logo

4-sinfda Tovushlar va harflar bo‘limidagi mavzularni o‘rganish darslari rеjasi va ishlanmasini tuzish.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

46.46484375 KB
4-sinfda "Tovushlar va harflar" bo‘limidagi mavzularni o‘rganish
darslari r е jasi va ishlanmasini tuzish.  
Reja:
1. Boshlang’ich sinflarda fonetika va grafika asoslarini o’rgatish metodikasi.
2. Tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlarning   xususiyatlari
bilan   tanishtirish .
3. Bo’g’in va urg’u ustida ishlash.
4. 4-sinfda   "Tovushlar  va   harflar"  bo‘limidagi  mavzularni   o‘rganish   darslari
r е jasini va ishlanmasini tuzish. Boshlang’ich   sinflarda   fonetika   va   grafika   asoslarini   o’rgatish
metodikasi. 
Boshlang’ich sinflarda fonetika va grafika asoslarini o’rgatish  k ichik
yoshdagi   o’quvchilar da   amaliy   malakalar   (savodxonlik,   to’g’ri   talaffuz,
to’g’ri   yozish) ni   shakllantirish   va   takomillashtirishni   ko’zda   tutadi.
Bunda   o’quvchilarning   og’zaki   va   yozma   nutqni   egallashlarida
fonetikadan olgan bilimlarining ahamiyati katta: 
 fonetik   bilimga   asoslangan   holda   1-sinf   o’quvchilari   savod
o’rganish davrida o’qish   va yozishni bilib oladilar; 
 fonetik   bilim   so’zni   to’g’ri   talaffuz   qilish   (tovushlarni   to’g’ri
talaffuz   qilish,   urg’uli   bo’g’inni   ajratish,   orfoepik   me’yorga   rioya   qilish)
asosini tashkil etadi; 
 fonetik   bilim   morfologik   va   so’z   yasalishiga   oid   bilimlar   bilan
birga   o’quvchilarda   qator   imloviy   malakalar   (jarangsiz   va   jarangli
undoshlarning yozilishi) shakllantirish uchun zamin bo’ladi; 
 fonetik   bilim   gapni   ohangiga   ko’ra   to’g’ri   aytish,   logik   urg’u   va
gap qurilishidagi to’xtamlarga rioya qilish uchun zarur; 
 so’zning   tovush   tomonini   bilish   uning   ma’nosini   tushunish   va
nutqda   ongli   qo’llash   uchun   muhimdir;   hózir   va   hozir ,   átlas   va   atlás
so’zlari ma’nosidagi farq faqat urg’u orqali ajratiladi. 
So’zning   tovush   tomonini   tasavvur   qilish   so’zlarni   talaffuzda
farqlash, ayrim so’zlarni to’g’ri talaffuz qilish va qo’llash uchun zarur.
O’qituvchi   boshlang’ich   sinflarda   o’qitiladigan   barcha   fanlarga   oid
darslarda   so’zni   aniq   va   to’g’ri   talaffuz   qilish   ustida   doimiy   ishlab
boradi,   shu   maqsadda   ko’pincha   so’zni   tovush   tomondan   tahlil
qilishdan foydalanadi. Boshlang’ich   ta’lim   dasturiga   muvofiq,   boshlang’ich   sinf
o’quvchilari fonetik-grafik  ko’nikmalar tizimini hosil qiladilar: tovushlar
va   harflar,   unli   va   undosh   tovushlar,   jufti     bor   jarangli     va   jarangsiz
undoshlar,   jufti   yo’q   jarangli   va   jufti   yo’q   ja rangsiz   undoshlar;   so’zni
bo’g’inlarga   bo’lish,   urg’uli   bo’g’inni     aj ratish   ko’nikmalariga   ega
bo’ladilar.
Bolalar maktabga kelgunga qadar ham nutqning tovush qurilishini
amaliy   o’zlashtiradilar,   ammo   ular   maxsus   o’qigunlariga   qadar   so’zni
bo’g’inlarga   bo’lishni,   so’zdagi   tovushlarni   izchil   ta laffuz   qilishni
bilmaydilar. 1-sinf o’quvchilarida so’zni to’g’ri talaffuz qilish, bo’g’inlarga
bo’lish,   undagi   har   bir   tovushni   tartibi   bilan   aniq   aytish   ko’nikmasini
shakllantirish   ustida   maqsadga   muvofiq   ishlash,   o’z   navbatida,   analiz,
sintez,   taqqoslash,   guruhlash   kabi   aqliy   mashqlarni   bilib   olishga,
shuningdek,   tovushlarning   tabiati,   so’z   tarkibida   bir-biriga   ta’siri   kabi
ayrim elementar bilimlarni o’zlashtirishga imkon beradi.
1- sinfda   fonetika   va   grafikani   o’rganishga   katta   o’rin   beriladi,
chunki   o’quvchilar   o’qish   va   yozish   jarayonini   shu   sinfda   egallaydilar.
Bu bilimlar keyingi sinflarda mustahkamlanadi, takomillashtiriladi.
Tov ushlar   v a   harfl ar,   unli   v a   undosh   t ov ushlarning
xususiy at lari   bilan   t anisht irish.   Tovush   murakkab   tushuncha
bo’lgani   uchun   boshlang’ich   sinflarda   unga   ta’rif   berilmaydi.   Shunga
qaramay,   bolalarda   tovush   haqida   to’g’ri   ilmiy   tasavvur   amaliy
mashqlar   yordamida   hosil   qilinadi.   Bunda   yetakchi   usul   so’zdagi
tovushlarniig   talaffuzi   hamda   so’zning   lek sik   ma’nosi   so’zdagi
tovushlarning tarkibiga bog’liqligi ustida kuzatish hisoblanadi.  So’zning   tovush   tarkibi   ustida   ishlash   savod   o’rgatish   davridanoq
boshlanadi.   Bolalar   bu   davrda   talaffuz   qilingan   yoki   eshitilgan   so’z
tovushlardan   tuzilishini   bilib   oladilar.   Ular   so’zni   tovush   tomonidan
tahlil   qilishga   o’rganadilar,   ya’ni   so’zni   bo’g’inlarga   bo’ladilar,   so’zdagi
tovushlarni tartibi bilan aytadilar. Bunda tovush tomondan tahlilni harf
tomondan tahlil bilan aralashtirmaslikka alohida ahamiyat beriladi.
So’zning   tovush   tarkibini   to’g’ri   tasavvur   etish   undagi   harflarni
tushirib       qoldirmay   yoki   o’rnini   almashtirmay   yozish   malakasini
shakllantirish uchun ham, so’zni to’g’ri talaffuz qilish uchun ham katta
ahamiyatga   ega.   Shuning   uchun   savod   o’rgatishdan   so’ng   ham   so’zni
tovush   tomondan   tahlil  qilish   mashqlari  yordamida   so’zdagi  tovushlar
tarkibini   aniqlash   ko’nikmasini   takomillashtirish   ustida   ishlab   borish
zarur.
Ma’lumki,   nutq   tovushlari   ikki   katta   guruhga   bo’linadi:   unli
tovushlar   va   undosh   tovushlar.   Buni   o’quvchilarga   tushuntirishda
ularning quyidagi belgilari hisobga olinadi: 1. T	alaffuz qilinish 	
usuli 	
2. O	voz va 	
shovqinning ishtiroki 	
3. B	o’g’in hosil qil	a 	
oli	sh xususiyati  Talaffuz   qilinish   usuli   unli   tovushlarni   talaffuz   qilinganda   havo
oqimi   og’iz   bo’shlig’idan   erkin   ravishda   o’tishi,   undosh   tovushlarni
talaffuz   qilinganda,   havo   oqimi   og’iz   bo’shlig’ida   to’siqqa   uchrashida
ko’rinadi. 
Ovoz va shovqinning ishtiroki   unli tovushlarning faqat ovoz (un)dan
iborat   bo’lishi,   undosh   tovushlar   talaffuz   qilinganda   ovozdan   ko’ra
shovqinning ishtiroki aniq eshitilishi kabilarda ko’rinadi.
Bo’g’in   hosil   qilish   xususiyati   unli   tovushlar   asosida   bo’g’in   hosil
qilinishi,   undosh   tovushlarning   bo’g’in   hosil   qilishda   ahamiyatsiz
ekanligi,   bir   so’zda   qancha   unli   tovushlar   mavjud   bo’lsa,   so’zning
shuncha bo’g’inga ajralishi kabilarda ko’rinadi.
O’quvchilar   tovushlarga   xos   mazkur   belgilarni   yodlab   olishlariga
yo’l   qo’ymasdan     1-sinfdanoq   bolalarda   tovushni   talaffuz   qilganda,
ovoz   yoki   shovqin   eshitilganda   nutq   a’zolarining   vaziyatini   kuzatish
ko’nikmasini   o’stirib   borish   lozim.   Bunday   kuzatishlar   4-sinfga   qadar
davom   ettiriladi   va   umumlashtiriladi.   Tovushlarni   o’zlashtirishga
bunday   yondashish,   unli   va   undosh   tovushlarni   puxta   o’zlashtirishga
imkon   berishi   bilan   birga,   o’quvchilarning   aqliy   qobiliyatini   o’stirish
vazifasini   ham   bajaradi;     xususan,   bolalar   kuzatilgan   hodisaning   bir
necha belgilarini taqqoslashga, umumlashtirishga o’rganadilar.
O’zbek   tili   yozuvi   tovush   yozuvi   hisoblanadi,   chunki   tovush
yozuvda harflar bilan ifodalanadi. 1-sinf o’quvchilari quyidagilarni bilib
olishlari lozim:
a) tovushni talaffuz qilamiz va eshitamiz; 
b) harfni ko’ramiz, o’qiymiz va yozamiz;  v) harf – tovushning yozuvda ifodalanadigan belgisi. 
O’quvchilar   ko’pincha   tovush   bilan   harfni   aralashtirib,   xatoga   yo’l
qo’yadilar.   Ularda   grafik   malakani   shakllantirish   uchun   quyidagilarni
o’rgatish zarur:  
1)   bir   undosh   harf   yozuvda   ikki   undosh   tovushni   ifodalashi
mumkin         (masalan,   maktab   so’zidagi   b   h arfi   p   tovushini,   maktabim
so’zidagi  b  h arfi  b  tovushini ifodalaydi); 
2)    jo’ja, jajji  so’zlaridagi  j  tovushi  (jarang li, portlovchi) ham,  jurnal,
vijdon  so’zlaridagi  j  tovushi (jarangli, sirg’aluvchi) ham bitta  j  h arfi bilan
ifodalanadi; 
3)     tong,  t eng  so’zlaridagi uchinchi jarangli undosh tovush  (ng)   ikki
harf birikmasi  (ng)  bilan ifodalanadi;
4)   sh,   ch   harf   birikmalari   ham   bir   tovushni   ifodalaydi   (sh i mol,
ch inor ).
J arangli v a jarangsiz undosh t ov ushlar ,   ularning y ozuv da 
ifodalanishi
O’quvchilarga   jarangli   va   jarangsiz   undosh   undoshlar   ham
tovushlar         talaffuzini   kuzatishga   asoslanib   tanishtiriladi.   Bunda   jufti
bor   jarangli   va   jarangsiz   undosh lar   ajratiladi.   Kuzatishda   o’quvchilar
faol   qatnashishi       va   ularga   jufti   bor   jarangli   undosh   bilan   jarangsiz
undoshlarni ajratish  qanchalik  muhim  ekanini yaqqol ko’rsatish uchun
faqat   bitta   undosh   tovush   bilan   farqlanadigan   baqir   –  paqir,  gul   –   kul,
dil   –   til,   zina   –   sina,   joy   –   choy   kabi   so’zlardagi   tovushlarni   taqqoslash
maqsadga muvofiq. Bunda o’qituvchi o’quvchilar diqqatini   b-p, v-f, g-k,
d-t,   z-s,   j-ch   tovushlari   biri   jarangli,   ikkinchisi   jarangsiz   undoshdan iborat   tovush   juftlarini   hosil   qilishiga   qaratadi,   ularning   talaffuzidagi
farqni   amaliy   tushuntiradi   (jarangli   undosh   tovushlarda   shovqin   va
qisman   ovoz   qatnashadi,   jarangsiz   undoshlarda       esa   faqat   shovqin
eshitiladi). Xattaxtaga quyidagicha yozib qo’yiladi: 
J uft i bor jarangli undoshlar:   b, v, g, d, z, j, dj, g’
J uft i bor jarangsiz undoshlar:   p, f, k, t, s, ch, sh, x.
Jufti   y o’q   jarangli   va   jufti   y o’q   jarangsiz   undoshlar   bilan   ham
o’quvchilar   har   xil   fonetik   sharoitda   tovushlarni   talaffuz   qilishni
kuzatish jarayonida   tanishtiriladi. Buning uchun o’quvchilar so’z oxirida
yoki   unli   tovushdan   oldin   kelgan   k o’ l,   bilim,   otam,   olmos;   quyon,   bino;
shifoner,   fabrika;   tong,   sing i l;   q o’ y,   kiyik   kabi   s o’ zlardagi   jarangli
undoshning talaffuzini taqqoslaydilar   va  l, m, n, r, ng,   y  jarangli undosh
tovushlar   talaffuz   qilinganda,   ovoz   va   shovqin   eshitilishini,   ya’ni
jarangli undosh tovush ekanini, bularning jarangsiz jufti y o’q ligini (jufti
yo’q jarangli undosh tovush ekanini) bilib oladilar. 
Xuddi  shunga   o’xshash   usulda   o’quvchilar   q , h   undoshlari talaffuz
qilinganda, faqat shovqin eshitilishini, jarangsiz undosh tovush ekanini,
jarangli jufti yo’qligini (jufti yo’q jarangsiz undosh   tovush   ekanini) bilib
oladilar. Kuzatish   natijasi   xattaxtaga   quyidagi ko’rinishda yoziladi (yoki
kartonda tayyorlangan ko’r gaz ma ko’ r satiladi ):
J uft i y o’q, jarangli undoshlar:   l, m, n, r, ng,   y
J uft i y o’q jarangsiz undoshlar:   q , h
Bolalar jufti yo’q jarangli undosh tovush so’zning oxirida kelganda
ham   alifbodagi   xuddi   shu   harf   yozilishini,   ya’ni   talaffuzi   doim
yozilishiga  mos kelishini bilib olishlari yetarli.  Jufti bor jarangli undosh tovushlar   so’z   oxirida   kelganda,   bun day   moslik   bo’lmaydi,   ya’ni
ko’pincha   uning   jarangsiz   jufti   talaffuz   qilinadi   (maktap,   ozot   kabi).
Bunday   so’zlar   o’zbek   tilida   ko’p   bo’lgani   uchun   1-sinfdanoq
o’quvchilarni   ularning   ayrimlari   bilan   tanishtirish   zaruriyati   tug’iladi.
Dasturga   ko’ra,   1-sinf   o’quvchilari   b   va   d   jarangli   undoshi   so’z   oxirida
kelganda,  uning jarangsiz jufti   p   va   t   talaffuz qilinishi bilan  va  bunday
so’zlarning   yozilishini   qanday   tekshirish   bilan   tanishtiriladi.   Ularning
talaffuzi va  yozilishini  tekshirishda  fonetikaga asoslaniladi.  O’quvchilar
fonetik   bilimlariga   asoslangan   holda,   jufti   bor   jarangli   undoshlarning
yozilishini   tushunadilar.   Bunda   o’quvchilar   quyidagi   bilim   va
ko’nikmalarni egallashlari kerak:
1. Jufti bor jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni ajratish.
2.   So’z   oxirida   kelgan   jufti   bor   jarangli   undosh   tovushning
jarangsiz   jufti   eshitilishi,   shuning   uchun   bunday   so’zlarni   tekshirish
kerakligini bilish.
3.   Undosh   tovush     unli  tovushdan   oldin   kelganda,   boshqa   tovush
bilan   almashmasligini   bilish.   Undosh   tovushdan   so’ng   unli   tovush
kelgan so’z tekshiruvchi so’z bo’la olishini bilish.
4. Tekshiruvchi va tekshiriluvchi so’zdagi undosh harfni taqqoslash
(kitobi –  kitob, maqsadi – maqsad, maqsadga).
Shunday   qilib,   o’quvchilar   qanday   so’zlar   tekshirishni   talab   qilishi
va uning sababini, qanday so’zlar tekshiruvchi so’z hisoblanadi va nima
uchunligini bilishlari zarur. O’qituvchi   qanday   so’zlar   tekshirishni   talab   qilishini   tushuntirish
uchun   jufti   bor   jarangli   va   jarangsiz   undosh   tovushi   bo’lgan   so’zlar
ustida kuzatish o’tkazadi:  maktabim – maktab, tuzi – tuz  kabi.
O’quvchilar yozilishi talaffuzidan farq qiladigan so’zlarni va so’zdagi
jarangsiz   undosh   tovush   o’ziga   mos   harf   bilan   ifodalanishini
taqqoslash   bilan   so’zning  oxirida   jufti  bor  undosh   tovush   kelsa,  u   so’z
tekshirishni   talab   qilishiga   ishonadilar.   Tekshirishga   tayangan   holda,
yozishga   imkoniyat   yaratish   uchun   o’quvchilar   tekshiruvchi   so’zni
tekshiriladigan   so’zdan   doim   oldin   yozadilar:   avlodi   –     avlod,   kitobi   –
kit ob.
Bo’g’in   ust ida   ishlash.   Bo’g’in   murakkab   tushuncha   bo’lgani
uchun boshlang’ich sinflarda uning qoidasi berilmaydi. Dasturga   ko’ra,
o’quvchilarda   so’zni     bo’g’inlarga   bo’lish     ko’nikmasini   shakllantirish
vazifasi   talab   etiladi.   O’quvchilar   so’zni   bo’g’inlarga   bo’lishda   so’zda
nechta   unli   bo’lsa,   shuncha   bo’g’in   bo’ladi,   degan   tushunchaga
asoslanadilar.   Bu     tushunchani   ular     savod   o’rgatish   davridayoq   bilib
oladi.   Bolalar   yozilgan   so’zdan   dastlab   unli   harfni   topadilar,   keyin
so’zda nechta unli bo’lsa, uni shuncha qism (bo’g’in)ga bo’ladilar.
1-sinfda   o’quv   yilining   birinchi   yarmida   og’zaki   va   yozma   tarzda
bo’g’inlarga bo’lish, shuningdek, o’qituvchi topshirig’iga ko’ra, muayyan
bo’g’inli   so’z   tanlash   mashqlari   har   kuni   o’tkaziladi.   So’zni   bo’g’inlarga
to’g’ri   va   tez   bo’lish   ko’nikmasini   hosil   qilish   1-sinfda   o’tkaziladigan
muhim   mashqlar   qatoriga     kiradi.   O’quvchilar   o’qish   va   yozish
jarayonini   egallashda   mana   shu   ko’nikmaga     tayanadilar.   O’zbek
grafikasida   bo’g’inga   ajratish   tamoyili   yetakchi   tamoyil   hisoblanadi. O’quvchi   so’zni   to’g’ri   yozish   uchun   uni   avval   bo’g’inlarga   bo’ladi.
Bo’g’inlardagi tovushlarning o’zaro bir-biriga ta’sirini aniqlaydi, undosh
va unli tovushlarni ifodalash uchun zarur harflardan foydalanadi. 
Dasturga ko’ra, tutuq belgili ( ma’no,  sun’iy   kabi) so’zlarni bo’g’inga
bo’lish va ko’chirishda tutuq belgisi har doim birinchi bo’g’inda bo’lishi,
k at t a, ik k i  kabi ikkita bir xil undoshli so’zlarni bo’g’inga bo’lganda ikkita
bir   xil   undoshning   biri   oldingi   bo’g’inda   qolishi,   ikkinchisi   keyingi
bo’g’inga o’tishi ( kat-ta, ik-ki  kabi) o’quvchilarga 2-sinfdayoq o’rgatiladi 1
. 
4-sinfda   " Tov ushlar   v a   harfl ar"   bo‘limidagi   mav zularni
o‘rganish darslari rеjasini v a ishlanmasini t uzish.
Ona   tili   o’qitish   jarayonini   qanday   mavzuni   o’tishdan   qat’iy   nazar
o’qituvchi   yaxlit   holda   aniq   tasavvur   qilgan   holda   oldindan
rejalashtirishi, uning qismlari va oldingi darsda o’tilgan mavzular bilan
bog’liqligini   inobatga   olishi   lozim.   Darslarni   oldindan   rejalashtirish,
o’quv mashg’ulotiga ajratilgan vaqt (45 minut)dan samarali foydalanish
imkonini   beradi,   shuningdek,   o’qituvchi   ijodkorligini   namoyon   etib,
ma’lum bir qolip (bir xillilik)ga tushib qolmaslikning oldini olinadi. 
Har bir o’qituvchi ma’lum bir mavzuni o’rgatishda,  avvalo,  mazkur
mavzu   bo’yicha   yetarlicha   bilimga   ega   bo’lishi   shart.   Xususan,   4-
sinflarda   “Tovushlar   va   harflar”   bo’limida   ajratilgan   mavzular,
birinchidan,   o’quvchilarning   fonetik   va   grafik   malakalari   uchun   asos
bo’lsa,   ikkinchidan,   orfoepiya   va   orfografiya,   ayniqsa,   morfologiyani
o’rganishiga   zamin   hozirlaydi.   Buning   uchun   o’qituvchi   tovush   va
harflar mavzusini nafaqat nazariy balki, undan ham ko’proq miqdorda
1
  Бошланғич таълим бўйича янгича таҳрирдаги ўқув дастури. //“Бошланғич таълим”, 2005.– №
5. 26-бет amaliy   o’rgatish   (mashq   va   topshiriqlar   ustida   ishlash)ga   e’tibor
qaratishi kerak.
“Tovushlar   va   harflar”   mavzusi   birinchi   sinfda   boshlanib,   fonetika
bo’yicha   dastlabki   tushunchalar   shakllantiriladi,   keyingi   bosqich   (2-3-
sinf)larda   mavzular   kengaytirilib,   mustahkamlanib   boradi.   4-sinfga
qadar   o’quvchilar   tovush   va   harflarning   o’zaro   bog’liqligini,
tovushlarning   adabiy   me’yorda   to’g’ri   talaffuz   etilishi,   harflar   esa   imlo
qoidasi   asosida   to’g’ri   yozilishini   farqlay   oladilar.     Tovushlarni   unli   va
undosh, jarangli va jarangsiz tovushlarga bo’linishi, ular asosida bo’gin,
so’zlar   hosil   qilinishi   haqida   ma’lum   darajada   bilim,   ko’nikma   va
malakalar shakllangan bo’ladi. 
Fonetikani   tizimli   o’qitish   4-sinfdan   boshlanadi.   Bu   sinfda   tovush
bilan   harfning   munosabatini   belgilash,   ularning   farqini   ochish
"Tovushlar va harflar" bo‘limidagi mavzularni o‘rganish  uchun  jami 24
soat   ajratilgan.     Bunda     tovush   va   harflarni   o’rgatish   grafikaga   oid
ma’lumotlar va imlo qoidalari bilan bog’liq holda amalga oshiriladi. 
4-sinfda   tovush   bilan   harfning   munosabatini   belgilash,   ularning
farqini   ochish   fonetika   asoslarini   o’qitish   darslarining   asosiy   maqsad-
vazifasi   sanaladi.   O’quvchilarning   yo’l   qo’yadigan   orfografik   xatolari
aynan   tovush   bilan   harfni   farqlamasligidan   yuzaga   keladi.   Ma’lumki,
yozuvda   harflar   vositasida   aks   ettiriladi.   Harf   bilan   tovush   -   nutq
tovushlari o’rtasidagi munosabat esa bir xil emas: 
a) harflarning aksariyati ma’lum tovushning ifodasi;
b) har xil tovushlar bir xil harf bilan ifodalanadi: jo’rnal, juma; c) ba’zi harflar bir necha tovush birikmasini ifodalaydi: ya, yu, ye,
yo;
d) ba’zi harflar birikmasi bir tovushni ifodalaydi: ch, sh, ng.
Tovush   va   harflarning   mazkur   xususiyatlari   o’quvchilarning   to’g’ri
yozishi, to’g’ri talaffuzi, ifodali o’qishi bilan uzviy bog’lanadi. Tovush va
harflarning   o’zaro   munosabatini   o’rganish   turli   mashqlar   orqali
mustahkamlanadi.
Dasturga   muvofiq   4-sinfda   "Tovushlar   va   harflar"   bo‘limida
quyidagi mavzularni o’rganish ko’zda tutilgan:
 Tov ushlar   v a   harfl ar.   Tovushlarning   harflar   bilan   ifodalanishi.
Unli   va   undosh   tovushlar,   ularning   harfiy   ifodasi;   talaffuzi   va
yozilishi farq qiladigan unli tovushli so‘zlarning talaffuzi va imlosi. 
 Undosh   t ov ushlarning   t alaff uzi   v a   imlosi.   Undosh   tovushlar,
ularning   harfiy   ifodasi;   talaffuzi   va   imlosi   farq   qiladigan   undosh
tovushli   so‘zlar,   yonma-yon   kelgan   undosh   tovushli   so‘zlarning
talaffuzi va imlosi; jarangli va jarangsiz undoshlarning talaffuzi va
imlosi;   yonma-yon   kelgan   bir   xil   undoshli   so‘zlar   va   ularning
imlosi;   so‘z   oxirida   qator   kelgan   undoshli   so‘zlar   va   ularning
imlosi,  x-h  tovushli so‘zlar va ularning imlosi, tovush harf tahlili.
 Bo‘g‘in.   So‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish. Unli tovushlarning bo‘g‘in hosil
qilishi;   so‘zlarni   bir   satrdan   ikkinchi   satrga   bo‘g‘inlab   ko‘chirish;
so‘zlarning bo‘g‘in-tovush va tovush-harf jihatdan tahlili.
 Tut uq belgisi.  Tutuq belgisiga ko‘ra farqlanayotgan so‘zlar. Tutuq
belgisining   vazifasi.   Tutuq   belgili   so‘zlarning   bo‘g‘inlab
ko‘chirilishi.  J arangli   v a   jarangsiz   undoshlar   t alaff uzi   v a   imlosi.   Tutuq
belgili so‘zlarning bo‘g‘inlab ko‘chirilishi.
 Alifbo.   So‘zlarni   alifbo   tartibida   qayta   yozish.   Alifboning   amaliy
ahamiyati.
Tovushlar  va  harflar.  Tovushlarning harflar  bilan  ifodalanishi.  Unli
va   undosh   tovushlar,   ularning   harfiy   ifodasi;   talaffuzi   va   yozilishi   farq
qiladigan unli tovushli so‘zlarning talaffuzi va imlosi. Ushbu mavzularni
o’rganishni ikkiga ajratish mumkin:
1) 1-3-sinfda o’tilganlarni takrorlash;
2) Turli mashq va topshiriqlar asosida mustahkamlash.
4-sinfda   o’rganilishi   lozim   bo’lgan   mazkur   mavzular   1-3-sinflarda
fonetik   va   grafik   bilimlar   asosida   shakllantirilsa,   endi   orfografik
bilim   ya’ni   imlo   qoidalari   asosida   o’qitishga   e’tibor   qaratiladi.
Bunda   fonetik   birliklar   imlosi   asosida   orfografik   malaka
shakllantiriladi:
1) Bo’g’inga ko’chirish qoidalari;
2) Fonetik tamoyil asosida yozilishi;
3) Farqlash tamoyili asosida yozilishi;
4) Tutuq belgisi imlosi kabi.
Ma’lumki,   orfografik   malaka   murakkab   malaka   bo`lib,   uzoq   davom
etadigan mashqlar jarayonida yaratiladi va so`zni fonetik   tomondan tahlil qilish,
uning morfemik tarkibini aniqlash  ko`nikmasi  kabilarga asoslanadi. Psixologiya
malakani   avtomatik harakat, ya’ni mashqlar natijasida asta-sekin   avtomatlashgan
ongli harakat deb belgilaydi. Avtomatlashish o`rganilgan Orfografik qoidaning oson-
qiyinligiga   bog`liq.   Orfografik   malaka   o`z   tabiati   bilan   avtomatik   hisoblanmaydi.
Malaka   asosiga   qo`yilgan   ko`nikma   mustahkamlanadi,   takomillashadi, yaxshilanadi   (harakat   tezlashadi,   aniq-to`g`ri   bo`la   boshlaydi,   ishonarli   va
tejamli   bajariladi);   shuning   bilan   birga,   faoliyatning   strukturasi   qayta   quriladi:
mayda   birlik bilan ishlash kengroq, butun, qo`shilgan birliklar bilan  ishlashga o`tadi
(masalan,   so`zni   harflab   ko`chirish,   bo`g`inlab   ko`chirish   bilan,   keyin   so`zni
yaxlit   ko`chirish   bilan,   so`ngra   u   gapni   ko`chirish   bilan   almashadi.)   Bir   imlo
malakasi   avtomatlashadi,   imloga   oid   boshqa   hodisa   o`rganiladi   va   asta- sekin
so`zni   to`g`ri   yozish   malakasi   hosil   bo`ladi.   Umuman   olganda,   yozuv   murakkab
harakat sifatida ongli jarayonligicha qoladi.
Turli   yozuv   malakasining   shakllanishi   uchun   o`quvchidan   fikrlash   faoliyati
talab   etiladi.   Biror   to`g`ri     yozuv     hodisasini   o`zlashtirish   uchun   o`quv   va   yodda
saqlashgina   emas,   balki   analiz   va   sintez   ham   tadbiq   etiladi.   Bunda   grammatik   va
Orfografik   hodisalarning   o`xshash   va   farqli   tomonlarini   aniqlash   uchun   taqqoslash
usulidan foydalanish hamda so`z va so`z shakllarini   ma’lum grammatik yoki grafik
guruhlarga   ajratish,   muayyan   sistemaga   solish,   tushuntirish   va   isbotlash
mashqlaridan  foydalanish muhim rol o`ynaydi.
O’zbek   dialekt   va   shevalarida   nutq  tovushlarining  turlicha   talaffuz
qilinishi   tufayli   o’quvchilar   nutqida   o’zbek   adabiy   tili   normalaridan
chetga chiqish – ba’zi tovushlarni aniq talaffuz qilmaslik, talaffuzi yaqin
tovushlarni   qorishtirib   yuborish   hollari   kelib   chiqadi.   Bu   esa
o’quvchilarning   yozuviga   ham   ta’sir   etadi.   Bunday   xato   va
kamchiliklarning oldini  olish  aynan  o’xshash  tovushlarning  talaffuzi va
imlosiga   oid   maxsus   mashqlar   o’tkazishni   talab   etadi.   Bunda   sintez,
analiz   kabi   mashq   turlari   hamda   tovush   ustida   ishlash,   fonetik   tahlil
hamda orfografik mashq turlaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Adabiy ot lar ro` y xat i.
1. Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti.    –   T.: Yangiy o` l poligraf service,
201 7 .  – 14-79  b.
2. Uzviylashtirilgan o`quv dasturi.    –   T.:  Yangiy o` l poligraf service, 201 7 . –
14-79  b.
3. Qosimova   K.,   Matjonov   S.,   G`ulomova   X.,   Yo`ldosheva   Sh.,   Sariyev   Sh.
Ona tili o`qitish metodikasi.  –T.: Noshir, 2009.  –  163 b.
4. Matchanov S., G`ulomova X., Yo`ld a sheva Sh., A. Nisanbaeva. Ana
tilin oq ы tu  ә d і stemes і . – T .:  TDPU,  2013.  –    2 7 7   b .
5. Raxmatullaeva   L.I.   Metodika   prepodavaniya   rodnogo   yazыka   rodnogo
yazыka.   –   T.: Uchebnoe  posobie. Moliya Iktisod, 2007.
6. Husanboeva.Q,   Shodiyev.F,   Hazratqulov.M.   Boshlang`ich   sinflarda
adabiyot o`qitish metodikasi. SamDU.2019.332 b.
7.   Ikromova   R.,   Gulomova   X.,   Yo’ldosheva.Sh.,   Shodmonqulova   D.
Ona tili (4-sinf uchun darslik).  – T.: “O’qituvchi”,, 2020. 
8.   Fuzailov  S.,   Xudoyberganova   M.,  Yo’ldosheva.Sh.   Ona   tili  (3-sinf
uchun darslik).  – T.: “O’qituvchi”,, 2019. 
9.   Qosimova   K.,   Fuzailov   S.,   Ne’matova   A.   Ona   tili   (2-sinf   uchun
darslik).  – T.: Cho’lpon nomidagi NMIU, 2018. 
10.   G’afforova.   T.,   Shodmonov   E.,   G’ulomova   X.   Ona   tili   (1-sinf
uchun darslik).  – T.: “Sharq”, 2019.

4-sinfda "Tovushlar va harflar" bo‘limidagi mavzularni o‘rganish darslari r е jasi va ishlanmasini tuzish. Reja: 1. Boshlang’ich sinflarda fonetika va grafika asoslarini o’rgatish metodikasi. 2. Tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlarning xususiyatlari bilan tanishtirish . 3. Bo’g’in va urg’u ustida ishlash. 4. 4-sinfda "Tovushlar va harflar" bo‘limidagi mavzularni o‘rganish darslari r е jasini va ishlanmasini tuzish.

Boshlang’ich sinflarda fonetika va grafika asoslarini o’rgatish metodikasi. Boshlang’ich sinflarda fonetika va grafika asoslarini o’rgatish k ichik yoshdagi o’quvchilar da amaliy malakalar (savodxonlik, to’g’ri talaffuz, to’g’ri yozish) ni shakllantirish va takomillashtirishni ko’zda tutadi. Bunda o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqni egallashlarida fonetikadan olgan bilimlarining ahamiyati katta:  fonetik bilimga asoslangan holda 1-sinf o’quvchilari savod o’rganish davrida o’qish va yozishni bilib oladilar;  fonetik bilim so’zni to’g’ri talaffuz qilish (tovushlarni to’g’ri talaffuz qilish, urg’uli bo’g’inni ajratish, orfoepik me’yorga rioya qilish) asosini tashkil etadi;  fonetik bilim morfologik va so’z yasalishiga oid bilimlar bilan birga o’quvchilarda qator imloviy malakalar (jarangsiz va jarangli undoshlarning yozilishi) shakllantirish uchun zamin bo’ladi;  fonetik bilim gapni ohangiga ko’ra to’g’ri aytish, logik urg’u va gap qurilishidagi to’xtamlarga rioya qilish uchun zarur;  so’zning tovush tomonini bilish uning ma’nosini tushunish va nutqda ongli qo’llash uchun muhimdir; hózir va hozir , átlas va atlás so’zlari ma’nosidagi farq faqat urg’u orqali ajratiladi. So’zning tovush tomonini tasavvur qilish so’zlarni talaffuzda farqlash, ayrim so’zlarni to’g’ri talaffuz qilish va qo’llash uchun zarur. O’qituvchi boshlang’ich sinflarda o’qitiladigan barcha fanlarga oid darslarda so’zni aniq va to’g’ri talaffuz qilish ustida doimiy ishlab boradi, shu maqsadda ko’pincha so’zni tovush tomondan tahlil qilishdan foydalanadi.

Boshlang’ich ta’lim dasturiga muvofiq, boshlang’ich sinf o’quvchilari fonetik-grafik ko’nikmalar tizimini hosil qiladilar: tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar, jufti yo’q jarangli va jufti yo’q ja rangsiz undoshlar; so’zni bo’g’inlarga bo’lish, urg’uli bo’g’inni aj ratish ko’nikmalariga ega bo’ladilar. Bolalar maktabga kelgunga qadar ham nutqning tovush qurilishini amaliy o’zlashtiradilar, ammo ular maxsus o’qigunlariga qadar so’zni bo’g’inlarga bo’lishni, so’zdagi tovushlarni izchil ta laffuz qilishni bilmaydilar. 1-sinf o’quvchilarida so’zni to’g’ri talaffuz qilish, bo’g’inlarga bo’lish, undagi har bir tovushni tartibi bilan aniq aytish ko’nikmasini shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash, o’z navbatida, analiz, sintez, taqqoslash, guruhlash kabi aqliy mashqlarni bilib olishga, shuningdek, tovushlarning tabiati, so’z tarkibida bir-biriga ta’siri kabi ayrim elementar bilimlarni o’zlashtirishga imkon beradi. 1- sinfda fonetika va grafikani o’rganishga katta o’rin beriladi, chunki o’quvchilar o’qish va yozish jarayonini shu sinfda egallaydilar. Bu bilimlar keyingi sinflarda mustahkamlanadi, takomillashtiriladi. Tov ushlar v a harfl ar, unli v a undosh t ov ushlarning xususiy at lari bilan t anisht irish. Tovush murakkab tushuncha bo’lgani uchun boshlang’ich sinflarda unga ta’rif berilmaydi. Shunga qaramay, bolalarda tovush haqida to’g’ri ilmiy tasavvur amaliy mashqlar yordamida hosil qilinadi. Bunda yetakchi usul so’zdagi tovushlarniig talaffuzi hamda so’zning lek sik ma’nosi so’zdagi tovushlarning tarkibiga bog’liqligi ustida kuzatish hisoblanadi.

So’zning tovush tarkibi ustida ishlash savod o’rgatish davridanoq boshlanadi. Bolalar bu davrda talaffuz qilingan yoki eshitilgan so’z tovushlardan tuzilishini bilib oladilar. Ular so’zni tovush tomonidan tahlil qilishga o’rganadilar, ya’ni so’zni bo’g’inlarga bo’ladilar, so’zdagi tovushlarni tartibi bilan aytadilar. Bunda tovush tomondan tahlilni harf tomondan tahlil bilan aralashtirmaslikka alohida ahamiyat beriladi. So’zning tovush tarkibini to’g’ri tasavvur etish undagi harflarni tushirib qoldirmay yoki o’rnini almashtirmay yozish malakasini shakllantirish uchun ham, so’zni to’g’ri talaffuz qilish uchun ham katta ahamiyatga ega. Shuning uchun savod o’rgatishdan so’ng ham so’zni tovush tomondan tahlil qilish mashqlari yordamida so’zdagi tovushlar tarkibini aniqlash ko’nikmasini takomillashtirish ustida ishlab borish zarur. Ma’lumki, nutq tovushlari ikki katta guruhga bo’linadi: unli tovushlar va undosh tovushlar. Buni o’quvchilarga tushuntirishda ularning quyidagi belgilari hisobga olinadi: 1. T alaffuz qilinish usuli 2. O voz va shovqinning ishtiroki 3. B o’g’in hosil qil a oli sh xususiyati

Talaffuz qilinish usuli unli tovushlarni talaffuz qilinganda havo oqimi og’iz bo’shlig’idan erkin ravishda o’tishi, undosh tovushlarni talaffuz qilinganda, havo oqimi og’iz bo’shlig’ida to’siqqa uchrashida ko’rinadi. Ovoz va shovqinning ishtiroki unli tovushlarning faqat ovoz (un)dan iborat bo’lishi, undosh tovushlar talaffuz qilinganda ovozdan ko’ra shovqinning ishtiroki aniq eshitilishi kabilarda ko’rinadi. Bo’g’in hosil qilish xususiyati unli tovushlar asosida bo’g’in hosil qilinishi, undosh tovushlarning bo’g’in hosil qilishda ahamiyatsiz ekanligi, bir so’zda qancha unli tovushlar mavjud bo’lsa, so’zning shuncha bo’g’inga ajralishi kabilarda ko’rinadi. O’quvchilar tovushlarga xos mazkur belgilarni yodlab olishlariga yo’l qo’ymasdan 1-sinfdanoq bolalarda tovushni talaffuz qilganda, ovoz yoki shovqin eshitilganda nutq a’zolarining vaziyatini kuzatish ko’nikmasini o’stirib borish lozim. Bunday kuzatishlar 4-sinfga qadar davom ettiriladi va umumlashtiriladi. Tovushlarni o’zlashtirishga bunday yondashish, unli va undosh tovushlarni puxta o’zlashtirishga imkon berishi bilan birga, o’quvchilarning aqliy qobiliyatini o’stirish vazifasini ham bajaradi; xususan, bolalar kuzatilgan hodisaning bir necha belgilarini taqqoslashga, umumlashtirishga o’rganadilar. O’zbek tili yozuvi tovush yozuvi hisoblanadi, chunki tovush yozuvda harflar bilan ifodalanadi. 1-sinf o’quvchilari quyidagilarni bilib olishlari lozim: a) tovushni talaffuz qilamiz va eshitamiz; b) harfni ko’ramiz, o’qiymiz va yozamiz;