Biologik resurslardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish
Biologik resurslardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish
REJA 1. Biologik resurslarni xususiyatlari 2. O’zbekistonning biologik resurslari va ulardan foydalanish mua m molari 3. Biologik resurslar bilan bog’liq muammolar 4. Biologik resurslarni muhofaza qilish tadbirlari
Biologik resurslarni xususiyatlari. Tabiiy resurslar orasida biologik boyliklar alohida ahamiyatga ega, chunki ular tugallanmaydigan resurslar bo’lib mahsulotlarni cheksiz muddatda beradi. O’simlik va hayvonot olami bir-birlari bilan o’zaro bog’liq. Agar o’simlikning bir turi yo’qolsa hashoratlarning 10 dan to 30 turigacha qirilishi mumkinligi aniqlangan, yoki ba’zi hayvonlar shu joyni tark etishi mumkin. SHu jihatdan qaraganda o’simlik va hayvonot dunyosi barcha joylarda saqlanishi zarur. Yer kurrasida qariyb 1-1,5 mln. hayvon turlari yashaydi. Bu miqdor o’simlik turlardan uch marta ko’p. YUNYeSKO ma’lumotiga ko’ra keyingi yuz yil mobaynida insonning xo’jalik faoliyati 25 ming turdagi oliy o’simliklar va 1 ming turdagi umurtqali hayvonlarning qirilib ketishini xavf ostida qoldirdi.
O’simliklarning inson hayotidagi ahamiyati nihoyatda katta: atmosferada kislorod balansini tartibga solib turadi, da’volovchi va sanitariya-gigienik xususiyatlarga ega. O’rmonlar havodan is gazini ist’emol qilib tirik organizm uchun naqadar zarur bo’lgan kislorodni fotosintez yo’li bilan yetkazib beradi. Aniqlanishicha, 1 ga maydondagi yaxshi holdagi daraxtzor bir yilda 4,6-6,5 t is gazini yutib 3,5-5,0 t kislorod ishlab chiqaradi.
S h uningdek, quruqlikdagi fitomassa is gazini ko’l, dengiz va okeanlardagi fitoplanktonga nisbatan ikki marta ko’p iste’mol qilar ekan. Sayyoraviy miqyosda kislorod balansini barqarorlashtirishda shimoliy yarim shardagi igna bargli va tropik hamda subtropiklarning abadiy yam-yashil bargli o’rmonlari eng ko’p ahamiyatga ega. O’simlik qoplami yog’in-sochinning asosiy qismini o’z tanalarida tutib qolganligi tufayli yuzaki eroziyaning oldini oladi, daraxtzorlar zich o’sgan daryo va soy vodiylarida surilma, sel va chuqurlama eroziya kabi hodisalarning sodir bo’lishi kamdan-kam bo’ladi. O’simlik olami, ayniqsa, tog’ yon bag’rlarida qor qoplamining erishini sekin-asta kechishiga ta’sir etadi. Tekisliklarda o’rmon va ihotazorlar shamol eroziyasining oldini oladi, yozning jazirama kunlarida soya-salqinli o’ziga xos mikroiqlim vujudga keltiradi.