logo

Ahmad Farg’oniy va Ahmad Marvaziy ilmiy merosining o‘rganilishi

Yuklangan vaqt:

17.12.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

40.4482421875 KB
Ahmad Farg’oniy va Ahmad Marvaziy ilmiy merosining o‘rganilishi
Reja:
1. Ahmad al-Farg’oniyning hayoti va ilmiy merosi
2. Ahmad al-Farg’oniyning  aniq fanlar rivojiga qo‘shgan hissasi
3. Ahmad al-Farg’oniy  ilmiy merosining bugungi kunda ilmiy o‘rganilishi
4.  Ahmad al- Marvaziy ning hayoti va ilmiy merosi
5.  Ahmad al- Marvaziy ning  aniq fanlar rivojiga qo‘shgan hissasi
6.  Ahmad al- Marvaziyilmiy merosining bugungi kunda ilmiy o‘rganilishi O’rta asrlarda yashagan Markaziy osiyolik olimlar
orasida   buyuk   astronom,   matematik   va   geograf   al-
Farg’oniy salmoqli o’rin egallaydi.
Olimning   to’liq   ismi   Abul   Abbos   Axmad   ibn
Muhammad ibn Kasir al-Farg’oniydir. Manbalarda unig
farg’onalik   ekanligidan   tashqari   deyarli   boshqa
ma’lumotlar saqlanmagan. Lekin shuni ham e’tiborga olish kerakki, o’rta asrlarda
musulmon o’lkalarida bo’lgan an’anaga binoan, mamlakat poytaxti yoki markazini
ham mamlakat  nomi bilan atashgan. Masalan,  995 yilgacha Xorazmning poytaxti
bo’lgan   Kotni,   keyingi   poytaxti   Gurganjni   ham   Xorazm   deyishgan.   Ba’zi   arab
mamlakatlarida bu odat hozir ham saqlanib qolgan. Misrning poytaxti qohirani —
Misr, Shom (Suriya)ning poytaxti Damashqni — Shom deyilishi shundan. Ana shu
odatga ko’ra, o’rta asrlardagi Farg’ona vodiysining markaziy shahri Axsikatni ham
Farg’ona   deyishgan.   Al-Farg’oniy   Farg’ona   vodiysining   Qubo   (quva)   qishlog’ida
tug’ilgan.   Shunisi   ma’lumki,   al-Farg’oniy   xalifa   Xorun   ar-Rashidning   sharqiy
yerlaridagi   muovini,   o’g’li   Abdullohning   (bo’lajak   xalifa   al-Ma’munning)
Marvdagi   olimlari   doirasiga   kirgan.   Ehtimol,   Abdulloh   yoshligidan   bilimga
chanqoq   bo’lgani   uchundir,   806   yili   Marvga   noyib   bo’lib   tayinlanganida,
Movarounnahr,   Xuroson,   Xorazmdan   olimlarni   va   iste’dodli   yoshlarni   to’play
boshlagan.   Bu   olimlarning   asosiy   qismi   Abdulloh   u   yerga   kelganidan   avvalroq
to’plangan bo’lishi ham ehtimoldan xoli emas, chunki Marv avvaldan, Sosoniylar
davridanoq   yirik   ilmiy   markaz   hisoblangan.   615   yili   eng   so’nggi   Sosoniy
shahanshoh Yazdigard ibn Shahriyor arablar ta’qibidan qochib bu yerga kelganida
poytaxtdagi kutubxona kitoblarini  ham  olib kelganligi  ma’lum. Marv arablar qo’l
ostida   ham   o’z   mavqyeini   yo’qotmadi,   aksincha,   to   mo’g’ul   istilosigacha
o’sabordi. Shunga ko’ra, uning IX asr boshida xalifalikning yirik ilmiy va madaniy
markazi bo’lganligi tabiiydir.
Xalifa   Xorun   ar-Rashid   809   yili   Tusda   to’satdan   vafot   etadi   va   uning
vasiyatiga   ko’ra,   Bag’dodda   taxtga   katta   o’g’li   —   Muhammad   aya-Amin   nomi
bilan o’tiradi. Saroydagi xurosonlik a’yonlar esa A6dullohni taxtni qo’lga olishga da’vat etadilar. 811 yildan 813 yilgacha aka-uka Muhammad va Abdulloh o’rtasida
taxt   uchun   olib   borilgan   kurash   Abdullohning   g’alabasi   bilan   tugaydi   va
Muhammad   qatl   qilinadi.   O’sha   yili   Abdulloh   taxtga   al-Ma’mun   nomi   bilan
o’tiradi.   Lekin   u   Bag’dodga   bormay   819   yilga   qadar   Marvda   yashaydi.   Natijada,
Marv 813 yildan to 819 yilgacha xalifalikning vaqtincha poytaxti bo’lib turadi. 819
yili al-Ma’mun butun saroy a’yonlari va ulamolari bilan birga Bag’dodga ko’chadi.
Ular orasida al-Farg’oniy ham bor edi. Shunday bo’lsa ham al-Ma’mun qo’l ostida
u   tuzgan   ilmiy   markaz   «Bayt   ul-hikma»da   ishlagan   olimlar   orasida   al-
Farg’oniyning   nomi   eslatilmaydi.   Buning   sababi,   bizningcha,   shunday   bo’lishi
mumkin:   u   davrda   xalifalikda   ikkita   rasadxona   faoliyat   olib   borardi,   biri
Bag’dodning   ash-Shammosiya   mahallasida   va   ikkinchisi   Damashq   yaqinidagi
Kasiyun   tepaligida   edi.   Bu   rasadxonalarning   har   birida   «Bayt   ul-hikma»
olimlarining   ikkita   doimiy   guruhlari   ishlar   edi.   Ana   shu   olimlarning   o’zi
rasadxonalari   hojatidan   kelib   chiqib,   ilmiy   ekspedisiyalar   uyushtirardilar   va
umumiy   rahbarlik   Bag’doddan   turib   boshqarilardi.   Balki   al-Farg’oniy
Damashqdagi olimlar guruhida bo’lishi, al-Ma’mun uni Bag’dodga kelishi bilanoq
u yerga yuborgan bo’lishi  mumkin. Abu Rayhon  Beruniyning bir  xabari  shunday
taxminga   asos   bo’ladi.   Uning   aytishiga   ko’ra,   Bag’dod   rasadxonasining   ishida
Yahyo ibn Abu Mansur, al-Xorazmiy va boshqa olimlar, Damashq rasadxonasida
esa   Xolid   ibn   Abdumalik   va   al-Farg’oniy   bilan   birga   ikkinchi   guruh   olimlar
ishlaganlar.   U   shuningdek,   al-Farg’oniyning   Suriya   shimolida,   Sinjor   sahrosida
832—833   yillar   Tadmur   va   ar-Raqqa   oralig’ida   yer   meridiani   bir   darajasining
uzunligini o’lchashda ishtirok etganini ham aytgan.
Nihoyat, al-Farg’oniyning hayoti haqidagi eng so’nggi va eng aniq xabar 861
bilan bog’lanadi. Mavjud ma’lumotlarga ko’ra, u shu yili qohira yaqinidagi Ravzo
orolida   nilometrni,   ya’ni   Nil   daryosi   suvi   sathini   belgilovchi   uskunani   yasagan
yoki   ta’mirlagan.   Biroq   al-Farg’oniy   qanday   qilib   va   qanday   sharoitda   Misrga
borib qolgani haqida ham aniq ma’lumot yo’q.
Ma’lumki,   al-Ma’mun   Marvdan   Bag’dodga   nafaqat   olimlarni,   balki
g’ulomlari bo’lmish turk askarlarini ham olib kelgan edi. Bag’dodga kelishi bilan u ma’lum ma’noda lashkarni turklashtirdi: ana shu turk askarlaridan lashkarboshilar
tayinladi.   Turk   g’ulomlaridan   biri   buxorolik   To’lunni   xalifa   Suriya,   Falastin   va
Misr-dagi   lashkarlarning   amiri   etib   tayinladi.   Uning   o’g’li   Ahmad   esa   Suriya   va
Misrni   mustaqil   deb   e’lon   qilib,   To’luniylar   sulolasiga   asos   soddi.   Al-Xorazmiy
xalifa   al-Ma’munning   yaqin   odami   va   maslahatchisi   bo’lgani   kabi   al-
Farg’oniyning Misrda paydo bo’lganidan ajablanmasa ham bo’ladi.
Al-Farg’oniy   hayotining   muddati   haqida   ham   qiyoslar   qilish   mumkin.   Agar
uning   hayotini   al-Xorazmiyning   hayoti   bilan   qiyos   qilsak,   quyidagi   xulosaga
kelamiz.   Ma’lumki,   al-Xorazmiyning   nomi   yozma   manbalarda   oxirgi   marta   847
yili   xalifa   al-Vosiqning   o’limi   munosabati   bilan   eslatiladi   va   shundan   so’ng
uchramaydi.   Shunga   ko’ra,   uning   o’lgan   yili   deb   850   yil   qabul   qilingan.   Al-
Farg’oniyning   nomi   oxirgi   marta   861   yili   Nilning   sathini   o’lchagich   uskunasini
ta’mirlash   munosabati   bilan   eslatiladi.   Yana   bir   ma’lumotga   ko’ra,   al-Farg’oniy
Misrda nasroniylar orasida yashab, ularning diniga o’tganligi va shuning uchun u
qatl   qilinganligi   qayd   etiladi.   Lekin   qatl   qilingan   yili   eslatilmaydi.   Lekin   bu   «al-
Farg’oniy»   o’sha   mashhur   astronom   al-Farg’oniymi   yo   boshqasimi   —   bu   no-
ma’lum.   Har   holda   al-Farg’oniy   861   yildan   keyin   ko’p   yashamagan   va   uning
o’lgan   (yoki   qatl   qilingan)   yili   deb   865   yilni   qabul   qilish   mumkin.   Agar   u   al-
Ma’mun   bilan   819   yili   Marvdan   Bag’dodga   ketayotganda   20—25   yoshlar
chamasida bo’lgan desak, u holda uning tug’ilgan yili deb 797 yoki 798 yilni qabul
qilish   mumkin.   U   hodda   uning   hayot   muddati   67—68   yoshni   tashkil   qiladi.
Demak, 1998 yili uning tug’il-aniga 1200 yil to’ldi.
Al-Farg’oniyning   hayoti   haqidagi   ma’lumotlar   juda   kam   bo’lganligiga
qaramay,   o’rta   asrlarda   Sharqda   uning   nomi   mashhur   bo’lgan.   Ibn   an-Nadim   (X
asr), Ibn al-Qiftiy (XII—XIII asrlar), Abul Faraj Bar Ebrey (XIII asr), Hoji Xalifa
(XVII asr) kabi Sharq fihristchilari uni o’z asarlarida eslatadilar.
Al-Farg’oniyning   asosiy   astronomik   asari   «Samoviy   harakatlar   va   umumiy
ilmi   nujum   kitobi»   («Kitob   al-harakat   as-samoviya   va
javomi’ ilm an-nujum») XII asrda Ovro’poda lotin tiliga ikki marta va XIII asrda
boshqa   Ovro’po   tillariga   ham   tarjima   qilinganidan   so’ng,   uning   lotinlashtirilgan nomi «Alfraganus» shaklida g’arbda bir necha asr davomida keng tarqaladi.  Uning
bu   kitobi   shu   asrlar   davomida   Ovro’po   universitetlarida   astronomiyadan   asosiy
darslik   vazifasini   o’tadi.   Al-Farg’oniy   asarining   lotincha   tarjimasi   birinchi   marta
1493   yilda   nashr   etilgan   bo’lib,   u   eng   qadimgi   nashr   qilingan   kitoblardan
hisoblanadi. 1669 yili mashhur Golland matematigi va arabshunosi Yakob Golius
al-Farg’oniy   asarining   arabcha   matnini   yangi   lotincha   tarjimasi   bilan   nashr
etganidan   so’ng,   al-Farg’oniy   va   uning   asarining   Ovro’podagi   shuhrati   yanada
ortdi. Ovro’po Uyg’onish davrining buyuk namoyandalaridan biri bo’lgan mashhur
olim  Regiomontan XV asrda  Avstriya va Italiya  universitetlarida astronomiyadan
ma’ruzalarni   al-Farg’oniy   kitoblaridan   o’qigan.   Al-Farg’oniy   nomini   Dante   (XV
asr) va Shiller (XVIII asr) ham eslagan. Ovro’po olimlaridan Dalambr, Brokelman,
X.   Zuter,   I.   Yu.   Krach-kovskiy,   A.   P.   Yushkevich   va   B.   A.   Rozenfeldlar   al-
Farg’oniyning ijodini yuqori baholaganlar.
Hozirgi   kunda   al-Farg’oniyning   sakkiz   asari   ma’lum   bo’lib,   ularning
hammasi   astronomiyaga   aloqador   va   birortasi   hozirgi   zamon   tillariga   tarjima
qilinmagan.   Ular   quyidagilardir:   yuqorida   tilga   olingan   asar,   odatda   uni
«Astronomiya   asoslari   haqida   kitob»   nomi   bilan   ham   atashadi   —   qo’lyozmalari
dunyo kutubxonalarining deyarli barchasida bor. «Asturlob yasash haqida kitob»—
qo’lyozmalari   Berlin,   London,   Mashhad,   Parij   va   Tehron   kutubxonalarida,
«Asturlob   bilan   amal   qilish   haqida   kitob»—   birgana   qo’lyozmasi   Rampurda
(Hindiston),   «Al-Farg’oniy   jadvallari»—   qo’lyozmasi   Patnada   (Hindiston),
«Oyning   Yer   ostida   va   ustida   bo’lish   vaqtlarini   aniqlash   haqida   risola»—
qo’lyozmalari   Gota   va   qohira-da,   «quyosh   soatini   yasash   haqida   kitob»—
qo’lyozmalari   Halab   va   Qohirada   saqlanadi.   «Al-Xorazmiy   «Zij»ining   nazariy
qarashlarini  asoslash»  asari  Beruniy  tomonidan eslatiladi,  lekin  qo’lyozmasi   topil
magan.
Al-Farg’oniyning   bu   ro’yxat   boshidagi   ikki   asaridan   boshqala-ri   hali   hyech
kim   tomonidan   o’rganilmagan.  Shubhasiz,   ular   o’rganilib  tahlil   qilinishi   bilan   al-
Farg’oniy ijodining yangi qirralari ochiladi va olimning o’rta asrlarda, undan keyin
Sharq va g’arbda bu qadar mashhur bo’lishi sabablari ham ayon bo’ladi. Aytganimizdek, mazkur asarlarning birinchisi 1145 yildan boshlab lotin tiliga
bir   necha   marta   tarjima   qilingan.   Bu   tarjimalarning   barchasida   al-Farg’oniy   ismi
lotinchada «Alfraganus» shaklida yozilib, shu shaklda fanga abadiy kirib qoldi.
Al-Farg’oniyning   bu   asari   astronomiyadan   eng   sodda   darslik   bo’lib,   unda
murakkab geometrik shakllar va matematik formulalar, hisoblashlar keltirilmagan.
Bu   esa   astronomiyadan   boshlang’ich   ma’lumotlarni   o’zlashtirishni   ancha
osonlashtirgan.   Balki   buyuk   Regiomontan   asarning   shu   xususiyatini   anglab,
o’zining universitetlardagi ma’ruzala-ri uchun qo’llanma sifatida al-Farg’oniyning
ana shu asarini tanlagandir.
Shunday qilib, buyuk ajdodimizning bu asari Ovro’po Uyg’onish davridagi va
undan   ancha   keyingi   davrdagi   madaniyat   rivojida   sezilarli   rol   o’ynadi.   Asarning
iqlimlar nazariyasiga ko’ra bayon qilingan geografik bo’limi diqqatga sazovordir.
Mamlakat   va   shaharlarning   nomlariga   qaraganda,   al-Fargoniy   al-Xorazmiyning
geografik   asari   bilan   tanish   bo’lgan   yoki   u   ham   al-Xorazmiy   foydalangan
manbadan foydalangan, chunki ikkala muallifda ham bu nomlar bir xil.
Geografik bo’lim (9- bob) bunday atalgan: «Yerdagi ma’lum mamlakatlar va
shaharlarning nomlari  va har  bir  iqlimdagi  narsalar  haqvda». Bundan so’ng,  yetti
iqlimning   hammasi   ulardagi   mamlakatlar   viloyatlari   va   shaharlari   bilan   birga
tavsiflanadi. Shuni ham aytish kerakki, o’rta asrlarda arab tilida yozilgan geografik
asarlarning eng birinchisi al-Xorazmiyning «Kitob surat-ul-arz» asari edi. Unda al-
Xorazmiy   yetti   iqlimdagi   dengizlar,   mamlakatlar,   tog’lar,   daryolar,   ko’llar   va
shaharlarning   tavsifini   keltirgan   edi.   Bunda   u   tavsifni   rub’i   ma’murning   eng
g’arbiy   chekkasidan,   ya’ni   Afrikaning   Atlantika   okeani   qirg’og’igacha,   ya’ni
Tinch   okeanidagi   Yaponiya   orollarigacha   davom   ettiradi.   Tavsif   kenglama
yo’nalishida   ekvatorial   yerlardan   to   shimoliy   qutbiy   yerlargacha   davom   etadi.
Iqlimlarning al-Farg’oniy keltirgan tavsiflash usuli al-Xorazmiynikidan farq qiladi.
Al-Xorazmiy   o’zining   tavsiflash   usulida   Ptolemey   an’anasiga   asoslangan   bo’lsa,
al-Farg’oniy   hindlarning   an’anasiga   asoslanib,   rub’i   ma’murning   tavsifini   eng
sharqiy   chekkasidan   boshlaydi.   Uning   iqlimlar   tavsifida   3,   4,   5,   6   va   7-
iqlimlarning   tavsifi   diqqatga   sazovordir.   Chunki   bularda   Markaziy   Osiyoning   va unga   tutash   yerlarning   shahar   va   viloyatlari   tavsiflanadi.   Shuning   uchun   quyida
o’sha tavsiflarni o’z ichiga olgan parchani keltiramiz.
«Uchinchi iqlim Sharqdan boshlanib, Xitoy mamlakatining shimolidan, so’ng
Hind mamlakatidan va so’ngra Kobul va Kermon viloyatlaridan o’tadi.
To’rtinchi   iqlim   Sharqdan   boshlanadi   va   Tibetdan,   so’ngra   Xurosondan
o’tadiki,   bunda   Xo’jand,   Usrushona,   Farg’ona,   Samarqand,   Balx,   Buxoro,   Hirot,
Amuya,   Marvarrud,   Marv,   Saraxs,   Tuye,   Nishopur   shaharlari   bor.   Undan   so’ng
Jurjon, qumis, Tabariston, Demovand, Qazvin, Dailam, Ray, Isfahondan o’tadi.
Beshinchi iqlim Sharqda Yajuj mamlakatidan boshlanadi, so’ng Xurosonning
shimolidan o’tadi, unda Toroz shahri — savdogarlar shahri bor, Navokat (Navkat),
Xorazm,   Isfijob   (Sayram),   Turar-band   (O’tror—hozirgi   Aris)   va   Ozarbayjon,
Arminiya (Armaniston) viloyati, Barda’a (Barda), Nashava (Naxchivon) shaharlari
bor.
Oltinchi   iqlim   Sharqdan   boshlanadi   va   Yajuj   mamlakatidan   o’tadi,   so’ng
Xazar   mamlakatidan   (Shimoliy   Kavkaz   va   quyi   Volga   bo’yi),   Jurjon   (Kaspiy)
dengizining o’rtasidan kesib o’tadi va Rum (Vizantiya) mamlakatigacha boradi.
Yettinchi   iqlim   Sharqda   Yajuj   mamlakatining   shimolidan   boshlanadi,   so’ng
turkiy   mamlakatlardan   (Markaziy   Osiyo),   so’ng   Jurjon   dengizining   shimolidan,
so’ng   Rum   dengizini   (qora   dengiz)   kesib,   saqlablar   (slavyanlar)   mamlakatidan
o’tadi va g’arb dengizida (Atlantika) tugaydi».
Keltirilgan   parchadan   ko’rinadiki,   al-Farg’oniy   katta   kenglikdagi   o’lkalarni
tavsiflagan   bo’lsa   ham,   o’zining   asl   vatani   Movarounnahrni   mufassalroq
tavsiflagan.   Undan   tashqari   shuni   ham   ta’kidlash   kerakki,   al-Farg’oniyning   rub’i
ma’mur   haqidagi   tasavvuri   ancha   aniq   bo’lib,   har   xil   afsonaviylikdan   xolidir.
Chunonchi, u Yajuj mamlakati deb Sharqdagi afsonaviy yerni emas, balki hozirgi
Mo’g’ulistonning   sharqi   va   Xitoyning   shimoli-sharqiga   mos   keladigan   aniq
geografik hududni aytgan.
Farg’oniyning nomi Xorazmiy kabi butun Sharq va g’arbda mashhurdir. O’rta
asrda   tabiiy-ilmiy   bilimlarning   rivojiga   ulkan   hissa   qo’shgan   olim   sifatida
manbalarda, so’nggi g’arb va Sharq mualliflari asarlarida, o’z yurti O’zbekistonda, ayniqsa,   zo’r   g’urur   va   iftixor   bilan   tilga   olinadi,   o’rganiladi,   hozirgikunda
ko’chalar,   o’quv   yurtlariga   uning   nomi   berilgan.   1998   yilda   O’zbekistan
Respublikasi   Prezidentining   farmoni   bilan   allomaning   1200   yillik   tavallud   sanasi
katta tantanalar bilan nishonlandi.
Ma’lumki,   O’rta   asrda   Bag’dodda   vujudga   kelgan   ilmiy   maktab   —
«Hikmatlar   uyi»   («Bayt   ul-hikma»)   Sharq   xalqlari   fani   tarixida   alohida   ahamiyat
kasb etdi. Bu markazda faoliyat ko’rsatgan alloma-lar o’sha davr ilmlari, xususan,
aniq   fanlarning   rivojiga   salmoqli   hissa   qo’shib,   qadimgi   yunon,   hind   va   boshqa
xalqlar   ilmiy   merosini   o’qib   o’rgandilar,   ularni   tahlil   qilib,   yangi   g’oyalar   bilan
boyitdilar.   Natijada,   ularning   qalamiga   mansub   bo’lgan   qator   asarlar   paydo
bo’ldiki, bu asarlar O’rta asr ilmining noyob durdonalariga aylandi.
IX—XI   asrlarda   butun   musulmon   Sharqi   fani   va   madaniyati   taraqqiyotida
Markaziy   Osiyo   donishmandlari   yetakchi   mavqyeni   egallagan   bo’lsa-da,
musulmon madaniyatining «oltin davri» deb e’tirof etilgan ushbu davrda yashagan
bu allomalarning hayoti va faoliyati hozirga qadar to’liq aniqlanmagan. Markaziy
osiyolik   olimlarning   ma’lum   qismi   xalifa   al-Ma’mun   tarafidan   tanlab   olinib,
poytaxt   Bag’dodga   olib   ketilgan.   Ular   orasida   xorazmlik   buyuk   alloma
Muhammad   al-Xorazmiy,   farg’onalik   mashhur   astronom   Ahmad   al-Farg’oniy,
o’sha   davrdagi   Forob   (hozirgi   Gavhartepa)   mintaqasidan   chiqqan   yirik   astronom
va   matematik   al-Abbos   al-Javhariy,   Bag’dod   va   Damashq   shaharlaridagi
astronomik   tadqiqot   va   kuzatishlarning   tashkilotchisi   marvlik   Yahyo   ibn   Abu
Mansur va boshqalar bo’lgan.
Bag’dod   ilmiy   maktabida   faoliyat   ko’rsatgan   yirik   astronom   va
matematiklardan yana biri Ahmad ibn Abdulloh al-Marvaziy bo’lib, u «Habash al-
Hosib»   («Habash   hisobchi»)   laqabi   bilan   tanilgan.   Uning   ismidagi   al-Marvaziy
rutbasi   esa   muallifni   hozirgi   Turkmanistonning   Bayram   Ali   shahri   yaqinidagi
Marvdan   ekanligini   ko’rsatadi.   Olimning   ismi   va   ba’zi   asarlari   o’rta   asr
mualliflaridan Ibn an-Nadim (X asr), Ibn al-Qiftiy (1173—1248) va Hoji Xalifalar
(1609—1657)   tomonidan   zikr   etiladi.   Jumladan,   Ibn   an-Nadim   uni   yuz   yiddan ortiq yashagan, deb ma’lumot berib, Marvaziyning yettita kitobining nomini sanab
o’tadi.   Ibn   al-Qiftiy   esa   uning   asli   marvlik   bo’lib,   xalifa   al-Ma’mun   va   al-
Mu’tasim   zamonida   Bag’dodda   faoliyat   ko’rsatganligini   aytadi.   Olimning
yashagan   umrini   Ibn   al-Qiftiy   yuz   yillar   atrofida,   deb   xabar   beradi.   qyeltirilgan
ma’lumotlardan   ko’rinib   turibdiki,   Ahmad   al-Marvaziy   uzoq   umr   kurgan.   Fan
tarixiga oid bibliografik kitoblardan bu olimni 770—870 yillar mobaynida yashab
o’tgan   deb   taxmin   qilinadi.   Ahmad   al-Marvaziy   «Zij»   («Astronomik   jadvallari»)
deb ataladigan «Damashq ziji» («az-Zij al-ma’ruf bi-d-Dimashqiy»), «Zij» (bu zij
Bag’dod shahri uchun tuzilgan) va «al-Ma’munning tekshirilgan ziji» («az-Zij al-
Ma’muniy   al-mumtahan»)   asarlarining   muallifidir.   Ibn   al-Qiftiy   al-Marvaziy
«Shoh uchun zij» («az-Zij  al-Shahiy») nomli  yana bir kichik hajmdagi risolaning
ham   muallifi,  deb  ko’rsatadi.  Lekin  bu  risola   yuqoridagi  zikr  etilgan  «zij»larning
birortasi   bo’lishi   mumkin.   «Damashq   ziji»   hozirda   Istambulda   saklanmokda.   Al-
Marvaziy o’zining bu asarini o’sha davrda «Sindhind» nomi bilan mashhur bo’lgan
hind astronomik jadvallarini qayta ishlash asosida yozgan. Undagi ba’zi masalalar
Ibrohim   al-Fazariy,   Muhammad   al-Xorazmiyning   «zij»laridan   farqlanadi.
Olimning   Bag’dod   shahri   uchun   yozilgan   ikkinchi   «Zij»i   Berlinda   saqlanmoqda.
Beruniyning   «qadimgi   xalqlardan   qolgan   yodgorliklar»   va   «Geodeziya»
asarlaridagi ma’lumotlarga qaraganda, bu kitob keyingi davr astronomlari tarafidan
hurmat  bilan tilga olingan. Uchinchi  «al-Ma’munning tekshirilgan «ziji» ham  o’z
vaktida   katta   shuhrat   qozongan   bo’lib,   xalifa   al-Ma’mun   bir   guruh   olimlarga
qadimgi   yunon   astronomlarining   kitoblarida   keltirilgan   ma’lumotlarni   tajribalar
asosida qaytadan tekshirib chiqish vazifasini yuklagan va tajriba natijalari o’laroq,
ushbu   asar   dunyoga   kelgan.   Bu   asarda   o’sha   davr   astronomiyasining   barcha
yutuqlari mujassam etilgan va O’rta asr manbalarida, ba’zan Yahyo ibn Mansur va
Ahmad   al-Marvaziy,   ba’zan   esa   o’sha   davrning   boshqa   astronomlari   tarafidan
bitilgan,   deb   keltiriladi.   Bunday   asarning   yaratilishida   ko’pchilik   ishtirok   etgan
bo’lishi  kerak,  degan xulosa kelib chiqadi.  Shunga  qaramasdan,  mutaxassislar  al-
Ma’mun   «ziji»ni   Yahyo   ibn   Mansur   boshlab,   Ahmad   al-Marvaziy   yakunlagan
bo’lishi   kerak,   degan   taxminni   qiladilar.   Umuman   esa,   al-Marvaziy   al-Ma’mun davrida   olib   borilgan   tajriba   va   ilmiy   tadqiqotlarda   eng   faol   ishtirok   etgan
olimlardan   bo’lib,   832—833   yillarda   Sinjar   sahrosida   yer   meridianining   bir
darajasini o’lchash ishlarida ham qatnashgan.
Al-Marvaziyning yigirmaga yaqin nomdagi asarlari ro’yxatida biz astronomik
jihozlar   —   astrolyabiyalar,   quyosh   soati   va   zat   al-halaklarga   bag’ishlangan
risolalarni   uchratishimiz   mumkin.   Afsuski,   ularning   katta   qismi   bizgacha   yetib
kelmagan.
Olimning   astronomiyadagi   yutuqlariga   qaramasdan,   uning   asosiy   xizmatlari
trigonometriyada   deb   topilgan.   Bu   fikrimizning   mag’zini   al-Marvaziyning   fanga
birinchi   bo’lib   olib   kirgan   tangens   va   kotangens   tushunchalari   va   ularning
funksiyaviy   jadvallari   tashkil   etadi.   Olimning   asarlarida   bayon   qilingan   tangens,
kotangens   va   kosekans   tushunchalari   trigonometriya   rivojiga   qo’shilgan   ulkan
hissa bo’ldi.
Ibn   an-Nadim   o’zining   «al-Fixrist»   kitobida   al-Marvaziyga   oid   yana   ikki
muhim ma’lumotni keltiradi. Ulardan biri al-Marvaziyning Abu Ja’far ibn Ahmad
ibn   Abdulloh   ibn   Habash   ismli   o’g’li   bo’lib,   u   ham   astronomiya   bilan
shug’ullangan   va   «Yassi   astrolyabiya»   («Kitab   al-asturlab   al-musattah»)   nomli
kitobning   muallifi   ekanligidir.   Ikkinchisi   esa,   IX   asrdagi   mashhur   astrolog   va
astronomlardan biri Muhammad ibn Bazyar biz hikoya qilayotgan al-Marvaziyning
o’quvchilaridan   deb   e’tirof   etilishidir.   Bu   esa   Ahmad   al-Marvaziyni   nafaqat
mashhur   olim,   balki   yetuk   shogirdlar   tayyorlagan   mohir   ustoz   bo’lganidan   ham
dalolat beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Asosiy adabiyotlar
1.   Абдуҳалимов   Б.А.     “Байт   ал-ҳикма»   ва   Ўрта   Осиё   олимларининг
Бағдоддаги илмий фаолияти. -Т.: Тошкент ислом университети, 2004. -236 б.
2.   Абу   Бакр   Шоший   //   Ислом   энциклопедияси   (А–Ҳ).   –   Т.:   Ўзбекистон
Миллий энциклопедияси, 2004. -Б. 10.
3.  Абу Наср Форобий. Фозил одамлар ша ҳ ри. Т.:  Ў зМУ   нашриёти,  –  2004.
4.  Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи. -Т.: Шарқ, 2001.-368 6.
5.  Аль-Хорезми. Астрономические трактаты. / Пер. и примеч. А. Ахмедова. –
Ташкент: Фан, 1983. – 140 с.
6.   Аҳмедов   А.   Аҳмад   ал-Фарғоний.   –   Тошкент:   Ўзбекистон   миллий
энциклопедияси, 1998. – 160 б.
7. Баҳодиров Р.М. Абу Абдуллоҳал-Хоразмий ва илмлар таснифи тарихидан.
-Т.: Ўзбекистон, 1995. -143 б.
8. Бобоев С. Аҳмад ал-Фарғоний. – Тошкент: Тафаккур, 2010.
9. Бозоров О.Б. Шодиев Р.Т. Ўрта Осиё тасаввуфи ва ахлоқий қадриятлар. —
Самарканд, 1992.
10.   Бойматов   С.   Маматкулов   Ф.,   “Буюк   аждодларимиз   мероси   бутун
инсониятнинг бойлигидир”. Илмий-услубий кулланма.   Жиззах-2015 .
11. Буюк аждодларимиз. – Тошкент: Тошкент ислом университети. 2002. 
12.  Жузжоний А.Ш. Тасаввуф ва инсон. – Тошкент: Адолат, 2001. 
13.   Ирисов А. Абу Али ибн Сино ҳаёти ва ижодий мероси. – Тошкент: Фан,
1980. – 207 б.
14.  Комилов Н. Нажмиддин Кубро. – Тошкент: Халқ мероси, 1995.
15.  Комилов Н. Тасаввуф. Т.: Мовароуннахр — Ўзбекистон, 2009.
16.  Комилов Н. Тафаккур карвонлари, – Тошкент: Маънавият, 1999. – 279 б.
17.  Конрад Н.Н. Запад и Восток. М.: Т.1 редак. Вост. литературм. 1972.
18.  Қориев  О.  Фарғона   фиқҳ  мактаби   ва  Бурҳонуддин   ал-Марғиноний.   –  Т.:
Фан, 2009.

Ahmad Farg’oniy va Ahmad Marvaziy ilmiy merosining o‘rganilishi Reja: 1. Ahmad al-Farg’oniyning hayoti va ilmiy merosi 2. Ahmad al-Farg’oniyning aniq fanlar rivojiga qo‘shgan hissasi 3. Ahmad al-Farg’oniy ilmiy merosining bugungi kunda ilmiy o‘rganilishi 4. Ahmad al- Marvaziy ning hayoti va ilmiy merosi 5. Ahmad al- Marvaziy ning aniq fanlar rivojiga qo‘shgan hissasi 6. Ahmad al- Marvaziyilmiy merosining bugungi kunda ilmiy o‘rganilishi

O’rta asrlarda yashagan Markaziy osiyolik olimlar orasida buyuk astronom, matematik va geograf al- Farg’oniy salmoqli o’rin egallaydi. Olimning to’liq ismi Abul Abbos Axmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg’oniydir. Manbalarda unig farg’onalik ekanligidan tashqari deyarli boshqa ma’lumotlar saqlanmagan. Lekin shuni ham e’tiborga olish kerakki, o’rta asrlarda musulmon o’lkalarida bo’lgan an’anaga binoan, mamlakat poytaxti yoki markazini ham mamlakat nomi bilan atashgan. Masalan, 995 yilgacha Xorazmning poytaxti bo’lgan Kotni, keyingi poytaxti Gurganjni ham Xorazm deyishgan. Ba’zi arab mamlakatlarida bu odat hozir ham saqlanib qolgan. Misrning poytaxti qohirani — Misr, Shom (Suriya)ning poytaxti Damashqni — Shom deyilishi shundan. Ana shu odatga ko’ra, o’rta asrlardagi Farg’ona vodiysining markaziy shahri Axsikatni ham Farg’ona deyishgan. Al-Farg’oniy Farg’ona vodiysining Qubo (quva) qishlog’ida tug’ilgan. Shunisi ma’lumki, al-Farg’oniy xalifa Xorun ar-Rashidning sharqiy yerlaridagi muovini, o’g’li Abdullohning (bo’lajak xalifa al-Ma’munning) Marvdagi olimlari doirasiga kirgan. Ehtimol, Abdulloh yoshligidan bilimga chanqoq bo’lgani uchundir, 806 yili Marvga noyib bo’lib tayinlanganida, Movarounnahr, Xuroson, Xorazmdan olimlarni va iste’dodli yoshlarni to’play boshlagan. Bu olimlarning asosiy qismi Abdulloh u yerga kelganidan avvalroq to’plangan bo’lishi ham ehtimoldan xoli emas, chunki Marv avvaldan, Sosoniylar davridanoq yirik ilmiy markaz hisoblangan. 615 yili eng so’nggi Sosoniy shahanshoh Yazdigard ibn Shahriyor arablar ta’qibidan qochib bu yerga kelganida poytaxtdagi kutubxona kitoblarini ham olib kelganligi ma’lum. Marv arablar qo’l ostida ham o’z mavqyeini yo’qotmadi, aksincha, to mo’g’ul istilosigacha o’sabordi. Shunga ko’ra, uning IX asr boshida xalifalikning yirik ilmiy va madaniy markazi bo’lganligi tabiiydir. Xalifa Xorun ar-Rashid 809 yili Tusda to’satdan vafot etadi va uning vasiyatiga ko’ra, Bag’dodda taxtga katta o’g’li — Muhammad aya-Amin nomi bilan o’tiradi. Saroydagi xurosonlik a’yonlar esa A6dullohni taxtni qo’lga olishga

da’vat etadilar. 811 yildan 813 yilgacha aka-uka Muhammad va Abdulloh o’rtasida taxt uchun olib borilgan kurash Abdullohning g’alabasi bilan tugaydi va Muhammad qatl qilinadi. O’sha yili Abdulloh taxtga al-Ma’mun nomi bilan o’tiradi. Lekin u Bag’dodga bormay 819 yilga qadar Marvda yashaydi. Natijada, Marv 813 yildan to 819 yilgacha xalifalikning vaqtincha poytaxti bo’lib turadi. 819 yili al-Ma’mun butun saroy a’yonlari va ulamolari bilan birga Bag’dodga ko’chadi. Ular orasida al-Farg’oniy ham bor edi. Shunday bo’lsa ham al-Ma’mun qo’l ostida u tuzgan ilmiy markaz «Bayt ul-hikma»da ishlagan olimlar orasida al- Farg’oniyning nomi eslatilmaydi. Buning sababi, bizningcha, shunday bo’lishi mumkin: u davrda xalifalikda ikkita rasadxona faoliyat olib borardi, biri Bag’dodning ash-Shammosiya mahallasida va ikkinchisi Damashq yaqinidagi Kasiyun tepaligida edi. Bu rasadxonalarning har birida «Bayt ul-hikma» olimlarining ikkita doimiy guruhlari ishlar edi. Ana shu olimlarning o’zi rasadxonalari hojatidan kelib chiqib, ilmiy ekspedisiyalar uyushtirardilar va umumiy rahbarlik Bag’doddan turib boshqarilardi. Balki al-Farg’oniy Damashqdagi olimlar guruhida bo’lishi, al-Ma’mun uni Bag’dodga kelishi bilanoq u yerga yuborgan bo’lishi mumkin. Abu Rayhon Beruniyning bir xabari shunday taxminga asos bo’ladi. Uning aytishiga ko’ra, Bag’dod rasadxonasining ishida Yahyo ibn Abu Mansur, al-Xorazmiy va boshqa olimlar, Damashq rasadxonasida esa Xolid ibn Abdumalik va al-Farg’oniy bilan birga ikkinchi guruh olimlar ishlaganlar. U shuningdek, al-Farg’oniyning Suriya shimolida, Sinjor sahrosida 832—833 yillar Tadmur va ar-Raqqa oralig’ida yer meridiani bir darajasining uzunligini o’lchashda ishtirok etganini ham aytgan. Nihoyat, al-Farg’oniyning hayoti haqidagi eng so’nggi va eng aniq xabar 861 bilan bog’lanadi. Mavjud ma’lumotlarga ko’ra, u shu yili qohira yaqinidagi Ravzo orolida nilometrni, ya’ni Nil daryosi suvi sathini belgilovchi uskunani yasagan yoki ta’mirlagan. Biroq al-Farg’oniy qanday qilib va qanday sharoitda Misrga borib qolgani haqida ham aniq ma’lumot yo’q. Ma’lumki, al-Ma’mun Marvdan Bag’dodga nafaqat olimlarni, balki g’ulomlari bo’lmish turk askarlarini ham olib kelgan edi. Bag’dodga kelishi bilan u

ma’lum ma’noda lashkarni turklashtirdi: ana shu turk askarlaridan lashkarboshilar tayinladi. Turk g’ulomlaridan biri buxorolik To’lunni xalifa Suriya, Falastin va Misr-dagi lashkarlarning amiri etib tayinladi. Uning o’g’li Ahmad esa Suriya va Misrni mustaqil deb e’lon qilib, To’luniylar sulolasiga asos soddi. Al-Xorazmiy xalifa al-Ma’munning yaqin odami va maslahatchisi bo’lgani kabi al- Farg’oniyning Misrda paydo bo’lganidan ajablanmasa ham bo’ladi. Al-Farg’oniy hayotining muddati haqida ham qiyoslar qilish mumkin. Agar uning hayotini al-Xorazmiyning hayoti bilan qiyos qilsak, quyidagi xulosaga kelamiz. Ma’lumki, al-Xorazmiyning nomi yozma manbalarda oxirgi marta 847 yili xalifa al-Vosiqning o’limi munosabati bilan eslatiladi va shundan so’ng uchramaydi. Shunga ko’ra, uning o’lgan yili deb 850 yil qabul qilingan. Al- Farg’oniyning nomi oxirgi marta 861 yili Nilning sathini o’lchagich uskunasini ta’mirlash munosabati bilan eslatiladi. Yana bir ma’lumotga ko’ra, al-Farg’oniy Misrda nasroniylar orasida yashab, ularning diniga o’tganligi va shuning uchun u qatl qilinganligi qayd etiladi. Lekin qatl qilingan yili eslatilmaydi. Lekin bu «al- Farg’oniy» o’sha mashhur astronom al-Farg’oniymi yo boshqasimi — bu no- ma’lum. Har holda al-Farg’oniy 861 yildan keyin ko’p yashamagan va uning o’lgan (yoki qatl qilingan) yili deb 865 yilni qabul qilish mumkin. Agar u al- Ma’mun bilan 819 yili Marvdan Bag’dodga ketayotganda 20—25 yoshlar chamasida bo’lgan desak, u holda uning tug’ilgan yili deb 797 yoki 798 yilni qabul qilish mumkin. U hodda uning hayot muddati 67—68 yoshni tashkil qiladi. Demak, 1998 yili uning tug’il-aniga 1200 yil to’ldi. Al-Farg’oniyning hayoti haqidagi ma’lumotlar juda kam bo’lganligiga qaramay, o’rta asrlarda Sharqda uning nomi mashhur bo’lgan. Ibn an-Nadim (X asr), Ibn al-Qiftiy (XII—XIII asrlar), Abul Faraj Bar Ebrey (XIII asr), Hoji Xalifa (XVII asr) kabi Sharq fihristchilari uni o’z asarlarida eslatadilar. Al-Farg’oniyning asosiy astronomik asari «Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi» («Kitob al-harakat as-samoviya va javomi’ ilm an-nujum») XII asrda Ovro’poda lotin tiliga ikki marta va XIII asrda boshqa Ovro’po tillariga ham tarjima qilinganidan so’ng, uning lotinlashtirilgan

nomi «Alfraganus» shaklida g’arbda bir necha asr davomida keng tarqaladi. Uning bu kitobi shu asrlar davomida Ovro’po universitetlarida astronomiyadan asosiy darslik vazifasini o’tadi. Al-Farg’oniy asarining lotincha tarjimasi birinchi marta 1493 yilda nashr etilgan bo’lib, u eng qadimgi nashr qilingan kitoblardan hisoblanadi. 1669 yili mashhur Golland matematigi va arabshunosi Yakob Golius al-Farg’oniy asarining arabcha matnini yangi lotincha tarjimasi bilan nashr etganidan so’ng, al-Farg’oniy va uning asarining Ovro’podagi shuhrati yanada ortdi. Ovro’po Uyg’onish davrining buyuk namoyandalaridan biri bo’lgan mashhur olim Regiomontan XV asrda Avstriya va Italiya universitetlarida astronomiyadan ma’ruzalarni al-Farg’oniy kitoblaridan o’qigan. Al-Farg’oniy nomini Dante (XV asr) va Shiller (XVIII asr) ham eslagan. Ovro’po olimlaridan Dalambr, Brokelman, X. Zuter, I. Yu. Krach-kovskiy, A. P. Yushkevich va B. A. Rozenfeldlar al- Farg’oniyning ijodini yuqori baholaganlar. Hozirgi kunda al-Farg’oniyning sakkiz asari ma’lum bo’lib, ularning hammasi astronomiyaga aloqador va birortasi hozirgi zamon tillariga tarjima qilinmagan. Ular quyidagilardir: yuqorida tilga olingan asar, odatda uni «Astronomiya asoslari haqida kitob» nomi bilan ham atashadi — qo’lyozmalari dunyo kutubxonalarining deyarli barchasida bor. «Asturlob yasash haqida kitob»— qo’lyozmalari Berlin, London, Mashhad, Parij va Tehron kutubxonalarida, «Asturlob bilan amal qilish haqida kitob»— birgana qo’lyozmasi Rampurda (Hindiston), «Al-Farg’oniy jadvallari»— qo’lyozmasi Patnada (Hindiston), «Oyning Yer ostida va ustida bo’lish vaqtlarini aniqlash haqida risola»— qo’lyozmalari Gota va qohira-da, «quyosh soatini yasash haqida kitob»— qo’lyozmalari Halab va Qohirada saqlanadi. «Al-Xorazmiy «Zij»ining nazariy qarashlarini asoslash» asari Beruniy tomonidan eslatiladi, lekin qo’lyozmasi topil magan. Al-Farg’oniyning bu ro’yxat boshidagi ikki asaridan boshqala-ri hali hyech kim tomonidan o’rganilmagan. Shubhasiz, ular o’rganilib tahlil qilinishi bilan al- Farg’oniy ijodining yangi qirralari ochiladi va olimning o’rta asrlarda, undan keyin Sharq va g’arbda bu qadar mashhur bo’lishi sabablari ham ayon bo’ladi.