logo

Fе’lni o`rganish darslari rеjasi va ishlanmasini tuzish.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

25.4453125 KB
Fе’lni o`rganish darslari rеjasi va ishlanmasini tuzish.
Reja:
1. Boshlang`ich sinflarda fе’lni o`rganish tizimi. 
2. F е ’l so’z turkumini o‘rganishning vazifalari. 
3.  F е ’lni o`rganish darslari r е jasi va ishlanmasini tuzish. Boshlang`ich sinflarda fе’lni o`rganish tizimi
Bugungi   kun   talablaridan   kelib   chiqqan   holda   ona   tili   fanini
o‘qitishning   sifat   va   samaradorligini   oshirish   maqsadida
kompetensiyaviy   yondashuvga   asoslangan   DTS   va   o‘quv   dasturlari
asosida   1-4-sinflarda     so’z   turkumlarini   o‘rganish   tizimi   va   vazifalarini
hamkorlik,   did а ktik   o‘yin   texnologiyalari   va   in tegratsiyalashgan   ta’lim
mazmunini   ochib   berishga   qaratilgan   metodik   qo‘llanma   yaratish
zarurati   bor   edi.   Shuni   hisobga   olgan   holda   qo‘llanmada   ona   tili
o‘qitishning o‘yinli shakllari va mediatexnikalar bilan ishlash, pedagogik
texnologiyalardan o‘rinli va mahorat bilan foydalanish o‘quv jarayonida
o‘zlashtirishning yuqori ko‘rsatkichlariga erishish yo’llari yoritib berildi.
Boshlang`ich   sinflarda   fе’lni   o`rganish   tizimi   1-4-sinflarda   dastur
talabiga ko’ra taqsimlangan. Fe’l bo’yicha olib boriladigan   birinchi dars
( 1-sinf)   da   ”Shaxs   va   narsaning   harakatini   bildirgan   so‘zlar”ni   nima
qildi?,   nima   qilyapti?,   nima   qiladi?   so‘roqlariga   javob   bo‘lishi   orqali
aniqlash   va   ularning   yozuvdagi   imlosiga   oid   dastlabki   tushunchalar
shakllantiriladi. 
Ikkinchi   dars   (2-sinf)   da   fe’l   haqida   dastlabki   tushunchalar
kengaytiriladi   va   yangi   ma’lumotlar   asosida   boyitiladi.   Bunda   fe’lni
o’rganishga oid quyidagi mavzular o’tiladi:
 Shaxs   va   narsa   harakatini   bildirgan   so‘zlar.   So’zlarning   nima
qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? so‘roqlariga javob bo‘lishi; 
 Bir   shaxs   bajargan   harakatni   bildirgan   so‘z   nima   qildi?,   nima
qilyapti?,   nima   qiladi?   so‘roqlariga,   birdan   ortiq   shaxslar   bajargan
harakatni   bildirgan   so‘zlar   nima   qildilar?,   nima   qiladilar?,   nima
qilyaptilar? so‘roqlariga javob bo‘lishi;  Harakatni   bildirgan   so‘zlarni   nima   qildi?,   nima   qilyapti?,   nima
qiladi? so‘roqlari yordamida boshqa so’zlardan farqlash va aniqlash;
 Harakatni   bildirgan   so‘zlar   yuzasidan   olingan   bilimlarni
mustahkamlash,   matn   asosida   nutq   o‘stirish   mashqlari,   tez   aytishlar
ustida ishlash.
Uchinchi   dars   (3-sinf)da   fe’lni   tizimli   o’rganish   boshlanadi,   bu
bosqichda   ilk   bor   fe’l   “so’z   turkumi”   atamasi   bilan   nomlanadi.   Bunda
o’quvchilar   “ Fe’l”   mavzusi   orqali   fe’lning   leksik   belgilari   (shaxs   va
narsalar   harakatini   bildirishi,   nima   qildi?,   nima   qilya’ti?,   nima   qiladi?
so‘roqlariga   javob   bo‘lishi)ni,   so‘roqlari   yordamida   fe’llarni   aniqlash,
fe’llarning   ma’nosiga   mos   so‘roqlarni   to‘g‘ri   qo‘llash   hamda   yaqin
ma’noli,   qarama-qarshi   ma’noli   fe’llarning   ma’nosini   izohlashni
o’rganadilar.
“Fe’l   ma’nolari   ustida   ishlash”   mavzusi   orqali   matnlar   asosida
o‘quvchilar nutqini fe’llar bilan boyitish, fe’llardan gap mazmuniga mos
holda  foydalanish,   nutqda  fe’llardan  to‘g‘ri foydalana olish,  darslikdagi
savollar   asosida   yoki   bir   necha   rasm   asosida   matn   yaratish   malakasi
rivojlantiriladi.
“Bo‘lishli   va   bo‘lishsiz   fe’llar”   mavzusida   esa   fe’llarning   bo‘lishli   va
bo‘lishsiz   shakllari   mavjudligi,   -ma   qo‘shimchasi   yordamida   bo‘lishsiz
fe’llarning   hosil   qilinishi   hamda   ularning   imlosi   haqida   amaliy
o’rgatiladi.
“Fe’l   yasovchi  qo‘shimchalar”   mavzusida   -la,-illa   (-ulla)   fe’l   yasovchi
qo‘shimchalari,   ularning   ma’nolari   imlosi,   mazkur   qo’shimchalar
asosida  yasalgan  fe’llarning talaffuzi  va   imlosi haqida  ilk   tushunchalar beriladi.   Mazkur   bo’limda   mashq   va   topshiriqlar   mavzuni   o’rganish
bo’yicha   o'rinli   berilgan.   Shuningdek,   rasmli   topshiriqlar   ham   juda
o'rinli   va   aniq   qilib   berilgan.   Jumladan,   r asm   asosida   insho   yozish   va
uning tahlilida, r asm asosida kichik hikoya yozishda fe’llardan to’g’ri va
o’rinli   foydalanish   fe’l   haqidagi   bilimni   o’zlashtirishida   yaxshi   samara
beradi.
Shuningdek   o'quv   yili   oxirida   yil   davomida   o'tilganlarni   uchun
berilgan mashqlar  o'quvchilarni fe’l so’z turkumi yuzasidan puxta bilim
olishlari uchun asos bo'la oladi. 
Fe’lni   o’rganishning   so’nggi   bosqichi   4-sinfga   mo’ljallangan.   Bu
davr fe’lni o’rganishning eng asosiy va muhim bosqichi sanaladi. Bunda
dastur   talabiga   ko’ra   alohida   “Fe’l   so’z   turkumi”   bo’limida   quyidagi
mavzularni o’rganish ko’zda tutilgan:
 Fe’l – so‘z turkumi (fe’lning so‘roqlari, harakat ma’nosini bildirishi,
gapdagi   vazifasi,   bo‘lishli   va   bo‘lishsiz   shakllarda   qo‘llanishi)   haqida
ma’lumot berish;
 Fe’l   zamonlari   haqida   ma’lumot,   harakatning   uch   zamonda
bajarilishi, fe’lning so‘roqlariga ko’ra zamon turlarini farqlash;
 O‘tgan   zamon  fe’li  (o‘tgan   zamon   fe’lining  nutq  so‘zlanib  turgan
paytdan   oldin   bajarilgan   (yoki   bajarilmagan)   harakatni   bildirishi).
O‘tgan zamon fe’lini shakllantiruvchi (–di, -gan) qo‘shimchalari, ularning
imlosi, so‘roqlari.
 Hozirgi   zamon   fe’li   ( hozirgi   zamon   fe’li   nutq   so‘zlab   turgan
paytda   bajarilayotgan   (yoki   bajarilmayotgan)   harakatni   bildirishi),   –
yap,-moqda  hozirgi zamon qo‘shimchalari, ularning imlosi, so‘roqlari;  Kelasi   zamon   fe’li.   Kelasi   zamon   fe’lini   shakllantiruvchi
qo‘shimchalar, ularning imlosi, so‘roqlari;
 Fe’llarning shaxs-son (–m, -man, -ng, -san, -di (-ti), -k, -miz,-ngiz, -
siz,-dilar)   qo‘shimchalari.   Shaxs-son   qo‘shimchalari   harakatning   uch
shaxsdan   biri   tomonidan   birlik   va   ko‘plikda   bajarilgan   yoki
bajarilmaganini   bildirishi.   Harakatni   qaysi   shaxs   tomonidan
bajarilayotganini aniqlash;
 Fe’llarning tuslovchi qo‘shimchalar bilan tuslanishi;
 Fe’l   yasovchi   qo‘shimchalar   (   -lan,-illa,-sira,-la,-lash), fe’llarning
qaysi   turkumlardan   yasalishi,   fe’l   yasovchi   qo‘shimchalar   bilan
qo‘llangan fe’llarning talaffuzi va imlosi.
Fe’llarga doir mazkur mavzularning har biri leksik mashqlar va turli
shakllardagi   topshiriqlar   ustida   ishlash   asosida   bosqichma-bosqich
o’rgatib   boriladi.   Yangi   darslikdagi   so'z   turkumlari   bo'limida   berilgan
mashqlar,   eski   darslikdagi   mashqlardan   tubdan   farq   qiladi   yangi
darslikdagi   berilgan   qoida   va   mashqlar   o'quvchilarning   ongli
o'zlashtirishi uchun juda qulay.
F е ’l so’z turkumini o‘rganishning vazifalari
Boshlang’ich   ta’limda   fе’l   so’z   turkumini   o‘rganishning   asosiy
vazifalari   bu   davrda   o’tiladigan   mavzular   bilan   bog’liq.   O’qituvchi
avvalo, o’quvchilarda fe’lga oid so’zlarning lug’aviy ma’nosini tushunishi
va o’z nutqida to’g’ri, o’rinli foydalanishga o’rgatishi lozim. Boshqa so’z
turkumlariga   nisbatan   fe’lni   o’rganish   va   fe’lga   oid   bilimlarni
o’zlashtirish   kichik   yoshdagi   bolalarga   biroz   qiyinchilik   tug’diradi.
O’qituvchi buning ikki sababini hisobga olishi kerak: 1.   Harakat   deganda   o’quvchilar   shaxslar   tomonidan   bajariladigan
jismoniy harakat (yurmoq, kiymoq, termoq va boshqa)larni tushunadi,
aslida   harakatning   shakllari   ko’p:   aqliy,   nutqiy,   ishoraviy   (mimika)
harakat   va   holat   tushunchalarini   ifodalashi   bilan   fe’l   so’z   turkumi
sifatida xarakterlanadi.
2.   Fe’lning   nutqda   shakllanishi   faqat   shaxs-son,   zamon
kategoriyalari   bilan   cheklanib   qolmaydi.   Fe’llar   shaxs-son,   zamondan
tashqari o’timli, o’timsizlik, nisbat, mayl, vazifaviy xoslangan shakllarida
namoyon bo’ladi. 
Shularni   hisobga   olgan   holda   fe’lni   o’rgatish   vazifalarini
quyidagicha belgilash mumkin:
 Fe’lning   ma’nosi,   leksik   belgilari   yuzasidan   o‘quvchilarning
nazariy bilimini amaliy mashqlar asosida mustahkamlash;
 Fe’lning   morfologik   belgilarini   izohlashda   ot   turkumi   bilan
qiyoslash;
 Fe’l zamonlari yuzasidan o‘quvchilar bilimini maxsus topshiriq va
tahlillar asosida mustahkamlash;
 Fe’lning   shaxs-son   shakllari   asosida   tuslanishini   otga   xos
turlanish bilan taqqoslashni o’rgatish;
 O’quvchilar lug’atni fe’llar bilan boyitish;
 Fe’lning   turli   grammatik   shakllarining   talaffuzi   va   imlosini
chuqur o’zlashtirilishini ta’minlash;
 Gapdagi   sintaktik   vazifalarini   aniqlash   ko’nikmalarini
shakllantirish.
F е ’lni o`rganish darslari r е jasi va ishlanmasini tuzish. Darsning texnologik xaritasi o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati hamda
unga taqsimlangan vaqt har bir bosqich bo‘yicha to‘g‘ri belgilash uchun
ishlatiladi.   O‘qituvchi   darsga   tayyorgarlik   ko‘rish   jarayonida   mavzular
bo‘yicha   texnologik   xaritani   tuzib   olishi   lozim.   Dars   rejasi,   ishlanma
yoki   texnologik   xaritasini   tuzmagan   o’qituvchilar   birinchidan,   darsga
ajratilgan   vaqtdan   unumli   foydalana   olmaydi,   ikkinchidan,   yangi
mavzuni   o’rganish   jarayonida   unga   xos   DTS   talablarini   to’laqonli
bajarolmaydi.
Maktabda ayniqsa, ona tili darslarida  maxsus dars rejasi, ishlanma
yoki   texnologik   xaritasini   tuzish   va   unga   amal   qilish   har   bir   darsning
muhim   shartlaridan   biri   sifatida   qaraladi.   Quyida   fe’l   mavzusini
o’rganishga oid dars ishlanmasi namunalarini havola etamiz:
Mavzu :  “Fe’l yasovchi qo’shimchalar” (4-sinf ona tili darsi)
Mav zuga   oid   t ay anch   t ushunchalar :   fe’llarning   yasalishi,   o’zak-asos,
qo’shimcha, yasama so’z.
Ajrat ilgan v aqt :  45 minut
O‘quv  jaray onini amalga oshirish t exnologiy asi:
Dars t uri:  yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi dars.
Met od :   suhbat,   tushuntirish,   “Kim   topqir”,   “Tez   javob”   o‘yini,   “Otdan
fe’lgacha” mashqlari.
Shak l:  sinfda, yakka tartibda ishlash.
J ihoz:  jadval,   rasmlar, taqdimot va multimedia ilovalari.
Nazorat :  o‘quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.
Baholash:   o‘quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars
oxirida e’lon qilinadi. Darsning maqsadi:
1)   Ta’limiy   maqsad:   o‘quvchilarni   fe’l   yasovchi   qo’shimchalar   bilan
tanishtirish,   fe’llarning   turli   so’z   turkumlaridan   yasalishi ,   yasama
fe’llarning   talaffuzi   va   imlosini   o’rgatish,   o’quvchilar   nutqini   yasama
fe’llar asosida boyitish .
2)   Tarbiyaviy   maqsad :   o‘quvchilarning   bilim   egallashga   ishtiyoqini,
kasb tanlashga qiziqishini oshirish, ularda turli kasb egalariga hurmat,
o‘zgalar mehnatini qadriga yetish tuyg‘ularini tarbiyalash.
3)   Rivojlantiruvchi   maqsad:   o‘quvchilarning   fe’lga   oid   o’rganganlari
yuzasidan   savol-topshiriq   tuzish,   fe’lning   yasalishida   asos   va   yasalma
o‘rtasidagi   bog‘lanishni   aniqlash,   test   yechish   malakalarini
rivojlantirish.
Dars jaray oni v a t exnologiy asi
Dars
bosqichlari
v a   ishning
nomi Bajariladigan ish mazmuni  Met od  Vaqt
1-bosqich
Tashkiliy
qism 1) O‘quvchilar davomati aniqlanadi.
2)   Sinf   o‘quvchilarining   darsga
tayyorgarligi tekshiriladi. Savol-
javob  2 
daqiqa
2-bosqich
Ehtiyojlarni
aniqlash Dars   shiori   tanlanadi.   Dars   davomida
rioya   qilish   lozim   bo‘lgan   qoidalar
belgilanadi. Suhbat  2 
daqiqa
3-bosqich
Darsning
borishi 1.   O‘tgan   darsni   so‘rab   baholash,   o‘qish
malakalarini tekshirish.
2. “Kim topqir” o‘yini o‘tkaziladi.
3. Fe’l ma’nosini izohlashga tayyorgarlik.
4.   Fel’ning   so’roqlari   asosida   jadval
to’ldiriladi.
5. Lug‘at ishi.
6. Bo’lishli-bo’lishsiz  fe’llarning  mazmuni
yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
7.   Berilgan   mavzu   bo‘yicha   fe’llar Savol-
javob
Izlanish
Suhbat
Namoyish 4
daqiqa
5
daqiqa
1 ishtiroki   asosida   matn   tuzish   amali
bajariladi. Tushuntiri
sh
Savol-
javob
“Sinkveyn”
usuli daqiqa
3
daqiqa
2
daqiqa
4
daqiqa
5
daqiqa
4-bosqich
Mustahkamla
sh 1.   O‘quvchilar   bilan   kichik   guruhlararo
musobaqa o‘tkaziladi.
2. Darslik bilan ishlash.
3.   O‘quvchilarga   yakunlovchi   savollar
bilan   murojaat   etiladi.   O‘quvchilar
javoblari umumlashtiriladi. “Tez 
javob”
mashqi
“Otdan
fe’lgacha”
mashqi
Savol-
javob
Izlanish 5
daqiqa
5
daqiqa
4
daqiqa
5-bosqich
Dars   yakuni
va
baholash O‘quvchilarning darsda ishtiroki hisobga
olinib, reytingi e’lon qilinadi.
Dars yakunlanadi. Baholash  2 
daqiqa
6-bosqich
Uyga vazifa
berish Fe’l   yasovchi   qo’shimchalar   asosida
yasama  fe’llar  yasash  va ular  ishtirokida
gap tuzish Tushuntiri
sh  1 
daqiqa Adabiy ot lar ro` y xat i.
1. Uzviylashtirilgan   Davlat   ta’lim   standarti.     –   T.:   Yangiyo`l   poligraf
service, 2017. – 14-79 b.
2. Uzviylashtirilgan o`quv dasturi.   – T.: Yangiyo`l poligraf service, 2017.
– 14-79 b.
3. Qosimova K., Matjonov S., G`ulomova X., Yo`ldosheva Sh., Sariyev Sh.
Ona tili o`qitish metodikasi. –T.: Noshir, 2009. – 163 b.
4. Matchanov S., G`ulomova X., Yo`ldasheva Sh., A. Nisanbaeva. Ana
tilin oqыtu әdіstemesі. –T.: TDPU, 2013. –  277 b.
5. Ikromova R., Gulomova X., Yo’ldosheva.Sh., Shodmonqulova D. Ona
tili (4-sinf uchun darslik).  – T.: “O’qituvchi”,, 2020. 
6.   Fuzailov   S.,   Xudoyberganova   M.,   Yo’ldosheva.Sh.   Ona   tili   (3-sinf
uchun darslik).  – T.: “O’qituvchi”,, 2019. 
7. Qosimova K., Fuzailov S., Ne’matova A. Ona tili (2-sinf uchun darslik).
– T.: Cho’lpon nomidagi NMIU, 2018. 
8.   G’afforova.   T.,   Shodmonov   E.,   G’ulomova   X.   Ona   tili   (1-sinf   uchun
darslik).  – T.: “Sharq”, 2019.

Fе’lni o`rganish darslari rеjasi va ishlanmasini tuzish. Reja: 1. Boshlang`ich sinflarda fе’lni o`rganish tizimi. 2. F е ’l so’z turkumini o‘rganishning vazifalari. 3. F е ’lni o`rganish darslari r е jasi va ishlanmasini tuzish.

Boshlang`ich sinflarda fе’lni o`rganish tizimi Bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda ona tili fanini o‘qitishning sifat va samaradorligini oshirish maqsadida kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTS va o‘quv dasturlari asosida 1-4-sinflarda so’z turkumlarini o‘rganish tizimi va vazifalarini hamkorlik, did а ktik o‘yin texnologiyalari va in tegratsiyalashgan ta’lim mazmunini ochib berishga qaratilgan metodik qo‘llanma yaratish zarurati bor edi. Shuni hisobga olgan holda qo‘llanmada ona tili o‘qitishning o‘yinli shakllari va mediatexnikalar bilan ishlash, pedagogik texnologiyalardan o‘rinli va mahorat bilan foydalanish o‘quv jarayonida o‘zlashtirishning yuqori ko‘rsatkichlariga erishish yo’llari yoritib berildi. Boshlang`ich sinflarda fе’lni o`rganish tizimi 1-4-sinflarda dastur talabiga ko’ra taqsimlangan. Fe’l bo’yicha olib boriladigan birinchi dars ( 1-sinf) da ”Shaxs va narsaning harakatini bildirgan so‘zlar”ni nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? so‘roqlariga javob bo‘lishi orqali aniqlash va ularning yozuvdagi imlosiga oid dastlabki tushunchalar shakllantiriladi. Ikkinchi dars (2-sinf) da fe’l haqida dastlabki tushunchalar kengaytiriladi va yangi ma’lumotlar asosida boyitiladi. Bunda fe’lni o’rganishga oid quyidagi mavzular o’tiladi:  Shaxs va narsa harakatini bildirgan so‘zlar. So’zlarning nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? so‘roqlariga javob bo‘lishi;  Bir shaxs bajargan harakatni bildirgan so‘z nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? so‘roqlariga, birdan ortiq shaxslar bajargan harakatni bildirgan so‘zlar nima qildilar?, nima qiladilar?, nima qilyaptilar? so‘roqlariga javob bo‘lishi;

 Harakatni bildirgan so‘zlarni nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? so‘roqlari yordamida boshqa so’zlardan farqlash va aniqlash;  Harakatni bildirgan so‘zlar yuzasidan olingan bilimlarni mustahkamlash, matn asosida nutq o‘stirish mashqlari, tez aytishlar ustida ishlash. Uchinchi dars (3-sinf)da fe’lni tizimli o’rganish boshlanadi, bu bosqichda ilk bor fe’l “so’z turkumi” atamasi bilan nomlanadi. Bunda o’quvchilar “ Fe’l” mavzusi orqali fe’lning leksik belgilari (shaxs va narsalar harakatini bildirishi, nima qildi?, nima qilya’ti?, nima qiladi? so‘roqlariga javob bo‘lishi)ni, so‘roqlari yordamida fe’llarni aniqlash, fe’llarning ma’nosiga mos so‘roqlarni to‘g‘ri qo‘llash hamda yaqin ma’noli, qarama-qarshi ma’noli fe’llarning ma’nosini izohlashni o’rganadilar. “Fe’l ma’nolari ustida ishlash” mavzusi orqali matnlar asosida o‘quvchilar nutqini fe’llar bilan boyitish, fe’llardan gap mazmuniga mos holda foydalanish, nutqda fe’llardan to‘g‘ri foydalana olish, darslikdagi savollar asosida yoki bir necha rasm asosida matn yaratish malakasi rivojlantiriladi. “Bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar” mavzusida esa fe’llarning bo‘lishli va bo‘lishsiz shakllari mavjudligi, -ma qo‘shimchasi yordamida bo‘lishsiz fe’llarning hosil qilinishi hamda ularning imlosi haqida amaliy o’rgatiladi. “Fe’l yasovchi qo‘shimchalar” mavzusida -la,-illa (-ulla) fe’l yasovchi qo‘shimchalari, ularning ma’nolari imlosi, mazkur qo’shimchalar asosida yasalgan fe’llarning talaffuzi va imlosi haqida ilk tushunchalar

beriladi. Mazkur bo’limda mashq va topshiriqlar mavzuni o’rganish bo’yicha o'rinli berilgan. Shuningdek, rasmli topshiriqlar ham juda o'rinli va aniq qilib berilgan. Jumladan, r asm asosida insho yozish va uning tahlilida, r asm asosida kichik hikoya yozishda fe’llardan to’g’ri va o’rinli foydalanish fe’l haqidagi bilimni o’zlashtirishida yaxshi samara beradi. Shuningdek o'quv yili oxirida yil davomida o'tilganlarni uchun berilgan mashqlar o'quvchilarni fe’l so’z turkumi yuzasidan puxta bilim olishlari uchun asos bo'la oladi. Fe’lni o’rganishning so’nggi bosqichi 4-sinfga mo’ljallangan. Bu davr fe’lni o’rganishning eng asosiy va muhim bosqichi sanaladi. Bunda dastur talabiga ko’ra alohida “Fe’l so’z turkumi” bo’limida quyidagi mavzularni o’rganish ko’zda tutilgan:  Fe’l – so‘z turkumi (fe’lning so‘roqlari, harakat ma’nosini bildirishi, gapdagi vazifasi, bo‘lishli va bo‘lishsiz shakllarda qo‘llanishi) haqida ma’lumot berish;  Fe’l zamonlari haqida ma’lumot, harakatning uch zamonda bajarilishi, fe’lning so‘roqlariga ko’ra zamon turlarini farqlash;  O‘tgan zamon fe’li (o‘tgan zamon fe’lining nutq so‘zlanib turgan paytdan oldin bajarilgan (yoki bajarilmagan) harakatni bildirishi). O‘tgan zamon fe’lini shakllantiruvchi (–di, -gan) qo‘shimchalari, ularning imlosi, so‘roqlari.  Hozirgi zamon fe’li ( hozirgi zamon fe’li nutq so‘zlab turgan paytda bajarilayotgan (yoki bajarilmayotgan) harakatni bildirishi), – yap,-moqda hozirgi zamon qo‘shimchalari, ularning imlosi, so‘roqlari;

 Kelasi zamon fe’li. Kelasi zamon fe’lini shakllantiruvchi qo‘shimchalar, ularning imlosi, so‘roqlari;  Fe’llarning shaxs-son (–m, -man, -ng, -san, -di (-ti), -k, -miz,-ngiz, - siz,-dilar) qo‘shimchalari. Shaxs-son qo‘shimchalari harakatning uch shaxsdan biri tomonidan birlik va ko‘plikda bajarilgan yoki bajarilmaganini bildirishi. Harakatni qaysi shaxs tomonidan bajarilayotganini aniqlash;  Fe’llarning tuslovchi qo‘shimchalar bilan tuslanishi;  Fe’l yasovchi qo‘shimchalar ( -lan,-illa,-sira,-la,-lash), fe’llarning qaysi turkumlardan yasalishi, fe’l yasovchi qo‘shimchalar bilan qo‘llangan fe’llarning talaffuzi va imlosi. Fe’llarga doir mazkur mavzularning har biri leksik mashqlar va turli shakllardagi topshiriqlar ustida ishlash asosida bosqichma-bosqich o’rgatib boriladi. Yangi darslikdagi so'z turkumlari bo'limida berilgan mashqlar, eski darslikdagi mashqlardan tubdan farq qiladi yangi darslikdagi berilgan qoida va mashqlar o'quvchilarning ongli o'zlashtirishi uchun juda qulay. F е ’l so’z turkumini o‘rganishning vazifalari Boshlang’ich ta’limda fе’l so’z turkumini o‘rganishning asosiy vazifalari bu davrda o’tiladigan mavzular bilan bog’liq. O’qituvchi avvalo, o’quvchilarda fe’lga oid so’zlarning lug’aviy ma’nosini tushunishi va o’z nutqida to’g’ri, o’rinli foydalanishga o’rgatishi lozim. Boshqa so’z turkumlariga nisbatan fe’lni o’rganish va fe’lga oid bilimlarni o’zlashtirish kichik yoshdagi bolalarga biroz qiyinchilik tug’diradi. O’qituvchi buning ikki sababini hisobga olishi kerak: