logo

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijobiy fazilatlarni shakllantirish mexanizmi (1-4 sinf tarbiya darsi).

Yuklangan vaqt:

27.01.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

155.2978515625 KB
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijobiy fazilatlarni shakllantirish
mexanizmi (1-4 sinf tarbiya darsi) .
Reja:
1. Shaxsda   ma’naviy-axloqiy   fazilatlarni   shakllantirishning   pedagogik-
psixologik xususiyatlari. 
  2.Vatanga   sadoqat,   tadbirkorlik,   irodalilik,   mafkuraviy   immunitet,   mehr-
oqibatlilik,   mas’uliyatlilik,   tolerantlik,   huquqiy   madaniyat,   innovatsion
fikrlash kabi fazilatlarni shakllantirish mazmuni.
3. Innovatsion   tarbiya   texnologiyalarining   o‘quvchilarning   axloqiy   sifat   va
fazilatlarini shakllantirishda foydalanish. Tayanch   so’zlar :   mafkuraviy   immunitet,   aqliy   tarbiya,   axloqiy   fazilat,
innovatsion texnologiyalar, mehnat tarbiyasi.
 Mafkuraviy immunitet tushunchasi.
Mustaqillikni mustahkamlashning muhim shartlaridan biri bu g’oyaviy tarbiyani
kuchaytirishdan   iborat.   Bu   borada   kishilarimizda   yot   va   zararli   g’oyalarga   qarshi
kurashish   uchun   mafkuraviy   immunitetni   shakllantirish   zarur.   Albatta,   mafkuraviy
immunitetni   shakllantirish   kishilar   ongida   bir   xil   g’oyani   zo’r   berib   tiqishtirish
emas, balki odamlarda oq-qorani ajratish, zararli g’oyalarga qarshi hushyor va ogoh
bo’lish xususiyatlarini tarbiyalash demakdir. 1999 yil 16 fevralь, 2004 yil martidagi
Buxoro va Toshkent, shahrida 2005 yil 13 mayda Andijon shaharlarida sodir etilgan
terrorchilik voqealaridan to’g’ri xulosa chiqarish kerak.   Har bir davlat, jamiyatning
qudrati uning ichki xavfsizligi va barqarorligiga tayanadi. Ya’ni jamiyat, millat o’z
g’oyasida   mustahkam   tursa,   ikkilanmasa,   har   qanday   dushman   qo’llashi   mumkin
bo’lgan   g’oyaviy   tahdidlardan   qo’rqmasa,   bunday   millatni   yengish   mumkin   emas.
Aksincha,   jamiyat   ichida  g’oyaviy  parokandalik,  bo’linishlar   bo’lsa  dushmanlarga,
ularning yot mafkuralariga yo’l ochib beradi. Bunday millatni yengish, mustamlaka
qilish   oson   kechadi.   Demak,   barqarorlik   va   xavfsizlik   –   jamiyatning   ongligiga,
anglangan   to’g’ri   tushuncha   va   bilimlarga   faol   amal   qilishiga,   fikriy,   g’oyaviy
birligiga,   bular   esa   xavfsizlik   ma’rifatiga   tayanadi.   Shu   boisdan   ham   har   bir
o’zbekistonlik   millatidan,   dinidan,   tug’ilgan   joyidan,   kasbu   yoshidan   qat’iy   nazar
Vatan   posboni   bo’lishi   lozim.   Mamlakatimizning   xavfsizligi   uchun   eng   birinchi
kafolat   –   o’zbekistonliklarning   milliy   istiqlol   g’oyasi   atrofida   jipsligidir.   Milliy
istiqlol g’oyasining asosiy bosh g’oyasi va maqsadi: ozod va obod Vatan, erkin va
farovon hayot barpo etishdir.
Milliy istiqlol g’oyasi o’zining asosiy g’oyalari: 
1) Vatan ravnaqi; 
2) yurt tinchligi; 
3) xalq farovonligi; 
4) komil inson;  5) ijtimoiy hamkorlik;
 6) millatlararo totuvlik; 
7) diniy bag’rikenglikka tayanar ekan, ana shu g’oyalarga qarshi qaratilgan xatti-
harakatlar tashqi va ichki tahdidlarning oldini oladi. 
Tashqi   tahdidlar   –   O’zbekistonning   davlat   chegarasidan   tashqaridan   kirib
keluvchi,   ichki   tahdidlar   esa   O’zbekiston   davlati,   mamlakatning   ichidan
chiqayotgan   tahdidlardir.   Biz   ko’p   asrlar   ana   shu   ichki   tahdidlar   tufayli
mustamlakalikda yashab keldik.
Ichki  tahdidlar  – o’z Vataniga, vatandoshiga,  vatandoshlariga  zarar  yetkazishga
qaratilgan   g’oya,   xatti-harakatlardir.   Ana   shu   tahdidlar   qancha   keng   tarqalsa,
mamlakat   g’oyaviy   birligiga   shuncha   ko’p   zarar   yetkazadi,   parokanda   qiladi,
hamjihatlik   bo’lmaydi.   G’oyaviy   birligi   mo’rt   millatning   davlat   xavfsizligi   ham
mo’rt   bo’ladi.   Ichki   va   tashqi   tahdidlar   asosan   g’oyaviy   bo’shliq   tufayli   sodir
bo’ladi.   Demak,   g’oyaviy   bo’shliq   nima?   G’oyaviy   bo’shliq   –   deb,   eski   hukmron
mafkura halokatga uchrab, u bilan bog’liq tushunchalarning qadrsizlanishi, bugungi
hayot,   o’tmish   va   kelajakka   daxldor   qadriyatlar,   tushuncha   va   tasavvurlarni   to’liq
anglab   yetmasligi   oqibatida   odamlarning   qalbi   va   ongida   vujudga   keladigan
bo’shliqqa   aytiladi.   Tajovuzkor   mafkuralar   bunday   bo’shliqdan   foydalanib,
o’zlarining   zararli   g’oyalarini   singdirmoqchi   va   odamlarni   o’z   ortidan
ergashtirmoqchi   bo’ladi.   Sobiq   kommunistik   partiya   hukmronligi   barham   topgach,
bizning   yurtimizga   ham   zararli   oqimlar   kirib   kela   boshladi.   Bunga   davlat   va
nodavlat   tashkilotlari   hamda   siyosiy   partiyalarning   istiqlol   g’oyasini,   bozor
munosabatlarini odamlar ongi va qalbiga tushuntirishda sustkashlik qilgani, ijtimoiy
fanlarning   jamiyatimizdagi   yangiliklarni   vaqtida   tahlil   qilib   bermagani,   jamiyat
ruhiyati   va   tafakkurida   ro’y   berayotgan   murakkab   jarayonlarning   o’z   yechimini
topmagani ham sabab bo’ldi. Sobiq sotsialistik mafkuraning illatlari fosh bo’lgach,
nafaqat   oddiy   odamlar,   hatto   ziyolilar   ham   mafkuralarning   hammasi   taraqqiyot
uchun   zararli   ekan,   haqiqiy   ozod   va   erkin   bo’lish   uchun   har   qanday   mafkuradan
xalos   bo’lish   kerak,   degan   fikrga   borib   qolgan   edi.   Odamlar   bunyodkor   va
vayronkor g’oyalarning farqiga bormagani uchun shunday xulosaga kelgan edi. Biz faqat   vayronkor   g’oya   –   kommunistik   mafkuradan   voz   kechgan   edik.   Bizga   endi
bunyodkor   g’oya   kerak   edi.   Chunki   tabiatda   vakuum   –   bo’shliq   bo’lmagani   kabi,
mafkura   sohasida   ham   bo’shliqqa   yo’l   qo’yib   bo’lmaydi.   Insoniyat   tarixi   shundan
dalolat   beradiki,   muayyan   jamiyat   taraqqiyot   jarayonida   bir   bosqichdan   ikkinchi
bosqichga o’tishida turmushning barcha sohalarida, xususan, iqtisodiyot, ijtimoiyot
va   siyosiy   sohada   bo’lgani   kabi,   g’oyaviy-mafkuraviy   sohada   ham   muayyan
muammolarni   hal   qilish   zarurati   paydo   bo’la   boshladi.   Chunki   o’ziga   xos   yangi
davr,   sharoit,   vaziyat   an’anaga   aylanib   qolgan   g’oyalar,   qarashlar,   munosabatlarni
o’zgartirmasdan,   ma’lum   mafkuraga   asoslanmasdan   yangi   maqsadlar   sari   qadam
tashlay olmaydi. Bu esa yangi g’oya, qarash, munosabat, mafkurani ishlab chiqishni
talab   etadi.   O’zbekiston   Respublikasi   birinchi     Prezidenti   Islom   Karimov
ta’kidlagani   kabi:   «O’zining   hayotini,   oldiga   qo’ygan   maqsadlarini   aniq   tasavvur
qila oladigan, o’z kelajagi haqida qayg’uradigan millat hech bir davrda milliy g’oya
va milliy mafkurasiz yashamagan va yashay olmaydi. Mafkura bo’lmasa har qaysi
davlat va jamiyat, qolaversa, har qaysi inson o’z yo’lini yo’qotishi muqarrar» .
G`oyaviy bo’shliqqa olib keluvchi sabablar quyidagilardan iborat:
 Boshqa mafkuralarni tan olmaslik.
 Yakka hokimlik (kommunistik) g’oyasining mutlaq hukmronligi va targ’iboti
 «Yo’lboshchi   sinf»   mafkurasi   nomigagina   ijtimoiy   guruhlar   mafkurasi
ekanligi.
 Kommunistik   mafkuraning   odamlar   vijdon   erkinligini   cheklab   qo’yishi,   kim
unga jur’at qilsa «xalq dushmani»ga aylantirilishi.
 Milliylikdan, qadriyatlardan butunlay xoli bo’lish.
 Milliy tarix, O’zbekiston tarixi, o’tmishini tan olmaslik.
 Xalqning   diniga,   diniy   merosga,   diniy   qadriyatlarga   mutlaqo   noto’g’ri
munosabat va h.k.
XX asr 90-yillarning boshlarida bunday mafkuraviy bo’shliq O’zbekistonda ham
namoyon   bo’ldi.Ya’ni   deideologizatsiya   siyosatiga   olib   keldi.   Ana   shu   g’oyaviy
bo’shliqning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat edi:
 Kommunistik mafkura tanazzulga uchrab uning o’rni bo’sh qoldi.  O’zbekiston   mustaqil   davlat   sifatida   qaror   topsada,   uning   mafkurasi   ham
shakllanmagan edi.
 O’tish davrida yangicha qarashlar mustahkam e’tiqodga aylanib ulgirmasdan
boshqa yot va begona mafkuralarning xuruji.
 Markaziy   Osiyo                     mintaqasidagi               ekstremistik                     kuchlar,
terrorchi to’dalarning mafkuraviy kurashni avj oldirishi va boshqa.
Bu   sabablar   natijasida   mustaqillik   yillarida,   ayniqsa   1991-2005   yillar   davrida
mamlakatimizda   ekstremistik   kuchlar   va   terrorchi   to’dalar   tomonidan   amalga
oshirilgan buzg’unchilik, vayronchilik ishlarini misol qilib keltirish mumkin. XX asr
90-yillarining   boshlarida   ayrim   yoshlar,   yurtdoshlarimizning   zararli   g’oya   va
mafkuralar ta’siriga tushib qolish sabablarini Prezidentimiz Islom Karimov asarlari
asosida quyidagicha izohlab berish mumkin:
 Dastlabki   yillarda   milliy   g’oya,   milliy   mafkura   to’liq   shakllanib,   odamlar
qalbi va ongiga singib ulgurmagani.
 O’zbekiston   eski   tuzumdan   yangi   tuzumga   o’tish   davrida   bir   qator   tabiiy
qiyinchiliklarga duch kelishi.
 Bugungi kunda barcha yoshlarning serdaromad ish bilan ta’minlanmaganligi.
 Yosh ayrim  soddadil  yoshlarning  ishonuvchanligi  tufayli  diniy qadriyatlarga
intilish tuyg’usidan ustalik bilan foydalanishi tufayli.
Targ’ibot-tashviqot   ishlarining   yetarli   olib   borilmaganligi   (bugun   bu   ishni
siyosiy partiyalar «Ma’naviyat va ma’rifat» markazlari, «Kamolot» ijtimoiy yoshlar
tashkilotlari   va   h.k.   olib   bormoqda).   Mafkura   va   mafkuraviy   tarbiya   masalasi   o’z
mustaqilligini   qo’lga   kiritgan,   demokratik   huquqiy   davlat,   erkin   fuqarolik
jamiyatining   asoslarini   yaratayotgan   mamlakatimiz   uchun   ham   muhim   hayotiy
ahamiyatga   ega.   Zero,   ko’zlangan   maqsadlarga   ushbu   orzu-umid   va   intilishlarni
o’zida   mujassamlashtirgan   g’oyaviynazariy   qarashlar   majmui   bo’lmish   milliy
mafkura va unga asoslangan  tarbiya tizimisiz erishish mumkin emas.  «Men, – deb
yozadi   Prezidentimiz,   –   Abdulla   Avloniyning   «Tarbiya   biz   uchun   yo   hayot   –   yo
mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir» degan fikrini ko’p mushohada   qilaman.   Buyuk   ma’rifatparvarning   bu   so’zlari   asrimiz   boshida
millatimiz   uchun   qanchalar   muhim   va   dolzarb   bo’lgan   bo’lsa,   hozirgi   kunda   biz
uchun   ham   shunchalik,   balki   undan   ham   ko’ra   muhim   va   dolzarbdir».   Bu
masalaning dolzarbligi yuqorida qayd etilgan mafkura shakllarining xavfini bartaraf
etish   zarurligi   bilan   ham   belgilanadi.   Zero,   Prezidentimiz   ta’kidlaganidek,   ularga
g’oya va ma’rifat bilan qarshi kurashish lozim. Mamlakatimizdagi mavjud ijtimoiy
hamkorlik,   milliy   birlik   va   hamjihatlikni   saqlab   qolish   va   rivojlantirish   yo’li
bilangina   qo’lga   kiritilgan   istiqlolni   himoya   qilamiz.   Xalqaro   hamjamiyat,   shu
jumladan   tarix   taqozosi   bilan   aloqalar   kuchli   rivojlangan   davlatlar   bilan   teng
huquqli,   izzat-ikromli   munosabat,   o’zaro   manfaatli   aloqalar   esa   mustaqillikni
mustahkamlashning muhim omili bo’lib xizmat qiladi. Ana shundagina mintaqamiz
hech qachon tsivilizatsiyalar to’qnashmaydigan, balki ular bir-biriga ta’sir etib, bir-
birini   boyitishning   ibratli   namunasini   beradigan   makonga   aylanadi.   Mafkuraviy
ta’sir  va  tahdidlar  haqida  gap ketar  ekan, ularni  aniqlash,  baholash,  xususiyatlarini
yaqqol   ko’rsatish   uchun   O’zbekiston   Prezidenti   Islom   Karimov   tomonidan   ilmiy
muomalaga   bir   qator   tushunchalar   kiritilganligini   qayd   etish   lozim.   Ular   qatorida
«mafkuraviy immunitet», «mafkuraviy profilaktika» kabilardir. Ana shu tushuncha-
larning   mazmuni   oydinlashtirilganda   hozirgi   dunyoda   kechayotgan   mafkuraviy
jarayonlarning   xarakterini   yanada   yaqqolroq   tasavvur   qilish   imkoni   tug’iladi.
Mafkuraviy immunitetni  hosil  qilish. Mafkuraviy immunitet  – ma’naviy barkamol,
irodasi   baquvvat,   iymoni   butun   shaxsni   tarbiyalashda,   har   qanday   reaktsion,
buzg’unchi   xarakterdagi   g’oyaviy   tashabbuslarga   bardosh   bera   oladigan   yoshlarni
tarbiyalashda   qo’l   keladi»[.   «Mafkuraviy   immunitet»   tushunchasini   birinchi   bor
birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ishlatgan va unga quyidagicha ta’rif   bergan:
«Ma’lumki,   har   qanday   kasallikning   oldini   olish   uchun,   avvalo,   kishi   organizmida
unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimiz yuragida ona Vatanga,
boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog’lom  munosabatni  qaror
toptirishimiz, ta’bir joiz bo’lsa, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz
zarur». Immunitet   lotincha   (immunitatis)   so’zidan   olingan   bo’lib,   biror   narsadan   xalos,
ozod va farig’ bo’lish, qutilishni, muayyan kasallikni qo’zg’atuvchi virusga, dardga
qarshilik   ko’rsatish   qobiliyatini   (masalan,   inson   tanasi   immuniteti)   bildiradi.
«Immunitet»   so’zining   ma’nosi   organizmning   doimiy   ichki   barqarorligini   saqlash
uning   turli   xususiyatlarga   va   ta’sirlaridan   himoyalanishi,   qarshilik   ko’rsatishi,
rezistentligini   bildiradi.   Shuningdek,   u   daxlsizlik   ma’nosini   ham   anglatadi,
(masalan,   deputatlik   immuniteti,   diplomatik   immuniteti).   Demak,   mafkuraviy
immunitet  – davlat  va millatning ma’naviy birligi, ma’naviy sog’lomligini  himoya
qiluvchi g’oyaviy qalqon vazifasini bajaradi. Aslida organizmni infektsion agentlar
va boshqa yot moddalardan himoya qilish omillari tabiati bo’yicha uchga bo’linadi:
Filogenetik   immunitet   –   anatomik   va   fiziologik   belgisiga   ko’ra   nasldan   naslga
o’tadigan   himoyaviy   rezistentligi.   Bunda   organizm   yuqumli   kasalliklarga   chidamli
bo’ladi. 
Tug’ma   immunitet   (turga   xos,   tabiiy),   nasbatan   chidamli,   nasldan   naslga
o’tadigan xarakterga ega.
Orttirilgan   immunitet   –   hayot   davomida   orttirilgan   immunitet.   U   o’zo’zidan
namoyon   bo’lmaydi.   Uning   namoyon   bo’lishi   uchun   ichki   yoki   tashqi   g’oyaviy
ta’sir   bo’lishi   kerak.   Milliy   g’oya   asosidagi           mafkuraviy   immunitet,       avvalo,
har           bir   vatandoshimizning   mustahkam   e’tiqod   va   yuksak   dunyoqarashga   ega
bo’lishini   taqozo   etadi.   Insonning   ko’plab   xususiyatlari   tug’ma   bo’lsa,   mafkuraviy
immunitetni shakllantirib borish zarur. Ikkinchidan, har bir avlod uchun o’ziga xos
xususiyatga ega bo’ladi. Uchinchidan, immunitet tizimi shakllan-sagina mafkuraviy
daxlsizlikni   ta’minlaydi.   G`oya   faqatgina   inson   qalbini   egallaganda,   inson
ma’naviy-ruhiy holatining uzviy qismiga aylangandagina harakatga da’vat etuvchi,
rag’batlantiruvchi kuchga, harakat uchun qo’llanmaga aylanadi. Shuning uchun ham
bugungi   kunda   nafaqat   inson   ongini,   balki   qalbini   ham   egallash   mafkuraviy
kurashning bosh maqsadi bo’lib qolmoqda. Mafkuraviy immunitet tizimining asosiy
va birinchi unsuri, bu bilimdir. Ammo bilimlar ko’p… Ikkinchi asosiy qismi ana shu
bilimlar   zamirida   shakllanadigan   qadriyatlar   tizimidir.   Uchinchi   unsuri:   ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy va madaniy-ma’rifiy sohalardagi aniq mo’ljal va maqsadlar tizimi
bilan bog’liq.
Talaba mafkuraviy immunitetining tarkibini: 
1) mafkuraviy bilim; 
2) histuyg’u; 
3) iroda; 
4) ko’nikma 
 5) malakalar tashkil qiladi.
Mafkuraviy   immunitet   milliy   mustaqillikning   afzalligiga   ishonch   asosida
quriladi.   Ishonch   esa   ishontirish   va   tushuntirish   natijasida   hosil   bo’ladi.   Masalan,
O’zbekiston – dunyoviy davlat diniy davlatni taqqoslash natijasida tushuncha hosil
bo’ladi.   Demak,   mafkuraviy   immunitetni   shakllantirish   muayyan   vaziyatda
insonning   o’zi,   xalqi,   Vatani   manfaatlari   birligidan   kelib   chiqib,   yot   g’oyalarga
qarshi tura olish malakalaridir.
2.  O’quvchilarda aqliy tarbiyani shakllantirish mazmuni
Dunyoqarash tabiat, ijtimoiy jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati mazmunining
rivojlanib   borishini   belgilab   beruvchi   dialektik   qarashlar   va   e'tiqodlar   tizimidir.
Mazkur   tizim   doirasida   ijtimoiy-g'oyaviy,   falsafiy,   iqtisodiy,   tabiiy-ilmiy,
ma'naviy-axloqiy,   estetik,   huquqiy   va   ekologik   bilimlar   negizida   shakllangan
e'tiqodlar   asosiy   tarkibiy   unsurlar   sifatida   namoyon   bo'ladi.Muayyan
dunyoqarashga   ega   bo'lish   shaxsda   atrof-muhit,   ijtimoiy   munosabatlar,   mehnat
faoliyati va ishlab chiqarish jarayoni, sub'ektlarga nisbatan ma'lum munosabatning
qaror   topishi,   shuningdek,   shaxs   tomonidan   zimmasidagi   ijtimoiy   burchlarini
to'laqonli   anglash   va   ularni   bajarishga   nisbatan   mas'uliyat   tuyg'usiga   ega   bo'lishi
uchun   zamin   yaratadi.   Shaxsda   dunyoqarash   izchil,   tizimli,   uzluksiz   hamda
maqsadga   muvofiq   tashkil   etilayotgan   ta'lim-tarbiyaning   yo'lga   qo'yilishi,   uning
turli yo'nalish va mazmundagi ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi,
shuningdek,   o'z-o'zini   tarbiyalab   borishi   natijasida   shakllanadi.   Yosh   avlod
dunyoqarashining   shakllanishida   ta'lim   muassasalarida   o'qitilishi   yo'lga   qo'yilgan
tabiiy,   ijtimoiy   va   gumanitar   fanlar   asoslarining   ular   tomonidan   puxta
o'zlashtirilishi   muhim   o'rin   tutadi.   Shaxsning   ma'naviy-axloqiy   qiyofasi,   hayotiy
yondoshuvlari,   uning   uchun   ustuvor   ahamiyatga   ega   bo'lgan   qadriyatlar   hamda
axloqiy tamoyillar mohiyati u ega bo'lgan dunyoqarash mazmunini ifodalaydi. O'z
navbatida dunyoqarashning boyib borishi shaxsning shaxsiy sifat va fazilatlarining
tobora   barqarorlashuvini   ta'minlaydi.   O'z   mazmunida   ezgu   g'oyalarni   ifoda   etgan
dunyoqarash   shaxs   qiyofasida   namoyon   bo'layotgan   ijobiy   fazilatlarning   boyib
borishiga   yordam   beradi.   Dunyoqarash   o'z   mohiyatiga   ko'ra,   ilmiy   (muayyan falsafiy   tizimga   ega)   va   oddiy   (muayyan   falsafiy   tizimga   ega   bo'lmagan)
dunyoqarash   tarzida   farqlanadi.   Ilmiy   dunyoqarash   asosida   uzluksiz,   izchil
ravishda   mavjud   fanlar   asoslarini   puxta   o'zlashtirib   borish,   ijtimoiy   munosabatlar
jarayonida   faol   ishtirok   etish   natijasida   barqarorlik   kasb   etgan   g'oyalar   yotadi.
Shaxs   dunyoqarashini   shakllantirish   uzoq   muddatli,   dinamik   xususiyatga   ega
murakkab   jarayon   sanaladi.   Aqliy   tarbiya   va   ilmiy   dunyoqarashning   asosiy
belgilari va mohiyati. Shaxs dunyoqarashining shakllanishida aqliy tarbiya muhim
o'rin   tutadi.   Aqliy   tarbiya   shaxsga   tabiat   va   jamiyat   taraqqiyoti   to'g'risidagi
bilimlarni   berish,   uning   aqliy   (bilish)   qobiliyati,   tafakkurini   shakllantirishga
yo'naltirilgan   pedagogik   faoliyat   bo'lib,   uni   samarali   yo'lga   qo'yish   asosida
dunyoqarash shakllanadi.
3.   Shaxsda   ma’naviy-axloqiy   fazilatlarni   shakllantirishning   pedagogik-
psixologik xususiyatlari.  
Aqliy   tarbiya   o'quvchilarni   ilm-fan,   texnika,   texnologiya   hamda   ishlab   chiqarish
sohalarida   qo'lga   kiritilayotgan   yutuqlar   bilan   tanishtirish,   ularda   ijodiy,   erkin,
mustaqil   fikrlash   ko'nikmalarini   hosil   qilishga   zamin   yaratadi.   Aqliy   tarbiya
jarayonida quyidagi vazifalar hal etiladi:
Tarbiyalanuvchilarga ilmiy bilimlarni berish.
              1.   Ularda   ilmiy   bilimlarni   o'zlashtirishga   nisbatan   ongli   munosabatni   qaror
toptirish.
2.   Mavjud   bilimlardan   amaliyotda   foydalanish   ko'nikma   va   malakalarini   tarkib
toptirish.
3. Bilimlarini doimiy ravishda boyitib borishga intilish tuyg'usini shakllantirish.
4.   Bilimlarni   o'zlashtirishga   yordam   beradigan   psixologik   qobiliyatlar   (nutq,
diqqat,   xotira,   tafakkur,   ijodiy   xayol)   va   xususiyatlar   (aniq   maqsadga   intilish,
qiziquvchanlik, kuzatuvchanlik, mustaqil fikrlash, ijodiy tafakur yuritish, o'z fikrini
asoslash,   mavjud   ma'lumotlarni   umumlashtirish,   guruhlashtirish,   mantiqiy
xulosalar chiqarish va hokazolar)ni rivojlantirish.
Aqliy   ta'lim   va   tarbiya   birligi   asosida   shaxsda   tafakkur   (ijtimoiy   voqea-
hodisalarning ongda  to'laqonli   aks  etishi,  inson  aqliy faoliyatining yuksak  shakli)
rivojlanadi.   Manbalarning   ko'rsatishicha,   aqliy   tafakkurning   mavjud   darajasini
belgilash bir qadar murakkab bo'lib, quyidagi belgilarga ko'ra aniqlanishi mumkin:
1. Ilmiy bilimlar tizimining mavjudligi.
2. Mavjud ilmiy bilimlarni o'zlashtirib olish jarayoni.
3. Fikrlash ko'nikmasiga egalik.
4. Bilimlarni egallashga bo'lgan qziqish hamda ehtiyojning yuzaga kelganligi.
Aqliy   tafakkur   uzoq   muddat   hamda   tinimsiz   izlanish   natijasida   yuzaga   keladi.
Uning   shakllanishida   ilmiy   qarash   va   e'tiqod   o'ziga   xos   o'rin   tutadi.   Ilmiy   qarash
(yunoncha   "idea"-   g'oya,   tasavvur,   tushunchalar   yig'indisi)   -   muayyan   hodisa,
jarayonning   mohiyatini   yorituvchi,   ilmiy   jihatdan   asoslangan   fikr,   g'oya   bo'lib,   u
shaxs   tomonidan   mavjud   ilmiy   bilimlar   tizimi   puxta   o'zlashtirilganda,   bilimlarni
bir-biri   bilan   taqqoslash,   solishtirish,   predmet,   hodisa   yoki   jarayon   mohiyatini
tahlil   qilish   natijasida   yuzaga   keladi.   O'quvchilarni   ijodiy   fikrlashga   o'rgatish,
ixtirochilik   ko'nikmalarini   shakllantirish   ular   tomonidan   ilmiy   izlanishlarni   olib borish   va   ma'lum   ilmiy   qarashlarni   ilgari   surilishiga   zamin   yaratadi.   Aqliy
tarbiyani   samarali   tashkil   etish   shaxsda   ilmiy   tafakkurning   yuzaga   kelishini
ta'minlaydi.   Ilmiy   tafakkur   -   inson   aqliy   faoliyatining   yuksak   shakli   sanalib,
ijtimoiy   voqea-hodisalar,   jarayonlarga   nisbatan   ilmiy   yondashuvni   anglatadi.
E'tiqod   dunyoqarash   negizida   aks   etuvchi   ijtimoiy-   falsafiy,   tabiiy,   iqtisodiy,
huquqiy,   ma'naviy-axloqiy,   estetik   hamda   ekologik   bilimlarning   takomillashgan
ko'rinishi;   muayyan   g'oyaga   cheksiz   ishonch   bo'lib,   uning   shakllanishi   bir   necha
bosqichda   kechadi.   Birinchi   bosqichda   ular   beqaror   va   vaziyat   taqozosiga   ko'ra
o'zgaruvchanlik   xususiyatini   kasb   etadi.   Ikkinchi   bosqichda   ma'naviy-axloqiy
qarashlarning   barqaror   tamoyillariga   aylanadi.   Mavjud   talab,   jamiyat   tomonidan
tan olingan axloqiy qoidalardan chetga chiqish qiyin, ziddiyatli vaziyatlarda ongli
harakatni tashkil etish, irodaviy sifatlarga tayangan holda ish ko'rish taqozo etiladi.
Uchinchi   bosqichda,   e'tiqod   barcha   vaziyatlarda   ham   ustuvor   ma'naviy-axloqiy
tamoyil   bo'lib   qoladi.   O'quvchi   tomonidan   o'zlashtirilgan   ilmiy   bilimlar   hayotiy
munosabatlar   jarayonida   keng   qo'llanilganda,   ularning   asl   mohiyati   chuqur   his
qilingan va anglangandagina e'tiqodga aylanadi.
4.   Vatanga   sadoqat,   tadbirkorlik,   irodalilik,   mafkuraviy   immunitet,   mehr-
oqibatlilik,   mas’uliyatlilik,   tolerantlik,   huquqiy   madaniyat,   innovatsion
fikrlash   kabi   fazilatlarni   shakllantirish   mazmuni.   Bugungi   globallashuv
jarayonida   dunyoning   har   qarich   yerida   inson   ongi   va   tafakkuri   uchun   jiddiy
kurash   ketayotgani   ayni   haqiqatdir.   Birda   yovuz,   birda   madaniy   ko‘rinishdagi   bu
kurash   har   birimizdan   atrofga   teran   nazar   tashlash,   jahonda   kechayotgan   turfa
jarayonlarni aql va tafakkur bilan sarhisob etishga undaydi.
Ma’lumiki,   Prezidentimizning   2019-yil   3-maydagi   “Ma’naviy-ma’rifiy   ishlar
samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  qarori ,
2020-yil   25-dekabrdagi   O‘zbekiston   Yoshlari   forumida   hamda   2020-yil   29-
dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisga Murojaatnomasi da hamda joriy
yilning   19-yanvar   kuni   Ma’naviy-ma’rifiy   ishlar   tizimini   tubdan   takomillashtirish,
bu   borada   davlat   va   jamoat   tashkilotlarining   hamkorligini   kuchaytirish   masalalari
bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan
Respublika   Ma’naviyat   va   ma’rifat   markazi   “Ma’rifat”   targ‘ibotchilar   jamiyati
hamda   vazirliklar,   qator   davlat   va   jamoat   tashkilotlar   bilan   hamkorlikda   ishlashga
chorlaydi.   Davlatimiz   rahbarining   “Jamiyat   hayotining   tanasi   iqtisodiyot   bo‘lsa,
uning   joni,   ruhi   ma’naviyatdir”,   degan   so‘zlari   mohiyatidagi   uyg‘onish   nafasi
Hazrat   Navoiy   da’vatlariga   mohiyatan   uyg‘un   bo‘lib,   Uchinchi   Renessans
poydevorini yaratishga azm-u shijoat bilan kirishgan xalqimiz uchun tarbiya, yaxshi
xulq, aql-idrok, bilim, ma’naviyat naqadar tengsiz qudrat va ruhiy manba ekanligini
yana   bir   bor   anglatdi.   Demak,   yuksak   ma’naviyat   bilan   jamiyat   hayotining   tanasi bo‘lgan iqtisodiyot vujudiga jon, ruh kiradi, unga tiriklik, tengsiz yaratuvchi qudrat
baxsh   etiladi.
Negaki   ma’naviyat   va   ma’rifat   barcha   zamonlarda   tengsiz   qudrat,   baxt-saodat,
tinchlik, bunyodkorlik, hamjihatlik mezoni, ruhiy poklanish va qalbni yuksaltiruvchi
ne’mat   bo‘lib   kelgan.Chunki   u   millatni,   xalqni,   demakki,   insonlarni   yuksak
fazilatlar,   kamolotga   yo‘llovchi   axloqiy   mezonlar   asosida   yashashga,   xudbinlik,
g‘aflat asiriga aylanmay hamisha yaxshilik yo‘lida bedor bo‘lishga, bu olamni obod
qilishga,go‘zallikka   burkashga   chorlagan.
Endilikda,   “Ma’naviy-ma’rifiy   ishlar   tizimini   tubdan   takomillashtirish   chora-
tadbirlari   to‘g‘risida”gi   qarorda   ta’kidlanganidek,   xalqimiz,   ayniqsa,   yoshlarni
jaholat   soyasidan   asrash,   tinimsiz   chiranib   yotgan   ma’naviy   tahdidlardan   himoya
qilish   uchun   tashkiliy-amaliy   va   ilmiy-tadqiqot   ishlarini   yangi   talablar   asosida
yo‘lga   qo‘yish,   bu   yo‘nalishda   davlat   tashkilotlari,   fuqarolik   jamiyati   institutlari,
ommaviy   axborot   vositalari   hamda   xususiy   sektorning   ijtimoiy   hamkorligini
mustahkamlash   borasidagi   ishlarni   yangi   bosqichga   ko‘taradi.
Mavjud   muammolarni   hal   etish   yoshlar   ma’naviyatini   yuksaltirishda   ma’naviy-
ma’rifiy   ishlarning   samarasi   va   ta’sirchanligini   oshirish   ko‘lami   va   miqyosini
yanada kengaytirish, mamlakat aholisi, avvalo, yoshlar qalbida Vatanimizda amalga
oshirilayotgan   islohotlarga   daxldorlik   hissini   kuchaytirish,   sohadagi   ishlarni
muvofiqlashtirish   bo‘yicha   yagona   tizim   yaratish,   yoshlarning   ma’naviy-axloqiy
kompetentligini rivojlantirishni  talab etadi. Bu borada nafaqat  respublikamiz, balki
jahon   ta’lim   tizimida   yoshlarning   ma’naviy-axloqiy   kompetentligini   rivojlantirish
metodikasi,   raqobatbardosh   kadrlar   tayyorlash   mexanizmi,   yoshlarning   axloqiy
sifatlarini  rivojlantirishning   amaliy  pedagogik  tizimi,  o‘qitish   modellari  texnologik
taraqqiyot   g‘oyalari   bilan   uyg‘unlashtirilgan   interfaol   dasturlar   ta’lim   jarayoniga
tatbiq   etilgan.   Birlashgan   Millatlar   Tashkilotining   “XXI   asrning   Oliy   ta’limi”
Butunjahon   deklaratsiyasi,   UNESCOning   “Oliy   ta’limni   isloh   qilish   va
rivojlantirish”   dasturiy   hujjatlarida   dunyo   miqyosida   ta’lim   muassasalarida   ta’lim
sifatini   oshirishga,   modulli   ta’limni   tashkil   etishga,   o‘qitishning   zamonaviy
usullarini   joriy   etish   orqali   talaba-yoshlarni   ma’naviy-axloqiy   tarbiyalash metodikasini   yanada  takomillashtirishga   alohida e’tibor   berilgan. Jahon  oliy  ta’lim
tizimida   yoshlarni   kasbiy   ijtimoiylashtirish,   ma’naviy-axloqiy   kompetentligini
rivojlantirish,   ijtimoiy   faolligi   va   tashabbuskorligini   tarbiyalash   metodikasini
takomillashtirish   bo‘yicha   ilmiy-tadqiqotlar   olib   borilmoqda.   AQSH,   Rossiya,
Germaniya,   Fransiya,   Xitoy,   Koreya   kabi   rivojlangan   mamlakatlarda   talaba-
yoshlarning   tafakkurini   o‘stirish,   qobiliyatlarini   erta   aniqlash,   ma’naviy-axloqiy
tarbiyalash  mexanizmlari  samaradorligini  oshirish metodikasini  takomillashtirishda
modulli  o‘qitish, “blended learning” (aralash o‘qitish), mahorat darslari, vebinarlar
tashkil  etilib kelinmoqda. Respublikamizda  ko‘pgina olimlar  tomonidan ma’naviy-
axloqiy   tarbiya   jarayonining   turli   jihatlari   o‘rganilgan   hamda   ushbu   tadqiqotlar
natijalarini   ta’lim-tarbiya   jarayonida   qo‘llash   imkoniyatlari   tavsiya   etilgan.   Bu
tadqiqotlarning   ba’zilari   keng   qamrovli   bo‘lgan   ma’naviy-axloqiy   tarbiya
jarayonining ma’lum bir qirrasini tahlil etishga qaratilgan bo‘lsa, boshqalari ta’lim-
tarbiya   jarayonida   ma’naviy-axloqiy   tarbiyaning   mazmunini   boyitishga   va   turli
o‘quv   kurslarida   yangi   usullarini   qo‘llashga   yo‘naltirilgan,   ta’lim   muassasalarida
tarbiyaviy   ishlar   tizimini   takomillashtirish   masalalari   tadqiq   etilgan .   Ma’naviy-
axloqiy   tarbiya   jarayonini   rivojlantirish   borasida   milliy   qadriyatlardan   foydalanish
yo‘llari va milliy tarbiya asoslari, ma’naviy-axloqiy madaniyatni shakllantirishning
pedagogik   asoslari,   oliy   ta’lim   tizimida   ma’naviy-axloqiy   tarbiyani   shakllantirish
hamda   bo‘lajak   mutaxassislarning   ma’naviy-kasbiy   tayyorgarligi   muammosi,
ayniqsa,   ta’lim   muassasalarida   tarbiyaviy   ishlar   tizimini   samarali   tashkil   etish
masalalari   bo‘yicha   V.Karimova,   N.Dj.Mahmudova,   O.Musurmonova,
Sh.Sh.Olimov,   M.Quronov,   N.X.Oripova,   Z.Q.Ismoilova,   N.A.Muslimov,
N.M.Ochilova, Y.P.Azarov, Z.E.Azimovalarning ilmiy ishlarida oliy ta’lim tizimida
ma’naviy-axloqiy   tarbiyani   shakllantirish   hamda   bo‘lajak   mutaxassislarning
ma’naviy-kasbiy   tayyorgarligi   muammosi   tahlil   qilingan   .   Binobarin,   professor
O.Musurmonova   tomonidan   ishlab   chiqilgan   xulosalar   ilmiy   jihatdan   asoslangan
bo‘lsa-da,   ularni   amalga   oishirish   metodlariga   oid   tavsiyalarida   izchillikka   e’tibor
qaratish lozim. Talaba-yoshlar ma’naviy madaniyatini shakllantirishga doir shakl va
metodlar   (konferensiya   darslari;   seminar   dars;   munozara   darsi;   amaliy   dars;   o‘yin darsi;   sayohat   darslari;   rolli   darslar;   tarbiyaviy   tadbirlar;   ekskursiya;   davra
suhbatlari;   kichik   guruhlarda   ishlash;   ma’naviy   madaniyatni   shakllantirish
metodlari:   muammoli-munozarali   vaziyat;   qiyosiy-izohli   tahlil;   badiiy-ma’rifiy
asarlar ustida ishlash; ijodiy ish; tushunchali tahlil; mantiqiy tahlil; timsollar tahlili;
ma’naviy-axloqiy   qadriyatlarni   sharhlab   o‘rganish;   mustaqil   ish   va   h.k.)     tizimi
ma’naviy-axloqiy   tarbiya   metodikasi   taraqqiyotida   muhim   o‘rin   tutadi.
Shunisi   e’tiborliki,   ma’naviy-axloqiy   tarbiya   yo‘nalishlarini   ta’lim   bosqichlari
bo‘yicha   tasniflash   mustaqillik   davridagi   pedagogik   tadqiqotlarning   yetakchi
xususiyatidir.Jumladan,   Sh.Sh.Olimov   tomonidan   kasb-hunar   kollejlari
o‘quvchilarini   ma’naviy-axloqiy   tarbiyalashning   mazmuni,   shakl   va   metodlarini
nazariy jihatdan takomillashtirish va amaliyotga joriy etishga oid metodik tavsiyalar
ishlab   chiqilgan   yangi   tadqiqotda     muallifning   kasb-hunar   kollejlari   o‘quvchilarini
ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda imkoniyati yuqori bo‘lgan fanlarga e’tibor qaratish,
har   bir   fan   mazmuni   va   malaka   talablari   asosida   tarbiya   usullarini   tanlash,   dars
mashg‘ulotlarida   noan’anaviy   ta’lim   texnologiyalaridan   foydalanish,   darsdan
tashqari ishlar jarayonida tarbiyaviy tadbirlar tashkil etish yuzasidan bildirilgan fikr-
mulohazalari   ilmiy-metodik   jihatdan   ilm-fanning   so‘nggi   yutuqlari   asosida
yoritilganligi   bilan   ajralib   turadi.   Z.Ismailovaning   ma’naviy-ma’rifiy   ishlarda
talaba-yoshlar   shaxsini   axloqiy   tarbiyalash   masalasiga   doir   ilmiy   ishida   [9]   Vatan
ravnaqi,   yurt   tinchligi,   xalq   farovonligi,   komil   inson,   ijtimoiy   hamkorlik,
millatlararo   totuvlik,   dinlararo   bag‘rikenglik   kabi   asosiy   g‘oyalar   talaba   shaxsini
axloqiy   shakllantirish   mezoni   sifatida   belgilangan.   Milliy   va   umuminsoniy
qadriyatlarning   asosiy   xususiyatlari   bo‘lgan   oila,   mahalla,   el-yurt   tushunchalari
muqaddasligi,   ota-ona,   mahalla-ko‘y,   umuman,   jamiyatga   yuksak   hurmat-e’tibor,
millatning   o‘lmas   ruhi   bo‘lgan   ona   tiliga   muhabbat,   sabr-bardoshlilik,
mehnatsevarlik,   halollik   kabilar   talaba-yoshlar   shaxsini   axloqiy   shakllantirishning
asosiy   omillari   ekanligi   e’tirof   etilgan.   Ma’naviy-ma’rifiy   ishlar   jarayonida   talaba-
yoshlar   shaxsini   axloqiy   shakllantirish   modeli   ishlab   chiqilganligini   mazkur
dissertatsiyaning   muhim   jihatlaridan   biri   deyish   mumkin. 5.   Innovatsion   tarbiya   texnologiyalarining   o‘quvchilarning   axloqiy   sifat   va
fazilatlarini shakllantirishda foydalanish.
Yosh avlod tarbiyasi, avvalo, pedagogning kasbiy mahoratiga bog‘liq. Shu o‘rinda,
yurt   kelajagi   va   istiqboli   ko‘p   jihatdan   o‘qituvchiga,   uning   saviyasiga,
tayyorgarligiga,   fidoyiligiga,   o‘qitish   va   tarbiyalash   ishiga   bo‘lgan   munosabatiga
bog‘liqligini   qayd   etish   mumkin.   O‘qituvchi   kasbiy   axloq   va   odob   normalarini
mukammal   egallasagina,   o‘z   kasbining   fidoyisi   bo‘la   oladi.   Bugungi   kunda   ana
shunday   fidoyilik   har   qachongidan   ham   muhim   ekanligi   ushbu   sohada   olib
borilayotgan   ilmiy-tadqiqot   ishlarining   dolzarbligini   yanada   oshiradi.
Yoshlarda   pedagog   odobi   fazilatlarini   shakllantirish   alohida   obyekt   sifatida
o‘rganilgan   N.M.Ochilovaning   dissertatsiya   ishida   muammoning   nazariy   asoslari
va   xususiyatlari   tahlil   qilingan   hamda   bu   borada   qo‘llanilgan   samarali
yondashuvlar taqdim etilgan. Tadqiqotda pedagog odobi fazilatlarini shakllantirish
modeli   ishlab   chiqilgan.   Bundan   tashqari,   ishda   talabalar   axloqiy   tarbiyasining
joriy   holati,   pedagogik   faoliyat   uchun   zarur   axloqiy   fazilatlarning   namoyon
bo‘lishi   masalalari   o‘rganilgan   bo‘lib,   “O‘qituvchi   odobi”   nomli   maxsus   kurs
tashkil   etib,   unda   “Jamiyatning   o‘qituvchi   shaxsiga   munosabati”,   “O‘qituvchi
shaxsining   jamiyatga   munosabati”,   “Vatanga   munosabat”,   “O‘z-o‘ziga
munosabat”, “Mehnatga munosabat”, “Insonlarga munosabat” mavzulari doirasida
pedagog  odobi  xususiyatlari,  munosabatlarda  kasb  odobi   fazilatlarining  aks  etishi
va uning o‘ziga xosligi mavzusida ma’ruzalar tashkil etish g‘oyasi ilgari surilgan.
Bu   borada   Z.K.Ismailovaning   “Milliy   istiqlol   g‘oyasi:   asosiy   tushuncha   va
tamoyillar”   asosida   ma’naviy-axloqiy   tarbiyaning   nazariy   eksperimental   metodik
asoslariga   doir   ilmiy-tadqiqot   ishi   alohida   o‘rin   tutadi.   Muallif   tomonidan
barkamol shaxsni tarbiyalash metodlarining xususiy axloqni tarbiyalash metodlari;
jamoatchilik   orqali   xulq-atvorni   shakllantirish   metodlari;   ijtimoiy   ong   va   axloqni
shakllantirish   metodlari;   o‘z-o‘zini   boshqarish   va   tarbiyalash   metodlari;
rag‘batlantirish   metodlariga   bo‘linishi   tarbiya   metodikasining   tub   mohiyatini
tashkil   etish   orqali   talabalarning   ma’naviy-axloqiy   kompetentligini   rivojlantirish
maqsadga   muvofiq   ekanligini   alohida   qayd   qilish   mumkin.
O‘zaro   fikr   almashish.   Tahlillar   asosida   yoshlarning   ijtimoiy   faolligi   va
tashabbuskorligi   asosida   ma’naviy-axloqiy   kompetentligini   rivojlantirishda
ma’naviy-axloqiy   bilimlar,   ma’naviy-axloqiy   qadriyatlar,   ma’naviy-axloqiy
fazilatlar, ma’naviy faoliyat kabi komponentlarni o‘z ichiga olishi aniqlandi 
Ma’naviy-axloqiy   tarbiyaning   tarkibi   sifatida   ma’naviy-axloqiy   bilimlarning
shakllanishi   natijasida   talaba-yoshlarda   baxt,   vijdon,   burch,   adolat,   or-nomus,
muhabbat,   ezgulik,   shon-sharaf,   e’tiqod,   sadoqat   kabi   bir   qancha   axloqiy
kategoriyalar   shakllanadi.   Ma’naviy-axloqiy   bilimlarni   o‘zlashtirgan   talaba-
yoshlarda tashabbuskorlik, ijtimoiy faollik, vatanparvarlik, halollik, mehnatsevarlik,
kamtarlik,   fidoyilik   kabi   fazilatlar   qaror   topa   boshlaydi.   Ushbu   fazilatlarga   ega
yoshlar   axloqiy   me’yorlar   talablarini   ongli   bajaradi,   milliy   va   umuminsoniy qadriyatlar   sanalmish   ma’naviy   meros,   urf-odat   va   an’analarga   nisbatan   hurmatda
bo‘ladi.   Ammo   ma’naviy-axloqiy   me’yorlar   haqida   bilimga   ega   bo‘lish,   uni
tushunish,   ezgu   fazilatlarni   tarkib   toptirish   hali   yoshlarning   ma’naviy-axloqiy
jihatdan   tarbiyalanganini   anglatmaydi.   Insoniylik   fazilatlari   qachonki   hayotiy
tajribalarda   aks   etib,   shaxsning   munosabatlarga   kirishish   faoliyatida   yorqin
namoyon   bo‘lsa,   bu   uning   tarbiyalanganlik   darajasini   belgilaydi.
Jamiyat   taraqqiyoti   uchun,   avvalo,   ma’naviy-axloqiy   kompetentli,   ijtimoiy   faol
shaxsni   tarbiyalash,   shuningdek,   asosiy   e’tiborni   yoshlarning   tarbiyalanganlik
darajasini   oshirish   masalasiga   qaratish   zarur.   Negaki   ma’naviy-axloqiy   jihatdan
tarbiyalangan   shaxslarsiz   jamiyat   taraqqiyotini   tasavvur   etib   bo‘lmaydi.   Yoshlarni
ma’naviy-axloqiy   tarbiyalashda,   eng   avvalo,   millatimiz   tarixi   va   ma’naviyati
ildizlariga   e’tibor   qaratish   taqozo   etiladi.   Turonzaminda   azal-azaldan   inson
ma’naviy kamoloti, axloqiy fazilatlar tarbiyasi ajdodlarimiz diqqat markazida bo‘lib
kelganini   yoshlarning   tafakkuriga   singdirishga   erishish   zarur.
Ta’lim   metodlaridan   foydalanish.   O‘tkazilgan   ilmiy-tadqiqot   ishlari   tahlillariga
tayangan   holda   oliy   ta’lim   muassasalari   talaba-yoshlarida   ma’naviy-axloqiy
sifatlarni rivojlantirish bosqichlarini quyidagi ko‘rinishda izohlash lozim topildi (2-
rasmga qarang).  2-rasm.   Yoshlarda   ma’naviy-axloqiy   kompetentligini   rivojlantirish
bosqichlari
Yoshlarda   ma’naviy-axloqiy   kompetentligini   rivojlantirish   o‘ziga   xos
bosqichlarda   amalga   oshirilishi   maqsadga   muvofiq.   Bunda,   avvalo,   ma’naviy-
axloqiy   tarbiyaning   maqsad   hamda   vazifalarini   to‘g‘ri   yo‘lga   qo‘ya   bilish,   ish
mazmunini aniqlash, maqsadga erishish uchun tizimli yondashuvni tashkil etish
zarur.Ma’naviy-axloqiy   tarbiyaning   maqsadi   quyidagicha   belgilandi:   ta’lim
muassasalarida   izchillik   asosida   olib   boriladigan   ta’lim-tarbiya   natijasida
ma’naviy-axloqiy   sifatlarga   ega   bo‘lgan   kasbiy   kompetentli   mutaxassis
tayyorlash.Yoshlarning   ma’naviy-axloqiy   kompetentligini   rivojlantirishda
quyidagi vazifalar nazarda tutiladi
 3-rasm.   Oliy   ta’lim   muassasalari   talabalari   ma’naviy-axloqiy
kompetentligini rivojlantirishning mantiqiy-tuzilmaviy modeli.
–   uzluksiz   ta’lim-tarbiyaning   har   bir   bo‘g‘inida   ma’naviy-axloqiy   tarbiya
maqsadiga   erishish   yo‘llarini   izlab   topish;
–   ta’lim-tarbiya   jarayonida   turli   ta’sir   vositalari   orqali   yoshlarni   ma’naviy-
axloqiy   tarbiyalash;
–   ma’naviy-axloqiy   tarbiyada   shaxsga   yo‘naltirilgan   metod   va   vositalar,
zamonaviy   axborot   texnologiyalaridan   foydalanish;
–   yoshlarning   ma’naviy-axloqiy   jihatdan   tarbiyalanganlik   darajasini   aniqlash
maqsadida   anketa   so‘rovlarini   o‘tkazib,   natijalarini   qayd   etib   borish;
–   ma’naviy-axloqiy   sifatlarga   ega   bo‘lgan,   yoshlarni   kompetentli   ijtimoiy   faol
mutaxassis   sifatida   tayyorlashga   erishish.
Ijtimoiy-pedagogik faoliyatni, yoshlarda tashabbuskorlikni, faollikni tashkil etish
uchun   ta’lim   muassasalarida   o‘qitiladigan   tarbiyaga   xos   fanlarni   o‘qitish
jarayonida   shaxsga   yo‘naltirilgan   ta’lim-tarbiya   texnologiyalari   hamda
hamkorlik   ta’limini   amalga   oshirish   muhim   sanaladi.   Mazkur   ta’lim-tarbiya texnologiyalari   orqali   talaba   shaxsini   ijtimoiylashtirishga   erishish   imkoniyati
yaratiladi.
Demak,   yoshlarda   aynan   ijtimoiy   munosabatlarga   kirishish   uchun   lozim
bo‘lgan   ma’naviy-axloqiy   kategoriyalar,   normalar,   qadriyatlar   tizimi   haqida
bilim   hosil   qilish   hamda   ulardan   amaliy   faoliyatda   foydalanish   ko‘nikmalari
takomillashtirilishi   muhim   o‘rin   tutadi.   Bu   o‘rinda   o‘qitiladigan   tarbiyaga   oid
fanlarda   ijtimoiy   ongni   shakllantirish   metodlari   (suhbat,   bahs-munozara,
muammoli   ta’lim)dan   unumli   foydalanish   maqsadga   muvofiq.
Ta’lim   muassasalari   talaba-yoshllarida   ma’naviy-axloqiy   tarbiyaviy   sifatlarning
rivojlanganligini   baholash   namunali,   yaxshi,   qoniqarli   mezonlar   orqali   aniqlab
boriladi.   Past   ko‘rsatkich   aniqlansa,   korreksiyalash   ishlari   amalga   oshiriladi,
buning   uchun   yoshlar   bilan   individual-psixologik   ishlar   olib   boriladi   hamda
natijaga   erishish   uchun   harakat   qilinadi.
Bu   esa,   o‘z   navbatida,   ta’lim   muassasalari   yoshlari   ma’naviy-axloqiy
kompetentligini   rivojlantirishning   mantiqiy-tuzilmaviy   modelini   yaratishga
imkon   beradi   (3-rasm).   Bunday   zamonaviy   ta’lim   modeli   yoshlarni   kasbiy
faoliyatga   tayyorlashda   ma’naviy-axloqiy   kompetensiyaviy   yondashuv   asosida
ta’lim-tarbiya   jarayonini  amalga   oshirish   muhim   hisoblanadi.  Chunki   yoshlarda
zarur   kompetensiyalarni   shakllantirish   uchun,   avvalo,   pedagogning   o‘zida
kompenentlilik   rivojlangan   bo‘lishi   lozim.
Tayanch   kompetensiyalar   –   inson   kim   va   qanday   kasb   egasi   bo‘lishidan   qat’iy
nazar, shaxs hayotida, kasbiy faoliyatida, ijtimoiy munosabatlarda muvaffaqiyatli
bo‘lishi   uchun   egallashi   lozim   bo‘lgan   layoqatlar,   qobiliyatlar   va   hayotiy
ko‘nikma   va   malakalar   majmuyidan   iborat.   Bunda   har   bir   shaxs   kommunikativ
bo‘lishi, axborot bilan ishlay olishi, shaxs sifatida o‘zini rivojlantirishi, ijtimoiy
faol fuqaro bo‘lishi, umummadaniy xislatlarga ega va fan-texnika yangiliklaridan
xabardor bo‘lishi nazarda tutiladi.
6.   O'QUVCHILARGA MEHNAT  TARBIYASINI  SINGDIRISH   .Insonning
kundalik   turmush   tarzi   mehnat   va   faoliyat   bilan   bog'liqdir.   Shu   sababli   mehnat umuminsoniy, milliy, moddiy va ma'naviy boyliklarning ijtimoiy taraqqiyoti negizi
hisoblanadi.   Har   tomonlama   yetuk,   barkamol   avlodni   yetishtirishda   mehnat
tarbiyasining   o'rni   beqiyosdir.   Mehnat   tarbiyasi   shaxsni   har   tomonlama
rivojlantirishning   ajralmas   qismidir.   Shuningdek,   bolaning   har   tomonlama
shakllanish vositasi, uning shaxs sifatida ulg'ayish omili hamdir. Muntazam qilingan
mehnat   jarayonida   bola   o'z   aqlini,   irodasini,   hissiyotini,   xarakterini   rivojlantirishi
mumkin.   Mehnat   tarbiyasi   o'quvchilarga   mehnatning   mohiyatini   chuqur   anglatish,
ularda   mehnatga   ongli   munosabat,   shuningdek,   muayyan   ijtimoiy-foydali   harakat
yoki   kasbiy   ko'nikma   va   malakalarini   shakllantirishga   yo'naltirilgan   pedagogik
faoliyat   jarayoni   bo'lib,   ijtimoiy   tarbiyaning   muhim   tarkibiy   qismlaridan   biri
hisoblanadi. Mehnat tarbiyasini shunday tashkil etish kerakki, inson mehnat jarayoni
va   uning   natijasidan   qanoatlanishini   tarkib   toptirishga   ko'maklashsin.   Mehnat
tarbiyasining   provard   maqsadi   shaxs   xarakterining   asosiy   xislati   sifatida   uning
mehantga bo'lgan ehtiyojini shakllantirishdir.
O'quvchilar mehnat faoliyatining turlari xilma-xil bo'lib, ular quyidagilardir: 
1. Maishiy mehnat;
2. O'quv mehnati;
3. O'quv ishlab chiqarish mehnati;
4. Texnik mehnat;
5. Ijtimoiy-unumli mehnat;
6. Ijtimoiy-foydali mehnat va boshqalar.
Oilada mehnat tarbiyasining dastlabki unsurlari qo'llaniladi. Bola muayyan yoshga
to'lgach,   kattalarga   yordamlashadi,   o'z   imkoniyatlarini   anglab   yetadi   va   o'quv
(ta'lim) mehnatiga muntazam tayyorlanadi.
Mehnat tarbiyasini tashkil etishning pedagogic shart-sharoitlari:
1. Bolalar mehnatining o'quv-tarbiyaviy vazifalar bilan bog'liqligi;
2. Ijtimoiy ahamiyatli mehnatni o'quvchilarning qiziqishlari bilan birga qo'shib olib
borilishi;
3. Mehnat faoliyatining hamma bopligi va qo'ldan kela olishi;
4. Mehnat faoliyatining majburiyligi va vijdoniyligi;
5.   Mehnat   faoliyatini   tashkil   etishda   jamoaviy   va   individual   shakllarini   birga
qo'shib olib boorish.
Mehnatning   ijtimoiy-axloqiy   ahamiyatiga   e'tibor   berish,   mehnat   o'quvchining
yoshi, hayot tajribasi va imkoniyatlariga mos bo'lishi, ularning mehnat faoliyatlari
ijodiy   harakatda   bo'lishi,   o'z   vaqtida   kasblar   haqida   ma'lumotlar   berib   borilishi,
mehnat ahillari bilan doimo suhbat  va uchrashuvlar tashkil  qilish kabilar. Mehnat
tarbiyasining   bosh   g'oyasi   shaxsda   mehnat   faoliyatini   tashkil   etish,   ko'nikma   va malakalarni   hosil   qilish,   ijtimoiy   mehnatni   qadrlash,   mehnatsevarlik   xislatini
tarbiyalash sanaladi.
Buyuk ajdodlarimiz mehnat tarbiyasi to'g'risida to'xtalib, qimmatli fikrlarni bildirib
o'tishgan.   Masalan,   Abdurahmon   Jomiy:   "Oltin   topmaginu   o'rgan-gin   hunar,
hunarning oldida xasdir oltin-zar", - degan fikr bildirsalar, ulug' mutafakkir Alisher
Navoiy: "Umrni zoye etma, mehnat qil, mehnatni saodatning kaliti bil", - deydilar.
Fransuz adibi Anatol Frank: "Eng yaxshi axloqiy va estetik dori - mehnat", - degan
fikrni ilgari  suradi. Bundan  tashqari  "Avesto",  Kaykovusning "Qobusnoma", Abu
Nasr Farobiyning "Fozil odamlar shahri", Abu Rayhon Beruniyning "Geodeziya",
"Minerologoya",   Mahmud   Qoshg'ariyning   "Devonu   lug'atit   turk",   Yusuf   Xos
Hojibning   "Qutadg'u   bilig",   Alisher   Navoiyning   bir   qator   asarlari   va   shu   kabi
ma'rifiy   meros   namunalarida   mehnatsevarlik,   kasb-hunarning   ahamiyati   haqida
muhim fikrlar bayon etilgan.
Bir   qator   o'zbek   maqollarida   ham   inson   hayotida   mehnat   alohida   ulug'lanadi.
Masalan,   "Mehnat   baxt   keltirar",   Mehnat   e'tibor   garovi",   "Mehnatsiz   rohat   yo'q",
"Mehnat qacha og'ir bo'lsa, keti shuncha shirin bo'lar" va boshqalar.
Xulosa   o'rnida   shuni   aytish   mumkinki,   mehnat,   mehnat   tarbiyasining   ahamiyati
bolaning   hayotida,   uning   jisomanan,   ma'nan   tarbiya   topishida,   hamda   yuksak
kamolotga   erishishida   beqiyosdir.   Har   qanday   tarbiya   uchun   poydevor   eng   avval
oilada barpo qilinar ekan, mehnat tarbiyasi ham bolada o'z uyida uy yumushlarida
oila   a'zolariga   ko'maklashishidan   boshlab   rivojlanib   boradi.   Shu   orqali   bolada
mehnatga nisbatan muhabbat, kelajak uchun esa ko'nikma va malaka hosil bo'ladi.
Keyinchalik   ta'lim   dargohlarida,   ya'ni   bog'cha,   maktab,   kasb-hunar   kollejlari   va
oliy o'quv yurtlarida mehnat tarbiyasi bosqichma-bosqich shakllantirib boriladi. Bu
esa bolani uning jismoniy, aqliy qobiliyatiga, qiziqish va imkoniyatiga qarab kasb-
hunarga to'g'ri yo'naltirishga yordam beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Asosiy adabiyotlar:
1. B.X.Xodjayev.  Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyotir. Darslik T:. Sano-
standart. 2017-yil
2. Abdullaeva Sh. Umumiy pedagogika.O‘quv qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 2021-yil
3.   Ismatova   Nargiza     va   boshalar.   Tarbiya   1,   2,   3,   4.   Darslik.     G‘afur   G‘ulom
nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi.: Toshkent – 2020
4. Sarsenbayeva R.M. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. O‘quv qo‘llanma. - T.; 2019
5. Dexkanova M.U. Tarbiyaviy ishlar metodikasi.O‘quv qo‘llanma. - T.; 2019
Qo‘shimcha adabiyotlar:
6.   Мирзиёев   Ш . М .   Буюк   келажагимизни   мард   ва   олижаноб   халқимиз   билан
бирга   қурамиз . –  Т .: “ Ўзбекистон ”, 2017. – 488  б .
7.   Мирзиёев   Ш . М .   Миллий   тараққиёт   йўлимизни   қатъият   билан   давом
эттириб ,  янги   босқичга   кўтарамиз . 1- жилд . –  Т .: “ Ўзбекистон ”, 2017. – 592  б .
8.  Мирзиёев   Ш . М .  Халқимизнинг   розилиги   бизнинг   фаолиятимизга   берилган
энг   олий   баҳодир . 2- жилд .  Т .: “ Ўзбекистон ”, 2018. – 507  б .
9.   Мирзиёев   Ш . М .   Нияти   улуғ   халқнинг   иши   ҳам   улуғ ,   ҳаёти   ёруғ   ва
келажаги   фаровон   бўлади .  3-жилд.– Т.: “Ўзбекистон”, 2019. – 400 б.
10. Мирзиёев Ш.М. Миллий тикланишдан – миллий юксалиш сари. 
4-жилд.– Т.: “Ўзбекистон”, 2020. – 400 б.
11.   Ўзбекистон   Республикасининг   2020   йил   23   сентябрда   қабул   қилинган
“Таълим тўғрисида”ги ЎРҚ-637-сонли Қонуни.
12.Ўзбекистон Республикаси Президентининг 28 январь 2022 йилдаги “2022
— 2026 йилларга мўлжалланган янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси
тўғрисида”ги 60-сонли Фармони.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijobiy fazilatlarni shakllantirish mexanizmi (1-4 sinf tarbiya darsi) . Reja: 1. Shaxsda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishning pedagogik- psixologik xususiyatlari. 2.Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr- oqibatlilik, mas’uliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash kabi fazilatlarni shakllantirish mazmuni. 3. Innovatsion tarbiya texnologiyalarining o‘quvchilarning axloqiy sifat va fazilatlarini shakllantirishda foydalanish.

Tayanch so’zlar : mafkuraviy immunitet, aqliy tarbiya, axloqiy fazilat, innovatsion texnologiyalar, mehnat tarbiyasi. Mafkuraviy immunitet tushunchasi. Mustaqillikni mustahkamlashning muhim shartlaridan biri bu g’oyaviy tarbiyani kuchaytirishdan iborat. Bu borada kishilarimizda yot va zararli g’oyalarga qarshi kurashish uchun mafkuraviy immunitetni shakllantirish zarur. Albatta, mafkuraviy immunitetni shakllantirish kishilar ongida bir xil g’oyani zo’r berib tiqishtirish emas, balki odamlarda oq-qorani ajratish, zararli g’oyalarga qarshi hushyor va ogoh bo’lish xususiyatlarini tarbiyalash demakdir. 1999 yil 16 fevralь, 2004 yil martidagi Buxoro va Toshkent, shahrida 2005 yil 13 mayda Andijon shaharlarida sodir etilgan terrorchilik voqealaridan to’g’ri xulosa chiqarish kerak. Har bir davlat, jamiyatning qudrati uning ichki xavfsizligi va barqarorligiga tayanadi. Ya’ni jamiyat, millat o’z g’oyasida mustahkam tursa, ikkilanmasa, har qanday dushman qo’llashi mumkin bo’lgan g’oyaviy tahdidlardan qo’rqmasa, bunday millatni yengish mumkin emas. Aksincha, jamiyat ichida g’oyaviy parokandalik, bo’linishlar bo’lsa dushmanlarga, ularning yot mafkuralariga yo’l ochib beradi. Bunday millatni yengish, mustamlaka qilish oson kechadi. Demak, barqarorlik va xavfsizlik – jamiyatning ongligiga, anglangan to’g’ri tushuncha va bilimlarga faol amal qilishiga, fikriy, g’oyaviy birligiga, bular esa xavfsizlik ma’rifatiga tayanadi. Shu boisdan ham har bir o’zbekistonlik millatidan, dinidan, tug’ilgan joyidan, kasbu yoshidan qat’iy nazar Vatan posboni bo’lishi lozim. Mamlakatimizning xavfsizligi uchun eng birinchi kafolat – o’zbekistonliklarning milliy istiqlol g’oyasi atrofida jipsligidir. Milliy istiqlol g’oyasining asosiy bosh g’oyasi va maqsadi: ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir. Milliy istiqlol g’oyasi o’zining asosiy g’oyalari: 1) Vatan ravnaqi; 2) yurt tinchligi; 3) xalq farovonligi; 4) komil inson;

5) ijtimoiy hamkorlik; 6) millatlararo totuvlik; 7) diniy bag’rikenglikka tayanar ekan, ana shu g’oyalarga qarshi qaratilgan xatti- harakatlar tashqi va ichki tahdidlarning oldini oladi. Tashqi tahdidlar – O’zbekistonning davlat chegarasidan tashqaridan kirib keluvchi, ichki tahdidlar esa O’zbekiston davlati, mamlakatning ichidan chiqayotgan tahdidlardir. Biz ko’p asrlar ana shu ichki tahdidlar tufayli mustamlakalikda yashab keldik. Ichki tahdidlar – o’z Vataniga, vatandoshiga, vatandoshlariga zarar yetkazishga qaratilgan g’oya, xatti-harakatlardir. Ana shu tahdidlar qancha keng tarqalsa, mamlakat g’oyaviy birligiga shuncha ko’p zarar yetkazadi, parokanda qiladi, hamjihatlik bo’lmaydi. G’oyaviy birligi mo’rt millatning davlat xavfsizligi ham mo’rt bo’ladi. Ichki va tashqi tahdidlar asosan g’oyaviy bo’shliq tufayli sodir bo’ladi. Demak, g’oyaviy bo’shliq nima? G’oyaviy bo’shliq – deb, eski hukmron mafkura halokatga uchrab, u bilan bog’liq tushunchalarning qadrsizlanishi, bugungi hayot, o’tmish va kelajakka daxldor qadriyatlar, tushuncha va tasavvurlarni to’liq anglab yetmasligi oqibatida odamlarning qalbi va ongida vujudga keladigan bo’shliqqa aytiladi. Tajovuzkor mafkuralar bunday bo’shliqdan foydalanib, o’zlarining zararli g’oyalarini singdirmoqchi va odamlarni o’z ortidan ergashtirmoqchi bo’ladi. Sobiq kommunistik partiya hukmronligi barham topgach, bizning yurtimizga ham zararli oqimlar kirib kela boshladi. Bunga davlat va nodavlat tashkilotlari hamda siyosiy partiyalarning istiqlol g’oyasini, bozor munosabatlarini odamlar ongi va qalbiga tushuntirishda sustkashlik qilgani, ijtimoiy fanlarning jamiyatimizdagi yangiliklarni vaqtida tahlil qilib bermagani, jamiyat ruhiyati va tafakkurida ro’y berayotgan murakkab jarayonlarning o’z yechimini topmagani ham sabab bo’ldi. Sobiq sotsialistik mafkuraning illatlari fosh bo’lgach, nafaqat oddiy odamlar, hatto ziyolilar ham mafkuralarning hammasi taraqqiyot uchun zararli ekan, haqiqiy ozod va erkin bo’lish uchun har qanday mafkuradan xalos bo’lish kerak, degan fikrga borib qolgan edi. Odamlar bunyodkor va vayronkor g’oyalarning farqiga bormagani uchun shunday xulosaga kelgan edi. Biz

faqat vayronkor g’oya – kommunistik mafkuradan voz kechgan edik. Bizga endi bunyodkor g’oya kerak edi. Chunki tabiatda vakuum – bo’shliq bo’lmagani kabi, mafkura sohasida ham bo’shliqqa yo’l qo’yib bo’lmaydi. Insoniyat tarixi shundan dalolat beradiki, muayyan jamiyat taraqqiyot jarayonida bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o’tishida turmushning barcha sohalarida, xususan, iqtisodiyot, ijtimoiyot va siyosiy sohada bo’lgani kabi, g’oyaviy-mafkuraviy sohada ham muayyan muammolarni hal qilish zarurati paydo bo’la boshladi. Chunki o’ziga xos yangi davr, sharoit, vaziyat an’anaga aylanib qolgan g’oyalar, qarashlar, munosabatlarni o’zgartirmasdan, ma’lum mafkuraga asoslanmasdan yangi maqsadlar sari qadam tashlay olmaydi. Bu esa yangi g’oya, qarash, munosabat, mafkurani ishlab chiqishni talab etadi. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlagani kabi: «O’zining hayotini, oldiga qo’ygan maqsadlarini aniq tasavvur qila oladigan, o’z kelajagi haqida qayg’uradigan millat hech bir davrda milliy g’oya va milliy mafkurasiz yashamagan va yashay olmaydi. Mafkura bo’lmasa har qaysi davlat va jamiyat, qolaversa, har qaysi inson o’z yo’lini yo’qotishi muqarrar» . G`oyaviy bo’shliqqa olib keluvchi sabablar quyidagilardan iborat:  Boshqa mafkuralarni tan olmaslik.  Yakka hokimlik (kommunistik) g’oyasining mutlaq hukmronligi va targ’iboti  «Yo’lboshchi sinf» mafkurasi nomigagina ijtimoiy guruhlar mafkurasi ekanligi.  Kommunistik mafkuraning odamlar vijdon erkinligini cheklab qo’yishi, kim unga jur’at qilsa «xalq dushmani»ga aylantirilishi.  Milliylikdan, qadriyatlardan butunlay xoli bo’lish.  Milliy tarix, O’zbekiston tarixi, o’tmishini tan olmaslik.  Xalqning diniga, diniy merosga, diniy qadriyatlarga mutlaqo noto’g’ri munosabat va h.k. XX asr 90-yillarning boshlarida bunday mafkuraviy bo’shliq O’zbekistonda ham namoyon bo’ldi.Ya’ni deideologizatsiya siyosatiga olib keldi. Ana shu g’oyaviy bo’shliqning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat edi:  Kommunistik mafkura tanazzulga uchrab uning o’rni bo’sh qoldi.

 O’zbekiston mustaqil davlat sifatida qaror topsada, uning mafkurasi ham shakllanmagan edi.  O’tish davrida yangicha qarashlar mustahkam e’tiqodga aylanib ulgirmasdan boshqa yot va begona mafkuralarning xuruji.  Markaziy Osiyo mintaqasidagi ekstremistik kuchlar, terrorchi to’dalarning mafkuraviy kurashni avj oldirishi va boshqa. Bu sabablar natijasida mustaqillik yillarida, ayniqsa 1991-2005 yillar davrida mamlakatimizda ekstremistik kuchlar va terrorchi to’dalar tomonidan amalga oshirilgan buzg’unchilik, vayronchilik ishlarini misol qilib keltirish mumkin. XX asr 90-yillarining boshlarida ayrim yoshlar, yurtdoshlarimizning zararli g’oya va mafkuralar ta’siriga tushib qolish sabablarini Prezidentimiz Islom Karimov asarlari asosida quyidagicha izohlab berish mumkin:  Dastlabki yillarda milliy g’oya, milliy mafkura to’liq shakllanib, odamlar qalbi va ongiga singib ulgurmagani.  O’zbekiston eski tuzumdan yangi tuzumga o’tish davrida bir qator tabiiy qiyinchiliklarga duch kelishi.  Bugungi kunda barcha yoshlarning serdaromad ish bilan ta’minlanmaganligi.  Yosh ayrim soddadil yoshlarning ishonuvchanligi tufayli diniy qadriyatlarga intilish tuyg’usidan ustalik bilan foydalanishi tufayli. Targ’ibot-tashviqot ishlarining yetarli olib borilmaganligi (bugun bu ishni siyosiy partiyalar «Ma’naviyat va ma’rifat» markazlari, «Kamolot» ijtimoiy yoshlar tashkilotlari va h.k. olib bormoqda). Mafkura va mafkuraviy tarbiya masalasi o’z mustaqilligini qo’lga kiritgan, demokratik huquqiy davlat, erkin fuqarolik jamiyatining asoslarini yaratayotgan mamlakatimiz uchun ham muhim hayotiy ahamiyatga ega. Zero, ko’zlangan maqsadlarga ushbu orzu-umid va intilishlarni o’zida mujassamlashtirgan g’oyaviynazariy qarashlar majmui bo’lmish milliy mafkura va unga asoslangan tarbiya tizimisiz erishish mumkin emas. «Men, – deb yozadi Prezidentimiz, – Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir» degan fikrini ko’p