Shayboniylar tangalarida uchraydigan yozuv va naqsh turlari.
Mavzu:Shayboniylar tangalarida uchraydigan yozuv va naqsh turlari. Reja: 1 Shayboniylar tangalarida 2 Uchraydigan yozuv va naqsh turlari. 3 Shayboniylar sulolasining oliy hukmdor ligi Xulosa
XIV asrning 40-50 yillariga kelib SHayboniylar davlati tinimsiz o`zaro urush olib boradigan kichik-kichik xokimlik va viloyatlarga bo`linib ketdi. Faqat 70-80 yillarda Abdulloxon butun mamlakatni birlashtirishga muvaffak bo`ldi. SHayboniylar xukmronligi davrida mamlakat iqtisodiyotiga ta`sir ko`rsatib, tangalar zarb qilishda ancha o`zgarishlar qilishdi. By davrda Temuriylar davridagi zarb qilingan kumush va mis tanga lar xam mavjud edi. SHayboniylar ularni tamg’alab, qiymatini kamaytirganlaridan so`ng mazkur tangalar savdo aloqasida yurgizila boshlandi. SHayboniylar nomi bilan yangi kumush va mis tangalar zarb qilishda. oz miqdorda oltin tangalar zarb qilindi, faqat Abdulloxon tomonidan.SHayboniylar zarb qilgan kumush tangalar Temuriylar davrida zarb kilingan tangalardan farq qilgan. Lekin mis tangalar Temu riylar davrida zarb qilingan mis tangalarga o`xshash edi. Ular ko`p xollarda chiroyli bezatilgan dinorlardan tashqari mayda mis pullar xam zarb qilganlar. Bip dinorga oltita mis pul to`g’ri kelgan. mis pullar etiborsizlik bilan zarb qilingan. Bizgacha etib kelgan mis pullar yozuvlari uchib ketganligi uchun yaxshi o`rganilmagan. SHayboniylar davri tangalaridagi yozuvlar ko`p xollarda nasx yoki kufiy uslubida bitilgan. Ba`zan tomonlardan biridagi yozuv o`rniga turli naqshlar yoki xayvon, qushlarning rasmi berilgan.Xayvonlar yomon tasvirlangan, xozir ularni ajratish xam qiyin. XV asrda bo`lganidek XVII asrda xam kumush va mis tangalar ni tamg’alash uslubi davom etgan. Tangalar ilgari nima maqsadda tamg’alangan bo`lsa, shayboniylar davrida xam tamg’alashni moxiyati xarakteri shundayligicha qolgan. By davlatda ko`plab zarbxonalar mavjud edi. Andijon, Axsi, Buxoro va boshqa shaxarlarda tangalar zarb qilingan. Faqat Toshkent, Samarqand, Buxoro va Balxda muntazam ravishda tangalar zarb qilingan. Xurosonni qo`lga kiritganda Xirot, Mashxad, Nishopur, Saraxs va boshqa shaxarlarda zarb qilingan. Bundan tashqari uncha katta bo`lmagan vaqtli zarbxonalar xam bo`lgan. XVI asrda bunday zarbxonalar mis dinorlarga tamg’a bosish ishi bilan shug’ullanganlar. mas,: Vobkani (Vobkent), SHavdaro va Miyonqol, Parak singari zarbxonalardir, ular shasharlarda emas, balki uncha katta bo`lmagan
axoli yashaydigan joylarda ish yuritar edilar. Kumush tangalarga tamg’a bosish birinchidan oldin man etilgan tangalarni qaytadan savdo muomalasiga kiritishga imkon yaratsa, ikkinchidan xazina foyda ko`rar edi. Lekin mavjud kumush tangalar "eski" va "yangi" tangalarga bo`linar edi. O`nta eski tanga to`qqizta yangi tangaga to`g’ri kelar edi. By xol xazina uchun boylik xisoblanar edi. SHayboniylar davlati inqirozga yuz tutgan bir vaqtda ba`zi viloyat xukmdorlari o`z nomlari bilan kumush tan galar zarb qilganlar. Xullas, SHayboniyxon axoli turmush darajasini yaxshilash niyatida o`tkazilgan 1507-1509 yillardagi isloxoti natijasida u to shu vaqtgacha mavjud turli o`lchov va og’irliklardagi tangalar o`rniga bir xil og’irlik ulchovidagi (5,2gr.) kumush va mis tangalarni joriy etadi. bu albatta pul savdo munosabatlarini barqarorlashtiradi. Ammo Muxammad SHayboniyxon o`limidan keyin bir tomondan o`zaro qarama-qarshilik, ikkinchi tomondan Boburning Samarqandni olish niyatidagi xarbiy yurishlaridagi janglar mamlakat iqtisodiy xayotiga katta zarar bo`lib, pul qadrsizlangan. SHuning uchun xam Kuchkunchixon 1515 yildan boshlab pul isloxotiga kirishib, faqat 1527 yilga kelib axvolni to`g’rilashga erishadi. SHayboniylar davlati inqirozga uchragandan so`ng xokimiyat tepasiga joniylardan Muxammad Joniy taxtga o`tirdi-XUSH asr o`rtalariga qadar xukmronlik qilganlar. Bu davr mobaynida mamlakat iqtisodiy xayotida katta o`zgarishlar qilishgan. Ular XVII asrda kumush, mis tangalar zarb qilganlar, 1702 yildan oltin tangalar chiqarganlar. SHayboniylar dastlab tangalarning og’irligini bir misqol, ya`ni 4,8 gramm miqdorida zarb qilgan bo`lsalar. 17 asrga kelib tangalarni og’irligi 4,4 grammga tushib qoldi. Joniylarning zarb qilgan tangalari XVI asrdagi tangalardan farq qilmaydi. ular zarb qilgan kumush va oltin tangalardagi yozuvlar nasx uslubida berilgan. XVII asrda xam kumush tangalar "eski" va "yangi" tangalarga bo`lingan. bu davrdan boshlab kumush tangalar a`lo sifatli sof kumushdan tayyorlangan. Mazkur tangalar "eski" deb e`lon qilinganidan so`ng 10% qimmatini yo`qotgan, keyinchalik tangalarda kumush miqlori kamayib borgan.
17-asrning o`rtalarida tangalarning yarmi kumushdan iborat bo`lgan. SHunday bo`lsa xam zarb qilingan tangalar «yangi» xisoblanib ular yuz foiz kumushdan zarb qilingan tangalardek muomalada yuritilgan. Ammo davlat ularni «eski» tangalar deb e`lon qilishi bilanoq tangalar yarim qimmatini yo`qotar edi. Shayboniylar sulolasining asoschisi Muhammad Shayboniyxon hukmdor Abdulxayrxonning nabirasi Shoh Budoqxonning o g li bo lib, u 1451 yilʻ ʻ ʻ tug ilgandir. Bolaligidan uni Muhammad Shoh Baxt (“Shoh baxti”) deb atar ʻ edilar. Muhammad Shoh Baxtning otasi Shoh Budoq Sulton erta vafot etgan. Ko chmanchi oliy tabaqadagilarning o zaro nizolari qurboni bo lgan ʻ ʻ ʻ Abdulxayrxon vafotidan so ng (1469) uning hokimiyatiga birlashgan qabilalar ʻ tarqab ketdi. Dashti Qipchoqning sharqiy qismida g alayonli yillar boshlandi. ʻ Shayboniyxon hokimiyat uchun kurash olib bordi va bir madaniy markazdan ikkinchi bir madaniy markazga o tish chog ida ba zi qal alarga yurish qildi. ʻ ʻ ʼ ʼ Keyinchalik u Samarqandga, Temuriylar saroyiga taklif etildi. Temuriylar saroyida Shayboniyxon “buyuk xon”ning nabirasi sifatida yaxshi kutib olindi. Temuriy hukmdorlar Shayboniyga umid bilan Dashti Qipchoqda o z siyosatlarini amalga oshiruvchi shaxs sifatida qarar edilar. Markaziy ʻ Osiyoning madaniy markazlarida ma rifatli kishilar bilan yaqindan tanishuv ʼ Muhammad Shayboniyga ijobiy ta sir ko rsatdi. Ayniqsa, Buxoroda yashagan ʼ ʻ yillari uning hayotida o chmas iz qoldirdi, bu yerda Kur onni juda yaxshi ʻ ʼ o quvchi qorilardan biri Mavlono Muhammad Xitoyi unga dars bergan. ʻ Shayboniyxon o z davrining ma rifatli kishisi, jasur jangchi bo lishi bilan birga ʻ ʼ ʻ mohir sarkarda ham edi. O zining she riy solnomasi – “Shayboniynoma”ni ʻ ʼ Shayboniyxonga bag ishlagan Muhammad Solih, uni harbiy mahoratga ega ʻ kishi sifatida ta riflaydi.Shayboniyxon Dashti Qipchoqda o z davlatini tiklashga ʼ ʻ muvaffaq bo ldi.Shayboniyxon 1510 yil Marv yaqinidagi Mahmud qishlog ida ʻ ʻ Eron shohi Ismoil Safaviy bilan bo lgan jangda halok bo ldi. Jang tugaganidan ʻ ʻ so ng uning jasadi askarlar jasadlari orasidan topilgan. Shayboniyxonning ʻ vahshiylarcha tanib bo lmas holga keltirilgan boshsiz tanasi Samarqanddagi ʻ Baland Sufa degan yerga dafn etildi. Hozirda boshqa shayboniylar ham dafn
etilgan Sufa Registon maydonida joylashgan bo lib, Tillakori va Sherdorʻ madrasalari o rtasidagi burchakdadir.Tilla" - oltin pul bo`lib. ikki xil shaklda va ʻ og’irlik miqdorida bo`lar edi. O`sha davr pul miqdorida 1 so`m 80 tiyinga teng, ikkinchisi 3 so`m 60 tiyin deb belgilangan edi.2. "Tanga" - kumushdan ipshanib, bir tanga usha davr pul birligida 30 pul birligi yoki 20 tiyin deb belgilangan.3. "Pul" - misdan ishlanadi. U pulga va tiyinga bo`linar edi. Kumushdan ishlangan tanga "oq tanga" deb, misdan ishlangan pul "qora tanga" deb yuritilar edi."qora tanga" o`zining qiymati jixatidan ok tanganiig 60 %ga teng edi. SHuningdek xonlikda "shoyi", "Abbos shoyi". "yarim shoyi" deb nomlangan pul birliklari xam ishlatilgan. Ularning qiymati 10 tiyindan 40 tiyingacha o`zgarib turgan. Bu pullarda odam rasmi tasvirlanmasdan arab imlosida qaysi xonlik tomonidan nechanchi yillarda zarb qilingani yozilar edi. Xiva oltinlari pullari maxalliy va chet eldan keltirilgan oltinlarga bo`linar edi. Xiva oltinlari o`zining yaltiroqligi, mustaxkamligi jixatidan ajralib turgan. Muomalada ko`p ishla tilgan kumush pullarni metallari Quyi Novgoroddan keltirilgan.Xozirgi kunda Xiva xonligida zarb qilingan oltin, kumush, mis pullar va ularning qoliplari dunyoni ko`pgina mamlakatlari muzeylarida saqlanmokda. Mas.: Moskva, Sankt-Pterburg, ayniqsa Xiva xonligi Rossiya tomonidan eabt etilgach uning qimmatbaxo buyumlarini birinchi navbatda oltin, kumush pullarini talash. Rossiya jug’rofiya jamiyati vakili sharqshunos olim P.I.Perx va A.P. Kun raxbarligida ilmiy jixatdan tashkil qilindi. Vasilevskiy yordamida Peterburgdagi ermitajda tashkil qilingan numizmatika va boshqa fondlar O`rta Osiyodan. jumladan Xiva, Qo`qon va Buxoro amirligidan kelgan oltin, kumush, mis, atlas va boshqa pullar xisobiga boyili. 1883 yili ermitajga junatilgan buyumlar ichida 1168 ta qadimiy oltin-kumush tangalar edi. Bundan tashqari o`ljalar ichida tanga zarb qiladigan qoliplar, oltin va kumushdan ishlangan. 25 ta xon muxri, 200 dan ortik qadimiy tangalar mavjud edi. Bularning xammasi Xiva xonligi davrida zarb qilingan pullarning namunalaridir. Rossiya Xivani bosib olishi bilanok pul sistemasini Rossiya pul sistemasiga o`tkazishni taklif etgan.