logo

Bog’lanishli nutq, og’zaki hikoya va yozma insho.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

35.4599609375 KB
 Mavzu: Bog’lanishli nutq, og’zaki hikoya va yozma insho. 
REJA 
1. Insho haqda. 
2. Inshoning ta’limdagi o’rni. 
3. O'quvchilar tarbiyasida inshoning ahamiyati 
4. Inshoni yozishga tayyorlash 
5. O'quvchilar inshosini tahlil qilish 
    INSHO -   ijodiy ishning eng yuqori shakli bo'lib, maktabda alohida o'rin tutadi; bagiarcha
nutqqa   oid   mashqlar   ma'lum   mazmunda   inshoga   bo'ysunadi.   INSHO   —   yozma   ish   turlaridan
biri. Insho uchun bayon, bayon uchun diktant asos hozirlaydi. 
INSHONING TA'LIMDAGI O’RNI 
INSHO   —   ijodiy   ish   bo'lib,   u   o'quvchidan   faollik,   qiziqish,   fikr   bildirishni   talab   qiladi.
Material tayyorlash, uni tartibga solish, insho kompozitsiyasi va rejasi haqida o'ylash, mantiqiy
bog'lanishni   belgilash,   so'z,   so'z   birikmasini   tanlash,   gap   tuzish   va   uni   o'zaro   bog'lash,   imloni
tekshirish  kabi  barcha  murakkab   ishlar  o'quvchidan   aqliy  kuchini  to'la  ishga  solish  bilan  birga,
o'z ma'naviy faoliyatini boshqarish ko'nikmasini ham talab etadi. 
INSHO   —   IJOD   DEMAK.   Ma'lum   bir   mavzu   yuzasidan   o’quvchining   o’z   fikrlarini
ifodalash vositasiga insho deyiladi. Insho aniq bir mavzu asosida mustaqil yozilib, ijodiy fikrlarni
to’g’ri,   tartibli,   mazmunli,   ravon   ifoda   etishdan   iborat   bo’lib,   o’quvchining   mavzuga   o’z
munosabatini   bildirishni   talab   etadi.   Xuddi   ana   shu   talabni   boshlang’ich   sinflardan   boshlab
amalga oshirish uchun asos yaratiladi. 
Insho   aqliy   ish   bilan   shug’ullanish   usuli   bo’lib,   u   mustaqil   va   faol   fikrlash,   hayotdagi
voqea-xodisalarni  kuzata  bilish, matnga  ijodiy  yondoshishga undaydi.  Insho ijodiy  fikr yuritish
mezoni sifatida o’quvchilarning shu sohadagi fikrlash darajasini ko’rsatib turadi, yozma nutqini
o’stirishga katta yordam beradi. 
Insho   maktabda   o’quvchilarni   ijodkorlikka   o’rgatish   metodi   sifatida   ta'limda   g’oyat
muhim o’rin egallaydi, o’quvchining fikr doirasini kengaytiradi, hayotda o’z o’rni, o’z fikri, o’z
gapi, o’z mavqesini topish, ega bo’lish sari yetaklaydi, yozma nutqini o’stirishning muhim usuli
bo’lib xizmat etadi. 
Shunday   qilib,   insho,   avvalo   ijodiy   fikrlashdan   iborat   aqliy   mehnatdir.   U   mustaqilikka
undaydi, hayotga qiziqish, faollikni paydo qiladi,  o’quvchi mavjud asarni o’qib, mavzu asosida
unga o’zidan nimanidir qo’shishga intiladi, o’z fikrini ifodalash, so’zlar tanlashga harakat qiladi,
hikoyalash   uchun   gaplar   qurish,   ijod   qilish   bilan   mashg’ul   bo’ladi.   Ana   shunday   murakkab
majmuodan iborat ijodiy mehnat shakli bo’lgan insho maktabda alohida o’ziga xos munosib o’rin
egallashi lozim. 
Inshoda   til   nazariyasi   nutq   tajribasi   bilan   qo'shiladi.   O'quvchi   inshoni   mustaqil,   ijodiy
xarakterda bo'lgani uchun, „o'ziniki"ni yozgani uchun ham sevadi. 
Maktab   rivojining   barcha   bosqichlarida   bolalarning   mustaqil   tuzgan   hikoyasi   —   inshoga
alohida   ahamiyat   berilgan.   Maktablar   o'quvchilar   nutqini   o'stirish,   aqliy,   ijodiy   o'sishiga
mo'ljallangan yangi dasturga o'tishi munosabati bilan uning ahamiyati yanada oshdi. 
Og'zaki va yozma inshoga o'rgatish jarayonida o'quvchilarda mavzuni tushunish va yoritish,
o'z inshosini aniq fikrga bo'ysundirish, material to'plash, uni tartibga solish va joylashtirish, reja tuzish   va   reja   asosida   yozish,   mazmunga   va   nutq   vaziyatiga   mos   ravishda   til   vositalaridan
foydalanish,   yozgan   inshosini   takomillashtirish   ko'nikmaiari   hosil   qilinadi.   Bulardan   tashqari,
„texnik"   vazifalar   ham   amalga   oshiriladi,   ya'ni   matnni   yozishda   imlo   qoidalari   va   husnixatga
e'tibor   berish,   matnni   xatboshidan   yozish,   hoshiyaga   rioya   qilish   kabi   talablarga   ham   amal
qilinadi. 
Og'zaki   va  yozma   insho  material  manbaiga,  mustaqillik  darajasiga,   tayyorlash   usuli,   janri
va til xususiyatiga qarab tasnif qilinadi. 
Insho  material manbaiga ko'ra  uchga bo'linadi: 
1) o'quvchining   o'zi   ko'rgan-bilganlari,   eshitganlari   haqidagi,   kuzatishlar,   ekskursiyalar,
o'yinlar, o'z tajribasi va boshqa jonli materiallar asosidagi insho; 
2) kitob materiali, rasmlar, film, spektakl, o'qituvchi hikoyasi va boshqa manbalar asosidagi
insho; 
3) turli manbalar materialidan foydalaniladigan insho. 
Mustaqillik darajasiga, tayyorgarlik ko'rish metodiga ko'ra  insho ikki turli bo'ladi: 
1) sinf   o'quvchilari   uchun   umumiy   bir   mavzu   asosida   jamoaviy   tayyorgarlikdan   so'ng
yoziladigan insho; 
2) alohida mavzu asosida yakka tayyorgarlikdan so'ng yoziladigan individual insho. 
Janriga  ko'ra  hikoya,  tasvir,  muhokama   tarzidagi  insholarga  bo'linadi. 
Boshlang'ich sinflarda tasvir va muhokama elementlari mavjud bo'lgan hikoya tarzidagi inshodan
ko'proq foydalaniladi. 
Inshoni   tasnif   qilish   ta'limiy   vazifalarni   chuqur   anglash   va   metodik   vositalarni   tanlashga,
shuningdek, ish turlarini zaruriy yo'nalishda, baravar taqsimiashga yordam beradi. 
Boshlang'ich   sinflarda   yozdiriladigan   inshoning   muhim   turlaridan   biri   kichik   yoshdagi
o'quvchilarning shaxsiy hayotiy tajribasiga asoslangan inshodir. 
Rasm asosidagi insho  maktablarda tez-tez o'tkaziladi, chunki rasm bolalar nutqiy ijodini, 
tasavvurini boyitishga xizmat qiladi. Rasm bolalar sezgisiga ta'sir etadi, hayotning bola 
tajribasida hali uchramagan tomonlarini ochadi. Rasm o'quvchilarga tanish bo'lgan hodisalarni 
chuqur anglashga ham yordam beradi. 
Rasm asosidagi inshoning uch asosiy turi bor: 
1) rasmlar seriyasi yoki rasmli reja asosida yoziladigan hikoya tarzidagi insho; 
2) sujetli,   o'quvchilarni   o'ylashga,   faraz   qilishga   undaydigan   bir,   rasm   asosida
yoziladigan hikoya tarzidagi insho; 
3) rasmni tasvirlash (tasviriy insho).  >
1 O'quvchilar   avval   rasmlar   seriyasi   asosida,   so'ng   bir   rasm   asosida,   undan   so'ng   tasviriy
insho yozish (rasmni tasvirlash)ga o'rgatiladi. 
Dasturga   ko'ra,   1-sinf   o'quvchilari   o'yinlari,   mehnatlari,   voqea-hodisalar   haqidagi
taassurotlari   asosida   o'qituvchi   rahbarligida   hikoya   tuzishlari   va   uni   ma'lum   tayyorgarlikdan
so'ng   yozishlari,   2-sinfda   rasmlar   seriyasi   asosida   kichik   hikoya   tuzish   va   uni   jamoa   tarzda
tuzilgan   reja   asosida   yozish,   tabiatni   kuzatish   va   mehnat   jarayoni   haqida,   bolalarning   o'yinlari,
ishlari,   sayillari   haqida,   avval   o'qituvchi   rahbarligida,   keyin   mustaqil   ravishda   kichik   hikoya
tuzish va uni yozish, shaxsiy ishlari haqida xat yoza olishlari, 3-sinfda rasmlar (bir mavzuga oid
bir   necha   rasm,   sujetli   bir   rasm,   rasmni   tasvirlash)   asosida   hayotiy   tajribalari,   kuzatishlari,
ekskursiyalardan olgan taassurotlari asosida rejani, avval jamoaviy ravishda, keyin mustaqil tuzib
hikoya qilish va uni yozishlari talab etiladi. 
Boshlang'ich   sinflarda   insho   ta'limiy   xarakterda   bo'ladi,   3-sinfdagina   tekshiruv   insho
o'tkazish   mumkin.   Rag'batlantirish   maqsadida   ta'limiy   insholar   ham   baholanadi,   lekin   salbiy
baho qo’ yish tavsiya etilmaydi. 
Boshlang'ich   sinflarda   yozma   inshoga   nisbatan   og'zaki   insho   ko'p   o'tkaziladi.   Og'zaki
hikoya   tuzish   bola   maktabga   kelgan   birinchi   kunlardanoq   boshlanadi,   yozma   insho   esa   1-sinf
oxiri va 2-sinfdan boshlab o'tkaziladi. 
O'quvchilar tarbiyasida inshoning ahamiyati 
Inshoning tarbiyaviy ahamiyati tanlanadigan mavzuga, shuningdek, insho ustida o'quvchilar
qanchalik mustaqil ishlashi va qiziqishiga, insho g'oyasiga ham bog'liq. 
Insho   bolalarning   voqea-hodisalarni   chuqur   his   etishiga   yordam   beradi,   izchil   fikrlashga
o'rgatadi,  tilga  va adabiy ijodga qiziqishlarini  oshtiradi. Bolalar  eng qiziqarli  va o'zlariga  yaqin
voqea-hodisalar   haqida   hikoya   qiladilar   va   yozadilar,   ularning   inshosi   mustaqil   ishlash
malakasini o'stiradi, ommaviy faollikni oshiradi. 
Tanlangan   mavzuning   g'oyaviy   yo'nalishini   ochish   tarbiyaviy   vazifani   hal   qilishga   imkon
beradi. Bu jihatdan  mehnat, mehnat  qahramonlari  haqidagi,  bolalarning  hayoti, maktab,  tug'ilib
o'sgan qishlog'i yoki shahri haqidagi,  urush qahramonlari  haqidagi  mavzular  ayniqsa qulay. Bu
mavzulardagi insholar mehnat kishilariga, qahramonlarga chuqur hurmatni tarbiyalaydi. 
Insho   jamiyat   hayotini   tushunishga   o'rgatadi.   Tabiatga,   kishilarga,   ularning   yaxshilikka
intilishlari   va   harakatlariga,   mehnatga   va   mehnat   mahsuliga   muhabbatni   tarbiyalaydi,   kishilar
xatti-harakatidagi   chiroyli   jihatlarni   egallashga,   hozirgi   zamon   axloqiy   talablarini   anglashda
o'quvchilarga yordam beradi. 
Inshoning tarbiyaviy ahamiyatini oshirish uchun quyidagilarga rioya qilish talab etiladi:  1. Osondan   qiyinga   tamoyiliga   rioya   qilgan   holda   og'zaki   va   yozma   inshoni   muntazam
o'tkazib   borish   bilan   o'quvchilarda   mustaqillikni   tarbiyalash.   Mustaqil   insho   o'quvchilar
faolligini o'stiradi. 
2. Inshoni   hayot   bilan   bog'lash.   Bunda   kuzatishlar   asosidagi   insho,   kundalik   yuritish,
qilingan   ishlar   yuzasidan   „hisobot"   tarzidagi   insho,   xat,   maqola,   o'qilgan   kitob   haqida   taqriz
kabilarning tarbiyaviy ahamiyati juda katta.  
3. Insho   uchun   maktab   va   o'qituvchining   tarbiyaviy   vazifalariga   mos   bo'lgan   mavzu
tanlash.   Bunday   mavzularga   mehnat   haqidagi,   kishilarning   maqtovga   loyiq   ishlari   haqidagi,
axloqiy muammolar, Vatan haqidagi mavzular kiradi. Mavzuni o'qituvchi maktab sharoiti va o'z
sinfi o'quvchilarining xususiyatlarini hisobga olgan holda tanlaydi. 
4. Insho ustida ish ishlashda ishning hissiy darajasini — ta'sirini oshirish.   Bunda tabiat
obrazli va emotsional, qahramonlik yoki foydali harakatlar qiziqarli, ta'sirchan qilib tasvirlanadi. 
„Vatan"   so'zini   aytish   bilan   kishining   bolalikda   o'sib-ulg'aygan   joyi   tasviri   ko'z   oldida
paydo   bo'ladi.   Ishlab   chiqarishga   ekskursiya   materiali   asosida   mehnat   haqidagi   insho   yangi
tarbiyaviy   imkoniyatlarni   ochib   beradi:   unda   bolalar   ishlab   chiqarishdagi   muvaffaqiyat   va
qiyinchilikiar,   ilg'or   kishilar   haqidagi,   kasb   va   mutaxassislik   haqidagi,   texnika   haqidagi
ma'lumotlardan   foydalanadilar.   Ishlab   chiqarishga   ekskursiya   va   mehnatni   tasvirlash   bilan
bog'iiq holda kasb haqida suhbatlashishga to b
g l
ri keladi va bu inshoda o'z aksini topadi. Mehnat
haqidagi   insho   gazetaga   maqola   shaklida   yozilishi   mumkin.   Mehnat   yoki   ishlab   chiqarish
haqidagi   insho   mavzulariga   „Bizning   qishloq",   „ Ка r а m   uzish",   „Bog'da",   „Bizning   jamoa
xo'jaligimiz", „Pochtada", „Do'konda", „Paxtakorlarga yordamimiz", „Bizning hashar", „ Мак -tab
yer uchastkasida", „Daraxt o'tqazish" kabilar kiradi. 
„ Men   nimalarni   bilaman?"   mavzusidagi   tanlovga   bolalar   juda   qiziqadilar.   Tanlov
bolalarning   mehnat   ko'nikmalarini   aniqlabgina   qolmay,   ularni   uyda,   polizda,   bog'da   ishlashga
rag'batlantiradi. Maqsad kishilarga foyda keltiruvchi mehnatga  hurmatni tarbiyalashdir.  Qishloq
maktab o'quvchilari ota-onalariga sabzavotlar ekish, hosilni yig'ish, o'tin tayyorlash kabi ishlarda
qanday   yordamlashganliklari   haqida   yozadilar.   Sinfda   mehnat   haqidagi   insho   muhokama
qilinadi. Bolalar foydali, zaruriy ijtimoiy faoliyat sifatida mehnatning mohiyatini tushuntiradilar.
Ular har qanday mehnat e'zozlanishini aytadilar. 
Kelajak   haqida   „Kim   bo’lishni   xohlayman?”   mavzusida   tayyorgarliksiz   hikoya   qilish
tarzidagi insho ham katta tarbiyaviy kuchga ega. 
Juda   yaxshi   yozilgan   inshoni   sinfda   ifodali   o'qib   berish   va   tahlil   qilish   bolalarni
tarbiyalaydi. Ba'zi maktablarda bolalar inshosi va hatto bolalar she'rlari to'plami tuziladi, yaxshi
yozilgan hikoya uchun tanlov e'lon qilinadi.  Insho mavzusi va uni yoritish. Mavzu insho predmeti bo'lib, uning mazmunini tashkil etadi.
Mavzuga   qarab   inshoda   aks   ettiriladigan   materiallar,   dalillar,   hodisalar   tanlanadi.   Inshoning
to'g'ri   va   to'liq   bo'lishi   o'qituvchi   mavzuni   qanday   shakllantirishi,   o'quvchilar   uni   qanday
tushunishlariga bog'liq. 
Insho   ustida   ishlashda   mavzu   tanlash,   uni   rejalashtirishda   esa   og'zaki   va   yozma   insho
mavzusini belgilab olish muhim rol o'ynaydi. 
Og'zaki   va   yozma   insho   ustida   ishlashda   mavzu   berib,   uni   yoritishni   talab   qilishdan
tashqari,   avval   material   to'plash   va   shu   yig'ilgan   materiallar   asosida   mavzuni   shakllantirishni
tavsiya qilish ham mumkin. 
Insho   rejasini   tuzish.   Reja   har   qanday   og'zaki   yoki   yozma   hikoya   qilishning   zaruriy
pog'onasi,   uning   „loyihasi"dir.   Kishi   o'z   nutqi   haqida   o'ylab,   asosiy   gaplarini   belgilab   oladi.
Insho uchun reja tuzish shuning uchun ham zarur. 
Bolalar avval o'qigan hikoyalariga reja tuzadilar va uni reja asosida qayta hikoya qiladilar,
keyin bayon rejasini tuzadilar, so'ng bir mavzuga oid bir necha rasm (rasmlar seriyasi) asosidagi
insho rejasini, ya'ni rasmli reja tuzadilar, inshoga sarlavha topadilar. Shundan so'ng tasvirlangan
voqea-harakatlar   aniq   ajratilgan,   reja   tuzishga   qulay   bo'lgan   rasm   yoki   kuzatishlar   asosida
yoziladigan insho rejasini tuzishga o'tiladi. 
Reja   tuzishga   o'rgatishda   oldin   nima   haqida   to'xtalish,   keyin   uni   qanday   davom   ettirish,
undan   so'ng   nima   haqda   aytish,   nihoyat,   hikoyani   qanday   tugatish   kerakligini   o'quvchilarga
tushuntirish   foydali   usul   hisoblanadi.   Reja   avval   so'roq   gap   tarzida,   keyin   darak   gap,   oxiri
nominativ gap tarzida tuziladi. 
Reja   ko'pincha   insho   yozishdan   oldin   unga   tayyorlanish   jarayonida   (rasm   asosida
yoziladigan   insho   rejasi   kabi)   tuziladi.   Ba'zan   rejani   ekskursiya,   kuzatishdan   oldin,   unga
tayyorgarlik jarayonida tuzish maqsadga muvofiq. Ekskursiya, kuzatish, ijtimoiy foydali mehnat
rejasi shu ishlar bajarilishidan oldin yoki ular yuzasidan material to'plash, insho uchun material
tanlash   va   uni   tartibga   solish   jarayonida   tuziladi.   Bunday   reja   insho   yozishdan   oldin   ko'rib
chiqilib, unga ayrim aniqliklar kiritiladi. 
 Fizika darslarida bilimlarni mustahkamlash uchun insho yozdirish mumkin.
Inshoni yozishga tayyorlash    
Og'zaki yoki yozma inshoning turi va vazifasiga qarab unga tayyorgarlik ko'riladi.Inshoga
tayyorgarlikni   o'qituvchi   boshqaradi,   bunga   o'quvchilarni   ishtirok   ettiradi,   ularning   o'ta   faolligi
va   mustaqilligiga   erishadi.   Tayyorgarlik   deganda,   birinchidan,   o'quvchilarda   nimanidir
tasvirlashga, hikoya qilishga talab uyg'otadigan vaziyat yaratish; ikkinchidan, insho uchun yetarli bo'lgan   zarur   material   yig'ish;   uchinchidan,   mavzuga   oid,   uni   yoritishga   mos   bo'lgan   til
vositalarini tanlash tushuniladi. 
Inshoga   tayyorgarlik   inshoni   yozishdan   bir   necha   kun   ilgari   boshlanadi,   darsdan   tashqari
vaqtlarda va boshqa darslar jarayonida ham olib boriladi. 
Og'zaki yoki yozma insho ustida ishlash quyidagi uch bosqichga bo'linadi: 
1) material   yig'ish,   ya'ni   kuzatish,   ekskursiya,   mehnat   jarayoni,   rasmni   ko'rib   chiqish,
kinofilm, spektaklni ko'rish, badiiy va boshqa adabiyotlarni o'qish; 
2) mavzuga   va   uni   yoritishga   mos   material   tanlash,   uni   tartibga   solish,   joylashtirish,   ya'ni
suhbat,   muhokama   qilish,   zarur   materialni   ajratish,   reja   tuzish,   lug'at   ustida   ishlash,   imlo   va
leksik tomondan tayyorlash va hokazo; 
3) inshoni   nutqiy   shakllantirish,   ya'ni   insho   matnini   tuzish,   uni   yozish,   takomillashtirish,
xatolarni to'g'rilash va uni tekshirish. 
Birinchi va ikkinchi bosqichdagi ishlar, odatda, darsdan tashqari vaqtda bajariladi. Masalan,
ekskursiya   asosidagi  insho  uchun   material   yig'ish  uni  yozishdan   ancha  ilgari   boshlanadi;   tabiat
hodisalarini   kuzatish   bir   hafta,   hatto   undan   ko'proq   davom   etadi;   rasmlar   esa   insho   yozishdan
oldin ko'riladi. 
Shunday   qilib,   insho   yozish   yoki   og'zaki   hikoya   qilish   darsi   ilgari   bajarilgan   ishlarning
yakunidir.   Insho   darsining   umumlashtiruvchilik   roli   bog'lanishli   nutq   sohasidagi   ko'nikmalarni
egallash me'yoriga qarab ortib boradi. 
Insho darsining qurilishi tayyorlov bosqichining xarakteriga bog'liq. Tayyorlov bosqichida
qancha   ko'p   ishlansa,   insho   darsida   matn   ustida   shuncha   chuqur   ishlash   imkoniyati   yaratiladi.
Insho   yozishdan   oldin   yoki   og'zaki   hikoyalashda   yig'ilgan   materiallarni   o'quvchilar   yodiga
tushirish, ularda qiziqish uyg'otish, yozishga yoki hikoya qilishga xohish uyg'otish zarur. 
Insho yozish darsida quyidagi bosqichlarga rioya qilinadi: 
1. Mavzuni,   inshoning   vazifasini   e'lon   qilish   (yoki   yodga   tushirish),uni   o'quvchilar   bilan
muhokama qilish. 
2. Kuzatish   davrida   to'plangan   materialni   tartibga   solish   yoki   material   yig'ish   (masalan,
rasmga qarab insho yozish uchun rasmni ko'rish) maqsadida suhbat o'tkazish. 
3. Reja tuzish yoki avval tuzilgan rejaga aniqlik kiritish. 
4. Matnni   nutqiy   tayyorlash,   ya'ni   zarur   so'zlarni   yozish,   so'z   birikmasi,   gap   yoki
bog'lanishli   matnning   ayrim   qismini   tuzish,   imlosi   qiyin   so'zlarning   yozilishini   tushuntirish   va
boshqalar.  5. Darsning   asosiy   qismi   bo'lgan   inshoni   yozish.   Bu   jarayonda   o'quvchilar   inshoni
yozayotganlarida,   o'qituvchi   ular   ishini   kuza-tadi,   ayrim   o'quvchilarga   (boshqalarga   xalaqit
bermay, ular e'tiborini chalg'itmay) individual yordam beradi. 
6. O'quvchilar   yozgan   insholarini   tekshiradilar,   kamchiliklarini   to'ldirib,   xatolarini
to'g'rilaydilar.   Boshlang'ich   sinflarda   bolalar   inshoni  oqqa   ko'chirmaydilar,   kerakli   tuzatishlarni
ehtiyotlik   bilan   kiritadilar,   bunday   tuzatishlar   uchun   insho   bahosi   pasaytirilmaydi,   aksincha,
matnni yaxshi to'g'rilagan o'quvchi rag'batlantiriladi. 
7. O'quvchilar inshoni o'qituvchiga tekshirish uchun topshiradilar, o'qituvchi ikki kun ichida
tekshiradi. 
Keyingi   ona   tili   darsining   ikkinchi   qismidan   15—25   daqiqa   vaqt   ajratib,   tekshirilgan
insholar yuzasidan yakuniy mashg'ulot o'tkaziladi (insho tahlil qilinib, xatolar ustida ishlanadi). 
O'qituvchi har bir insho turi uchun o'quv vazifasini belgilab oladi. Masalan, rasmlar seriyasi
asosida birinchi marta yozdiriladigan insho uchun quyidagi vazifalar belgilab olinadi: 
1. O'quvchilarni   inshoning   yangi   turi   bo'lgan   rasmlar   seriyasi   asosidagi   insho   bilan
tanishtirish. 
2. Rasmli reja asosida matn rejasini tuzish. 
3. Reja   qismlariga   mos   ravishda   matnni   xatboshilarga   bo'lish   va   har   birini   xatboshidan
yozish. 
4. Insho matnini mustaqil tekshirish va takomillashtirish. 
O'quvchilarning mustaqillik darajasi o'sib borgani sayin, inshoga talab ham orta boradi.

Mavzu: Bog’lanishli nutq, og’zaki hikoya va yozma insho. REJA 1. Insho haqda. 2. Inshoning ta’limdagi o’rni. 3. O'quvchilar tarbiyasida inshoning ahamiyati 4. Inshoni yozishga tayyorlash 5. O'quvchilar inshosini tahlil qilish

INSHO - ijodiy ishning eng yuqori shakli bo'lib, maktabda alohida o'rin tutadi; bagiarcha nutqqa oid mashqlar ma'lum mazmunda inshoga bo'ysunadi. INSHO — yozma ish turlaridan biri. Insho uchun bayon, bayon uchun diktant asos hozirlaydi. INSHONING TA'LIMDAGI O’RNI INSHO — ijodiy ish bo'lib, u o'quvchidan faollik, qiziqish, fikr bildirishni talab qiladi. Material tayyorlash, uni tartibga solish, insho kompozitsiyasi va rejasi haqida o'ylash, mantiqiy bog'lanishni belgilash, so'z, so'z birikmasini tanlash, gap tuzish va uni o'zaro bog'lash, imloni tekshirish kabi barcha murakkab ishlar o'quvchidan aqliy kuchini to'la ishga solish bilan birga, o'z ma'naviy faoliyatini boshqarish ko'nikmasini ham talab etadi. INSHO — IJOD DEMAK. Ma'lum bir mavzu yuzasidan o’quvchining o’z fikrlarini ifodalash vositasiga insho deyiladi. Insho aniq bir mavzu asosida mustaqil yozilib, ijodiy fikrlarni to’g’ri, tartibli, mazmunli, ravon ifoda etishdan iborat bo’lib, o’quvchining mavzuga o’z munosabatini bildirishni talab etadi. Xuddi ana shu talabni boshlang’ich sinflardan boshlab amalga oshirish uchun asos yaratiladi. Insho aqliy ish bilan shug’ullanish usuli bo’lib, u mustaqil va faol fikrlash, hayotdagi voqea-xodisalarni kuzata bilish, matnga ijodiy yondoshishga undaydi. Insho ijodiy fikr yuritish mezoni sifatida o’quvchilarning shu sohadagi fikrlash darajasini ko’rsatib turadi, yozma nutqini o’stirishga katta yordam beradi. Insho maktabda o’quvchilarni ijodkorlikka o’rgatish metodi sifatida ta'limda g’oyat muhim o’rin egallaydi, o’quvchining fikr doirasini kengaytiradi, hayotda o’z o’rni, o’z fikri, o’z gapi, o’z mavqesini topish, ega bo’lish sari yetaklaydi, yozma nutqini o’stirishning muhim usuli bo’lib xizmat etadi. Shunday qilib, insho, avvalo ijodiy fikrlashdan iborat aqliy mehnatdir. U mustaqilikka undaydi, hayotga qiziqish, faollikni paydo qiladi, o’quvchi mavjud asarni o’qib, mavzu asosida unga o’zidan nimanidir qo’shishga intiladi, o’z fikrini ifodalash, so’zlar tanlashga harakat qiladi, hikoyalash uchun gaplar qurish, ijod qilish bilan mashg’ul bo’ladi. Ana shunday murakkab majmuodan iborat ijodiy mehnat shakli bo’lgan insho maktabda alohida o’ziga xos munosib o’rin egallashi lozim. Inshoda til nazariyasi nutq tajribasi bilan qo'shiladi. O'quvchi inshoni mustaqil, ijodiy xarakterda bo'lgani uchun, „o'ziniki"ni yozgani uchun ham sevadi. Maktab rivojining barcha bosqichlarida bolalarning mustaqil tuzgan hikoyasi — inshoga alohida ahamiyat berilgan. Maktablar o'quvchilar nutqini o'stirish, aqliy, ijodiy o'sishiga mo'ljallangan yangi dasturga o'tishi munosabati bilan uning ahamiyati yanada oshdi. Og'zaki va yozma inshoga o'rgatish jarayonida o'quvchilarda mavzuni tushunish va yoritish, o'z inshosini aniq fikrga bo'ysundirish, material to'plash, uni tartibga solish va joylashtirish, reja

tuzish va reja asosida yozish, mazmunga va nutq vaziyatiga mos ravishda til vositalaridan foydalanish, yozgan inshosini takomillashtirish ko'nikmaiari hosil qilinadi. Bulardan tashqari, „texnik" vazifalar ham amalga oshiriladi, ya'ni matnni yozishda imlo qoidalari va husnixatga e'tibor berish, matnni xatboshidan yozish, hoshiyaga rioya qilish kabi talablarga ham amal qilinadi. Og'zaki va yozma insho material manbaiga, mustaqillik darajasiga, tayyorlash usuli, janri va til xususiyatiga qarab tasnif qilinadi. Insho material manbaiga ko'ra uchga bo'linadi: 1) o'quvchining o'zi ko'rgan-bilganlari, eshitganlari haqidagi, kuzatishlar, ekskursiyalar, o'yinlar, o'z tajribasi va boshqa jonli materiallar asosidagi insho; 2) kitob materiali, rasmlar, film, spektakl, o'qituvchi hikoyasi va boshqa manbalar asosidagi insho; 3) turli manbalar materialidan foydalaniladigan insho. Mustaqillik darajasiga, tayyorgarlik ko'rish metodiga ko'ra insho ikki turli bo'ladi: 1) sinf o'quvchilari uchun umumiy bir mavzu asosida jamoaviy tayyorgarlikdan so'ng yoziladigan insho; 2) alohida mavzu asosida yakka tayyorgarlikdan so'ng yoziladigan individual insho. Janriga ko'ra hikoya, tasvir, muhokama tarzidagi insholarga bo'linadi. Boshlang'ich sinflarda tasvir va muhokama elementlari mavjud bo'lgan hikoya tarzidagi inshodan ko'proq foydalaniladi. Inshoni tasnif qilish ta'limiy vazifalarni chuqur anglash va metodik vositalarni tanlashga, shuningdek, ish turlarini zaruriy yo'nalishda, baravar taqsimiashga yordam beradi. Boshlang'ich sinflarda yozdiriladigan inshoning muhim turlaridan biri kichik yoshdagi o'quvchilarning shaxsiy hayotiy tajribasiga asoslangan inshodir. Rasm asosidagi insho maktablarda tez-tez o'tkaziladi, chunki rasm bolalar nutqiy ijodini, tasavvurini boyitishga xizmat qiladi. Rasm bolalar sezgisiga ta'sir etadi, hayotning bola tajribasida hali uchramagan tomonlarini ochadi. Rasm o'quvchilarga tanish bo'lgan hodisalarni chuqur anglashga ham yordam beradi. Rasm asosidagi inshoning uch asosiy turi bor: 1) rasmlar seriyasi yoki rasmli reja asosida yoziladigan hikoya tarzidagi insho; 2) sujetli, o'quvchilarni o'ylashga, faraz qilishga undaydigan bir, rasm asosida yoziladigan hikoya tarzidagi insho; 3) rasmni tasvirlash (tasviriy insho). > 1

O'quvchilar avval rasmlar seriyasi asosida, so'ng bir rasm asosida, undan so'ng tasviriy insho yozish (rasmni tasvirlash)ga o'rgatiladi. Dasturga ko'ra, 1-sinf o'quvchilari o'yinlari, mehnatlari, voqea-hodisalar haqidagi taassurotlari asosida o'qituvchi rahbarligida hikoya tuzishlari va uni ma'lum tayyorgarlikdan so'ng yozishlari, 2-sinfda rasmlar seriyasi asosida kichik hikoya tuzish va uni jamoa tarzda tuzilgan reja asosida yozish, tabiatni kuzatish va mehnat jarayoni haqida, bolalarning o'yinlari, ishlari, sayillari haqida, avval o'qituvchi rahbarligida, keyin mustaqil ravishda kichik hikoya tuzish va uni yozish, shaxsiy ishlari haqida xat yoza olishlari, 3-sinfda rasmlar (bir mavzuga oid bir necha rasm, sujetli bir rasm, rasmni tasvirlash) asosida hayotiy tajribalari, kuzatishlari, ekskursiyalardan olgan taassurotlari asosida rejani, avval jamoaviy ravishda, keyin mustaqil tuzib hikoya qilish va uni yozishlari talab etiladi. Boshlang'ich sinflarda insho ta'limiy xarakterda bo'ladi, 3-sinfdagina tekshiruv insho o'tkazish mumkin. Rag'batlantirish maqsadida ta'limiy insholar ham baholanadi, lekin salbiy baho qo’ yish tavsiya etilmaydi. Boshlang'ich sinflarda yozma inshoga nisbatan og'zaki insho ko'p o'tkaziladi. Og'zaki hikoya tuzish bola maktabga kelgan birinchi kunlardanoq boshlanadi, yozma insho esa 1-sinf oxiri va 2-sinfdan boshlab o'tkaziladi. O'quvchilar tarbiyasida inshoning ahamiyati Inshoning tarbiyaviy ahamiyati tanlanadigan mavzuga, shuningdek, insho ustida o'quvchilar qanchalik mustaqil ishlashi va qiziqishiga, insho g'oyasiga ham bog'liq. Insho bolalarning voqea-hodisalarni chuqur his etishiga yordam beradi, izchil fikrlashga o'rgatadi, tilga va adabiy ijodga qiziqishlarini oshtiradi. Bolalar eng qiziqarli va o'zlariga yaqin voqea-hodisalar haqida hikoya qiladilar va yozadilar, ularning inshosi mustaqil ishlash malakasini o'stiradi, ommaviy faollikni oshiradi. Tanlangan mavzuning g'oyaviy yo'nalishini ochish tarbiyaviy vazifani hal qilishga imkon beradi. Bu jihatdan mehnat, mehnat qahramonlari haqidagi, bolalarning hayoti, maktab, tug'ilib o'sgan qishlog'i yoki shahri haqidagi, urush qahramonlari haqidagi mavzular ayniqsa qulay. Bu mavzulardagi insholar mehnat kishilariga, qahramonlarga chuqur hurmatni tarbiyalaydi. Insho jamiyat hayotini tushunishga o'rgatadi. Tabiatga, kishilarga, ularning yaxshilikka intilishlari va harakatlariga, mehnatga va mehnat mahsuliga muhabbatni tarbiyalaydi, kishilar xatti-harakatidagi chiroyli jihatlarni egallashga, hozirgi zamon axloqiy talablarini anglashda o'quvchilarga yordam beradi. Inshoning tarbiyaviy ahamiyatini oshirish uchun quyidagilarga rioya qilish talab etiladi:

1. Osondan qiyinga tamoyiliga rioya qilgan holda og'zaki va yozma inshoni muntazam o'tkazib borish bilan o'quvchilarda mustaqillikni tarbiyalash. Mustaqil insho o'quvchilar faolligini o'stiradi. 2. Inshoni hayot bilan bog'lash. Bunda kuzatishlar asosidagi insho, kundalik yuritish, qilingan ishlar yuzasidan „hisobot" tarzidagi insho, xat, maqola, o'qilgan kitob haqida taqriz kabilarning tarbiyaviy ahamiyati juda katta. 3. Insho uchun maktab va o'qituvchining tarbiyaviy vazifalariga mos bo'lgan mavzu tanlash. Bunday mavzularga mehnat haqidagi, kishilarning maqtovga loyiq ishlari haqidagi, axloqiy muammolar, Vatan haqidagi mavzular kiradi. Mavzuni o'qituvchi maktab sharoiti va o'z sinfi o'quvchilarining xususiyatlarini hisobga olgan holda tanlaydi. 4. Insho ustida ish ishlashda ishning hissiy darajasini — ta'sirini oshirish. Bunda tabiat obrazli va emotsional, qahramonlik yoki foydali harakatlar qiziqarli, ta'sirchan qilib tasvirlanadi. „Vatan" so'zini aytish bilan kishining bolalikda o'sib-ulg'aygan joyi tasviri ko'z oldida paydo bo'ladi. Ishlab chiqarishga ekskursiya materiali asosida mehnat haqidagi insho yangi tarbiyaviy imkoniyatlarni ochib beradi: unda bolalar ishlab chiqarishdagi muvaffaqiyat va qiyinchilikiar, ilg'or kishilar haqidagi, kasb va mutaxassislik haqidagi, texnika haqidagi ma'lumotlardan foydalanadilar. Ishlab chiqarishga ekskursiya va mehnatni tasvirlash bilan bog'iiq holda kasb haqida suhbatlashishga to b g l ri keladi va bu inshoda o'z aksini topadi. Mehnat haqidagi insho gazetaga maqola shaklida yozilishi mumkin. Mehnat yoki ishlab chiqarish haqidagi insho mavzulariga „Bizning qishloq", „ Ка r а m uzish", „Bog'da", „Bizning jamoa xo'jaligimiz", „Pochtada", „Do'konda", „Paxtakorlarga yordamimiz", „Bizning hashar", „ Мак -tab yer uchastkasida", „Daraxt o'tqazish" kabilar kiradi. „ Men nimalarni bilaman?" mavzusidagi tanlovga bolalar juda qiziqadilar. Tanlov bolalarning mehnat ko'nikmalarini aniqlabgina qolmay, ularni uyda, polizda, bog'da ishlashga rag'batlantiradi. Maqsad kishilarga foyda keltiruvchi mehnatga hurmatni tarbiyalashdir. Qishloq maktab o'quvchilari ota-onalariga sabzavotlar ekish, hosilni yig'ish, o'tin tayyorlash kabi ishlarda qanday yordamlashganliklari haqida yozadilar. Sinfda mehnat haqidagi insho muhokama qilinadi. Bolalar foydali, zaruriy ijtimoiy faoliyat sifatida mehnatning mohiyatini tushuntiradilar. Ular har qanday mehnat e'zozlanishini aytadilar. Kelajak haqida „Kim bo’lishni xohlayman?” mavzusida tayyorgarliksiz hikoya qilish tarzidagi insho ham katta tarbiyaviy kuchga ega. Juda yaxshi yozilgan inshoni sinfda ifodali o'qib berish va tahlil qilish bolalarni tarbiyalaydi. Ba'zi maktablarda bolalar inshosi va hatto bolalar she'rlari to'plami tuziladi, yaxshi yozilgan hikoya uchun tanlov e'lon qilinadi.