Sonni o‘rganish darslari rеjasi va ishlanmasini tuzish.
Sonni o‘rganish darslari rеjasi va ishlanmasini tuzish. Reja: 1. Son turkumini o’tish bo’yicha DTS va dastur mazmuni va talablari ustida ishlash. 2. Son so’z turkumini o’rganishda qo’llaniladigan mashqlar tizimi. 3. Sonni o‘rganish darslari rеjasi va ishlanmasini tuzish
Son t urk umini o` t ish bo` y icha DTS v a dast ur mazmuni v a t alablari ust ida ishlash . Son turkumini o’tish bo’yicha DTS va ona tili dasturi talabiga ko’ra ”Son”ni o’rganish tizimi ham son haqidagi materialni leksik va grammatik tomondan sinfdan-sinfga o’tgan sayin boyitib, murakkablashtirib borishni ko’zda tutadi. Bunda son ni 3 yo ’ nalishda o ’ rgani sh talab etiladi: 1. Sonlarning tala f fuzi va ma’nosi ustida ishlash; 2. Sonning grammatik shakllari ustida ishlash; 3. Sonlarning imlosi ustida ishlash. Sonlarning talaffuzi va ma’nosi ustida ishlash 1 -sinfda boshlanib, 4- sinfga qadar davom ettiriladi. O’quvchilar sonning ma’no turlaridan asosan miqdor (sanoq) va tartib son bilan tanishadi. Biroq mashq materiallarida sonning boshqa turlari ham qo’llanilgan. Jumladan, o’ntacha (chama son), ikkala (jamlovchi son), uchtadan (taqsim son), o’ndan ikki, yarim (kasr son), beshta, uch marta (dona son) kabi sonlarni umumiy holda miqdor son sifatida o’rgatib boriladi. Bunday sonlarning ma’lum qo’shimchalar asosida hosil bo’lishi, talaffuzi hamda leksik ma’nosi ustida ishlamasdan ularda son haqida to’liq tushuncha hosil qilib bo’lmaydi. Sonning grammatik shakllari ustida ishlash 3-sinfda amalga oshiriladi. Bunda ”Son-so`z turkumi” tushunchasi kiritil ib sonning mustaqil so’z turkumi sifatida o’ziga xos bo’lgan morfologik hamda sintaktik belgilari haqida ilmiy tushuncha beriladi . O’quvchilarda son predmetning miqdorini bildirishini otga bog’lanib kelishi yordamida aniqlash ko’nikmasi o’stiriladi. Bularni o’rganishda sonning leksik
xususiyatlariga asoslanadi. Sonning leksik ma’nosi uni ot bilan bog’liq holda o’rganishni taqazo etadi. Sonlarning imlosi ustida ishlash asosan, 4-sinfda amalga oshiriladi. B unda o’quvchilarga: S anoq va tartib sonlarning harf bilan yozilishi; T artib sonlarning arab va rim raqamlari bilan yozilishi ; Qo’sh undoshli sonlar (to’rtta, uchchala) imlosi; G rammatik shakllangan sonlarning (ikkov, o’ntacha, beshtadan) imlosi ; Sonlarning gramm, kilogramm, metr, litr, so’m, tiyin so’zlari bilan qo’llanishi va shu so’z bilan bitta so’roqqa javob bo’lishi o’rganiladi. O’quvchilarning sonlarni otga bog’lanishi, so’roqlar yordamida sonni o’zi bog’lagan so’z bilan ko’chirish ko’nikmalari o’stiriladi. Xullas, 1-4-sinfda o’quvchilarda s on yuzasidan quyidagi bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirish lozim: Bilim: 1. Son predmetning miqdor va tartibini bildirishi; 2. Necha?, nechanchi?, qancha?, nechta? so’roqlariga javob bo’lishi; 3. Ikkinchi darajali bo’lak vazifasida kelishi; 4. Boshqa so’zlar bilan ohang yordamida bog’lanishi; 5. Sonning arab va rim raqamlari bilan ifodalanishi. Ko’nik ma: 1. Sonning sanoq yoki tartib ma’no sini ifodalayotganini farqlash . 2. Songa necha?, nechta?, qancha?, nechanchi? so`roqlarini to’g’ri bera oli sh.
3. Gap va matn tarkibidan sonni so ’ roqlari orqali aniqlay olish . 4. Sonlarni ko’p, ancha, oz, kam kabi so’zlardan farqlash. 5. Son ni bog ’ lanib kelgan so`z bilan birikma holida ajrata olish; 6. Sonning gapda ikkinchi darajali bo`lak vazifasida kelishini aniqlash va uni to ’ lqinli chiziq orqali belgil ash; 7. Sonlarni to ’ g ’ ri talaffuz qila olish ; 8. Sonlardan og ’ zaki va yozma nutqda to ’ g ’ ri va o ’ rinli foydalana olish. Malak a: 1. Sanoq va tartib sonlarning ma’nosini izohlay olish ; 2. Sonlarning talaffuzi va yozilishini izohlay olish ; 3. Imlo lug’atdan foydalana olish; 4. Sonlarni harfiy shaklda arab va rim raqamlarida imloviy to’g’ri yozish; 5. Sanoq sonlarni tartib sonlarga, tartib sonlarni sanoq sonlarga aylantira olish ; 6. Berilgan son ishtirokida birikma va gap tuza olish; 7. O’qiganlari, kuzatganlari va rasm asosida sonlarni qatnashtirib kichik hikoyacha tuza olish; 8. Matndagi sonlarni boshqa miqdor bildiruvchi so ’ zlar bilan almashtira bilish. Son so’z t urk umini o’rganishda qo’llaniladigan mashqlar t izimi. Son mavzusiga oid matnli, topshiriqli, maxsus mashq turlaridan hamda quyidagi tahlillardan foydalanish mumkin:
1) leksik tahlil; 2) morfologik tahlil; 3 ) sintaktik tahlil; 4) leksik-grammatik tahlil; Lek sik t ahlil o’quvchilarga so’z va uning leksik ma’nolari, sema va sememalari ustida ishlash ko’nikmasini shakllantirish imkonini beradi. Bunda mavzu bo’yicha darslikda berilgan mashq materiallarida berilgan matn va gaplar tarkibidagi songa oid so’zlar leksik tahlilga tortiladi. Songa oid bir so’zi nutqda grammatik ma’no bilan birga uslubiy ma’no ifodalsh uchun ham faol qo’llanadi. Son mavzusi yuzasidan leksik tahlilda aynan bir so’zini quyidagicha tahlil etiladi: L EKSIK TA HLIL N A MUN A SI 248-mashq (4-sinf ”Ona tili”, 102-bet) Qadim zamonda bir boy dehqon yerining bir chekkasini sotibdi. 1) Mazkur gap tarkibidagi sonlar aniqlab olinadi: bir (boy), bir (chekka); 2) Bir so’zining har bir ma’nosi izohlanadi, buni konseptual jadval yoki taqdimot shaklida ham tayyorlash mumkin: Bir so’zi gapda miqdor, sanoq yoki tartibni ifodalasa, son so’z turkumiga oid so’z sanaladi, bunda -ta, -inchi qoshimchalari yoki kilogramm, metr, so’m, dona, tub, nafar kabi hisob so’zlari bilan shakllanadi: bitta kitob, birinchi mart, bir dona olma, bir metr mato, bir tub ko’chat kabi.