logo

Bozor va tavakkalchilik.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

169.365234375 KB
Mavzu:Bozor va tavakkalchilik.
Reja:
Kirish.
1. Tavakkalchilikni o‘lchash. 
2. Tavakkalchilikka bo‘lgan munosabat.
3. Tavakkalchilikni (yo‘qotishlarni) pasaytirish.
4. Asimmetrik axborotlashgan bozor.
5. Siyosiy iqtisodiyot.
6. Hulq- atvor iqtisodiyoti.
Xulosa.
Foydalanilgan adaiyotlar Kirish
  Tavakkalchilikni   o‘lchashning   asosi   ehtimol   tushunchasi   bilan   bog‘liq.
Amerikalik   olim   F.Nayt   (1885-1974)   ehtimolni   ikki   turga   bo‘ladi:   matematik,
ya’ni   oldindan   aniqlash   mumkin   bo‘lgan   ehtimol   va   statistik   ehtimol.   Birinchi
tur   ehtimolga   tanganing   raqam   yoki   gerb   tomonini   tushish   ehtimoli   1/2     ga
tengligi yoki o‘ynaydigan olti qirrali toshning oltita raqamidan bittasini tushishi
ehtimolining 1/6 ga tengligi misol bo‘lishi mumkin.
Ikkinchi   turdagi   ehtimolni   empirik,   ya’ni   faraz   qilish   yo‘li   orqali   aniqlash
mumkin.   Masalan,   korxonaga   xom   ashyoni   vaqtida   yetib   kelmaslik   ehtimoli
faraz   qilinganda,   ushbu   faraz   qilingan   raqam   baholovchining   bilimiga,
tajribasiga asoslanadi. Negaki, ushbu voqeaning takrorlanishi to‘g‘risida statistik
ma’lumotlar  yo‘q. Ehtimol  subyektiv  ravishda  aniqlanganda,  bitta hodisani  har
xil insonlar har xil qiymatdagi ehtimol bilan baholaydi.
Yuqoridagi   misolda   voqeaga   ta’sir   qiluvchi   tasodifiy   omillar   ko‘p   va   ularning
hammasini   bartaraf   qilish   mumkin   emas.   Bundan   tashqari,   bu   yerda   teng
ehtimolli   alternativ   variantlarning   yo‘qligi   ehtimolni   matematik   hisob-kitoblar
orqali aniqlashga imkon bermaydi.
Birinchi   turdagi   ehtimolni   ob’ektiv   ehtimol   desak,   u   iqtisodiyotda   kamroq
uchraydi, ikkinchi turdagi ehtimoldan subyektiv ehtimol bo‘lib, biznesga xosdir.
Ham obyektiv va ham subyektiv ehtimollar tavakkalchilik darajasini ifodalashda
va   tanlashda   foydalaniladi.   Obyektiv   ehtimol   o‘rtacha   qiymatni   aniqlashga
yordam   bersa,   subyektiv   ehtimol   olinishi   mumkin   bo‘lgan   natijalarning
o‘zgaruvchanlik mezonini aniqlashga yordam beradi. Tavakkalchilikni miqdoriy
aniqlash   uchun   biror   voqea   yoki   hodisaning   olib   kelishi   mumkin   bo‘lgan
oqibatlarini  va bu oqibatlarning ehtimolini bilish kerak bo‘ladi.
Kutiladigan   miqdor   -   bu   mumkin   bo‘lgan   barcha   natijalarning   o‘rtacha
o‘lchangan   qiymatlari.   Bu   yerda   har   bir   natijaning   ehtimoli   ushbu   mos
qiymatlarning takrorlanish chastotasi yoki o‘lchovi. , bu yerda  - mumkin bo‘lgan natija;
     - ushbu natijaning paydo bo‘lish ehtimoli, .
Masalan, korxona yangi mahsulot ishlab chiqarmoqchi, agar korxonaning  yangi
mahsuloti   bozorda   muvaffaqiyatga   erishsa,   har   bir   aksiyaga   1000   so‘m   olish
mumkin,   agar   muvaffaqiyatga   erishmasa,   bir   aksiya   uchun   100   so‘m   olinadi.
Korxona   mahsulotining   bozorda   muvaffaqiyatga   erishish   ehtimoli   0,6   ga   teng
bo‘lsa, kutiladigan dividend qiymati quyidagicha aniqlanadi:
 so‘m/aksiya.
Chetlanish - bu haqiqiy natija bilan kutiladigan natija o‘rtasidagi  farq bo‘lib, u
tavakkalchilikdan   (yo‘qotishdan)   darak   beradi.   Ushbu   farq   qancha   katta   bo‘lsa
yo‘qotish, ya’ni tavakkalchilik ham shuncha yuqori bo‘ladi.
Masalan,   sizni   ishga   joylashishingiz   uchun   ikki   variant   mavjud.   Birinchisi,
xususiy   korxonada   ishlash   bo‘lsa,   ikkinchisi   -   davlat   korxonasida.   Xususiy
korxonada   ishlasangiz,   daromadingiz,   korxona   muvaffaqiyatli   ishlasa   bir   oylik
ish   haqingiz   6000   so‘mni,   muvaffaqiyatsizroq   ishlasa,   aytaylik,   3000   so‘mni
tashkil   qilsin.   Davlat   korxonasida   ishlasangiz,   ish   haqi   4510   so‘m,   korxona
to‘liq   ishlamaganda   beriladigan   ish   haqi   -   3510   so‘m.   Xususiy   korxonaning
muvaffaqiyatli   va   muvaffaqiyatsizlik   ehtimollari   bir   xil   bo‘lib,   0,5   ga,   davlat
korxonasiniki   mos   ravishda   0,99   va   0,01   ga   teng   deylik.   Quyidagi   jadvalda
mumkin bo‘lgan natijalar va ularning ehtimoli keltirilgan. 
9.1- Jadval. 
Ish joylari variantlaridagi daromad
Ish joyi 1- natija 2 – natija
Ehtimoli Daromad,
so‘m Ehtimoli Daromad, so‘m
Birinchi 0,5 6000 0,5 3000 Ikkinchi 0,99 4510 0,01 3510
Shuni   aytish   kerakki,   ikkala   ish   joyidan   olinishi   kutiladigan   daromad   bir   xil
miqdorda:0,5  (6000   so‘m)+   0,5  (3000   so‘m)=0,99  (6000   so‘m)+0,01  (6000
so‘m) =4500 so‘m.
Lekin, ikkala ish joyi uchun ham mumkin bo‘lgan natijalarning o‘zgaruvchanligi
har   xil.   Ushbu   o‘zgaruvchanlikka   ko‘ra   tavakkalchilikni   tahlil   qilish   va   uning
katta   yoki   kichikligi   to‘g‘risida   gapirish   mumkin.   Bunday   mezonga   ko‘ra,
haqiqiy   natija   bilan   kutiladigan   natija   o‘rtasidagi   farq   (u   musbat   yoki   manfiy
bo‘lishidan   qat’iy   nazar)   qancha   katta   bo‘lsa,   bunday   chetlanish   shuncha   katta
tavakkalchilik bilan bog‘liq ekanligidan darak beradi. 
Quyidagi   jadvalda   ikkita   ish   joyi   uchun   haqiqiy   natijalarning   kutiladigan
natijlardan chetlanishi keltirilgan.
9.2- Jadval
Haqiqiy   natijalarning   kutiladigan   natijalardan   chetlanishi.   (kutiladigan   natija
4500 so‘m) (so‘mda)
Ish joyi 1-natija Chetlanish 2-natija Chetlanish
Birinchi 6000 Q1500 3000 -1500
Ikkinchi 4510 Q10 3510 -990
Endi har bir ish joyi uchun o‘rtacha chetlanishni hisoblaymiz.
Birinchi ish joyi uchun:
O‘rtacha chetlanish = 0,5  (1500 so‘m)+0,5  (1500 so‘m)=1500 so‘m
Ikkinchi ish joyi uchun:
O‘rtacha chetlanish =0,99  (10 so‘m)+0,01  (990 so‘m)=9,9+9,9=19,8 so‘m.
Demak,   birinchi   ish   joyidagi   tavakkalchilik,   ya’ni   kutiladigan   yo‘qotish,
ikkinchi   ish   joyidagiga   qaraganda   ko‘proq.   Nima   uchun   deganda,   birinchi   ish joyidagi o‘rtacha chetlanish 1500 so‘m, ikkinchi ish joyidagi o‘rtacha chetlanish
19,8 so‘mdan ancha ko‘p.
Amaliyotda   o‘zgaruvchanlikni,   ya’ni   chetlanishni   o‘lchash   uchun   bir-   biridan
farq   qiladigan   ikkita   mezon   ishlatiladi.   Birinchisi,   dispersiya   bo‘lib,   u   haqiqiy
natijadan kutiladigan natijani ayrilganining o‘rtacha o‘lchovi miqdori kvadratiga
teng, ya’ni:         σ2=∑i=1
n	
πi[xi−	E(x)]2 ,
bu yerda  	
σ2 -dispersiya;  	xi - mumkin bo‘lgan natija;  	E(x) - kutiladigan natija;  	πi
- i-natijaning ehtimoli.
Standart   chetlanish   (o‘rtacha   kvadratik   chetlanish   ham   deyiladi),   bu
dispersiyadan   olingan   kvadrat   ildizga   teng,   ya’ni:          	
σ=	√σ2 ,   -standart
chetlanish.
Birinchi ish joyi uchun: dispersiya:
 	
σ12=	0,5	(6000	−	4500	)2+0,5	(3000	−	4500	)2=	0,5	⋅2250000	+0,5	⋅2250000	=	2250000 .
Standart chetlanish 	
σ1=√2250000	=1500 so‘m.
Xuddi shunday yo‘l bilan ikkinchi ish joyi uchun dispersiya, ya’ni	
σ22=0,99	(100
so‘m)	
+0,01	(980100 so‘m )=9900 so‘m.
Standart chetlanish esa  so‘m. 
Ikkala   mezon   ham   bu   yerda   bir   hil   vazifani   bajaradi,   gap   ularning   qaysi   biri
foydalanishda   o‘ng‘ayligida.   Ko‘rinib   turibdiki,   ikkala   holda   ham   ikkinchi   ish
joyi birinchiga qaraganda kamroq tavakkalchilikka (yo‘qotishga) ega.
Tavakkalchilikka bo‘lgan munosabat. Yuqoridagi misolda ko‘rdikki, ikkala ish joyida ham kutiladigan daromad 4500
so‘mni   tashkil   qiladi.   Demak,   kim   tavakkalchilikka   borishga   moyil   bo‘lmasa,
ikkinchi   ish   joyiga   boradi,   nima   uchun   deganda   bu   ish   joyida   kutiladigan
daromad   kamroq   tavakkalchilik   bilan   bog‘liq.   Endi   faraz   qilaylik,   birinchi   ish
joyidagi har bir natijaga 200 so‘mdan qo‘shaylik. Unda kutiladigan natija 4500
so‘mdan 4700 so‘mga oshadi.
Quyidagi 3-jadvalda yangi daromadning natijalari keltirilgan.
Birinchi ish joyi uchun: kutiladigan daromad = 4700 so‘m. Dispersiya =2250000
so‘m.
Ikkinchi   ish   joyi   uchun:   kutiladigan   natija   =   4500   so‘m.   Dispersiya   =   9900
so‘m.
9.3- Jadval
Ish joyi 1-natija Kvadratik
chetlanish 2-natija Kvadratik chetlanish
Birinchi 6200 2250000 3200 2250000
Ikkinchi 4510 100 3510 980100
Birinchi ish joyida kutiladigan daromad ikkinchi ish joyidagidan yuqori, lekin u
yuqori tavakkalchilik (yo‘qotish) bilan bog‘liq. Qaysi ish joyi ustunroq deganda,
bu   savolning   yechimi   tanlovchi   shaxsning   o‘ziga   bog‘liq.   Tadbirkor   shaxslar
yuqori tavakkalchilikka ega bo‘lsa ham kutiladigan daromad yuqoriroq bo‘lgan
ish   joyini   tanlaydi,   konservativroq   (o‘zgarishlardan   o‘zini   olib   qochuvchi)
shaxslar   kutiladigan   daromad   kamroq   bo‘lsa   ham,   kamroq   tavakkalchilik   bilan
bog‘liq ishni, ya’ni ikkinchi ish joyini tanlaydi.
Insonlar   tavakkalchilikka   borishga   tayyorligi   bilan   bir-biridan   farq   qiladi.
Insonlar   tavakkalchilikka   borishga   tayyorligi   bo‘yicha   uch   turga   bo‘linadi:
tavakalchilikka borishga moyil insonlar, tavakkalchilikka borishga qarshi, ya’ni
moyil emas va tavakkalchilikka befarq qaraydigan insonlar. Tavakkalchilikka   qarshi   bo‘lgan   inson   deganda   shunday   inson   tushuniladiki,
kutiladigan   daromad   berilganda,   u   tavakkalchilik   bilan   bog‘liq   natijalarga
nisbatan,   kafolatlangan   natijani   ustun   ko‘radi.   Agar   tavakkalchilikka   qarshi
insonni   iste’molchi   deb   qarasak   va   u   oladigan   daromadiga   iste’mol   tovarlar
majmuasini   sotib   olib,   uni   iste’mol   qilishdan   ma’lum   darajada   naf   oladi   deb
faraz   qilsak,   biz   iste’molchining   tavakkalchilik   bilan   bog‘liq   daromadining
naflik darajasi  bilan qanday bog‘liq ekanligini  ko‘rishimiz mumkin (8.1-rasm).
Tavakkalchilikka   qarshi   inson   daromadi   past   darajadagi   chekli   naflikka   ega
ekanligini   ko‘ramiz.   Rasmdan   ko‘rish   mumkinki,   har   bir   birlik   qo‘shimcha
daromadga to‘g‘ri keladigan qo‘shimcha naflik daromad oshishi  bilan kamayib
bormoqda.   Masalan,   20-30   ming   so‘mlik   daromad   oralig‘idagi   har   ming   so‘m
daromadga   0,8   birlik   naf   to‘g‘ri   kelsa,   31-ming   so‘mlik   daromadga   0,6   naf
birligi   to‘g‘ri   kelayapti).  Chekli   naflikni   kamayishi   insonlarda  tavakkalchilikka
salbiy munosabatini kuchaytiradi. Shuning uchun ham tavakkalchilikka borishga
moyillikning   yo‘qligi   ko‘pchilik   insonlarga   xosdir.   Tavakkalchilik   ular   uchun
og‘ir   sinovdek   hisoblanadi   va   ular   ma’lum   kompensatsiya   bo‘lgandagina
tavakkalchilikka borishi mumkin.
Tavakkalchilikka   befarq   qaraydigan   inson   shunday   inson   hisoblanadiki,
kutiladigan daromad berilganda, u kafolatlangan va tavakkalchilik bilan bog‘liq
natijalarni  tanlashga befarq qaraydi. Tavakkalchilikka neytral qaraydigan inson
uchun o‘rtacha foyda muhim hisoblanadi.
Naflik 
darajasi
Daromad
(ming so’m)6
4 6
8
5
8
5
0
4
0
4
03
02
01
00 9.1-rasm. Tavakkalchilikka moyil bo‘lmagan holat.
O‘rtacha   qiymatga   nisbatan   cheklanishlar   bir-biri   bilan   qisqarib,   umumiy
cheklanishlar   nolga   teng   bo‘lgani   uchun   ham   ushbu   cheklanishlar   uni
qiziqtirmaydi.   Tavakkalchilikka   befarqlik   koordinata   boshidan   chiqadigan
to‘g‘ri chiziq sifatida ifodalanishi mumkin (8.2-rasm).
Daromadning   bir   tekisda   o‘zgarishi   umumiy   naflikni   to‘g‘ri   chiziq   bo‘yicha
o‘sishga olib keladi.
Tavakkalchilikka moyil bo‘lgan inson, shunday, kutiladigan daromad berilganda
u kafolatlangan natijaga ko‘ra tavakkalchilik bilan bog‘liq natijani ustun ko‘radi. 9-2-rasm. Tavakkachilikka befarqlik.
Tavakkalchilikka   qiziqadigan   inson   undan   bahra   oladi.   Bunday   turdagi
insonlarga   o‘z   taqdirini   sinab   ko‘rishdan   bahramand   bo‘lish   uchun   barqaror
daromaddan   voz   kecha   oladigan   insonlar   kiradi.   Ular   yutish   ehtimoliga   yuqori
baho berib yuboradilar. Tavakkalchilikka moyillik grafigi  keskin sur’atda ortib
borayotgan parabola grafigi orqali ifodalanishi mumkin (8.3-rasm).
Umumiy
naflik
Daromad 
(ming so’m)40
25
11
5
40
30
2010Umumiy 
naflik
Daromad
(ming so’m)80
60
40
20
40
30
2010 9.3-rasm. Tavakkalchilikka moyillik.
Hayotda   va   umuman   barcha   bozor   sub’ektlari   tavakkalchilikni   e’tiborga   oladi.
Ko‘chalardagi,   bozorlardagi   har   xil   firibgarlar   tavakkalchilikka   moyil   insonlar
hisobidan   boylik   orttirsa,   sug‘urta   kompaniyalari   tavakkalchilikka   moyil
bo‘lmagan insonlarni yo‘qotishlarini kamaytirishga xizmat qiladilar.
9.3. Tavakkalchilikni (yo‘qotishlarni) pasaytirish.
Tavakkalchilikni   pasaytirishning   quyidagi   turlari   mavjud:   diversifikatsiya,
sug‘urtalash, tavakkalchilikni taqsimlash, axborot izlash.
Diversifikatsiya   usulida   tavakkalchilik  bir   necha   tovarlarga  taqsimlanadi,   ya’ni
biror   tovarni   sotish   (sotib   olish)   yuqori   tavakkalchilik   bilan   bog‘liq   bo‘lishi
boshqa   bir   tovarni   sotishdan   (sotib   olishdan)   bo‘ladigan   tavakkalchilikni
kamaytirishga olib keladi.
Masalan, biror firma ikki xil mahsulot ishlab chiqaradi. Ma’lumki, bir vaqtning
o‘zida ikkala mahsulot turiga bo‘lgan talabning kamayib ketish ehtimoli, ulardan
bittasiga   bo‘lgan   talabni   kamayib   ketish   ehtimolidan   yuqori.   Ko‘p   hollarda   bir
turdagi   mahsulotga   bo‘lgan   talab   kamayganda   ikkinchi   turdagi   mahsulotga
bo‘lgan   talab   oshadi.   quyidagi   4-jadvalda   ikki   turdagi   mahsulotdan   olinadigan
daromadlar keltirilgan.
9.4- Jadval
Tovarlarni sotishdan tushgan daromad.
Tovarlar turi Yoz fasli Qish fasli 1-tur (muzqaymoq) 6 mln. so‘m 1 mln. so‘m
2-tur (issiq choy) 1 mln. so‘m 6 mln. so‘m
Firma o‘zi ishlab chiqarishini diversifikatsiya qilib, yoz oyida ikkinchi tur tovar
hisobidan yo‘qotadigan daromadini birinchi tur tovarni ko‘proq sotish hisobidan
qoplaydi.   Xuddi   shunday   qish   faslidagi   yo‘qotishlar   ikkinchi   tovar   hisobidan
qoplanadi. Ko‘rinib turibdiki, firma diversifikatsiya yo‘li  bilan tavakkalchilikni
kamaytirdi.   Lekin,   diversifikatsiya   tavakkalchilikni   to‘liq   yo‘qotmaydi,   u   faqat
kamaytiradi xolos.
Tavakkalchiliklarni   qo‘shish   -   ushbu   usul   tasodifiy   yo‘qotishlarni   o‘zgarmas
xarajatlarga   aylantirish   orqali   tavakkalchilikni   kamaytirishga   qaratilgan.
Ma’lumki,   mulkning   o‘g‘irlanishi,   shaxsning   kasal   bo‘lib   ishga   chiqmasligi,
tabiiy   ofatlarning   bo‘lishi   tasodifiy   bo‘lib,   ular   juda   katta   xarajatlarga   olib
kelishi   mumkin.   Ushbu   noxush   hodisalarning   oqibatlarini   kamaytirishda
sug‘urtaning ahamiyati katta. 
O‘zbekistonda   ham   hozirgi   vaqtda   ko‘pgina   insonlar   o‘z   hayotlarini,   mulkini
sug‘urtalaydilar.   Sug‘urta   ishlarini   yo‘lga   qo‘yish   uchun   respublikada   maxsus
qonunlar ishlab chiqilgan va bir qator davlat  va nodavlat sug‘urtalash firmalari
faoliyat ko‘rsatmoqda.
Sug‘urtalashda   tavakkalchilikni   qo‘shish   samaradorligi   shu   bilan   belgilanadiki,
sug‘urtalangan shaxslarning tavakkalchiligi bir-biriga bog‘liq bo‘lmasligi kerak.
Tavakkalchilikni   taqsimlash   -   ushbu   usulga   ko‘ra   zarar   ko‘rish   ehtimoli   bilan
bog‘liq   bo‘lgan   tavakkalchilik   bilan   qatnashuvchi   sub’ektlar   o‘rtasida   shunday
taqsimlanadiki,   oqibatda   har   bir   sub’ektning   kutiladigan   yo‘qotishi   nisbatan
kichik bo‘ladi.
Ushbu   usuldan   foydalangan   holda   yirik   moliya   kompaniyalari   katta
masshtabdagi   loyihalarni   va   ilmiy   izlanishlarni   tavakkalchilikdan   qo‘rqmasdan
moliyalashtiradilar. Axborot   bilan   ta’minlash   ham   tavakkalchilikni   kamaytiradi.   Nima   uchun
deganda,   axborotning   yetishmasligi   noto‘g‘ri   qaror   qabul   qilishga   olib   keladi.
Hozirgi   vaqtda   axborot   asosiy   taqchil   resurslardan   biri   bo‘lib,   uni   olish   uchun
haq   to‘lash   kerak,   ya’ni   axborot   olish   xarajat   bilan   bog‘liq,   ba’zi   axborotlar
nihoyatda   qimmat   turadi.   Shuning   uchun   ham   kerakli   bo‘lgan   axborotdan
qancha olish kerak deganda, uning chekli xarajati bilan chekli nafini solishtirib
ko‘rish kerak bo‘ladi.
Assimetrik axborotlashgan bozor.
“Men   sen   bilmaydigan   bir   narsani   bilaman”.   Bu   bolalar   orasida   juda   mashxur
hazil, shu bilan birga uning tagida   odamlar ba’zida o‘zaro qanday muomalada
bo‘lishlarini ko‘rsatuvchi haqiqat bor. Hayotda ko‘pincha bir odam atrofda nima
bo‘layotganini   boshqasidan   ko‘ra   ko‘proq   biladi.   Hozirgi   hodisaga   ta’lluqli
bo‘lgan turlicha bilimlar farqi axborot assimetriasi deyiladi.
Misollar. Ishchi o‘z ish beruvchisiga qaraganda o‘z ishiga qancha kuch ketishini
ko‘proq   biladi.   Ishlatilgan   mashina   egasi   xaridorga   qaraganda   mashinaning
holati   haqida   ko‘proq   ma’lumotga   ega.   Birinchisi   yashirin   faoliyatga   misol
bo‘lsa,   ikkinchisi   yashirin   tavsifga   misol   bo‘la   oladi.   Ikkala   holatda   ham
ma’lumotga   ega   bo‘lmagan   taraf   (ish   beruvchi,   xaridor)   haqiqiy   ma’lumotni
bilmoqchi, lekin unga ega bo‘lgan taraf (ishchi va sotuvchi) ataylab haqiqatning
bir qismini berkitishi mumkin.
Assimetrik   axborot   juda   keng   tarqalgani   sababli   iqtisodchilar   yaqin   o‘n
yilliklarda uning ta’sirini o‘rganish uchun juda ko‘p kuch sarflashdi. Assimetrik
axborot   -   bu   shunday   holatki,   bozordagi   bozor   sub’ektlari   o‘rtasida   bo‘ladigan savdo-sotiqda   ularning   bir   qismi   kerakli,   muhim   axborotga   ega,   qolgan   qismi
esa ega emas. 
Bozordagi   tovarlarning   taqsimlanishi   optimal   bo‘lishi   tovarlar   narxi   va   tovar
to‘g‘risida   qanchalik   to‘g‘ri   axborot   berish   bilan   bog‘liq.   Raqobatlashgan
bozorni   qaraganimizda   biz   axborotni   simmetrik   ravishda   taqsimlangan,   ya’ni
sotuvchilar   va   sotib   oluvchilar   axborot   bilan   to‘liq   ta’minlangan,   deb   faraz
qilgan   edik.   Bunday   holatda   narxlar   sotiladigan   ne’matlarning   al’ternativ
xarajatlari   to‘g‘risida  to‘liq axborot  beradi.  Aniq va  to‘liq  axborotning  bo‘lishi
bozordagi ne’matlarning optimal taqsimlanishiga yordam beradi. Lekin, bozorda
ahvol   butunlay   boshqacha.   Sotuvchilar   o‘z   tovarlari   sifatini   yaxshi   bilsa-da,
ushbu axborotni xaridordan yashiradi. Xuddi shunday xaridorlar ham o‘zlarining
bozordagi   hatti-xarakatlarini   yashirib,   har   xil   yo‘l   bilan   savdo-sotiqda   bir
tomonlama   yutuqqa   erishishga   harakat   qiladi.   Bozor   narxi   o‘zida   juda   ko‘p
axbortni mujassamlashtiradi. Ushbu axborotni bozor qatnashchilari qancha to‘liq
bilsa, savdo-sotiq ikki tomon uchun shuncha samarali bo‘ladi, ya’ni ikki tomon
ham   maksimal   foyda   ko‘radi.   Yuqoridagidan   kelib   chiqib   aytish   mumkinki,
bozorda   axborotlar   assimetrik   (to‘liq)   bo‘lmaganligi   uchun   bozor   mexanizmi
ham yetarli darajada mukammal emas.
Haqiqatdan   2001-yil   iqtisod   sohasida   Nobel   mukofoti   sovrindorlari   bo‘lgan
uchta iqtisodchi (Jorj Akerlof, Maykl  Spens va Jo‘zef Stiglitz) larga aynan shu
yo‘nalishdagi ilk qadamlari uchun ushbu mukofot berilgan. Keling bu izlanishlar
ochib bergan ba’zi tushunchalarni ko‘rib chiqamiz.
Yashirin faoliyat: prinsipal-agent, agent va ma’naviy tavakkalchilik.
Ma’naviy   tavakkalchilik   bu   muammo   bo‘lib,   u   agent   deb   atalgan   bir   shaxs
prinsipal-agent   deb   atalgan   boshqa   bir   shaxsning   topshirig`ini   bajarishda
vujudga   keladi.   Agar   prinsipal-agent   agentning   xatti-harakatini   to‘liq   nazorat
qila   olmasa,   u   holda   agent   prinsipal-agent   o‘ylaganidan   ko‘ra   kamroq   samara
bilan   ishlaydi.   Ma’naviy   tavakkalchilik   bu   tavakkal   yoki   “havf”   bo‘lib,   unda
agent   noto‘g`ri   yoki   ahloqsiz   xatti-harakat   qiladi.   Bunday   holatlarda   prinsipal- agent   koproq   ma’suliyat   bilan   ishga   yondashishi   uchun   har   xil
rag‘batlantirishlardan foydalanadi.
Ish   bilan   bandlik   munosabatlari   klassik   misoldir.   Prinsipal-agent   bu   ish
beruvchi,   agent   bu   ishchi.   Ahloqiy   havf   muammosi   -   bu   yaxshi   nazorat   ostida
bo‘lmagan   ishchining   o‘z   javobgarligidagi   ishdan   qochishi.   Ish   beruvchilar
bunga turlicha javob qaytarishlari mumkin:
Yaxshiroq   nazorat   qilish.   Ota   onalar   yonlangan   enagalarni   ular   yo‘qligida
bolalariga   munosabatini   ko‘rish   uchun   uyga   yashirin   kameralar   o‘rnatishadi.
Maqsad ma’suliyatsiz munosabatni tutish.
Yuqori   darajadagi   oylik.   Ish   haqi   samaradorligi   nazariyasiga   ko‘ra,   ba’zi   ish
beruvchilar   o‘z   ishchilariga   oylikni   mehnat   bozoridagi   narxdan   yuqoriroq
to‘lashni   afzal   deb   bilishadi.   Oddiy   darajadan   yuqoriroq   oylik   oladigan   ishchi
o‘z   ishidan   noto‘g‘ri   yo‘lda   foydalanishi   kamroq   ehtimolda,   chunki   agar   u
qo‘lga tushsa va haydalsa u qayta bunday oylik to‘lanadigan joy topa olmasligi
mumkun.
Ish   beruvchi   ahloqiy   havfni   kamaytirish   uchun   ushbu   yo‘llardan   istaganini
tanlashi mumkin.
Mahsulot   sifati   noaniqligi.   Avtomobil   va   sug‘urta     bozoridagi   assimetrik
axborot.   Faraz   qilaylik,   bozorda   foydalanilgan   avtomobillar   sotiladi.
Mashinaning   holati   (sifati)   o‘rtacha   holatdan   yuqori   bo‘lsa   yaxshi   avtomobil,
past   bo‘lsa   -   yomon   avtomobil   (ushbu   masalani   1970-yilda   birinchi   bo‘lib
amerikalik   olim   A.Akerlof   o‘rgangan).   Yaxshi   avtomobillarning   narxi   3000
doll.   Agar   bozorda   ikkala   kategoriyadagi   avtomobillar   soni   bir-biriga   teng
bo‘lsa,
avtomobilning   o‘rtacha   narxi   2000   doll.   bo‘ladi.   Ushbu   holatda   yaxshi
avtomobilni ham, yomon avtomobilni ham sotib olish ehtimoli 50 foizga teng.
Biroq   sotuvchilar   o‘zlarining   avtomobili   sifatini   yaxshiroq   biladi,   xaridorlar
bunday   axborotga   ega   emaslar.   Yaxshi   mashina   sotuvchilarni   2000   doll.   narx qanoatlantirmaydi.   Yomon   mashina   sotuvchilarni   esa   2000   doll.   narx
qanoatlantiradi va bu narx ular kutgan narxdan ancha yuqori. 
Bozorda   asimmetrik   axborot   bo‘lgan   sharoitda   avtomobil   bozoridagi   narx
avtomobil sifati to‘g‘risida to‘liq axborotni bermaydi, natijada bozordagi savdo-
sotiqlarning   noratsional   bo‘lishiga   olib   keladi.   Yaxshi   avtomobil   egalari   o‘z
avtomobillarini   2000   doll.da   sotishdan   voz   kechadilar.   Oqibatda   yaxshi
avtomobillar   taklifi   kamayadi.   Yomon   avtomobillar   narxi   yuqori   bo‘lgani
uchun, ularning taklifi oshadi.  Bunday holatda yaxshi  avtomobil  olish ehtimoli
50 foizdan nolga tushib ketadi.
Sug‘urtalash bozori. Sug‘urtalash bozorida ham avtomobillar bozoridagi holatni
kuzatish   mumkin.   Sug‘urta   qilinadigan   shaxs   o‘zining   sug‘urta   ob’ekti
to‘g‘risida   sug‘urtalovchiga   qaraganda   ko‘proq   axborotga   ega.   Shuning   uchun
ham,   bu   yerda   zaifroq,   sog‘lig‘i   yaxshi   bo‘lmagan   shaxslar   ko‘proq   sug‘urta
kompaniyasi   xizmatidan   foydalanishga   harakat   qiladilar.   Ushbu   holat   sug‘urta
kompaniyalarining   sug‘urta   narxini   oshishiga   olib   keladi   va   yuqori   sug‘urta
narxi   o‘z   navbatida   sog‘ligi   yaxshi   bo‘lgan   shaxslarni   sug‘urtalashga
bormasligini kuchaytiradi.
Ma’naviy   tavakkalchilik   (yo‘qotish)   -   yo‘qotishlar   sug‘urta   kompaniyasi
tomonidan   to‘liq   qoplanishiga   ishonib   vujudga   kelishi   mumkin   bo‘lgan
yo‘qotishlar   ehtimolini   ongli   ravishda   oshirishga   intiluvchi   shaxslarning   xatti-
harakati.
Insonlar   o‘z   hayotini,   mulkini   sug‘urtalagandan   keyin,   o‘zining   hayotiga,
mulkining   saqlanishiga   ko‘pincha   befarq   qaray   boshlaydilar.   Ular
sug‘urtalashgacha   qilinadigan   ehtiyot-choralarni   bajarmay   qo‘yadilar.   Bunday
holat   tavakkalchilikni   kuchaytiradi   va   inson   o‘zini   sug‘urta   qilgan   voqea-
hodisalarning sodir bo‘lish ehtimolini oshishiga olib keladi. Ba’zi   bir   nopok   insonlar   yuqori   sug‘urta   haqi   olish   maqsadida,   ongli   ravishda
o‘zining   eski   uyini   yoqadi,   mulkini   yaroqsiz   holatga   keltiradi   va   hatto   o‘z
qarindoshlarini o‘ldirishgacha boradilar.
Ma’naviy yo‘qotishlarni quyidagi yo‘llar orqali kamaytirish mumkin:
  sug‘urtalanadigan   shaxslarni   yaxshiroq   tekshirish,   mijozlarni   yo‘qotishlari
bo‘yicha   klassifikatsiya   qilish   asosida   sug‘urta   badalini   differentsiatsiyalash
(ya’ni, yo‘qotishi yuqori bo‘lgan shaxs uchun yuqori sug‘urta badali belgilash);
  yuqori   yo‘qotishga   ega   bo‘ladigan   shaxslar   bilan   sug‘urta   shartnomasini
tuzmaslik (narkomanlar, spirtli ichimlik ichib avtomobil haydaydigan shaxslar);
 yo‘qotishni qisman qoplash sharti bilan sug‘urtalash.
Bozordagi asimmetrik axborotlarni yo‘qotish yo‘llari.
Bozor   signallari.   Bozorda   sotiladigan   tovar   to‘g‘risida,   tovarni   ishlab
chiqaruvchi   firmaning   nomi   to‘g‘risidagi   axborotlar,   tovar   markasi,   firma
belgisi,   firmaning   obro‘i,   tovar   sifati   va   kafolati   to‘g‘risidagi   axborotlar   bozor
signallari   bo‘lib   xizmat   qiladi   va   bu   signallar   tovar   sotib   olishdagi
tavakkalchilikni   kamaytiradi.   Masalan,   siz   sotib   olmoqchi   bo‘lgan   tovar   siz
bilgan,   sifatli   mahsulot   ishlab   chiqaradigan   firmaning   mahsuloti   bo‘lsa,   siz
mahsulotni yo‘qotishsiz sotib olasiz.
Firmalar   xaridorlar   ularda   yaxshi   sifatdagi   mahsulot   borligini   bilishi   uchun
reklamaga   mablag‘   sarflashlari   mumkin.   20   –   bo‘limda   ko‘rganimizdek,
talabalar ishga oluvchilar ularning bilimlari yetarli darajada ekanligini bilishlari
uchun   oliy   o‘quv   dargohlari   diplomini   olishlari   mumkin.   Bilimning   signal
nazariyasi   odam   kapitali   nazariyasidan   farq   qiladi.   Odam   kapitali   nazariyasida
diplom   mavjudligi   odamning   qobiliyatlari   mavjudligidan   emas,   balki   ish
mahsulligini   ko‘rsatadi.   Signal   qilishning   bu   ikki   misoli   umuman   turlicha
ko‘rinishi   mumkin,   biroq   tashqi   ko‘rinish   ostida   ular   deyarli   bir   xil:   ikkala
misolda ham habardor taraf (firma, talaba), xabardor bo‘lmagan tarafga (xaridor, ishga oluvchi) signal orqali ular yaxshi sifatli narsani taklif qilayotganlari haqida
xabar berishmoqda. 
Biror   bir   harakat   yaxshi   signalga   aylanishi   uchun   nima   kerak   bo‘ladi?   U
qimmatga   tushishi   ravshan.   Agar   signal   tekin   bo‘lganida   hamma   undan
foydalanar   va   u   hech   qanday   ma’lumotni   uzatmas   edi.   Huddi   shu   sababga
boshqa   bir   talab   bor:   yuqoriroq   sifatli   mahsuloti   bo‘lgan   odamga   signal   kam
xarajatli   yoki   yuqori   foydali   bo‘lishi   kerak.   O‘zga   holda   barcha   signalni
ishlatishni xohlab qoladi va u hech narsani bildirmay qo‘yadi.
Yuqoridagi   ikki   misolimizni   yana   bir   bor   ko‘rib   chiqamiz.   Reklama   holatida,
sifatli mahsuloti bo‘lgan firma reklamaga pul ketkazib yanada ko‘proq daromad
ko‘radi     chunki   mahsulotni   bir   bor   ishlatib   ko‘rgan   iste’molchi   uni   yana   sotib
olishi ehtimoli yuqoriroq.  Shuning uchun yaxshi mahsulotga ega firmaga signal
(reklama)  uchun mablag‘  sarflash foyda, iste’molchiga esa  signalni  mahsulotni
sifati   haqida   habar   beruvchi   ma’lumot   sifatida   qarash   foyda   desak   bo‘ladi.
Ta’lim misoliga kelsak, iqtidori bor odam maktabni bitirishi osonroq, iqtidorsiz
odamga   qaraganda.   Shunday   ekan   shaxsga   signalning   (ta’lim)   narxini   to‘lash,
ishga oluvchiga esa bu signalga shaxsning qobiliyatlari haqida ma’lumot sifatida
qabul qilish to‘g‘ri bo‘ladi. 
Dunyo signallarga to‘lib ketgan. Jurnallardagi reklamalarda ba’zida “televizorda
ko‘rganingizdek”   yozuvi   bo‘ladi.   Nega   jurnalda   reklamasi   bor   firma   bu   faktga
urg‘u bermoqchi bo‘ladi? Bunga sabab korxona qimmat signaldan (televizordan)
foydalanayotgani   sizga   uning   mahsuloti   yuqori   sifatli   ekanligidan   darak
bermoqchiligidadir. Xuddi shu sababga ko‘ra, nufuzli maktablarni bitirganlar bu
faktni o‘z rezumelarida aks ettirishadi.
                       Sovg‘alar signallar o‘rniga
Bir bola o‘z yoqtirgan qiziga qanday sovg‘a olishni o‘ylayapti. “Bilaman” deydi
u   o‘ziga,   “   men   unga   naqd   pul   beraman.   Uning   didini   o‘zichalik   yaxshi bilmayman.   Pulga   esa   o‘zi   xohlagan   narsani   sotib   oladi”.   Lekin   u   pulni
berganida   qiz   xafa   bo‘ladi.   U   meni   sevmas   ekan   deb   o‘ylab,   munosabatlarni
tugatadi.
Bu voqea orqasidagi iqtisod qanday?
O‘ylab   qarasak,   sovg‘a   berish   bu   g‘alati   odat.   Misolimizdagi   yigit   aytganidek
odamlar   o‘z   didlarini   boshqalarnikiga   qaraganda   yaxshiroq   biladilar,   shuning
uchun   biz   hammani   pulni   sovg‘aning   bir   shakli   deb   qabul   qilishini   kutishimiz
mumkin. Agar sizning ish beruvchingiz oyligingizni tovarlar shaklida berganida
siz   bunga   qarshi   chiqardingiz.   Lekin   sizning   reaksiyangiz   sizni   (umid
qilganingizdek) sevuchi odam shunday qilsa umuman boshqacha bo‘ladi.
Sovg‘a   berishning   bir   talqini   u   o‘zida   asimmetrik   ma’lumot   va   signalni
saqlaganligidadir.   Misolimizdagi   yigitning   qiz   bilmoqchi   bo‘lgan   shaxsiy
ma’lumoti   bor:   Haqiqatdan   ham   u   qizni   sevadimi?   Qiz   uchun   yaxshi   sovg‘a
tanlashi   bu   uning   signali.   Sovg‘a   tanlash   pul   bergandan   ko‘ra   signal   bo‘lish
uchun   to‘g‘riroq   xarakteristikalarga   egaligi   aniq.   U   qimmat   (vaqt   oladi),   va
uning   narxi   shaxsiy   ma’lumotga   asoslangan(qanchalik   sevishi).   Agar   yigit
haqiqatdan   ham   qizni   sevsa   to‘g‘ri   sovg‘a   tanlash   oson   bo‘ladi,   chunki   u   qiz
haqida ko‘p o‘ylaydi. Agar uni sevmasa to‘g‘ri sovg‘a tanlash qiyinroq bo‘ladi.
Shunday qilib to‘g‘ri sovg‘a tanlash uning sevgisi haqidagi shaxsiy ma’lumotini
izhor   etishning   bir   yo‘li.   Pul   berish   esa   u   hatto   sovg‘a   tanlashga   harakat
qilmaganini ko‘rsatadi.
Signal   nazariyasining   sovg‘a   berish   bilan   bog‘liqligining   yana   bir   kuzatuvi
mavjud:   Odamlar   ta’sir   kuchi   muhim   bo‘lgan   odatlar   haqida   ko‘proq
qayg‘urishadi.   Shunday   ekan,   yigit   yoki   qizga   pul   berish   odatda   nomaqul
harakat. Lekin kollej o‘quvchilari ota onalaridan chek olganlarida ular kamdan-
kam   xafa   bo‘lishadi.   Ota-ona   muhabbati   shubhada   bo‘lishi   mumkin   emas,
shuning uchun qabul qiluvchi pulni e’tiborsizlik signali deb qabul qilmaydi. Ma’lumotni aniqlash uchun tekshirish
Xabardor taraf o‘z ma’lumotini oshkor etish uchun qilgan harakati signal berish
deyiladi. Xabari yo‘q bo‘lgan taraf esa ma’lumotni bilish uchun  qilgan harakati
tekhirish deyiladi.
Ba’zida tekhirish bu oddiy holat. Ishlatilgan mashinani sotib olayotgan shaxs uni
avtomexanik   tomonidan   tekshirib   ko‘rilishini   so‘rashi   mumkin.   Bu   talabni   rad
etgan   sotuvchi   o‘z   shaxsiy   ma’lumoti,   ya’ni   uning   mashinasi   limon   ekanligini
oshkor etib qo‘yadi. Xaridor narxni tushirishni  so‘rashi  yoki boshqa mashinani
ko‘rishni afzal deb bilishi mumkin.
Tekshirishning   boshqa   misollari   nozikroq.   Misol   uchun,   avtomobil   sug‘urtasi
bilan   shug‘ullanuvchi   tashkilotni   ko‘raylik.   Tashkilot   ehtiyotkor   haydovchilar
uchun   past   narxdagi   badal   va   tavakkal   haydovchilar   uchun   yuqori   badal
narxlarini   o‘rnatishni   xoxlaydi.   Lekin   ularni   qanday   ajratish   mumkin?
Haydovchilar   ular   ehtiyotkor   yoki   tavakkal   xaydovchiliglarini   bilishadi,   lekin
tavakkallari   buni   tan  olishmaydi.  Haydovchining  tarixi   bu  birqancha   ma’lumot
(sug‘urta   kompanialari   undan   foydalanishadi)   lekin   avariyalarning   tasodifiy
sodir   bo‘lishini   hisobga   olgan   holda   xaydovchining   tarixi   kelajakdagi
xatarlardan xabar beruvchi yaxshi indikator emas.
Sug‘urta   kompaniyasi   ikki   xil   toifadagi   haydovchilarni   ikki   xil   sug‘urta
shartlarini   o‘rnatib,   xaydovchilarni   o‘zini-o‘zi   ajratishiga   undashi   mumkin.
Birinchi   sug‘urta   shartlari   yuqori   badalli   bo‘ladi   lekin   u   avariyadan   ko‘rilgan
zararni to‘liq qoplab beradi. Boshqa sug‘urta shartlari esa past narxdagi badalga
ega   bo‘ladi   lekin   misol   uchun   $1000   franshizaga   ega   bo‘ladi.(bu   degani
haydovchi   zararning   birinchi   $1000   ni   to‘lashi   kerak   bo‘ladi,   tashkilot   esa
qolgan zararni to‘lab beradi) E’tibor bering, franshiza tavakkalchi haydovchilar
uchun   ortiqcha   tashvish   bo‘ladi,   chunki   ularning   avariyaga   uchrash   ehtimoli
kattaroq. Shunday   ekan   yetarlicha   yuqori   franshiza   bor,   biroq   past   narxdagi   badali
bo‘lgan   sug‘urta   ehtiyotkor   haydovchilarni,   franshiza   bo‘lmagan,   lekin   yuqori
narxdagi   badali   bo‘lgan   sug‘urta   tavakkal   haydovchilarni   qiziqtiradi.   Bu   ikki
sug‘urta shartlarini ko‘rib chiqib ikki toifadagi haydovchilar o‘zlarining shaxsiy
ma’lumotlarini qaror qabul qilib oshkor etadilar.
Axborot assimetriyasi va ijtimoiy siyosat
Biz  ikki  turdagi   axborot  assimetriyasini  ko‘rib  chiqdik:  ahloqiy  xavf  va  zararli
tanlov. Biz odamlarni tekhirish va signal berish muammolarida qay tarzda o‘zini
tutushini   ko‘rib   chiqdik.   Endi,   assimetrik   ma’lumotni   o‘rganish   bizga   ijtimoiy
siyosatni olib borishda qanday yordam berishini ko‘rib chiqaylik.
Bozorning   yutuq   sari   borishi   va   muvaffaqiyatsizlikka   erishishi   orasidagi
keskinliklar   mikroiqtisodiyotning   asosiy   mavzusidir.   7-bo‘limda   aytib
o‘tilganidek,   talab   va   taklifning   tenglik   nuqtasi   samaradorligi   uning   jamiyat
olishi   mumkin   bo‘lgan   bozordagi   jami   ortiqlikni(taklifning   talabdan   ortishi)
ko‘paytirib   beradi.   Adam   Smitning   ko‘rinmas   qo‘li   to‘liq   o‘z   ishini
qilayotganday   ko‘rinadi.   Bu   xulosa,   tashqi   ta’sir   (10   bo‘lim)   ijtimoiy   xom
ashyolar (11 bo‘lim), nomukammal bozor raqobatdoshligi (15-17 bo‘limlar), va
qashshoqlik (20 bo‘lim) kabi vaziyatlarning tasirini o‘rganib chiqilganidan so‘ng
yo‘qqa   chiqarildi.   Bu   kabi   hodisalar,   hukumatni   ba’zida   bozorning   ahvolini
yaxshilay olishini ko‘rsatadi.
Assimetrik   ma’lumotni   o‘rganib   chiqish,   bizga   bozordagi   hodisalardan   ogoh
bo‘lishga   yangi   sabab   beradi.   Ba’zi   odamlarning   boshqalarga   nisbatan   bozor
haqida   ko‘proq   bilishi   tovar   aylanishini   yomonlashtirishi   mumkin.   Masalan,
sifati yaxshi bo‘lgan haydalgan mashina sotuvchilari haridorlarning yomon mol
olib   qo‘yish   qorquvidan   mashinasini   sotishi   qiyin   bo‘ladi.   Yoki,   Sug‘urta
kompaniyalarining jiddiy bo‘lmagan va jiddiy kasalligi bor odamlar bilan birga
ishlashi   jiddiy   kasal   bo‘lmagan   odamlarga   past   narxdagi   sog‘lik   sug‘urtasini
olish muammo bo‘ladi.  Ya’na,   ba’zi   vaziyatlarda   assimetrik   ma’lumot   hukumatning   aralashishiga   ham
olib   keladi,   va   3   ta   fakt   bu   muammoni   yanada   chigallashtiradi.   Birinchisi,
yuqorida   aytib   o‘tilganiday,   shaxsiy   sektorni   assimetrik   ma’lumotni   o‘zining
shaxsiy   tekhirish   va   signal   berish   yo‘llari   bilan   hal   etishi   mumkin.   Ikkinchisi,
hukumat kamdan-kam holatlarda shaxsiy guruhlardan ko‘proq   ma’lumotga ega
bo‘ladi. Shuning uchun ham assimetrik muammo paydo bo‘lganida siyosatchilar
natijaning   noaniqligi   sababli   bozorni   ahvolini   yaxshilashda   qiynalishadi.
Uchinchidan   esa,   hukumatning   o‘zi   nomukammal   institutdir,   bu   haqida   esa
kelgusi mavzularda aytib o‘tiladi.
Siyosiy iqtisodiyot
Aytib o‘tilganiday, bozorni hukumat ta’sirisiz qoldirish har doim ham qoniqarli
resurs   taqsimotiga   olib   kelmaydi.   Biz   bozor   natijalarini   nohaq   yoki   samarasiz
deb   baho   berganimizdagina,   hukumatning   aralashishi   va   vaziyatni   yaxshilashi
o‘rinli   bo‘lishi   mumkin.   Faol   hukumat   tarafdori   bo‘lishdan   oldin,   biz   uning
nomukammal   tashkilot   ekanligini   yodda   tutishimiz   lozim.   Siyosiy   iqtisodiyot
esa shu hukumatning qanday ishlashini iqtisodiy metodlar orqali o‘rganadi.
Kondorset ovoz berish paradoksi
Ko‘pgina   yetakchi   jamiyatlar   demokratik   asoslarga   tayanib   siyosatni   olib
borishadi.   Masalan,   shahar   ikki   joydan   qaysi   biriga   park   qurishni   tanlaydigan
bo‘lsa, park eng ko‘p ovoz olgan joyda shu quriladi. Shunga qaramay, ko‘pgina
siyosiy   muammolarning   yechimi   2   tadan   ko‘p   bo‘ladi   va   park   qurish
muammosiga   to‘grilaydigan   bo‘lsak,   qurish   mumkin   bo‘lgan   joylar   juda   ko‘p
bo‘ladi.   Bu   holatda,   18-asrning   mashxur   siyosat   nazariyachisi   Markis   de
Kondorset   aytib   o‘tganiday,   demokratiya   ba’zida   eng   ma’qul   natijaga
erishaman, deb muammolarga yuz tutishi mumkin.
Masalan,   sodir   bo‘lishi   mumkin   bo‘lgan   3   xil   natija   bor:   A,   B   va   C,   yana
jadvalda  ko‘rsatilganiday,   o‘z  afzalliklariga  ega   bo‘lgan  3  xil  ovoz  beruvchilar bor.   Bizning   shahar   hokimi   shu   uch     kishining   afzalliklarini   butun   jamiyat
afzalligi sifatida ko‘rib chiqmoqchi. U nima qilishi kerak?
Birinchi   bo‘lib   u   juft   natijalarni   ovozga   qo‘yishi   mumkin.   Agar   u   B   va   C   ni
ovozga qo‘ysa va 1 va 2 , B ni tanlashsa, B natija ustunlikka ega. Agar u A va C
ni ovozga qo‘ysa va 1 va 3, A ga ovoz bersa, A ustunlikka ega. Natijalarga nazar
tashlansa,   A   Bdan   ustun,   B   esa   C   dan   ustun,   demak,   A   aniq   ovoz
beruvchilarning ustunlikga ega bo‘lgan hohishi.
Lekin,   tasavur   qilingki   keyinchalik   hokim   ovoz   beruchilardan   A   yoki   C   ni
tanlashni   so‘rasa,   va   bu   holda   2   va   3   C   ga   ovoz   berishsa,   C   bu   holatda
ustunlikka ega. Shunday qilib juftlikda soralgan savolda, A B dan ustun, B esa C
dan ustun, C esa A dan ustun. Odatda biz afzalliklarning ketma-ket (transitivity)
turishini kutamiz, masalan: A B dan ustun, B esa C dan ustun, va ikkisi A ning
C dan ustunligini ko‘rsatadi. Kondorset  paradoksi  esa aynan shu hususiyatlarni
demokratik yo‘l bilan qabul qilingan naijalarda har doim ham kuzatilmaydi deb
takidlaydi.   Juftlik   bilan   berilgan   ovozlar   ba’zi   hollarda   jamiyat   uchun   ketma-
ketlikda   tuzulgan   afzalliklarni   kelib   chiqaradi,   ammo   bizning   holatimizda   bu
noto‘g‘ri yo‘ldir.
Kondorset  paradoksining ma’nolaridan biri, ketma-ketlikning tuzilishi, berilgan
ovozlar   natijasiga   ta’sir   ko‘rsatishidadir.   Agar   hokim   birinchi   bo‘lib   ovozga   A
va   B   ni   qo‘ysa   va   keyin   yutganini   C   bilan   ovozga   qo‘ysa,   C   g‘olib   chiqadi.
Ammo birinchi bo‘lib B va C ovozga qo‘yilsa, va keyinchalik yutganini A bilan
birga ovoz berishga qo‘ysa, A yutadi. Va shunga o‘xshash hollar, birinchi A va
C, keyin esa B bo‘lsa, shahar B ni tanlaydi.
Kondorset   paradoksi   ikki   xulosaga   ega.   Birinchisi,   muammo   ikkidan   ortiq
natijaga   ega   bo‘lsa,   ketma-ketlikning   qay   tarzda   tuzilishi   demokratik   ovoz
berishning   yakuniy   natijasiga   katta   ta’siri   bor.   Ikkinchisi   esa,   o‘zi   ovoz
beruvchilarning   asosiy   qismi(ko‘pchilik)   bizga   jamiyatni   rostdan   nimani
istashini aytib bermaydi. Arrovning imkonsizlik teoremasi
Siyosatchilar   Kondorset   paradoksini   bilishganidan   so‘ng,   mavjud   ovoz   berish
sistemasi va ularning yangilarini o‘ylab topish ustida ko‘pgina tadqiqot ishlarini
olib borishdi.  Masalan, hokim juft natijalarni tanlash usuli o‘rniga natijaga baho
usulini   qo‘llasa   bo‘ladi.   Bu   usulda,   har   bir   ovoz   beruvchi   eng   yoqmagan
natijasiga 1 ball beradi, eng yoqmaganidan bitta oldin turadiganga 2 ball, undan
yana   bitta   oldin   turadiganga   3   ball   va   davom   etaveradi.   Ovoz   berish   yakunida
jami   eng   ko‘p   ball   yig‘gan   natija   yutib   chiqadi.   Jadvalda   ko‘rsatilganiday,   B
ballar hisobi bilan eng ma’qul natija deb topiladi. Bunday ovoz berish usuli 18
asrda yashagan fransuz matematigi va siyosiy teoretigi Bordaga tegishli bo‘lib,
“Borda  sanog‘i” deb ataladi. Bu usul odatda sport komandalariga ovoz berishda
qo‘llanadi. 
1951-yil   ingliz   iqtisodchisi   Kenet   Arrov,   “mukammal   ovoz   berish   usuli
mavjudmi?”   degan   savolni   o‘zining   “Ijtimoiy   tanlov   va   individuallarning
qadriyatlari”   kitobida   yozib   o‘tgan.   Kitob   Arrovning   mukammal   ovoz   berish
usuli   qanday   bo‘lishi   kerakligi   haqidagi   fikri   bilan   boshlangan.   U
individuallarning   jamiyatda   ustunlikka   ega   bo‘lgan   afzalliklari   bor   deb   faraz
qiladi.   Va   u   jamiyatni   ovoz   berish   usuli   bilan   bir   necha   shartlarni   qondirishi
kerakligini faraz qiladi:
Yakdillik: barcha A ni B dan ustun ko‘rsa, A B ni yutishi. Kondorset paradoksi
kondorset paradoksi 
Agar ovoz 
beruvchilarda A, B va 
C chiquvchilar ustidan 
shunday ufzalliklarga  Saylovlar foizi
Birinchi tanlov
Ikkinchi tanlov 1 
tur 2 
tur 3 
turJADVAL Ketma-Ketlik: A Bdan ustun, B Cdan ustun, va A C dan ustun bo‘lishi.
Bog‘liq   bo‘lmagan   alternativlarning   erkinligi:   Baho   berishda,   A   va   B   ning
tanlovi, uchinchi (C) natija borligiga bog‘liq bo‘lmasligi zarur.
Diktatorlarning   bo‘lmasligi:   boshqalar   xohish   istagiga   ta’sir   ko‘rsata   oladigan
odam bo‘lmasligi zarur.
Yuqoridagilarning   barchasi   istalgan   shartlardek   tuyuladi.   Lekin   Arrov,
matematik   va   rad   qilib   bo‘lmaydigan   yo‘llar   bilan   bunday   shartlarning
barchasini qondiradigan ovoz berish usuli mavjud emasligini isbotlab beradi. Bu
xulosa Arrovning imkonsizlik teoremasi” deb ataladi.
Matematiklar Arrovning teoremasini isbotlashlari bu kitob mavzusidan  chetroq,
lekin  biz teorema nima uchun to‘g‘riligini bir nechta misollar orqali ko‘rishimiz
mumkin.   Biz   ko‘pchilik   qoidasi   muammosini   ko‘rdik   va   Kondorsetning
paradoksi   bu   qoidaning   noto‘g‘ri   ekanligini   natijalar   orasida   ketma-ketlik
yo‘qligi bilan ko‘rsatdi.
Yana   bir   misol,   Borda   muvafaqqiyatsizliklarni,   erkin   bog‘liq   bo‘lmagan
alternativlarni qondirish uchun deb biladi. Bordaning usuli qo‘llanganida, B ni 1
jadvalda   yutib   chiqishini   ko‘ramiz.   Lekin,   faraz   qiling,   C   alternativ   sifatida
birdan   yo‘q   bo‘lib   qoladi.   Shunda   Borda   usulida   sanalsa   yana   bir   alternativi
mavjud bo‘lmagan A va B ni solishtiradi, va bu holda A yutib chiqadi. Shuning
uchun   ham   C   ning   olib   tashlanishi   baholashga   tasir   ko‘rsatadi.   Buning   sababi,
baholash   usulida   qanchalik   ko‘p   alternativlar   bo‘lsa,   ular   yig‘gan   ballar   ham
shuncha katta bo‘ladi.
Arrovning   imkonsizlik   teoremasi   juda   chuqur   va   chigal   natijadir.   Unda
demokratiyaning,   hukumat   tuzulishi   sifatida   yomonligi   yozilmagan.   Ammo
teoremada individuallarning xohish-istaklarini inobatga olgan holda qilinadigan
barcha ovoz berish sistemalari, noto‘g‘ri jamiyat mehanizmi deb ta’kidlanadi. O‘rtacha ovoz beruvchi qirol
Arrovning   teoremasiga   qaramasdan,   ovoz   berish   ko‘pchilik   jamiyatlarda   o‘z
yurtboshini   tanlashda,   muhim   qonunlarni   qabul   qilishda   ishlatiladi.
Hukumatning   o‘rganib   chiqishdagi   keyingi   qadam,   bu   hukumatni   ko‘pchilik
boshqaruvining   ko‘rib   chiqishdir.   Demokratik   jamiyatda   qonunlarni   kim   qabul
qiladi?   Ba’zi   hollarda   demokratik   boshqaruv   bu   savolga   juda   oddiy   javob
beradi. 
Faraz   qiling,   jamiyat   armiyaga   yoki   parklarga   o‘xshash   ijtimoiy   ishga   pul
ajratishga   qaror   qildi.   Har   bir   ovoz   beruvchining   o‘ziga   yarasha   mablag‘i
mavjud va u natijalar  orasidan  o‘ziga eng ma’qul  bo‘lgan natijani tanlaydi. Va
shu tariqa biz ovoz beruvchilarni katta va kam mablag‘ ajratuvchilarga bo‘lsak
bo‘ladi. Pastdagi kalonnalarga nazar tashlang. Unda 100 ovoz beruvchilar, 0 dan
20   milliard   orasida   mablag‘   ajrata   olishi   tasvirlangan.   Berilgan   afzalliklar
bo‘yicha demokratiya qanday natijani ko‘rsatadi?
Mashxur   tadqiqot   natijasi   o‘rta   ovoz   beruvchi   teoremasiga   asosan,
chiqariladigan   qonunlarni   asosiy   qismi   aynan   shu   mablag‘   ajratuvchilarning
o‘rta   mablag‘   ajratadigan   ovoz   beruchilariga   tegishli   bo‘ladi.   Ular   o‘rta   ovoz
beruchi   taqsimotning   qoq   o‘rtasida   joylashgan   bo‘lishadi.   Olgan   misolimizda
taqsimot oxiri yoki boshidan 50 ta ovoz beruvchini sanab ko‘ring. Siz ularning
10   milliard   dollar   ajratishayotganini   ko‘rasiz.   Aksincha,   taqsimotni   hisoblab
chiqsak o‘rta arifmetik qiymati 9 milliard dollarga tengligini va taqsimotda eng
ko‘p uchraydigan ovoz beruvchilar turi 15 milliard dollarlik ovoz beruvchilardir.
O‘rta  ovoz  beruvchi  ustunlikka   ega,  chunki   ular   ustunlikka  egalik  qilishni  ikki
tomonli poygasini yutishadi. Misolimizda, ikki xil odamlar mavjud: 1) 10 mlrd
dan   ortiq   mablag‘lilar   va   10   mlrd.   dan   kamini   xohlovchilar.   Agar   kimdir   10
mlrd.  o‘rniga  8mlrdni   tanlasa,   qolgan  10  mlrd.  dan  ortiq  bermoqchi  bo‘lganlar
10   mlrd.   ga   tushishadi   va   o‘rta   ovoz   beruvchi   bo‘ladi.   2)   Aksincha   kimdir   12 mlrdni   taklif   qilsa,   qolgan   10   mlrd.dan   kam   bermoqchi   bo‘lganlar   10   mlrd.ga
ko‘tarilishadi.   Bularning   ikkisida   ham   ko‘rib   chiqqanimizday   o‘rta   ovoz
beruvchilar ko‘pchilikni tashkil qilishadi.
Kondorset   ovoz   berish   paradoksi   haqida   o‘ylayotgan   bo‘lsangiz,   yuqoridagi
holatda har bir odam bir paytda qatorda o‘zining ajrata oladigan mablag‘iga ega
va   bu   paradoksni   keltirib   chiqarmaydi.   O‘rta   ovoz   beruvchining   eng   yoqtirgan
natijasi qolganlarnikidan ustun.
Bu   teoremaning   bir   tomoni   mavjuddir.   Masalan,     hukumatda   ikkita     siyosiy
partiya     o‘rta     ovoz     beruvchilarni   ular   tomondagi   sonini   ko‘paytirishga
intilganida   sodir   bo‘ladi.   Demokratik   partiya   va   Respublikachilar   partiyasi
misolida   oladigan   bo‘lsak,   Demokratlar   15   mlrd.liklar   tarafdori   bo‘lib   chiqdi,
Respublikachilar   10   mlrd.liklarni   tarafdori   bo‘lib   chiqdi.   Yuqorida
ko‘rganimizday, o‘rta ovoz beruvchilar (10mlrd) ko‘pchilikni tashkil qilishdi va
Demokratlar   o‘zining   15   mlrd.ni   10   mlrd.ga   tushiradi.   Hayotda   ham   huddi
shunday, siyosiy partiyalar o‘rtahol aholini tarafini olishga harakat qilishadi. Rasm
Odamlar 
soni
O’rtacha ovoz beruvchi 
teoremasi: misol uchun
Bu rasm qay darajada 100 
saylovchining afzal 
budjetlarini 5 varianti 
orasida taqsimlanishini 
ko’rsatadi, 0 dan 20 mlrd. $ 
oralig‘ida o’zgartiradi. Agar 
jamiyat ko’pchilik saylovchi 
o’rtasida tanlov qilsa (kimki 
bu yerda 10 mlrd.  $ni afzal  Budjetnning 
tasdiqlangan 
miqdori (milliardda) Yana   bir   holat   mavjuddir.   Unda,   ovoz   beruvchilarning   ikki   xili   mavjud.
Masalan,   pulni   park   qurishga   sarflashni   hohlovchilar   40%,   va   pulni   umuman
sarflanishini   hohlamaganlar   60%.   Bu   holatda,   o‘rta   ovoz   beruvchilar   mavjud
emas.   Demokratiyada   ham   shunday,   kompaniyasiga   kelish   o‘rniga,   ko‘pchilik
qoidasi   qollaniladi   va   o‘rta   ovoz   beruvchilar   har   doimgiday   o‘zi   istaganiga
erishishadi.
Siyosatchilar ham odamlar
Iqtisodisodchilar   iste’molchilar   xulqini   o‘rganganida,   ular   haridor   o‘ziga   eng
katta   naflilik   darajasini   beradigan   tovar   yoki   hizmat   turini   tanlaydi,   deb   faraz
qilishadi.   Agar   iqtisodisodchilar   firmalar   xulqini   o‘rganadigan   bo‘lsa,   u
firmalarni   eng   katta   daromad   olib   keladigan   xizmat   va   tovarlarni   ishlab
chiqaradi,   deb   faraz   qiladi.   Nima   deb   o‘ylaysiz,   iqtisodisodchilar   siyosat   bilan
ishlaydigan odamlarni qanday qilib o‘rganishadi?
Siyosatchilar   ham   o‘z   maqsadlariga   ega.   Siyosatchilar   xalqning   faravonligi   va
tinchligini   o‘ylab   yashashadi   va   tenglikka   harakat   qilishadi,   deb   faraz   qisak
yaxshi bo‘lardi. Yaxshi bo‘lardi-yu, ammo haqiqatga yaqin emas. Haridorlar va
firmalar   kabi   siyosatchilar   uchun   o‘zining   manfaati   yuqori   turadi.   Ba’zi
siyosatchilar yana bir bor saylanish umidida xalqqa jon kuydirib harakat qiladi.
Ba’zi bir siyosatchilarning jon kuydirishiga sabab nafsdir. Agarda bunga qarshi
bo‘lsangiz,   dunyoning   qashshoq   davlatlariga   nazar   tashlang   va   u   yerda
korrupsiyaning oddiy holga  aylanib qolganini ko‘rasiz.
Bu   kitob   siyosiy   nazariyalarni   o‘rganib   chiqmaydi,   ammo   shuni   aytib   o‘tish
kerakki, barcha qonunlar odamlar tomonidan qabul qilinadi va ularning barchasi
ham jamiyatni o‘ylab qabul qilinmagan bo‘lishi mumkin.
Hulq- atvor iqtisodiyoti
Iqtosdiyot odamning xatti-harakatini o‘rganadi, lekin bu o‘sha tasdiqni qiluvchi
yagona   soha   emas.   Ijtimoiy   fan   psixologiyasi   odamlar   hayotlarida   qiladigan
tanlovlarga ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiyot va psixologiya sohalari odatda mustaqil ravishda   davom   etadi,   chunki   ular   turli   savollar   doirasiga   o‘z   e’tiborlarini
qaratishgan.   Lekin   oxirgi   paytda   iqtisodchilar   asosiy   psixologik   qarashlarni,
tushuntirayotgan hulq-atvor iqtisodiyoti deb ataluvchi soha paydo bo‘ldi. Keling
ulardan ba’zilarini ko‘rib chiqamiz.
Odamlar har doim ham ratsional emaslar
Iqtisodiy nazariya odamlarni ma’lum xususiyatiga qarab joylashtiradi, ba’zida u
“Homo   ekonomicus”   deb   ataladi.   Bu   tur   a’zolari   har   doim   ratsionaldir.   Firma
menejeri sifatida foydani, iste’molchi sifatida naflilikni maksimallashtiradi. Ular
duch keladigan to‘siqlarni inobatga olib, ratsonal ravishda barcha daromadlarni
va xarajatlarni taqqoslaydi va har doim eng munosib yo‘lni tanlaydilar.
Haqiqiy   insonlar   Homo   sapienslardir.   Garchi   ular   ko‘p   jihatdan   ratsional
insonga o‘xshasa ham, iqtisodiy nazariyadagi tejamkor insonlar ancha murakkab
hisoblanadi.   Ular   ta’sirchan,   sarosimaga   tushuvchi,   emotsional   va   kaltabin
bo‘lishadi.   Odam   fikr   yuritishidagi   bu   kamchiliklar   psixologlar   uchun   asos
bo‘lib hisoblangan lekin yaqingacha ularga e’tibor berishmagan.
Iqtisodiyot va psixologiya chegaralarini birinchilardan bo‘lib o‘rgangan Gerbert
Simon   odamlarga   ratsional   maksimalistlar   sifatida   emas,   balki   qoniquvchilar
sifatida   qarashni   taklif   qilgan.   Har   doim   eng   yaxshi   yo‘nalishni   tanlagandan
ko‘ra,   ular   shunchaki   yaxshi   bo‘lgan   qarorni   qabul   qilishadi.   Shuningdek,
boshqa   iqtisodchilar   odamlar   faqat   “ratsionalga   yaqin”   yoki   ular   cheklangan
ratsionallikka ega, deb taxmin qilishadi.
Odamlar   qarorlar   qabul   qilish   izlanishlari   ular   qiladigan   doimiy   xatolarni
ochishga harakat qildi. Quyida ba’zi topilmalar:
O‘ziga ishonuvchi  insonlar. Tasavvur  qiling, sizga bir  nechta savollar berishdi.
Masalan:   BMT   tarkibidagi   Afrika   davlatlari   soni,   Shimoliy   Amerikadagi   eng
baland tog‘ning balandligi va hokazo… Odamlar   jonli   kuzatuvdagi   kichik   sonlarga   juda   katta   e’tibor   berishadi.
Tasavvur   qiling,   siz   X   markadagi mashinani sotib olishni rejalashtiryapsiz.
Siz uning ishonchliligini bilish uchun X markadagi mashinaning 1000 ta egalari
tomonidan ko‘rib chiqilgan Xaridor Hisobotini o‘qiysiz. Keyin siz X markadagi
mashinasi   bor   do‘stingiz   yoniga   borasiz   va   u   sizga   bu   mashinasi   bo‘lmag‘ur
ekanini   aytadi.   Do‘stingizning   fikriga   qanday   munosabat   bildirardingiz?   Agar
siz   ratsional   fikrlasangiz,   siz   u   faqat   sizning     sinov   ko‘rsatkichlaringizni   1000
tadan   1001   taga   ko‘paytirganiga   tushinib   yetasiz.   Lekin   do‘stingizga
ishonganingiz   bo‘lgani   uchun   siz   qaror   qabul   qilishda   bunga   ko‘proq   e’tibor
berasiz.
Fikrlarini oz’gartirishni xohlamaydigan insonlar. Odamlar o‘zlari allaqachon ega
bo‘lgan   fikrlarini   isbotlab   berishga   o‘rganib   qolishgan.   Bir   kuzatuvda
subyektlardan jinoyatchiga o‘lim jazosi berilishi kerakmi yo‘qmi degan kuzatuv
hisobotlarini o‘qish va unga baho berish so‘raldi. O‘qib bo‘lishgach, boshidanoq
o‘lim   jazosini   tanlagan   insonlar   ham   boshidanoq   o‘lim   jazosiga   qarshi
bo‘lganlar ham o‘zlarining fikrlarida qolishgan….
Hayotingiz   davomida   qabul   qilgan   qarorlaringiz   haqida   o‘ylang.   Bulardan
ba’zilarini ko‘rsatib bera olasizmi?
Ahloqiy   namuna   401(k)   rejasini   ya’ni   ba’zi   firmalar   o‘z   ishchilariga   taklif
etadigan   pensiya   fondi   solig‘ini   o‘rganishda   yuzaga   keladi.   Ba’zi   firmalarda
ishchilar rejada qatnashishni oddiy anketani to‘ldirish orqali tanlashlari mumkin.
Boshqa   firmalarda   esa   ishchilar   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   qabul   qilinishadi   va   anketa
to‘ldirish   orqali   rejadan   bosh   tortishlari   mumkin.   Bu   ko‘pchilik   ishchilar   1-
holatdan   ko‘ra   2-holatda   qatnashishni   ko‘rsatadi.   Agar   ishchilar   mukammal
ratsional-maksimalistlar   bo‘lishganida,   ular   ish   beruvchilari   taklif   qilgan
majburiyatni bajarmaslikka e’tibor bermasdan pensiya fondining eng muqobilini
tanlagan bo‘lardilar.
Adolat haqida qayg‘uradigan insonlar Insonlar fe’l-atvorini tushunishda ultimatum-o‘yin deb ataluvchi tajribani misol
qilib   ko‘rsatamiz.   O‘yin   bunday   bo‘lsin:   2   nafar   ko‘ngillilarga   (bir-biriga
mutlaqo   begona   bo‘lgan)     bir   o‘yin   o‘ynash   va   umumiy   holda   100$   yutib
olishlari   mumkinligi   aytiladi.   O‘yin   ko‘ngillilarni   A   o‘yinchiga   va   B   o‘yinchi
rollariga   belgilash   uchun   tanga   tashlash   bilan   boshlanadi.   A   o‘yinchining
vazifasi 100$ ni o‘zi va boshqa ishtirokchi o‘rtasida taqsimlashni taklif etishdir.
A   o‘yinchi   o‘zining   taklifini   bildirganidan   so‘ng,   B   o‘yinchi   bunga   rozi
bo‘ladimi yo‘qmi qaror qiladi. Agar B o‘yinchi taklifni rad etsa, ikkala o‘yinchi
ham hech narsasiz qolishadi. Ikkala holatda ham o‘yin tugaydi.
Davom etishdan avval shoshmang va siz bu vaziyatda nima qilishingizni o‘ylab
ko‘ring.   Agar   A   o‘yinchi   bo‘lganingizda   100$ni   qanday   bo‘lishni   taklif
etardingiz?   Agar   B   o‘yinchi   bo‘lganingizda   qanday   taqsimotga   rozi
bo‘lardingiz?
Odatdagi   iqtisodiy   nazariyalar   bu   vaziyatdagi   ratsional   odamlarni   yirik
maksimalistlar deb taxmin qilishadi. Bu taxmin oddiy bashoratga olib keladi: A
o‘yinchi   o‘zi   99   $   va     B   o‘yinchi   1   $   olishini   taklif   etishi   va   taqsimotga   rozi
bo‘lishi   lozim.   Bitta   taqsimot   bajarilgandan   so‘ng,   B   o‘yinchi   toki   undan
nimadir olishni bilsa, uni qabul qilishga imkoni mavjud bo‘ladi. Bundan tashqari
A o‘yinchi taqsimotga rozi bo‘lish B o‘yinchining foydasiga ekanini biladi va A
o‘yinchida   1   $  dan   ko‘p   taklif   qilishga   sabab   yo‘q.  O‘yin  nazariyasining   tilida
(17-bobda yoritilgan)  99-1 taqsimot  bu Nash muvozanati  hisoblanadi. Tajribali
iqtisodchilar to‘g‘ri odamlardan ultimatum o‘yinini oy’nashni so‘rashganlaridan
beri   natijalar   bu   bashoratdan   farqlanadi.   B   rolidagi   insonlar   odatda   ularga
faqatgina   1$   yoki   shunga   o‘xshash   kam   mablag‘   berishgani   uchun   taqsimotni
rad etadi. Buni oldindan bilib A o‘yinchi rolidagi insonlar B o‘yinchiga 1 $ dan
ko‘proq berishni taklif etadi. Ba’zi insonlar 50-50 taqsimlashni taklif etadi, lekin
A   o‘yinchilar   ko‘proq   o‘zlariga   ko‘proq   qismni   olib   qolib,   B   o‘yinchiga   30   $
yoki 40 $ mablag‘lar taklif qilishadi. Bu vaziyatda B o‘yinchilar bu taqsimotga
rozi bo‘lishadi. Bu   yerda   nima   yuz   beryapti?   Buning   tabiiy   izohi   shuki,   insonlarni
adolatlilikning   ba’zi   tug‘ma   tuyg‘lari   boshqaradi.   99-1   taqsimoti   ko‘pchilik
odamlar uchun juda nohaqlikdek tuyiladi va buni rad etishadi, xatto o‘zlarining
zarariga   ishlasa   ham.   70-30   taqsimoti   ham   hanuz   adolatsizlikdek,   lekin   bu
unchalik   emas   va   bu   ularning   normal   shaxsiy   manfaatlarini   to‘xtatishga
majburlaydi.
Xo‘jalik va firmalar tabiatidagi bizning har tomonlama izlanishimizda adolatlilik
tug‘ma tuyg‘usi  hech qanday rol o‘ynamaydi. Lekin, ultimatum o‘yini natijalari
balkim   shunday   bo‘lishi   kerakligini   taklif   qiladi.   Masalan,   18-19   boblarda   biz
qanday   qilib   ish   haqi   ishchi   kuchi   talabi   va   taklifi   orqali   belgilanishini   ko‘rib
chiqdik. Ba’zi iqtisodchilar firmalar ishchilariga pul to‘lash adolatliligini rasmda
ham   kiritilishini   taqdim   etishgan.   Shu   sababli   firmalarda   yil   juda   foydali
bo‘lganida,   (B   o‘yinchi   kabi)   ishchilar   mukofot   pullarini   kutishlari   mumkin.
Xattoki   standart   muvozanat   buni   ko‘rsatmasa   ham.   (A   o‘yinchi   kabi)   Firmalar
adolatlilik   uchun   ishchilariga   o‘rnatilgan   muvozanat   maoshdan   ko‘proq
berishlari   haqida   qaror   qilishi   mumkin.   Ishchilar   firmalarni   ishlashni
sekinlashtirish, ish tashlash yoki vandalizm bilan jazolashga harakat qiladi.
Zamonga mos bo‘lmagan insonlar
Bir   nechta   zerikarli   vazifalarni   masalan,   kirlaringizni   yuvayotganingizni,
mashina   yo‘lidagi   qorni   kurashni   yoki   daromad   solig‘i   anketasini   to‘ldirishni
ko‘z oldingizga keltiring. Quyidagi savollarni ko‘rib chiqamiz.
Siz bu  vazifani  hozir  bajarish  uchun  50 daqiqa  sarflashni   (A)   tanlaysizmi   yoki
vazifani ertaga bajarish uchun 60 daqiqa sarflashni (B) tanlaysizmi?
Siz  bu   vazifani   90   kunda  50   daqiqa   sarflab   bajarishni   (A)   tanlaysizmi   yoki   91
kunda 60 daqiqa sarflab bajarishni (B) tanlaysizmi?
Ko‘pchilik   insonlar   bunday   savollar   berilganda,   1-savol   uchun   B   javobni,   2-
savol   uchun   A   javobni   tanlashadi.   2-savoldagidek   kelajakka   nazar   tashlasak, insonlar  zerikarli  vazifani   bajarishga   ketadigan vaqtni   minimallashtiradi. Lekin
1-savol   kabi   mashqni   zudlik   bilan   qilishga   to‘g‘ri   kelsa,   ular   buni   orqaga
surishni   tanlashadi.   O‘ylab   ko‘rsak,   bu   harakat   ajablanarli   emas.   Har   kim
vaqtnni   orqaga   suradi.   Lekin   ratsional   inson   nazariyasidan   kelib   chiqsak,
quyidagi   jumboqni   yuzaga   keltiradi   va   oy’lantirib   qo‘yadi:   masalan,   1-savolga
bir inson 90 kun ichida 50 minut sarflashni tanladi desak, keyin 90-kun kelsa va
unga   o‘z   fikrini   o‘zgartirishga   imkon   bersak.   Natijada   u   1-savol   bilan
to‘qnashadi   va   u   vazifani   keying   kunga   qoldirishga   qaror   qiladi.   Lekin,   nega
vaqtning arzimagan o‘zgarishi uning qarorlariga ta’sir qilyapti?
Hayotining   ko‘p   qismida   odamlar   o‘zlari   uchun   rejalar   tuzishadi,   lekin   keyin
unga   mos   ravishda   muvaffaqiyatsizlikka   uchrashadi.   Sigareta   chekuvchilar
o‘zlariga   chekishni   tashlashni   va’da   berishadi   lekin   o‘zlarining   oxirgi
sigaretasini   chakayotgan   so‘nggi   damlarda   u   yana   chekishni   xohlaydi   va
va’dasini buzadi. Ortiqcha vazndan qutilmoqchi bo‘lgan insonlar boshqa desert
yemaslikka   va’da   berishadi,   lekin   ofitsant   desert   aravachasini   olib   kelganida
va’dasi   haqida   unutadi.   Ikkala   holatda   ham   bir   zumlik   rohat   bo‘lgan   istak
oldingi qarorlarni unitishga sabab bo‘ladi. 
Ba’zi   iqtisodchilar   iste’molni   tejashni   odamlarning   davr   bilan   hamnafas
emasliklarini   namoyon   etishdagi   yaqqol   misol   ekanligiga   ishonishadi.
Jamg‘arish   bu   sigaretani   yoki   desertni   tashlashga   o‘xshaydi   va   uzoq   kelajak
mukofoti   uchun   hozirda   qurbonlik   qilish.   Va   ko‘pchilik   chekuvchilar     kabi
chekishni   tashlashni   xohlashadi   va   ko‘pchilik   ortiqcha   vazn   egalari   kamroq
ovqatlanishga   harakat   qilishadi,   ko‘pchilik   haridorlar   foydasining   ko‘proq
qismini   tejashga   harakat   qilishadi.   Bir   tekshiruvga   ko‘ra,   76   foiz   amerikaliklar
nafaqa uchun yetarlicha pul jamg‘armaganini aytishgan.
Sigareta   chekuvchi   sigaretani   uloqtirib   yuborish   orqali   chekishni   tashlashi   va
diyetadagi   inson   muzlatgichga   qulf   osib   qo‘yishi   mumkin.   Judayam   kam
tejaydigan   inson   nima   qilishi   mumkin?   U   pullarini   ishlatishdan   avval   ularni
qulflashni   yo‘lini   topishi   lozim.   Ba’zi   401(k)   kabi   pensiya   schotlarida   aynan shunday qilinadi. Ishchi u hali ko‘rmagan to‘lov qog‘ozidan pul olishlariga rozi
bo‘lishi   mumkin.   Hisob   raqamiga   qo‘yilgan   mablag‘dan   nafaqaga   chiqishdan
avval   faqatgina   jarima   to‘lab   foydalanish   mumkin.   Balkim   bu   nafaqa   hisob
fondi   mashhurligining   bir   sababidir.   Ular   odamlarni   ularning   ikkilamchi
ehtiyojlaridan himoya qiladi. X u l o s a.
Biz   bu   bobda   mikroiqtisodiyotning   chegaralarini   o‘rgandik.   Sezgan
bo‘lsangiz   kerak,   biz   bu   fikrlarni   to‘liq   mazmuunini   yoritishdan   ko‘ra   xomaki
qilib   o‘rgandik.   Buning   sababi   siz   bu   mavzularni   katta   kurslarda   atroflicha
o‘rganishingiz   mumkin.   Boshqa   sababi   esa   bu   mavzular   haligacha   faol
izlanishlar doirasida va shu sababli to‘liq o‘rganilmagan.
Bu   mavzularni   umumiy   suratda   ko‘rish   uchun   1-bobdagi   iqtisodiyotning   10   ta
tamoyiliga   murojaat   qilamiz.   Birinchi   tamoyil   bu   bozorlar-iqtisodiy   faoliyatni
amalga   oshirishning   yaxshi   usuli.   Boshqa   tamoyil   bu   davlat   ba’zida   bozorlar
ahvolini yaxshilashi mumkinligini bildiradi. Iqtisodiyotni o‘rganganingiz sababli
siz bu tamoyillarni naqadar to‘g‘riligini va u bilan birga bo‘lgan ehtiyotkorlikka
ham   to‘liqroq   baho   berasiz.   Assimmetrik   xabarlar   sizni   bozor   natijalariga
ehtiyotkorroq   bo‘lishingiz   lozimligini   ko‘rsatadi.   Siyosiy   iqtisodiyot   ta’limi
sizni   hukumat   qarorlariga   ehtiyotkor   qilishi   lozim.   Iqtisodiy   moyillik   esa   sizni
bozorni   ham   hukumatni   ham   o‘z   ichiga   oluvchi   insonlar   qarorlariga   tayangan
muassasalardan ehtiyot qilishi lozim.
Agar   bu   yerda   barcha   mavzular   to‘plami   bo‘lsa,   hayot   chigal   bo‘lib   qoladi.
Axborotlar ham, hukumat ham, insonlar ham kamchilikka ega. Albatta, siz buni
iqtisodiyotni   o‘rganishingizdan   avval   bilgansiz,   lekin   iqtisodchilar   ularni   o‘rab
turgan   dunyoni   o‘zgartirishmoqchi   va   tushuntirib   bermoqchi   bo‘lsalar   bu
kamchiliklarni aniqlashlari lozim.
 Ko‘pchilik iqtisodiy jarayonlarda xabarlar assimetrik hisoblanadi. Agar yashirin
harakatlar yuz berganda prinsipiallar qo‘l ostidagilari boshlaridan kechirayotgan
axloqiy   xavfdan   xavotirlanishi   mumkin.   Agar   yashirin   harakatlar   bo‘lsa   sotib
oluvchida   sotuvchilar   tanlovi   muammosi   vujudga   keladi.   Xususiy   bozorlar
ba’zida assimetrik xabarlarni signal va tekshirish bilan ulashadi.
 Garchi hukumat siyosati ba’zida bozor holatini yaxshilay olsa-da, hukumatning
o‘zi   ham   kamchilikli   muassasa   hisoblanadi.   Condorcet   paradoksi   shuni ko‘rsatadiki,   jamiyat   uchun   afzal   hisoblangan   ishlab   chiqarishni   buzadi.   Arrov
ilojsizlik   nazariyasi   ko‘rsatadiki,   hech   qanday   saylov   tizimi   mukammal   emas.
Ko‘p   vaziyatlarda   demokratik   muassasalar   ko‘pchilik   saylov   guruhining
xohishlariga   qaramasdan   o‘rtacha   saylovchilar   tomonidan   istalgan   natijalarni
ishlab chiqarishadi. Shuningdek, Davlat siyosatini belgilaydigan shaxslar milliy
qiziqishlardan ko‘ra o‘z qiziqishlaridan motivatsiyalangan bo‘lishi mumkin.
 Psixologiya va iqtisodiyotni o‘rganish odamlarning qaror qabul qilishi odatdagi
iqtisodiy   nazariyada   taxmin   qilingandan   ko‘ra   ancha   murakkabroqligini   ochdi.
Odamlar   har   doim   ham   ratsional   emas,   ular   iqtisodiy   holatdagi   adolatlilikka
qayg‘urishadi (xatto shaxsiy manfaati bo‘lsada) va ular har doim izchil emaslar. Adabiyotlar
1.С.Н.Усмонов, Ю.Т.Додобоев, А.Худойбердиев. “Тадбиркорлик 
асослари”. “Фарғона”, 2000
2.С.С.Ғуломов.“Тадбиркорлик ва кичик бизнес”. Т.:”Шарқ”, 2002.
3.Э.Эгамбердиев, Ж.Хўжақулов.”Кичик бизнес ва тадбиркорлик”. 
Т.:”Маънавият”, 2003.
4.В.В.Волгин. “Торгов ы е о перации ”.  Москва, 2004
5.Н.В.Ласкина. “Международн ое торговое дело ”. М.:”Экзамен”, 2004
6. www.cer.ru
www.uz.bussines.unitech.uz
8. www.torg.uz
9. www.edu.ru

Mavzu:Bozor va tavakkalchilik. Reja: Kirish. 1. Tavakkalchilikni o‘lchash. 2. Tavakkalchilikka bo‘lgan munosabat. 3. Tavakkalchilikni (yo‘qotishlarni) pasaytirish. 4. Asimmetrik axborotlashgan bozor. 5. Siyosiy iqtisodiyot. 6. Hulq- atvor iqtisodiyoti. Xulosa. Foydalanilgan adaiyotlar

Kirish Tavakkalchilikni o‘lchashning asosi ehtimol tushunchasi bilan bog‘liq. Amerikalik olim F.Nayt (1885-1974) ehtimolni ikki turga bo‘ladi: matematik, ya’ni oldindan aniqlash mumkin bo‘lgan ehtimol va statistik ehtimol. Birinchi tur ehtimolga tanganing raqam yoki gerb tomonini tushish ehtimoli 1/2 ga tengligi yoki o‘ynaydigan olti qirrali toshning oltita raqamidan bittasini tushishi ehtimolining 1/6 ga tengligi misol bo‘lishi mumkin. Ikkinchi turdagi ehtimolni empirik, ya’ni faraz qilish yo‘li orqali aniqlash mumkin. Masalan, korxonaga xom ashyoni vaqtida yetib kelmaslik ehtimoli faraz qilinganda, ushbu faraz qilingan raqam baholovchining bilimiga, tajribasiga asoslanadi. Negaki, ushbu voqeaning takrorlanishi to‘g‘risida statistik ma’lumotlar yo‘q. Ehtimol subyektiv ravishda aniqlanganda, bitta hodisani har xil insonlar har xil qiymatdagi ehtimol bilan baholaydi. Yuqoridagi misolda voqeaga ta’sir qiluvchi tasodifiy omillar ko‘p va ularning hammasini bartaraf qilish mumkin emas. Bundan tashqari, bu yerda teng ehtimolli alternativ variantlarning yo‘qligi ehtimolni matematik hisob-kitoblar orqali aniqlashga imkon bermaydi. Birinchi turdagi ehtimolni ob’ektiv ehtimol desak, u iqtisodiyotda kamroq uchraydi, ikkinchi turdagi ehtimoldan subyektiv ehtimol bo‘lib, biznesga xosdir. Ham obyektiv va ham subyektiv ehtimollar tavakkalchilik darajasini ifodalashda va tanlashda foydalaniladi. Obyektiv ehtimol o‘rtacha qiymatni aniqlashga yordam bersa, subyektiv ehtimol olinishi mumkin bo‘lgan natijalarning o‘zgaruvchanlik mezonini aniqlashga yordam beradi. Tavakkalchilikni miqdoriy aniqlash uchun biror voqea yoki hodisaning olib kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini va bu oqibatlarning ehtimolini bilish kerak bo‘ladi. Kutiladigan miqdor - bu mumkin bo‘lgan barcha natijalarning o‘rtacha o‘lchangan qiymatlari. Bu yerda har bir natijaning ehtimoli ushbu mos qiymatlarning takrorlanish chastotasi yoki o‘lchovi.

, bu yerda - mumkin bo‘lgan natija; - ushbu natijaning paydo bo‘lish ehtimoli, . Masalan, korxona yangi mahsulot ishlab chiqarmoqchi, agar korxonaning yangi mahsuloti bozorda muvaffaqiyatga erishsa, har bir aksiyaga 1000 so‘m olish mumkin, agar muvaffaqiyatga erishmasa, bir aksiya uchun 100 so‘m olinadi. Korxona mahsulotining bozorda muvaffaqiyatga erishish ehtimoli 0,6 ga teng bo‘lsa, kutiladigan dividend qiymati quyidagicha aniqlanadi: so‘m/aksiya. Chetlanish - bu haqiqiy natija bilan kutiladigan natija o‘rtasidagi farq bo‘lib, u tavakkalchilikdan (yo‘qotishdan) darak beradi. Ushbu farq qancha katta bo‘lsa yo‘qotish, ya’ni tavakkalchilik ham shuncha yuqori bo‘ladi. Masalan, sizni ishga joylashishingiz uchun ikki variant mavjud. Birinchisi, xususiy korxonada ishlash bo‘lsa, ikkinchisi - davlat korxonasida. Xususiy korxonada ishlasangiz, daromadingiz, korxona muvaffaqiyatli ishlasa bir oylik ish haqingiz 6000 so‘mni, muvaffaqiyatsizroq ishlasa, aytaylik, 3000 so‘mni tashkil qilsin. Davlat korxonasida ishlasangiz, ish haqi 4510 so‘m, korxona to‘liq ishlamaganda beriladigan ish haqi - 3510 so‘m. Xususiy korxonaning muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsizlik ehtimollari bir xil bo‘lib, 0,5 ga, davlat korxonasiniki mos ravishda 0,99 va 0,01 ga teng deylik. Quyidagi jadvalda mumkin bo‘lgan natijalar va ularning ehtimoli keltirilgan. 9.1- Jadval. Ish joylari variantlaridagi daromad Ish joyi 1- natija 2 – natija Ehtimoli Daromad, so‘m Ehtimoli Daromad, so‘m Birinchi 0,5 6000 0,5 3000

Ikkinchi 0,99 4510 0,01 3510 Shuni aytish kerakki, ikkala ish joyidan olinishi kutiladigan daromad bir xil miqdorda:0,5  (6000 so‘m)+ 0,5  (3000 so‘m)=0,99  (6000 so‘m)+0,01  (6000 so‘m) =4500 so‘m. Lekin, ikkala ish joyi uchun ham mumkin bo‘lgan natijalarning o‘zgaruvchanligi har xil. Ushbu o‘zgaruvchanlikka ko‘ra tavakkalchilikni tahlil qilish va uning katta yoki kichikligi to‘g‘risida gapirish mumkin. Bunday mezonga ko‘ra, haqiqiy natija bilan kutiladigan natija o‘rtasidagi farq (u musbat yoki manfiy bo‘lishidan qat’iy nazar) qancha katta bo‘lsa, bunday chetlanish shuncha katta tavakkalchilik bilan bog‘liq ekanligidan darak beradi. Quyidagi jadvalda ikkita ish joyi uchun haqiqiy natijalarning kutiladigan natijlardan chetlanishi keltirilgan. 9.2- Jadval Haqiqiy natijalarning kutiladigan natijalardan chetlanishi. (kutiladigan natija 4500 so‘m) (so‘mda) Ish joyi 1-natija Chetlanish 2-natija Chetlanish Birinchi 6000 Q1500 3000 -1500 Ikkinchi 4510 Q10 3510 -990 Endi har bir ish joyi uchun o‘rtacha chetlanishni hisoblaymiz. Birinchi ish joyi uchun: O‘rtacha chetlanish = 0,5  (1500 so‘m)+0,5  (1500 so‘m)=1500 so‘m Ikkinchi ish joyi uchun: O‘rtacha chetlanish =0,99  (10 so‘m)+0,01  (990 so‘m)=9,9+9,9=19,8 so‘m. Demak, birinchi ish joyidagi tavakkalchilik, ya’ni kutiladigan yo‘qotish, ikkinchi ish joyidagiga qaraganda ko‘proq. Nima uchun deganda, birinchi ish

joyidagi o‘rtacha chetlanish 1500 so‘m, ikkinchi ish joyidagi o‘rtacha chetlanish 19,8 so‘mdan ancha ko‘p. Amaliyotda o‘zgaruvchanlikni, ya’ni chetlanishni o‘lchash uchun bir- biridan farq qiladigan ikkita mezon ishlatiladi. Birinchisi, dispersiya bo‘lib, u haqiqiy natijadan kutiladigan natijani ayrilganining o‘rtacha o‘lchovi miqdori kvadratiga teng, ya’ni: σ2=∑i=1 n πi[xi− E(x)]2 , bu yerda σ2 -dispersiya; xi - mumkin bo‘lgan natija; E(x) - kutiladigan natija; πi - i-natijaning ehtimoli. Standart chetlanish (o‘rtacha kvadratik chetlanish ham deyiladi), bu dispersiyadan olingan kvadrat ildizga teng, ya’ni: σ= √σ2 , -standart chetlanish. Birinchi ish joyi uchun: dispersiya: σ12= 0,5 (6000 − 4500 )2+0,5 (3000 − 4500 )2= 0,5 ⋅2250000 +0,5 ⋅2250000 = 2250000 . Standart chetlanish σ1=√2250000 =1500 so‘m. Xuddi shunday yo‘l bilan ikkinchi ish joyi uchun dispersiya, ya’ni σ22=0,99 (100 so‘m) +0,01 (980100 so‘m )=9900 so‘m. Standart chetlanish esa so‘m. Ikkala mezon ham bu yerda bir hil vazifani bajaradi, gap ularning qaysi biri foydalanishda o‘ng‘ayligida. Ko‘rinib turibdiki, ikkala holda ham ikkinchi ish joyi birinchiga qaraganda kamroq tavakkalchilikka (yo‘qotishga) ega. Tavakkalchilikka bo‘lgan munosabat.