Dunyo okeani bialogik xilma-xilligi va ularni muhofaza qilish
Mav zu: Duny o ok eani bialogik xilma-xilligi v a ularni muhofaza qilish
Reja Duny o ok eani hay v onat duny osi O’simlik duny osi Duny o ok eanini muhofaza qilish
Okean biosferasining asosiy tarkibi. Dunyo okeani suvlari turli xil organizmlarning yashashi va rivojlanishi uchun benuqson qulaylikka ega bo‘lgan muhit hisoblanadi. Ko‘pchilik olimlarning fikriga ko‘ra hayot avvalo okeanda paydo bo‘lgan, keyinchalik chuchuk suvlarga va quruqliklar yuzasiga tarqalgan.
Dunyo okeanida tirik organizmlarning rang-barang turlari yaxshi rivojlangan bo‘lib, ular okean yuzasidan tortib eng tagigacha keng tarqalgan. Okeanda o‘simliklarning 15 mingdan ortiq turi, hayvonlarning 150 mingga yaqn turi yashaydi. Flora tarkibining 5000 turi diatom o‘simliklardan, 2500 turi qizil o‘simliklardan, 1000 turi qo‘ng‘ir o‘simliklardan va 500 turi yuqori o‘simliklardan tashkil topgan. Fauna kompleksining 80 ming turi mollyuskalardan, 20 ming turdan ortiqrog‘i qisqichbaqasimonlardan, 15 ming turi eng oddiy jonivorlardan (radiolyariyalar, foraminiferlar, infuzoriyalar), 9 ming turi kovakichlilardan, 7 turi turli xil chuvalchanglardan, 5 ming turi bulutlardan, 16 ming turi baliqlardan va boshqalardan iborat. Dunyo okeanidagi o‘simliklar asosan bir hujayrali suv o‘tlaridan tashkil topgan. Ular okean fitomassasining 80 % ini tashkil etadi.
Pl ank t on tarkibiga bir hujayrali suv o‘tlari (fitoplanktonlar) vam ayda hayvonlar (zooplanktonlar) – meduzalar, chuvalchanglar, mayda qisqichbaqasimonlar, oddiy hayvanlar va mollyuskalar kiradi. Fitoplanktonlar quyosh nuri yaxshi tushadigan suv qatlamining 50-100 m chuqurlikkacha bo‘lgan qismida, zooplanktonlar suv havzasining barcha chuqurliklarida keng tarqalgan. Ular erkin suzib yurish qobiliyatiga ega emas, ammo bir joydan ikkinchi joyga siljib borishi suv to‘lqinlari va dengiz oqimlari tufayli amalga oshadi.