logo

TURLI YOSH DAVRLARIDA O’ZLASHTIRISH XUSUSIYATLARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

74.9921875 KB
TURLI YOSH DAVRLARIDA O’ZLASHTIRISH XUSUSIYATLARI .   
REJA
1. Psixik rivojlanish haqidagi yanglish konsepsiyalarining tanqidi.
2.Ta'lim jarayoni elementlari
3 Psixik rivojlanish sharoitlari va uni harakatga keltiruvchi kuchlar. 
4. Pedagogik psixologiyada tarbiya tushunchasining sharhlanishi.
5. Bolalalikning turli yosh davrlarida tarbiyaning o’ziga xosliklari.
6. Balog’at yoshdagilar tarbiyasining psixologik jihatlari. Pedagogik   psixologiyada   tarbiya   tushunchasining   sharhlanishi.   Tarbiya   –   shaxs
ongini   muayyan   jamiyatning   maqsad   va   vazifalariga   muvofiq   ravishda   tarkib
toptirish va rivojlantirish jarayoni, kishilarning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy aktiv
ishtirok   etishga   qaratilgan   barcha   ta’sirlar   majmui.   Tarbiya   ta’lim   bilan   uzviy
bog’liq.   Ta’lim   tarbiyaning   muhim   vositasi   bo’lib,   ko’p   maqsad   va   vazifalarga   u
texnika,   adabiyot,   san’at,   omaviy   informa t siya   va   tashviqot-targ’ibot   vositalari
(matbuot radio, televideniye) ham tarbiyaga katta ta’sir ko’rsatadi.
Tarbiyaning   asosiy   turlari   oiladagi   tarbiya   va   ijtimoiy   tarbiyadir.   Jamiyat
tarixiy   rivojlanishi   jarayonida   shaxsning   shakllanishidagi   ijtimoiy   tarbiyaning
ahamiyati   tobbora   oshib  boradi.  Tarbiya  ijtimoiy  hayotning  muhim  funksiyasidir.
Jamiyat   yashash   va   taraqqiy   etishi   uchun   tarbiya   juda   zarur.   Tarbiya   orqali
o’tmishning   moddiy   va   ma’naviy   boyliklariga   vorislik   ta’minlanadi:   o’sib
kelayotgan yosh avlod o’tmish tajribalarini uni yanada boyitadi. Tarbiya shaxsning
individual taraqqiyoti, axloqiy, jismoniy kamolatida yetakchi rol oynaydi. 
Ibtidoiy   jamiyatda   tarbiya   alohida   faoliyat   deb   qaraolmagan,   yosh   avlod
tomonidan   keksa   avlodning   hayot   tajribalarini   shunchaki   o’zlashtirishdan   iborat
bo’lgan. Tarbiya asosan  mehnat faoliyati jarayonida, shuningdek turli  urf-odat  va
oyinlarni o’tkazish vaqtida amalga oshirilgan.
U   avvalo   o’sib   kelayotgan   avlodning   jismoniy   rivojlanishiga   qaratilgan.
Ibtidoiy jamiyatda sinflar bo’lgani tufayli hamma bolalar deyarli bir xilda tarbiya
olgan.   Erkaklar   bilan   ayollar   o’rtasida   mehant   taqsimot   o’g’il   bilan   qizlar
tarbiyasidagi tafovutni keltirib chiqadi.
Sinflar   vujudga   kelishi   bilan   tarbiya   sinfiy   bo ’ la   bordi .   Ekspluatatorlar   sinfi
unda   o ’ z   hukumronliklarini   mustahkamlash   uchun   foydalandilar .  Quldorlik   davrida
badavlat   kishilar   o ’ sha   davrdagi   turli   o ’ quv   tarbiya   muassasalarida   tarbiyalangan
va   ta ’ lim   olgan .   Qullar   va   ularning   bolalari   og ’ ir   jismoniy   mehnat   uchun
tayyorlangan .   Feodalizm   davrida   tarbiya   tabaqalashtirilgan   holda   olib   borildi .
Xususan   O ’ rta   Osiyoda   saroy   ahllari ,   zadogonlar   bolalarini   tarbiyalash   uchun
maxsus   murabbiylar   tayinlab   qoyilgan .   Kambag ’ allarning   bolalari   asosan   uyda keyinroq   ustaga   shogird   tushib   tarbiyalanganlar .   Fe o dalizm   davrida   diniy   tarbiya
asosiy   tarbiya   hisoblangan . 
Ko ’ pgina   rivojlangan   demokratik   mamlakatlarda   davlat   tarbiya
muassasalarining   keng   tarmog ’ i   yaratilgan   bo ’ lib ,   ularda   tarbiyaviy   ish   maxsus
pedagogik   tayyorgarlikka   ega   bo ’ lgan   kishilar   tomonidan   rejali   va   tizim l ik
ravishda   olib   boriladi .   Maktab   yoshigacha   bo ’ lgan   bolalar   tarbiyasida   maktab
yoshidagi   bolalar   muassasalari   muhim   rol   oynaydi .   O ’ quv   tarbiyasi   muassasalari
ichida   maktab   alohida   o ’ rin   egallaydi .   Bolalar   va   o ’ smirlarni   tarbiyalashda
maktabdan   tashqi   muasasalar   maktab   bilan   birga   ish   olib   boradi .   Internat
maktablarda ,   li t seylarda ,   kasb - h u nar   kollejlarda ,   mehribonlik   uylarida ,   o ’ rta
maxsus   o ’ quv   yurtlarida   ham   katta   tarbiyaviy   amallar   ishga   oshiriladi .  Yoshlarning
axloqi   va   dunyoqarashining   shakllanishida   oliy   o ’ quv   yurtlarida   ham   muhim   rol
oynaydi .   Katta   yoshlilar   tarbiyasi   ishlab   chiqarish   va   ijtimoiy   hayot   jarayonida ,
shuningdek   davlat   va   jamoat   tashkilotlari ,   madaniy   oqartuv   muassasalari
( kutubxona ,  klub ,  madjaniyat   saroylari )  olib   boriladi .
Ma ’ lumki ,   shaxsning   rivojlanganlik   darajasida   ta ’ minlovchi   asoslar   dastlab
oilada   yaratiladi .   I . A . Karimov   ta ’ kidlanganidek   « bola   tug ’ ilgan   kunidan   boshlab
oila   muhitida   yashaydi .   Oilaga   xos   an ’ analar ,   qadriyatlar ,   urf - odatlar   bola
zuvalasini   shakllantiradi ».   Eng   muhimi ,   farzandlar   oilaviy   hayot   maktabi   orqali
jamiyat   talablarini   anglaydi ,  his   qiladi . 
Oila   tarbiyasi   –   oilada   ota - onalar ,   vasiy   yoki   katta   kishilar   tomonidan
bolalarni   tarbiyalash .   Yosh   avlodning   har   tomonlama   rivojlanishida   muhim   o ’ rin
tutadi .   Oila   tarbiyasida   doimiy   tarbiyaviy   kuch   oilaviy   tartib ,   ya ’ ni   oila
a ’ zolarining   bir - biriga   munosabati ,   ota - ona   va   boshqa   katta   kishilarning   xulq
atvori ,  madaniy   va   siyosiy   saviyasi ,  oila   byudjeti ,  yashash   sharoiti   va   harakati .  Oila
qanchalik   tartibli ,  uni   a ’ zolari   o ’ rtasidagi   munosabat   samimiy   bo ’ lsa ,  oila   tarbiyasi
bolaning   shunchalik   muvaffaqiyatli   bo ’ ladi .   Oila   tarbiyasi   ham   shunchalik
muvaffaqiyatli   bo ’ ladi .  Oila   tarbiyasi   bolaning   ilk   go ’ daklik   davridan   boshlanadi .
Oilada   uning   sog ’ lig ’ i ,  jismoniy kamoloti ,   to ’ g ’ ri   ovqatlanishi ,   uxlash
rejimi ,  ozodalik   va   shu   kabilarga   ahamiyat   beriladi .  Bolada   yoshlikda   boshqalarga taqlid   etishi   kuchli   bo ’ lganligi   sababli   oiladagi   kattalarning   nojoya   xatti - harak
qilishliriga   yo ’ l   qoymaslik   lozim . 
Bolaning   aqliy   taraqqiyoti ,   undagi   ijobiy   hislatlarning   shakllanishiga   ham
harakat   qilishlariga   yo ’ l   qoymaslik   lozim .  Bolaning   aqliy   taraqqiyoti ,  undagi   ijobiy
hislatlarning   shakllanishiga   ham   ilk   yoshligidan   ahamiyat   beriladi . 
Bola   katta   bo ’ lgan   sari   oila   tarbiyasi   ham   murakkablashadi .   Maktabgacha
tarbiya   yoshidagi   bolalarga   har   narsaga   qiziquvchanlik ,  intilish   juda   kuchli   bo ’ ladi .
Bu   davrda   oilada   bolaning   xatti - harakatini   qat ’ iy   nazorat   qilib ,   ijodiy   faoliyatga
undagi   yo ’ lga   solish ,  qobiliyatining   o ’ sishiga   ahamiyat   berish   zarur . 
Oilada   bolaning   hayotiga   mos   rejim   o ’ rnatish   uni   tartibli   bo ’ lishga
odatlantiradi ,   o ’ z   xulq   atvorini   boshqarish   ko ’ nikmasini   hosil   qiladi ,   maktabgacha
tarbiya   yoshidagi   bolalar   hayotida   oyin   asosiy   o ’ rin   tutadi .  Ota - ona   bolalarining   va
ularning   oyinlarini   vaqt - vaqti   bilan   nazorat   etishlari   kerak . 
Bolaning   katta   ilk   yoshligidanoq   bola   gigenasi   tartibi   va   jismoniy
mashqlarni   muntazam   o ’ rganib   borish   lozim ( bolalar   va   o ’ smirlar   gigiyenasi ).   Bu
ishda   kattalarning   o ’ rnak   bo ’ lishi   muhim   o ’ rin   tutadi .
Oilada   mehnat   tarbiyasi   bolalarni   uy   yumushiga   jalb   etishdan   boshlanadi .
Bolaning   ilk   mehnat   tajribasi   ( kiyimini   o ’ zi   kiyish ,   o ’ rin   ko ’ rpasini   yig ’ ishtirish ,
idish   tavoq   yuvishi ,   gulga   suv   quyishi   va   shu   kabilar )   kelgusida   uning   mehnat
faoliyati   samarali   bo ’ lishiga   asos   bo ’ ladi ,   yana   ham   murakkabroq   vazifalarga
undaydi .   Oila   madaniyatining   o ’ sishi ,   turmushda   radio ,   televideniye ,   gazeta ,
jurnallardan   keng   foydalangan   bolaning   aqliy   tarbiyasiga   jiddiy   tasir   ko ’ rsatadi .
Bolaning   hayotdagi   kuzatishi   o ’ sgan   sayin   kattalarga   savollar   bilan   murojaat
qilishi   tabiiy   holdir .   Bunday   savollrga   diqqat   bilan   quloq   solish ,   ularga   yetib
boradigan   darajada   tushuntirish ,   mustaqil   o ’ rganishlariga   yo ’ llanma   berish   bilan
ota - ona   bolaning   ma ’ naviy   taraqqiyotiga   katta   ta ’ sir   ko ’ rsatdi .   Kinoteatr ,
televideniye   bolaning   estetik   taassurotlarini   boyitadi ,   lekin   ulardan   rejali ,
maqsadga   muvofiq   foydalanilgandagina   yaxshi   samara   beradi .   Bolaning   soatlab
televizor   ekrani   oldida   o ’ tirishi   uning   sog ’ lig ’ i   va   tarbiyasiga   zarar   yetkazadi ,
badiiy   asarni   yuzaki   idrok   etishga   o ’ rgatadi .  Bola   o ’ z   hissiyot   va   fikrlarini   mustaqil ijod   etish - rasm   solish ,   ashula   aytish ,   oynash   orqali   ifodalanishiga   imkon   berishi
muhimdir . 
Bolaning   maktabga   chiqishi   doimo   maktab   ta ’ siri   bilan   muvofiq   holda
bo ’ lishi   kerak .   Oilaning   vazifasi   –   bolalarni   o ’ quv   materiallari   ustida   mustaqil
ishlashga ,   chidam   bilan   bilim   olishga   o ’ rgatishdan   iborat .   Ota - ona   o ’ z   bolalarini
o ’ quv ,   uy   vazifalarini   tayyorlashlariga   zaruriy   yordam   ko ’ rsatishlari   bilan
cheklanib   qolmasdan ,  pedagoglar   bilan   aloqa   bog ’ lab ,  bolaning   maktabdagi   hayoti
bilan   tanishib   borishlari   ham   lozim .   Yigit   va   qizlar   o ’ smirlik   davrirdagi   hayotda
o ’ z   yorinlarini   topish ,   kasb   tanlash   kabi   hayotiy   masalalarga   duch   keladi .   Ota - ona
bu   davrda   ularning   nimaga   qiziqishlarini   kuzatib ,   o ’ rgatib ,   kasb   tanlashlariga
yordam   berishlari   zarur .  Bolalarda   jinsiy   uyg ’ onish   davrida   ota - ona   ular   organizmi
va   psixikasida   jinsiy   o ’ zgarishlarni   sekin - asta   tushuntirishlari ,   ularga   gigienik
maslahatlar   berishlari ,  axloqiy   hissiyotlarini   tarbiyalashlari   lozim .
Bolaning   oiladagi   tarbiyasida   ota - onaning   obro ’ si   muhim   ahamiyatga   ega .
Oiladagi   kattalarning   har   bir   xati - harakati ,   bir - birlari   bilan   muomilalari ,   ishlab
chiqarishdagi   mehnati ,   jamoa   ishida   ishtirok   etish -   yoshlar   taqlid   etishi   uchun   eng
yorqin   namunadir .   jamoa   
Bolalikning   turli   yosh   davrlarida   tarbiyaning   o ’ ziga   xosliklari
Uyida   tinchi   yo ’ qning   har   qayerda   tinchi   yo ’ q   deydilar .  Darhaqiqat ,  oilasida
baxtli   bo ’ lgan   kishi   har   qayerda   ham  – ishxonada ,  ko ’ cha - kuyda ,  do ’ stlar   davrasida ,
sayru - sayohatda   ham   kayfiyati   yaxshi   bo ’ lib ,   ko ’ ngli   ochilib ,   xursand   yuradi .
Bordi - yu ,   kishi   oilada   tinchi   bo ’ lmasa ,   uyidan   ko ’ ngli   to ’ liq   bo ’ lmay ,   o ’ zini
baxtsiz   sanar   ekan ,  har   doim   bu   baxtsizlik   soya   tashlab   turadi   va   kishining   ko ’ ngli
chekkasi   doim   xafagazak   bo ’ lib   turadi . 
Oilada   totuvlik   muhitining ,   oilaviy   baxtning   barqg ’ arorligi   bir   necha
omillarga   bog ’ liq ,   chunonchi ,   er - xotin   o ’ rtasidagi   chuqur   mehr - oqibat ,   o ’ zaro
hurmat   va   do ’ stlik ,   oila   a ’ zolari   o ’ rtasidagi   qadr - qimat ,   o ’ zaro   sadoqat   va   h . k .   Bu
omillar   qotarida   ota - ona   va   kattalar   bilan   bolalar   o ’ rasidagi   munosabat   alohida
o ’ rinda   turadi .  Biz   bu   o ’ rinda   ana   shu   muhim   omil   ustida   to ’ xtalib   o ’ tmoqchimiz . Qariyalar ,   ota - onalar   o ’ z   turmush   tajribalari   orqali   biroz   bo ’ lsada ,   farzandlarning
psixologik   xususiyatlaridan   xabardorlar .   Lekin   bu   xabardorlik   aksari   umumiylik
xususiyatiga   ega   bo ’ lib ,   bolalarning   yosh   va   individual   xususiyatlariga
asoslanmagan   bo ’ ladi .   Shu   tufayli   ko ’ p   oilalarda   aksari   ota - ona   bilan   bolalar
o ’ rtasida   « anglashilmovchilik   g ’ ovi »   vujudga   keladi .   Bunday   munosabatni   tubdan
o ’ zgartirish   lozim . 
Ota - onalar   farzandlarining   o ’ zlariga   xos   psixologik   xususiyatlarini   yaxshi
bilib   olishlari   zarur .   Ayni   vaqtda   ular   bolalarda   ham   katta   yoshdagilarda   va
qariyalarga   nisbatan   iliq   muhabbat ,  hurmat   munosabat   ideal   sifatida   qarash   kabi   his
tuyg ’ ularni   shakllantira   borishi   kerak .   Farzandlarga   qilingan   yumshoq   va   qo ’ pol
muomila   ularning   ruhiy   dunyosida   albata   ijobiy   yoki   salbiy   taassurot   qoldiradi .
Bunday   taassurot   oqibati   bolalarning   oyinlariga   va   o ’ qish   faoliyatiga   ham   ta ’ sir
qiladi .   Shunga   ko ’ ra ,   qariyalar   va   ota - onalar   farzandlarining   fe ’ l - atvorini ,
qiziqishini ,   umuman   olganda   ularning   ruhiy   dunyosini   chuqur
bilganlaritaqdirdagina   oilada   chinakam   totuvlik   muhiti   mavjud   bo ’ lishi   mumkin .
Kichik   yoshdagi   bolalar   maktab   ostonalariga   oyoq   bosishlari   bilan   oyin
faoliyati   o ’ sib   o ’ tadi .   O ’ qituvchi   bilan   notanish   bolalar   bilan   muomila   qilish   ular
uchun   noqulay   vaziyatni   vujudga   keltiradi .   Ba ’ zi   bolalar   bunday   holatning   oldini
olish   uchun   uni   ortiqcha   erkalatmaslik ,   qoygan   talablarini   hamisha   amalga
oshiravermaslik   kerak .   Uning   o ’ rniga   yangi   vaziyatni   bolaga   sabr - toqat   bilan
tushuntirib   borish   zarur .
Bolalarga   oilada   talab   bir   xil   bo ’ lishi   yaxshi   natija   beradi .   Ularga   noto ’ g ’ ri
yoki   qalbaki   ma ’ lumotlar ,   axborotlar   berishdan   saqalnish   ma ’ qul .   Bolaga   yolg ’ on
javob   berish   orqali   ota - onaning   farzand   oldida   obro ’ si   pasayadi .   Chunki   u   uyda
olingan   javob   bilan   o ’ qituvchisining   javobiga   solishtiradi   va   shu   asnoda   kim   haq
yoki   nohaq   ekanligini   aniqlaydi .   Bolalar   tasavvurda   boshlang ’ ich   sinf   o ’ qituvchisi
donishmand ,  bilimdon   sifatida   namoyon   bo ’ ladi . 
Oilada   kattalar   obro ’ si   qo ’ r quv   tug ’ dirish   asosida   emas ,   balki   samimiylik ,
iliq   hurmat   zamirida   namoyon   bo ’ lishi   maqsadga   muvofiqdir .   Oila   a ’ zolarining o ’ zaro   inoqligi ,   xatti - harakati ,   o ’ zga   kishilar   to ’ g ’ risidagi   suhbatlari   va   ularning
shaxsiy   sifatlari   bolaninshg   murg ’ ak   tasavvuriga   yangi   obrazlarni   olib   kir a di . 
Kichik   yoshdagi   bolalar   tarbiyaga   beriluvchan   hamda   kishilarga
ishonuvchan   bo ’ ladilar .   Ota - onalar   ularning   bu   xususiyatlarini   e ’ tiborga   olgan
holda   munosabatda   bo ’ lsalar   oilada   totuvlik   qaror   topadi .
O ’ smirlik   davrida   (11-15   yoshlar )   bolalarning   ruhiy   dunyosida   katta
o ’ zgarishlar   yuz   beradi .   Bu   o ’ zgarishlarga   qator   omillar   sababchi   bo ’ ladi .
O ’ smirning   biologik   rivojlanishi ,  maktab   pedagogik   jamoa   tarkibining   kengayishi ,
tevarak - atrof   muhiti   va   boshqa   omillar   shular   jumlasidan .   Endi   o ’ smirning
maktabda ,   oilada ,   ko ’ cha - kuyda   o ’ zini   tutishi   o ’ zgaradi ,   ijtimoiy - siyosiy
masalalarga   qarashi   boshqacharoq   tus   oladi .   Xuddi   shu   davrda   o ’ smirlarning   o ’ z
shaxsiy   fikrini   qatiq   ushlash ,   boshqalar   fikriga   tanqidiy   munosabatda   bo ’ lish ,
kamchiliklarga   o ’ z   vaqtida   iqror   bo ’ lmaslik ,   o ’ jarlik ,   o ’ zbilarmonlik ,   o ’ zini
kattalardek   his   etish   xususiyatlari   ko ’ zga   tashlana   boshlaydi .
Ota - onalar   o ’ smirlar   bilan   muloqotga   kirishida   ularning   izzat - nafsiga
tegmaslik   hamda   ularni   kalaka   qilmaslik   zarur .   Aks   holda   ularning   ota - onaga
bo ’ lgan   muhabbati ,   samimiy   hurmati   o ’ rnini   ko ’ ngil   sovish ,   nafrat   hissi   egallashi
mumkin .   O ’ smirga   haqiqatni   silliq   muomila   orqali   tushuntirish ,   uni   ko ’ proq
mas ’ uliyatli   vazifalarni   bajarishga   tortish ,   diqqatini   salbiy   narsa   va   obektlardan
chetga   burish   lozim .   Bu   narsa   o ’ smirda   ishonch   hamda   oddiy   g ’ urur   hislarini
vujudga   keltiradi .   Bundan   tashqari ,   uni   ota - ona   oldidagi   farzandlik   burchini
yurakdan ,  qalb   amri   bilan   katta   mas ’ uliyat   bilan   ado   etishga   chorlaydi . 
O ’ smirlarning   jinsiy   tarbiyasiga   rahnomolik   qilish   ota - onalarni   farzandlarga
yanada   yaqinlashtiradi .   Ota - ona   hayotda   farzandning   murabbiysi ,   maslahatgoyi ,
sirdoshi   bo ’ lishi   kerak . 
Bi t ta   oilada   kamol   topayotgan   o ’ smirlarning   yurish - turishi ,   mehr - oqibati ,
aqliy   kamoloti   turlicha   bo ’ ladi .  Shuning   uchun   ular   bilan   muomila   qilishda   shaxsiy
xususiyatlarini   hisobga   olgan   ish   tutsa ,   oilada   o ’ zaro   tushunish ,   totuvlik ,
hamjihatlik   hamda   sog ’ lom   psixologik   muhit   vujudga   keladi .   Bu   o ’ rinda   otaning
onaga   yoki   aksincha   onaning   otaga   qilgan   muomilalari   ham   shu   muhit   shart - sharoitiga   tubdan   mos   tushishi   shart .   Chunki   ota - onaning   o ’ zaro   totuv   hayot
kechirishi   oilaning   tarkib   topishi   borasida   asosiy   va   eng   muhim   omildir .
Ilk   o ’ spirinlar   esa   (16-18   yoshlar )   o ’ zlarining   psixologik   xususiyatlari   bilan
boshqa   bolalardan   keskin   farq   qiladilar .   Ular   endi   ham   jinsiy ,   ham   ji smo niy ,   ham
aqliy   jihatdan   ancha   voyaga     yetgan   yigit - qizlardir .   Ularda   shaxsiy   dunyoqarash ,
xarakter   xislatlari ,   o ’ z - o ’ zini   boshqarish   kabi   individual - psixologik   xislatlar   tarkib
topgan   bo ’ ladi .   Ular   vazmin   xarakterli ,   mulohazali ,   katta   yoshdagilarga   hurmat
ehtirom   bilan   qarovchi ,   ota - oanalarning   ham   endilikda   shu   o ’ spirin   farzandlari
bilan   maslahatlashib   ish   tutishlari ,   didlariga ,   mulohozalariga   quloq   solishlari ,
umuman   ularning   rayiga   qarashlari ,  ko ’ p   o ’ rinda   hisoblashishlari   lozim . 
Ba ’ zan   o ’ spirinlar   orasida   tarbiyasi   qiyinlar   ham   uchraydi .  Ota - onalar   ularga
boshlovchi   sabablarni   aniqlab ,   unday   illatlarga   qarshi   kurash   olib   borishlari   shart .
Agar   bu   mushkullik   oilada   psixologik   muhitga   salbiy   ta ’ sir   etaversa ,   bu   haqda
pedagog   jamoaga   va   keng   jamoatchilikka   murojaat   qilgan   ma ’ qul . 
O ’ spirinlik   davrida   insoniyat   uchun   eng   muqaddas ,   nozik   tuyg ’ u - muhabbat
ko’rtagi   paydo   bo ’ ladi .   Shu   tuyg ’ u   tufayli   o ’ spirinning   ruhiy   olamida   ayrim
o ’ zgarishglar   yuz   beradi .   Ota - onalar   farzandlarining   bunday   tuyg ’ usidan   xabardor
bo ’ lishi ,   bu   yo ’ lda   unga   to ’ g ’ ri   maslahatlar   berishi ,   namunalar   keltirishi ,   endigina
ko’rtak   yozib   kelayotgan   murg ’ ak   tuyg ’ usiga   bolta   urmasliklari   kerak .   Ba ’ zi
o ’ spirinlarda   ko ’ pincha   kiyinishi ,   yurish - turishida   haddan   tashqari   bachkanalik
hollari   uchrab   turadi .   Bunday   paytda   ota - onalar   majbur   qilish ,   haqoratlash ,
farzandning   izzat - nafsiga   tegish   yo ’ li   bilan   emas ,   balki   samimiy   suhbat   orqali
tushuntirish   orqali   ta ’ sir   etish   va   oqibat   natijasini   eslatish   orqali   uni   bu   yo ’ ldan
qaytarish   mumkin .
O ’ spirinlarga   kasb   tanlash   jarayonida   to ’ g ’ ri   yo ’ llanma   berish ,   ularning
qiziqishlari   bilan   hisoblashtsh   juda   muhim .   Ayrim   ota - ona   farzandlarini   o ’ z
mayliga ,   intilishiga ,   rayiga   qaramasdan   oliy   o ’ quv   yurtlarigsha   kirib   o ’ qishga
majbur   qiladi .   Natijada   bo ’ lajak   kasbini   sevmagan   yigit   va   qiz   o ’ quv   dargohini
tashlab   ketadi .   Bunday   ko ’ ngilsiz   hollar   oila   tinchligini   buzadi ,   farzandlar   bilan
ota - ona   o ’ rtasida   qatiq   koyinishlar   vujudga   keladi .  Shunday   qilib ,   oiladagi   psixologik   sog ’ lom   muhit ,   totuvlik   hamisha   mavjud
va   barqaror   bo ’ lishi   uchun   qariyalar ,  ota - onalar   o ’ z   farzandlarining   ruhiy   dunyosini
bilishlari   va   ularning   individual - tipologik ,   psixologik   xususiyatlarini   hisobga   olib
ish   tutishlari   maqsadga   muvofiq .  Farzandlar   esa ,  o ’ z   navbatida ,  qariyalarning ,  ota -
onalarning   psixologik   xususiyatlaridan   xabardor   bo ’ lishlari   va   ular   bilan   muloqat
qilishda   ehtiyotkorlik   ko ’ rsatishlari   zarur .  Ana   shu   ikkiyoqlama   o ’ zaro   sog ’ lom   va
oqilona   munosabat   oilada   sog ’ lom   psixologik   muhitning   vujudga   kelishida   muhim
omil   bo ’ lib   xizmat   qiladi . 
Balog ’ at   yoshida   tarbiyaning   psixologik   xususiyatlari
11  yoshdan   to  14-15  yoshgacha   bo ’ lgan   davr   balog ’ at   yoshi   hisoblanadi .  Bu
yoshda   o ’ g ’ il   va   qiz   bolalar   tez   o ’ sish ,   ulg ’ ayish   pallasini   boshdan
kechiradi . Jismoniy   o ’ sish ,  jinsiy   yetilishruhiy   dunyosida   keskin   o ’ zgarish   ayni   shu
davrdan   boshlanadi .   Katta   yoshdagi   odamlar   so ’ ziga   bajonidil   quloq   solib   kelgan
o ’ g ’ il   va   qiz   bu   davrga   kelib   mustaqillikka   intiladigan ,   kattalar   talabiga   binoan
emas ,   o ’ z   hohishi   bilan   ish   qiladigan ,   ularning   o ’ git - maslahatlariga   tanqidiy
munosabat   bildiradigan   bo ’ lib   qoladi . 
Lekin   balog ’ at   yoshiga   yetayotgan   bolalarning   hammasini   ham   shunday   deb
bo ’ lmaydi .   Ba ’ zi   bir   bolaning   asab   tizimi   kuchli ,   muvozanatli ,   epchil   bo ’ ladi .
Hissiyot ,   kayfiyat ,   qiziqishlari   va   intilishlari   jud   o ’ zgaruvchan .   Bunday   bolalar
begona   odamlarga   tez   ko ’ nikib   va   kirishib   ketadi ,   oldiga   qoyilgan   talab   va
sharoitlarga   osonlikcha   ko ’ nikadi .   Turmush   va   o ’ qish   malakalarini   kam   vaqt   sarf
qilib   o ’ zlashtirish   qobiliyatiga   ega   bo ’ ladi .
Ikkinchi   bir   turdagi   bolaningsh   asb   tizimi   kuchsiz ,   muvozanatsiz ,   sust
bo ’ ladi .   Bu   turga   mansub   bola   sezgir ,   lekin   o ’ zini   ushlay   olmaydigan ,   tinimsiz ,
harakatchandir .  So ’ z   berdimi   albata   uni   bajaradi ,  amo   diqqatini   bir   faoliyat   turidan
ikkinchisiga   ko ’ chirishdan   ko ’ pgina   qiyinchiliklarga   uchraydi .   Noxush   holatlarni
tez   unitadi .  Ruhiy   dunyosida   paydo   bo ’ ladigan   holat   va   jarayonlar   sur ’ ati   tez ,  ya ’ ni
ularning   almashinuvi   qisqa   fursatda   amalga   oshadi .
Uchinchi   bir   xususiyatga   ega   bo ’ lgan   bolaning   kayfiyati   yorqin   namoyon
bo ’ lmaydi ,   shu   sababdan   uni   kuldirish ,   jahlini   chiqarish   yoki   umuman   kayfiyatini buzish   uni   kuldirish ,  jahlini   chiqarish   yoki   umuman   kayfiyatini   buzishi   qiyin .  Oila
quchog ’ ida   yoki   maktabda   hamma   biror   narsa   yuzasidan   qg ’ atiq   kulgan   mahalda
ham   vazminligicha   qola   beradi .   Ko ’ ngilsiz   hodisalar   yuz   berganda   ham   o ’ z
tinchligini   buzmaydi .   Qilgan   harakatlari   kuchsiz ,   ifodasiz   bo ’ ladi .   Biroq   g ’ ayrati ,
ishchanligi   bilan   boshqalardan   ajralib   turadi .   Bunday   bolaning   asabi   kuchli ,
muvozanatli ,   lekin   sust   xususiyatga   ega .   Chidamliligi ,   turli   sharoida   o ’ zini   tuta
bilishi   bilan   hech   mahal   boshqa   bolalarga   o ’ xshammaydi .   Harakatlarining   sur ’ ati ,
nutqning   darajasi   past ,   ruhiy   holatlari   ichki   kechinmalariga   aylanib   ketgan .
« Ichimdan   top »  degan   xalq   iborasi   shunday   o ’ g ’ il   va   qizlarga   mos   keladi .
To ’ rtinchidan   guruhga   xos   bolada   sezgirlik   xislati   mavjud   bo ’ ladi - yu ,   biroq
asabi   kuchsiz ,   faollikdan   yiroqdir .   Shuning   uchun   arzimagan   narsadan   ko ’ ziga
yosh   keladi .   Bunday   o ’ smir   o ’ g ’ il   va   qiz   juda   arazchan   bo ’ lib ,   biror   ishni
bajarishga   botinib   kirisha   olmaydi .   O ’ z   kuchiga   ishonchsiz ,   maktab ,   jamoat
joylaridagina   emas ,   balki   oilada   ham   tortinchoqlik   qiladi .   Ozgina   qiyinchilikka
duch   kelsa   barcha   narsadan   voz   kechib   qoya   qoladi .   Sodir   bo ’ layotgan   voqea   va
hodisalarga   ishonchsiz   hamda   shubhali   qaraydi . 
O ’ smirlik   yoshi   davrida   qarama - qarshi   jinsga   moyillik   hislari   paydo   bo ’ ladi .
Jismoniy   kitobdar   o ’ q i tish ,   ichki   dunyoga   berilash ,   yolg ’ izlikka   tortish ,   ishqiy
kitoblar   o ’ qish ,   kino   tomosha   qilish ,   katta   yoshdagi   odamlar   so ’ ziga   quloq   solish
tabiiy   hol   hisoblanadi .   Shuningdek ,   bu   yoshda   o ’ g ’ il - qizlar   o ’ zlarining   tashqi
qiyofalariga   ko ’ proq   e ’ tibor   bera   boshlaydilar .  O ’ g ’ il   bolalarda   durustroq   kiyinish ,
oynaga   qarash   ishtiyoqi   tug ’ iladi .   Qizlar   ham   oynaga   ko ’ proq   qaraydi ,   o ’ zlariga
pardoz   berishni ,  go ’ zal   bo ’ lishni   istaydi .  Bu   ham   tabiiy   holdir .
Chunki   o ’ z   tashqi   qiyofasini   tarbiya   qilish   insonga   xos   muhim   hislatdir ,  shu
boisdan   uni   inkor   etish   mumkin   emas . 
Balog ’ at   davrida   kattalik   hissi   vujudga   keladi .   Kattalarga ,   ularning   nima
qilayotganliklariga ,   o ’ zlarini   qanday   tutayotganligiga   ko ’ proq   razm   sola
boshlaydilar .   Katta   yoshdagilarning   ularga   nisbatan   avvalgi   yosh   bolaga   qilingan
munosabatda   bo ’ lishlari   noxush   his - tuyg ’ u   uyg ’ otadi .   Ota - onalar ,   o ’ qituvchilar
bilan   o ’ smirlar   munosabatidagi   nizoning   bosh   sababi   ularning   istak   va   hohishlari bilan   kattalarning   hisoblashmasligida   sodir   bo ’ ladi .   Afsuski ,   ayrim - ayrim   katta
yoshdagilar   o ’ smirning   voyaga   yetib   qolganligiga   e ’ tibor   qilmaydilar ,   goho   uning
ulg ’ aydiganligini   sezmaydilar .  Kattalar   tomonidan   o ’ rinsiz   tanbeh ,  kesatish ,  har   bir
n a rsani   buyruq   berish   orqali   bajarish   hollari   o ’ smirda   yomon   kechinmalarni
keltirib   chiqaradi .
Vohalanki ,   bu   davrga   kelib   o ’ g ’ ilmi   yoki   qizmi   uning   voyaga   yetganligini
tan   olib   kattalarday   muomila   qilish   lozim   bo ’ ladi .   Ularda   tug ’ ilgan   kattalarday
ko ’ ngil   ochish ,   sayr   qilish ,   xushmuomilalik   bilan   foyda   va   zarar   tomonlarini
anglatib   borish   maqsadga   muvofiqdir .   Shunday   payt   ota - onalar ,   o ’ qituvchilar
o ’ smir   yoshdagi   o ’ g ’ il   va   qizlarni   mohirlik   bilan   qaryirib   olmasalar ,   ular   noto ’ g ’ ri
yo ’ lga   kirib   ketishi ,   tarbiyasi   safiga   qo ’ shilishi   mumkin .   Keyinchalik   bu   yo ’ ldan ,
noxush   xati - harakatlardan   ularni   qaytarib   olish   ancha   mushkul   bo ’ ladi . 
Bolag ’ at   davrida   o ’ smirlarning   ovqatlanishiga   ham   alohida   e ’ tibor   berish
keark ,   chunki   organizmidagi   tinimsiz   harakatlar   modda   almashinuvi   kuchaytiradi .
Organizmi   ko ’ proq   yuqori   kuch - quvvatga   ega   vitaminlarga   boy   ovqat   talab   qiladi .
Lekin   achchiq ,   sho ’ r   taomlar   iste ’ mol   qilish   zararlidir .   Tungi   ovqat   yengil   va   oz
miqdorda   iste ’ mol   qilinishi   zarur . 
Balog ’ at   davri   murakkab   va   nozik   davr   hisoblanadi .   Shuning   uchun
o ’ smirlarga   nisbatan   bo ’ lgan   munosabatlarda   qat ’ iy   ohang   bilan   farmoyish   va
buyruq   berishdan   voz   kechib   ishonch ,   maslahat   yoki   iltimos   ohangida   fikr
almashib   ish   tutmoq   tarbiyaviy   jarayonda   samarali   natija   beradi .  Aksincha ,  buyruq
mensimaslik   salbiy   qo ’ zg ’ alishlarni   yuzaga   keltiradi .  Shuni   alohida   ta ’ kidlab   o ’ tish
kerakki ,   mustaqil   bo ’ lishga   intilayotgan   o ’ smirlar   bu   davrga   kelib   kattalarga
hamisha   tobe ’  bo ’ lib   yashashni   istamay   qoladilar .  Shu   sababdan   ular   ustida   doimo
nazorat   qilish   maqsadga   muvofiq   emas .   Chunki   hamma   narsa   o’z   meyorida
bo’lgani ma’qul.
    1997   yilda   qabul   qilingan   Ta'lim-to’g’sidagi   qonun   va   kadrlar   tayyorlash
Milliy   dasturida   shaxs   kafoloti   asosiy   masala   asosida   e'tarof   etilgan.   Marhum
Prezidentimiz   I.A.Karimov   «Iqtisodiy   va   siyosiy»   sohalardagi   barcha islohatlarimzning   pirovard   maqsadi   yurtimizda   yashayotgan   barcha   fuqarolar
uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir. 
Aynan shuning uchun  ham  ma'naviy jihatdan mukamal  rivojlangan insonni
tarbiyalash,   ta'lim   va   maorifii   yuksaltirish,   milliy   uyg’onish   g’oyasini   ruyobga
chiqaradigan   yangi   avlodni   voyaga   etkazish   davlatimizning   eng   muhim
vazifalaridan bo’lib qoladi, degan edilar.          
Maktab jamiyatning ijtimoiy institutlardan biri. Maktab jamiyatning buguni
emas, balki kelajakka yunaltirilgan rivojini  belgilaydi. Maktabning maqsadi ta'lim
va tarbiyadir. 
O’quv   faoliyati     bu   shunday   faoliyatki,   unda   shaxsning   psixik   jarayonlari
shakllanadi   va   rivojlanadi,   uning   asosida   yangi   faoliyatlar   yuzaga   keladi.
O’quv   faoliyati   insonning   butun   hayoti   davomida   namoyon   buluvchi   u zluksiz
jarayondir.   Rus   psixologi   A.N.Leontev   inson   faoliyatining   psixik   va   amaliy
shakllari mavjudligini, bola ongi aynan o’quv faoliyatida usishini ta'kidlaydi.
D.B.Elkonin   esa   o’quv   faoliyatining   xususiyatlarini   kuzatib,   mohiyatiga,
mazmuniga va o’zini namoyon bulish shakliga ko’ra ijtimoiyligini ta'kidlaydi.
O’quv   faoliyati   bu   shunday   faoliyatki,   uning   natijasida   avvalo     o’quvchida
o’zgarish   yuz   beradi.   Uning   mahsuli   turli   motivlar   asosida,   qurilgan   bo’lishi
darkor.   Bu   motivlar   bevosita   o’quvchi   shaxsining   usishi   va   rivojlanishi   bilan
bog’liq   bo’lishi   kerak.   O’quv   faoliyati   ta'lim,   o’qish   va   o’rganish   degan
tushunchalar   bilan   bevosita   bog’liqdir.   Ta'lim   o’qituvchi   va   o’quvchi
hamkorligidagi   o’quv   faoliyati,   o’qituvchining   bilim,   ko’nikma   va   malakalarini
o’quvchilarga o’rgatish jarayonidir.
Ta'lim   jarayoni   bevosita   muayyai   axborotni,   harakatlarni,   xulq-atvorning
shakllarini   o’zlashtirishga   qaratilgandir.   O’qish   va   urgatish   tushunchalari   o’quv
faoliyati bilan bog’liq bo’lib, ular bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishga,
o’rgatishga xizmat qiladi.
O’quv faoliyatining besh elementi mavjud:
1.  O’quv motivlari,
2.  O’quv topshiriqlari. 3.  O’quv harakatlari.
4.  O’qituvchining nazorati.
5.  O’qituvchining baholashi.
D.B.Elkoninning   ta'kidlashicha,   o’quv   faoliyatining   shakllantirilishi   bu
faoliyat   ayrim   kishilar   bajarilishini   asga-syokinlik   bilan   o’quvchining   o’ziga
o’qituvchining  ishtiroqisiz mustaqil bajarish uchun o’tkazilishidir.
Ta'lim   jarayoni   alohida   tashkil   etiladigan   hamda   boshqariladigan   faoliyat
bo’lib,   u   o’quvchilarning   o’quv   faoliyatlarini   tashkil   etadi   va   ularni   boshqaradi.
Ta'lim jarayoni besh elementdan iborat:
1. Ta'limnshg maqsadi - nima uchun o’qitish kerak?
2. Ta'limning mazmuni - nimaga o’qitish kerak?
3. Ta'limning metodlari, usullari va pedagogik muloqot yo’llari.
4. Ta'lim beruvchi.
5. O’quvchi.
Ta'lim jarayonini tashkil etish ideal va amaliy faoliyatning   u yoki bu turini
muvaffaqiyatli   tashkil   etish   uchun   zarur   bo’lgan   tashqi   olamning   muhim
ahamiyatli xossalari xususidagi axborotning o’zlashtirilishi:
-     faoliyatning   ana   shu   barcha   turlari   tarkib   topgan   usullari   va
jarayonlarining o’zlashtirilishiga;
-     maqsadga   muvofiq     keladigan   usullar   va   jarayonlarni   to’g’ri tanlash
va foydalanishga bog’liq.
Ta'lim va ta'lim jarayonida bolani rivojlanish muamosi psixologik markaziy
masalalardan biridir. Ta'lim va rivojlanish muamosiga doir qator nazariyalar ishlab
chiqilgan bo’lib, ulardan biri.
1.Aqliy   xatti-Harakatlar,   bilimlar,   malaka   va   ko’nikmalarni   bosqichma-
bosqich rivojlantirish nazariyasi (P.Ya.Gal'perin).
P.Ya.Galperin   nazariyasi   bo’yicha   bilimlarni   o’zlashtirish   jarayoni   olti
bosqichni boshidan kechirib, ularga:
1.  Motivatsiya.
2.  Tushuntirish. 3.  Moddiy formadagi xatti-harakatlarni bajarish.
4.  Baland ovozda xatti-harakatlar va vazifalarni bajarish.
5.  Bajariladigan xatti-harakatlarnya ichki rejada ovoz chiqarmay bajarish.
6.  Faoliyatni fikran bajarish qiradi.
Ushbu nazariyada ta'lim uchta asosiy turlarga ajratiladi:
-     birinchi   turda   -   xatti-harakatlarni   o’zlashtirish   xatolar   bilan   kechadi,
berilayotgan    material   etarli   darajada    anglanilmaydi, ta'lim oluvchi ta'limning
asl mohiyatini tushunib etmaydi;
-     ikkinchi   turda   materialni   nisbatan   dadil   va   to’la   tushunilishi   va   material
bilan bog’liq tushunchalarni ajratilishi bilan xarakterlanadi;
- uchinchi tur - tez, samarador va bexato xatti-Harakatlarni o’zlashtirilishini
ta'minlab beradi.
V.V.Davidov   nazariyasi.   Ushbu   nazariya   kichik   maktab   yoshidagi
uquvchilarni   ilmiy   tushunchalarni   o’zlashtirilishini   targ’ib   qiladi.   Bunda
uquvchilar   tomonidan   ta'lim   jarayonida   nazariy   tushunchalar   tizimini
o’zlashtirilishi lozim bo’lib, bu o’z o’rnida xususiydan umumiy bilimlarga utilishni
ta'minlaydi.
Qator   nazariyalar   muamoli   ta'lim   bilan   bog’liq   bo’lib,   L.V.Zankov   va
A.M.Matyushkin   tomonidan   olib   borilgan   tadqiqotlar   talimda   muamoli   darslarni
tashkil etishga qaratilgandir.
Ta'limning   psixolik   asoslari   muamosi   ko’pgina   masalalarni   qamrab   oladi.
Ta'limning   muvaffaqiyati   bir   qator   psixologik   omillarga   bog’liq   bo’ladi.   Avvalo
o’quvchining   o’qishga   bo’lgan   munosabatiga   to’xtaylik.   Bu   munosabat   diqqatda,
His-tuyg’ularda,   qiziqishlar   va   irodada,   shuningdek,   shaxsning   tutgan   yo’lida
namoyon bo’ladi. 
Ta'lim   jarayoni   avvalo   o’quvchilar   diqqatini   yulga   solishni   talab   etadi.
Darslarda ko’rgazmali qurollardan, texnik va EHM vositalaridan foydalanish ta'lim
oluvchida   ixtiyorsiz   diqqatni   yuzaga   keltiradi.   Ta'lim   jarayonida   ta'lim
beruvchining   vazifasi   darsda   ishlash   holatini   yuzaga   keltirishgina   emas,   balki
o’quvchilarning   darsda   utiladigan   materialini   idrok   etishga   tayyor   turishlarini kuzatish hamdir. Dars jarayonida o’quvchilarning diqqati o’zgarib turadi. O’qitish
jarayonida   bu  qonuniyatlarni  nazarda   tutish   va  o’quvchilar  diqqatini  materialning
asosiy jihatlariga jalb etish hamda ularni takrorlash kerak.
Ta'lim   jarayonining   samaradorligi   ko’p   jihatdan   o’qituvchi   tomonidan
beriladigan   ko’rsatmalarga   ham   bog’liq.   O’qituvchining   roli   shundan   iboratki,   u
o’kuvchilarga tegishli ustanovkani hosil qilishi, nimani vaqtincha, nimani umrbod
esda olib qolishi keraqligini, nimani butunlay esda olib qolmasdan, faqat tushunib
olish   kifoya   qilishini,   nimani   so’zma-so’z   esda   olib   qolishni,   nimaning   ma'nosini
o’z   so’zlari   bilan   aytib   berish   uchun   esda   olib   qolish   zarurligini   ko’rsatib   o’tishi
lozim. Kuzatishlar ko’rsatadiki, bunday ko’rsatmalar berilmaganida, o’quvchilarda
ko’pincha noto’g’ri tasavvurlar vujudga keladi.
O’qitishning   emotsionalligi   talimning   muvaffaqiyatliligini   ta'minlovchi
omillardan   biridir.   Ta'lim   berish   jarayoni   emotsional   jarayon,   agar   o’quvchilarga
berilayotgan   axborot   ularda   hech   qanday   his-tuyg’u   uyg’otmasa,   uni   o’quvchilar
yaxshilab   esda   olib   qolmaydilar.   Gap   o’quvchilarning   psixik   holatlari,   ya'ni
ularning muayyan  bir  paytdagi  kechinmalari  -  haqida ham  borishi  kerak, albatga.
Ulardagi   quvonchli,   optimistik   kayfiyat   o’quv   faoliyatini   juda   samarali   qiladi.
O’quvchilar emotsional ruhdagi materialni durustroq o’zlashtirib oladilar.
O’tkazilgan   tajribalar   o’quvchilar   hech   qanday   his-tuyg’u   uygotmaydigan
materialga   qaraganda,   emotsional   ruhdagn   materialni   yaxshiroq   eslab   qolishlarini
ko’rsatadi. O’qituvchi o’quv jarayonyaning emotsional  tomoni  haqida g’amxurlik
qilishi   kerak.   Bu   muamo   juda   muhim   ahamiyatga   ega.   Chunki,   birinchidan,
ta'limning   mazmuni   nihoyatda   murakkablashib,   hajmi   esa   g’oyat   kattalapshb
ketgan,   Uning   muvaffaqiyatli   o’zlashtirilishiga   erishish   uchun   o’quvchilarning
o’quv   faoliyatini   kuchaytirishi   lozim.   Ijobiy   tuyg’ular   o’quv   mehnatining
samaradorligiga kuchli ta'sir etadi. 
Hafsala   bilan   bajarilgan   beg’araz   munozara   paydo   bo’ladi,   bahslashiladi,
befarq   qaragan   yoki   undan   ham   beshbatar,   salbiy   munosabatda   bo’lishgan   ishga
esa hech qanday hafsala bo’lmaydi. Ta'lim   jarayonida  bilish   jarayonlarini   shakllantirishga   alohida   e'tibor   berish
lozim.   Zero   bilish   jarayonlari   juda   murakkab   faollit   bo’lib,   unda   jonli
mushoHadadan   abstrakt   tafakkurga,   abstrakt   tafakkurdan   amaliyotga   o’tiladi,   ana
shundan so’ng ob'ektiv haqiqat bilib olinadi. Binobarin, biz birinchi navbatda kurib
chiqishimiz lozim bo’lgan karsa o’quv materalini idrok qilish jarayonidir. Umumiy
psixologiya   kursidan   ma'lumki,   idrok   bu   narsa   va   hodisalarni   sezgi   organlariga
ta'sir   etishi   natijasida   ularning   kishi   psixikasida   yaxlit   obrazini   paydo   bo’lishi
bo’lib, idrok etish jarayoni ta'limda turli formalarda o’qituvchining ogzaki hikoya
qilishida,   suhbat   o’tkazishda,   leksiya   o’qishida,   kinodars,   televizion   parcha,
sxemalar va ko’rgazmali qurollar ko’rsatish, ekskursiyalar o’tkazish, o’quvchining
o’ziga   darsliklar   hamda   boshqa   qo’llanmalarni   o’qitish   tarzida   o’tishi   mumkin.
Shuni   alohida   ta'kidlash   lozimki,   idrokni   tarkib   toptirishda   o’quvchilarning   yosh
xususiyatlarini   hisobga   olish   nihoyatda   muhimdir.   Chunki,   fazoni,   vaqtni   va
harakatlarni idrok etishda ham yosh xususiyatlarda turli farlqi mavjud bo’ladi.
Ta'lim-tarbiya   ishlarining   usullari   vositalari   va   tashkiliy   formalarini   ishlab
chiqish   hamda   pedagogik   jarayonlarini   boshqarishning   samaradorligi   psixik
rivojlanishni   harakatga   keltiruvchi   kuchlar   masalasini   to’g’ri   xal   qilishga
bog’liqdir. 
    Bolalarning   psixik   jihatidan   o’sishi   masalasi   bolalar   psixologiyasining
markaziy   muomosidir.   Bu   muamoani   to’g’ri   xal   etish   bolalar   psixologiyasining
Fan   sifatida   yanada   tarakkiy   etish   uchun   ham   usayotgan   avlodni   tarbiyalash   ishi
uchun   ham   muhim   ahamiyatga   egadir.   Bolalarning   psixik   jihatidan   o’sishi
muomosini chinakkamiga ilmiy asosda xal etish. 
A)   Bolalar   psixikasini   o’sishini   ta'minlovchi   ominlarning   rolini   va   bolalar
psixikasining taraqqiy etish qonunuiyatlarini aniqlashga;
B)   Shu   qonuniyatlarga   asoslanib   ta'lim   va   tarbiya   tizimsini   shuningdek
bolalar   o’rtasida   olib   boriladigan   ta'lim-tarbiya   ishining   mazmuni   va   formalarini
to’zishga imkon beradi. 
    Inson   psixikasi   rivojlanishida,   bir   tomondan   tabiiy,   biologik,   tug’ma
xsusiyatlar bilan, ikkinchi tomondan, ijtimoiy hayotda ortirilgan xususiyatlarining o’zaro munosabatlarining muammosidan, rivojlanishida tashqi va ichki omillarning
(irsiyat   va   muhitning)   roli   hamda   ularning   o’zaro   munosabati   muammosidan
iboratdir.   Odamda   tug’ma   ravishda   tashkil   topgan   xususiyatlar   (masalan,   ko’rish
va  eshitish   sezgilarining   ayrim   xususiyatlari,   nerv  tizimining  ayrim   xususiyatlari)
bilan   bir   katorda   ma'lum   hayot   sharoiti   va   faoliyatning   ta'siri   ostida,   ta'lim   va
tarbining   ta'siri   ostida   tashkil   topgan   (masalan,   axloqiy   odatlar)   xususiyatlar
borligini   hech   kim   inkor   etmaydi.   Inson   psixikasining   tabiati     biologikmi     yoki
ijtimoiy xarakterga egami?
    Burjua  psixologiyasi     psixikaning  tabiati    biologik  omillarga  bog’liq  degan
pozitsiyada   turadi,ya'ni   psixik     xususiyatlar   tug’ma   paydo   bo’ladi,ularning   inson
dunyoga   kelishidan     oldinroq   unda   bo’lgan   biologik   imkoniyatga   bog’liq   degan
pozitsiyada turadi.
Uning   davosicha,inson   psixikasining   barcha   umumiy     va   individual
xususiyatlari   tabiat   tomonidan   belgilangan,   biologik   strukturalarga
joylashtirilgandir,   psixik   taraqqiyot   esa,   irsiy   yo’l   bilan   azaldan     belgilab
borganizmga joylashtirilgan shu xususiyatlarning pishib etilishi  jarayonidan iborat
emush..   Jumladan,   har   bir   odam   qobiliyatlarining   rivojlanish   darajasi
(imkoniyatlarning   nihoyasi,   eng   yuksak   nuqtasi)   taqdir   tomonidan,
«qobiliyatlarning tabiiy fondi» tomonidan ilgaridan belgilab qo’yilgan emish.
So’nggi vaqtlarda mikrobiologiyaning nasliy xususiyatning gen bilan bog’liq
bo’lgan   mehanizmini     ochish   ishdagi   yutuqlari     munosabatlari   bilan   «gen
aslahalarining tug’ma darajasi», shaxsning xususiyatlari  va qobiliyatlari  genlarda
dasturlashtirilganligi,   kodlashtirilganligi   haqida   gapira   boshladilar.   Angliyalik
genetik   Sh.Auerbax   bu   fikrni   nihoyatda   aniq   va   obrazli   qilib   ifodalab   berishga
uringan . 
«Xar   bir   odam,   deb   yozgan   edi   u,   xuddi   kartaboz   qo’liga   karta   olib
boshlagani   kabi,   o’z   hayotini,   qo’liga   genlarni   olib   boshlaydi.   Ba'zan   karta
shunchalik  yomon  suziladiki,   hatto  sal-pal  yutuqni   ham  orzu  qilish  qiyin  bo’ladi.
Ayrim   hollarda   karta   shunday   ajoyib   qilib   so’ziladiki,   muvvafaqiyat   qozonish
uchun   hech   qanday   harakat   qilmasa   ham   bo’laveradi».   Uning   fikricha   «aqliy taraqqiyot   darajasi,   maxsus   qobiliyatlar   shaxsiy   sifatlar   –   bo’larning   hammasi
genetik  faktorlar   bilan  muhit   faktorlari   munosabatining   natijasidan   iboratdir».   Bu
fikrdan:yuksak   iste'dodli   kishilarning   ko’payishiga   xayrihohlik   bildirish   lozim.
Insoniyatning   eng   yaxshi   namoyondalarini   ko’paytirish   kerak   (jamiyat   har   ikki
jinsga   tegishli   iste'dodli   kishilarning   yakinlashishiga   har   tomonlama   yordam
berishi kerak»,   «iste'dodsiz» kishilar esa ko’payishdan o’zlarini saqlashlari kerak
–degan xulosa chiqadi .
     Bola   psixik   xususiyatlarining   tug’ma   tabiati   haqidagi   nazariya   turli   burjua
olimlari   tomonidan   ba'zi   bir   to’zatish   va   izohlar   bilan   har   xil   tusda,   har   xil
aktsentda   tushuntirilishiga   earamay,   shu   vaqtga   qadar   hozirgi   zamon   burjua
maktab   pedagogikasining   asosi   bo’lib   kelmoqda.   Bu   nazariyaning   maddohlari
bo’lgan   burjua   olimlari,   o’quvchining   nimaga   qodir   ekanligini   bilib   olib,   undan
so’ng ta'lim jarayonini uning irsiyat  tomonidan belgilangan   taraqqiyot darajasiga
moslashtirish kerak deb hisoblaydilar. 
O’quvchilarning   aqli   istedod   darajalariga   qarab   har-xil   tipdagi   maktablarga
yuborish uchun sortlarga ajratish (masalan  Angliyada ana shundan kelib chiqqanki
buni  progressiv  pedagogi  va psixologi  B.Saymon keskin  tanqid qilgan  Angliyada
yuksak darajada  aqliy iste'dodga ega bo’lgan bolalar universitet ma'lumotini olish
imkoniyatiga yo’l ochib beradigan, grammatik maktab deb ataladigan maktablarda
o’qiydilar;   o’z   tabiati   jihatidan   aqliy   va   ijodiy   faoliyatga   «noqobil»,   ya'ni   aqlliy
iste'dod   darajasi   past   deb   topilgan   bolalar   universitetga   kirish   uchun   etarli
tayyorgarlik   bermaydigan,   hozirgi   zamon   maktablari   deb   atalgan   «xalta   ko’cha»
tipidagi maktablarda ta'lim olish bilan qanoatlanishlari lozim bo’ladi.
    AQShda   (testlar   yordami   bilan     aniqlanadigan)   aqliy   iste'dod   koyefitsenti
jihatidan bir xil bo’lgan o’quvchilarni bir sinfga to’plab o’qitish amaliyoti davom
etib   kelmoqda.   Aqliy   iste'dod   bolalar   uchun   ochilgan   odatga   ko’ra,   badavlat   ota-
onalarning bolalari o’qiydigan sinflarning o’quv dasturlari jiddiy materiallar bilan
tuldirilgan,   mustaqil   ishlarga   ko’p   etibor   beriladi.   O’rtadan   past   aqliy   iste'dodga
ega bo’lgan o’quvchilar o’qiydigan sinflarda ta'lim «suyultirilgan« dastur asosida, ya'ni   nazariy   materiallarsiz   olib   boriladi.   AQShda   aytishlaricha,   «test   ba'zilarni
janatga, ba'zilarni esa do’zaxga junatish uchun berilgan ruxsatnomadir».
     Hozirgi   zamon   burjua   psixologlarining   asarlarida   garchi   ta'lim-tarbiyaning
roli,   muhit   va   atrofdagi     ijtimoiy   hayotning  roli   haqida   juda   ko’p   gapirilsa   ham   ,
shunga   qaramay,   bu   asarlarning   hammasida   psixik   rivojlanishning   chegaralari
tug’ma   biologik   potentsial   tomonidan   belgilanadi     va   hech   qanday   sharoitda   bu
chegaradan tashqari chiqish mumkin emas, deb tasdiqlanadi.
     So’nggi   vaqtlarda   juda   ko’p   chet   el   psixologlari   20-30   yillarda   nomi
chiqqan amerikalik psixolog E.Torndaykning ayrim fikrlariga  murojat etmoqdalar.
Hozirgi zamon burjua psixologi  o’z qarashlarini niqoblashni  yoqtiradi. 
E.Torndayk   esa   nihoyatda   aniq   yozar   uning   qarashlarida   hech   qanday
ikkilanish   holatlariga   yo’l   qo’yilmas   edi.   «Arifmetika   o’qituvchisining   yangi
metodlari» va psixologiyaga asoslangan tamoyillari» degan asarlarida E.Torndayk
to’g’ridan   to’g’ri   o’quvchilarning   «tabiiy   kuchlari»ga,   ularning   «tug’ma
mayllari»ga shama qiladi. E.Torndayk muhitning ta'siri haqida   tarbiyaning ta'siri
haqida gapirgan lekin  bu faktorlarning  ta'siriga ochiqdan ochiq  ikkinchi darajali,
tobelik   rolini   bergan   o’qitish   qanchalik   yaxshi   bo’lishiga   qaramay,   ayrim
o’quvchilar hech qanday muvaffaqiyatga erisha olmaydilar, boshqa bir o’quvchilar
esa,o’qitish   qanchalik   yomon   bo’lishiga   qaramay     muvaffaqiyatga   erishadilar.
Mutlaqo ochiq-oydin fikr! Shunday qilib o’qituvchining roli yo’qqa chiqarilmoqda
va  oldingan pedagogik brak oqlanmoqda .
   Torndayk bularni  bundan yarim asr  chamasi  oldin yozgan, lekin hozir ham
burjua olimlari uning fikrlarini  deyarli so’zma-so’z qaytarmoqdalar.  «Yaxshi aqliy
qobiliyatlar     nasliga   ega   bo’lgan   bolalar   hatto     maxsus   ta'limsiz   ham     yuksak
intelektlli   kishilar   bo’lib   etiladilar,yaxshi   genlar   nasliga   ega   bo’lish   baxtiga
muyassar   bo’lmagan   bolalar   esa   hatto   eng   yaxshi   ta'limdan     ham   foydalana
olmaydilar».
     Burjua   psixologining   fikricha,   tug’ma   biologik   imkoniyat   ya'ni   gen
aslaxalarining   darajasi   asosiy   xal   qiluvchi   ahamiyatga   egadir.   Psixik
xususiyatlarning   taraqqiyoti   bu   imkoniyatlarning   pishib   etilishi   o’z   o’zicha rivojlanishi   demakdir.   Buning   uchun   tegishli   tashqi   sharoitlar   bo’lsa,   bas.
Chunonchi   ta'lim va tarbiya   bu tug’ma imkoniyatni   namoyon qilish   va amalga
oshirishning zaruriy shartlaridandir. Shunday qilib burjua psixologiyasida  muhitga
faqat   «inson   tabiatiga   joylashtirilgan»va   inson   o’zi   bilan     dunyoga   olib   kelgan
tug’ma   imkoniyatni   voyaga   etkazadigan   tashqi   sharoitlik   roligina   berilgan.
Yaroqsiz   ovqat   jismoniy   taraqqiyotni   to’xtatib   qo’yish   mumkin   bo’lganidek
tevarak-atrofdagi   muhit   ham   ichki   sabablar   asosida   yuzaga   keladigan     aqliy
taraqqiyotga  xalaqit berishi mumkin, deb uqtiriladi.
Buning   misoli   tariqasida   tuxum   bilan   quyidagicha   uxshatish   keltiriladi:
tuxum qanchalik yuqori sifatli bo’lmasin lekin, o’z o’zidan ma'lumki faqat ma'lum
muhit   sharoitida,   chunonchi   ma'lum   temperatura   bo’lganidagina   undan   jujja
chiqishi mumkin.
    Bizda   V.N.Kolbanovskiy,   A.R.Luriya,   A.N.Mironovlar   tomonidan   bir
tuxumdan   bo’lgan   egizaqlar   ustida   o’tkazilgan   tajribalar   boshqacha   axvolni
ko’rsatdi,   bir   tuxumdan   bo’lgan   egizaqlardan   bir   xil   tabiiy   sharoitda,   ta'lim
metodlariga   qarab   ijodiy   ya'ni   kombinatorlik)   faoliyatni   ayrim   turlarida   mutlaqo
har   xil   natijalarini   olish   mumkin   bizning   zamonimizda   progressiv   frantso’z
psixologi R.Zazzo bir tuxumdan bo’lgan egizaqlar ustida shunga uxshash tajribalar
o’tkazib,   psixik   xususiyatlarning   tug’ma   xarakteri     nazariyasiga     qqatik   zarba
berdi. 
Pedologiya   bolalarning   psixik   xusuiyatlariga   irsiyat   yo’li   bilan
mustahkamlangan   bolaning   o’zlashtirishigina   emas   balki   hayotiy   mehnat
istikbolini   ham   oldindan   belgilab   beradigan   xususiyatlar   deb   karadi.   Hozirgi
zamon   pedagogik   psixologiyalarida   boshqa   bir   yo’nalish   qobiliyatlarning
taraqqiyotini   faqat   tevarak   atrofdagi   muhitning   ta'siri   bilan   tushuntiradi.   Bu
yo’nalish   o’z   zamonasi   uchun   progressiv   xisoblangan   18   asr   fransuz   filosofi
K.A.Gelvetsi ta’limotidan boshlangan. Gelvetsi ta’limotiga ko’ra, hamma odamlar
aqliy va axloqiy  taraqqiyot uchun tugilishdanok mutlaqo bir xil tabiiy imkoniyatga
ega bo’ladilar. Shuning uchun odamlarning psixik xususiyatlaridagi farq faqatgina
muhit va tarbiyaning turlicha ta'sir qilishi bilan vujudga keladi, tushuntiriladi. Bu   konsepsiya   odamlarning   psixik   va   ruhiy   demak   sotsial   tengsizligi
ularning tug’ma xususiyatlari degan va usha davrlarda hukmron bo’lgan idealistik
nazariyalarga   qarshi   qaratilgan   edi.   Bu   nazariyaning   chet   ellardagi     hozirgi   turli
namoyondalari   psixikaning   rivojlanishida   ijtimoiy   muhitning   g’oyat   darajada
muhim   roli   borligini   etirof   etadilar.   Biroq   ijtimoiy   muhit   burjua   psixologlari
tomonidan   metafizik   tarzda,   ya'ni   o’zgarmaydigan   inson   taqdirini   ilgaridan
belgilab beradigan bir narsa tarzda tushuniladi. Insonga  muhit ta'siri ostida bo’lgan
passiv   ob'ekt   sifatida   qaraladi.   Shuni   aytib   o’tish   kerakki   genetikaning   qo’lga
kiritgan   yutuqlari     munosabati   bilan   so’nggi   vaqtlarda     bizning   mamlakatimizda
psixik   xususiyatlarning   masalan,   qobiliyatlarning   tabiati   haqidagi   psixik
taraqqiyotning   tabiy   imkoniyatlari   haqidagi   masalalari   keng   muhokama
qilinmoqda   va   biologlar   filosoflar,   psixologlar   mediklar,   yuristlar   ishtiroqida
munozaralar o’tkazilmoqda.
Ana shu mavzuga oid turli materiallar nashr etilmoqda, munozara jarayonida
psixologiya   uchun   xarakterili   bo’lgan   qarshi   psixik   xususiyatlarning     tabiatiga
diolektik  va     materialistik   nuqtai-nazaridan   qarash   aniqlanadi   lekin  shuning   bilan
birga,   oshkora   kurinib   turgan   ozchilik   tomonidan   himoya   qilinayotgan   ikkita
so’nggi nuqtai-nazar borligi ham ma'lum bo’ldi.  
     Bu   nuqtai-nazardan   biri   –   psixik   xususiyatlar   va   qobiliyatlarning   tabiatini
tug’ma va nasliy deb hisoblaydi. Bu pozitsiyada   asosan ayrim biolog   genetiklar
turadilar   bu   pozitsiya   tarafdorlari   psixik   xususiyatlarning   tarkib   topishi   va
taraqqiyot   jarayonini   odam   genetik   dastursining   amalga   oshirilishidir,   deb
tushuntiriladi.   Mana   shu   fikrga   muvofiq   talant   genlarning   mufaqiyatli
kombinatsiyasida   (kushilmasidan)   iboratdir.   Psixik   xususiyatlar   bir   manoda
genotip   bilan   ya'ni   odamning   genetik   xususiyatlari   bilan   belgilanadi.   Psixik
xususiyatlarning   tarkib   topishi   va   taraqqiyoti   gen   aslahalari   spetsifikasi   bilan
belgilanadigan   sifatlarning   (tegishli   muhit   sharoitlarida)   namoyon   bo’lish
jarayonidir.
Barcha   izohlarga   qaramay,   bu   mulohazalar   mantiqiy   ravishda   quyidagi
xulosaga: har bir odam psixik taraqqiyotning spetsifikasi darajasi ma'lum darajada uning gen imkoniyatlari  bilan ilgaridan belgilangan bo’ladi.,yuegan xulosaga olib
keladi.   Bu   esa   ta'lim   va   tarbiyaning   hayotiy   sharoiti   va   faoliyatining   rolini
ochiqdan ochiq  kamsitishga yuksak iste’dodli  kishilarni sun'iy ravishda etishtirish
va   yirik   xujayra   yadrolarini   transplantatsiya   qilish   (kuchirish)   metodi   asosida
o’ziga   xos   intellektual   elitalarni   sun'iy   tarzda   hosil   qilish   tamoyilial   jihatdan
mumkinligi haqidagi goyalarning ishlab chiqilishiga olib kelmoqda. (ma'lumki, bu
sohada  sodda organizmlar ustida muvaffaqiyatli eksperimentlar o’tkazilgan).
  Agarda   barcha   odamlarga   o’z   qobiliyatlarini   rivojlantirish   uchun   to’la
imkoniyat   yaratib   berilsa   ularning   hammalarida   ichki   imkoniyatlar   bir   xil   bo’lsa
unday   holda   har   bir   normal   odam   to’g’ri   tashkil   qilingan   ta'lim   va   tarbiya   orqali
har   qanday   sohada   istagan   yuksaqlikka   erishishi   mumkin   bo’lar   edi.   Agar
odamlarning   turli   qobiliyatlariga   ega   bo’lishlariga   faqat   ularning   turli   hayot   va
tarbiya     sharoitlari   sababchidir   deb   uylaydigan   bo’lsak   u   holda,   ehtimol,   har
qanday   odamni   nihoyatda   to’g’ri     (ideal)   tashkil   qilingan   ta'lim   va   tarbiya   orqali
muzika   sohasida     xuddi     Betxovendek   genial   odam,   matematika   sohasida   xuddi
Labochevskiydek   genial   odam   Repin   va   Eynshteyn   kabi   kabi   genial   odam   qilib
etishtirish   mumkin   bo’lar   edi,   deb   xulosa   chiqarar   edik.   Bu   nazariya   psixik
rivojlanishning,   qobiliyatlar   taraqqiyotning   borishi   va   yo’nalishiga   ta'sir   qiluvchi
tabiiy   imkoniyatlardagi   individual   farqlar   haqidagi   tushunchani   batamon   imkor
etadi. 
     Psixologlar   va   pedagoglar   ixtiyorida   bo’lgan   juda   ko’p   faktlar   u
yo’nalishining   ham,   bu   yo’nalishning   ham   sheklangan   va   bir   yoqlamaligini
ko’rsatadi. Odamning genetik xsusiyatlari bir ma ’ noda uning psixik xsusiyatlarini
belgilaydi,   deb   h isoblash   xatodir.   Ammo   buning   teskarisi   ham,   ya'ni   psixik
taraqqiyotning   tabiiy   imkoniyatlardagi   individual   farqlarni   batamom   imkor   qilish
(masalan,   qobiliyatlarning   nishonlanadigan   individual   farqlarni   imkor   qilish)   va
odamlardagi   g’oyat   xilma-xil   barcha   individual   –   psixologik   xususiyatlarni   faqat
tashqi ta'sirotlar natijasidir, deyish ham noto’g’ridir. 
Psixik rivojlanish sharoitlari va uni harakatga keltiruvchi kuchlar     Odamning   psixik   xsusiyatlari   uning   hayoti   davomida,   ya'ni   ontogenetik
tarzda   yuzaga   keladi;   bu   xsusiyatlarni   tarkib   topishi   va   rivojlanishida   odamning
ijtimoiy   tajribasi   tashabusi   uning   hayot   iva   faoliyati   sharoitlari,   ta'lim   va   tarbiya
etakchi, xal qiluvchi rol  o’ ynaydi, - deb urgatadi. 
    Muhit   (keng   ma'noda   olganda),   ma'lum   maqsadga   qaratilgan   ta'lim   va
tarbiya   azaldan   berilgan,   genetik   jihatdan   q atiy   b o’ lgilangan   nimanidir   namoyon
qilish   uchun   sharoyitgina   bo’lib   q olmay,   balki   inson   psixik   xsusiyatlarini   tarkib
toptiradi.   Shuni   alohida   qayd   qilib   o’tishimiz   lozimki,   «jamiyat   talablariga   javob
beradigan   muayyan   shaxsiy   sifatlarni   tarkib   toptirish   maqsadida   katta   avlodning
yosh   avlodga   ongli,   maqsadga   muvofiq   ta'sir   ko’rsatish   protsessii»   sifatida   ta'lim
va tarbiya xal qiluvchi ahamiyatga egadir. 
    Birinchidan,   shuni   qayd   qilib   o’tish   kerakki,   odam   muhit   ta'siri   ostidagi
passiv   ob'ekt   bo’lmay,   balki   faol,   faol   mavjudotdir.   Shuning   uchun   tashqi   hayot
sharoiti.   Tashqi   ta'sir   inson   psixikasining   to’g’ridan   to’g’ri   belgilamaydi,   balki
odamning muhit bilan bo’lgan o’zaro ta'siri orqali, uning muhitdagi faoliyati orqali
belgilaydi. 
Shu sababli muhitning ta'siri haqida emas balki odamning tevarak atrofdagi
muhit bilan faol o’z aro ta'siri haqida gapirish to’g’riroq bo’lar edi. 
Ikkinchidan ,   psixikaning   rivojlanishi   oqibat   natijada   tashqi   sharoitlarga
tashqi  tasurotlarga bog’liqdir. Lekin bu rivojlanishning bevosita tashqi  sharoitdan
va   tashqi   vaziyatdan   keltirib   chiqarib   bo’lmaydi.   Bu   sharoitlar   hamda   vaziyatlar
hamisha   odamning   hayotiy   tajribasi,   uning   shaxsi,   individual   psixologik
xsusiyatlari   va   psixik   qiyofasi   orqali   ta'sir   qiladi.   Mana   shu   manoda   tashqi   ta'sir
individning   o’ziga   xos   psixikasi   va   shaxsiy   tajribasini   o’z   ichiga   olgan   ichki
sharoit orqali bilvosita ta'sir qiladi. 
    Uchinchidan,   odam   faol   mavjudot   sifatida   o’zi   ham   ongli   ravishda   o’z
shaxsini   o’zgartirishi,   ya'ni   o’zi-o’zini   tarbiyalash   bilan   shugullanishi   mumkin.
Lekin   o’z-o’zini   tarbiyalash   jarayoni   tevarak   atrofidagi   muhitdan   ajirilgan   holda
bormaydi. O’z-o’zini tarbiyalash muhit bilan moslashgan holda va muhit bilan faol o’zaro   munosabatda   sodir   bo’ladi.   Shuning   uchun   o’zini-o’zi   tarbiyalashda   ham
muhitning ta'siri ko’rinib turibdi.
    Xulosa   chiqarish   mumkinki ,   bir   xil   tashqi   sharoit,   bir   xil   muhit,   turli
bolalarga, o’smirlarga, yigit va kizlarga turlicha ta'sir ko’rsatish mumkin. Maktab
o’quvchisining psixik taraqqiyoti qonunlari shuning uchun ham murakkaki, psixik
taraqqiyotning o’zi  murakkab va qarama-qarshi  o’zgarishlardan  iborat  jarayondir.
Psixik   taraqqiyotning   faktorlari,   talim   va   tarbiya   sharoitlari   xilma-xil   va   ko’p
kirralidir.   Biz   yuqorida   aytib   o’tilganidek,   bu   faktor   va   sharoitlar   turli   bolalarga
turlicha ta'sir qilishi mumkin. 
     O’z-o’zidan ravshanki, odamning psixik rivojlanishi uchun tabiiy, biologik
imkoniyatlar   zarurdir.   Insonning   psixik   xsusiyatlari   normal   tarkib   topishi   uchun
muayyan darajadagi biologik tuzilish, inson miyasi va inson nerv sitemasi bo’lishi
shart. Insoning tabiiy xsusiyatlir psixik rivojlanishning muhim shartidir. Bu tabiiy
xsusiyatlar psixik rivojlanishni harakatga keltiruvchi kuchlar, faktorlar emas, balki
faqat dastlabki shartalrdir. 
Miya   biologik   tarzda   tashkil   topgan   organ   sifatida   ongning   yuzaga   kelishi
uchun   dastlabki   shartlardir,   ong   esa   inson   ijtimoiy   turmushning   maxsulidir.   Nerv
tizimi   tevarak   atrofdagi   olamni   aks   etirish   uchun   tug’ma   organiq   imkoniyatlarga
ega   lekin   tegishli   qobiliyat   faqat   ijtimoiy   hayot   sharoitidagi   faoliyatda   tarkib
topadi.   qobiliyat   ko’rtaqlarining,   ya'ni   nerv   tizimsi   va   miyada   ba'zi   bir   tug’ma
anatomik   –   fiziologik   xsusiyatlarining   mavjudligi   qobiliyatlarning   rivojlanishi
uchun  zarur   tabiiy   shart-sharoitlardir.Amo  bu   shart   sharoitlarning   mavjudligi   hali
qobiliyatlarning   rivojlanishini   ta'minlamaydi.   Qobiliyatlar   hayoti   va   faoliyat
sharoitlari,   odamga   beriladigan   ta'lim   va   tarbiya   ta'siri   ostida   tarkib   topadi   va
rivojlanadi. 
    Tabiiy   xsusiyatlar   taraqqiyotni   harakatga   keltiruvchi   kuch   emasligiga
qaramay,   psixik   taraqqiyotga   ma'lum   darajada   ta'sir   ko’rsatadi.     Birinchidan
tabiiy   xususiyatlarsixik   xususiyatlar   taraqqiyotning   turli   y   ullarini   va   usullarini
belgilab beradi .Inson nerv tizimsining xususiyatlari   o’z –o’zicha shaxsning hech
qanday psixik xususiyatlarini belgilamaydi.      Hech bir normal bola dadil yoki qo’rqoq, irodali yoki irodasiz mehnatsevar
yoki     yalkov   intizomli   yoki   intizomsiz   bo’lib   tugilmaydi.   Agarda   turbiya   to’g’ri
tashkil   qilinsa   nerv   tizimining   istalgan     tipi   asosida   xarakterning   barcha   ijtimoiy
qimmatli xususiyatlarini hosil qilish mumkin  masalan sabot matonat va o’zini tuta
bilish xislatini  nerv tizimsining tipii shiddatli (Pavlov bo’yicha) bo’lgan bolalarda
ham   nerv   tizimsining   tipi   vazmin   bo’lgan   bolalarda   ham   tarbiyalash   lozim   va
tarbiyalasa bo’ladi.
  Ikkinchidan   tabiiy   xususiyatlar   odamning   biror   sohada   erishgan   yutuqlari
darajasiga     ham   ta'sir   qilishi   mumkin,   masalan,   qobiliyat   ko’rtaklarida   tug’ma
individual   farqlar   bo’lmaydi   shu   sababli   ba'zi   odamlar   boshqa   odamlardang
ma'lum   bir   faoliyatni   egallash   imkoniyati   jihatidan   ustun   turishlari   va     shuning
bilan   bir   paytda   bir   faoliyat   turini   egallash   imkoniyatini   o’zini   musiqa   qobiliyati
rivojlanishi uchun qulay tabiiy kurtakka (tabiiy sharoitga ega bo’lgan  bola boshqa
hamma sharoitlar   bir xil bo’lishiga qaramay musiqa qobiliyati rivojlanishi uchun
tabiiy kurtakka ega bo’lmagan bolaga nisbatan  musiqa sohasida tez rivojlanadi va
nisbatan   katta   yutuqlarga   erishadi,   mana   shu     ma'noda   olganda   odamlar   o’z
qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatiga  ega emaslar .
   Psixik rivojlanishning    biologik asoslari  tug’ma tabiiy ko’rtaqlar    masalaga
yakun   yasar   ekanmiz   maktab   rahbarlari   va   o’qituvchilarning   diqqatini   asosiy
xulosaga   qaratish   lozim   garchi   tabiiy   qo’rtaqlar   maktab   o’quvchisining   psixik
rivojlanishi ma'lum ahamiyatga ega bo’lsa (shu sababli, masalan ta'lim jarayonida
ayrim   o’quvchilarda   boshqa   o’quvchilarda   nisbatan   ko’proq   zo’r   berish   talab
qilinadi, ayrim o’quvchiga   o’qituvchi  boshqa o’quvchiga nisbatan ko’proq   kuch
sarflaydi e’tibor beradi va ko’proq vaqt ajratadi.
     Bu ko’rtaklarning o’zi psixik taraqqiyotida hal qiluvchi  rol uynamaydi. Ana
shuning   uchun   ham   o’quv   tarbiya   ishlarida   jiddiy   kiyinchiliklar   yuz   bergan
vaqtlarda   o’qituvchilar   o’quvchilarda   haqiqatdan   ham   (yoki   chamasi)   tabiiy
qobiliyat   kurtaklari   yo’k   ekan   deb   qo’lni   yuvib   qo’ltiqqa   urishlariga,   xafsalasiz
bo’lishlariga  hech  qanday  asos  yo’k. Rivojlanish   deganda  – hodisalarning  har  xil ikki kategoriyasi tushuniladi, ammo bu kategoriyalar bir birlari bilan chambarchas
bog’langandir.
Miyaning   o’z   biologik   organik     etilishi,   uning   anatomik   biologik   tuzilish
jihatdan   etilishi   psixik   (aqliy)rivojlanishning   ma'lum   dinamik   darajalari   sifatidagi
o’ziga   xos   aqliy   etilish   sifatidagi   psixik   (shu   jumladan   aqliy)   rivojlanish.   O’z-
o’zidan   ma'lumki     aqliy   rivojlanish   miya   tuzulishining     biologik   etiilishi   bilan
bog’liqdir  va bu faqat o’quv tarbiya ishlarida albata  hisobga olinishi lozim.
Ta'lim   miyaning   organik   jihatdan   etilishini     inkor   eta   olmaydi.Miya
tuzilishining   organik   jihatdan   etilishini   muhitga   ta'lim   –   tarbiyaga   mutlaqo
bog’lanmagan   holda   o’zining   qat'iy   biologik   qonunlari   asosida   sodir   bo’ladi   deb
bo’lmaydi.   Muhit   ta'lim   tarbiya   va   tegishli   mashq   miya   tuzulishining   organiq
jihatdan   etilishiga   yordam   beradi,   shuning   uchun   masalan,   biz   aqliy   rivojlanish
haqida   gapirganimizda   bu   jarayonni   miyaning   biologik   jihatdan   etilishi   bilan
chambarchas bog’langan holda sodir bo’ladi deb hisoblaymiz.
   Ta'limsiz to’la aqliy rivojlanish bo’lishi mumkin emas. Ta'lim rivojlanishiga
stimul   bo’ladi   rivojlanishni   o’z   orqasidan   ergashtirib   boradi   ta'lim   masalan,   katta
J.Piaje fikridek mantiqiy fitkrlashni   ta'minlovchi miya tuzilishlarining To’la tukis
etilishini   kutib   turmaydi.Zarur   sharoit   tugilganda   ta'lim   mantiqiy   fikrlash
malakasini tarkib toptiradi va tegishli aqliy rivojlanish uchun stimul bo’ladi. Lekin
ta'lim   rivojlanishiga   stimul   bo’lish   bilan   o’zi   rivojlanishiga   tayanadi,erishilgan
rivojlanish   darajasining   xususiyatlarini   xisobga   oladi,   rivojlanishning   ichki
qonunlarini   inkor   etirmaydi.   Inkor   etolmaydi   ham,ta'limning   imkoniyatlari   juda
keng bulsa ham amo sheksiz emas.   Ta'lim bilan rivojlanishni aynan uxshash narsa
deb   o’ylash   aynan   bir   narsa   deb   o’ylash   bir   yoqlama   fikr   yuritishdir   va   shuning
uchun ham bu noto’g’ri nuqtai-nazardir 
   Bolaning maktab   o’quvchisining psixik rivojlanishini harakatga keltiruvchi
kuchlar   murakkab   va   turli   tumandir.   Rivojlanishning   mohiyatini   qarama-
qarshiliklar   kurashidan   yoki   ziddiyatlar   ko’rashidan   iborat   deb   tushunishga
asoslanib,   bolaning,   maktab   o’quvchisining   psixik   rivojlanishini   bevosita
harakatga   keltiruvchi   kuchlar   ta'lim-tarbiya   jarayonida   yuzaga   keladigan   hamda bartaraf   qilinadigan   esqilik   bilan   yangilik   o’rtasidagi       qarama-qarshiliklardan
iiboratdir   deyish   mumkin.   Bunday   ziddiyatlarga,   masalan   faoliyat   tomonidan
yuzaga   keladigan   yangi   ehtiyojlar   bilan   ularning     qondirish   imkoniyatlar
o’rtasidagi   ziddiyatlar   bolaning   usib   borayotgan   jismoniy   va   ruxiy   imkoniyatlari
bilan eski  tarkib topgan o’zaro munosabat formalari va  faoliyat turlari o’rtasidagi
ziddiyatlar   jamoa     katta   odamlar   tomonidan   kundan   kunga   ortib   borayotgan
talablar   bilan   psixik   taraqqiyotning     mazkur   darajasi     o’rtasidangi   ziddiyatlar
kiradi.
    Yuqorida   ko’rsatilgan   ziddiyatlar   hamma   yosh   uchun   xarakterlidir,   lekin
qaysi   yoshda   namoyon   bo’lishiga   qarab,   ma'lum   spetsifikaga   (xsusiyatga)   ega
bo’lib   boradi.   Masalan,   kichik   maktab   yoshidagi   o’quvchida   mustaqil   irodaviy
faoliyatga nisbatan belgan tayyorgarlik bilan xatti-harakatlarning mavjut vaziyatga
yoki   vosita   ichki   kechinmalarga   bog’liqligi   o’rtasida   ziddiyat   bor.   O’smirda   eng
kuchli   ziddiyatlar,   bir   tomondan,   uning   o’ziga   o’zi   baho   berishi   va   o’z   talabalari
darajasi   va   ikkinchi   tomondan,   atrofdagilarning   unga   nisbatan   bo’lgan
munosabatlari   haqidagi   ichki   kechinmasi   o’rtasida,   shuningdek,   o’zining
jamoadagi   rael   mavkei   to’g’risidagi   ichki   kechinmasi   o’rtasida,   katta   odamlar
hayotida   to’la   xuquqli   a'zo   sifatida   katnashish   ehtiyoji   bilan   birga   o’z
imkoniyatlarining mos kelmasligi o’rtasida paydo bo’ladi. 
    Dialektik   nuqtai   nazardan   qaraganda,   rivojlanish   faqat   sof   miqdor
o’zgarishlari   jarayonidan,   ya'ni   qandaydir   psixik   hodisalarning,   psixik   xsusiyatlar
va   sifatlarning   ko’payishi   yoki   kamayishidan   iborat   emas.   Psixik   rivojlanishni
faqat, yosh oshgan sari diqqat xajmining, psixik jarayonlar ixtiyoriyligining, ma'no
jihatdan   esda   olib   koli   shva   shuning   kabilarning   ortishi,   bola   fantaziyasining
kamayishi,   xatti-harakatlarning   impulsivligi,   idrokining   utkirligi,   yangiligi   va
xokozolardan   iborat   deb   bo’lmaydi.   Psixikaning   rivojlanishi   ma'lum   yosh
davrlarida   sifat   jihatdan   yangi   xsusiyatlarning,   ya'ni   «   yangidan   hosil   qilingan
sifatlarnin»   (o’smirlarda   katta   bo’lib   kolganlik   xissining   yoki   ilk   uspirinlikda
mehnat qilib mustaqilhayot kechirish ehtiyojining) paydo bo’lishi bilan bog’liqdir.      Psixologlar   psixik   rivojlanishning   umumiy   tendentsiyalari,   qonuniyatlari
borligini   qayd   qilib   ko’rsatmokdalar.   Lekin   muhit   ta'siriga   nisbatan   bu
qonuniyatlari   (keng   ma'noda   olganda)   ikqilamchidir,   chunki   bu   qonuniyatlarning
o’ziga   xos   xsusiyatlari   hayot   sharoitiga,   faoliyatga   va   tarbiyaga   bog’liqdir.   Mana
shunday   umumiy   qonuniyatlarga   birinchi   novbatda   psixik   rivojlanishning
noteksligi   kiradi.   Psixik   rivojlanishning   notekisligi   shundan   iboratki,   har   qanday
sharoitda, hatto ta'lim va tarbiyaning eng qo’lay sharoitlarida ham shaxsning turli
psixik   belgilari,   psixik   funktsiyalari   va   psixik   xsusiyatlari   rivojlanishning   bita
darajasida   to’xtab   turmaydi.   Bolalarning   rivojlanishidagi   ayrim   davrlarda
psixikaning u yoki bu yo’nalishlarda rivojlanishi uchun nihoyatda qo’lay sharoitlar
paydo   bo’ladi   va   bu   sharoitlarning   ba'zilari   vaqtinchalik,   utkinchi   xarakterda
bo’ladi.   Extimol   psixik   faoliyat   ayrim   turlarining   tarkib   topishi   va   o’sishi   uchun
optimal muddatlar mavjud bulsa kerak. 
U   yoki   bu   psixik   xsusiyatlar   va   sifatlarning   rivojlanishi   uchun   eng   qo’lay
sharoitlar   bo’lgan   an   shunday   yosh   davlatlari   senzitiv   davrlar   deb   ataladi
(L.S.Vikotskiy,   A.N.Leontev).   Bundan     senzitivlik   davrining   mavjudligiga
miyaning organiq jihatdan etilish qonuniyati ham.,ayrim pisxik protsesslar  hamda
xususiyatlar asosida tarkib topishi ham (masalan, matematik tafakkur faqat ma'lum
darajada   tarkib   topgan,   abstrakt   tafakkur   kubulift   asosida   tarkib   topishi   mumkin)
hayotiy   tajriba   ham   sabab   bo’ladi.   Masalan,   nutikning   rivojlanishi   uchun   1
yoshdan 5 yoshgacha bo’lgan davr, ko’pgina harakat malakalarning tarkib topishi
uchun kichik maktab yoshdagi davr, matematik tafakkurning tarkib topishi  uchun
15-20 yoshgacha bo’lgan davr senzitiv davr xisoblanadi. 
    Boshqa bir qonuniyat psixika integrasiyasidir. Inson psixikasi o’z taraqqiyoti
davomida tobora ko’proq yaxlitlik, birlik mustahkamlik va doimiylik xsusiyatlarini
kasb eta oladi. N.D.Livitovninng ko’rsatishicha, kichkina bola psixik jihatdan turli
frogmentar   psixik   holatlarining   kichik   bir   tizimga   uyushtirilganidan   iboratdir.
Psixik   rivojlanish   psixik   holatlarning   sekin-asta   usib,   shaxs   xislatlariga
aylanishidan iboratdir.      Uchinchi   qonuniyat   plastiklik     va   kompensatsiya   imkoniyati   I,P.Pavlov
faqatgina tegishli ta'sir ko’rsatilsa ,hamma narsaning yaxshi tomonga   o’zgartirish
mumkinligini   ta'kidlab   nerv   tizimsini   nihoyatda   plastikligini     ko’rsatib   o’tgan
edi.Ta'lim   va   tarbiya   sharoitida     bolaning   ,maktab   o’quvchisining   psixikasini
maqsadga   muvofiq   o’zgartirishning   boy   imkoniyati   nerv   tizimsining   ana   shu
plastikligiga asoslanadi.
Plastiklik     kompensatsiya   uchun   ham   yo’l   ochib   beradi:Bir   xil   psixik
funktsiyaning  rivojlanishi   zaif       yoki  nuksonli  bulsa     boshqa  funktsiyalar  jadallik
bilan   rivojlanadi   .masalan   xotira   kuchsiz   bulsa   uni   faoliyatning   zo’r
uyushganligiga   va   aniqligi   bilan     kompensatsiya   qilish   mumkin   ,   ko’rishdagi
nuksonlar   qisman   eshitish   analizatorining     utkir   darajada   rivojlanishi   bilan
kompensatsiya qilinadi.Shunday qilib ,bolaning maktab o’quvchisining rivojlanishi
murakkab murakkab diolektik jarayondir.
  Ayniqsa   keyingi   yillarda   bolalar     va   maktab   o’quvchilarning     jismoniy   va
psixik     rivojlanishining     tezlashib   borishida     kurinayotgan   akseleratsiya   (lotincha
tezlanish)   hodisasi   deb   ataladigan     hodisa   bolalarning     yosh   xarakteristikasini
qayta kurib chiqishga sabab buldi. 
Bolalar tezroq usib rivojlanmokda va psixik intellektual rivojlanishida bunda
bir   necha   un   yil   ilgarigiga   qaraganda   yuksakroq   darajaga   erishmokdalar   ,olimlar
akseleratsiya   hodisasining   ham   biologik   ham   ijtimoiy   sabablarini
ko’rsatmokdalar.Bu   hodisaning   biologik   sabablari     oz   miqdordagi       ionlashgan
nurlanishlarning va radio tulkinlarining ta'siri ,qishloq xo’jaligiga va meditsina da
o’sish va rivojlanishni stimullashtiruvchi biologik faol moddalarning qo’llanilishi,
inson ozukasida   xayvon oksil  moddalari miqdorining oshishidan iborat bulsa ,bu
hodisaning   ijtimoiy     sabablari   hayot     tempining   kuchayishi   ,hayot     tonusining
ortishi   televidenie   radio kino orqali   bolaning   o’smirning   ilk yoshlik chogida n
boshlab   miyasiga     yigiladigan   g’oyat   ko’p   miqdordagi   informatsiyalar   ,
ma'lumotlar okimining ta'siridan iboratdir.
   Ayrim   tadqiqotchilarning   fikriga   ko’ra   bo’larning   hammasi   yosh
xususiyatlari     xarakteristikasini     shunchalik   shartli     beqaror   harakatchan   va dinamik   qilib   qo’yadiki   natijada     yosh   xususiyatlari   degan   tushunchaning   o’zi
shubxa ostida qoladi.
   Uylaymizki,  bu     fikr   bilan  kelishib   bo’lmaydi,  yosh   xususiyatlari   yoshning
eng tipik va   eng xarakterli bo’lgan hamda   rivojlanishning   umumiy yo’nalishini
ko’rsatadigan     umumiy   xususiyatlari   sifatida   mavjuddir.   Biroq   o’z   o’zidan
ma'lumki  yosh o’zgarmas  va absolyut kategoriya emas.Yosh –yosh chegaralari va
yosh   xususiyatlari   tushunchasi     absolyut   emas   ,balki   nisbiy   ahamiyatga   egadir.
Ta'lim-tarbiyaning vazifasi bolada maktab o’quvchisida   birinchidan mazkur yosh
bosqichida     yuksak   rivojlanish   darajasini   xarakterlab   beradigan   va   ikkinchidan
bolani   ,maktab   o’quvchisini   keyingi   yosh   bosqichiga   ya'ni   psixik   rivojlanishning
yanada   yuksakroq   darajasiga   qonuniy   ravishda   o’tishga   tayyorlanadigan   psixik
xususiyatlarini ,xislatlarini va sifatlarini  shakllantirishdir.    
A DABIYOTLAR RO’YXATI
1. Айсмонтас   Б.Б.   Педагогическая   психология:   Схемы   и   тесты.   –   М.:
Изд-во ВЛАДОС-ПРЕСС, 20 1 2. – 208 с.
2. Бадмаев Б.С. Методика преподавания психологии. – М., 20 14 .
3.Бадалев А.А. Общая психодиагностика. Санкт-Петербург 2000 й
4.Зимняя   И.А.   Педагогическая   психология:   Учеб.   пособие.   -     Ростов
Н/Д, 2007. 
5.Ismoilova   N.,   Abdullayeva   D.   Ijtimoiy   psixologiya.T,2013
O'zb.fay.mil.jam.nashr.
6. Карандашев В.Н. Методика преподавания психологии. - СПб, 20 1 5.
7. Ляудис В.Я. Методика преподавания психологии. - М.,  2012 .
8.Марсинковская Т.Д.. История психология. М. 2001  
10.Otajonov M. Psixoanaliz asoslari. T,2004 O’zbekiston
11.Педагогическая   психология:   Хрестоматия/Сост.   В.Н.Карандашев,
Н.В.Носова, О.Н.Щепелина. – СПб.:Питер, 2016. – 412 с.
12. Rasulov A.I.  Psixodiagnostika. T. 2010 Mumtoz so`z
13. Столяренко   Л.Д.   Педагогическая   психология.   –   2-е   изд.,   перераб.и
доп. – Ростов н/Д: «Феникс», 2003. – 544 с.

TURLI YOSH DAVRLARIDA O’ZLASHTIRISH XUSUSIYATLARI . REJA 1. Psixik rivojlanish haqidagi yanglish konsepsiyalarining tanqidi. 2.Ta'lim jarayoni elementlari 3 Psixik rivojlanish sharoitlari va uni harakatga keltiruvchi kuchlar. 4. Pedagogik psixologiyada tarbiya tushunchasining sharhlanishi. 5. Bolalalikning turli yosh davrlarida tarbiyaning o’ziga xosliklari. 6. Balog’at yoshdagilar tarbiyasining psixologik jihatlari.

Pedagogik psixologiyada tarbiya tushunchasining sharhlanishi. Tarbiya – shaxs ongini muayyan jamiyatning maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda tarkib toptirish va rivojlantirish jarayoni, kishilarning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy aktiv ishtirok etishga qaratilgan barcha ta’sirlar majmui. Tarbiya ta’lim bilan uzviy bog’liq. Ta’lim tarbiyaning muhim vositasi bo’lib, ko’p maqsad va vazifalarga u texnika, adabiyot, san’at, omaviy informa t siya va tashviqot-targ’ibot vositalari (matbuot radio, televideniye) ham tarbiyaga katta ta’sir ko’rsatadi. Tarbiyaning asosiy turlari oiladagi tarbiya va ijtimoiy tarbiyadir. Jamiyat tarixiy rivojlanishi jarayonida shaxsning shakllanishidagi ijtimoiy tarbiyaning ahamiyati tobbora oshib boradi. Tarbiya ijtimoiy hayotning muhim funksiyasidir. Jamiyat yashash va taraqqiy etishi uchun tarbiya juda zarur. Tarbiya orqali o’tmishning moddiy va ma’naviy boyliklariga vorislik ta’minlanadi: o’sib kelayotgan yosh avlod o’tmish tajribalarini uni yanada boyitadi. Tarbiya shaxsning individual taraqqiyoti, axloqiy, jismoniy kamolatida yetakchi rol oynaydi. Ibtidoiy jamiyatda tarbiya alohida faoliyat deb qaraolmagan, yosh avlod tomonidan keksa avlodning hayot tajribalarini shunchaki o’zlashtirishdan iborat bo’lgan. Tarbiya asosan mehnat faoliyati jarayonida, shuningdek turli urf-odat va oyinlarni o’tkazish vaqtida amalga oshirilgan. U avvalo o’sib kelayotgan avlodning jismoniy rivojlanishiga qaratilgan. Ibtidoiy jamiyatda sinflar bo’lgani tufayli hamma bolalar deyarli bir xilda tarbiya olgan. Erkaklar bilan ayollar o’rtasida mehant taqsimot o’g’il bilan qizlar tarbiyasidagi tafovutni keltirib chiqadi. Sinflar vujudga kelishi bilan tarbiya sinfiy bo ’ la bordi . Ekspluatatorlar sinfi unda o ’ z hukumronliklarini mustahkamlash uchun foydalandilar . Quldorlik davrida badavlat kishilar o ’ sha davrdagi turli o ’ quv tarbiya muassasalarida tarbiyalangan va ta ’ lim olgan . Qullar va ularning bolalari og ’ ir jismoniy mehnat uchun tayyorlangan . Feodalizm davrida tarbiya tabaqalashtirilgan holda olib borildi . Xususan O ’ rta Osiyoda saroy ahllari , zadogonlar bolalarini tarbiyalash uchun maxsus murabbiylar tayinlab qoyilgan . Kambag ’ allarning bolalari asosan uyda

keyinroq ustaga shogird tushib tarbiyalanganlar . Fe o dalizm davrida diniy tarbiya asosiy tarbiya hisoblangan . Ko ’ pgina rivojlangan demokratik mamlakatlarda davlat tarbiya muassasalarining keng tarmog ’ i yaratilgan bo ’ lib , ularda tarbiyaviy ish maxsus pedagogik tayyorgarlikka ega bo ’ lgan kishilar tomonidan rejali va tizim l ik ravishda olib boriladi . Maktab yoshigacha bo ’ lgan bolalar tarbiyasida maktab yoshidagi bolalar muassasalari muhim rol oynaydi . O ’ quv tarbiyasi muassasalari ichida maktab alohida o ’ rin egallaydi . Bolalar va o ’ smirlarni tarbiyalashda maktabdan tashqi muasasalar maktab bilan birga ish olib boradi . Internat maktablarda , li t seylarda , kasb - h u nar kollejlarda , mehribonlik uylarida , o ’ rta maxsus o ’ quv yurtlarida ham katta tarbiyaviy amallar ishga oshiriladi . Yoshlarning axloqi va dunyoqarashining shakllanishida oliy o ’ quv yurtlarida ham muhim rol oynaydi . Katta yoshlilar tarbiyasi ishlab chiqarish va ijtimoiy hayot jarayonida , shuningdek davlat va jamoat tashkilotlari , madaniy oqartuv muassasalari ( kutubxona , klub , madjaniyat saroylari ) olib boriladi . Ma ’ lumki , shaxsning rivojlanganlik darajasida ta ’ minlovchi asoslar dastlab oilada yaratiladi . I . A . Karimov ta ’ kidlanganidek « bola tug ’ ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi . Oilaga xos an ’ analar , qadriyatlar , urf - odatlar bola zuvalasini shakllantiradi ». Eng muhimi , farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi , his qiladi . Oila tarbiyasi – oilada ota - onalar , vasiy yoki katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash . Yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida muhim o ’ rin tutadi . Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy kuch oilaviy tartib , ya ’ ni oila a ’ zolarining bir - biriga munosabati , ota - ona va boshqa katta kishilarning xulq atvori , madaniy va siyosiy saviyasi , oila byudjeti , yashash sharoiti va harakati . Oila qanchalik tartibli , uni a ’ zolari o ’ rtasidagi munosabat samimiy bo ’ lsa , oila tarbiyasi bolaning shunchalik muvaffaqiyatli bo ’ ladi . Oila tarbiyasi ham shunchalik muvaffaqiyatli bo ’ ladi . Oila tarbiyasi bolaning ilk go ’ daklik davridan boshlanadi . Oilada uning sog ’ lig ’ i , jismoniy kamoloti , to ’ g ’ ri ovqatlanishi , uxlash rejimi , ozodalik va shu kabilarga ahamiyat beriladi . Bolada yoshlikda boshqalarga

taqlid etishi kuchli bo ’ lganligi sababli oiladagi kattalarning nojoya xatti - harak qilishliriga yo ’ l qoymaslik lozim . Bolaning aqliy taraqqiyoti , undagi ijobiy hislatlarning shakllanishiga ham harakat qilishlariga yo ’ l qoymaslik lozim . Bolaning aqliy taraqqiyoti , undagi ijobiy hislatlarning shakllanishiga ham ilk yoshligidan ahamiyat beriladi . Bola katta bo ’ lgan sari oila tarbiyasi ham murakkablashadi . Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga har narsaga qiziquvchanlik , intilish juda kuchli bo ’ ladi . Bu davrda oilada bolaning xatti - harakatini qat ’ iy nazorat qilib , ijodiy faoliyatga undagi yo ’ lga solish , qobiliyatining o ’ sishiga ahamiyat berish zarur . Oilada bolaning hayotiga mos rejim o ’ rnatish uni tartibli bo ’ lishga odatlantiradi , o ’ z xulq atvorini boshqarish ko ’ nikmasini hosil qiladi , maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar hayotida oyin asosiy o ’ rin tutadi . Ota - ona bolalarining va ularning oyinlarini vaqt - vaqti bilan nazorat etishlari kerak . Bolaning katta ilk yoshligidanoq bola gigenasi tartibi va jismoniy mashqlarni muntazam o ’ rganib borish lozim ( bolalar va o ’ smirlar gigiyenasi ). Bu ishda kattalarning o ’ rnak bo ’ lishi muhim o ’ rin tutadi . Oilada mehnat tarbiyasi bolalarni uy yumushiga jalb etishdan boshlanadi . Bolaning ilk mehnat tajribasi ( kiyimini o ’ zi kiyish , o ’ rin ko ’ rpasini yig ’ ishtirish , idish tavoq yuvishi , gulga suv quyishi va shu kabilar ) kelgusida uning mehnat faoliyati samarali bo ’ lishiga asos bo ’ ladi , yana ham murakkabroq vazifalarga undaydi . Oila madaniyatining o ’ sishi , turmushda radio , televideniye , gazeta , jurnallardan keng foydalangan bolaning aqliy tarbiyasiga jiddiy tasir ko ’ rsatadi . Bolaning hayotdagi kuzatishi o ’ sgan sayin kattalarga savollar bilan murojaat qilishi tabiiy holdir . Bunday savollrga diqqat bilan quloq solish , ularga yetib boradigan darajada tushuntirish , mustaqil o ’ rganishlariga yo ’ llanma berish bilan ota - ona bolaning ma ’ naviy taraqqiyotiga katta ta ’ sir ko ’ rsatdi . Kinoteatr , televideniye bolaning estetik taassurotlarini boyitadi , lekin ulardan rejali , maqsadga muvofiq foydalanilgandagina yaxshi samara beradi . Bolaning soatlab televizor ekrani oldida o ’ tirishi uning sog ’ lig ’ i va tarbiyasiga zarar yetkazadi , badiiy asarni yuzaki idrok etishga o ’ rgatadi . Bola o ’ z hissiyot va fikrlarini mustaqil

ijod etish - rasm solish , ashula aytish , oynash orqali ifodalanishiga imkon berishi muhimdir . Bolaning maktabga chiqishi doimo maktab ta ’ siri bilan muvofiq holda bo ’ lishi kerak . Oilaning vazifasi – bolalarni o ’ quv materiallari ustida mustaqil ishlashga , chidam bilan bilim olishga o ’ rgatishdan iborat . Ota - ona o ’ z bolalarini o ’ quv , uy vazifalarini tayyorlashlariga zaruriy yordam ko ’ rsatishlari bilan cheklanib qolmasdan , pedagoglar bilan aloqa bog ’ lab , bolaning maktabdagi hayoti bilan tanishib borishlari ham lozim . Yigit va qizlar o ’ smirlik davrirdagi hayotda o ’ z yorinlarini topish , kasb tanlash kabi hayotiy masalalarga duch keladi . Ota - ona bu davrda ularning nimaga qiziqishlarini kuzatib , o ’ rgatib , kasb tanlashlariga yordam berishlari zarur . Bolalarda jinsiy uyg ’ onish davrida ota - ona ular organizmi va psixikasida jinsiy o ’ zgarishlarni sekin - asta tushuntirishlari , ularga gigienik maslahatlar berishlari , axloqiy hissiyotlarini tarbiyalashlari lozim . Bolaning oiladagi tarbiyasida ota - onaning obro ’ si muhim ahamiyatga ega . Oiladagi kattalarning har bir xati - harakati , bir - birlari bilan muomilalari , ishlab chiqarishdagi mehnati , jamoa ishida ishtirok etish - yoshlar taqlid etishi uchun eng yorqin namunadir . jamoa Bolalikning turli yosh davrlarida tarbiyaning o ’ ziga xosliklari Uyida tinchi yo ’ qning har qayerda tinchi yo ’ q deydilar . Darhaqiqat , oilasida baxtli bo ’ lgan kishi har qayerda ham – ishxonada , ko ’ cha - kuyda , do ’ stlar davrasida , sayru - sayohatda ham kayfiyati yaxshi bo ’ lib , ko ’ ngli ochilib , xursand yuradi . Bordi - yu , kishi oilada tinchi bo ’ lmasa , uyidan ko ’ ngli to ’ liq bo ’ lmay , o ’ zini baxtsiz sanar ekan , har doim bu baxtsizlik soya tashlab turadi va kishining ko ’ ngli chekkasi doim xafagazak bo ’ lib turadi . Oilada totuvlik muhitining , oilaviy baxtning barqg ’ arorligi bir necha omillarga bog ’ liq , chunonchi , er - xotin o ’ rtasidagi chuqur mehr - oqibat , o ’ zaro hurmat va do ’ stlik , oila a ’ zolari o ’ rtasidagi qadr - qimat , o ’ zaro sadoqat va h . k . Bu omillar qotarida ota - ona va kattalar bilan bolalar o ’ rasidagi munosabat alohida o ’ rinda turadi . Biz bu o ’ rinda ana shu muhim omil ustida to ’ xtalib o ’ tmoqchimiz .