logo

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida muvaffaqiyatga erishishga intilish motivi shaxsning ustuvor xususiyati sifatida(1-4 sinf tarbiya darsi).

Yuklangan vaqt:

27.01.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

63.548828125 KB
Mavzu:   Boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilarida   muvaffaqiyatga   erishishga   intilish
motivi shaxsning ustuvor xususiyati sifatida (1-4 sinf tarbiya darsi) .  
Reja:
1. Bolaning o‘z xulq va faoliyatini ongli nazorat qilishini kuchaytirish va  o‘z-o‘zini
baholashga qo‘yayotgan talablar.
2.  O‘z qobiliyatlarini bilishga va mehnatsevarlikka o‘rgatish.
3.  Ijtimoiy motivlarning paydo bo‘lishi.
4.   O‘z   xalqining   va   boshqa   xalqlarning   an’analari,   qadriyatlariga   qiziqishning
namoyon bo‘lishi . Tayanch so’zlar:  Muvaffaqiyat, motiv, motivatsiya, qiziqish, orzu, ijtimoiy motiv.
Mamlakatning   ta’lim   tizimi,   ya’ni   maktab,   oliy   ta’lim   muassasalari   nafaqat
ilmiy   jihatdan   intellektual   rivojlangan,   jismonan   sog’lom,   balki   ma’naviy   pok,
axloqan   tarbiyalangan   bitiruvchilarni   yetishtirib   chiqarishi   davr   talabidir.
Mamlakatimizda axloqiy tarbiya mazmuni Malla Ochilov,Ulfat Mahkamov,To’ychi
Xasanov   kabi   yirik   pedagog   olimlar   tomonidan   ilmiy   jihatdan   asoslab   berilgan.
Uning   yaxshilik   qilish,   sabr-qanoatli   bo’lish,   rostgo’ylik,   adolatlilik,   mehr-oqibat,
saxiylik,   poklik,   kabi   insoniy-axloqiy   fazilatlar   to’g’risidagi   qarashlari   yoshlar
tarbiyasida   ahamiyatlidir.   O’quvchilarning   axloqiy   madaniyatini   shakllantirishda
o’tmish   axloqiy   merosini,   ayniqsa   ulug’   mutafakkirlarning   fikrlarini   o’rganish
muhim   ahamiyatga   ega.   Chunki   ularning   ilm-ma’rifat,   ta’lim-tarbiya   sohasidagi
fikrlari,   axloqiy   qarashlari   bugungi   taraqqiyot   uchun   ham   o’z   ahamiyatini
yo’qotgani   yo’q.   Ularning   hayot   yo’li,   axloq   haqidagi   fikrlari   har   bir   o’quvchini
axloqiy  madaniyatini   shakllantirishda   muhim  o’rin  egallaydi.   Sharq  allomalarining
axloqiy   qarashlari   o’quvchilar   qalbida   insoniylikni   shakllanishiga   yordam   beradi.
Butun dunyoda, jamiyatda axloqiy tarbiyaning ahamiyati ortib borayotganini, lekin
shu   bilan   birga   ommaviy   axborot   vositalari,   keng   jamoatchilik,   turli   soha
mutaxassislari   hayotning   turli   sohalarida   axloqiy   normalarni   pasayishi
kuzatilayotganligi haqida fikr bildirilayotganini kuzatishimiz mumkin. Nima uchun
aynan yoshlar, bolalar orasida axloqiy me’yorlarni buzilish holatlari kuzatilmoqda?
Ushbu savolning javobi axloqiy tarbiyaning asosini tashkil etadi.Axloqning vujudga
kelishi   va   mohiyati,   odamlarni   axloqiy   ongi   va   xulqi   to’g’risidagi   muammolarni
etika   fani   o’rganadi.   Axloq   ijtimoiy   ong   shakllaridan   biri   bo’lib,   ijtimoiy
munosabatlar   va   shaxs   xatti-harakatini   tartibga   soluvchi,   muayyan   jamiyat
tomonidan tan olingan, rioya qilinishi zarur bo’lgan tartib, odob, o’zaro munosabat,
muloqot,   xulq-atvor   qoidalari,   mezonlarining   majmui   sanaladi.   Axloq   tarixiy,
o’zgaruvchan   xarakterga   ega   bo’lib,   axloqiy   qoidalar   odamlar   hayotining   ijtimoiy
sharoitlarida   aniqlanadi   va   jamiyatning   turli   qatlamlarida   turlicha   bo’ladi.   Axloqiy
me’yor   jamiyat   tomonidan   tan   olingan   bo’lib,   uning   a’zolari   tomonidan   bajarilishi
majburiy-ixtiyoriy   bo’lgan   qoida   hisoblanadi.   Axloqiy   odat   –   axloqiy   xatti- harakatlarning mukammallashtirishga bo’lgan ehtiyoj bo’lib, u o’quvchilarda qulay
vaziyatlarda   ijobiy   mazmunga   ega   xattiharakatlarning   izchil,   doimiy,   tizimli
takrorlanishi   hisobiga   hosil   bo’ladi.   Axloqiy   ong   –   ijtimoiy   ong   shakllaridan   biri
bo’lib,   jamiyat   tomonidan   tan   olingan   va   rioya   qilinishi   zarur   bo’lgan   xulq-atvor
qoidalari,   mezonlari,   milliy   istiqlol   g’oyasining   o’quvchilar   ongida   aks   etishi.
Axloqiy xulq motivlari va nazorat joyiga ko’ra, axloqiy rivojlanish darajasi amerika
olimi Ya.Kolbergning ta’kidlashicha, uchta guruhga bo’linadi.
1.   Axloqgacha   (bola   axloq   talablarini   jazodan,   ya’ni   tashqi   nazoratdan   qo’rqib
bajaradi).
2. Konventional (axloq talablariga yaxshi yashash uchun amal qiladi).
3. Avtonom (hayot qoidasiga aylanib bo’lgan, o’z ixtiyori bo’yicha amal qiladi).
Axloqiy tarbiya bu tarbiyalanuvchilarda axloqiy bilimlar, axloqiy histuyg’u, axloqiy
xulqni   shakllantirish   bilan   bog’liq   pedagogik   faoliyatdir.   Axloqiy   tarbiyaning
ijtimoiy   aspekti   bu   jamiyatda   qabul   qilingan   axloq   me’yorlari   va   prinsiplaridir.
Axloqiy   tarbiya   o’quvchilar   ongi,   hayoti,   turmush   tarziga   muayyan   jamiyat
tomonidan   tan   olingan   va   rioya   qilinishi   zarur   bo’lgan   tartib,   odob,   o’zaro
munosabat,   muloqot   va   xulq-atvor   qoidalari,   mezonlarni   singdirish   jarayoni.
Axloqiy   tarbiyani   maqsadi   o’quvchilarni   ijtimoiy-axloqiy   me’yorlar   mazmunidan
xabardor   etish,   ularga   axloqiy   me’yorlarning   ijtimoiy   ahamiyatini   tushuntirish,
ularda   ijtimoiy-axloqiy  me’yorlarga  nisbatan  hurmat  hissini   qaror  toptirish   asosida
axloqiy ong va madaniyatni shakllantirish hisoblanadi.
Axloqiy tarbiyani vazifalari:
1. O’quvchilarni odob-axloq qoidalari va ijtimoiy axloq me’yorlari bilantanishtirish.
2. O’quvchilarda ma’naviy-axloqiy ongni shakllantirish.
3. O’quvchilarning ma’naviy-axloqiy his-tuyg’ularini tarbiyalash va rivojlantirish.
4.   O’quvchilarda   ma’naviy-axloqiy   sifat   (ota-onani,   kattalarni   hurmat   qilish,
kichiklarga   izzat   ko’rsatish,   mehnatsevarlik,   bilim   olishga   intilish,   kamtarlik,
halollik,   rostgo’ylik,   olijanoblik,   muruvvatlilik,   rahmdillik,   moddiy   va   ma’naviy
ne’matlarni asrash, kelajakka ishonch bilan qarash va h)larni tarbiyalash.
5. O’quvchilarda axloqiy xulq-atvor ko’nikma, malaka va odatlarini tarkib toptirish. Hozirda zamonaviy dunyo insoniylik prinsiplariga asoslangan, axloq normalariga va
insoniylik   axloqiga   tayangan   qadriyatlarga   muhtojlik   sezmoqda.Ularga
quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
Insoniylik   insonni   axloqiy   fazilati   hisoblanib,   insonni   insonga   hurmatini,   insonni
oliy qadriyat sifatida qarashni, uni tushunishni, unga yordam berishni ifodalaydi.
1.Insonga, uning qarashlari, qadriyatlariga ishonish, ushbu ideallarga xizmat qilish.
2.O’z ma’suliyatini bajarishda erkinlik, maqsadga erishishni bilish, o’z
3.o’ziga talabchan bo’lish va jamiyat talablarini bajarish hamda intizomli bo’lish.
4.O’z xatti-harakati uchun javob berish, o’z xatolarini tan olish va tuzatish.
5.Yer yuzidagi barcha jonzotlarga, tabiatga nisbatan hurmatda bo’lish.
6.Halollik, adolatlilik, prinsipiallik, o’ziga va boshqalarga nisbatan talabchan hamda
sabrli   bo’la   olish.Yuqoridagilar   O’zbekiston   xalqini   axloq   kodeksi   emas,   balki
oiladagi, maktabdagi, jamiyatdagi tarbiyaviy ishlarni tashkil etish uchun asos bo’la
oladigan   axloqiy   normalardir.Axloqiy   tarbiyani   tashkil   etishning   asosiy   shakli   bu
umumta’lim   maktablarimizda   adabiyot,   tarix,   jamiyatshunoslik   darslaridir.   Bundan
tashqari, sinfdan va maktabdan tashqari axloqiy mavzularda tashkil etilgan tadbirlar,
uchrashuvlar   ham   o’quvchilarda   axloqiy   sifat   va   fazilatlarni   shakllantirilishida
muhim   o’rin   tutadi.   Shaxsning   tabiiy   va   ijtimoiy   borliqqa,   o’ziga   hamda
atrofdagilarga   ijobiy   munosabatini,   shaxslararo   munosabatda   axloqiy   me’yorlarga
qat’iy   amal   qilishini   ifodalovchi   sifatlar   ma’naviy-axloqiy   sifatlar   deb
yuritiladi.Shaxsning axloqiy sifatlariga xushmuomalalik, axloqlilik, mehnatsevarlik,
kamtarlik,   mehribonlik.   rahmdillik,   saxovatlilik,   oqko’ngillilik,   bag’rikenglik,
vatanparvarlik,   baynalminallik,   sabrlilik,   bilimlilik,   e’tiqodlilik,
adolatparvarlik,haqiqatgo’ylik,   o’zgalarni   tushuna   olish,   muhtojlarga   yordam
ko’rsatish kattalarni hurmat qilish, kichiklarga izzat ko’rsatish, intizomlilik v.b.
Ma’naviy-axloqiy   tarbiya   shakl   va   metodlari.   Abdulla   Avloniy   «Turkiy
guliston   yohud   axloq»   asarida   axloq   «insonlarni   yaxshilikka   chaqiruvchi,
yomonlikdan   qaytaruvchi   bir   ilmdur»,   -   deydi.   Aynan   axloq,   uning   ijtimoiy
ahamiyati   haqida   ma’lumot   beruvchi   mazkur   manbada   alloma   yaxshi   va   yomon
xulqlarga to’xtalib o’tadi1 Allomaning   nuqtai   nazaricha,   yaxshi   xulqlar   quyidagilardan   iborat:   fatonat   (aql),
diyonat (e’tiqod), nazofat (poklik va tozalik), g’ayrat, riyozat (savob ishlar), qanoat,
shifoat,   ilm,   sabr,   hilm   (yumshoq   tabiat)   intizom,   nafs   me’yori,   vijdon,   vatanni
suymak,   haqqoniyat,   nazari   ibrat,   iffat,   hayo,   idrok   va   zako,   hifzi   lison   (til   va
adabiyot),   iqtisod,   viqor   (g’urur),   muhabbat,   avf   (kechirimli   bo’lish).   Bu   xislatlar
ma’naviy-axloqlilikning asosiy sifatlari sanaladi. Ular asosida vatanga muhabbat va
sadoqat,   mehnatga   axloqiy   munosabat,   o’z   atrofdagilarga   axloqiy   yondashuv,
shuningdek,  har  bir   o’quvchining  o’zi   va  shaxsiy  xulq-atvoriga  munosabatni   qaror
toptiriladi.   Abdulla   Avloniy   yomon   xulqlar   sirasiga   quyidagilarni   kiritadi:
g’azab,aysh-ishrat, jaholat, safohat (umri va molini bekorchi narsalarga sarf etish),
hamoqat   (o’zbilarmonlik,   manmanlik),   adolat   (dangasa,   yalqov),   hasosat
(ta’mahirs),   rahovat   (g’ayratsizlik),   anoniyyat   (xudbin,   mutakabbir,   manman),
adovat(kek saqlash), namimat (chaqimchilik), g’iybat, haqorat, jibonat (qo’rqoqlik),
hasad,   kizb   (yolg’on),   nifoq,   ta’ma,   zulm   va   boshqalar.O’quvchilarda   ijobiy
sifatlarni tarbiyalash ularning salbiy xislatlardan holi
bo’lishlariga yordam beradi. Bu esa dastlab o’quvchilarga xulq-odob me’yorlari va
qoidalarini   anglash   va   shaxs   ongini   shakllantirishga   doir   metodlar   asosida   amalga
oshiriladi.
Bunga   badiiy   va   ilmiy-ommaviy   adabiyotlarni   o’qish,   kinofilm   va   spektakllarni
tomosha qilish, maxsus tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifat kunlarida turli mavzularda
suhbatlar   tashkil   etish   natijasida   axloqiy   tushunchalar   va   xulqodatlar   paydo   bo’la
boshlaydi.   O’quvchilar   o’zlari   va   boshqalarning   xattiharakatlarini   baholay
boshlaydilar.   Buning   uchun   turli   ma’naviy-axloqiy   mavzularda   o’tkaziladigan
suhbat   va   munozaralarda   o’quvchini   fikr   yuritish,o’ylashga   yo’naltirish   muhim
ahamiyatga ega. Masalan, «Do’stimiz Kamol qanday
qilib   narkomanlar   davrasiga   tushib   qoldi?»,   «Siz   erkinlik   deganda   nimani
tushunasiz?»,   «Zamonaviylik   –   bu   nima?»   kabi   mavzulardagi   suhbat,   bahs   va
munozaralar   o’quvchilarni   o’ylash,   fikr   yuritishga   yo’llaydi,   ularda   salbiy
xislatlardan   saqlanish,   yaxshi   odatlarni   o’rganishga   bo’lgan   intilish   va   qiziqishlari
tarkib topa boshlaydi. Ularning, ayniqsa, o’z xatti-harakatlarini baholashga bo’lgan intilishlari   va   ishonch,   e’tiqodlari   shakllanadi.Demak,   munozara   va   suhbatlar
ma’naviy-axloqiy   tarbiyaning   eng   dolzarb   muammolariga   bag’ishlanishi   zarur.
Bunda   o’quvchilarni   qiziqtirish   va   ularni   jonli   muloqotga   undash
muhimdir.O’quvchi   faoliyatini   tashkil   etish   va   xulq-odobni   shakllantirish
metodlaridan   mashqlantirish,   o’rgatish,   pedagogik   talab   qo’yish   jamoa   fikrini
hisobga   olish,   topshiriqlar   berish,   tarbiyaviy   vaziyatlar   hosil   qilish   va   boshqa
metodlardan   foydalanish   samarali   natijalar   berishi   mumkin.   Lekin   o’quvchilarni
faol, maqsadga yo’naltirilgan faoliyatga jalb etmasdan turib, axloqning biror turiga
mos   tarbiyalab   bo’lmaydi.   Bunda   mashqlantirish   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.
Mashqlantirish   asosida   shaxsning   u   yoki   bu   axloqiy   xislati   shakllanadi   va   amaliy
faoliyatga   aylanadi.   Rag’batlantirish   metodlariga   mukofotlash   va   ma’qullash
kiritiladi.   Bugungi   kunda   shartnomalar   tuzish,   o’z-o’zini   shakllantirishga   doir
shaxsiy   dasturlarni   loyihalash,   o’quvchilarni   qiziqishlariga   ko’ra   tabaqalashtirish
monitoringi,   testlar,   jarimalar   (ball   hisobida)   kabi   tarbiyaning   zamonaviy
texnologiyalaridan   foydalanish   ham   ijobiy   natijalarga   olib   kelmoqda.   Hozirgi
davrda yoshlar o’rtasida tobora ommaviylashib borayotgan «Zakovat», «Intellektual
ring»,   «Qizlar   davrasi»,   «O’yla,   izla,   top!»   kabi   o’yinlar   ham   mazmun,   ham
mohiyati,   ham   metodik   jihatdan   o’quvchilarning   ma’naviyaxloqiy   tarbiyasida
muhim   ahamiyat   kasb   etmoqda.O’quvchilarni   ma’naviy-axloqiy   jihatdan
shakllantirishda   samarali   shakl,   metod   va   vositalardan   foydalanish   boy   milliy
madaniy, tarixiy va pedagogik an’analar, urf-odatlar va umumbashariy qadriyatlarga
asoslanadi.   Bu   borada   tarbiya   jarayonida   o’quvchining   axloqiy,   ijodiy,   ma’naviy,
jismoniy jihatdan shakllantirishga qaratilgan innovatsion metodlar samarali natijalar
beradi. Bunday tarbiya o’quvchilarda voqealar rivojini oldindan ko’ra bilish, o’zini
real   voqelikda   anglash,   kelgusi   hayot   yo’lini   to’g’ri   belgilash,   axloq,   e’tiqod,
ishonch,   axloqiy   qadriyatlarni   to’g’ri   anglash,   ijtimoiy   hayotda   turli   vaziyatlarda
to’g’ri qaror qabul qilishga yo’llaydi. Ayniqsa, bahslashish, ishontirish treninglarida
o’quvchi-yoshlarning   faolligi,   liderlik   sifatlari,   jamoada   ishlash   ko’nikmalari
shakllanadi.   O’zgalar   fikrini   hurmat   qilish,   ishontirish,   o’z   fikrini   asoslash,
munozarada   qatnashish   mahorati   paydo   bo’ladi.   Shuningdek,   muloqot   madaniyati, his-tuyg’ularini   jilovlay   olish,   fikr   yuritish   mahorati   shakllanadi.   O’z   ishiga
ma’suliyat   hissini   shakllantirib,   ijodiy   tasavvurini   rivojlantiradi,   ma’naviy-axloqiy
tadbirlarni   loyihalashtirish,ko’ngilochar,   tashxisli,   ishchan   va   harakatli   o’yinlar,
ziddiyatlarni   hal   etishning   turli   uslublari   (tanqid   usullari   –   ruhlantiruvchi,   ta’nali,
umidli,   qiyosiy),   rag’batlantiruvchi   (tanqid,   vaziyatni   yumshatuvchi,   gina,   tanbeh
beruvchi tanqid) - bularning barchasini insonparvarlik g’oyalari asosida olib borish
ijobiy natijalar beradi.
Oilada   bolalarni   ma’naviy-axloqiy   tarbiyalash   mazmuni.   Oilada   axloqiy
tarbiyani   to’g’ri   yo’lga   qo’yilgandagina   shaxsga   xos   quyidagi   salbiy   axloqsizlik,
odobsizlik,   manmanlik,   kibrlilik,   dangasalik,   maqtanchoqlik,   ko’ngli   qoralik,
xasislik,   vatanfurushlik,   sabrsizlik,   bilimsizlik,   e’tiqodsizlik,   adolatsizlik,
yolg’onchilik,   qahri   qattiqlik,   berahmlik,   kattalarni   hurmat   qilmaslik,   kichiklarga
izzat   ko’rsatmaslik,   intizomsizlik   kabi   axloqiy   sifatlarni   shakllanishining   oldini
olinishiga erishiladi. Oila tarbiyasi, yuqorida   ta’kidlab o’tilganidek, ota-onalar yoki
shaxs   kamoloti   uchun   ma’sul   shaxslar   tomonidan   tashkil   etiluvchi   hamda
farzandlarni   har   tomonlama   yetuk,   sog’lom   etib   tarbiyalashga   yo’naltirilgan
pedagogik   jarayon.   Ota-onalar   o’zlarining   ijtimoiy   burchlarini   bajarar   ekanlar,
farzandlarida   mehnatga,   uni   tashkil   etuvchilarga   nisbatan   mehr-muhabbat,   hurmat
tuyg’usini   shakllantirish,   ularni   ijtimoiy-foyda   mehnatga   tayyorlash,   turli
ko’rinishdagi   munosabatlarni   uyushtirish   vaqtida   tartibintizomga   amal   qilish,
ijtimoiy   me’yorlarga   og’ishmay   rioya   etish,   sog’lom   turmush   tarzini   yaratish,   o’z
shaxsiy   hayotlari   mazmunini   belgilashda   maqsad,   so’z   va   faoliyat   birligini
ta’minlash   borasida   har   tomonlama   ijobiy   ibrat   namunasini   ko’rsatadi.   Shaxs
shakllanishiga   ta’sir   etishning  ijtimoiy-ruhiy  asosiga   ega  oila   jamiyatning  ajralmas
bo’lagi   sifatida   ijtimoiy   vazifalarni   bajarish   bilan   birga   o’ziga   xos   xususiyatlarni
ham   akslantiradiki,   bunday   xislat   psixologik   qarama-qarshilik   hamda   xarakterlar
to’qnashuvidan   iborat   ijtimoiy   munosabatlardan   toliqqan   inson   organizmining
ishchanlik qobiliyatini qayta tiklash uchun zarur bo’lgan mo’tadil   iqlimni hosil qila
oladi.   Bu   tuyg’u   xalqimiz   ruhiyatidagi   o’ziga   xos   xususiyatlardan   biridir.   Oila
tarbiyasida ob’ektiv va sub’ektiv omillarning roli katta. Oilaning   moddiy ta’minoti va   farovonlik   (maishiy   turmush)   darajasi,   oila   byudjetining   mavjud   holati,   undan
oqilona   foydalanish   borasidagi   tajriba,   sog’lom   ruhiy   muhitning   barqarorligi   va
hokazolar   ob’ektiv   omillar   sanalsa,   oiladagi   shaxslararo   munosabatlar   mazmuni,
oila a’zolarining fiziologik, psixologik, madaniy jihatdan   komillik hamda ma’lumot
darajasi,   ularning   qiziqish   va   ehtiyojlari   o’rtasidagi   mutanosiblik,   oilaviy   hayotni
tartibga   solish   borasidagi   o’zaro   yordam,   hamkorlik,   birlik   tamoyillariga   tayanish
kabilar sub’ektiv omillar sirasiga kiradi.
Bolalarda   ijtimoiy-dunyoviy   bilimlarni   egallashga   bo’lgan   intilish,   ijtimoiy
faoliyatning   shakllanishida   ota-onalarning   samarali   ishtirok   etishlari   hal   qiluvchi
omil bo’lib, bu oila tarbiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirishning zarurshartlaridan
biri.   Oila   tarbiyasida   bolalar   hayotini   to’g’ri   yuritish   ularni   vaqtdan   to’g’ri   va
unumli   foydalanishlarining   asosiy   garovidir.   Bolalarning   oiladagi   vaqtini   o’yin,
mehnat va o’qish faoliyatlari bo’yicha to’g’ri taqsimlash nihoyatda muhimdir. Oila
jismoniy   va   psixologik   jihatdan   sog’lom,   ma’naviy   barkamol,   mehnat,   ijtimoiy
hamda oilaviy hayotga tayyor shaxsni shakllantirib berishi lozim. Oila tarbiyasining
mazmuni   bolalarga   ijtimoiy   tarbiyaning   mazkur   yo’nalishlari   –   axloqiy,   aqliy,
estetik,  mehnat,  ekologik, iqtisodiy,  huquqiy, siyosiy-g’oyaviy  hamda jinsiy  ta’lim
berish, ularda faoliyat ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
O’quvchilarda   ongli   intizomni   tarbiyalash.   Ijtimoiy   jamiyat   hayotining
tartibli   kechishini   ta’minlash   maqsadida   axloqiy   hamda   huquqiy   me’yorlar   qabul
qilingan.   Jamiyat   ijtimoiy   hayotida   muhim   o’rin   tutuvchi   ijtimoiy-huquqiy
me’yorlar esa davlat tomonidan qabul   qilinib, tegishli qonun aktlari asosida tartibga
solinadi.   Intizom   ijtimoiy-axloqiy   va   huquqiy   me’yorlarga   nisbatan   ongli
yondashuv,   ularga   to’la   amal   qilish   demakdir.   Ongli   intizom   tushunchasi   shaxs
faoliyatining   ijtimoiy-axloqiy   hamda   ijtimoiy-huquqiy   me’yorlar   talablari   asosida
aqliy quvvatga tayangan holda tashkil etilish ko’rsatkichidir. Ongli intizom   tarbiyasi
o’quvchilar   tomonidan   intizomning   mohiyati,   uning   ijtimoiy   jamiyat   hamda   shaxs
hayotida   tutgan   o’rnini   to’g’ri   baholash,   shuningdek,   ijtimoiy-axloqiy   va   ijtimoiy-
huquqiy   me’yorlar   talablariga   ongli   munosabatni   shakllantirishga   yo’naltirilgan pedagogik   jarayondir.   Talabalar   o’rtasida   ongli   intizom   tarbiyasini   tashkil   etish
jarayonida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
1.   Ijtimoiy-axloqiy   va   ijtimoiy-huquqiy   me’yorlar   mohiyatin   o’quvchilar   ongiga
singdirish, ongli intizom tushunchasini qaror toptirish.
2. O’quvchilar tomonidan ijtimoiy burch mohiyatining o’zlashtirilishiga erishish.
3. O’quvchilarda ijtimoiy burchni ado etish jarayonida ongli va ixtiyoriy faoliyatini
tashkil etish borasidagi ko’nikma va malakalarni shakllantirish. 
4. O’quvchilarda kundalik hayotiy rejim asosida faoliyatni tashkil etishko’nikmasini
hosil qilish.
5. O’quvchilarda mehnatni ilmiy asosda tashkil etish (mehnat va dam olish faoliyati,
aqliy va jismoniy mehnat faoliyati o’rtasida o’zaro mutanosiblikning qaror topishiga
erishish) ko’nikma va malakalarini hosil qilishga erishish.
6.   O’quvchilarda   ta’lim   muassasasi   ichki   tartibi   qoidalariga   bo’ysunish   hissini
shakllantirish.
7.   Intizomsizlikning   oldini   olgan   holda   intizomsizlikka   qarshi   kurashishga
yo’naltirilgan faoliyatini yo’lga qo’yish va boshqalar.
Ta’lim muassasalarining muhim vazifalaridan biri yosh avlodni ongli intizom
ruhida tarbiyalashdir. Ta’lim muassasalarida o’rnatilgan intizom ta’lim muassasalari
jamoasini   jipslashtirish,   ta’lim   muassasasi   ichki   hayoti   va   faoliyatining   mo’tadil
kechishini   ta’minlaydi.   Intizom   o’quvchilardan   hamjihatlik   asosida   faoliyat   olib
borish, o’quv yurti manfaati uchun birgalikda kurashish, rahbariyat hamda vakolatli
o’quvchilar   organlari,   uning   a’zolari   talablarini   to’g’ri   talqin   etish   va   ularning
bajarilishini talab etadi.
Ongli   intizom   o’quvchilarning   o’qish   va   mehnat   faoliyatiga   ongli
munosabatda   bo’lish,   o’quv   yurti   ichki   tartib   intizomiga   bo’ysunish,   jamoa
tomonidan topshirilgan topshiriqni bajarishga vijdonan yondashgan holda xulqatvor
me’yorlariga qat’iy rioya etish zarurligini tushunib olishlari va ularga o’z ixtiyorlari
bilan   itoat   etish   ko’nikmalarining   hosil   bo’lishiga   sharoit   yaratadi.   Ta’lim
muassasalari   o’quvchilarida   intizomlilik   xislatining   hosil   bo’lishi   uchun   ta’lim-
tarbiya   ishlarining   sifatini   yaxshilash,   ularning   samaradorligini   oshirishga   imkon beradi.   Ongli   intizom   jamoa   yordamida   olib   borilgan   tarbiyaviy   ishlarning
natijasigina   bo’lib   qolmay,   ayni   vaqtda,   tarbiya   vositasi   sifatida   xizmat   qiladi.
Intizom   ko’rsatkichi   qanchalik   yuksak   darajaga   ko’tarilsa,   uning   tarbiya   vositasi
sifatidagi   ta’siri   shuncha   ortib   boradi.   Intizomli   jamoa  o’z   a’zolarini   ichki   tartibga
rioya   qilishga,   muayyan   xulq   me’yorlariga   amal   qilishga,   o’qituvchilar
topshiriqlarini bajarishga, o’z tengdoshlariga namuna ko’rsatishga, ijtimoiy burchni
anglashga   o’rgatadi.   Bunday   jamoa   o’quvchi   noto’g’ri   harakat   qilsa,   uning   xatosi
ko’rsatiladi,   natijada   o’quvchi   tomonidan   o’z   xatosini   anglashi,   to’g’rilashga
bo’lgan   urinish   yuzaga   keladi.   O’quvchi   va   jamoa   o’rtasida   ongli   intizomni   qaror
toptirish   ikki   tomonlama   ta’sir   kuchiga   egadir.   Talaba   jamoa   doirasida   jamoaning
salbiy   xususiyatlarini   yo’qotish   uchun   kurashadi,   jamoa   esa   o’quvchidagi   mavjud
nuqsonlarni   bartaraf   etishga   o’z   ulushini   qo’shadi.   Intizom   o’quv   ishlariga   g’oyat
katta  ta’sir   ko’rsatadi.  O’qituvchilarning  topshiriqlarini,  jamoa  qarorlarini   bajarish,
mashg’ulotlarga   kechikmasdan   yetib   kelish   hamda   sababsiz   bironta   ham   darsni
qoldirmaslik, darsda tartib saqlash, uy vazifalarini o’z vaqtida bajarish kabi holatlar
ta’lim   jarayonining   muvaffaqiyatini,   shuningdek,   o’quvchilarning   chuqur   bilim
olishlari uchun imkon yaratadi. Shunday ekan, qaysiki  o’quv yurtida o’qituvchi  va
o’quvchilar   jamoasi   intizom   qoidalariga   qattiq   rioya   qilsa,   o’sha   o’quv   yurtida
o’zlashtirish   yuqori   darajada   bo’ladi,   tarbiyaviy   ishlarni   tashkil   etishda   yuksak
natijalar   qo’lga   kiritiladi.   O’quvchilarning   ongli   intizomini   qaror   toptirishda
kundalik hayotiy rejim hamda unga qat’iy amal qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Qat’iy dars jadvali, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarni uyushtirish
va   ularni   o’tkazish,   kundalik   faoliyatni   aniq   rejalashtirish   o’quvchining   shaxsiy
hayotini
muayyan   tartibga   solishga   xizmat   qiladi.Ongli   intizom   tuyg’usini   o’quvchilarda
shakllantirish quyidagi mazmundagi faoliyatni tashkil etish asosida kechadi:
a) maqsadga muvofiq talablarning qo’yilishi hamda ularning o’quvchilar tomonidan
bajarilishini uzluksiz, doimiy nazorat qilib borish;
b) ijtimoiy-axloqiy va ijtimoiy-huquqiy me’yorlar mohiyatini tushuntirish; v)   ongli   intizom   mezonlaridan   biri   bo’lgan   intizomli   xulq,   xarakter   va   iroda
sifatlarini hosil qilish maqsadida mashq qildirish va o’rgatish;
g) rag’batlantirish va jazolash.
Rag’batlantirish – o’quvchining namunali xulqi uchun boshqalarga ibrat qilib
ko’rsatish,   faxriy   yorliqlar   bilan   taqdirlash,   devoriy   gazetada   ushbu   o’quvchi
to’g’risida   kichik   ma’lumotnoma   berish,   uning   suratini   maxsus   doskaga   qo’yish,
ota-onasining   nomiga   tashakkurnoma   yuborish   va   boshqalar.   Jazolash   –   o’quvchi
(talaba)ning   xatti-harakati   va   faoliyatini   jamoa   muhokamasiga   qo’yish   kabi
holatasosida   tashkil   etiladi.   Mamlakatimizda   mehnat   tarbiyasining   mazmuni   va
bolalarni   mehnatga   tayyorlash   muammolari   Rahima   Mavlonova,   Mamat
Haydarovlar   tomonidan   ilmiy   jihatdan   asoslab   berilgan.   Rahima   Mavlonovaning
fikricha,   bolalarni   mehnatga   tayyorlash   –   bu   ularda   mehnatga   nisbatan   ularning
yoshiga   muvofiq   keluvchi   ongli   va   ijobiy   munosabatlarni   tarkib   toptirish,   ularda
amaliy   ko’nikma   va   malakalarini   egallashga   qiziqishni   shakllantirish   demakdir.
O’qituvchining   vazifasi   o’quvchilarga   yoshligidan   boshlab   mehnat   –   bu   har   bir
insonni  vijdoni   va  burchi   ekanligini,  inson  o’z  mehnati   bilan  sharaflanishini,  faqat
vatan   farovonligi   yo’lida   qilingan   mehnatdagina   insonning   eng   yaxshi   fazilatlari
rivojlanishi   hamda   takomillashishi   mumkinligi   anglashlariga   yordam   berishdir.
Oilada,   maktabda,   jamiyatda   mehnat   tarbiyasi   —   bu   mehnat   ko’nikmalarini   va
axloqiy   sifatlarni   shakllantirish,   tanlagan   mutaxassislik   bo’yicha   ishlashni   bilish,
mehnatni   va   o’zgalar   mehnati   natijasini   hurmat   qilish,   mehnat   qilishga   ehtiyojni
tushunadigan,   his   eta   oladigan   insonni   shakllantirish   tizimidir.   Mehnat   tarbiyasi
shaxsga   mehnatning   mohiyatini   chuqur   anglatish,   ularda   mehnat   va   mehnat
faoliyatiga   ongli   munosabatni,   shuningdek,   muayyan   ijtimoiy-foydali   harakat   yoki
kasbiy   ko’nikma,   malakalarni   shakllantirishga   yo’naltirilgan   pedagogik   jarayon.
Mehnat   tarbiyasini   tashkil   etish   shaxsda   mehnat   va   mehnat   faoliyatiga   ijobiy
munosabatni shakllantirish maqsadini amalga oshirishga yo’naltiriladi.
Ta’lim   muassasalarida   mehnat   tarbiyasini   tashkil   etishda   mehnatning   quyidagi
turlaridan foydalaniladi:
1) o’quv mehnati; 2) ijtimoiy-foydali mehnat;
3) o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish;
4) ishlab chiqarish mehnati.
O’quv   mehnati   –   o’quvchilar   tomonidan   ilmiy   bilimlar,   o’quv   fanlari   asoslarini
o’zlashtirish   orqali   ularni   amaliyotga   tatbiq   etishga   doir   ko’nikma   va   malakalarni
shakllantirishga   qaratilgan   amaliy   faoliyati.   Ijtimoiy-foydali   mehnat   o’quvchilar
guruhi   (jamoasi)   tomonidan   tashkil   etilib,   ijtimoiy   ahamiyat   kasb   etgani   holda
bevosita shaxsni har tomonlama kamol toptirish, uning muayyan ijtimoiy ehtiyojini
qondirishga   yo’naltirilgan   mehnat   faoliyatining   alohida   turi   sanaladi.   O’quvchilar
ijtimoiy-foydali mehnatini tashkil etishda sinf xonasi yoki oshxonada navbatchilikni
tashkil   qilish,   hasharlar,   mehnat   bayrami,   ko’kalamzorlashtirish,   maktab   binosini
ta’mirlash,   fermer   hamda   jamoa   xo’jaliklarida   yetishtirilgan   qishloq   xo’jaligi
mahsulotlarini yig’ib olishda dehqonlarga ko’maklashish kabi shakllardan samarali
foydalanish   mumkin.   O’zo’ziga   xizmat   –   o’quvchilar   tomonidan   oilada,   ta’lim
muassasasida,   omma   uchun   xizmat   ko’rsatiladigan   muassasalarda   o’z   ehtiyojlarini
qondirish,   shuningdek,   zimmalaridagi   vazifalarni   ado   etish   maqsadida   tashkil
etiladigan   mehnat   faoliyatidir.   O’z-o’ziga   xizmat   ko’rsatishning   eng   oddiy
ko’rinishlari   umumiy   ovqatlanish   muassasalarida   xodimlar   xizmatidan
foydalanmaslik,   oilada   yotoqxonani   tartibga   keltirish,   kiyim-kechaklarni   ozoda,
o’quv qurollarini esa tartibli saqlash, shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish yo’lida
muayyan   harakatlarni   bajarish   kabilar   sanaladi.   O’quvchilarning   ishlab   chiqarish
mehnati   ta’lim   muassasalarida   o’quvchilarni   muayyan   yo’nalishlar   bo’yicha   kasb
yoki   hunar   asoslaridan   xabardor   qilish,   ularda   amaliy   ko’nikma   va   malakalarni
shakllantirish   yo’lida   olib   borilayotgan   pedagogik   faoliyat   ko’rinishlaridan   biri
hisoblanadi.   Mehnat   tarbiyasining   asosiy   qismi   kasbga   yo’naltirish   hisoblanadi.
Kasbga   yo’naltirish   —   bu   o’quvchiga   mehnat   bozoriga   va   imkoniyat   va
ehtiyojlariga mos keluvchi kasbni tanlashlariga yordam berish jarayoni hisoblanadi.
O’quvchilarni   kasb   tanlashga   yo’naltirish   ta’lim   muassasalarida   tashkil   etiladigan
pedagogik   faoliyat   hamda   o’quvchilar   ishlab   chiqarish   mehnatining   asosiy yo’nalishlaridan   biri   bo’lib,   unga   ko’ra   o’quvchilar   muayyan   kasb   yoki   hunar
borasidagi bilim, ko’nikma, malakalar bilan qurollantiriladilar.
Kasbga yo’naltirish tizimi quyidagi komponentlarni o’z ichiga oladi:
– kasbiy ta’lim —o’quvchilarni mehnat, kasblar dunyosi, kasb tanlash muammolari
bilan tanishtirish;
–   kasbiy   tashxis—o’quvchilarni   kasb   tanlashga   tavsiyalar   berish   uchun   o’rganish.
Tashxis tibbiy, psixologik, pedagogik bo’lishi mumkin;
– kasbiy maslahat — kasb tanlash bo’yicha maslahat va tavsiyalar berish;
– kasbiy tanlov —biror bir kasbga nomzodlarni tanlash;
–   kasbiy   moslashuv   —   ishlab   chiqarish   sharoitlariga   va   kasb   talablarigayoshlarni
moslashish   jarayoni.O’quvchilarni   kasblar   dunyosi   bilan   tanishtirish   suhbat,
ekskursiya,uchrashuvlar,   anjumanlar,   konkurslar   shaklida   tashkil   etiladi.
O’quvchilarni   kasblarga   bo’lgan   qiziqish   va   qobiliyatlarini   rivojlantirishda
to’garaklarni,   klublar   faoliyatini,   bolalar   markazlarini   o’rni   beqiyosdir.
O’quvchilarni   kasb   tanlashga   tayyorgarligi   ko’rsatkichlari   quyidagilardan   iborat.
Kasb va uning shaxsga nisbatan talablari to’g’risidagi bilimlari, o’zining individual
xususiyatlarini   bilishi,   tanlagan   mutaxassislik   bo’yicha   o’quv   va   amaliy   ishlar,
umumiy mehnat ko’nikmalari ko’lami.
Mehnat   tarbiyasining   mazmuni   va   metodlari .   Mehnat   tarbiyasini   tashkil
etish   jarayonida   o’quvchilar   dastlab   ishlab   chiqarish   jarayonlarining   ilmiy   asoslari
bilan tanishadilar. Mehnat tarbiyasi maqsadga muvofiq, tizimli, izchil tashkil etiladi.
Mehnat   ta’limi   sinf   xonalari,   o’quv-tajriba   maydoni,   mashina-traktor   saroyi,
o’quvtarbiyaviy   tadbirlar   jarayoni,   ishlab   chiqarish   korxonalari   va   xo’jaliklarning
dalalarda   olib   boriladi.   Natijada   ma’lum   qiymatga   ega   bo’lgan   ijtimoiy-foydali
mahsulotlar yaratiladi hamda ilg’or kasb sohiblariga xos bo’lgan shaxslik fazilatlari
shakllanadi.   Shu   jihatdan   olib   qaraganda   bugungi   kunda   mehnat   ta’limining
mazmuni,   maqsad   va   vazifalari   o’zgardi,   texnologik   ta’lim   ustuvorlik   kasb   etdi,
o’quvchilarni kasbga yo’naltirish tizimi yangilandi. Mehnatni ilmiy tashkil etishning
birinchi darsini ham o’quvchi ta’lim jarayonida oladi. Mehnat tarbiyasi bilan mehnat
ta’limi   bir-biri   bilan   o’zaro   bog’langan.   Mehnat   faoliyati   ma’lum   bilimga   ega bo’lishni   talab   etadi.   Zero,   bilim   va   ko’nikmalar   o’quvchini   mehnat   faoliyatiga
tayyorlaydi.   Ta’lim   jarayonida   olgan   bilimlarini   amaliyotda   sinab   ko’radilar,
Umumiy   mehnat   jarayonida   o’quvchilarning   kombinatlar,   jamoa   hamda   fermer
xo’jaliklari,   korxona,   zavod   va   fabrikalarda   texnik   va   texnologik   bilimlari
mustahkamlanadi, shuningdek, ular tashkilotchilik malakalariga ham ega bo’ladilar.
Sinfdan   tashqari   ishlar   jarayonida   mehnat   tarbiyasi   ayniqsa   muhim   ahamiyat   kasb
etadi.   Sinfdan   tashqari   mashg’ulotlarning   turli   shakllari   o’quvchining   texnik
ijodkorligini   rivojlantiradi,   u   yoki   bu   bilim   sohasida   bilimga   bo’lgan   qiziqishini
shakllantiradi.   To’garaklarda   o’quvchining   qiziqish   va   qobiliyatlari   namoyon
bo’ladi.   O’quvchilarning   to’garaklardagi   faoliyati   ma’lum   pedagogik   talablarga
rioya qilganda samarali bo’ladi. Chunonchi:
- to’garak faoliyati ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lishi lozim, ya’ni, o’quvchilar
tayyorlagan buyumlar kishilar uchun amaliy qiymatga ega bo’lishi zarur;
-   texnik   ijodkorlik   o’quv   muassasasidagi   o’quv-mehnat   jarayoni   bilan   uzviy
aloqada bo’lishi kerak (maktab, kollej, oliy ta’lim va boshqalar);
-   ijtimoiy-foydali,   unumli   mehnat   jarayonida   o’quvchining   texnik
ijodkorligini tashkil etishda faoliyatni ijtimoiy buyurtmadan ijodkorlikka aylantirish
kerak bo’ladi.
Mehnat   tarbiyasi   oilada   tabaqalashtirilgan   holda   olib   boriladi:   bolalar
o’zo’ziga xizmat qiladilar, uy hayvonlarini parvarishlaydilar, ro’zg’or texnikalarini
ta’mirlash   bilan   shug’ullanadilar.   Oila   byudjeti   va   uni   yuritish   bilan   bog’liq
topshiriqlarni   bajaradilar,   Oilada   bolalar   va  kattalar   mehnatini   hamkorlikda  tashkil
etishning   imkoniyatlari   cheksiz   So’nggi   yillarda   o’quvchilar   mehnat   tarbiyasiga
jamoatchilik   katta   e’tibor   bermoqda.   Yirik   fermer   xo’jaliklari,   qo’shma
korxonalarning   jamoalari   maktablarni   otaliqqa   olmoqda,   ularning   moddiy   bazasini
yaratish,   o’quvchilarning   bilim   olishlari,   ijtimoiy-foydali   mehnatni   tashkil   etishda
yordam   bermoqdalar.Xususan,   mehnatga   muhim   ijtimoiy   burch   sifatida   qarash,
ma’lum   faoliyatni   bajarishda   ma’suliyatni   his   etish,   mehnatga   va   uning   natijasi,
shuningdek,   mehnat   jamoasiga   hurmat,   mehnat   faoliyatini   tashkil   etishda
tashabbuskorlik, faollik ko’rsatish, o’z aqliy va jismoniy qobiliyatini to’liq namoyon etishga bo’lgan ichki ehtiyoj, mehnatni ilmiy tashkil etish yo’lida amaliy harakatni
olib   borish   shular   jumlasidandir.   Mehnatga   psixologik   jihatdan   tayyor   bo’lish   esa
tarbiyaviy ishlar tizimida amalga oshirilib, ularning har biri quyidagi vazifalarni hal
etishga yordam beradi:
-   o’quvchilar   tomonidan   mehnatning   ijtimoiy   ahamiyati,   mehnatni   tashkil   etish
hayotiy zaruriyat ekanligining anglab yetilishiga erishish;
- ularda mehnat faoliyatini amalga oshirishga nisbatan rag’bat uyg’otish;
- o’quvchilarda mehnat ko’nikma va malakalarini shakllantirish va hokazolar.
Mehnat faoliyatining turidan qat’iy nazar mehnat madaniyatinishakllantirish, kasbiy
faoliyatni   rejalashtirish,   vaqtdan   oqilona   foydalanish,   o’zjoyini   tartibli   saqlash
hamda mehnat qurollariga ehtiyotkorona munosabatdabo’lish.
Mehnat tarbiyasi- mehnat bayrami, o’quvchilar yasagan buyumlar ko’rgazmasi;
- xasharlar uyushtirish;
- qarovchisi yo’q, bemor, keksa va nogiron kishilarga ko’rsatiluvchi insonparvarlik
yordami;
- ko’kalamzorlashtirish;
- ta’mirlash (maktab binosini);
- «Moxir qo’llar» to’garagining faoliyati
.Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari.
Jismoniy tarbiya—bu sog’lom turmush tarzini va gigienik ko’nikmalarni
shakllantirishga,   salomatlik   va   jismoniy   kuchlarni   rivojlantirishga
yo’naltirilgan,
sog’lomlashtirish va bilish faoliyatlarini tashkil etish jarayoni. Jismoniy
madaniyat—jamiyat   qadriyati   bo’lib,   insonni   garmonik   rivojlanishi,   tana   va
ruh
to’g’risidagi bilimlar hamda salomatlikni saqlash bo’yicha faoliyat tizimi,
ma’naviy   va   jismoniy   rivojlanish   kuchlari   to’g’risidagi   tasavvurlar
yig’indisidir. Buyuk mutafakkir Ibn Sino birinchilardan bo’lib, jismoniy tarbiyani bir butun
tizimini   (jismoniy   mashqlar,   to’g’ri   ovqatlanish,   uyqu,   badanni   toza   tutish,
kun
tartibi)   yaratgan   edi.   To’g’ri   tashkil   etilgan   jismoniy   tarbiya   shaxsning
me’yoriy,
jismoniy taraqqiyotini ta’minlaydi, salomatligini mustahkamlaydi, yoshlarni
mehnatga, turmushga tayyorlaydi. O’zbekiston Respublikasida mustaqillik
yillarida yosh avlodni jismonan sog’lom bo’lishini ta’minlovchi uch bosqichli
tizim ishlab chiqildi.
Ya’ni:
1. Umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilar o’rtasida «Umid nihollari»
sport musobaqasi tashkil etiladi.
2. O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarining o’quvchilari o’rtasida
«Barkamol avlod» sport musobaqasi tashkil etiladi.
3. Oliy o’quv yurtlarining talabalari o’rtasida «Universiada» sport
musobaqasi tashkil etiladi.
Jismoniy tarbiya o’quvchilarda jismoniy-irodaviy sifatlarni shakllantirish,
ularni aqliy, jismoniy jihatdan mehnat va vatan mudofaasiga tayyorlashga
yo’naltirilgan jarayon sanaladi.
7.4. Jismoniy tarbiya vositalari.
Jismoniy tarbiyani tashkil etishda o’quvchilarning o’z sog’liqlarini saqlash
va   mustahkamlash,   organizmni   chiniqtirish,   jismoniy   jihatdan   to’g’ri
rivojlanish,
uning   ishchanlik   qobiliyatini   oshirish   to’g’risida   g’amxo’rlik   qilish
tuyg’ularini
tarbiyalash, ularda yangi harakat turlari borasida ko’nikma, malakalarni hosil
qilish,   ularni   maxsus   bilimlar   bilan   qurollantirish,   o’quvchilarning   yoshi,
jinsiga
muvofiq keladigan (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, sabot, mehnat, chidam,   iroda,   harakterni   qaror   toptirish   kabi)   jismoniy   sifatlarni
rivojlantirish,
shaxsiy   gigienani   saqlashga   nisbatan   ongli   munosabatlarni   tarbiyalash
maqsadi
ko’zlanadi.
Jismoniy tarbiyani tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar hal qilinadi:
– o’quvchilar sog’lig’ini mustahkamlash, ularni jismonan rivojlantirish;
– o’quvchilarning aqliy va jismoniy ish qobiliyatlarini oshirish;
 71
– o’quvchilarda tabiiy harakatchanlikni rivojlantirish va mustahkamlash;
– o’quvchilarni harakatning yangi turlariga o’rgatish;
– o’quvchilarda irodaviy sifatlar (kuch, chaqqonlik, dadillik, chidamlilik,
qat’iyatlik va b.)ni rivojlantirish;
– o’quvchilarda axloqiy sifatlar (intizomlilik, ma’suliyatlik, jamoa bilan
bo’lish kabilar)ni tarbiyalash;
– o’quvchilarda jismoniy tarbiya va sport bilan doimiy, muntazam
shug’ullanish ehtiyojini shakllantirish;
– o’quvchining jismonan sog’lom bo’lishini ta’minlash, shaxsiy gigiena
qoidalariga amal qilishga odatlantirish, o’z sog’ligiga ongli munosabatni
tarbiyalash.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida tashkil etiladigan
jismoniy tarbiya uning chaqiriqqa qadar boshlang’ich tayyorgarlik bilan
bog’liqligiga ko’ra o’ziga xos harakter kasb etadi.
O’quvchilarning jismoniy madaniyat (kamolot)ga erishganlik darajasini
quyidagi mezonlar asosida belgilash mumkin:
1) jismoniy harakat ko’nikmalariga egalik;
2) jismoniy mehnat qilish qobiliyatining rivojlanganligi;
3) jismoniy kamolotning aks etishi;
4) o’quvchilar tomonidan jismonan rivojlangan idealning tanlanganligi va
undan namuna olish yo’lida amaliy harakatlarning tashkil etilayotganligi. Chaqqonlik, epchillik, chopqirlik, egiluvchanlik, kuchlilik, chidamlilik,
sabrlilik, irodalilik, kuchli harakterga egalik kabi sifatlar shaxsning jismonan
kamolotga yetganligini ifodalaydi.
Jismoniy tarbiya vositalariga gimnastika, o’yin, turizm, sport, tabiat shu
bilan   birga   tabiiy   kuchlar(quyosh,   havo,   suv),   bundan   tashqari   gigienik
omillar
(kun   tartibi   va   dam   olish,   ovqatlanish)   tashkil   qiladi.   Jismoniy   tarbiya
metodlariga
jismoniy mashqlar, trenirovka, tushuntirish, namuna hamda musabaqa kiradi.
Jismoniy tarbiya metodlari yordamida o’quvchilarda jismonan to’g’ri
rivojlanishlari   uchun   zarur   bo’lgan   bilim,   ehtiyoj   va   shaxsiy   sifatlar
shakllanadi.
Jismoniy tarbiyani tashkil etishning asosiy shakli bu jismoniy tarbiya
darslari hisoblanadi. Jismoniy tarbiya darslarida harakatli, xalq va sport
o’yinlaridan keng foydalaniladi.
Jismoniy tarbiya o’quvchilarda sog’lom turmush tarzini shakllantirish bilan
uzviy   bog’liq.   Bolalar   va   o’smirlar   orasida   chekish,   spirtli   ichimliklarni
iste’mol
qilish,   narkotik   moddalarni   qabul   qilish   kabi   salbiy   odatlarni   shakllanishini
oldini
olishda jismoniy tarbiyaning ahamiyati katta.
7.5. Estetik tarbiyaning maqsad va vazifalari.
Estetik qadriyatlar, ideallar, ommaviy madaniyat kabi masalalar keng
jamoatchilik, olimlar, mutaxassislar tomonidan muhokama qilinayotganligini
guvohi bo’lmoqda.
 72
Jamiyat a’zolarining estetik madaniyati masalalari barcha davrlarda o’z
dolzarbligini   yo’qotmagan.   Demak,   bugungi   kunda   ham   yoshlarni   estetik
jihatdan
tarbiyalash o’z dolzarbligini yo’qotgani yo’q. Estetik tarbiya – shaxsni tabiat va jamiyatdagi go’zalliklarni ideal nuqtai
nazardan idrok etishga o’rgatadi. Estetik tarbiya – o’quvchilarda estetik bilim,
ko’nikma,   malakalarni   shakllantirishni,   hamda   estetik   his-tuyg’u,   qiziqish,
ehtiyoj,
baho  berish   kabi   xislatlarni   tarbiyalash   masalalarini   o’z   ichiga   oladi.  Estetik
tarbiya
mohiyati asosan quyidagilarni o’z ichiga oladi:
– tabiat va voqelikdagi go’zalliklarni idrok etish va zavqlanish;
– san’at asarlarini to’g’ri tushuna bilish va baholash;
– o’zining qobiliyat va iste’dodlarini namoyon etishga intilish;
– hamma narsada, ya’ni tabiatda, munosabatda, mehnatda, go’zallik uchun
kurashish;
-xunuklik va tartibsizlikka murosasiz bo’lish.
Shunday qilib, estetik tarbiya —bu san’at va hayotdagi go’zalliklarni
tushunish va his eta olish qobiliyatlarini shakllantirish, san’at sohasidagi
qobiliyatlarni   rivojlantirish,   estetik   bilim   va   his-tuyg’uni   shakllantirish
jarayonidir.
Estetik   tarbiyaning   maqsadi   shaxsda   estetik   madaniyatni   shakllantirish
hisoblanadi.
Estetik tarbiyani tashkil etishda quyidagi vazifalar hal qilinadi:
– o’quvchilarga ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari, turmush
go’zalliklari, ularni anglash to’g’risidagi bilimlarni berish;
– o’quvchilarni badiiy-estetik madaniyatini boyitish;
– o’quvchilarda musiqiy, badiiy ziyraklikni, ijodiy tafakkurni rivojlantirish;
– o’quvchilarda ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari, turmush
go’zalligini anglash, his qilish qobiliyatini tarbiyalash;
– o’quvchilarda mavjud go’zalliklarni qadrlash hissi, estetik didni
shakllantirish, go’zallikka muhabbat uyg’otish;
– o’quvchilarda go’zallikni yaratish ehtiyojini qaror toptirish, estetik
qobiliyat va madaniyatni shakllantirish. Estetik madaniyat elementlari quyidagi komponentlardan iborat.
Estetik qarash – estetik ongning g’oyaviy negizi, tabiat, hayot, san’at
mohiyati haqidagi estetik fikr-mulohazalar va g’oyalar tizimi. Estetik idrok –
ijtimoiy   voqelik,   buyum,   hodisalarning   go’zalligini   ongda   yaxlit   aks   etishi
bo’lib, u
go’zallik his etilganda yuzaga keladi va aniq maqsadga yo’naltiriladi. Estetik
ong –
shaxsga   nazariy   tushunchalar   berish   asosida   predmet,   buyum,   voqelik   va
hodisalar
mohiyatini estetik baholay olish imkonini yaratadigan his-tuyg’ular, sezgilar,
tasavvur   va   qarashlar   shakli.   Estetik   ong   –   estetik   his-tuyg’u,   estetik   idrok,
estetik
bilim,   estetik   mulohaza,   estetik   baho,   estetik   did,   estetik   ideal   kabilardan
tarkib
topadi.
Estetik faoliyat ko’nikmalari deb estetik ehtiyojlarni qondirish yo’lida
muayyan xatti-harakatni amalga oshirishga imkon beradigan ko’nikmalarga
aytiladi.
 73
Estetik madaniyat – go’zallikni his etish, undan zavqlanish, mavjud
go’zalliklarni   asrash   va   boyitish   yo’lida   o’zlashtirilgan   bilim,   amalga
oshiriladigan
estetik faoliyat sifat darajasini belgilovchi ko’rsatkich.
O’quvchilarni estetik madaniyatliligini quyidagi mezonlarga ko’ra aniqlash
mumkin:
-estetik bilimlarning tarkib topganligi;
-estetik madaniyatning tarbiyalanganligi;
-estetik va madaniy meros namunalaridan xabardor bo’lish;
-estetik tuyg’uning rivojlanganligi;
-ijtimoiy hayot, tabiat va mehnat go’zalliklarini his etish; -go’zallikka intilish ehtiyojining rivojlanganligi;
-estetik idealning shakllanganligi;
-fikrlash, faoliyat, xatti-harakat va tashqi ko’rinishda go’zal bo’lishga
intilish.
7.6. Estetik tarbiya vositalari.
Estetik tarbiyaning asosiy vositalarini tabiat, mehnat, madaniy-maishiy
turmush shart-sharoitlari, insoniy munosabatlar va madaniyat (shu jumladan,
san’at)   tashkil   etadi.   Estetik   tarbiya   umumta’lim   maktablarida   ta’lim
jarayonida,
ya’ni adabiyot, rasm, musiqa darslarida amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarni
tashkil etish orqali ham estetik tarbiya ishlari olib borildi. Bularga konkurslar,
konsertlar,   festivallar   tashkil   etish,   muzeylarga   ekskursiyalar   uyushtirish,
tabiatga,
tarixiy   va   badiiy   yodgorliklarga   sayohatlar   tashkil   etish   orqali   amalga
oshiriladi.
Estetik   tarbiyaning   asosiy   vositalari   mehnat,   o’yin,   tabiat,   san’at,   muloqot
kabilar
hisoblanadi.   Estetik   tarbiya   asosan   tushuntirish,   suhbat,   ma’ruza,   namuna,
mashq,
rag’batlantirish metodlari orqali amalga oshiriladi.
Nazorat savollari:
1. Ta’lim muassasalarida mehnat tarbiyasini tashkil etishda mehnatning
qaysi turlaridan foydalaniladi?
2. Estetik tarbiyani tashkil etishda qaysi vazifalar hal qilinadi?
3. Jismoniy tarbiya vositalariga nimalar kiradi?
4. O’quvchilarning jismoniy madaniyat (kamolot)ga erishganlik darajasini
qanday mezonlar asosida belgilash mumkin Aksariyat   yetuk   insonlarning   hayoti   va   karerasi   shuni   ko‘rsatmoqdaki,
muvaffaqiyatning asosiy kaliti — bu vaqtni to‘g‘ri taqsimlash.
Nima   uchun   ba'zi   odamlar   jahonga   mashhur   ishbilarmon   va   dunyoni
o‘zgartirishga qodir yetakchiga aylanadi-yu, boshqalar esa shuncha mehnat qilishiga
qaramay,   bir   nuqtadan   siljiy   olmaydi?   Buning   sababi   ko‘pincha   e'tibordan   chetda
qoladi, deyiladiWorld Economic Forum'da.
Muvaffaqiyatga erishgan ishbilarmonlar o‘z vaqtlarini kelgusida ularni yangi
bilimlar,   ijodiy   qarorlar   va   kuch-quvvat   bilan   ta'minlaydigan   narsalarga   sarmoya
qilishadi.   Dastlab   ularning   muvaffaqiyati   sezilmasligi   mumkin,   biroq   oxir-oqibat,
uzoq muddatli sarmoyalar samarasi o‘laroq, ular misli ko‘rilmagan cho‘qqilarni zabt
etishadi.
Natijada   to‘g‘ri   taqsimlangan   vaqt   ajoyib   daromad   keltiradi,   shuning   uchun
uni   serdaromad   deb   atash   mumkin.   Grafikda   vaqtimizni   qanday   sarflashimizga
qarab ishda qanday natijalarga erishishimiz yaqqol ko‘rsatib berilgan.
Masalan,   Uorren   Baffet   yuz   minglab   xodimga   ega   kompaniyalarga   egalik
qilsa-da, o‘z vaqtini to‘liq ishga bag‘ishlamagan. Milliarderning so‘zlariga ko‘ra, u
ish   vaqtining   80   foizini   kitob   mutolaasi   va   fikr   yuritishga   sarflaydi.   Bunga
sarflangan   vaqt   to‘g‘ri   qarorlar   va   biznesni   muvaffaqiyatli   yuritish   uchun   zarur
bo‘lgan bilimlar bilan ta'minlaydi.
"Eng yaxshi daromad bilimga kiritilgan sarmoyadir".
Benjamin Franklin, siyosiy arbob, ixtirochi, yozuvchi
Muvaffaqiyatli   kishilarning   o‘rnak   olsa   arzigulik     foydali   odatlari   bo‘ladi.
Quyida   uzoq   muddatli   istiqbolda   foyda   keltirishda   yordam   beruvchi   bir   necha
samarali maslahat bilan bo‘lishamiz.
1. Kundalik tuting
Ko‘p muvaffaqiyatli kishilar odatda shaxsiy kundaliklarini yuritishadi.
Masalan,   Benjamin   Franklin   har   tongda   o‘ziga   o‘zi   savol   bergan:   "Bugun
qanday   yaxshi   ish   qilishim   kerak?"   Har   kuni   kechqurun   esa   o‘z   kunini   "Bugun
qanday   yaxshi   ish   qildim?"   degan   savol   bilan   tugallagan.   Stiv   Jobs   ko‘zgu   oldida turib,   "Agar   bugungi   kun   hayotimdagi   oxirgi   kunim   bo‘lganida   bajarishni
rejalashtirgan ishlarimni qilarmidim?" deya qiziqqan.
Menejment  masalalari bo‘yicha iqtisodchi  va maslahatchi  Piter Druker qaror
qabul qilayotib, bundan nimalar kutayotganini yozib borgan, bir necha oydan keyin
esa ularni amaldagi natijalar bilan taqqoslagan. Opra Uinfri esa o‘zining har kunini
minnatdorchilik kundaligini yuritish bilan boshlaydi - bunda u nima uchun hayotdan
minnatdor ekaniga doir besh sababni qog‘ozga tushiradi.
Albert Eynshteyn o‘zidan keyin 80 mingdan ortiq sahifali turli qo‘lyozmalarni
qoldirgan.   AQShning   ikkinchi   prezidenti   Jon   Adams   butun   hayoti   davomida
kundalik tutgan, umri oxiriga borib ularning soni 50 taga yetgan.
O‘z   fikrlaringiz,   rejalaringiz   va   hayotingizdagi   voqealarni   yozib   borib,   siz
yanada e'tiborli va ziyrak  bo‘lib borasiz, fikrlash xususiyatingizni rivojlantirasiz va
to‘g‘ri qarorlar qabul qilishni o‘rganasiz.
2. Tanaffus qiling
"Mizg‘ib olish uchun bir yoki bir yarim soatlik uyqu ma'lumotni o‘zlashtirish
xususiyatiga   xuddi   sakkiz   soatlik   uyqu   kabi   ta'sir   ko‘rsatadi",   -   deya   ta'kidlaydi
uyquni   o‘rganish   bilan   shug‘ullanuvchi   mutaxassis   Sara   Mednik.   Olimlarning
so‘zlariga ko‘ra,  ertalab  o‘quvchi   odamlar   kun davomida  bir  soatlik  tanaffus  qilib,
uxlab olsa, kechki payt nazorat testlarini 30 foizga yaxshi bajarishadi.
Bu   odat   Albert   Eynshteyn,   Tomas   Edison,   Uinston   Cherchill,   Jon   Kennedi,
Ronald   Reygan,   Jon   Rokfeller   va   boshqa   ko‘plab   yetuk   shaxslarga   xos   bo‘lgan.
Masalan,   Leonardo   da   Vinchi   uyquni   ko‘plab   10   daqiqalarga   "maydalab",   yarim
fazali   uyqu   rejimini   tajriba   qilgan.   Napoleon   har   bir   jang   oldidan   uxlab   olishni
ma'qul   ko‘rgan.   Mashhur   aktyor   Arnold   Shvartsenegger   har   kuni   tushlikdan   keyin
uxlab oladi.
Zamonaviy   ilm-fan   bu   odatning   foydasini   tasdiqlaydi.   Kun   davomidagi
tanaffuslar   nafaqat   samaradorlikni   oshiradi,   balki   ijodiy   fikrlash   salohiyatini   ham
rivojlantiradi.
Ehtimol,   shuning   uchun   ham   Salvador   Dali   va   Edgar   Allan   Po   bu   usuldan
foydalangandir. 3. Kuniga kamida 15 daqiqa piyoda yuring
Muvaffaqiyatli   odamlar   o‘z   kun   tartibida   albatta   sport   bilan   shug‘ullanishga
vaqt ajratishadi. Piyoda sayr ham ajoyib mashq bo‘lishi mumkin.
Charlz Darvin kuniga ikki mahal sayr qilgan: peshinga yaqin va soat 16:00da.
Betxoven   tushlikdan   so‘ng   uzoq   sayrga   chiqqan   va   ilhom   kelib   qolsa,   qog‘ozga
muhrlash   maqsadida   o‘zi   bilan   birga   qalam   hamda   qog‘oz   olib   yurgan.   Charlz
Dikkens kuniga 10 kilometrdan ortiq piyoda yurgan, bu unga ishga ko‘milib, toliqib
qolmaslikka   yordam   bergan.   Stiv   Jobs   muhim   uchrashuvga   tayyorgarlik   ko‘rish
jarayonida piyoda sayr qilishni odat qilgan.
"Faqat sayr vaqtida kelgan g‘oyalargina qadrli bo‘ladi".
Fridrix Nitsshe, mashhur faylasuf.
Uzoq sayrlarning foydasini yaxshi bilgan shaxslar orasida Aristotel, Maxatma
Gandi,  Jyek   Dorsi,   Tori   Byorch,  Hovard   Shults,   Oliver   Saks   va  Uinston   Cherchill
nomlarini keltirish mumkin.
Bu   odatni   o‘zlashtirish   kerak.   Olimlar   sayrning   tetiklashtirishi,   miyani
tozalashi, ijodiy salohiyatni oshirishi va hatto umrni uzaytirishini tasdiqlashdi. 12 yil
davom etgan tadqiqotga ko‘ra, kuniga 15 daqiqadan piyoda yurgan 65 yoshdan katta
kishilarda o‘lim ko‘rsatkichi 22 foizdan past bo‘lgan.
4. Ko‘proq kitob o‘qing
Hayotiy   shart-sharoitlarga   qaramay,   har   birimiz   dunyoning   eng   badavlat
kishilaridan   biri   bo‘lgan   Bill   Geytsning   sevimli   resursi   bo‘lgan   kitoblarni   o‘qish
imkoniga egamiz. Bu o‘z bilim darajamizni oshirishning tejamkor va juda samarali
usulidir.
Uinston   Cherchill   kuniga   bir   necha   soat   biografik,   tarixiy,   iqtisodiy   va
falasafaga   oid   kitoblarni   mutolaa   qilgan.   Teodor   Ruzvelt   band   kunlari   1tadan   va
ishdan bo‘sh kunlari 2-3 tadan kitob o‘qigan.
Mark   Kyuban   kuniga   3   soatdan   ortiq   kitob   o‘qiydi.   Milliarder   Devid
Rubenshteyn haftasiga 6tadan kitob o‘qiydi. Ilon Mask yoshligida haftasiga 2tadan
kitob   o‘qigan.   Disney   bosh   direktori   Bob   Ayger   esa   har   kuni   tonggi   4:30da   kitob
o‘qish uchun uyg‘onadi. Bu ro‘yxatni cheksiz davom ettirish mumkin. O‘qish   xotirani  yaxshilaydi,   empatiya  darajasini   oshiradi   va  stress   darajasini
kamaytiradi,   shu   tariqa   oldimizga   qo‘yilgan   maqsadlarimizga   erishishga   yordam
beradi.
5. Qiziqishlaringiz bo‘yicha suhbatdosh toping
Yozuvchi Joshua Shenkaning fikricha, ijodiy salohiyat  boshqa odamlar bilan
muloqot   qilish   natijasida   rivojlanadi.   U   o‘zining   Powers   Of   Two   kitobida
birgalikdagi   sa'y-harakatlar   natijasida   katta   cho‘qqilarni   zabt   etgan   duetlar   haqida
so‘zlab bergan. Masalan, Jon Lennon va Pol Makkartni, Mariya va Per Kyuri, Stiv
Jobs va Stiv Voznyak.
Psixologlar Daniel Kaneman va Amos Tverski birgalikdagi uzoq sayrlaridan
birida   axloqiy   iqtisodiyotning   yangi   nazariyasini   ishlab   chiqishgan   va   bu
Kanemanga Nobel mukofotini olib kelgan.
Tolkin   va   Lyuis   o‘zlarining   yozgan   qoralamalarini   bir-birlariga   o‘qishga
berishgan,   har   dushanba   kechqurun   pabda   ko‘rishishgan.   Olimlar   Frensis   Krik   va
Jyeyms Uotson ko‘p muloqot qilishgan va birga tushlik qilishgan, keyin esa Moris
Uilkinson bilan birga DNK tuzilmasini aniqlashgan.
Teodor   Ruzveltning   esa   tennis   xonasi   bo‘lgan,   uning   a'zolari   birga   tennis
o‘ynashgan va siyosiy masalalarni muhokama qilishgan.
Qator   yetuk   shaxslarning   tajribasi   shuni   ko‘rsatmoqdaki,   boshqalar   bilan
muloqot vaziyatga boshqa tomondan qarash va hatto mutlaqo yangi narsa yaratishda
yordam beradi.
6. Tajriba qilishdan qo‘rqmang
Qanday   muhim   fazilatlar   egasi   bo‘lishimizga   qaramay,   har   birimiz   xatoga
yo‘l   qo‘yamiz.   Ularni   kelgusida   sizga   foydasi   tegishi   mumkin   bo‘lgan   tajriba   deb
hisoblang.
Muvaffaqiyat   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   siz   tomoningizdan   o‘tkazilgan   tajribalar
soniga bog‘liq. Bir yutuq barcha muvaffaqiyatsiz urinishlaringizni "yuvib ketadi".
Tomas   Edison   gidroksidli   akkumulyatorni   ixtiro   qilgunga   qadar   uning   50
mingdan  ortiq  tajribasi  muvaffaqiyatsiz  yakunlangan.   Mukammal  lampani  yaratish uchun   esa   9   ming   muvaffaqiyatsiz   urinish   ortda   qolgan.   Shunday   bo‘lsa-da,
umrining oxiriga borib Edison 1100 patentga egalik qilgan.
Tajribalarni   faqat   amalda   o‘tkazish   shart   emas.   Masalan,   Eynshteyn   ularni
aqlida   o‘tkazgan   va   bu   unga   o‘zining   bebaho   ilmiy   nazariyalarini   rivojlantirishda
yordam   bergan.   Tomas   Edison   va   Leonardo   da   Vinchilarning   kundaligida
yozishmalardan tashqari, mental kartalar va turli chizmalar ham bor.
Tajribalar   foydali   ko‘nikmalarni   ishlab   chiqishda   yordam   beradi.   Prodyuser
va ssenariynavis  Shonda  Rayms  haddan  ziyod  mehnatkashligi   va  yaqqol  namoyon
bo‘luvchi introvertligidan xalos bo‘lishga qaror qildi va avval qo‘rqqan narsalariga
rozilik bera boshlagan. Bu tajriba "Hammasiga "ha" deydigan yil" nomini olgan.
Faylasuf   va   shoir   Ralf   Uoldo   Emerson   ushbu   ajoyib   iboraning   muallifi
hisoblanadi:   "Hayot   -   boshidan   oxirigacha   tajriba.   Tajriba   qancha   ko‘p   bo‘lsa,
shuncha yaxshi".
Ko‘zlangan maqsadlarga erishish uchun vaqtni to‘g‘ri taqsimlash kerak. Agar
uni   kelgusida   o‘zingizga   foyda   keltirishi   mumkin   bo‘lgan   ishlarga   sarflasangiz,
muvaffaqiyatga erishish ehtimoli yuqori bo‘ladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Asosiy adabiyotlar:
1. B.X.Xodjayev.  Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyotir. Darslik T:. Sano-
standart. 2017-yil
2. Abdullaeva Sh. Umumiy pedagogika.O‘quv qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 2021-yil
3.   Ismatova   Nargiza     va   boshalar.   Tarbiya   1,   2,   3,   4.   Darslik.     G‘afur   G‘ulom
nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi.: Toshkent – 2020
4. Sarsenbayeva R.M. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. O‘quv qo‘llanma. - T.; 2019
5. Dexkanova M.U. Tarbiyaviy ishlar metodikasi.O‘quv qo‘llanma. - T.; 2019
Qo‘shimcha adabiyotlar:
6.   Мирзиёев   Ш . М .   Буюк   келажагимизни   мард   ва   олижаноб   халқимиз   билан
бирга   қурамиз . –  Т .: “ Ўзбекистон ”, 2017. – 488  б .
7.   Мирзиёев   Ш . М .   Миллий   тараққиёт   йўлимизни   қатъият   билан   давом
эттириб ,  янги   босқичга   кўтарамиз . 1- жилд . –  Т .: “ Ўзбекистон ”, 2017. – 592  б .
8.  Мирзиёев   Ш . М .  Халқимизнинг   розилиги   бизнинг   фаолиятимизга   берилган
энг   олий   баҳодир . 2- жилд .  Т .: “ Ўзбекистон ”, 2018. – 507  б .
9.   Мирзиёев   Ш . М .   Нияти   улуғ   халқнинг   иши   ҳам   улуғ ,   ҳаёти   ёруғ   ва
келажаги   фаровон   бўлади .  3-жилд.– Т.: “Ўзбекистон”, 2019. – 400 б.
10. Мирзиёев Ш.М. Миллий тикланишдан – миллий юксалиш сари. 
4-жилд.– Т.: “Ўзбекистон”, 2020. – 400 б.
11.   Ўзбекистон   Республикасининг   2020   йил   23   сентябрда   қабул   қилинган
“Таълим тўғрисида”ги ЎРҚ-637-сонли Қонуни.
12.Ўзбекистон Республикаси Президентининг 28 январь 2022 йилдаги “2022
— 2026 йилларга мўлжалланган янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси
тўғрисида”ги 60-сонли Фармони.

Mavzu: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida muvaffaqiyatga erishishga intilish motivi shaxsning ustuvor xususiyati sifatida (1-4 sinf tarbiya darsi) . Reja: 1. Bolaning o‘z xulq va faoliyatini ongli nazorat qilishini kuchaytirish va o‘z-o‘zini baholashga qo‘yayotgan talablar. 2. O‘z qobiliyatlarini bilishga va mehnatsevarlikka o‘rgatish. 3. Ijtimoiy motivlarning paydo bo‘lishi. 4. O‘z xalqining va boshqa xalqlarning an’analari, qadriyatlariga qiziqishning namoyon bo‘lishi .

Tayanch so’zlar: Muvaffaqiyat, motiv, motivatsiya, qiziqish, orzu, ijtimoiy motiv. Mamlakatning ta’lim tizimi, ya’ni maktab, oliy ta’lim muassasalari nafaqat ilmiy jihatdan intellektual rivojlangan, jismonan sog’lom, balki ma’naviy pok, axloqan tarbiyalangan bitiruvchilarni yetishtirib chiqarishi davr talabidir. Mamlakatimizda axloqiy tarbiya mazmuni Malla Ochilov,Ulfat Mahkamov,To’ychi Xasanov kabi yirik pedagog olimlar tomonidan ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Uning yaxshilik qilish, sabr-qanoatli bo’lish, rostgo’ylik, adolatlilik, mehr-oqibat, saxiylik, poklik, kabi insoniy-axloqiy fazilatlar to’g’risidagi qarashlari yoshlar tarbiyasida ahamiyatlidir. O’quvchilarning axloqiy madaniyatini shakllantirishda o’tmish axloqiy merosini, ayniqsa ulug’ mutafakkirlarning fikrlarini o’rganish muhim ahamiyatga ega. Chunki ularning ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya sohasidagi fikrlari, axloqiy qarashlari bugungi taraqqiyot uchun ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Ularning hayot yo’li, axloq haqidagi fikrlari har bir o’quvchini axloqiy madaniyatini shakllantirishda muhim o’rin egallaydi. Sharq allomalarining axloqiy qarashlari o’quvchilar qalbida insoniylikni shakllanishiga yordam beradi. Butun dunyoda, jamiyatda axloqiy tarbiyaning ahamiyati ortib borayotganini, lekin shu bilan birga ommaviy axborot vositalari, keng jamoatchilik, turli soha mutaxassislari hayotning turli sohalarida axloqiy normalarni pasayishi kuzatilayotganligi haqida fikr bildirilayotganini kuzatishimiz mumkin. Nima uchun aynan yoshlar, bolalar orasida axloqiy me’yorlarni buzilish holatlari kuzatilmoqda? Ushbu savolning javobi axloqiy tarbiyaning asosini tashkil etadi.Axloqning vujudga kelishi va mohiyati, odamlarni axloqiy ongi va xulqi to’g’risidagi muammolarni etika fani o’rganadi. Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, ijtimoiy munosabatlar va shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan, rioya qilinishi zarur bo’lgan tartib, odob, o’zaro munosabat, muloqot, xulq-atvor qoidalari, mezonlarining majmui sanaladi. Axloq tarixiy, o’zgaruvchan xarakterga ega bo’lib, axloqiy qoidalar odamlar hayotining ijtimoiy sharoitlarida aniqlanadi va jamiyatning turli qatlamlarida turlicha bo’ladi. Axloqiy me’yor jamiyat tomonidan tan olingan bo’lib, uning a’zolari tomonidan bajarilishi majburiy-ixtiyoriy bo’lgan qoida hisoblanadi. Axloqiy odat – axloqiy xatti-

harakatlarning mukammallashtirishga bo’lgan ehtiyoj bo’lib, u o’quvchilarda qulay vaziyatlarda ijobiy mazmunga ega xattiharakatlarning izchil, doimiy, tizimli takrorlanishi hisobiga hosil bo’ladi. Axloqiy ong – ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo’lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari, milliy istiqlol g’oyasining o’quvchilar ongida aks etishi. Axloqiy xulq motivlari va nazorat joyiga ko’ra, axloqiy rivojlanish darajasi amerika olimi Ya.Kolbergning ta’kidlashicha, uchta guruhga bo’linadi. 1. Axloqgacha (bola axloq talablarini jazodan, ya’ni tashqi nazoratdan qo’rqib bajaradi). 2. Konventional (axloq talablariga yaxshi yashash uchun amal qiladi). 3. Avtonom (hayot qoidasiga aylanib bo’lgan, o’z ixtiyori bo’yicha amal qiladi). Axloqiy tarbiya bu tarbiyalanuvchilarda axloqiy bilimlar, axloqiy histuyg’u, axloqiy xulqni shakllantirish bilan bog’liq pedagogik faoliyatdir. Axloqiy tarbiyaning ijtimoiy aspekti bu jamiyatda qabul qilingan axloq me’yorlari va prinsiplaridir. Axloqiy tarbiya o’quvchilar ongi, hayoti, turmush tarziga muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo’lgan tartib, odob, o’zaro munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari, mezonlarni singdirish jarayoni. Axloqiy tarbiyani maqsadi o’quvchilarni ijtimoiy-axloqiy me’yorlar mazmunidan xabardor etish, ularga axloqiy me’yorlarning ijtimoiy ahamiyatini tushuntirish, ularda ijtimoiy-axloqiy me’yorlarga nisbatan hurmat hissini qaror toptirish asosida axloqiy ong va madaniyatni shakllantirish hisoblanadi. Axloqiy tarbiyani vazifalari: 1. O’quvchilarni odob-axloq qoidalari va ijtimoiy axloq me’yorlari bilantanishtirish. 2. O’quvchilarda ma’naviy-axloqiy ongni shakllantirish. 3. O’quvchilarning ma’naviy-axloqiy his-tuyg’ularini tarbiyalash va rivojlantirish. 4. O’quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifat (ota-onani, kattalarni hurmat qilish, kichiklarga izzat ko’rsatish, mehnatsevarlik, bilim olishga intilish, kamtarlik, halollik, rostgo’ylik, olijanoblik, muruvvatlilik, rahmdillik, moddiy va ma’naviy ne’matlarni asrash, kelajakka ishonch bilan qarash va h)larni tarbiyalash. 5. O’quvchilarda axloqiy xulq-atvor ko’nikma, malaka va odatlarini tarkib toptirish.

Hozirda zamonaviy dunyo insoniylik prinsiplariga asoslangan, axloq normalariga va insoniylik axloqiga tayangan qadriyatlarga muhtojlik sezmoqda.Ularga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: Insoniylik insonni axloqiy fazilati hisoblanib, insonni insonga hurmatini, insonni oliy qadriyat sifatida qarashni, uni tushunishni, unga yordam berishni ifodalaydi. 1.Insonga, uning qarashlari, qadriyatlariga ishonish, ushbu ideallarga xizmat qilish. 2.O’z ma’suliyatini bajarishda erkinlik, maqsadga erishishni bilish, o’z 3.o’ziga talabchan bo’lish va jamiyat talablarini bajarish hamda intizomli bo’lish. 4.O’z xatti-harakati uchun javob berish, o’z xatolarini tan olish va tuzatish. 5.Yer yuzidagi barcha jonzotlarga, tabiatga nisbatan hurmatda bo’lish. 6.Halollik, adolatlilik, prinsipiallik, o’ziga va boshqalarga nisbatan talabchan hamda sabrli bo’la olish.Yuqoridagilar O’zbekiston xalqini axloq kodeksi emas, balki oiladagi, maktabdagi, jamiyatdagi tarbiyaviy ishlarni tashkil etish uchun asos bo’la oladigan axloqiy normalardir.Axloqiy tarbiyani tashkil etishning asosiy shakli bu umumta’lim maktablarimizda adabiyot, tarix, jamiyatshunoslik darslaridir. Bundan tashqari, sinfdan va maktabdan tashqari axloqiy mavzularda tashkil etilgan tadbirlar, uchrashuvlar ham o’quvchilarda axloqiy sifat va fazilatlarni shakllantirilishida muhim o’rin tutadi. Shaxsning tabiiy va ijtimoiy borliqqa, o’ziga hamda atrofdagilarga ijobiy munosabatini, shaxslararo munosabatda axloqiy me’yorlarga qat’iy amal qilishini ifodalovchi sifatlar ma’naviy-axloqiy sifatlar deb yuritiladi.Shaxsning axloqiy sifatlariga xushmuomalalik, axloqlilik, mehnatsevarlik, kamtarlik, mehribonlik. rahmdillik, saxovatlilik, oqko’ngillilik, bag’rikenglik, vatanparvarlik, baynalminallik, sabrlilik, bilimlilik, e’tiqodlilik, adolatparvarlik,haqiqatgo’ylik, o’zgalarni tushuna olish, muhtojlarga yordam ko’rsatish kattalarni hurmat qilish, kichiklarga izzat ko’rsatish, intizomlilik v.b. Ma’naviy-axloqiy tarbiya shakl va metodlari. Abdulla Avloniy «Turkiy guliston yohud axloq» asarida axloq «insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilmdur», - deydi. Aynan axloq, uning ijtimoiy ahamiyati haqida ma’lumot beruvchi mazkur manbada alloma yaxshi va yomon xulqlarga to’xtalib o’tadi1

Allomaning nuqtai nazaricha, yaxshi xulqlar quyidagilardan iborat: fatonat (aql), diyonat (e’tiqod), nazofat (poklik va tozalik), g’ayrat, riyozat (savob ishlar), qanoat, shifoat, ilm, sabr, hilm (yumshoq tabiat) intizom, nafs me’yori, vijdon, vatanni suymak, haqqoniyat, nazari ibrat, iffat, hayo, idrok va zako, hifzi lison (til va adabiyot), iqtisod, viqor (g’urur), muhabbat, avf (kechirimli bo’lish). Bu xislatlar ma’naviy-axloqlilikning asosiy sifatlari sanaladi. Ular asosida vatanga muhabbat va sadoqat, mehnatga axloqiy munosabat, o’z atrofdagilarga axloqiy yondashuv, shuningdek, har bir o’quvchining o’zi va shaxsiy xulq-atvoriga munosabatni qaror toptiriladi. Abdulla Avloniy yomon xulqlar sirasiga quyidagilarni kiritadi: g’azab,aysh-ishrat, jaholat, safohat (umri va molini bekorchi narsalarga sarf etish), hamoqat (o’zbilarmonlik, manmanlik), adolat (dangasa, yalqov), hasosat (ta’mahirs), rahovat (g’ayratsizlik), anoniyyat (xudbin, mutakabbir, manman), adovat(kek saqlash), namimat (chaqimchilik), g’iybat, haqorat, jibonat (qo’rqoqlik), hasad, kizb (yolg’on), nifoq, ta’ma, zulm va boshqalar.O’quvchilarda ijobiy sifatlarni tarbiyalash ularning salbiy xislatlardan holi bo’lishlariga yordam beradi. Bu esa dastlab o’quvchilarga xulq-odob me’yorlari va qoidalarini anglash va shaxs ongini shakllantirishga doir metodlar asosida amalga oshiriladi. Bunga badiiy va ilmiy-ommaviy adabiyotlarni o’qish, kinofilm va spektakllarni tomosha qilish, maxsus tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifat kunlarida turli mavzularda suhbatlar tashkil etish natijasida axloqiy tushunchalar va xulqodatlar paydo bo’la boshlaydi. O’quvchilar o’zlari va boshqalarning xattiharakatlarini baholay boshlaydilar. Buning uchun turli ma’naviy-axloqiy mavzularda o’tkaziladigan suhbat va munozaralarda o’quvchini fikr yuritish,o’ylashga yo’naltirish muhim ahamiyatga ega. Masalan, «Do’stimiz Kamol qanday qilib narkomanlar davrasiga tushib qoldi?», «Siz erkinlik deganda nimani tushunasiz?», «Zamonaviylik – bu nima?» kabi mavzulardagi suhbat, bahs va munozaralar o’quvchilarni o’ylash, fikr yuritishga yo’llaydi, ularda salbiy xislatlardan saqlanish, yaxshi odatlarni o’rganishga bo’lgan intilish va qiziqishlari tarkib topa boshlaydi. Ularning, ayniqsa, o’z xatti-harakatlarini baholashga bo’lgan