ADABIY ARAB TILINING XXI ASR TA’SIRI OSTIDAGI O‘ZIGA XOS O‘ZGARISHLARI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI TARJIMA NAZARIYASI VA AMALIYOTI FAKULTETI YAQIN SHARQ TILLARI KAFEDRASI AKTAMOVA GULSHODA OMONXONOVNA ADABIY ARAB TILINING XXI ASR TA’SIRI OSTIDAGI O‘ZIGA XOS O‘ZGARISHLARI B I T I R U V M A L A K A V I Y I SH I Bekniyazova S.N. SAMARQAND-2020
MUNDARIJA KIRISH …………………………………………………………...........………….3 I BOB. ARAB ADABIY TILI: KECHA VA BUGUN 1.1 . Adabiy arab tili va uning taraqqiyot bosqichlari…….………………....……..7 1.2. Zamonaviy adabiy arab tilining XXI asrdagi taraqqiyoti………..……….….17 II. BOB XXI ASRDA ARAB ADABIY TILIDA YUZ BERGAN O‘ZGARISHLAR 2.1. Adabiy arab tilida XXI asr fan taraqqiyoti ta’sirida yuz bergan leksik o‘zgarishlar………................................................................................................22 2.2. XXI asrda adabiy arab tili semantikasidagi o‘zgarishlar va arab tiliga kirib kelgan xorijiy so’zlar....................................................................……………….32 XULOSA…………………………………………………………………………42 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.........................................45 ILOVA....................................................................................................................48 2
KIRISH Til millatning madaniyati va ma’naviyati, qadim tarixi hamda o’sha millatga xos bo’lgan urf-odatlar majmuyi ifodasi. Til haqida aytilgan ta’riflar bisyor. Til eng avvalo, insonning ichki dunyosi, olamni idrok qilishi, tafakkur tarzi va kamolotini belgilaydigan vosita. Tilga ko’pincha aloqa vositasi sifatida qarashadi. Aslida bu tilning mohiyatini to’g’ri anglamaslik natijasida paydo bo’lgan noto’g’ri qarash. Til faqat aloqa vositasigina emas, u insonning tafakkur tarzini tayin qiladigan, dunyoni bilishi, dunyoni ko’rishi, eshitishi vositasi hamdir. “Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo’lgan o’zbek tili xalqimiz uchun milliy o’zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir. Kimda-kim o’zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta’sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo’lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o’lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo’shiqlariga quloq tutsin”. [1.69] Zamonaviy arab tili hozirgi paytda yigirma ikkitadan oshiq arab davlatlarida davlat tili hisoblanadi. Bundan tashqari Isroil davlatining arab aholisi, Baxreyn, Efiopiya, Samalidagi xalqlar, Amerika, Eron va O‘rta Osiyolik arablar bu tilda gaplashadi. Hindiston, Pokiston, Afgoniston va Indoneziya davlatlarining musulmon aholisi ham bu tilni yaxshi bilishadi. Zamonaviy arab tili klassik arab tilining rivojlanishi natijasida paydo bo‘ldi. Zamonaviy arab tili XIX asrning ikkinchi yarmida milliy ozodlik harakatlari vaqtida yuzaga keldi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida yashab, ijod etgan yirik yozuvchilar, shoirlar, jurnalistlar zamonaviy arab tilini yaratishda o‘zlarining katta xissalarini qo‘shdilar. Bular misrlik Ahmad Shavqiy, Hofiz Ibrohim, Abdulloh Nodim, Mustafo Komil, Jurji Zaydon, livanlik Nasif al-Yazijiy, Butrus al-Bustoniy, Ahmad Foris ash-Shidyak, Amin ar- Rayhoniy, suriyalik adib Ishoq Abdurahmon al-Kavokibi, iroqlik Abu Tamma ashShiroziy, Mahdi al-Xolis va boshqalardir. Arab tili somiy tillar guruhining janubiy shaxobchasiga taalluqlidir. 3
Mavzuning dolzarbligi. Arab tilshunosligining bugungi kungacha arab tilshunosligi tarixi davomida arablarni qiziqtirgan eng dolzarb muammolarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Ushbu bitiruv malakaviy ishi arab tilshunosligining turli sohalariga oid masalalar muammolarida markaziy o‘rinni egallab turgan arab tilshunosligiga oid ba’zi muhim masalalar. Hozirgi vaqtda arab tilshunosligini leksikografiya, hududiy dialektlar va zamonaviy arab adabiy tilini o‘rganish muammosi zamonaviy arabshunoslik uchun dolzarbdir. Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi arab tili muammolarini o‘rganish, zamonaviy tilshunoslik nazariyasi muammosining bir qismi ekanligi bilan belgilanadi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati zamonaviy arab adabiy tilini dialektlar, leksikologiyaning xususiyatlari va xususiyatlariga nisbatan o‘rganishdir. Fonetika, shuningdek, ushbu muammoning tarixi bitiruv malakaviy ish mavzulari ichidan “ Adabiy arab tilining XXI asr ta’siri ostidagi o‘ziga xos o‘zgarishlari” mavzusini tanladik. Bu mavzuni atroflicha o‘rganib, talabalar uchun amaliy dastur sifatida foydalana oladigan qo‘llanma sifatida qoldirish asosiy maqsadimizdir. Arab tilini o‘rganishni o‘z oldga maqsad qilib qo‘ygan har bir talaba adabiy arab tilining XXI asr ta’siri ostidagi o‘ziga xos o‘zgarishlari haqida ozgina bo‘lsada xabardor bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Quyidagi amaliy ishimiz kimgadir ozgina bo‘lsada amaliy yordam bera olsa biz qilgan barcha ishimizdan xursand bo‘lamiz. Har bir tilni o‘rganayotgan kishi o‘sha tilning qaysidir qismini atroflicha o‘rganishi maqsadga muvofiqdir. Chunki bu tilning qay darajada ahamiyatli yoki uning tuzilishi haqida kengroq fikr va mulohaza bildirishda yoki uni anglashga yordam beradi. Til xalq ruhiy olamining o‘ziga xos xira tortmas ko‘zgusidir. Til xalqning azaliy va badiiy ruhini, ichki dunyosini, tafakkur tarziyu milliy tabiatini, yashash tarziyu ming yillik an’anlarini, bir so‘z bilan aytganda, xalqning botiniy va zohiriy borlig‘ini aks ettiradi. Shularni e’tiborga olgan holda bu mavzu ham o‘ta dolzarb mavzulardan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 4
Ilmiy izlanishning maqsad va vazifalari. Har bir qilinayotgan ishdan ma’lum maqsad bo‘lib, bu maqsadga yetishish esa o‘z oldiga bir qancha vazifalarni qo‘yadi. Chunki qilinayotgan har bir ishga jiddiy yondashilmasa va aniq maqsadlar sari intilmas ekan bunday ishdan natija chiqishi juda qiyindir. Tadqiq qilinayotgan mavzuni atroflicha yoritib arab tilini o‘rganayotgan talabalarga ozgina bo‘lsada bu tildagi o‘zgarishlar haqida ma’lumot berish, ilmiy ish mavzusi bugungi kunda naqadar dolzarb ekanligini yana bir bor tadqiq etish, arab tilida bugungi kunda o‘ziga xos o‘zgarishlar, xususiyatlarini atroflicha yoritish kabi bir qancha vazifalarni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘ydim. Tadqiqot predmeti va ob’yekti. Tadqiqot predmeti arab adabiy tili bo‘lib, uning ob’yekti esa shu adabiy tildagi o‘ziga xos o‘zgarishlar, ularning fonetik, leksik va morfologik xususiyatlari. Chunki quyidagi bayon etilgan maqsadlarga erishish va ilmiy taqdiqot mavzusini keng yoritishda ham bu kabi masalalarga yondashmasdan o‘tishning iloji yo‘q. Bu haqda ilmiy tadqiqot mavzusini yoritish davomida kerakli fikrlarni berib boramiz. Tadqiqot metodlari. Pedagogikadan bizga ma’lumki har bir ilmiy ish o‘zining izchilligi, ma’lumotlar ketma-ketligi, maqsad sari bosqichma-bosqich intilishi eng samarali metodlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Quyidagi fikrlarning mantiqiy davomi sifatida tadqiqot metodlarida quyidagilardan foydalandik. Tadqiqot mavzusiga qiyosiy yondashish arab va o‘zbek tillaridagi o‘ziga xos o‘zgarishlarni qiyoslash, ularni ilmiy tahlil qilish va boshqa metodlardan foydalandik. Tadqiqotning nazariy ahamiyati. Arab tili bilan shug‘illanayotgan va shu sohada o‘z ilmiy ishlarini olib bormoqchi bo‘lgan tadqiqotchilar uchun bu mavzuning nazariy jihatdan ahamiyati juda kattadir. Chunki tadqiqot o‘zining dolzarbligi bilan ajralib turadi. Tadqiqotning nazariy jihatdan naqadar ahamiyatli ekanligini har bir til o‘rganuvchi juda yaxshi biladi. Chunki tilni o‘rganuvchi uning muammo va yutuqli tomonlaridan ozgina bo‘lsada xabardor bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shuning uchun ham arab tili o‘ziga xos 5