BIOLOGIYA FANLARINING STRUKTURASI. BIOLOGIYANI O’QITISH METODLARI. BIOLOGIYANI O’QITISH JARAYONIDA TARBIYA
BIOLOGIYA FANLARINING STRUKTURASI. BIOLOGIYANI O’QITISH METODLARI . BIOLOGIYANI O’QITISH JARAYONIDA TARBIYA . Reja: 1. O‘qitish usullari haqida tushuncha. 2. Biologiya o‘qitish usullarining xillari 3. Og‘zaki usuldan foydalanish . 1. Zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari. 2. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy va uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatish tamoyil lari. 3. O‘qitish tamoyillari va qonuniyatlari. 4. Biologik ta’lim jarayonining yaxlitligi.
Usul o‘zining umumiy ma’nosida maqsadga e rishishdagi ma’lum tartibga solingan faoliyatdir. O‘qitish usuli o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyatlari birligini aks e ttiradi. Shu boisdan o‘qitish usuli o‘qituvchining bilim berish usuli va ayni paytda, ularni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirib olish usulidir. O‘qitish usulining yuqoridagi ta’rifidan ikki bir-biriga bog‘liq tomoni, ya’ni o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati tushuniladi. O‘qitish usulini tanlashda har ikkala tomonni hisobga olish zarur. Tanlangan usul o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan taqdirda kutilgan natijani beradi. Har qanday usul insonning o‘z oldiga qo‘ygan ma’lum maqsadiga qaratilgan ongli harakatlari tizimidan iborat bo‘lgan faoliyatdir. Binobarin, har qanday usulni qo‘llash zamirida insonlarning qandaydir maqsadi bo‘ladi. Inson o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga e rishmo g‘ i uchun turli yo‘llar, vositalar orqali ishga tushadi. Ish jarayonida u bajarilayotgan mehnat natijalarini kuzatib, ma’lum tuzatishlar kiritib, yo‘l qo‘ygan xatolarini o‘nglab boradi. Insonni qo‘llagan usuli doimo qandaydir ob y ektga qaratilgan bo‘ladi. Masalan: duradgor qandaydir bir stol yasamogchi bo‘lsa, u o‘ziga ma’qul bo‘lgan ish usullari, asboblari bilan yog‘och (obyekt) bilan ishlaydi. Demak, duradgorning ish obyekti yog‘och taxtalar bo‘lib, u shu narsalardan, ish qurollaridan foydalanib, o‘z maqsadi tomon harakatlar qilib, oxirgi natija – stolni tayyorlaydi. Biroq duradgor o‘z oldiga qo‘ygan maqsadini amalga oshirish uchun muomalada bo‘ladigan obyekt, ya’ni yog‘och, taxtalar haqida tasavvuri bo‘lishi lozim. Har qanday yo g‘ ochdan ham stol yasab bo‘lavermaydi. Shu bois u stol uchun mos bo‘lgan yo g‘ och xilini farqlashi, tanlashi lozim bo‘ladi. Duradgor stol yasash uchun tanlagan yog‘ochga asboblari va amaliy harakatlari vositasida ishlov berishi natijasi o’laroq, yog‘ochni o‘zgartirib, undan yangi mahsulot-stol tayyorlaydi. Aksariyat kasb e galari o‘z ish faoliyatlarida tanlagan ob y ektlar ularning tanlagan usuli bilan o‘zgartirilib kutilgan natijani beraveradi.
Ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan usullar esa doimo kutilgan natijani berishi uchun o‘qituvchining ish obyekti bo‘lmish o‘quvchining xususiyatlarini ham hisobga olish kerak bo‘ladi. O‘qituvchilik kasbining asosiy maqsadi o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishdir. Demak, o‘qituvchi o‘z maqsadini amalga oshirishi uchun doimo o‘quvchilar bilan ish olib bormog‘i kerak. O‘qituvchining ish ob y ekti – shaxsdir. Shu boisdan o‘qituvchi o‘z ish obyekti bo‘lgan o‘quvchining shaxsiy xususiyatlarini ham hisobga olishi, o‘quvchining qiziqishi, faolligi, aqliy qobiliyatlari, intilishlarini hisobga olmog‘i kerak. Ta’limda o‘qituvchi o‘z maqsadini amalga oshirishga harakat qilishi, albatta, u o‘quvchining maqsadini anglashi, shunga qarab ish yuritishi lozim bo‘ladi. O‘qituvchi va o‘quvchilarning maqsadlari bir-biriga mos bo‘lmagan hollarda ta’limdan ko‘zlangan maqsadni amalga oshirib bo‘lmaydi. Yuqoridagilardan xulosa qilinsa, ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan usulning ham o‘qituvchiga, ham o‘quvchiga mos bo‘lishiga erishilsagina u ijobiy natija berishini ko‘rish mumkin. Biologiya o‘qitish usullari haqida adabiyotlarda turlicha fikrlar mavjud. Masalan: Y.P.Brunovning ko‘rsatishicha, tushuntirish va namoyish etish, qisman izlanish va izlash kabi usullar borligi haqida yozib, haqiqiy uslubiyatga esa og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy kabi xillarga bo‘linishi haqida ma’lumotlar bergan. Muallif og‘zaki usul ichida hikoya, hikoya-suhbat, suhbat, kitob ustida ishlash, yozma ishlar kabi xillar bo‘lishligini ko‘rsatadi. I.D.Zverev biologiya o‘qitish usullari haqida gapirib, bilimlarni yangilash manbalariga qarab og‘zaki, amaliy, o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatiga qarab yangi o‘quv usullarini o‘qituvchi tomonidan bayon etish kabilarni ko‘rsatadi. Shuningdek, o‘qitish usullari haqida turli mualliflarning asarlarida ta’limning didaktik vazifalariga bog‘liq bo‘lgan hamda o‘quvchilarning mustaqilligi va faolligiga xizmat qiluvchi turli usullar mavjudligi haqida ma’lumotlar keltiriladi. N.M.Verzilin va V.M.Korsunskayalar biologiya ta’limida 3 xil usuldan foydalanish haqida yozadilar. Fikrimizga ushbu mualliflarning biologiya ta’limida og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy usullardan foydalanish haqidagi ko‘rsatmalari
ancha sodda va to‘g‘ridir. Chunki o‘quv materialini o‘rganishda o‘quvchilar uni eshitish, tinglash, ko‘rish yoki ularga ma’qul amaliy mashg‘ulotlarni boshqarishlari zarur bo‘ladi. Shu boisdan ham biz hozirgi davrda biologiya ta’limida yuqorida ko‘rsatilgan uch xil usulga asoslanamiz. Ma’lumki, biologiya ta’limida qo‘llaniladigan og‘zaki ko‘rgazmali va amaliy usullar o‘qituvchi va o‘quvchilardan dars materialini o‘rganishda turlicha faoliyatda bo‘lishligini taqozo etadi. Ushbu usullar qo‘llanilganda o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatini jadvaldan ko‘rish mumkin. Jadvaldan ko‘rinib turganidek, bir xil usullar qo‘llanilganda bilim so‘z vositasida, boshqalarda esa o‘quvchiga bilim manbayi bo‘lib ko‘rgazmali qurollar yoki o‘zi bajargan ishi xizmat qiladi. Turli o‘qitish usullari qo‘llanilganda o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyati Bilim manbayi Usullar Og‘zaki Ko‘rgazmali Amaliy So‘z Ko‘rgazmali Amaliy ish O‘qituvchi bilim beradi So‘zlash orqali Ko‘rsatish bilan Yo‘llanma orqali O‘quvchilar bilimlarni oladi Tinglash orqali K u zatib Ishlab Biologiya o‘qitish uslubiyatidagi har bir usul o‘z navbatida o‘ziga o‘xshash usullardan tashkil topadi. Masalan: og‘zaki usullar tarkibiga hikoya, suhbat va ma’ruza kabilar kirsa, ko‘rgazmali usul tajribalar, natural va tasviriy materiallarning namoyishi kabi xillarga bo‘linadi. Xuddi shunday, amaliy usul tarkibida obyektni topib olish, anglash, kuzatish, eksperiment kabi usullar mavjuddir. O‘qitish usullarining yuqorida ko‘rsatilgan turlari o‘zgarmas, qotib qolgan deb bo‘lmaydi. Usul yoki uning turi dars mazmuniga o‘quvchilarning
tayyorgarlik darajasiga qiziquvchanligiga qarab o‘zgarib, murakkablashib boradi. Masalan: hikoya yuqori sinfga borgan sari o‘zgarib asta ma’ruza usuliga aylanadi. Darsda bir qancha usullardan foydalanilganda yaxshi natija beradi. Metodik uslublar – o‘qitish usulini qo‘llash natijasida o‘quvchilar ishining ayrim tomonlarini ifodalovchi muayyan elementlaridir. Har qanday uslub qo‘llanilganda uning tajribada mantiqiy, tashkiliy va texnikaviy tomonlari kuzatiladi. Uslubdagi uslubning mantiqiy tomoni dars mazmunini undagi asosiy tushunchalarga ajratish turli obyektlarni belgilash, taqqoslash, farqlash kabi ishlarni o‘z ichiga olsa, o‘quv uslubni o‘zlashtirishning tashkiliy tomoni o‘qituvchilarga dars mavzusini o‘rgatishga, o‘quvchilarni jalb etish, ularning diqqatini nimalarga qaratish lozimligini hisobga olish, o‘quv jarayonini qanday joylarda o‘tkazish, o‘quvchilar dars mazmunini qanday o‘rganishlari kerakligi yo‘llarini aniqlash kabilarni o‘z ichiga oladi. Og‘zaki usuli - o‘qitishda qadimdan qo‘llanilib kelinayotgan dastlabki usullardan biridir. Bu usulning og‘zaki deb nomlanishining boisi shuki, o‘quv materialini o‘quvchilar o‘qituvchining so‘zlab beradigan hikoyasi, ma’ruzasi, tashkil etadigan suhbati natijasida o‘rganishadi. Boshqacha aytganda, ushbu usul qo‘llanilganda o‘quvchilar tayyor bilimlarni o‘qituvchining og‘zaki so‘zlari vositasida anglashadi. Og‘zaki usul o‘quv materialini o‘qituvchining jonli, yorqin hissiyotlarga boy bo‘lgan so‘zi, turli ko‘rgazmali qurollar vositasida tushuntirish imkoniyatini beradi. Insoniyat tarixida bosib o‘tilgan yuz yillarga e’tibor qilsak, olim-u fozil kishilarning necha-necha avlodlar ayni shu og‘zaki usul vositasida ilm olganliklarining guvohi bo‘lamiz. Og‘zaki usul - o‘z tarkibida turdosh usullardan hikoya, suhbat, ma’ruza, tushuntirish kabilar bo’ladi. Hikoya usuli – ko‘pincha 5-8-sinflardagi biologiya ta’limida qo‘llaniladi. Hikoya odatda dars mavzusi turli ilmiy tadqiqotlarning ochilishi tarixiga, olimlarning hayoti, ijodiga, tabiatdagi biror hodisa yoki voqealarning tajribasiga