Agressiya
Agressiya Reja: 1. Agressiya tushunchasi. 2. Shaxs agressiyasining salbiy oqibatlari. 3. Agressiv xulq atvor va uniing salbiy oqibatlari. Foydalangan adabiyotlar
Psixologiyada agressiya deganda, boshqalarni o'ziga bo'ysindirish yoki ularning ustidan hukmronlik qilish maqsadida, fantaziyasida (xayol surish) yoki real xulq-atvorda namoyon bo'ladigan tendensiyani (intilishni) tushunadilar. Ushbu tendensiya universal xarakterga ega bo'lsada, ammo "agressiya" atamasining o'zi umuman neytral ma'no kasb etadi. Aslida agressiya hayot va yashash qiziqishlariga xizmat qiladigan, pozitiv, hamda o'zinig agressiv xohishini qoniqtirishga yo'naltirilgan, negativ ahamiyat kasb etishi mumkin. Agressiya psixik reallik sifatida aniq xarakteristikalarga ega: yo'naltirilganligi, namoyish etish shakllari, intensivlik. Agressiyaning maqsadi - xususan jabrlanuvchiga azob (zarar) yetkazish (dushmanlik agressiyasi), hamda agressiyani boshqa maqsadlarga erishish vositasi sifatida qo'llash (instrumental agressiya) hisoblanadi. Agressiya tashqi ob'ektlarga insonlar va predmetlar yoki o'ziga yo'naltiriladi. Boshqa insonlarga yo'naltirilgan agressiya jamiyat uchun maxsus xavfni tashkil etadi. A.Bandura va R.Uolter uni asotsial agressiya deb ataganlar uni ijtimoiy-destruktiv xarakterli xarakatlar bilan bog'laydilar, buning natijasida boshqa shaxs yoki mulkka zarar yetkazilishi mumkin, biroq bu harakatlar qonuniy nuqtai nazaridan jazolanmasligi ham mumkin. Agressiya ochiq va latent shakllarga ega bo'lishi mumkin. "Agressiya" atamasini vayron etish niyatlarini belgilash uchun qo'llanilishiga qaramasdan, uni pozitiv namoyishlarini baholash uchun masalan, manmanlikdan kelib chiqqan faollik uchun keng qo'llaydilar, Bunday harakatlarni o'z mavqeini o'rnatish deb belgilaydilar, shu bilan bu harakatlar do'stona motivatsiya yordamida paydo bo'lganini ta'kidlaydilar. Ular raqobat, yutuqlarga intilish, hazil, sport musobaqalari va boshqa shakllarda namoyon bo'ladi. Agressiyaning odatiy namoyishlari quyidagilar hisoblanadi: nizo chiqarish, bosim o'tkazish, majburlash, tilining yomonligi, negativ baholash, hamla qilish yoki jismoniy kuchni qo'llash bo'lsa, yashirin shakllari aloqadan qochish, kimgadir zarar yetkazish maqsadiga befarqlik, o'ziga ziyon yetkazish va o'z joniga qasd qilish kabilarda namoyon bo'ladi.
Agressiyaning ichki reprezentatsiyalari turli agressiv affektlar orqali, xususan asabiylashish, hasad, nafrat, g'azab, chidamlilik, vahshiylik, jinnilik va qutirish ko'rinishlarda namoyon bo'lishi mumkin,. Agressiv affektlar intensivligi ularning psixologik funksiyasi bilan hamjihatlikda, agressiya individ uchun avtonomiyani saqlab qolish, azob yoki xavf manbaini yo'qotish, ehtiyojlarini qondirish yo'lida to'siqlarni yo'q qilish, ichki nizoning yechimi, o'zini baholashning o'sishi kabi muhim funksiyalarni bajarishi va bunday vaziyatda agressiyani shaxs to'la-to'kis yoki qisman anglamasligi mumkin. Nafrat - eng murakkab agressiv va intensiv affektlardan biri bo'lib, nafratga chalingan insonning asosiy maqsadi agressiya ob'ektini yo'qotishga qaratilib shubhasiz, nafrat jiddiy xavfni bartaraf etishga yo'naltirilgan, g'azabning normal reaksiyasi bo'lishi ham mumkin. Ma'lum sharoitda nafrat va qasoskorlik noadekvat tarzda kuchayishi mumkin. Nafrat ob'ekti bilan munosabatlar agressor shaxsiyati uchun muhim qadriyatga ega. U nafrat ob'ektini chin dildan yo'qotishni istaydi va shu bilan birga u bilan munosabatlarni saqlab qolishga intiladi. Quyida turli psixologik nazariyalarda agressiv xulq-atvor muammosining tadqiqi bilan bog'liq tahlillarni keltirib o'tamiz. Biologik nazariyalar deviant holatlarni o'rganishda deviant xulq- atvorning agressivlik va jinoyatchilik turlarini tadqiq qilishga harakat qilishadi. Lekin deviatsiya muammosi keng ko'lamdagi ijtimoiy muammo hisoblanib, jamiyatda mavjud jamiyat tomonidan qabul qilinmagan har bir harakatni o'z ichiga oladi. XIX ikkinchi yarmida italiyalik Ch.Lombroz biologik nazariya yo'nalishda dastlab deviant xulq-atvor muammosi bilan shug'ullangan. Ch.Lombroz jinoyatchilikning asosiy sababi bu irsiy-biologik omillar deb uqtiradi. Jinoiy (kriminal) xulq-atvorning paydo bo'lishiga dastlab ob-havo, tabiat va tug'ma omillardan tortib iqtisodiy, madaniy va genderlargacha bo'lgan ijtimoiy omillar ham sabab bo'lishi mumkin, deb ta'kidlaydi.
Ekologik yondashuv Z.Freyd nuqtai nazariga o'xshash bo'lgan agressiyaga evolyusion yondashuv tarafdori K.Lorens tadqiqotlarida yangicha mazmun kasb etdi. Lorensning fikriga ko'ra, tajovuzkorlik, barcha jonzotlarda bo'lgani kabi, insonda ham mavjud bo'ladi. U yashash uchun kurash instinktiga asoslanuvchi agressiv energiya organizmda uzoq vaqt davomida muntazam yig'ilib borib, uzluksiz ravishda, qo'qqisdan paydo bo'ladi deb hisoblagan. Shu tariqa, aniq tajovuzkor xatti-harakat quyidagi ikkita vazifani bajarish natijasida yuzaga keladi: 1. Jamlangan tajovuzkor energiyaning miqdori; 2. Agressiyani bo'shashini yengillashtiruvchi stimullarning mavjudligi. Tajovuzkorlik nazariyasining fundamental tadqiqotlari aynan K.Lorensgategishlidir. Birinchidan, u hayvonlardagi o'z turdoshlariga nisbatan tajovuzkorlikni zararli emas, balki turning saqlanib qolishi uchun foydali, deb hisoblagan. Agressiyani turni saqlanib qolishi uchun lozim bo'lgan tabiiy instinkt sifatida anglash, uning xavfini tushunish imkonini beradi. Uning xavfi kutilmaganda yuz berishidadir. Aksariyat sotsiolog psixologlar o'ylaganlaridek, agressiya tashqi ta'sirlarga bog'liq bo'lmaydi. Ikkinchidan, Lorensning fikriga ko'ra, guruh a'zolari bir-birlari bilan qanchalik yaqin bo'lsalar, qanchalik bir-birlarini tushunsalar hamda yaxshi ko'rsalar, agressiya shunchalik xavfli bo'ladi. Uchinchidan, Lorens tajovuzkorlikka qarshi ijtimoiylashuvning quyidagi usullarini ko'rsatdi: almashtirish, hujum mo'ljalini o'zgartirish. Lorens buni evolyusiya natijasida erishilgan ajoyib ixtiro, tajovuzni xavfsiz yo'nalishga burib yuborish vositasi deb yozgan. Sherer ham, modomiki agressiya instinkt ekan, uni boshqa faoliyat bilan almashtirish lozim deb hisoblagan. Shu o'rinda an'analarning jamiyat hayotida tutgan o'rni haqidagi Lorens g'oyalari diqqatga sazovor. Xususan, u o'zining dastlabki kommunikatsiya vazifasini o'zgartirib, yangi ikkita vazifani bajarishga kirishadi: agressiyadan saqlanish hamda bir tur a'zolari ichidagi aloqalarni saqlab qolish. Uchinchi muhim vazifasi bir turni qobiq ichida saqlab, boshqa turlardan himoyalash. Bu bugungi kundagi me'yorlarning aniq ifodasidir. Ijtimoiy me'yorlar va an'analarning mustahkamligi eng dahshatli urush - dinlararo urushga olib kelishi mumkin va bu bugungi kunda bunday holat kuzatilmoqda.
Kundalik hayotda ishlatilayotgan tushuncha bilan ilmiy atama har doim ham bir-biriga mos kelavermaydi. Kundalik hayotda agressiya deganda biz ko'proq adolatsiz, asossiz hujumni tushunamiz. Etiologiyada agressivlik tushunchasi g'azab, jahl, nafratni anglatadi. U hech qanaqa, ijobiy ham salbiy ham ko'rinishga ega emas. Bu ta'rifni K.Lorens «G'azab: agressiv xulq-atvorning tabiiy tarixi» nomli kitobida keltirib o'tadi. Agressiya ko'pincha hujum qilganda ko'zga tashlanadi, biroq g'azabsiz hujumni etiologlar agressiya deb atamaydilar. Tabiatda bir tur ikkinchiturga hujum qiladi. Bo'ri quyonga hujum qilsa, agressiya emas, ov hisoblanadi. Shu kabi, ovchining o'rdak otishi yoki baliqchining qarmoq tashlashi agressiya emas. Chunki ular o'ljaga nisbatan qo'rquv, g'azab yoki nafrat hissini tuymaydi. Agressiv xulq-atvorni esa, ushbu tuyg'ular yuzaga keltiradi. Bir hayvon ikkinchisining jahlini chiqarsa yoki xavf tug'dirsa (o'ziga, hududiga, uyiga, bolalariga) yoki shunchaki notanish hamda shubhali ko'rinsa, agressiyaga duch keladi. Agressivlik hayvonlarda hudud bilan bog'liq ravishda yaqqol namoyon bo'ladi. Ushbu holat Govard tomonidan 1920 yilda kashf qilinganidan so'ng, ma'lum bo'ldiki, bu holat juda keng tarqalgan ekan. Ko'p hayvonlar o'z hayotlarining bir bo'lagi sifatida o'z hududlarini qattiq himoya qiladilar. Hududlar ayrim hayvonlarda, ko'proq yovvoyi hayvonlarda, individual bo'lsa, aksar hayvonlar to'da yoki podaning umumiy hududiga egadirlar. Agar biron bir hayvonga tegishli hududga boshqasi, o'sha turning vakili bo'lsa ham, tashrif buyuradigan bo'lsa, xo'jayinning qarshiligiga uchraydi va bu qarshilik hududning markaziga yaqinlashgan sari ortib boraveradi. Aksincha, boshqa hayvon hududida agressivlik pasayib, begona hayvon qochishga harakat qiladi (Buni yaxshi bilgan hayvon o'rgatuvchilar qafasga birinchi bo'lib o'zlari kiradilar. Ikkinchi bo'lib kirgan hayvon qafasni hayvon o'rgatuvchining hududi sifatida qabul qiladi va uning agressivligi yo'qoladi). Aslida esa, hayvonlarda hudud agressiya natijasida yuzaga keluvchi tushunchadir. Lorensning fikriga ko'ra, agressivlik oddiy instinktdir (barcha biologlar ham bu fikrga qo'shilavermaydilar). Buni isbotlash uchun u va uning xodimlari bir qator tajribalar o'tkazganlar. Ular hayvonlarni turdoshlaridan alohida saqlab, ularda agressivlik o'rganish orqali emas, tug'ma mavjud bo'lishini