logo

O’SIMLIKLARNING URUG’ YORDAMIDA KO’PAYISHI. URUG’LI O’SIMLIKLARNING RIVOJLANISH DAVRLARI.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

33.76953125 KB
MAVZU: O’SIMLIKLARNING URUG’ YORDAMIDA KO’PAYISHI.
URUG’LI O’SIMLIKLARNING RIVOJLANISH DAVRLARI.
Reja:
1. O’simliklarning urug’ yordamida ko’payishi.
2. O’simliklarning rivojlanish davrlari. O‘simliklar   dunyosining   juda   katta   qismini   tashkil   qiladigan   ochiq   va
yopiq   urug‘li   o‘simliklarda   ko‘payish   elementi   bo‘lib   spora   emas,   balki
urug‘   xizmat   kiladi.   Urug‘lar   ona   o‘simlikda   ko‘plab   shakllanib,   undan
ajragandan   keyin   yangi   ona   o‘simlikka   o‘xshash   individlarni   hosil   qiladi.
Urug‘ ona o‘simlikda  urug‘kurtakdan -  shakli o‘zgargan megasporangiydan
hosil   bo‘ladi.   Urug‘kurtakda   arxesporial   hujayradan   meyoz   yo‘li   bilan   4   ta
megaspora   shakllanadi.   Megasporalarda   3   tasi   reduksiyalanib   ketib,   1   tasi
mitoz bo‘linish orqali  murtak xaltachasini  hosil qiladi. Bu yerda biz moxlar,
paporotniklar,   plaunlardan   farqli   o‘larok,   hosil   bo‘lgan   megaspora
megasporangiydan   ajralib   ketmay,   balki   uning   ichida   rivojlanishni   davom
ettirib, urg‘ochi gametofitga aylanishini ko‘ramiz. 
Urug‘li   o‘simliklar   uchun   yana   eng   xarakterli   xususiyatlardan   biri
urug‘lanish   jarayoni   uchun   suvli   muxit   talab   qilinmaydi.   Urug‘lanish
jarayoni   urug‘kurtak   ichida   sodir   bo‘ladi.   Buning   uchun   esa   changchida
(mikrosporangiyda)   hosil   bo‘lgan   chang   (erkaklik   gametofiti)   ichida
urug‘kurtak   joylashgan   urug‘chi   tumshuqchasiga   kelib   tushish   kerak.   Bu
xodisa   changlanish   deb nomlanib, turli vositalar (shamol, xasharot, qushlar)
yordamida   amalga   oshiriladi.   Chang   o‘zidan   chang   naychasi   deb   ataluvchi
naycha   hosil   qiladi.   Bu   naycha   ichida   spermiylar   xarakatlanib,   urug‘kurtak
ichida   joylashgan   murtak   xaltasi   tomon   boradi   va   tuxum   hujayrani
urug‘lantiradi.   Urug‘lanish   jarayoni   o‘tgandan   keyin   urug‘kurtak   urug‘ga
aylana   boshlaydi.   Urug‘   yordamida   ko‘payishning   yana   bir   afzalligi   shuki,
urug‘   ichida   murtak   joylashgan   bo‘lib,   u   tayyor   zapas   ozuka   modda   bilan
ta’minlangan   bo‘ladi.   Bundan   tashqari   urug‘   po‘sti   ko‘p   o‘simliklarda   juda
yaxshi   rivojlangan   bo‘lib,   murtakni   tashki   muxit   ta’sirlaridan   ximoya   qila
oladi.  O‘ simliklarning   urug‘   yordamida   ko‘payishi   jinsiy   ko‘payishning
alohida   turi   h isoblanadi,   chunki   urug‘ning   ichidagi   murtak   -   jinsiy
qo‘shilish jarayoni ma h sulotidir. 
Ochiq   urug‘li   o‘simliklarning   ko‘payishi .   Ochiq   urug‘li
o‘simliklarning   ko‘payishini   oddiy   karag‘ay   o‘simligi   misolida   ko‘rib
chiqamiz. Oddiy karag‘ay daraxti 400 yildan ortiqrok xayot kechiradi. U 30-
40   yoshidan   boshlab   urug‘   yordamida   ko‘paya   boshlaydi.   Oddiy   karag‘ay
novdasida   erkaklik   va   urg‘ochi   qubbalar   shakllanadi.   Erkaklik   qubba
novdaga zich spiral xolda joylashgan   mikrosporofillar to‘plamidan iborat
bo‘lib,   xar   bir   mikrosporofilning   ichki   tomonida   2   tadan   mikrosporangiy
joylashgan   bo‘ladi.   Mikrosporangiyda   meyoz   yo‘li   bilan   arxesporial
hujayralardan   mikrosporalar   rivojlanadi.   Mikrospora   ikki   qavatli   po‘stga
(tashki   po‘st-ekzina,   ichki   po‘st-intina)   o‘ralgan   bo‘lib,   bu   po‘st
shakllangandan keyin, u   chang   deb ataladi. Oddiy karag‘ay changida ekzina
va intina oralig‘ida bo‘shliqlar bo‘lib, bu xavo qopchiqlari deb ataladi. Xavo
qopchiqlari changning xavo orqali tarqalishini ta’minlaydi. 
Oddiy   qarag‘ayda   urg‘ochi   qubbalar   yosh   novdalarda   hosil   bo‘lib,   u
ham   zich   spiral   holda   joylashgan   megasporofillar   to‘plamidan   tashkil
topgan.   H ar   bir   megasporofilning   ichki   tomonida   2   tadan   urug‘kurtak
(megasporangiy) taraqqiy etadi. Urug‘kurtak nusellus deb ataluvchi markaziy
qism   va   uni   o‘rab   turuvchi   urug‘kurtak   qobig‘i   -   integumentlardan   tuzilgan
bo‘ladi.   Urug‘kurtakning   tepa   qismida   integumentlar   orasida   bo‘shliq   qolib,
bunga   mikropile   yoki   chang nayi yo‘li   deb ataladi. Nusellus hujayralaridan
biri   meyoz   bo‘linish   orqali   4   ta   megaspora   hosil   qiladi.   Hosil   bo‘lgan   4   ta
megasporadan 3 tasi tezda xalok bo‘lib ketadi, 1 tasi esa rivojlanib, birlamchi
endospermga   aylanadi.   Birlamchi   endosperm   hujayralari   o‘zida
xromosomalarning   gaploid   to‘plamini   (n)   saqlaydi.   Birlamchi   endosperm   -
urg‘ochi   gametofitdir.   Endosperm   hujayralarining   mikropile   tomoniga joylashgan 2 tasi arxeogoniylarga aylanadi. Arxegoniylarda tuxum hujayralar
shakllana boshlaydi. Bu vaqtga kelib chang yadrosi ketma-ket bo‘linib, 2 ta
protallial hujayrani (protallial - o‘simta) hosil qiladi. Ammo bu hujayralar tez
orada   reduksiyalanib   ketadi.   Chang   yadrosi   yana   2   ga   bo‘linib,   kichik
anteridial   va   yirik   sifonogen   hujayraga   aylanadi.   Demak   oddiy   karag‘ay
changi   erkaklik   qubbasidan   ajralayotgan   2   ta   hujayradan   iborat   bo‘ladi.
Chang - erkak gametofit nasl hisoblanadi. 
Chang   urg‘ochi   qubbaga   tushgach,   mikropile   orqali   arxegoniyga   kirib
borish uchun sifonogen hujayra cho‘zilib o‘sa boshlaydi va chang naychasini
hosil qiladi. Chang naychasi o‘sib kirib, nusellusga birikadi. Bu yerda shuni
aytib   o‘tish   kerakki,   ochiq   urug‘lilarda   changlanish   jarayonidan   keyin   to
urug‘lanish   jarayonigacha   bir   yildan   ortiqrok   vaqt   o‘tadi,   chunki   bu   davrda
urg‘ochi   qubbada   faqat   megaspora   shakllangan   bo‘ladi.   Changlanish
jarayonidan keyin kizg‘ish rangli urg‘ochi qubba tangachalari bir-biriga zich
yopishadi   va   chang   urg‘ochi   qubba   ichida   qoladi.   Urug‘lanish   jarayoni   esa
kelgusi   yozda   amalga   oshadi.   Urug‘lanish   jarayoni   ketayotgan   qubbalar
yashil rangda bo‘ladi. Urug‘lanish oldidan anteridial hujayra ikkiga bo‘linib
vegetativ   va   generativ   hujayralarni   hosil   qiladi.   Generativ   hujayra   yana
ikkiga   bo‘linib   spermiylarni   hosil   qiladi.   Bu   orada   chang   nayi   o‘sib
arxegoniyga yetadi. Spermiylar chang nayidan chiqadi va ulardan biri tuxum
hujayrani   urug‘lantiradi,   ikkinchisi   bo‘lsa   reduksiyalanib   ketadi.   Demak
oddiy karag‘ayda urug‘lanish urug‘kurtak ichida sodir bo‘ladi. 
Urug‘langan   tuxum   hujayradan   murtak   rivojlanadi.   Murtak   sporofit
nasldir.   Urug‘kurtak   ichidagi   endosperm   zapas   ozuqa   sifatida   murtak
tomonidan   iste’mol   qilinadi.   Urug‘kurtak   qobig‘i   urug‘   qobig‘iga,
urug‘kurtakning   o‘zi   esa   urug‘ga   aylana   boshlaydi.   Kech   kuzda   urug‘lar
yetiladi.   Bu   davrda   urg‘ochi   qubba   tangachalari   yog‘ochlanib,   och   jigar
rangga   kiradi.   Q ubba   tangachalari   ochilganda   urug‘lar   tashqariga   to‘kiladi. Oddiy karag‘ay o‘simligi urug‘i kelib chiqishga ko‘ra murakkab tuzilmadan
iboratdir,   chunki   urug‘   po‘sti   ona   o‘simlik   hosilasi   xisoblansa,   endosperm
gaploidli gametofitdan, murtak esa yangi diploidli zigotadan hosil bo‘ladi. 
Bu   guru h   o‘simliklarining   ochiq   urug‘li   o‘simliklar   deb   nomlanishga
sabab   shuki,   urug‘kurtak   megasporofillarning   orqa   tomonida   ochiq
joylashgan bo‘lib,  h ech narsa bilan o‘ralmaganligidir. Аdabiyotlar
1. Ашурметов   О.А.,   Қаршибоев   Ҳ.Қ.   Ўсимликлар   эмбриологияси.   Махсус   курсидан   ўқув
қўлланма. Гулистон, 2002. 68 б.
2. Қаршибоев Ҳ.Қ., Ашурметов О.А. Ўсимликлар кўпайиш биологияси. Гулистон, 2003. 99 б.
3. Ашурметов   О.А.,   Бўриев   Х.Ч.   Репродуктивная   биология   представителей   семейства
Cucurbitaceae   Juss .  Ташкент: Фан, 2002. 154 с.
4. Баранов П.А. История эмбриологии растений. Изд-во АН . М.1957 .
5. Данжар П. Цитология растений и общая цитология. ИЛ.М.: 1954
6. Икромов М.И., Нормуродов Х.Н., Юлдашев А.С. Ботаника .  Т ошкент,  «Ўзбекистон» .  2002.  -  322
б .
7. Поддубная   –   Арнольд   В.А.   Цитоэмбриология   покрытосеменных   растений.   М.   Наука,   1976.   –
507 с .
8. Flowerin Plant Embroyology.   Nels R. Lersten. 2004 Blackwell Publishing USA
9. Umurzakova Z.I., Nomozova Z.B., Jalov X.H., Norqulov M.M. Botanika. O’simliklar morfologiyasi
va anatomiyasidan amaliy mashg’ulotlar.  O’quv qo’llanma – Самарқанд. СамДУ нашриёти. 2019. 136 б.

MAVZU: O’SIMLIKLARNING URUG’ YORDAMIDA KO’PAYISHI. URUG’LI O’SIMLIKLARNING RIVOJLANISH DAVRLARI. Reja: 1. O’simliklarning urug’ yordamida ko’payishi. 2. O’simliklarning rivojlanish davrlari.

O‘simliklar dunyosining juda katta qismini tashkil qiladigan ochiq va yopiq urug‘li o‘simliklarda ko‘payish elementi bo‘lib spora emas, balki urug‘ xizmat kiladi. Urug‘lar ona o‘simlikda ko‘plab shakllanib, undan ajragandan keyin yangi ona o‘simlikka o‘xshash individlarni hosil qiladi. Urug‘ ona o‘simlikda urug‘kurtakdan - shakli o‘zgargan megasporangiydan hosil bo‘ladi. Urug‘kurtakda arxesporial hujayradan meyoz yo‘li bilan 4 ta megaspora shakllanadi. Megasporalarda 3 tasi reduksiyalanib ketib, 1 tasi mitoz bo‘linish orqali murtak xaltachasini hosil qiladi. Bu yerda biz moxlar, paporotniklar, plaunlardan farqli o‘larok, hosil bo‘lgan megaspora megasporangiydan ajralib ketmay, balki uning ichida rivojlanishni davom ettirib, urg‘ochi gametofitga aylanishini ko‘ramiz. Urug‘li o‘simliklar uchun yana eng xarakterli xususiyatlardan biri urug‘lanish jarayoni uchun suvli muxit talab qilinmaydi. Urug‘lanish jarayoni urug‘kurtak ichida sodir bo‘ladi. Buning uchun esa changchida (mikrosporangiyda) hosil bo‘lgan chang (erkaklik gametofiti) ichida urug‘kurtak joylashgan urug‘chi tumshuqchasiga kelib tushish kerak. Bu xodisa changlanish deb nomlanib, turli vositalar (shamol, xasharot, qushlar) yordamida amalga oshiriladi. Chang o‘zidan chang naychasi deb ataluvchi naycha hosil qiladi. Bu naycha ichida spermiylar xarakatlanib, urug‘kurtak ichida joylashgan murtak xaltasi tomon boradi va tuxum hujayrani urug‘lantiradi. Urug‘lanish jarayoni o‘tgandan keyin urug‘kurtak urug‘ga aylana boshlaydi. Urug‘ yordamida ko‘payishning yana bir afzalligi shuki, urug‘ ichida murtak joylashgan bo‘lib, u tayyor zapas ozuka modda bilan ta’minlangan bo‘ladi. Bundan tashqari urug‘ po‘sti ko‘p o‘simliklarda juda yaxshi rivojlangan bo‘lib, murtakni tashki muxit ta’sirlaridan ximoya qila oladi.

O‘ simliklarning urug‘ yordamida ko‘payishi jinsiy ko‘payishning alohida turi h isoblanadi, chunki urug‘ning ichidagi murtak - jinsiy qo‘shilish jarayoni ma h sulotidir. Ochiq urug‘li o‘simliklarning ko‘payishi . Ochiq urug‘li o‘simliklarning ko‘payishini oddiy karag‘ay o‘simligi misolida ko‘rib chiqamiz. Oddiy karag‘ay daraxti 400 yildan ortiqrok xayot kechiradi. U 30- 40 yoshidan boshlab urug‘ yordamida ko‘paya boshlaydi. Oddiy karag‘ay novdasida erkaklik va urg‘ochi qubbalar shakllanadi. Erkaklik qubba novdaga zich spiral xolda joylashgan mikrosporofillar to‘plamidan iborat bo‘lib, xar bir mikrosporofilning ichki tomonida 2 tadan mikrosporangiy joylashgan bo‘ladi. Mikrosporangiyda meyoz yo‘li bilan arxesporial hujayralardan mikrosporalar rivojlanadi. Mikrospora ikki qavatli po‘stga (tashki po‘st-ekzina, ichki po‘st-intina) o‘ralgan bo‘lib, bu po‘st shakllangandan keyin, u chang deb ataladi. Oddiy karag‘ay changida ekzina va intina oralig‘ida bo‘shliqlar bo‘lib, bu xavo qopchiqlari deb ataladi. Xavo qopchiqlari changning xavo orqali tarqalishini ta’minlaydi. Oddiy qarag‘ayda urg‘ochi qubbalar yosh novdalarda hosil bo‘lib, u ham zich spiral holda joylashgan megasporofillar to‘plamidan tashkil topgan. H ar bir megasporofilning ichki tomonida 2 tadan urug‘kurtak (megasporangiy) taraqqiy etadi. Urug‘kurtak nusellus deb ataluvchi markaziy qism va uni o‘rab turuvchi urug‘kurtak qobig‘i - integumentlardan tuzilgan bo‘ladi. Urug‘kurtakning tepa qismida integumentlar orasida bo‘shliq qolib, bunga mikropile yoki chang nayi yo‘li deb ataladi. Nusellus hujayralaridan biri meyoz bo‘linish orqali 4 ta megaspora hosil qiladi. Hosil bo‘lgan 4 ta megasporadan 3 tasi tezda xalok bo‘lib ketadi, 1 tasi esa rivojlanib, birlamchi endospermga aylanadi. Birlamchi endosperm hujayralari o‘zida xromosomalarning gaploid to‘plamini (n) saqlaydi. Birlamchi endosperm - urg‘ochi gametofitdir. Endosperm hujayralarining mikropile tomoniga

joylashgan 2 tasi arxeogoniylarga aylanadi. Arxegoniylarda tuxum hujayralar shakllana boshlaydi. Bu vaqtga kelib chang yadrosi ketma-ket bo‘linib, 2 ta protallial hujayrani (protallial - o‘simta) hosil qiladi. Ammo bu hujayralar tez orada reduksiyalanib ketadi. Chang yadrosi yana 2 ga bo‘linib, kichik anteridial va yirik sifonogen hujayraga aylanadi. Demak oddiy karag‘ay changi erkaklik qubbasidan ajralayotgan 2 ta hujayradan iborat bo‘ladi. Chang - erkak gametofit nasl hisoblanadi. Chang urg‘ochi qubbaga tushgach, mikropile orqali arxegoniyga kirib borish uchun sifonogen hujayra cho‘zilib o‘sa boshlaydi va chang naychasini hosil qiladi. Chang naychasi o‘sib kirib, nusellusga birikadi. Bu yerda shuni aytib o‘tish kerakki, ochiq urug‘lilarda changlanish jarayonidan keyin to urug‘lanish jarayonigacha bir yildan ortiqrok vaqt o‘tadi, chunki bu davrda urg‘ochi qubbada faqat megaspora shakllangan bo‘ladi. Changlanish jarayonidan keyin kizg‘ish rangli urg‘ochi qubba tangachalari bir-biriga zich yopishadi va chang urg‘ochi qubba ichida qoladi. Urug‘lanish jarayoni esa kelgusi yozda amalga oshadi. Urug‘lanish jarayoni ketayotgan qubbalar yashil rangda bo‘ladi. Urug‘lanish oldidan anteridial hujayra ikkiga bo‘linib vegetativ va generativ hujayralarni hosil qiladi. Generativ hujayra yana ikkiga bo‘linib spermiylarni hosil qiladi. Bu orada chang nayi o‘sib arxegoniyga yetadi. Spermiylar chang nayidan chiqadi va ulardan biri tuxum hujayrani urug‘lantiradi, ikkinchisi bo‘lsa reduksiyalanib ketadi. Demak oddiy karag‘ayda urug‘lanish urug‘kurtak ichida sodir bo‘ladi. Urug‘langan tuxum hujayradan murtak rivojlanadi. Murtak sporofit nasldir. Urug‘kurtak ichidagi endosperm zapas ozuqa sifatida murtak tomonidan iste’mol qilinadi. Urug‘kurtak qobig‘i urug‘ qobig‘iga, urug‘kurtakning o‘zi esa urug‘ga aylana boshlaydi. Kech kuzda urug‘lar yetiladi. Bu davrda urg‘ochi qubba tangachalari yog‘ochlanib, och jigar rangga kiradi. Q ubba tangachalari ochilganda urug‘lar tashqariga to‘kiladi.

Oddiy karag‘ay o‘simligi urug‘i kelib chiqishga ko‘ra murakkab tuzilmadan iboratdir, chunki urug‘ po‘sti ona o‘simlik hosilasi xisoblansa, endosperm gaploidli gametofitdan, murtak esa yangi diploidli zigotadan hosil bo‘ladi. Bu guru h o‘simliklarining ochiq urug‘li o‘simliklar deb nomlanishga sabab shuki, urug‘kurtak megasporofillarning orqa tomonida ochiq joylashgan bo‘lib, h ech narsa bilan o‘ralmaganligidir.