logo

SINF JAMOASINI PSIXOLOGIK O’RGANISH

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1003.5 KB
«   SINF JAMOASINI PSIXOLOGIK O’RGANISH » mavzusidagi
SAMAR Q AND – 2022
1  MUNDARIJA:
KIRISH ………………………………………………………………………. 4
I BOB SINF   JAMOASI NI   PIXOLOGIK   O’RGANISHNING   ILMIY
NAZARIY ASOSLARI  ............…………………………………… 7
1.1 O’quvchilar   jamoasin ing   tuzilishi   va   boshlang’ich   jamoa
strukturasi ……………………………………………………… 7
1.2 Sinf jamoasida psixologik muhitni o’rganishning ahamiyati …..…. 16
II OB SINF   JAMOASINI   PSIXOLOGIK   JIHATDAN   O’RGANISH
METODLARI …..………………………………………………… 21
2.1  Sinf jamoasi psixologik  o’rganishga doir metodik vositalar……… 21
2.2 Sinf   jamoasidagi   psixologik   muhitni   o’rganishda   sotsiometrik
metodidan foydalanish …………………………………………… 30
XULOSA…………………………………………………………………… 36
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAT RO’YXATI..................................... 38
2 KIRISH
Mustaqil   O’zbekiston   taraqqiyotining   muhim   yo’nalishlaridan   biri
xalqimizning   boy     merosi   va   umumbashariy   qadriyatlari     asosida     barkamol
avlodni tarbiyalashdir. Chunki, shaxsning har tomonlama kamol topishi va farovon
yashashini   ta’minlash,   uning   manfaatlarini   ro’yobga   chiqarishning   sharoitlarini
yaratish,   va     yangi   sharoitga   moslashtirish   Respublikada   amalga   oshirilayotgan
islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir.
Respublikamizda   kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi   asosida   ta’lim-tarbiya
tizimini  tubdan isloh qilinishi, uzluksiz ta’lim  jarayonida yetakchi  ijrochi bo’lgan
o’qituvchi   faoliyatini   tubdan   o’zgartirishga   olib   kelmoqda.   Shuning   bilan   bir
qatorda ijtimoiy jarayonning ajralmas qismi bo’lgan ta’lim-tarbiya tizimiga, uning
maqsadi va mazmuniga, qituvchining pedagogik faoliyati va mahoratiga yangicha
talablar   qo’yilmoqda.   Bu   haqda   Birinchi   Prezidentimiz   I.A.Karimov   Oliy
Majlisning   1X   sessiyasida   (1997   yil   29   avgust)   “Barkamol   avlod   -   O’zbekiston
taraqqiyotining   poydevori”   mavzusida   so’zlagan   nutqida   shunday   degan   edi:
”O’qituvchi   bolalarimizga   zamonaviy   bilim   bersin,   deb   talab   qilamiz.   Ammo
zamonaviy bilim berish uchun avvalo, murabbiyning o’zi ana shunday bilimga ega
bo’lishi   kerak”   Chunki,   uzluksiz   ta’lim   tizimida   yuz   berayotgan   o’zgarishlar,
yangilanishlar,   o’quv-tarbiya   jarayonining   an’anaviy   va   noan’anaviy   shakllari,
mazmuni, amalga oshirish yo’llari, vositalari, usullari va shart-sharoitlarini tashkil
etish   o’qituvchidan   yuksak   darajadagi   kasbiy   bilim   va   mahoratga   ega   bo’lishni
talab etadi.  Ma’lumki,  o’qituvchilik kasbi   boshqa  kasblardan  farqli  ravishda  ko’p
tomonlama   ma’suliyatni   o’zida   mujassamlantiradi,   birinchidan,   u   shaxsni
shakllantirish, ya’ni inson ruhiyatini chuqur bilishi, ikkinchidan, ta’lim-tarbiyaning
barcha vositasi, uslubi va yo’llaridan samarali foydalanib, o’quv-tarbiya jarayonini
tashkil   etishi   ya’ni   o’qitishning   samaradorligiga   erishmog’i   lozim;   uchunchidan,
њ zining   fazilatlarini   ham   jamiyat   va   tabiat   taraqqiyoti   jarayonida   shakllantirib
borishi lozim. O’qituvchi o’z mehnatining natijalari bilan bog’liq holda yosh avlod
shaxsini jamiyat  talablariga binoan har tomonlama shakllantirishdan iborat. 
3 Yosh   avlodni   mustaqil   davlat   fuqarosi   sifatida   shakllantirishda   ularni
hayotga,   mehnatga   va   biror   kasbga   tayyorlashda   barcha   o’qituvchilar   zimmasiga
katta   masuliyat   yuklaydi.   Shu   o’rinda   o’qituvchilarning   o’quvchi   shaxsini
psixologik jihatdan o’rganish, uning bilish jarayonlarini, individual xususiyatlarini
aniqlab   talim-tarbiya   jarayonini   tashkil   qilish,   hamda   sinf   jamoasidagi   norasmiy
liderni,   simpatiyaga   ega   o’quvchilarni,   j amoada   norasmiy   “yetakchilar”ning
mavjudligi,   ularning   sinfga   ta’sir   ko’rsatish   xususiyati,   uning   sabablari,   sinf
faollarining   “yetakchilar”ga   munosabati;”ezilganlar”ning   mavjudligi,
o’rtoqlarining   ularga   bo’lgan   munosabatini   o’zgartirishning   mumkin   bo’lgan
yo’llari;   Jamoa   ichida   o’zaro   munosabatlar,   jipslilik   darajasi,   guruhlarga
ajralishning   mavjudligi   yoki   yo’qligi,   ularning   ichki   negizi   va   sinf   ishlaridan
manfaatdorlik   darajasi,   o’zaro   talabchanlik,   mehribonlik,   do’stona   g’amxo’rlik,
o’zaro yordam va hurmat-ehtirom ko’rsatish;  jamoada tanqid va o’z-o’zini  tanqid
o’g’il   bolalar   bilan   qiz   bolalar   o’rtasidagi   o’zaro   munosabatlarning   o’ziga   xos
xususiyatlari;   jamoaning   ayrim   a’zolari   o’rtasidagi   o’rtoqlik   va   do’stlikning
namoyon bo’lishi, uning ichki negizi; jamoadagi ayrim azolarning hissiy  jihatdan
“yaxshiligi”va   “yomonligi”   kabilarni   aniqlash   ham     talim-   tarbiya   jarayoni
natijasining samarali bo’lishini taminlashga xizmat qiladi.
Yangi   kishini   shakllantirish   vazifalarining   xilma-xilligi   va   murakkabligi
bo’lajak   pedagoglar   tayyorlash   masalasini   dolzarb   qilib   qo’ymoqda.   Maktabga
moxir   pedagoglar   kerak.   Pedagoglik   maxorati   esa   o’quv-tarbiyaviy   faoliyatning
barcha turlarini qulaylashtirishni moxirlik bilan udallashdan iborat. Pedagogika va
Psixologiya   fanlari   turkumida   juda   katta   bilim   xazinasi,   tavsiyalar   jamlanganki,
bo’lajak o’qituvchilar ularni egallab olishlari lozim bo’ladi. 
Mazkur « Sinf jamoasini psixologik o’rganish » mavzusidagi kurs ishida ham,
sinf   jamoasini   psixologik   o’rganishga   doir   ko’plab   topshiriqlar   va   ko’rsatmalar
sistemasini   o’z   ichiga   olgan   bo’lib   ular   maktabga   psixologik   xizmat   ko’rsatish
maqsadida bajarilgan va o’qituvchiga metodik yordam sifatida,sinf jamoasini, sinf
jamoasidagi   shaxslararo   munosabatlar,o’quvchi   shaxsini,   o’quvchilarning
4 individual   xususiyatini   amaliy   jixatdan   bilishga,   darsni   psixologik   jixatdan   taxlil
qilishni bilib olishga xizmat qiladi deb o’ylaymiz.
Kurs   ishi   asosiy   maqsadi :   Sinf   jamoasini   psixologik   o’rganish,   sinf
jamoasida   shaxslararo   munosabatlarni   aniqlash   va   jamoani   to’g’ri   tashkil   etish
metodikalarini o’rganish.
Kurs   ishining   obyekti :   Sinf   jamoasida   psixologik   muhit   va   shaxslararo
munosabatlarni o’rganish jarayoni.
Kurs ishining vazifalari:  
1.   Mavzuga   oid   adabiyot,   manbalarni   o’rganish,   tahlil   qilish   va
umumlashtirish.
2.   Sinf   jamoasida   shaxslararo   munosabatlarni   o’rganishga   oid   tadqiqotlarni
o’rganish va ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilish.
3.   O’quvchilar   jamoasidagi   o’zaro   munosabatlarni   o’rganishga   qaratilgan
metodikalarni chuqur tahlil etish va ular asosida tadbiqiy tizim ishlab chiqish.
4.   O’quvchilar   jamoasini   o’rganishning   aniq   metod   va   vositalarini   ishlab
chiqish.
Biz oldinga qo’yilgan maqsad va vazifalarni hal etish uchun pedagogika va
psixologiya sohasida qo’llanilib kelayotgan bir qator metodlardan foydalandik .     
Kurs   ishining   tuzilishi:   Kurs   ishi   kirish,   ikki   bob,   4   ta   paragraf,     xulosa,
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Hajmi 38 bet.
 
5 I BOB SINF JAMOASI NI PIXOLOGIK  O’RGANIS H NING  ILMIY
NAZARIY ASOSLARI
1.1. O’quvc h ilar jamoasin ing tuzilishi va bos h lang’ic h  jamoa strukturasi
"O’z tabiatiga ko’ra har bir inson shunday tuzilganki, u o’zining yashashi va
oliy  kamolotga   erishishi   uchun  ko’p  buyumlarga   muhtoj   bo’lib,   bu  buyumlarni   u
yolg’iz   o’zi   yetkazib   beraolmaydi   va   ularga   erishish   uchun   inson   kishilarning
qandaydir   hamjamiyat   bo’lishga   muhtojki,  har  biri   alohida  tarzda   unga  muhtojlik
sezib   turgan   bu   kishilarning   har   biri   narsalarning   jamidan   biron   -   bir   buyumni
yetkazib beradi", -deb ta’kidlagan A.N.Forobiy. 
"Agar sizlar tarqoq holda bo’lsalaringizda, dushmanlaringiz" xuddi xovuzga
tushgandek qon daryolaringizda suzadilar". Ittifoqlikda gap ko’p. Agar fikrlaringiz
itfoqqa kelib, orzu - havasingiz bir bo’lsa, - deb ta’kidlagan edi A.Temur bobomiz
-   farzandlaringiz   ulg’ayib,   dushmanlaringiz   mag’lub   bo’ladilar",   -   deb   ta’lim
bergan.
A.N.Forobiy ham, shahar turmush tarzini jamoaning yetuklik shakli sifatida
talqin   qiladi.   Uning   fikricha,   har   bir   kishi   o’z   tarbiyatiga   ko’ra   oliy   darjadagi
yetuklikka   erishishi   uchun   faqat   shahar   jamoasi   orqaligina   erishiladi.   Ungacha
madaniy   jamiyat   va   madaniy   shahap   (yoki   mamkakat)   shunday   bo’ladiki,   bu
mamlakatda   har   bir   odam   kasb   -   hunarda   ozod,   hamma   baravardir,   kishilar
o’rtasida   farq   bo’lmaydi,   har   kim   o’zi   istagan   yoki   tanlagan   kasb   -   hunari   bilan
shug’ullanadi. Odamlar chin ma’nosi bilan ozod yashaydilar. 
Insonning yaratuvchanligi ikki xil: 
Moddiy   madaniyat   moddiy   faoliyatniig   barcha   sohalari   -   mehnat   qurollari,
turar   -   joy,   kundalik   turmush   buyumlari,   kiyim   -   kechak.   transport,   aloqa
vositalarini o’z ichiga oladi. 
Ma’naviy   -   madaniyatga   aqlan   va   ma’nan   yaratuvchanlik   sohalari   -   bilim,
axloq, ta’lim - tarbiya, xuquq, falsafa, nafosat, fan, san’at, adabiyot, folklor, din va
hokazolar kiradi.
Forobiy   bir   -   biriga   o’zaro   yordam   ko’rsatish   va   insoniy   burchni   bajarish
kishilarni   saxovatli   qiladi,   inson   boshqalar   yordamida   ular   bilan   qo’shnichilik
6 aloqalarini   rivojlantirgan   taqdirdagina   kamolotga   erishishi   mumkin   deb   ta’kidlar
ekan,   kishilarning   birlashishini,   ularning   o’zaro   yordami   va   hamkorligi   -   bu
hayotning   vositasi,   kamolot   va   saxovatga   erishish   esa   bu   xayotning   maqsadi   deb
yer yuzidagi barcha kishilarning tinch - totuv va inoq oilada yashashini orzu qilgan
edi. 
Jamoaning tuzilis h i
Hozirgi zamon maktabida tarbiyalovchi jamoaning butun bir sistemasi:  sinf
jamoai,   qiziqishlar   bo’yicha   jamoalar,   o’quvchilar   ishlab   chiqarish   brigadalari,
maktab o’rmonchilgik, mehnat va dam olish lagerlari, yoshlar tashkiloti jamoalari
kabi shakllari mavjud. 
A.S.Makarenko  o’z  asarlarida  jamoalarning  belgilarini  bayon   qiladi.   Uning
ko’rsatishicha, jamoa - odamlarning quyidagi asoslarida birlashuvidir.
1. Ijtimoiy qimmatga ega bo’lgan maqsadlar.
2. Ularga ershish sohasidagi birgalikda ko’rsatiladigan faoliyat.
3. Jamoa a’zolari o’rtasida o’zaro ma’suliyatli munosabatlar.
4. O’zini – o’zi boshqarish organlarining tuzilishi.
Tarbiyalovchi,   jamoa   pedagoglar   uchun   tarbiya   obe’kti   bo’lib,   pedagogik
ishlarning   butun   mohiyati   jamoalarni   tashkiliy   jihatdan   shakllantirish,
tarbiyalanuvchilarni   tegishli   intizom   doirasida   saqlashdan   iborat   bo’lmay,   balki
A.S.Makarenko   qayd   qilganidek,   bolalarning   mazmunli   hayotini   tashkil   etishdan,
chinakam boy ijtimoiy va jamoa munosabatlarini shakllantirishdan iborat. Jamoada
bolalar   hayoti   quvonchi,   qiziqarli,   mehnat   va   bilim   faoliyati,   romantika   va   o’yin
jo’sh urib turadigan bo’lishi kerak.
Jamoaning   rasmiy   strukturasidan   tashqari   uning   norasmiy   strukturasi   ham
mavjud.   Boshlang’ich   jamoadagi   birgalikda   olib   boriladigan   faoliyat   jarayonida
muomala   va   do’stlik   negizida   kichik   guruhlar   vujudga   keladi.   Bunday   kichik
guruhlar kichik norasmiy guruhlar deb ataladi.
Sinf   jamoaida   bir   necha   norasmiy   guruh   bo’lishi   mumkin.   Guruhlardan
birortasi jamoa faoliyatining barcha turlarida yetakchi bo’lishi, boshqa guruhlar esa
o’ziga   qiziqarli   va   o’z   talablariga   mos   keladigan   faoliyatidagi   yetakchi   bo’lishi
7 mumkin.   Har   bir   guruhda   aytgani-aytgan,   degani-degan   bolalar   bo’ladi.   Xuddi
shular yetakchi bo’lishadi.
Kichik   norasmiy   guruhlar   o’z   tarkibiy   qismi   bo’yicha   ko’pgina   barqaror
bo’lishmaydi.   Kichik   guruhdagi   munosabatlar   biror   sababga   ko’ra   buzilib   qolsa,
guruhga tarqalib ketadi yoki ba’zi bolalar undan chiqib ketadi. Xalqda birlashgan
o’zar,   birlashmagan   to’zar.   Ayrilganni   ayiq   yer,   bo’linganni   bo’ri   yer.   Kuch
birlikda. Bir  cho’pni sindirish mumkin, ko’pini  hatto egib bo’lmas, degan hikmat
mavjud.
Bos h lang’ic h  jamoa strukturasi
Boshlang’ich   jamoaning   strukturasi   ancha   murakkabdir.   Jamoaning   rasmiy
va norasmiy strukturasi mavjud.
Boshlang’ich jamoa jamoaning rasmiy strukturasini tashkil qiladi. Maktabda
tarbiyalovchi   jamoa   strukturisida   sinf   yetakchi   rol   o’ynaydi.   Boshlang’ich   sinf
jamoaida:   o’quvchilarning   xilma   -   xil   faoliyati   ro’y   berib,   bu   yerda   ular   faoliyat
tashkilotchilari   rolini   ham,   ijrochilar   rolini   ham   bajaradi.   Har   bir   sinfda
boshlang’ich   jamoalari   bo’ladi.   Maktabda   qiziqishlar   bo’yicha   ishlab   chiqarish
brigadasi,   maktab   o’rmonchiligi,   sport   seksiyasida   birgalikda   faoliyat   ko’rsatish
bo’yicha   boshlang’ich   jamoalar   bo’ladi.   Maktab   o’quvchisi   ayni   vaqtda   -   turli
jamoalarning   a’zosi   bo’lib,   ularning   har   birida   ijtimoiy   xulq   -   atvor   tajribasini
xilma - xil bilimlar va malakalarni egallashi mumkin.
A.S.Makarenko   boshlang’ich   jamoalarga   birinchi   darajasi   ahamiyat   bergan
edi.   Boshlang’ich   jamoa   -   umumiy   jamoaning   bir   qismini   tashkil   qiluvchi
bolalarning eng kamsonni gruppasidir.
Maktablarda   boshlang’ich   jamoalarni   mustahkamlash   va   rivojlantirishta
e’tibor beriladi. 
Boshlang’ich  jamoa   hayotini   quvnoq  qilish   lozim,  biroq  bu  quvonch  oddiy
kungil   ochish,   xursandchilikdan   iborat   bo’lmay,   balki   jiddiy   mehnat   quvonchi
bo’lmog’i lozim. Belgilangan istiqbollar o’quvchilardan ma’lum bir iroda kuchni,
aqliy va jismoniy kuch ishlatishni, tashabbus ko’rsatishini talab etishi kerak.
8 Vazafa   yetarlicha   murakkab   va   qiyin   bo’lishi   lozim,   ishlar   juda   oson
bajarilsa,   ular   o’quvchilarni   qiyinchiliklarni   yengishga,   o’z   kuchlarini   baholashga
o’rgatmaydi; bu bolalar jamoaini rivojlanishiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Jamoa
doimo   faoliyatda   bo’lishi   uchun   uning   oldiga   yangi,   qiziqarli   istiqbollar   qo’yish
kerak.
O’qish   -   o’quvchi   faoliyatining   asosiy   turi.   O’qituvchining   vazifasi
o’quvchilar   jamoai   faoliyatini   o’zlashtirishni   yuqori   ko’tarish   uchun   kurashga
yunaltirishda   iborat.   Bu   vazifa   asosan   darsda   hal   etiladi,   biroq   sinfdan   tashqari
paytlarda ham o’quvchilar oldiga ularda fanga, san’atga, texnikaga, amaliy ishlarda
qiziqish uyg’otib borish zarur.
Tarbiyada   hammasi   -   dars   ham,   darsdan   tashqari   vaqtda   bolalarning   har
tomonlama   qiziqishlarini   o’stirish   ham,   jamoada   tarbiyalanuvchilarning   o’zaro
munosabati ham  asosiy masaladir.
"Jamoani tarbiyalash ishini samimiy ochiq ko’ngillik va qat’iy ishonch bilan
qo’yiladigan   talablarsiz   hal   qilib   bo’lmaydi,   bu   ish   hamisha   talablardan
boshlanadi” - degan edi A.S.Makarenko.
Jamoani tashkil etish va jinslashtirishda tayanch yadro - aktivni tuzish va u
bilan ishlashni  yo’lga qo’yish katta ahamiyatga ega. Bu to’g’rida A.S.Makarenko
bunday   degan   edi:   "Men   ana   shy   o’g’il   bolalar   va   qizlarda   juda   ko’p   kamchilik
borligiga   qaramas   etim,   tezroq   mening   talablarimni   o’z   talablari   bilan   qo’llab   -
quvvatlab, umumiy yig’ishlari, guruhlarda o’z fikri bilan bayon etuvchi aktivistlar
guruhini to’plashga intilar edim". 
"O’yin o’ynamaydigan bolalar jamoai chinakam bolalar jamoa s i bo’lmaydi".
Quyi sinf o’quvchilardan tashkil topgan kolllektivda ishni yaqin istiqbollarni
qo’yishdan   boshlagan   ma’qul.   Masalan:   sinf   xonasini   tartibga   keltirish,   shahar
tashqariga sayr, zavodga ekskursiyaga borish, kino, spektakl ko’rish. 
O’quvchilarda   jamoaizmni   tarbiyalash   -   by   avvalo   sinf   boshlang’ich
kolekktivini   tarbiyalash,   o’quvchilar   hamda   sinf   jamoai   o’rtasida   to’g’ri   o’zaro
aloqalarni o’rnatishdan iborat. 
9 Ko’p   o’qituvchilar   o’quvchilar   jamoaida   tashabbuskorlik   yo’qligidan,
hamma   narsani   zo’rma   -   zo’raki   bajartirish   kerak,   deb   zorlanadilar.   Biroq
chinakkam   tashabbuskorlik   birdaniga   yuzaga   kelmaydi.   Buning   uchun   avvalo
bolalarni   qaziqtiradigan   kolllektiv   faoliyat   umumiy   maqsadga   erishish   uchun
kurashish tajribasi, shaxsiy manfatlarni jamoa manfaatlariga bo’ysundirish tajribasi
lozim.   O’quvchilar   oldiga   qo’yilgan   talablarning   murakkablashib   borishi,   bu
talablar   xarakterining  o’zgarishib   borishi.   o’quvchilarning   bir   -   biriga   qo’yadigan
talablari   bilan   ularning   o’zlari   qo’yadigan   talablari   bilan   o’zgarib   borishi   yotadi,
o’quvchilar   jamoasi   taraqqiyoti   bosqichlari   bir   necha   bosqichdan   iboratdir.
Birinchi   bosqich.   Bu   bosqichda   hali   jamoa   tuzilmagan,   hali   (jamoa)   aktiv   ajralib
chiqmagan, tarkib topmagan bo’lib, bu davrda jamoaning shaxs oldiga qo’yadigan
talabi   ham   mavjud   bo’lmaydi,   har   bir   o’quvchi   faqat   o’zi   uchun   javob   beradi,
o’quvchilar   hali   o’z   o’rtoqlariga   talab   qo’ya   olmaydilar.   Shuning   uchun   jamoa
taraqqiysini   by   bosqichida   o’qituvchining   talablari   qat’iy,   mustahkam,   izchil,
prinsipial   bo’lmog’i   lozim.   O’qituvchi   o’quvchilar   oldiga   yuksak   talablar   qo’yib
borish   bilan   birga,   o’z   atrofiga   aktiv   ham   to’plab   boradi.   Shunday   qilib,   birinchi
bosqich da pedagoglarning asosiy  vazifasi  kelgusida  jamoa yadrosi  bo’la oladigan
aktivni aniqlash va tuzishdan iborat bo’lmag’i kerak. 
Aktiv - o’qishga qiziquvchi, sinf, maktab obro’yini saqlab qolishga harakat
qiluvchi, o’qituvchining talablarini qo’llab - quvvatlovchi o’quvchilardir. 
Ikkinchi bosqich.  By bosqichda o’qituvchilarning aktiv bilan ish olib borishi,
ularni jipslashtira olishi, ularni ishlashga, jamoa ishining tashkilotchilari bo’lishga
o’rgatish bilan xarakterlanadi. Buning uchun tez - tez aktiv yig’ilishlarini o’tkazib
turish, ayrim muhim masalalar yuzasidan seminarlar o’tkazish va aktivlar ichidan
rahbarlik   ishlariga   ba’zi   o’quvchilarni   ajratish   zarur,   aktivistlar   oldiga   doimiy
suratda ish va intizomga doir darajadagi talablar qo’yib borish zarur, boshqalarga
nisbatan ulardan ko’proq talab qilish kerak.
Pedagog   aktivlar   e’tiborni   ularning   jamoa   organlari   bilan   ish   olib
borishlariga   qaratishi   lozim.   Boshlang’ich   jamoalar   har   bir   shaxsga   ta’sir
o’tkazuvchi sifatida mustahkamlangan taqdirdagina, aktiv jamoalar barcha a’zolari
10 bilan   muvaffaqiyatli   ish   olib   bora   oladi.   Bu   bosqichda   o’qituvchining   asosiy
vazifasi   aktivni   jamoa   organlari   bilan   ishlashga   o’rgantish,   boshlang’ich
jamoalarni mustahkamlashdan iborat bo’ladi. 
Uchinchi   bosqich.   Jamoa   hayotining   yuksalishi,   jamoa   munosabatlarining
tarkib   topishi,   jamoaning   shaxsga   ta’sir   kursatish   davri   bo’ladi.   Bu   bosqichda
o’quvchilar   jamoa   bo’lib   turli   xil   jamoatchilik   faoliyatlari   ta’sirida   kuchayadi.
Uchinchi   bosqichda   o’qituvchi   va   aktivlarning   talablarini   ko’pchilik   o’quvchilar
quvvatlaydilar.   O’qituvchi   talablari   oldingi   bosqichlardagidek   bo’ladi   O’qituvchi
shaxsga   boshlang’ich   jamoa   orqali   ta’sir   ko’rsatadi.   Bu   xilda   ta’sir   ko’rsatish
natijasida   ham   shaxs,   ham   jamoa   tarbiyalanadi.   Bunday   metodni   A.S.Makarenko
parallel ta’sir ko’rsatish deb atagan. 
Har   bir   shaxsga   alohida   -   alohida   qo’yilgan   talab   o’qituvchining
o’quvchilarga qo’yadigan umumiy talablaridan ham sezilarliroq, ta’sirliroq bo’ladi.
'Go’rtinchi bosqich  uchinchi bosqichning davomi hisoblanadi. Bu bosqichda
pedagogik   vazifalar   murakkablashadi.   Jamoaning   alohida   shaxsga   ta’sir   kursatish
doirasi  ancha kengayadi. Bu bosqichda jamoa muhokamasiga barcha masalalarni,
jumladan intizom, o’zlashtirish turmush masalalarini qo’yish mumkin.
Bolalar   jamoaini   taraqqiy   ettirishning   bu   yuksak   bosqichida   butun   jamoa
ayrim   -   ayrim   shaxsga   talablar   qo’yadi.   Bunda   o’quvchilarning   o’zlariga
qo’yadigan   talablari   boshqalarga   qo’yadigan   talablariga   nisbatan   yuqori   bo’ladi.
Jamoa   va   shaxs   faqat   tarbiya   subyektigina   bo’lib   qolmasdan,   shu   bilan   birga
tarbiya   obyekti   ham   hisoblanadi.   By   bosqichlar   jarayoni   bilan   jamoani   taraqqiy
ettirish va jamoa a’zolariga tarbiya berish tugamaydi. 
Jamoaning   bosqichlari   bilan   taraqqiy   ettirilishi   juda   murakkab,   ziddiyatli
chinakam   dialektik   prosessdir.   Jamoadagi   ayrim   shaxslar   jamoa   taraqqiyotidai
o’tib ketishi yoki undan orqada qolishi mumkin. Jamoani taraqqiy ettirishnnng bu
bosqichlari   o’rtasiga   chegara   qo’yish,   ajratish   mumkin   emas.   Jamoani   taraqqiy
ettirishda   o’qituvchining   roli   juda   katta.   U   jamoa   taraqqiyoti   qonunlarini   yaxshi
bilsa,   uning   harakatini   tezlashtirishi,   bilmasa   uni   susaytirishi   mumkin.   Jamoani
taraqqiy ettirishning har bir bosqichi o’zining boshqa bosqichlaridan farq qiladigan
11 xususiyatlariga   ega.   Masalan:   Jamoani   taraqqiy   kildirishning   ikkinchi   bosqichida
o’qituvchining   asosiy   vazifasi   aktiv   bilan   ishlash   bo’lsa,   undan   keyingi
bosqichlarda esa o’qituvchi “o’rtacha” o’quydigan o’quvchilarni aktiv o’quvchilar
qatoriga   o’tkazish   uchun   ular   bilan   ko’p   ish   olib   boradi.   Taraqqiyot
bosqichlarining har birida o’qituvchi shu bosqichga mos bo’lgan ish metodikasini
qo’llashi   kerak  bo’ladi.  Masalan:   u  birinchi  bosqichda   jamoani   bevosita  boshqrib
boradi, keyingi bosqichlarda esa aktiv va o’z - o’zini boshqarish orqali ta’sir qiladi.
A.S.Maxarenxo   "Pedagogik   tajribalarimdan   ba’zi   bir   xulosalar"   degan
maqolasida: "Tarbiyaning vazifasi kishilarni jamoa qilib tarbiyalashdan iboratdir",
- deydi.
Faoliyat  o’z -   o’zidan  jamoani  rivojlantirishda  yetakchi  darajada  tarbiyaviy
ahamiyatga ega bo’lmaydi, buning uchun unga sobitqadam rahbarlik kerak. Jamoa
faoliyatini tahlil etishda bolalarning yosh xususiyatlarini va jamoaning rivojlanish
darajasini   hisobga   olish   lozim.   Har   qanday   faoliyat   ham   uyushgan   jamoani
vujudga   keltirishda   kutilgan   natijalarni   bermaydi.   Avvalo,   faoliyat   maqsdlari
barcha   o’quvchilarga   tushunarli   va   qiziqarli   bo’lishi   kerak.   Quyi   sinf
o’quvchilariga faoliyat maqsadlarini o’qituvchilar tushuntirishlari zarur. 
Ijtimoiy foydali ahamiyatga ega bo’lgan natijalar beradigan faoliyat bolalar
jamoaini   rivojlantirishga   eng   ko’p   darajada   o’rdam   beradi.   Boshlang’ich   sinf
o’quvchilari   kutubxonada   kitoblarni   ta’mirlash   va   maktab   uchastkasida   ekinlarni
parvarish qilishga qiziqadilar va ularda bajonidil qatnashadilar. Hozirgi maktabda
o’quvchilar   ta’lim   jarayonida   jamoa   faoliyatini   tashkil   etish   uchun   jamoaning
frontal   ishidan,   o’quvchilarning   guruhlar   bo’yicha   ishlaridan   foydalanadilar.
Darsda   jamoa   faoliyatining   umumiy   maqsadini   qo’yadi   va   bilish   jarayonini   bir
o’quvchining ishtirokiga bog’liq bo’ladigan qilib ko’radi.
O’yin   bolalar   jamoaini   jipslashtiradigan   va   rivojlantiradigan   faoliyat
turlaridan biridir. Bolalar o’yiniga razm solinsa, ularning o’yinlari kattalar dunyosi
qanday aks etishini, ular o’yinida ko’rish mumkin. Boshlang’ich sinflarda bolalar
jamoaini   vujudga   keltirishida   o’ziga   xos   formasida   bo’lgan   –   rollarga   bo’lib
12 o’ynaladigan   yoki   ijodiy   o’yinlarga   alohida   o’rin   ajratiladi.   Masalan:   “Kosmik
sayohat qiladilar”, “Yangi shahar quradiliar”.
O’yin   faoliyatining   qimmati   shundaki,   o’yin   jarayonida   o’quvchilar
ko’pincha   turli   qiyinchiliklarni   yengadilar,   o’z   hatti-harakatlarini   boshqarishni
o’rganadilar.   O’yin   faoliyati   bolalarning   tengdoshlari   jamoaidagi,   hayot   maktabi,
mehnat maktabi va muomala maktabidir.
O’yin   jamoaizm   tuyg’usini   mustahkamlashga   yordam   beradi,   tashabbus   va
mustaqillikni   rivojlantiradi,   o’quvchilar   jamoa   hayotini   tashkil   etishning,
jamoachilik fazilatlarini shakllantirishning ajoyib shakli bo’ladi.
Perspektiv istiqbolli sistemasini  yaratish o’quvchilar jamoaini shakllantirish
yo’llaridan   biridir.   Jamoani   an’anadek   mustahkamlaydigan   hyech   narsa   yo’q,
degan A.S.Makarenko.
Jamoaning   o’quvchi   shaxsiga   ta’siri   avvalo,   faoliyat   jarayonida   amalga
oshiriladi.   Jamoa   maktab   o’quvchisiga   faoliyatning   muayyan   turida   o’z   o’rnini
topib   olishga   ko’maklashadi,   har   bir   o’quvchiga   o’z   kuchini   sarflaydigan   sohani
topish   imkonini   beradi.   Jamoani   tarbiyalashning   ahamiyati   shundan   iborat
bo’ladiki, u jamoaning mazmunli hayotini tashkil etish yordamida har bir o’quvchi
qobiliyati va iste’dodini namoyon etish uchun shart-sharoit yaratadi.
Kolllektivning shaxsga mnosabati jamoatchilik fikri yordamida ham amalga
oshiriladi.   Jamoatchilik   fikrining   o’zi   asta-sekin   shakllanadi.   Maktabning
boshlang’ich   sinflaridanoq   o’qituvchilar   o’quvchilarni   o’z   faoliyatlarini   tahlil
qilishga,   jamoadagi   o’rtoqlari   xulq-atvoriga   baho   berishga   jalb   etadilar,   bolalarni
topshiriqlarni   qanday   bajarilganligini   baholashga   o’rgatadilar.   Sinfda   vujudga
keltiriladigan sog’lom jamoatchilik fikri o’quvchilar jamoada ayrim bolalarga yoki
o’quvchilarning   butun-butun   guruhlarda   ta’sir   ko’rsatishga   yordam   beradi.
Jamoatchilik   fikri   yordamida   bolalar   ijtimoiy   munosabatlarning   butun   tizimini
egallaydilar, o’z xulq-atvorini boshqarishga o’rganadilar.
Jamoaning   shaxsga   ta’sir   ko’rsatish   shakllari   xilma-xildir:   o’quvchilar
yig’ilishlari   ham,   devoriy   gazeta,   o’zaro   munosabat   va   boshqalar   ham   shular
13 jumlasiga   kiradi.   O’quvchi   shaxsi   doimo   o’zgarib   va   takomillashib   boradi,   shu
sababli shaxsga ta’sir usullari doimiy bo’lishi mumkin emas, ular o’zgarib turadi. 
Jamoani   vujudga   keltirish   uzoq   davom   etadigan   jarayonidir.   "...Jamoa
hamda   shaxsning   ma’naviy   dunyosi   o’zaro   ta’sir   tufayli   shakllanadi.   Inson
jamoadan juda ko’p narsa oladi, lekin uni tashkil etuvchi kishilarning ko’p qirrali,
manaviy boy dunyosi bo’lmas   ekan, jamoa ham yo’qdir". Suxomlinskiy. 
...O’quv   mehnati   manfaatlari   o’quvchilarning   yagona   manfaatlari   bo’lib
qolmasligi   kerak.   Bolalarni   qurshab   olgan   hamma   narsa   ularni   jinslashtira   olishi
kerak.   Faqat   o’qish   faoliyati   asosida   jamoaizmni   tarbiyalamoqchi   bo’lgan
o’qituvchilar, shubhasiz muvaffaqiyatsizlikka uchraydilar, - degan Suxomlinskiy .
"Har   bir   inson   o’z   tabiati   bilan   shunday   yaratilganki,   u   yashash   va   oliy
darajadagi   yetukllikka   erishmoq   uchun   ko’p   narsalarga   muhtoj   bo’ladi   u   bir   o’zi
bunday   narsalarni   qo’lga   kirita   olmaydi.   Ularga   ega   bo’lish   uchun   insonlar
jamoasiga ehtiyoj sezadi", - deb ta’kidlagan A.N.Farobiy.
O’quvchi   shaxsini   shakllantirishda   sinfdan  va   maktabdan   tashqari   ishlarning
pedagogik ahamiyati.
Ta’lim to’g’risidagi Qonunning 17 moddasida «Maktabdan tashqari ta’limda
bolalar   va   o’smirlarning   yakka   tartibdagi   ehtiyojlarini   qodirish,   ularning   bo’sh
vaqti   va   dam   olishini   tashkil   etish   uchun   davlat   organlari,   jamoat   birlashmalari,
shuningdek,   boshqa   yuridik   va   jismoniy   shaxslar   madaniy   estetik,   ilmiy,
texnikaviy,   sport   va   boshqa   yo’nalishlarda   maktabdan   tashqari   ta’lim
muassasalarini tashkil etishlari mumkin. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalariga
bolalar   o’smirlar   ijodiyot   saroylari,   uylari,   klublari,   markazlari,   bolalar   sport
maktablari,   san’at   maktablari,   musiqa   maktablari,   studiyalar,   kutubxonalar,
sog’lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi» - deb ta’kidlangan.
Milliy  dasturda  «Maktabdan  tashqari  ta’limni   rivojlantirish,  uning  tizilmasi
va   mazmun-mundarijasini   takomillashtirish   vazifalarini   hal   etish   uchun
quyidagilarni amalga oshirish kerak:
Ta’lim   berish   va   kamol   toptirishga   yo’naltirilgan   xizmatlar   ko’rsatuvchi
muassasalar tarmog’ini va bunday xizmatlar turlarini ko’paytirish;
14 Milliy   pedagogik   qadriyatldarga   asoslangan   jahondagi   ilg’or   tajribani
inobatga oluvchi dasturlar va uslubiy materiallarni ishlab chiqish;
O’quvchilarning  bo’sh  vaqtlarini  tashkil  etishning,  shu  jumladan,  ommaviy
sport   va   jismoniy   sog’lomlashtirish   tadbirlarining,   bolalar   turizmining,   xalq
hunarmandchiligining   mavjud   turlari   va   shakllarini   takomillashtirish,   milliy
turlarini tiklash hamda amaliyotga joriy etish», - alohida ta’kidlanadi.
1.2  Sinf jamoasida psixologik muhitni o’rganishning ahamiyati
Insoniyat tarixi qanchalik qadimiy bo’lsa, insoniy munosabatlar, shaxslararo
ijtimoiy   munosabatlar   masalasi   ham   shu   darajada   ko’hna   va   hamisha   dolzarbdir.
Inson   tafakkuri   va   uning   aql-idrokiga   xos   bo’lgan   muhim   xususiyatlardan   biri
shuki, uning taraqqiyoti, eng avvalo, kishilik jamiyatidagi o’zaro munosabatlarning
qay darajada mukamalligi hamda insoniyligiga bog’liq. Shuning uchun ham har bir
shaxs va jamiyat uchun demokratik, insoniy munosabatlar  mezoni muhim va o’ta
ahamiyatlidir.   Zero,   demokratik   munosabatlar   ijtimoiy   muno sabatlarning   muhim
bir   shakli   sifatida   har   bir   mo’tadil   taraqqiy   etayotgan   insonning   ma’naviy,
irodaviy, intellektual, huquqiy hamda ma’rifiy barkamolligi negizini tashkil etadi.
Ijtimoiy   psixologik   munosabatlarning   psixologik   tabiatini   tahlil   qilar
ekanmiz,   uning   shaxs   kamoloti   va   salohiyatiga   ta’siri   masalasiga   alohida   to’xtab
o’tish joizdir, chunki aynan jamiyatda shaxslararo munosabatlarda shaxsda o’zini-
o’zi   anglash,   o’zini-o’zi   kamol   toptirish   jarayonlari   tezlashadi,   samimiy   insoniy
munosa batlar, inson haq-huquqini e’zozlashga asoslangan muno sabatlar shaxsning
o’zi   haqidagi   bilimlarini,   o’z   imkoniyatlarini   va   nasl-nasabini   aniqroq   hamda
to’g’riroq tasavvur qilishga imkon beradi.
Ikkinchidan,   aynan   to’g’ri   ijtimoiy   munosabatlar   o’zga   shaxslar   huquq   va
erkinliklarini   ham   anglash,   ularni   hurmat   qilishga   qaratilgan   tasavvurlar
majmuining bo’lishiga imkon yaratib, insoniy munosabatlarda mada niyat va iltifot
tamoyillariga amal qilinishiga sharoitlar yaratadi. 
Yuqorida   qayd   etilgan   ikki   jihat   oqibat   natijasida   inson   shaxsini   eng   oliy
qadriyatlar   sifatida   e’tirof   etilishi   va   unga   nisbatan   jamiyatdagi   yaxlit
15 munosabatlarining   o’zgarishi   tufayli   huquqiy   madaniyat   va   fuqarolarning   siyosiy
faolliklarini tobora oshib borishini ta’minlaydi. Shuning uchun ham tub islohotlar
jarayonlarini   boshidan   kechirayotgan   davlatimizda   iqtisodiy,   siyosiy   islohotlar
bilan   bir   qatorda   ma’naviy-ma’rifiy   islohotlarga   katta   e’tibor   qaratilmoqda.   Bu
o’rinda   shu   narsani   alohida   ta’kidlash   zarurki,   hozirgi   kunda   respublikamizda
amalga oshirilayotgan islohotlarning taqdiri yoshlarimizning ma’naviy qiyofasiga,
shaxsiy   barkamolligiga   bog’liq.   Bu   vazifalarni   amalga   oshirish   insoniy   o’zaro
munosabatlarda   demokratik   tamoyillarni   ongga   to’la   singdirishni   taqozo   etadi   va
ijti moiy   psixologiya   fani   oldiga   qator   vazifalarni   qo’yadi.   Bu   o’rinda   ko’plab
tadqiqotchilarni   uylantirayotgan   masala   shuki,   jamiyatda   rivojlanadigan   va   uning
ta’sirida   shakllanuvchi   shaxs   uchun   qanday   ijtimoiy   munosabatlar   muhiti   zarur
yoki boshqacha qilib aytganda, uning barkamolligi uchun maqbul shart-sharoitlarni
yaratish   mumkinmi   yoki   uning   progressiv   taraqqiyoti   uchun   muhim   bo’lgan
shaxslararo   munosabatlar   tizimini   yaratish   imkoniyati   bormi?   Bu   fikrning   paydo
bo’lishiga   sabab   ayrim   tadqiqotchilarda   jamiyat   ta’siridan   ko’ra,   shaxsning
bevosita   o’z   muhiti,   hattoki   yolg’izlik   ham   ijobiy   omil   bo’lishi   mumkin,   degan
fikrlari ham yo’q emas. Olimlarning ta’kidlashlaricha, yaponlar tarbiya maktabida
«maritao» deb nomlanuvchi tizim mavjud ekanki, unga ko’ra, o’smir yoki o’spirin
ma’lum taraqqiyot bosqichida yolg’izlikka mahkum etilar ekan. Bunda uni g’orga
yoki shunga o’xshash joyga yolg’iz qamab qo’yishar, hatto, o’zi bilan o’zi muloqot
qilishi   ham   ta’qiqlanarkan.   G’arb   tadqiqodchilari   (L.Simeonova   va   b.q.)   ushbu
jarayonning psixolo gik mohiyatini talqin qilar ekanlar, uning ikki jihatiga e’tiborni
qaratadi:   bir   tomondan,   bu   narsa   ijobiy   samara   berishi   mumkin,   chunki   odam
o’zini-o’zi anglash, o’ziga xolis baho berish, ijodiy rivoji uchun zarur imkoniyatni
o’zidan   qidirishga   muyassar   bo’ladi.   Lekin  ikkinchi   jihati   ham   borki,  unda   odam
o’zgalarda   xuddi   oynaga   qaraganday   o’z   aksini   ko’radi,   shu   tufayli   u   kishilar
jamiyati   talabi   va   qoidalariga   bo’ysunish,   o’zini-o’zi   mukammalashtirish
imkoniyatidan mahrum bo’ladi.
16 Yuqoridagi   fikrlardan   kelib   chiqqan   holda   sinf   jamoasida   sog’lom   ijtimoiy
psixologik muhitni vujudga keltirish uchun o’quvchilar tarbiyasida ularni yangicha
ijtimoiy munosabatlarga o’rgatishning ayrim jihatlari haqida fikr yuritamiz.
Birinchidan, ijtimoiy munosabatlar  yoshlar tarbiyasining barcha bosqichlari
va   jabhalarida   e’tiborga   molik   obyekt   sifatida   qaralmog’i   lozim.   Ya’ni   oilaviy
munosabatlardan   tortib,   to   mehnat   jamoalaridagi   munosabatlarda   inson   shaxsi,
individualligi,   betakrorligini   hurmat   qilish,   uning   o’z   iqtidori,   maslagi   va
imkoniyatlarini  qanday  bo’lsa,   xuddi   shundayligicha  tabiiy  tarzda  qabul  qilish   va
shu   asosda   uning   rivoji   uchun   maqbul   shart-sharoitlar   yaratish   maqsadga
muvofiqdir.   Oliy   o’quv   yurtlarida   bo’lg’usi   mutaxassislar   tayyorlashda   ularda
kasbiy   mahoratning   o’sishini   ta’minlovchi   ma’naviy   omillardan   biri   –   talabaning
shaxsiy  intilishi,  qiziqishi,  maslagi   nuqtai  nazaridan  o’z bilimiga va  malakalariga
muayyan   talablar   qo’ya   bilishdir.   Boshqacha   qilib   aytganda,   biz   ta’lim
«standart»lariga   to’la   javob   beradigan   shaxsni   mutaxassis   sifatida   bir   qolipda
tarbiyalashimiz   qiyin,   lekin   maqsadli   ta’lim-tarbiya   zaminida   har   bir   talabaning
rivojiga   turtki   berish,   uning   muomala   tafakkuri   o’sishiga   ta’sir   etish   usullarini
qo’llashda   eng   samarali   muomala   shakllarini   amaliyotga   tatbiq   etish   zarur.
Demokratik,   teng   huquqlilikka   asoslangan   o’zaro   munosabatlargina   talabaga
o’zini-o’zi anglash, kelajakda jamiyatga nima bera olishi haqida tasavvurlarga ega
bo’lish, o’z ruhiyatida «ichki tartib-intizom»ni joriy etish va shu asosda o’zini-o’zi
ruhiy-ma’naviy jihatdan tarbiyalash tizimini amalga oshirishga imkon beradi. Zero,
shaxs   ma’naviyati   rivoji   ham   avvalo   o’ zini-o’zi   anglash,   keyinchalik   o’ z
manfaatini  anglash va nihoyat  jamiyatni tanish  bosqichlarini taqozo etadi.
Ikkinchidan,   aynan   yangicha   demokratik   munosabatlar   yoshlarni   kasbga
to’g’ri   yo’naltirish,   o’z   iqtidori   doirasida   kasb   tanlash,   unga   to’g’ri   munosabatda
bo’lish,   boshqacha   qilib   aytganda,   bozor   munosabatlari   ehtiyojlari   va   talablariga
xos   hamda   har   bir   shaxsning   layoqatiga   va   maslagiga   mos   kasbni   tanlashga
yo’naltiradi. Bu jarayon keyinchalik mutaxassis uchun zarur bo’lgan kasb mahorati
va professionalizm uchun muhim zamin hozirlaydi.
17 Uchinchidan,   har   bir   shaxs   uchun   o’z   erkinligini   anglash,   o’ziga
munosabatlarning ijobiyligini his qilish muhim ahamiyat kasb etishini hisobga olar
ekanmiz, biz aynan demokratik tamoyillarning hayotda barqarorligi sharoitidagina
yigit-qizlarda   o’z   yaqinlariga,   oilasiga,   mehnat   yoki   ta’lim   muassasasiga,   el-
yurtiga sadoqat va mehr-muhabbat tuyg’ularini tarbiyalash mumkin. Zero, bu narsa
Vatanga   bo’lgan   muhabbatning,   yuksak   axloq   va   vatanparvarlikning   yaqqol
asosidir.   Shuni   alohida   ta’kidlash   mumkinki,   buyuk   allomalar,   zehn   va   qobiliyat
sohiblari   bo’lmish   insonlar   o’zini   ozod   va   erkin   his   qilgan   sharoitdagina,   ularga
ham betakror shaxs, ham sermahsul ijodkor sifatida qaragandagina ijodiy yuksalish
va   ilhomlanish   xislarini   boshlaridan   kechirganlar.   Mir   Alisher   Navoiyning   eng
nodir  asarlarida aynan  o’z  xalqiga, Vataniga va Allohga cheksiz  mehr-muhabbati
ifodalangan,   ular   xalqqa   muallif   mehr-muhabbati   jo’sh   o’rgan   damlarda
yaratilganligiga   hyech   shak-shubha   yo’q.   Shuning   uchun   yoshlarni   Vatanga
muhabbat, uning muqaddas tuprog’iga cheksiz mehr ruhida tarbiyalash mafkuraviy
ishlarning bosh mezonidir. 
Ma’lumki,   bugungi   tub   islohotlar   sharoitida   yoshlar   tarbiyasida   o’zini-o’zi
boshqarish   muammosi   katta   ahamiyatga   ega.   Uning   samaradorligi   shaxslararo
sog’lom,   samimiy   munosabatlar   mavjud   bo’lishini   taqozo   etadi.   Xo’sh,   buning
uchun nima qilish kerak?
Bugungi   kunda   talim-tarbiya   muassasalarini   isloh   qilish   za rur   ekan,   o’quv
rejalari   va   dasturlarini   zamonaviy   talablarga   muvofiqlashtirish   bilan   bir   qatorda,
har bir o’quvchi bilan o’quvchilar o’rtasida, o’quvchi bilan o’qituvchi-tarbiyachilar
o’rtasidagi   o’zaro   munosabatlar   tamoyillarini   tubdan   o’zgartirish   muam mosi
borligini   his  etishi  zarur. Yoshlarimizni   mustaqil   fikrlovchi, faol,  shijoatli, o’ziga
ishonuvchan,   zukko,   bilimdon,   demokratik   munosabatlarning   subyekti   qilib
tarbiyalashni   amalga   oshirish   uchun,   so’zsiz,   ijtimoiy   psi xologiya   va   uning
metodlari muhim rol o’ynaydi. U tarbiya jarayonini sof ijtimoiy munosabatlarning
mahsuli,   deb   qaraydi,   yangicha   fikrlash   va   tafakkurning   muhim   sharti   sifatida
demokratik   munosabatlarga   asoslangan   muomala   jarayonini   tahlil   qiladi.   Demak,
barcha   bo’lajak   pedagoglarga   maxsus   dasturlar   asosida   muomala   texnikasi   va
18 etiket asoslari  o’rgatilishi lozim. Ikkinchidan, uning asosida ta’lim beruvchi bilan
ta’lim   oluvchi   o’rtasidagi   yangicha   –   «subyekt-subyekt»   shakldagi   muomala
ustuvor bo’lishi  kerak. Bu munosabatlarning asl  mohiyati shundaki, endigi asosiy
vazifa   –   o’qituvchining   o’q itishi   emas,   balki   uni   «o’q ishga»   o’rgatish   orqali
ta’lim-tarbiya   jarayonining   faol   subyektiga   aylantirishdir.   Boshqacha   qilib
aytganda,   yangicha   mu nosabatlar   ta’lim   va   tarbiya   jarayonida   ishtirok   etuvchi
shaxslarning   munosabatlari   o’zaro   hurmat,   hamkorlik   va   bir-birini   tushunish
shartiga bo’ysungan bo’lishini taqo zo etadi.
Demak,   ijtimoiy   psixologik   bilimdonlikdan   ko’zlangan   asosiy   maqsad   –
yoshlarni   bo’lg’usi   ijtimoiy   faoliyatga   psixologik   jihatdan   tayyorlash,   ularda
insoniy   fazilatlar   shakllantirish,   kommunikativ   bilimdonlik   va   shaxslararo
muloqotning   murakkab   shakllariga   muvofiqlashuv   jarayonlarini   tezlashtirishdir.
Bugungi   talabalar   ertangi   kunning   bunyodkorlari,   vatanparvarlari,   mehnatsevar
insonlar,   jamoalarni   boshqaruvchi   ziyolilar   bo’lib   yetishishi   kerakligini   hisobga
olsak,   ulardagi   bilimdonlik   darajasi   va   ko’lamining   keng   bo’lishining   ahamiyati
shak-shubhasizdir. Zero, yuksak, teran va atroflicha fikr yurita oladigan va ijtimoiy
faoliyatidan el-yurtga naf yetkazadigan insonlargina kamolotga erishishi mumkin
19 II BOB. SINF JAMOASINI PSIXOLOGIK JI H ATDAN O’RGANIS H
METODLARI
2.1. Sinf jamoasi psixologik  o’rganis h ga doir metodik vositalar
  Sinf   jamoasini   o’rganishda   quyidagi   usullardan:   kuzatishlar,   suhbat,
sosiometriya,   so’rov   varaqalari   tarqatish   usulidan   foydalanish   maqsadga
muvofiqdir.
Sinf jamoasi tafsifnomasini o’rganish va uni tuzib chiqish
1.Sinf   jamoasi   to’g’risida   umumiy   ma’lumotlar   va   uni   shakllantirish   tarixi.
(O’quvchilar soni, ulardan o’g’il bolalar va qiz bolalar, yosh tarkibi,ikkinchi yilga
qolganlar   soni,   jamoa   qachon   tashkil   etilgan,   boshqa   jamoalar   bilan   qo’shilish
sodir bo’lganmi, sinf rahbarlarining almashinishi va hakozolar)
2.Sinf   jamoasining   rahbariyati   va   tashkil   etilishi:   sinfning   tashkiliy   o’zagi,
uning   faollari;   sinfboshi   va   uning   ishlari;   sinf   komsomol,   kamolat   tashkilotlari
faollar   tavsifnomasi(ularning   g’oyaviy   saviyasi,   tashabbuskorligi,   mustaqilligi   va
qat’iyati,   o’ziga   va   boshqalarga   talabchanligi,o’rtoqlari   o’rtasida   obro’si   va   u
nimalarga   asoslangan,   tashkilotchilik   qobiliyati,   ayrim   o’rtoqlariga   g’amxo’rligi,
jamoatchilik fikriga munosabati);
Jamoada   norasmiy   “yetakchilar”ning   mavjudligi,   ularning   sinfga   ta’sir
ko’rsatish   xususiyati,   uning   sabablari,   sinf   faollarining   “yetakchilar”ga
munosabati;”ezilganlar”ning   mavjudligi,   o’rtoqlarining   ularga   bo’lgan
munosabatini o’zgartirishning mumkin bo’lgan yo’llari;
Jamoa ichida o’zaro munosabatlar, jipslilik darajasi, guruhlarga ajralishning
mavjudligi   yoki   yo’qligi,   ularning   ichki   negizi   va   sinf   ishlaridan   manfaatdorlik
darajasi, o’zaro talabchanlik, mehribonlik, do’stona g’amxo’rlik, o’zaro yordam va
hurmat-ehtirom ko’rsatish; jamoada tanqid va o’z-o’zini tanqid o’g’il bolalar bilan
qiz   bolalar   o’rtasidagi   o’zaro   munosabatlarning   o’ziga   xos   xususiyatlari;
jamoaning   ayrim   a’zolari   o’rtasidagi   o’rtoqlik   va   do’stlikning   namoyon   bo’lishi,
uning   ichki   negizi;   jamoadagi   ayrim   azolarning   hissiy   jihatdan   “yaxshiligi”va
“yomonligi”;
20 Sinf   rahbarining   shaxsi(ma’lumot   darajasi,   umumiy   madaniyati,
tashkilotchilik   qobiliyatlari,   o’quvchilar   ruhiyatini,   qiziqishlarini   va   hakozolarni
bilishi)   hamda   jamoaga   ta’siri;jamoaning   sinf   rahbarining   o’quvchilar   o’rtasidagi
obro’si.
3.Jamoa faoliyatining mazmun va xususiyati:o’quv faoliyati (o’zlashtirish va
intizomga   umumiy   tavsifnomasi),   ayrim   o’quvchilarning   o’zlashtirish   ustidan
nazorat o’rnatilganligi, ularga sinf rahbarining, sinf faollarining talablari va o’quv
faoliyati   jarayoni   (darslarda   va   uyga   berilgan   vazifalarni   bajarishda);   o’quv
ishlaridagi   salbiy   jihatlar   (shpargalkalar,   aytib   berishlar,   ko’chirib   yozishlar   va
hokozolar);
jamoaning   o’quv   mashg’ulotlaridan   tashqari   hayoti;   zamonaviy   siyosiy
voqyealarga,   musiqa   va   san’atga,   adabiyotga,   sportga,   kolleksiyalar   to’plash   va
hakozolarga   qiziqishi;bu   qiziqishning   namoyon   bo’lish   shakllari   (   kitobxonlar
koferensiyalari,   teatr,   kinoga   borish,   ko’rilgan   narsalarni   muhokama   qilish,
muzakorolar   o’tkazish   va   hakozalar),   sinf   jamoasining   umummaktab   hayotida
ishtirok etishi
ijtimoiy   foydali   mehnat   va   uning   jamoaning   sinfdan   tashqari,   hayotida
tutgan   o’rni;   mehnatning   turlari   va   ularni   bajarish   xarakteri,   ongli   intizomning
namoyon bo’lishi.
4.   Umumiy   xulosalar.   Jamoaning   rivojlanish   darajasi   (bosqichi).Umumiy
hissiy   vaziyat   xususiyati(tetik,   hushchaqchaq,sust,   jiddiy,   asabiy   va   hakozo),
intizomliligi.   Jamoa   hayotini   tashkil   etishdagi,   jamoa   a’zolari   o’zaro
munosabatlaridagi asosiy kamchiliklarni aniqlash, ularga barham berish yo’llari.
O’quvc h ilar jamoasini o’rganis h ga doir materialar
Sinf   jamoasini   psixologik   tavsifnomasini   tuzib   chiqish   vaqtida   uning
tarbiyaviy imkoniyatlari jihatidan qarab chiqish ham maqsadga muvofiqdir.
A.S.   Makarenko   ta’kidlab   o’tganidek,   jamoda   odamlarni   jamiyatga   foydali
bo’lgan   faoliyat   birlashtiradi.   Bu   esa   avvalo   jamoa   hayoti   va   faoliyatining
xususiyati   va   mazmuniga   bog’liqdir.   Shuning   uchun   ham   sinf   nima   bilan
21 yashayotganligi,   uning   hayoti   to’laqonli   mazmun   bilan   boyitilganmi   yoki
boyitilmaganligini bilib olish muhumdir.
Maktab o’quvchilari faoliyatining asosiy turi o’qishdir. Shuning uchun ham
unga sinf jamoasining munosabatini;  jamoa o’zining o’quv vazifalariga qanchalik
vijdonan munosabatda bo’layotganligini, qanday o’quv fanlariga qiziqishi va nima
uchun qiziqishini  aniqlash  zarur. O’qishga  bo’lgan chuqur  qiziqish faqat  sinfning
o’zlashtirishda   emas,   balki   fan   to’garaklarining   ishida,   konferensiyalar,
olimpiadalar va hakozolarda ishtirok etishida ham namoyon bo’ladi.
Bu   faoliyat   bolalarni   qanchalik   birlashtirayotganiga,   ular   bir-birlariga
yordam  ko’rsatishlariga,o’z o’rtoqlarining muvafaqiyatlariga va mag’lubiyatlariga
qanday   munosabatda   bo’lishlariga   butun   sinfning   yuqori   o’zlashtirishi   uchun
kurash olib borishlari yoki olib bormasliklariga diqqatni qaratish muhimdir.
Jamoaning   mashg’ulotlardan   tashqari   vaqtdagi   hayotini   ham   bilib   olish,
o’quvchilarning   ijtimoiy   mehnatda   ishtiyoq   bilan   qatnashishlari   yoki   faqat
birgalikdagi   ishlar,   sayrlarga   intilishlarini   ham   aniqlash   zarur.   Agar   jamoa
ahamiyatli   va   muhim   ishlar   bilan   birlashgan   bo’lsa,   mehnat   hamkorligi,   o’zaro
yordam   namoyon   bo’ladi.   Har   kim   umumiy   ishga   qo’shilar   ekan,o’zining   unga
daxldor   ekanligini   xis   qiladi,   ijtimoiy   xulq-atvorining   zarur   normalarni
o’zlashtiradi.
Sinf faoliyatining mazmunini va shaklini tahlil qilganda, uning hayoti butun
maktab   jamoasining   hayoti   bilan   bog’langanligini   alohida   qayd   qilish
kerak.Maktab   jamoasi   esa   jamiyatining   bir   qismi   hisoblanadi.   Umummaktab
jamoasining vazifasi  boshlang’ich jamoa bilan butun jamiyat o’rtasida bog’lovchi
bo’g’in   bo’lib   xizmat   qilishdan   iboratdar.Shunday   qilib,   tavsifnomada   sinfning
maktab   hayotiga   daxldorligini   yoki,   aksincha,   uning   o’z   tor   guruhiy   manfaatlari
doirasida ajralib qolishga, alohida bo’lib olishga, o’zini boshqalarga qarama-qarshi
qo’yishga   intilishini,   bu   hol   ko’pincha   guruhbozlik,umumiy   kafillik   kabi   salbiy
xususiyatlarning namoyon bo’lishiga olib kelishini  qayd qilish lozimdir. Sinfning
psixologik-pedagogik   jihatdan   tahlil   qilganda   uning   faoliyati   mazmuni   va
shakllarini   aniqlash   bilan   bir   qatorda   istiqbolga   mo’ljallangan   yo’llar   ham
22 mavjudligini   belgilab   chiqish   lozim.Har   bir   bolalar   jamoasi   va   ayrim
tarbiyalanuvchining ayni vaqtda yaqin istiqbollari ( kinoga, yaxmalakka borish va
hakozo), o’rta istiqboli ( yozda sayohatga chiqish, jismoniy tarbiya musobaqalari)
va   uzoq   istiqboli(   sevimli   kasbni   egallashi)   bo’ladi.   Bu   siz   jamoa   rivojlana
olmaydi.   Psixologik-pedogogik   tavsifnomada   sinf   jamoasi   o’zining   boshqarish
sistemasiga ega bo’lgan ijtimoiy organ sifatida namoyon bo’lishi lozim.
Har   qanday   kuchli   va   zaif   jamoa   raxbarlikka   muxtojdir.   Bu   raxbarlik,
birinchidan,   sinf   raxbari   tomonidan   va,     ikkinchidan,   bolalarning   o’zini-o’zi
boshqarish   organi   (   o’quvchilarning   kamolot   tashkilotlari)   tomonidan   amalga
oshiriladi.   Shuning   uchun   ham   tavsifnomada   sinf   raxbarining   shaxsi   ochib
berilishi,   uning   bolalar   jamoasini   jipslashtirishdagi   o’rni   ko’rsatib   berilishi,   shu
munosabat   bilan   uning   tashkilotchilik   qobiliyatlari   taxlil   qilinishi   kerak.   Bu
qobiliyatlar   vazifalar   va   ishlarni   har   bir   o’quvachining   o’ziga   xos   xususiyatlariga
muvofiq   ravishda   taqsimlay   bilishda,   hammaga   yaqin   va   qiziqarli   bo’lgan   ishni
topaolishda, topshiriq berishda, ijroni talab qilishda namoyon bo’ladi.
Psixolog-pedogogik   tavsifnomada   sinf   o’quvchilari   jamoasi,   bolalarning
o’zini-o’zi boshqarish organlarining xususityati tahlil qilib berilishi kerak. Faollar
mavjud bo’lganligi tufayli jamoada bolalar o’rtasida muayyan munosabatlar qaror
topadi, ular talabchanlik va mas’uliyat,  tanqid  va o’zini-o’zi tanqid bilan, buyruq
berish   va   bo’ysinish   mahorati   bilan   ajralib   turadi.   Aynan   huddi   shu   fazilatlarga
birinchi   navbatda   e’tibor   berish   zarur.   Bundan   tashqari,   sinf   faollari   jamoaga
qanchalik   ijobiy   ta’sir   ko’rsatishini,   o’ziga   yuklangan   vazifalarni   bajara   oldimi-
yo’qmi, obro’-etiborga sazovormi- yo’qmi, ana shularni aniqlash ham muhimdir.
Psixologik- pedogogik tavsifnomada sinf jamoasining rivojlanish darajasini,
shakllanganlik   darajasini   aniqlab   chiqish   zarur.   Jamoa,   A.   S.   Makorenkoning
fikriga   ko’ra,   jonli   ijtimoiy   organizm   bo’lib,   o’zining   yoshiga   egadir,   u
rivojlanishning   muayyan   darajasida   turadi.   U   rivojlanigsh   jarayonida   muayyan
sifat   o’zgarishlariga   duchor   bo’ladi.   Jamoa   rivojlanish   darajasining   asosiy
ko’rsatkichi   jamoaning   ayrim   shaxsga   nisbatan   va   shaxsning   o’z-o’ziga   nisbatan
qo’yadigan talablarining xususiyati va darajasi hisoblanadi.
23 Masalan   jamoa   rivojlanishining   yuqori   darajasiga   erishgan   chog’dagina
o’quvchilarga o’z o’rtoqlaridan birortasining xulq-atvorini  sinf  majlisida mustaqil
ravishda,   o’qituvchining   ishtirokisiz   muxokama   qilish   va   bu   masala   xususida   bir
qarorga kelishni ishonib topshirish mumkin. O’qituvchining ishtirokisiz vijdonlilik
xususida   mustaqil   ish   olib   borish   tarbiyaviy   ish   usuli   sifatida   rivojlanishning
uchinchi bosqichida amalga oshirilishi mumkin.
Tavsifnomada   jamoa   bilan   bundan   keyingi   olib   boriladigan   ish   xususidagi
pedagogik xulosaga uning rivojlanish darajasini aniqlash asosida kelish kerak . 
Tahlil   qilish   chog’ida   jamoaning   an’analarini   aniqlash   va   o’rganish   zarur.
Ularda   vujudga   kelgan   jamoatchilik   fikri,   didlari   ,   qiziqishlari,   maktabga
munosabat   , bir-biriga  va tarbiyachilarga bo’lgan  munosabat   o’z  ifodasini   topadi.
Muayyan hulq atvor normalari an’anaviy bo’lib qolishi mumkin («bizda bir-birdan
ko’chirmaydilar,   bir-birlariga   aytib   turmaydilar»,   «biz   bir-birimizga   yordam
beramiz»,   «o’g’il   bolalar   qiz   bolalarga   mehribondirlar»).   Jamoaning   an’analarida
uning   ruxi , kayfiyati, aniq ishlari (bayramlari, yurishlari, o’yinlari va xakozalar)
namoyon bo’ladi, uning mustahkamligi va kuchi ifodalanadi. Shuning uchun ham
sinfning   psixologik-   pedagogik   tavsifnomasida   uning   xayotiga   xos   anashu
tomonini ham qayd qilib o’tish zarur. 
Intizomlilik   jamoaning   rivojlanish   darajasini   ko’rsatadigan   hususyatlardan
biridir. Agar jamoa yuqori darajada uyushgan bo’lsa, u holda intizom bu faqat eng
oddiy   tartib   emas   ,   balki   burchni   bajarishga   bo’lgan   hozirlikdir.   Shuning   uchun
ham   yaxshi   intizomning   sabablarini   aniqlab   chiqish   muhimdir.   Bu   sabablar
jumlasiga jazolanishdan qo’rqish yoki o’zining burchini chuqur anglab etish kiradi.
Bu haqda  faqat  bolalarning darsda o’zlarini  qanday tutushlariga qarab emas,balki
sinfga, maktabga, jamiyat uchun lozim bo’lgan narsani qanday bajarishlariga qarab
ham xulosa chiqarish kerak.
Nihoyat, sinfda qaror topgan shaxslararo munosabatlarga ham e’tibor berish
kerak,   chunki   bu   munosabatlar   sistemasi   ko’p   jihatdan   jamoaning   shaxsga
ko’rsatadigan   tarbiyalovchi   ta’sirini   ham   ,   uning   hussiy   muhitini   ham   belgilab
beradi.   A.S.   Makarenko   ko’tarinki   ,   tetik,   shavq-zavqli   ruhni   yuksak   darajada
24 qadrlar   edi.   Jamoada   o’quvchilar   o’rtasidagi   munosabatlar   ishchanlik   va   shaxsiy
yo’nalishlar   bo’yicha   rivojlanadi.   Ishchanlik   munosabatlari   har   bir   o’quvchining
ijtimoiy   vazifasi     bilan   belgilanadi,   shu   sababli   ular   talab   qilishlari   ,   nazorat
qilishlari   mumkin,   bir   kishi   boshqasiga   bo’ysunishi,   topshirilgan   ishni   bajarishi
kerak  va   hakozo.   Lekin   shu   bilan  birga  bolalar   shaxs   sifatida   bir-birlariga   befarq
munosabatda   bo’ladilar,birovlarga   hayrihohlik   bilan   qarasalar   ,   boshqalarga
befarqlik   bilan   yoki   umuman   e’tiborsiz   qaraydilar;   kimlargadir   intiladilar,   ular
bilan   do’stlashishga   intiladilar,   boshqalarni   esa   ichdan   rad   qiladilar.   Bu   ichki
shaxslararo   munosabatlar   har   bir   o’quvchining   hayotiga   va   umuman   jamoaning
faoliyatiga   kuchli   ta’sir   ko’rsatadi.   Maxsus   tadqiqotlarning   ko’rsatishiga
qaraganda, sinfdagi har bir o’quvchida o’zining kichik muhiti mavjud bo’lib , uana
shu   muhitga   qabul   qilingan   bo’ladi   va   unda   o’z   o’rnini   egallaydi,   o’z   vazifasini
bajaradi. Bu yerda o’ziga xos munosabatlar, ahloq, o’zining yozilmagan qonunlari
qaror topadi. Bordi-yu , agar kichik guruhlar hayotining mazmuni sinf talablariga
zid   kelib   qolsa,   bu   hol   uningtarbiyaviy   imkoniyatlarini   cheklab   qo’yadi   yoki
umuman   yo’qqa   chiqaradi.   Pedagogning   bolalar   o’rtasidagi   shaxslararo   real
munosabatlarga   mos   kelavermasligi   mumkin.   Sinfboshilari,   sinf   faollari   hamisha
ham,   har   doim   ham   eng   obro’li   va   sevimli   bo’lavermaydilar.   Ko’pincha   sinfda
hyech   qanday   ma’sulyatli   vazifalarni   bajarmaydigan   o’quvchilar   mashhur
bo’ladilar. Shu bilan birga, ular ko’p hollarda bolalarga kuchli ta’sir ko’rsatadilar.
O’qituvchi  tarbiyaviy  ishda   alohida  e’tibor   berishni  talab  qiladagan   o’quvchilarni
aniqlash uchun , shuningdek norasmiy «yetakchi»larning yomon ta’siriga barham
berish   uchun   tegishli   ma’sulyatli   vazifalarga   to’g’ri   odam   tanlashda   shaxsiy
munosabatlar   sistemasida   har   bir   o’quvchining   tutgan   o’rnini   bilishi   zarur   va
hakozo.
Jamoaning   tashkiliy   tuzilishiga   shaxslararo   munosabatlar   tuzilishiga
qanchalik yaqinroq bo’lsa, sinf shu qadar jipslashganroq bo’ladi, uning tarbiyaviy
imkoniyatlari ham shunchalik ko’proq ro’yobga chiqadi.
Shaxslararo   munosabatlar   asosan   guruh   sharoitida,   shaxs   ma’lum   insonlar
davrasida,   guruhida,   jamoada   bo’lgan   taqdirda   ro’y   beradi.   Shuning   uchun   ham
25 mutaxassislar   jamoalarda   ro’y   beradigan   shaxslararo   ta’sirning   qonuniyatlari   va
mexanizmlarini   bilishlari   va   ularni   guruhda   odamlar   mehnatini   tashkil   etishda
albatta inobatga olishlari kerak.
Har   bir   shaxsning   fe’l   —   atvorida,   xatti-harakatlarida   u   mansub   bo’lgan
millat,   xalq,   xudud,  professoinal   toifa,   mehnat   qiladigan  jamoasi,   yaqin   atrofdagi
muqim guruhi, oilasining ta’siridan paydo bo’lgan sifatlari va xususiyatlari bo’ladi.
Tarixiy shart-sharoit, davr, davlat tuzimi va o’sha jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy va
mafkuraviy   ta’sirlar   haqida   yuqorida   gapirgan   edik.   Bu   ta’sir   makro   bosqichdagi
ta’sirlar   deb   atalib,   yaqin   muhitning   tasiri   —   mikro   bosqichdagi   ta’sirlar   deb
yuritiladi.   Ikkala   bosqichdagi   ta’sirlar   ham   ijtimoiy   psixologik   nuqtai   nazardan
ahamiyatli  va  tarbiyaviy mohiyatga  egadir. Chunki  har   bir   sharoitda shaxs  o’ziga
xos   ijtimoiy   rollarni   bajaradi   va   o’zining   «qiyofasini»   namoyon   etadi.   Mehnat
jamoasida   professional   rollarni   bajarish   jarayonidagi   xulq-atvori   shaxsning
ma’naviy   va   psixologik   ko’rinishidagi   asosiy   omil   bo’lib,   katta   yoshdagi   odam
psixologiyasini   tubdan   o’zgartirish   uchun   uning   professional   faoliyatini   ham
o’zgartirish kerak, deyiladi.
Shunday qilib, shaxsga bir vaqtning o’zida turli ijtimoiy guruhlarning ta’siri
bo’lib   turadi.   To’g’ri,   ma’lum   davrda   bir   ijtimoiy   guruhning   shaxsga   ta’siri
sezilarliroq   va   ahamiyatliroq,   ikkinchisiniki   esa   sal   kamroq   bo’ladi.   Masalan,
o’quvchilik   yillarida   maktabdagi   o’quvchilar   guruhining   ta’siri   mahalladagi
o’rtoqlar davrasinikidan kuchliroq bo’lishi, yangi  xonadonga kelin bo’lib tushgan
qiz   uchun   yangi   oila   muhitining   ta’siri   talabalik   guruhinikidan   kuchliroq   bo’lishi
tabiiy.   Lekin   har   bir   alohida   daqiqada   biz   doimo   ma’lum   guruhlar   ta’sirida
bo’lamiz.   Ho’sh,   guruhning   o’zi   nima?   Guruh   —   ma’lum   ijtimoiy   faoliyat
maqsadlari   asosida   to’plangan,   muloqot   ehtiyojlari   qondiriladigan   insonlar
uyushmasidir . Demak, guruh uchun ikkita asosiy mezon mavjud: biror faoliyatning
bo’lishligi   (mehnat,   o’qish,   o’yin,   muloqot,   maishiy   manfaatlar)   hamda   u   yerda
odamlarning o’zaro muloqoti uchun imkoniyatning mavjudligi.
Har   bir   shaxs   uchun   taraqqiyotning   har   bir   alohida   bosqichida   shunday
odamlar   guruhi   bo’ladiki,   u   ularning   niyatlari,   qiziqishlari,   harakat   normalari,
26 g’oya va fikrlariga ergashishga tayyor bo’ladi, harakatlaridan andoza oladi, ularga
taqlid qiladi. Bunday guruh psixologiyada   referent guru h   deb ataladi. Amerikalik
sosiologlar referent guruhlarning bir necha turlarini farqlaydilar.
Normativ   guruhlar   —   bu   shaxs   uchun   shunday   insonlar   guruhiki,   ularning
normalarini   u   ma’qullaydi,   ularga   amal   qilishga   hamisha   tayyor   bo’ladi.   Bunday
guruhlarga birinchi nav-batda oilani, diniy yoki milliy uyushmalarni, professoinal
guruhlarni   kiritish   mumkin.   Masalan,   o’zbek   xalqi   uchun   dasturxon   atrofiga
o’tirgan   zahoti   yuzga   fotiha   tortish,   mezbonlarning   mehmonlarga   «Xush
kelibsizlar»   deyishlari   norma   hisoblanadi   va   har   bir   oilada   shunday   xarakatlarga
nisbatan ijobiy ustanovka shakllanadi. Bunda bola uchun referent rolini ota-onasi,
kattalar, mahalladagi xurmatli insonlar o’ynaydi.
Qiyoslas h   guru h lari   —   bu   shunday   guruhki,   shaxs   o’sha   guruhga   kirishni,
uning   ma’qullashiga   muhtoj   bo’lmaydi,   lekin   o’z   harakatlarini   yo’lga   solishda
unga asoslanadi va korreksiya qiladi. Masalan, talabalar guruhida shunday yoshlar
bo’lishi   mumkinki,   shaxs   ular   bilan   umuman   muloqotda   bo’lmaydi,   ularning
fikrlari   yoki   qarashlarini   yoqlamaydi,   lekin   bu   guruh   aynan   o’shalarga
o’xshamaslik   va   o’z   ustida   ko’proq   ishlashga   o’zini   safarbar   qilish   uchun   kerak.
Yoki   talaba   yoshlar   sessiya   yakunlariga   ko’ra   differensial   stipendiya   oladilar.
O’rtacha   o’zlashtiruvchi   talaba   uchun   «hamma   talabalar»   oladigan   stipendiya
miqdorini nazarda tutib, o’zini tinchlantiradi, a’lochi esa, o’zinikini nafaqat oddiy,
o’rtachalar   bilan   balki,   davlat   stipendiyalari   oladiganlar   bilan   ham   solishtiradi.
Ko’rsatgichlar   qanchalik   yuqori   bo’lsa,   shunga   mos   da’vogarlik   darajasi   ham
yuqori bo’ladi, shaxsning qiyoslash guruhlari ham ortiqroq bo’ladi.
Negativ guru h lar   — shundayki, shaxs ularning xatti-harakatlaridan ataylab
voz   kechadi,   chunki   ular   shaxsiy   qarashlardan   mutloq   farq   qiladi.   Masalan,   ikki
qo’shni bir-biri bilan murosalari kelishmasa, xattoki, devorlarini oqlashda ham biri
tanlagan   rangni   ikkinchisi   tanlamaydi.   Biri   «oq»   desa,   ikkinchisi   —   aksincha,
«qora» deb turaveradi.
Jamoalarda psixologik o’zaro moslik.  Guruh hayoti va undagi a’zolarning
o’zlarini yaxshi xis qilishlari ko’p jihatdan ularning hamkorlikda ishlay olishlari va
27 bir-birlariga ijobiy munosabatda bo’la olishlariga bog’liq. Bu hodisani tushuntirish
uchun   psixologiyada   psixologik   moslik   tushunchasi   mavjud.   Psixologik   moslik
deganda , guruh a’zolari sifatlari va qarashlarining aynanligi emas, balki ular ayrim
sifatlarining   mos   kelishi,   qolganlarining   kerak   bo’lsa,   tafovut   qilishi   nazarda
tutiladi. Moslikning mezoni sifatida
N.   Obozov   quyidagilarni   ajratadi:   a)   faoliyat   natijalari;   b)   a’zolarning
sarflagan kuch-energiyalari; v) faoliyatdan qoniqish.
Ikki   xil   o’zaro   moslik   farqlanadi:   psixofiziologik   va   ijtimoiy   psixologik.
Birinchi xolatda faoliyat jarayonida odamlarning bir xil va mos tarzda harakat qila
olishlari,   reaksiyalar   mosligi,   ish   ritmi   va   tempidagi   uyg’unliklar   nazarda   tutilsa,
ikkinchisida   ijtimoiy   xulqdagi   moslik   —   ustanovkalar   birligi,   ehtiyoj   va
qiziqishlar, qarashlardagi monandlik, yo’nalishlar birligi nazarda tutiladi. Birinchi
xil  moslik ko’proq konveyer  usulida ishlanadigan sanoat  korxonalari  xodimlarida
samarali   bo’lsa,   bu   oliygoh   o’qituvchilari,   ijodiy   kasb   egalarida   iloji   yo’q   va
bo’lishi   mumkin   emas,   ularda   ko’proq   ijtimoiy   psixologik   moslikning   ahamiyati
kattadir.
O’tkazilgan   tadqiqotlar   psixologik   moslikning   ko’plab   qirralari   bo’lishi
mumkinligini isbot qildi. Asosan shuni unutmaslik kerakki, qaysi faoliyat va uning
maqsadi odamlarni birlashtirgan bo’lsa, o’sha maqsadni  idrok qilish va birgalikda
anglash istagida uyg’unlikning bo’lishi katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’ladi.
Gruppaviy   qarorlar   qabul   qilis    h   da   o’zaro   ta’sir   masalasi.      Guruhda
odamlarning   bir-birlarini   yoqtirishlari   yoki   aksincha,   inkor   qilishlari   ko’pincha
turli   xil   qarorlar   qabul   qilish   jarayonida   ro’y   beradi.   Gruppaviy   qarorlar   qabul
qilish individual qarorlar qabul qilish jarayonidan tubdan farq qilmaydi. Ikkalasida
ham avval  muammo aniqlanadi, ma’lumotlar to’planadi, bir nechta takliflar ilgari
suriladi   va   nihoyat,   eng   ma’quli   qabul   qilinadi.   Lekin   guruhda   bu   jarayon   biroz
boshqacharoq   kechadi   va   nizolar   ko’pincha   aynan   shu   jarayon   bilan   bog’liq
bo’ladi.
Amerikalik psixolog T. Mitchellning fikricha, o’zaro ta’sir gruppa sharoitida
quyidagi   omillar   vositasida   ro’y   beradi:   1)   ayrim   a’zolar   boshqalariga   nisbatan
28 ko’proq gapirishga moyil bo’ladilar; 2) yuqoriroq mavqyega ega bo’lgan shaxslar
qarorlar chiqarish jarayonida ham boshqalarga tazyiq o’tkazishadi; 3) guruhda ko’p
vaqt   o’zaro   fikrlardagi   kelishmovchiliklarning   oldini   olishga   ketib   qoladi;   4)
guruhda   ayrim   odamlar   ta’sirida   asosiy   maqsaddan   chetlash   va   maqsadga
nomuvofiq   qarorlar   qabul   qilish   xollari   kuzatiladi;   5)   barcha   a’zolar   o’zlari
sezmagan   xolda   konformlilikka   berilishlari   va   guruh   ta’siriga   tushib   qoladilar.
Shuning   uchun   ham   ba’zan   majlisni   olib   boruvchi   rais   kun   tartibini   e’lon   qilgan
bo’lsa-da, undan chalg’ib ketishi va o’rinsiz qarorlar qabul qilishi mumkin.
Lekin   gruppaviy   qarorlar   qabul   qilish   jarayonining  eng   katta  ijobiy   tomoni
shundaki,  unda   ko’plab  fikrlar   tug’iladi  va   o’rtaga  tashlanadi.   Bu  fikrlar   shunday
sharoit   yaratadiki,   oxir-oqibat   alohida   individual   fikrlardan   biroz   bo’lsa-da,   farq
qiladigan  original   yangi   fikr   paydo  bo’ladi.  Shuning   uchun  ham   rahbarlik   san’ati
ko’pchilik fikriga tayangan holda oxirida eng ma’qul qarorga kela olishdir. Lekin
salbiy   tomoni   shundaki,   gruppaviy   muzokara   va   qarorlar   qabul   qilish   jarayoni
ba’zi   a’zolarda   loqaydlik   («Menga   nima,   ular   gapirishyapti-ku»   kabi),
tashabbussizlik   («Baribir   meniki   qabul   qilinmaydi,   gapirim   nima   qildim?»   kabi)
illatlarini ham paydo qilishi mumkin. Bu o’sha muhitda ayrim odamlar fikri doimo
qo’llab-quvvatlangan,   ayrim   odamlarga   e’tibor,   imtiyoz   berilgan   sharoitlarda
rahbarning aybi bilan ro’y beradi.
2.2 Sinf jamoasidagi psixologik muhitni o’rganishda sotsiometrik
metodidan foydalanish
Sinf   jamoasi   va   jamoa   azolari   to’g’risida   gap   ketganda,   ko’pincha   uning
«ma’naviy   muhiti»,   «psixologik   muhiti»   degan   iboralar   ishlatiladi.   Chunki   bu
narsa   o’sha   yerdagi   ishning   yaxshiligi,   faoliyatning   samarasi   bilan   bog’lanadi.
Ijtimoiy   psixologik   muhit   deganda,   biz   o’sha   guruhning   a’zolari   fikrlari,
hissiyotlari,   dunyoqarashi,   ustanovkalar   va   o’zaro   munosabatlaridan   iborat
bo’lgan emosional-intelletual xolatni tushunamiz . Bu o’rindagi asosiy omil — bu
a’zolarning   o’zaro   munosabatlaridir.   Ma’lumki,   o’zaro   munosabatlar   ish
yuzasidan,   faoliyat   maqsadlari   va   mazmuni   bilan   hamda   bevosita   bir-birlarini
29 yoqtirish-yoqtirmaslikka   asoslangan   insoniy   emosional   hissiyotlar   ko’rinishida
bo’lishi   mumkin.   Professional   faoliyatni   bajarish   jarayonida   tabiiy   birinchi   tipli
munosabatlar ustivor bo’lib, ikkinchilarining xarakteri birinchisidan kelib chiqadi.
Do’stlar   to’plangan   davradagi   muhit   esa   aksincha,   bevosita   simpatiyalarga
tayanadi.
Ijtimoiy psixologiyada ana shunday psixologik muhitni eksperimental tarzda
o’rganishga katta e’tibor beriladi. Eng keng tarqalgan usullardan biri sosiometriya
bo’lib,   uning   asoschisi   amerikalik   olim   Jon   Moreno   hisoblanadi.   Sosiometriya
lotincha   «so   cietas»   —   jamiyat,   va   «metreo»   —   o’lchayman   so’zlaridan   olingan
bo’lib,   guruhdagi   shaxslararo   munosabatlarni   o’lchashga   qaratilgan   texnikadir.
Nazariy   sosiometriya   uning   muallifi   fikricha,   jamiyatdagi   barcha   nizolar,
muammolarni  yechishning usullaridan biri  — insonlar  o’rtasidagi  munosabatlarni
o’rganish va shunga ko’ra, jamiyatda o’zgarishlarni amalga oshirish kerak, degan
g’oyaga   asoslanadi.  Amalda   esa   har   bir   jamoalarda   maxsus   sosiometrik   so’rovlar
o’tkaziladi va uning natijalari tashkiliy jarayonlarda inobatga olinadi.
Lekin   oxirgi   paytlarda   sosiometriyaga   nazar   o’zgargan,   uning   yuzlab
modifikasiyalari,   turlari   ishlab   chiqildi.  Ahamiyatlisi   shuki,   uni   haqiqatdan   ham
guruhdagi   ma’naviy-psixologik   muhitga   ta’sir   etuvchi   emosional   munosabatlarni
aniqlashda   mutaxassis   tomonidan   ishlatish   mumkin.   Bunda   har   bir   guruh   a’zosi
tanlov    sharoitiga  solinadi,   ya’ni   u  u   yoki   bu  sharoitda,  vaziyatda   yoki   faoliyatni
bajarishda   o’ziga   yoqqan   (yoqmagan   ham)   sherigini   guruhdoshlari   orasidan
tanlashi kerak. Masalan, maktab o’quvchilariga «Kim bilan birga dars tayyorlashni
xohlarding?   »,   «Kim   bilan   maktab   yer   uchastkasidagi   xasharda   yonma-yon   turib
ishlashni istarding?», mehnat jamoalarida esa «Boshliq tomonidan berilgan muhim
topshiriqni   ikki   kishi   bajarishi   kerak   bo’lsa,   sheriklikka   kimni   olgan
bo’lardingiz?»,   talabalarda   «Xorijga   o’qishga   yuborishsa,   guruhdoshlaringdan
kimlar   senga   sherik   bo’lishini   istaysan?»   kabi   savollar   bilan   murojaat   qilinadi.
So’rov   anonim   bo’lib,   har   bir   ishtirokchi   3   —   5   tagacha   tanlash   huquqiga   ega
bo’ladi.   Natijalar   jadvalga   solinib,   qayta   ishlanadi   va   xattoki,   grafik   tarzida
30 chiziladi.   Quyida   sinf     jamoasida   qo’llanilishi   mumkin   bo’lgan   sosiometrik
metoddan  biri havola etilgan.
Sinf jamoasidagi s h axslararo munosabatlarni o’rganis h
(Metodika butun sinf bilan o’tkaziladi )
O’qituvchi   sinfga   murojaat   qilib,   bunday   deydi:   «   bolalar,   sizlarni   o’z
istaklaringizni   xisobga   olgan   holda   o’tkazmoqchimiz.   Buning   uchun   bir   varaq
qog’ozga familiyangizni, shuningdek o’zingiz birga o’tirishni istaydigan yana uch
o’quvchining   familiyasini   yozing:     yozuv   izchilligi   kimni   ko’proq   afzal   ko’rish
tartibida   bo’ladi.   Men   sizlarning   barcha   iltimosimizni,   ehtimol,     qondira
olmasligim   mumkinligini   nazarda   tutib,   yaqin   vaqtlar   ichida   kim   bilan   birga
o’tirmoqchi ekaningizni alohidi ko’rsating».
Metodika   ma’lumotlari   jadval-matrisa   tarzida   rasmiylashtiriladi.   Tanlovda
kimni   afzal   ko’rish   tartibi     1,   2   ,     3     raqamlari   bilan   birga   o’tirishni   istamaslik
hollari «- »  belgisi bilan ifodalanadi.
Tanlov bo’yicha olingan ma’lumotlarni sosiogramma shaklida grafik asosida
ifodalang  ( rasmga qarang). Buning uchun sinfning tajribada qatnashadigan barcha
o’quvchilarini   tanlash   miqdoriga   qarab   besh   guruhga   bo’ling:   1-   guruhda
tanlovning   eng   ko’p   miqdorini   olgan   «yuldizlar»;     2-   tegishli   guruhda
tanlovlarning   ancha   ko’p   miqdorini   olgan   (   25-75%   gacha)     ma’qul   deb
topilganlar;       3-60     faqat   ayrim   tanlovlarnigina   olgan,   qabul   qilinganlar   (   guruh
tarkibining 25% gacha qismini);   4-tanlovlarni olmagan qabul qilmaganlar;   5- bir
partada o’tirish uchun yoqimsiz deb ko’rsatilgan rad etilganlar.                 1- guruhga
kiritilgan   o’quvchilarni   markaziy   aylana   ichida   tegishli   belgi   bilan(   ▲   -   o’g’il
bolalar va    ● -qiz bolalar  ) deb ifodalang;  2- guruhga kiritilganlarni     birinchi va
ikkinchi aylanalar o’rtasida aks ettiring va hokazo.
Qiz bolalarni   sosiogrammaning chap qismida o’g’il bolalarni o’ng qismida
aks ettiring, bir tomonlama tanlovlarni strelka bilan tanlangan bola tomoniga qarab
uzuk-uzuk   chiziq   bilan,   o’zaro   tanlovlarni   –   yoppasiga   chiziq   bilan   ifodalang.
Olingan   ma’lumotlarni   tanlov   belgisiga   qarab   kichik   guruhlarning   miqdori   va
tarkibi nuqtai nazaridan, o’g’il bolalar bilan   qizbolalarning o’zaro munosabatlari,
31 olingan   ma’lumotlarning   sizning   dastlabki   bahoingizga   mos   kelishi,   tanlovning
ikki tomonlama ekanligi nuqtai nazaridan tahlil qiling.  
Tanlov sababini aniqlash uchun har bir o’quvchi bilan yakka tartibda suhbat
o’tkazing.   Jamoadagi   shaxslararo   munosabatlarni   yaxshilash   maqsadida   va   unda
har   bir   o’quvchining   mavqyeini   ,   ayniqsa   «qabul   qilinmaganlar»   va   «rad
etilganlar»ning   mavqyeini   mustahkamlash   uchun   tegishli   tushuntirishlar   bering,
ularning miqdoriy ijobiy sifatlarini ochib berishga alohida e’tiborni jalb qiling.
Shaxslararo   munosabatlarning   barqarorligini   va   tarbiyalovchi   ta’sir
ko’rsatish   chora   –   tadbirlarining   samaradorligini   aniqlash   uchun   tajribani   4-6
oydan keyin yana takrorlash kerak
                                                   - qizlar bolalar-  o’g’il bolalar
                                                     
Quyida   sinf     jamoasida   qo’llanilishi   mumkin   bo’lgan   sotsiometrik   testdan
biri keltirib o’tamiz.
Test uchun quyidagi savollarni taklif etish mumkin:
1.   Sinfingizdagi   bolalar   orasidan   bevosita   doimo   u   bilan   birga   dars
tayyorlashni,   o’qishni   va   bir   partada   o’tirishni   xoxlagan   uch   bolaning   nomini
yozing:
1.
2.
3.
2.   Siz   bilan   birga   bir   sinfda   o’qiydigan   bolalardan   kimlar   bilan   birga   bo’sh
vaqtingizni o’tkazishni xoxlardingiz.(uch kishi)
1.
32 2.
3.
3. Sinfdoshlaringizdan eng yaxshi o’qiydigan uch bolaning nomini yozing:
1.
2.
3.
Metodika sinf jamoadagi o’quvchilar bir-birlarini yaxshi bilgan taqdirdagina
o’tkaziladi.   (Jamoani   shakllantirishning   keyingi   bosqichlarida)   Ma’lumotlarni
qayta ishlash har  bir  o’quvchining to’plagan  tanlovlarini  sanash va  tahlil  qilishga
asoslanadi.   Ular   asosida   sinf   jamoasidagi   norasmiy     liderni,   simpatiyaga   ega
o’quvchilarni,   j amoada   norasmiy   “yetakchilar”ning   mavjudligi,   ularning   sinfga
ta’sir   ko’rsatish   xususiyati,   uning   sabablari,   sinf   faollarining   “yetakchilar”ga
munosabati;”ezilganlar”ning   mavjudligi,   o’rtoqlarining   ularga   bo’lgan
munosabatini o’zgartirishning mumkin bo’lgan yo’llari;
Jamoa ichida o’zaro munosabatlar, jipslilik darajasi, guruhlarga ajralishning
mavjudligi   yoki   yo’qligi,   ularning   ichki   negizi   va   sinf   ishlaridan   manfaatdorlik
darajasi, o’zaro talabchanlik, mehribonlik, do’stona g’amxo’rlik, o’zaro yordam va
hurmat-ehtirom ko’rsatish; jamoada tanqid va o’z-o’zini tanqid o’g’il bolalar bilan
qiz   bolalar   o’rtasidagi   o’zaro   munosabatlarning   o’ziga   xos   xususiyatlari;
jamoaning   ayrim   a’zolari   o’rtasidagi   o’rtoqlik   va   do’stlikning   namoyon   bo’lishi,
uning   ichki   negizi;   jamoadagi   ayrim   azolarning   hissiy   jihatdan   “yaxshiligi”va
“yomonligi” kabilarni aniqlash mumkin.
Sotsiometriya   korxona   tarkibida   kadrlar   zahirasini   shakllantirish,   har   bir
xodimning   reytingini   aniqlash   orqali   ularda   liderlik   sifatlarining   borligini
o’rganishga imkon beradi. Bu metodni psixolog o’tkazgani ma’quldir.. Psixologiya
kichik guruhlardan tashqari katta ijtimoiy guruhlarni ham o’rganadi. Katta guruhlar
boshqa   toifadagilardan   miqdor   ko’rsatkichi   bo’yicha   farq   qiladi.   Katta   guruhlar
uyushgan   (sinflar,   millatlar,   xalqlar,   katta   jamoalar   va   b.q.)   yoki   uyushmagan
(olomon,   namoyishchilar   guruhi   kabi)   bo’lishi   mumkin.   Katta   guruhlar
33 psixologiyada nisbatan kam o’rganilgan bo’lib, bu narsa metodologik muammolar
bilan bog’liq. Lekin ularning orasida  millatlar  psixologiyasi  yoki  boshqacha  qilib
aytganda, etnopsixologiya ko’proq o’rganilgan.
Shaxsni o’rganish bo’yicha praktikum:
O’zingizni ba h olang 5 3 1 3 5 O’zingizni   ba h olang
Optimist Pessimist
Ishonch uyg’otatadigan Ishonch uyg’otmaydi
Odamlarni  t ushunadigan Odamlarni tushunmaydi
Odobli, tokatli Beodob, tokatsiz
Erkin, xushfe’l Tortinchoq
Mustaqil Tobe
O’ziga ishonchli O’ziga ishonchsiz
Dadil Yuvosh
Kirishuvchan Pismiq
Aktiv, faol Passiv, lanj
Jonsarak Loqayd, beg’am
Shubhasiz Hadiksiragan
Yon beruvchi Qaytmaydigan
Altruist
Fahm-farosatli Egoist
Onggi cheklangan
Avval o’zingizning profilingizni yuqoridagi sifatlar bo’yicha belgilab, chizib
chiqing,   so’ngra   o’rtoqlaringizdan   aynan   shu   tarzda   shu   sxemada   sizni   baholab
berishlarini iltimos qiling.
O’zingiz   chizgan   va   o’rtog’ingiz   chizgan   profillarni   bir-biriga
solishtirsangiz, o’z-o’zingizga bergan bahoni aniqlaysiz.
                                
34 XULOSA
Yosh   avlodni   mustaqil   davlat   fuqarosi   sifatida   shakllantirishda   ularni
hayotga,   mehnatga   va   biror   kasbga   tayyorlashda   barcha   o’qituvchilar   zimmasiga
katta   masuliyat   yuklaydi.   Shu   o’rinda   o’qituvchilarning   o’quvchi   shaxsini
psixologik jihatdan o’rganish, uning bilish jarayonlarini, individual xususiyatlarini
aniqlab   talim-tarbiya   jarayonini   tashkil   qilish,   hamda   sinf   jamoasidagi   norasmiy
liderni,   simpatiyaga   ega   o’quvchilarni,   j amoada   norasmiy   “yetakchilar”ning
mavjudligi,   ularning   sinfga   ta’sir   ko’rsatish   xususiyati,   uning   sabablari,   sinf
faollarining   “yetakchilar”ga   munosabati;”ezilganlar”ning   mavjudligi,
o’rtoqlarining   ularga   bo’lgan   munosabatini   o’zgartirishning   mumkin   bo’lgan
yo’llari;   Jamoa   ichida   o’zaro   munosabatlar,   jipslilik   darajasi,   guruhlarga
ajralishning   mavjudligi   yoki   yo’qligi,   ularning   ichki   negizi   va   sinf   ishlaridan
manfaatdorlik   darajasi,   o’zaro   talabchanlik,   mehribonlik,   do’stona   g’amxo’rlik,
o’zaro yordam va hurmat-ehtirom ko’rsatish;  jamoada tanqid va o’z-o’zini  tanqid
o’g’il   bolalar   bilan   qiz   bolalar   o’rtasidagi   o’zaro   munosabatlarning   o’ziga   xos
xususiyatlari;   jamoaning   ayrim   a’zolari   o’rtasidagi   o’rtoqlik   va   do’stlikning
namoyon bo’lishi, uning ichki negizi; jamoadagi ayrim azolarning hissiy  jihatdan
“yaxshiligi”va   “yomonligi”   kabilarni   aniqlash   ham     talim-   tarbiya   jarayoni
natijasining samarali bo’lishini taminlashga xizmat qiladi.
Psixologiya ilmining namoyondalari b o’ lmish   olimlarning butun bir avlodi
shaxs   va   jamiyat   alo q alari     tizimida   insonning     tub   moxiyatini   anglash,   uning
rivojlanishi     va   kamol   topish   q onuniyatlarini     izlaganlar.   Abu   Nasr   Farobiy,
A.Navoiy,   Ibn   Sino,   Beruniy     kabi   yuzlab   sharq   allomalari   ham   bu   o’zaro
bog’liqlikning     falsafiy   va   ijtimoiy     sirlarini   ochishga     o’zlarining   eng   durdona
asarlarini     bag’ishlaganlar.   Barcha   qarashlarga   umumiy   bo’lgan   narsa     shu
bo’lganki,   odamni, uning mohiyatini anglash uchun   avvalo uning shu jamiyatda
tutgan   o’rni     va   mavqyeini   bilish   zarur.   Shaxsni   o’rganishning   birlamchi   mezoni
xam shundan kelib chiqqan xolda, uning ijtimoiy mavqyei,  ijtimoiy munosabatlar
tizimidagi o’rni bilan belgilanishi kerak.
35 Lekin,   shaxs   bilan   jamiyat   o’rtasidagi     o’zaro   alokalar   masalasi   birdaniga,
bir   xil   yechimga   kelinmagan.   Bu   o’zaro   munoabatlar   asosan   ikki     polyar   nuqtai
nazardan kelib chikadi.
Nativizm   yo’nalishining     tarafdorlari   insonlardagi   barcha   xususiyatlarni
tug’ma xarakterga ega deb e’tirof  etadilar.
Empirizm     tarafdorlarining   fikricha     yangi   tugilgan   bola     guyoki   “top-toza
paxta”   unga   xayot     va   undagi   talablar     uzining   qonuniyatlarini     yozadi     va   bola
ularga  so’zsiz  buysunishga majbur.
Shaxs-ijtimoiy     va   shaxslararo     munosabatlarning     maxsuli,   ongli
faoliyatning   sub’keti     bo’lmish     individdir.   Shaxsga   taalluqli   bulgan     eng   muxim
tasnif xam uning  jamiyatdagi murakkab  ijtimoiy faoliyatga  nisbatan xam  obyekt,
xam subyekt bo’lishlikdir.
  Shaxsga     taalluqli   bo’lgan   fazilatlardan   eng   muximi   shuki     shu   tashqi
ijtimoiy ta’sirlarni   o’z ongi va idroki   bilan qabul kilib, so’ngra shu ta’sirlarning
subyekti   sifatida     faoliyat   ko’rsatadi.   Oddiy   kilib   aytganda     inson   bolasi   ilk
yoshlikdanok mening xayotim, bizning dunyo degan ijtimoiy muxitga tushadi.  Bu
muxit usha biz   bilgan   va xar kuni xis kiladigan   siyosat,   xukuk, axlok olamidir.
Bu muќit kelishuvlar, tortishuvlar,  xamkorliklar,  an’analar, udumlar  turli xil tillar
olami     bo’lib,     undagi   kuplab   qoidalarga     kupchilik   mutlok     kushiladi,   ba’zilar
qisman qushiladi.  Bu shunday qoidalar  va normalar  olamiki,  ularga buyunmaslik
jamiyat   tomonidan     koralanadi ,   ta’kiblanadi.   Shulardan   kelib   chikadigan   xulosa
shuki,   shaxs   jamiyatga nibatan   barcha tartib-koidalarni   kabul kiluvchi subyekt
bulsa,   jamiyat   ijtimoiy     intizom   va   tartibning,   madaniyatning     mufassal
kurinishidir.
Shaxs   ijtimoiy   xulqiga     turli   tashki   kuchlar   ta’sir   kiladi:     siyosiy,
mafkuraviy,   iktisodiy,     ma’naviy,   axlokiy   va   boshkalar.   Bu   ta’sirlar   moxiyatan
aslida     jamiyat   a’zolari     bulmish   shaxslar     o’rtasidagi   o’zaro     munosabatlarning
ayrim  aloxida yunalishlarini  belgilab beradi.
36 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAT RO’YXATI
1. Karimov.I.A.   Barkamol   avlod   -   O’zbekiston   taraqqiyotining   poydevori.   –   T.,
1997 yil.
2. Karimov.I.A. Barkamol avlod orzusi. – T., 1999 yil.
3. Abduahadov. A. Ijtimoiy psixologiya (ma’ruza matni). –SamDU, 2003 yil.
4. Andreyeva.G.M. Aktualn ы ye problem ы  sosialnoy psixologii. –M., 1998 
5. Bogomolova   N.N.  Sosialnaya   psixologiya,  pechati,   radio  i   televediniye.   –  M.,
1991 g.
6. Buriyeva M.P. O'zbekistonda oila demografiyasi.  T., 1997 y.
7. Grebnikova M. Oila psixologiyasi va etikasi. –T., 1974 yil.
8. Davletshin M va b.q. Psixologiya: izohli lug’at. – T.:O’qituvchi, 1996.
9. Davletshin. M.Ob щ ayapsixologiya –T.: 2000 yil.
10. ZatsepinV . O .  Jiznisuprujeskoy .  M., 1987 g.
11. Karimova V. Ijtimoiy psixologiya asoslari. –T., 1994 yil
12. Karimova V. Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot. –T., 1999 yil.
13. Karimova M, F.Akromova. Psixologiya. – T.: O’qituvchi, 2000.
14. Karimova V. Ijtimoiy psixologiya. – T., 2012 yil
15. Sog’inov   N.A,   Habibullayev   F.A.   Oilani   o’rganish   psixodiagnostika
metodikalari. –T., 1996 yil.
16. Filatova O.G. Sosialnaya psixologiya. –SP., 2000 g.
17. Shoumarov G’.B., Shoumarov Sh.B. Muhabbat va oila. –T., 1994 yil.
18. Shoumarov G’.B. Oila psixologiyasi. –T., 2000 yil.
19. G’oziyev E. Psixologiya. (Yosh davrlari psixologiyasi).-T., 1992 yil.
20. G’oziyev E. Psixologiya muammolari. – T.: O’qituvchi, 1996 yil.
Elektron manbalar:
1. www.pedagog.uz   
2. www.ziyonet.uz   
3. www.google.uz   
4. www.referat.uz   
37

« SINF JAMOASINI PSIXOLOGIK O’RGANISH » mavzusidagi SAMAR Q AND – 2022 1

MUNDARIJA: KIRISH ………………………………………………………………………. 4 I BOB SINF JAMOASI NI PIXOLOGIK O’RGANISHNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI ............…………………………………… 7 1.1 O’quvchilar jamoasin ing tuzilishi va boshlang’ich jamoa strukturasi ……………………………………………………… 7 1.2 Sinf jamoasida psixologik muhitni o’rganishning ahamiyati …..…. 16 II OB SINF JAMOASINI PSIXOLOGIK JIHATDAN O’RGANISH METODLARI …..………………………………………………… 21 2.1 Sinf jamoasi psixologik o’rganishga doir metodik vositalar……… 21 2.2 Sinf jamoasidagi psixologik muhitni o’rganishda sotsiometrik metodidan foydalanish …………………………………………… 30 XULOSA…………………………………………………………………… 36 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAT RO’YXATI..................................... 38 2

KIRISH Mustaqil O’zbekiston taraqqiyotining muhim yo’nalishlaridan biri xalqimizning boy merosi va umumbashariy qadriyatlari asosida barkamol avlodni tarbiyalashdir. Chunki, shaxsning har tomonlama kamol topishi va farovon yashashini ta’minlash, uning manfaatlarini ro’yobga chiqarishning sharoitlarini yaratish, va yangi sharoitga moslashtirish Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Respublikamizda kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilinishi, uzluksiz ta’lim jarayonida yetakchi ijrochi bo’lgan o’qituvchi faoliyatini tubdan o’zgartirishga olib kelmoqda. Shuning bilan bir qatorda ijtimoiy jarayonning ajralmas qismi bo’lgan ta’lim-tarbiya tizimiga, uning maqsadi va mazmuniga, qituvchining pedagogik faoliyati va mahoratiga yangicha talablar qo’yilmoqda. Bu haqda Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov Oliy Majlisning 1X sessiyasida (1997 yil 29 avgust) “Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” mavzusida so’zlagan nutqida shunday degan edi: ”O’qituvchi bolalarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun avvalo, murabbiyning o’zi ana shunday bilimga ega bo’lishi kerak” Chunki, uzluksiz ta’lim tizimida yuz berayotgan o’zgarishlar, yangilanishlar, o’quv-tarbiya jarayonining an’anaviy va noan’anaviy shakllari, mazmuni, amalga oshirish yo’llari, vositalari, usullari va shart-sharoitlarini tashkil etish o’qituvchidan yuksak darajadagi kasbiy bilim va mahoratga ega bo’lishni talab etadi. Ma’lumki, o’qituvchilik kasbi boshqa kasblardan farqli ravishda ko’p tomonlama ma’suliyatni o’zida mujassamlantiradi, birinchidan, u shaxsni shakllantirish, ya’ni inson ruhiyatini chuqur bilishi, ikkinchidan, ta’lim-tarbiyaning barcha vositasi, uslubi va yo’llaridan samarali foydalanib, o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etishi ya’ni o’qitishning samaradorligiga erishmog’i lozim; uchunchidan, њ zining fazilatlarini ham jamiyat va tabiat taraqqiyoti jarayonida shakllantirib borishi lozim. O’qituvchi o’z mehnatining natijalari bilan bog’liq holda yosh avlod shaxsini jamiyat talablariga binoan har tomonlama shakllantirishdan iborat. 3

Yosh avlodni mustaqil davlat fuqarosi sifatida shakllantirishda ularni hayotga, mehnatga va biror kasbga tayyorlashda barcha o’qituvchilar zimmasiga katta masuliyat yuklaydi. Shu o’rinda o’qituvchilarning o’quvchi shaxsini psixologik jihatdan o’rganish, uning bilish jarayonlarini, individual xususiyatlarini aniqlab talim-tarbiya jarayonini tashkil qilish, hamda sinf jamoasidagi norasmiy liderni, simpatiyaga ega o’quvchilarni, j amoada norasmiy “yetakchilar”ning mavjudligi, ularning sinfga ta’sir ko’rsatish xususiyati, uning sabablari, sinf faollarining “yetakchilar”ga munosabati;”ezilganlar”ning mavjudligi, o’rtoqlarining ularga bo’lgan munosabatini o’zgartirishning mumkin bo’lgan yo’llari; Jamoa ichida o’zaro munosabatlar, jipslilik darajasi, guruhlarga ajralishning mavjudligi yoki yo’qligi, ularning ichki negizi va sinf ishlaridan manfaatdorlik darajasi, o’zaro talabchanlik, mehribonlik, do’stona g’amxo’rlik, o’zaro yordam va hurmat-ehtirom ko’rsatish; jamoada tanqid va o’z-o’zini tanqid o’g’il bolalar bilan qiz bolalar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning o’ziga xos xususiyatlari; jamoaning ayrim a’zolari o’rtasidagi o’rtoqlik va do’stlikning namoyon bo’lishi, uning ichki negizi; jamoadagi ayrim azolarning hissiy jihatdan “yaxshiligi”va “yomonligi” kabilarni aniqlash ham talim- tarbiya jarayoni natijasining samarali bo’lishini taminlashga xizmat qiladi. Yangi kishini shakllantirish vazifalarining xilma-xilligi va murakkabligi bo’lajak pedagoglar tayyorlash masalasini dolzarb qilib qo’ymoqda. Maktabga moxir pedagoglar kerak. Pedagoglik maxorati esa o’quv-tarbiyaviy faoliyatning barcha turlarini qulaylashtirishni moxirlik bilan udallashdan iborat. Pedagogika va Psixologiya fanlari turkumida juda katta bilim xazinasi, tavsiyalar jamlanganki, bo’lajak o’qituvchilar ularni egallab olishlari lozim bo’ladi. Mazkur « Sinf jamoasini psixologik o’rganish » mavzusidagi kurs ishida ham, sinf jamoasini psixologik o’rganishga doir ko’plab topshiriqlar va ko’rsatmalar sistemasini o’z ichiga olgan bo’lib ular maktabga psixologik xizmat ko’rsatish maqsadida bajarilgan va o’qituvchiga metodik yordam sifatida,sinf jamoasini, sinf jamoasidagi shaxslararo munosabatlar,o’quvchi shaxsini, o’quvchilarning 4

individual xususiyatini amaliy jixatdan bilishga, darsni psixologik jixatdan taxlil qilishni bilib olishga xizmat qiladi deb o’ylaymiz. Kurs ishi asosiy maqsadi : Sinf jamoasini psixologik o’rganish, sinf jamoasida shaxslararo munosabatlarni aniqlash va jamoani to’g’ri tashkil etish metodikalarini o’rganish. Kurs ishining obyekti : Sinf jamoasida psixologik muhit va shaxslararo munosabatlarni o’rganish jarayoni. Kurs ishining vazifalari: 1. Mavzuga oid adabiyot, manbalarni o’rganish, tahlil qilish va umumlashtirish. 2. Sinf jamoasida shaxslararo munosabatlarni o’rganishga oid tadqiqotlarni o’rganish va ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilish. 3. O’quvchilar jamoasidagi o’zaro munosabatlarni o’rganishga qaratilgan metodikalarni chuqur tahlil etish va ular asosida tadbiqiy tizim ishlab chiqish. 4. O’quvchilar jamoasini o’rganishning aniq metod va vositalarini ishlab chiqish. Biz oldinga qo’yilgan maqsad va vazifalarni hal etish uchun pedagogika va psixologiya sohasida qo’llanilib kelayotgan bir qator metodlardan foydalandik . Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, ikki bob, 4 ta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Hajmi 38 bet. 5