logo

Tarbiya jarayonining mazmun va mohiyati

Yuklangan vaqt:

23.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

25.318359375 KB
Mavzu: Tarbiya jarayonining mazmun va mohiyati.
REJA:
 1. “Tarbiya” tushunchasining mohiyati. Tarbiya xususiyatlari.
 2. Sharq mutafakkirlari barkamol shaxs tarbiyasi haqida. 
3. Tarbiya jarayonining qoidalari va prinsiplari . Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, 
tarbiyaviy jarayonning mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni 
tashkil etish muammolarini o‘rganadi. Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy 
nuqati nazardan yondashish o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan bog‘liq 
jarayonni ham qaytadan ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Tarbiya nazariyasi 
SHarq mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy 
tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o‘z qoidalarini asoslash uchun falsafa, 
sotsiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya kabi larning 
ma’lumotlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi p edagogikaning boshqa 
bo‘limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi hamda xalq 
ta’limi tizimini boshqarish bilan uzviy bog‘liq. Tarbiya jarayonining mazmuni . 
Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni 
har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib 
toptirish jarayoni.   Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan
maqsad yo‘lida har tomonlama voyaga etkazish, unda ijtimoiy ong va xulq- 
atvorni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonidir. Turli zamon va 
makonda ijtimoiy tarbiya mohiyati turlicha bo‘lib, uning mazmuni ijtimoiy 
maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Tarbiya g‘oyasi turlicha ifodalangan 
bo‘lsada, ammo yo‘naltiruvchanlik xususiyati hamda ob’ektiga ko‘ra yakdillikni
ifoda etadi. Tarbiya xususida taniqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday 
deydi: «Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo falokat,
yo saodat – yo falokat masalasidur» 1 . Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs 
tarbiyasi xussiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy ishdir. Zero, har bir xalqning 
taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan 
bog‘liq.   O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni qo‘lga 
kiritgach, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tub islohotlar olib borilmoqda. 
Islohotlarning asosiy g‘oyasi respublikaning riojlanish va taraqqiyot yo‘li deb 
e’tirof etilgan demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo etish uchun 
xizmat qiladi. Demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo etish 
vazifasi o‘sib kelayotgan yosh avlod zimmasiga yuklanadi. O‘zbekiston 
Respublikasining «Ta’lim to‘qrisida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy 
dasturi» hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning qator 
asar va nutqlari, chunonchi, «Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining 
poydevori», «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli asarlarida mustaqil 
respublikada ijtimoiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish maqsadi va vazifalari belgilab 
berilgan. Tarbiya - shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun 
uyushtirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkonini beradi.   Tarbiya jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchi 
(tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq 
maqsadga yo‘naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiya jarayonida 
tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, his- tuyg‘ulari rivojlanadi, ijtimoiy 
hayot uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan 
xulqiy odatlar hosil bo‘ladi. Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini 
pedagogik jihatdan to‘g‘ri uyushtirish g‘oyat muhimdir. Faoliyat jarayonida 
bola tashqaridan kelayotgan tarbiyaviy ta’sirlarga nisbatan ma’lum munosabatda
bo‘ladi. Bu munosabat shaxsning ichki ehtiyoj va xohishlarini ifodalaydi. 
Psixolog va pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning (xoh salbiy, 
xoh ijobiy) ta’siri bolaning ularga munosabatiga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Bola 
faoliyatini uyushtirishgina emas, balki tarbiyalanuvchining bu faoliyatga 
nisbatan turli kechinmalarni qanday anglashi, baholashi, his qilishi, ulardan o‘zi
uchun nimalarni olayotganligini bilishi zarur. Zero, tarbiya ijtimoiy 
munosabatlarning murakkablashib borishi asosida kechadi. Tarbiya jarayonida 
o‘quvchining ongigina emas, balki his-tuyg‘ularini ham o‘stirib borish, unda 
jamiyatning shaxsga qo‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy 
malaka va odatlarini hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun o‘quvchining 
ongi, hissiyoti va irodasiga ta’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi 
e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya jarayoniga 
o‘qituvchi rahbarlik qiladi. U o‘quvchilar faoliyatini belgilaydi, ularning 
ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi. Ijtimoiy 
jarayonda faol ishtirok etish orqali o‘quvchilarning mustaqilligi, ijodiy 
tashabbuskorligi ortib boradi. Faoliyat o‘quvchilar jamoasi manfaati va istagi 
asosida uyushtirilsa, bu jarayonda bolaning tengdoshlari va o‘zini o‘zi anglash 
jarayoni yuzaga keladi. Bola o‘z xulqi, xatti-harakati uchun jamoa oldida 
javobgarlikni sezishga erishgach, ijrochi emas, balki umumiy ishning faol 
qatnashchisi bo‘lib qoladi. Tarbiyani samarali yo‘lga qo‘yish uchun uning 
harakatlantiruvchi kuchi, tarbiya jarayonining manbaini yaxshi bilish va hisobga
olish muhimdir. Bu tarbiya jarayonidagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklardan 
iborat. Tarbiyada o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini ham hisobga olish 
kerak bo‘ladi. Bu jihat unutilsa, muayyan qarama-qarshiliklar vujudga keladi. 
Faoliyat jarayonida hosil bo‘lgan malaka va odatlar axloq me’yorlariga rioya 
qilishni engillashtiradi.   Demak, tarbiyachi bola shaxsining tez rivojlanadigan 
davri – o‘quvchilik yillarida uning ongiga turli faoliyat (o‘qish, mehnat, ijtimoiy
ishlar, o‘yin, sport, badiiy havaskorlik) yordami bilan maxsus ta’sir etish 
muhimdir. Aks holda xulq me’yorlari, axloq talablarini yaxshi tushunmay  qolishi natijasida shaxs ijtimoiy munosabatlarda beqaror, tasodifiy ta’sirga 
beriluvchan bo‘lib qolishi mumkin. Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshirilib, 
uning tarkibiy qismlari ayni bir vaqtda, faoliyatning biror turi asosida namoyon 
bo‘ladi. 1 Авлоний, Абдулла. Туркий гулистон ёҳуд ахлоқ. – Тошкент, 
Ўқитувчи, 1992.
  Umumiy pedagogika jarayonida tarbiya muhim o‘rin tutadi. SHaxsni 
shakllantirish, boshqarish, nazorat xarakteriga ega bo‘lib, bu borada belgilangan
vazifalar tasodifiy harakatlar orqali emas, balki oldinda belgilangan va puxta 
o‘ylangan rejalar asosida hal etib boriladi. Tarbiya jarayonida uning maqsadi, 
shakl va metodlari, shaxsning o‘zini-o‘zi tarbiyalash va qayta tarbiyalash 
jihatlari muhim o‘rin tutadi. Inson, uning har tomonlama uyg’un kamol toptirish
va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro’yobga chiqarishning sharoitlari va 
ta’sirchan maxanizmlarini yaratish eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning 
andozalarini o’zgartirish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlarning 
asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchi sifatida qaralmoqda.   Tarbiya 
hayotning eng muhim tirgagi (tayanchi) bo’lib hisoblanishi lozim. Har bir 
yoshni shunday tarbiyalash zarurki, u avvalo yaxshi o’qishni va so’ngra esa 
yozishni o’rganish bilan eng yuksak pog’onaga ko’tarilsin! (Avesto). Avvalom 
bor, tarbiya nazariyasi Markaziy Osiyo faylasuflarining va xalq 
pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi, tarbiya 
nazariyasi o’z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sosiologiya, etika, estetika 
huquqshunoslik, psixologiya fanlari ma’lumotlaridan foydalanadi. (Tarbiya 
nazariyasi o’z navbatida pedagogika fanining boshqa bo’limlari: 
pedagogikaning umumiy asoslari, pedagogika tarixi, ta’lim nazariyasi, 
maktabshunoslik bilan uzviy bog’langandir). Hozirgi zamon pedagogikasida 
tarbiya tarbiyachining tarbiyalanuvchi shaxsiga oddiy shunchalik ta’sir 
ko’rsatishi emas, balki tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning aniq bir 
maqsadga qaratilgan, bir-biri bilan hamkorlikda qiladigan munosabatlari va 
o’zaro ta’sir ko’rsatishi ekanligi alohida ta’kidlanadi.   Bugungi kunda XXI asrda
shunchaki bilim egasi bo’lgan insonni emas, balki ijodkor, o’z iste’dodi bilan 
ajralib turuvchi insonnn tarbiyalash zamon taqozosidir. Tarbiya jarayonida 
kishining qobiliyatlari rivojlanadi, g’oyaviy-axloqiy, irodaviy, estetik hislatlari 
shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy 
kuch-qudratlari mustahkamlanadi. Hamma davrning ilg’or kishilari tarbiyaga 
yuqori baho berganlar. Xalq donishmandlari va mutafakkirlaridan Zardusht, 
Muhammad al-Xorazmiy, Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Ahmad 
Farg’oniy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Axmad  Yassaviy, Maxmud Koshg’ariy, Shayx Najmiddin Kubro, Jaloliddin 
Manguberdi, Burxoniddin Zarnujiy, Burxoniddin Naqshband, Amir Temur, 
Mirzo Ulug’bek, Alisher Havoiy, Zaxiriddin Bobur, Zavqiy, Furqat, Avaz O’tar, 
Hamza, Abdulla Avloniylar inson kamolotini ilm-fan va tarbayada deb bilganlar.
“Qobil odamni tarbiya qilmaslik – zulmkor va noqobil odamga tarbiyani behuda
sarf qilish xayfdir. Tarbiyangni ayab unisini nobud qilma, tarbiyangni bunisiga 
zoya ketkizma”, - deb ta’kidlaydi A.Navoiy.   “Qayerda rag’batlantirish bo’lsa, 
umid shu tomonga yo’l oladi, qayerga don sepilsa, shu yerga qush qo’nadi” , - 
degan Al-Buxoriy (Al-jomye as-saxix 114-bet). Farobiy deydi: Muallim 
shogirdiga nisbatan o’ta hokimlikka ham yo’l qo’ymasligi lozim, chunki o’ta 
hokimlik shogirdda muallimga nisbatan nafrat uyg’otadi. Agar shogird 
muallimning bo’shlig’ini sezsa, unda muallimga va uning o’qiyotgan ilmiga 
nisbatan sovish va mensimaslik paydo bo’ladi, - deb ta’kidlaydi. J.J.Russo 
“Agar siz bolalardagi sho’xlikni o’ldirsangiz, hech qachon dono odamlarni 
voyaga yetkaza olmaysiz”, - degan fikrni bildirgan. A.S.Makarenko “...Men 
ta’sir qilishning jismoniy metodiga qarshiman... Umuman jismoniy jazoni 
metod sifatida tan olmayman. Men jismoniy jazo foyda keltirgan biror bir oilani
ko’rmadim”, - degan. Tarbiya metodlarida insonni har tomonlama kamol 
toptirish maqsadida bola ongi, his-tuyg’ulari, irodasi va xulq-atvoriga ta’sir 
ko’rsatishga aytiladi. A.S.Makarenko tarbiya metodlarini insonga ta’sir 
ko’rsatishni quroli deb ta’riflagan. Qimmatbaho marvarid donachasini 
oxirigacha parmalashda hadiksirab, ustalar uning bahosini tushunib yetmagan 
shogirdlariga berishadi. Shogirdlari butun borlig’i bilan ishga kirishib ketadi. 
Bunda ular qo’llari qaltiramay, qo’rqmasdan parmalashni davom ettirgan.
  Tarbiya jarayonida o’quvchida jamiyatning shaxsga qo’yadigan axloqiy 
talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlar hosil qilinadi. Bunga 
erishish uchun o’quvchining ongiga (ta’lim jarayonida) , hissiyotiga (darsda va 
turli sinfdan tashqari ishlarda), irodasiga (faoliyatni uyushtirish, xulqni idora 
qilish jarayonida) tizimli va muntazam ta’sir etib boriladi.Tarbiyalash jarayonida
bulardan birortasi (ongi, hissiyoti, irodasi) e’tibordan chetta qolsa, maqsadga 
erishish qiyinlashadi.Biror bir maqsadga qaratilgan tarbiya jarayonining 
mohiyati va vazifalari tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va tartibga solinadi.
A) O’quvchining qaysi xislatini shakllantirish yoki yo’qotish maqsadida 
rejalashtiriladi. 
B) Shu hislatlarni tarbiyalash yoki yo’qotish uchun xizmat qiluvchi manbalar 
izlab topiladi. V) Belgilangan maqsad uchun xizmat qiladigan nazariy va amaliy manbalarni 
qaysisini va qayerda ishlatish rejalashtiriladi.
Bunday rejaga solinib olib borilgan tarbiya mohiyatini ta’lim - tarbiya tizimi 
jamiyat va insonlarning intellektual va jismoniy faoliyati tashkil 
qiladi.Tarbiyaning birinchi xususiyati uning ko'p qirrali jarayon ekanligi bo’lib 
unda maktab, oila, bolalar va o'smirlar tashkilotlari, mahalla, keng jamoatchilik,
kino-teatr, televideniye, adabiyot va san'at ishtirok etadi.Tarbiyaning yana bir 
xususiyati uning uzoq muddat davom etishidir. Ta’limdan farqli ravishda u bola 
tug’ilganidan boshlanadi, maktab yillarida,undan keyin va butun umr bo’yi 
davom etadi.Tarbiyaning ta’limdan farqlantiruvchi yana bir xususiyati shundaki,
u yaxlit holda va konsentrik asosda amalga oshiriladi. Boshlang’ich sinfda ham,
o’rta va yuqori sinfda ham ayni bir narsa, masalan, do’stlik, ahillik, 
vatanparvarlik va boshqalarni tarbiyalash ko’zda tutiladi.Tarbiyaning yana bir 
xususiyati shundaki, bu jarayon ikki tomonlama xususiyatga ega bo’lib, unda 
bolaning o’zi ham faol ishtirok etadi.
   Tarbiyada qarama-qarshiliklarning ko’pligi yana bir xususiyatdir. Bu qarama-
qarshiliklar bolalarda o’z tushunchalariga muvofiq dastlabki paydo bo’lgan 
sifatlar bilan tarbiyachi tomonidan tarkib toptirilayotgan sifatlar o’rtasida 
o’quvchilarga qo’yilgan talablar bilan uni bajarish imkoniyatlari o’rtasidagi 
kurashlarda namoyon bo’ladi.Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli 
nihoyatda beqiyosdir. Mutafakkir olim Abu Nosir Forobiy ta’lim - tarbiyaning 
asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun 
xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi.Jamiyat 
taraqqiyotida muhim o’rin egallagan insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, 
mehnat qilishga undash va bu hatti harakatini sekin - asta ko’nikmaga aylantirib
borish lozim. Insonning mushohada qilishi qobiliyatni tarbiyalaydi va aqlni 
peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma’naviy manbaga aylanadi.
   Shu bilаn birgа ijtimоiy tаrbiya yo`nаlishlаri – ахlоqiy, аqliy, jismоniy, 
ekоlоgik, iqtisоdiy, huquqiy vа siyosiy tаrbiyaning хususiy mаqsаdidаn kеlib 
chiqqаn hоldа bir qаtоr vаzifаlаr аmаlgа оshirilаdi. CHunоnchi, 1) ахlоqiy 
tаrbiyani tаshkil etish jаrаyonidа – o`quvchilаrni ijtimоiy-ахlоqiy mе’yorlаr 
mаzmunidаn хаbаrdоr etish, ulаrgа ахlоqiy mе’yorlаrning ijtimоiy hаyotdаgi 
аhаmiyatini tushuntirish, ulаrdа ijtimоiy-ахlоqiy mе’yorlаr (tаlаb vаtа’qiqlаr)gа
nisbаtаn hurmаt hissini qаrоr tоptirish аsоsidа ахlоqiy оng vаmаdаniyatni 
shаkllаntirish;2) аqliy tаrbiyani yo`lgа qo`yish chоg`idа - o`quvchilаrni ilm-fаn,
tехnikа vа tехnоlоgiya bоrаsidа qo`lgа kiritilаyotgаn yutuqlаr, yangilik vа  kаshfiyotlаrdаn bохаbаr etish, ulаrgа ijtimоiy vа tаbiiy fаnlаr аsоslаri 
хususidаgi bilimlаrni bеrish tаrzidа tаfаkkurni shаkllаntirish, dunyoqаrаshini 
rivоjlаntirish; 3) jismоniy tаrbiyani tаshkil etish jаrаyonidа – o`quvchilаrni o`z 
sоg`liqlаrini sаqlаsh vа mustаhkаmlаsh, оrgаnizmni chiniqtirish, jismоniy 
jihаtdаn to`g`ri rivоjlаnishi hаmdа uning ishchаnlik qоbiliyatini оshirish 
bоrаsidа g`аmхo`rlik qilish tuyg`usini yuzаgа kеltirish, ulаrdа yangi hаrаkаt 
to`rlаri bоrаsidа ko`nikmа vа mаlаkаlаrni hоsil qilish, ulаrni mахsus bilimlаr 
bilаn qurоllаntirish, o`quvchilаrning yoshi, jinsigа muvоfiq kеlаdigаn (kuch, 
tеzkоrlik, chаqqоnlik, chidаmlilik, sаbоt, mеhnаt, chidаm, irоdа vа хаrаktеrni 
qаrоr tоptirish) аsоsiy hаrаkаt sifаtlаrini rivоjlаntirish, ulаrdа shахsiy gigiеnаni 
sаqlаshgа nisbаtаn оngli munоsаbаtlаrni tаrbiyalаsh; 4) estеtik tаrbiyani оlib 
bоrish jаrаyonidа – o`quvchilаrdа estеtik his-tuyg`u, estеtik  didni tаrbiyalаsh, 
ulаrning ijоdiy qоbiliyatlаri, estеtik ehtiyojlаri vа go`zаllikni  sеvish, 
go`zаllikkа intilish tuyg`ulаrini rivоjlаntirish, estеtik mаdаniyatni shаkllаntirish;
5) ekоlоgik tаrbiyani оlib bоrish chоg`idа – o`quvchilаrgа ekоlоgik bilimlаr 
bеrish аsоsidа shахs, jаmiyat vа tаbiаt birligi hаmdа аlоqаdоrligini 
o`quvchilаrgа tushuntirish, ulаrdа ekоtizimning insоn, insоniyat, jаmiyat 
tаrаqqiyotidаgi muhim o`rni vа mоhiyati bоrаsidаgi tushunchаlаrni qаrоr 
tоptirish, tаbiаtgа nisbаtаn ehtiyotkоrоnа vа mаs’uliyat bilаn munоsаbаtdа 
bo`lish, tаbiаtni аsrаsh to`g`risidа g`аmхo`rlik qilish kаbi tuyg`ulаrni qаrоr 
tоptirish, shuningdеk, ekоlоgik mаdаniyatni  shаkllаntirish; 6) g`оyaviy-siyosiy 
tаrbiyani tаshkil etish jаrаyonidа – o`quvchilаrgа siyosiy bilimlаrni bеrish, 
O`zbеkistоn Rеspublikаsi Kоnstitusiyasi, fuqаrоlik jаmiyati аsоslаri, milliy 
dаvlаt tuzilishi, dаvlаt оrgаnlаri fаоliyati, shuningdеk, O`zbеkistоn 
Rеspublikаsining chki vа tаshqi siyosаti mаzmunini o`rgаnishni tа’minlаsh 
аsоsidа o`quvchilаrdа siyosiy fаоliyat ko`nikmа vа mаlаkаlаrini tаrkib tоptirish,
siyosiy mаdаniyatni shаkllаntirish vа hоkаzоlаr.
Xulosa:
Tarbiya - har bir insonning hayotida, yashashi mobaynida orttirgan saboqlari va 
intellektual salohiyatlarining ijobiy ko’nikmasini o’zgalarga berish 
jarayoni.Tarbiyalanganlik - jamiyatda qabul qilingan axloqiy normalarga 
bo’ysunish va o’zgalarning nafratini qo’zg’atadigan hatti harakatlardan o’zini 
tiya bilish.Beruniy insonning kamolatga yetishishida ilmu ma’rifat, san’at va 
amaliyot asosiy rol o’ynasada, nasl - nasab, ijtimoiy muhit va turmush 
qonuniyatlari ham katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Uning fikricha  inson kamolga yetishuvining eng muhim omillari ilm ma’rifatli bo’lish va 
yuksak axloqlilikdir. Axloqlilikning belgilari yaxshilik, to’g’rilik, adolat, 
kamtarlik, saxovat, oliyjanoblik, do’stlik va hamkorlik, mehnat, poklik, 
go’zallikka intilish kabilardir.
Adolat - hayotiy masalalarni axloqiy va huquqiy normalarni rioya etgan holda 
hal etishdir.
  Adolat tushunchasi bilan bog’liq jihatlar juda keng qamrovli bo’lib, adolatli 
inson, adolatli jamiyat kabi tushunchalar shunday jihatlar jumlasiga kiradi. 
Adolatparvarlik tushunchasi esa adolat tamoyili amal qilgan holda ish olib 
borish, yo’l tutish, faoliyat yuritish demakdir. Birinchi Prezidentimiz 
I.A.Karimov "O’z kelajagimizni o’z qo’limiz bilan qurmoqdamiz" (1999 yil, 13 
fevral) mavzusidagi "Turkiston" gazetasi muxbirining savollariga javoblari biz 
uchun dasturilamal bo’ldi.Vatan, millat taqdiri hal bo’ladigan qaltis vaziyatda 
to’g’ri yo’lni tanlash uchun avvalo tarixni yaxshi bilish, hayotning achchiq- 
chuchugini bilish kerak. Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Umumiy pedagogikadan uslubiy qo'llanma.D.Axatova.[1]
2.Pedogogika O'.Yo'ldoshev Toshkent-2014[2]
3.Umumiy pedagogika. Sh.Abdullayeva Toshkent-2019[3]
4.Pedogogika J.Xasanboyev Toshkent-2013[4]

Mavzu: Tarbiya jarayonining mazmun va mohiyati. REJA: 1. “Tarbiya” tushunchasining mohiyati. Tarbiya xususiyatlari. 2. Sharq mutafakkirlari barkamol shaxs tarbiyasi haqida. 3. Tarbiya jarayonining qoidalari va prinsiplari .

Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi. Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqati nazardan yondashish o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan bog‘liq jarayonni ham qaytadan ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Tarbiya nazariyasi SHarq mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o‘z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya kabi larning ma’lumotlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi p edagogikaning boshqa bo‘limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi hamda xalq ta’limi tizimini boshqarish bilan uzviy bog‘liq. Tarbiya jarayonining mazmuni . Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo‘lida har tomonlama voyaga etkazish, unda ijtimoiy ong va xulq- atvorni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonidir. Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyati turlicha bo‘lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Tarbiya g‘oyasi turlicha ifodalangan bo‘lsada, ammo yo‘naltiruvchanlik xususiyati hamda ob’ektiga ko‘ra yakdillikni ifoda etadi. Tarbiya xususida taniqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: «Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo falokat, yo saodat – yo falokat masalasidur» 1 . Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi xussiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy ishdir. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritgach, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tub islohotlar olib borilmoqda. Islohotlarning asosiy g‘oyasi respublikaning riojlanish va taraqqiyot yo‘li deb e’tirof etilgan demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo etish uchun xizmat qiladi. Demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo etish vazifasi o‘sib kelayotgan yosh avlod zimmasiga yuklanadi. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘qrisida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning qator asar va nutqlari, chunonchi, «Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori», «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli asarlarida mustaqil respublikada ijtimoiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish maqsadi va vazifalari belgilab berilgan. Tarbiya - shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam

va tizimli ta’sir etish imkonini beradi. Tarbiya jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, his- tuyg‘ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo‘ladi. Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan to‘g‘ri uyushtirish g‘oyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan tarbiyaviy ta’sirlarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Bu munosabat shaxsning ichki ehtiyoj va xohishlarini ifodalaydi. Psixolog va pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning (xoh salbiy, xoh ijobiy) ta’siri bolaning ularga munosabatiga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Bola faoliyatini uyushtirishgina emas, balki tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan turli kechinmalarni qanday anglashi, baholashi, his qilishi, ulardan o‘zi uchun nimalarni olayotganligini bilishi zarur. Zero, tarbiya ijtimoiy munosabatlarning murakkablashib borishi asosida kechadi. Tarbiya jarayonida o‘quvchining ongigina emas, balki his-tuyg‘ularini ham o‘stirib borish, unda jamiyatning shaxsga qo‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlarini hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun o‘quvchining ongi, hissiyoti va irodasiga ta’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya jarayoniga o‘qituvchi rahbarlik qiladi. U o‘quvchilar faoliyatini belgilaydi, ularning ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi. Ijtimoiy jarayonda faol ishtirok etish orqali o‘quvchilarning mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi ortib boradi. Faoliyat o‘quvchilar jamoasi manfaati va istagi asosida uyushtirilsa, bu jarayonda bolaning tengdoshlari va o‘zini o‘zi anglash jarayoni yuzaga keladi. Bola o‘z xulqi, xatti-harakati uchun jamoa oldida javobgarlikni sezishga erishgach, ijrochi emas, balki umumiy ishning faol qatnashchisi bo‘lib qoladi. Tarbiyani samarali yo‘lga qo‘yish uchun uning harakatlantiruvchi kuchi, tarbiya jarayonining manbaini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Bu tarbiya jarayonidagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklardan iborat. Tarbiyada o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini ham hisobga olish kerak bo‘ladi. Bu jihat unutilsa, muayyan qarama-qarshiliklar vujudga keladi. Faoliyat jarayonida hosil bo‘lgan malaka va odatlar axloq me’yorlariga rioya qilishni engillashtiradi. Demak, tarbiyachi bola shaxsining tez rivojlanadigan davri – o‘quvchilik yillarida uning ongiga turli faoliyat (o‘qish, mehnat, ijtimoiy ishlar, o‘yin, sport, badiiy havaskorlik) yordami bilan maxsus ta’sir etish muhimdir. Aks holda xulq me’yorlari, axloq talablarini yaxshi tushunmay

qolishi natijasida shaxs ijtimoiy munosabatlarda beqaror, tasodifiy ta’sirga beriluvchan bo‘lib qolishi mumkin. Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshirilib, uning tarkibiy qismlari ayni bir vaqtda, faoliyatning biror turi asosida namoyon bo‘ladi. 1 Авлоний, Абдулла. Туркий гулистон ёҳуд ахлоқ. – Тошкент, Ўқитувчи, 1992. Umumiy pedagogika jarayonida tarbiya muhim o‘rin tutadi. SHaxsni shakllantirish, boshqarish, nazorat xarakteriga ega bo‘lib, bu borada belgilangan vazifalar tasodifiy harakatlar orqali emas, balki oldinda belgilangan va puxta o‘ylangan rejalar asosida hal etib boriladi. Tarbiya jarayonida uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning o‘zini-o‘zi tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim o‘rin tutadi. Inson, uning har tomonlama uyg’un kamol toptirish va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro’yobga chiqarishning sharoitlari va ta’sirchan maxanizmlarini yaratish eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o’zgartirish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchi sifatida qaralmoqda. Tarbiya hayotning eng muhim tirgagi (tayanchi) bo’lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash zarurki, u avvalo yaxshi o’qishni va so’ngra esa yozishni o’rganish bilan eng yuksak pog’onaga ko’tarilsin! (Avesto). Avvalom bor, tarbiya nazariyasi Markaziy Osiyo faylasuflarining va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi, tarbiya nazariyasi o’z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sosiologiya, etika, estetika huquqshunoslik, psixologiya fanlari ma’lumotlaridan foydalanadi. (Tarbiya nazariyasi o’z navbatida pedagogika fanining boshqa bo’limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, pedagogika tarixi, ta’lim nazariyasi, maktabshunoslik bilan uzviy bog’langandir). Hozirgi zamon pedagogikasida tarbiya tarbiyachining tarbiyalanuvchi shaxsiga oddiy shunchalik ta’sir ko’rsatishi emas, balki tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning aniq bir maqsadga qaratilgan, bir-biri bilan hamkorlikda qiladigan munosabatlari va o’zaro ta’sir ko’rsatishi ekanligi alohida ta’kidlanadi. Bugungi kunda XXI asrda shunchaki bilim egasi bo’lgan insonni emas, balki ijodkor, o’z iste’dodi bilan ajralib turuvchi insonnn tarbiyalash zamon taqozosidir. Tarbiya jarayonida kishining qobiliyatlari rivojlanadi, g’oyaviy-axloqiy, irodaviy, estetik hislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-qudratlari mustahkamlanadi. Hamma davrning ilg’or kishilari tarbiyaga yuqori baho berganlar. Xalq donishmandlari va mutafakkirlaridan Zardusht, Muhammad al-Xorazmiy, Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Ahmad Farg’oniy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Axmad

Yassaviy, Maxmud Koshg’ariy, Shayx Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Burxoniddin Zarnujiy, Burxoniddin Naqshband, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Alisher Havoiy, Zaxiriddin Bobur, Zavqiy, Furqat, Avaz O’tar, Hamza, Abdulla Avloniylar inson kamolotini ilm-fan va tarbayada deb bilganlar. “Qobil odamni tarbiya qilmaslik – zulmkor va noqobil odamga tarbiyani behuda sarf qilish xayfdir. Tarbiyangni ayab unisini nobud qilma, tarbiyangni bunisiga zoya ketkizma”, - deb ta’kidlaydi A.Navoiy. “Qayerda rag’batlantirish bo’lsa, umid shu tomonga yo’l oladi, qayerga don sepilsa, shu yerga qush qo’nadi” , - degan Al-Buxoriy (Al-jomye as-saxix 114-bet). Farobiy deydi: Muallim shogirdiga nisbatan o’ta hokimlikka ham yo’l qo’ymasligi lozim, chunki o’ta hokimlik shogirdda muallimga nisbatan nafrat uyg’otadi. Agar shogird muallimning bo’shlig’ini sezsa, unda muallimga va uning o’qiyotgan ilmiga nisbatan sovish va mensimaslik paydo bo’ladi, - deb ta’kidlaydi. J.J.Russo “Agar siz bolalardagi sho’xlikni o’ldirsangiz, hech qachon dono odamlarni voyaga yetkaza olmaysiz”, - degan fikrni bildirgan. A.S.Makarenko “...Men ta’sir qilishning jismoniy metodiga qarshiman... Umuman jismoniy jazoni metod sifatida tan olmayman. Men jismoniy jazo foyda keltirgan biror bir oilani ko’rmadim”, - degan. Tarbiya metodlarida insonni har tomonlama kamol toptirish maqsadida bola ongi, his-tuyg’ulari, irodasi va xulq-atvoriga ta’sir ko’rsatishga aytiladi. A.S.Makarenko tarbiya metodlarini insonga ta’sir ko’rsatishni quroli deb ta’riflagan. Qimmatbaho marvarid donachasini oxirigacha parmalashda hadiksirab, ustalar uning bahosini tushunib yetmagan shogirdlariga berishadi. Shogirdlari butun borlig’i bilan ishga kirishib ketadi. Bunda ular qo’llari qaltiramay, qo’rqmasdan parmalashni davom ettirgan. Tarbiya jarayonida o’quvchida jamiyatning shaxsga qo’yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlar hosil qilinadi. Bunga erishish uchun o’quvchining ongiga (ta’lim jarayonida) , hissiyotiga (darsda va turli sinfdan tashqari ishlarda), irodasiga (faoliyatni uyushtirish, xulqni idora qilish jarayonida) tizimli va muntazam ta’sir etib boriladi.Tarbiyalash jarayonida bulardan birortasi (ongi, hissiyoti, irodasi) e’tibordan chetta qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi.Biror bir maqsadga qaratilgan tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va tartibga solinadi. A) O’quvchining qaysi xislatini shakllantirish yoki yo’qotish maqsadida rejalashtiriladi. B) Shu hislatlarni tarbiyalash yoki yo’qotish uchun xizmat qiluvchi manbalar izlab topiladi.