Otni o‘rganish darslari rеjasi va ishlanmasini tuzish.
Otni o‘rganish darslari r е jasi va ishlanmasini tuzish. Reja: 1. Boshlang’ich sinflarda so’z turkumlarini o’rganish bo’yicha ona tili dasturi tahlili. 2. Ot so’z turkumini o‘rgatish tizimi. Otni o‘rganish vazifalari. 3. Otni o`rganish darslari rеjasi va ishlanmasini tuzish.
Boshlang’ich sinflarda so’z turkumlarini o’rganish bo’yicha ona tili dasturi tahlili Boshlang’ich sinflarda so’z turkumlari ustida ishlash metodikasi so’zlarni leksik-grammatik jihatdan turkumlarga ajratib o’rgatishga asoslanadi. So’zlar quyidagi uch belgisiga ko’ra turkumlarga ajratiladi: 1. Leksik (lug’aviy) ma’nosi; 2. Morfologik xususiyatlari; 3. Sintaktik xususiyatlari. Demak, so‘z turkumlari ustida ishlash o'quvchilarning muayyan guruhdagi so'zlarning umumlashtirilgan ma’nolarini, kishilarning aloqa vositasi sifatidagi rolini tushunib olishlariga qaratilishi zarur. Boshlang'ich sinf o'quvchilari so'z turkumlari bilan umumiy tanishtirilgandan so'ng har bir leksik-grammatik guruh alohida o'rganiladi. O’quvchilar nimani o’rganganlariga qarab, har bir so’z turkumining o’ziga xos bo’lgan leksik-grammatik belgilari haqidagi bilimlari asta- sekin kengayib, chuqurlashib boradi. Boshlang'ich sinflar dasturi o'quvchilarni so'z turkumlari mustaqil va yordamchi so'z turkumlariga bo'linishi bilan maxsus tanishtirishni ko'zda tutmaydi, ammo o'qituvchi bolalarni so'z turkumlarining belgilari bilan amaliy tanishtiradi. Asosan mustaqil so’z turkumlaridan ot, sifat, son, olmosh (kishilik olmoshlari), fe’l so’z turkumlarini amaliy va qisman nazariy o’qitish maqsad qilib olingan. Boshlang’ich sinflarda so’z turkumlarini o’rganishdagi asosiy vazifalar o’quvchilarning: so’zlarning leksik-semantik ma’nolarini tushunish (ma’nosi va so’rog’iga ko’ra farqlash); lug’atini yangi so’zlar bilan boyitish; bog’lanishli nutqda so’zlarni o’z o’rnida to’g’ri foydalanish malakasini oshirish; og’zaki va yozma nutqini o’stirish hisoblanadi. Bu vazifalarni amalga oshirish har bir o’qituvchidan chuqur nazariy bilim, ilg’or pedagogik tajriba va puxta tayyorgarlik talab etiladi. Shuningdek, so’z turkumlarini o’rganish jarayonida:
Leksik tahlil. Morfologik tahlil. Lug’at ustida ishlash mashg’ulotlarini muntazam o’tkazib borish yaxshi samara beradi. So’z turkumlari haqidagi ko’nikmalarning shakllantirilishi til hodisasi sifatida so’z turkumlarining xususiyatlari, ularni o’rganish vazifalari o’quvchilarning yosh xususiyatini hisobga olgan holda, har bir sinf uchun material hajmi, ularni izchilligi dastur asosida belgilangan. Bunda o’quvchilarni so’z ma’nosini anglash, ulardan bog’lanishli nutqda to’g’ri va o’rinli foydalanish ko’nikmasini shakllantirish bilan birga kichik yoshdagi o’quvchilar nutqini o’stirish vazifasi ham amalga oshiriladi. So'z turkumlarini o’rganish 1-4-sinflarda ma’lum bir izchillikda bosqichma –bosqich amalga oshirib boriladi: I.Tayyorlov bosqichi . Savod o’rgatish davri so’z turkumlarini o’rgatishning ilk bosqichi bo’lib, bunda o’quvchilarga shaxs va narsaning nomini, harakatini, belgisini, miqdorini bildirgan so’zlar haqida ilk tushunchalar shakllantiriladi. II. Amaliy bosqich. 1-2-sinf so’z turkumlarini o’rganishning amaliy bosqichi sanaladi. Bu davrda o’quvchilarga shaxs va narsaning nomini, harakatini, belgisini, miqdorini bildirgan so’zlarning leksik (lug’aviy) ma’nolari va ularni maxsus so’roqlar asosida farqlashga o’rgatiladi. III. Nazariy bosqich. 3-4-sinf so’z turkumlarni o’rganishning nazariy bosqichi bo’lib, bu davr so’z turkumlarini o’rganishning eng asosiy bosqichi sanaladi. Bunda o’quvchilarga ”so’z turkumi” tushunchasi hosil qilinadi, har bir so’z turkumi (uning o’ziga xos morfologik, sintaktik xususiyatlari) alohida o’rgatiladi. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilar ma’lum so’z turkumlari bo’yicha quyidagi bilim, ko’nikma va malakaga ega bo’ladi: - har bir (mustaqil) so’zning ma’lum ma’no ifodalashi; - biror so’roqqa javob bo’lishi; - so’zlarning ma’nodosh, qarama-qarshi ma’nolarga ega bo’lishi; - so’zlarni leksik-grammatik xususiyatlariga ko’ra so’z turkumlariga bo’linishi;
- har bir so’z turkumining morfologik va sintaktik xususiyatga ega ekanligi; - so’zlarning o’zaro bog’lanishi; - gapning so’zlardan tuzilishi; - bog’lanishli nutqda so’zlarning o’z o’rni ahamiyatli ekani haqida bilimga ega bo’ladi. - so’zlarni ma’no va so’rog’iga ko’ra farqlash, guruhlash; - so’zlarni leksik-grammatik xususiyatlariga ko’ra ma’lum so’z turkumlariga ajrata olish; - ot, sifat, son, olmosh, fe’lga oid so’zlarni gap tarkibidan ajrata olish; - otning birlik va ko’plik shaklda qo’llanilishi So’z ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi so'zlarning leksik- grammatik, morfologik va sintaktik belgilariga ko'ra turli guruhlarga ajratilishi, ya’ni so'z turkumlari haqidagi ilm hisoblanadi. So'zlarni leksik-grammatik turkumlarga ajratishda uch belgiga: 1) leksik ma’nosi (nimani ifodalashi, ya’ni shaxs, narsa, harakat yoki holat, belgi kabilarning umumlashtirilgan ma’nolari), 2) morfologik (so'zning turli shakllari tizimi) va 3) sintaktik (turli morfologik shakllarning sintaktik vazifa bajarishi) belgilariga asoslanadi. Demak, so‘z turkumlari ustida ishlash o'quvchilarning muayyan guruhdagi so'zlaming umumlashtirilgan ma’nolarini, kishilarning aloqa vositasi sifatidagi rolini tushunib olishlariga qaratilishi zarur. Boshlang'ich sinf o'quvchilari so'z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, fe’l) bilan umumiy tanishtirilgandan so'ng har bir leksik-grammatik guruh alohida o'rganiladi. Bu so'z turkumlarini o'rganishning boshlang'ich bosqichidayoq ularni taqqoslashga qulay sharoit yaratadi va shakllantiriladigan grammatik tushunchaning asosiy tomonlarini aniqroq ajratishga imkon beradi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari ot, sifat, son, kishilik olmoshi, fe’lning leksik- grammatik xususiyatlarini bilib oladilar: 1) so'z nimani bildirishi (shaxs, narsa, belgi, miqdor va tartib, harakat yoki holat); 2) qanday so'roqlarga javob bo'lishi; 3) o'zgarish-o'zgarmasligi, qanday doimiy kategoriyalari mavjudligi;
4) gapda, asosan, qanday bo'lak vazifasida kelishi. O'quvchilar mana shu o'rgangan belgilari asosida so'z turkumlarini taqqoslaydilar. Ular nimani o'rganganlariga qarab, har bir so'z turkumining grammatik belgilari haqidagi bilimlari asta kengayib, chuqurlashib boradi. Dasturga ko'ra, boshlang'ich sinfda so'zlar dastlab javob bo'ladigan morfologik so'roqlariga qarab guruhlanadi. 3-sinfda „So'z turkumi“ tushunchasi shakllantiriladi. O'quvchilar har bir so'z turkumiga xos ayrim belgilar (so'z turkumlarining umumlashtirilgan leksik ma’nolari, otlaming birlik va ko'plikda qo'llanishi, bo'lishli va bo'lishsiz fe’llar, ot, sifat, son va fe’ining gapdagi vazifasi) bilan tanishtiriladi. 4-sinfda so'z turkumlarining morfologik-sintaktik xususiyatlari haqidagi bilim chuqurlashtiriladi: o'quvchilar otlaming egalik va kelishiklar bilan o'zgarishini, sifat va sonning gapdagi vazifasini, kishilik olmoshlari va ularning kelishiklar bilan turlanishini, fe’llarda shaxs-son va zamonni o'rganadilar. So'z turkumlarini o'rganishdagi asosiy vazifa o'quvchilaming og'zaki va yozma nutqini o'stirish, lug'atini yangi ot, sifat, son, fe’llar bilan boyitish, o'quvchilar shu vaqtgacha foydalanib kelayotgan so'zlarning ma’nosini aniq tushunishiga erishish, bog'lanishli nutqda u yoki bu so'zdan o'rinli foydalanish malakasini o'stirish hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun so'z turkumlarini o'rganish jarayonida sinonim, antonimlar (atamalar berilmaydi) ustida muntazam ish olib boriladi, o'quvchilar ko'p ma’noli so'zlar, ularning o'z va ko'chma ma’noda ishlatilishi bilan tanishtiriladi. Bunda ta’limni o'quvchilarning shaxsiy tajribalari, bevosita ko'rganlari, radiodan eshitganlari, kitobdan bilib olganlari bilan bog'lash muhim ahamiyatga ega. O'quvchilarda kuzatish, muhim narsalarni sezish ko'nikmalarini shakllantirish, atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish bilan bir vaqtda ularning nutqini o'stirish vazifasi ham amalga oshiriladi. Ma'lumki, boshlang'ich sinf ona tili darsligining adabiy til meyorida amaliy o'zlashtirishlarga yordam berishdir. Darslikning asosiy qismini mavzuga oid xilma- xil mashqlar hamda mustahkamlovchi topshiriqlar tashkil etadi. Boshlang’ich sinflarda so’z turkumlarini o’qitish sinflar kesimida quyidagicha taqsimlangan: