Ashtarxoniylar va Mang’itlar sulolasi hukmronligi davrida davlalti tizimi va boshqaruv tartiblari
Mavzu:Ashtarxoniylar va Mang’itlar sulolasi hukmronligi davrida davlalti tizimi va boshqaruv tartiblari Reja: 1.Аshtarxoniylar davri davlatchiligi Siyosiy tarixi 2.Davlat tizimi va mamuriy boshkaruvi 3.Buxoro amirligi mangitlar davri davlatchiligi Siyosiy tarixi 4.Аmirlikning xududi, mamuriy tuzilishi va axolisi 5.Davlat boshkaruvi tizimi. Mansablar, unvonlar va amallar
1598-yilda Abdullaxon II vafot etgach taxtga uning o’g’li Abdulmo’min o’tirdi. O’zaro urushlar natijasida u uzoq vaqt hokimiyatni boshqara olmay halok bo’ldi. Taxtga Abdullaxon II ning amakivachchasi Pirmuxammad II o’tirib, u ham uzoq vaqt hukmronlik qila olmadi. Abdullaxon II vafotidan keyin markaziy xokimiyatning inqirozi va mamlakatdagi tartibsizliklardan Buxoro xonligining ichki va tashqi raqiblari zudlik bilan foydalanishga urinishdi. Pirmuhammadxon bu raqiblar qurshovlarini bartaraf qilishga ojizlik qildi. CHunonchi, mamlaktning janubida Eron shohi Abbos Sabzavor, Mashhad va Hirotni egallab oldi. Yusuf Munshi mahlumotlariga ko’ra, “Movarounnahrda ham butun davlatda bo’lgani kabi boshboshdoqliklar avj olib, hech kim birovga bo’ysunishni xohlamadi.” Ana shunday sharoitda yangi sulola - Ashtarxoniylar sulolasi xokimyat tepasiga keldi. Ashtarxoniylar chingiziylar avlodidan bo’lib, XV asrning 80-yillaridan boshlab Astraxan (Hoji Tarxon)da xukmronlik qilganlar. XVI asr o’rtalarida Astraxan Ivan Grozniy tomonidan bosib olingach, sulola hukmdori Yormuhammad Sulton o’z yaqinlari bilan Buxoroga keladi. Manba tili bilan aytganda “urus (nomila) mashhur nasroniylar bosqini dastidan (qochib) Yor Muhammadxon farzandlari Jonimuhammad Sulton, Abbos Sulton, Tursun Muhammad Sulton, Pirmuhammad Sulton va ahli ayoli bilan Movarounnahrga keldi”. Buxoro xukumdori Iskandar Sulton Yormuhammad hamda uning oila ahzolarini yaxshi kutib olib, ular bilan do’stona munosabatda bo’ldi. Oradan ko’p o’tmay Yormuhammadning o’g’li Jonimuhammad (Jonibek Sulton) Iskandarxonning kizi Zuhrobegimga uylandi. SHu tariqa Yormuhammad va uning avlodlari SHayboniylar saroyida katta mavqega ega bo’la boshladilar. Jonibek Sulton va Zuhrobegimdan uch o’g’il - Dinmuhammad, Bokimuhammad, Valimuhammad tug’ildi. Vaqti kelib Dinmuhammad Xurosondagi viloyatlarning biri Obivardda, Boqimuxammad esa Samarqandda hokim etib tayinlanadi. Boshboshdoqliklar va o’zaro urushlarga chek qo’yish maqsadida 1601 yilda buxorolik bir guruh yirik zodagonlar Jonibek Sultonni Buxoro hukmdori taxtiga taklif etadilar. Jonibek Sulton katta o’g’li Dinmuhammad foydasiga taxtdan voz kechdi. Obivard hokimi Dinmuhammd esa Buxoroga kelishda qizilboshlilar bilan bo’lgan to’qnashuvda halok bo’ldi. SHundan so’ng Jonibek Sultonning ikkinchi o’g’li Bokimuhammad hokimiyatga taklif etildi. Bu paytda Samarqand hokimi bo’lgan Bokimuhammad Bog’i shamol atroflarida Pirmuhammad II qo’shinlarini mag’lubiyatga uchratib Buxoro taxtiga o’tirdi (1601-1605 yillar). SHu tariqa Mavorunnahrda tarixiy manbalarda Ashtarxoniylar (Astraxan yoki Hoji Tarxonlik hukmdorlar) yoki Joniylar (Jonibek sulton nomidan) deb nom olgan va bir yarim asr xokimyat tepasida bo’lgan sulola hukmronligi davri boshlandi.
Ilk davrda pul muomalasidagi tangalar Jonibek Sulton nomidan zarb etilgan bo’lsada, amalda xokimiyatni Boqimuhammad boshqardi. U mamlakatdagi tarqoqlikka barham berishga harakat qilib, avvalo Xorazmni mamlakatga ko’shib oldi. 1602 yilda Balxni qo’lga kiritib Boqimuhammadxon uni ukasi Valimuhammadga hadya qilib, Andxud, SHibirg’on, Maymana, Bag’lon, Badaxshon va Xisorni ham Buxoroga bo’ysundirdi. Boqimuhammadxon mamlakat ichki ishlariga ham alohida ehtibor qaratib, davlat boshkaruvini tartibga solishga harakat qildi. Yusuf Munshi mahlumotlariga ko’ra, u “hokimiyat amaldorlari mansablarini qayta ko’rib, qo’shin tuzilishini, fuqarolar holatini nazorat qilgan” bo’lsada, uning qisqa muddatli hukmronlik davrida bu siyosiy harakatlar ijobiy natija bermadi. 1605 yilda Boqimuhammadxon vafot etgach, taxtga uning ukasi, Balx hokimi Valimuhammad (1605-1611yy.) o’tiradi. Valimuhammadxon hukmronligi davrida ham Balx va Hirot uchun kurashlar davom etdi. Bu kurashlarda Valimuhammadxonning qo’li baland kelgan bo’lsada, u 1607 ylida Eron shohi Abbos I bilan sulh shartnomasi imzoladi. Buning natijasida Xuroson butunlay Safaviylar qo’liga o’tib ketdi. Natijada busiz ham Valimuhammad saroyi ishlariga doimiy aralashib yurgan, ko’p hollarda xonsiz ham qaror qabul qiladigan, o’zlarini siyosiy jihatdan mustaqil deb hisoblaydigan bir guruh buxorolik amaldorlar Valimuhammadga qarshi 1608 yilda fitna uyushtiradilar. Xon Eron shohi Abbos I huzuriga qochib ketadi. Buxoro taxtida yana boshboshdoqliklar boshlanib ketib, 1611 yilning yozida Valimuhammadxon Abbos I yordamida Buxoro taxtini egallashi ham uzoqqa cho’zilmadi. 1611 yilning oktyabrida Samarqand atrofidagi Imomqulixon bilan bo’lgan to’qnashuvda Valimuhammadxon halok bo’ldi. Ashtarxoniylar taxtiga Boqimuhammadning o’g’li Imomqulixon ( 1611-1642 yy. ) o’tiradi. Bu davrga kelib mahalliy hukmdorlarning o’zboshimchaligi haddidan oshib, bu holat ayniqsa o’troq aholi turmush tarziga salbiy tahsir etardi. Imomqulixon o’zboshimcha hokimlar harakatini susaytirishga muvaffaq bo’ldi. Imomqulixon Xorazm va Xurosonni qayta qo’lga kirita olmagan bo’lsa-da, Toshkent, Andijon, Turkiston shaharlariga xavf solib turgan qozoqlar, qalmiqlar va boshqa ko’plab ko’chmanchilarga qarshi kurash olib bordi. Ayrim hollarda ularga yon berib, ko’chmanchilar kuchlaridan Eron shohlariga qarshi kurashda foydalandi. Imomqulixon Toshkent shahri va uning atrofidagi yerlarga o’g’li Iskandar Sultonni hokim etib tayinladi. Ammo, toshkentliklar Iskandar Sulton siyosatidan norozi bo’lib isyon ko’tardilar va natijada u o’ldirildi. Buning evaziga Imomqulixon Toshkentda qirg’inbarot o’tkazganligi manbalardan mahlumdir. SHunga qaramasdan manbalarning guvohlik berishicha, Imomqulixon davrida xon hokimiyatining mavqei oshib, ichki vaziyat, siyosiy, ijtimoiy va iktisodiy barqarorlik yaxshilandi. Muhammad Yusuf (ibn Xoji Baqo) ning “Tarixi Muqumxoniy” asarida berilishicha, “Imomqulixon nochorlar ishini yengillashtirdi,
arz bilan kelganlarni qaytarmadi. Uning zamonida na kambag’al, na bechora qolmagandi. CHiqargan buyruqlari ijrosi borasida amaldorlariga qattik turdi, qorong’i tushishi bilan oddiy kiyim kiyib vaziri va qo’rchi bilan bozorlaru mahallalarni aylanib, oddiy halkning haqiqiy ahvolidan habardor bo’lib turardi”. Umrining ohirida ko’zi ojiz bo’lib qolgan Imomqulixon 1642 yilda Makkaga haj safariga jo’nab 1644 yilda Madinada vafot etadi. Imomqulixondan so’ng taxtga uning ukasi Nodirmuhammad (1642-1645 yy.) o’tirdi. Nodimuhammad xon bo’lguniga qadar Balh hokimi bo’lib, uzoq vaqt tahtni boshqara olmadi. U hokimiyat tepasiga kelgach, mamlakatdagi ahvol tezda o’zgarib ketdi. CHunki xon davlat ishlarida hal qiluvchi rol o’ynaydigan zodagonlarga yaqinlasholmay, ular bilan til topisha olmadi. Undan tashqari Nodirmuhammadxon mamlakatning ijtimoiy - siyosiy hayotida muhim rol tutgan amirlar va sultonlar mavqeini cheklash bilan birga mamlakatning asosiy viloyatlarini o’zining olti o’g’li, bir nabirasi va ikki jiyaniga bo’lib berdi. Jumladan, o’g’illari Abdulaziz Sultonga Samarqand, Xisrav Sultonga Badaxshon bilan Qunduz, Barhom Sultonga Toshkent, Subhonquli Sultonga Balx, Qutluq Muhammad Sultonga Xisor, Abduraxmon Sultonga SHibirg’on va Andxud, nabirasi Kosim Sultonga Xuzor, jiyanlari Muhammadyor Sultonga SHahrisabz, So’fi Sultonga Toliqon berildi. Bunday sharoitda oradan ko’p vaqt o’tmay vaziyat keskin o’zgardi. Saroydagi lavozimlardan ozod etilgan amaldorlarning noroziligi kuchayib turgan bir paytda, mamlakat hududlariga shimoldan ko’chmanchilar hujumlari boshlandi. Nodirmuhammadxon ko’chmanchilarga qarshi kurashga o’g’li Abdulazizxon boshchiligidagi qo’shinni jo’natadi. Oliy hukumdordan norozi bo’lgan bir guruh amaldorlar 1645 yilning aprelida Uchtepa atrofidagi Yangisaroy degan joyda Nodirmuhammadning katta o’g’li Abdulaziz Sultonni xon deb ehlon qiladilar. Bu paytda Qarshi dashtlarida ov qilib yurgan Nodirmuhammadxon bu habarni eshitib Balhga kochadi. Abdulazizxon hukmronligi davri (1645-1681 yy.) o’zaro kurashlar bilan boshlandi. Balxda urnashib olgan Nodirmuhammad qolgan o’g’illariga va yangi xondan norozi bo’lgan Buxoro amirlariga tayanib Abdulazizxon hokimiyatini tortib olishga urindi, ammo buning uddasidan chiqa olmadi. SHundan so’ng Nodirmuxammadxon hind hukmdori boburiy shahzoda SHoh Jahondan yordam so’radi. Bundan foydalangan boburiylar Balx va Badaxshonni egallab, bu hududlarda ikki yil hukmronlik qiladilar. Nodirmauhammad esa Eron shohi huzuriga kochib ketdi. 1647 yil oktyabrda Abdulazizxon Balxga hujum qilib uni boburiylardan tortib oldi. Nodirmuhammad esa 1651 yilda haj safariga chiqib yo’lda vafot etdi. Abdulazizxon davrida mamlakatda notinchliklar hukm surdi. Ayniqsa, Balxda hukmronlik qilayotgan Subxonquli Sulton bilan Abdulazizxon o’rtasidagi
kurash keskinlashdi. Abdulazizxon Balxni Buxoroga bo’ysundirishga bir necha marta uringan (1652-1657 yy.) bo’lsada, Subhonquli Sultonni mag’lub eta olmadi. Undan tashqari, oliy hokimiyatning zaiflashgani hamda o’zaro urushlardan foydalangan Xiva honlari Buxoroga tez - tez hujumlar uyushtirib turdilar. U lar 1658-yilda Karmana va Vardonzani talon - taroj kilib, 1662 yilda Buxorogacha yetib keldilar. Balx moj a r o lari 1658 yilda Abdulazizxonning piri Abdu g’ affor xojaning aralashuvi bilan biroz bar h am topgan bo’lsada, amalda Subxonquli S ulton Bal h ni musta q il bosh q argan. Xiva bilan uzoq urushlar ustiga mamlakatdagi turli ijtimoiy qatlamlar o’rtasidagi ixtiloflarning keskinlashib borishi mamlakat hayotiga salbiy tahsir ko’rsatgan. Manba tili bilan aytganda Abdulazizxon davrida “Movarounnahr va Balx viloyatlari xorazmliklar va qozoqlar hujumlari tufayli halokat yoqasiga kelib qoldi”. Qarib qolgan Abdulazizxon dushman hujumlarini qaytarolmay qolgandi. Undan tashkari, uning davrida yirik yer egalarining iktisodiy va siyosiy mustaqilligining kuchayuvi markaziy xokimyatni yanada zaiflashtirgandi. 1681 yilda Abdulazizxon taxtni ukasi Subxonquli Sultonga topshirib, o’zi haj safariga jo’naydi. Subxonqulixon (1681-1702yy.) hukmronligi yillarida ham mamlakatdagi ijtimoiy - iqtisodiy va siyosiy vaziyat o’zgarmadi. CHunonchi, Subxonqulixon davrida uning o’g’illari o’rtasida Balx hokimiyati uchun kurash yanada avj oldi. Bu jarayonda uning o’g’illarini Balxdagi obro’li xonadonlar qo’llab turdilar. Mahalliy amaldorlar davlat hazinasiga ham soliqlar to’lamaganlar. Bu holat markaziy xokimiyatning Balxdagi mavqeini nihoyatda zaiflashib ketganidan va mahalliy siyosiy kuchlarning, hususan yirik amirlar mavqei oshib ketganidan dalolat beradi. Yangi hukmdorning hokimiyat tepasiga kelishi Buxoro va Xiva munosabatlarini ham yumshatmadi. Xivaliklar Abdulazizxon va uning o’g’li Anushaxon boshchiligida Zarafshon va Qashqadaryo vohalariga talonchilik yurishlari uyushtirib, shahar va qishloqlarni vayronaga aylantirdilar. Oqibatda sug’orish ishlari izdan chiqib, dehonchillikka putur yetdi. Bozorlarda qimmatchilik boshlanib, halqning ahvoli yomonlashdi. Mana shunday sharoitda Subxonqulixon davlatning bo’shab qolgan hazinasini to’ldirish maqsadida qo’shimcha soliqlarni joriy etib, bir necha yillik soliqlarni oldindan yig’ib olishga buyruq berdi. Subxonqulixonning o’g’li Ubaydullaxon (1702-1711) mamlakatda hukm surayotgan siyosiy tarqoqlikni tugatishga hamda markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlashga harakat qilgan so’nggi ashtarxoniy hukmdori bo’ldi. Uning Samarqand, Xisor, Termiz va SHahrisabzga qilgan yurishlari natijasiz tugagan bo’lsada, uzoq kamaldan so’ng Balxni egallashga muvaffaq bo’ldi. Manbalarning guvohlik berishicha Ubaydullaxon Balxni egallagach, ko’shindagi otlar va tuyalar dehkonlar ekinlarini payhon qilmasliklari haqida buyruq beradi. Bu bilan u o’ziga