logo

Axborot tizimlarida malumotlarga nisbatan xavf-xatarlar

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

25.9208984375 KB
Axborot tizimlarida malumotlarga nisbatan xavf-xatarlar
                                          Reja  
1. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida himoyalash zaruriyati  
2. Axborotni himoyalash tizimi  
3. Tashkilotlardagi axborotlarni himoyalash  
4. Himoyalash tizimining  kompleksliligi  
5. Axborotlarni tashkiliy  himoyalash elementlari  
6. Axborot tizimlarida ma’lumotlarga nasbatan xavf-xatarlar  
    Tayanch so‘zlar:  uzilish, tutib qolish, o‘zgartirish va soxtalashtirish 
    Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida himoyalash zaruriyati  
Axborot   -   kommunikatsiyalar   texnologiyalarining   ommaviy   ravishda   kog‘ozsiz
avtomatlashtirilgan   asosda   boshqarilishi   sababli   axborot   xavfsizligini   ta’minlash
murakkablashib   va   muhimlashib   bormoqda.   Shuning   uchun   ham
avtomatlashtirilgan   axborot   tizimlarida   axborotni   himoyalashning   yangi
zamonaviy   texnologiyasi   paydo   bo‘lmoqda.   DataQuest   kompaniyasining
ma’lumotiga ko‘ra, 1996—2000 yillarda axborot himoyasi vositalarining sotuvdagi
hajmi 13 mlrd. AQSH dollariga teng bo‘lgan. 
Axborotni himoyalash tizimi  
Axborotning   zaif   tomonlarini   kamaytiruvchi   axborotga   ruxsat   etilmagan   kirishga,
uning   chiqib   ketishiga   va   yuqotilishiga   to‘sqinlik   qiluvchi   tashkiliy,   texnik,
dasturiy,   texnologik   va   boshqa   vosita,   usul   va   choralarning   kompleksi   —
axborotni himoyalash tizimi  deyiladi. 
Axborot   egalari   hamda   vakolatli   davlat   organlari   shaxsan   axborotning
qimmatliligi,   uning  yuqotilishidan   keladigan   zarar   va   himoyalash   mexanizmining
narxidan   kelib   chiqqan   holda   axborotni   himoyalashning   zaruriy   darajasi   hamda
tizimning turini, himoyalash usullar va vositalarini aniqlashlari zarur. Axborotning
qimmatliligi   va   talab   qilinadigan   himoyaning   ishonchliligi   bir-biri   bilan   bevosita
bog‘liq. 
Himoyalash   tizimi   uzluksiz,   rejali,   markazlashtirilgan,   maqsadli,   aniq,   ishonchli,
kompleksli,   oson   mukammallashtiriladigan   va   ko‘rinishi   tez   o‘zgartiriladigan
bo‘lishi kerak. U odatda barcha ekstremal sharoitlarda samarali bo‘lishi zarur. 
Tashkilotlardagi axborotlarni himoyalash  
Axborot   hajmi   kichik   bo‘lgan   tashkilotlarda   axborotlarni   himoyalashda   oddiy
usullarni   qo‘llash   maqsadga   muvofiq   va   samaralidir.   Masalan,   o‘qiladigan qimmatbaho   qog‘ozlarni   va   elektron   hujjatlarni   alohida   guruhlarga   ajratish   va
niqoblash, ushbu hujjatlar bilan ishlaydigan xodimni tayinlash va o‘rgatish, binoni
qo‘riqlashni   tashkil   etish,   xizmatchilarga   qimmatli   axborotlarni   tarqatmaslik
majburiyatini yuklash, tashqaridan keluvchilar ustidan nazorat qilish, kompyuterni
himoyalashning eng oddiy usullarini qo‘llash va hokazo. Odatda, himoyalashning
eng oddiy usullarini qo‘llash sezilarli samara beradi. 
Murakkab tarkibli, ko‘p sonli  avtomatlashtirilgan axborot tizimi va axborot hajmi
katta bo‘lgan tashkilotlarda axborotni himoyalash uchun himoyalashning majmuali
tizimi   tashkil   qilinadi.   Lekin   ushbu   usul   hamda   himoyalashning   oddiy   usullari
xizmatchilarning ishiga haddan tashqari xalaqit bermasligi kerak. 
Himoyalash tizimining  kompleksliligi  
Himoya   tizimining   kompleksliligiga   unda   huquqiy,   tashkiliy,   muhandis   –   texnik
va   dasturiy   –   matematik   elementlarning   mavjudligi   bilan   erishiladi.   Elementlar
nisbati   va   ularning   mazmuni   tashkilotlarning   axborotni   himoyalash   tizimining
o‘ziga xosligini va uning takrorlanmasligini hamda buzish qiyinligini ta’minlaydi.
Aniq   tizimni   ko‘p   turli   elementlardan   iborat,   deb   tasavvur   qilish   mumkin.   Tizim
elementlarining   mazmuni   nafaqat   uning   o‘ziga   xosligini,   balki   axborotning
qimmatliligini   va   tizimning   qiymatini   hisobga   olgan   holda   belgilangan   himoya
darajasini aniqlaydi. 
Axborotni   huquqiy   himoyalash   elementi   himoyalash   choralarining   haqli   ekanligi
ma’nosida   tashkilot   va   davlatlarning   o‘zaro   munosabatlarini   yuridik
mustahkamlash   hamda   personalning   tashkilot   qimmatli   axborotini   himoyalash
tartibiga rioya qilishi va ushbu tartibni buzilishida javobgarligi tasavvur qilinadi.  Axborotlarni tashkiliy  himoyalash elementlari  
Himoyalash   texnologiyasi   personalni   tashkilotning   qimmatli   axborotlarini
himoyalash qoidalariga rioya qilishga undovchi boshqarish va cheklash harakteriga
ega bo‘lgan choratadbirlarni o‘z ichiga oladi. 
Tashkiliy   himoyalash   elementi   boshqa   barcha   elementlarni   yagona   tizimga
bog‘lovchi   omil   bo‘lib   hisoblanadi.   Ko‘pchilik   mutaxassislarning   fikricha,
axborotlarni himoyalash tizimlari tarkibida tashkiliy himoyalash 50-60 %  ni tashkil
qiladi.   Bu   hol   ko‘p   omillarga   bog‘liq,   jumladan,   axborotlarni   tashkiliy
himoyalashning   asosiy   tomoni   amalda   himoyalashning   prinsipi   va   usullarini
bajaruvchi personalni tanlash, joylashtirish va o‘rgatish hisoblanadi. 
Axbortlarni   himoyalashning   tashkiliy   chora   –   tadbirlari   tashkilot   xavfsizligi
xizmatining me’yoriy uslubiy hujjatlarida o‘z  aksini  topadi. Shu munosabat  bilan
ko‘p hollarda yuqorida ko‘rilgan tizim elementlarining yagona nomi — axborotni
tashkiliy - huquqiy himoyalash elementini ishlatadilar. 
Axborotlarni muhandis – texiik himoyalash elementi  - texnik vositalar kompleksi
yordamida   hudud,   bino   va   qurilmalarni   quriqlashni   tashkil   qilish   hamda   texnik
tekshirish   vositalariga   qarshi   sust   va   faol   kurash   uchun   mo‘ljallangan.   Texnik
himoyalash vositalarining narxi baland bo‘lsada, axborot tizimini himoyalashda bu
element muhim ahamiyatga ega. 
Axborotni himoyalashning dasturiy – matematik elementi kompyuter, lokal tarmoq
va   turli   axborot   tizimlarida   qayta   ishlanadigan   va   saqlanadigan   qimmatli
axborotlarni himoyalash uchun mo‘ljallangan. 
   
Axborot tizimlarida ma’lumotlarga nasbatan xavf-xatarlar  
Kompyuter tizimi (tarmogi)ga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan sharoit, harakat va
jarayonlar  kompyuter tizimi (tarmogi)  uchun xavf - xatarlar, deb hisoblanadi.  Avtomatlashtirilgan   axborot   tizimlariga   tasodifiy   ta’sir   ko‘rsatish   sabablari
tarkibiga quyidagilar kiradi. 
 
 
Ma’lumki,   kompyuter   tizim   (tarmog‘)ining   asosiy   komponentlari   —   texnik
vositalari, dasturiy - matematik ta’minot va ma’lumotlardir. 
Nazariy tomondan bu komponentlarga nisbatan to‘rt turdagi xavflar mavjud, ya’ni
uzilish, tutib qolish, o‘zgartirish va soxtalashtirish:  
—   uzilish   —   qandaydir   tashqi   harakatlar   (ishlar,   jarayonlar)ni   bajarish   uchun
hozirgi   ishlarni   vaqtincha   markaziy   protsessor   qurilmasi   yordamida   tuxtatishdir,
ularni   bajargandan   so‘ng   protsessor   oldingi   holatga   qaytadi   va   to‘xtatib   quyilgan
ishni   davom   ettiradi.   Har   bir   uzilish   tartib   raqamiga   ega,   unga   asosan   markaziy
protsessor   qurilmasi   qayta   ishlash   uchun   qism   –   dasturni   qidirib   topadi.
Protsessorlar   ikki   turdagi   uzilishlar   bilan   ishlashni   vujudga   keltirishi   mumkin:
dasturiy va texnik. Biror qurilma favqulodda xizmat ko‘rsatilishiga muhtoj bo‘lsa,
unda   texnik   uzilishlar   paydo   bo‘ladi.   Odatda   bunday   uzilish   markaziy   protsessor
uchun   kutilmagan   hodisadir.   Dasturiy   uzilishlar   asosiy   dasturlar   ichida
protsessorning   maxsus   buyruqlari   yordamida   bajariladi.   Dasturiy   uzilishda   dastur
o‘z – o‘zini vaqtincha to‘xtatib, uzilishga taalluqli jarayonni bajaradi. 
—   tutib   olish   —   jarayoni   oqibatida   g‘arazli   shaxslar   dasturiy   vositalar   va
axborotlarning   turli   magnitli   tashuvchilariga   kirishni   qo‘lga   kiritadi.   Dastur   va
ma’lumotlardan   noqonuniy   nusxa   olish,   kompyuter   tarmoqlari   aloqa   kanallaridan
nomualliflik   o‘qishlar   va   hokazo   harakatlar   tutib   olish   jarayonlariga   misol   bo‘la
oladi. 
o‘zgartirish   -   ushbu   jarayon   yovuz   niyatli   shaxs   nafaqat   kompyuter   tizimi
komponentlariga   (ma’lumotlar   to‘plamlari,   dasturlar,   texnik   elementlari)   kirishni qo‘lga   kiritadi,   balki   ular   bilan   manipulyatsiya   (o‘zgartirish,   ko‘rinishini
o‘zgartirish)   ham   kiradi.   Masalan,   o‘zgartirish   sifatida   g‘arazli   shaxsning
ma’lumotlar   to‘plamidagi   ma’lumotlarni   o‘zgartirishi,   yoki   umuman   kop’yuter
tizimi   fayllarini   o‘zgartirishi,   yoki   qandaydir   qo‘shimcha   noqonuniy   qayta
ishlashni   amalga   oshirish   maqsadida   foydalanilayotgan   dasturning   kodini
o‘zgartirishi tushunilali; 
- soxtalashtirish   -   ham   jarayon   sanalib,   uning   yordamida   g‘arazli   shaxslar
tizimda   hisobga   olinmagan   vaziyatlarni   o‘rganib,   undagi   kamchiliklarni   aniqlab,
keyinchalik o‘ziga kerakli harakatlarni bajarish maqsadida tizimga qandaydir soxta
jarayonni yoki tizim va boshqa foydalanuvchilarga soxta yozuvlarni yuboradi. 
Xulosa   qilib   shuni   aytishimiz   mumkinki   Hozirgi   davrimizda   internet
rivojlanganligi   sababli   axborotlarni,   ishlash   uzatish   ishlari   kuplab   amalga
oshiriladi. Axborotlarni uzatishda saqlashda kuplab g’arazli insonlar havfi bor. Bu
haflardan   himoya   bulish   uchun   ham   hozirda   Axborot   havfsizligi   fani   ishlab
chiqilib,   axborotni   havfsiz   saqlash   buyicha   chiralar   kurinmoqda.   Biz   mavzu
buyicha Mustaqil ishimizda Axborotga nisbatan 4 xil havf xatarlarni kurib chiqdik,
hamda himoylanish usullari bilan tanishdik. Mavzu doirasida xulosa qismida shuni
aytishim   mumkinki,   Axborortlarni   himoyalash   tashkilotlar   uchun   juda   kerakli
narsa, chunki hozirda kuplab tashkilotlarga g’arazli insonlar tomondan axborortlar
o’g’irlanib,   o’zgartirilib   katta   zararlar   yetkazilmoqda.   Shu   zarar   yetishini   oldini
olish maqsadida axborotni havfsiligini oldindan taminlab quyishimiz zarur. Foydalanilgan Adabiyotlar 
1. Axborotni himoylash. O quv qo llanma. – Samarqand: SamDU nashriʻ ʻ
2. https://samdu.uz   
3. https://n.ziyouz.com

Axborot tizimlarida malumotlarga nisbatan xavf-xatarlar Reja 1. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida himoyalash zaruriyati 2. Axborotni himoyalash tizimi 3. Tashkilotlardagi axborotlarni himoyalash 4. Himoyalash tizimining kompleksliligi 5. Axborotlarni tashkiliy himoyalash elementlari 6. Axborot tizimlarida ma’lumotlarga nasbatan xavf-xatarlar

Tayanch so‘zlar: uzilish, tutib qolish, o‘zgartirish va soxtalashtirish Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida himoyalash zaruriyati Axborot - kommunikatsiyalar texnologiyalarining ommaviy ravishda kog‘ozsiz avtomatlashtirilgan asosda boshqarilishi sababli axborot xavfsizligini ta’minlash murakkablashib va muhimlashib bormoqda. Shuning uchun ham avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida axborotni himoyalashning yangi zamonaviy texnologiyasi paydo bo‘lmoqda. DataQuest kompaniyasining ma’lumotiga ko‘ra, 1996—2000 yillarda axborot himoyasi vositalarining sotuvdagi hajmi 13 mlrd. AQSH dollariga teng bo‘lgan. Axborotni himoyalash tizimi Axborotning zaif tomonlarini kamaytiruvchi axborotga ruxsat etilmagan kirishga, uning chiqib ketishiga va yuqotilishiga to‘sqinlik qiluvchi tashkiliy, texnik, dasturiy, texnologik va boshqa vosita, usul va choralarning kompleksi — axborotni himoyalash tizimi deyiladi. Axborot egalari hamda vakolatli davlat organlari shaxsan axborotning qimmatliligi, uning yuqotilishidan keladigan zarar va himoyalash mexanizmining narxidan kelib chiqqan holda axborotni himoyalashning zaruriy darajasi hamda tizimning turini, himoyalash usullar va vositalarini aniqlashlari zarur. Axborotning qimmatliligi va talab qilinadigan himoyaning ishonchliligi bir-biri bilan bevosita bog‘liq. Himoyalash tizimi uzluksiz, rejali, markazlashtirilgan, maqsadli, aniq, ishonchli, kompleksli, oson mukammallashtiriladigan va ko‘rinishi tez o‘zgartiriladigan bo‘lishi kerak. U odatda barcha ekstremal sharoitlarda samarali bo‘lishi zarur. Tashkilotlardagi axborotlarni himoyalash Axborot hajmi kichik bo‘lgan tashkilotlarda axborotlarni himoyalashda oddiy usullarni qo‘llash maqsadga muvofiq va samaralidir. Masalan, o‘qiladigan

qimmatbaho qog‘ozlarni va elektron hujjatlarni alohida guruhlarga ajratish va niqoblash, ushbu hujjatlar bilan ishlaydigan xodimni tayinlash va o‘rgatish, binoni qo‘riqlashni tashkil etish, xizmatchilarga qimmatli axborotlarni tarqatmaslik majburiyatini yuklash, tashqaridan keluvchilar ustidan nazorat qilish, kompyuterni himoyalashning eng oddiy usullarini qo‘llash va hokazo. Odatda, himoyalashning eng oddiy usullarini qo‘llash sezilarli samara beradi. Murakkab tarkibli, ko‘p sonli avtomatlashtirilgan axborot tizimi va axborot hajmi katta bo‘lgan tashkilotlarda axborotni himoyalash uchun himoyalashning majmuali tizimi tashkil qilinadi. Lekin ushbu usul hamda himoyalashning oddiy usullari xizmatchilarning ishiga haddan tashqari xalaqit bermasligi kerak. Himoyalash tizimining kompleksliligi Himoya tizimining kompleksliligiga unda huquqiy, tashkiliy, muhandis – texnik va dasturiy – matematik elementlarning mavjudligi bilan erishiladi. Elementlar nisbati va ularning mazmuni tashkilotlarning axborotni himoyalash tizimining o‘ziga xosligini va uning takrorlanmasligini hamda buzish qiyinligini ta’minlaydi. Aniq tizimni ko‘p turli elementlardan iborat, deb tasavvur qilish mumkin. Tizim elementlarining mazmuni nafaqat uning o‘ziga xosligini, balki axborotning qimmatliligini va tizimning qiymatini hisobga olgan holda belgilangan himoya darajasini aniqlaydi. Axborotni huquqiy himoyalash elementi himoyalash choralarining haqli ekanligi ma’nosida tashkilot va davlatlarning o‘zaro munosabatlarini yuridik mustahkamlash hamda personalning tashkilot qimmatli axborotini himoyalash tartibiga rioya qilishi va ushbu tartibni buzilishida javobgarligi tasavvur qilinadi.

Axborotlarni tashkiliy himoyalash elementlari Himoyalash texnologiyasi personalni tashkilotning qimmatli axborotlarini himoyalash qoidalariga rioya qilishga undovchi boshqarish va cheklash harakteriga ega bo‘lgan choratadbirlarni o‘z ichiga oladi. Tashkiliy himoyalash elementi boshqa barcha elementlarni yagona tizimga bog‘lovchi omil bo‘lib hisoblanadi. Ko‘pchilik mutaxassislarning fikricha, axborotlarni himoyalash tizimlari tarkibida tashkiliy himoyalash 50-60 % ni tashkil qiladi. Bu hol ko‘p omillarga bog‘liq, jumladan, axborotlarni tashkiliy himoyalashning asosiy tomoni amalda himoyalashning prinsipi va usullarini bajaruvchi personalni tanlash, joylashtirish va o‘rgatish hisoblanadi. Axbortlarni himoyalashning tashkiliy chora – tadbirlari tashkilot xavfsizligi xizmatining me’yoriy uslubiy hujjatlarida o‘z aksini topadi. Shu munosabat bilan ko‘p hollarda yuqorida ko‘rilgan tizim elementlarining yagona nomi — axborotni tashkiliy - huquqiy himoyalash elementini ishlatadilar. Axborotlarni muhandis – texiik himoyalash elementi - texnik vositalar kompleksi yordamida hudud, bino va qurilmalarni quriqlashni tashkil qilish hamda texnik tekshirish vositalariga qarshi sust va faol kurash uchun mo‘ljallangan. Texnik himoyalash vositalarining narxi baland bo‘lsada, axborot tizimini himoyalashda bu element muhim ahamiyatga ega. Axborotni himoyalashning dasturiy – matematik elementi kompyuter, lokal tarmoq va turli axborot tizimlarida qayta ishlanadigan va saqlanadigan qimmatli axborotlarni himoyalash uchun mo‘ljallangan. Axborot tizimlarida ma’lumotlarga nasbatan xavf-xatarlar Kompyuter tizimi (tarmogi)ga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan sharoit, harakat va jarayonlar kompyuter tizimi (tarmogi) uchun xavf - xatarlar, deb hisoblanadi.

Avtomatlashtirilgan axborot tizimlariga tasodifiy ta’sir ko‘rsatish sabablari tarkibiga quyidagilar kiradi. Ma’lumki, kompyuter tizim (tarmog‘)ining asosiy komponentlari — texnik vositalari, dasturiy - matematik ta’minot va ma’lumotlardir. Nazariy tomondan bu komponentlarga nisbatan to‘rt turdagi xavflar mavjud, ya’ni uzilish, tutib qolish, o‘zgartirish va soxtalashtirish: — uzilish — qandaydir tashqi harakatlar (ishlar, jarayonlar)ni bajarish uchun hozirgi ishlarni vaqtincha markaziy protsessor qurilmasi yordamida tuxtatishdir, ularni bajargandan so‘ng protsessor oldingi holatga qaytadi va to‘xtatib quyilgan ishni davom ettiradi. Har bir uzilish tartib raqamiga ega, unga asosan markaziy protsessor qurilmasi qayta ishlash uchun qism – dasturni qidirib topadi. Protsessorlar ikki turdagi uzilishlar bilan ishlashni vujudga keltirishi mumkin: dasturiy va texnik. Biror qurilma favqulodda xizmat ko‘rsatilishiga muhtoj bo‘lsa, unda texnik uzilishlar paydo bo‘ladi. Odatda bunday uzilish markaziy protsessor uchun kutilmagan hodisadir. Dasturiy uzilishlar asosiy dasturlar ichida protsessorning maxsus buyruqlari yordamida bajariladi. Dasturiy uzilishda dastur o‘z – o‘zini vaqtincha to‘xtatib, uzilishga taalluqli jarayonni bajaradi. — tutib olish — jarayoni oqibatida g‘arazli shaxslar dasturiy vositalar va axborotlarning turli magnitli tashuvchilariga kirishni qo‘lga kiritadi. Dastur va ma’lumotlardan noqonuniy nusxa olish, kompyuter tarmoqlari aloqa kanallaridan nomualliflik o‘qishlar va hokazo harakatlar tutib olish jarayonlariga misol bo‘la oladi. o‘zgartirish - ushbu jarayon yovuz niyatli shaxs nafaqat kompyuter tizimi komponentlariga (ma’lumotlar to‘plamlari, dasturlar, texnik elementlari) kirishni