu   uslub   landshaft-tipologik   komplekslari
22 kartalari   asosida   regional   birliklarni   aniqlash   usubining   alohida   ko‘rinishidir.   Bu
uslubdan tabiiy geografik rayonlashtirishda foydalanish uchun rayonlashtiriladigan
hududning   landshaft   tipologik   komplekslari   -   fatsiya,   urochisha,   joy   va   ularning
tiplari   yaxshi   o‘rganilgan   hamda   kartalashtirilgan   bo‘lishi   kerak.   Rayonlarani   va
provintsiyalarni ajratishda xarakterli landshaft komplekslarining takrorlanishi asos
bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, F.N. Milkov (1961) Markaziy Qoratuproqli oblastlar
hududida   tabiiy   geografik   rayonlarni   ajatish   uchun   xarakterli   urochishalarning
takrorlanishi mezon sifatida qo‘lanadi. Umuman tabiiy geografik rayonlashtirishda
xarakterli   landshaft   komplekslarining   takrorlanish   uslubidan   foydalanish   uchun
tadqiq   etilayotgan   hudud   landshaft-tipologik   jihatdan   yaxshi   o‘rganilgan   bo‘lishi
kerak.
5. Miqdoriy tavsif uslubi. Tabiiy geografik rayonlashtirishda miqdoriy tavsif
uslubi ancha qadimdan beri qo‘llanib kelinadi. Lekin shunga qaramasdan bu uslub
hozirga   qadar   ham   to‘liq   ishlab   chiqilmagan.   Uning   mohiyati   shundaki,   tabiiy
geografik   rayonlashtirishda   landshaft   komponentlariga   va   tabiiy   hududiy
komplekslarga   tegishli   bo‘lgan   miqdoriy   ko‘rsatkichlarga   asoslanadi.   Tabiiy
geografik   rayonlashtirishda   turli   tarmoqdagi   miqdoriy   ko‘rsatkichlardan
foydalanish   mumkin.   Shulardan   eng   muhimi   landshaft   komplekslarining   asosiy
xususiyatlarini   aks   ettiradigan   va   ifodalaydigan   miqdoriy   ko‘rsatkichlardan
foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Masalan,   eng   yirik   tabiiy   geografik   rayonlashtirish   birliklarini,   ayniqsa,
mintaqalar   va   zonalarni   ajratishda   Yer   yuzasining   radiatsiya   balansi,   namlik
koeffitsienti, 10°c   dan yuqori barqaror harorat yig‘indisi va boshqalar eng muhim
ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Turli bosqichdagi tabiiy komplekslarni xo‘jalik jihatdan
baholashda hududning biologik hosildorligi ham (tuproq hosildorligi, o‘simlikning
yalpi   zahirasi,   biomassaning   yillik   o‘sishi   va   h.k.)   muhim   ko‘rsatkich   bo‘lishi
mumkin. Bundan tashqari landshaft-tipologik komplekslarning (fatsiya, urochisha,
joy   tiplari)   miqdoriy   ko‘rsatkichlari   ham   tabiiy   geografik   rayonlashtirishda   asos
bo‘lib xizmat qiladi.
23 6.Tabiiy geografik rayonlashtirish birliklarini dalada aniqlash uslubi. Hududni
tabiiy   geografik   rayonlashtirishdagi   eng   muhim   uslublardan   biri   ekspeditsiya
tadqiqot   ishlariga   amal   qilishdir.   Tabiiy   geografik   rayonlashtirish   maqsadida   olib
borilgan   dala   ishlari   paytida   joyning   o‘zida   tabiiy   geografik   rayonlar   sxemasi
belgilanadi,   ularning   morfologik   strukturasi   o‘rganiladi   va   noaniq   bo‘lgan   rayon
chegaralari aniqlanadi. Bu uslubdan tabiiy geografik rayonlashtirish muammolarini
hal   etishda   Rossiya   Fanlar   Akademiyasi   Geogafiya   instituti,   Moskva,   Sankt-
Peterburg, Voronej, Lvov, Toshkent va Samarqand davlat universitetlarining ilmiy
xodimlari muvaffaqiyatli foydalanganlar.
Quyida   F.N.   Milkov   (1966)   tomonidan   dalada   tabiiy   geografik   rayonni
o‘rganish uchun tuzilgan dasturni misol tariqasida keltiramiz:
1. Geografik   o‘rni,   maydoni   va   chegaralari.   Rayonning   yirik   regionlari   tabiiy
geografik   rayonlashtirish   sxemasida   tutgan   o‘rni.   Qaysi   landshaft   zonasiga   va
provintsiyasiga taalluqligi va ma'muriy bo‘linishi.
2. Landshat   komponentlarining   xususiyatlari   va   ularning   o‘zaro   aloqadorligi.
Landshaft   komponentlarini   (relefning   parchalanganligi,   mutloq   va   nisbiy
balandligi,   tog‘   jinslarining   tarkibi,   grunt   suvlarining   chuqurligi,   tuproq   va
o‘simlik   qoplamining   xarakteri   va   h.k.)   yaqin   joylashgan   tabiiy   geografik
rayonlarga nisbatan qiyosiy ravishda ta'riflash.
3. Morfologik strukturasi. Joyning tiplari (maydoni km 2
  va % hisobida, tarqalishi)
va ularni tashkil etuvchi urochishalar, dominant, xarakterli va noyob urochishalar.
Joy   tiplari   va   urochishalarning   rayon   o‘rtasida   va   chekka   polosalarida   joylanish
xarakteri. Rayon chegarasini morfologik asoslash.
4. Fasliy   ritmika .   Keng   ma ' noda   landshaft   « fenologiyasi »:   qishda   qor   to ‘ planish
jarayoni ,   geomorfologik   jarayonlarning   borishi ,   bahorda   organik   hayotning
rivojlanishi ,  yoz   faslining   xususiyati ,  yilning   iliq   davridan   sovuq   davrga   o ‘ tishi   va
h . k .
5. Rayonning   to‘rtlamchi   davrga   qadar   va   to‘rtlamchi   davrdagi   taraqqiyot
tarixi. Landshaftning hozirgi taraqqiyotidagi kuzatilayotgan tendentsiyalar (erozion
24 jarayonning o‘sishi yoki susayishi, tuproq sho‘rlanishining oshishi yoki kamayishi
va h.x.).
6. Rayon   landshaftiga   insonning   ta'siri.   Rayonda   aholining   o‘rganish   tarixi   bilan
hududining   xo‘jalik   o‘zlashtiilishi.   Landshaft   komponentlariga   insonning   ta'sir
etishi   (tuproqni   madaniylashtirish   darajasi,   haydalish   foizi,   ekilgan   daraxtlarning
yoshi   va   holati,   ovlanadigan   hayvonlarning   qadimgi   va   hozirgi   geografiyasi,
iqlimlashtirilgan   hayvonlarga   misollar).   Antropogen   urochishalar.   Ekin
maydonlarining strukturasi va ekinlarning hosildorligi to‘g‘risida ma'lumotlar.
7. Tabiiy   resurslarni   umumiy   baholash.   Hududni   tashkillashtirish   bo‘yicha
tavsiyalar.   Tabiatni   muhofaza   qilish   masalalari.   Oromgoh   joylar   va   turizmni
rivojlantirish imkoniyatlari.
Bunday   mezonlar   Zirabuloq-Ziyovuddin   tog‘lari   va   tog‘oldi   tekisliklari
doirasida quyidagi landshaftlarni ajratishga imkon berdi:
1. Zirabuloq past tog‘lar landshafti.
2. Ziyovuddin past tog‘lar landshafti.
3. Oqtosh tog‘oldi tekislik landshafti.
4. Malikcho‘l tog‘oldi tekislik landshafti.
5. Qarnobcho‘l tog‘oldi tekislik landshafti.
6. Allyuvial terrasa voha landshafti.
Ajratilgan   landshaftlarning   morfologik   strukturasi   birmuncha   murakkab
tuzilgan   bo ‘ lib ,   ular   o ‘ ziga   xos   va   xarakterli   landshaft   yaruslaridan ,   joy   tiplaridan
va   urochishalardan   tarkib   topgan
2.2.   Zirabuloq   past   tog‘   landshafti
Zirabuloq past tog‘ landshafti Zarafshon tizmasining g‘arbiy davomi bo‘lib, u
sharqda   Jom   cho‘li   va   Ulus   tog‘oralig‘i   to‘lqinsimon   tekisligi   bilan,   janubda
Qarnob cho‘li, shimolda shimoliy Zirabuloq tog‘oldi tekisligi bilan chegaralangan.
Uning   umumiy   maydoni   838   km,   mutloq   balandligi   550   m   dan   1120   m   gacha
o‘zgarib   boradi.   U   antiklinal   tektonik   ko‘tarilma   bo‘lib,   Zarafshon
megaantiklinoriyasining shimoli-g‘arbiy davomi hisoblanadi.
25 Zirabuloq   past   tog‘   landshaftining   litogen   asosini   quyi   silurning   qumoq-
slanetsli  yotqiziqlari  tashkil  etadi.  Ular  past  tog‘ning shimoliy  va shimoli-g‘arbiy
qismlarida   keng   tarqalgan   bo‘lib,   kenglik   yo‘nalishida   ikki   polosa   hosil   qilib
cho‘zilgan.   Bu   yotqiziqlar   Sipki   qishlog‘imng   g‘arbiy   va   shimoliy   qismida   tor
polosa shaklida uchraydi. Yuqori silur yotqiziqlari ham keng tarqalgan bo‘lib, ular
asosan ohaktoshlardan iborat. Bu yotqiziqlar kenglik bo‘ylab cho‘zilib, past qoyali
tizmalar   hosil   qiladi.   Landshaftning   silur   yutqiziqlarini     ko‘pchilik   joylarda
intruziv   jinslar   yorib   chiqqan.   Ular   landshaftning   markaziy   qismida   granitlardan
tarkib topgan plato hosil qiladi.
Zirabuloq   past   tog‘   landshaftlari   doirasida   bo‘r-uchlamchi   davr   yotqiziqlari
ham   keng   tarqalgan.   Bular   konglomeratlardan,   qumtoshlardan,   ohaktoshlardan,
gipslashgan   va   dolomitlashgan   ohaktoshlardan,   gillardan   va   qumlardan   tashkil
topgan. Bu yotqiziqlar past tog‘ massivining tevarak-atrofini tor polosa hosil qilib
o‘rab   olgan.   Ular   ko‘pincha   tepaliksimon   tog‘oldi   zonasini   hosil   qiladi.   Mavjud
bo‘lgan past tizmalar janubi-sharqdan shimoli-g‘arb tomon yo‘nalgan, quruq daryo
va soy vodiylari bilan kesilgan.
Zirabuloq past tog‘ landshaftining shimoliy va shimoli-g‘arbiy yon bag‘irlari
qiya   tog‘oldi   tekislik   hosil   qilib,   Zarafshon   daryosi   vodiysi   bilan   tutashib   ketadi.
Janubiy   va   janubi-g‘arbiy   yon   bag‘ri   Qarnobcho‘l   tog‘oldi   tekisligidan   tik
ko‘tarilib turadi. Landshaft hududida daryo to‘ri uncha qalin emas. Ular ko‘pincha
bo‘ylama   va   ko‘ndalang   yo‘nalgan  vodiylar   hosil   qilib   joylashgan.   Dairatut,   Tim
va   Sepki   soy   vodiylari   ko‘ndalang   va   chuqur   kesilgan   vodiy   hosil   qilgan.
Bo‘ylama vodiylar esa ko‘pincha kenglik bo‘ylab cho‘zilgan. Bunga Tim soyining
chap   irmog‘i   va   Sepki   soyining   o‘ng   irmog‘i   bo‘lgan   Devonasoy   va   Kattasoylar
misol bo‘la oladi.
Past   tog‘   landshaftining   iqlimi   quruq   kontinental   iqlim.   Bunga   sabab
Zirabuloq   tog‘   massivining   gipsometrik   jihatdan   past   bo‘lishi   va   Turon   past
tekisligi cho‘liga yaqin joylashganligidir. 
26 Zirabuloq tog’oldi tekisliklaridan yaylov sifatida foydalanish
27 Bu erda o‘rtacha  yillik yog‘in miqdori      350 mm  dan oshmaydi.  Shu tufayli
landshaft hududida doimiy oqadigan daryo va soylar uchramaydi. Faqatgina bahor
oylarida   oqib,   keyinchalik   qurib   qoladigan   daryo   va   soylar   mavjud.   Bularga
Timsoy, Sepkisoy, Dairautsoy va Kattasoylar misol bo‘la oladi.
Landshaftning tuproq qoplamida kuchli yuvilgan, skeletli tipik bo‘z tuproqlar
hukmronlik   qiladi.   Ularning   tarkibida   chinndilar   kam   uchraydi   (0,8-1,2   %).
Tog‘ning balandroq qismida esa qoramtir bo‘z tuproqlar uchraydi. Bu tuproqlarda
gumus   qatlami   yaxshi   ifodalangan,   qoramtir   ranga   ega,   lekin   chirindiga
kambag‘alroq va kuchli karbonatlashgan.
Landshaftning   morfologik   strukturasida   granitlardan   tashkil   topgan
platosimon   yuzaga   ega   bo‘lgan   joy   tipi,   ohaktoshlarda   rivojlangan   efemer-buta
formatsiyali chala cho‘l joy tipi va slanetslarda shakllangan efemer-efemeroid-buta
o‘simlikli chala cho‘l joy tipi asosiy o‘rin egallaydi.
2.3. Kattaqo‘rg‘on voha iandshafti
Vohaning   landshaft   tavsifi .     Zarafshon   botig‘ining   g‘arbiy   qismini   egallab
olgan   Kattaqo‘rg‘on   voha   landshafti   Samarqand   voha   landshaftidan   geologik-
geomorfologik   tuzilishi,   gipsometrik   joylashishi,   agroiqlim   sharoiti,   antropogen
suv inshootlarining gidrologik rejimi, suv ombori va voha landshaftlarining o‘zaro
paradinamik   aloqadorligi   hamda   boshqa   zonal-regional   xususiyatlari   bilan   farq
qiladi.
Kattaqo‘rg‘on   vohasi   shimolda   Oqto g‘   tizmasi,   janubda   Zirabuloq-
Ziyovuddin   past   tog‘   etaklari,   g‘arbda   Navoiy   vohasi   va   sharqda   Samarqand
vohasi   bilan   chegaradosh.   Uning   umumiy   maydoni   2174   km 2
  ni   tashkil   etadi.
Hududining   dengiz   sathidan   o‘rtacha   balandligi   350-500   m   ga   teng
(Abdulqosimov, Abduraxmonova, 1998). O‘rta Osiyo va O‘zbekiston regionlarini
landshaft   rayonlashtirishda   Kattaqo‘rg‘on   va   Samarqand   vohalari   alohida-alohida
mustaqil   tabiiy   geografik   rayon   sifatida   ajratiladi   (Babushkin,   Kogay,   1964;
Gvozdetskiy,   1965;   Abdulqosimov,   1983;   Alibekov,   1982;   Saidov,   1972).
Kattaqo‘rg‘on   voha   geosistemasi   hududiy   jihatdan   Zarafshon   botig‘ining   g‘arbiy
28 tarkibiy   qismi   bo‘lgan   Kattaqo‘rg‘on   geosinklinal   bukilmasiga   to‘g‘ri   keladi.
Bukilma   poydevorining   eng   pastki   qismi   2600-3000   m   chuqurlikda   joylashgan
bo‘lib,   neogen   va   antropogen   davrlarining   yotqiziqlari   bilan   to‘lgan.   Uning   yuza
qismini   hozirgi   zamon   allyuvial,   allyuvial-prolyuvial,   lyoss   va   lyossimon   jinslar
qoplab   olgan.   Allyuvial   yotqiziqlarning   qalinligi   A.   I.   Shevchenkoning   (1961)
ma'lumoti   bo‘yicha   vohaning   sharqiy   qayir   qismida   20-30   m   ni,   qayir   usti   terra-
salarida   110-118   m   ni   tashkil   etadi.   Voha   hududida   g‘arbdan-sharqqa   tomon
shag‘al   toshlar   yaxshi   silliqlanib   maydalashib,   qumoq   jinslar   kamayib,   gilli
yotqiziqlar qalinlashib boradi.
Kattaqo‘rg‘on   vohasining   yer   usti   tuzilishi   ancha   murakkab.   Uning   relef
shakllari   Oqdaryo,   Qoradaryo   va   Zarafshon   daryolarining   qayirlaridan,   qayir   usti
terrasalaridan   va   tog‘oldi   prolyuvial   tekisliklardan   tarkib   topgan.   Bu   relef
shakllaridan   daryo   qayirlari   voha   hududini   kenglik   yo‘nalishda   kesib   olib,   uning
eng   past   joyi   ham   hisoblanadi.   Daryo   qayirlandan   shimolda   va   janubda   unga
parallel   ravishda   allyuvial-shag‘al   yotqiziqlardan   tuzilgan   qayir   usti   terrasalari
sharqdan-g‘arbga  tomon cho‘zilgan.  Qayir   usti   terrasalari   tekis  relef   shakliga  ega
bo‘lsada   ularning  yuzasini   umumiy nishabligi   uncha  sezilarli   bo‘lmagan  darajada
daryo   o‘zani   tomon   pasayib   boradi.   Bu   esa   grunt   suvlarining   tabiiy
harakatlanishiga   va   tuproqlarning   tarkibidagi   sho‘rlanish   jarayonini   kamayishiga
qulaylik   yaratadi.   Oqdaryo   bilan   Qoradaryo   oralig‘ida   allyuvial   kelib   chiqishga
(genezisga)   ega   bo‘lgan   qayir   usti   terrasali   Miyonqol   oroli   joylashgan.   Uning
g‘arbiy qismi Kattaqo‘rg‘on voha landshafti tarkibiga kiradi.
Zarafshonning   chap   qirg‘og‘idagi   qayir   usti   terrasalariga   parallel   ravishda
Zirabuloq-Ziyovuddin   tog‘   massivlarining   tog‘oldi   prolyuvial   tekisliklari
cho‘zilgan. Ular yuqori antropogenning maydalangan toshlari-dan tarkib topgan va
ustidan   lyossimon   jinslar   bilan   qoplangan.   Yuzasi   eroziya   tufayli   kuchli
parchalangan. Qiya tekislikning yuzasi bir qator yirik botiqsimon pastqamliklardan
birida   Kattaqo‘rg‘on   suv   ombori   barpo   etil-gan.   Zarafshonning   o‘ng   qirg‘og‘ida
Oqtog‘ning   janubiy   yonbag‘iri   yetaklanda   yastanib   yotgan   o‘rta   antropogenning
prolyuvial   yotqiziqlaridan   tashkil   topgan   tog‘oldi   qiya   tekisligi   sharqdan-g‘arbga
29 tomon cho‘zilib, vaqtincha suv oqimiga ega bo‘lgan soy vodiylari va jarliklar bilan
kesilgan.
Kattaqo‘rg‘on   vohasining   iqlimi   Samarqand   vohasining   iqlimidan   tabiiy
namlanish   miqdorining   kamligi,   iqlimining   nisbatan   keskin   kontinentalligi,
qishining sovuqligi va yozining issiqligi, tog‘ yonbag‘irlaridan oqib keladigan soy
suvlarining   kamligi   bilan   farq   qiladi.   L.N.Babushkin   va   N.A.Kogaylar   (1964)
Kattaqo‘rg‘on vohasida iqlim sharoitining uchta xususiyatini farqlaydilar.
Iqlim   sharoitining   farq   qiluvchi   birinchi   xususiyati   shundan   iboratki,   voha
hududi Zarafshon botig‘ining gipsometrik jihatdan eng past qismini egallab olgan.
Bunday holat agrolandshaftlarni atmosfera yog‘inlari bilan tabiiy namlanishiga va
tuproqlarda   to‘planadigan   namlik   zahirasiga   sezilarli   darajada   ta'sir   ko‘rsatadi.
Vohaning   g‘arbiy   qismida,   Zarafshon   vodiysining   pasaygan   joylarida   yiliga
o‘rtacha 180-200 mm miqdorda yog‘in tushadi. Janubda, daryo terrasalari ustidan
ko‘tarilib   turgan   tog‘oldi   prolyuvial   tekisliklarda   yog‘in   miqdori   bir   oz   oshib
260-280 mm ni tashkil etadi. Bu erda tabiiy namlanish nisbatan yaxshi bo‘lganligi
sababli   tuproqlardagi   namlik   zahirasining   to‘liq   sarflanishi   may   oyining   birinchi
yarmida kuzatilsa, bu jarayon vohaning vodiy qismida aprelning oxirlariga to‘g‘ri
keladi.
Kattaqo‘rg‘on   vohasining   iqlim   sharoitini   ikkinchi   farq   qiladigan   xususiyati
yilning   issiq   paytlarida   madaniy   o‘simliklarning   vegetatsiya   davri   uchun   zarur
bo‘lgan   termik   resurslarga   boyligi   bilan   belgilanadi.   Bu   yerda   o‘rtacha   sutkalik
ijobiy   haroratning   +10 °c   dan   yuqori   bo‘lgan   yig‘indisi   4300-4600 °c   ni   tashkil
etadi.   Bunday   miqdordagi   termik   resurslar   turli   xil   qishloq   x o‘ jalik   ekinlarini
o‘ sishiga   va   pishib etilishiga imkon beradi. Havoning o‘rtacha yillik harorati 13 °c
ga teng. Yanvaming o‘rtacha harorati -1,9 °c  ni, iyulniki esa 27,2 °c   ni tashkil etadi.
Mutloq minimal harorat -35 °c   ga va maksimal harorat 44 °c   ga teng. Vegetatsiyali
qish 53% dan oshadi.
Iqlim   sharoitining   uchinchi   xususiyati   qishloq   xo‘jalik   ekinlariga   zarar
keltiruvchi   garmsel   hodisalarining   tez-tez   takrorlanib   turishidir.   Yoz   paytlarida
30 garmsel  shamollarining takrorlanishi  18-20 kunga yetadi  va ayrim  yillarda undan
ham oshadi.
Kattaqo‘rg‘on   vohasining   agrolandshaftlari   Zarafshon   daryosi   va   uning
irmoqlarini suvi bilan sug‘oriladi. Vegetatsiya davrida voha agrolandshaftlarini suv
bilan   ta'minlashda   Miyonqol-Xatirchi   (uzunligi   36   km,   suv   sarfi   50   m 3
/sek)   va
Narpay   (uzunligi   90   km,   suv   sarfi   46,4   m 3
/sek)   magistral   kanallari   katta   rol
o‘ynaydi. Bu kanallar 62 ming gektardan ziyod erai suv bilan to‘liq ta'minlaydi.
Kattaqo‘rg‘on   voha   landshafti   Samarqand   voha   landshaftidan   yer   osti
suvlariga   boyligi   va   ularning   minerallashganligi   bilan   farq   qiladi.   Grunt
suvlarining   chuqurligi   2   m   dan   10-12   m   gacha   o‘zgarib   boradi.   Ayrim   pastqam
joylarda ularning chuqurligi 1-2 m ni tashkil etadi. Daryo qayirlarida grunt suvlari
0,5-1   m   chuqurlikda   joylashgan   bo‘lib,   agrolandshaftlarning   tuproq   qoplamini
tabiiy   namlanishga,   o‘tloq,   botqoq-o‘tloq   va   botqoq   tuproqlarning   shakllanish
jarayoniga   muhim   ta'sir   ko‘rsa-tadi.   Daryo   qayirlarida   grunt   suvlarining   yer
yuzasiga buloqlar sifatida sizib chiqish hodisalari  ham uchraydi. Binobarin, grunt
suvlarining makondagi tabaqalanishi va suv sathining chuqurlik bo‘ylab o‘zgarishi
voha hududining geomorfologik tuzilishi bilan uzviy bog‘liq. Shuning uchun grunt
suvlarining   sathi   daryo   qayirlarida   0,5-1   m   dan   qayir   usti   terrasalarida   1-2   m
gacha, tog‘oldi prolyuvial tekisliklarida 3-10 m gacha pasayib boradi.
Vohaning   grunt   suvlari   bir   oz   minerallashgan.   Suvning   minerallashish
darajasi   ikki   yo‘nalishda   ortib   boradi:   birinchi   yo‘nalishi   tog‘oldi   qiya
tekisliklaridan   Zarafshon   vodiysi   tomon   va   ikkinchi   yo‘nalishi   sharqdan   g‘arbga
tomon   oqim   bo‘ylab.   Vohaning   sharqiy   qismida   grunt   suvlarining   oqimi   uchun
relef sharoiti ancha qulay. Chunki tekislik yuzasining qiyaligi birmuncha sezilarli
bo‘lganligi sababli mineral tuzlarning to‘planib qolishiga imkon bermaydi. G‘arbiy
qismida   esa   aksincha,   Malik   cho‘li   tekisligidagi   braxiantiklinal   tektonik
ko‘tarilmasi   tufayli   grunt   suvlarining   harakati   bir   oz   sekinlashadi   va   turli   xil
mineral tuzlarning to‘planishiga imkon yaratadi. Kam harakatdagi minerallashgan
grunt   suvlari   cho‘l   iqlim   sharoitida   kuchli   bug‘lanib,   agrolandshaftlarning   tuproq
31 qoplamini   sho‘rlanishiga   sabab   bo‘ladi.   Bu   vohaning   grunt   suvlari   va   tuproqlari
suvda tez eriydigan sulfat va xlorid tuzlar bilan sho‘rlangan.
Kattaqo‘rg‘on   voha   landshaftining   tuproq   qoplami   xilma-xil.   Bu   yerda
asosan   sug‘oriladigan   o‘tloq,   sug‘oriladigan   o‘tloq-botqoq   va   sug‘oriladigan   och
rush   va   tipik   bo‘z   tuproqlar   hukmronlik   qiladi.   Baland   qayirlarda   va   qayir   usti
terrasalarda   kam   sh o‘ rlangan   o‘ rta   va   o g‘ ir   suglinkali   sug‘oriladigan   O‘ tloq
tuproqlar,   o‘rtacha   sh o‘ rlangan   engil   suglinkali   su g‘ oriladigan   botqoq-o ‘ 1oq
tuproqlar   keng   tarqalgan.   O‘rta   va   quyi   qayirlarning   katta   maydoni   o‘rtacha
sho‘rlangan   gilli   va   og‘ir   suglinkali   sug‘oriladigan   botqoq-o‘tloq   tuproqlari   bilan
band.   Qayirlarning   o‘zlashtirilmagan   qo‘riq   va   bo‘z   erlarida   tarkibida   3,2-4,2%
chirindi   bo‘lgan   o‘tloq   va   o‘tloq-botqoq   tuproqlar   uchraydi.   Madaniylashtirilgan
tog‘oldi   tekisliklarining   tuproq   qoplami   qalin   lyoss   va   lyossimon   jinslar   ustida
rivojlangan sug‘oriladigan och tusli va tipik bo‘z tuproqlardan iborat.
Vohaning mahalliy tabiiy geografik sharoitidan kelib chiqqan holda qishloq
xo‘jaligida   erdan   foydalanish   strukturasi   ham   aniq   belgilangan.   Bu
Z.M.Akramovning   (1961)   "Samarqand   va   Buxoro   oblastlarining   qishloq   xo‘jalik
geografiyasi"   monografiyasida   o‘z   ifodasini   topgan.   Vohaning   sug‘oriladigan
zonalaridagi   agrolandshaftlar   tizimining   strukturasi   paxta   plantatsiyalari,
bog‘dorchilik,   uzumchilik,   donchilik   va   polizchilik   xo‘jaliklaridan   tarkib   topgan.
Bular   Samarqand   voha   agrolandshaftlariga   o‘xshash   madaniy   o‘simliklar
qoplamining asosini tashkil etadi.
Voha   landshaftining   morfologik   strukturasi .   Kattaqo‘rg‘on   voha
landshaftining   kompleks   tahlili   shuni   ko‘rsatadiki,   u   o‘zining   tabiiy   geografik
sharoiti   va   geokomplekslarining   makondagi   farqlanish   xarakte-riga   ko‘ra   xilma-
xildir. Vohaning landshaft strukturasi bir-biridan muayyan chegaralar bilan ajralib
turgan uchta voha joy tipidan tashkil topgan. Bular qayir voha (maydoni 618 km 2
),
qayir   usti   terrasali   voha   (1100   km 2
)   va   tog‘oldi   tekislik   voha   (456   km 2
)   joy
tiplaridir   (Abdulqosimov,   Abduraxmonova,   1998).   Har   qaysi   joy   tipi   va   uning
morfologik   strukturasi   mustaqil   chegaraga   ega   bo‘lgan   va   qo‘shni
geokomplekslardan   o‘zining   individual   xususiyatlari   bilan   ajralib   turgan
32 urochishalar majmuasidan tuzilgan. Quyida har bir voha joy tipiga alohida-alohida
izoh berib o‘tamiz.
Qayir   voha   joy   tipi.   Kattaqo‘rg‘on   vohasi   hududidagi   qayir   voha   joy   tipi
daryo   bo‘ylab   300-500   m   dan   800-1000   m   gacha   bo‘lgan   keng   maydonni   hosil
qilib   sharqdan   g‘arbga   tomon   cho‘zilgan.   Litologik   tarkibi   shag‘al,   qum,   mayda
zarrachali   gil   va   qumoq   jinslardan   iborat.   Qayirlarning   yuzasi   allyuvial   tekislik
relef   shakliga   ega.   Grunt   suvlari   asosan   gorizontal   almashinish   xarakteriga   ega
bo‘lib,   yer   yuzasiga   juda   yaqin   joylashgan,   ayrim   uchastkalarda   hatto   buloqlar
sifatida yuzaga sizib chiqqan. Shu boisdan gidromorf tupoqlar yaxshi rivojlangan
va gidrofit  o‘simliklarning shakllanishi  uchun qulay sharoitlar  mavjud. Qayirdagi
sug‘oriladigan   o‘tloq,   botqoq-o‘tloq   va   botqoq   tuproqlar   kam   va   o‘rtacha
sho‘rlangan, ular paxta, don va sabzavot ekinlari bilan band. Bu erdagi manzarali
daraxtzorlar, irrigatsiya shaxobchalari, tutzorlar, mevali bog‘lar voha landshaftlari
manzarasiga alohida jozibali go‘zallik baxsh etadi.
Qayir   voha   joy   tipining   xarakterli   urochishalari .   Kattaqo‘rg‘on   vohasi
hududidagi   qayir   voha   joy   tipining   morfologik   strukturasi   Samarqand   voha
landshaftidagi   kabi   murakkab   tuzilgan   tarixiy   genetik   hosiladir.   Uning   larkibiy
qismlarini   tashkil   etuvchi   antropogen   urochishalarning   xarakteri   va   xususiyatlari
qayirning   quyi,   o‘rta   va   yuqori   uchastkalarida   asta-sekin   o‘zgarib,   bir-biri   bilan
almashinib boradi.
Tajriba   kuzatuv   uchastkalarida   olib   borilgan   dala   tadqiqot   ishlari   shuni
ko‘rsatadiki,   qayirning   quyi   qismida   ko‘pincha   sug‘oriladigan   kam   sho‘rlangan
botqoq   tuproqli   vohalar,   sug‘oriladigan   o‘rtacha   sho‘rlangan   botqoq   tuproqli
vohalar,   o‘rta   qismida   sug‘oriladigan   kam   sho‘rlangan   botqoq-o‘tloq   tuproqli
vohalar,   sug‘oriladigan   o‘rtacha   sho‘rlangan   botqoq-o‘tloq   tuproqli   vohalar   va
yuqori qismida kuchli madaniylashtirilgan kam sho‘rlangan o‘tloq tuproqli vohalar
kabi antropogen urochishalar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Voha   hududidagi   qayirlarda   antropogen   urochishalardan   tashqari
degradatsiyalashgan   va   dastlabki   qiyofasini   yo‘qotgan   to‘qay   landshaft
komplekslari   ham   uchraydi.   Bular   past   qayirdagi   botqoqlangan   erlarai   qoplab
33 olgan   qiyoq-qamishzor   formatsiyali   to‘qaylar,   sho‘rlangan   o‘tloq   tuproq-larni
qoplab olgan ajriq-yulg‘unli to‘qaylar, allyuvial tuproqlarda rivoj-langan shumtol-
jiyda-chakandali   to‘qaylar,   baland   qayirdagi   tol-turang‘il   formatsiyali   to‘qaylar,
past qayirdagi shag‘al toshlar kompleksi kabi urochishalardir.
Shuni   ta'kidlash   lozimki,   bu   regiondagi   to‘qay   landshaft   sistemalari   yildan
yilga   antropogen   omil   ta'sirida   degradatsiyalashib,   ularning   maydoni   keskin
qisqarib   bormoqda   va   to‘qayzorlar   o‘rnini   qishloq   xo‘jalik   geokomplekslari
egallamoqda.   Shuning   uchun   ham   to‘qayzorlarning   tarixiy   shakllangan   ekologik
muhit   mexanizmiga   salbiy   ta'sir   ko‘rsatmaslikni   va   ularni   noyob   landshaftlar
qatorida muhofaza qilishni taqozo etadi.
Qayir   usti   terrasali   voha   joy   tipi.   Bu   landshaft   tipologik   kompleks
Zarafshon,   Oqdaryo   va   Qoradaryolarning   birinchi   va   ikkinchi   qayir   usti
terrasalaridan   tarkib   topgan.   Birinchi   terrasa   qayir   ustidan   0,5-2   m   ko‘tarilgan,
kengligi   2-4   km   atrofida   bo‘lib,   g‘arbga   Hazar   yo‘lagi   tomon   torayib   boradi.
Ikkinchi   terrasa   tik   pog‘ona   hosil   qilib   birinchi   terrasa   ustidan   2-4   m   gacha
ko‘tarilgan,   kengligi   5-6   km   ga   boradi.   Terrasalami   yuzasi   tekis,   jar   va   soyliklar
bilan kesilgan, daryo tomon pasayib boradi.
Terrasalarning   asosini   ancha   chuqurlikda   joylashgan   shag‘al   va   qum
yotqiziqlari   tashkil   etadi,   ularning   yuzasini   gil   va   qumoq   jinslar   qoplab   olgan.
Terrasalarning   katta   maydoni   inson   xo‘jalik   faoliyati   ta'sirida   o‘zgargan.
O‘zlashtirilgan   yerlar   asosan   sug‘orma   dehqonchilikda   keng   foyda-laniladi.
Qishloq xo‘jaligida paxtachilik, donchilik va bog‘dorchilik etakchi rol o‘ynaydi.
Qayir   usti   terrasalarida   sug‘orma   dehqonchilik   qadimdan   rivojlangan.
Shuning   uchun   agrolandshaftlarni   tuproq   qoplamida   1,5-2   m   qalinlikdagi
agroirrigatsion   yotqiziqlar   vujudga   kelgan.   Bu   yerda   sug‘oriladigan   kam   va
o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloq, botqoq-o‘tloq va sug‘oriladigan o‘tloq-bo‘z tuproqlar
bilan   bir   qatorda   ayrim   uchastkalarda   saqlanib   qolgan   qo‘nq   va   bo‘z   erlarda
sho‘rxok   o‘tloq   va   sho‘rxok   o‘tloq-botqoq   tuproq   xillari   ham   uchraydi.
Soyliklardagi   sho‘rxok   o‘tloq   tuproqlarda   tabiiy   o‘simliklarning   qora   ajriq   va
sho‘ra   formatsiyalari   keng   tarqalgan.   Bunday   holat   qayir   usti   terrasali   voha   joy
34 tipining   morfologik   strukturasini   murakkab   va   tarkibiy   qismlarini   rang-barang
bo‘lishiga olib kelgan.
Qayir   usti   terrasali   joy   tipining   xarakterli   urochishalari.   Qayir   usti
terrasalarida   shakllangan   voha   geosistemalarining   quyi   morfologik   birliklari
sug‘oriladigan o‘tloq-bo‘z tuproqli vohalar, sug‘oriladigan o‘tloq tuproqli vohalar,
sug‘oriladigan   kam   sho‘rlangan   o‘tloq   tuproqli   vohalar,   sug‘oriladigan   karbonat-
magniyli   o‘tloq   tuproqli   vohalar,   allyuvial-prolyuvial   yotqiziqlarda
madaniylashtirilgan   og‘ir   soz   tipik   bo‘z   tuproqli   vohalar,   sug‘oriladigan   botqoq-
o‘tloq tuproqli vohalar, o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloq tuproqlardagi ikkilamchi ajriq-
qiyoqli o‘tloq-zorlar kabi antropogen urochishalardan iborat.
Tog‘oldi   tekislik   voha   joy   tipi.   Tog‘oldi   tekislik   voha   landshaft   tipologik
kompleksi   Kattaqo‘rg‘on   vohasining   shimoliy   va   janubiy   qism-larida   joylashgan
va   daryo   vodiysining   o‘ng   hamda   chap   qirg‘oqlari   bo‘ylab   sharqdan   g‘arbga
tomon   keng   yo‘lak   hosil   qilib   cho‘zilgan.   Bu   yo‘lak   vohaning   janubiy   qismida
Ulus,   Oqtosh   va   Malikcho‘l   tog‘oldi   prolyuvial-allyuvial   tekisliklarini   o‘z   ichiga
oladi.   Ularning   dengiz   sathidan   baland-ligi   g‘arbdan   sharqqa   tomon   280-300   m
dan    600-680 m gacha o‘zgarib boradi.
Tog‘oldi prolyuvial tekisliklarning asosini neogen va antropogen davrlarning
katta qalinlikdagi uvoq jinslari tashkil etadi. Ularning yuqori yuza qatlami qalinligi
2-3 m gacha bo‘lgan qumoq, gilli va lyossimon jinslar bilan qoplagan. Prolyuvial
qiya   tekisliklarning   yuzasi   daryo   vodiysi   tomon   pasayib   boradi.   Qiya   tekisliklar
aynan shu yo‘nalishda vaqtincha suv oqimiga ega bo‘lgan soy vodiylari, soyliklar
va   chuqur   jarlar   bilan   kuchli   parchalangan.   Mayda   zarrachali   qumoq   va   gilli
prolyuvial yotqiziqlarning qalinligi qiya tekislikning yuqori qismidan vodiy tomon
orta boradi.
Tog‘oldi  tekisligining quyi  qismi  qadimdan o‘zlashtirilgan va sug‘oriladigan
agrolandshaftlar   bilan   band.   Sug‘oriladigan   maydonlarda   tipik   va   och   tusli   bo‘z
tuproqlar   keng   tarqalgan.   Haydalgan   yerlarning   bir   qismi   bahorikor
dehqonchilikda foydalaniladi.
35 Tog‘oldi tekisligining yuqori qismi yer usti suvlari nihoyatda kam bo‘lganligi
sababli   kam   o‘zlashtirilgan.   Tabiiy   holda   saqlangan   cho‘l   va   chala   cho‘l
geokomplekslar   zoogen   omil   ta'sirida,   ayniqsa   chorva   mollarini   me'yordan   ortiq
boqilishi   tufayli   kuchli   degradatsiyalashgan.   Tuproq   qoplami   kuchli   va   o‘rtacha
yuvilgan   och   tusli   bo‘z   tuproqlardan   iborat.   O‘simlik   qoplamida   efemer   va
efemeroid   o‘simliklardan   tarkib   topgan   formatsiyalar,   siyrak   holda   o‘ sadigan
shuvoqlar,   ebalak,   chetir,   lola   qiz g‘ aldoq,   y er   sovun,   momiq,   karrak   va   boshqa
turlar  uchraydi (Abdulqosimov,  Abduraxmonova. 1998).
Shunday   qilib,   tog‘oldi   tekislik   voha   joy   tipining   morfologik   struk-turasini
tarkibiy   qismlarini   tashkil   botishida   antropogen   urochishalar   bilan   bir   qatorda
inson   xo‘jalik   faoliyati   ta'sirida   kuchli   degrada-tsiyalashgan   cho‘l   va   chala   cho‘l
urochishalar ham ishtirok etadi.
Tog‘oldi tekislik voha joy tipining xarakterli urochishalari . Kattaqo‘rg‘on
voha   landshafti   tarkibidagi   tog‘oldi   tekislik   joy   tipining   morfologik   strukturasi
ancha murakkabligi bilan farq qiladi. Uning murakkabligi joyning litologik tarkibi,
yer   usti   tuzilishi,   relefining   nishabligi   va   parchalanganligi,   tuproq   qoplamimng
yuvilganlik   va   sho‘rlanish   darajasi   va   boshqa   omillarga   bogTiq.   Bu   erdagi
tanlangan   uchastkalarda   olib   borilgan   tadqiqotlar   natijasida   quyidagi   xarakterli
urochishalar   tizimi   ajratilgan:   tog‘oldi   to‘lqinsimon   tekislikdagi   sug‘oriladigan
tipik bo‘z tuproqli vohalar, tog‘oldi qiya tekisligidagi sug‘o-riladigan o‘rtacha soz
tipik bo‘z tuproqli vohalar, tog‘oldi tekisligi soylik-laridagi sug‘oriladigan o‘tloq-
bo‘z tuproqli vohalar, allyuvial-prolyuvial tekisliklardagi sug‘oriladigan tipik bo‘z
tuproqli   vohalar,   allyuvial-pro-lyuvial   tekisliklardagi   sug‘oriladigan   kam
sho‘rlangan   o‘tloq   tuproqli   vohalar,   yirik   to‘lqinsimon   lyossli   tekislikdagi   tipik
bo‘z tuproqlarda rivojlangan turli xil o‘t o‘simlikli chala cho‘l, pastqam joylardagi
kuchli   sho‘rlangan   o‘tloq   tuproqlarda   rivojlangan   ajriq-qiyoq   formatsiyali
o‘tloqzorlar, prolyuvial tekislikdagi och tusli bo‘z tuproqlarda shakllangan efemer-
efemeroid formatsiyali komplekslar va boshqalar (5-chizma).
Shuni   ta'kidlab   o‘tish   maqsadga   muvofiqki,   biz   Zarafshon   botig‘i   voha
landshaftlarini   tarkibida   antropogen   voha   joy   tiplarini   va   antropogen   voha
36 urochishalarini   ajratishda   tabiiy   komponentlarning   bir-birlari   bilan   bo‘lgan
munosabatlarini majmuali tahlil qilish uslublaridan foydalandik.
2.4. Qarnobcho‘l tog‘oldi landshaftlari
Qarnobcho‘l   Zarafshon   daryosining   so‘l   qirg‘og‘idagi   zirabuloq
tog‘larining   janubiy   qismida,   dengiz   sathidan   310   m   balandlikdagi   yerlarni
egallaydi.   Ilmiy   adabiyotlarda   bu   hudud   “Карнабская   степь”   nomi   bilan
yuritiladi.   Iqlim   jihatidan   Qarnobcho‘l   o‘rta   yer   dengizi   iqlim   tipiga   xosdir,
Qarnaobcho‘lning   releyefi   umuman   sharqdan-g‘arbga   qarab   pasayib   borishi   va
tekisligi,   shuningdek,   faqat   shimoil   qismigina,   ya’ni   tog‘   yonbag‘irlari   past-
baland,   to‘lqinsimon   bo‘lib,   ko‘plab   soylar,   vaqtinchalik   oquvchi   suv   yo‘llari
bilan bo‘lingan. 
Iqlim   ko‘rsatkichlari   bo‘yicha   qarnobcho‘l,   barcha   O‘rta   Osiy   cho‘llari
singari   qurg‘oqchiligi   va   keskin   kontinentalligi   bilan   ajarlaib   turadi.   Ko‘p   yillik
o‘rtacha   harorati   17,1 °c .   Eng   issiq   havo   harorati   iyun-iyul   oylarida   kuzatilib,
soyada bu ko‘rsatkich +40+47 °c  ni tashkil qiladi. Eng sovuq havo harorati dekabr-
fevral oylarida kuzatilib, ba’zan 20-30 °c  ni tashkil qiladi. O‘rtacha yillik havoning
nisbiy namligi 30% ni tashkil qilib, yoz faslida bu ko‘rsatkich ko‘pincha 10-20%
dan   ortmaydi.   Iqlim   diagrammasida   yilning   qirg‘oqchil   va   namgarchilik
mavsumlari   yaqqol   ko‘rsatilgan.   Yog‘ingarchilikning   asosiy   qismi   noyabr-aprel
oylariga   to‘gri   keladi.   O‘rtacha   yillik   yog‘ingarchilik   miqdori,   81,9-297,4   mm
gacha o‘zgarib turib, ko‘p yillik o‘rtacha ko‘rsatkich 162,0 mm ni tashkil qiladi.
Tuproqlarining   morfologik   tuzilishi .   Q a r n o b c h o ‘ l n i n g   t u p r o q l a r i
o c h   t u s l i   b o ‘ z   t u p r o q l a r   h i s o b l a n a d i .   Och   tusli   bo‘z   tuproqlar   zonasida   yil
davomida   o‘rtacha   200-300   mm   yog‘in   yog‘adi.   Tuproqlarning   ustki   qatlamidagi
sho‘r tuzlar yaxshi yuvilmaydi, ma’lum chuqurlikda, taxminan 40-60 sm, ba’zan 1-
2   m   pastda   ham   sho‘rlangan   qatlamuchraydi.   Och   tusli   bo‘z   tuproqlar   boshqa
mintaqa   tuproqlariga   nisbatan   mexanik   tarkibiga   ko‘ra   organik   moddalarga
kambag‘al   hisoblanadi.   Xaydalma   qatlamda   0,5  dan   1,5   foiz   gumus   bo‘ladi.   Och
tusli bo‘z tuproqlar mintaqada jami lalmi yerlarning 10 foizni (ta’minlangan lalmi)
37 jami   sug‘oriladigan   foizdan   (ta’minlangan   lalmi)   jami   sug‘oriladigan
maydonlarning   18   foizni   tashkil   etadi.   Yangi   sug‘oriladigan   yer   maydonlari
(Mirzacho‘l,   Jizzax,   Qarshi)   cho‘llarining   katta   qismi     och   tusli   bo‘z
tuproqlardan   iborat.   Och tusli bo‘z tuprolarning donadorligi yaxshi emas. Lekin
suv   o‘tkauvchanligi   va   yuqori   darajada   kapillyarligi   bilan   ajralib   tuardi.   Shuning
uchun   bir   oz   nishab   yerlarda   och   tusli   bo‘z   tuproqli   yerlar   yuvish   natijasida
sho‘rsizlantiriladi,   ammo   relyefi   tekis   joylarda   ortiqcha   sug‘orish   va   boshqa
omillar   ta’sirida   sho‘r   yer   osti   suvi   bilan   birga   tuproq   yuzasiga   ko‘tarilib,   qayta
sho‘rlanishga   sabab   bo‘ladi.   Bunday   hol   sizot   suvlarining   sathini   kamaytirish
uchun kollektor zovurlar qazish, tuproq sho‘rini yuvsh, ekinlarni sug‘orish rejimini
qat’iy tartibga solish, yerlarni tekislash, almashlab ekishni joriy etish, ixotazorlarni
barpo   etish   va   boshqa   tadbirlarni   amalga   oshirishni   taqazo   etadi.   Bo‘z   tuproqlar
mintaqasidagi   tuproqlar   tarkibida   gumus,   azot   va   fosfor   miqdori   kam,   organi k
moddalar tez minerallashadi. Tuproq strukturasi uncha mustahkam emas. Lekin bu
mintaqa   tuproqlarining   tabiiy   unumdorligi   tekis   sahro   mintaqasidagi   tuproqlarga
nisbatan sezilarli darajada yuqori.
Mexanik   va   mineralogik   tarkibi.   Bo‘z-qo‘ng‘ir   tusli   tuproqlar   turli
tarkibli ona jinslardan shakllanganligi  tufayli, ularning mexanik tarkibi ham
har   xil   bo‘lib,   ko‘proq  qumloq  va  yengil   qumoq  xillari  tarqalgan.  Bu   tuproqlar
yuzasida ko‘pincha qirrali shag‘al toshlar bo‘ladi. Tuproqning yuqori qatlamlarida
mayda   qum   va   yirik   chang   fraksiyalarining,   illyuvial   gorizontida   esa   0,001   mm
dan kichik loyqa zarrachalarining ko‘p (11-18%) bo‘lishi harekterli. Qarnobcho‘l
tuproqlarining   kattagina   qismi   och   sur-qo‘ng‘ir   tusli   tuproqlardan   iborat.   Bu
tuproqlarda   gipsli   sho‘rlainsh   ancha   yuqori   bo‘lib   (50-60   sm   chuqlikda),   gumus
miqdori   ham   anchagina—1,17%.   Karbonatlarning   asosiy   qismi   10-20   sm
chuqurlikda   yotadi,   chuqurlikka   kirib   brogan   sari   ularning   miqdori   kamayib
boradi.   Bo‘z   sur-qo‘ng‘ir   va   sur-qo‘ng‘ir   tuproqlarining   mexanik   tarkibi   turli-
tumanligi   bilan   ajralib   turadi.   Mexanik   tarkibi   jihatidan   Qarnobcho‘l   quyidagi
turlarga   bo‘linadi:   qumoq-soz   tuproqli   och   tusli   bo‘z-qo‘ng‘ir,   delyuvial-
prolyuvial   qatlamlari   sho‘rlangan   tuproqlar,   gipsli-qumoq   och   sur-qo‘ng‘ir
38 tuproqlar   va   h.k.z.   Barcha   turdagi   tuproqlarga   zichligi,   mexanik   tarkibi   va
tuzlarning tarkibi jihatidan qatlam-qatlam joylashishi xosdir. Yengil loyqa qatlam
o‘rta   loyqa,   qumoq   va   boshqa   qatlamlar   bilan   almashinib   boradi.   Ba’zi
qatlamlarda hajmi 0,001 mm bo‘lgan loyqa miqdori 21% ga yetadi.
Tajriba   dala   tuproqlarining   suv-fizik   xususiyatlari.   Bo‘z-qo‘ng‘ir   tusli
tuproqlarning   suv-fizik   va   agrokimyoviy   xosslari   ancha   noqulay,   tuproq   va   ona
jinslarda   gipsning   ko‘p   va   yaqin   joylashganligi,   relyefning   murakkabligi   singari
sababli,   bu   tuproqlarni   o‘zlashtirish   ancha   murakkab.   Tuproq   zarrachalarining
solishtirma hajmiy og‘irligi zichligi 1,72 dan 1,37 g/sm 3
  gacha o‘zgarib turadi  va
bu   ularning   kelib   chiqishining   turlicha   ekanligidan   dalolat   beradi.   Ular   orasidagi
farq   faqat   tog‘   jinsi   parchalarining   mayda   tuproq   zarrachalari   bilan   birlashish
nisbatlari va sementlashganlik darajasi bilan ifodalanadi. Xaydalma qatlam zichligi
1,45-1,50  g/sm 3
, tog‘  jinsi  bo‘laklari   ko‘proq uchraydigan  quyi  qatlamlar   zichligi
1,72 g/sm 3
. Umumiy kovakligi 48% gacha bo‘lib, aeratsiya tuproqning kovakligi32
foizdan   45   foizgacha,   maksimal   gigroskopikligi   esa   10,4%   dan   2,2%   gacha
ozgaruvchanlikka ega.
O‘simlik   qoplami.   Qarnobcho‘lning   o‘simlik   qoplamida   shuvoq-efemer
o‘simliklar   guruhi   bilan birga, faqatgina  efemer   o‘tlardan  tashkil   topgan guruhlar
ham   uchraydi.   Bunga   sabab,   tuproqning   kimyoviy   va   mexanik   xususiyatlaridir.
Lekin,   Qarnobcho‘l   o‘simlik   qoplamiga   ko‘proq   shuvoq   va   efemer   va   efemeroid
turlarning birgalikda uchrashlari o‘ziga xosdir, ya’ni ular birgalikda bitta o‘simlik
qavmini   (fitotsenoz)   tashkil   qilishadi.   O‘rta   Osiyo   cho‘llari   o‘simlik   qoplami
xususiyatlariga   ko‘ra   4   ta   asosiy   tiplarga   bo‘lingan:   buta-o‘tchil;   o‘tchil-sho‘rali;
yarim   buta-efemerli   va   efemerli.   Umuman   olganda,   cho‘l   mintaqasi   o‘simlik
qoplami   hayotiy   formalar   va   turlarning   xilma-xilligi   bilan   ajaralib   turadi.   Olib
borilgan tadqiqotlariga ko‘ra, Qarnobcho‘l florasida 238 tur gulli o‘simliklar qayd
etiligan.   Bu   o‘simlik   turlari   138   turkumga   mansub   bo‘lib,   shulardan   216   turi
o‘tchil   o‘simlikar   (90,8%),   12   turi   yarim   butalar   (5,0%)   va   10   turi   (4,2%)   buta
o‘simliklardir. Tadqiqotlar olib borilgan hududning o‘simlik qoplamida ancha ko‘p
uchraydigan   turlarga   quyidagilarni     ko‘rsatish   mumkin:   shuvoq   -Аrtemisia
39 diffusa   ,   Krasch.   Ex   Poljak,   A.turanica   Krasch,   Salsola   orientalis   S.Gmel.,
Halothamnus subaphulla (G.A.Mey), Carex pachyustulis L., Gade stritata Markel.
Ex   Bunge;   Ferula   assa   foetida   (Bunge)   Regel,   Anisantha   tectorum   (L) .   Nevski,
Bromus danthanige Trin, Malkolmia turkestanica Litv., Trigonella noeana Boiss.,
leptaleum Filefolim (Willd) DS arpog‘on turlari  - Eremopyrum orientale (L.) Gaub.
1 Spach,E. hirsitum  (Bertel.) Nevski  va boshqalar  ko‘plab uchraydi. Qarnobcho‘l
tabiiy   florasida   bir   yillik   sho‘ra   o‘tlardan   seta -Salsola   scleranta,   baliq   ko‘z   -
Climacoptera   lanata,   quyonjun -Halocharis   hispida   kabilar ,   dag‘al   poyali
o‘simliklardan esa yantoq  -Alhagi pseudalhagi,  karrak  Сousinia resinosa  uchraydi .
Shuvoq-efemerli Qarnobcho‘l yaylovlari ozuqasining asosini shuvoq tashkil qiladi
va   faqat   15-20%   ni   efemer   o‘tlar   tashkil   qilib,   faqat   bahor   mavsumida   qorako‘l
qo‘ylari   ozuqasining   40-50%   ini   aynan   shu   barra   o‘tlar   tashkil   qiladi.   Ozuqa
zaxiralari bunday yaylovlarda turli yillarda gektaridan 1,6-3,0 sentner quruq massa
bo‘lib, yil mavsumlari bo‘ylab ham keskin o‘zgarib turadi.
Qarnobcho’l landshafti
2.5. Malikcho‘l tog‘oldi tekislik landshafti
Malikcho‘l   yassi   tekisligi   Zarafshon   daryosi   quyi   oqimining   so‘l   qismida
joylashgan.   Ma'muriy   jihatdan   O‘zbekiston   Respublikasi   Navoiy   va   Buxoro
viloyatlari hududlariga to‘g‘ri keladi. Bu rayonning sharqiy va g‘arbiy chegaralari
40 34°   28'   va   34°   SI 1
  meridian   bo‘ylab   o‘tadi.   Malikcho‘l   massivi   unchalik   chuqur
bo‘lmagan   jarliklardan,   qum   tepaliklardan   va   onda-sonda   ko‘zga   tashlanuvchi
qo‘rg‘onlardan iborat.
Zarafshon   vohasi   tog‘orasimon   shaklda   bo‘lib,   Ziyovuddin   va   Azkamar
tog‘larining   kirib   kelgan   qismi,   ya'ni   g‘arbiy   qismi   birozgina   ochiq.   Ushbu
botiqning eng toraygan qismi Hazora yo‘lagi hisoblanadi. Malikcho‘l tekisligining
shimoli-sharqiy qismi voha bilan almashinadi va asta-sekin Qiziltepa to‘lqinsimon
platosining   sahro  kengliklari   bilan   tutashadi,   shimoliy   qismida   Zarafshon   daryosi
bilan   tutashadi,   janubdan   T o‘ rato g‘   tizmalari   bilan   chegaralangan.   Hazora   darasi
o‘ng   tomondan   Oftobachi,   chap   tomondan   Qiziltepa   platolarini   hosil   qilgan
konglomeratdan   iborat   bo‘lib,   u   18   m   qalanlikka   egadir.   Bu   konglomeratlar   2   m
dan   iborat   qotib   qolgan   shag‘al   qorishmasi   bilan   qoplangan.   Ustki   qismi   qum,
loydan   iborat.   Yer   qatlamining   bunday   tuzilishi   bizning   tekshirishlarimiz   tufayli
tasdiqlangan. Shag‘altosh qotishmalari mayda (1-2 sm) qattiq gipsli kristallsimon,
ba'zan juda qattiq qatlamlar ham uchraydi.
Malik yassi tekisligi shimoldan Zarafshon daryosining balandligi 5-6 m dan
16-20   m   gacha   bo‘lgan   tik   jarliklari   bilan   tutashib   ketgan.   Buxoro   vohasidan
balandligi   7   m   gacha   bo‘lgan   tik   qiyaliklar   bilan   ajralib   turadi.   Tog‘lardan
boshlangan nishablik janubda 0,02 m, shimolda 0,005 m. Malikcho‘l massivining
janubiy relefi Azkamar va  T o‘ rato g‘   past va yassi tog‘laridan, tog‘ etaklari bo‘ylab
cho‘zilib ketgan jarliklardan iborat. 
Biz   o‘rganib   chiqqan   hududning   relefi   tekislik   va   qiya   mshabliklar   bilan
xarakterlanadi.   Deyarli   barcha   tekisliklardan   yaylovlar   sifatida   foydalanadi.
Yog‘ingarchilik   juda   kam   bo‘lganligi   tufayli   iqlimi   quruq.   Shuning   uchun   ekin
ekishda lalmi er sifatida foydalanib bo‘lmaydi.
Malik cho‘lining iqlimi o‘ta kontinental bo‘lib, janubiy cho‘llarga xos. O‘rta
Osiyo cho‘llarining iqlim sharoiti L.S. Berg (1913), L.N. Babushkin (1959), E.N.
Balashov   (1963)   ilmiy   ishlarida   ta'kidlab   o‘tilgan.   E.P.   Korovin   va   E.N.
Kashkarovlar (1933) Malik cho‘li iqlimining qishi juda qisqa, o‘ta sovuq, bahorgi
41 seryog‘in   va   beqaror   jazirama   yozi   uzoq   davom   etishi,   kuzda   esa   qisqa
namgarchilik davrini boshidan kechirishini ta'kidlaydilar.
Cho‘lning   shimoliy   va   janubiy   qismiga   xarakteristika   berishda   Navoiy
meteorologik stantsiyasi kuzatuv materiallaridan foydalandik. Bu rayonning iqlimi
subtropik kontinental iqlimga xos bo‘lib, yillik yog‘in miqdori o‘rtacha 170 mmni
tashkil   etadi. Havo  haroratini   absolyut   maksimumi   48 °c   bo‘lib, iyul   oyiga  to‘g‘ri
kelsa,   absolyut   minimumi   -29 °c   bo‘lib,   dekabr   oyiga   to‘g‘ri   keladi.   Issiq   kunlar
230 kunni tashkil etadi. Foydali issiq haroratning umumiy hajmi 2529 °c  ni tashkil
etadi.  Havo   haroratining   namligi   vegetatsiya   davrida   29   %   gacha   bo‘ladi.   Kuchli
shamollar   5   m/s   dan   yuqori,   10-15   kun   davomida   bo‘ladi.   Shamollar   asosan
shimoli-sharqiy va sharqiy yo‘nalishlar bo‘yicha esadi. Yil davomida suv havzalari
yuzasidan 155 sm qalinlikdagi suv atmosferaga bug‘lanib ketadi.
Yer   yuzasining   qor   bilan   qoplangan   kunlari   6-9   kun,   qor   qatlamining
qalinligi esa 1-3,2 sm, tuproq qatlamining muzlash chuqurligi 19-20 sm ni tashkil
etadi.   O‘rganilayotgan   rayonning   xarakterli   iqlim   xususiyatlaridan   biri   bir
mavsumdan   ikkinchi   mavsumga   o‘tishdagi   qarama-qarshilikdir.   Asosan   qish
mavsumidan   yozga   o‘tish   davridagi   kunlik   va   yillik   temperatura   amplitudasi,
bulutli   kunlarning   kamligi,   havoning   quruqligi   bilan   xarakterlanadi.   Yildan-yilga
meteorologik   o‘zgarishlarning   keskinligi   bu   rayondagi   qishloq   xo‘jaligini
yuritishga alohida ta'sir ko‘rsatadi.
A.N.   Rozanov   (1951)   manna   shunday   qarama-qarshi   gidrometeorologik
sharoitlardan   kelib   chiqib,   bu   erda   asosan   ikki   bosqichli   -   iliq   va   namli   bahor
(mezometrik) qisqa davom etuvchi, issiq va quruq (kserotermik), ammo biroz uzoq
davom etadigan yoz mavsumini ta'kidlab o‘tadi.
Yil mavsumlarining xarakterli jihati shundaki, asosiy yog‘ingarchiliklar qish-
bahor   mavsumiga   to‘g‘ri   keladi.   Yozda   yog‘ingarchilik   deyarli   bo‘lmaydi.   Bu
davrda   havo   va   tuproqning   harorati   juda   baland   bo‘ladi.   Havoning   o‘rtacha
harorati   iyun   oyida   +27°c,   +29°c   ni   tashkil   etadi.   S.   Alimaganbetovning
ma'lumotiga   ko‘ra   (1966)   Konimex   depressiyasining   sug‘orilmaydigan   qismidagi
42 tuproq yuza qatlamining harorati +70°c, +75°c ni tashkil etsa, sug‘oriladigan yerlar
tuproq qatlamining harorati shu davrda +35°c, +40°c ni tashkil etadi.
V.M.   Legostaev   va   B.S.   Konikovlarning   (1967)   ma'lumotlariga   ko‘ra   kam
sho‘rlangan tuproq yuzasidagi yillik bug‘lanish miqdori 3542 mm ni tashkil etadi.
Bu   yillik   yog‘ingarchilikdan   30   marta   miqdorni   ko‘rsatadi.   D.M.   Kats   (1957)
ma'lumotiga   ko‘ra   Qorako‘lda   yillik   o‘rtacha   bug‘lanish   miqdori   1933   mm,
Buxoroda   esa   2080   mmni   tashkil   etadi.   Malik   cho‘lining   iqlim   sharoiti   yerlarni
sug‘orib ekin etishtirish uchun qulaydir. Novoiy meteostantsiyasida ko‘p yillik olib
borilgan   kuzatishlar   asosida   to‘plangan   ma'lumotlar   3-4-5-6-jadvallarda
ifodalangan.
Malik   cho‘li   hududining   yer   qatlamining   yuzasi   kulrang-qo‘ng‘ir   tusdagi
qattiq tuproqdan tashkil topgan. Bunday tuproq maydoni 50 ming gektarni tashkil
etadi.   Bu   tuproqning   o‘ziga   xos   xususiyati   shundan   iboratki,   uning   yuzasi   qalin
nurash po‘sti bilan qoplangan. Bu po‘stloqning qalinligi 0,5-1,5 sm ni tashkil etadi.
S. Mirzaev (1969) Malik cho‘li hududida joylashgan tuproqlarni qo‘yidagi turlarga
ajratadi:
1. Kulrang-qo‘ng‘ir,   gipslashgan,   kuchsiz   sho‘rlangan,   ba'zan   sho‘rlanmagan
tuproq.
2. Kulrang-qo‘ng‘ir, o‘rtacha gipslashgan, o‘rtacha sho‘rxok.
3. Kulrang-qo‘ng‘ir, kuchli gipslashgan, o‘rtacha sho‘rxok.
4. Kulrang-qo‘ng‘ir tusli, kuchli gipslashgan, o‘rtacha sho‘rxok.
5. Kulrang-qo‘ng‘ir   tusli,   chuqur   gipslashgan,   kuchli   sho‘rlangan,   kuchsiz
emirilgan.
6. Kulrang-qo‘ng‘ir, gipslashgan, o‘rtacha sho‘rxok, kuchsiz emirilgan.
7. Kulrang-qo‘ng‘ir,   kuchli   gipslashgan,   o‘rtacha   sho‘rlangan,   kuchsiz
emirilgan.
Bunday   tuproqlarning   0-30   sm   qalinlikdagi   qatlami   kuchli   gipslashgan,
30-60 sm qalinlikdagi qatlami kuchsiz gipslashgan, 60 sm cho‘qurlikda tuproqning
chuqur gipslashgan qatlami joylashgan.  
43 44 Malikcho’l landshafti
45 Jadval – 3
NAVOIY  SHAHAR METEOSTANTSIYASINING 2008 YILGI IQLIM  КО  RSATKICHLARI
IQLIM
  КО' RSATKICHLARI О Y L   A R
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12
Havo harorati,  °c 1,7 2,4 9,1 15,4 20,8 28,8 27,6 25,9 19,6 12,7 9,3 5,2
Yog‘ingarchilik, mm 26,5 18,6 51,2 49,1 30,4 1,8 0 0 0 11,6 24,2 21,0
Havoning nisbiy namligi,  % 60,0 72,0 66,0 68,0 48,0 37,0 38,0 42,0 50,0 66,0 73,0 74,0
Tuproq harorati  0-5  sm 0,8 3,0 9,8 16,8 23,6 28,7 30,4 28,1 23,0 15,3 10,3 6,0
5-10  sm 1,7 3,6 9,6 15,9 22,5 28,0 29,9 28,0 23,0 15,7 1 1,3 6,6
10-15  sm 2,0 3,8 9,4 15,2 22,2 27,3 29,4 27,7 23,0 16,1 11,7 7,3
15-20  sm 2,4 4,0 9,3 14,9 21,2 26,7 28,8 27,5 23,1 16,5 11,0 7,8
Bahorgi   va   kuzgi   eng   kechki
sovuq   tushishlar -1,4
16/ III -1,0
1/XI
Sovuqsiz davr davomiyligi 8,0 12,0 27,0 30,0 31,0 30,0 31,0 31,0 30,0 31,0 15,0 10
Jadval - 4 NAVOIY SHAHAR METEOSTANTSIYASINING 2009 YILGI IQLIM КО  RSATKICHLARI
IQLIM
K O‘ RSATKICHLARI 0  YL AR
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12
Havo harorati,  °c 6,9 8,0 9,1 15,2 21,3 19,6 28,5 26,0 20,3 12,5 5,1 3,5
Yog‘ingarchilik, mm 6,6 6,5 40,4 13,2 8,8 0,9 5,2 0 0 14,9 0,8 12,8
Havoning nisbiy namligi,
% 65,0 69,0 68,0 57,0 35,0 32,0 36,0 47,0 45,0 60,0 58,0 65,0
Tuproq harorati  0-5  sm 5,1 8,5 10,4 17,4 23,9 30,8 31,9 31,2 24,5 15,2 7,0 4,0
5-10  sm 5,5 8,6 10,1 12,0 23,6 29,7 30,8 29,9 24,2 16,1 8,4 5,2
10-15  sm 5,8 8,4 10,3 16,1 22,4 29,0 30,0 29,5 24,3 16,6 9,3 5,9
15-20  sm 6,1 8,7 10,4 16,1 22,0 28,5 29,6 29,2 24,3 17,0 9,9 6,4
Bahorgi   va   kuzgi   eng
kechki   sovuq   tushishlar -0,9
26/111 -3,2
18/X
Sovuqsiz davr
davomiyligi 16,0 22,0 26,0 30,0 31,0 30,0 31,0 31,0 30,0 30,0 11,0 -
Jadval - 5
47 NAVOIY SHAHAR METEOSTANTSIYASINING 2010 YILGI IQLIM КО  RSATKICHLARI
IQLIM
КО'  RS ATKICHLARI 0   Y L   A R
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12
Havo harorati,  °c -0,6 3,2 31,2 15,7 23,4 26,9 29,1 25,6 18,6 13,6 9,2 4,1
Yog‘ingarchilik, mm 19,2 41,7 17,0 18,3 77,0 0 0 0 0 12,3 27,8 12,8
Havoning nisbiy namligi,
% 81,0 71,0 60,0 55,0 40,0 36,0 32,0 38,0 47,0 62,0 70,0 67,0
Tuproq harorati  0-5  sm 3,5 9,6 17,5 25,9 29,6 32,6 29,5 23,3 16,8 9,8 4,3 4,0
5-10  sm 3,6 9,8 16,4 24,3 28,0 30,8 28,8 23,6 17,6 11,2 5,1 4,3
10-15  sm 3,8 9,4 15,9 23,6 27,1 30,3 28,6 23,6 17,9 11,4 6,2 4,8
15-20  sm 3,9 9,2 14,8 22,6 26,2 29,2 27,5 21,5 15,7 10,9 5,8 5,0
Bahorgi   va   kuzgi   eng
kechki   sovuq   tushishlar -0,9
3/III -2,2
29/X
Sovuqsiz davr
davomiyligi 10,0 14,0 23,0 30,0 31,0 30,0 31,0 30,0 30,0 18,0 9,0 -
Jadval -6
NAVOIY SHAHAR METEOSTANTSIYASINING 2010 YILGI IQLIM КО‘ RSATKICHLARI
48 IQLIM
K O‘RSATKICHLARI 0  YL AR
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12
Havo harorati,  °c -4,5 3,5 10,4 13,7 20,9 25,9 29,6 25,1 19,4 9,4 7,7 -1,0
Yo g‘ ingarchilik,  mm 14,4 31,6 57,2 106,1 13,0 0 0 0 0 0 7,0 104,8
Havoning  nisbiy
namligi,  % 69,0 76,0 68,0 76,0 48,0 38,0 42,0 42,0 48,0 54,0 51,0 66,0
Tuproq harorati  0-5  sm -1,4 3,9 10,7 14,7 24,4 29,8 31,6 29,2 23,4 14,0 9,0 1,9
5-10  sm -1,2 3,6 10,5 14,6 24,2 26,8 31,3 29,1 23,3 14,1 9,3 2,1
10-15  sm -1,0 3,8 10,4 14,8 23,7 29,0 30,9 28,8 23,5 14,4 9,2 2,8
15-20  sm 0,3 3,9 10,2 14,3 23,1 26,2 30,3 28,5 23,6 15,0 9,6 3,0
Bahorgi   va   kuzgi   eng
kechki   sovuq   tushishlar -5,8
5/III -1,0
8/X
Sovuqsiz davr
davomiyligi 0 19,0 25,0 30,0 31,0 30,0 31,0 31,0 30,0 24,0 16,0 3,0
49 Yerning yuza qatlami qalanligi 0.2-1 sm sariq suglinkali tuproq, pastroqda esa
qumoq   va   qumli   qatlamlar   yastanib   yotibdi.   Gipsli   gorizont   joyning   relef
elementlariga bog‘liq holda har-xil chuqurlikda joylashgan. Tuproq qatlami tuzlarni
joylashishini   D M .   Kuchugov   (1940)   temiryo‘l   liniyasi   bo‘ylab   o‘rganib   chiqqan.
Joyning relefi tog‘ yonbag‘ri tekisligi, prolyuvial qatlamlardan iborat.
Tuproqning   morfologik   tuzilishi:   0-10   sm   da   rangi   sarg‘ish,   serkesak,   yuza
qismi   qatlami   kulrangda,   mexanik   tarkibi   suglinkali   tuproqdan   iborat.   Kesib
ko‘rilganda oq dog‘lar ko‘zga tashlanadi. 10-20 sm   da   gips dog‘li qo‘ng‘ir-sarg‘ish
tusli,   mexanik   tarkibi   suglinkali   tuproq.   Tuproq   tarkibida   ko‘ p   miqdorda   mayda
shag‘altosh, kvarts   dipiidda   jinslar uchraydi. 45-55 sm da sarg‘ish rangda, shaklsiz
bir   qancha   gips   va   bo‘r   uchraydi.   55-65   sm   da   qo‘ng‘ir   tusli,   suglinkali,   boshqa
qatlamlarga nisbatan gips ko‘p.
Malik   cho‘li   o‘simlik   qoplami   asosan   yarim   butasimon   bo‘lib,   bahor   va   yoz
davrida   gurkirab   rivojlanadi.   E.P.   Korovin   va   D.N.   Kashkarov   O‘rta   Osiyo   va
Qozog‘istonda   4   ta   asosiy   cho‘l   zonasini   belgilaydilar:   qumli,   tuproqli,   sho‘r
tuproqli   va   gipsli.   Ular   gipsli   cho‘lda   o‘sadigan   gipsofitlarni   aniqlaganlar.   Malik
cho‘li massivida gips cho‘llarida o‘simliklar rivojining uch davrini ko‘rib chiqamiz:
1. Shuvoq.
2. Gulsapsar.
3. Pechak.
Shuvoq   qalinligi   avvalo   tuproq   tarkibidagi   shag ‘ al ,   qumlarga   bog ‘ liq   bo ‘ lib ,
ayrim   shuvoqlarning   oralig ‘ i   50-80  sm   bo ‘ lsa ,  ba ' zi   joylarda  1,5-2  m   ni   tashkil   etadi .
Malik   cho ‘ li   shuvoqzorlarida   bir   qancha   shuvoq   turlari   mavjud .
Gulsapsar   maydoni   Malik   cho ‘ lining   sharqiy   qismi   bo ‘ ylab   yastanib   yotadi .
Gulsapsarning balandligi 70-80 sm dan, 100 sm gacha, oralig‘idagi masofa 0,5-2 m
ni   tashkil   etadi.   Shuvoqdan   farqli   o‘laroq   gulsapsarning   asosiy   vegetatsiya   davri
bahor fasliga to‘g‘ri keladi. U may oyining birinchi yarmida gullab, cho‘lda ajoyib
va go‘zal manzara hosil qiladi. Karmana rayonidan boshlanib g‘arbda Malik cho‘li
tomon tarqalgan gulsapsar  sekin-asta gips qatlamidan o‘sib chiquvchi  dala pechagi bilan   almashinib   boradi.   Cho‘lda   tekshiruvchilar   tomonidan   hammasi   bo‘lib   25
turdagi bahorda ko‘karib, yozda qurib qoladigan o‘t-o‘lanlar aniqlangan.
Cho‘l   pechaklari   Malik   cho‘lining   gipsli   va   shag‘al   toshli   hududlarida   ko‘ p
uchraydi.   B.S.   Zakrjevskiy   (1934)   gips   qatlamining   cho‘l   o‘simliklari   ildiz
sistemasiga   ta'sin   to‘g‘risidagi   ishida   gipsning   ayrim   o‘simliklarga   salbiy   ta'siri
to‘g‘risida   yozadi.   Barglari   juda   mayda,   yon   shoxlari   kam   taraqqiy   etgan,   gullari
juda kam, umuman o‘simliklar juda past o‘sadi. Gips qatlami cho‘l o‘simliklari ildiz
sistemasining   rivojlanishiga   to‘sqinlik   qiladi.   Malik   cho‘li   o‘simlik   qoplami   juda
siyrak bo‘lib, pastliklarda  35-40 %  ni, balandliklarda  esa 20-25 %  ni  tashkil  etadi.
O‘simlikning   bunday   tipi-dukkamligidan   juda   kam   xirmon   to‘plash   mumkin.
Sug‘oriladigan   kulrang-qo‘ng‘ir   tuproqli   erlarda   paxta.   beda   va   mevali   ekinlar
ekiladi.   Bunday   maydonlarni   muntazam   sug‘orib   turish   natijasida   yuqori
hosildorlikka erishish mumkin.
Malikcho‘l   tog‘oldi   tekislik   landshaftining   morfologik   strukturasi.   Malik
cho‘li   Iandshafti   tog‘oldi   prolyuvial   tekisligida   tarkib   topgan   bo‘lishiga
qapamasdan,   uning   morfologik   strukturasi   ancha   murakkab   tuzilgan.   Bular   yassi
prolyuvial   tekislik   cho‘l,   kam   parchalangan   qiya   tekislik   cho‘l,   qayir   va   qayir   usti
terrasa joy tiplaridan iborat.
Tog‘oldi yassi prolyuvial tekislik joy tipi gipslashgan soztuproq-gilli va qumoq
yotqiziqlardan   tarkib   topgan   bo‘lib,   u   Malikcho‘l   landshaftining   shimoliy   qismida
joylashgan.   Bu   erda   mayda   zarrachali   yotqiziqlar   keng   tarqalgan   bo‘lib,   ularning
qalinligi 2-3 m dan oshmaydi. Joy tipining relefi yassi, tekis, bir xil ko‘rinishga ega.
Voha landshaftlari bilan tutash bo‘lgan joylarda grunt suvlarining chuqurligi 3-5 m
ni  tashkil  etadi.  Janubga  va  sharqqa  borgan  sari   grunt   suvlarining chuqurligi  10  m
gacha   pasayib   ketadi.   Tuprog‘i   sho‘rlangan   sur-qo‘ng‘ir   tuproqlardan   iborat.
Ularning   katta   qismi   o‘zlashtirilgan   va   sug‘oriladigan   madaniy   tuproqlarga
aylangan.
Kam   parchalangan   tog‘oldi   qiya   tekislik   cho‘l   joy   tipi   Malikcho‘l
landshaftining janubiy  balandroq qismida  tor  polosa  hosil  qilib joylashgan.  Mayda
zarrachali   yotqiziqlar   qumoq   jinslar   va   soz   tuproqlardan   iborat   bo‘lib,   ularning
51 tarkibida dag‘al tosh parchalari keng tarqalgan. Bu erdagi barcha yotqiziqlar kuchli
gipslashgan.
Tavsilot  berilayotgan  joy tipining er  yuzasi  keng to‘lqinsimon xarakterga ega,
umumiy   qiyaligi   shimol   va   shimoli-g‘arb   tomon   yo‘nalgan.   Sharqiy   tomondagi
kuchli   nishabli   qismida   erozion   jarayonlar   yaxshi   rivojlangan,   mayda   jarlar   keng
tarqalgan.   Tuproq   qoplami   engil   suglinkali   sur-qo‘ng‘ir   tuproqlardan   iborat.
O‘simlik   qoplamida   shuvoq,   iris,   sho‘ra,   yantoq,   efemer   va   efemeroidlar
ko‘pchilikni tashkil etadi.
Qayir usti terrasa voha joy tipi shag‘al toshlardan tarkib topgan bo‘lib, ularning
yuza qismini mayda zarrachali soz tuproqlar, gillar va qumoq jinslar qoplab olgan.
Birinchi   terrasadagi   shag‘al   toshlarning   qalinligi   5-6   m   ni,   ikkinchi   terrasada   esa
0,6-1 m ni tashkil etadi. Birinchi terrasa suv sathidan 1-1,2 m, ikkinchi terrasa 3-4 m
baland ko‘tarilib turadi. Qayir usti  terrasalarida  grunt  suvlarining chuqurligi 2-3 m
atrofida. Joy tipining barcha hududi kuchli o‘zlashtirilgan va agrolandshaftlar bilan
band. Shu bilan birga bu erda seliteb va irrigatsion landshaftlar ham rivoj topgan.
Barcha   joy   tiplari   o‘ziga   xos   bo‘lgan   tabiiy   va   antropogen   voha   urochishalar
yig‘indisidan tarkib topgan. Bular Malikcho‘l landshafti sharoitida melioratiy chora-
tadbirlarini qo‘llashni taqozo etadi .
III . BOB. ZIRABULOQ-ZIYOVUDDIN TOG‘LARI VA TOG‘OLDI
TEKISLIK  LANDSHAFTLARINING   GEOEKOLOGIK MUAMMOLAR
52 3.1.  To g‘  oldi tekisliklarini  sug‘orish natijasida  vujudga kelgan geoekologik
muammolar
Zirabuloq-Ziyovuddin tog‘lari va tog‘oldi prolyuvial tekislik landshaftlarining
umumiy maydoni 8368 km 2
 ni tashkil etadi.  Shundan past tog‘ landshaftlariga 1845
km" va tog‘oldi prolyuvial tekislik landshaftlariga 6523 km 2
 maydon to‘g‘ri keladi.
Zirabuloq-Ziyovuddin   tog‘lari   va   tog‘oldi   prolyuvial   tekisliklari   tabiiy
geografik   regioni   hududida   Malikcho‘l   massivi   eng   kuchli   o‘zlashtirilgan   tog‘oldi
prolyuvial   tekislik   cho‘l   landshaftlaridan   hisoblanadi.   Respublikamizda   joylashgan
Mirzacho‘l,   Qarshi,   Nishon,   Qarnob   cho‘llari   kabi   Malik   cho‘li   ham   kuchli
o‘zlashtirilgan   hududlar   qatoriga   kiradi.   Malikcho‘l   massivida   Navoiy   viloyati
Navoiy   tumanining   «А.   Navoiy»,   «K.   Musaev».   «lbn   Sino»,   «0'zbekiston»,
«Hazora»   shirkat   xo‘jaliklarining   hamda   Qiziltepa   tumamng   «Malikcho‘l»,
«Malikobod» shirkat xo‘jaliklari va yordamchi xo‘jaliklarining sug‘oriladigan erlari
joylashgan.
Malik   cho‘lining   o‘zlashtirilishi,   sug‘oriladigan   erlar   maydonining
kengayishi,   sug‘orishda   agrotexnika   qoidalariga   amal   qilmaslik,   sug‘orish
tarmoqlarining   samaradorligi   kamligi   va   agromelioratsiya   tadbirlarining   talab
darajasida emasligi sababli bu hududda turli ekologik muammolar vujudga kelishiga
sabab   bo‘lgan.   Bular   ichida   eng   dolzarblari   O‘zbekiston   hududidagi   barcha   yangi
o‘zlashtirilgan   hududlardagi   singari   grunt   suvlari   sathining   er   yuzasiga   yaqin
ko‘tarilishi va erlarning sho‘rlanishidir.
Malik   cho‘lining   sug‘oriladigan   er   maydoni   6,7   ming   gektarni   tashkil   etadi.
Cho‘lga   suv   Navriy   nasos   stantsiyasi   yordamida   «Shofirkon»   kanalidan   olib
tashlanadi.   2000   yilda   sug‘orishga   54,5   mln.   m 3
  miqdorida   suv   olindi   va   bu
suvlarning   mineralizatsiyasi   o‘rtacha,   tarkibi   xlorli-ionli   bo‘lib,   0,26   g/1,   boshqa
qoldiq tuzlar 1,40 g/1 ni tashkil etdi.
Tekislik   erlarning   sug‘orilishi   hududning   tabiiy   gidrogeologik   holatini
o‘zgarishiga olib keladi. Natijada grunt suvlarining sathi ko‘tariladi. Sho‘rlangan va
botqoqlashgan erlar maydoni kengayadi. Malik cho‘lida katta hududlarda sug‘orish
ishlarini olib borilishi grunt suvlari sathini  ko‘tarilishiga olib keldi. Navoiy viloyat
53 statistika   boshqarmasidan   olingan   ma'lumotlarga   ko‘ra   grunt   suvlarining   sathini
ko‘tarilish   tezligi   qadimdan   sug‘oriladigan   erlarda   30-40   sm,   yangi   o‘zlashtirilgan
erlarda 1 m gacha etadi.  « O‘ zbekgidrogeologiya»  tashkilotining ma'lumoti bo‘yicha
grunt  suvlarining sathi  qadimdan sug‘oriladigan erlarda 1 m  dan 3 m  gacha, yangi
o‘zlashtirilgan erlarda esa 3-5 m gacha etadi. Cho‘l hududining o‘zlashtirilishigacha
grunt   suvlarining   yotish   sathi   4-5   m   bo‘lgan.   O‘zlashtirilgandan   keyin   1,5-3   m
gacha   bo‘lgan   erlar   maydoni   kengayib   boradi.   Bu   esa   birinchi   navbatda   hududda
tabiiy drenajning yo‘qligidir. T. Radjabov va A. Botirovlarning (1991) ma'lumoticha
Malik cho‘lining janubiy qismida grunt suvlarining sathi keyingi 10-15 yil ichida 2-
2,5 m ga ko‘tarilgan bo‘lsa, sho‘rlangan erlarning maydoni 5 martaga yaqin ortgan.
Sug‘orish bilan faqat grunt suvlarining sathini ko‘tarilishi bog‘liq bo‘lmasdan, balki
ular   tarkibining   sifatiy   o‘zgarishiga   ham   bog‘liqdir.   « O‘ zbekgidrogeologiya»
tashkilotining ma'lumotlari shuni ko‘rsatadiki, qayirda grunt suvlari sathi ko‘tarilgan
bo‘lsa, shu joylarda er osti suvlarining minerallashish darajasi 2-3 g/1 dan 20-25 g/1
gacha ko‘tarilgan.
Malik   cho‘lida   zovur   tarmoqlarining   umumiy   uzunligi   180,4   km   ni   tashkil
etadi, shundan 51,6 km xo‘jaliklararo va 128,8 km xo‘jaliklar ichidagi zovurlardir.
Yopiq   drenajlar   qurilmagan.   Hududdagi   er   osti   suvlari   Malikobod   zovuri   orqali
Zarafshon daryosiga tashlanadi. 1996 yilda 16,9 mln. m 3
 er osti sho‘r suvi Zarafshon
daryosiga  chiqarilgan.  Bu  sug‘oriladigan  er  maydonlaridagi   sho‘r   suvlarning 31  %
ini   tashkil   etadi.   Zovur   suvlarining   mineralizatsiyasi   o‘rtacha   bo‘lib,   tarkibi   xlorli
0,52  g/1   va  boshqa   tuzlar   4,41  g/1   ni   tashkil   etadi.   Yer   osti   suvlarining  joylashish
chuqurligi va sho‘rlanish darajasi 7-8-jadvallarda ifodalangan.
Malik   cho‘lini   o‘zlashtirish   natijasida   yuzaga   kelgan   muammolardan   biri
grunt   suvlarini   sathini   ko‘tarilishi   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   tuproqlarning
sho‘rlanishidir. Sug‘oriladigan erlar maydonining kengayishi tufayli Malik cho‘lida
shimolda   Qiziltepa   balandliklari,   janubda   Qoratog‘   va   Azkamar   balandliklaridan
cho‘l   hududining   markaziy   qismiga   tomon   tuproqlarning   sho‘rlanish   darajasi   ortib
boradi.   Qadimgi   kuchsiz   sho‘rlangan   erlar   sug‘orma   dehqonchilik   rivojlangandan
keyin   kuchli   sho‘rlangan   erlarga   aylandi,   ayrim   pastqam   joylarda   sho‘rxoklar
54 vujudga kela boshladi. Kollektor-drenaj  tarmoqlarining qo‘rilishiga qaramasdan bu
jarayon   rivojlanib   yangi   sug‘oriladigan   yerlarni   ham   qamrab   olmoqda.
Mutaxassislarning  bashorat   qilishlaricha  Qiziltepa,  Qoratoq,  Azkamar  balandliklari
yonbag‘rlarining   o‘zlashtirilishi   Malik   cho‘lida   grunt   suvlarini   ko‘tarilishi   va
eralarni sho‘rlanish darajasini yanada oshishiga sabab bo‘ladi. Chunki Malik cho‘li
bu balandliklar o‘rtasida joylashgan va grunt suvlarini to‘planish bazisi hisoblanadi.
Huddi shunga o‘xshash jarayonlar Qarshi, Mirzacho‘llarai o‘zlashtirilganidan keyin
ham   kuzatilgan.   Shuning   uchun   ham   Malik   cho‘lini   o‘zlashtirganda   yuqoridagi
cho‘llarni   o‘zlashtirilgandagi   sodir   bo‘lgan   va   sodir   bo‘layotgan   jarayonlar
sinchiklab o‘rganilishi zarur edi.
55 Zirabuloq pasttekislik landshaftining geoekologik muammolarini o’rganish jarayoni
56 Jadval-7
MALIK CHO‘LI ER OSTI SUVLARINING JOYLASHISH CHUQURLIGI
Oylar Er maydoni, ming
ga Er osti suvlarining joylashish chuqurligi bo‘yicha
0-1  m 1-1,5  m 1,5-2  m 2-3  m 3  m dan yuqori
Aprel 6,7 - 0,2 1,9 3,6 1,0
Iyul 6,7 - 1,3 2,1 2,8 0,5
Oktyabr 6,7 - 1,0 1,2 3,8 0,7
Jadval-8
MALIK CHO‘LI YER OSTI SUVLARINING SHO‘RLANISH DARAJASI
Oylar Yer maydoni, ming
ga Yer osti suvlarining joylashish chuqurligi bo‘yicha
0-1  m, g/1 1-2  m, g/1 2-3  m, g/1 5-10  m, g/1 10  m, g/1
Aprel 6,7 - 1,2 4,1 0,8 -
Iyul 6,7 - 1,6 4,4 0,7 -
Oktyabr 6,7 - 1,9 4,3 0,8 - Ekinlarni   sug‘orishda   gidromorf   meliorativ   usulning   qo‘llanilishi   grunt
suvlari   sathining   y er   betiga   yaqin   joylashishiga   olib   kelgan.   Yotqiziqlar
tarkibidagi   tuzlarning   grunt   suvlari   ta'sirida   erishi   sababli   grunt   suvining
minerallashuv   darajasi   quyidan   yuqori   tomon   ortib   boradi   va   bug‘lanish
jarayonida   tuproqda   tuzlarning   to‘planishi   sodir   bo‘ladi.   Tuproqning   suv-tuz
rejimini   boshqarish   gidromorf   va   yarim   gidromorf   meliorativ   sharoitda   o‘ta
murakkab   masala   hisoblanadi.   Shuning   uchun   Malik   cho‘lidagi   jami
sug‘oriladigan   erlarning   qariyb   barchasi   turli   darajada   sho‘rlangan.   Ayniqsa
uning markaziy va quyi qismlarida erlarning sho‘rlanishi ancha katta.
Yerlarni   sug‘orish   bilan   tuproqning   tuz   rejimi   ham   buziladi.   Hududning
tabiiy   geografik   sharoitini   hisobga   olgan   holda   agrotexnika   qoidalariga   rioya
qilinsa   pastqam   joylarda   tuproqlarning   sho‘rlanish   jarayonini   oldini   olish
mumkin. Ko‘pgina hollarda agrotexnika qoidalariga rioya qilinmaganligi sababli
sug‘orish   me'yori   qo‘pol   ravishda   buzilmoqda.   Biz   ko‘p   joylarda   dalalarni
sifatsiz   tekislanishi,   irrigatsiya   tarmoqlaridan   noto‘g‘ri   foydalanish,   drenaj
tarmoqlarim   sifati   past   va   etishmasligini,   drenaj   tarmoqlari   va   ariqlarni
tashlandiq   holga   kelib   qolganligini,   sug‘orish   qoidalariga   amal
qilmayotganliklarini   guvohi   bo‘ldik.   Sug‘orish   me'yori   8   ming   m 3
/ga   teng
bo‘lsada,   Malik   cho‘lida   bu   15-20   ming   m 3
/ga   to‘g‘ri   keladi.   Bu   esa
tuproqlarning   sho‘rlanish   va   botqoqlanishini,   irrigatsion   eroziyaning
rivojlanishiga va boshqa salbiy tabiiy geografik jarayonlarni rivojlanishiga sabab
bo‘ladi.   Yerlarga   noto‘g‘ri   munosabatda   bo‘lish   natijasida   grunt   suvlarining
sathi chuqur bo‘lgan dastlabki sho‘rlangan yerlar grunt suvlari sathi ko‘tarilgan
o‘rtacha   va   kuchli   sho‘rlangan,   grunt   suvlari   minerallashish   darajasi   yuqori
bo‘lgan   yerlarga   aylanmoqda.   Shu   sababli   ham   sho‘rlanmagan   erlar   maydoni
yildan-yilga kamayib bormoqda.
3.2. Malik cho ‘ li yer osti suvlarining minerallashishi va ularning
agrolandshaftlar ekologiyasiga ta'siri
Malik   cho‘li   yerlarini   hozirgi   meliorativ   holatini   drenaj   tarmoqlarisiz
tasavvur   etib   bo‘lmaydi.   Hududda   asosan   gorizontal   drenaj   tarmoqlari   keng
58 tashkil   etilgan.   O‘zbekistonning   yangi   o‘zlashtirilgan   rayonlarida   gorizontal
drenaj   tarmoqlarining   uzunligi   reja   bo‘yicha   50   m/ga   to‘g‘ri   kelishi   kerak.
Ammo   Malik   cho‘lida   bu   ko‘rsatkich   ancha   past   darajada.   Masalan,   1980
yillarning   boshlarida   Malik   cho‘lida   drenaj   tarmoqlarining   uzunligi   4-5   m/ga
to‘g‘ri kelgan. Hozir ham drenaj tarmoqlarining uzunligi oshgan emas. Mavjud
bo‘lgan   drenaj   tarmoqlarining   holati   ham   qarovsiz   holatda.   Tabiiyki,   drenaj
tarmoqlarining   bunday   holati   sho‘rlanish   jarayoni   darajasini   pasaytirmaydi   va
uni oldini olish uchun etarli emas. Drenaj suvlarining katta qismi  Malik cho‘lida
asosiy   tarmoq   bo‘lgan   «Malikobod»   arig‘i   orqali   Zarafshon   daryosiga
tashlanadi. Bu ariqdan yiliga 16-17 mln. m 3
  suv daryoga tashlanadi. Bu esa o‘z
navbatida Zarafshon daryosi suvining sifatiga ham ta'sir ko‘rsatadi.
Malik cho‘li asosan Zarafshon daryosi suvi bilan sug‘oriladi. Shunday ekan
Zarafshon   daryosi   suvining   minerallashish   darajasi   ham   grunt   suvlarini
minerallashishiga   va   tuproqlarning   sho‘rlanishiga   ta'sir   etadi.   Buni   quyidagi
jadvaldan ham bilib olish mumkin. 
Jadval – 9
ZARAFSHON DARYO SI SUVINING MINERALLASHISH DARAJASI
Gidrologik
rejim
bosqichlari.
1-to‘lin suv
davri.   2-
mejen davriM
inerallashish	
g/l Tuz mg-ekv	
Ca(H
CO
3)2	
CaSO
4	
M
gSO
4	
N
a2SO
4	
N
aCl	
M
g(H
CO
3)2	
M
gCl2
1 2 3 4 5 6 7 8 9
Zarafshon daryosi - Dupuli qishlog‘i
1 0,18 1,27 - 0,75 0,03 0,14 0,21 -
2 0,30 2,34 - 0,92 0,24 0,17 0,28 -
Zarafshon daryosi  -  Navoiy shahri
1 0,85 3,54 2,41 4,45 - 0,39 - -
59 2 1,37 3,16 1,74 4,85 7,79 2,02 - -
E . I .   Chembarisov ,   B . A .   Baxriddinovlar   bo ‘ yicha   ( Gidroximiya   rechnbix   i
drenajnbix   vod   Sredney   Azii . 1989).
Zarafshon  daryosi  suvining   minerallashish  darajasi   Dupulida  to‘lin  suv   va
mejen   davrlarida   ham   uncha   katta   emasligi   jadvaldan   ko‘rinib   turibdi.   Navoiy
shahri yaqinida barcha tuzlarning miqdori har ikkala davrda ham yuqori. Chunki
Samarqand   viloyatining   sug‘oriladigan   erlaridan   chiqariladigan   drenajlar   ham
o‘z   suvlarini   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   Zarafshon   daryosiga   quyadi.   Daryo   suvining
kamaygan   davrida   tuzlar   miqdori   ko‘payishining   birinchi   sababi,   bu   davrda
daryo to‘yinishida toza suv manbai bo‘lgan muzlarning salmog‘ini kamayishi va
grunt   suvlari   salmog‘ini   ortishi   bo‘lsa,   ikkinchidan   bu   davrda   Malik   cho‘lidan
sharqda   joylashgan   Navoiy,   Xatirchi   va   Samarqand   viloyati   Paxtachi,   Narpay
tumanlan   dalalarida   erlarning   sho‘rini   yuvishda   ishlatilgan   suvlarning   daryoga
tashlanishidir.   Malik   cho‘liga   suv   beradigan   Shofirkon   kanali   ham   aynan   shu
daryodan   suv   oladi.   Bu   ham   o‘z   navbatida   yer   osti   suvlarini   minerallashish
darajasini va tuproqlarni sho‘rlanish darajasini ham oshiradi. Daryo suvida to‘lin
suv   davridan   boshlab   sulfat-magniy   miqdori   ortsa,   mejen   davrida   esa   sulfat-
natriy miqdori ortadi. Shunday qilib Malik cho‘liga zararli tuzlar bilan boyigan
daryo suvi olinadi.
Malik   cho‘lida   sharqdan   g‘arbga   tomon   sho‘rlangan   yerlar   maydoni   ortib
boradi.   Bu   birinchidan   tabiiy   drenajning   yo‘qligi,   ikkinchidan,   Zarafshon
daryosining   quyi   qismida   joylashganligi,   uchinchidan,   tuproq   profilida   gips
qatlamining   mavjudligi   bilan   bog‘liq.   Bu   yerda   gips   qatlami   50-80   sm
chuqurlikda   yotadi.   Amaliyot   shuni   ko‘rsatadiki,   agar   gipsli   gorizont   yer
yuzasiga   yaqin   joylashgan   bo‘lsa,   bunday   yerlarda   sug‘orma   dehqonchilikda
foydalanib   bo‘lmaydi.   Bu   yerlar   sug‘orilganda   suv   gipsli   gorizontga   tez   etib
boradi va ularni eritib tuproq yuzasiga ko‘tarilishiga olib keladi. Malik cho‘lida
yashovchi   mahalliy   aholining   fikriga   qaraganda   Malik   cho‘lining   barcha
joylarida   yangi   yerlar   o‘zlashtirilganidan   so‘ng   ikki   yil   o‘tib,   yerlarni   sho‘r
60 bosadi. Sho‘rlanishdan tashqari ayrim joylarda tuproq gorizonti ostida yotuvchi
gips   qatlamining   erishi   natijasida   soxta   karst   hodisalari   ham   uchraydi.   Agar
kelajakda   bunday   erlardan   oqilona   foydalanilmasa   va   belgilangan   agrotexnik
qoidalarga rioya etilmasa sho‘rlanish va soxta karst hodisalari yanada rivojlanib
ketadi.   Bizning   fikrimizcha   erlarga   paxta   va   boshqa   ekinlarni   ekishdan   oldin
hududning   drenaj   holatini   va   gips   gorizontini   yotish   chuqurligini   mukammal
o‘rganib   chiqish   kerak.   Gips   qatlamlari   yer   yuzasiga   yaqin   bo‘lgan   joylarda
mevali   daraxtlarni   ekish   maqsadga   muvofiqdir.   Sug‘oriladigan   yerlarning
meliorativ holatini yaxshilash uchun eng avvalo ilmiy asoslangan agrotexnik va
meliorativ chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur.
Sho‘rlangan   yerlarning   meliorativ   holatini   yaxshilash   maqsadida   azaldan
turli   zichilikda   zovur   tarmoqlari   qurilgan.   Malik   cho‘lida   umumiy   uzunligi
180,4 km ni tashkil etadigan zovur tarmoqlari 5-6 yillab tozalanmagan. Mavjud
irrigatsiya tarmoqlarining katta qismida suvning ancha qismi yerga shimilishga
sarf bo‘lmoqda. O‘zbekistonda sug‘orish tarmoqlarining foydali ish koeffitsienti
ko‘pdan   beri   0,64   ga   teng,   aslida   bu   raqam   0,80-0,85   atrofida   bo‘lishi   kerak.
Malik   cho‘lidagi   mavjud   sug‘orish   ariqlarining   bir   qismi   betonli   ariqlardan
iborat,   ammo   ularning   holati   ham   talabga   javob   bermaydi.   Latoklar   ulangan
joylarda suvning oqib chiqishi oqibatida ular atrofga sarf bo‘lmoqda.
Malik   cho‘lida   sug‘oriladigan   yer   maydonlaridagi   tuproq   qoplamining
sho‘rlanishi sulfatli-xloridli bo‘lib, uning sho‘rlanish darajasi quyidagicha:
Kam sho‘rlangan yerlar - 1,3 ming gektar.
O‘rtacha sho‘rlangan yerlar - 4,5 ming gektar. 
Kuchli sho‘rlangan yerlar - 0,9 ming gektar.
Meliorativ   holati   yomon   bo‘lgan   erlar   2,7   ming   gektarni   tashkil   etadi,
shundan   yer   osti   suvlari   yaqin   chuqurlikda   joylashgan   maydonlar   ming
gektardan va tuproq qoplami sho‘rlangan erlar 1,7 ming gektardan iborat.
2001   yilda   mutaxassislar   tomonidan   4500   gektar   eraing   sho‘rini   yuvish
to‘g‘risida   tavsiyalar   berilgan.   Ammo   xo‘jaliklar   ishchi   kuchini   etishmasligini
bahona qilib, bu tadbirlar amalga oshirilmagan.
61 Massivdagi   sug‘oriladigan   yerlarning   meliorativ   holatini   yaxshilash   uchun
2002 yilda quyidagi tadbirlar bajarildi:
- Sug‘oriladigan   yerlarning   meliorativ   holatini   yaxshilash   ishlarini   1500   gektar
maydonda o‘tkazildi. Shu jumladan, «Zarbdor» shirkat xo‘jaligida 250 gektar, «
O‘rtacho‘l»   shirkat   xo‘jaligida   500   gektar,   «Sardoba»   shirkat   xo‘jaligida   250
gektar va «L.Axmedov» shirkat xo‘jaligida 500 gektar.
- Xo‘jaliklararo   zovurlarni   35   km   ni,   xo‘jaliklar   ichidagi   120   km   uzunlikdagi
zovurlarni tozalash tadbirlari amalga oshirildi.
3.3  Zirabuloq   –  Ziyovuddin   tog‘ va tog‘oldi landshaftlari, ulardan
oqilona foydalanish.
Zirabuloq   va   Ziyovuddin   tog‘lari   Zarafshon   tog‘   tizmasining   g‘arbiy
davomi   bo‘lib   Oloy   tog‘   sistemasiga   kiradi.   Bu   tog‘lar   paydo   bo‘lishiga   ko‘ra
gersin   burmalanishiga   to‘g‘ri   keladi.   Keyinchalik   yemirilib   siyqalanib   past
tog‘larga aylanib qolgan. Gersin burmalanishidan keyin bo‘lib o‘tgan kuchli alp
burmalanishi   natijasida   bu   o‘lka   qaytadan   ko‘tarilgan.   Natijada   h ozirgi   tog‘
tizmalari va ular orasidagi botiq vodiylar vujudga kelgan.
Zarafshon tizmasining Taxtaqoracha dovoniga qadar bo‘lgan sharqiy qismi
Chaqilkalon   tog‘lari,   g‘arbdagisi   esa   Qoratepa   tog‘lari   deb   ataladi.   Qoratepa
tog‘lari   g‘arbda   Jom   qishlog‘i   yaqinida   asta-sekin   tekislikka   qo‘shilib
ketadi.Undan   g‘arb   tomonda   Zirabulok   va   Ziyovuddin   tog‘lari   joylashgan.   Bu
tog‘larning yuzasi shamol, oqar suvlarning ishi natijasida nurab pasayib qolgan
va ayrim joylarda keng tekislik yuza bilan qo‘shilib ketgan. Zirabuloq tog‘ining
eng   baland   Qorasuv   cho‘qqisi   dengiz   sathidan   1112   metrga,   Ziyovuddin
tog‘ining eng baland joyi Tirikbobo cho‘qqisi 839 metr yuqori ko‘tarilgan.
Zirabuloq   va   Ziyovuddin   tog‘   landshaftlari   o‘ziga   xos   xilma-xilligi   bilan
ajralib   turadi.   Tog‘   landshaftlariga   tavsif   berishda   tabiiy   resurslardan   oqilona
foydalanish   va   chora   tadbirlar   ishlab   chiqish   uchun   ularni   guruhlarga   ajratish
maqsadga   muvofiqdir.   Shu   boisdan   Zirabuloq   va   Ziyovuddin   tog‘
62 landshaftlarining   kelib   chiqishi   va   o‘ziga   xos   xususiyatlariga   qarab   ularni   3   ta
landshaft tiplariga ajratdik.
1 .   Tekis   yuzali   tog‘oldi   chalacho‘l   landshaftlari.   Bu   landshaftlarga   Malik
va   Qarnob   cho‘llarining   Zirabuloq   va   Ziyovuddin   tog‘lariga   yondoshgan
qismlari   va   shu   tog‘lar   atroflaridagi   tekis   yuzali   joylar   kiradi.   Ularning   dengiz
sathidan   o‘rtacha   balandligi   270-420   metr   bo‘lib,   tog‘dan   Qi zilqum   va
Zarafshon   vodiysi   tomon   pasayib   boradi.   Tekis   yuza   orasida   onda-sonda
gumbazsimon   tepachalar   uchraydi.   Ular   atrofidagi   tekisliklardan   2-3   metr
ko‘tarilgan,   yonbag‘irlari   asta-sekin   yonidagi   tekisliklar   bilan   qo‘shilib   ketgan.
Bu   antiklinal   tepachalar   yadrosi   neogen   davrining   konglomerat,   qumtosh   va
gillaridan tuzilgan bo‘lib, tektonik xarakatlar natijasida ko‘tarilgan. Zirabuloq va
Ziyovuddin   tog‘larining   Zarafshon   vodiysiga   qaragan   shimoliy   tomonida
landshaft   yuzasi   tog‘dan   keladigan   kuruq   jar   va   jilg‘alar   bilan   ancha
parchalangan.   Yillik   o‘rtacha   yog‘in   miqdori   125-160mm   bo‘lib,   10 0
c   dan
yuqori harorat yig‘indisi 5000 0
c  ga yetadi.  Q uruq va issiq iqlimli bu landshaftlar
o‘simlik   dunyosiga   boy   emas.   Asosiy   o‘simliklari   efem e r   va   efemeroidlardan
iborat. Ko‘p yillik buta va yarimbutalardan shuvoq, yontoq, qo‘ziquloklar keng
tarqalgan.   Tuproqlari   och   bo‘z,   sho‘rtob   va   taqir   tuproqlar   bo‘lib   ular   ichida
birinchisi   katta   maydonni   egallaydi.   Tog‘oldi   tekislik   chalacho‘l   landshaftlari
tarkibida urochish a lar keng tarqalgan. Lyossimon jinslar qoplagan tekis yuzalar,
quruq   jarlar ,   jilg‘alar,   tepasi   gumbazsimon   balandliklar.   Bu   landshaftlar   yil
davomida   yaylov   sifatida   foydalanib   kelinadi.   Quduqlar   atroflaridagi   o‘t
qoplami  uzluksiz mol  boqish  natijasida kuchli  degradasiyalangan.  Shuni  aytish
kerakki Malik cho‘l va Qarnob cho‘lining katta qismida gips tuzlari yer yuzasiga
yaqin   yotadi.   Sug‘orish   natijasida   ular   yer   yuzasiga   chiqib   tuproqni   sho‘rlatib
yuborishi  va tuz erishidan yuza qatlami cho‘kib psevdokarst  hodisasining keng
rivojlanishiga   imkon   yaratgan.   Bunday   jarayonlarni   Malik   cho‘lining   ayrim
joylarida kuzatish mumkin.
2.Tog‘oldi   chalacho‘l   adir   lapdshaftlari.   Bu   landshaftlar   tog‘lar   atrofini
halqadek   o‘rab   olgan   prolyuvial,   delyuvial   yotqiziqdardan   keng   rivoj   topgan.
63 Landshaftlarning   absolyut   balandligi   400-650   metrgacha   boradi.   Tog‘lardan
oqib   tushuvchi   soylar   adir   zonasidan   kesib   o‘tib,   ko‘p   joylarda   landshaft
yuzasini parchalab yuborgan. Adir landshaftlari tarkibida quyidagi urochishalar
keng   tarqalgan:   yassitepali   qirlar,   keng   vodiysimon   pasttekisliklar,   jarlar   va
quruq vodiylar.
Adir   landshaftlari   h am   qadimiy   yaylov   sifatida   foydalanib   kelinadi.   Shu
sababli juda ko‘p  joylarda  ozuqabop o‘tlar o‘rniga mollar yemaydigan yoki kam
yeydigan   begona   o‘tlar   ko‘payib   bormo q da.   O‘simliklarni   antropogen
degredasiyalanishi   yildan-yilga   kuchayib,   ularning   maydoni   kengayib
bormokda.
3 .   Kuchli   parchalangan   pasttog‘   chalacho‘l   landshaftlari.   Bu   landshaftlar
600-900   metr   balandlikda   joylashgan   bo‘lib,   Ziyovuddin   tog‘larining   katta
q ismini   egallaydi.   Ularning   poydevori   mezazoy   davrining   ohaktoshlari,
qumtoshlari, slanetslaridan tarkib topgan bo‘lib, bu jinslar lyossimon, delyuvial
yotqiziqlar  bilan  qoplangan.   Kuchli   parchalangan  joylarda  yuza  qatlam  yuvilib
ketgan va tub jinslar yer yuziga chiqib qolgan.
Chalacho‘l   landshaftlarda   o‘rtacha   yillik   yog‘in   mikdori   250-300   mm
bo‘lib,   adir   landshaftlariga   nisbatan   qor   qoplami   uzoq   yotadi.   Bu   esa
o‘simliklarning ancha xilma-xil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. O‘simlik qoplamining
asosini   q o‘ng‘irbosh va qorabosh tashkil qiladi. Soylarda tog‘ yonbag‘irlarining
shimoliy   ekspozisiyasida   efemeroidlar   bilan   birga   shuvoq,   ko‘ziquloq,
oqquvray,   toshloq   uchastkalarda   tog‘   kserofitlaridan   yostiqsimon   akantalimon,
makvis hamda karraklar uchraydi.
Pasttog‘   chalacho‘l   landshaftlar   tabiatini   o‘z   holiga   keltirish   va
yaxshilashning yagona chorasi yaylovdan to‘g‘ri foydalanishni izga solishdir. 
64 3.4 Zirabuloq   –  Ziyovuddin   to g`   va  tog‘oldi  tekisliklarining geoekologik
muammolari.
Insoniyat hayoti uni   o‘rab   turgan tabiiy muhit bilan uzviy   bog‘li q dir. U butun
borliqni,   shu   jumladan   insonni,   o‘zining   hayotbaxsh   nafasi   bilan   ta’minlab   turadi,
to‘ydiradi,   kiyintiradi.   Insoniyat   paydo   bo‘libdiki,   to   hozirga   qadar   tabiatning   bu
beminnat   ehsonidan   bahramand   bo‘lib   kelmoqda.   Hozirgi   vaqtda   aholi   sonining
muttasil   ko‘payib   borishi,   fan   va   texnika   taraqqiyoti   tabiiy   muhitga   antropogen
ta’sirning   kuchayib   borishi   hodisalari   geoekologik   muvozanatning   sezilarli   darajada
buzilishiga olib kelmoqda. Shuning uchun har bir hududning va shu jumladan G‘arbiy
Zarafshon   tog‘   va   tog‘oldi   tekisliklari   tabiiy   sharoitini   o‘rganish,   yuzaga   kelgan
geoekologik muammolarini tahlil etish hamda bu muammolarni bartaraf etish yo‘llarini
ilmiy jihatdan belgilab berish hozirgi zamon geografiya fanlari tizimining eng dolzarb
vazifalaridan biri hisoblanadi.
G‘arbiy   Zarafshon   tog‘   va   tog‘oldi   tekisliklari   O‘zbekiston   hududida   g‘arbdan
sharqqa   160   km   ga   cho‘zilgan   bo‘lib,   u   Chaqilkalon,   Qoratepa,   Zirabuloq   va
Ziyovuddin   tog‘   massivlarini   hamda   shimol   va   janubdan   ularga   tutash   bo‘lgan
Zarafshon   va   Qashqadaryo   vodiylarining   tog‘oldi   tekisliklarini   o‘z   ichiga   oladi.   Bu
hudud   shar q dan   Tojikiston   Respublikasi,   g‘arbdan   esa   Navoiy   viloya ti   bilan
chegaralanadi.   G‘arbiy   Zarafshon   tog‘lari   Zarafshon-Olon   strukturali   formasiok
zonasining   bir   qismi   bo‘lib,   G‘arbiy   Pomir-Oloy   tog‘   tizmalarining   gersin   tog‘
ko‘tarilishi davrida shakllangan va yangi tektonik harakatlar yordamida yoshargan.   Bu
tog‘lar as osan   paleozoyning silur,   devon karbon     o h a k t o shlari slanes   va   kumtoshlari
ha mda mezozoy va ka yna azoy   yotqiziqlzridan   tash ki l   toptan: Chaqilkalon va  Qo ratepa
tog‘larida   cho‘kindi   jinslar   orasida   intruziv   yotqiziqlar   h am   uchraydi.   Bular   granit,
diorit, porfirlardan iborat bo‘lib, ularning paydo bo‘lishi gersin orogenetik jarayoni bilan
bog‘liq .
Chaqilkalon tog‘i deyarli kenglik bo‘ylab cho‘zilgan. Eng baland nuqtasi Zebon
cho‘qisida  2336 mga yetadi. Bu tog‘ asimmetrik tuzilgan bo‘lib, shimoliy yonbag‘ri
qisqa va tik. Bu yerda tog‘ Zarafshon vodiysidan birdaniga ko‘tarilib ketadi, janubda esa
aksincha,  Farob- Mog‘iyon va Qashqadaryo vodiylariga qiya bo‘lib, asta sekin pasayib
boradi.   Chaqilkalon   tog‘i   devon   ohakktoshlaridan   tu zilganligi   sababli,   bu   yerda
65 voronkasimon,   konussimon   -   karst   shakllari   ko‘p   bo‘lib   bu   yerda   ba’zi   karst
konuslarining   diametri   80   m.   chuqurligi   esa   35-40   m   keladi.   So‘nggi   paytda
Chaqilkalon   tog‘ining   g‘arbiy   yonbag‘rida   joylashgan   Qirqtog‘   platosida   O‘rta
Osiyodagi   eng   chuqur   Kiley   g‘ori   (chug‘urligi   1082   m)   topilgan.   Taxtaqoracha
dovonidan   boshlab   (1630   m)   g‘arbga   qarab   Qoratepa   tog‘i   davom   etadi.   Bu   tog‘
intruziv jinslardan tuzilgan bo‘lib, eng baland joyi Kam q o‘ton cho‘qqisida 2195 mga
yetadi.   U   ham   Chaqilkalon   tog‘i   singari   asimmetrik   tuzilishga   ega   bo‘lib,   shimolga
qarab   asta-sekin   pasaya   borsa,   janub   tomoni   esa   tikdir.   Har   ikkala   tog‘ning   ham
yonbag‘irlari   katta   va   kichik   soylar   bilan   parchalangan   bo‘lib,   tog‘ning   yuqori
kismida   tik   va   chuqur   daralarni,   tog‘   etagida   esa   keng   soy   vodiylarini   hosil
qiladi.
Qoratepa tog‘i g‘arbga qarab davom etadi va Kattaqo‘rg‘on shahri janubida
yana   boshlanib,   Zirabuloq   tog‘ini   hosil   qiladi.   Zirabuloq   tog‘i   g‘arbga   qarab
taxminan 100 kmga cho‘zilgan (nisbiy balandligi 500-600 m). Eng baland joyi
Zindontog‘   cho‘qqisi   bo‘lib,  1116  mga  yetadi.  Zirabuloq   tog‘i   g‘arbda  Qarnob
yo‘lagi   orqali   Ziyovuddin   tog‘idan   ajralib   turadi.   Bu   t o g ‘   Zarafshon
tizmasining eng g‘arbiy qismi bo‘lib, nisbiy balandligi 300 m, mutloq balandligi
esa   914   mga   yetadi.   Ziyovuddin   tog‘ining   eng   baland   yeri   Navoiy   sha h ridan
sharqdagi   Dartko‘l   cho‘qqisidir   (914   m).   Ziyovuddin   va   Zirabuloq   tog‘lari
denudasiya jarayonida pasayib, yassilanib qolgan, ularda quruqsoylar ko‘p. Har
ikkala tog‘ xam  shimolda O‘rta Zarafshon va janubda Qashqadaryo okrutlariga
tutashib   ketadi.   Hududning   tog‘oldi   tekisliklari   asosan   paleogen,   neogen   va
antropogen  davr  cho‘kindilari  jinslaridan  tarkib  topgan. Yer   yuzasini   allyuvial,
allyuvial-prolyuvial   va   prolyuvial   yotqiziqlari   qoplab   olgan.   Relef   shakllari
qayir,   qayir   usti   terrasa,   tog‘oldi   prolyuvial   tekislik   va   adirlardan   iborat.   Yer
yuzasi   g‘arbdan   sharqa   tomon   300-350   m   dan   900-1000   m   gacha   kutarilib
boradi.   Bu   yerlar   P .G.Gorshkovning   seysmik   rayonlashtirish   sxemasi   bo‘yicha
7-8 ballik seysmik zonaga kiradi   (Abdurahmonova,   2003). Bu xududda foydali
qazilmalardan   marmar,   granit,   oxaktosh,   sement   xom   ashyosi,   kum-shag‘al
66 materiallari,   marganes,   volfram,   qalay   xamda   mineral   buloqdar   ko‘plab
uchraydi . 
G‘arbiy   Zarafshonning   iqlimi   kontinental   bo‘lib,   u   yozning   issiqligi   va
kurg‘oqchiligi,   q ishning  nisbatan   sovuqligi  va  namgarchiligi   bilan  tavsiflanadi.
Tog‘larda   va   voxalarda   o‘ziga   xos   mikroiqlim   shakllangan.   Hudud   termik
resurslar   bilan   yetarli   darajada   ta’minlangan:   +10°c   dan   yuqrri   bo‘lgan
haroratning umumiy yig‘indisi 4200-4300  0
c   dan ortadi, o‘rtacha yillik xarorat +
13,4 0
c   ga   teng,   yanvarniki   esa   -0,2   0
c   va   iyulniki   +26   0
c   atrofida.   Mutlaq   past
ha rorat   ayrim   yillari   -24   0
c   -   35   0
c   gacha   tushsa,   mutlaq   yuqori   qarorat   +40°
+44°c     gacha   ko‘tariladi   (Balashova   va   boshkalar,   1960).   Relyefning
murakkabligi   tufayli   g‘arbdan   sharqqa   hamda   tekislikdan   balandlikka
ko‘tarilgan sari havo harorati pasayib va aksincha, yog‘in mikdori ortib boradi.
Yillik yog‘ing miqdori xududning g‘arbiy tekislik qismida 300 mm dan, sharqiy
tog‘li qismida 900 mm gacha yetadi. Omonqo‘tonda bir yilda o‘rtacha 881 mm,
ayrim   yillari   esa   1000   mm   dan   ko‘p   yog‘in   tushadi.   Yer   usti   suvlari   asosan
Zarafshon   daryosi   (Ravotxo‘ja   tug‘oni)dan   boshlanuvchi   Darg‘om   kanali   va
undan suv oluvchi bir necha irrigatsion kanallardan (Yangiariq va boshqalar) hamda
G‘arbiy   Zarafshon   tog‘ining   shimoliy   va   janubiy   yonbag‘irlaridan   boshlanuvchi
Mo‘minobodsoy,   G‘o‘ssoy,   Urgutsoy,   Kamongaronsoy,   Omonko‘tonsoy,   Ohaliksoy,
Sazag‘onsoy, Oqsoy, Varganzasoy, Sho‘rabsoy, Makridsoy, Oyoqchisoy, Qalqamasoy
va bir qancha kichik soylardan iborat. Bu soylarning ko‘pchiligi mavsumiy xarakterga
ega   bo‘lib,   yoz   oylari   qurib   qoladi.   Faqatgina   yirik   karst   bulo q laridan   suv   oluvchi
soylargina yil davomida oqadi.
X.   J.   Jo‘raqulovning   (1992)   ma’lumotiga   ko‘ra   tog‘dagi   barcha   karst   buloqlari
suvining   o‘rtacha   yillik   suv   sarfi   200   m 3
/sek.   ga   teng   bo‘lib,   bu   birgina   Darg‘om
kanalidan butun yoz davomida oqib o‘tadigan suvning hajmiga tengdir. Chaqilkalon
tog‘   yonbag‘ridan   chiqayotgan   buloqlar   Urgut   shahri   hamda   Kamongaron,   G‘o‘s,
Varganza kabi qishlokdarni ichimlik suvi bilan ta’minlabgina qolmasdan, balki tog‘oldi
tekisligidagi sug‘oriladigan yerlarni ham suv bilan ta’minlayli. Yer osti suvlari turli xil
chuqurlikda joylashgan bo‘lib, tog‘oldi tekisligida 15-20 m ni, daryo qayirlarida 1-2 m
67 ni tashkil etadi. Yer osti suvlari chuchuk va iste’mol qilishga yarokli, minerallashish
darajasi   oqim   yo‘nalishi   bo‘ylab   0,1   g/l   dan   1,0   g/l   gacha   ko‘payib   boradi
(Abdurahmonova, 2003).
Sug‘orma   dehdonchilikda   o‘tloq,   botqoq-o‘tloq,   tipik   va   qoramtir   bo‘z
tuproqlardan keng foydalaniladi. Bu tuproqlarda agroirrigasion yotqiziqlarnint qalinligi
1,5-2 m dan oshadi. Tog‘larda esa to‘q bo‘z tuproklar hamda tog‘ jigarrang tuproqdari
keng  tarqalgan.   Hudud  o‘simliklar   dunyosiga   boy   bo‘lib,   unda   cho‘l   o‘simliklaridan
tortib,   o‘rtacha   baland   tog‘   o‘simliklarigacha   uchraydi.   Tekislik   hamda   qir-adirlarda
efemer va efemeroid o‘simliklardan qorabosh (rang), ko‘ng‘irbosh, ayiqtovon, chalov,
darmana, chuchmoma, lolaqizg‘aldoq, bo‘tako‘z, yaltirbosh, astragal, akontolimon va
boshqalar o‘sadi. Bu yerlar, ayniqsa bahorda efemer va efemeroidlar qiygos gullaganda
chor   atrof   ajoyib   qirmizi   ranga   burkanadi.   Sug‘oriladigan   yerlarda   asosan   madaniy
o‘simliklar ekiladi. Tog‘larda esa tog‘ lolasi, tog‘ piyozi, ravoch, zira, tuyayaproq, kabi
o‘simliklari bilan bir qatorda tol, terak, chinor, yong‘oq, olma, o‘rik, shaftoli, do‘lana,
bodom, tog‘olchasi kabi mevali va manzarali daraxtlar o‘sadi. Tog‘larning 1200 m dan
2300   m   gacha   bo‘lgan   balandliklarida   oz   bo‘lsada,   zarafshon   hamda   saur   archalari
uchraydi.
Shunday qilib, xududning tabiiy sharoiti xilma-xil bo‘lib, xalq xo‘jaligining turli
tarmoqlarini  rivojlantirish  uchun  juda qulay.  Shuning uchun  ham   G‘arbiy Zarafshon
tog‘     va   tog‘oldi   tekisliklari   uzumchilik,   bog‘dorchilik,   polizchilik,   kartoshkachilik,
tamakichilik,   g‘allachilik,   paxtachilik,   asalarichilik,   pillachilik,   parrandachilik   va
boshqalarga   ixtisoslashgan.   Tog‘   yonbag‘rlarida   esa   jamoa   xo‘jaligi   va   mahalliy
aholining ko‘plab chorva mollari boqiladi. Tog‘larning so‘lim, shifobaxsh, toza havo,
daraxtlarga   boy   xushmanzarali   hamda   zilol   suvli   karst   buloqlari   va   sersuv   soylari
atrofida   bir   qancha   sport-sog‘lomlashtirish   oromgohlari,   davolash-profilaktik
sanatoriyalari va dam olish maskanlari barpo etilgan. 
Lekin   shu   bilan   bir   qatorda   hozirga   kelib   bu   xudud   tabiatiga   insonning
antropogen   ta’sirining   kuchayib   borishi   bir   qator   geoekologik   muammolarni   keltirib
chiqarmoqda. Yer osti va yer usti suvlarining (jumladan buloq suvlarining) ifloslanishi,
o‘simliklar   degradasiyasi,   tog‘   o‘rmon   massivlarining   qisqarib   ketishi,   tuproq
68 qoplamining kuchli eroziyaga uchrashi, sug‘oriladigan agrolandshaftlarning kimyoviy
ifloslanishi shular jumlasidandir. Quyida biz ularning ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz.
So‘nggi   vaqtlarda   kishilar   tomonidan   nodir,   dorivor,   ozuqabop   va   boshqa   foydali
o‘simliklarning  ko‘plab  yig‘ib  olinishi  tabiiy  floraga  katta zarar   keltirmoqda.  Bu  hol
o‘simliklarning   yangi   turlarini   yaratishda   va   mavjud   turlarini   moslashtirishda   katta
ahamiyatga   ega   bo‘lgan   betakror   genofondning   yo‘qolishiga   olib   keladi.   Bulardan
tashqari aholi tomonidan tog‘ yonbag‘rlaridagi daraxt va buta o‘simliklarini yoqilg‘i va
qurilish   maqsadlari   uchun   kesib   olish   hamda   yaylovlarda   chorva   mollarini   tartibsiz
boqish oqibatida o‘simliklar degradastiyaga uchramoqda. Ayniqsa, G‘o‘ssoy, Urgutsoy,
Kamongaronsoy,   Omonko‘tonsoy,   Oxaklisoy   hamda   Sazag‘onsoylarining
yonbag‘irlaridagi   bodomcha,   do‘lana,   na’matak   kabi   buta   o‘simliklari   ko‘plab   kesib
yuborilgan   bo‘lib,   ular   faqatgina   tog‘larning   chiqish   qiyin   bo‘lgan   joylaridagina
saqlanib   qolgan.   Yaylovlarda   chorva   mollarini   me’yordan   ortiq   va   tartibsiz   boqish
natijasida   o‘simliklar   juda   siyraklashib   qolgan.   Chorva   mollari   to‘planib   qoladigan
qo‘ralar atrofida esa o‘simliklar yo‘q bo‘lib, yalang‘och yerga aylangan.
Tuproq eroziyasi tog‘ yonbag‘irlarida va tog‘oldi tekisliklarida tabiiy o‘simlik
qoplami   siyraklashib   qolgan   qiyaliklardan   tuproqning   chirindiga   boy   bo‘lgan   ustki
qatlamining vaqtincha oqar suv (yomg‘ir, jala, do‘l, qor)lar yordamida yuvilib ketishi
bilan xarakterlanadi. Suv okimlari g‘ovak tuproqni yuvib ketishi bilan birga, o‘zagini
chukurroq   yemirishi   oqibatida   jarliklarni   vujudga   keltiradi.   Tuproqning   chirindi
moddalarining yuvilib ketishi  uning  unumdorligini  keskin  pasaytirsa,  jarlik eroziyasi
ko‘plab   yer   maydonini   parchalab,   uni   dehqonchilikda   foydalanish   uchun   yaroqsiz
bo‘lib   qolishiga   olib   keladi.   Bunday   holatlarni   soy   vodiylari   va   adirlarda   ko‘plab
uchratish   mumkin.   Sug‘oriladigan   yerlarying   aksariyati   irrigasion   eroziyasiga
uchragan. Karst q uduqlari,  buloqlar va soylar atroflarida sanitariya -  himoya  zonasining
yo‘qligi,   chorva mollarining   ko‘plab   boqilishi hamda   maishiy-xo‘jalik   chiqindilarini
tashlash   oqibatida bir paytlari ziloldek toza bulgai  buloq   va  soy suvlari  h o zirga   kelib
ancha ifloslanib ketdi.
Hududning  sug‘oriladigan  agrolandshaftlarida ham ekologik vaziyat ancha keskin.
Paxta  maydonining har gektariga 220 kg azot, 120-150 kg fosfor va 50 kg atrofida kaliy
69 o‘g‘itlari   solinadi.   Shundan   30-40   %   i   g‘o‘za   o‘simliklari   tomonidan   o‘zlashtiriladi.
Qolgan qismi yer usti suvlarini ifloslantiradi, tuproqdarda to‘planib, sabzavot va poliz
ekinlarini   zaharlaydi.  Bunday   ekologik  vaziyat   inson   salomatligiga   ham   salbiy   ta’sir
ko‘rsatadi (Abdulqosimov, Abdurahmonova, 2002).
Yuqoridagi vaziyatlardan kelib chiqqan holda G‘arbiy Zarafshon tog‘ va tog‘oldi
tekisliklarida  vujudga kelgan geoekologik muammolarni bartaraf etish uchun quyidagi
kompleks chora tadbirlarni kechiktirmay amalga oshirishni zarur deb hisoblaymiz:
1.Tog‘   o‘rmonlarida  daraxt   va  butalarning  kesilishiga,  shuningdek   noyob  va  dorivor
o‘simliklarni me’yordan ortiq hamda ildizi bilan kovlab olinishiga aslo yo‘l qo‘ymaslik;
2.   O’simlik   qoplami   kuchli   degradasiyaga   uchragan   yaylovlarda   chorva   mollarini
boqishni tartibga solish hamda agrofitomeliorasiya tadbirlarini amalga oshirish, 
3. Kuchli eroziyaga uchragan tog‘ yonbag‘rlarida, karst quduqlari, buloqlar va soylar
atroflarida chorva mollarini boqishga chek qo‘yish; 
4.  O‘simlik  qoplami kuchli degradasiyalashgan hududlarda eroziya va sel jarayonlarini
oldini olish uchun tog‘-o‘rmonmeliorativ; tadbirlarini amalga oshirish; 
5.   Ekin   maydonlarining   nitratlar.   pestisidlar   va   gerbi t sidlar   bilan   zaharlanishiga   yo‘l
qo‘ymaslik; 
6.   Sug‘oriladigan yerlarda yuz berayotgan tuproq  eroziyasiga  va tuproqlarning  qayta
sho‘rlanishiga qarshi kurashish; 
7. Agrolandshaftlar unumdorligini oshirish va  qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifatini
yaxshilash uchun mineral o‘g‘itlarni me’yorida ishlatishni va organik o‘g‘itlardan keng
foydalanishni tashkil etish; 
8. Geosistemalardan tabiat qonunlarini hisobga olgan holda oqilona foydalanish.
70 X U L O S A
Biz   o‘rgangan   Zirabuloq   –   Ziyovuddin   tog‘lari   va   tog‘oldi   tekisliklari
Zarafshon   tizmasining   eng   g‘arbiy   qismi   bo‘lib,   tabiiy   sharoitiga   ko‘ra   boshqa
hududlardan o‘ziga xos xislatlari bilan ajralib turadi.
Zirabuloq   –   Ziyovuddin   tog‘lari   va   tog‘oldi   tekisliklari   hududining
geologik   tuzilishi   paleozoy   uchlamchi   va   to‘rtlamchi   davr   yoshidagi   tog‘
jinslaridan   tarkib   topgan.   O‘lkaning   iqlimi   kontinental   bo‘lib,   yozi   issiq   va
qurg‘oqchildir. Yog‘in miqdori 100-127 mm atrofida.
Hududning   relefi   g‘arbdan   sharqqa   tomon   ko‘tarilib   boradi.   Bu   esa   o‘z
navbatida   tabiiy   sharoitni   xilma-xilligiga   hamda   landshaft   komplekslarining
turlicha   bo‘lishiga   olib   keladi.   Undan   tashqari   geologik   strukturasining   turli
xilligi,   o‘simlik   va   hayvonot   olamining   har   xilligi,   landshaft   rayonlariga
ajratishga   imkon   tug‘diradi.   Albatta   biz   landshaft   rayonlashtirishni   amalga
oshirishda   tabiiy   geograflar   tomonidan   ishlab   chiqilgan   printsip   va   uslublarga
tayandik.   В uning   natijasida   ikkita,   ya'ni   Zirabuloq   past   tog‘   landshafti   va
Ziyovuddin   past   tog‘   landshafti,   uchta   Oqtosh   tog‘oldi   tekislik   landshafti,
Malikcho‘l   tog‘oldi   tekislik   landshafti   va   Qarnobcho‘l   tog‘oldi   tekislik
landshafti va bitta allyuvial terrasa voha landshaftini ajratdik.
Ajratilgan   landshaftlarning   morfologik   strukturasi   bir   muncha   murakkab
tuzilgan   bo‘lib,   ular   o‘ziga   xos   va   xarakterli   landshaft   yaruslaridan,   joy
tiplaridan va urochishalardan tarkib topgan. Ma'lumki, landshaft komponentlari
inson   yashaydigan   konkret   muhit   hisoblanib,   uni   har   qanday   ko‘ngilsiz   va
nooqilona o‘zgarishlar hamda ifloslanishlardan muhofaza qilish zarur.
Ilmiy   ishning   uchinchi   bobi   Zirabuloq   –   Ziyovuddin   tog‘lari   va   tog‘oldi
tekislik   landshaftlarining   geoekologik   muammolariga   bag‘ishladik.   Bizga
ma'lumki,   tog‘larga   nisbatan   tog‘oldi   tekisliklariga   insonning   bevosita   ta'siri
anchayin   kuchli   hisoblanadi.   Qishloq   xo‘jaligini   yuritishni   hozirgi   ko‘lami   va
usullari   barcha   hududlarda   tabiatdagi   ekologik   muvozanatni   buzilishiga   olib
kelmoqda.   Misol   tariqasida   hududning   tog‘oldi   tekisligi   hisoblangan   Malik
cho‘lini oladigan bo‘lsak, hudud o‘zining tabiiy xususiyatlari bilan Zirabuloq –
71 Ziyovuddin   tog‘lari   va   tog‘oldi   tekisliklarining   boshqa   hududlaridan   ajralib
turadi.
Malik   cho‘lini   tez   o‘zlashtirilishi,   sug‘oriladigan   maydonlami   kengayib
borishi   va   agrotexnika   qoidalariga   amal   qilmaslik   oqibatida   bir   qancha
geoekologik muammolar  kelib chiqqan. Ya'ni  ulardan eng asosiylariga yer osti
va   yer   usti   suvlarining   isfloslanishi,   tuproqlarning   sho‘rlanishi   hamda   turli
ximikatlar   bilan   ifloslanishidir.   Bular   o‘z   navbatida   shu   hududda   yashayotgan
insonlarga   ham   o‘z   salbiy   ta'sirini   ko‘rsatadi.   Yuqoridagi   ekologik
muammolarga   asosiy   sabab   inson   xo‘jalik   faoliyati   oqibatida   kelib   chiqqan
grunt   suvlarining   ko‘tarilishi,   hududni   asosiy   suv   manbai   bo‘lgan   Zarafshon
daryosi suvining minerallashish darajasini ortishidir.
Bundan   tashqari   tog‘   va   tog‘oldi   yaylovlarining   degradatsiyasi,   suv   va
shamol eroziyasi, tuproq unumdorligining (degumizatsiya) pasayishi va shu kabi
muammolar   eng   dolzarb   geoekologik   muammolar   sirasiga   kiradi.   Yuqorida
ko‘rsatib   o‘tilgan   geoekologik   muammolarini   bartaraf   etish   chora-tadbirlari
ilmiy ishning uchinchi bobida batafsil bayon qilingan.
72 F O Y D A L A N I L G A N   A D A B I Y O T L A R
1. Abdulkasimov   A.A.   Problemi   izucheniya   mejgorno-kotlovinnix
landshaftov Sredney Azii. - Tashkent: Fan, 1983 g .
2. Abdulkasimov   A.A.,   Abduraxmanova   Yu.X.   Landshaftno-
ekologicheskaya   xarakteristika   Kattakurganskogo   oazisa   Zarafshanskoy
kotlovini.   //O‘zbekistonning   ekologik   muammolari   va   tabiatni   mux o faza
qilish.  - Samarkand, 1998 y.
3. Abdulqosimov  A. A., Abduraxmanova  Yu.   H.  Zarafshon boti g‘ i texnogen
landshaftlarini   ekologik   optimallashtirish   va   ulardan   foydalanish.
//Geografiya va tabiiy resurslardan foydalanish. - Toshkent, 2001  y .
4. Abdulqosimov   A.   A.,   Abduraxmanova   Yu.   X,.   Zarafshon   botig‘idagi
sug‘oriladigan   agrolandshaftlarda   vujudga   kelgan   geoekologik   muammolar.
//Sug‘oriladigan   bo‘z   tuproqlar   unumdorligini   oshirish   va   uning   ekologik
muammolari. - Samarkand, 2002  y .
5. Abdulkasimov   A.   A.,   Abduraxmanova   Yu.   X.   Formirovaniya
antropogennix landshaftov v basseyne reki Zarafshan. //Problemi osvoyeniya
pustin. - Ashxabad, 2003  y , № 2.
6. Abduraxmanova   Yu.   X.   Landshaftniye   kompleksi   Zarafshanskoy
kotlovini     i   ix   selskoxozyaystvennoye   ispolzovaniye.   //Biologiya   va
ekologiyaning  hozirgi  zamon muammolari. - Samarkand, 1999  y .
7. Abduraxmanova   Yu.   X,.   Voxa   landshaftlarini   katalashtirishda
qo‘llanilgan   asosiy   prinsiplar   va   metodlar.   //Tabiiy   geografiyaning   regional
muammolari. - Samarkand, 2002  y .
8. Agroklimaticheskiyi   resursi   Djizakskoy   i   Samarkandskoy   oblastey
Uzbekskoy SSR. -L.: Gidrometeoizdat, 1977 g .
9. Azimov Sh. A.,   O‘razboyev   A. K. Geografiya fanida tizimli usul va yer-
suv   resurslaridan   oqilona   foydalanishda   uning   a h amiyati.   //O‘zbekiston
Geografiya jamiyati axboroti. 21-jild. - Toshkent, 2000  y .
10.   Akramov   Z.   M.   Geografiya   selskogo   xozyaystva   Samarkandskoy   i
Buxarskoy oblastey. Ch. 1. - Tashkent, 1961.
73 11.  Akramov Z.M. Problemi xozyaystvennogo osvoyeniya pustinnix i gorno-
predgornix territoriy. - Tashkent, 1974  y .
12.   Alibekov L.A. Landshafti i tipi zemel Zarafshanskix gor i prilegayushix
ravnin. -Tashkent: Fan, 1982  y .
13.  Alibekov L.A., Abbasov S. B. Ekologicheskaya situasiya v sredney chasti
basseyna  r. Zarafshan.  // O‘ zbekist o n Geografiya jamiyati    axboroti. 1-jild. -
Toshkent, 2000  y .
14.   Andayeva   D.   B   Vohalarda   geoekologik   vaziyatlarning   inson
salomatligiga   ta’siri.   //O‘zbekiston   Georafiya   jamiyati   axboroti.   19- jild.
Toshkent,1998 y.
15.   Babushkin   L .   N .,   K   voprosu   agroklimaticheskogo   rayonirovaniya
respublik   Sredney   Azii . //   Trudi   TashGU ,   nov .   ser .   vip .186.- Tashkent , 1961
g .
16.   Babushkin   L.   N.,  Kogay   N.   A.  Fiziko-geograficheskoye   rayonirovaniye
Uzbekskoy SSR.  // Nauch.trud i  TashGU, v i p.231.-Tashkent, 1964 g.
17.   Balashova   Ye.   N.   i   dr.   Klimaticheskoye   opisaniye   Zeravshanskogo
rayona .-L., 1963 g.
18.   Baratov P. Prirodniye resursi  Zarafshanskoy  dolini  i ix ispolzovaniye. –
Tashkent: Fan, 1977 g.
19. Baratov P. O‘zbekiston tabiiy geografiyasi .-    Toshkent: O‘qituvchi, 1996
y.
20.   Baratov P. Mamatqulov M., Rafiqov A. O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi.
- Toshkent: O‘qituvchi, 2002 y.
21.   Buskov   N.   A.,   Muravyeva   N.   T.   Pochvi.   //   Prirodniye   usloviya   i   resuri
Yugo-Zapadnogo Uzbekistana. – Tashkent, 1965 g.
22.   Gorbunov   B.   V.   Oroshayemiye   pochvi   sredney   Azii.   //Georafiya   i
klassifikasiya pochv Azii. – M., 1965 g.
23.   Davlyatov   Sh.   D.   Tektonika   neftegazonosnix   raynov   Zapadnogo
O‘zbekistana. – Tashkent, 1971 g.
74 24.   Zakirov   K.   Z.   Flora   i   rastitelnost   basseyna   reki   Zeravshan.   Ch.   1.
Tashkent, 1955 g.
25.   Kasimov   S.   N.   Lessoviye   porodi   Samarkandskoy   vpadine.   –
Tashkent, 1970 g.
26.   Korovin   Ye.   P.   Rastitelnost   Sredney   Azii   i   Kazaxistan.   T.   I .   -
Tashkent,19 61  g.
27.   Korovin   Ye.   P.   Rastitelnost   Sredney   Azii   i   Kazaxistan.   T.   II .-
Tashkent,19 61  g.
28.   Kostenko   N.   P.,   Chityakov   A.   A.   Nekotoriye   zakonomernosti
noveyshogo razvitiya gornix vpadin (na primere Zarfshanskoy kotlovini).   //
Byulleten Komissii po izucheniyu chetvertichnogo perioda. № 27. 1962 g.
29.   Krasnopolin Ye. S. Nekotoriye osobennosti flori Srednogo Zeravshana. //
Trudi In-ta karakulevodstva. – Samarkand, 1961 g.
30.   Kuguchkov   D.   M.   mineraogicheskiy   sostav   zasolennix   pochv
Zeravshanskoy dolini. // Trud. Uzb. selxoz. in-ta, t. 3. – Samarkand,   1960 g.
31.   MashkovsevS.   F.   Gidrogeologicheskoye   issledovaniya   v   basseyne   r.
Zeravshan. // Trud. GGRU,  str . 21. 1931 g. 
32. Molodsov   V.   A.   Xarakteristika   irrigasionn i x   nasosov   Samarkandskogo
oazisa. // Pochvovedeniye. 1958 g. № 2.
33.   Popov   M.   G.   Rastitelbnost   Samarkandskoy   oblasti.   //   Trud.   In-ta
karakulevodstva. T. 10.- Samarkand 1960 g.
34.   Saidov   A.   Gidrogeorafiya   i   rejim   basseyna   r.   Zeravshan.   //   Prirodniye
usloviya i resursi Yugo- Zapadnogo Uzbekistana. – Tashkent, 1965 g.
35.   Tetyuxin   G.   F.   K   voprosu   o   formirovanii   chetvertichnogo   pokrova
Karnabchulskoy stepi. // Trudi SamGU , ser. geogr. – Tashkent, 1958 g.
36.  Umarov M. U. chetvertichniye otlojeniya drevney delti r. Zerevshan. Kak
odin   iz   faktorov   formiravaniya   landshafta.   //   Trudi   SamGU,   ser.   geogr.   –
Samarkand, 1963 g.
37.   Fedotova   G.   A.   Stroyeniye   paleozoyskogo   skladchatogo   osnovaniya
Zeravshanskoy mejgornoy vpadini. // Sovetskaya geologiya, 1963 g. № 7.
75 38.   Hamdamov   X.   Irrigasionnaya   eroziya   i   meri   borbi   s   ney   v
Zereavshanskoy doline. // Avtoref. dokt.dis. – Tashkent, 1975 g.
39.  Shuls V. L reki Sredney Azii. – Tashkent, 1961 g.
40.   Yanshina   M.   S.   Gidroximicheskaya   xarkateristika   basseyna   r.
Zeravshan. // Trudi lab. Gidrogeolog. prob. T.16. – M., 1958 g. 
A D A B I Y O T L A R
1. Абдулкасимов   А.А.   Проблeмы   изучeнr   мeжгорно-котловинных
ландшафтов Срeднeй Ази. - Ташкeнт: Фан, 1983 г .
76 2. Абдулкасимов   А.А.,   Абдурахманова   Ю.Х.   Ландшафтно-
экологичeская   характeристика   Каттакурганского   оазиса   Зарафшанской
котловины.   //Ўзбeкистоннинг   экологик   муаммолари   ва   табиатни
мух о фаза  қилиш.  - Самарканд, 1998 г .
3. Абдулқосимов   А.А.,   Абдурахманова   Ю.Ҳ.   Зарафшон   боти ғ и
тeхногeн   ландшафтларини   экологик   оптималлаштириш   ва   улардан
фойдаланиш.   //Гeографr   ва   табий   рeсурслардан   фойдаланиш.   -
Тошкeнт, 2001 й .
4. Абдулқосимов   А.А.,   Абдурахманова   Ю.Х,.   Зарафшон   ботиғидаги
суғориладиган   агроландшафтларда   вужудга   кeлган   гeоэкологик
муаммолар.   //Суғориладиган бўз тупроқлар   унумдорлигини ошириш ва
унинг экологик муаммолари. - Самарканд, 2002  й .
5. Абдулкасимов   А.А.,   Абдурахманова   Ю.Х.   Формирование
антропогeнных   ландшафтов   в   бассeйнe   рeки   Зарафшан.   //Проблeмы
освоенr пустынь. - Ашхабад, 2003 й , № 2.
6. Абдурахманова   Ю.Х.   Ландшафтные   комплeксы   Зарафшанской
котловины   и   f   сeльскохозяйствeнное   использование.   //Биологr   ва
экологrнинг  ҳозирги  замон муаммолари. - Самарканд, 1999  й .
7. Абдурахманова   Ю.Х,.   Вох,а   ландшафтларини   карталаштиришда
қўлланилган   асосий   принциплар   ва   мeтодлар.   //Табий   гeографrнинг
рeгионал муаммолари. - Самарканд, 2002 й .
8. Агроклиматичeские рeсурсы Джизакской и Самаркандской областeй
Узбeкской ССР. -Л.: Гидромeтeоиздат, 1977 г .
9. Азимов Ш.А.,   Ўразбоев   А.К. Гeографr фанида тизимли усул ва ер-
сув   рeсурсларидан   окилона   фойдаланишда   унинг   а ҳ амrти.
//Ўзбeкистон  Гeографr жамrти ахбороти. 21-жилд. - Тошкeнт, 2000 й .
10.   Акрамов   З.М.   Гeографr   сeльского   хозяйства   Самаркандской   и
Бухарской областeй. Ч. 1. - Ташкeнт, 1961.
11.   Акрамов   З.М.   Проблeмы   хозяйствeнного   освоенr   пустынных   и
горно-прeдгорных тeрриторий. - Ташкeнт, 1974  й .
77 12.   Алибeков   Л.А.   Ландшафты   и   типы   зeмeль   Зарафшанскf   гор   и
прилeгающf равнин. -Ташкeнт: Фан, 1982  й .
13.   Алибeков   Л.А.,   Аббасов   СБ.   Экологичeская   ситуацr   в   срeднeй
части   бассeйна   р.   Зарафшан.   // Ў збeкист о н   Гeографr   жамrти
ахбороти.            21-жилд. - Тошкeнт, 2000  й .
14.   Андаева   Д.   Б   Воҳаларда   гeоэкологик   вазrтларнинг   инсон
саломатлигига   таъсири.   //Ўзбeкистон   Гeорафr   жамrти   ахбороти.19-
жилд. Тошкeнт,1998 й.
15.   Бабушкин   Л.   Н.,   К   вопросу   агроклиматичeского   районированr
рeспублик Срeднeй Ази. // Труды ТашГУ, нов. сeр. вып.186.-Ташкeнт,
1961 г.
16.  Бабушкин Л. Н., Когай Н. А. Физико-гeографичeское районирование
Узбeкской ССР.  // Науч.труды ТашГУ, вып.231.-Ташкeнт, 1964 г.
17.   Балашова   Е.   Н.   и   др.   Климатичeское   описание   Зeравшанского
района .-Л., 1963 г.
18.   Баратов   П.   Природные   рeсурсы   Зарафшанской   долины   и   f
использование. – Ташкeнт: Фан, 1977 г.
19. Баратов   П.   Ўзбeкистон   табий   гeографrси   .-     Тошкeнт:   Ўқитувчи,
1996 й.
20.   Баратов   П.   Маматқулов   М.,   Рафиқов   А.   Ўрта   Осиё   табий
гeографrси. - .- Тошкeнт: Ўқитувчи, 2002 й.
21.   Буцков   Н.   А.,   Муравьева   Н.   Т.   Почвы.   //   Природные   условr   и
рeсуры Юго-Западного Узбeкистана. – Ташкeнт, 1965 г.
22.   Горбунов   Б.   В.   Орошаемые   почвы   срeднeй   Ази.   //Гeорафr   и
классификацr почв Ази. – М., 1965 г.
23.   Давлятов   Ш.   Д.   Тeктоника   нeфтeгазоносных   райнов   Западного
Ўзбeкистана. – Ташкeнт, 1971 г.
24.  Закиров К. З. Флора и раститeльность бассeйна рeки Зeравшан. Ч. 1.
Ташкeнт, 1955 г.
78 25.   Касымов   С.   Н.   Лeссовые   породы   Самаркандской   впадины.   –
Ташкeнт, 1970 г.
26.   Коровин   Е.   П.   Раститeльность   Срeднeй   Ази   и   Казахистан.   Т.   I .   -
Ташкeнт, 19 61  г.
27.   Коровин   Е.   П.   Раститeльность   Срeднeй   Ази   и   Казахистан.   Т.   II .   -
Ташкeнт, 19 61  г.
28.   Костeнко   Н.   П.,   Читяков   А.   А.   Нeкотор ы е   закономeр ности
новeйшого   развитr   горных   впадин   (на   примeрe   Зарфшанской
котловины).     //   Бюллeтeнь   Комисси   по   изучeнию   чeтвeртичного
пeриода. № 27. 1962 г.
29.   Краснополин   Е.   С.   Нeкоторые   особeнности   флоры   Срeдного
Зeравшана. // Труды Ин-та каракулeводства. – Самарканд, 1961 г.
30.   Кугучков   Д.   М.   минeраогичeский   состав   засолeнных   почв
Зeравшанской   долины.   //   Труд.   Узб.   сeльхоз.   ин-та,   т.   3.   –   Самарканд,
1960 г.
31.   МашковцeвС.   Ф.   Гидрогeологичeское   исслeдованr   в   бассeйнe   р.
Зeравшан. // Труд. ГГРУ, вып. 21. 1931 г. 
32. Молодцов   В.   А.   Характeристика   ирригационных   насосов
Самаркандского оазиса. // Почвовeдeние. 1958 г. № 2.
33.   Попов М. Г. Раститeлбность Самаркандской области. // Труд. Ин-та
каракулeводства. Т. 10.- Самарканд 1960 г.
34.   Саидов   а.   Гидрогeорафr   и   рeжим   бассeйна   р.   Зeравшан.   //
Природные условr и рeсурсы Юго- Западного Узбeкистана. – Ташкeнт,
1965 г.
35.   Тeтюхин   Г.   Ф.   К   вопросу   о   формировани   чeтвeртичного   покрова
Карнабчульской стeпи. // Труды СамГУ , сeр. гeогр. – Ташкeнт, 1958 г.
36.  Умаров м. У. чeтвeртичные отложeнr дрeвнeй дeльты р. Зeрeвшан.
Как один из факторов формираванr ландшафта. // Труды СамГУ, сeр.
гeогр. – Самарканд, 1963 г.
79 37.   Фeдотова   Г.   А.   Строение   палeозойского   складчатого   основанr
Зeравшанской мeжгорной впадины. // Совeтская гeологr, 1963 г. № 7.
38.   Ҳамдамов   Х.   Ирригационная   эрозr   и   мeры   борьбы   с   нeй   в
Зeрeавшанской долинe. // Авторeф. докт.дис. – Ташкeнт, 1975 г.
39.  Шульц В. Л рeки Срeднeй Ази. – Ташкeнт, 1961 г.
40.   Яншина   М.   С.   Гидрохимичeская   харкатeристика   бассeйна   р.
Зeравшан. // Труды лаб. Гидрогeолог. проб. Т.16. – М., 1958 г. 
Ilovalar
80 Zirabuloq tog’oldi tekisliklaridan yaylov sifatida foydalanish jarayoni
81 Zirabuloq pasttekislik landshaftini o’raganish jarayoni
82 Ziyovuddin tog’ va tog’oldi landshaflarini o‘rgnishda hududda
o’suvchi o’simliklar olamini kuzatish jarayoni
83      
                   Malikcho’l landshafti
84 Qarnobcho’l landshafti
85 Sepki qishlog’i
86                         
Tim
qishlog’idagi ming yillik archa
87 Ilmiy rahbarim g.f.n prof X.Jo’raqulov bilan auditoriya
sharoitida ishlash jarayoni
88

“ZIRABULOQ-ZIYOVUDDIN TOG‘ VA TOG‘OLDI LANDSHAFTLARINI MUHOFAZA QILISH” ( MALIK VA QARNOB CHO‘L MISOLIDA) М UNDARIJA Kirish ……………………………………………………………….…...…...….5 I. BOB. ZIRABULOQ-ZIYOVUDDIN TOG LARI VA TOG‘OLDI TEKISLIKLARI TABIATINING ASOSIY XUSUSIYATLARI 1.1. Geografik o‘rni va chegaralari ……………………………………………...8 1.2. Geologik tuzilishi va tektonikasi…………………………………………....9 1.3. Relyefi va uning landshaftlarni shakllanishiga ta'siri…… .... ………………13 1.4. Iqlimi va uning balandlik ozgarishi………………………………………..14 1.5. Ichki suvlari………………………………………………………………..17 1.6. Tuproq-o‘simlik qplami va hayvonot dunyosi………………………….....18 II. BOB. ZIRABULOQ-ZIYOVUDDIN TOG‘LARI VA TOG‘OLDI TEKISLIK LANDSHAFTLARINI RAYONLASHTIRISH 2.1. Landshaft rayonlashtirish masalasi ………………………………………..20 22. Zirabuloq past tog‘ landshafti……………… . …………………………28 2.3. Kattaqo‘rg‘on voha landshafti……………………………………………..31 2.4. Qarnobcho‘l tog‘oldi landshaftlari .............................................................. .40 2.5. Malikcho‘l tog‘oldi tekislik landshafti………………………………...…..43 III . BOB. ZIRABULOQ-ZIYOVUDDIN TOG‘LARI VA TOG‘OLDI TEKISLIK LANDSHAFTLARINING GEOEKOLOGIK MUAMMOLAR 3.1. To g‘ oldi tekisliklarini sug‘orish natijasida vujudga kelgan geoekologik muammolar ………………………………………………………….………….56 . 3.2. Malik choli er osti suvlarining minerallashishi va ularning agrolandshaftlar ekologiyasiga ta'siri…...………………………………………………………..61 3.3 Zirabuloq – Z iyovuddin tog‘ va tog‘oldi landshaftlari, ulardan oqilona foydalanish ...................................................................................................... ...65 3.4 Zirabuloq – Ziyovuddin tog‘ va tog‘oldi tekisliklarining geoekologik muammolari......................................................................................................... 68

X ulosa. ……… ... ……………….……………… ..... ………………………….. . 74 Foydalangan adabiyotlar …………. ..…………………………….…… . … ... 76 Ilovalar …………………………………………………………………………85 Kirish Mavzuning dolzarbligi . Zirabuloq-Ziyovuddin tog‘ va tog‘oldi landshaftlarini muhofaza qilish. O‘zbekistonimizning Janubiy-G‘arbiy qismining cho‘lli-tekis va nisbatan gumud tog‘li o‘lkalari oralig‘idagi o‘tkinchi zonada joylashgan bo‘lib, juda ko‘p janubiy potensial imkoniyatlarga ega. Shu bilan birga o‘lka hududi turli antropogen omillar ta'siri ostida ekosistemalar va landshaft komplekslari holatining beqarorligi bilan ajralib turadi . Yildan-yilga aholi sonining ko‘payib borayotganligi, uning xo‘jalik ehtiyojlarining ortib borayotganligi, turli o‘g‘itlar va zaharli ximikatlarni intensiv ishlatilishi oqibatada atrof-mihitning ifloslanish darajasi va degradatsiyasi ortib bormoqda, natijada sho‘rli salbiy oqibatlarga olib kelib, qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligi kamayib bormoqda. Shuning uchun ham landshaft komplekslarini o‘rganish va ularni xaritalashtirish, uning relyef bilan aloqadorligini aniqlash tabiiy jarayonlar o‘zgarishining sabablarini va antropogen ta'sirlar oqibatlarini o‘rganish, bu komplekslardan samarali foydalanish, bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalarini ishlab chiqarish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Ishning maqsadi. Olib borilgan ishning maqsadi Zirabuloq-Ziyovuddin tog‘ va tog‘oldi landshaftlarini muhofaza qilish , tabiatni kompleks o‘rganish, tabiiy resurslardan yanada samarali foydalanish va muhofoza qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqarish, landshaft komplekslarida qo‘shilayotgan va mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni bashoratlashtirishdan iborat. Tadqiqotimiz oldida qo‘yilgan maqsadni hayotga tadbiq etish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan; Relyef tuzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan landshaft kompleslarining hududiy aniqlash; hozirgi zamon va qisman tiklangan landshaft komplekslarining o‘rniga va yirik masshtabli kartalarni tuzish; landshaftlardan foydalanishning hozirgi holatini baholash va ularning 2

degradatsiyasi sabablarini aniqlash; landshaft komplekslaridan samarali foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqarish. To‘plangan ma'lumotlar. Magistrlik dissertatsiyasini yaratish jarayonida 2022-2023-yilar davomida dala tatqiqot sharoitida to‘plangan ma'lumotlar, Zirabuloq-Ziyovuddin tog‘ va tog‘oldi relyefi va landshaftlari haqida ma'lumotlar, hamda mavjud adabiyotlardagi materialllarni umumlashtirish va tahlil qilish va kartografik materiallardan samarali foydalanildi. Tadqiqot metodikasi (usullari). Magistrlik dissertatsiya matinini tayyorlash va dala tadqiqotlarini olib borishda kompleks metodik usullardan foydalanildi. Ulardan asosiysi kartografik, statistik, dala marshurt, landshaft-hududiy, landshaft- tarixiygenetik, kompleks landshaft qiyosiy taqqoslash va boshqalar hisoblanadi. Ilmiy yangiligi. Zirabuloq-Ziyovuddin tog‘ va tog‘oldi landshaftlarini muhofaza qilish va ekologik muammolari ilk marotoba landshaftlarning balandlik- hududiy differensiyasi relyef, eng yangi harakatlar ular bilan bog‘liq marfosturukturalar bilan aloqadorligi qo‘llanilgan. Shu asosida ilk marotoba o‘rta va yirik masshtabli geomorfologok landshaft xaritalari tuzilgan va landshaft komplekslaridan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Amaliy ahamiyati . albatta erishilgan natijalardan Samarqand viloyati Davlatagroplan mutahassislari, ilmiy tadqiqot loyihalash va tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari mutahasislari tomonidan foydalanishi mumkin. Tavsiyalar xalq xo‘jaligi obektlarini va qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishni optimallashtirish, yaylovlardan oqilona foydalanish hamda yangi yerlarni o‘zlashtirish imkonini beradi. Ishning sinalganligi . Magistrlik dissertatsiyasining asosiy mazmuni "Geografik tadqiqotlar: Innovatsion g‘oyalar istiqbollari (xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, Toshkent 15-16-aprel 2022)", M; “Tog‘ va tog‘oldi cho‘l landshaftlaridan samarali foydalanish muammolari” “Zamonaviy geografik tadqiqotlar: nazariya, amaliyot, innovatsiya (xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya I- II-qism, Samarqand 12-13-may 2023)”, M; “Zarafshon tizmasi va unga tutash tekislik landshaftlarining geoekologik muammolari”, M; “Zirabuloq-Ziyovuddin 3

tog‘ oldi tekisliklarini sug‘orish natijasida vujudga kelgan geoekologik muammolar (Malikcho‘l misolida)”, M; “Zirabuloq-Ziyovuddin tog‘ oldi tekislik landshaftlarida ro‘y berayotgan erozion jarayonlar”. Natijalarning e'lon qilinganligi. Magistrlik dissertatsiya-mavzusi bo‘yicha to‘rtta maqola e'lon qilindi. Magistrlik dissrtatsiyaning hajmi va tuzilishi. Magistrlik dissertatsiya 91 bosma varaqdan iborat, 14 ta rasm va 9 ta tablitsa va 8 ta ilova qilingan. Adabiyatlar ro‘yxatida 40 ta kitob. Magistrlik dissertatsiya kirish qismi, 3 ta qism, xulosalardan iborat. Magistrlik ish g.f.n.prof: X. Jo‘raqulov rahbarligida bajarildi. Magistrant ilmiy rahbariga minnaddorchilik isxor qiladi. Foydali maslahatlar bergani uchun magistrant, t.f.d., prof. Qobilov E.E. hamda g.f.n.dots: Haydarov.S.A. minnatdorchilik bildiradi. 4

I. BOB. ZIRABULOQ-ZIYOVUDDIN TOG‘ LARI VA TOG‘OLDI TEKISLIKLARI TABIATINING ASOSIY XUSUSIYATLARI 1.1. Geografik o‘rni va chegaralari . Zirabuloq-Ziyovuddin past tog‘lari va tog‘oldi prolyuvial tekisliklaridan tarkib topgan arid iqlimli tabiiy geografik region Zarafshon tog‘ tizmasining eng g‘arbiy tarmog‘i hisoblanadi. Bu region ma'muriy jihatdan Samarqand, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari hududlarida joylashgan. U sharqda Ulus tog‘oralig‘i tekisligi, shimolda Zarafshon daryosi, janubda Sho‘rsoy va To‘dako‘l sho‘rliklari, g‘arbda Qiziltepa va Oqmozor platolarining Buxoro vohasiga tutashgan qismi bilan chegaralangan. Ana shu chegaralar doirasida Zirabuloq-Ziyovuddin past tog‘lari va tog‘oldi prolyuvial tekislik landshaftlarining umumiy maydoni 8368 km 2 ni tashkil etadi. Shundan past tog‘ landshaftlariga 1845 km 2 va tog‘oldi prolyuvial tekislik landshaftlariga 6523 km 2 maydon to‘g‘ri keladi. Zirabuloq-Ziyovuddin tog‘lari va tog‘oldi tekisliklari tabiiy geografik regioni hududida Malik cho‘l massivi eng kuchli o‘zlashtirilgan tog‘oldi prolyuvial tekislik cho‘l landshaftlaridan hisoblanadi. Malik cho‘lining yer yuzasi to‘lqinsimon va yassi tekislik bo‘lib, uning mutlaq balandligi sharqda va janubi- sharqda 450-470 m dan g‘arbda va shimoli-g‘arbda 270-280 m gacha pasayib boradi. Malikcho‘lini o‘zlashirilishi natijasida tabiiy landshaftlar maydoni qisqarib sug‘oriladigan agrolandshaftlar maydoni kengaydi. Obikor dehqonchilikning rivojlanishi bilan jamoa xo‘jaliklarining markazlari - qishloq seliteb landshaftlari, irrigatsion landshaftlar barpo etildi. Ammo qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orishda agrotexnika qoidalariga amal qilmaslik, agromelioratsiya chora-tadbirlarini talab etilgan darajada amalga oshirmaslik, drenaj tarmoqlarining uzunligi va holati nihoyat darajada qoniqarsiz ekanligi va boshqa salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi omillar bir qator geoekologik muammolarni vujudga keltirdi. Bunday geoekologik muammolarga grunt suvlari sathining ko‘tarilishi, ekin maydonlaridagi sug‘oriladigan madaniy tuproqlarning sho‘rlanishi, zaharli kimyoviy moddalarni me'yoridan ortiq ishlatilishi natijasida tuproqlarning ifloslanishi, yerusti va yerosti 5