logo

Tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari. Tarbiya maqsadining jamiyat ijtimoiy ehtiyoji asosida belgilanishi

Yuklangan vaqt:

23.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

36.232421875 KB
Tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari.  Tarbiya maqsadining jamiyat
ijtimoiy ehtiyoji asosida belgilanishi .
REJA:
1. Tarbiya tushunchasi, tarbiyaning maqsadi va vazifalari
2. Sharq mutafakkirlarining tarbiya haqidagi fikrlari
3. Tarbiya jarayonining o’ziga xos xususiyatlari
4. Tarbiya jarayonining qonuniyatlari va tamoyillari
Tayanch tushunchalar: Tarbiya jarayoni, tarbiya qonuniyatlari, tarbiya 
printsiplari, ijtimoiy tarbiya, milliy tarbiya.
I.Tarbiya tushunchasi, tarbiyaning maqsadi va vazifalari
Tarbiya   nazariyasi-pedagogika   fanining   bir   qismi   bo’lib,   tarbiyaviy   jarayonning
mohiyati,   mazmuni,   qonuniyatlari,   printsiplari,   metodlari   hamda   tashkil   etilishi
masalalarini   o’rganadi.
Tarbiya   jarayoni,   deymiz.   Jarayon   o’zi   nima?   Har   qanday   jarayon   –   harakatdir,
rivojlanishdir,   moddiy   dunyodagi   narsalar,   hodisalarning   asta-sekin   o’zgarishidir.
Tarbiya jarayoni ham yosh avlodda aqliy kuchlarni rivojlantirishga va ma‘naviy –
axloqiy   sifatlar,   e‘tiqodlarni,   ilmiy   dunyoqarashlarni   shakllantirishga   qaratilgan
harakatdir.
Shaxs kamolotida tarbiya yetakchi rol o’ynaydi. Tarbiya rivojlanayotgan shaxsning
ijtimoiy   tajribani   o’zlashtirish   bo’yicha   faoliyatni   tashkil   etishdan   iborat,   aniq
maqsadga   qaratilgan   va   boshqariladigan   jarayondir.
Ijtimoiy-tarixiy   tajribani   avloddan   avlodga   o’tishi,   uni   yangi   avlod   tomonidan
o’zlashtirilishi natijasida shaxs hayotga, mehnatga va muayyan kasbga yo’naltirish
jarayoniga   tarbiya   deymiz.
Tarbiya   ilmiy,   boshqariluvchi,   aniq   maqsad   sari   yo’naltirilgan   jarayondir.
Arastu: tarbiyaning maqsadi, vazifasi insonga tabiat ato etmagan narsalarni o’rnini
to’ldirish,   shakllantirishdir,   deydi.
Tabiat   insonga   tayyor   qobiliyat,   tayyor   dunyoqarash,   iymon-e‘tiqod,   ma‘naviyat,
axloqiy-ma‘naviy   qarashlar,   madaniyat   va   boshqalarni   ato   etmaydi.   Bu
xususiyatlar   tug’ma   emas.   Ular   shaxsda   tarbiya,   ta‘lim   jarayonida   shakllanadi.
Tarbiya   shaxs   ongini   muayyan   jamiyatning   maqsad   va   vazifalariga   muvofiq
ravishda   tarkib   toptirish   va   rivojlantirish   jarayoni,   shaxsni   ijtimoiy-iqtisodiy   va
madaniy   hayotda   faol   ishtirok   ettirishga   qaratilgan   barcha   ta‘sirlarmajmuidir
(“Vatan   tuyg’usi”).
Xalq   pedagogikasida   odamzot   farzandini   boqib,   ta‘lim   berib   katta   qilish ,   voyaga
yetkazish   uchun   qilinadigan   mehnat   va   g’amhurlikni   tarbiya   deb   tushuntiriladi.
Odamga   ish-hunar   o’rgatish   va   umuman   shaxsning   g’oyaviy-ma‘naviy   qiyofasini
shakllantirishga   qaratilgan   ta‘lim   tizimi   ham   tarbiya   sarasiga   kiradi.
Ilmiy   manbaalarda,   pedagogik   adabiyotlarda,   pedagogikadan   darslik   va qo’llanmalarda tarbiyaga yuqorida keltirilgandek turlicha ta‘rif beriladi va ularning
barchasi   o’z   o’rnida   to’g’ridir.
Tarbiya   ijtimoiy   xodisadir,   kishilik   jamiyatiga   xos   xodisadir.   Inson   ham,   uning
tarbiyasi ham o’z mohiyati bilan ijtimoiydir. Ya‘ni inson faqat jamiyatda, insonlar
muhitida,   o’zaro   munosabatlar   jarayonida,   katta   avlodga   xos   ijtimoiy   tajribani
o’zlashtirib   olish   orqali   shakllanadi.Tarbiyaning   ijtimoiy   hodisa   sifatida   mohiyati
ana   shu.
Tarbiya   jarayondir,   tarbiya   keng   ma‘noda   yoshlarni,   insonlarni   ob‘ektiv   va
sub‘ektiv ta‘sirlar asosida aqliy, axloqiy, amaliy, jismoniy shakllanish jarayonidir.
Biron bir maqsaga qaratilgan tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari tarbiyachi
tomonidan   rejalashtiriladi   va   tarbiyaga   solinadi:
a)   o`quvchi   –   talabaning   qaysi   xislatini   shakllantirish   yoki   yo’qotish
maqsadida   rejalashtiriladi:
b)   shu   xislatlarni   tarbiyalash   yoki   yo’qotish   uchun   xizmat   qiluvchi   manbaalar
izlab   topiladi:
v)   belgilangan   maqsad   uchun   xizmat   qiladigan   nazariy   va   amaliy
manbaalarni   qaysini   va   qaerda   ishlashni   rejalashtiriladi:
Xalqimiz   ta‘lim   beruvchini   muallim,   tarbiya   beruvchini   murabbiy   deydi.
Ta‘lim   va   tarbiya   yagona   jarayondir.   Lekin   ular   aynan   bir-biriga   uxshash   emas.
Ta‘lim   va   tarbiyaning   birligi   avvalo   ular   maqsadining   umumiyligidan   iborat.
Tarbiyaning   vazifalari   keng   va   ko’p   qirralidir.   Ta‘limning   asosiy   vazifasi
o`quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish bo’lsa, tarbiya esa
yosh avlodni jamiyatimizda qabul qilingan odob-axloq qoidalariga mos keladigan
e‘tiqod,   axloqiy   malaka   va   ko’nikmalarni,   extiyoj   va   intilishlarni   tarkib
toptirishdan   iborat.
Pedagogik jarayon agar  tarbiya ta‘limda oldin yursagina  yaxshi  samaralar  beradi.
Tarbiya   ta‘limga   nosbatdan   ustivor   bo’lishi   kerak.
Bilim   boshqa,   tarbiyalanganlik   boshqa.   Bilimli   bo’lish   degani   shaxs   tarbiyalandi,
degani   emas.   Shaxs   bilimli,   ammo   tarbiyasiz,   axloqsiz,   ma‘naviyatsiz,
madaniyatsiz   bo’lishi   mumkin.
“Bilimlar   yaxshi   xulq   bilan   bezalishi   kerak”,   degan   edi   buyuk   mutafakkir
A.N.Farobiy.   Xalqimiz   ham   “Olim   bo’lish   oson,   odam   bo’lish   qiyin”,   maqolini
bekorga   yaratmagan.
Tarbiya   jarayoni   o’ziga   xos   bir   qancha   xususiyatlarga   ega.   Ular   quyidagilar:
ta‘lim   jarayoni   ta‘limga   nisbatdan   murakkab   jarayon   hisoblanadi.
Tarbiya   jarayoni   davomli   uzluksizdir.   XVIII   asrda   yashagan   frantsuz
ma‘rifatparvari   K.A.Gelvetsiy   (1715-1771)   tarbiyaning   davomli   jarayon   ekanligi
haqida   gapirib   bunday   degan   edi:   Men   hali   ham   o’rganishni   davom
ettirmoqdaman;   mening   tarbiyam   hali   ham   tugallangani   yo’q.   Qachon   u
tugallanadi? U qachon men unga qobilyatsiz bo’lib qolganimda; o’limimdan keyin
tugallanadi. Hayotimning barchasi, aslini olganda, faqat birgina davomli tarbiyadir.
-   tarbiya   jarayoni   ham   ikki   tomonlama   jarayondir:
-   tarbiya   jarayoni   dialektik   xususiyatga   ega:
-   tarbiya   natijalarining   bir   xil   bo’lmasligi:
-   tarbiyaning   komleks   ya‘ni   yaxlit   xususiyaiga   ega   ekanligi. Oila,   turli   jamoa   tashkilotlari,   fan-texnika,   adabiyot,   san‘at,   ommaviy   axborot
vositalari,   radio,   televidenie   va   boshqalar   ham   tarbiyaga   kuchli   ta‘sir   ko’rsatadi.
Tarbiya   jarayonida   shaxsning   turli   qobiliyatlari   rivojlanadi,   g’oyaviy   aqliy,
irodaviy,   estetik   xislatlari   shakllanadi,   tabiatga,   jamiyatga   ilmiy   qarashlari   tarkib
topadi,   jismoniy   kuch-quvvatlari   mustakamlanadi.
Tarbiya-O`zbekiston   mustaqilligining   ma‘naviy   asoslarini   mustahkamlanishida ,
jamiyatimiz   ijtimoiy   taraqqiyotida,   har   tomonlama   barkamol   avlodni
shakllantirishda   xal   qiluvchi   qudratli   omildir.
Tarbiyaning eng muhim vazifalaridan biri yoshlarning ongi, qalbiga milliy istiqlol
g’oyalarini   singdirish,   ularda   milliy   ong,   g’ururni   shakllantirishdir.
Hozirig  kunda   tarbiya  jarayonida  yoshlarda   o’zbek   xalqiga  xos  ma‘naviy-axloqiy
sifatlarni ayniqsa, iymon-e‘tiqod, yangicha dunyoqarash, Vatanga muhabbat, unga
fidoyilik,   vatanparvarlik,   boshqa   millat   kishilariga   hurmat,   insonparvarlik,   mehr-
muruvvat,   sharm-hayo,   mehnatsevarlik,   mehmondo’stlik   kabi   fazilatlarni
tarbiyalash ta‘lim maskanlari jamoalarining, o`quvchi-murabbiylarimizning muhim
vazifasidir.
Endilikda   yadro   maydonlarida   emas,   mafkura   maydonlarida   emas,   mafkura
maydonlarida   bo’layotgan   kurashlar   ko’p   narsani   hal   qiladi,   deydi   davlatimiz
boshlig’i   I.A.Karimov.   Bugungi   mafkuraviy   Xuruj   juda   xafli.   Bu   xuruj   insonlar
ongini   buzuq   g’oyalar   bilan   zaharlashga   intilmoqda.   Bunday   mafkuraviy
xurujlardan   yoshlar   ongini,   o’zbekning   o’zligini   asrashimiz   kerak.   Yoshlarga
bunday   buzug’   g’oyalar,   mafkuraviy   xurujlarning   maqsad-mohiyatini   tushuntirib
berishimiz   zarur.
Bu-tarbiya   yo’li   bilan,   mafkuraviy   tarbiya   yo’li   bilan   amalga   oshali,   deydi
yurtboshimiz.
Tarbiya   jarayonining   tuzilishi.   Tarbiya   jarayoni   quyidagi   bosqichlarni   o’z   ichiga
oladi:
tarbiyaviy   vazifalarni   belgilash;
Uning   mazmuning,   shakl   va   metodlarini   aniqlash;
O`quvchi-talabalarini   umumiy   talablar,   me‘yorlar   bilan   tanishtirish;
Ularda   ilmiy   dunyo   qarash   va   e‘tiqodlarni   shakllantirish;
Amaliy   ko’nikma   va   malakalarni   tarkib   toptirish;
O`quvchilarning   tarbiyalanganlik   darajasini   aniqlash,   uni   taxlil   qilish   ya‘ni
monitoringini   olib   borish   va   boshqalar.
Sharq mutafakkirlarining tarbiya haqidagi fikrlari
Mashhur   Shaxslarning   Tarbiya   Haqidagi   Fikrlaridan.
Bilim, ma‘rifat yaxshi hulq, axloq bilan bezanmog’i lozim.
(Abu   Nasr   Farobiy) “Men   farzand   tarbiyalashda   davlatni   boshqarishdan   ko’ra   chuqurroq   mushohada ,
undan   ham   chuqurroq   donoshmandlik   kerakligiga   ishonch   qildim”
(Amir   Temur)
“Bizga   bitiruvchilar   emas,   maktab   ta‘lim-tarbiyasini   ko’rgan   shaxslar   kerak”
(Islom   Karimov)
“Tarbiya   uch   narsa   ehtiyoj   sezadi:   iste‘dodga,   ilmga   va   mashqqa”
(Arastu)
“Yaxshi   tarbiya-millat   ichidan   buyuk   insonlarni   ko’paytirishga,   qolganlarni   esa
sog’lom   fikr   yurituvchi  fuqarolarga  aylantirishga   qodir”  degan   edi   ma‘rifatparvar
Gelvedtsiy
“Tarbiya biz uchun yo hayot,yo mamot, yo najod, yo halokat, yo saodat, yo falokat
masalasidir”.
(Abdulla   Avloniy)
Tug’ub   tashlov   bila   bo’lmas,   bola   bo’lg’ay   balo   sizga,
Vujudi   tarbiyat   topsa,   bo’lur   ul   rahnoma   sizga.
(Abdulla   Avloniy)
Bordir   inson   zotiga   ancha   sharaf,
Yomon   hulqini   etsa   bartaraf.
Maktab sharoitida tarbiyaviy ishlar o`quvchilar, sinf rahbarlari tomonidan amalga
oshiriladi.   Ular   tarbiyani   jamiyatning   maqsadi   hamda   vazifalariga   muvofiq
ravishda tashkil etadilar.
Tarbiya jarayoni o’z-o’zini tarbiyalash va qayta tarbiyalash jarayonlari bilan o’zaro
bog’liq.
O`quvchi shaxsi tarbiya ob‘ektigina emas, yeng muximi u tarbiya sub‘ekti hamdir.
Tarbiyaning   asosiy   turlari   ikkitadir:   Oila   tarbiyasi   va   ijtimoiy   tarbiya.   “Ijtimoiy
tarbiya” iborasini ancha tor ma‘noda shaxsga ta‘sir ko’rsatishning maxsus tuzilgan
ijtimoiy   institutlarida,   ya‘ni   ta‘lim   maskanlarida   amalga   oshiriladigan   jarayonini
ifodalash   uchun   ishlatiladi.   Ijtimoiy   tarbiya   jarayonida   yosh   avlod   o’tmish
tajribalarini o’zlashtirib, yanadaboyitadi. Tarbiya shaxsni axloqiy-ma‘naviy, aqliy,
jismoniy,   huquqiy   kamolotida   muhim   o’rin   tutadi.   Shunga   ko’ra   ijtimoiy
tarbiyaning   bir   necha   turlari:   aqliy,   axloqiy,   jismoniy,   estetik   mehnat,   huquqiy
tarbiya   kabi   turlari   bor.   Bulardan   tashqari   diniy   tarbiya,   harbiy   tarbiya   ham
mavjud.
Bugungi   kunda  O`zbekiston   jamiyati   Prezidentimiz   boshchiligida   bosh   tarbiyachi
vazifasini   o’tamoqda.   Tarbiyaviy   ishlarning   muvaffaqiyatini   ko’pgina   omillar
belgilaydi.   Bu   omillar   quyidagilar:   Ta‘limning   tarbiyaviy   imkoniyatlarni
kengaytirish,   maktab   o`quvchilari   bajaradign   ijtimoiy-foydali   mehnatni   aniq
rejalashtirish,   maktab,   oila   va   jamoatchilikning   tarbiyaviy   ta‘sirini   birlashtirish,
maktabda turli xildagi tarbiyaviy ish shakllari  (Yakka tartibdagi, guruh, ommaviy
ish shakllari) ni, tarbiyaviy tadbirlarini jonlantirish, o`quvchilar faolligini oshirish, tarbiyalashni   qayta   tarbiyalash   bilan   birga   qo’shib   olib   borish   va   boshqalar.
III.Tarbiya   jarayoni   mohiyati   va   o‘ziga   xos   xususiyatlari.
Tarbiya   jarayoni   o‘ziga   xos   xususiyatlarga   ega.   Uning   muhim   xususiyati   aniq
maqsadga   yo‘naltirilganligidir.Zamonaviy   talqinda   tarbiya   jarayoni   o‘qituvchi   va
o‘quvchi   (tarbiyachi   va   tarbiyalanuvchi)lar   o‘rtasida   tashkil   etiluvchi   hamda   aniq
maqsadga   yo‘naltirilgan   samarali   hamkorlik   jarayoni   demakdir.   Zero,   tarbiya
jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyalari tashkil etiladi, boshqariladi va
nazorat   qilinadi.
Tarbiya   jarayoni   ko‘p   qirrali   jarayon   bo‘lib,   ular   tarbiya   mohiyatini   yoritishga
xizmat   qiluvchi   ichki   va   tashqi   (subyektiv   va   obyektiv)   omillar   asosida   tashkil
etiladi.   Subyektiv   omillar   shaxsning   ichki   ehtiyojlari,   qiziqishlari,   hayotiy
munosabatlarini   anglatish,   obyektiv   omillar   esa   shaxsning   hayot   kechirishi,
shakllanishi,   hayotiy   muammolarini   ijobiy   hal   etishi   uchun   sharoit   yaratadi.
Tarbiya   maqsadi   pedagogik   faoliyat   mazmuni,   yo‘nalishi,   shakli   hamda   obyektiv
sharoitlar   bilan   qanchalik   mutanosib   kelsa,   shaxsni   shakllantirish   borasida
shunchalik   muvaffaqiyatga   erishiladi.   Tarbiya   jarayonining   tashkil   etilishi   va
boshqarilishida nafaqat o‘qituvchi faoliyati, balki o‘quvchining yosh va psixologik
xususiyatlari,   o‘y-fikrlari,   hayotiy   qarashlari   ham   muhim   o‘rin   tutadi.
Tarbiya   jarayonining   yana   bir   xususiyati   uning   uzoq   muddat   davom   etishidir.
Tarbiya   natijalari   tez   sur’atda   yaqqol   ko‘zga   tashlanmaydi.   O‘zida   insoniyat
sifatlarini namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda uzoq muddatli
davr   talab   etiladi.   Maktab   tarbiyasi   shaxs   ongi ,   dunyoqarashini   shakllantirishda
muhim o‘rin tutadi. Chunki yoshlik yillarida insonda odob tizimi  yuqori darajada
ta’sirchan hamda beqaror bo‘ladi. Shu bois tarbiya muvaffaqiyati ayni o‘quvchilik
yillarida   shaxsga   to‘g‘ri   tarbiya   berish   lozimligini   taqozo   etadi.   Tarbiya
jarayonining   yana   bir   muhim   xususiyati   uning   uzluksizligi   sanaladi.   Tarbiya
jarayoni   o‘quvchilar   va   o‘qituvchining   birgalikdagi   uzluksiz,   tizimli   harakatlari
jarayonidir.   O‘quvchilarda   ijobiy   sifatlarni   qaror   toptirishda   yagona   maqsad   sari
yo‘naltirilgan,   bir-birini   to‘ldiruvchi,   boyitib   boruvchi,   takomillashtiruvchi
tarbiyani   tashkil   etish   alohida   ahamiyat   kasb   etadi.   Shu   bois,   oila,   ta’lim
muassasalari   va   jamoatchilik   hamkorligida   tashkil   etilayotgan   tarbiyaviy
tadbirlarni   uzluksiz   o‘tkazilishiga   erishish   maqsadga   muvofiqdir.
Maktab   yoshidagi   bolani   tarbiyalashda   maktab   yetakchi   o‘rin   egallasa   ham,
bolalarga   uzluksiz   ta’sir   o‘tkaza   olmaydi.   Chunki   bolalar   ma’lum   muddatgina
maktab,   o‘qituvchining   tarbiyaviy   ta’siri   ostida   bo‘lib,   qolgan   vaqtning   asosiy
hismini   oilada,   ko‘chada,   jamoat   orasida   o‘tkazadilar.   Kuzgi,   qishki,   bahorgi   va
ayniqsa,   yozgi   ta’til   davrlarida   o‘quvchilar   maktab,   o‘qituvchi   ta’siridan   chetda
qoladilar.   Demak,   maktabda   bolalarni   tarbiyalash   vaqt   jihatidan   chegaralangan
bo‘lib,   sinfdan   va   maktabdan   tashqari   amalga   oshiriladigan   tarbiyaviy   ishlardan
holi   vaqtda   ular   o‘qituvchi   yoki   tarbiyachining   tarbiyaviy   ta’siri   va   nazoratidan
uzoqlashadilar.
O‘quvchilarga   nisbatan   maktab   (ta’lim   muassasasi)ning   ta’sirini   susaytirmaslik maqsadida,   sinfdan   va   maktabdan   tashqari   hamda   ta’til   davrlarida   tarbiyaviy
ishlarga   alohida   e’tibor   beriladi.
Ayni   vaqtda,   respublikada   o‘quvchilarning   ta’lim-tarbiya   muassasalaridan
uzoqlashtirmaslik   maqsadida   qo‘shimcha   ta’lim   muassasalari   faoliyat
ko‘rsatmoqda.   qo‘shimcha   ta’lim   muassasalarida   o‘quvchilar   xususiy   fanlar   va
xorijiy   tillarni   mukammal   o‘rganishlari,   texnika   va   badiiy   yo‘nalishlar   bo‘yicha
bilim olishlari, amaliy faoliyat ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari mumkin. qo‘shimcha
ta’lim   muassasalarida   tashkil   etilayotgan   turli   yo‘nalish   va   mavzulardagi
uchrashuv,   ko‘rgazma,   ko‘rik   va   suhbatlar   o‘quvchilarning   tafakkur   dunyosini
boyitishda,   ularda   mustahkam   xarakter   va   irodani   tarkib   toptirishda   muhim   o‘rin
tutadi.
Tarbiya   jarayonining   yana   bir   xususiyati   uning   yaxlit   tarzda   tizimli   tashkil
etilishidir.   Yaxlitlik   shundan   iboratki,   tarbiya   jarayonining   maqsadi,   mazmuni,
vazifalari   va   metodlarining   birligi   shaxsni   shakllantirish   g‘oyasi   amalga   oshirish
uchun xizmat qiladi. Bizga ma’lumki, shaxs sifatlari navbatma-navbat emas, balki
yaxlit   tarzda   o‘zlashtiriladi.   Shu   bois   pedagogik   ta’sir   ham   yaxlitdir,   tizimlilik
xarakteriga   ega   bo‘lishi   mumkin.Tarbiya   jarayonining   yaxlitlik,   tizimlilik
xususiyati   bir   qator   muhim   pedagogik   talablarga   amal   qilishi   o‘qituvchi   bilan
o‘quvchilar   o‘rtasidagi   hamkorlikni   ehtiyotkorlik   bilan   qaror   toptirishi   talab
qiladi.Ikki   tomonlama   aloqa   ikki   yo‘nalishda,   ya’ni,   o‘qituvchining   o‘quvchiga
nisbatan   ko‘rsatadigan   ta’siri   (to‘g‘ri   aloqa)   hamda   o‘quvchining   o‘qituvchiga
nisbatan   munosabati   (teskari   aloqa)   tarzda   tishkil   etiladi.
Tarbiyaning   pedagogik   texnologiyasi   nazariyasi   g‘oyasiga   muvofiq   endilikda
o‘quvchi   tarbiya   jarayonining   obyektigina   bo‘lib   qolmasdan,   subyektiv   sifatida
ham   faoliyat   ko‘rsatadi.   Shuning   uchun   o‘qituvchi   o‘quvchining   ichki
imkoniyatlari,   unga   nisbatan   bo‘layotgan   tashqi   ta’sirlar,   axborot   manbalarini
inobatga   olishi   zarur.   Agarda,   mazkur   talab   unutilsa,   shaxsni   tarbiyalash
qiyinlashadi   yoki   barcha   urinishlar   samarasiz   yakunlanadi.Mana   shundan   tarbiya
jarayonining   yana   bir   muhim   xususiyati   –   tarbiyada   qarama-qarshiliklarning
mavjudligi   kelib   chiqadi.   Ushbu   qarama-qarshiliklar   o‘quvchilarda   o‘z
tushunchalariga   muvofiq   paydo   bo‘lgan   dastlabki   sifatlar   o‘rtasida   yoki
o‘quvchilarga   qo‘yiladigan   talablar   bilan   ularni   bajarish   imkoniyatlari   o‘rtasida
ziddiyatlarning   kelib   chiqishi   uchun   zamin   yaratadi.
Bundan   tashqari,   bu   qarama-qarshiliklar   ko‘pincha   bolaning   ongi   bilan   xulqi   bir-
biriga muvofiq bo‘lmasligidan, o‘qituvchi va tarbiyachilarning o‘quvchilar yosh va
shaxsiy psixologik xususiyatlari (fe’l-atvori, xarakteri, qiziqishlari, jismoniy, ruhiy
va   fiziologik   sog‘lomligi)ni   yaxshi   bilmasligi   oqibatida   kelib   chiqadi.
Demak,   tarbiya   jarayoni   o‘zida   quyidagi   xususiyatlarni   namoyon   etidi:
-   aniq   maqsadga   yo‘naltirilgan   jarayon;
-   ko‘p   qirrali   jarayon;
-   uzoq   muddatli   jarayon;
-   yaxlit   tizimlilik   jarayon; -   ikki   tomonlama   aloqa   jarayoni;
-   qarama-qarshiliklardan   iborat   jarayon.
Tarbiya mazmunida oldinga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga muvofiq o‘quvchilar
tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar, shaxs xulq-
atvori   hamda   sifatlarining   mohiyatini   aks   ettiradi.   Tarbiya   mazmuni   ijtimoiy-
iqtisodiy   taraqqiyot,   kishilik   munosabatlari   mohiyati   va   darajasi   shuningdek,
jamiyat   mafkurasi   g‘oyalaridan   kelib   chiqqan   holda   belgilanadi.   Zamonaviy
tarbiya   mazmunida   quyidagi   g‘oyalar   yotadi:
1.Tarbiya   maqsadining   aniqligi ,   O‘zbekiston   Respublikasining   ijtimoiy   -   siyosiy
mustaqilligining   dastlabki   yillaridayoq   respublikada   amalga   oshirilishi   ko‘zda
tutilgan   bo‘lib,   tarbiya   maqsadi   aniq   belgilab   olingan   edi.   O‘zbekiston
Respublikasining   “Ta’lim   to‘g‘risida”   gi   qonuni   g‘oyalariga   ko‘ra   ijtimoiy
tarbiyaning   asosiy   maqsadi   erkin,   ijodkor,   mustaqil   fikr   egasi   bo‘lgan   komil
insonni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish yo‘lidagi
asosiy vosita bu, shaxsda umumiy madaniyatni tarkib toptirishdir, ya’ni, shaxsning
aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik,  iqtisodiy, ekologik, Huquqiy, mafkuraviy hamda
mehnat madaniyatini tarbiyalash kabi tarbiyaning bosh maqsadini amalga oshirish
imkoniyatini   yaratish   ko‘zda   tutiladi.
2.   Bolalar   va   kattalarning   birgalikdagi   faoliyati.   O‘qituvchining   bolalar   bilan
ma’naviy   ma’daniyati   eng   yaxshi   namunasini   izlashi,   shu   asosda   tarbiyachi
insonning   hayotiy   meyor   va   qadriyatlarini   ishlab   chiqishi   o‘quvchini   tarbiya
jarayonida   faolligini   ta’minlashga   olib   keladi.   Dunyoqarashi   hali   to‘la   –   to‘kis
shakllanmagan   bolalar   uchun   kattalarning   hayotiy   tajribalari   hamda   ularning
shaxsiy   namunalari   katta   tarbiyaviy   ta’sirga   ega.
3.   O‘z-o‘zini   anglash.   Tarbiya   insonda   e’tiqod,   demokratik   qarashlar   va   hayotiy
pozitsiyaning   shakllanishiga   olib   keladi.   Tarbiya   mazmunining   eng   muhim
jihatlaridan   biri   –   bu   insonning   hayotida   o‘z-o‘zini   anglashi   inson   o‘z   shaxsiy
hayoti   va   baxtining   subyekti   sifatida   e’tirof   etilishi   bilan   tavsiflanadi.   Inson
kamolotida   fuqarolik,   kasbiy   va   axloqiy   o‘z-o‘zini   anglash   g‘oyalarga   tayanib
tarbiyalash   muhim   ahamiyatga   egadir.
4.   Tarbiyaning   yo‘naltiruvchanligi.   Mazkur   g‘oya   maktab   (ta’lim   muassasalari)
amaliyotining markaziy nuqtasida tarbiyaviy ishlar dasturi, tadbirlari, shakl, metod
va   vositalari   emas,   balki   o‘quvchi   turganligini   anglatishga   xizmat   qiladi.   Tarbiya
jarayonida   uning   shaxsiy   xususiyatlari,   qiziqishlari,   o‘ziga   xos   tavsifi   o‘z   qadr-
qimmatini   anglash   tuyo‘ulari   rivojlantirilib   borilishi   zarur.
5.   Ixtiyoriylik.   Tarbiyalanuvchilarning   iroda   erkinligisiz   tarbiya   g‘oyalari
mohiyatini qaror  toptirish mumkin emas.  Tarbiya jarayoni, agar u oqilona tashkil
etilsa,   bir   vaqtning   o‘zida   ham   o‘qituvchi   va   o‘quvchi   ma’naviyatining
boyitilishiga   ham   xizmat   qiladi.   Agar   tarbiyachi   (o‘qituvchi)   o‘quvchining
qiziqishi,   faoliyati,   o‘rtoqlik  va   fuqarolik  burchini   anglashi,   mustaqillikka   intilish
tuyo‘ularini   ko‘ra   va   anglay   olsagina   uning   shaxsiga   ta’sir   ko‘rsatishga
yo‘naltirilgan   faoliyatda   samaraga   erishadi. 6.   Jamoat   yo‘nalishi.   Tarbiyaviy   ishlar   mazmunida   jamoaga   nisbatan   ijobiy
munosabatni   qaror   toptirish   yotadi.   Jamoa   yordamida   shaxsning   har   tomonlama
taraqqiyoti   unda  dunyoni   anglash  va  uni  to‘laqonli  talqin  etish,  insonparvarlik  va
hamkorlik   tuyo‘ularining   yuzaga   kelishi   va   rivojlanib   borishi   amalga   oshiriladi.
Zamonaviy   pedagogik   jarayonda   tarbiyalanuvchiga   aqliy,   estetik,   axloqiy,
jismoniy,   siyosiy,   iqtisodiy,   ekologik   hamda   diniy   tarbiya   olish   lozimligini
uqtirishning  o‘zigina ham  samara  beradi. O‘quvchi  uchun  yuqorida nomlari  qayd
etilgan   tarbiyalarning   nima   uchun   kerakligi,   ularning   insonga   nima   bera   olishi
masalalari qiziqarli rivojlangan xorijiy mamlakatlar tarbiya tizimida muammoning
mana   shu   jihati   birinchi   o‘ringa   qo‘yilmoqda.   Yuqorida   qayd   etilgan   g‘oyalar
asosida   tashkil   etilgan   pedagogik   jarayonda   yetuk   fuqaro,   malakali   mutaxassis
hamda   barkamol   oila   sohibi   yoki   sohibasini   tarbiyalab   voyaga   yetkazish   uchun
xizmat   qilishi   lozim.
Tarbiya   prinsiplari.   Unga   qo‘yiladigan   talablar   tavsifi.
Tarbiya   prinsiplari   -   bu   tarbiyaviy   ishning   yo‘nalishi,   mazmuni,   metodlari   va
tashkiliy shakllariga, tarbiya jarayonining ishtirokchilari orasidagi munosabatlarga
ko‘yiladigan   asosiy   talablarni   ifodalaydigan   dastlabki   koidalardir.
Ular:
1.Tarbiyaning   turmush,   ijtimoiy   xayot   bilan   boglab   olib   borish   prinsipi.
2.Mexnat   yordamida,   ijtimoiy   foydali   faoliyat   jarayonida
tarbiyalash   prinsipi.
Z.Shaxsni   jamoada,   jamoa   uchun   va   jamoa   yordamida   tarbiyalash
prinsipi.
4.Tarbiyada   o‘kuvchi   xulkidagi   ijobiy   sifatlarga   tayanib,   salbiy   xususiyatlariga
bardosh   berish   prinsipi.
5.Tarbiyada   o‘kuvchi   shaxsini   xurmat   qilish   va   talabchanlik   prinsipi.
6.O‘quvchilarni   tarbiyalashda   ularning   yosh   va   individual   xususiyatlarni   xisobga
olish   prinsipi.
7.Tarbiyaviy   ta’sirlarni   muntazam   olib   borish   va   ketma   -   ketligi   prinsipi.
Endi   tarbiya   prinsiplarining   mazmunini   taxlil   qilishga   o‘tamiz.
Tarbiyani   turmushning   ijtimoiy   xayoti   bilan   boglab   olib   borish   prinsipi.
O‘sib   kelayotgan   yosh   avlodning   barkamol   bo‘lib   ulgayishiga   va   shaxsining
shakllanishiga xayot va jamiyat katta ta’sir etadi. Bu bir tomondan bo‘lsa, ikkinchi
tomondan bolalarni tarbiyalashdan   maksad uni turmush uchun , ijtimoiy - iktisodiy
xayot   uchun   tayyorlashdir.   Shunday   ekan,   maktab   va   tarbiya   muassasalarida   olib
boriladigan ta’lim  va tarbiya ishlari turmush bilan mustaxkam  boglangan bo‘lishi
kerak.   Tarbiyaning   bu   prinsipi   o‘tmish   avlodlarning   ko‘rsatmalaridan   kelib
chikadi: «Agar ta’lim - tarbiya va bilim berish fakat maktab, madrasa doirasidagina
olib borilib, mavj urib turgan turmushdan ajralib kolganda edi, biz ularga ishonmas
edik»   deb   yozgan   buyuk   mutaffakkirlardan   biri.
1.O‘quvchilarni xayot bilan tanishtirish yo‘llari va shakllari xilma - xildir. Avvalo
o‘kuvchilarni mamlakatimizda va chet ellarda ro‘y berayotgan ijtimoiy - siyosiy va iktisodiy vokealar bilan muntazam ravishda tanishtirish zarur. O‘kuvchilar orasida
siyosiy axborotlar o‘tkazish, gazeta materiallari bilan tanishtirishni yo‘lga ko‘yish,
radio   eshittirishlari,   teleko‘rsatuvlaridan   foydalanish   lozim.
2.   Mehnat   yordamida,   ijtimoiy   foydali   faoliyat   jarayoniga   tayyorlash
prinsipi.
Mexnatning   tarbiyaviy   ta’sir   kuchi   goyat   kattadir.   Mexnatda   ishtirok   etish   va
unumli   mexnat   qilish   bilan   shaxs   o‘z   kobiliyati   va   iktidorini   namoyon   kiladi   va
kamolga   yetadi.   Demak   mexnat   yosh   avlodning   tarbiyasi   uchun   juda   katta
vositadir.
O‘quv faoliyati va ijtimoiy foydali mexnat o‘kuvchi shaxsiga ijobiy ta’sir etadi. Bu
ikki   faoliyatning   ko‘shiluvi   bolani   aktivlashtiradi,   tashabbuskor   kiladi   va   xukuk
birligini   ta’minlaydi.
Mexnatda va mexnat orkali tarbiyalash prinsipi o‘kuvchilarning psixologik va yosh
xususiyatlarni   xisobga   olishga   asoslangan   bo‘lishi   kerak.
Yoshlar   serharakat   bo‘ladilar   va   faoliyatga   intiladilar.   Ular   o‘z   kuch   va
kuvvatlarini   turli   mashgulotlarga,   avvalo   mexnatga   sarf   kiladilar.   Passivlik,
sustkashlik,   ishsiz   o‘tirish   o‘kuvchi   tabiati   uchun   yoddir.   Mexnatda   insonning
kuchi,   imkoniyati,   xarakteri,   o‘z   bilimini   amalda   ishlatish   ko‘nikmasi   ro‘yobga
chikadi   va   rivojlanadi.
3.   Shaxsni   jamoada,   jamoa   uchun   va   jamoa   yordamida   tarbiyalash
prinsipi.To‘gri   tashkil   etilgan   jamoa   odamlarning   kobiliyat   va   iste’dodning
rivojlanishi   uchun   keng   yo‘l   ochib   beradi.   Fakat   jamoagina   xar   tomonlama
rivojlanish uchun keng imkoniyatga ega bo‘ladi. O‘z manfaatini jamiyat manfaati
bilan   ko‘sha   bilish,   bir   -   biriga   o‘zaro   yordam   berish   kabi   kimmatli   fazilatlar
avvalo   jamoda   tarbiyalanadi   va   mustaxkamlanadi.   O‘kuvchilar   jamoasida   xar   bir
shaxsning   kamolga   yetishi   uchun   xamda   gurux,   umuman   kollejda   do‘stlik
alokasini   mustaxkamlash   uchun   juda   yaxshi   sharoit   vujudga   keladi.
O‘qituvchi   va   tarbiyachi   o‘zining   tarbiyaviy   ishlarida   xamma   vakt   o‘kuvchilar
jamoasiga   va   ular   orasida   faol   o‘kuvchilarga   tayanmogi,   o‘kuvchilarni   jamoa
bo‘lib turli  ishlarni bajarishga odatlantirilib jamoda yashash  va ishlashga  o‘rgatib
borish   lozim.
4.Tarbiyada   o‘kuvchi   shaxsini   xurmat   qilish   va   talabchanlik   prinsipi.
Bolalarni   tarbiyalashda   akl   bilan   ish   ko‘radigan   moxir   pedagoglar
tarbiyalaridagi   bolalarning   shaxsiy   fazilatlarini   juda   yaxshi   biladilar   va   bundan
keyin   uning   xakida   nimalarga   erishmokchi   ekanliklarini   anik   tasavvur   ztadilar.
Ba’zi   murabbiylar,   o‘kituvchilar   va   sho‘x   bolalarning   salbiy   xislatlariga   ortikcha
urgu berib, katta xatoga yo‘l ko‘yadilar. Bolalarning zaif tomonlari va nuksonlari
doim tankid kilinaversa, bolaning o‘ziga ishonchi yo‘koladi, umidsizlikka tushadi.
Ayni   chogda   unda   o‘kituvchi   va   tarbiyachiga   nisbatan   kandaydir   bir   nafrat   xissi
paydo   bo‘ladi.   O‘kuvchilardagi   nuksonlar,   xato   va   kamchiliklarni   tuyadek
bo‘rttirib,   ularning   yaxshi   fazilatlarni   kadrlamaydigan   murabbiy   va   o‘qituvchilar
katta   xatoga   yo‘l   qo‘yadilar. 5.O‘quvchilarni   tarbiyalashda   ularning   yosh   va   individual   xususiyatlar
xisobga olish prinsipi.Bolalarning yoshi ulgaygan sari ularga talab xam orta boradi.
Shu tufayli o‘rta va katta yoshdagi bolalarni tarbiyalashda ularning mustakilligiga
suyanib   ish   ko‘rish   yaxshi   natija   beradi.   Tarbiyada   bolalarni   ishga   solish   yaxshi,
lekin   ularning   kuchiga   ortik   baxo   berish   yaramaydi.
6.Tarbiyaviy   ishlarning   muntazam   olibborilishi   va   tizimlilk   prinsipi.   Tarbiya
ishidagi izchillik va tizimlilik prinsipi shundan iboratki, xar bir tarbiya ishi maktab,
kollej.oliy   ta’lim   maktabi   tarbiyaviy   rejasiga   asosan   ma’lum   izchillikda,   oldingi
ishning   mantikiy   davomi   sifatida   olib   borilishiga,   tarbiya   soxasida   kilayottan
ishlarni   rivojlantirish,   mustaxkamlash   va   yanada   yukori   darajada   ko‘tarishga
yo‘naltirilgan.
Tarbiya   berishda   tizimlilik   prinsipi   tarbiyani   amalga   oshiradigan   barcha
bo‘ginlarning   oila,   maktab,   kollejdan   tashkari   tarbiya   muassalari   va   ishlab
chikarish   jamoalarining ,   keng   jamotchilikning   baxamjixat   va   bamaslaxat   ish
ko‘rishini   ko‘zda   tutadi.
Tarbiya   soxasidagi   bilimlar,   ko‘nikma   va   malakalarni   egallash   va
mustaxkamlashda, shaxs xususiyatlarini tarkib toptirish ketma - ketlik va izchillik
koidasiga   rioya   kilgan   takdirda   jarayonning   muntazamligi   prinsipini   amalga
oshirish   ta’minlanadi.   Tarbiya   ishida   ilgari   egallab   olingan   ijobiy   fazilatlarga,
axlok   normalarga   tayanish   kerak   bo‘ladi.   Shu   tarika   pedagogik   ta’sir   ko‘rsatish
vositalari   xam,   axlok   normalari   xam   asta   -sekin   murakkablashtirib   boriladi.
Bunga xar bir yosh guruxi uchun tarbiya vazifalari, ularni xal qilish vosita xamda
metodlari   muayyan   tizimda   belgilab   beriladigan   rejalashtirish   yordam   beradi.
Tarbiya   ishining   taxminiy   dasturi   tarbiya   jarayoni   metodikasi   o‘tkaziladigan   xar
bir   tadbir   boshkalardan   ajralib   kolmay,   balki   boshkalari   bilan   yagona   bir   tizimga
boglangan   va   ilgor   amalga   oshirilgan   ishlarning   davomi   bo‘lishi   kerak.
Mamlakatimizning   istiklol   yo‘lidagi   birinchi   kadamlaridanok   o‘kuvchi
yoshlarimizni   o‘z   tarakkiyot   yo‘lidan   tezkorlik   bilan   ilgari   siljishga   kuchli   ruxiy
kuvvat beradigan milliy madaniyatimiz, ma’naviyatimiz, shark falsafasining, ya’ni
ma’naviyat   -   ma’rifatning   teran   buloklaridan   baxramand   etishdek   dolzarb
axamiyatga   molik   vazifa   xalk   ta’limi   xodimlari   oldida   ko‘ndalang   bo‘lib   turibdi.
Tarbiya   jarayonining   qonuniyatlari   va   tamoyillari
Tarbiya   jarayonining   ham   o’ziga   xos   bir   qator   qonuniyatlari   borki,   ularga   amal
qilish   tarbiya   ishining   samarali   bo’lishini   ta‘minlaydi.
Tarbiya   jarayonining   qonuniyatlari   quyidagilar:
tarbiya   jarayoni   jamiyatning   talab,   ehtiyojlari,   mafkurasi   bilan   uzviy   bog’liq
bo’ladi,   ya‘ni   tarbiya   davrga   mos   bo’lishi   kerak;
tarbiyaning   bir   maqsadga   qaratilganligi;
tarbiya   maqsadini   belgilashda   jamiyat   talablari,   davr   nafasi,   milliy   xususiyatlar
asos qilib olinadi. Tarbiyaning maqsadi har tomonlama kamol topgan, mukammal
inson   shaxsini   tarbiyalashdir; Komil   insonni   tarbiyalash   asrlar   davomida   tarbiyaning   yetakchi   maqsadi   bo’lib
kelgan:
-   tarbiyaning   dialektik   xususiyati;
-   tarbiya   va   o’z-o’zini   tarbiyalashning   birligi;
-   tarbiya   va   shaxs   rivojlanishining   o’zaro   bog’liqligi;
-   tarbiya   jarayonining   ham   ikki   tomonlama   xususiyatga   ega   ekanligi;
-   tarbiyaning   maqsadi,   vazifalari,   mazmuni,   shakl   va   metodlarining   o’zaro
bog’liqligi;
-   tarbiyaning   maqsad,   vositalari   va   natijalari   o’rtasida   bog’liqlik   bor;
-   tarbiya   jarayonida   shaxs   va   jamoaning   o’zaro   bog’liqligi   va   boshqalar.
Yuksak madaniyatli mutaxassisni ma’naviy - axlokiy tarbiyalash milliy tarbiyaning
bosh   maksadi.   Bu   maksad   jamiyatning   aloxida   bir   olingan   extiyojlarni   aks
ettirishini,   uning   moxlyatini,   ideal   talablarini,   o‘ziga   xosligi   va   fazilatlarini,
xayotga   munosabatini,   akliy,   axlokiy,   jismoniy,   estetik   rivojlanishini   nazariy
asoslaydi   va   umumlashtiradi.
Tarbiya   jarayonining   moxiyati   shu   jarayon   uchun   xarakterli   bo‘lgan   muayyan
konuniyatlarda namoyon bo‘ladigan ichki axlok va munosabatlarni aks ettirishidir.
Milliy   pedagogika   o‘kituvchi,   tarbiyachilarning   tarbiyalanuvchi   shaxsiga   oddiy
ta’sir ko‘rsatishi emas, balki tarbiyachilarning anik bir maksadga karatilgan o‘zaro
ta’sir ko‘rsatishi ekanligini ta’kidlaydi. Zero, tarbiya mukammal shaxsni kuvvatini,
kobiliyatlarini,   mafkuraviy ,   ma’naviy   -madaniy   sifatlarini,   ongi   va   axlokini
shakllantirishni   nazarda   tutadi.
Tarbiya   jarayonida   kishining   turli   kobiliyatlari   rivojlanadi,   xarakter   xislatlari,
goyaviy   -   axlokiy,   irodaviy,   estetik,   sifatlari   shallanadi,   olamga,   tabiatga,
jamiyatga   ilmiy   karashlar   tizimi   tarkib   topadi,   jismoniy,   akliy,   kuchlar
mustaxkamlanadi,   xarakat   sifatlari   va   ko‘nikmalari   rivojlanadi.   Xar   tomonlama
garmonik   rivojlangan   barkamol   inson   tarbiyasi   uchun   imkon   yaratiladi.
Tabiat   yoki   jamiyatdagi   xar   kanday   murakkab   xodisa   obyektiv   ravishda   mavjud
bo‘ladigan   alokalar   kuzatiladi.   Bu   alokalar   konuniyat   deb   ataladi.   Bu   konuniyat
tarbiya jarayonida xam mavjud bo‘lib, u birinchi tomondan ijtimoiy xodisa sifatida
tarbiyaning   xususiyatlari,   ikkinchi   tomondan   shaxsning   rivojlanishi   bilan   boglik.
Tarbiya printsiplari deb, tarbiyaning umumiy qonuniyatlarini o’zida aks ettiruvchi,
tarbiyachi   tarbiyaviy   ishda   amal   qilishi   zarur   bo’lgan   asosiy   qoidalarga   aytiladi.
Printsip   so’zi   lotincha   bo’lib,   asos,   hatti-harakatning   asosiy   qoidasi,   yetakchi
g’oya,   talab   ma‘nolarini   anglatadi.   Tarbiya   printsip-lari   bu   tarbiya   jarayoniga
qo’yiladigan   talablar   yig’indisidir.
Tarbiya   printsiplari   Sharq   va   Markaziy   Osiyoning   faylasuflari,   donishmandlar,
pedagoglarning   fikrlari,   milliy   pedagogika   erishgan   yutuq-larga   asoslanadi.
Tarbiya   printsiplari   quyidagilar:
-   tarbiyaning   bir   maqsadga   qaratilganligi;
-   tarbiyaning   hayot   bilan   bog’liqligi;
-   shaxsni   jamoada   va   jamoa   orqali   tarbiyalash   printsipi; -   tarbiyada   bola   shaxsini   hurmat   qilish   va   unga   talabchanlik   prin-tsipi;
-   tarbiyada   o`quvchilarningyoshi   va   o’ziga   xos   xususiyatlarini   hisobga   olish
printsipi;
-   tarbiyaviy   ishlarning   izchilligi,   tizimliligi,   hamda   birligi   printsipi.
Tarbiya   g’oyat   murakkab   jarayon   bo’lib,   har   davrning   ijtimoiy-siyosiy,   madaniy
hayotini   o’zida   aks   ettiradi.
Uning   vosita   omillari   asrlar   davomida   shakllanib,   takomillashadi.   Tarbiyada   har
bir   xalqning   o’z   udumi,   tarixan   shakllangan   va   tajribada   sinalgan   dunyoqarashi,
tarbiya   vositalari   bo’ladi.   Shuning   uchun   tarbiya   milliy   va   tarixiy   zamindan
uzilmasligi   kerak.
Mustaqil O`zbekiston sobit qadamlar bilan o’z taraqqiyoti yo’lidan bormoqda. Bu
yo’l   milliy   xususiyatlar,   qadriyatlarni   tiklash,   saqlash,   rivojlantirish,   milliy
g’ururimizni   uyg’otish,   vatanparvarlik   va   umuminsoniy   qadriyatlarga   asoslangan
mafkura   negizida   kamolatga   erishish   yo’lidir.   Bu   esa   milliy   ong,   g’urur,   milliy
odob ,   milliy   etiqod,   iymon-diyonat   kabi   fazilatlarni   yosh   avlodning   shaxsiy
sifatlariga   aylantirishni   dolzarb   vazifa   qilib   qo’ydi.
Shu   tariqa   yuqoridagi   fazilatlarni   shakllantirishni   o’z   ichiga   oluvchi   yangi
pedagogik   yo’nalish   yuzaga   keldi.   Milliy   tarbiya-O`zbekiston   milliy
mustaqilligining   pedagogik   maqsadi   va   shartidir.
Milliy   tarbiya   O`zbekiston   davlat   mustaqilligini   mustahkamlash   va   amalga
oshirishga   tayyor   shaxslarni   tarbiyalab   yetkazishga   xizmat   qiladi.   Milliy   tarbiya
nima?   Milliy   tarbiya   bu   har   bir   xalqning   o’z   milliy   madaniyati,   tili,   tarixi,   urf-
odatlari,   an‘analari,   hayot   tarzi   asosida   tarbiyalashdir.O`zbekiston   maktablari
o`quvchilarini   milliy   tarbiyalash   mezonlari   mustaqillik   tufayli   dolzarb   ahamiyat
kasb   etgan,   shaxsning   milliyligiga   aloqador   bo’lgan   fazilatlarni   singdirish
tamoyillaridan   kelib   chiqadi.Milliy   tarbiya   mezonlarini   belgilashda   mustaqil
O`zbekistonning   ijtimoiy   buyurtmasi   bo’lgan   ijobiy   sifatlar:
Milliy   iftixor,   vatanparvarlik,   millatlararo   muloqot   madaniyati,   milliy   odob,
iymon-e‘tiqod,   milliy   istiqlol   mafkurasining   asosiy   g’oyalarni   singdirishni;
ularning   aksi   bo’lgan   salbiy   sifatlar;   milliy   befarqlik,   xoinlik,   vatanfurushlik,
millatchilik,   vijdonsizlik,   mafkurasizlik   kabilarga   nafrat   uyg’otish   zarur.
O`quvchilarning milliy tarbiyalanganlik ko’rsatkichlari, mezonlari qaysilar bo’lishi
kerak?   Bu   ko’rsatkichlar   quyidagilar:
O`zbekiston   vatanim   mening.   Vatanparvarlik;   O`zbekistonning   tabiiy,   milliy,
ma‘naviy   xususiyatlarini   bilish;   vatanimizning   o’tmish   tarixi,   hozirgi   hayoti   va
kelajagi   haqida   tushunchalarga   ega   bo’lish;   o’zbek   xalqining   qahramon
farzandlarini   bilish,   davlat   ramzlarini   bilish.   Milliy   g’urur   asoslari.   O’zining
o’zbek   millatiga   mansubligi   anglash,   faxrlanish;   milliy   burchlarini   anglash,   ona
tilini sevish; Milliy odob. Barchani sizlash, o’zidan kattalarga xurmat, ota-onalarga
xurmat;   Vatanni   sevish-iymondandir   va   boshqalar.
Milliy urf-odatlarimizni yaxshi bilish, qadrlash va boshqalar.

Tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari. Tarbiya maqsadining jamiyat ijtimoiy ehtiyoji asosida belgilanishi . REJA: 1. Tarbiya tushunchasi, tarbiyaning maqsadi va vazifalari 2. Sharq mutafakkirlarining tarbiya haqidagi fikrlari 3. Tarbiya jarayonining o’ziga xos xususiyatlari 4. Tarbiya jarayonining qonuniyatlari va tamoyillari Tayanch tushunchalar: Tarbiya jarayoni, tarbiya qonuniyatlari, tarbiya printsiplari, ijtimoiy tarbiya, milliy tarbiya. I.Tarbiya tushunchasi, tarbiyaning maqsadi va vazifalari Tarbiya nazariyasi-pedagogika fanining bir qismi bo’lib, tarbiyaviy jarayonning mohiyati, mazmuni, qonuniyatlari, printsiplari, metodlari hamda tashkil etilishi masalalarini o’rganadi. Tarbiya jarayoni, deymiz. Jarayon o’zi nima? Har qanday jarayon – harakatdir, rivojlanishdir, moddiy dunyodagi narsalar, hodisalarning asta-sekin o’zgarishidir. Tarbiya jarayoni ham yosh avlodda aqliy kuchlarni rivojlantirishga va ma‘naviy – axloqiy sifatlar, e‘tiqodlarni, ilmiy dunyoqarashlarni shakllantirishga qaratilgan harakatdir. Shaxs kamolotida tarbiya yetakchi rol o’ynaydi. Tarbiya rivojlanayotgan shaxsning ijtimoiy tajribani o’zlashtirish bo’yicha faoliyatni tashkil etishdan iborat, aniq maqsadga qaratilgan va boshqariladigan jarayondir. Ijtimoiy-tarixiy tajribani avloddan avlodga o’tishi, uni yangi avlod tomonidan o’zlashtirilishi natijasida shaxs hayotga, mehnatga va muayyan kasbga yo’naltirish jarayoniga tarbiya deymiz. Tarbiya ilmiy, boshqariluvchi, aniq maqsad sari yo’naltirilgan jarayondir. Arastu: tarbiyaning maqsadi, vazifasi insonga tabiat ato etmagan narsalarni o’rnini to’ldirish, shakllantirishdir, deydi. Tabiat insonga tayyor qobiliyat, tayyor dunyoqarash, iymon-e‘tiqod, ma‘naviyat, axloqiy-ma‘naviy qarashlar, madaniyat va boshqalarni ato etmaydi. Bu xususiyatlar tug’ma emas. Ular shaxsda tarbiya, ta‘lim jarayonida shakllanadi. Tarbiya shaxs ongini muayyan jamiyatning maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda tarkib toptirish va rivojlantirish jarayoni, shaxsni ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda faol ishtirok ettirishga qaratilgan barcha ta‘sirlarmajmuidir (“Vatan tuyg’usi”). Xalq pedagogikasida odamzot farzandini boqib, ta‘lim berib katta qilish , voyaga yetkazish uchun qilinadigan mehnat va g’amhurlikni tarbiya deb tushuntiriladi. Odamga ish-hunar o’rgatish va umuman shaxsning g’oyaviy-ma‘naviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan ta‘lim tizimi ham tarbiya sarasiga kiradi. Ilmiy manbaalarda, pedagogik adabiyotlarda, pedagogikadan darslik va

qo’llanmalarda tarbiyaga yuqorida keltirilgandek turlicha ta‘rif beriladi va ularning barchasi o’z o’rnida to’g’ridir. Tarbiya ijtimoiy xodisadir, kishilik jamiyatiga xos xodisadir. Inson ham, uning tarbiyasi ham o’z mohiyati bilan ijtimoiydir. Ya‘ni inson faqat jamiyatda, insonlar muhitida, o’zaro munosabatlar jarayonida, katta avlodga xos ijtimoiy tajribani o’zlashtirib olish orqali shakllanadi.Tarbiyaning ijtimoiy hodisa sifatida mohiyati ana shu. Tarbiya jarayondir, tarbiya keng ma‘noda yoshlarni, insonlarni ob‘ektiv va sub‘ektiv ta‘sirlar asosida aqliy, axloqiy, amaliy, jismoniy shakllanish jarayonidir. Biron bir maqsaga qaratilgan tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va tarbiyaga solinadi: a) o`quvchi – talabaning qaysi xislatini shakllantirish yoki yo’qotish maqsadida rejalashtiriladi: b) shu xislatlarni tarbiyalash yoki yo’qotish uchun xizmat qiluvchi manbaalar izlab topiladi: v) belgilangan maqsad uchun xizmat qiladigan nazariy va amaliy manbaalarni qaysini va qaerda ishlashni rejalashtiriladi: Xalqimiz ta‘lim beruvchini muallim, tarbiya beruvchini murabbiy deydi. Ta‘lim va tarbiya yagona jarayondir. Lekin ular aynan bir-biriga uxshash emas. Ta‘lim va tarbiyaning birligi avvalo ular maqsadining umumiyligidan iborat. Tarbiyaning vazifalari keng va ko’p qirralidir. Ta‘limning asosiy vazifasi o`quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish bo’lsa, tarbiya esa yosh avlodni jamiyatimizda qabul qilingan odob-axloq qoidalariga mos keladigan e‘tiqod, axloqiy malaka va ko’nikmalarni, extiyoj va intilishlarni tarkib toptirishdan iborat. Pedagogik jarayon agar tarbiya ta‘limda oldin yursagina yaxshi samaralar beradi. Tarbiya ta‘limga nosbatdan ustivor bo’lishi kerak. Bilim boshqa, tarbiyalanganlik boshqa. Bilimli bo’lish degani shaxs tarbiyalandi, degani emas. Shaxs bilimli, ammo tarbiyasiz, axloqsiz, ma‘naviyatsiz, madaniyatsiz bo’lishi mumkin. “Bilimlar yaxshi xulq bilan bezalishi kerak”, degan edi buyuk mutafakkir A.N.Farobiy. Xalqimiz ham “Olim bo’lish oson, odam bo’lish qiyin”, maqolini bekorga yaratmagan. Tarbiya jarayoni o’ziga xos bir qancha xususiyatlarga ega. Ular quyidagilar: ta‘lim jarayoni ta‘limga nisbatdan murakkab jarayon hisoblanadi. Tarbiya jarayoni davomli uzluksizdir. XVIII asrda yashagan frantsuz ma‘rifatparvari K.A.Gelvetsiy (1715-1771) tarbiyaning davomli jarayon ekanligi haqida gapirib bunday degan edi: Men hali ham o’rganishni davom ettirmoqdaman; mening tarbiyam hali ham tugallangani yo’q. Qachon u tugallanadi? U qachon men unga qobilyatsiz bo’lib qolganimda; o’limimdan keyin tugallanadi. Hayotimning barchasi, aslini olganda, faqat birgina davomli tarbiyadir. - tarbiya jarayoni ham ikki tomonlama jarayondir: - tarbiya jarayoni dialektik xususiyatga ega: - tarbiya natijalarining bir xil bo’lmasligi: - tarbiyaning komleks ya‘ni yaxlit xususiyaiga ega ekanligi.

Oila, turli jamoa tashkilotlari, fan-texnika, adabiyot, san‘at, ommaviy axborot vositalari, radio, televidenie va boshqalar ham tarbiyaga kuchli ta‘sir ko’rsatadi. Tarbiya jarayonida shaxsning turli qobiliyatlari rivojlanadi, g’oyaviy aqliy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlari tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustakamlanadi. Tarbiya-O`zbekiston mustaqilligining ma‘naviy asoslarini mustahkamlanishida , jamiyatimiz ijtimoiy taraqqiyotida, har tomonlama barkamol avlodni shakllantirishda xal qiluvchi qudratli omildir. Tarbiyaning eng muhim vazifalaridan biri yoshlarning ongi, qalbiga milliy istiqlol g’oyalarini singdirish, ularda milliy ong, g’ururni shakllantirishdir. Hozirig kunda tarbiya jarayonida yoshlarda o’zbek xalqiga xos ma‘naviy-axloqiy sifatlarni ayniqsa, iymon-e‘tiqod, yangicha dunyoqarash, Vatanga muhabbat, unga fidoyilik, vatanparvarlik, boshqa millat kishilariga hurmat, insonparvarlik, mehr- muruvvat, sharm-hayo, mehnatsevarlik, mehmondo’stlik kabi fazilatlarni tarbiyalash ta‘lim maskanlari jamoalarining, o`quvchi-murabbiylarimizning muhim vazifasidir. Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo’layotgan kurashlar ko’p narsani hal qiladi, deydi davlatimiz boshlig’i I.A.Karimov. Bugungi mafkuraviy Xuruj juda xafli. Bu xuruj insonlar ongini buzuq g’oyalar bilan zaharlashga intilmoqda. Bunday mafkuraviy xurujlardan yoshlar ongini, o’zbekning o’zligini asrashimiz kerak. Yoshlarga bunday buzug’ g’oyalar, mafkuraviy xurujlarning maqsad-mohiyatini tushuntirib berishimiz zarur. Bu-tarbiya yo’li bilan, mafkuraviy tarbiya yo’li bilan amalga oshali, deydi yurtboshimiz. Tarbiya jarayonining tuzilishi. Tarbiya jarayoni quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: tarbiyaviy vazifalarni belgilash; Uning mazmuning, shakl va metodlarini aniqlash; O`quvchi-talabalarini umumiy talablar, me‘yorlar bilan tanishtirish; Ularda ilmiy dunyo qarash va e‘tiqodlarni shakllantirish; Amaliy ko’nikma va malakalarni tarkib toptirish; O`quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini aniqlash, uni taxlil qilish ya‘ni monitoringini olib borish va boshqalar. Sharq mutafakkirlarining tarbiya haqidagi fikrlari Mashhur Shaxslarning Tarbiya Haqidagi Fikrlaridan. Bilim, ma‘rifat yaxshi hulq, axloq bilan bezanmog’i lozim. (Abu Nasr Farobiy)

“Men farzand tarbiyalashda davlatni boshqarishdan ko’ra chuqurroq mushohada , undan ham chuqurroq donoshmandlik kerakligiga ishonch qildim” (Amir Temur) “Bizga bitiruvchilar emas, maktab ta‘lim-tarbiyasini ko’rgan shaxslar kerak” (Islom Karimov) “Tarbiya uch narsa ehtiyoj sezadi: iste‘dodga, ilmga va mashqqa” (Arastu) “Yaxshi tarbiya-millat ichidan buyuk insonlarni ko’paytirishga, qolganlarni esa sog’lom fikr yurituvchi fuqarolarga aylantirishga qodir” degan edi ma‘rifatparvar Gelvedtsiy “Tarbiya biz uchun yo hayot,yo mamot, yo najod, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir”. (Abdulla Avloniy) Tug’ub tashlov bila bo’lmas, bola bo’lg’ay balo sizga, Vujudi tarbiyat topsa, bo’lur ul rahnoma sizga. (Abdulla Avloniy) Bordir inson zotiga ancha sharaf, Yomon hulqini etsa bartaraf. Maktab sharoitida tarbiyaviy ishlar o`quvchilar, sinf rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi. Ular tarbiyani jamiyatning maqsadi hamda vazifalariga muvofiq ravishda tashkil etadilar. Tarbiya jarayoni o’z-o’zini tarbiyalash va qayta tarbiyalash jarayonlari bilan o’zaro bog’liq. O`quvchi shaxsi tarbiya ob‘ektigina emas, yeng muximi u tarbiya sub‘ekti hamdir. Tarbiyaning asosiy turlari ikkitadir: Oila tarbiyasi va ijtimoiy tarbiya. “Ijtimoiy tarbiya” iborasini ancha tor ma‘noda shaxsga ta‘sir ko’rsatishning maxsus tuzilgan ijtimoiy institutlarida, ya‘ni ta‘lim maskanlarida amalga oshiriladigan jarayonini ifodalash uchun ishlatiladi. Ijtimoiy tarbiya jarayonida yosh avlod o’tmish tajribalarini o’zlashtirib, yanadaboyitadi. Tarbiya shaxsni axloqiy-ma‘naviy, aqliy, jismoniy, huquqiy kamolotida muhim o’rin tutadi. Shunga ko’ra ijtimoiy tarbiyaning bir necha turlari: aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik mehnat, huquqiy tarbiya kabi turlari bor. Bulardan tashqari diniy tarbiya, harbiy tarbiya ham mavjud. Bugungi kunda O`zbekiston jamiyati Prezidentimiz boshchiligida bosh tarbiyachi vazifasini o’tamoqda. Tarbiyaviy ishlarning muvaffaqiyatini ko’pgina omillar belgilaydi. Bu omillar quyidagilar: Ta‘limning tarbiyaviy imkoniyatlarni kengaytirish, maktab o`quvchilari bajaradign ijtimoiy-foydali mehnatni aniq rejalashtirish, maktab, oila va jamoatchilikning tarbiyaviy ta‘sirini birlashtirish, maktabda turli xildagi tarbiyaviy ish shakllari (Yakka tartibdagi, guruh, ommaviy ish shakllari) ni, tarbiyaviy tadbirlarini jonlantirish, o`quvchilar faolligini oshirish,

tarbiyalashni qayta tarbiyalash bilan birga qo’shib olib borish va boshqalar. III.Tarbiya jarayoni mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari. Tarbiya jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Uning muhim xususiyati aniq maqsadga yo‘naltirilganligidir.Zamonaviy talqinda tarbiya jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan samarali hamkorlik jarayoni demakdir. Zero, tarbiya jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyalari tashkil etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi. Tarbiya jarayoni ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, ular tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi (subyektiv va obyektiv) omillar asosida tashkil etiladi. Subyektiv omillar shaxsning ichki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy munosabatlarini anglatish, obyektiv omillar esa shaxsning hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarini ijobiy hal etishi uchun sharoit yaratadi. Tarbiya maqsadi pedagogik faoliyat mazmuni, yo‘nalishi, shakli hamda obyektiv sharoitlar bilan qanchalik mutanosib kelsa, shaxsni shakllantirish borasida shunchalik muvaffaqiyatga erishiladi. Tarbiya jarayonining tashkil etilishi va boshqarilishida nafaqat o‘qituvchi faoliyati, balki o‘quvchining yosh va psixologik xususiyatlari, o‘y-fikrlari, hayotiy qarashlari ham muhim o‘rin tutadi. Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning uzoq muddat davom etishidir. Tarbiya natijalari tez sur’atda yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. O‘zida insoniyat sifatlarini namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda uzoq muddatli davr talab etiladi. Maktab tarbiyasi shaxs ongi , dunyoqarashini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Chunki yoshlik yillarida insonda odob tizimi yuqori darajada ta’sirchan hamda beqaror bo‘ladi. Shu bois tarbiya muvaffaqiyati ayni o‘quvchilik yillarida shaxsga to‘g‘ri tarbiya berish lozimligini taqozo etadi. Tarbiya jarayonining yana bir muhim xususiyati uning uzluksizligi sanaladi. Tarbiya jarayoni o‘quvchilar va o‘qituvchining birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir. O‘quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo‘naltirilgan, bir-birini to‘ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi tarbiyani tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois, oila, ta’lim muassasalari va jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarni uzluksiz o‘tkazilishiga erishish maqsadga muvofiqdir. Maktab yoshidagi bolani tarbiyalashda maktab yetakchi o‘rin egallasa ham, bolalarga uzluksiz ta’sir o‘tkaza olmaydi. Chunki bolalar ma’lum muddatgina maktab, o‘qituvchining tarbiyaviy ta’siri ostida bo‘lib, qolgan vaqtning asosiy hismini oilada, ko‘chada, jamoat orasida o‘tkazadilar. Kuzgi, qishki, bahorgi va ayniqsa, yozgi ta’til davrlarida o‘quvchilar maktab, o‘qituvchi ta’siridan chetda qoladilar. Demak, maktabda bolalarni tarbiyalash vaqt jihatidan chegaralangan bo‘lib, sinfdan va maktabdan tashqari amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlardan holi vaqtda ular o‘qituvchi yoki tarbiyachining tarbiyaviy ta’siri va nazoratidan uzoqlashadilar. O‘quvchilarga nisbatan maktab (ta’lim muassasasi)ning ta’sirini susaytirmaslik