logo

Atmosfera havosining ifloslanishi va uni muhofaza qilish

Yuklangan vaqt:

16.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

229.3837890625 KB
Mav zu:  Atmosfera havosining 
ifloslanishi va  uni muhofaza 
qilish.              
Reja

         1. Atmosfera haqida umumiy tushuncha. 

         2. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar.

         3. Havoning ifloslanishi natijasida vujudga keladigan salbiy 

             holatlar va uning oqibatlari.

         4. Atmosferani muhofaza qilish.              At mosfera haqida umumiy  t ushuncha.
       Atmosfera so'zi yunoncha tildan olingan bo'lib, (atm-bug', sfera-
qobiq) ya'ni havo qobig'i degan ma'noni anglatib, biosferada hayot 
mavjudligini ta'minlovchi asosiy manbalardan biridir. Atmosfera erning 
himoya qatlami hisoblanadi, u barcha tirik organizmlarni zararli kosmik 
nurlardan, samodan tushadigan meteoritlarning zarrachalaridan himoya 
qilib turadi. Sayyoramiz yuzasidagi issiqlikni saqlaydi. Agarda havo qobig'i 
bo'lmaganida edi, er yuzida kunduzi +1000S  va kechqurun -1000S 
harorat kuzatilgan bo'lar edi. Unda bulutlar paydo bo'ladi, yomg'ir, qor 
bunyodga keladi, shamol hosil bo'ladi, shuningdek erga namlik berib, 
tovush o'tkazadi va hayotbaxsh kislorod manbai hisoblanadi.              
Atmosferaning gaz tarkibi deyarli doimiy bo'ladi: asosan azot-78,09%, kislorod-
20,95%, argon-0,93%, karbonat angidrid-0,03% mavjud. Shu bilan birga yana 
inert gazlar: geliy, neon, ksenon, vodorod, kripton, metan, ammiak, yod, radon 
gazlar va havoda doim 3-4 % suv bug'lari, changlar bo'ladi. 

        Atmosferani tashkil etgan havo zichlikka ega. Bosim yuqoriga ko'tarilgan 
sari gazlarning zichligi kamayib boradi. Havo qobig'i o'z og'irligi bilan bizni va 
atmosferadagi barcha narsalarni bosib turadi. YEr atmosferasi qobig'ining 
massasi 5,27 . 1015 tonnani tashkil etadi. 

            At mosfera hav osini ifl oslant iruv chi manbalar.

Atmosferada sodir bo'ladigan fizik, kimyoviy va biologik o'zgarishlar tirik 
organizmlarga o'z ta'sirini ko'rsatadi. So'nggi yillarda inson ta'sirining kuchayishi 
natijasida gazlar muvozanatining o'zgarishi kuzatilmoqda. Atmosferadagi gazlar 
doimiy miqdorining o'zgarishi sayyoramiz uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi 
aniqlangan. 

Buyuk mutafakkir Abu Ali Ibn Sino aytganidek “Agar havoda chang va 
tutun bo'lmasa inson ming yilgacha umr ko'rgan bo'lardi”.                              
Atmosferaning ifloslanishi deganda havoga zaharli birikmalarning qo'shilishi 
natijasida uning fizik va kimyoviy xususiyatlarini o'zgarishi tushuniladi. 

Insoniyatga qolaversa, barcha jonivorlarga hayot baxsh etadigan atmosfera 
havosini hozir asosan ikki manba: tabiiy omillar va inson faoliyatining mahsuli – 
antropogen (sun'iy) manba ifloslantiradi. Tabiiy omillarga: kosmik changlar, 
vulqonlarning otilishidan, tog' jinslarining emirilishi va tuproqning nurashidan 
vujudga kelgan moddalar, o'simlik va hayvon qoldiqlari, o'rmon va dashtdagi 
yong'in, dengiz suvining mavjlanishi bilan havoga chiqqan tuz zarrachalari 
kabilarni misol qilib ko'rsatish mumkin.  

Atmosferaning sun'iy ifloslanishiga: avtomobil transporti  birinchi o'rinni 
(40%), energetika sanoati ikkinchi o'rinni (20%), korxona va tashkilot ishlab 
chiqarishi uchinchi o'rinni (14%), qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi, maishiy 
kommunal xo'jaligi va boshqalar zimmasiga ifloslanishning (26%) to'g'ri keladi. 

  YEr sharining har xil mintaqalarida qaysiki, qaerda kimyoviy korxonalar ko'p 
bo'lgan joylarda atmosfera havosining ifloslanishi juda sezilarlidir. Masalan: 
Yaponiyada, AQShda, YEvropada, Rossiyada, Tojikiston  (TADAZ) va Xitoyda, 
respublikamizda esa Toshkent, Farg'ona, Chirchiq, Bekobod, Navoiy, Olmaliq kabi 
shaharlarni ko'rsatish mumkin.               
Hav oning ifl oslanishi nat ijasida v ujudga k eladigan salbiy  holat lar v a  

           uning oqibat lari.

Havoning kuchli ifloslanishi insonlar sog'lig'iga, qolaversa barcha 
jonzotlarga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bir kishi sutka davomida o'rtacha 25 kg havo 
bilan nafas oladi. Havo tarkibidagi zarali chang, qurumlar, zararli gazlar kishi 
organizmida to'planaveradi. Oqibatda teri va ko'z kasalliklari, jigar serrozi, 
qonbosimining ortishi, surunkali bronxit, enfizima, nafas qisish va o'pka raki 
kabi kasalliklarning ko'payishiga sabab bo'ladi. Bolalar o'rtasida umumiy 
kasallanishning ortishi qayd qilingan. 

Havoda oltingugurt oksidi ko'p bo'lishi natijasida kishilarda bronxit, 
gastrit kasalliklari vujudga keladi.

Atmosfera havosining ifloslanishi o'simlik va hayvonlarga ham zarar 
etadi. O'simlik barglariga, tuproq va suv orqali esa ildiziga o'tadi. Ifloslangan 
havo o'simliklarni zararlab, ularda modda va energiya almashinuvini buzadi. 
Qishloq xo'jalik ekinlari va mevali daraxtlar ham kam hosilli bo'lib qoladi. Sanoat 
va transportdan chiqqan zararli gazlar fotosintez jarayoniga salbiy ta'sir 
ko'rsatadi. Transpirasiyani 3 barobargacha qisqartiradi.                            
Atmosferaning ifloslanishi hayvonlarga ham ta'sir etib, ularning zaharlanishiga, 
ba'zan esa nobud bo'lishiga sabab bo'lmoqda. Hayvon turlarining kasallanib, zaharlanib, 
qirilib ketishida urushlarning, xususan AQShning Vetnamda, Laosda olib borgan 
urushlarida kimyoviy qurollarni qo'llash tufayli 170 qush turidan hozir 24 qush turi, 55 sut 
emizuvchilar turidan 5 turi qolgan.     

        Atmosferaga milliard tonnalab SO2 gazining chiqarilishi natijasida sayyoramizning 
o'rtacha harorati 1850 yilga nisbatan 0,5oS ga oshganligi aniqlangan. Agar atmosferadagi 
SO2 ning miqdori ortib boraversa, uning miqdori 2025 yilga borib 0,0379% ga etishi 
mumkin, bu esa er sayyorasi haroratini 1,8oS gacha ko'tarilishi taxmin qilinmoqda. YEr 
atmosferasi haroratining o'sishi, muzliklarning erishiga, suv sathining ko'tarilishiga olib 
keladi, bu esa ekin maydonlarini kamaytiradi, yog'in-sochin miqdori ko'payib, iqlim 
o'zgaradi. 

Oxirgi 25-30 yil ichida kislotali yomg'irlar ayrim davlatlarda haqiqiy ekologik 
falokatga aylanib qoldi. Har qanday qazilma yoqilg'i yondirilganda chiqindi gazlar tarkibida 
oltingugurt va azot qo'sh oksidlari bo'ladi. Atmosferaga millionlab tonna chiqarilayotgan 
bu birikmalar yomg'irni kislotaga aylantiradi. So'nggi yillarda AQSh, Kanada, Germaniya, 
Shvesiya, Norvegiya, Rossiya va boshqa rivojlangan davlatlarda kislotali yomg'irlar ta'sirida 
katta maydondagi o'rmonlar quriy boshladi. Bunday yomg'irlar tuproq hosildorligini 
pasaytiradi, binolar, tarixiy yodgorliklarni emiradi, inson sog'ligiga zarar etkazadi.                             
Amerikalik meterolog Luis Battan aytganidek: “Yoki insonlar havodagi tutunni 
kamaytiradilar, aks holda tutun er yuzida insonlarni kamaytiradi”.

Rivojlangan mamlakatlarda tashqi muhitning ifloslanishi avtomobil 
dvigatellari chiqarayotgan zaharli moddalar tufayli yuz berayotir. Ba'zi kapitalistik 
mamlakatlarda, masalan: Yaponiyada avtomobillarning ko'pligi natijasida ko'cha 
harakatini boshqaruvchi polisiya xodimi har 2 soatda kislorod maskasini 
almashtirib turishga majbur bo'ladi. Shu sababli ham mutaxassislar 
avtomobillarni “g'ildirakdagi ximiyaviy fabrika” deyishadi. Mashina motori 
chiqargan gaz tarkibida uglerod oksidlari, karbonat angidrid, aldegidlar, azot 
oksidlari, uglevodlar, qo'rg'oshin birikmalari bo'lib, ular inson sog'ligiga salbiy 
ta'sir ko'rsatadi, uglerod oksidlari qondagi gemoglabin bilan birikib, uning 
kislorod tashishi funksiyasini pasaytiradi. Qo'rg'oshin birikmasi nafas olish yo'llari 
orqali o'tib kishilarning yurak-qon tomirlarini shikastlar ekan.

O'zbekiston Respublikasida ham atmosfera havosining ifloslanishi eng asosiy 
ekologik muammolardan biri hisoblanadi. Aholi, sanoat va transport yuqori 
darajada to'plangan Toshkent va Farg'ona iqtisodiy rayonlari, metallurgiya, kimyo 
va mashinasozlik markazlari bo'lgan Olmaliq, Toshkent, Farg'ona, Bekobod, 
Andijon, Chirchiq, Navoiy shaharlarida havoning ifloslanish darajasi ancha yuqori.               
A t mosferani muhofaza qilish.

Yuqoridagi ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki atmosfera havosi inson 
hayoti, qolaversa tabiatdagi muvozanat uchun katta ahamiyat kasb etadi. Shu 
bois atmosfera havosini muhofaza qilish chora-tadbirlaridan ustivori – bu 
ekologik ta'lim-tarbiya ishlarini olib borishdir, chunki atmosfera havosining 
ifloslanishi natijasida sodir bo'ladigan o'zgarishlarni to'liq anglay olgan inson 
to'g'ri va atroflicha xulosa chiqara oladi. 

Havo ifloslanishini oldini olish va kamaytirishning turli yo'llari mavjud. 
Korxonalarda tozalash qurilmalari o'rnatiladi, zararli korxonalar shahar 
chekkasiga chiqariladi, ayniqsa chiqindisiz texnologiyaga o'tish, shuningdek 
transport harakatini tartibga solish metro, elektr transportini rivojlantirish, 
yoqilg'i sifatini yaxshilash, ekologik toza transport vositalarini yaratish havoning 
ifloslanishini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega, shu bilan bir qatorda 
sanoat korxonalari, shahar, dam olish zonalari atroflarini ko'kalamzorlashtirib 
atmosfera havosidagi muvozanatga erishish mumkin.                              Foydalanilgan adabiyotlar 

1. Abdullaev O., Toshmatov Z., Uzbekiston ekologiyasi bugun va 
ertaga. T. Fan, 1992 y.

2. Rafikov A.A., Geoekologik muammolar. T.Ukituvchi, 1997, 112b. 

3. Otaboev Sh., Nabiev M. Inson va biosfera. T.Ukituvchi, 1995, 320 b.

4. Tuxtaev A.S. ekologiya. T.Ukituvchi, 1988, 192b.

5. Shodimetov Yu. Ijtimoiy   ekologiyaga kirish. T.Ukituvchi, 1994.

6.  www.ziyonet.uz  

7.  www.nur.uz

Mav zu: Atmosfera havosining ifloslanishi va uni muhofaza qilish.

 Reja  1. Atmosfera haqida umumiy tushuncha.  2. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar.  3. Havoning ifloslanishi natijasida vujudga keladigan salbiy  holatlar va uning oqibatlari.  4. Atmosferani muhofaza qilish.

At mosfera haqida umumiy t ushuncha. Atmosfera so'zi yunoncha tildan olingan bo'lib, (atm-bug', sfera- qobiq) ya'ni havo qobig'i degan ma'noni anglatib, biosferada hayot mavjudligini ta'minlovchi asosiy manbalardan biridir. Atmosfera erning himoya qatlami hisoblanadi, u barcha tirik organizmlarni zararli kosmik nurlardan, samodan tushadigan meteoritlarning zarrachalaridan himoya qilib turadi. Sayyoramiz yuzasidagi issiqlikni saqlaydi. Agarda havo qobig'i bo'lmaganida edi, er yuzida kunduzi +1000S va kechqurun -1000S harorat kuzatilgan bo'lar edi. Unda bulutlar paydo bo'ladi, yomg'ir, qor bunyodga keladi, shamol hosil bo'ladi, shuningdek erga namlik berib, tovush o'tkazadi va hayotbaxsh kislorod manbai hisoblanadi.

 Atmosferaning gaz tarkibi deyarli doimiy bo'ladi: asosan azot-78,09%, kislorod- 20,95%, argon-0,93%, karbonat angidrid-0,03% mavjud. Shu bilan birga yana inert gazlar: geliy, neon, ksenon, vodorod, kripton, metan, ammiak, yod, radon gazlar va havoda doim 3-4 % suv bug'lari, changlar bo'ladi.  Atmosferani tashkil etgan havo zichlikka ega. Bosim yuqoriga ko'tarilgan sari gazlarning zichligi kamayib boradi. Havo qobig'i o'z og'irligi bilan bizni va atmosferadagi barcha narsalarni bosib turadi. YEr atmosferasi qobig'ining massasi 5,27 . 1015 tonnani tashkil etadi.  At mosfera hav osini ifl oslant iruv chi manbalar.  Atmosferada sodir bo'ladigan fizik, kimyoviy va biologik o'zgarishlar tirik organizmlarga o'z ta'sirini ko'rsatadi. So'nggi yillarda inson ta'sirining kuchayishi natijasida gazlar muvozanatining o'zgarishi kuzatilmoqda. Atmosferadagi gazlar doimiy miqdorining o'zgarishi sayyoramiz uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi aniqlangan.  Buyuk mutafakkir Abu Ali Ibn Sino aytganidek “Agar havoda chang va tutun bo'lmasa inson ming yilgacha umr ko'rgan bo'lardi”.