logo

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA MILLIY XULQ-ATVOR TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISH

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

172.5 KB
“ BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA MILLIY XULQ-ATVOR
TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISH ”  
MAVZUSIDAGI
SAMAR Q AND – 2021
1    MUNDARIJA
KIRISH 
ASOSIY QISM
  1.   Inson   shaxsining   shakllanishida   milliy   xulq-atvor   tushunchalarini
shakllantirishning nazariy asoslari.
2.   Boshlang’ich   sinf   o’quvchilarida   milliy   xulq-atvor   tushunchalarini
shakllantirishning mazmun mohiyati.  
3. Dars jarayonida o’quvchilarda milliy xulq-atvor tushunchalarini tarkib toptirish 
  4. Sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlar orqali o’quvchilarda milliy xulq-atvor 
tushunchalarini tarkib toptirish 
  XULOSA  
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YHATI  
2 KIRISH
  Mavzuning dolzarbligi:    Ma’lumki, odamzodga ato etilgan eng oliy ne’mat
hisoblangan   farzan   bu     millat   boyligi.   Chaqaloqning   tashrifi     ila   xonadonimizga
nur,   oilamizga   baxt,   kelajagimizga   umid   va   ishonch   kirib   keladi.   Darhaqiqat,
farzand   ila   olam   munavvar.   Zero,   u   naslimiz   davomchisidir.   Ko’zimizning   oqu
qarosi bo’lgan dilbandlarimiz har doim ardog’imizda ekan, biz olamga ular nigohi
bilan qarashga intilamiz. Har bir harakati va imo-ishoralari orqali ularni anglashga
urinamiz   va   albatta,   buning   uddasidan   chiqamiz.   Lekin   bolalik   dunyosidan
uzoqlashgan  kattalarning    bu olamga  qayta  kirib  kelishlari  qiyin  kechadi.  Bolalar
bilan     muloqot   paytidagina   bu   olam   mo’jizalaridan   bahramand   bo’lish   mumkin.
Lekin   biz   kattalar   o’zimiz   bilmagan   holda   bu   mo’jizalarni   ko’rish   va   ulardan
bahramand bo’lishdek baxtdan qochamiz va bu ishni begonalarga topshiramiz.
Shunday daryolar borki, ularni tezoqar va o’zgaruvchan deya ta’riflashadi. Bu
qiyos   farzand   tarbiyasi   borasida   ham   ifodalanishi   mumkin.   O’g’il-qizlarning
rivojlanish   davri   xuddi   tezoqar   va   o’zgaruvchan   daryolarga   o’xshatiladi.   Gohida
ular   oldinga   intilib   o’zanlaridan   chiqib   ketguday   bo’lsalar,   gohida   tinch   va
osudalik kasb etadilar.
Istiqloldan keyingi yillarda farzand tarbiyasiga bo’lgan e’tibor davlat siyosati
darajasiga ko’tarildi. Bu boradagi o’zgarishlar bola tarbiyasi mavzusining asrlarga
tatigulik vazifa ekanini isbotlab berayotir.
Negizi   tarixiy,   diniy,   milliy   qadriyatlarga   tutash   bo’lgan   farzand   tarbiyasiga
taalluqli kitoblar nashr bu borada amalga oshiralayotgan eng muhim ishlardan biri
hisoblanadi.   Mustaqilligimiz   sharofati   bilan   nashr   qilingan   Imom   Buxoriyning   4
jildlik   «Hadis»   lar   to’plami,   Amir   Temur   hayoti   va   bunyodkorlik   ishlari   mavzui
bilan   bog’liq   o’nlab   kitoblar   so’zimiz   isbotidir.   Alisher   Navoiy,   Zahriddin
Muhammad   Boburdan   avlodlarga   meros   bo’lib   qolgan   bebaho   boylik   o’zbek
millatining   durdonalaridir.   Forobiy,   Beruniy,   al-Xorazmiy,   at-Termiziy,
Moturudiy,   Ibn   Sino,   Najmiddin   Kubro,   Pahlavon   Mahmud,   Mahmud   az-
Zamaxshariy,   Ulug’bek,   Yassaviy,   Abdulla   Qodiriy,   Ch’lpon,   Munavvarqori,
Fitrat, Usmon kabi o’zbek millatining buyuk siymolari, atoqli olimlari va adiblari
3 bilan har qancha faxrlansak arziydi.
Kengroq   mushohada   yuritadigan   bo’lsak,   millat   barkamolligi,   Vatan
taraqqiyoti farzand tarbiyasi bilan chambarchas bog’liqdir. Bu o’z navbatida elning
kitobxonlik darajasiga, ya’ni o’qimishligiga tutashdir. 
O’z   millatini   sevadigan   har   bir   inson,   uning   yutuqlari,   obro’-e’tibori   bilan
faxrlanadi,   zavqlanadi,   uning   muammolariga   befarq   qarab   tura   olmaydi.   Yuksak
ma’naviyatli inson, o’z eliga millatiga jonkuyar bo’ladi, uning muvaffaqiyatlaridan
ich-ichidan   faxrlanadi,   quvonadi.   Milliy   xulq-atvor   tushunchalari   har   bir   kishida
o’z   millatining   moddiy,   ma’naviy   merosilarini   o’zlashtirish,   urf-odatlari,
an’analari,   qadriyatlarini   va   tarixini   mukammal   bilish   hamda   uni   o’zga
millatlarniki   bilan   qiyoslash   natijasida   shakllanadi.   Buning   natijasida   unda   o’z
millatiga   mehr-muhabbati   osib   boradi.   Har   bir   o’quvchi   Vatan   muvafaqqiyatida
o’zining   ham   shaxsiy   burch   va   mas’uliyati   vazifalari   borligini   to’la   idrok   etsin.
Boshlang’ich   sinf   o’quvchilari   bilan   kundalik   ishlarimizni   shunday   tashkil
etishimiz   zarurki,   natija   o’quvchilar   Respublikamizning   hozirgi   mustaqilligi
sharoitida   uning   muammolarini   o’zinikidek   qabul   qiladigan   bo’lsin.   Ularning
og’irligini   o’z   yelkasiga   oladigan,   mumkin   qadar   Vatanga   foyda   keltirishdan
g’ururlanadigan shaxs bo’lib ulg’aysin.
Yuqorida   qayd   etilganlardan   ma’lumki   bizning       kurs   ishimizning
«Boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy xulq-atvor tushunchalarini shakllantirish»
nomli mavzusi Respublikamiz ta’lim-tarbiya tizimi hamda ilmiy tadqiqotlar oldida
turgan vazifalar qatorida hal qilinishi lozim bo’lgan dolzarbligiga ega.
  Kurs ishining nazariy asoslari:
Ma’lumki  har   bir   tadqiqot   uchun  tanlangan mavzu  bo’yicha  olib  boriladigan
ishlarda   uning   maqsadi,   vazifasi,   dolzarbligini   nazariy   jihatdan   asoslab   o’tishni
taqazo   qiladi.   Shu   talabni   hisobga   olib,   bizning   izlanishimiz   ham   ilmiy   nazariy
jihatdan o’zining tayanch manbalariga ega bo’lgan holda yuritiladi.
Kurs ishining maqsadi:
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda,
milliy   xulq-atvor   tushunchalarini   shakllantirishning     nazariy,   ilmiy   va   pedagogik
4 asoslarini tahlil qilish, o’rganish. 
Kurs ishining obyekti: 
Boshlang’ich   sinf   o’quvchilarining   ta’lim-tarbiya   jarayonida     milliy   xulq-
atvor tushunchalarini shakllantirish  jarayoni.
   Kurs ishining  predmeti: 
Boshlang’ich   sinf   o’quvchilari   bilan   olib   boriladigan   ma’naviy-tarbiyaviy
tadbirlar   va   dars   jarayonida   milliy   xulq-atvor   tushunchalarni   shakllantirish
mazmuni. 
  Kurs ishining vazifalari: 
Yuqorida qayd etilgan maqsadlarimizdan kelib chiqib:
1.   Kurs   ishi   uchun   tanlangan   mavzu   bo’yicha   pedagogik   –   psixologik,
ilmiy va o’quv adabiyot materiallarni o’rganib chiqish va umumlashtirish.
2. Boshlang’ich   sinf   o’quvchilarida   milliy   xulq-atvor   tushunchalarini
shakllantirish   bo’yicha   hozirgi   zamon   pedagogika   va   yosh   psixologiyasiga   oid
adabiyotlardagi materiallarni o’rganish, ilmiy-amaliy  jihatdan tahlil qilish.
3. Boshlang’ich   sinf   o’quvchilari   ruhiy   taraqqiyoti   va   jismoniy   rivojlanish
qonuniyatlarini ilmiy ravishda ochib berish.
4. Boshlang’ich   sinf   o’quvchilarning   ongi   va   xarakteriga   xos   bo’lgan
xususiyatlarni pedagogik nuqtai nazardan ilmiy asosda tushuntirib berish.
5. Boshlang’ich   sinf   o’quvchilarining   o’ziga   xos   xususiyatlarini   inobatga
olib tarbiyalashning amaliy ahamiyatini o’rganish.
Sanab   o’tilgan   vazifalarni   amalga   oshirish   uchun   pedagogika   va   yosh
psixologiyasi   fani   sohasida   qo’llanib   kelinayotgan   bir   qator   metodlardan
foydalandik.
    Kurs   ishining   mazmuni:   U   kirish,     asosiy   qism,   to’rt     reja,   xulosa   va
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
5   1. Inson shaxsining shakllanishida milliy xulq-atvor tushunchalarini
shakllantirishning nazariy asoslari
Bugungi   kunda   barcha   so h alar   singari   ta’lim   tizimi   oldiga   qo’yilgan   bosh
maqsad   kelajak   avlodni   ulg’ayayotgan   farzandlarimizni   insonparvarlik,
vatanparvarlik ruhida komil inson qilib tarbiyalashdir. Shu asnoda o’sib kelayotgan
avlodni boy va betakror tariximiz milliy an’analarimiz o’gitlari asosida tarbiyalash
bugungi   kun   talabidir.   Farzand   ulg’aya   borar   ekan   ijtimoiy   hayot   ijtimoiy
munosabatlar   atrofdagi   xodisalarga   o’z   nuqtai   nazari   bilan   moslasha   boradi.
Bolada   bu   jarayonning   kechishi   shaxsni   o’rab   turgan   muhitning,   jamoaning,
oilasining   qaydarajada   milliy   va   dunyoviy   munosabatlarga   munosabati   asosida
vujudga   keladi   va   shu   osnoda   jamiyatni   borlikni,   unda   shakllangan   ong   dunyo
qarash orqali idrok qiladi.
Bir   qaraganda   bu   jarayon-ijtimoiy   muhit   ko’rinishida   sodda   ko’rinsada,
xalqaro  miqyosida,  turli  davlatlar  misolida   ko’radigan  bo’lsak  har   xil   ko’rinishga
ega bo’lgan etnik tarbiya vujudga kelayotganini ko’rasiz.
Shu o’rinda bizning yurtimiz tarixiy madaniyati, ma’naviyati, milliy an’nalari
va   qadriyatlari   bilan   o’zbek   xalqining   qalbiga   tushirilgan   mingasirlik   tarixini
namoyon etib kelmoqda.
Xalqimizning ko’p asrlik an’analari, qadriyatlari, mif, afsona va dostonlarida,
bizning milliyligimizni aks ettiruvchi, muqaddas xilqatlar ko’rinishida asrdan asrga
o’tib xalqimiz hayotida o’z qimmatini  saqlab  kelmoqda. O’zbek  xalqining umum
insoniy   qadriyatlar   katta   bir   jarayonini   tashkil   etadi.   Bizning   milliy
xususiyatlarimiz umuminsoniy qadrityalar bilan bog’lanib ketgan. Asrlar davomida
xalqimiz   umum   bashariy,   umum   insoniy   qadriyatlar   takomilligi   ulkan   hissa
qo’shgan turli millat vakillariga hurmat, ular bilan bahamjixat yashash, diniy bag’ri
kenglik,   dunyoviy   bilimlarga   intilish   o’zga   xalqlarning   ilg’or   tajribalari   va
madaniyatini o’rganish kabi xususiyatlar ham xalqiimizda azaldan mujassamdir. 
Xuddi   shunday   milliy   tabiatimizga   xos   bo’lgan   mehr   oqibat,   muruvvat,
andisha,   or   nomus,   sharmu   hayo,   ibo   iffat,   betakror   fazilatlar   va   xalqimizni   ko’p
6 jixatdan   ajratib   turadigan   bag’rikenglik,   mehmon   do’stlik   oq   ko’ngillik
xususiyatlari ham xalqimiz tomiriga singib ketgan bugungi kunda farzandlarimizni
komil   inson   qilib   tarbiyalashda   ushbu   masalalarni   tarbiya   mazmunining   bosh
g’oyalaridan biri qilib qo’yish lozimdir.
Shu   bilan   birga   diniy   qadriyatlarimiz   ham   muhim   ahamiyat   kasb   etadi,
muxtaram  Birinchi  Prezidentimiz I.A.Karimov shunday degan edi. “Agar mendan
nega   milliy   qadriyatlarimiz   shunga   zamonlar   osha   bezavol   yashab   kelayapti   deb
so’rashsa, bu –avvalo, muqaddas dinimiz hisobidan deb javob bergan bo’lur edim.
Shu   zaminda   o’tkan   necha-necha   avlodlar   diniy   e’tiqodni   islom   falsafasini
rivojlantirib   kelmasa,   biz   bebaho   va   betakror   ma’naviy   ruhiy   merosdan   mahrum
bo’lib qolardik.
Biz hammamiz. “Alhamdullox, musurmon”, deb e’tiqodimizni e’tirof etamiz.
Alloh barchamizning qalbimizda, yuragimizda, yaratganni doim yod etamiz, undan
madad so’raymiz, binobarin islom  dini hayotimizning tub zamiriga chuqur singib
ketgani.   Bu   –   inkor   etib   bo’ladigan   haqiqat.   Shunday   ekan   farzandlarimizni
muqaddas   dinimizning   mohiyati,   uning   insonparvarlik   g’oyalari,   dinga   sog’lom
munosabat masalalarini ular ongiga singdirishimiz zarur masalalardan biridir. Shu
tariqa   farzandlar   tarbiyasidagi   birinchi   maqsadimiz   bu   xalqimizning   qadimiy   va
boy   tariximiz,   yuksak   madaniyatimiz   va   urf-odat,   qadriyatlarimizga   asosan
mintolitetimiz   asosida   hayotga   moslashishi,   komil   inson   tarbiyasidagi   buyuk
maqsaddir.   Bu   insonga   ibratli   xulosalar   beribgina   qolmasdan,   ba’zan   achchiq
saboqlarni   ham   tan   olishga   undaydi.   Ushbu   qadriyatlar   milliy   xususiyatlarni
o’zlashtirishi tavsiya etish mumkin:
 xalqimiz   hayotida   qadim   qadimdan   jamoa   bo’lib   yashash   ruhining
ustunligi;
 jamoa   timsoli   bo’lgan   oila,   mahalla,   el - yurt   tushunchalarning
muqaddasligi;
 ota-ona, mahalla - kuy, umuman jamoatga yuksak hurmat e’tibor;
 millatning o’lmas ruhi bo’lgan ona tiliga muhabbat;
7  kattaga   hurmat,   go’zallik   va   nafosat,   hayot   adabiyligining   ramzi - ayol
zotiga ehtirom;
 sabr - bardosh va mehnatsevarlik;
 halollik, mehr oqibat.
Kabi   masalalar   ta’limning   mazmuni   bo’lishi   davr   talabidir.   Bugun   biz
ko’pdan   ko’p   masalalar   ustida   bosh   qotirayapmiz.   Jamiyatimiz   rivoji   uchun   o’z
hissamizni   boricha   qo’shishga   harakat   qilmoqdamiz.   Bularning   hammasi   kelajak
avlod farzandlarimiz baxti saodati uchun.
O’zbekiston   o’z   mustaqilligini   qo’lga   kiritilgandan   so’ng   haqiqatan   ham
o’zbek   xalqining     ma’naviy   hayotida   o’zgarish   yuz   berdi.   Tarixan   tiklandik.   Ona
tilimizga   davlat   maqomi   berildi.   Baxouddin   Naqshband,   Ahmad   Yassaviy   kabi
ulug’   bobolarimizning   ruhini   shod   etdik.   Abdulla   Qodiriy,   Cho’lpon,   Fitrat,
Usmon   Nosir   singari   jigarbanlarimizning   nomi,   izzat-ikrom   hurmati   o’z   joyiga
qo’yildi.
Umuminsoniy,   milliy   va   ma’naviy   qadriyatlarimiz   tiklandi.   Yurtimizga   xalq
sevgan «Navro’z» kirib keldi. «Ramazon», «Qurbon hayit»lariga yetdik.
Dinga   munosabatimiz   o’zgardi.   Qur’oni   karim   Hadisi,   shariflar   hayotimiz
dastur omili bo’lib qoldi.
O’zbekistonning   boy   ma’naviy   merosi,   shakllanayotgan   yangi
ma’naviyatimizning   negizini   poydevorini   tashkil   qiladi.   Ma’naviy   merosimizda
xalqimizning   asriy   orzu-intilishlari,   bilimlari   va   hayotiy   tajribalari
mujassamlashgan  bo’lib, o’zligimizni  anglash,  milliy tiklanishi  va rivojlanishimiz
uchun   qudratli   tayanch   bo’lib   xizmat   qiladi.   Milliy   istiqlol   mafkurasi   ham
ma’naviy   merosimizga   tayangan   holda   shakllanadi,   ayni   vaqtda   uning   yanada
rivojlanishida muhim ma’naviy omil bo’lib xizmat qilmoqda.
Ma’naviy   meros   xalqning   muqaddas   xotirasi   bo’lib,   uning   kishilik   tarixi   va
ma’naviy taraqqiyotidagi tutgan o’rnini belgilab beradi.
«Ma’naviyat   jamiyatning   ma’naviy   boyligida   o’z   ifodasini   topadi,   –   deydi
M.Xayrullayev,   –   u   asta-sekin   to’planib   uyg’unlashib   borishi   asosida,   vorislik
8 asosida rivojlanadi» 1
.
Oshkoralik   demokratiya   yo’lida   dadil   qadamlar   qo’yiladi.   Xalqimizning
milliy   g’ururi   uchun   belini   bog’lab,   do’ppisini   bostirib   yurish   uchun   zamin
yaratildi.
Demak,   biz   o’quvchilarga   boshlang’ich   sinfdan   boshlab   milliy   xulq-atvor
tushunchalariga,   milliy   g’ururga   ega   bo’lgan   kishi   o’z   qishlog’i,   o’z   tumani,   o’z
viloyatini jonu-tanidan ortiq sevishi, uning ravnaqi yo’lida xizmat qilishi, qadimiy
obidalar,   ajdodlarimiz   yaratgan   boy   moddiy   va   ma’naviy   merosimizni   ko’z
qorachiqimizday asrashimizni o’qtirib boshimiz zarurdir.
Qadimda ham xalqimiz milliy xulqligi bilan faxrlanishgan. Uning mazmunida
ulug’vorlik,   mag’rurlik   kabi   sifatlar   o’z   aksini   topgan.   G’urur   deganimizda   ko’z
o’ngimizda haq va haqiqat va adolat yo’lida hech kimga bo’yin egmagan. Alisher
Navoiy, Boburlar o’z g’ururlarini minordek tutishgan.
Halol   mehnat   qilish   bu   ham   o’zbek   xalqining   milliy   g’ururidir.
Milliyligimizning bu jihatini ham biz o’quvchilarimizga singdirib borgimiz kerak.
Ulug’   Alisher   Navoiy   «Hotamtoy   hikoyasi»da   yozganki,   «Birdirham   topmoq
chekibon dast ranj, yaxshiroq andinki, birov bersa ganj».
Halollik,   rostgo’ylik,   to’g’rilik,   poklik,   samimiylik   kabi   insoniy   fazilatlar
majmuasidan   iborat.   Inson   to’g’rilik,   poklik,   samimiylik   kabi   insoniy   fazilatlar
majmuasidan iborat.
Inson   to’g’riso’z,   haqgo’y   bo’lib   o’ssa,   uning   baxt-saodati   ta’minlanadi.
Alisher   Navoiy   «Sa’di   Iskandariy»   dostonida   bir   hikoya   keltirib,   unda   to’g’rilik
insonni   baxtiyor   qilishini   tasvirlagan   edi.   Mamlakat   podshosiga   Saroy   qurdirish
uchun   tekis   o’sgan   ustun   kerak   bo’lib   qoladi.   Buni   bir   kampirning   hovlisidan
topadilar. Katta oltin evaziga kampirning roziligi bilan uni saroyga olib ketadilar,
bino  qurilishi   tezlashadi.   Saroyni   ochish   tantanasiga   kampirni   ham   taklif   qildilar,
kampir   hovlisidan   kesib   keltirgan   daraxt-ustun   oltin   bilan   qoplangan   edi,   buni
ko’rgan   kampir   shunday   xulosaga   keladi:   Sen   to’g’ri   o’sganing   uchun   faqat
o’zingni   emas,   meni   ham   zarga   ko’mding.   Albatta,   bu   majoziy   mazmunga   ega
1
O’zbekistonning milliy istiqlol mafkurasi – Toshkent, «O’zbekiston», 1993 y 29-b.
9 bo’lgan   xulosadir.   Biz   o’qituvchi   va   tarbiyachilar   mana   shunga   o’xshash   asarlar
orqali   o’quvchilarda   milliy   xulq-atvor   tushunchalarini   shakllantirib   borishimiz
lozim.
Ilmu   ma’rifatga   suyanmagan   g’urur,   g’urur   emas,   balki   kekkayish,   soxta
manmanlik. Bu o’rinda hurmatli  professor  Q.Yusupovning milliy g’urur  haqidagi
fikrlarini keltirish o’rinlidir.
«Bugun bizning milliy g’urur iftixorimiz faqat xom ashyo, aytaylik paxtagina
emasligini idrok etmoqdamiz. Bizning tilimiz, mumtoz madaniyatimiz, Kolumbni
dog’da   qoldirgan   fanimiz,   saxovatli   zaminimiz   jannatmisol   yurtimiz   qalbimizga
so’ngsiz   g’urur   va   iftixor   tuyg’ularini   soldi.   Milliy   g’urur   hissi   istiqlolimizning
qudratli himoyasidir».
Ardoqli O’zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning quyidagi otashnafas
she’riy misralarini esga olaylik:
Tarixingdir ming asrlar ichra pinhon o’zbegim
Senga tengdosh Pomiru-Oqsoch tiyanshon o’zbegim
So’ylasin Afrasiyobu, so’ylasin O’rxin xati
Ko’hna tarix shodasida bitta marjon o’zbegim
Men buyuk yurt o’g’lidurman, men bashar farzandiman
Lekin avval senga bo’lsam, sodiq o’g’lon o’zbegim.
Bu   misralarda   ulug’   xalqimizning   ko’hna   tarixi,   obidalari,   kindik   qoni
to’kilgan   yurtga   muhabbati,   betakror,  rango-rang  madaniy-ma’naviy   merosi   bilan
faxrlanishi ifodalangan o’zbek xalqining milliy g’ururini ko’klarga ko’targan.
O’zbekiston   mustaqilligi   tufayli   elimizga   Sohibqiron   Amir   Temur   qaytib
keldi.   Boshlang’ich   sinf   o’quvchilariga   Amir   Temur   haqida   ma’lumot   berar
ekanmiz,   o’zbek   o’g’lonining   buyuk   davlat   arbobi,   sarkarda,   harbiy   daho
bo’lganligiga   tasannolar   aytishimiz   kerak.   O’zbek   xalqimizning   milliy   g’ururini
ifodalovchi   bir   qancha   urf-odatlarimiz   mavjud.   Ota-onaga   izzat-hurmat,   oilaga
sadoqat   va   g’amxo’rlik-milliy   g’ururimizning   yana   tomoni   hisoblanadi.   Oilaviy
munosabatlarda   er-xotin,   qiz-o’g’il   tarbiyasida   ma’naviyatimizning   muqaddas
yodgorligi  Qur’oni  Karim va Hadislarga amal qilinsa ayni  muddao. Ularda oilani
10 mustahkamlash,   oila   odobi,   ota-bola,   farzand   burchi,   qarindosh-urug’larga
g’amxo’rlik to’g’risida chuqur ma’noli yo’l-yo’riqlar ko’rsatilgan.
2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy xulq-atvor tushunchalarini
11 shakllantirishning mazmun mohiyati
Insoniyat tarixi – g’oyalar tarixidir, g’oya – inson tafakkuri mahsulidir. 
Milliy g’oya esa millat  tafakkurining mahsulidir.
Milliy g’oya – inson va jamiyat hayotida ma’no – mazmun baxsh etadigan, 
uni ezgu maqsad sari yetaklaydigan fikrlar majmuyidir.
Mafkura   esa   muayyan   ijtimoiy   guruh,   ijtimoiy   qatlam,   millat,   davlat,   xalq
jamiyatning   ehtiyojlari,   maqsad-intilishlari   hamda   ularni   amalga   oshirish
tamoyillarini o’zida mujassam etadigan g’oyalar tizimidir. Har qanday tushuncha,
fikr va qarash ham milliy g’oya bo’la olmaydi. Chunki shaxsiy fikr–o’ziga xos bir
qarashdir.   Ijtimoiy   fikr   esa–voqelikka   nisbatan   o’zgarish   yoki   harakatni   taqazo
etadigan faol munosabatni ifodalaydi.
G’oya ana shu munosabatni harakatga, jarayonga, zarurat tug’ilganda, butun
bir davr tarixiga aylantiradi.
O’zbekiston   jamiyatining   milliy   istiqlol   mafkurasi,   o’z   mohiyatiga   ko’ra
xalqimizning   asosiy   maqsad   –   muddaolarini   ifodalaydigan,   uning   o’tmishi   va
kelajagini bir-biri istaklarini amalga oshirishga xizmat qiladigan g’oyalar tizimidir.
Milliy istiqlol mafkurasi:
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar,
demokratiya tamoyillariga asoslanadi;
Xalqimizning   asrlar   davomida   shakllangan   yuksak   ma’naviyati,   a’nana   va
udumlari, ulug’ bobokalonlarimizning o’lmas merosidan oziqlanadi;
Adolat   va   haqiqat,   erkinlik   va   mustaqillik   g’oyalari   hamda   xalqimizning
ishonch va e’tiqodini aks ettiradi;
Yurt tinchligi, vatan ravnaqi va xalq faravonligini ta’minlashga xizmat qiladi;
Jamiyat   a’zolarini   aholining   barcha   qatlamlarini   O’zbekistonning   buyuk
kelajagini yaratishga safarbar etadi;
Millati,   tili   va   dinidan   qat’iy   nazar,   mamlakatimizning   har   bir   fuqarosi
qalbida ona Vatanga muhabbat, mustaqillik g’oyalariga sadoqat va o’zaro hurmat
tuyg’usini qaror toptiradi;
12 Milliy mafkura faqat bugun emas, balki hamma zamonlarda ham eng dolzarb
siyosiy-ijtimoiy masala, jamiyatni sog’lom, ezgu maqsadlar sari birlashtirib, uning
o’z muddaolariga erishishi uchun ma’naviy-ruhiy kuch-quvvat beradigan poydevor
bo’lib kelgan.
O’zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo’lidagi bosh g’oyasi ozod va obod
vatan,   erkin   va   farovon   hayot   barpo   etishdir.   Bu   g’oya   xalqimizning   azaliy   ezgu
intilishlari, bunyodkorlik faoliyatining ma’no mazmunini belgilaydi. Har bir inson
uchun muqaddas bo’lgan yuksak gumanistik qadriyatlarni o’zida mujassam etadi.
Milliy istiqlol mafkurasining bosh g’oyasida ozodlik tushunchasining ustuvor
va yetakchilik o’rnida turishi vatan mustaqilligi barcha orzu–intilishlarimiz, amaliy
faoliyatimiz va yorug’ kelajagimizning asosi ekanidan dallolat beradi.
Milliy   istiqlol   mafkurasining   asosiy   g’oyalari   xalqimizning   mustaqil
taraqqiyot  yo’lidagi bosh g’oyasidan kelib chiqadi va o’zining ma’no-mohiyatini,
falsafasi,   jozibasi   bilan   uni   xalqimizning   qalbi   va   ongiga   yanada   chuqurroq
singdirishga xizmat qiladi.
Vatan   ravnaqi,   vatan   insonning   kindik   qoni   to’kilgan   tuproq,   uni   kamol
toptiradigan, hayotiga ma’no-mazmun baxsh etadigan tabarruk maskandir.
Vatanning ravnaqi, avvalo yoshlarga bog’liq. Bu esa har bir yurtdoshlarimizni
o’zining   ma’naviy   kamoloti   uchun   yuksak   mas’uliyatni   his   etishga,   o’z
manfaatlarini shu yurt, shu xalq manfaatlari bilan uyg’unlashtirib yashashga da’vat
etadi.
Bugungi   kunda   jamiyatimizda   tadbirkorlik,   erkin   iqtisodiy   faoliyat   keng
rivojlanayotgan,   davlatimizning   iqtisodiy   qudrati   ortayotgani,   xalqimizning
ma’naviyati   bo’lib,   ilm-ziyo   salohiyati   yuksalayotgani   vatan   ravnaqining   asosi
bo’ladi.   Yurt   tinchligi-bebaho   ne’mat   ulug’   saodatdir.   Yurt   tinchligi-barqaror
taraqqiyot garovidir.
O’zbek   xalqi   tinchlikni   yuksak   qadrlaydi,   uni   o’z   orzu   intilishlarini,   maqsad
muddaolarini ro’yobga chiqishning kafoloti deb biladi.
Yurt   tinchligi   vatan   ozodligi   va   mustaqilligi   bilan   chambarchas   bog’liqdir.
Birovga   qaram   bo’lgan   xalq   hech   qachon   erkin   va   farovon   yashay   olmaydi.
13 Shuning uchun ham mustaqillik va tinchlikni asrash, mamlakatimizni tajovvuzkor
kuchlardan   himoya   qilishga   doimo   tayyor   turishi   lozim.   Yuksak   ma’naviyat,
siyosiy   madaniyat,   millatning   g’oyaviy   va   mafkuraviy   yutuqligi   yurt   tinchligini
saqlashning muhim omilidir.
Xalq farovonligi.   Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning oily
maqsadi   –  xalqimizga   munosib   turmush   sharoiti   yaratishdan   iborat.   Ya’ni   islohat
uchun   emas,   inson   uchun,   uning   farovon   hayoti   uchun   xizmat   qilinmog’i   kerak.
Jamiyatimizdagi   har   qanday   yangilanishda,   har   qanday   o’zgarishda   ana   shu   ezgu
maqsad   mujassamdir.   Milliy   istiqlol   mafkurasini   mohiyati   bilan   fuqarolarimizda
har   qaysi  inson   va  oila  badavlat  bo’lsa,  jamiyat  va  davlat   ham   kuchli   va  qudratli
bo’ladi, degan tushunchani tarbiyalashga xizmat qilmog’i lozim.
Komil  inson.   Erkin fuqarolik jamiyatini  ma’naviy barkamol ezgu g’oyalarni
sog’lom   insonlargina   bunyod   eta   oladi.   Shuning   uchun   yangilanayotgan
jamiyatimizda   sog’lom   avlodni   tarbiyalash,   erkin   fuqaro   ma’naviyatinini
shakllantirish,   ma’naviy-ma’rifiy   ishlarni   yuksak   darajaga   ko’tarish   orqali
barkamol insonlarni voyaga yetkazishga muhim e’tibor berilmoqda.
Millatlararo totuvlik.   Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ziyod millat
va elatlar istiqomat  qiladigan mintaqa va davlatlar  milliy taraqqiyotini  belgilaydi.
Shu joydagi tinchlik va barqarorlikning kafolati bo’lib xizmat qiladi.
Bu   g’oya   bir   jamiyatda   yashab,   yagona   maqsad   yo’lida   mehnat   qilayotgan
turli   millat   va   elatlarga   mansub   kishilar   o’rtasidagi   o’zaro   hurmat,   do’stlik   va
hamjihatlikning   ma’naviy   asosidir.   Bugungi   kunda   mamlakatimizda   yashab
kelayotgan   millatlarni   o’zaro   ahillik   ruhida   tarbiyalash   istiqlol   mafkurasining
asosiy maqsadlaridan biridir.
Demak,   milliy   istiqlol   mafkurasi   xalqning,   jamiyatning   o’z   oldiga   qo’ygan
ezgu   maqsad-mudaolari   amalga   osha   borgani,   taraqqiyot   tajribalari   ortgani   sari
boyib, takomillashaveradi.
Bu   mafkura   erkin   fuqarolik   jamiyati,   farovon   hayot   barpo   etishga   qaror
qilgan, bu yo’lda sobit qadamlik bilan olg’a borayotgan xalq mafkurasidir.
14 Mafkura   –   inson   ruhiyati,   tafakkuri   va   dunyoqarashini   o’zgartirgan   kuchli
vositadir.
Mustaqil O’zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy istiqlol g’oyalari
fuqarolarni   Respublika   Konstitutsiyasida   e’tirof   etilgan   insonparvarlik,
demokratik,   huquqiy   davlat   va   huquqiy   jamiyatni   barpo   etishdek   ezgu   maqsad
atrofida birlashtirishga xizmat qiladi. Har bir fuqaroning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy
faolligini   yuzaga   keltirish,   fuqarolik   (huquqiy)   madaniyatini   qaror   toptirish   –
fuqarolik (huquqiy) jamiyatning asosiy talabi hisoblanadi.
Davrning   ushbu   o’ta   dolzarb   talabi   mustaqillik   yillarida   O’zbekiston
Respublikasi   hukumati   tomonidan   qabul   qilingan   qator   qonun   va   qarorlar,
shuningdek,   O’zbekiston   Respublikasi   birinchi   Prezidenti   I.A.Karimov   asarlari
mazmunida   o’zining   yorqin   ifodasini   topibdi.   Aholi   o’rtasida   milliy   istiqlol
mafkurasi   g’oyalarini   targ’ib   etdi,   ijtimoiy   tarbiyaning   samarali,   izchil   tizimli
yaratish,   jamiyatda   fuqarolik   madaniyatni   shakllantirish   muammolarining   ijobiy
hal etilishi jamiyat ijtimoiy hayoti uchun muhim ahamiyatga egadir.
Ijtimoiy   hayotda   fuqarolik   madaniyatining   shakllanishi   uchun   zarur   shart-
sharoitlarni   vujudga   keltirish:   bir   tomondan,   jamiyat   manfaatlari   uchun;   ikkinchi
tomondan; shaxs manfaatlari, shuningdek, jamiyat hamda fuqaroning birgalikdagi
manfaatlariga   to’la   mos   keladi.   Shu   sababli   Respublika   mustaqilligi   sharoitida
ijtimoiy   ta’lim-tarbiyani   tashkil   etish   mazmunini   tabdan   yangilash   zaruriyati
yuzaga keladi. Ijtimoiy tarbiyani keng ko’lamda ( kompleks ) tarzda tashkil  etish
bugungi kunning da’vati va talabi bo’lib qolmoqda. Mazkur talabni ijobiy hal etish
oila > ta’lim muassasalari > jamoatchilik > davlat jamiyat birligini yaratish asosida
amalga oshiriladi.
O’z   fuqarolariga   ega   bo’lish   har   bir   davlatning   zarur   va   muhim   belgisi
hisoblanadi. Fuqarolarning mavjudligi sababli davlat mavhum tushuncha bo’lmay,
muayyan   mexanizm   sifatida   maydonga   chiqadi.   Huquqiy   o’rni   qonun   yo’li   bilan
kafolatlangan   shaxsning   davlat   ichkarisida   yoki   tashqarisida   bo’lishidan   qat’iy
nazar,   ma’lum   bir   davlatga   qarashliligi   holatiga   fuqarolik   deyiladi.   Shunday
huquqga   ega   shaxs   fuqaro   deb   ataladi.   O’zbekiston   fuqarosi,   O’zbekiston
15 Respublikasi   Konstitusiyasi,   Oliy   Majlisi   qabul   qilingan   tegishli   qoidalariga
muvofiq  belgilangan huquqlardan  foydalana  oladi,  qonunlardan  ko’rsatib  o’tildan
burchlarini bajaradi.
Demak,   “Fuqarolik   o’z   davlatiga   nisbatan   huquq   va   burchlar   bilan
bog’langan,   huquqiy   va   axloqiy   me’yorlarga   ongli   rioya   etishni,   mehnat   va
jamoada faollikni, ma’naviy yetakchilikni nazarda tutadi   ”.
Fuqarolikning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilar:
Muayyan davlat jamiyat a’zosi ekanligini tushunib yetadi; shaxs taqdiri davlat
va jamiyat hayoti bilan uzviy chambarchas bog’liq ekanligini tushunib yetish;
Xalq,   davlat   oldidagi   fuqarolik   huquq   va   burchlarini   qonunchilik   asosida
bilish, ularga so’zsiz, qat’iy amal qilish;
O’z   xalqi,   davlati   o’tmishiga   hurmat   tuyg’usini   qaror   toptirish   shaxsiy
manfaatlardan   Respublika   manfaatlarini   ustun   qo’ya   bilish,   xalq   vatan   ravnaqi,
istiqboli   uchun   kurashishga   tayyorgarlik,   yurt   tinchligini   himoya   qilish,   asrab-
avaylash;
Davlat   ramzlaridan   cheksiz   muhabbatni   qaror   toptirish,   ular   muhofazasi
uchun tayyorlik, davlat  ramzlarining millat, xalq or-nomusi, sha’ni, qadr-qimmati
ekanligini aniqlash;
Ijtimoiy-siyosiy   onglilik,   ijtimoiy   faollik,   davlatning   ichki   va   xalqaro
siyosati qoidalarini tushunish va idrok qilish;
Milliy   va   umuminsoniy   axloq   hamda   huquq   me’yorlarining   buzulishiga
nisbatan murosasiz kurash.
Jamiyat   tomonidan   qonunchilik   yo’li   bilan   belgilangan   talab   fuqaro   xulqini
baholashi   hatti-harakatlar   mohiyatini   tahlil   qilish   uchun   mezon   bo’lib   xizmat
qiladi. Ana shu talablarga muvofiq fuqaroning xulq-atvoridagi ayrim ko’rinishlar,
harakatlar, odatlar ma’qullanadi yoki qoralanadi.
O’zbekiston   Respublikasi   fuqarolarining   maqsadi   erkin,   demokratik,
insonparvar, huquqiy davlat va jamiyat qurishdir.
16  3 . Dars jarayonida o’quvchilarda milliy xulq-atvor tushunchalarini tarkib
toptirish
Inson shaxsining kamol topishi juda murakkab va uzluksiz jarayon davomida
shakllanadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari tarbiyasiga ota-onasi, maktab, mahalla,
do’stlari,   jamoat   tashkilotlari,   atrof-muhit,   ommaviy   axborot   vositalari,   san’at,
adabiyot, tabiat va hokazolar bevosita ta’sir ko’rsatadi.
Yuqoridagi   barcha   hayotiy   ehtiyojlarni   vujudga   keltirishda   o’zaro
hamkorlikning   ta’sir   doirasi   orqali   shaxsni   tarbiyalash   va   tarbiyaning   birligini
ta’minlangan   holda,   uni   shaxs   sifatida   shakllanishga   salbiy   ta’sir   ko’rsatadigan
muhitdan himoya qilishdir.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy
milliy,   ma’naviy-tarixiy   an’analarga,   urf-odatlari   hamda   umumbashariy
qadriyatlarga  asoslangan   samarali   tashkiliy, pedagogik  shakl  va  vositalarni   ishlab
chiqib   amalga   joriy   etish   orqali   ularda   milliy   xulq-atvor   tushunchalarini
shakllantirishdir.   Bunda   ta’lim-tarbiyamizning   asosiy   vazifasi-’quvchi   shaxsining
aqliy,   axloqiy,   erkin   fikrlovchi   va   jismoniy   rivojlanishi,   uning   qobiliyatlarini   har
tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir. 
Buning uchun: – o’quvchilarni erkin fikrlashga tayyorlash, hayot mazmunini
tushunib   olishiga   ko’maklashish,   o’z-o’zini   idora   va   nazorat   qila   bilishini
shakllantirish,   o’z   shaxsiy   turmushiga   maqsadli   yondashuv,   ularda   reja   va   amal
birligi hissini uyg’otishdir.
–   O’quvchilarni   milliy,   umuminsoniy   qadriyatlar,   Vatanimizning   boy
ma’naviy merosi bilan tanishtirish, madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga
bo’lgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish;
–   Insonparvarlik   odobi   me’yorlarini   shakllantirish   (bir-birini   tushunadigan,
mehribonlik,   shafqatlilik,   irqiy   va   milliy   kamsitishlarga   toqatsizlik),   muomala
odobi   kabi   tarbiya   vositalari   (nohaqlikka,   yolg’onchilik,   tuxmat,   chaqimachilikka
toqatsizlik) keng qo’llanilishi lozim; 
–   Turmushda   eng   oliy   qadriyat   hisoblangan   mehnatga   ijodiy   munosabatni
tarbiyalash,   mehnatga   ijodiy   yondashish   tadbirlarini   kuchaytirish,   ijtimoiy
17 maqsadlarga   intilish   kabi   xislatlarni   tarbiyalash,   amaliy   munosabatlar   –
tadbirkorlik, to’g’riso’zlik va mas’uliyat hissini tarbiyalash;
–   Sog’lom turmush tarzi uchun intilishni tarbiyalash va rivojlantirish, munosib
oila   sohibi   bo’lishga   tayyorgarlik   ko’rish.   O’zining   har   bir   xatti-harakatiga   va
uning   oqibatiga   mas’uliyat   bilan   qarash   xislatlarini   tarbiyalash   uchun   sharoit
hozirlash.   Insonning   atrof-muhitga   ta’siri,   kishilar   bilan   o’zaro   munosabatlarida
yuqoridagilarga amal qilish ruhida tarbiyalashdir.
–   Mustaqil   davlat   –   O’zbekiston   Respublikasining   ichki   va   tashqi   siyosatiga
to’g’ri,   xolisona   baho   berishga   o’rgatish.   Uning   tinchliksevarlik,   demokratik   va
boshqa   davlatlarning   ichki   siyosatiga   aralashmaslik,   betaraflik   oshkora-ochiq
tashqi   siyosati   va   o’z   xalqining   turmush   darajasini   oshirishga   yo’naltirilgan,   uni
ijtimoiy   himoya   qiladigan   ichki   siyosatini   to’g’ri   tushunmoq   va   tushuntirmoq
kerak.   
–   Vatanparvarlik,   dunyoviy   fikrlash,   jamiyatimizda   yashayotgan   omadlar
bilan   o’zaro   munosabat   –   muloqotni   o’rganish   va   ularda   o’z   xalqiga   bo’lgan
hurmatni   tarbiyalash   orqali   milliy   g’ururni   shakllantirishni   biz   boshlang’ich   sinf
o’quvchilarda   odobnoma   va   o’qish   darslari   jarayonida   ham   sinfdan   tashqari
tarbiyaviy tadbirlarda amalda qo’llashni lozim deb topdik;
Darslarda   milliy   xulq-atvor   tushunchasini   takomillashtirish   bolalar   hayoti
tarzida   mazmun   qo’shadi,   boyitadi.   Odamlarga   bo’lgan   axloqiy   munosabatlarni
tartibga   soladi.   Sinovdan   o’tgan   milliy   qadriyatlardan   hozirgi   davrda   bolalarni
bahramand   qilish   amaliy   qiymatga   ega.   Bu   haqda   buyuk   alloma   Abu   Rayhon
Beruniy   «Vaqt   pillopoyasi   cheksizdir   bir-birining   o’rnini   egallab   boradigan
avlodlar   zinadan   zinagagina   ko’tariladilar,   xolos.   Jamlangan   tajriba   har   bir   avlod
o’zidan keyin uni taraqqiy ettiradigan va boyitadigan navbatdagi avlodga yetkazib
beradi»,   –   deb   o’rinli   ta’kidlagan.   Mazkur   g’oya   har   bir   o’quvchiga   ma’naviy
merosni davom ettirish haqida alohida mas’uliyat yuklaydi.
Darslarda   milliy   xulq-atvor   tushunchalarini   tarkib   toptirishda   maqollar   ham
katta ahamiyatga ega. Chunki maqollar, hikmatli so’zlar va ibratli fikrlardan iborat.
O’n   yosh…   Kichkintoylar   xuddi   shu   yoshdan   bir-biri   bilan   do’st   tutinish,
18 uning qadriga yetish, kattani hurmat qilish, kichiklarga g’amxo’rlik ko’rsatish, ota-
onani va ona Vatanni astoydil sevish kabi ijobiy fazilatlarga ega bo’lish darajasida
bo’ladilar. 3-sinf «O’qish kitobi»dagi «Xalq og’zaki ijodi» bobining «Maqolalar»
bo’limi shu davr bolalari kamolotida alohida ahamiyat kasb etadi.
Shu maqsadda do’stlikda do’stlik to’g’risida (4 ta) kitob (3 ta) mehnat (4 ta)
kasb hunar haqida (6 ta) maqollar berilgan.
O’qituvchi  maqollarni   o’rgatishdan   oldin  o’quvchilarga  maqol  haqida  oddiy,
sodda   ularning   ong   –   tushunchalariga   yetib   boradigan   darajada   ma’lumot   berib
o’tishi   kerak.   Xalq   og’zaki   ijodining   eng   keng   tarqalgan   janlaridan   biri   maqol
bo’lib, u asosan hayotiy tajribalar asosida xalq tomonidan to’qiladi.
Asrlar   osha   og’izdan-og’izga   o’tib   kelayotgan   maqol   xalqning   u   yoki   bu
masala   yuzasidan   chiqargan   hukmi   hisoblanadi.   Unda   mehnatkash   xalq
ommasining dunyoqarashi, jamiyat va mehnatda munosabati, ota-onaga hurmat va
Vatanga   cheksiz   sadoqat   singari   fazilatlar   mujassamlashgan.   Shuningdek
maqollarda   xalq   orzu-umidlari,   insonparvarlik   hislari   ufurib   turadi.   Maqollar
g’oyaviy pishiq mazmunan mukammal, ixcham va sodda bo’ladi.
Maqollar odamlar ongini o’stiradi, ularni to’g’ri, rostgo’y, mehnatsevar, mard,
jasur   va   matonatli   bo’lishlikka   o’rgatadi,   insonlardagi   eng   noyob   fazilatlarni
targ’ib etadi, yozuvchilar, shoirlarning so’z boyliklarini orttiradi, asarlarini badiiy
jihatdan   ta’sir   qiladi.   Maqollardagi   so’zlar,   ko’pincha   ko’chma   ma’noda
qo’llaniladi. Muallim maqollarni tahlil qilishda ana shu ko’chma ma’noli so’zlarga
alohida to’xtalib, u orqali ifodalangan fikrni ochib beradi.
Maqollar   bolalarga   quruq   yodlatib   yoki   o’qitib   qo’ygandan   ko’ra   darslikda
zikr   etilgan   do’stlik,   kitob,   mehnat,   kasb-hunar,   ota-onaga   oid   bo’limlarning   har
biriga   alohida   hikoya,   ertak,   latifa,   she’r,   qo’shiq   to’qib   sinfda   o’rganish   lozim.
Albatta,   mazmunli   asar   bolaga   tezroq   ta’sir   qiladi   va   uning   xotirasida   uzoq
saqlanib qoladi.
Sinfda   muallim,   tomonidan   aytilgan:   «Do’st   uzoqda   bo’lsa   ham   ko’ngli
yaqin»,   «Dushmanga   joningni   bersang   ham,   siringni   berma»,   «Do’st   achitib
so’zlar, dushman – kuldirib», «Dushmanning suyganidan do’stning urgani yaxshi»,
19 «Do’st   do’stni   kulfatda   sinar»,   «Jahl   –   dushman,   aql   –   do’st»,   kabi   maqollar
tinglangach, do’stlik haqida biron bir ertak o’qib berish mumkin.
Yoki   4-sinflarda   «Odobnoma»   darsi   misolida   ko’ramiz   odobnoma   kursida
berilgan   «Adolatparvarlik   vijdon   amri»   mavzusini   o’tayotganda   ajdodlarimiz
faxrimiz bo’lgan Amir Temurning axloqiy qarashlari haqida fikr yuritamiz. Chunki
sohibqiron bobomiz Amir Temur ham davlatni adolat bilan boshqarganligini butun
olam   biladi.   Ayniqsa,   u   kishining   ta’lim-tarbiya,   odob-axloq   bilan   bog’liq,   ya’ni
axloqiy qarashlari o’z davomida El-yurt e’tiborini qozongan.
Amir   Temur   axloqiy   qarashlarida   bo’lgan   talab   bugungi   mustaqillik   davrida
yanada   ravnaq   topmoqda.   Quyida   buyuk   bobokalonimiz   Amir   Temurning   hayot
yo’li,   madaniy-ma’rifiy   qarashlar,   xususan   axloqiy   qarashlari   xususida   fikr-
mulohaza yuritamiz.
Ma’lumki,   Amir   Temur   ikki   sayyoraning   Zuxal   va   Mushtariyning
yakinlashuvi   davrida   tugilgan.   Xalqimiz   yulduzlar   xarakatidagi   bu   holatni   800
yilda   takrorlanishini   va   ayni   shu   paytda   tug’iladigan   insonlar   –   buyuk   insonlar,
sohibqironlar   bo’lib   yetishishini   astranomik   kuzatishlarga,   hayotiy   tajribalarga
tayanib ko’pgina rivoyatlarda, hikmatli so’zlarda aks ettirishgan. Shunda peshonasi
yarqiragan   zotlar   –   Amir   Temurgacha   Iskandar   Zulqarnayn   va   Muhammad
Payg’ambardirlar.
Necha   asrlar   o’tibdiki,   buyuk   siymo   Amir   Temur   shaxsiga   qiziqish
hanuzgacha   oshsa   oshadiki,   ammo   susaymaydi.   Darsni   o’tkazishdan   maqsad,
kuchli shaxs egasi  Amir Temurning axloqiy qarashlari, uning boshqa odamlardan
farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasini, ya’ni individualligini ochib
berishga   harakat   qilishdan   iboratdir.   Buyuk   zotning   axloqiy   qarashlari,   insoniy
sifatlari   to’g’risida   mulohaza   yuritar   ekanmiz,   Amir   Temur   o’z   individualligi
jihatidan betakror ekanligining guvohi bo’lamiz.
Amir   Temur   odob-axloq,   iymon,   e’tiqod,   ta’lim-tarbiyada   o’zi   yuksaklikka,
mukammalikka erishgan siymolardan biridir. U qo’rqmas, shijoatli botir kishilarni
itoat qildiruvchan bo’lib, jasoratli kishilarni, dovyurak va mardlarni yoqtirar edi.
Amir   Temur   o’zining   odob-axloqqa   oid   «Tuzuki   Temuriy»,   «Malfuzati
20 Temuriy»,   «Vaqioti   Temuriy»,   dasturlarida   axloqiy   xislatlarga   ta’rif   beradi,
chunonchi,   «Shijoat»,   «Sabr-qanoat»,   «Hikmat»,   «Adolat»,   «Saxiylik»,   «Iffat»,
«Sir   saqlay   bilishlik»,   «Haqgo’ylik»,   «Kamtarlik»,   «Sadoqatlilik»,   «Rahmdillik»
va boshqalar.
Sohibqiron   bu   axloqiy   kategoriyalarni   quvvatlarga   (ichki   hislarga)   bo’lib
ta’riflaydi.   Masalan,   «Shijoat»   Amir   Temurning   aytishicha,   g’azabiy   quvvatga
mansub   bo’lib,   bunda   inson   har   qanday   og’riq   va   alamlarga   befarq   qaraydi.
«Hikmat»   taiziy   quvvatiga   mansub   bo’lib,   insonni   xato   va   yanglishishlardan
asraydi.
«Qanoat» ya’ni mo’tadillikka ta’rif berib, amir temur xulq normalariga to’g’ri
kelmaydigan ishlarni qilmaslik deb tushuntiriladi.
«Sabr»   insondagi   shunday   quvvatdirki,   u   orqali   inson   boshiga   tushgan
yomonlik bartaraf qilinadi.
«Farosatlilik»   tushunchasini   Amir   Temur   tez   faxmlash,   his   orqali   berilgan
biror narsaning haqiqiy ma’nosiga tez yetishdir, deb izohlaydi.
«Rahmdillilik»   baxtsizlikka   uchragan   yoki   azob-uqubatga   duchor
bo’lganlargcha nisbatan xushmuomala bo’lishdir.
Amir Temur yuqorida eslatib o’tilgan axloqiy xislatlar bilan birga insonlarda
uning   aksi   bo’lgan   «o’g’rilik»,   «aldamchilik»,   «fisqu   fasod»,   «rashk»,   «nafrat»,
«adovat»,  «o’ch  olish»,  «bo’hton»,  «irodasizlik»,   kabi   hissiy   holatlar  ham  bo’lib,
insonlarning salbiy, bemahni axloqiy illatlaridir deb ta’kidlaydi. Yaxshi va yomon
xulq   odatda   binoan   paydo   bo’ladi.   Biz   nimaga   odatlangan   bo’lsak   shu   narsa
xulqimizga o’rnashib qoladi. Shuning uchun tarbiyani bolaning eng yosh paytidan
boshlash kerak. Zero unga yaxshi xulq odat bo’lib qolsin.
Bularning   barchasi   Amir   Temur   tengi   yo’q   fe’l-atvori,   chuqur   mulohazali
kishi bo’lib, uning tafakkur dengizining tubi yo’q qudratli zot ekanligini ko’rsatadi.
Uning   ibratli   hayot   yo’li,   odob-axloq   haqidagi   ma’rifiy   qarashlari   kamolot
cho’qqisiga   intilayotgan   yoshlar   uchun,   uning   kamarbasta   tarbiyachilari   uchun
ham hamishalik hayot dasturi bo’lib qolishiga shak-shubha yo’q.
Masalan,   2-sinf   darsligida   berilgan   «O’tinchi   yigit   va   she’r»   ertagi   sahna   –
21 dars   tarzida   o’tkaziladi.   O’qituvchi   ertakchi   kampir   qiyofasida   ertakni   so’zlab
beradi.
O’quvchilarga quyidagi savollar beriladi.
1. Nima uchun yigitni o’tinchi deb atadik?
2. U she’r bilan qayerda uchrashib qoldi?
3. Ular nega kurash tushmoqchi bo’ldi?
4. Yigit she’rga qanday hiyla ishlatdi?
5. Sizningcha, ularning qaysi biri kuchli?
6. Inson nimalarga qodir ekanligini Yana qaysi ertaklarda o’qigan
edik?
Bolalarning   bilimlari   shu   savollar   yordamida   baholanadi   va   mavzu
mustahkamlanadi. Vazifa qilib aqllilik va kuchlilik haqida maqollar yodlab kelish
beriladi. Bu noan’anaviy dars bolalarni aqlli, kuchli, oqibatli bo’lishga undaydi.  
22 4.  Sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlar orqali o’quvchilarda milliy xulq-
atvor tushunchalarini tarkib toptirish.
  O’zbekiston   Respublikasining   istiqlol   erishuvi   hamda   o’z   mustaqil   siyosiy,
iqtisodiy   va   ijtimoiy   yo’liga   ega   bo’lishi,   xalq   xo’jaligining   turli   sohalarida,
jumladan   xalq   ta’limi   tizimida   ham   o’sib   kelayotgan   yosh   avlod   ta’lim-tarbiyasi
bilan bog’liq jarayonini qayta ko’rib chiqishni taqazo etmoqda.
Hozirgi   paytda,   fan   va   madaniyatimizning   eng   so’nggi   yutuqlari   asosida
kelajagimiz   bo’lgan   yosh   avlodni   hayotga   tayyorlashning   samarali   shakl   va
uslublarini izlash nihoyatda zarurdir.
O’zbekiston   Respublikasi   Birinchi   Prezidentining   «Ma’naviyat   va   ma’rifat
jamoatchilik   markazi   faoliyatini   yanada   takomillashtirish   va   samaradorligini
oshirish   to’g’risida»gi   farmonida   ko’rsatilganidek,   jamiyatda   yuksak   ma’naviy
fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy madaniy
merosimiz,   tarixiy   an’analarimizga,   umuminsoniy   qadriyatlarga   hurmat,   Vatanga
muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir.
Sinfdan va maktabdan tashqari  tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish
avvalo   komil   insonni   shakllantirishning   eng   zamonaviy   va   qulay   yo’nalishlarini
topib   joriy   etishga   bog’liq.   Ushbu   Konsepsiya   ham   xuddi   shu   maqsadda   shaxs
kamoloti bosqichlarini belgilab olishga yo’naltirilgandir.
Tarbiyaviy   ishlarni   davr   talabiga   javob   beradigan   holga   keltirish   uchun
tarbiyaning asosi bo’lgan barcha g’oyalar qaytadan ko’rilib chiqilishi asosiy e’tibor
bola   shaxsiga   qaratilishi   yillar   davomida   to’plangan   ijobiy   tajribadan   unumli
foydalanish zarurligini taqazo etadi.
Tarbiyaviy   tadbirlar   huquq-tartibot   organlari,   ijodiy   uyushmalar,   Davlat   va
nodavlat jamg’armalar, qo’mitalar va tashkilotlar hamkorlikda olib boriladi.
Tarbiyaviy   tadbirlarga   yangicha   munosabat   mustaqillik   ma’naviyati   negizi
asosida   hukumat   qarorlarida   olimlar   va   ijodkor   o’qituvchilar   izlanishlarida   o’z
aksini topmoqda.
  «Maqsadimizga   erishimiz,   yangi   jamiyat   qurilishimiz,   siyosatda   ham
23 iqtisodda   ham,   ma’naviyat   sohasida   ham   barcha   islohotlarning   taqdiri   o’sib
kelayotgan   yosh   avlodga   bog’liq».   O’zbekistonning   uzluksiz   ta’lim   tizimidagi
barcha   o’quv   muassasalari   yosh   avlodga   milliy   istiqlol   mafkurasini
shakllantirishda   ma’naviyatni   milliy   merosimiz   bilan   boyitishda,   yosh
vatanparvarlarni   tarbiyalashda   yangicha   ish   uslublari   asosida   ijodiy
yondashmoqdalar. 
Tarbiyaviy   ishlarni   to’g’ri   tashkil   qilishda   beriladigan   nazariy   bilimlarni
o’quvchilar   qalbiga   yetkazish   ularni   kundalik   ehtiyojiga   aylantirish   uchun
o’qituvchi quyidagi ish usullariga e’tibor berishi lozim:
1. Sinf   jamoasining   ruhiy   holati,   ya’ni   har   bir   o’quvchining   shaxsi,
faoliyati qiziqish darajasi.
2. Sinf   o’quvchilarining tarbiyalanganlik  darajasi.   Sinfda  tartib  intizom,
sinf mulkiga bo’lgan munosabat.
3. Sinfda olib boriladigan tarbiyaviy tadbirlarga munosabat.
4. Sinf ijtimoiy fikrga bo’ysunuvchanlik.
5. Sinfdagi o’zaro axloqiy muomala va munosabatlar.
6. Maktabda   tashkil   qilingan   qonun   qoidalarga   munosabat   va   unga   amal
qilishdir.
Yuqoridagilarga   amal   qilgan   o’qituvchi   o’z   faoliyatini   tashkil   qilishda
nimalarga   e’tibor   berishni   tez   anglab   oladi.   Ustoz   o’qituvchining   bilim   darajasi,
sharqona   fikr   yurita   bilishi,   ish   bilan   harakatning   birligi   sinf   o’quvchilarning
o’rgatish   va   ulardagi   ijobiy   fazilatlarini   takomillashtirish   bilan   birga   milliy
g’ururini shakllantirib boradi.
An’anaga   ko’ra   yangi   o’quv   yilining   birinchi   kuni   «Mustaqillik   saboqlari»
bilan   boshlanadi.   Mustaqillikka   bag’ishlangan   darslarni   namunali,   sermazmun,
qiziqarli   qilib   o’tkazish   har   bir   ustozu   murabbiydan   alohida   tayyorgarlik   va
mas’uliyatni talab etadi.
Ushbu   dars   o’quvchilar   qalbida   iymon-e’tiqod   hissini   munavvar   etib,   Ona-
Vatanga,   xalqiga,   yurt-boshiga   mehr-muhabbat   uyg’otish   va   ona   shunday   davlat,
jamiyat   a’zo   ekanligidan   g’ururlanishni   shakllantirib   borish   zarur.   Shu   bois,
24 avvalo,   dars   mavzusini   to’g’ri   tanlab   olish,   o’quvchining   yoshi,   bilim   darajasi,
malaka va ko’nikmalariga mos ravishda aniq belgilay bilish lozim. Dars o’tadigan
xona ham mavzuga mos ravish bezatilgan bo’lishi ya’ni, O’zbekiston Respublikasi
Davlat   Bayrog’i   Gerbi,   Madhiyasi,   Konstitusiyasi   «Ta’lim   to’g’risida»gi   Qonun,
«Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi»,   Prezident   portreti,   uning   asarlari   bilan
jihozlanishi   kerak.   Boshlang’ich   sinf   o’quvchilari   bilan   «O’zbekiston   –   mustaqil
diyor», «O’zbekiston – Vatanim manim», «Vatan yagonadir, Vatan bittadir» kabi
mavzularda o’tkazilsa yaxshi bo’ladi.
Saboqlar   suhbat,   savol-javob,   bahs-munozara,   hikoya   shakllarida
sahnalashtirilgan lavhalar yordamida tashkil etiladi.
Sinf   xonalarida,   karidorlarda,   maktab   peshtoqida   «1   sentyabr   –   Mustaqillik
kuni»,   «Gulla,   yashna   hur   O’zbekiston»,   «O’zbekiston   kelajagi   buyuk   davlat»,
«O’zbekiston bolalari o’z yurtini sevadilar» singari shiorlar osib qo’yilishi va sinf
taxtasiga dars mavzusi chiroyli qilib yozilgan bo’lishi kerak.
Mustaqillik   darsining   kirish   qismida   Vatan,   ona-yurt   mustaqillik   haqida
tushunchalar   beriladi.   So’ng   sevimli   diyorimizning   mustaqillikka   erishuvi   haqida
hikoya   qilinadi.   Boshlang’ich   sinflarda   Mustaqil   O’zbekiston   Respublikasining
Davlat   ramzlari   va   ularning   qabul   qilinishi   vaqtlari   to’g’risida   suhbat   o’tkazilishi
lozim.   Davlat   ramzlaridagi   belgilar,   ranglar,   xumo   qushi   haqida   fikr   almashiladi,
she’rlar,   Madhiya   ijro   etiladi.   Mustaqillik   saboqlarining   asosiy   qismida
Mustaqillikni   mustahkamlash   yoshlar   zimmasiga   tushishi   yana   bir   bor   ta’kidlash
joiz.   Xususan,   bunday   mashaqqatli   ish   har   bir   jamiyatda   ham   ilmli,   ma’rifatli,
tarbiyali, mehnatkash, tadbirkor shu bilan birga fidoiy kishilar zimmasida ekanligi
ko’rsatiladi.
Har   bir   o’qituvchi   tomonidan   Mustaqillik   darslarini   a’lo   darajada   o’tkazish
mahoratga,   imkoniyatlarga,   ijodkorlikka   bog’liq.   Xullas,   birinchi   qo’ng’iroq   –
Mustaqillik   saboqlari   mazmunli   va   qiziqarli   bo’lsa,   bu   dars   yil   davomida
o’quvchilar yodida saqlanadi.
Asrlar mobaynida shakllangan, avloddan avlodga bebaho meros sifatida o’tib
kelayotgan   urf-odat,   marosim   va   bayramlar   ham   milliy   mafkuraning   asosiy
25 g’oyalarini singdirishda muhim omil bo’ladi.
Jamiyat   taraqqiyoti   maktab   va   maorifga   yangi   g’oyalarni   tadbiq   etishni,
ta’limda   yangi   usullarni   joriy   etishni   taqqazo   qilmoqda.   Boshlang’ich   sinf
o’quvchilarida maktabdan tashqari o’tkaziladigan tarbiyaviy soatlar amaliyot bilan
bog’landagina   uning   mazmuni   va   maqsadi   o’quvchilarda   milliy   g’ururni
shakllantirishda xizmat qiladi.
Ma’lumki,   ijtimoiy-madaniy   hayotni   bayramlar   bilan   uzviy     bog’liq   bo’lgan
an’ana   urf-odat   va   marosimlarsiz   tasavvur   qilib   bo’lmaydi.   Ular   turmushning
alohida shakli hamda bayramning tarkibi sifatida namoyon bo’ladi.
«Marosim», «odat», «an’ana» kabi so’zlar bayram tushunchasi bilan bevosita
bog’liq bo’lgani uchun ularga alohida izoh berish lozimdir.
«An’ana» –  bu o’ziga xos ijtimoiy iqtisodiy hodisa bo’lib, kishilarning ongida
hayotida   o’z   o’rnini   topgan,   avloddan   avlodga   o’tadigan,   takrorlanadigan,
hayotning barcha sohalarida qabul qilingan tartib qoidalardir.
«Odat»   –   kishilarning   turmushiga   singib   ketgan   ma’lum   muddatda
takrorlanib turuvchi xatti-harakati ko’pchilik tomonidan qabul qilingan, xulq-atvor
qoidalaridir. 
«Marosim»   –   bu   ko’pincha   an’ana   va   urf-odatning   tarkibiy   qismi   bo’lib,
inson   hayotidagi   muhim   voqealarni   nishonlashga   qaratilgan   rasmiy   va   ruhiy
ko’tarinlik   vaziyatida   o’tadigan,   o’zining   umum   qabul   qilingan   ramziy
harakatlariga ega bo’lgan hayotiy tadbirdir.
Odatni   kundalik   hayotning   turli   vaqtida   uchratish   mumkin   bo’lsa,   marosim
esa   inson   hayotidagi   muhim   hodisalar   sodir   bo’lganda   vujudga   keladi.   Uning
asosiy burilish daqiqalarini qayd etadi, rasmiylashtiradi.
Ko’pincha   an’ananing   tarkibiy   bo’lagi   odat,   odatning   muhim   bir   qismi
marosim bo’ladi.
Boshlang’ich   sinf   o’qituvchilari   sinfdan   tashqari   turli   mavzularda   masalan,
matematik   o’yinlar,   topishmoqlar,   o’zbek   xalq   og’zaki   ijodi,   vatanparvarlik   va
boshqa   sohalarda   tarbiyaviy   soatlar   o’tkazishlari   mumkin.   Bu   bir   jihatdan
bolalarning   bilim   va   ko’nikmalarini   sinash   bo’lsa,   ikkinchi   jihatdan   ularning
26 og’zaki   va   yozma   nutqni   oshirishga   fikrni   charxlashga   milliy   xulq-atvorni
shakllantirishda xizmat qiladi.
Boshlang’ich   sinf   o’quvchilarida   milliy   bayramlarimizdan   bo’lgan   Navro’z
bayrami tadbirini o’tkazdik. Bu kun yangi yilning tug’ilishi ekin-tekin ishlarining
boshlanishi   sifatida   nishonlanar   ekan,   xalq   o’yin-kulgu   bilan   sayr-tomoshalarga
chiqadi.   Xafalashib   qolganlar   yarashadi,   qarindoshlar   urug’-yoru   birodarlar
o’rtasidagi   mehr-oqibat   rishtalari   mustahkamlanadi,   ginalar   unutiladi.   Vatan,
millat, ota-ona, farzand singari ulug’ tushunchalar ma’nosining buyukligi yana bir
bor yoshlar qalbiga singdiriladi.
Navro’z yaqin Sharq va O’rta Osiyo xalqlarining eng qadimiy bayramlaridan
biri.   U   kishilarni   hayotdan,   tabiat   go’zalliklaridan   bahra   olishga   undaydi.
Qaldirg’ochlaru   gulchechaklar   tashrif   buyuradigan   bahor   bayramining   nafosati,
go’zalligini  o’sha   kuni  yana   ham   teranroq  anglaysiz.  Navro’zning  ana  shu  ruhi   u
qayerda va qay vaziyatda nishionlanishdan qat’iy nazar, sezilib turishi kerak.
Navro’z eng azaliy, eng qadimiy, eng qadrli udumlarimizdan biridir.
Sinf   anvoyi   gullar   bilan   bezatilgan,   har   tarafdan   bahor   nafasi   ufurib   turib.
Navro’z bayramiga oid devoriy gazeta, ko’klamning go’zalligi, baxtning hayotning
abadiyligi, tinch mehnatning baxt keltirish haqidagi shior osilgan: 
Jarchi kiyimidagi bolalar kirib kelishadi:
Eh – eh – eh – eh – ey 
Eshitmadim demanglar, 
Bayramlarni suyganlar 
Bu kungi tantana-yu
Tomoshaga kelganlar,
Hali zamon bir olam
Shodliklarga to’lasiz
Zo’r tomosha ko’rasiz!
(Mayin kuy taraladi va sahnaga ikki boshlovchi kirib keladi)
1   –   Boshlovchi:   –   Assalomu   alaykum   hurmatli   mehmonlar,   mehribon
ustozlari aziz bolajonlar!
27 Sizlarni qutlug’ ayyom bilan mubarokbod etamiz. 
2   –   Boshlovchi:   –   Bugungi   Navro’z   bayramiga   bag’ishlangan   tantanali
kechamizga xush kelibsizlar!
1. – Boshlovchi:
Fusunkor Navro’z bu kun,
Dala, bog’lar yasangan.
Irmoqlar qo’shig’ida 
Bahor tarovati bor.
2 – Boshlovchi:
Parvoz qilar turnalar 
Arg’imchoq solib ko’kda
O’zgachadir bu kun bahor
1 – Boshlovchi:
Mehnat suronin avji, 
Yangragan dalalarda
Bobo dehqonning qutlug’,
Niyatlari cho’zar bo’y.
2 – Boshlovchi:
Ko’klam nasimlaridan,
Tebranadi chechaklar,
Bog’u dala, qirlarda
Taraladi ajib bo’y
1   –   Boshlovchi:   «–   Aziz   bolajonlar   Navro’z   bayrami»   juda   qadimiy
bayramdir.   Uni   Sharq   va   O’rta   Osiyo   xalqlari   necha   ming   yillardan   buyon   har
bahorda nishonlab keladilar.
2   –   Boshlovchi:   Navro’z   forscha   so’z   bo’lib   nov   –   yangi,   ro’z   –   kun
ma’nollarini anglatadi.
Aslida ham shunday. Negaki quyoshning hamal burchiga kirishi, kecha bilan
kunduzning barobar kelishi dehqon tahvimi bo’yicha yil boshi hisoblangan.
Sahnaga o’quvchilar chiqib kelishadi.
28 1.   Boshlovchi:   –   Qani,   bolalardan   so’rab   ko’raylik-chi,   ular   bu   bayramlar
haqida yana nimalarni bilishar ekan.
1.   O’quvchi:   –   Bahorning   kunlaridan   boshlab   bayram   taraddudi   ko’riladi.
Shahar-u qishloqlarda, mahalla, guzarlarda hashar yo’li bilan chor atrof tozalanadi.
Yoshu-qari birdek bu savobli ishda qatnashadi.
2.   O’quvchi:   –   Buvijonim   aytganlarki,   Navro’z   kunlari   barcha   insonlar   bir-
biriga mehribon bo’lishadi. Qalblarda sahovat muruvvat uyg’onadi.
3.   O’quvchi:   –   Navro’z   kunlari   katta   dosh-qozonlarda   palov   damlanadi,
Navro’z taomlaridan sumalak, halim, go’ja pishiriladi. Bu tansiq taomlar barchaga
ulashiladi.
4.   O’quvchi:   –   Oyijonlarimiz   yalpiz,   ismaloq,   jag’-jag’   kabi   bahor
ko’katlaridan ko’k somsa yopadilar, chuchvara tayyorlashadi.
5.   O’quvchi:   –   Navro’z   tantanalari   o’tkaziladi.   Qadim-qadimdan   ko’pkari,
kurash,   kabi   xalq   o’yinlari,   masharabozu-dorbozlarning   askiyachilarning
chiqishlari barchaga manzur bo’ldi.
6. O’quvchi Muchal taqvimi bo’yicha bu yil quyon yili boshlanadi.
Sahna   ko’rinishi;   Sahnaga   buvisini   yetaklagan   qizaloq   kirib   keladi.
Qizaloqning qo’lida tugun:
Qiz   –   Buvijon,   sumalakni   ham   pishirdik,   qo’ni   –   qo’shniga   ulashib   bo’ldik.
Endi bo’lsa, Sarvi buvini ko’rgani ketayapmiz. Bir pas bo’lsayam dam olganingiz
yo’q. Ertaga borsak ham bo’lar edi-ku. Ancha charchadingiz.
Buvi   –   Ha,   bolajonim.   Ertaga   borsak   ham   bo’lardi,   lekin   bugun   borganimiz
ko’p durust-da 
Qiz – Nimaga buvijon?
Buvi – Sarvi buving anchadan buyon betob. Undan hol-ahvol so’rasak ko’ngli
yoziladi.   Indan   keyinchi   bolam,   Navro’z   kunlari   bemorlarni   borib   ko’rish,   yoshi
ulug’   qariyalarning   ko’nglini   olish   juda   savobli   ish.   Bu   azaliy   odatlarimizning
nihoyatda   qadrlisidir.   Ajabmas,   qizginam,   biz   olib   borgan   sumalak   uning   taniga
quvvat va darmon bo’lsa, endi tushungandirsan, bolam?
Qiz – Tushindim, buvijon, tushindim. Qanday ajoyib udumlarimiz bor ekan-a?
29 Buvi   –   Qariyalarni   ardoqlagan   yurt   hech   qachon   zavol   topmaydi.   Yura   qol
qizginam, shu kunlariga yetkazganiga shukur.
Buvi va nabira chiqib ketadilar.
Davraga   Dehqon   bobo,   Navro’zbek   va   go’zal   Bahoroylar   kirib   keladilar.
Ohista kuy taraladi.
Bahoroy – Assalom, qorako’z mehribonlarim, 
Buyuk yurt ertasi – qiz o’g’lonlari, 
Navro’z bayramingiz muborak bo’lsin! 
Bahoriy go’zallik qalblarga insin!
Huzuringizga mana men shoshib yetdim,
Dala-yu, bog’larni yashnatib keldim.
Bu kungi xush ayyom – Navro’z muborak!
        Boshlovchi: – Aziz Bahoroy-yu Navro’zbeklar qadamlaringiz qutlug’ kelsin!
Boshlovchi: – Sizning ham bobo dehqonim, yilingiz qutli, barakali kelsin.
Hamma:
Qadamingdan gul unsin, Navro’z!
Loyingdan qut to’kilsin, Navro’z!
Tarbiyaviy   ishlarni   tashkil   qilish   metodikasi   yosh   avlodni   ma’naviy-axloqiy
jihatdan   yuksak   fazilatlar   egasi   qilib   voyaga   yetkazish   san’atining   qirralari,
shakllari hamda bilim, malaka hosil qilish haqida bahs yuritadi.
Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish metodikasi milliy ong va istiqlol mafkurasini
shakllantirishga xizmat qiladi.
30 XULOSA
Milliy   istiqlol   g’oyasi   mafkurasining   asosiy   g’oyalaridan   biri   hisoblangan
Vatanimiz   ravnaqi,   yurt   tinchligi,   xalq   faravonligi   va   har   tomonlama   yetuk,
barkamol shaxsni  tarbiyalashga qaratilgan oliy janob g’oyalar tizimidan iboratdir.
Shunday ekan o’sib kelayotgan yosh  avlodning ongi  va qalbiga milliy xulq-atvor
tushunchalarini, milliy qadriyatlarni singdirish muhim ahamiyat kasb etadi.
O’quvchilarni   ijtimoiy   faol,   ma’naviy   yetuk,   axloqiy   qadriyatlarni   hurmat
qiluvchi,   shaxs   qilib   tarbiyalashda   g’oyaviy   ma’naviy   tarbiya   yetakchi   o’rin
egallaydi.
Ma’lumki,   ajdodlarimiz   o’zlarining   bir   necha   ming   yillik   hayoti   davomida
tarixiy   kuzatish   tajribalaridan   kelib   chiqib   o’g’rilik,   tovlamachilik,   firibgarlik,
bosqinchilik,   qalloblik,   ko’zbo’yamachilik,   xiyonatkorlik   kabi   boshqa   nopok
yo’llari bilan boylik ortirishdan uzoqroq ko’rishni qoralashgan. Bolalarni har doim
tejamkorlikka,   mehnatsevarlikka,   rostgo’ylikka,   insofli,   sabr-toqatli,   axloqiy
poklikka,   bag’rikenglikka,   halollikka   kabi   shu   singari   fazilatlar   inson   ziynati
ekanligini bolalarimiz ongiga har doim singdirib borishimiz zarur. Shuning uchun
ham   ularni   ilk   yoshlaridayoq   milliy   xulq-atvor   tushunchalarini   ongiga   singdirib
borish   o’zbek   xalqining   azaliy   odatiga   aylangan.   Hozirgi   kunda   ham
Mustaqilligimizdan   keyingi   yillarda   ham   bolalarni   milliy-xulq   atvorini
shakllantirishda   boshlang’ich   sinflarda   ko’plab   ishlar   qilinmoqda.   Shu   boisdan
ham   Vatan,   vijdon,   iymon,   qadriyat,   e’tiqod,   ma’naviyat   kabi   tushunchalar
shunday tushunchalarki ular bir-birini rad etmaydi, istisnosiz ravishda bir-birining
to’ldiradi.   Yuqoridagi   fikrlardan   shunday   xulosa   kelib   chiqadi,   kishining   axloqiy
va milliy – xulq atvor tushunchasi uning ma’naviyati darajasini belgiladi. Demak,
ma’naviyatli   kishi   deganda   har   tamonlama   yetuk   barkamol   shaxsni   tushunish
mumkin.
Jamiyat   taraqqiyotining   har   bir   bosqichida   ham   kelajak   avlod   tarbiyasiga
alohida e’tibor qaratilganligi tarixiy yozma manbalardan bizga ma’lum.
Bugungi   kunga   kelib   kelajak   avlodimiz   hisoblangan   bolajonlarimiz
tarbiyasiga   katta   e’tibor   qaratilmoqda.   Bolalarni   milliy   g’oyalar   va   qadriyatlar,
31 an’analar,   marosimlarni,   ular   ongiga   singdirib   shu   asosida   tarbiya   jarayonini   olib
borish maqsadga muvofiq hisoblangan.
  Kurs   ishimizning   ham   asosiy   mavzusi   boshlang’ich   sinf   bolalari   millliy   –
xulq   atvoriga   qaratilgan.   Biz   bu   bitiruv   ishida   shunday   xulosaga   keldik.
Maktablarda boshlang’ich sinflarda milliy – xulq atvor tushunchalarini bola ongiga
qanday singdirish kerak. Shular asosida izlanishlar qilingan.
  Kurs   ishida   bolalarni   milliy–xulq   atvor   tushunchalarini   shakllantirishga
qaratilgan ko’plab ma’lumotlar va mutafakkirlarning fikrlari keltirilgan desak xato
bo’lmaydi.
Kurs   ishida   darslar   jarayonida   ham   bolalarni   milliy   –   xulq   atvorini
shakllantirish tadbirlar asosida, bayramlar tashkillashtirish ham alohida e’tibor olib
o’tilgan.
Kurs ishimizning asosiy mazmuni bu o’qituvchiga ham qaratildi. Tarbiyaviy
ishlarni   to’g’ri   tashkil   qilishda   beriladigan   nazariy   bilimlarni   o’quvchilar   qalbiga
yetkazish   ularni   kundalik   ehtiyojiga   aylantirish   uchun   o’qituvchi   quyidagi   ish
usullariga   e’tibor   berish   lozim.   Asosiy   milliy   –   xulq   atvor   tushunchalari   oilada
boshlansa ham maktabda o’qituvchi tomonidan shakllanishi shart va muhimdir.
O’qituvchilarimiz  tomonida   milliy   ramzlarimiz   hisoblangan   madhiya,   gerb,
bayroq   konstitusiyamiz   bolalarga   boshlang’ich   sinflardan   boshlab   chuqurroq
singdirilishini   gapirib   o’tganmiz.   Bolalar   shular   orqali   bizning   milliyligimizni
anglay boshlaydi.
Oilada   esa   ilk   bor   gaplarni   anglay   boshlagandan   bolani   milliy
qadriyatlarimiz o’rganilib berishni ham bitiruv ishimizda to’xtalib o’tganmiz.
Boshlang’ich   sinf   bolalarini   milliy   –   xulq   atvorini   shakllantirishga   doir
usullar   haqida   va   darsda   qo’llaniladigan   interfaol   usullar   haqida   ham
bo’limlarimizda to’xtalib o’tganmiz. 
Ko’plab   dars   jarayonlarini   milliy   ruhda   o’tkazish   ham   nazardan   chetda
qolmagan.   Kurs   ishida   bolalarni   milliy-xulq   atvorini   shakllantirishda   ularga
interfaol   usullar   yordamida   yangicha   yetkazib   berish   ham,   yangiliklar   ham
kirgizilgan. 
32 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
Siyosiy manbalar
1. O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risidagi qonun” T., 2020 yil
2. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
Asosiy adabiyotlar
1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T. 2008 y 176 b.
2. Karimov I.A. O’zbekiston: Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura – T. 
«O’zbekiston» 1998 y.
3. Inomova. M. Oilada bolalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi – T., 1999 y.
4. Imomov va boshqalar. O’zbek xalq og’zaki poetik ijodi. – T., 
«O’qituvchi»1990 y.
5. Inomova. M. Bolalarni axloqiy tarbiyalashda ota-onalarning roli – T.,  
Pedagogika «Bilim» jamiyati, 1989 y.
6. Musurmonova O. Yuqori sinf o’quvchilari ma’naviy madaniyatini 
shakllantirishning shakl va metodlari. – T., «Fan»1993 y.
7. Musurmonova O. O’quvchilarning  ma’naviy madaniyatini shakllantirish. 
– T., «Fan»1993 y.
8. Ma’naviyat darsligi. Tuzuvchi  S.Nishonova. – T., «O’qituvchi» 1994 y.
9. Mahkamov U. Axloq – odob saboqlari. – T., «Fan»1994 y.
10. Munavvarov A.Q. Oila pedagogikasi. – T., «O’qituvchi»1994 y.
11. Mirtursunov Z. O’zbek xalq pedagogikasi – T., «Fan»1973 y.
Qo’shimcha adabiyotlar
1. Maxmudov Q. Turmush ziynati. – T., «O’qituvchi» 1991 y.
2. Ushinskiy K.D. Tanlangan pedagogik asarlar Toshkent, O’quv pedagogik 
nashriyoti 1959 y. 101-bet.
33

“ BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA MILLIY XULQ-ATVOR TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISH ” MAVZUSIDAGI SAMAR Q AND – 2021 1

MUNDARIJA KIRISH ASOSIY QISM 1. Inson shaxsining shakllanishida milliy xulq-atvor tushunchalarini shakllantirishning nazariy asoslari. 2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy xulq-atvor tushunchalarini shakllantirishning mazmun mohiyati. 3. Dars jarayonida o’quvchilarda milliy xulq-atvor tushunchalarini tarkib toptirish 4. Sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlar orqali o’quvchilarda milliy xulq-atvor tushunchalarini tarkib toptirish XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YHATI 2

KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Ma’lumki, odamzodga ato etilgan eng oliy ne’mat hisoblangan farzan bu millat boyligi. Chaqaloqning tashrifi ila xonadonimizga nur, oilamizga baxt, kelajagimizga umid va ishonch kirib keladi. Darhaqiqat, farzand ila olam munavvar. Zero, u naslimiz davomchisidir. Ko’zimizning oqu qarosi bo’lgan dilbandlarimiz har doim ardog’imizda ekan, biz olamga ular nigohi bilan qarashga intilamiz. Har bir harakati va imo-ishoralari orqali ularni anglashga urinamiz va albatta, buning uddasidan chiqamiz. Lekin bolalik dunyosidan uzoqlashgan kattalarning bu olamga qayta kirib kelishlari qiyin kechadi. Bolalar bilan muloqot paytidagina bu olam mo’jizalaridan bahramand bo’lish mumkin. Lekin biz kattalar o’zimiz bilmagan holda bu mo’jizalarni ko’rish va ulardan bahramand bo’lishdek baxtdan qochamiz va bu ishni begonalarga topshiramiz. Shunday daryolar borki, ularni tezoqar va o’zgaruvchan deya ta’riflashadi. Bu qiyos farzand tarbiyasi borasida ham ifodalanishi mumkin. O’g’il-qizlarning rivojlanish davri xuddi tezoqar va o’zgaruvchan daryolarga o’xshatiladi. Gohida ular oldinga intilib o’zanlaridan chiqib ketguday bo’lsalar, gohida tinch va osudalik kasb etadilar. Istiqloldan keyingi yillarda farzand tarbiyasiga bo’lgan e’tibor davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Bu boradagi o’zgarishlar bola tarbiyasi mavzusining asrlarga tatigulik vazifa ekanini isbotlab berayotir. Negizi tarixiy, diniy, milliy qadriyatlarga tutash bo’lgan farzand tarbiyasiga taalluqli kitoblar nashr bu borada amalga oshiralayotgan eng muhim ishlardan biri hisoblanadi. Mustaqilligimiz sharofati bilan nashr qilingan Imom Buxoriyning 4 jildlik «Hadis» lar to’plami, Amir Temur hayoti va bunyodkorlik ishlari mavzui bilan bog’liq o’nlab kitoblar so’zimiz isbotidir. Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Boburdan avlodlarga meros bo’lib qolgan bebaho boylik o’zbek millatining durdonalaridir. Forobiy, Beruniy, al-Xorazmiy, at-Termiziy, Moturudiy, Ibn Sino, Najmiddin Kubro, Pahlavon Mahmud, Mahmud az- Zamaxshariy, Ulug’bek, Yassaviy, Abdulla Qodiriy, Ch’lpon, Munavvarqori, Fitrat, Usmon kabi o’zbek millatining buyuk siymolari, atoqli olimlari va adiblari 3

bilan har qancha faxrlansak arziydi. Kengroq mushohada yuritadigan bo’lsak, millat barkamolligi, Vatan taraqqiyoti farzand tarbiyasi bilan chambarchas bog’liqdir. Bu o’z navbatida elning kitobxonlik darajasiga, ya’ni o’qimishligiga tutashdir. O’z millatini sevadigan har bir inson, uning yutuqlari, obro’-e’tibori bilan faxrlanadi, zavqlanadi, uning muammolariga befarq qarab tura olmaydi. Yuksak ma’naviyatli inson, o’z eliga millatiga jonkuyar bo’ladi, uning muvaffaqiyatlaridan ich-ichidan faxrlanadi, quvonadi. Milliy xulq-atvor tushunchalari har bir kishida o’z millatining moddiy, ma’naviy merosilarini o’zlashtirish, urf-odatlari, an’analari, qadriyatlarini va tarixini mukammal bilish hamda uni o’zga millatlarniki bilan qiyoslash natijasida shakllanadi. Buning natijasida unda o’z millatiga mehr-muhabbati osib boradi. Har bir o’quvchi Vatan muvafaqqiyatida o’zining ham shaxsiy burch va mas’uliyati vazifalari borligini to’la idrok etsin. Boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan kundalik ishlarimizni shunday tashkil etishimiz zarurki, natija o’quvchilar Respublikamizning hozirgi mustaqilligi sharoitida uning muammolarini o’zinikidek qabul qiladigan bo’lsin. Ularning og’irligini o’z yelkasiga oladigan, mumkin qadar Vatanga foyda keltirishdan g’ururlanadigan shaxs bo’lib ulg’aysin. Yuqorida qayd etilganlardan ma’lumki bizning kurs ishimizning «Boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy xulq-atvor tushunchalarini shakllantirish» nomli mavzusi Respublikamiz ta’lim-tarbiya tizimi hamda ilmiy tadqiqotlar oldida turgan vazifalar qatorida hal qilinishi lozim bo’lgan dolzarbligiga ega. Kurs ishining nazariy asoslari: Ma’lumki har bir tadqiqot uchun tanlangan mavzu bo’yicha olib boriladigan ishlarda uning maqsadi, vazifasi, dolzarbligini nazariy jihatdan asoslab o’tishni taqazo qiladi. Shu talabni hisobga olib, bizning izlanishimiz ham ilmiy nazariy jihatdan o’zining tayanch manbalariga ega bo’lgan holda yuritiladi. Kurs ishining maqsadi: Boshlang’ich sinf o’quvchilarining yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda, milliy xulq-atvor tushunchalarini shakllantirishning nazariy, ilmiy va pedagogik 4

asoslarini tahlil qilish, o’rganish. Kurs ishining obyekti: Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ta’lim-tarbiya jarayonida milliy xulq- atvor tushunchalarini shakllantirish jarayoni. Kurs ishining predmeti: Boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan olib boriladigan ma’naviy-tarbiyaviy tadbirlar va dars jarayonida milliy xulq-atvor tushunchalarni shakllantirish mazmuni. Kurs ishining vazifalari: Yuqorida qayd etilgan maqsadlarimizdan kelib chiqib: 1. Kurs ishi uchun tanlangan mavzu bo’yicha pedagogik – psixologik, ilmiy va o’quv adabiyot materiallarni o’rganib chiqish va umumlashtirish. 2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy xulq-atvor tushunchalarini shakllantirish bo’yicha hozirgi zamon pedagogika va yosh psixologiyasiga oid adabiyotlardagi materiallarni o’rganish, ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilish. 3. Boshlang’ich sinf o’quvchilari ruhiy taraqqiyoti va jismoniy rivojlanish qonuniyatlarini ilmiy ravishda ochib berish. 4. Boshlang’ich sinf o’quvchilarning ongi va xarakteriga xos bo’lgan xususiyatlarni pedagogik nuqtai nazardan ilmiy asosda tushuntirib berish. 5. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olib tarbiyalashning amaliy ahamiyatini o’rganish. Sanab o’tilgan vazifalarni amalga oshirish uchun pedagogika va yosh psixologiyasi fani sohasida qo’llanib kelinayotgan bir qator metodlardan foydalandik. Kurs ishining mazmuni: U kirish, asosiy qism, to’rt reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 5