logo

Abdurauf Fitrat va uning turkiy filologiya taraqqiyotiga qo’shgan hissasi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

37 KB
Abdurauf Fitrat va uning turkiy filologiya taraqqiyotiga qo’ shgan hissasi
Reja:
1. Fitratning turkologiya  qo’shgan xissasi.
2. “Tilimiz” maqolasi.
3. “Carf” va “Nahv” asari.   Fitrat XX asr o’zbek madaniyati tarixidagi yorqin siymolardan biridir.
Fitrat   -   uning   adabiy   taxallusi.   Fitrat   so’zining   lug’aviy   ma'nosi   Navoiy
asarlari lug’atida «tabiat, tug’ma tabiat, yaratilish” ma'nolari izohlangan.
Fitrat   tilshunos   sifatida   tilning   barcha   bo’limlari   haqida   o’z
munosabatlarini   bayon   etadi.   U   o’zbek   tilining   o’ziga   xos   xususiyatlarini
ochib   berishga,   o’zbek   tilining   turkiy   tillar   tizimidagi   o’rnini   belgilab
berishga harakat qiladi.
Adabiy   tilning   boyishida   asosiy   manba   bo’lib   xizmat   qiladigan   xalq
shevalariga   diqqatni   ko’proq   jalb   qilish   kerakligini   alohida   uqtiradi.   Adabiy
tilning   shakllantirishda   shahar   shevalariga   emas,   balki   qishloq   shevalariga
tayanish   kerak   ekanligini   ta'kilaydilar.   Bu   haqda   Fitrat     «Sarf”   kitobida
shunday yozadi: “Bilamizki, bizning shaharlarimiz yuzlab yillardan beri arab,
forsiy   adabiyotning   hukmi   ostida   yashaydi,   shuning   uchun   bizda   shahar   tili
buzulg’ondur.   Tilimizning   sof   shaklini   daladagi   el-aymoqlarimimzda   ko’ra
olamiz”.   Bu   bilan   singarmonizmli   shevalar   o’zbek   adabiy   tilining   tayanch
shevalari   bo’lishi   kerak   degan   fikrni   ilgari   suradi.   Fitratning   o’zbek   tilining
turli   masalalariga   bag’ishlangan   asari   “O’zbek   tili   qoidalari   to’g’risia   bir
tajriba” deb nomlanadi. Bu asar o’zbek tilining fonetikasi, morfologiyasi va
sintaksisini izchil ravishda berilgan birinchi grammatikadir. 
Fitratning   fonetik   qarashlari   o’zbek   imlosiga   bag’ishlangan   bir   qator
maqolalarida va «O’zbek tili qoidalari to’g’risida bir tajriba. Sarf» asarida o’z
aksini   topgan.   Unlilarni   ikkiga   bo’ladi.   Sof   undan   iborat   bo’lgan   fonemalar
unlilar, ovozga ega bo’lmagan fonemalarni unsizlarga bo’ladi. O’zbek adabiy
tilida 23 ta unsiz fonema mavjudligini ko’rsatib, ulardan x,   h,   f fonemalari
asl  turkcha so’zlarda kam  uchrashini ta'kidlaydi. Fitrat o’zbek tilida  mavjud
bo’lgan   singarmonizm   qonuniyatini   aks   ettirishini,   bu   holat   esa   shahar
shevalarida fors tilining ta'sirida bo’lganini, shuning uchun ham umumturkiy
fonetik   xususiyatni   ko’proq   saqlab   qolgan   qishloq   shevalariga   tayanish kerakligini   alohida   uqtiradi.   Ana   shu   asosda   unlilarni   ikkiga   yo’g’onlik   va
ingichkalik belgisi bilan belgilaydi.
              yo’g’on (orqa qator)                       ingichka (oldi qator)
                         a, o’, u, i                                      e, o, y,  i
Yo’g’onlik-ingichkalik belgisiga ko’ra farqlanishga ega bo’lmagan “e”
unlisi ham mavjud ekanligi , jami 9 ta unli fonema borligini ko’rsatadi.
Fitrat   “Sarf”   asarida   so’z   turkumlari   haqida   ma'lumot   beradi.   So’z
turkumlarini   4   ga   bo’ladi.   Ot,   sifat,   fe'l,   ko’makchi.   Asarda   olmosh,   son
haqida   ham   so’z   yuritadi,   biroq   ularni   alohida   so’z   turkumi   sifatida
ajratmaydi.
Otlarni tub va yasama  otlarga  bo’ladi. Yasama  otlarni  o’run oti,  qurol
oti,   ish   oti,   kichiklagan   ot,   qo’shma   otlar   kabi   mayda   bo’laklarga   bo’lib,
ularga     alohida-alohida   izoh   beradi.   Masalan,   ish   oti   atamasi   hozirgi
tilshunoslikdagi   funktsional   fe'l   shakllaridan   harakat   nomiga   to’g’ri   keladi.
Ular quyidagi qo’shimchalar orqali yasalishini ko’rsatadi: -moq, -ish, (bilish),
-im, -uv,  -nch (ishonch) kabi.
Sifatni ham ikkiga bo’ladi. Tub va yasama sifatlarga.-li, -siz,  -gi, -ki, -g’i,  -
imtil, -ma, -lik.
Yasama sifatlar ma'nosiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:
            1) nisbat sifati            – g’iy, -viy.
            2) o’rtoqlik sifati        -doshG`dash
            3) jins sifati                kumush qoshiq, oltin uzuk.
             4) o’xshatish sifati        kabi, o’xshash, -dekG`day, yanglig’, singari 
              Sonlarni alohida so’z turkumi sifatida bermaydi. Sifat tarkibida aytib
o’tadi.
             Yasama sonlar  ma'nosi va yasovchi qo’shimchalariga ko’ra: sira son:
–i(nchi), ulush son (–ar), (-tadan), chama son –(lab), sanalmishsiz son  (–ov), o’rtoqlik   son     (-ala),   oshirma   son   (-larcha),   o’lchov   sonlari   (numerativ)
qadaq, yutum kabi.   
 Fitratning fikricha, “ot shrnida almashtirilib” qo’llaniladigan so’zlarga
“ ot olmoshlari” yoki “olmosh” deyiladi. Olmoshlar uch turga bo’linadi:
  1) ot olmoshlari - u, men, sen, ular, biz-bizlar, siz-sizlar.
  2)  k o’rsatish olmoshlari – bu-bul, shu-shul, bular-bunlar, shular.           
               3)    s o’rash olmoshi – kim, nima, qanday, nega, nuchuk, nechun
kabi.
      Fe'l   so’z   turkumi     ancha   mukammal   yozilgan.   Fitrat   fe'lning   shaxs,
son,   bo’lishli-bo’lishsiz   va   zamon   kategoriyalariga   ega   ekanligi   haqida
ma'lumot beradi.
Fitrat   ko’makchi   so’zlar   haqida   ham   alohida   to’xtaladi.   Hozirgi
tilshunoslikda   yuklama,   bog’lovchi,   ko’makchilar   hamda   modal,   undov
so’zlar   tarkibida   o’rganilayotgan   lisoniy   birliklarning   hammasi   ko’makchi
so’zlar atamasi ostida beriladi.
Fitratning   sintaktik   qarashlari   uning   «O’zbek   tili   qoidalari   to’g’risida
bir tajriba. Nahv» asarida o’z aksini topgan. 
Bu   asar   haqida   muallif:   “O’zbek   nahvi   to’g’risida   mening   bir
tajribamdir”   –   deb     yozadi.     Hali   o’zbek   tili   sintaksisining   mundarjasi
belgilanmagan,   sintaktik   tushunchalarni   ifodalovchi   atamalar   tizimi   izga
solinmagan  bir  davrda mazkur  asarning vujudga kelishi o’zbek tilshunosligi
tarixi   uchun   katta   voqea   edi.   ”Nahv”   “butundan   qismga”   tamoyiliga   amal
qiladi. Shuning uchun ham sintaksisning asosiy o’rganish birligi bo’lgan gap
haqida ma'lumot berishdan boshlanadi. 1
Gap haqida ma'lumot bergandan keyin, tinish belgilari to’g’risida ham
so’z yuritadi. Muallif punktuatsion belgilarni «turush belgilar” atamasi bilan
1
Nurmonov A. O’zbеk tilshunosligi tarixi. -T.: O’zbеkiston, 2002, 155-bеt. nomlaydi.   Fitrat   12   ta   tinish   belgisi   va   ularning   vazifalari   haqida   ma'lumot
beradi.
Gap bo’laklari haqida gap ketganda, Fitrat ega va kesimni bosh so’zlar
tarkibiga kiritadi. Bosh so’zlardan boshqa barcha bo’laklarni “to’ldirg’ichlar”
atamasi bilan nomlaydi.
To’ldirg’ichlar   quyidagi   turlarga   bo’linadi:   1)   tushum,   2)   borish,   3)
chiqish,   4)   o’run,   5)   birgalik,   6)   chog’,   7)   nechunlilik,   8)   nechuklik
to’ldiruvchilari.   Asarda   to’ldirg’ichlarning   har   bir   haqida   alohida-alohida
to’xtalib o’tadi.
Fitrat kirish so’z, kirish gap va kiritmalar haqida ham ma'lumot beradi.
Bu uch lingvistik hodisa bir termin – kirish so’z atamasi ostida o’rganiladi. U
bu   atamaning   arablarning   “mo’'tariza”,   ruslarning   “vvodnoe   slovo”
atamalariga teng kelishini ta'kidlaydi.
Kirish   so’zlarning   gapning   boshqa   qismlaridan   yozuvda   vergul   bilan
ajratilishi,   kirish   so’zlar   gapdan   tushirib   qoldirilganda   ham   gapning
ma'nosiga zarar yetmasligi haqida so’z yuritiladi. 
Fitrat   ko’rsatib   o’tgan   sintaksis   haqidagi   fikrlar   bugungi   kunda   ham
mavjudligini   darsliklarda   ko’rishimiz   mumkin.   O’zbek   tili   morfologiyasi   va
sintaksisining   fan   sifatida   shakllanishida   Fitratning   xizmatlari   katta.U
birinchilardan   bo’lib   o’zbek   tili   morfologiyasi   va   sintaksisi   haqida   izchil
ravishda ma'lumot berdi. Adabiyotlar:
1. M.Qoshg'ariy "Devonu lug'otitturk".  Tom. I, II, III, indeks lug'at Tb 1960-
63-67.
2. Qo'chqortoev I.Isabekov B. ''Turkiy filologiyaga kirish". T, 1984.
3. Ne'matov H, Ahmatov N. "O'zbek tilining tarixiy leksikologiyasi". Buxoro. 
1987
4. Tursunov U. va boshqalar. `'O'zbek adabiy tili tarixi" T. 1995.
5. Aliev A., Sodiqov Q. "O'zbek adabiy tili tarixidan". T. 1994.
6. Sodiqov Q. "Buyuk Qumaru". "O'zbekiston adabiyoti vasan'ati" gaz-si. 
1991 10 may soni.
7. Ne'matov H. "O'zbek tilining tarixiy fbnetikasi". T. 1992.
8. A.Xojiyev O`zbek tili sinonimlarining izohli lug`ati.  T., 1974, 6-bet.

Abdurauf Fitrat va uning turkiy filologiya taraqqiyotiga qo’ shgan hissasi Reja: 1. Fitratning turkologiya qo’shgan xissasi. 2. “Tilimiz” maqolasi. 3. “Carf” va “Nahv” asari.

Fitrat XX asr o’zbek madaniyati tarixidagi yorqin siymolardan biridir. Fitrat - uning adabiy taxallusi. Fitrat so’zining lug’aviy ma'nosi Navoiy asarlari lug’atida «tabiat, tug’ma tabiat, yaratilish” ma'nolari izohlangan. Fitrat tilshunos sifatida tilning barcha bo’limlari haqida o’z munosabatlarini bayon etadi. U o’zbek tilining o’ziga xos xususiyatlarini ochib berishga, o’zbek tilining turkiy tillar tizimidagi o’rnini belgilab berishga harakat qiladi. Adabiy tilning boyishida asosiy manba bo’lib xizmat qiladigan xalq shevalariga diqqatni ko’proq jalb qilish kerakligini alohida uqtiradi. Adabiy tilning shakllantirishda shahar shevalariga emas, balki qishloq shevalariga tayanish kerak ekanligini ta'kilaydilar. Bu haqda Fitrat «Sarf” kitobida shunday yozadi: “Bilamizki, bizning shaharlarimiz yuzlab yillardan beri arab, forsiy adabiyotning hukmi ostida yashaydi, shuning uchun bizda shahar tili buzulg’ondur. Tilimizning sof shaklini daladagi el-aymoqlarimimzda ko’ra olamiz”. Bu bilan singarmonizmli shevalar o’zbek adabiy tilining tayanch shevalari bo’lishi kerak degan fikrni ilgari suradi. Fitratning o’zbek tilining turli masalalariga bag’ishlangan asari “O’zbek tili qoidalari to’g’risia bir tajriba” deb nomlanadi. Bu asar o’zbek tilining fonetikasi, morfologiyasi va sintaksisini izchil ravishda berilgan birinchi grammatikadir. Fitratning fonetik qarashlari o’zbek imlosiga bag’ishlangan bir qator maqolalarida va «O’zbek tili qoidalari to’g’risida bir tajriba. Sarf» asarida o’z aksini topgan. Unlilarni ikkiga bo’ladi. Sof undan iborat bo’lgan fonemalar unlilar, ovozga ega bo’lmagan fonemalarni unsizlarga bo’ladi. O’zbek adabiy tilida 23 ta unsiz fonema mavjudligini ko’rsatib, ulardan x, h, f fonemalari asl turkcha so’zlarda kam uchrashini ta'kidlaydi. Fitrat o’zbek tilida mavjud bo’lgan singarmonizm qonuniyatini aks ettirishini, bu holat esa shahar shevalarida fors tilining ta'sirida bo’lganini, shuning uchun ham umumturkiy fonetik xususiyatni ko’proq saqlab qolgan qishloq shevalariga tayanish

kerakligini alohida uqtiradi. Ana shu asosda unlilarni ikkiga yo’g’onlik va ingichkalik belgisi bilan belgilaydi. yo’g’on (orqa qator) ingichka (oldi qator) a, o’, u, i e, o, y, i Yo’g’onlik-ingichkalik belgisiga ko’ra farqlanishga ega bo’lmagan “e” unlisi ham mavjud ekanligi , jami 9 ta unli fonema borligini ko’rsatadi. Fitrat “Sarf” asarida so’z turkumlari haqida ma'lumot beradi. So’z turkumlarini 4 ga bo’ladi. Ot, sifat, fe'l, ko’makchi. Asarda olmosh, son haqida ham so’z yuritadi, biroq ularni alohida so’z turkumi sifatida ajratmaydi. Otlarni tub va yasama otlarga bo’ladi. Yasama otlarni o’run oti, qurol oti, ish oti, kichiklagan ot, qo’shma otlar kabi mayda bo’laklarga bo’lib, ularga alohida-alohida izoh beradi. Masalan, ish oti atamasi hozirgi tilshunoslikdagi funktsional fe'l shakllaridan harakat nomiga to’g’ri keladi. Ular quyidagi qo’shimchalar orqali yasalishini ko’rsatadi: -moq, -ish, (bilish), -im, -uv, -nch (ishonch) kabi. Sifatni ham ikkiga bo’ladi. Tub va yasama sifatlarga.-li, -siz, -gi, -ki, -g’i, - imtil, -ma, -lik. Yasama sifatlar ma'nosiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: 1) nisbat sifati – g’iy, -viy. 2) o’rtoqlik sifati -doshG`dash 3) jins sifati kumush qoshiq, oltin uzuk. 4) o’xshatish sifati kabi, o’xshash, -dekG`day, yanglig’, singari Sonlarni alohida so’z turkumi sifatida bermaydi. Sifat tarkibida aytib o’tadi. Yasama sonlar ma'nosi va yasovchi qo’shimchalariga ko’ra: sira son: –i(nchi), ulush son (–ar), (-tadan), chama son –(lab), sanalmishsiz son (–ov),

o’rtoqlik son (-ala), oshirma son (-larcha), o’lchov sonlari (numerativ) qadaq, yutum kabi. Fitratning fikricha, “ot shrnida almashtirilib” qo’llaniladigan so’zlarga “ ot olmoshlari” yoki “olmosh” deyiladi. Olmoshlar uch turga bo’linadi: 1) ot olmoshlari - u, men, sen, ular, biz-bizlar, siz-sizlar. 2) k o’rsatish olmoshlari – bu-bul, shu-shul, bular-bunlar, shular. 3) s o’rash olmoshi – kim, nima, qanday, nega, nuchuk, nechun kabi. Fe'l so’z turkumi ancha mukammal yozilgan. Fitrat fe'lning shaxs, son, bo’lishli-bo’lishsiz va zamon kategoriyalariga ega ekanligi haqida ma'lumot beradi. Fitrat ko’makchi so’zlar haqida ham alohida to’xtaladi. Hozirgi tilshunoslikda yuklama, bog’lovchi, ko’makchilar hamda modal, undov so’zlar tarkibida o’rganilayotgan lisoniy birliklarning hammasi ko’makchi so’zlar atamasi ostida beriladi. Fitratning sintaktik qarashlari uning «O’zbek tili qoidalari to’g’risida bir tajriba. Nahv» asarida o’z aksini topgan. Bu asar haqida muallif: “O’zbek nahvi to’g’risida mening bir tajribamdir” – deb yozadi. Hali o’zbek tili sintaksisining mundarjasi belgilanmagan, sintaktik tushunchalarni ifodalovchi atamalar tizimi izga solinmagan bir davrda mazkur asarning vujudga kelishi o’zbek tilshunosligi tarixi uchun katta voqea edi. ”Nahv” “butundan qismga” tamoyiliga amal qiladi. Shuning uchun ham sintaksisning asosiy o’rganish birligi bo’lgan gap haqida ma'lumot berishdan boshlanadi. 1 Gap haqida ma'lumot bergandan keyin, tinish belgilari to’g’risida ham so’z yuritadi. Muallif punktuatsion belgilarni «turush belgilar” atamasi bilan 1 Nurmonov A. O’zbеk tilshunosligi tarixi. -T.: O’zbеkiston, 2002, 155-bеt.

nomlaydi. Fitrat 12 ta tinish belgisi va ularning vazifalari haqida ma'lumot beradi. Gap bo’laklari haqida gap ketganda, Fitrat ega va kesimni bosh so’zlar tarkibiga kiritadi. Bosh so’zlardan boshqa barcha bo’laklarni “to’ldirg’ichlar” atamasi bilan nomlaydi. To’ldirg’ichlar quyidagi turlarga bo’linadi: 1) tushum, 2) borish, 3) chiqish, 4) o’run, 5) birgalik, 6) chog’, 7) nechunlilik, 8) nechuklik to’ldiruvchilari. Asarda to’ldirg’ichlarning har bir haqida alohida-alohida to’xtalib o’tadi. Fitrat kirish so’z, kirish gap va kiritmalar haqida ham ma'lumot beradi. Bu uch lingvistik hodisa bir termin – kirish so’z atamasi ostida o’rganiladi. U bu atamaning arablarning “mo’'tariza”, ruslarning “vvodnoe slovo” atamalariga teng kelishini ta'kidlaydi. Kirish so’zlarning gapning boshqa qismlaridan yozuvda vergul bilan ajratilishi, kirish so’zlar gapdan tushirib qoldirilganda ham gapning ma'nosiga zarar yetmasligi haqida so’z yuritiladi. Fitrat ko’rsatib o’tgan sintaksis haqidagi fikrlar bugungi kunda ham mavjudligini darsliklarda ko’rishimiz mumkin. O’zbek tili morfologiyasi va sintaksisining fan sifatida shakllanishida Fitratning xizmatlari katta.U birinchilardan bo’lib o’zbek tili morfologiyasi va sintaksisi haqida izchil ravishda ma'lumot berdi.