logo

Davlat tili haqidagi qonunning mazmun mohiyatini o’zlashtirish

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

47.107421875 KB
Davlat tili haqidagi qonunning mazmun mohiyatini o’zlashtirish
Reja:
1.O’zbek  tiliga davlat tili maqomi berilishi.
2.Davlat tili nufuzini oshirish bo’yicha chora-tadbirlar.
3.Xulosa. O‘zbekiston   mustaqillikka   erishish   ostonasida   Prezident   Islom   Karimov
tashabbusi   va   rahnamoligida   davlat   tiliga   huquqiy   maqom   berish   masalasi   kun
tartibiga qo‘yildi va 1989 yil 21 oktabr kuni «O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili
to‘g‘risida»gi alohida qonuni qabul qilindi.
Har   yili   21   oktabr   yurtimizda   o‘zbek   tiliga   davlat   tili   maqomi   berilgan   kun   sifatida
keng   nishonlanadi.   Bu   yil   ham   turli   jamoat   muassasalarida,   maktablarda,
kutubxonalarda, klinikalarda tegishlicha tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Qonunga   asosan   eng   muhim   qadriyatlardan   biri   hisoblangan   til   qonun   darajasida
huquqiy   asosga   ega   bo‘ldi.   Bu   qonun   bilan   o‘zbek   millatining   ma'naviyatini,
ruhiyatini,   qadrini   ko‘rsatadigan   muhim   omil,   ya'ni   tilning   maqomi   huquqiy
mustahkamlandi.   Mazkur   huquqiy   asos   orqali   yangi   shakllanayotgan   davlatning,
hukumatning,   uning   yangi   rahbarining   elga,   yurtga   nisbatan   e'tibori,   ehtiromi
namoyon etildi.
Til   har   bir   millatning   ulkan   boyligi,   benazir   qadriyati   va   bebaho   mulki   hisoblanadi.
Har   bir   xalq,   har   bir   elat,   o‘zi   hurmat   va   ehtirom   qiladigan   tilga   ega.   Tilda   ana   shu
tilning ijodkori bo‘lgan xalq, elatning tarixi va madaniyati aks etadi. Ayni zamonda, til
ijtimoiy   taraqqiyotda   ulug‘vor   ahamiyat   kasb   etadi.   Til   –   har   bir   millat   o‘zligining
ajralmas belgisidir.
O‘zbek tili – O‘zbekiston Respublikasi aholisining mutlaq ko‘pchiligi bo‘lmish o‘zbek
xalqining   ona   tilidir.   U   O‘zbekiston   birligi   va   yaxlitligi,   jamiyat   jipsligining   muhim
omili hisoblanadi. O‘zbek xalqining, uning milliy madaniyati va o‘ziga xosligini ifoda
etuvchi   vosita   bo‘lmish   o‘zbek   tilining   har   tomonlama   rivojlanishini   ta'minlash,
mazkur   tilning   davlat   tili   maqomidek   salohiyatini   izchil   va   to‘liq   ro‘yobga   chiqarish
muhim vazifadir. Mustaqillik   yillarida   mamlakatimizda   o‘zbek   adabiy   tilini   rivojlantirish   masalalariga
alohida   e'tibor   qaratilmoqda.   Buning   natijasida   o‘zbek   tili   davlat   tili,   davlat   ramzi,
milliy   madaniyat   va   ma'naviyatni   ifodalovchi   hamda   ularni   kelajak   avlodga
yetkazuvchi   muhim   muloqot   vositasi   darajasiga   ko‘tarildi.   O‘zbek   tilining   xalqaro
miqyosdagi nufuzi oshib, faol muloqot vositasiga aylanib bormoqda. Turli darajadagi
rasmiy uchrashuvlar, muzokaralarda tilimiz keng qo‘llanilayotgani, xorijdagi ko‘plab
universitetlar,   ilmiy   muassasalarda   o‘zbek   tili   markazlari   tashkil   etilib,   ularda   ona
tilimizni o‘rganishga qiziquvchilar safi tobora ortib bormoqda.
1995-yil  21-oktabrda ,,davlat tili to’g’risida”gi qonunga qator o’zgarishlar kiritildi va 
yangi tahrirda qonun chop etildi.
1-modda . O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir.
2-modda .   O`zbek   tiliga   davlat   tili   maqomining   berilishi   respublika   hududida
yashovchi   millat   va   еlatlarning   o`z   ona   tilini   qo`llashdan   iborat
konstitutsiyaviy   huquqlariga monelik   qilmaydi.
3-modda . O`zbek tilining O`zbekiston Respublikasi   hududida davlat  tili sifatida
amal   qilishining   huquqiy   asoslari   ushbu   Qonun   va   boshqa   qonun   hujjatlari   bilan
belgilab beriladi.
Tilning   Qoraqalpog`iston   Respublikasida   amal   qilishiga   bog`liq   masalalar
shuningdek   Qoraqalpog`iston Respublikasining   qonunchiligi   bilan belgilanadi.
Ushbu   Qonun   tillarning   turmushda,   shaxslararo   muomalada   hamda   diniy   va
ibodat bilan bog`liq   udumlarni ado еtishda   qo`llanishini tartibga solmaydi.
Fuqarolar   millatlararo   muomala   tilini   o`z   xohishlariga   ko`ra   tanlash   huquqiga
еgadirlar.
4-modda .   O`zbekiston   Respublikasida   davlat   tilini   o`rganish   uchun   barcha
fuqarolarga   shart-sharoit   hamda   uning   hududida   yashovchi   millatlar   va   еlatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda bo`lish ta’minlanadi, bu tillarni rivojlantirish
uchun shart-sharoit yaratiladi.
Fuqarolarga davlat tilini o`qitish bepul amalga oshiriladi.
5-modda . O`zbekiston Respublikasida davlat tilida faoliyat ko`rsatadigan, milliy
guruhlar   zich   yashaydigan   joylarda   еsa   -   ularning   tillarida   faoliyat
ko`rsatadigan   maktabgacha ta’lim tashkilotlarini   tashkil еtish ta’minlanadi.
6-modda .   O`zbekiston   Respublikasida   yashovchi   shaxslarga   ta’lim   olish   tilini
еrkin tanlash   huquqi beriladi.
O`zbekiston   Respublikasi   davlat   tilida,   shuningdek   boshqa   tillarda   ham
umumiy,   hunar-texnika, o`rta maxsus va oliy ma’lumot olishni ta’minlaydi.
7-modda .   Davlat   tili   rasmiy   amal   qiladigan   doiralarda   o`zbek   adabiy   tilining
amaldagi ilmiy   qoidalari va normalariga rioya еtiladi.
Davlat   o`zbek   tilining   boyitilishi   va   takomillashtirilishini   ta’minlaydi,   shu
jumladan,   unga   hamma   е’tirof   qilgan   ilmiy-texnikaviy   va   ijtimoiy-siyosiy   atamalarni
joriy еtish   hisobiga ta’minlaydi.
Yangi   ilmiy   asoslangan   atamalar   jamoatchilik   muhokamasidan   keyin   va   Oliy
Majlis palatalari tegishli   qo`mitalarining roziligi bilan o`zbek tiliga joriy еtiladi.
8-modda .   O`zbekiston   Respublikasining   qonun   hujjatlari,   davlat   hokimiyati   va
boshqaruv   organlarining  boshqa   hujjatlari   davlat   tilida   qabul   qilinadi   va   е’lon   еtiladi.
Bu   hujjatlarning tarjimalari boshqa tillarda   ham е’lon   qilinadi.
Mahalliy   hokimiyat   va   boshqaruv   organlarining   hujjatlari   davlat
tilida   qabul   qilinadi   va   е’lon   еtiladi.   Muayyan   millat   vakillari   zich   yashaydigan
joylarda   mahalliy   hokimiyat   va   boshqaruv   organlarining   hujjatlari   respublika   davlat
tilida   hamda mazkur millat tilida   qabul   qilinadi va е’lon еtiladi.
9-modda . Davlat   hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritiladi
va zaruriyatga   qarab boshqa tillarga tarjima   qilinishi ta’minlanadi.
O`zbekistonda   o`tkaziladigan   xalqaro   anjumanlarda   davlat   tili,
shuningdek   qatnashchilarning o`zlari tanlagan tillar anjumanning ish tili   hisoblanadi. 10-modda . Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish 
yuritish,   hisob-kitob, statistika va moliya   hujjatlari davlat tilida yuritiladi, 
ishlovchilarining ko`pchiligi o`zbek tilini bilmaydigan jamoalarda davlat tili bilan 
bir   qatorda boshqa tillarda   ham amalga oshirilishi mumkin.
11-modda .   Sudlov   ishlarini   yuritish   davlat   tilida   yoki   o`sha   joydagi   ko`pchilik
aholi   tilida   olib   boriladi.   Ishda   ishtirok   еtayotgan,   sud   ishlari   yuritilayotgan   tilni
bilmaydigan   shaxslarga   tarjimon   orqali   ishga   oid   materiallar   bilan   tanishish,   sud
jarayonida ishtirok еtish   huquqi   hamda sudda ona tilida so`zlash   huquqi ta’minlanadi.
Korxonalar,   tashkilotlar   va   muassasalar   o`rtasidagi   iqtisodiy   nizolarni   ko`rib
chiqish   va   hal   qilishda   davlat   tili   qo`llaniladi.   Iqtisodiy   nizolar   taraflarning   roziligi
bilan boshqa tilda   ham ko`rib chiqilishi mumkin.
12-modda .   O`zbekiston   Respublikasida   notarial   harakatlar   davlat   tilida   amalga
oshiriladi.   Fuqarolarning   talabiga   ko`ra   rasmiylashtirilgan   hujjat   matni   notarius   yoki
notarial   harakatni   bajarayotgan   shaxs   tomonidan   rus   tilida   yoki   imkoniyat   bo`lgan
taqdirda - boshqa maqbul tilda beriladi.
13-modda . Fuqarolik   holatini   qayd еtuvchi   hujjatlar, shaxsning kim еkanligini va
uning   huquqlarini   tasdiqlovchi   hujjatlar   davlat   tilida   rasmiylashtiriladi,
zaruriyatga   qarab boshqa tilda tarjimasi takrorlanishi mumkin.
14-modda .   O`zbekiston   Respublikasi   hududida   yashovchi   shaxslarga   davlat
tashkilotlari   va   muassasalariga,   jamoat   birlashmalariga   arizalar,   takliflar,   shikoyatlar
bilan davlat tilida va boshqa tillarda murojaat   qilish   huquqi ta’minlanadi.
15-modda .   O`zbekiston   Respublikasida   yashovchi   shaxslar,   o`z   millatidan   qat’i
nazar,   o`z   ismini,   ota   ismi   va   familiyasini   milliy-tarixiy   an’analarga
muvofiq   yozish   huquqiga еgadirlar.
16-modda .   Televidenie   va   radio   еshittirishlari   davlat   tilida,   shuningdek   boshqa
tillarda olib boriladi. 17-modda . Noshirlik faoliyati davlat tilida, еhtiyojlarni   hisobga olgan   holda еsa,
boshqa tillarda   ham amalga oshiriladi.
18-modda .   Pochta-telegraf   jo`natmalari   davlat   tilida   yoki   fuqarolarning
xohishiga ko`ra - boshqa tilda amalga oshiriladi.
19-modda .   Muassasalar,   tashkilotlar   va   jamoat   birlashmalari   muhrlari,
tamg`alari, ish   qog`ozlarining matnlari davlat tilida bo`ladi.
O`zbekiston   Respublikasi   hududida   joylashgan   xalqaro   tashkilotlar   va
muassasalar,   qo`shma   korxonalarning,   shuningdek   milliy   madaniyat   jamiyatlari   va
markazlarining muhrlari, tamg`alari, ish   qog`ozlari matnlarining tarjimasi davlat tilida
takrorlanadi.
20-modda .   Lavhalar,   е’lonlar,   narxnomalar   va   boshqa   ko`rgazmali   hamda
og`zaki   axborot   matnlari   davlat   tilida   rasmiylashtiriladi   va   е’lon   qilinadi   hamda
boshqa tillarda tarjimasi berilishi mumkin.
21-modda .   Korxonalarda   ishlab   chiqariladigan   mahsulot   davlat   tilidagi   va
boshqa tillardagi yorliqlar, yo`riqnomalar, еtiketkalar bilan ta’minlanadi.
22-modda . Geografik ob’ektlarning nomlari davlat tilida aks еttiriladi.
23-modda .   O`zbekiston   Respublikasining   xalqaro   shartnomasi   matnlari,   agar
shartnomaning   o`zida   boshqacha   qoida   nazarda   tutilmagan   bo`lsa,   davlat   tilida   va
ahdlashuvchi tomonning (tomonlarning) tilida yoziladi.
24-modda .   O`zbekiston   Respublikasida   davlat   tiliga   yoki   boshqa   tillarga
mensimay   yoki   xusumat   bilan   qarash   taqiqlanadi.   Fuqarolarning   o`zaro   muomala,
tarbiya   va   ta’lim   olish   tilini   еrkin   tanlash   huquqini   amalga   oshirishga
to`sqinlik   qiluvchi shaxslar   qonunchilikka   muvofiq   javobgar bo`ladilar.
Davlatimiz   rahbarining   2019-yil   21-oktabrdagi   “O‘zbek   tilining   davlat   tili
sifatidagi nufuzi  va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni
millat   tarixida   tarixiy   hodi sa   bo‘ldi   desak,   yanglishmaymiz.   Chunki   mazkur   farmon
asosida uzoq yillar yig‘ilib qolgan muammolar yechimini topyapti, har yili oktabr oyi -
da   mutaxassislar   tomonidan   kuyinchaklik   bilan   aytilib,   so‘ngra   qog‘ozlarda   qolib
ketgan takliflar, tavsiyalarning hukumat doirasida e’tiborga olinishi o‘chib borayotgan umid uchqunlarini  yana  yondirdi. Prezidentimiz tomonidan  o‘zbek  tilining davlat  tili
sifatidagi mavqeyini oshirish bo‘yicha qator vazifalarning qo‘yilishi tilimizga bo‘lgan
hurmatning   yuksak   namunasidir.
Tilimizga davlat miqyosida maxsus farmon asosida e’tibor qaratilayotgan ekan, uning
jamiyatdagi   nufuzi,   o‘rni,   obro‘sini   oshirish,   huquqiy   maqomini   belgilash,   tom
ma’nodagi davlat tili darajasiga olib chiqish uchun nima qilish ke rak? Ya’ni davlat tili
muhofazasi   qanday   bo‘lishi   lozim,   degan   masa la   ko‘pchilikni   o‘ylantirishi,   tabiiy.
Buning   uchun   esa,   birinchi   navbatda,   tilimizni   har   tomonlama   mukammal   ishlangan
qonun   vositasida   himoyalab   qo‘yishimiz   kerak   bo‘ladi.
Ma’lumki,   qonun   —   inson,   jamiyat   va   davlat   manfaatlari   nuqtayi   nazaridan   eng
muhim   hisoblanadigan   ijtimoiy   munosabatlarni   mustahkamlash,   rivojlantirish   va
tartibga   solish   vositasi   (https//uz.m.wikipedia.org).   Demak,   tilimizning   mavqeyi,
martabasi  qonun orqali himoyalanishi   kerak. Shu sababli  30 yil  avval qabul  qilingan
qonunni   qayta   ko‘rib   chiqish,   mukammal   bir   hujjat   sifatida   qabul   qilish   kun
tartibidagi   asosiy   masa lalardan   biridir.
1989-yil   21-oktabrda   qabul   qilingan   “O‘zbekiston   Respublikasining   davlat   tili
haqida”gi   qonuni   o‘z   davrida   buyuk   hodisa   bo‘lganligi   e’tirof   etilgan.   Lekin
Yurtboshimiz ta’kidlaganidek: “...bundan o‘ttiz yil muqaddam qabul qilingan “Davlat
tili haqida”gi qonunni bugungi kun talablari nuqtayi nazaridan har tomonlama chuqur
tahlil   qilib,   takomillashtirish   zarurati   sezilmoqda”   (2019-yil   21-oktabr dagi   o‘zbek
tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali
yig‘ilishda   so‘zla gan   nutqidan).
Qonundagi   noaniqliklar,   kamchiliklar,   tahrirga   muhtojligi,   yangi   moddalar   kiri tish
zarurligi xususida radio, televide niye, matbuot orqali mutaxassislar tomonidan ko‘plab
fikrlar,   takliflar   aytildi   va   aytilmoqda   ham.   Jumladan,   mutaxassis   M.Niyazmatov
o‘zining   “Davlat   tili   to‘g‘risidagi   qonun   tahrirga   muhtojmi?”   nomli   maqolasida
qonunning   munozarata lab   moddalari   xususida   to‘xtalib,   ularga   aniqlik   kiritish
lozimligini aytadi. R.Jabborovning “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 30 yil
to‘ldi. Shu o‘tgan davr ichida nima o‘zgardi? Nimani o‘zgartirish kerak?” maqolasida shunday fikrlar bor: “Qonunni o‘qib chiqar ekanmiz, u o‘ta ehtiyotkorlik, muloyimlik
bilan   tuzilgani,   ochig‘ini   aytganda,   qonundan   ko‘ra   ko‘proq   tavsiyanomaga
o‘xshashini   ang laymiz.   Unda   imkon   darajasida   o‘zbek   tili ning   mavqeyini   boshqa
tillardan   oshirib   yubormaslikka   harakat   qilingandek   tuyuladi.   Qonun   bilan   yaxshi
tanishib   chiqqan,   boshqa   tilda   so‘zlaydigan   yoki   boshqa   millatga   mansub   fuqarolar
“davlat   tilini   o‘rgansak   ham,   o‘rganmasak   ham   bo‘laverar   ekan”   degan   xulosaga
bormasli giga hech kim kafolat bermaydi. Davlat tilidagi qonunni buzish, davlat tiliga
hurmatsizlikning   huquqiy   oqibatlari   qonunda   aniq   ko‘rsatib   berilmagan”.
Avvalo,   qonunni   ishlab   chiqishda   xorijiy   davlatlarning   milliy   tiliga   bag‘ishlangan
qonunlarini   o‘rganib   chiqish,   ulardan   ijobiy   foydalanish   orqali   qonunimizni
takomillashtirish   zarur.   Kamina   ham   mutaxassis   sifatida   Gruziya,   Ozarboyjon,
Armaniston, Estoniya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston kabi davlatlarning davlat tili haqidagi
qonunlari   bilan   tanishib   chiqish   asnosida   qonunimizga   takliflarim   bilan
o‘rtoqlashmoqchiman.
Qonunning   tuzilishi.   Boshqa   davlatlar   qonunlari   bilan   solishtirilganda,   biz ning
qonunimiz   juda   sodda   tuzilgan,   na   bob,   na   bo‘limlarga   ajratilgan.   Yaqinda
“Munosabat”   ko‘rsatuvida   ishtirok   etgan   bir   mutaxassisning   davlat   tili   to‘g‘risidagi
qonun shunday sodda tuzilganki, uni bir oddiy nizom darajasida deb aytish mumkin,
degan fikrlariga qo‘shilmasdan ilojimiz yo‘q
O‘zbekistonda   nafaqat   o‘zbek   tili,   balki   boshqa   millat   va  elatlarning   tillari,   urf-
odatlari   hurmat   qilinishi   milliy   qonunchiligimizda   aks   etgan.   Uning   amaliy   isbotini
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasidagi quyidagi norma misolida
ko‘rish mumkin: «O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston
Respublikasi  o‘z hududida istiqomat  qiluvchi  barcha millat  va elatlarning tillari, urf-
odatlari va an'analari hurmat qilinishini ta'minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit
yaratadi».
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida»gi qonunning 7-moddasida
qayd   etilishicha,   davlat   tili   rasmiy   amal   qiladigan   doiralarda   o‘zbek   adabiy   tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi. Davlat o‘zbek tilining boyitilishi
va   takomillashtirilishini   ta'minlaydi,   shu   jumladan,   unga   hamma   e'tirof   qilgan   ilmiy-
texnikaviy   va   ijtimoiy-siyosiy   atamalarni   joriy   etish   hisobiga   ta'minlaydi.   Bu   orqali
davlat   o‘zbek   tilini   asrash,   boyitish   va   rivojlantirishda   mas'ullikni   o‘z   zimmasiga
olgan.   Shu   asosda   yurtimizda   o‘zbek   tilining   boyitish   va   takomillashtirishga   doir
ko‘plab ilmiy izlanishlar, loyihalar olib borilmoqda, turli sohalarga oid lug‘atlar, ilmiy
risolalar muntazam nashr etilmoqda. Ayni paytda mamlakatimizdagi barcha nashriyot
matbaa-ijodiy   uylari   tomonidan   ona   tilimizning   jozibasini   bor   bo‘y-basti   bilan
namoyon etishga doir nashrlar chop etilib, kitobxonlar e'tiboriga havola etilayotganini
alohida qayd etish lozimShuningdek, yuqoridagi Qonunning 8-moddasida O‘zbekiston
Respublikasining   qonunlari,   davlat   hokimiyati   va   boshqaruv   organlarining   boshqa
hujjatlari   davlat   tilida   qabul   qilinishi   va   e'lon   qilinishi   belgilangan.   Mazkur   norma
«Qonunlar   loyihalarini   tayyorlash   va   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining
Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida»gi Qonun 26-moddasining to‘rtinchi
qismida   yanada   aniqlashtirilgan.   Unga   asosan,   «qonun   loyihasi   va   unga   ilova
qilinadigan   hujjatlar   qonunchilik   tashabbusi   huquqi   sub'yektlari   tomonidan
Qonunchilik   palatasiga   davlat   tilida   kiritiladi».   Ushbu   normalarning   ijrosi   amalda
ta'minlanayotganini   hozirgi   kunda   Qonunchilik   palatasiga   kirtitilayotgan   qonun
loyihalari   misolida   yoki   Oliy   Majlisda   qabul   qilinayotgan   qonunlar   o‘zbek   tilida
qizg‘in muhokama etilayotganligida ko‘rish mumkin.
O’zbek tilining asosiy imlo qoidalarini o’zlashtirish
Reja:
1.  Lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etilishi.
2.O’zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida
3.Harflar imlosi.
Bizning   davrimizda   jahondagi   xalqlar     220   xil   yozuvdan     foydalanadilar.   Shu
yozuvlardan   juda   keng   tarqalgani   lotin   yozuvi   bo’lib,     jahon   xalqlarining   30%   dan
ziyodi     shu   yozuvni   qo’llaydilar.   1993     yil   2-3   sentyabrda   bo’lib   o’tgan   Oliy Kengashning   13-sessiyada   o’zbek   yozuvini   lotin   yozuviga     o’tkazish   to’g’risida
qonun   qabul   qilindi.   1995   yil   6   maydagi   Oliy   Malij   sessiyasida     bu   alifboga     ayrim
o’zgarishlar  kiritildi  va   bu yozuvga   to’liq o’tish muddati  2005 yil sentyabr  oyi  deb
belgilandi.   2004   yilda   chiqarilgan   Qonunga     ko’ra   esa   lotin   yozuviga     to’liq   o’tish
muddati  2010 yil sentyabriga  qadar cho’zildi.  
Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosida   29   harf   bo’lib,     shulardan    
6  tasi unli harf,  qolgan  23  tasi undosh harf va bitta  (’)  belgisidan iborat
O‘zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy
etish to‘g‘risida”gi   Qonunini   bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari tasdiqlansin ( ilova   qilinadi).
2.   Respublika   vazirliklari,   idoralari,   mahalliy   hokimiyat   va   boshqaruv   idoralari,
ommaviy   axborot   vositalari   lotin   yozuviga   asoslangan   o‘zbek   alifbosidagi   barcha
turdagi   yozishmalarda,   matbuotda,   ish   yuritishda   ushbu   qoidalarni   joriy   qilish
yuzasidan tegishli tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
3.   O‘zbekiston   Respublikasi   Fanlar   akademiyasi,   Oliy   va   o‘rta   maxsus   ta’lim
vazirligi,   Xalq   ta’limi   vazirligi,   Davlat   matbuot   qo‘mitasi   uch   oy   muddat   ichida
maktablar uchun qo‘llanma sifatida o‘zbek tilining imlo lug‘atini, kishi ismlari va joy
nomlari lug‘atlarini tayyorlasinlar va nashr etish choralarini ko‘rsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ta’lim
va fan hamda Ijtimoiy masalalar va madaniyat bo‘limlariga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 24-avgust,
Unlilar imlosi.
1.   A a   harfi:
1) aka, alanga, aloqa, og‘a; sentabr, noyabr kabi so‘zlarda old qator keng unlini
ifodalash uchun yoziladi;
2) bahor, zamon; savol, gavda; vasvasa kabi so‘zlarning oldingi bo‘g‘inida, vaqt,
vahm kabi so‘zlarda   a   aytiladi va yoziladi 2.   O o   harfi:
1)   ona,   omon,   quyosh,   fido,   baho,   xola,   lotin;   mukofot,   mahorat   kabi   so‘zlarda
orqa qator keng unlini ifodalash uchun yoziladi.
2)   boks,   poyezd,   tonna,   talon;   agronom,   mikrofon;   direktor,   termos   kabi
o‘zlashma so‘zlardagi unlini ifodalash uchun yoziladi.
3.   I i   harfi:
1)   ish,   iz,   qil;   xirmon,   ilhom,   ikki,   ixtisos,   shoyi,   tulki;   volida,   piramida;   bilan,
biroq, sira, qishloq, chiroq kabi so‘zlarda old qator tor unlini ifodalash uchun yoziladi;
2)   o‘tin,   o‘rik,   bo‘lim   kabi   oldingi   bo‘g‘inida   o‘   unlisi   keladigan   so‘zlarning
keyingi bo‘g‘inida   i   aytiladi va yoziladi.
4.   U u   harfi:
1) uy, kun; buzoq, buloq, Buxoro; butun, uchuq, usul, yulduz; mafkura; ko‘zgu,
uyqu; aluminiy, yubiley kabi so‘zlarda orqa qator tor unlini ifodalash uchun yoziladi;
2)   qovun,   sovun,   tovush,   yovuz,   qirg‘ovul,   chirmovuq   kabi   so‘zlarning   oldingi
bo‘g‘inida   o   unlisi   kelsa,   keyingi   yopiq   bo‘g‘in   boshidagi   v   undoshidan
keyin   u   aytiladi va yoziladi.
5.   O‘   o‘   harfi   o‘t,   o‘q,   o‘zbek,   o‘simlik,   do‘ppi,   bo‘tako‘z,   semizo‘t,   gulko‘rpa,
noo‘rin kabi so‘zlarda orqa qator o‘rta-keng unlini ifodalash uchun yoziladi.
6.   E e   harfi ekin, esla, evara, ekran, eksport; kel, zehn; kecha, behi; telefon, teatr;
poyezd, atelye; e’lon, ne’mat, she’r kabi so‘zlarda old qator o‘rta-keng unlini ifodalash
uchun yoziladi.
7. Yonma-yon keladigan unlilar imlosi:
1) unlilar orasiga ba’zan   u   undoshi qo‘shib aytilsa ham, yozilmaydi.
a)   ia:   material, milliard, radiator; tabiat, shariat kabi;
b)   io:   biologiya, million, stadion, radio kabi;
v)   ai:   mozaika, ukrain, said, maishat kabi;
g)   oi:   alkoloid, ellipsoid, doim, shoir, oila kabi;
d)   ea:   teatr, okean, laureat kabi; 2)   ae,   oe   unlilari   so‘z   ichida   kelganda   ikkinchi   unli   u   aytilsa   ham,   asliga
muvofiq   e   yoziladi: aerostat, poema kabi.
Boshqa   hollarda   yonma-yon   kelgan   unlilar   odatda   aynan   aytiladi   va   yoziladi:
manfaat,   kauchuk,   aorta,   saodat,   burjua,   shuaro,   inshoot,   sanoat,   vakuum,   muammo,
matbuot, tabiiy, rioya va boshqalar.
Undoshlar imlosi
8.   V b   harfi:
1) bobo, bahor, bir, majbur, zarb kabi so‘zlarda jarangli portlovchi lab undoshini
ifodalash uchun yoziladi;
2) kitob, yuzlab, kelib kabi so‘zlar oxirida   r   aytilsa ham,   b   yoziladi.
3) qibla, tobla kabi so‘zlarda ba’zan   v   aytilsa ham,   b   yoziladi;
9.   R r   harfi paxta, pichoq, opa, tepa, tup, yop kabi so‘zlarda jarangsiz portlovchi
lab undoshini ifodalash uchun yoziladi.
10.   V v   harfi:
1) ov, suv, kuyov; ovoz, savol; volida, vatan kabi so‘zlarda ovozdor sirg‘aluvchi
lab undoshini ifodalash uchun yoziladi;
2) avtobus, avtomat kabi o‘zlashma so‘zlarda   v   ba’zan   f   aytilsa ham,   v   yoziladi.
11.   F f   harfi:
1)   fan,   fe’l,   futbol,   fizika;   asfalt,   juft;   insof,   isrof   kabi   so‘zlarda   jarangsiz
sirg‘aluvchi lab undoshini ifodalash uchun yoziladi;
2)  fasl,   fayz,  Fotima,  fursat   kabi  so‘zlarda   f   tovushi  ba’zan   r   aytilsa  ham,  asliga
muvofiq   f   yoziladi.
12.   M m   harfi moy, muborak, tomon, ilhom kabi so‘zlarda ovozdor lab-lab burun
undoshini ifodalash uchun yoziladi.
13.   D d   harfi:
1)   dala,   odat,   bunyod,   modda,   jiddiy   kabi   so‘zlarda   til   oldi   jarangli   portlovchi
undoshni ifodalash uchun yoziladi;
2)   obod,   savod,   marvarid;   zavod,   pud,   sud;   badqovoq,   badxo‘r   kabi
so‘zlarda   t   aytilsa ham,   d   yoziladi. 14.   T t   harfi tong, tun; butun, o‘tin, o‘t, kut kabi so‘zlarda til oldi jarangsiz
portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
15.   Z z   harfi:
1) zar, zamon, toza, o‘zbek, yoz, g‘oz kabi so‘zlarda til oldi jarangli sirg‘aluvchi
undoshni ifodalash uchun yoziladi;
2)   iztirob,   izquvar,   bo‘zchi,   tuzsiz   kabi   so‘zlarda   jarangsiz   undoshdan
oldin   s   aytilsa ham,   z   yoziladi.
16.   S   s   harfi   sog‘,   somon,   oson,   asos,   olmos   kabi   so‘zlarda   til   oldi   jarangsiz
sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
17.   Sh sh   harflar  birikmasi  shahar, shisha,  shodlik;  ishq,  pishiq;  bosh,  tosh kabi
so‘zlarda til oldi jarangsiz sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
Sh   harflari ikki tovushni  ifodalasa,  ular orasiga ’ tutuq belgisi  qo‘yiladi: Is’hoq,
as’hob kabi.
18.   J j   harfi:
1)   jon,   jahon,   jiyda,   tijorat;   rivoj,   vaj   kabi   so‘zlarda   til   oldi   jarangli   qorishiq
undoshni ifodalash uchun yoziladi;
2)   jurnal,   projektor;   gijda,   ajdar;   garaj,   tiraj   kabi   o‘zlashma   so‘zlarda   til   oldi
jarangli sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
19.   Ch   ch   harflar   birikmasi   choy,   chevar,   chiroyli,   chaman;   achchiq,   uchun,
bichiqchi;   kuch,   kech   kabi   so‘zlarda   til   oldi   jarangsiz   qorishiq   undoshni   ifodalash
uchun yoziladi.
20.   R r   harfi rahmat, rohat, orom, doira, bor, diyor kabi so‘zlarda til oldi ovozdor
titroq, undoshni ifodalash uchun yoziladi.
21.   L l   harfi lola, loyiq, la’l, iloj, mahal kabi so‘zlarda sirg‘aluvchi ovozdor yon
undoshni ifodalash uchun yoziladi.
22.   N n   harfi:
1)   non,   nomus;   ona,   tana;   bilan,   tomon   kabi   so‘zlarda   til   oldi   ovozdor   burun
undoshini ifodalash uchun yoziladi; 2) shanba, yonbosh, jonbozlik; yonma-yon, ko‘rinmaslik kabi so‘zlarda   n   tovushi
ba’zan   m   aytilsa xam,   n   yoziladi.
23.   G   g   harfi:   gul,   go‘zal;   ega,   gugurt;   teg,   eg   kabi   so‘zlarda   til   oldi   jarangli
portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
24.   K k   harfi ko‘l, ko‘ylak; uka, moki; tok, bilak kabi so‘zlarda til orqa jarangsiz
portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
25.   Y u   harfi uo‘l, yigit, yetti, yaxshi, yoz, yulduz; tuya, dunyo, tayyor; soy, tuy
kabi so‘zlarda til o‘rta sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
26.   Ng ng   harflar birikmasi yangi, ko‘ngil, dengiz, singil, keling, bordingiz; tong,
ming, teng kabi so‘zlarda til orqa ovozdor burun tovushini ifodalash uchun yoziladi.
27.   Q   q   harfi   qizil,   qimiz,   qirq,   haqiqiy,   aql   kabi   so‘zlarda   chuqur   til   orqa
jarangsiz portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
28.   G‘   g‘   harfi   g‘oz,   bag‘ir,   tog‘   kabi   so‘zlarda   chuqur   til   orqa   jarangli
sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
29.   X   x   harfi   xabar,   xo‘roz,   xohish,   xushnud,   baxt,   axborot,   mix   kabi   so‘zlarda
chuqur til orqa jarangsiz sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
30.   N   h   harfi   hosil,   hamma,   bahor;   isloh,   nikoh   kabi   so‘zlarda   jarangsiz
sirg‘aluvchi bo‘g‘iz undoshini ifodalash uchun yoziladi.
31. Yonma-yon keladigan undoshlarning imlosi:
1) baland, Samarqand, poyezd; do‘st, past, artist, g‘isht kabi so‘zlarda   d, t   tovushi
ba’zan aytilmasa ham, yoziladi;
2)   metall,   kilogramm,   kilovatt,   kongress   kabi   o‘zlashma   so‘zlar   oxirida   bir
undosh   aytilsa   ham,   ikki   harf   yoziladi.   Lekin   bunday   so‘zga   xuddi   shu   tovush   bilan
boshlanadigan   qism   qo‘shilsa,   so‘z   oxiridagi   bir   harf   yozilmaydi:   metall   +   lar   =
metallar, kilogramm + mi = kilogrammi kabi.
32. ’   —   tutuq belgisi:
1) a’lo, ba’zan, ma’yus, ta’zim; ra’y, ta’b; e’lon, e’tibor, e’tiqod, me’mor, ne’mat,
she’r, fe’l; Nu’mon, shu’la kabi o‘zlashma so‘zlarda unlidan keyin shu unli tovushning cho‘ziqroq   aytilishini   ifodalash   uchun   qo‘yiladi;   mo‘jiza,   mo‘tadil,   mo‘tabar   kabi
so‘zlarda   o‘   unlisi cho‘ziqroq aytilsa ham, tutuq belgisi qo‘yilmaydi;
2)  in’om, san’at, qat’iy, mas’ul  kabi  o‘zlashma  so‘zlarda unlidan oldin shu  unli
oldingi undosh tovushdan ajratib aytilishini ifodalash uchun qo‘yiladi.
Asos va qo‘shimchalar imlosi
33. Qo‘shimcha qo‘shilishi bilan so‘z oxiridagi unli o‘zgaradi:
1)   a   unlisi   bilan   tugagan   fe’llarga   -v,   -q,   -qi   qo‘shimchasi
qo‘shilganda   a   unlisi   o   aytiladi   va   shunday   yoziladi:   sayla   —   saylov,   sina   —   sinov,
aya — ayovsiz; so‘ra — so‘roq, bo‘ya — bo‘yoq; o‘yna — o‘ynoqi, saura — sayroqi
kabi;
2)   i   unlisi bilan tugagan ko‘pchilik fe’llarga   -v, -q   qo‘shimchasi  qo‘shilganda bu
unli   u   aytiladi va shunday yoziladi: o‘qi — o‘quvchi, qazi — qazuvchi, sovi — sovuq
kabi.   Lekin   i   unlisi   bilan   tugagan   ayrim   fe’llarga   -q   qo‘shimchasi   qo‘shilganda   bu
unli   i   aytiladi va shunday yoziladi: og‘ri — og‘riq, qavi — qaviq kabi.
Eslatma:
1) undosh bilan tugagan barcha fe’llarga   -uv   qo‘shiladi: ol — oluv, yoz — yozuv
kabi;
2)   undosh   bilan   tugab,   tarkibida   u   unlisi   bor   fe’lga   -uq   qo‘shiladi:   uz   —   uzuq,
yut   —   yutuq   kabi.   Lekin   uyushiq ,   burushiq,uchuriq,   bulduriq   (shuningdek
bulduriq) kabi so‘zlarning uchinchi bo‘g‘inida   i   aytiladi va shunday yoziladi.
34.   k,   q   undoshi   bilan   tugagan   ko‘p   bo‘g‘inli   so‘zlarga,   shuningdek,   bek,   yo‘q
kabi   ayrim   bir   bo‘g‘inli   so‘zlarga   egalik   qo‘shimchasi
qo‘shilganda   k   undoshi   g   undoshiga,   q   undoshi   g‘   undoshiga   aylanadi   va   shunday
yoziladi: tilak — tilaging, yurak — yuragim, kubok — kubogi, bek — begi; tayoq —
tayog‘i, qoshiq — qoshig‘i, yaxshiroq — yaxshirog‘i, yo‘q — yo‘g‘i kabi. Lekin ko‘p
bo‘g‘inli   o‘zlashma   so‘zlarga,   bir   bo‘g‘inli   ko‘pchilik   so‘zlarga   egalik   qo‘shimchasi
qo‘shilganda   k, q   tovushi aslicha aytiladi va yoziladi: ishtirok — ishtiroki, ocherk —
ocherki, erk — erki, huquq — huquqim, ravnaq — ravnaqi, yuq — yuqi kabi. 35.   Quyidagi   qo‘shimchalar   qo‘shilishi   bilan   so‘zning   tarkibida   tovush   tushadi
yoki ortadi:
1)   o‘rin,   qorin,   burun,   o‘g‘il,   bo‘uin,   ko‘ngil   kabi   ba’zi   so‘zlarga   egalik
qo‘shimchasi   qo‘shilganda,   qayir,   ayir   kabi   fe’llarga   nisbat   shaklini   yasovchi   -
il   qo‘shimchasi   qo‘shilganda,   ikki,   olti,   yetti   so‘zlariga   -ov,   -ala   qo‘shimchalari
qo‘shilganda   ikkinchi   bo‘g‘indagi   unli   aytilmaydi   va   yozilmaydi:   o‘rin   —   o‘rnim,
qorin   —   qorni,   burun   —   burning,   o‘g‘il   —   o‘g‘ling,   ko‘ngil   —   ko‘ngli,   yarim   —
yarmi; qayir — qayril, ulug‘ — ulg‘ay, sariq — sarg‘ay, ikki — ikkov, ikki — ikkala,
yetti — yettov kabi;
2)   u,   bu,   shu,   o‘sha   olmoshlariga   -da,   -dan,   -day,   -dagi,   -ga,   -gacha,   -
cha   qo‘shimchalari qo‘shilganda   n   tovushi qo‘shib aytiladi va shunday yoziladi: unda,
bunday,   shunda,   o‘shancha   kabi;   bu   olmoshlarga   egalik   qo‘shimchalari   quyidagicha
qo‘shiladi; buningiz, o‘shanisi kabi;
3)   o, o, u, e   unlilari bilan tugaydigan so‘zlarga egalik qo‘shimchalari quyidagicha
qo‘shiladi:
a) ko‘pchilik so‘zlarga egalik qo‘shimchalari   -m, -ng, -si; -miz, -ngiz, -si   (yoki   -
lari )   shaklida   tovush   orttirmay   qo‘shiladi:   bobom,   bobong,   bobosi,   bobomiz,
bobongiz,   bobosi   (yoki   bobolari);   orzum,   orzung,   orzusi;   orzumiz,   orzungiz,   orzusi
kabi;
b)   parvo,   obro‘,   mavqe,   mavzu,   avzo   so‘zlariga   I,   II   shaxs   egalik
qo‘shimchalari   qo‘shilganda   bir   u   tovushi   qo‘shib   aytiladi   va   shunday   yoziladi:
parvoyim,   parvoying;   parvoyimiz,   parvoyingiz;   obro‘yim,   obro‘ying;   obro‘yimiz,
obro‘yingiz kabi; III shaxs egalik qo‘shimchasi parvo, avzo, obro‘, mavqe so‘zlariga   -
yi   shaklida,   xudo,   mavzu   so‘zlariga   esa   -si   shaklida   qo‘shiladi:   avzoyi,   mavzusi   kabi
(dohiy   kabi   u   undoshi   bilan   tugagan   so‘zga   xam   III   shaxsda   -si   qo‘shiladi:   dohiysi
kabi);
4)   men,   sen   olmoshlariga   -ni,   -ning,   -niki   qo‘shimchalari   qo‘shilganda
qo‘shimchadagi   n   tovushi   aytilmaydi   va   yozilmaydi:   meni,   mening,   meniki;   seni,
sening, seniki kabi. 36.   Quyidagi   qo‘shimchalarning   birinchi   tovushi   ikki   xil   aytilsa   ham,   bir   xil
yoziladi:
1) - bon, -boz   qo‘shimchalari ba’zan   -von, -voz   aytilsa ham, hamma vaqt   -bon, -
boz   yoziladi darvozabon, masxaraboz kabi. Lekin   -vachcha   qo‘shimchasi hamma vaqt
shunday aytiladi va yoziladi: amakivachcha, xolavachcha kabi;
2) o‘rin kelishigi va chiqish kelishigi qo‘shimchasining, o‘tgan zamon yasovchisi
va III shaxs ko‘rsatkichi   -di   qo‘shimchasining boshidagi undosh ba’zan   t   aytilsa ham,
hamma vaqt   d   yoziladi; ishda, misdan, ketdi, kelmabdi kabi.
37.   Quyidagi   qo‘shimchalarning   bosh   tovushi   ikki   yoki   uch   xil   aytiladi   va
shunday yoziladi:
1)   taqlid   so‘zlardan   fe’l   yasovchi   -illa   (chirilla,   taqilla)   qo‘shimchasi   so‘z
tarkibida   v   yoki   u   tovushi   bo‘lganda   -ulla   aytiladi   va   shunday   yoziladi:   shovulla,
lovulla, gurulla kabi;
2)   nisbat   shaklini   yasovchi   -dir   qo‘shimchasi   jarangli   undosh   bilan   tugagan   bir
bo‘g‘inli   so‘zlarga   (kel   so‘zidan   boshqa),   shuningdek,   z   undoshi   bilan   tugagan
orttirma nisbat yasovchisidan keyin qo‘shiladi: quvdir, egdir, kuldir, yondir; o‘tkazdir,
tomizdir   kabi.   Qolgan   barcha   hollarda   bu   qo‘shimcha   -tir   aytiladi   va   shunday
yoziladi: tiktir, kestir, uyaltir, chaqirtir kabi;
3)   jo‘nalish   kelishigi   qo‘shimchasi   -ga ,   chegara   bildiruvchi   -gacha ,   ravishdosh
shaklini   yasovchi   -gach,   -guncha,   -gani,   -gudek ,   sifatdosh   shaklini   yasovchi   -gan ,
buyruq   maylining   ikkinchi   shaxs   ko‘rsatkichi   -gin,   shuningdek   -gina   qo‘shimchasi
uch xil aytiladi va shunday yoziladi:
a)   k   undoshi   bilan   tugagan   so‘zlarga   qo‘shilganda   bu   qo‘shimchalarning   bosh
tovushi   k   aytiladi   va   shunday   yoziladi:   tokka,  yo‘lakkacha,   ko‘nikkach,   zerikkuncha,
to‘kkani, kechikkudek, bukkan, ekkin, kichikkina kabi;
6)   q   undoshi   bilan   tugagan   so‘zlarga   qo‘shilganda   bu   qo‘shimchalarning   bosh
tovushi   q   aytiladi va shunday yoziladi: chopiqqa, qishloqqacha, yoqqach, chiqquncha,
chiniqqani, qo‘rqqudek, achchiqqina kabi; v)   qolgan   barcha   hollarda,   so‘z   qanday   tovush   bilan   tugashidan   va   bu
qo‘shimchalarning   bosh   tovushi   k   yoki   q   aytilishidan   qat’i   nazar,   g   yoziladi:   bargga,
pedagogga, bug‘ga, sog‘ga, og‘gan, sig‘guncha kabi.
Qo‘shib yozish
38.   Xona, nota, poya, bop, xush, ham, baxsh, kam, umum, rang, mijoz, sifat,
talab   kabi   so‘zlar   yordamida   yasalgan   qo‘shma   ot   va   qo‘shma   sifatlar   qo‘shib
yoziladi:   qabulxona,   tabriknoma,   taklifnoma,   bedapoya,   ommabop,   xushxabar,
hamsuhbat,   orombaxsh,   kamquvvat,   bug‘doyrang,   umumxalq,   sovuqmijoz,   devsifat,
suvtalab kabi.
39.   -(a)r   (inkor   shakli   —   -mas )   qo‘shimchasi   bilan   tugaydigan   qo‘shma   ot   va
qo‘shma   sifatlar   qo‘shib   yoziladi:   o‘rinbosar,   otboqar,   cho‘lquvar,   ishyoqmas,
qushqo‘nmas kabi.
40.   Takror   taqlid   so‘zlarga   qo‘shimcha   qo‘shish   bilan   yasalgan   ot   va   fe’llar
qo‘shib   yoziladi:   pirpirak  (pir-pir+ak),   bizbizak   (biz-biz+ak),  hayhayla   (hay-hay+la),
gijgijla (gij-gij+la) kabi.
41.   Narsani   (predmetni)   boshqa   biror   narsaga   nisbatlash   (qiyoslash),   o‘xshatish
yo‘li   bilan   bildiruvchi   qo‘shma   ot   va   qo‘shma   sifatlar   qo‘shib   yoziladi:   karnaygul,
qo‘ziqorin, otquloq, oybolta, devqomat, sheryurak, bodomqovoq, qirg‘iyko‘z kabi.
42.   Narsani   uning   rangi,   mazasi,   o‘zidagi   biror   narsasi   va   shu   kabi   belgilari
asosida bildiruvchi qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi: olaqarg‘a, qizilishton, achchiqtosh,
mingoyoq kabi.
43.   Narsaning   biror   maqsad,   ish   uchun   mo‘ljallanganligini   bildiruvchi   qo‘shma
otlar   qo‘shib   yoziladi:   kirsovun,   qiymataxta,   tokqaychi,   oshrayhon,   molqo‘ra,
nosqovoq, ko‘zoynak kabi.
44.   Narsani   joyga   nisbat   berish   asosida   bildiruvchi   qo‘shma   otlar   qo‘shib
yoziladi: tog‘olcha, cho‘lyalpiz, suvilon, qashqargul kabi.
45.   Marosim,   afsona   kabilarni   bildiruvchi   qo‘shma   otlar   qo‘shib   yoziladi:
kiryuvdi, kelintushdi, qoryog‘di, Urto‘qmoq, Ochildasturxon kabi. 46.   Qaratuvchili   birikmaning   bir   so‘zga   aylanishi   bilan   yuzaga   kelgan   qo‘shma
otlar qo‘shib yoziladi: mingboshi, so‘zboshi, olmaqoqi kabi.
47. Ikkinchi qismi turdosh ot bilan yoki obod so‘zi bilan ifodalangan joy nomlari
qo‘shib   yoziladi:   Yangiyo‘l,   To‘rtko‘l,   Mirzacho‘l,   Sirdaryo,   Kosonsoy,   Yangiobod,
Xalqobod   kabi.   Lekin   ikkinchi   qismi   atoqli   ot   bo‘lgan   joy   nomlari   ajratib   yoziladi:
O‘rta Osiyo, Ko‘hna Urganch, O‘rta Chirchiq kabi.
48.   Rus   tilidan   aynan   o‘zlashtirilgan   yoki   so‘zma-so‘z   tarjima   qilish   yo‘li   bilan
hosil  qilingan qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi: kinoteatr, radiostansiya,  fotoapparat,
elektrotexnika; teleko‘rsatuv, yarimavtomat, bayramoldi, suvosti kabi.
49.   Qisqartmalarning   barcha   turlari   va   ularga   qo‘shiladigan   qo‘shimchalar
qo‘shib yoziladi: SamDU, ToshDUning kabi. Lekin yonma-yon kelgan ikki qisqartma
ajratib   yoziladi:   O‘zXDP   MK   (O‘zbekiston   Xalq   demokratik   partiyasi   markaziy
kengashi) kabi.
50.   Bir   tovush   ikki   va   undan   ortiq   tovush   tarzida   aytilsa,   bunday   holat   harfni
takror yozish bilan ko‘rsatiladi: yo‘o‘q, nimaa, himm, ufff kabi.
Chiziqcha bilan yozish
51.   Juft   so‘z   va   takror   so‘z   qismlari   chiziqcha   bilan   yoziladi:   el-yurt,   mehr-
shafqat,   qovun-tarvuz,   omon-eson,   kecha-kunduz,   yozin-qishin,   asta-sekin,   uch-to‘rt,
o‘n-o‘n   beshta   (10-15   ta),   bilinar-bilinmas,   bordi-keldi,   kuydi-pishdi,   don-dun,   oz-
moz, mayda-chuyda, aldab-suldab, o‘ylab-netib, so‘ramay-netmay, kiyim-kechak, adi-
badi,   ikir-chikir,   duk-duk,   taq-tuq,   qop-qop,   ming-ming   (ming-minglab),   bitta-bitta
(bitta-bittalab),   baland-baland,   chopa-chopa,   ishlay-ishlay,   yaqin-yaqinlargacha,
hamma-hammasi, uy-uyiga, ich-ichidan kabi.
Eslatma:
1)   juft   so‘zdan   qo‘shimcha   yordamida   yasalgan   so‘zlar   ham   chiziqcha   bilan
yoziladi: baxt-saodatli, xayr-xo‘shlashmoq kabi;
2)   juft   so‘z   qismlari   orasida   -u   (-yu)   bog‘lovchisi   kelsa,   undan   oldin   chiziqcha
qo‘yiladi   va   juft   so‘z   qismlari   ajratib   yoziladi:   do‘st-u   dushman   (do‘st-dushman),
kecha-yu kunduz (kecha-kunduz) kabi; 3)   yetakchi   va   ko‘makchi   fe’l   bir   xil   shaklda   bo‘lsa,   chiziqcha   bilan   yoziladi:
yozdi-oldi, borasan-qo‘yasan, uxlabman-qolibman kabi.
52.  Belgini  kuchaytiruvchi   qip-qizil,  yam-yashil,   dum-dumaloq,  kuppa-kunduzi,
to‘ppa-to‘g‘ri,   bab-baravar   kabi   so‘z   shakllari   chiziqcha   bilan   yoziladi   (lekin   oppoq
so‘zi qo‘shib yoziladi).
53.   So‘zning   -ma,   ba-   yordamida   birlashgan   qismlari   chiziqcha   bilan   yoziladi:
ko‘chama-ko‘cha,   uyma-uy,   rang-barang,   dam-badam   kabi.   Lekin   mustaqil
ishlatilmaydigan   qism   qatnashsa,   bunday   so‘zlar   qo‘shib   yoziladi.   ro‘baro‘,   darbadar
kabi.
54. Rus tilidan aynan yoki so‘zma-so‘z tarjima qilish yo‘li bilan olingan so‘zlar
asliga muvofiq chiziqcha bilan yoziladi: unter-ofitser, kilovatt-soat kabi.
55.   -chi,   -a   (ya),   -ku,   -u   (-yu),   -da,   -e,   -ey   (-yey)   yuklamalari   chiziqcha   bilan
yoziladi: sen-chi, boraylik-chi, sen-a, kutaman-a, bola-ya, mingta-ya, keldi-ku, kelgan-
u,  yaxshi-yu,  yaxshi-da,  qo‘y-e,   yashang-e,  o‘g‘lim-ey,  keldi-yey   kabi.  Ammo   -mi ,  -
oq   (-yoq),   -ov   (-yov),   -gina(-kina,   -qina)   yuklamalari   o‘zidan   oldin   kelgan   so‘zga
qo‘shib   yoziladi:   keldimi?,   keliboq,   o‘ziyoq,   ko‘rganov,   ko‘rdiyov,   mengina,
qo‘shiqqina kabi.
56.   Tartib   son   arab   raqamlari   bilan   yozilsa,   -nchi   qo‘shimchasi   o‘rniga
chiziqcha   (-)   qo‘yiladi: 7-sinf, 5-“A” sinfi, 3-, 7-, 8-sinf o‘quvchilari, 60-yillar, 1991-
yilning   1-sentabri   kabi.   Tartib   sonni   ko‘rsatuvchi   rim   raqamlaridan   keyin   chiziqcha
yozilmaydi: XX asr, X sinf kabi.
Ajratib yozish
57.   Qo‘shma   fe’lning   qismlari   ajratib   yoziladi:   sarf   qil,   ta’sir   et,   tamom   bo‘l,
sotib ol, olib kel , olib chiq, miq etma kabi.
58.   Ko‘makchi   fe’l   va   to‘liqsiz   fe’l   mustaqil   fe’ldan   ajratib   yoziladi:   aytib   ber,
olib   ko‘r,   so‘rab   qo‘y,   ko‘ra   qol,   bera   boshla,   yiqila   yozdi;   ketgan   edi,   ketgan   ekan,
ketgan emish kabi. Lekin mustaqil fe’l bilan yordamchi fe’l orasida tovush o‘zgarishi
bo‘lsa,   bunday   qismlar   qo‘shib   yoziladi:   aytaver   (ayta   ber),   boroladi   (bora   oladi),
bilarkan (bilar ekan) kabi. 59.   Ko‘makchilar   ajratib   yoziladi:   shu   bilan,   soat   sayin,   borgan   sari,   bu   qadar,
kun   bo‘yi   kabi   Lekin   bilan   ko‘makchining   -la   shakli,   uchun   qo‘shimchasining   -
chun   shakli chiziqcha bilan yoziladi: sen-la, sen-chun kabi.
60.   Hamma, har, hech, bir, qay, u, bu, shu, o‘sha   so‘zlari o‘zidan keyingi yoki
oldingi so‘zdan ajratib yoziladi: hamma vaqt, har kim, hech qaysi, qay kuni, u yerda,
shu   yoqdan,   o‘sha   yoqqa   kabi.   Lekin   birpas,   biroz,   birato‘la,   birvarakayiga,
birmuncha,   buyon   so‘zlari   qo‘shib   yoziladi.   Shuningdek,   qay   so‘zi   yoq,   yer   so‘zlari
bilan ishlatilganda bir   u   tovushi tushsa, bu so‘zlar qo‘shib yoziladi: qayoqqa, qayerda
kabi.
61.   Sifat   oldidan   kelib,   belgining   ortiq   yoki   kamligini   bildiradigan   to‘q,   jiqqa,
tim, liq, lang, och kabi so‘zlar ajratib yoziladi: to‘q qizil, jiqqa ho‘l, tim qora, liq to‘la,
lang ochiq, och sariq kabi.
62. Murakkab son qismlari ajratib yoziladi o‘n bir, besh yuz, qirq ming olti yuz
bir, bir ming yetti yuz sakson beshinchi kabi.
63. Yildan yilga, tomdan tomga kabi birinchi qismi chiqish kelishigida, ikkinchi
qismi jo‘nalish kelishigida bo‘lgan birikmalar ajratib yoziladi.
64. Belgining ortiq darajasini bildiruvchi ko‘pdan ko‘p, tekindan tekin, yangidan
yangi, ochiqdan ochiq, qizigandan qizidi kabilar ajratib yoziladi.
65.   Izofali   birikmalar   ajratib   yoziladi.   Bunda   izofa   undosh   bilan   tugagan
so‘zlarga   i   shaklida, unli bilan tugagan so‘zlarga   yi   shaklida qo‘shiladi: dardi bedavo,
nuqtayi   nazar,   tarjimayi   hol   kabi.   Lekin   izofa   yozilmaydigan   so‘zlar,   shuningdek,
qismlaridan biri yoki har ikkisi o‘zbek tilida mustaqil ishlatilmaydigan so‘zlar qo‘shib
yoziladi: gulbeor (guli beor), dardisar kabi.
Bosh harflar imlosi
66.   Kishining   ismi,   ota   ismi,   familiyasi,   taxallusi,   ramziy   atoqli   oti   bosh   harf
bilan   boshlanadi:   Dilbar,   O‘rinova,   Muhabbat   Majidovna,   Azamat   Shuhrat   o‘g‘li,
Hamza   Hakimzoda,   Muhammadsharif   So‘fizoda,   Mannon   Otaboy,   Navoiy,   Furqat;
Yelpig‘ichxon, Salomjon Alikov kabi. 67.   Joy   nomlari   bosh   harf   bilan   boshlanadi:   Andijon,   Yangiyo‘l   (shaharlar),
Naymancha,   Buloqboshi   (qishloqlar),   Bodomzor,   Chig‘atoy   (mahallalar),   Zavraq
(dara),   Yarqoq   (yaylov),   Qoratog‘,   Pomir   (tog‘lar),   Oqtepa,   Uchtepa   (tepalar),
Zarafshon,   Sirdaryo   (daryolar),   Yoyilma   (kanal);   Turkiya,   Hindiston   (mamlakatlar)
kabi. Bunday atoqli ot tarkibidagi sifatlovchi ham bosh harf bilan yoziladi: Shimoliy
Kavkaz, Markaziy Qizilqum kabi.
68. Yulduz va sayyoralar, boshqa xil osmon jismlarining atoqli oti bosh harf bilan
boshlanadi:   Hulkar,   Qavs,   Mirrix   (yulduz   va   sayyoralar   nomi),   Tinchlik   dengizi
(Oydagi   relyef   nomi)   kabi.   Yer,   quyosh,   oy   turdosh   otlari   sayyora   nomi   bo‘lib
kelgandagina bosh harf bilan yoziladi: Yer Quyosh atrofida, Oy Yer atrofida aylanadi.
69.   Madaniy-maishiy   va   savdo   korxonalariga,   adabiyot   va   san’at   asarlariga,
sanoat   va   oziq-ovqat   mahsulotlariga,   shuningdek,   transport   vositalari,   sport
inshootlariga   qo‘yilgan   nomlar   bosh   harf   bilan   boshlanadi:   “Tong”   (mehmonxona),
“Saodat” (firma), “Navro‘z” (xayriya jamg‘armasi), “Kamalak” (matbaa birlashmasi),
“G‘uncha”   (bog‘cha),   “Botanika”   (sanatoriy),   “Paxtakor”   (stadion),   “Qutlug‘   qon”
(roman),   “Dilorom”   (opera),   “Tanovar”   (kuy),   “Ozodlik”   (haykal),   “Jasorat”
(yodgorlik), “Sino” (sovutgich) kabi.
70. Muhim tarixiy sana va bayramlarning nomlari tarkibidagi birinchi so‘z bosh
harf bilan boshlanadi: Mustaqillik kuni, Xotira kuni, Ramazon hayiti, Navro‘z bayrami
kabi.
71.   Davlatlarning,   davlat   oliy   tashkilotlari   va   mansablarining,   xalqaro
tashkilotlarning   nomidagi   har   bir   so‘z   bosh   harf   bilan   boshlanadi:   O‘zbekiston
Respublikasi,   Rossiya   Federatsiyasi,   Misr   Arab   Respublikasi,   O‘zbekiston
Respublikasi   Prezidenti,   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining   Raisi,
O‘zbekiston Respublikasi  Oliy Sudining Raisi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon
Tinchlik Kengashi kabi.
Boshqa   tarkibli   nomlarda   oliy   mansabni   bildiruvchi   birinchi   so‘zgina   bosh   harf
bilan boshlanadi: Bosh vazirning o‘rinbosari, Mudofaa vaziri, Yozuvchilar uyushmasi,
O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi kabi. Vazirliklar   va idoralar, korxonalar  va  tashkilotlar  nomi   tarkibidagi   birinchi   so‘z
bosh   harf   bilan   boshlanadi:   Sog‘liqni   saqlash   vazirligi,   Fan   va   texnika   davlat
qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Tilshunoslik instituti kabi.
72.   Davlatning   oliy   darajali   mukofoti   nomi   tarkibidagi   har   bir   so‘z   bosh   harf
bilan boshlanadi: “O‘zbekiston Qahramoni” (unvon), “Oltin Yulduz” (medal). Boshqa
mukofotlar,   faxriy   unvonlar,   nishonlar   nomidagi   birinchi   so‘zgina   bosh   harf   bilan
boshlanadi:   “Sog‘lom   avlod   uchun”   (orden),   “O‘zbekistonda   xizmat   ko‘rsatgan   fan
arbobi” (faxriy unvon), “Matbaa a’lochisi” (nishon) kabi.
73. Gapning birinchi so‘zi bosh harf bilan boshlanadi. Yer tagidan Muqaddasga
bir qarab oldim (O. Yoqubov).
Eslatma:
1) ko‘chirma gapdan keyin kelgan muallif gapining birinchi so‘zi (agar u atoqli ot
bo‘lmasa)   kichik   harf   bilan   yoziladi:   “Bu   men”,   —   qo‘rqibgina   javob   berdi   ko‘laga
(O.Yoqubov);
2) xatboshiga gapning sanaluvchi qismlari chiqarilganda bunday qismlar oldidan
chiziq qo‘yiladi va ular kichik harf bilan yoziladi:
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rishga tayyorlash vaqtida tegishli
organ (mansabdor shaxs) quyidagi masalalarni:
— mazkur ishni ko‘rib chiqish uning huquq doirasiga kirish-kirmasligini;
—   ma’muriy   huquqbuzarlik   to‘g‘risidagi   protokol   va   ishga   oid   boshqa
materiallar to‘g‘ri tuzilgan-tuzilmaganligini... hal qiladi;
3) gapning qismlari qavsli raqam yoki qavsli harf qo‘yib sanalsa, bunday qismlar
ham kichik harf bilan yoziladi:
Hozirgi o‘zbek adabiy tilining lug‘at boyligi asosan besh manba negizida tarkib
topgan: 1) umumturkiy so‘zlar, 2) o‘zbekcha so‘zlar, 3) tojik tilidan kirgan so‘zlar, 4)
arab tilidan kirgan so‘zlar, 5) rus tilidan kirgan so‘zlar (“O‘zbek tili” darsligidan).
74.   Tarkibli   nomlarning   bosh   harfidan   iborat   qisqartmalar,   atoqli   ot   bo‘lmagan
ba’zi birikmalarning qisqartmalari bosh harf bilan yoziladi: AQSh (Amerika Qo'shma
Shtatlari), BMT  (Birlashgan Millatlar  Tashkiloti), AES (atom  elektr  stansiyasi)  kabi. Qisqartma   tarkibida   bo‘g‘inga   teng   qism   bo‘lsa,   uning   birinchi   harfigina   bosh   harf
bilan yoziladi: ToshDTU (Toshkent davlat texnika universiteti) kabi.
Ko‘chirish qoidalari
75.   Ko‘p   bo‘g‘inli   so‘zning   oldingi   satrga   sig‘may   qolgan   qismi   keyingi   satrga
bo‘g‘inlab   ko‘chiriladi   to‘q-son,   si-fatli,   sifat-li,   pax-takor,   paxta-kor   kabi.   Tutuq
belgisi oldingi bo‘g‘inda qoldiriladi. va’-da, ma’-rifat, mash’-al, in’-om kabi.
76. So‘zning bosh yoki oxirgi bo‘g‘ini bir harfdan iborat bo‘lsa, ular quyidagicha
ko‘chiriladi:
1)   so‘z   boshidagi   bir   harfdan   iborat   bo‘g‘in   yolg‘iz   o‘zi   oldingi   satrda
qoldirilmaydi: a-badiy emas, aba-diy, e-shikdan emas, eshik-dan kabi;
2)   so‘z   oxiridagi   bir   harfdan   iborat   bo‘g‘in   yolg‘iz   o‘zi   keyingi   satrga
ko‘chirilmaydi: mudofa-a emas, mudo-faa, matba-a emas, mat-baa kabi.
77.   O‘zlashma   so‘zlarning   bo‘g‘inlari   chegarasida   kelgan   ikki   yoki   undan   ortiq
undosh quyidagicha ko‘chiriladi:
1)   ikki   undosh   kelsa,   ular   keyingi   satrga   birgalikda   ko‘chiriladi   dia-gramma,
mono-grafiya kabi;
2) uch undosh kelsa, birinchi undosh oldingi satrda qoldirilib, qolgan ikki undosh
keyingi satrga ko‘chiriladi: silin-drik kabi.
78.   Bir   tovushni   ko‘rsatuvchi   harflar   birikmasi   (sh,   ch,   ng)   birgalikda
ko‘chiriladi:   pe-shayvon,   pe-shona,   mai-shat,   pi-choq,   bi-chiq-chi,   si-ngil,   de-ngiz
kabi.
79.   Bosh   harflardan   yoki   bo‘g‘inga   teng   qism   va   bosh   harfdan   iborat
qisqartmalar,   shuningdek   ko‘p   xonali   raqamlar   satrdan   satrga   bo‘lib   ko‘chirilmaydi.
AQSh, BMT, ToshDU, 16, 245, 1994, XIX kabi.
80.   Harfdan   iborat   shartli   belgi   o‘zi   tegishli   raqamdan   ajratib   ko‘chirilmaydi:
5-“A” sinfi, V “V” guruhi, 110 gr, 15 ga, 105 m, 25 sm, 90 mm kabi.
81.   Atoqli   ot   tarkibiga   kiradigan   raqam   nomdan   ajratilgan   holda   keyingi   satrga
ko‘chirilmaydi: “Navro‘z—92” (festival), “O‘qituvchi—91” (ko‘rik tanlov), “Andijon —9”,   “Termiz—16”   (g‘o‘za   navlari),   “Boing—767”   (samolyot),   “Foton—774”
(televizor) kabi.
82. A.J. Jabborov, A.D. Abduvaliyev kabilarda ismning va ota ismining birinchi
harfiga   teng   qisqartmalar   familiyadan   ajratib   ko‘chirilmaydi.   Shuningdek,   v.b.   (va
boshqalar), sh.k. (shu kabilar) singari harfiy oldingi so‘zdan ajratib ko‘chirilmaydi.

Davlat tili haqidagi qonunning mazmun mohiyatini o’zlashtirish Reja: 1.O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi. 2.Davlat tili nufuzini oshirish bo’yicha chora-tadbirlar. 3.Xulosa.

O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida Prezident Islom Karimov tashabbusi va rahnamoligida davlat tiliga huquqiy maqom berish masalasi kun tartibiga qo‘yildi va 1989 yil 21 oktabr kuni «O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida»gi alohida qonuni qabul qilindi. Har yili 21 oktabr yurtimizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida keng nishonlanadi. Bu yil ham turli jamoat muassasalarida, maktablarda, kutubxonalarda, klinikalarda tegishlicha tadbirlar o‘tkazilmoqda. Qonunga asosan eng muhim qadriyatlardan biri hisoblangan til qonun darajasida huquqiy asosga ega bo‘ldi. Bu qonun bilan o‘zbek millatining ma'naviyatini, ruhiyatini, qadrini ko‘rsatadigan muhim omil, ya'ni tilning maqomi huquqiy mustahkamlandi. Mazkur huquqiy asos orqali yangi shakllanayotgan davlatning, hukumatning, uning yangi rahbarining elga, yurtga nisbatan e'tibori, ehtiromi namoyon etildi. Til har bir millatning ulkan boyligi, benazir qadriyati va bebaho mulki hisoblanadi. Har bir xalq, har bir elat, o‘zi hurmat va ehtirom qiladigan tilga ega. Tilda ana shu tilning ijodkori bo‘lgan xalq, elatning tarixi va madaniyati aks etadi. Ayni zamonda, til ijtimoiy taraqqiyotda ulug‘vor ahamiyat kasb etadi. Til – har bir millat o‘zligining ajralmas belgisidir. O‘zbek tili – O‘zbekiston Respublikasi aholisining mutlaq ko‘pchiligi bo‘lmish o‘zbek xalqining ona tilidir. U O‘zbekiston birligi va yaxlitligi, jamiyat jipsligining muhim omili hisoblanadi. O‘zbek xalqining, uning milliy madaniyati va o‘ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo‘lmish o‘zbek tilining har tomonlama rivojlanishini ta'minlash, mazkur tilning davlat tili maqomidek salohiyatini izchil va to‘liq ro‘yobga chiqarish muhim vazifadir.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda o‘zbek adabiy tilini rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Buning natijasida o‘zbek tili davlat tili, davlat ramzi, milliy madaniyat va ma'naviyatni ifodalovchi hamda ularni kelajak avlodga yetkazuvchi muhim muloqot vositasi darajasiga ko‘tarildi. O‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi nufuzi oshib, faol muloqot vositasiga aylanib bormoqda. Turli darajadagi rasmiy uchrashuvlar, muzokaralarda tilimiz keng qo‘llanilayotgani, xorijdagi ko‘plab universitetlar, ilmiy muassasalarda o‘zbek tili markazlari tashkil etilib, ularda ona tilimizni o‘rganishga qiziquvchilar safi tobora ortib bormoqda. 1995-yil 21-oktabrda ,,davlat tili to’g’risida”gi qonunga qator o’zgarishlar kiritildi va yangi tahrirda qonun chop etildi. 1-modda . O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir. 2-modda . O`zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va еlatlarning o`z ona tilini qo`llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi. 3-modda . O`zbek tilining O`zbekiston Respublikasi hududida davlat tili sifatida amal qilishining huquqiy asoslari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilab beriladi. Tilning Qoraqalpog`iston Respublikasida amal qilishiga bog`liq masalalar shuningdek Qoraqalpog`iston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilanadi. Ushbu Qonun tillarning turmushda, shaxslararo muomalada hamda diniy va ibodat bilan bog`liq udumlarni ado еtishda qo`llanishini tartibga solmaydi. Fuqarolar millatlararo muomala tilini o`z xohishlariga ko`ra tanlash huquqiga еgadirlar. 4-modda . O`zbekiston Respublikasida davlat tilini o`rganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit hamda uning hududida yashovchi millatlar va еlatlarning

tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda bo`lish ta’minlanadi, bu tillarni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratiladi. Fuqarolarga davlat tilini o`qitish bepul amalga oshiriladi. 5-modda . O`zbekiston Respublikasida davlat tilida faoliyat ko`rsatadigan, milliy guruhlar zich yashaydigan joylarda еsa - ularning tillarida faoliyat ko`rsatadigan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil еtish ta’minlanadi. 6-modda . O`zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslarga ta’lim olish tilini еrkin tanlash huquqi beriladi. O`zbekiston Respublikasi davlat tilida, shuningdek boshqa tillarda ham umumiy, hunar-texnika, o`rta maxsus va oliy ma’lumot olishni ta’minlaydi. 7-modda . Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o`zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya еtiladi. Davlat o`zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta’minlaydi, shu jumladan, unga hamma е’tirof qilgan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy еtish hisobiga ta’minlaydi. Yangi ilmiy asoslangan atamalar jamoatchilik muhokamasidan keyin va Oliy Majlis palatalari tegishli qo`mitalarining roziligi bilan o`zbek tiliga joriy еtiladi. 8-modda . O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va е’lon еtiladi. Bu hujjatlarning tarjimalari boshqa tillarda ham е’lon qilinadi. Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va е’lon еtiladi. Muayyan millat vakillari zich yashaydigan joylarda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari respublika davlat tilida hamda mazkur millat tilida qabul qilinadi va е’lon еtiladi. 9-modda . Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritiladi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi ta’minlanadi. O`zbekistonda o`tkaziladigan xalqaro anjumanlarda davlat tili, shuningdek qatnashchilarning o`zlari tanlagan tillar anjumanning ish tili hisoblanadi.

10-modda . Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari davlat tilida yuritiladi, ishlovchilarining ko`pchiligi o`zbek tilini bilmaydigan jamoalarda davlat tili bilan bir qatorda boshqa tillarda ham amalga oshirilishi mumkin. 11-modda . Sudlov ishlarini yuritish davlat tilida yoki o`sha joydagi ko`pchilik aholi tilida olib boriladi. Ishda ishtirok еtayotgan, sud ishlari yuritilayotgan tilni bilmaydigan shaxslarga tarjimon orqali ishga oid materiallar bilan tanishish, sud jarayonida ishtirok еtish huquqi hamda sudda ona tilida so`zlash huquqi ta’minlanadi. Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar o`rtasidagi iqtisodiy nizolarni ko`rib chiqish va hal qilishda davlat tili qo`llaniladi. Iqtisodiy nizolar taraflarning roziligi bilan boshqa tilda ham ko`rib chiqilishi mumkin. 12-modda . O`zbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi. Fuqarolarning talabiga ko`ra rasmiylashtirilgan hujjat matni notarius yoki notarial harakatni bajarayotgan shaxs tomonidan rus tilida yoki imkoniyat bo`lgan taqdirda - boshqa maqbul tilda beriladi. 13-modda . Fuqarolik holatini qayd еtuvchi hujjatlar, shaxsning kim еkanligini va uning huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar davlat tilida rasmiylashtiriladi, zaruriyatga qarab boshqa tilda tarjimasi takrorlanishi mumkin. 14-modda . O`zbekiston Respublikasi hududida yashovchi shaxslarga davlat tashkilotlari va muassasalariga, jamoat birlashmalariga arizalar, takliflar, shikoyatlar bilan davlat tilida va boshqa tillarda murojaat qilish huquqi ta’minlanadi. 15-modda . O`zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslar, o`z millatidan qat’i nazar, o`z ismini, ota ismi va familiyasini milliy-tarixiy an’analarga muvofiq yozish huquqiga еgadirlar. 16-modda . Televidenie va radio еshittirishlari davlat tilida, shuningdek boshqa tillarda olib boriladi.