logo

Biologik xilma – xillikni muhofaza qilish

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2564.052734375 KB
Biologik xilma – xillikni muhofaza qilish
  Reja
1. Biologik xilma – xillik
2. Biologik xilma – xillikni  muhofaza qilish
3. Biologik  xilma – xillikni  saqlash  va  barqaror 
foydalanishning  umumiy yo’li Biologik xilma - xillik
O‘zbekistonda 27 000ta nodir va yo‘qolish xavfi ostidagi turlar mavjud – 
ushbu bioxilma-xillikning muhofazasini yaxshilash usutvor yo‘nalishga 
aylanishi lozim. Butun dunyoning karantinga o‘tishidagi ajib «ijobiy 
oqibatlar» nafaqat yanada  musaffo   osmon  va kamroq ifloslanishda 
namoyon bo‘ldi, balki  yovvoyi   hayvonlarning   aks   holda   inson   hukmronlik  
qilgan   shaharlar   va   boshqa   aholi   yashaydigan   joylarda   qayta   paydo  
bo‘lishida   ko‘rindi . COVID-19 bizning mavjudligimiz, harakatlarimiz va 
harakatsizligimiz bioxilma-xillikka bevosita ta'sir ko‘rsatishini namoyish 
qildi. 22 may kuni O‘zbekistondagi BMTTD vakolatxonasi Xalqaro biologik 
xilma-xillik kunini nishonlaydi, uning umumjahon shiori esa «Bizning 
qarorlarimiz - tabiatda!» bo‘ladi. Biz o‘z iqtisodiyotlarimiz va 
jamiyatlarimizni asta-sekinlik bilan qayta tiklar ekanmiz, Yer sayyorasidagi 
barcha tirik jonzotlar manfaati uchun bioxilma-xillikning yo‘qolishini 
kamaytirish bo‘yicha faoliyat ham O‘zbekistonda, ham butun dunyoda 
e'tibor markaziga aylanishi kerak. . . .O‘zbekiston bizning e'tiborimizga va himoyamizga loyiq turfahil 
atrof-muhitdagi nodir yovvoyi tabiatga ega.   Bizning  
bioxilma-xilligimiz   yo‘qolish   xavfi   ostidagi   ba'zi   turlarni ,  shu  
jumladan   Milliy   Qizil   kitobga   kiritilgan   qor   qoplonini ,  Buxoro  
bug‘usini   va   sayg‘oqlarni   o‘z   ichiga   oladi .  BMTTDning mazkur 
nabotot va hayvonot dunyolarini himoya qilish bo‘yicha faoliyati 
haqiqiy barqaror taraqqiyot nafaqat bioxilma-xillikning 
rivojlanishdagi o‘rnini e'tirof etishi, balki uning saqlanib qolishi 
uchun qulay sharoitlarni ta'minlab berishi lozimligini anglash 
asosiga qurilgan. BMTTD O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan 
buyon ilk yangi yaratilgan muhofaza qilinuvchi hududni – Quyi 
Amudaryo biosfera qo‘riqxonasini tashkillashtirishga yordam 
berdi, muhofaza qilinuvchi hududlarni kengaytirish bo‘yicha 
O‘zbekistonning bosh rejasini, shuningdek 2019-2028 yillardagi 
davr uchun Biologik xilma-xillikni saqlash bo‘yicha Milliy 
strategiya i Harakatlar rejasini (BXSMSHR) ishlab chiqishda 
ko‘maklashdi. . . Biologik xilma – xillikni muhofaza qilish
Tabiiy resurslarni, shu jumladan yaylovlar, nabotot va hayvonot 
dunyosini saqlab qolish va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha 
qonunchilikni takomillashtirish maqsadida siyosiy ko‘mak 
ko‘rsatildi. Amaliy ma'lumotlarga tayangan holda rejalashtirish va 
qarorlarni qabul qilishga ko‘maklashish maqsadida bioxilma-xillikni 
saqlash to‘g‘risidagi ma'lumotlarni boshqarish tizimi ishlab chiqildi. 
Bioxilma-xillikni saqlash bo‘yicha loyihalar O‘zbekistondagi turli xil 
ekotizimlarni, shu jumladan undagi cho‘llarni, Orol dengizi 
havzasini, qirg‘oqlar bo‘ylaridagi hududlarni, suv va botqoq 
hududlarni hamda tog‘larni qamrab oldi, bunda asosiy e'tibor 
yo‘qolish arafasidagi turlarga qaratildi. Global ekologik jamg‘arma 
ko‘magida qor qoplonini va uning o‘ljalarini o‘rganish maqsadida 
qor qoplonini tadqiq qilish va kuzatish Milliy dasturi shakllantirildi, 
shu bilan birga qor qoplonini saqlash bo‘yicha Milliy dastur va 
Harakatlar rejasi tez orada Hukumatga tasdiqlanish uchun taqdim 
etiladi. . .Garchi Hukumat bioxilma-xillikni muhofaza qilish sohasida jiddiy 
natijalarga erishgan bo‘lsa-da, mamlakat uchun tabiiy resurslardan 
va ekotizimlardan mas'uliyatli foydalanish aholi sonining o‘sishi va 
urbanizasiya, jadal islohotlar davrida o‘ta muhim ahamiyat kasb etib 
kelmoqda. O‘zbekiston ekotizimlari iqlim o‘zgarishi oldida o‘ta 
zaifdirlar (bioxilma-xillikning qisqarishiga olib keluvchi cho‘llanish). 
Orol dengizining qurib borishi – bunga achchiq dalolatdir. Bu esa 
iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar ekologik jihatdan barqaror va o‘zaro 
kelishilgan bo‘lishini taqozo qiladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 
Xalqaro biologik xilma-xillik kuni 2001 yildan buyon har yili 
nishonlanadi. 2020 yilning shiori BMTning bioxilma-xillik bo‘yicha o‘n 
yilligining intihosidan darak beruvchi bioxilma-xillikni muhofaza 
qilish bo‘yicha umumjahon sa'y-harakatlarda ushbu yilning 
ahamiyatini aks ettiradi.  Imkon bo‘lganda  bioxilma-xillik   bo‘yicha
 BMT  Sammiti   bo‘lib   o‘tadi , ushbu tadbir 2020 yildan keyingi davr 
uchun bioxilma-xillikning global tarkibini shakllantirishga yordam 
beradi hamda 2030 yilgacha davr uchun barqaror rivojlanish 
sohasidagi Kun tartibiga hissa qo‘shadi. . Biologik xilma – xillikni saqlash va 
barqaror  foydalanishning umumiy 
yo’li
Tabiatni asrash maqsadlariga erishish uchun barcha miqyoslarda harakat 
qilish kerak. Chunonchi, masalan, faqat ilmiy yoki tabiatni muhofaza qilish 
faoliyatini ilgarilatib, buning barobarida moddiy-texnik bazani 
kuchaytirmaslik yoki qonunchilik bazasini yaxshilamaslik mumkin emas. 4 
yil davomida BMTTD va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-
muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Global Ekologik Fond 
moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan “Global ahamiyatga ega 
bioxilma-xillik uchun muhim asosiy tog‘li hududlarda tabiiy resurslardan 
barqaror foydalanish va o‘rmonlarni boshqarish” qo‘shma loyihasi 
bioxilma-xillikni asrash va undan barqaror foydalanish sohasida mavjud 
qonunchilikni yaxshilashga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy 
hujjatlar ustida ishladi. .Biologik xilma-xillik – barchamiz uchun xavotir o‘yg‘otuvchi mavzudir, va 
barchamiz yo‘qolish xavfi ostdagi turlar va ularning yashash muhitini 
himoya qilishda faol ishtirok etishimiz zarurdir. O‘zbekiston Respublikasi 
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, 2019-yilda O‘zbekistonda ilk 
qo‘riqlanadigan hudud – Hisor davlat tog‘-archa qo‘riqxonasi tuzilishiga 
asos bo‘lgan hujjatlar ishlab chiqildi. Qo‘riqlanadigan hududlarni tashkil 
qilish tartibi, shuningdek ular to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi; 
Qo‘riqxonalarda ilmiy-tadqiqot ishlari va tabiiy jarayonlar monitoringi 
tartibi belgilandiO‘zbekiston Respublikasidagi barcha qo‘riqlanadigan 
tabiat hududlarini tashkil qilinishi va faoliyat yuritishining asosiy 
jihatlarini qamrab oluvchi qo‘riqlanadigan tabiat hududlari to‘g‘risidagi 
qonunning yangi tahriri loyihasi tayyorlandi; Ugom-Chotqol tabiiy milliy 
bog‘ini hududlashtirish va Surxondaryo viloyatida yangi qo‘riqlanadigan 
tabiat hududini yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi va davlat 
organlariga taqdim etildi. O‘zbekiston tarixida birinchi marta biz 
tomonimizdan ilvirsni asrash bo‘yicha transchegaraviy anglashuv 
memorandumi tayyorlandi, u 2021-yilda O‘zbekiston, Qirg‘iziston va 
Tojikiston hukumatlari tomonidan qabul qilindi va tasdiqlandi; . Etiboringiz  uchun  raxmat
.

Biologik xilma – xillikni muhofaza qilish Reja 1. Biologik xilma – xillik 2. Biologik xilma – xillikni muhofaza qilish 3. Biologik xilma – xillikni saqlash va barqaror foydalanishning umumiy yo’li

Biologik xilma - xillik O‘zbekistonda 27 000ta nodir va yo‘qolish xavfi ostidagi turlar mavjud – ushbu bioxilma-xillikning muhofazasini yaxshilash usutvor yo‘nalishga aylanishi lozim. Butun dunyoning karantinga o‘tishidagi ajib «ijobiy oqibatlar» nafaqat yanada  musaffo osmon  va kamroq ifloslanishda namoyon bo‘ldi, balki  yovvoyi hayvonlarning aks holda inson hukmronlik qilgan shaharlar va boshqa aholi yashaydigan joylarda qayta paydo bo‘lishida ko‘rindi . COVID-19 bizning mavjudligimiz, harakatlarimiz va harakatsizligimiz bioxilma-xillikka bevosita ta'sir ko‘rsatishini namoyish qildi. 22 may kuni O‘zbekistondagi BMTTD vakolatxonasi Xalqaro biologik xilma-xillik kunini nishonlaydi, uning umumjahon shiori esa «Bizning qarorlarimiz - tabiatda!» bo‘ladi. Biz o‘z iqtisodiyotlarimiz va jamiyatlarimizni asta-sekinlik bilan qayta tiklar ekanmiz, Yer sayyorasidagi barcha tirik jonzotlar manfaati uchun bioxilma-xillikning yo‘qolishini kamaytirish bo‘yicha faoliyat ham O‘zbekistonda, ham butun dunyoda e'tibor markaziga aylanishi kerak.

.

.

.O‘zbekiston bizning e'tiborimizga va himoyamizga loyiq turfahil atrof-muhitdagi nodir yovvoyi tabiatga ega.   Bizning bioxilma-xilligimiz yo‘qolish xavfi ostidagi ba'zi turlarni , shu jumladan Milliy Qizil kitobga kiritilgan qor qoplonini , Buxoro bug‘usini va sayg‘oqlarni o‘z ichiga oladi . BMTTDning mazkur nabotot va hayvonot dunyolarini himoya qilish bo‘yicha faoliyati haqiqiy barqaror taraqqiyot nafaqat bioxilma-xillikning rivojlanishdagi o‘rnini e'tirof etishi, balki uning saqlanib qolishi uchun qulay sharoitlarni ta'minlab berishi lozimligini anglash asosiga qurilgan. BMTTD O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan buyon ilk yangi yaratilgan muhofaza qilinuvchi hududni – Quyi Amudaryo biosfera qo‘riqxonasini tashkillashtirishga yordam berdi, muhofaza qilinuvchi hududlarni kengaytirish bo‘yicha O‘zbekistonning bosh rejasini, shuningdek 2019-2028 yillardagi davr uchun Biologik xilma-xillikni saqlash bo‘yicha Milliy strategiya i Harakatlar rejasini (BXSMSHR) ishlab chiqishda ko‘maklashdi.