logo

ATMOSFERA

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

37.1904296875 KB
ATMOSFERA
Reja:
1. Atmosferaning tarkibi
2. Atmosferaning bo‘ylama tuzilishi
3. Atmosferaning ahamiyati 1. Atmosferaning tarkibi
Atmosfera   Yerni   bir   necha   ming   kilometr   balandlikda   o‘rab   turuvchi
gazlarning     aralashmasidan   iborat   bo‘lib,   uning   asosiy   qismini   azot   va
kislorod   tashkil   etadi.   Ushbu   havo   qatlami   Yerdagi   og‘irlik   kuchi   ta’sirida
bo‘ladi. U dengiz sathida joylashgan, eng yuqori zichligi shu yerda, yuqoriga
ko‘tarilgan   sari   esa   zichlik   kamayib   boradi.   Bu   havoning   siqiluvchan
ekanligi   tufayli   sodir   bo‘ladi.   Dengiz   sathida   havo   bosimi   o‘rtacha   1013
millibarni   tashkil   etadi,   ayni   paytda   5000   metr   balandlikda   bor-yo‘g‘i   550
millibarga teng bo‘ladi 1
.
Yer   atrofini   o‘rab   olgan   havo   qobig‘i   taxminan   480   km   (300   mil)   ga
cho‘zilgan.   Uning   zichligi   balandlik   oshgan   sayin   kamayib   boradi.
Atmosfera   havosining   97%   i     25   km   (16   mil)   balandlikda   joylashgan.   Shu
sababli havo massasi Yer yuzasida bosimni yuzaga keltiradi. Dengiz sathida
bosim kvadrat santimetrga taxminan 1034 grammni tashkil qiladi. 
Atmosferaning   tarkibi   bir   qancha   gazlarning   aralashmasidan   iborat
bo‘lib,   Yer   tabiatining   bir   qismi   sifatida   uzoq   geologik   davr   mobaunida
shakllangan.   Atmosfera   doimiy   va   vaqtincha   tarkiblardan   iborat   (15.1-
jadval). Atmosferaning doimiy tarkibi turli xil gazlar aralashmasidan iborat.
Atmosferaning   78%   dan   ortig‘iniazot,   21%   kislorod,   1%   argon,   karbonat
angidridi esa (so‘nggi yillarda salmog‘ioshgan) 0,04% nitashkil etadi. Yana
ozon, vodorod, neon, ksenon, geliy, metan kabi boshqa gazlar ham bor 2
.
Atmosfera   tarkibini   shakllanishida   uchta   bosqich   ajratiladi:   1)   Yerning
dastlabki   atmosferasi   suv   bug‘lari,   vodorod   ammiak   va   vodorod   sulfatidan
iborat   bo’lgan.   Suv   bug‘lari   Quyoshning   ultrabinafsha   nurlari   ta’sirida
vodorod   bilan   kislorodga   parchalanib   turgan   bo‘lsa   ham,   u   vaqtdagi
1
Goudie A. Physische Geogra p hie. Germany.  2002 .  41-bet.
2
Robert E. Gabler, James F. Petersen, L. Michael Trapasso. Essentials of Physical Geography.2007 .  Thomson 
Brooks/Cole, a part of The Thomson Corporation.Thomson, the Star logo, and Brooks/Cole are trademarks used 
herein under license.  88-bet. atmosferada   yerkin   kislorod   bo‘lmagan.   Erkin   kislorod   ammiak   oksidlanib,
azot   va   suvga   aylanishiga,   shuningdek   metan   bilan   uglerodning
oksidlanishiga   sarf   bo‘lgan.   Vodorodning   bir   qismi   kosmik   fazoga   tarqalib
turgan. Karbonat angidrid Yer po‘stining boshqa elementlari bilan reaksiyaga
kirishib,   ohaktosh   va   boshqa   karbonatli   jinslarni   hosil   qilgan;   2)   ikkinshi
bosqichda atmosfera karbonat angidriddan iborat bo‘lgan. Karbonat angidrid
vulkanlar   otilganda   mantiuadan   chiqib   ke1gan.   Qadimda   vulkanlar   ko‘p
otilib turgan. Atmosferaning karbonat angidridli bosqichi toshko‘mir davrida
tugagan.   Ushbu   davrda   yashil   o‘simliklar   fotosintez   jarayonida   karbonat
angidridni   unutib,   havoga   erkin   kislorod   chiqargan;   3)   uchinchi   bosqich
paleozoyning   oxiridan   boshlangan.   Mazkur   davrdan   boshlab   atmosfera
tarkibi hozirgi holatga ega bo‘lgan. Bunday havo tarkibining tarkib topishida
va saqlanib qolishida tirik mavjudotlar muhim o‘rin tutgan. 
1-jadval
Atmosferaning gaz tarkibi
O‘zgarmas (doimiy) O‘zgaruvchan (vaqtincha)
Gaz Belgisi % Gaz Belgisi %
Azot N
2 78,08 Suv bug‘i H
2 O 0-4
Kislorod O
2 20,95 Karbonat
angidridi CO
2 0,037
Argon Ar 0,93 Metan CH
4 0,00017
Neon Ne 0,0018 Azot oksidi N
2 O 0,00003
Geliy He 0,0005 Ozon O
3 0,000004
Vodorod H
2 0,00006 Chang,
qurum
parchalari 0,000001
Kenon Xe 0,000009 Xlorofol
uglerod 0,0000000
2 Azot   atmosferada   katta   miqdorni   tashkil   qiladi.   Uning   manbai   ammiak
bo‘lishi   mumkin.   Azot   bog‘langan   holda   organik   birikmalarda   keng
tarqalgan. Bunday azot asosan bakteriyalarning yerkin azotning to‘plashidan
hosil   bo‘ladi.   Azotning   birikmalardan   ajralib   chiqishi   ham   asosan
bakteriyalar   ta’sirida   ro‘u   beradi.   Atmosferada   azot   kislorod   aralashmasi
rolini   o’unab,   oksidlanish   sur’atini   va   biologik   jarauonlarini   tartibga   solib
turadi.   Azot   uncha   faol   emas,   ammo   atmosferada   eng   keng   tarqalgan   gaz.
Azot   juda   ko‘p   organizmlar   tomonidan   bevosita   havodan   emas,   balki   azot
to‘playdigan bakteriyalar va suv o‘tlari orqali o‘zlashtiriladi. 
Kislorod kimyoviy jihatdan o‘ta faol yelement. Kislorod Yerda eng keng
tarqalgan   elementlardan   hisoblanadi.   Uning   asosiy   qismi   bog‘langan   holda
mavjud,   barcha   kislorod   miqdorining   faqat   0,01   qismigina   erkin   holdadir.
Erkin   kislorod   dastlab,   suv   bug‘larining   Quyoshning   ultrabinafsha   nurlari
ta’siri   ostida   fotoximik   parchalanishidan   hosil   bo‘lgan.   Lekin   yerkin
kislorodning   asosiy   qismi   yashil   o‘simliklar   fotosintez   vaqtida   hosil
bo‘ladigan kisloroddan og‘irroqdir. Uning og‘irligi SO
2  gazning ultrabinafsha
nurlari   ta’sirida   parchalanishidan   hosil   bo‘ladigan   “og‘ir”   kislorod   hisobiga
ortadi.   Kislorodning   atmosferada   bo‘lishi   hayot   omili   –   nafas   olishning
zaruriy   shartidir.   Kislorod   organizmlarni   hosil   qiluvchi   oqsil,   yog‘   va
uglevodlar tarkibiga kiradi. Organizmlar hayot kechirish uchun zarur bo‘lgan
energiyani oksidlanish hisobiga oladi. Atmosferada taxminan 1015 t kislorod
bor. Fotosintez jarayonida atmosferaga yiliga 20x1016 g kislorod chiqariladi.
Vaqtincha (o‘zgaruvchan) tarkiblarga SO
2 , O
3 , suv bug‘lari, ayerozollar
kiradi.   Karbonat   angidrid   havoga   vulqonlardan,   gidrosfera   suvidan,
mavjudotlarning rarshalanishidan keladi. Karbonat angidridning atmosferada
miqdori kam, ammo u geogratik qobiqning faoliyatida katta ahamiyatga ega.
Organik moddalarni hosil bo‘lishida karbonat angidrid fotosintez jarayonida
asosiy material bo‘lib hisoblanadi. Suv   tarkibidagi   karbonat   angidrid   gazi   suvning   erituvchanlik   xossasini
oshiradi   va   tog‘   jinslarining   nurashida   bir   omil   bo‘ladi.   U   Yerning   issiqlik
balansini   tartibga   solib   turuvchi   omillardan   biridir,   chunki   u   qisqa   to‘lqinli
Quyosh   radiatsiyasini   o‘tkazib   yuborib,   Yer   tarqatadigan   uzun   to‘lqinli
issiqlik nurini yutib qoladi. 
Yer   Atmosferasida   juda   muhim   gazlardan   biri   ozon   bo‘lib,   u   ozon
qatlamini hosil qilgan. Ozon kislorod molekulasining ultrabinafsha nurlar va
elektr   zaryadlari   ta’sirida   atomlarga   parchalanishi,   so‘ngra   ushbu
atomlarning   molekulalar   bilan   qo‘shilishi   natijasida   hosil   bo‘ladi.   Vu
gazning asosiy massasi atmosferada to’rlangan, u joyda ozon pardasini hosil
qiladi.   Ozon   pardasi   quruqlik   va   suv   organizmlari   hayoti   uchun   muhim
ahamiyatga   ega.   U   Quyoshdan   keladigan   ultrabinafsha   nurlarini   yutadi.
Ozonning   miqdori   Yer   yuzasida   juda   kam 3
. Shaqmoqdan   keyin   hamda
tog‘larda tepaga ko‘tarilgan sari biroz ortadi. 
Suv bug‘lari atmosferaga Yer yuzasidan keladi va uning miqdori keskin
o‘zgaruvchan bo‘ladi hamda tabiiy geografik sharoitga bog‘liq. Yer yuzasida
suv bug‘larining miqdori 0,2 % dan (qutbiy o‘lkalarda) 2,5 % ga (yekvatorda)
teng. Balandlik ortgan sari kamayib boradi. Karbonat angidrid va suv bug‘lari
filtr sifatida Yerning uzun to‘lqinli nurlarini ushlab qoladi. Natijada issiqxona
effekti vujudga keladi. 
2. Atmosferaning bo‘ylama tuzilishi
Atmosferada   yuqoriga   ko‘tarilgan   sari   havoning   zichligi   va   harorati
o‘zgarib   boradi.   Shu   munosabat   bilan   atmosferada   ma’lum   bir
xustlsiyatlarga   ega   bo‘lgan   alohida   qatlamlar   vujudga   kelgan.   Bular
troposfera, stratosfera, mezosfera va termosferadir (15.1-rasm).
3
Robert E. Gabler, James F. Petersen, L. Michael Trapasso. Essentials of Physical Geography.2007 .  
Thomson Brooks/Cole, a part of The Thomson Corporation .  Thomson, the Star logo, and Brooks/Cole are
trademarks used herein under license.  91-bet. Troposfera   geografik   qobiq   tarkibiga   to‘la   kiradi   va   Yerning   ta’sirda
isiydi. Eng quyi qatlam – troposferada haroratga bog‘liq holda ob-havoning
asosiy   qismi   yuzaga   keladi.   Troposferada   harorat   har   1000   metrda   6,4°C
dan kamayadi. Bu vertical harorat radiyenti deb ataladi. U tropopauza deb
ataluvchi   oraliq   qatlamda   keskin   o‘zgaradi.   Tropopauza   balandligi
mavsumga   bog‘liq   o‘zgarib   turadi;   biroq   u   ekvator   ustida   eng   yuqori
(taxminan 16 da 17 km gacha) va qutblarda eng pastda (taxminan 8 dan 10
km gacha) bo‘ladi 4
.
Troposferada   atmosfera   massasining   80   %   to‘plangan.   Yerning   tortish
kuchi  va  gazlar qisilishi  tufayli  havo Yer yuzasida  yuqorida aytganimizdek,
juda   zich   bo‘ladi.   Shuning   uchun   quyi   besh   kilometrlik   qatlamda   atmosfera
massasining   50   %   to‘plangan.   Havoning   Yer   yuzasidan   qaytgan   issiqlik
hisobiga isishi troposferada ko‘tarilma va pastlama havo oqimlarini vujudga
keltiradi.   Bunday   oqimlar   konvektiv   oqimlar   deb   ataladi.   Konvektiv
oqimlarining   yo‘nalishi   (yuqori   va   past),   ularning   kechish   sur’ati   vaqt   va
makonda  ancha  tez   o‘zgarib   turadi.   Natijada  Yer   yuzasi  yaqinida  murakkab
va   o‘zgarib   turadigan   barik   tizim,   ya’ni   yuqori   va   past   bosim   hududlari
vujudga keladi. 
Troposferada   havoning   harakati   natijasida   turli   tezlikda   esadigan
shamollar   vujudga   keladi.   Troposferada   bulutlar   hosil   bo‘lib,   yog‘inlar
yog‘adi. Troposfera issiqlikni Yer yuzasidan oladi. Tirik mavjudotlar, nurash
jarayoni,   yotqiziqlarning   hosil   bo‘1ishi   va   boshqa   jarayonlar   atmosferaning
gaz  tarkibini  tashkil   qiladi.   Ob-havo  va  iqlimni  vujudga   keltiradigan   barcha
jarayonlar shu yerda sodir bo‘ladi. 
Atmosferaning   Yer  yuzasiga   yaqin   qismida   ekvatorda   harorat   o‘rtacha
26°S. Yuqoriga ko‘tarilgan sari havoning adiabatik sovish natijasida harorat
har   100   m   balandlikda   0,6-0,9°S   dan   (har   l000   kilometr   balandlikda   6°S
4
Goudie A. Physische Geogra p hie. Germany.  2002 .  41-bet. dan) pasaya boradi 5
  va trorosferaning yuqorigi chegarasida ekvator ustida -
70°S gacha, shimoliy qutb ustida -45° dan -65°S gacha pasayadi. Navoning
qutblarga   nisbatan   ekvator   tepasida   ko‘proq   sovib   ketishi   bu   yerda   havoni
ba1and   ko‘tarilishiga   sabab   bo‘ladi.   Tropopuaza   troposfera   bilan   stratosfera
oralig‘ida joylashgan. Qalinligi 1 km atrofida. Havoning konvektiv oqimlari
trororauzadan yuqoriga ko‘tarilmaydi. Tropopuaza mo‘tadil mintaqada 8 km
balandlikdan o‘tadi, ekvator ustida esa 16-18 km yuqorida joylashadi. Uning
balalandligi   fasllar   bo‘yicha   o‘zgarib   turadi.   Yozda   qishdagidan   balandroq,
siklonlarda   pastroq,   antitsiklonlarda   balandroq   bo‘ladi.   Tropopuaza   bir   xil
havo   massalari   ustida   aniq   namouon   bo‘ladi.   Havo   frontlari   ustida   esa   bir
tomongaoqqan va bo‘lingan bo‘ladi.
Tropopauzada keyin stratosfera boshlanadi. Stratosferada harorat yana
sekin   ko‘tariladi   va   deyarli   50   km   balandlikda   0°C   ga   yetadi.   Ushbu   zona
tarkibida zararli ultrabinafsha nurlariga qarshi filtr sifatida xizmat qiluvchi
ozon (O
3 ) saqlaydi.
Stratosfera   Yer   yuzasidan   ko‘tarilgan   konvektiv   havo   oqimi   yeta
olmaydigan   balandliklardan   boshlanadi.   Stratosfera   40-60   km   gacha
ko‘tariladi.   Mazkur   qatlamda   havo   xususiyatlarining   sifat   jihatidan   sekin
o‘zgarishiga   Yer   yuzasi   ta’sirining   birdaniga   kamayishi   sabab   bo‘ladi.
Stratosferada   atmosferaning   20   %   massasi   to‘plangan.   Ushbu   qatlamda
havoning   zichligi   va   bosimi   juda   kam.   Shuning   uchun   bu   yerda   faqat
binafsha   rangli   nurlar   tarqaladi,   shu   sababli   osmon   binafsha   rangda   bo‘ladi.
Stratosfera   ham   troposferadagi   gazlardan   iborat,   ammo   bu   yerda   ozonning
ulushi   ko‘proq,   ammo   miqdori   kam.   Stratosferada   ozon   15-30   km
balandliklar oralig‘ida tarqalgan. Ozonning miqdori kam bo‘lishiga qaramay,
u troposfera xususiyatlarining shakllanishida va Yer yuzasidagi hayotda juda
muhim ahamiyatga ega. 
5
Goudie A. Physische Geogra p hie. Germany.  2002 .  41-bet. Shunki   ozon   qatlami   tirik   organizmlar   uchun   xavfli   bo’lgan   qisqa
to‘lqinli   ultrabinafsha   nurlarini   yutib   oladi.   Stratosferada   20   km,
balandlikkacha   harorat   o‘zgarmaydi.   Vu   qatlam   quyi   qatlam   deyiladi.
Mazkur qatlam ozon pardasi joylashgan balandlikkacha davom etadi. Yuqori
qatlamda   havo   harorati   doimo   ortib   boradi.   Buning   asosiy   sababi   ozon
qatlamining   qisqa   to‘lqinli   radioatsiyani   yutishi   patijasida   qizib   ketishidir.
Mazkur   qatlam   yuqori   stratosfera   deb   ataladi.   Stratosferani   ozonosfera   ham
deb   atashadi.   Troposfera   bilan   stratosfera   o‘rtasida   gaz   almashinib   turadi,
natijada   stratosferada   suv   bug‘lari   bo‘ladi   va   ozon   pardasidan   pastda   sovuq
qatlamda rang-barang tusda tovlabuvshi sadafrang bulutlar vujudga keladi. 
Yanada   yuqori   balandlikda   –   stratopauzada   harorat   yana   pasayadi,
keyingi   qatlam   –   mezosferada   -80°C   gacha   tushib   ketadi.   Yangi   burilish
mezopauzada taxminan 80 km balandlikda sodir bo‘ladi va bizni yana issiq
termosferaga   olib   chiqadi.   Atmosfera   qatlamlari   ichida   eng   muhimi
troposfera bo‘lib, unda iqlim va ob-havo hodisalari sodir bo‘ladi 6
.
Mezosfera   stratosferaning   yuqori   qismidan,   50   km   balandlikdan
boshlanadi   va   80   km   balandlikkacha   davom   etadi,   harorat   uana   pasayib
boradi   va   yuqori   qismida     90°S   gacha   pasayadi.   Vu   joyda   kumushsimon
bulutlar   hosil   bo‘ladi.   Havoning   zichligi   juda   ham   kam.   Yer   yuzasidagi
zichlikdan 200 baravar katta. 
Astronomlar   va   geograflar  himoya   vazifasiga   qarab   atmosferani   ikkita
qatlamga   –   ozonosfera   va   ionosferaga   ajratishadi   (15.2-rasm).   Pastki
qismida   ozonosfera     qatlami   joylashgan.   Yer   yuzasidan   deyarli   15-50   km
(10-30   mil)   masofada   joylashgan.   Bu   qatlamda   ozon   Quyoshning
ultrabinafsha   nurlarini   va   issiqlik   energiyasini   samarali   filtirlaydi.   Garchi
ozon   Yerning   yuza   qismida   zararli   bo‘lsada,   Yerda   hayot   tizimini
ta’minlashdagi ahamiyati katta.
6
Goudie A. Physische Geogra p hie. Germany.  2002 .  41-bet. Yer   yuzasidan   tahminan   60-400   km   (40-250   mil)   masofada   ionosfera
qatlami   joylashgan.   Ionosferada   molekula   va   atomlar   ultrabinafsha   va
boshqa nurlar ta’siri natijasida ionlashadi.
Azot   va   kislorod   gazlari   ionlashgan   holatda   bo‘ladi.   Quyoshning
ultrabinafsha va elektr radiatsiyasi ta’sirida bu gazlarning molekulalari atom
tuzilishi buziladi. Atomlarning elektron qobiqlaridan ayrim elektronlar ajralib
chiqadi.   Ushbu   joydagi   fazoda   butun   atomlar   ham,   bir   qism   elektronini
yo‘qotgan   atomlar   ham   va   alohida   elektronlar   ham   mavjud.   Moddalarning
bundau holati o‘ta gazsimon, ya’ni plazma holati deb ataladi. Bitta elektroni
ajralib   chiqqan   atom   musbat   zaryadga   ega   bo‘lib   qo1adi.   Ajralib   chiqqan
elektron   esa   manfiy   zaryadga   ega   bo‘ladi.   Vu   elektron   neytral   atom   bilan
qo‘shilib,   uni   ham   manfiy   zaryadlashi   mumkin.   Shunday   qilib,   ionosferada
zaryadlangan zarrachalar qatlamlari hosil bo‘ladi.
Atmosferani   o‘rganuvchi   fiziklar   va   kimyogarlar   atmosferaning
amaldagi kimyoviy tarkibidan xavotirlanadilar. Shu sababli atmosferani ikki
vertikal qatlamga bo‘ladilar.
Birinchi qatlam gomosfera (grekcha, homo – hamma joyda bir xil) deb
nomlanadi. Bu qatlam Yer yuzasidan 80 km gacha cho‘zilgan. Gomosferada
gazlar tarkibi yuqoridagi jadvaldagi kabi bir xil foizda saqlanib qolgan. Bu
qatlamda   aniq   gazlar   tarqalgan   bir   qancha   hududlarni,   ya’ni   Yer   yuzasi
yaqinida   suv   bug‘lari   va   balandda   ozon   qatlami   joylashganligini
aytmaganda katta qismida gaz tarkibi bir xilda saqlanib turadi. Undan keyin
zichlik   va   bosim   keskin   kamayadi   va   80   km   balandlikdan   geterosfera
(grekcha,   hetero   –   turlicha,   o‘zgacha)   boshlanadi.   Bu   qatlamda
atmosferaning   gazlari   unchalik   tekis   aralashmagan   va   alohida-alohida
tarkibli   qatlamchalar   hosil   bo‘ladi.   Bu   bo‘linish   Yer   tortishish   kuchiga bog‘liq   holda   og‘ir   gazlar   yer   yuzasiga   yaqinroq   joylashadi.   Yengil   gazlar
esa ulardan balandda joylashadi 7
.
Yer   tortishini   yengib   chiqqan   vodorod   atomlari   Yer   atrofida   toj   hosil
qiladi.   Yer   toji   20000   km   gacha   tarqaladi.   Unda   gazlar   zichligi   juda   kam
bo‘lsa ham, lekin sayyoralar oralig‘idagi fazodagidan 10 baravar kattadir. 
3. Atmosferaning ahamiyati
  Tirik   organizmlar   hayoti   uchun   havo   va   suv   muhim   hisoblanadi.
O‘simliklar   hayotida   karbonat   angidrid   bilan   bir   qatorda,   suvni   ham   talab
qiladi.   Ma’lumki,   katta   miqdordagi   zararli   nurlarning   ta’siri   ostida   va
ekstremal   haroratlarda   deyarli   barcha   organizmlar   uzoq   yashay   olmaydi.
Tirik organizmlarni bunday hatarlardan Yer atrofini o‘rab olgan atmosfera
himoya qiladi, Yer tizimida issiqlikni va suv sathini ushlab turishga yordam
beradi.   Havo   qobig‘i   yupqa   bo‘lihiga   qaramay,   Yerda   hayot   uchun   zarur
bo‘lgan haroratni saqlaydi va izolyator vazifasini bajaradi. Atmosferasiz Yer
ektremal   harorat   (ya’ni   kecha   va   kunduz   o‘rtasida   250°C   )   ni   boshdan
kechirgan   bo‘lar   edi.   Atmosfera   qalqon   vazifasini   ham   bajaradi.     Demak,
atmosferaning Yer uchun ahamiyati quyidagilardan iborat:
7
Robert E. Gabler, James F. Petersen, L. Michael Trapasso. Essentials of Physical Geography.2007 .  
Thomson Brooks/Cole, a part of The Thomson Corporation .  Thomson, the Star logo, and Brooks/Cole are
trademarks used herein under license.  94-bet. Asosiy adabiyotlar:
1. Abdunazarov   O`.Q.,   Mirakmalov   M.T.,   Sharipov   Sh.M.   Umumiy   tabiiy
geografiya. –Toshkent, Barkamol fayz media nashriyoti.  2018. 328 b.
2. Vahobov H. Umumiy Yer bilimi. Darslik. –T oshkent : Bilim, 2005.
3. Геренчук К.И., Боков В.А. Черванов И.Г. Общее землеведение. -М.: Высшая
школа, 1984. -256 с.
4. Мильков Ф.Н. Общее землеведение. -М.: Высшая школа, 1990.
5. Савцова Т.М. Общее землеведение. -М.: Академия, 2013.   
6. Шубаев Л.П. Умумий ер билими. –Тошкент: Ўқитувчи, 1975.
7. Goudie A. Physische Geograhfie. Germany,1997.   
8. World   Regional   Geography   (This   text   was   adapted   by   The   Saylor   Foundation   
under   a   Creative   Commons   Attribution-NonCommercial-ShareAlike   3.0   License
without   attribution   as   requested   by   the   work’s   original   creator   or   licensee).
www.sayior.org/books    .  
9. Nicholas   Clifford,Shaun   French   and   Gill   Valentine.   Key   Methods   in   Geography.   
2010.
10. Robert E. Gabler, James F. Petersen, L. Michael  Trapasso. Essentials of Physical
Geography.2007.   Thomson   Brooks/Cole,   a   part   of   The   Thomson
Corporation.Thomson, the Star logo, and Brooks/Cole are trademarks used herein
under license.

ATMOSFERA Reja: 1. Atmosferaning tarkibi 2. Atmosferaning bo‘ylama tuzilishi 3. Atmosferaning ahamiyati

1. Atmosferaning tarkibi Atmosfera Yerni bir necha ming kilometr balandlikda o‘rab turuvchi gazlarning aralashmasidan iborat bo‘lib, uning asosiy qismini azot va kislorod tashkil etadi. Ushbu havo qatlami Yerdagi og‘irlik kuchi ta’sirida bo‘ladi. U dengiz sathida joylashgan, eng yuqori zichligi shu yerda, yuqoriga ko‘tarilgan sari esa zichlik kamayib boradi. Bu havoning siqiluvchan ekanligi tufayli sodir bo‘ladi. Dengiz sathida havo bosimi o‘rtacha 1013 millibarni tashkil etadi, ayni paytda 5000 metr balandlikda bor-yo‘g‘i 550 millibarga teng bo‘ladi 1 . Yer atrofini o‘rab olgan havo qobig‘i taxminan 480 km (300 mil) ga cho‘zilgan. Uning zichligi balandlik oshgan sayin kamayib boradi. Atmosfera havosining 97% i 25 km (16 mil) balandlikda joylashgan. Shu sababli havo massasi Yer yuzasida bosimni yuzaga keltiradi. Dengiz sathida bosim kvadrat santimetrga taxminan 1034 grammni tashkil qiladi. Atmosferaning tarkibi bir qancha gazlarning aralashmasidan iborat bo‘lib, Yer tabiatining bir qismi sifatida uzoq geologik davr mobaunida shakllangan. Atmosfera doimiy va vaqtincha tarkiblardan iborat (15.1- jadval). Atmosferaning doimiy tarkibi turli xil gazlar aralashmasidan iborat. Atmosferaning 78% dan ortig‘iniazot, 21% kislorod, 1% argon, karbonat angidridi esa (so‘nggi yillarda salmog‘ioshgan) 0,04% nitashkil etadi. Yana ozon, vodorod, neon, ksenon, geliy, metan kabi boshqa gazlar ham bor 2 . Atmosfera tarkibini shakllanishida uchta bosqich ajratiladi: 1) Yerning dastlabki atmosferasi suv bug‘lari, vodorod ammiak va vodorod sulfatidan iborat bo’lgan. Suv bug‘lari Quyoshning ultrabinafsha nurlari ta’sirida vodorod bilan kislorodga parchalanib turgan bo‘lsa ham, u vaqtdagi 1 Goudie A. Physische Geogra p hie. Germany. 2002 . 41-bet. 2 Robert E. Gabler, James F. Petersen, L. Michael Trapasso. Essentials of Physical Geography.2007 . Thomson Brooks/Cole, a part of The Thomson Corporation.Thomson, the Star logo, and Brooks/Cole are trademarks used herein under license. 88-bet.

atmosferada yerkin kislorod bo‘lmagan. Erkin kislorod ammiak oksidlanib, azot va suvga aylanishiga, shuningdek metan bilan uglerodning oksidlanishiga sarf bo‘lgan. Vodorodning bir qismi kosmik fazoga tarqalib turgan. Karbonat angidrid Yer po‘stining boshqa elementlari bilan reaksiyaga kirishib, ohaktosh va boshqa karbonatli jinslarni hosil qilgan; 2) ikkinshi bosqichda atmosfera karbonat angidriddan iborat bo‘lgan. Karbonat angidrid vulkanlar otilganda mantiuadan chiqib ke1gan. Qadimda vulkanlar ko‘p otilib turgan. Atmosferaning karbonat angidridli bosqichi toshko‘mir davrida tugagan. Ushbu davrda yashil o‘simliklar fotosintez jarayonida karbonat angidridni unutib, havoga erkin kislorod chiqargan; 3) uchinchi bosqich paleozoyning oxiridan boshlangan. Mazkur davrdan boshlab atmosfera tarkibi hozirgi holatga ega bo‘lgan. Bunday havo tarkibining tarkib topishida va saqlanib qolishida tirik mavjudotlar muhim o‘rin tutgan. 1-jadval Atmosferaning gaz tarkibi O‘zgarmas (doimiy) O‘zgaruvchan (vaqtincha) Gaz Belgisi % Gaz Belgisi % Azot N 2 78,08 Suv bug‘i H 2 O 0-4 Kislorod O 2 20,95 Karbonat angidridi CO 2 0,037 Argon Ar 0,93 Metan CH 4 0,00017 Neon Ne 0,0018 Azot oksidi N 2 O 0,00003 Geliy He 0,0005 Ozon O 3 0,000004 Vodorod H 2 0,00006 Chang, qurum parchalari 0,000001 Kenon Xe 0,000009 Xlorofol uglerod 0,0000000 2

Azot atmosferada katta miqdorni tashkil qiladi. Uning manbai ammiak bo‘lishi mumkin. Azot bog‘langan holda organik birikmalarda keng tarqalgan. Bunday azot asosan bakteriyalarning yerkin azotning to‘plashidan hosil bo‘ladi. Azotning birikmalardan ajralib chiqishi ham asosan bakteriyalar ta’sirida ro‘u beradi. Atmosferada azot kislorod aralashmasi rolini o’unab, oksidlanish sur’atini va biologik jarauonlarini tartibga solib turadi. Azot uncha faol emas, ammo atmosferada eng keng tarqalgan gaz. Azot juda ko‘p organizmlar tomonidan bevosita havodan emas, balki azot to‘playdigan bakteriyalar va suv o‘tlari orqali o‘zlashtiriladi. Kislorod kimyoviy jihatdan o‘ta faol yelement. Kislorod Yerda eng keng tarqalgan elementlardan hisoblanadi. Uning asosiy qismi bog‘langan holda mavjud, barcha kislorod miqdorining faqat 0,01 qismigina erkin holdadir. Erkin kislorod dastlab, suv bug‘larining Quyoshning ultrabinafsha nurlari ta’siri ostida fotoximik parchalanishidan hosil bo‘lgan. Lekin yerkin kislorodning asosiy qismi yashil o‘simliklar fotosintez vaqtida hosil bo‘ladigan kisloroddan og‘irroqdir. Uning og‘irligi SO 2 gazning ultrabinafsha nurlari ta’sirida parchalanishidan hosil bo‘ladigan “og‘ir” kislorod hisobiga ortadi. Kislorodning atmosferada bo‘lishi hayot omili – nafas olishning zaruriy shartidir. Kislorod organizmlarni hosil qiluvchi oqsil, yog‘ va uglevodlar tarkibiga kiradi. Organizmlar hayot kechirish uchun zarur bo‘lgan energiyani oksidlanish hisobiga oladi. Atmosferada taxminan 1015 t kislorod bor. Fotosintez jarayonida atmosferaga yiliga 20x1016 g kislorod chiqariladi. Vaqtincha (o‘zgaruvchan) tarkiblarga SO 2 , O 3 , suv bug‘lari, ayerozollar kiradi. Karbonat angidrid havoga vulqonlardan, gidrosfera suvidan, mavjudotlarning rarshalanishidan keladi. Karbonat angidridning atmosferada miqdori kam, ammo u geogratik qobiqning faoliyatida katta ahamiyatga ega. Organik moddalarni hosil bo‘lishida karbonat angidrid fotosintez jarayonida asosiy material bo‘lib hisoblanadi.

Suv tarkibidagi karbonat angidrid gazi suvning erituvchanlik xossasini oshiradi va tog‘ jinslarining nurashida bir omil bo‘ladi. U Yerning issiqlik balansini tartibga solib turuvchi omillardan biridir, chunki u qisqa to‘lqinli Quyosh radiatsiyasini o‘tkazib yuborib, Yer tarqatadigan uzun to‘lqinli issiqlik nurini yutib qoladi. Yer Atmosferasida juda muhim gazlardan biri ozon bo‘lib, u ozon qatlamini hosil qilgan. Ozon kislorod molekulasining ultrabinafsha nurlar va elektr zaryadlari ta’sirida atomlarga parchalanishi, so‘ngra ushbu atomlarning molekulalar bilan qo‘shilishi natijasida hosil bo‘ladi. Vu gazning asosiy massasi atmosferada to’rlangan, u joyda ozon pardasini hosil qiladi. Ozon pardasi quruqlik va suv organizmlari hayoti uchun muhim ahamiyatga ega. U Quyoshdan keladigan ultrabinafsha nurlarini yutadi. Ozonning miqdori Yer yuzasida juda kam 3 . Shaqmoqdan keyin hamda tog‘larda tepaga ko‘tarilgan sari biroz ortadi. Suv bug‘lari atmosferaga Yer yuzasidan keladi va uning miqdori keskin o‘zgaruvchan bo‘ladi hamda tabiiy geografik sharoitga bog‘liq. Yer yuzasida suv bug‘larining miqdori 0,2 % dan (qutbiy o‘lkalarda) 2,5 % ga (yekvatorda) teng. Balandlik ortgan sari kamayib boradi. Karbonat angidrid va suv bug‘lari filtr sifatida Yerning uzun to‘lqinli nurlarini ushlab qoladi. Natijada issiqxona effekti vujudga keladi. 2. Atmosferaning bo‘ylama tuzilishi Atmosferada yuqoriga ko‘tarilgan sari havoning zichligi va harorati o‘zgarib boradi. Shu munosabat bilan atmosferada ma’lum bir xustlsiyatlarga ega bo‘lgan alohida qatlamlar vujudga kelgan. Bular troposfera, stratosfera, mezosfera va termosferadir (15.1-rasm). 3 Robert E. Gabler, James F. Petersen, L. Michael Trapasso. Essentials of Physical Geography.2007 . Thomson Brooks/Cole, a part of The Thomson Corporation . Thomson, the Star logo, and Brooks/Cole are trademarks used herein under license. 91-bet.