SPORALI YUKSAK O’SIMLIKLAR BO’LIMLARINING TUZILISHI VA RIVOJLANISH DAVRLARI.
MAVZU: SPORALI YUKSAK O’SIMLIKLAR BO’LIMLARINING TUZILISHI VA RIVOJLANISH DAVRLARI. Reja: 1. Yuksak o’simlik bo’limlarining tuzilishi. 2. Yuksak o’simliklarning rivojlanish davrlari.
Yuksak o'simliklar Ycr yuzida cng keng tarqalgan bo'lib, murakkab tuzilishga ega bo'lishi bilan ajralib turadi. O'simliklar dunyosini, shu jumladan yuksak o'simliklarni ma'lum bir lizim (sistema) asosida joylashtirish ustida olimlar uzoq yillar mobaynida tadqiqot ishlari olib borganlar va o'zlarining klassifikatsiya- larini ishlab chiqqanlar. O'simliklar sistemasini ilk bor tavsiya etgan botaniklardan biri italiyalik botanik A. ZEZALPIN (1519-1603) bo'lib, u o'simliklarni asosan mevasiga qarab 15 sinfga ajratgan. K.LINNEY esa o'simliklarni mevasiga emas, guliga (ayniqsa, changchilaming tuzilishiga) qarab 23 sinfga, gulsizlarni bir sinfga kiritib, o'zining 24 sinfdan iborat sistemasini yaratdi. Vaqt o'lishi bilan o'simliklar, shu jumladan gulli o'simliklar sistemasiga bag'ishlab ko'plab asarlar nashr etildi va yangi sistemalar tavsiya etila boshlandi. Bu borada A.Engler, N.I.Kuzneisov, N.A. Bush, A.A.Grossgeym, X.Y. Gobi, B.M. Kozo- Polyanskiy, A.L.Taxtadjyan kabilarning olib borgan ishlari diqqatga sazovordir. Hozirda yuksak o'simliklar dunyochasi (kichik dunyosi) 300 000 dan ortiq turni o'z ichiga oluvchi 9 ta bo'limga ajratiladi. 1 . Riniyatoifalar — Rhyniophyta 2. Zoosterofiltoifalar — Zoosterophyllophyta 3. Yo'sintoifalar — Bryophyta 4. Plauntoifalar — Lycopodiophyta 5. Psilottoifalar —Psilotophyta 6. Qirqbo'g'imtoifalar — Equisetophyta 7. Qirqquloqtoifalar — Polypodiophyta YO’SINTOIFALAR BOLIMI – BRYOPHYTA Yo’sintoifalar bo’limi yuksak o’simliklar evolyutsiyasining gametofit ustun bo’lgan yo’nalishini tashkil etadi va ularni “Briologiya” fani o’rganadi. Yo’sinlar eng qadimgi yuksak o’simliklardan bo’lib, ularning qoldiqlari
paleozoy erasining toshko’mir va perm davrlari qatlamlarida uchraydi, ammo olimlarning fikriga ko’ra bu paleobotanik topilmalar yo’sinlar filogenezini to’liq tiklash imkonini bermaydi. Bu bo ’ limga 50 mingga yaqin tur kiradi, ya ’ ni tur soni jihatidan yuksak o ’ simliklar orasida gulli o ’ simliklardan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Ular sodda tuzilishga ega o’t o'simliklar bo’lib, suvo’tlarga ancha yaqin turadi. Sababi vegetativ tanasi tallom (qattana) shaklida, ildizi yo'q, rizoidlari ildiz vazifasini bajaradi. Tipik o’tkazuvchi to’qimalari ham shakllanmagan. Poyabargli moxlarning barg, poya va novdalari bo’lsada, sodda tuzilishiga ko’ra ularni naychali yuksak o’simliklarga kiritib bo’lmaydi. O’tkazuvchi to’qimalari shakllanmagan. Gametofitining o’sishi uchki qismidagi hujayralar yordamida boradi. Barglari oddiy, o’troq, tomiri faqat barg markazida o’rnashgan, ayrim vakillarida umuman barg tomirlari bo’lmaydi. Yo’sinlarning tallom yoki poyabargli vegetativ tanasini gametofit deb yuritilishining sababi shundaki, ularda arxegoniy anteridiylar shakllanib, dastlab jinsiy yo’l bilan ko’payadi va hosil bo’lgan zigotadan sporogon taraqqiy etadi. Shundan so’ng jinsiy ko'payishi sporofit bilan almashadi. Yuksak o’simliklarning boshqa bo’limlari vakillarida esa bu jarayonning aksini kuzatamiz. Ularda sporofitning taraqqiyoti gametofit bilan uzviy bog’langan. Chunki sporofit suv va oziqani asosan gametofitdan olib turadi. Sporogonda assimilatsiya to'qimasi zaif taraqqiy etgan. Shuning uchun ham yo’sintoifalarda gametofit davri ustunlik qiladi. Shu bois bo'lim vakillari yuk sak o'simliklar shajarasida alohida evolutsion shox sifatida ajratiladi. Yo'sintoifalar xilma-xil ekologik muhitlarda tarqalgan. Ular tropik va subtropik zonadan sovuq tundra zonasigacha boigan hududlarda uchraydi. Yo'sinlarning taraqqiyot siklidagi xarakterli belgilaridan yana bittasi pishib yetilgan spora tarqalganidan so'ng, undan protonemaning o’sishidir.
Protonema ko’pchilik yo’sinlarda ipsimon tuzilishga ega. Faqat sfagnum va andrea yo’sin gametofitining dastlabki fazasida plastinka holatida bo’ladi. Jigarsimon yo’sinlarda protonema qisqagina ipchadan iborat. Bir yoki bir necha hujayralardan tashkil topgan. Uning apikal hujayrasi uzunasiga 2 ga bo'linib, undan plastinkali yoki poyabargli gametofit taraqqiy etadi. Yo’sintoifalar orasida funariyaning ( Funaria hydrometrica ) protonemasi yaxshi o’rganilgan. Uning sporasi qulay sharoitda tez o’sib ipcha hosil qiladi. Undan keyinchalik rizoid taraqqiy etadi. Yashil rangli ipsimon protonema xloronema deyiladi. Ipcha shoxlanib kaulonema deb ataluvchi bosqichga o’tadi. Bu protonemaning oxirgi bosqichi bo’lib, unda gametofor kurtaklari va rizoidlar bo'ladi. Yo’sinlarning bunday ipsimon protonemasi tashqi ko’rinishi jihatidan yashil suvo’tlariga juda o’xshaydi. Shunga ko’ra yo’sinlarni yashil suv o’tlaridan kelib chiqqan degan taxminlar mavjud. Biroq bu fikrni tasdiqiovchi asosli dalillar yo’q. PLAUNTOIFALAR BO’LIMI - LYCOPODIOPHYTA Bu bo’lim yuksak o’simliklar evolyusiyasining sporofit ustun yo’nalishidagi dastlabki bo’limidir. Uning vakillari yer yuzida tarqalgan sporali yuksak o’simliklarning eng qadimgilaridan hisoblanadi. Ularning qoldiqlari silur davrining qatlamlaridan topilgan. Usha davr plaunlarning orasida bo’yi 30 metrgacha yetadigan daraxt turlari ko’p bo’lgan. Lepidodendronlar, sigillyariyalar qabilalarining qoldiqlari toshko’mir hosil bo’lishida ishtirok etgan. Hozirgi yashab turgan vakillari plaunlar, selaginellalar va polushniklar o’tchil o’simliklardir. Ular haqiqiy bargpoyali o’simliklar bo’lib, doimo ildizi bo’ladi. Poyalari dixotamik shoxlangan. Barglari oddiy, ularga poyadan suv naylari bog’lami kirib turadi. Sporofillari bir sporangiyli va ularning ichida sporalar yetiladi. Sporalar bir xil (plaunlarda) yoki har xil (selaginellalarda) kattalikda bo’ladi. Plaunlar
ham yo’sinlar kabi yuksak sporali o’simliklar bo’lib, sporofit va gametofit nasllarining gallanishi, hamda vegetativ usullar bilan ko’payadi. Yo’sinlardan farq qilib bu bo’lim vakillarida jinssiz-sporofit nasl ustun turadi. Sporangiylar yorilgach, sporalar atrofga tarqaladi. Ulardan qulay sharoitda jinsiy bo’g’in yoki gametofit o’simta o’sib chiqadi. Gametofitdagi anteridiy va arxegoniylarda hosil bo’lgan jinsiy hujayralar-tuxum hujayra va spermatozoidlar o’zaro qo’shilib zigota hosil bo’ladi, zigota hujayrasi tinimsiz bo’linishi natijasida yangi sporofit ya’ni jinssiz nasl rivojlanadi. Sporofit gametofitdan mustaqil o’sadi. QIRQBO’G’INTOIFALAR BO’LIMI - EQUISETIOPHYTA Bu bo’limga kiruvchi o’simliklarni qirqbo’g’inlar deyilishiga sabab ularning poyasi tez ajraladigan bo’g’in va bo’g’in oraliqlariga to’g’ri tartib bilan bo’lingan, barglari juda mayda, reduksiyaga uchragan va poyada halqasimon joylashganligidir. Poyasi alohida bo’g’inlarning birlashuvidan hosil bo’lganga o’xshaydi. Barglari fotosintez qilish qobiliyatiga ega emas. Paleobotanik ma’lumotlarga ko’ra, qirqbo’g’inlar Paleozoy erasining devon davrida paydo bo’lgan, toshko’mir davrida eng avj olib rivojlangan. Dastlabki daraxtsimon turlari keyinchalik boshqa yuksak sporali o’simliklar kabi qirilib ketgan. Hozirgi davrda faqat ildizpoyali, o’tsimon qirqbo’g’inlargina saqlanib qolgan. Bularning har bir bug’in oralig’i asosida hosil qiluvchi to’qima (meristema) mavjudligi poyani bo’g’imlar chegarasi bo’lib, oson o’sishini ta’minlaydi. Qirqbo’g’inlarga mansub 32 tur mavjud bo’lib, ular Avstraliya va Yangi Zelandiyadan tashqari Yer sharining hamma joyida uchraydi. MDH mamlakatlarida 12 turi borligi aniqlangan. Janubiy Amerikada poyasi o’ralib o’suvchi Equisetum giganteum ning bo’yi 10-12 metrgacha yetadi. Qirqbo’g’inlar poyasining markazida bo’shliq bo’lib, uni markaziy havo