“Ilk qadam” MTMgacha ta’lim muassasasining Davlat o’quv dasturining mazmun -mohiyati
“Ilk qadam” MTMgacha ta’lim muassasasining Davlat o’quv dasturining mazmun -mohiyati Reja: 1 . Dasturning maqsad va vazifalari. 2. Musiqaning madaniy hayotimizda tutgan o‘rin. 3. Bolalar ta’lim- tarbiyasining o‘ziga xos xususiyatlari . 4. Ijtimoiy- hissiy rivojlanish .
MTMda davlat o’quv dasturini qo’llash Davlat o’quv dasturi variativ o’quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi. Ta’lim muassasalari MTMgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o’quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega. Ta’lim muassasasi Davlat o’quv dasturi asosida o’zining MTM ishchi o’quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim muassasasining ishchi o’quv dasturi muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi 1 . 1.2. MTMning maqsad va vazifalari MTMning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat: bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va MTMgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga oid Davlat talablari asosida hamda Davlat o’quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; MTMgacha yoshdagi bolalarning o’quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish; bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish; bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o’zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish. O’quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iboratdir. MTM ta’lim jarayonining tamoyillari quyidagilardan iborat: - bola huquqlari, o’ziga xos rivojlanish xususiyat va salohiyatlarini hisobga olish; - ta’lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o’zaro bog’liqligi; 1 Дастурга 1-илова
- bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish; - bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo’llab-quvvatlash; - o’yin orqali ta’lim berish va rivojlantirish; - bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish; - bola uchun xavfsiz muhitni ta’minlash ; - MTMning oila, mahalla va MTM bilan hamkorligi; - milliy madaniy an’analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish; Bolaning MTMgacha ta’lim muassasasidagi rivojlanishini qo’llab- quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uning amalga oshirilishi uchun MTMgacha ta’lim muassasasi rahbari javobgar bo’ladi. Qo’shimcha ta’lim xizmatlari MTMgacha ta’lim muassasasi tomonidan imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bolalar va aholi ehtiyojlariga mos ravishda tashkil etiladi. Qo’shimcha ta’lim xizmatlari fakultativ hisoblanadi va ularni tashkil qilishda ko’ngillilar (volontyorlar), ota-onalar va homiylar ishtirok etishi mumkin. MTMgacha ta’lim muassasasida alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalarni qo’llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun MTMgacha ta’lim muassasasi rahbari javobgar bo’ladi. Zarurat tug’ilganda, pedagoglar tarkibi va MTMgacha ta’lim muassasasi rahbariyati, tor ixtisosdagi mutaxassislarni jalb etgan holda, bola (uning rivojlanishi) uchun o’quv-tarbiyaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi. Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun MTMgacha ta’lim muassasasi ota-onalar bilan o’zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin: - ota-onalarning MTMgacha ta’lim muassasasi borasidagi fikrlarini hisobga olish;
- ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish; - ota-onalarni o’quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish; - ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash. MTMgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv o’sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo’lgan, axloqiy me’yor va qadriyatlarni o’zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, «Men» obrazini qurish bilan bog’liq bo’lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko’zda tutadi. Boshlang’ich muhim kompetensiyalar bolaning faoliyat va axloq subyekti sifatidagi yaxlit rivojlanishini talab etadi. Kompetensiya bolaning bilim, ko’nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir. Boshlang’ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat’i nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Kommunikativ kompetensiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko’nikmasi . O’yin kompetensiya si – bolaning o’yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko’nikmalardan ijodiy foydalanishi . O’quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos hisoblanadi. Ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o’zini tutish mahorati. Bilish kompetensiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko’nikma, malaka va qadriyatlardan o’quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish. Bolaning kompetensi yalari bola rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi: - jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzining shakllanishi; - ijtimoiy-hissiy rivojlanish; - nutq, muloqot, o’qish va yozish malakalari;
- bilish jarayonining rivojlanishi; - ijodiy rivojlanish. «Jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzining shakllanishi» sohasidagi o’quv-tarbiyaviy faoliyat yakunlanganidan so’ng 6-7 yoshli bola: - o’z imkoniyatlari va yoshi bilan bog’liq jismoniy rivojlanish me’yorlariga mos ravishda jismoniy faollik ko’rsatadi; - turli harakatchanlik faolligini uyg’un ravishda va maqsadli bajarishni biladi; - turli hayotiy va o’quv vaziyatlarida mayda motorika ko’nikmalaridan foydalanadi; - o’z harakatlarini hissiyot va sezgi organlari yordamida boshqaradi; - shaxsiy gigiyena malakalarini qo’llaydi ; - sog’lom turmush tarzi va ovqatlanish asoslarini biladi; - xavfsiz hayotiy faoliyat asoslari qoidalariga rioya qiladi. «Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari «Ijtimoiy-emosional rivojlanish» sohasidagi o’quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so’ng 6-7 yoshli bola: - o’z «Men»i va boshqa insonlarning hayotiy faoliyat muhitidagi roli to’g’risida tasavvurga ega bo’ladi; - o’z hissiyotlarini boshqaradi va ularni vaziyatga mos ravishda ifodalaydi; - o’zgalarning hissiyotlarini farqlaydi va ularga mos ravishda javob beradi; - kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos ravishda muloqot qiladi; - murakkab vaziyatlardan konstruktiv chiqish yo’llarini topadi. . «Nutq, muloqot, o’qish va yozish malakalari» sohasi kompetensiyalari «Nutq, muloqot, o’qish va yozish malakalari» sohasidagi o’quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so’ng 6-7 yoshli bola: - nutqni eshitadi va tushunadi; - o’z nutqida to’g’ri talaffuz, qulay grammatik shakllar va xilma-xil gap konstruksiyalaridan foydalanadi;