DEFOLIANTLAR VA DESIKANTLAR. O’SIMLIKLARNING O’SISHINI BOSHQARUVCHI MODDALAR
DEFOLIANTLAR VA DESIKANTLAR. O’SIMLIKLARNING O’SISHINI BOSHQARUVCHI MODDALAR Reja: 1. Defoliantlar va desikantlar haqida tushuncha, 2. Defoliantlar va desikantlarning qo’llanilish muddatlari,normalari. 3. Ayrim guruhlariningtasniflanishi. 4.Fitogormonlar, ularning xossalari 5.Retardantlar, ularning axamiyati
Ta’rif: Defoliantlar va desikantlar paxtachilikda keng qo’llaniladi va mashina terimi uchun qulay sharoit tug’diradi. Defoliant va desikantlar asosan defoliatsiya va desikatsiyada qo’llaniladi. Defoliatsiya o’simlikning bargini sun’iy ravishda to’kish demakdir, ma’lumki lotin tilida xolium- barg demakdir. Desikatsiya so’zining to’liq ma’nosi esa o’simlikni ildizidan quritish ma’nosini anglatadi. O’simlikni kimyoviy defoliatsiya qilgandan keyin o’rtacha 4-15 kun o’tgach barglarning sun’iy tukilishi boshlanadi, natijada g’o’za qator oralariga quyosh nurining tushishi va shamol aylanishi tezlanib ko’saklarning pishishi va ochilishi tezlashadi, chigit yaxshi yetiladi birinchi navlar miqdori 4-5% ga ortadi. Hosilning 90%- sovuq, namgarchilik kunlari tushishigacha terib olinadi. Tajribalar natijalari shuni ko’rsatadiki, defoliatsiya va desikatsiya qilingan g’o’zaning tola sifati va boshqa biologik ko’rsatkichlariga salbiy ta’sir etmagan, chunki defoliatsiya desikatsiya jarayoni asosan g’o’za pishib yetilgan chanoqlari ochilayotgan davrda o’tkazilgani uchun g’o’zada hosil elementlarining hosil bo’lishi, o’simlikning o’sishi, rivojlanishi deyarli to’xtab, oziq moddalarning o’zlashtirilishi va quruq moddaning hosil bo’lishi to’xtab barglar tabiiy ravishda to’kila boshlaydi, defoliantlar esa bu jarayonni yanada tezlashtiradi, bargni poyadan ajralishini jadallashtiradi. Defoliatsiyada g’o’zada ostki ko’saklarning o’rtacha 1-2 tasi, janubiy mintaqalarda esa 2-4 ko’sak ochilganda o’tkaziladi. Desikatsiya esa o’simlakning ildizidan quritish demakdir, g’o’zadan tashqari, urug’li beda maydonlarida, qand lavlagida, kungaboqarda, kanakunjutda, sholida, kanop va boshqa ekinlarda hatto tokzorlar, mevali bog’larda o’tkazilishi mumkin. Desikatsiyada mevalarning yetilishi, urug’larning pishishi tezlashadi, namligi pasayadi mexanizatsiyadan keng foydalanish imkoniyati tug’iladi, hosilning nobud bo’lishi, chirishi kamayadi.
Ta’rif: Desikatsiya o’simliklarning vegetatsiya (o’suv) davri uzoq bo’lganda, ob- havo sharoiti noqulay yog’ingarchilik ko’p bo’lgan hollarda, sug’oriladigan yerlarda mineral o’g’itlar ko’p qo’llanilgan hollarda tavsiya kilinadi. Desikatsiya ham o’simlikda hosil to’liq yetilganda barcha jarayonlar deyarli to’xtaganda o’tkazilsa maqsadga muvofik bo’ladi. Defoliatsiya va desikatsiya jarayonlari bir biriga bog’liq jarayonlar bo’lib, bir maqsadga hosilni yig’ishtirishni mexanizatsiyalashtirishga qaratilgan bo’ladi. Defoliatsiya va desikatsiya paxtachilikda qisqa muddatlarda o’tkazilib hosilni ham tez va qisqa muddatlarda yig’ishtirib olish shu bilan birga kuzgi shudgorga o’z vaqtida o’tkazib kelgusi yil mo’l hosili uchun imkoniyat yaratadi. Defoliantlar, desikantlar nafaqat bargni to’kib, o’simlikni quritadi balkim ularda insektitsidlik, akaritsidlik hatto fungitsidlik xususiyatlari ham bo’lib, defoliatsiya va desikatsiya qilingan maydonlarda hasharotlar, kanalar va ayrim kasalliklar miqdori 10-20% ga kamayadi. Defoliant va desikantlardan Magniy xlorati, kaltsiy xlorat xloridi, reglon va boshqalar tavsiya etilgan. 1. Magniy xlorati- Mg(SlO3)2 6*H2O rangsiz kristall modda, suvda yaxshi eriydi, och jigarrang tusli donador holatda ham chiqariladi. Tarkibida 58-62% magniy xlorati geksagidrati va 38-40% xloridlari bor. Defoliatsiya va desikatsiyada magniy xloratining suvdagi eritmasidan foydalaniladi. Havo harorati kunlik o’rtacha harorat 17-18S hatto 9-10S da ham samaradorligi pasaymaydi. Magniy xlorati faqat purkalgan barglarga ta’sir etadi va o’simlikka 1 soat ichida to’liq o’tadi. Havo namligi past bo’lganda hatto shudring tushmagan paytlardi ham yaxshi ta’sir etadi. Defoliant purkalgandan keyin g’o’za bargida suv rejimi buziladi, fotosintez jarayoni bo’g’iladi, xlorofill va karotin parchalanadi, oqsil, uglevod almashinuvi
buziladi. Gidrolitik jarayonlar sintetik jarayonlardan ustunlashadi. Natijada barglar so’liydi va barg bandidan uzilib to’kiladi. Magniy xlorati defoliant sifatida har gektar maydonga 7-35 kg normada tavsiya etilgan, desikantlik xususiyati sarflash narmasi ikki martagacha oshirish yo’li bilan bajariladi. Ayrim ekinlarga magniy xloratining sarflash normalari. 1. G’o’za 8-20kg/ga (defoliatsiya) 2. G’o’za 25-35 (desikatsiya) 3. SHoli 25-30 (desikatsiya) 4. Bug’doy 20-30 (desikatsiya) 5. Kungaboqar 20-30 (desikatsiya) 6. Kartoshka 25-30 (desikatsiya) 7. Kand lavlagi 15-30 (desikatsiya) 8. Sabzi(urug’lik) 25-33 (desikatsiya) Magniy xlorati issiqqonli hayvonlar o’rta ta’sir etuvchi UD50 sichqonlar uchun 620 mg/kg. 2. Kaltsiy xlorat- xloridi-Sa(SlO3)2+SaSl2 och kulrang suyuqlik tarkibida 30- 32% kaltsiy xlorati (ta’sir etuvchi modda) va 28-29 % kaltsiy xloridi bor. Defoliant va desikant uning suvdagi eritmasi tayyorlanib purkaladi. Fiziologik ta’siri xuddi magniy xloratiga o’xshash. Ikkalasida ham ta’sir etuvchisi xlorat- ion, lekin kaltsiy xlorat xloridi birmuncha muloyim ta’sir etuvchi defoliant. Havo sharoiti quruq mintakalarda g’o’zada defoliant va desikant sifatida yaxshi samara beradi. G’o’zada 1-4 ko’sak ochilganda defoliatsiyada 20-30 l/ga normada, desikatsiyada esa ko’sak kamida 50 % ochilganda har gektar maydonga- 40-50 l normada tavsiya etilgan. 62% li kaltsiy xlorat-xloridi qattiq formada ishlab
chiqariladi, o’rta tolali g’o’zada 1-4 ko’sak ochilganda 10-13kg/ga, ingichka tolali g’o’zada 13-16 kg/ga tavsiya etilgan. 3. Reglon - Sanoatdan 20%-li suvdagi eritma holatida chiqariladi. Desikatsiyada qo’yidagi normalarda tavsiya etilgan. 1. Kungaboqar 2-3 l/ga 2. Kand lavlagi 5-10 3. Beda (urug’lik) 2-4 4. Kartoshka 2,0 5. Karam (urug’lik) 2-3 4. Dropp (gefolit, tidozuron) Oq kristal modda, suvda yaxshi erimaydi. Sanoatdan 50%-li namlanuvchi kukun holatida chiqariladi. G’o’zada 2-4 ko’sak ochilganda, paxtani terishga 12-15 kun qolganda 0.25-0.5 kg/ga normada purkash tavsiya qilingan, ingichka tolali g’o’zada 0.3-0.6 l/ga normada berilgan. Kalamushlar uchun UD50-4000 mg/kg. 5. Debos (natriy rodani). Oq kristall modda suvda yaxshi eriydi, texnik mahsuloti qizg’ish yoki kulrang tusda bo’lgan bo’ladi. Defoliant va desikant sifatida 80%-li kukunidan foydalaniladi. Lyupinda 10-20 kg/ga normada tavsiya etilgan. UD50 kalamushlar uchun 500-1000mg/kg. 6. Alfa-3, 70% eruvchi kukun. G’o’zada 2-3 ko’sak ochilishi bilan o’rta- tolali navlarda 17-21 kg/ga; Ingichka tolali navlari uchun 4-7 ko’sak ochilganda purkash tavsiya etilgan. 7. Gidrel, 50% suvdagi eritma. 10-15 l/ga. O’rta tolali g’o’za navlarida 1-4 ko’sak ochilganda ko’sak ochilishini tezlashtiruvchi stimulyatorlik xususiyatga ega, paxtani terishga 8-10 kun qolganda oxirgi ishlov beriladi. 8. Gidrel, 40% suvdagi eritma. 12,5-20 l/ga o’rta tolali g’o’za navlari uchun Gidrel 50%-ga tavsiya etilgan.