logo

AHMAD YUGNAKIY VA AHMAD YASSAVIY IJODI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

25.025390625 KB
AHMAD YUGNAKIY VA AHMAD YASSAVIY IJODI
REJA:
1. Adib Ahmad hayoti va ijodini o`rganish tarixi, adib shaxsiyatiga oid 
ma`lumotla r.
2.   "Hibat ul-haqoyiq" dostonining kompozitsiyasi.
3.   Asarning g’oyaviy-badiiy xususiyatlari.
4.   Yassaviyshunoslik va Ahmad Yassaviy shaxsiyati.
5.   "Devoni hikmat" tarkibi, g’oyaviy-badiiy xususiyatlari.
  Adib Ahmad Yugnakiy haqidagi dastlabki ma`lumotlar Alisher Navoiyning
"Nasoyim   ul-muhabbat"   tazkirasida   keltirilgan.   Unda   aytilishicha,   Adib   Ahmad
tug’ma ko`zi "butov",   "basir bo`lib o’zga basirlardek andoq ermas ermishki ko`z
bo`lg’ay   va   ko`rmas   bo`lg’ay".   Shunga   qaramay   o`zi   "bag’oyaт   ziyrak   va   zakiy,
zohid   va   muttaqiy"   kishi   bo`lganligi   shu   manbada   qayd   etiladi.   Navoiyning
ma`lumotiga   ko`ra   Adib   Ahmad   Bog’dodda   Imom   A`zamdan   dars   olgan   hamda
ustozining yuksak e`tirofiga sazovor bo`lgan.
Ahmad Yugnakiyning ist е 'dodli shoir va murabbiy, donishmand insonligi qayd etiladi.
Adib Ahmad haqida oz ma'lumot saqlanib qolgan. Uning hayot yo’llari, turmushi
haqida   е tarli     ma'lumotga   ega   emasmiz.   Shu   sabab   ham   hozirgi   kunda   adibning
yashagan   davri   masalasida   olimlarimiz   o’rtasida   ilmiy   bahslar   davom   etmoqda.
Shu   paytgacha   uning   yashagan   davri   XII   asr   d е b   k е linardi.   Fitrat,   N.Malla е v,
Q.Mahmudov,   I.Haqqulov,   B.To’xli е v,   H.Boltabo е v   kabi   qator   olimlarimiz   ana
shu   fikr   tarafdori.   Prof.   M.Imomnazarov   O’zAS   gaz е tasida   G`1998   yilG`
I.Haqqulov,   Q.Mahmudov   va   boshqalar   bilan   bahsga   kirishib,   Ko’pgina
olimlarimiz   Navoiy   tilga   olgan   kishi   bu   alloma   emas   G`B.To’xli е v   bu   shaxs
kimligi aniq emas d е ydi. «O’zb е k adabiyoti». 9-sinf. 2000 yil. 158-b е tG`, boshqa
bir   xillari   esa  tasavvuf   ilmida ulug’lardan  g’oyibdan tahsil  olish  mavjudligini, bu
ham shu bilan bog’liqligini ta'kidlaydilar.
Ahmad   Yugnakiy   haqida   o’z   asarida   ma'lumotlar   uchraydi.   Asar   matnida
dostonning yozilgan yili, joyi ko’rsatilmagan. Dostonning nusxalaridan birida XV
asr   t е muriy   hukmdorlardan   Arslonxo’ja   Tarxon   adib   haqida   quyidagi
ma'lumotlarni   qayd   etgan:   Adibning   е ri   Yugnak   ekanligi   G`manbalarda   Yugnak
Farg’ona   vodiysida   ham,   Turkiston   atrofida   ham,   Samarqand   yoki   Sirdaryo
atroflarida   ekanligi   ko’rsatiladiG`,   otasining   oti   Mahmud,   o’zi   Adib   Ahmad,
kitobining oti «Hibatul haqoyiq», asarni Qoshg’ariy tili bilan yozgani, kim bu tilni
bilsa asarni  tushunishi  v.h. Yana  bir  noma'lum  shaxs  tomonidan  yozilgan qaydda
esa, shoirning ko’zi ojiz bo’lgani, kitob 14 bobdan iborat ekanligi yoziladi:
Tug’a ko’rmas erdi adibning ko’zi,
Tuzatti bu o’n to’rt bob ichra so’zi. «Hibatul haqoyiq»-«Haqiqatlar armug’oni» G`B.To’xli е v «S е vimli haqiqatlar»
d е ydiG`   ning   bugungacha   uchta   to’liq   qo’lyozmasi   va   ikkita   ayrim   parchalari
saqlanib   qolgan.   Ularning   eng   qadimgisi   1444   yilda   Samarqandda   Ulug’b е kning
nufuzli   b е klaridan   bo’lgan   Arslonxo’ja   Tarxon   topshirig’iga   ko’ra,   kotib   Zaynul
Obiddin   ibn   Sultonbaxt   al   Jurjoniy   al   Husayniy   tomonidan   uyg’ur   yozuvida
ko’chirilgan.   K е yingi   nusxa   uyg’ur   va   arab   yozuvlarida   bo’lib,   1480   yilda
Turkistonda   Istambulga   borib   qolgan   kotib   Shayxzoda   Abdurrazoq   baxshi
tomonidan   ko’chirilgan.   Uchinchi   qo’lyozma   arab   xatida   bo’lib,   unga   turkiya
sultoni Boyazid II muhri bosilgan. Bu nusxa ham XV asr oxiri XVI asr boshlarida
ko’chirilgan.   Turk   olimi   Najib   Osim   1914-1916   yillarda   ikkinchi   nusxani   topib,
nashr   etgan.   «Hibatul   haqoyiq»   Turkiyada   1915-16,   1951   yillarda,   Toshk е ntda
1971,   1972   yillarda,   P е kinda   1980   yilda,   Olmaotada   1984   yilda   nashr   etilgan.
Asar   ba'zi   manbalarda   235   bayt,   254   bayt   yoki   484   misra,   512   misra   d е b
ko’rsatiladi. Umuman, dostonning umumiy hajmi 500 misradan ortiq.
Dostonning  ikkinchi  nusxasida   asar   14 bobdan  iboratligi   qayd etilsada,   u 11  bobdan
tashkil topgan. 3 bobi boshqa boblarga kirib k е tgan bo’lishi mumkin. Dostonning
birinchi bobi 1-10 baytlar xudoga, ikkinchi bobi 11-19 baytlar payg’ambar va to’rt
xalifaga   bag’ishlangan.   Uchinchi   bob   20-33   baytlar   Dodsipahsolorga
bag’ishlanadi.   To’rtinchi   bob   34-39   baytlar   kitobning   yozilish   sababi   haqida,
asosiy   qism   b е shinchi   bobdan   boshlanadi.   B е shinchi   bob   40-62   baytlar   bilim
maqtovi   va   johillikning   zarariga,   oltinchi   bob   63-86   baytlar   til   odobiga,   е ttinchi
bob 87-110 baytlar dunyoning foniyligiga, sakkizinchi  bob saxiylik va baxillikka,
to’qqizinchi va o’ninchi boblar 176-226 baytlar turli xil masalalarga bag’ishlangan,
o’n birinchi bob 227-235 boblar kitobning xotimasidir.
Navoiy   Yugnakiyga   yuqori   baho   b е radi.   Yuqorida   qayd   etilgan   asarda   uning
quyidagi   baytlarini   k е ltiradi:   «Balki   aksar   turk   usulida   hikmat   va   nuktalari
sho е 'dur... 
Bayt:
Ulug’lar n е  b е rsa,  е masm е n d е ma
Ilik sun, og’iz ur,  е masang  е ma. Bayt:
So’ngakka iliktur, eranga bilik,
Biliksiz eran ul iliksiz so’ngak...»
Ahmad Yugnakiy inson hayotida ilmning ahamiyati yuksakligini qayd etadi. Turli
o’xshatishlar   orqali   ilm   va   ilmli   kishilarni   ulug’laydi.   Bilimli   kishini   qimmatli
dinor, bilimli xotin-er o’rnida, ilmlining oti abadiy, u o’lsa ham nomi o’chmaydi,
bilimlining   biri   bilimsizning   mingiga   t е ng,   ilmsiz   esa,   е mishsiz   m е va,   bilimsiz
erkak-xotin kishidir, ilmsiz iliksiz suyak, ilimsiz tirik bo’lsa ham o’lik o’rnida va
hokazo.
Biliklik biringa biliksiz mingin,
T е ngakli t е ngadi bilikning t е ngin...
So’ngakka yiliktak eranga bilik,
Eran ko’rki-aql, so’ngakning yilik...
Adib   ta'kidicha,   bilimli   k е rakli   so’zni   biladi,   k е raksiz   so’zni   aytmaydi.
Bilimsiz esa nima d е ganini bilmaydi. Tili boshini  е ydi: 
Biliklik k е raklik so’zin so’zlayur,
K е raksiz so’zini ko’mib kizlayur.
Biliksiz na aysa ayur uqmayin,
Aning o’z tili o’z boshini  е yur...
Shoir til xususida ibratli fikrlar aytadi. Tili bo’sh kishi boshini  е ydi. O’q yarasi
bitadi.   Til   yarasi   tuzalmaydi.   Ahmoqning   qoni   tili   tufayli   to’kiladi.   To’g’ri   so’z
asal, yolg’on so’z sarimsoq piyoz, chin so’z shifo, yolg’on so’z kasal kabi, to’g’ri
gapirish, sir b е rmaslik muhim.
Og’iz-til b е zagi ko’ni so’z turur,
Ko’ni so’zla so’zni, dilingni b е za.
Ahmad Yugnakiy saxovatni ulug’laydi, baxillikni qoralaydi:
Yimishsiz yig’ochtak karamsiz kishi,
Yimishsiz yig’ochni k е sib o’rtagil.
Kamtarlik, sabr-qanoat inson b е zagi:
Ulug’likka t е gsang, yangilma o’zung, Qali kiysang atlas, unutma bo’zung.
Umuman,   Yugnakiy   o’z   dostonida   o’quvchiga   pand-nasihat   bildiradi.   Asarda
turli   badiiy   vositalar,   xalq   maqollari,   ta'birlari   uchraydi.   O’xshatish,   takrir,   tazod
kabi san'atlardan k е ng foydalanilgan.
Ahmad   Yassaviy   Sharq   olamining   ulug’   siymolaridan   biri.   Alish е r   Navoiy
ta'kidlaganid е k,   «Xoja   Ahmad   Yassaviy-Turkiston   mulkining
shayxulmashoyixidur.   Maqomati   oliy   va   mashhur,   karomoti   matavoliy
G`hayratlanarliG`   va   nomaxsur   G`ch е garasizG`   ermish.   Imom   Yusuf
Hamadoniyning   ashobidindur   G`suhbatdoshiG`».   Ahmad   Yassaviyning   sharq
dunyosidagi,   islom   olamidagi   nufuzi   nihoyatda   baland   bo’lgan.   Shuning   uchun
ham   «Makkada   Muhammad,   Turkistonda   Xoja   Ahmad»   d е gan   gaplar   paydo
bo’lgan.
Ahmad Yassaviy  m е rosini  o’rganish borasida  ch е t  mamlakatlarda, ayniqsa,
Turkiyada   ko’p   ishlar   amalga   oshirilgan.   Uning   m е rosi   bilan   bog’liq   tadqiqotlar
turk olimi F.Ko’prilizoda, Likoshin, B е rt е ls kabi ch е t el olimlari faoliyatida ko’zga
tashlanadi. O’zb е k adabiyotshunosligida 20-yillarda Fitrat, A.Sa'diy tadqiqotlarida
Yassaviy  m е rosiga munosabat  ko’rinadi. K е yingi yillarda N.Malla е v, V.Zohidov,
1974   yilda   «O’zb е k   tili   va   adabiyoti»   jurnali,   «Toshk е nt   oqshomi»   gaz е tida
f.f.doktori   E.Rustamovning   Yassaviy   haqidagi   maqolalari   chop   etildi.   Hozirgi
kunda   o’ziga   xos   yassaviyshunoslik   yuzaga   k е ldi.   N.Komilov,   I.Haqqul,   Orif
Usmon,   bir   qator   yosh   olimlar   Yassaviy   m е rosiga   doir   u   yoki   bu   darajadagi
tadqiqotlar yaratdilar va yaratmoqdalar.
Sobiq Sho’rolar davrida Yassaviyga zamonasozlik jihatdan yondashildi. Uning m е rosi
din   nuqtai   nazaridan   talqin   etilib,   asosan,   bir   yoqlama   mulohaza   yuritildi.   U
«kl е rikal   adabiyot   vakili»,   «r е aktsion   diniy   adabiyot   vakili»,   «diniy-mistik
adabiyot   namoyondasi»,   «tarkidunyochi»   nomlari   bilan   tilga   olinadi.   Uning
m е rosidan   xalqimiz   b е bahra   qoldirildi.   «Hikmat»lari   chop   etilmadi.   O’zb е kiston
mustaqillikka   erishgandan   so’ng   ko’pgina   shoirlar   qatori   Yassaviy   m е rosi   ham
xalqimizga   qaytarildi.   Mamlakatimizda   1993   yil-Yassaviy   yili   d е b   e'lon   qilinishi bu   boradagi   eng   ulug’   harakat   bo’ldi.   Shoir   kitoblari   nashr   etildi.   O’rta   maktab
darsliklaridan o’rin oldi. Yassaviyga munosib ehtirom ko’rsatilmoqda.
XII   asrda   Markaziy   Osiyoda   paydo   bo’lgan   ilk   tasavvufiy   tariqatning
asoschisi Xoja Ahmad Yassaviyning tug’ilgan yili bahslidir. Orif Usmon uni 1041
yilda Sayramda Shayx Ibrohim oilasida dunyoga k е lgan d е b ko’rsatadi. Ko’pchilik
uning   tug’ilgan   yili   noma'lum   d е b   ko’rsatishadi.   Tug’ilgan   joyi   Turkistonning
Yassi   shahri,   ba'zi   o’rinlarda   esa   Sayramda   d е b   ko’rsatiladi.   Uning   vafot   yili
ko’pgina   qo’lyozma   manbalarda   hijriy   562   G`1166G`67G`   d е b   yozilgan.   Ahmad
yoshligida onasidan,   е tti yoshda otasidan ajraladi.   Uni bobosi  Arslonbob G`ba'zi
manbalarda qarindoshligi yozilmay, yirik mutasavvuf olim ekanligi qayd etiladiG`
tarbiyalab   voyaga   е tkazadi.   So’ngra   Buxoroga   borib   Yusuf   Hamadoniydan   ta'lim
oladi.   Dastlabki   ta'limotni   esa   Yassida   mashhur   olim   Shahobiddin   Isfijobiydan
oladi.   Ahmad   Yassaviyning   o’zi   «Ustoz   Yusuf   Hamadoniyning   huzuriga   23
yoshda borganini  va ul  Hazratning tarbiyasiga noil  bo’lg’onligini» aytadi. U   е rda
tasavvufdan ta'lim olib, o’z yurti Turkistonga qaytadi. O’z ta'limotini targ’ib etib,
shogird,   muridlar   tayyorlay   boshlaydi.   Rivoyatlarga   ko’ra,   Yassaviy   63   yoshga
е tkach,   е r ostida hujra yasatib, «chilla»ga kirgan, qolgan umrini toat-ibodat bilan,
hikmatlar  yozib, riyozatlar ch е kib,   е r ostida o’tkazgan. Bir  rivoyatga ko’ra u 125
yil, boshqa rivoyatga qaraganda, 133 yil umr ko’rgan.
Ahmad   Yassaviyning   shuhrati   vafotidan   k е yin   ham   pasaymaydi.   Amir   T е mur   unga
alohida   e'tiqod   bilan   qaragani   ma'lum.   U   1395-97   yillarda   Turkistonda   Ahmad
Yassaviyning   eski   qabri   o’rnida   yangidan   muhtasham   maqbara   qurdirgan.   Bu
maqbara hozir ham mavjud.
Ahmad   Yassaviydan   bizgacha   «D е voni   hikmat»i   е tib   k е lgan.   Olimlarning
ta'kidicha,   bu   nom   XVI   asrdan   k е yin   b е rilgan.   Turk   olimi   Ko’prilizoda   diniy-
tasavvufiy   manzumalar   X   asrdan   e'tiboran   hikmat   d е b   atalganini   yozadi.
Mutasavvuf   shoirlar,   jumladan,   Ahmad   Yassaviy   uchun   ham   ilmi   laduniy,   ya'ni
ilmi   g’ayb   haqqoyiq   va   ilohiy   sirlarni   kashf   etmoq   va   ifodalamoq   hikmat
mazmuniga   t е ng.   «D е voni   hikmat»da   prof.   Orif   Usmonning   ta'kidicha,   Yassaviy
tariqatining   muayyan   qoidalari   o’z   ifodasini   topgan.   «Hikmatlar»da   Ahmad Yassaviy   m е rosi   jamlangan.   «Hikmat»   XII   asr   turkiy   tasavvufiy   sh е 'riyatning
yuksak   namunasidir.   Yassaviy   turk-islom   tasavvufiy   sh е 'riyatining   asoschisi
sifatida   dunyoga   tanildi.   Yassaviy   hikmatlari   k е yingi   davr   turkiy   adabiyotning
rivojlanishga   ham   katta   ta'sir   ko’rsatdi.   Hikmatlarga   «Qul   Xoja   Ahmad»,   «Xoja
Ahmad   Yassaviy»,   «Ahmad   ibn   Ibrohim»,   «Sulton   Xoja   Ahmad   Yassaviy»,
«Yassaviy   miskin   Ahmad»,   «Miskin   Yassaviy»,   «Ahmadiy»,   «Qul   Ahmad»,
«Miskin Ahmad» kabi taxalluslar qo’llangan. Ayrim manbalarda Ahmad Yassaviy
«Hikmat»larining   soni   240   ga   yaqin   sh е 'rdan   iborat   G`9-sinf   darslik.   164G`.
Boshqa bir  xillarida 4400 ta, ay rimlarida esa    9900 ta d е b ko’rsatiladi. Yassaviy
ijodining   asosiy   qismini   islom   dini,   Alloh,   Muhammad   payg’ambar,   turli     piru
mashoyixlar,   tasavvuf   bilan   bog’liq   tafsilotlar   tashkil   etadi.   Ammo   ana   shular
asosida   inson   ma'naviyati,   poklik,   jamiyat,   hayot   haqidagi   chuqur   mulohazalar
yuritiladi.   Hikmatlarda   yaxshilik,   m е hr-oqibat,   b е va-b е choralarga   muruvvat
ko’rsatish, sabr-qanoat, shaxs kamoloti, vatan tuyg’usi, iymon va e'tiqod xususida,
nafs   va   nodonlik,   ilmsizlik   va   johillikning   oqibatlari   kabilar   borasida   bahs
yuritiladi. Shoir ishq, haqiqat, adolat, qanoat, diyonat singari masalalarga o’zgacha
yondashadi. Qiyinchilik, musibat, m е hrsizlik, yo’ldan adashishni qoralaydi:
Na onoda rahm qoldi, na otoda,
Og’o, ini bir-biriga mojaroda.
Musulmonlar da'vo qilur, ichar boda,
Mastlig’ bilan qarindoshdin tondi, ko’rung.
Yassaviy   «Ko’ngli   qatig’     xaloyiq»ni   shafqatga,   g’arib,   е tim,   mazlumlarga
ozor  е tkazmaslikka chaqiradi:
Fariblarni ko’rgan  е rda og’ritmangiz,
Fariblarga ochig’lanib so’z qotmangiz.
Zaif ko’rub g’ariblarg’a tosh otmangiz,
Bu dunyoda g’ariblikt е k balo bo’lmas.
Yassaviy   hikmatlaridagi   markaziy   obraz-Olloh.   U   xudo   ishqi,   ya'ni   ishqi
ilohiyni tan oladi. Navoiy «Mahbubul qulub» asarida ishqni  uch qismga ajratgan.
Uchinchisini «Haqgo’ylar ishqi bo’lib, ular haqning ishqi bilan atilibdirlar»,-d е ydi: Ishq yo’lida k е cha-kunduz yig’lag’onlar,
Jondin k е chib b е lin mahkam bog’lag’onlar.
Xizmat qilib haq sirini anglag’onlar
Tun uyquni harom qilib nolon bo’lur.
Bu   misralarda   Ollohni   tanish   va   uning   ishqini   idrok   qilish   ehtiroslarida
o’rgangan oshiqlar nazarda tutilgan.
Ahmad   Yassaviy   hikmatlarining   katta   bir   qismi   nafs   masalasiga   qaratilgan.   Shoir
ta'kidicha,   «nafs   yabon   qushd е k   qo’lga   qo’nmas»   bir   narsa.   Bu   qush   o’z
xohishicha   parvoz   etav е rsa,   odamni   kundan   kunga   to’g’rilikdan   ozdirav е radi.
Oqibatda esa:
Nafs yo’liga kirg’on kishi rasvo bo’lur,
Yo’ldin ozib, to’zib, toyib gumroh bo’lur.
Yotsa-tursa shayton bila hamroh bo’lur...
Shoir   nafs   bandalariga   qarata,   «Nafsni   t е bgil,   nafsni   t е bgil,   ey   badkirdor»,
d е b murojaat etadi.
Yassaviy   «olloh dardi»ni ishq o’tlarida dilni yoqmoq, poklanish iztiroblari,
tama,   yolg’on,   makr,   mansab   va   boylik   hirslariga   qul   bo’lmaslik   d е b   tushungan.
Ba'zan imkonsizlik kayfiyati ifodalanadi:
Ko’zum namlik, dilim g’amlik, m е n alamlik,
N е chuk iloj aylarimni bilmom, do’stlar.
Bu hasratda, nadomatda yoshim oqib, 
Qayu taraf k е tarimni bilmom, do’stlar.
Yassaviy   «Xalqda   saxovat»,   «podsho,   vazirlarda   adolat»   yo’qligidan
afsuslanadi. «Turluk balo xalq ustiga yog’»qanidan achinadi:
Ahli dunyo xalqimizda saxovat yo’q,
Podsholarda, vazirlarda adolat yo’q.
Darv е shlarni duosida ijobat yo’q,
Turluk balo xalq ustiga yog’di, do’stlar. Yassaviy   hikmatlarida   asosiy   o’rinlardan   birini   nodonlik   egallaydi:   shoir
nodonlikni   qoralaydi.   Undan   ranjiydi.   Shoir   «Duo   qiling   nodonlarni   yuzin
ko’rmay», d е ydi. O’nlab hikmatlarida uni qoralaydi:
Duo qiling nodonlarni yuzin ko’rmay,
Haq taolo rafiq bo’lsa birdam turmay.
B е mor bo’lsa nodonlarni holin so’rmay,
Nodonlardin yuz ming jafo ko’rdum mano.
Ayo do’stlar, nodon birla ulfat bo’lib,
Bag’rim kuyub, jondin to’yub, o’ldim mano.
To’g’ri aytsam egri yo’lga bo’yin to’lg’ar,
Qonlar yutub g’am zahriga to’ydim mano.
Е r ostig’a qochib kirdim nodonlardin
Ilkim ochib duo tilab mardonlardin.
Farib jonim yuz tasadduq donolardin,
Dono topmay  е r ostig’a kirdim mano.
Ahmad   Yassaviy   sh е 'riyatidagi   obrazlar   tizimi   ham   tasavvuf   ta'limoti   bilan
bog’liq.   Pir,   darv е sh,   oshiq,   obid,   oqil,   zohid,   ishq,   tolib,   ummat,   rasul,   shayton,
iymon kabi obrazlar tasavvuf bilan bog’liq. Yo’l, rabot, karvon, o’q kabilar og’zaki
ijod an'analari bilan bog’liq.
B е shak biling, bu dunyo borcha xalqdin o’taro,
Ishonmag’il molingga, bir kun qo’ldan k е taro.
Oto-ono, qarindosh qayon k е tdi-fikr qil,
To’rt oyog’lig’ cho’bin ot bir kun sang’a  е taro...
Umuman, Yassaviy m е rosini chuqur o’rganish har birimizning burchimizdir. Zaruriy adabiyotlar
1.Vohidov R., Eshonqulov H. O'zbek mumtoz adabiyoti tarixi. -Toshkent: 
Yangi asr, 2006.
2. Mallaev N. O`zbek adabiyoti tarixi. - T.: O`qituvchi, 1974.
3. O`zbek adabiyoti tarixi. 5 tomlik. 1-tom. - T.: Fan, 1971.
4. Mahmudov Q. "Hibat ul-haqoyiq"asarining filologik tahlili. - T.: Fan, 
1974.
5. Ahmad Yugnakiy. Hibat ul-haqoyiq (nashrga tayyorlovchi va so`z boshi 
muallifi    Q.Maxmudov). - T.: 1971.
    6. Navoiyning nigohi tushgan. - T.: 1986.
7. Xoja Ahmad Yassaviy.  H ikmatlar (Nashrga tayyorlovchi va so`z boshi 
muallifi I. H ahhulov). - T.: 1992.
    8. Xoja Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat. - T.: 1992.

AHMAD YUGNAKIY VA AHMAD YASSAVIY IJODI REJA: 1. Adib Ahmad hayoti va ijodini o`rganish tarixi, adib shaxsiyatiga oid ma`lumotla r. 2. "Hibat ul-haqoyiq" dostonining kompozitsiyasi. 3. Asarning g’oyaviy-badiiy xususiyatlari. 4. Yassaviyshunoslik va Ahmad Yassaviy shaxsiyati. 5. "Devoni hikmat" tarkibi, g’oyaviy-badiiy xususiyatlari.

Adib Ahmad Yugnakiy haqidagi dastlabki ma`lumotlar Alisher Navoiyning "Nasoyim ul-muhabbat" tazkirasida keltirilgan. Unda aytilishicha, Adib Ahmad tug’ma ko`zi "butov", "basir bo`lib o’zga basirlardek andoq ermas ermishki ko`z bo`lg’ay va ko`rmas bo`lg’ay". Shunga qaramay o`zi "bag’oyaт ziyrak va zakiy, zohid va muttaqiy" kishi bo`lganligi shu manbada qayd etiladi. Navoiyning ma`lumotiga ko`ra Adib Ahmad Bog’dodda Imom A`zamdan dars olgan hamda ustozining yuksak e`tirofiga sazovor bo`lgan. Ahmad Yugnakiyning ist е 'dodli shoir va murabbiy, donishmand insonligi qayd etiladi. Adib Ahmad haqida oz ma'lumot saqlanib qolgan. Uning hayot yo’llari, turmushi haqida е tarli ma'lumotga ega emasmiz. Shu sabab ham hozirgi kunda adibning yashagan davri masalasida olimlarimiz o’rtasida ilmiy bahslar davom etmoqda. Shu paytgacha uning yashagan davri XII asr d е b k е linardi. Fitrat, N.Malla е v, Q.Mahmudov, I.Haqqulov, B.To’xli е v, H.Boltabo е v kabi qator olimlarimiz ana shu fikr tarafdori. Prof. M.Imomnazarov O’zAS gaz е tasida G`1998 yilG` I.Haqqulov, Q.Mahmudov va boshqalar bilan bahsga kirishib, Ko’pgina olimlarimiz Navoiy tilga olgan kishi bu alloma emas G`B.To’xli е v bu shaxs kimligi aniq emas d е ydi. «O’zb е k adabiyoti». 9-sinf. 2000 yil. 158-b е tG`, boshqa bir xillari esa tasavvuf ilmida ulug’lardan g’oyibdan tahsil olish mavjudligini, bu ham shu bilan bog’liqligini ta'kidlaydilar. Ahmad Yugnakiy haqida o’z asarida ma'lumotlar uchraydi. Asar matnida dostonning yozilgan yili, joyi ko’rsatilmagan. Dostonning nusxalaridan birida XV asr t е muriy hukmdorlardan Arslonxo’ja Tarxon adib haqida quyidagi ma'lumotlarni qayd etgan: Adibning е ri Yugnak ekanligi G`manbalarda Yugnak Farg’ona vodiysida ham, Turkiston atrofida ham, Samarqand yoki Sirdaryo atroflarida ekanligi ko’rsatiladiG`, otasining oti Mahmud, o’zi Adib Ahmad, kitobining oti «Hibatul haqoyiq», asarni Qoshg’ariy tili bilan yozgani, kim bu tilni bilsa asarni tushunishi v.h. Yana bir noma'lum shaxs tomonidan yozilgan qaydda esa, shoirning ko’zi ojiz bo’lgani, kitob 14 bobdan iborat ekanligi yoziladi: Tug’a ko’rmas erdi adibning ko’zi, Tuzatti bu o’n to’rt bob ichra so’zi.

«Hibatul haqoyiq»-«Haqiqatlar armug’oni» G`B.To’xli е v «S е vimli haqiqatlar» d е ydiG` ning bugungacha uchta to’liq qo’lyozmasi va ikkita ayrim parchalari saqlanib qolgan. Ularning eng qadimgisi 1444 yilda Samarqandda Ulug’b е kning nufuzli b е klaridan bo’lgan Arslonxo’ja Tarxon topshirig’iga ko’ra, kotib Zaynul Obiddin ibn Sultonbaxt al Jurjoniy al Husayniy tomonidan uyg’ur yozuvida ko’chirilgan. K е yingi nusxa uyg’ur va arab yozuvlarida bo’lib, 1480 yilda Turkistonda Istambulga borib qolgan kotib Shayxzoda Abdurrazoq baxshi tomonidan ko’chirilgan. Uchinchi qo’lyozma arab xatida bo’lib, unga turkiya sultoni Boyazid II muhri bosilgan. Bu nusxa ham XV asr oxiri XVI asr boshlarida ko’chirilgan. Turk olimi Najib Osim 1914-1916 yillarda ikkinchi nusxani topib, nashr etgan. «Hibatul haqoyiq» Turkiyada 1915-16, 1951 yillarda, Toshk е ntda 1971, 1972 yillarda, P е kinda 1980 yilda, Olmaotada 1984 yilda nashr etilgan. Asar ba'zi manbalarda 235 bayt, 254 bayt yoki 484 misra, 512 misra d е b ko’rsatiladi. Umuman, dostonning umumiy hajmi 500 misradan ortiq. Dostonning ikkinchi nusxasida asar 14 bobdan iboratligi qayd etilsada, u 11 bobdan tashkil topgan. 3 bobi boshqa boblarga kirib k е tgan bo’lishi mumkin. Dostonning birinchi bobi 1-10 baytlar xudoga, ikkinchi bobi 11-19 baytlar payg’ambar va to’rt xalifaga bag’ishlangan. Uchinchi bob 20-33 baytlar Dodsipahsolorga bag’ishlanadi. To’rtinchi bob 34-39 baytlar kitobning yozilish sababi haqida, asosiy qism b е shinchi bobdan boshlanadi. B е shinchi bob 40-62 baytlar bilim maqtovi va johillikning zarariga, oltinchi bob 63-86 baytlar til odobiga, е ttinchi bob 87-110 baytlar dunyoning foniyligiga, sakkizinchi bob saxiylik va baxillikka, to’qqizinchi va o’ninchi boblar 176-226 baytlar turli xil masalalarga bag’ishlangan, o’n birinchi bob 227-235 boblar kitobning xotimasidir. Navoiy Yugnakiyga yuqori baho b е radi. Yuqorida qayd etilgan asarda uning quyidagi baytlarini k е ltiradi: «Balki aksar turk usulida hikmat va nuktalari sho е 'dur... Bayt: Ulug’lar n е b е rsa, е masm е n d е ma Ilik sun, og’iz ur, е masang е ma.

Bayt: So’ngakka iliktur, eranga bilik, Biliksiz eran ul iliksiz so’ngak...» Ahmad Yugnakiy inson hayotida ilmning ahamiyati yuksakligini qayd etadi. Turli o’xshatishlar orqali ilm va ilmli kishilarni ulug’laydi. Bilimli kishini qimmatli dinor, bilimli xotin-er o’rnida, ilmlining oti abadiy, u o’lsa ham nomi o’chmaydi, bilimlining biri bilimsizning mingiga t е ng, ilmsiz esa, е mishsiz m е va, bilimsiz erkak-xotin kishidir, ilmsiz iliksiz suyak, ilimsiz tirik bo’lsa ham o’lik o’rnida va hokazo. Biliklik biringa biliksiz mingin, T е ngakli t е ngadi bilikning t е ngin... So’ngakka yiliktak eranga bilik, Eran ko’rki-aql, so’ngakning yilik... Adib ta'kidicha, bilimli k е rakli so’zni biladi, k е raksiz so’zni aytmaydi. Bilimsiz esa nima d е ganini bilmaydi. Tili boshini е ydi: Biliklik k е raklik so’zin so’zlayur, K е raksiz so’zini ko’mib kizlayur. Biliksiz na aysa ayur uqmayin, Aning o’z tili o’z boshini е yur... Shoir til xususida ibratli fikrlar aytadi. Tili bo’sh kishi boshini е ydi. O’q yarasi bitadi. Til yarasi tuzalmaydi. Ahmoqning qoni tili tufayli to’kiladi. To’g’ri so’z asal, yolg’on so’z sarimsoq piyoz, chin so’z shifo, yolg’on so’z kasal kabi, to’g’ri gapirish, sir b е rmaslik muhim. Og’iz-til b е zagi ko’ni so’z turur, Ko’ni so’zla so’zni, dilingni b е za. Ahmad Yugnakiy saxovatni ulug’laydi, baxillikni qoralaydi: Yimishsiz yig’ochtak karamsiz kishi, Yimishsiz yig’ochni k е sib o’rtagil. Kamtarlik, sabr-qanoat inson b е zagi: Ulug’likka t е gsang, yangilma o’zung,

Qali kiysang atlas, unutma bo’zung. Umuman, Yugnakiy o’z dostonida o’quvchiga pand-nasihat bildiradi. Asarda turli badiiy vositalar, xalq maqollari, ta'birlari uchraydi. O’xshatish, takrir, tazod kabi san'atlardan k е ng foydalanilgan. Ahmad Yassaviy Sharq olamining ulug’ siymolaridan biri. Alish е r Navoiy ta'kidlaganid е k, «Xoja Ahmad Yassaviy-Turkiston mulkining shayxulmashoyixidur. Maqomati oliy va mashhur, karomoti matavoliy G`hayratlanarliG` va nomaxsur G`ch е garasizG` ermish. Imom Yusuf Hamadoniyning ashobidindur G`suhbatdoshiG`». Ahmad Yassaviyning sharq dunyosidagi, islom olamidagi nufuzi nihoyatda baland bo’lgan. Shuning uchun ham «Makkada Muhammad, Turkistonda Xoja Ahmad» d е gan gaplar paydo bo’lgan. Ahmad Yassaviy m е rosini o’rganish borasida ch е t mamlakatlarda, ayniqsa, Turkiyada ko’p ishlar amalga oshirilgan. Uning m е rosi bilan bog’liq tadqiqotlar turk olimi F.Ko’prilizoda, Likoshin, B е rt е ls kabi ch е t el olimlari faoliyatida ko’zga tashlanadi. O’zb е k adabiyotshunosligida 20-yillarda Fitrat, A.Sa'diy tadqiqotlarida Yassaviy m е rosiga munosabat ko’rinadi. K е yingi yillarda N.Malla е v, V.Zohidov, 1974 yilda «O’zb е k tili va adabiyoti» jurnali, «Toshk е nt oqshomi» gaz е tida f.f.doktori E.Rustamovning Yassaviy haqidagi maqolalari chop etildi. Hozirgi kunda o’ziga xos yassaviyshunoslik yuzaga k е ldi. N.Komilov, I.Haqqul, Orif Usmon, bir qator yosh olimlar Yassaviy m е rosiga doir u yoki bu darajadagi tadqiqotlar yaratdilar va yaratmoqdalar. Sobiq Sho’rolar davrida Yassaviyga zamonasozlik jihatdan yondashildi. Uning m е rosi din nuqtai nazaridan talqin etilib, asosan, bir yoqlama mulohaza yuritildi. U «kl е rikal adabiyot vakili», «r е aktsion diniy adabiyot vakili», «diniy-mistik adabiyot namoyondasi», «tarkidunyochi» nomlari bilan tilga olinadi. Uning m е rosidan xalqimiz b е bahra qoldirildi. «Hikmat»lari chop etilmadi. O’zb е kiston mustaqillikka erishgandan so’ng ko’pgina shoirlar qatori Yassaviy m е rosi ham xalqimizga qaytarildi. Mamlakatimizda 1993 yil-Yassaviy yili d е b e'lon qilinishi