logo

Boshlang‘ich sinflarda grammatika, imlo va nutq o‘stirish dasturini o‘quvchilar bilimiga qo‘yiladigan talablar va boshlang‘ich sinf o‘quvchilari so‘z minimum nuqtai nazaridan tahlil qilish.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

27.1796875 KB
Boshlang‘ich   sinflarda   grammatika,   imlo   va   nutq   o‘stirish   dasturini
o‘quvchilar   bilimiga   qo‘yiladigan   talablar   va   boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilari
so‘z minimum nuqtai nazaridan tahlil qilish.  
Reja:
1.     Boshlang’ich   sinflarda   grammatika   o’qitishning   maqsadi   va
vazifalari.
2.   Grammatika   va   so’z   yasalishiga   oid   tushunchalarni
shakllantirishning metodik asoslari.
3. Grammatika va so’z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirish
bosqichlari.
4.   Boshlang‘ich   sinflarda   grammatika,   imlo   va   nutq   o‘stirish
dasturini o‘quvchilar bilimiga qo‘yiladigan talablar va  boshlang‘ich  sinf
o‘quvchilari so‘z minimum nuqtai nazaridan tahlil qilish. Boshlang’ich   sinfl arda   grammat ik a   o’qit ishning   maqsadi   v a
v azifalari.   Boshlang’ich   sinflarda   grammatika   o’qitish,   asosan,   amaliy
nuqtai nazardan amalga oshiriladi. Grammatik bilimlar o’quvchilarning
nutqini   o’stirish,   savodxonligini   oshirishga   qaratilgan.   Dasturda
bog’lanishli   nutq   ustida   ishlash,   u   yoki   bu   (morfologik   va   sintaktik)
birliklarning   yozilishi,   qo’llanilish   shakllari,   tinish   belgilarining   o’rinli
ishlatilishini   o’rganish   bo’yicha   maxsus   soatlarning   ajratilishi   ham
bejizga   emas.   Umuman,   maktabda   grammatika   o’qitishning   maqsadi
o’quvchilarga   so’z   tuzilishi   va   gap   qurilishi   haqidagi   qonun-qoidalarni
o’rgatishdan iborat bo’lib, ona tili fanini o’rganishning eng asosiy qismi
sifatida muhim ahamiyatga ega.
Prof.A.M.Peshkovskiyning fikricha, grammatika har qanday bilimni
egallashga   o’tadigan   bir   ostona   kabidir.   Grammatikani   yaxshi
o’zlashtirmasdan   o’z   ona   tilini   ham,   boshqa   fan   yoki   tillarni   ham
o’rganib bo’lmaydi. 
Ulug’   rus   metodisti   K.D.Ushinskiy   ta’kidlaganidek:   ”Grammatika   –
hatto   insonni   o’zini   o’ziga   tanitishdek   qobiliyatni   tarbiyalashda   juda
muhim rol o’ynaydi”. 
O’quvchilarning   to’g’ri   so’zlay   olishi,   xatosiz   yozishi   hamda
boshqalarning   fikrini   to’gri   tushunishi   uchun   ham   grammatikadan
olgan   bilimlarini   amalda   tatbiq   eta   olishi   zarur.   Demak,   har   qanday
nutq malakasi asosida grammatik bilim  yotadi.
Boshlang’ich   ta’limda   o’quvchilarga   grammatika   bo’yicha   bilim
berish   didaktik   prinsiplar   asosida,   shulardan   biri   elementarlik   prinsipi
asosida   olib   boriladi.   Tilning   grammatika   bo’limiga   oid   hodisa   va tushunchalar  lingvistik   nuqtai   nazaridan   tilshunoslikda   turlicha   ta’rif-u
tavsifga   ega   bo’lgan   ilmiy   asarlar   yaratilgan.   Bu   asarlarda   o’zbek
tilidagi   morfologik   va   sintaktik   birliklar   haqida   atroflicha   ilmiy   izohlar
berilgan.   Biroq   boshlang’ich   sinf   dasturi   va   darsliklarida   mazkur   ilmiy
xulosalarning   hammasini   kiritish   shart   emas,   aksincha,   ulardan   faqat
kichik yoshdagi bolalarning yoshi, saviyasini hisobga olgan holda aqliy
tafakkuriga sig’dira oladigan darajada amaliy va qisman nazariy faktlar,
qoidalar   hamda   misol   va   mashqlar   kiritilgan   va   o’rganish   bo’yicha
sinflar kesimida taqsimlangan.
Grammat ik a   v a   so’z   y asalishiga   oid   t ushunchalarni
shak llant irish   bosqichlari.   Grammatikaning     qismlari   bo’lmish
morfologiya va sintaksis teng huquqli bo’lib, ularning har biri o’ziga xos
xususiyat   va   tushunchalarga   ega.   Boshlang’ich   sinflarda
morfologiyadan   “ot”,   “sifat”,   “son”,   “fe’l”,   “olmosh”   tushunchalarini;
siktaksisdan   “gap”,   “ega”,  
“kesim”,   “ikkinchi   darajali   bo’lak”,   “uyushiq
bo’lak”,   “undalma”   kabi   tushunchalarni;   so’z   yasalishidan   “o’zak”,
“qo’shimcha”,   “o’zakdosh   so’zlar”   kabi   tushunchalarni   shakllantirish
ustida ish olib boriladi.
O’qituvchi   mazkur   tushunchalarni   shakllantirish   jarayonini
boshqarish,   o’quvchilar   aqliy   faoliyatini   to’g’ri   tashkil   etish   uchun
tushuncha   nimaligini,   tushunchani   bilib   olish   jarayonining
xususiyatlarini,   tushunchani   o’zlashtirish   qanday   sharoitda   natijaliroq
bo’lishini yaxshi bilishi lozim.
Ma’lumki,   tushuncha   atrof-muhitdagi   predmet   va   hodisalarning
muhim   belgilari   va   o’zaro   aloqadorligi   aks   ettirilgan   tafakkur   shakli sanaladi.     Grammatik   tushuncha   (GT) larda   ham,   boshqa   tushunchalar
kabi,     hodisalarning   muhim   belgilari   umumlashtirilgan   holda   aks
ettiriladi.   Til   hodisalarining   o’ziga   xos   xususiyati,   ya’ni   tushunchaning
mazmun   tomoni   grammatik   tushunchaning   o’ziga   xos   xususiyatini
keltirib   chiqaradi.   Til   hodisalari,   til   kategoriyalari   boshqa   hodisalarga
nisbatan juda mavhumligi bilan farqlanadi. 
Biologik   tushunchalarni   shakllantirishda   belgilarini   kuzatish,   bir
tizimga   solish   va   umumlashtirish   mumkin   bo’lgan   aniq   hodisalar   va
predmetlar   material   sifatida   asos   qilib   olinadi.   Grammatik
tushunchalar esa so’z, so’z birikmasi, gap,  mor fema, leksema,  fonema
va   boshqalarning   o’ziga   xos   muhim   belgilarini   aniqlash   va
umumlashtirish natijasi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, kishilar
tomonidan   yaratilgan   grammatik   tushunchaga   asos   bo’lgan   dastlabki
materialning   o’zi   yetarli   darajada   mavhumdir.   Demak,   grammatik
tushunchalar   umumlashtirilgan   tushunchalarning   yana
umumlashtirilgani hisoblanadi.
Grammatik   tushunchaning   bu   xususiyatlari   tufayli   o’quvchilarda
juda   ko’p   qiyinchilik   bilan   shakllanadi.   Grammatik   tushunchani   bilib
olish   uchun     mavhum   tafakkur   ma’lum   daraja da   rivojlangan   bo’lishi
lozim. 
Mav hum   t afak k ur   ta’lim   jarayonida   vujudga   keladi   va   maxsus
mashqlarni   talab   qiladi.   Bu   mashqlar   muayyan   aqliy   ko’nikmalarni   va
lingvistik   tasavvur   hamda   bilimlar   yig’indisini   shakllantirishga
qaratilgan bo’lishi zarur. Ko’pgina ruhshunos olimlarning tekshirishlari
natijasida   aniqlanishicha,   tushunchani   shakllantirish   jarayoni   ta - fakkurga   oid   analiz,   sintez,   taqqoslash,   umumlashtirish,   aniqlashtirish
amallarini   bilib   olish   jarayoni   ham   hisoblanadi.   O’quvchilarda   GTni
shakllantirishning natijasi ularning mavhumlashtirish faoliyatining qay
darajada o’sganligiga bog’liq.
Mavhumlashtirishda   qiynaladigan   o’quvchilar   so’zlarni   taqqoslay
olmaydilar va ularning muhim grammatik belgilariga ko’ra bir guruhga
birlashtira   olmaydilar,   tushunchani   shakllantirishda   qiynaladilar   va
xatoga   yo’l   qo’yadilar.   Masalan,   sifat   o’rganilganda   o’quvchilar   sifat
predmetning   belgis ini   bildirishini   bi lib   oladilar.   Oq,   qora,   sariq   kabi
sifat larda leksik ma’no grammatik ma’noga mos keladi. Ko’p sifatlarda
bunday   moslik   bo’lmaydi:   loqayd,   g’amx’r,   hasadgo’y,   muattar   kabi
sifatlarda   belgi   mavhumlik   kasb   etgani   sababli   predmet   belgisini
bunday   keng   ma’noda,   umumlashtirilgan   holda   tushunish   endigina
tilni o’rgana boshlagan o’quvchilarga qiyinlik qiladi, ular belgini ko’proq
rang-tasvir ma’nosida aniq tasavvur qiladilar. 
Bunday hodisani ot , son, fe’l ni o’rganishda ham uchratish mumkin .
GT ni shakllantirish uchun o’quvchilarda mavhumlashtirish ko’nikmasini
o’stirish,   ular   diqqatini   so’zning   aniq   leksik   ma’nosidan   grammatik
ma’nosiga qaratish va shu guruhdagi so’zlarga oid umumiy, grammatik
belgilarni   hisobga   olgan   holda,   ularni   bir   guruhga   birlashtirish   talab
etiladi. 
Masalan,   k   i   m?   yoki   n   i   m   a?   so’rog’iga   javob   bo’ladigan   barcha
so’zlar   “ot”   turkumiga   birlashadi;   predmet   bildirish,   son   (birlik   va
ko’plikda   kelish),   egalik   qo’shimchalari  bilan   o’zgarish,   kelishiklar  bilan
turlanish bu so’zlar uchun umumiy gram matik belgilar hisoblanadi.  Grammatik   tushunchani   o’zlashtirish   uzoq   davom   etadigan   va
kichik   yoshdagi     o’quvchilar   uchun   ancha   murakkab   jarayondir.
GTlarda   til   hodisalarining   muhim   belgila ri   umumlashtiriladi.
Tushunchani   o’zlashtirish   ustida   ishlash   jarayonida   o’rganiladigan
tushunchaning   muhim   belgilarini   ajratish   maqsadida   muayyan   til
materiali analiz qilinadi. 
Tushunchani   o’zlashtirishga   oid   ishlarda   o’qituvchi   muayyan   bir
tushunchaning   muhim   belgilarini   aniqlab   oladi,   dastur   talabiga   ko’ra,
shu   sinf   o’quvchilarini   tushunchaning   qanday   belgilari   bilan
tanishtirishni,   foydalanganda   yaxshi   natija   beradigan   leksik
materiallarni, metodik usul va vositalarni belgilab oladi.
Til   materialini   analiz   qilish   jarayonida   o’rganiladigan   tu -
shunchaning  muhim  belgilari   ajratiladi   (t ushuncha   ust ida   ishlashning
birinchi   bosqichi) ,   so’ng   belgilar   o’rtasidagi   bog’lanish   topiladi,   bir
tushunchaning   xususiyati   sifatida   ular   orasidagi   o’zaro   munosabati
aniqlanadi,   atama   beriladi   (t ushuncha   ust ida   ishlashning   ik k inchi
bosqichi) . O’quvchilar o’rganilgan tushuncha mohiyatini anglashlari va
bilimlarni   nutq   tajribasiga   tatbiq   etishlari   uchun   tushuncha   ta’rifini
aniq ifodalash ustida ishlanadi  (t ushuncha  ust ida ishlashning uchinchi
bosqichi) ;   t o’rt inchi   bosqich da   o’rganilgan   kategoriyani   bilib   olish
uchun mashq qilinadi; amaliy vazifani hal qilish maqsadida (fikrni aniq
ifodalash,   so’zni   va   gapni   to’g’ri   yozish   uchun)   o’quvchilarda
tushunchaga asoslanish ko’nikmasi shakllantiriladi.
Shunday   qilib,   tilga   oid   GTlarni   shakllantirish   jarayoni   shartli
ravishda to’rt bosqichga bo’linadi: Birinchi   bosqich   –   tushunchaning   muhim   belgilarini   ajratish
maqsadida   til   materialini   tahlil   qilish.   Bu   bosqichda   ma’lum   so’z   va
gaplarning   leksik   ma’nosidan   kelib   chiqib   mavhumlashtirish   amalga
oshiriladi   va   shu   til   hodisasi,   til   kategoriyasi   uchun   umumiy
hisoblangani   ajratiladi.   O’quvchilar   tahlil   qilish   va   mavhumlashtirish
aqliy amalini bilib oladilar.
Ikkinchi   bosqich   –   tushunchaning   belgilarini   umumlashtirish,   ular
orasidagi   bog’lanishni   aniqlash   (tushunchalarning   ichki   bog’lanishini
aniqlash), atamani berish. O’quvchilar taqqoslash va tarkib amalini bilib
oladilar.   
Uchinchi   bosqich   –   tushuncha   ta’rifini   ifodalashni   tushunish,
belgilar mohiyatini va ular orasidagi bog’lanishni aniqlash.
To’rtinchi   bosqich   –   yangi   til   materiali   asosida   o’rganilayotgan
tushunchani    aniqlashtirish,   bilim  tajribaga   tatbiq  etiladigan   mashqlar
ishlash,   o’rganilayotgan   tushunchaning   ilgari   o’zlashtirilgan
tushunchalar bilan bog’lanishini aniqlash.
Ko’rsatilgan   bosqichlarni   “fe’l”   grammatik   tushunchasini
shakllantirish jarayoni misolida ko’rib chiqaylik:   
Tushuncha   ustida   ishlash   til   materialini   tahlil   qilish   va
tushunchaning   muhim   belgilarini   aniqlashdan   boshlanadi.   Ko’pgina
tekshirishlar, agar o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida muayyan vazifani
bajarish   bilan   dastlabki   til   materialini   o’zlari   tuzsalar   yoki   tanlasalar,
ularning   analitik   faoliyati   samaradorligi   ortishini   ko’rsatdi.   Masalan,
o’quvchilar   harakatlarini   kuzatish   asosida   gap   tuzadilar.   Darsda
o’quvchilarni   fe’ldan   foydalanish   va   e’tibor   bilan   yozishga   undaydigan qulay   nutqiy   vaziyat   yaratiladi.   Ekskursiya,   yaqinda   ko’rilgan   film,   shu
darsda ko’rsatilgan filmning biror qismi, o’qilgan hikoya, rasm materiali
yuzasidan   gaplar   tuzish   ham   mumkin.   Gap   tuzishda   fikrni   aniq
ifodalaydigan kerakli so’z (fe’l)ni jamoa bo’lib topish imkonini beradigan
vaziyat   yaratish   muhimdir.   Masalan,   mavzuni   o’rganishdan   oldin
o’quvchilar bahorda tabiatda yuz beradigan o’zgarishlarni kuzatadilar. 
O’qituvchi: – Bahorda tabiatda qanday o’zgarishlar yuz beradi? 
O’quvchilar: – Kunlar isiydi.
– O’tlar ko’karadi.
–  Dara x tlar k u rtak chi q ar a di.
–   B odom gulla y di.
–   Dastlab sh af to li,  o’ riklar gull ayd i.
O’quvchilar   o’qituvchi   tavsiya   qilgan   bir   necha   gapni   izohlab
yozadilar.
O’qituvchi:   –   Narsaning   harakatini   ifodalash   uchun   siz   qaysi
so’zlardan   foydalandingiz?   Ularning   tagiga   ikki   to’g’ri   chiziq   chizing
(O’quvchilar vazifani bajaradilar).
–   Harakatni   bildirgan   so’zlarga   so’roq   bering   va   taqqoslang
(O’quvchilar   nima   qildi?   nima   qilyapti?   nima   qiladi?   so’roqlarini
beradilar). 
– Endi darslikda fe’l haqida nima deyilganini o’qing.
–   S h axs   va   narsaning   harakatini   bildirgan   so’zlar   qanday   ataladi,
ular qanday so’roqlarga javob bo’ladi? –  Bodom gulladi. Olma gullaydi  gaplarini gap bo’laklariga ko’ra tahlil
qiling   (O’quvchilar   eganing   tagiga   bir,   kesimning   tagiga   ikki   to’g’ri
chiziq chizadilar)
–   Gulladi,   gullaydi   fe’llari   gapda   qaysi   bo’lak   vazifasida   kelgan?
(Kesim.)
–   Endi   fe’l   haqida   nimalarni   bilib   oldingiz?   Rejadan   foydalanib
ayting (umumlashtiring):
1. Fe’l nima?  (So’z)  
2. Nimani bildiradi?  (S h axs va narsaning harakatini)  
3.   Qanday   so’roqlarga   javob   bo’ladi?   (Nima   qildi?   Nima   qilyapti?
Nima qiladi?) 
4. Qaysi gap bo’lagi vazifasida keladi?  (Kesim)
–   Kitobdagi   qoidada   rejaning   qaysilariga   javob   berilgan?   Rejani
o’qing va unga javob bering.
O’quvchilar kitobdagi va qo’shimcha mashqlarni ishlaydilar.
–   Fe’ldan   boshqa   yana   qanday   so’z   turkumlarini   bilasiz?   (Ot,   sifat,
son, olmosh)
–   So’zlarni   taqqoslang:   gul,   gulli,   gulladi.   So’z   turkumlari   (ot,   sifat,
fe’l)   bir-biridan   qanday   farqlanadi?   (O’quvchilar   rejadan   foydalanib
javob beradilar).     
O’quvchilar   mustaqil   bir   necha   gap   tuzadilar,   ayrimlarini   yozib,
fe’llarning tagiga chizadilar.
Bu   dars   fragmentida   tushuncha   bilan   tanishtirish   jarayonining
yuqoridagi   to’rt   bosqichi   qisqa   shaklda   o’z   aksini   topgan.   Biroq   bu
darsda   o’quvchilar   tushuncha   bilan   faqat   tanishtirildi,   uni   o’zlashtirish uchun esa dasturda mavzuni o’rganishga ajratilgan barcha darslardagi
mashqlar   tizimini   bajarish   lozim.   Mavzuni   o’rganish   jarayonida   “Fe’l”
tushunchasi   chuqurlashadi   va   kengayadi,   o’quvchilar   fe’lning   yangi
belgilarini o’rganadilar (fe’llarda bo’lishli va bo’lishsizlik, ularning shaxs-
son   qo’shimchalari   bilan   tuslanishi,   fe’l   zamonlari).   O’quvchilarda
fe’llarni shaxs-son, zamon, bo’lishsizlik qo’shimchalari bilan o’zgartirish
va   fikr   bayon   etish   maqsadiga   mos   fe’l   shakllaridan   nutqda   to’g’ri
foydalanish ko’nikmasi shakllantiriladi.
T ushunchani   shakllantirish   jarayonida   so’zning   leksik   ma’nosi,
uning gap tarkibida boshqa so’zlar bilan birga kelgandagi ma’nosi asta-
sekin aniqlanib, oydinlashtirilib boriladi, og’zaki va yozma nutqda so’zni
uslubiy   to’g’ri   ishlatish   ko’nikmasi   orta   boradi.   Buning   uchun
o’quvchilar so’zning ko’p ma’noliligi, o’z va ko’chma ma’noda ishlatilishi,
sinonim va antonim so’zlar bilan elementar tanishtiriladi.   
O’rganilgan   grammatik   belgilarni   amalga   keng   tatbiq   etish   va
ulardan   jonli   nutqda   aloqa   maqsadida   bevosita   foydalanish   uchun
grammatik   tushunchani   shakllantirishda   o’quvchilarda
mavhumlashtirishni va so’zlar uchun xarakterli bo’lgan umumiy gram -
matik   belgilarni   sintezlashni   o’stirish   zarur,   shuningdek,   ular   so’zning
leksik   ma’nosini   chuqur   bilishlariga   erishish   muhimdir.   Bular
o’quvchilarning   nutqini   o’stirish   mohiyatini   aks   ettiradi,   o’quvchilar
nutqda   so’zlardan   amaliy   foydalanishga,   so’zning   leksik   ma’nosini   tor
tushunishdan   chuqurroq   tushunishga   o’tadilar,   so’zning   leksik   va
grammatik   ma’nolari   bir-biriga   ta’sir   qilishini   tushuna   boshlaydilar,
natijada nutqda so’zlardan ongli foydalanishga asos yaratiladi.    Boshlang‘ich   sinfda   grammat ik a,   imlo   v a   nut q   o‘st irish
dast urini  o‘quv chilar  bilimiga  qo‘y iladigan  t alablar  v a  boshlang‘ich
sinf o‘quv chilari so‘z minimum nuqt ai nazaridan t ahlil qilish.
Boshlang‘ich   sinfda   grammatika   o’qitishning   muvaffaqiyati   uni
tilning   boshqa   leksikologiya,   imlo,   punktuatsiya   kabi   bo’limlari   bilan
bog’liqlikda   olib   borishga   bog’liq.   Jumladan,   o’quvchilar   leksikologiya
bo’yicha   yetarli   bilim   va   malakaga   ega   bo’lsa,   lug’at   boyligi   qanchalik
keng bo’lsa, unga grammatik bilim berish shunchalik oson va samarali
bo’ladi. S o’zga boy o’quvchilarning orfografik va punktuatsion malakasi
ham   mustahkam   bo’ladi.   Shu   sababli   grammatik   tushunchalarni
shakllantirish   jarayonida   lug’at   ustida   ishlashga   alohida   o’rin   beriladi.
Bunda   o’quvchilar   har   darsda   ma’lum   miqdordagi   so’zlarni   o’rganishi,
nutqda   faol   qo’llay   olishi   va   uning   semantikasini   yaxshi   o’zlashtirib
borishi lozim.
Morfologiya va sintaksis elementlari fonetika, imlo, nutq o’stirish
va   punktuatsiyaga   oid   bilimlar   asosida   kengaytirib   boriladi.
O’quvchilarning   nutq   madaniyatini   shakllantirish   va   orfografik
savodxonligini   oshirish   grammatik   bilimlarga   asoslaniladi.
O’quvchilarda   adabiy   tilning   qonun-qoidalarini   o’rgatish   turli   xil
orfografik,   punktuatsion   va   nutq   o’stirishga   oid   mashqlar   orqali
amalga   oshiriladi,   shu   asosda   o’z   fikrini   (og’zaki   va   yozma)   to’g’ri
ifodalay  olish   malakasi  hosil  qilinadi.   Aslida   o’quvchilar  nutqidagi  xato
va   kamchiliklar   yetarli   grammatik   bilimga   ega   bo’lmasligidan   kelib
chiqadi. Boshlang’ich   sinf   o’quvchilari   o’quv   jarayonida   bir   necha   marta
yozishga   to’g’ri   kelgan   so’zlarni   xatosiz   yozadilar.   Lekin   ularning   so’z
boyligi   ortib   borgan   sari   so’zlarni   to’g’ri   yozishni   o’rganishi   zarur.
So’zlarni   to’g’ri   yozish   uchun   grammatik-orfografik   qoidalarni   ongli
o’zlashtirish   hamda   ko’plab   mashqlar   ustida   ishlash   talab   etiladi.
Bunda eng avvalo so’zlarning talaffuzi bilan imlosi o’rtasidagi tafovutni
farqlash ko’nikmasiga ko’proq ahamiyat beriladi.
Agar o’quvchilar orfografik xatolarga yo’l qo’ysa, ularning mazkur
xatolari orfografik-grammatik   qoidalar asosida  izohlash;   xato   yozilgan
so’zlarni to’g’ri yozilgan so’zlar bilan taqqoslash orqali o’rgatish muhim.
Lekin   to’g’ri   yozilgan   so’zning   yoniga   xato   shaklini   yozib   ko’rsatmaslik
kerak,   bu   o’quvchining   xotirasida   saqlanib   yana   shu   xatoni
takrorlashiga olib keladi. Adabiy ot lar ro` y xat i.
1. Uzviylashtirilgan   Davlat   ta’lim   standarti.     –   T.:   Yangiy o` l   poligraf
service, 201 7 .  – 14-79  b.
2. Uzviylashtirilgan   o`quv   dasturi.     –   T.:   Yangiy o` l   poligraf   service,
201 7 . –  14-79  b.
3. Qosimova   K.,   Matjonov   S.,   G`ulomova   X.,   Yo`ldosheva   Sh.,
Sariyev Sh.  Ona tili o`qitish metodikasi.  –T.: Noshir, 2009.  –  163 b.
4. Raxmatullaeva   L.I.   Metodika   prepodavaniya   rodnogo   yazыka
rodnogo yazыka.   –   T.: Uchebnoe  posobie. Moliya Iktisod, 2007.
5. Husanboeva.Q,   Shodiyev.F,   Hazratqulov.M.   Boshlang`ich
sinflarda adabiyot o`qitish metodikasi. SamDU.2019.332 b.
7.   Ikromova   R.,   Gulomova   X.,   Yo’ldosheva.Sh.,   Shodmonqulova   D.
Ona tili (4-sinf uchun darslik).  – T.: “O’qituvchi”,, 2020. 
8.   Fuzailov  S.,   Xudoyberganova   M.,  Yo’ldosheva.Sh.   Ona   tili  (3-sinf
uchun darslik).  – T.: “O’qituvchi”,, 2019. 
9.   Qosimova   K.,   Fuzailov   S.,   Ne’matova   A.   Ona   tili   (2-sinf   uchun
darslik).  – T.: Cho’lpon nomidagi NMIU, 2018. 
10.   G’afforova.   T.,   Shodmonov   E.,   G’ulomova   X.   Ona   tili   (1-sinf
uchun darslik).  – T.: “Sharq”, 2019.

Boshlang‘ich sinflarda grammatika, imlo va nutq o‘stirish dasturini o‘quvchilar bilimiga qo‘yiladigan talablar va boshlang‘ich sinf o‘quvchilari so‘z minimum nuqtai nazaridan tahlil qilish. Reja: 1. Boshlang’ich sinflarda grammatika o’qitishning maqsadi va vazifalari. 2. Grammatika va so’z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari. 3. Grammatika va so’z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirish bosqichlari. 4. Boshlang‘ich sinflarda grammatika, imlo va nutq o‘stirish dasturini o‘quvchilar bilimiga qo‘yiladigan talablar va boshlang‘ich sinf o‘quvchilari so‘z minimum nuqtai nazaridan tahlil qilish.

Boshlang’ich sinfl arda grammat ik a o’qit ishning maqsadi v a v azifalari. Boshlang’ich sinflarda grammatika o’qitish, asosan, amaliy nuqtai nazardan amalga oshiriladi. Grammatik bilimlar o’quvchilarning nutqini o’stirish, savodxonligini oshirishga qaratilgan. Dasturda bog’lanishli nutq ustida ishlash, u yoki bu (morfologik va sintaktik) birliklarning yozilishi, qo’llanilish shakllari, tinish belgilarining o’rinli ishlatilishini o’rganish bo’yicha maxsus soatlarning ajratilishi ham bejizga emas. Umuman, maktabda grammatika o’qitishning maqsadi o’quvchilarga so’z tuzilishi va gap qurilishi haqidagi qonun-qoidalarni o’rgatishdan iborat bo’lib, ona tili fanini o’rganishning eng asosiy qismi sifatida muhim ahamiyatga ega. Prof.A.M.Peshkovskiyning fikricha, grammatika har qanday bilimni egallashga o’tadigan bir ostona kabidir. Grammatikani yaxshi o’zlashtirmasdan o’z ona tilini ham, boshqa fan yoki tillarni ham o’rganib bo’lmaydi. Ulug’ rus metodisti K.D.Ushinskiy ta’kidlaganidek: ”Grammatika – hatto insonni o’zini o’ziga tanitishdek qobiliyatni tarbiyalashda juda muhim rol o’ynaydi”. O’quvchilarning to’g’ri so’zlay olishi, xatosiz yozishi hamda boshqalarning fikrini to’gri tushunishi uchun ham grammatikadan olgan bilimlarini amalda tatbiq eta olishi zarur. Demak, har qanday nutq malakasi asosida grammatik bilim yotadi. Boshlang’ich ta’limda o’quvchilarga grammatika bo’yicha bilim berish didaktik prinsiplar asosida, shulardan biri elementarlik prinsipi asosida olib boriladi. Tilning grammatika bo’limiga oid hodisa va

tushunchalar lingvistik nuqtai nazaridan tilshunoslikda turlicha ta’rif-u tavsifga ega bo’lgan ilmiy asarlar yaratilgan. Bu asarlarda o’zbek tilidagi morfologik va sintaktik birliklar haqida atroflicha ilmiy izohlar berilgan. Biroq boshlang’ich sinf dasturi va darsliklarida mazkur ilmiy xulosalarning hammasini kiritish shart emas, aksincha, ulardan faqat kichik yoshdagi bolalarning yoshi, saviyasini hisobga olgan holda aqliy tafakkuriga sig’dira oladigan darajada amaliy va qisman nazariy faktlar, qoidalar hamda misol va mashqlar kiritilgan va o’rganish bo’yicha sinflar kesimida taqsimlangan. Grammat ik a v a so’z y asalishiga oid t ushunchalarni shak llant irish bosqichlari. Grammatikaning qismlari bo’lmish morfologiya va sintaksis teng huquqli bo’lib, ularning har biri o’ziga xos xususiyat va tushunchalarga ega. Boshlang’ich sinflarda morfologiyadan “ot”, “sifat”, “son”, “fe’l”, “olmosh” tushunchalarini; siktaksisdan “gap”, “ega”, “kesim”, “ikkinchi darajali bo’lak”, “uyushiq bo’lak”, “undalma” kabi tushunchalarni; so’z yasalishidan “o’zak”, “qo’shimcha”, “o’zakdosh so’zlar” kabi tushunchalarni shakllantirish ustida ish olib boriladi. O’qituvchi mazkur tushunchalarni shakllantirish jarayonini boshqarish, o’quvchilar aqliy faoliyatini to’g’ri tashkil etish uchun tushuncha nimaligini, tushunchani bilib olish jarayonining xususiyatlarini, tushunchani o’zlashtirish qanday sharoitda natijaliroq bo’lishini yaxshi bilishi lozim. Ma’lumki, tushuncha atrof-muhitdagi predmet va hodisalarning muhim belgilari va o’zaro aloqadorligi aks ettirilgan tafakkur shakli

sanaladi. Grammatik tushuncha (GT) larda ham, boshqa tushunchalar kabi, hodisalarning muhim belgilari umumlashtirilgan holda aks ettiriladi. Til hodisalarining o’ziga xos xususiyati, ya’ni tushunchaning mazmun tomoni grammatik tushunchaning o’ziga xos xususiyatini keltirib chiqaradi. Til hodisalari, til kategoriyalari boshqa hodisalarga nisbatan juda mavhumligi bilan farqlanadi. Biologik tushunchalarni shakllantirishda belgilarini kuzatish, bir tizimga solish va umumlashtirish mumkin bo’lgan aniq hodisalar va predmetlar material sifatida asos qilib olinadi. Grammatik tushunchalar esa so’z, so’z birikmasi, gap, mor fema, leksema, fonema va boshqalarning o’ziga xos muhim belgilarini aniqlash va umumlashtirish natijasi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, kishilar tomonidan yaratilgan grammatik tushunchaga asos bo’lgan dastlabki materialning o’zi yetarli darajada mavhumdir. Demak, grammatik tushunchalar umumlashtirilgan tushunchalarning yana umumlashtirilgani hisoblanadi. Grammatik tushunchaning bu xususiyatlari tufayli o’quvchilarda juda ko’p qiyinchilik bilan shakllanadi. Grammatik tushunchani bilib olish uchun mavhum tafakkur ma’lum daraja da rivojlangan bo’lishi lozim. Mav hum t afak k ur ta’lim jarayonida vujudga keladi va maxsus mashqlarni talab qiladi. Bu mashqlar muayyan aqliy ko’nikmalarni va lingvistik tasavvur hamda bilimlar yig’indisini shakllantirishga qaratilgan bo’lishi zarur. Ko’pgina ruhshunos olimlarning tekshirishlari natijasida aniqlanishicha, tushunchani shakllantirish jarayoni ta -

fakkurga oid analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, aniqlashtirish amallarini bilib olish jarayoni ham hisoblanadi. O’quvchilarda GTni shakllantirishning natijasi ularning mavhumlashtirish faoliyatining qay darajada o’sganligiga bog’liq. Mavhumlashtirishda qiynaladigan o’quvchilar so’zlarni taqqoslay olmaydilar va ularning muhim grammatik belgilariga ko’ra bir guruhga birlashtira olmaydilar, tushunchani shakllantirishda qiynaladilar va xatoga yo’l qo’yadilar. Masalan, sifat o’rganilganda o’quvchilar sifat predmetning belgis ini bildirishini bi lib oladilar. Oq, qora, sariq kabi sifat larda leksik ma’no grammatik ma’noga mos keladi. Ko’p sifatlarda bunday moslik bo’lmaydi: loqayd, g’amx’r, hasadgo’y, muattar kabi sifatlarda belgi mavhumlik kasb etgani sababli predmet belgisini bunday keng ma’noda, umumlashtirilgan holda tushunish endigina tilni o’rgana boshlagan o’quvchilarga qiyinlik qiladi, ular belgini ko’proq rang-tasvir ma’nosida aniq tasavvur qiladilar. Bunday hodisani ot , son, fe’l ni o’rganishda ham uchratish mumkin . GT ni shakllantirish uchun o’quvchilarda mavhumlashtirish ko’nikmasini o’stirish, ular diqqatini so’zning aniq leksik ma’nosidan grammatik ma’nosiga qaratish va shu guruhdagi so’zlarga oid umumiy, grammatik belgilarni hisobga olgan holda, ularni bir guruhga birlashtirish talab etiladi. Masalan, k i m? yoki n i m a? so’rog’iga javob bo’ladigan barcha so’zlar “ot” turkumiga birlashadi; predmet bildirish, son (birlik va ko’plikda kelish), egalik qo’shimchalari bilan o’zgarish, kelishiklar bilan turlanish bu so’zlar uchun umumiy gram matik belgilar hisoblanadi.