logo

EYMERIOZ

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

35.3740234375 KB
Mavzu: EYMERIOZ
Reja:
1. Tovuq eymeriozining qo’zg’atuvchilari?
2. Eymerioz qo’zg’atuvchilarining xususiyatlari?
3. Eymeriozning kelib chiqish sabablari?
4. Eymeriozni oldini olish va davolash tadbirlari Eymeriozlar   –   parrandalarning   protozooz   kasalligi   hisoblanadi.   Protozoa
hayvonot   olamining   Apicomplexa   tipiga,   Sporosoa   sinfi,   Coccidia   turkumi,
Eimeridae   oilasiga   mansub   bo’lgan   bir   hujayrali   sodda   organizmlar   tomonidan
qo’zg’atiladi.
Eymerioz   –   tovuqlarning,   ayniqsa   10-80   kunlik   jo’jalarning   o’tkir   va
surunkali oqimda kechuvchi, bir necha turdagi eymeriyalarni ingichka va yo’g’on
bo’lim ichaklarining epitelial xujayralarida parazitlik qilishi oqibatida qo’zg’atiladi
va   ishtahasizlanish,   chanqash,   ich   o’tishi,   anemiyaning   rivojlanishi   natijasida
ko’plab jo’jalarni nobud bo’lishi bilan xarakterlanadi.
Kasallik respublikaning parrandalar yerda va almashinmaydigan to’shamalar
sharoitida   asraladigan   tovuqchilik   xo’jaliklaridagi   1-3   oylik   jo’jalar   orasida
eymeriozning tarqalish darajasi 57,4 – 79,1% ni tashkil etishi qayd qilingan.
Kasallik   qo’zg’atuvchisining   tuzilishi.   Tovuq   ichaklarida   koksidiyalarning
10   dan   ortiq   turi   qayd   etilgan   bo’lib,   shulardan   5   tur   koksidiyalar   tez-tez   uchrab
turadi.  
Eimeria   tenella   -   oosistlari   ovalsimon,   rangsiz   yoki   yashil   tusda   bo’lib,
mikropilasi   yo’q,  qutblaridan  birida  donachasi   (granulasi)   bo’ladi.   Kattaligi   14,2-
31,2   x   9,5-24,8   mkm.   Sporogoniya   24-48   soat   davom   etadi.     Tovuqlarning
ko’richaklarida parazitlik qiladi. 
Eimeria acervulina   - oosist  tuxumsimon yoki ovalsimon. Ko’proq toraygan
qismida   mikropilasi   bilinar   –   bilinmas   sezilib   turadi.   Pardasi   silliq   bo’lib,   qutbiy
donachasi   (granulasi)   mavjud.   Kattaligi   17,7-20,2   x   13,7-16,3   mkm.
Sporulyasiyasi   1   kecha   –   kunduz   davom   etadi.   O’n   ikki   barmoqli   ichakda
parazitlik qiladi. 
Eimeria   maxima   -   oosistlari   ovalsimon,   pardasi   dag’al   (g’adir-budir).
Toraygan qutbida mikropilasi va donachasi (granulasi) mavjud. Kattaligi 24,4-42,5
x 16,5-29,3 mkm. Sporulyasiya 48 soat davom etadi. Ingichka ichaklarda parazitlik
qiladi.
Eimeria   mitis   -   oosistlari   yumaloq,   rangsiz,   qutbiy   donachasi   bo’ladi.
Ingichka bo’lim ichaklarining oldingi  qismi yarmida parazitlik qiladi. Eimeria praecox  - oosistlari ovalsimon, rangsiz, donachasi yonbosh qismida
yoki   sporalar   orasida   joylashadi.   Kattaligi   16,6-27,7   x   14,8-19,4   mkm.
Sporulyasiyasi   24-36   soat   davom   etadi.   Ingichka   bo’lim   ichaklarining   birinchi
uchdan bir qismida parazitlik qiladi.
Eimeria   necatrix   -   oosistlari   ovalsimon   yoki   yumaloq,   qutbiy   granulasi
bo’ladi.   Kattaligi   13-22,7   x   11,3-18,3   mkm.   Sporulyasiyasi   48   soat   davom   etadi.
Ingichka bo’lim ichaklarining o’rta qismida parazitlik qiladi.
Eymeriyalarning rivojlanishi   -   eymeriyalar murakkab rivojlanish jarayoniga
ega bo’lib, ko’pchilik xususiyatlari jihatdan o’zaro o’xshashdir. 
Eimeria   –   avlodi   vakillarining   rivojlanishi   asosan   3   bosqichda   kechadi:
merogoniya, gametogoniya va sporogoniya. 
Merogoniya – jinssiz ko’payish. Parazitlar yetuk oosist organizmga tushadi.
Ichak bo’shlig’ida oosist pardalaridan ozod bo’lgan sporozoitlar ichakning epitelial
hujayralariga kirib oladi va hajmi kattalashib yumaloq shakldagi merontlarni hosil
qiladi. So’ngra merontlarning yadrolari ko’plab bo’linish yo’li bilan bo’linib, yangi
o’zaklar   va   ular   atrofida   protoplazma   hosil   bo’ladi.   Yangidan   hosil   bo’lgan   bu
parazitlar   esa   merazoitlar   deb   nomlanadi.   Merazoitlar   kirib   olgan   epitelial
hujayralarning   ko’pchiligi   nobud   bo’ladi,   parazitlar   esa   ulardan   chiqib   boshqa
butun xujayraga  kiradi  va u yerda yuqoridagidek rivojlanish  bosqichini  bir  necha
marta takrorlagach keyingisi bilan almashadi.
Gametogoniya   –   jinsiy   ko’payish   bosqichi   hisoblanib,   bunda   merozoitlar
o’rniga   erkak   va   urg’ochi   jinsiy   hujayralari   (gametalar)   hosil   bo’ladi   va   o’zaro
qo’shiladi.   Buning   uchun   dastlab   tarkibida   oz   miqdordagi   sitoplazmasi   bo’lgan
mitti   parazitlar   mikrogametalar   va   tarkibida   ko’p   miqdorda   sitoplazma   saqlovchi
yirik parazitlar makrogametalar hosil bo’ladi.
Mikrogametosidlarning yadrolari ko’plab bo’linib hosil bo’lgan yadrochalar
atrofida   sitoplazma   paydo   bo’lishi   natijasida   harakatchan   mitti   o’roqsimon
shakldagi qo’sh xivchinli erkaklik jinsiy hujayralar – mikrogametalar hosil bo’ladi.
Jinsiy   hujayralar   o’zaro   ajrimlashgandan   keyin   mikrogametalar
makrogametalarning   ichiga   kiradi,   ya’ni   parazitlarning   qo’shilishi   jarayoni   sodir bo’lib,   zigota   hosil   bo’ladi.   Qisqa   vaqt   ichida   zigota   atrofida   parda   hosil   bo’lgan
oosista   paydo   bo’ladi.   Mazkur   oosistalar   epitelial   hujayralaridan   ajralib   ichak
bo’shlig’iga, u yerdan esa tezak bilan tashqi muhitga tushadi. 
Sporogoniya   –   spor   va   sporozoitlar   hosil   bo’lib,   tashqi   muhitda   kechadi.
Tashqi muhitga tushgan oosistlar qulay sharoitda o’z rivojlanishini davom ettiradi.
Eymeriyalarning   xususiyligi   –   bu   avlodga   mansub   eymeriyalar   bir   biriga
juda o’xshash bo’lishsada, biroq ular evolyusiya taraqqiyoti jarayonida moslashgan
birgina hayvon turida parazitlik qilishadi.
Eymeriyalarning   qat’iy   xususiyligi   nafaqat   xo’jayinga   nisbatan   balki,
organizmning   uchrash   joyiga,   organ   va   to’qimalarida   parazitlik   qilish   xususiyati
ham aynan o’ziga xos bo’ladi.
Eymeriyalarning   turlarini   va   rivojlanishini   o’rganish,   jo’jalarni
eksperimental   zararlab   tajriba   o’tkazish   maqsadidagi   tadqiqotlarimizda
eymeriyalarning yuqoridagi biologik xususiyati yana bir marta tasdiqlandi.
Oosistlarini   ajratib   olishda   VNIVIP,   M.V.Krыlov   metodikasi   bo’yicha
stakanchalarda   jo’jalarning   axlati   olindi,   ustiga   kaliy   bixromat   tuzining   2   %   li
suvdagi eritmasidan ozroq qo’yildi va yaxshilab aralashtirildi. Keyin 1:20 nisbatda
2   %   li   kaliy   bixromat   tuzining   eritmasi   solindi.   Doka   yoki   simli   to’r   suzgichdan
o’tkazildi   va   suyuq   aralashma   sentrafuga   probirkalariga   quyilib,   2500   aylana
tezlikda   5   minut   davomida   sentrafuga   qilindi.   Probirkalardagi   suyuqlikning   ustki
qismi   boshqa   idishga   to’kilib,   cho’kmasi   qoldirilib,   cho’kmaga   osh   tuzining
to’yingan   eritmasidan   solindi   va   keyin   yaxshilab   aralashtirildi.   Sentrafugada   10
minut   davomida   1500   aylana   tezlikda   qayta   sentrafuga   qilinadi.   Probirkalar   ustki
qismi to’kib tashlanib, tagidagi cho’kma qismi boshqa idishga yig’ib olinib ustiga
toza   suv   (1:10)   nisbatda   qo’yilib,   1-2   kun   saqlanadi.   Tindirilgan   idishning   ustki
qismini,  cho’kma  loyqalatilmasdan  so’rg’ich  nay  orqali   so’rib  olindi.  Cho’kmaga
kaliy   bixromat   tuzining   2   %   li   suvdagi   eritmasi   solinib,   termostatga   qo’yildi.
Oosistlar   termostatda   +25 0
  +27 0
  S   da   saqlandi   va   sporulyasiya   bo’lish   jarayonini
tezlashtirish   uchun   kompressorda   havo   haydalib   turildi.   Oosistadagi   sporulyasiya
jarayoni har kuni kuzatilib borildi va termostatda qulay sharoitda o’z rivojlanishini davom   ettirdi.   Uning   tarkibidagi   tuzilmalari   zichlashib,   shar   shakliga   kirib
markazga   to’planishdi.   Undan   keyin   2   -   3   -   kunlari   ushbu   sharchalar   har   biri   4
tadan   bo’laklarga,   sporoblastlarga   bo’linib,   4   ta   sporaga   aylandi.   Xususiy   zich
parda bilan o’ralgan sporosistalar har biri 2 tadan uzunchoq, o’roqsimon shakldagi
sporazoitlarni hosil qildi.
Termostatda   qulay   sharoitda   oosistalar   3   sutka   davomida   rivojlanib,
sporulyasiya jarayonini o’z nihoyasiga yetkazdi.
Epizootologiyasi.   Tovuq   eymeriozi   yer   sharinig   barcha   mintaqalarida   keng
tarqalgan. Kasallik manbai kasal va kasallanib sog’aygan jo’jalar (1sutkada 9-670
mln. oosistlar ajratadi) bo’lsa, tovuqlar esa eymeriyalarning tashuvchisi vazifasini
o’taydi. Jo’jalarning zararlanishi koksidiyalarning oosistlari bilan ifloslangan oxur,
ozuqa, suv, to’shama va tuproq orqali sodir bo’ladi. 
Shuningdek,   eymeriyalarning   oosistlar   jo’jaxonalarga   –   qarovchilarning
poyafzallari, kurak, supurgi va boshqa asbob – aslahalar bilan keltirilishi mumkin.
Kemiruvchilar,   qushlar,   hashoratlar   va   boshqa   jonivorlar   esa   koksidiya
oosistlarining mexanik tashuvchilari bo’lib xizmat qiladi. 
Jo’jalar esa ko’proq suv va oziqadan alimentar zararlanadilar.
Jo’jalar   tig’iz   asralishi,   jo’jaxonalarda   namlik   yuqoriligi,   oziqa   sifatining
pastligi   va   jo’jalarni   o’stirish   uslubining   buzilishi,   parrandalar   “zararlanishiga
ko’maklashuvchi”   omillar   qatoriga   kiradi.   Kasallikning   mavsumiylik   xususiyati
bahor   va   kuz   fasllariga   to’g’ri   kelsada,   yirik   parrandachilik   fermalarida   (ayniqsa
polda   asraladiganlari   orasida)   yilning   barcha   fasllarida   eymerioz   xuruj   qilishi
mumkin.
Klinik belgilari.  Kasallik o’tkir va surunkali oqimlarda kechadi. O’tkir oqim
yosh jo’jalar orasida kechib, bir necha kundan 2-3 xaftagacha davom etadi. Kasal
jo’jalar oriqlaydi, ishtahasi pasayib yo’qolib boradi. Patlari xo’rpayib, kloaka atrofi
ifloslanadi   va   suyuq   tezagi   yopishib   qoladi.   Tezagida   qon   aralash   suyuqlik   qayd
etiladi. Ko’rinarli shilliq pardalari va toji qonsizlanib oqaradi. Qondagi eritrositlar
miqdori   40-70   foizgacha   kamayadi.   Chanqoqligi   seziladi,   jig’ildoni   suyuqlikka to’lib   taranglashadi,   Harakat   muvozanati   buziladi,   qanoti   va   oyoqlari   yarim   shal
bo’lib, hushsizlanadi va 2- 5- kunlari nobud bo’ladi.
Jo’jalar orasidagi chiqim 50-70 (100) foizgacha yetadi. 
Surunkali oqimda ham yuqoridagi alomatlar qayd etilib kuchsizroq darajada
bo’ladi   va   davomiyligi   oylab   cho’zilishi   mumkin.   Kasallikning   bu   formasi   4-6
oylik jo’jalar va katta tovuqlar orasida uchraydi.
Tovuqning   semizlik   darajasi   pasayib,   tuxum   berishi   kamayadi,   lekin
o’lmaydi.
Patologoanatomik   o’zgarishlar.   Jasad   o’ta   oriq,   ko’rinarli   shilliq   pardalari
oqish   tusda.   Yorib   ko’rilganda   asosiy   o’zgarishlar   ichakda   bo’lib,   ularning   qay
darajadaligi   eymeriyaning   turi   va   invaziyaning   intensivligiga   bog’liq   bo’ladi.
E.tenella   bo’lsa   ichakning   yallig’langanligini   va   uning   bo’shlig’ida   ivigan   qon
laxtalari topiladi.
E. acervulina esa o’n ikki barmoqli ichak shillig’ida ko’ndalang tasmachalar
va   dog’chalar   hosil   bo’ladi.   E.   maxima   da   ingichka   ichakning   o’rta   qismida
sarg’ish qo’ng’ir yoki qizg’ish shilliq to’planishiga sabab bo’ladi. E.necatrix da esa
ingichka ichakning o’rtangi uchdan bir bo’lagi kengayishiga sabab bo’ladi. Shilliq
qavatida   ko’p   sonli   mitti   tugunaklar   ko’zga   tashlanadi.   Ichak   bo’shlig’ida   ivigan
qon laxtalari uchraydi.
Diagnoz   qo’yish   -   Diagnozni   belgilashda   xo’jalikning   epizootologik   holati,
yil   mavsumi,   parrandalarning   yoshi,   klinik   hamda   patologoanatomik   o’zgarishlar
hisobga olinadi.
Jo’jalar   orasida   ich   o’tishini   boshlanishi   va   tezagi   bilan   qonli   suyuqlik
o’tishi hamda ko’plab o’lishi eymeriozga taxmin qilishga asos bo’ladi. 
Tekshiruv o’tkazishda shuni hisobga olish kerakki, tezak namunalarida kam
sonli eymeriya oosistlari bo’lishi eymerioz uchun to’liq asos bo’la olmaydi. Klinik
eymeriozda intensivlik yuqori  bo’ladi. Shuni  e’tiborga olgan holda ko’proq tezak
namunalarini tekshirib ko’rish kerak.
Yakuniy   diagnoz   jo’ja   tezagi   namunasi   yoki   o’lganlarining   ichaklarini
shikastlangan joyidan olingan qirindilarni mikroskop ostida Darling usuli bo’yicha tekshirilib,   oosistlar   mavjudligiga   asoslangan   holda   belgilanadi.   Parrandalarni
tirikligida aniq va ishonchli tashxisni qo’yishda kaprologik tekshirish olib borilib,
Eimeria tuxumlari topilgandan so’ng tovuq eymerioziga tashxis qo’yiladi.
Davolash.   Tovuq   eymeriozini   davolashda   quyidagi   dori   preparatlaridan
foydalaniladi.
Amprolin   eymeriostatigini   1   litr   cuvga   1   ml   miqdorda   5–7   kun   davomida
uzluksiz qo’llaniladi.
Amprolium 25 % -  preparat parranda 1kg yemiga 0,5 gr hisobida.
DD-Toltra-25   eymeriostatigi   1   litr   suvga   1   ml   miqdorida   2   kun   davomida
qo’llaniladi. 
Toltroks   eymeriostatigi   1   litr   suvga   1   ml   miqdorida   2   kun   davomida
qo’llaniladi. 
Intrakoks   preparati   1   litr   suvga   1   ml   miqdorida   2   kun   davomida
qo’llaniladi. 
Koksuril   eymeriostatigini   1   litr   suvga   1   ml   dan   qilib   2   kun   davomida
qo’llaniladi
Sigro  eymeriostatigi 1 kg/500 mg xisobida 7 kun uzl u ksiz qo’llanil adi.  
Amprol plyus   0,5 g/kg parranda yemiga aralashlirilib 5-7 kun qo’llaniladi.
Bulardan vitaminlar qo’shib berilsa natija yaxshi bo’ladi.
Oldini   olish.   Kasallikni   oldini   maqsadida   yosh   jo’jalarni   katta   yoshdagi
parrandalar  bilan birga saqlamaslik, jo’jalarni  toza, quruq binolarda asrash lozim.
Tovuqlar   eymeriozini   profilaktika   qilishda,   yosh   jo’jalarni   kattalaridan   ajratgan
holda   toza   va   quruq   binolarda   asrash   lozim.   Jo’jalarni   2-4   oylikgacha   sim
kataklarda   asrash   ham   ularni   eymeriozdan   sog’lom   saqlashda   yaxshi   samara
beradi. Jo’jalarni 10 kunligidan boshlab kasallikni oldini oluvchi antieymeriy dori
darmonlari   berib   borish   maqsadga   muvofiqdir.   Jo’jalarni   o’z   vaqtida   reja   asosida
dezinvaziyalab borish kerak. 
Parranda   organizmida   rivojlanayotgan   eymeriyalarga   qarshi   kurash   ularni
rivojlanishdan   to’xtatuvchi   yoki   umuman   o’ldiruvchi   kimyoviy   preparatlardan
foydalaniladi va ta’sir qilish mexanizmiga qarab ikki guruhga bo’linadi: 1.Organizmda   eymerioz   kasalligiga   qarshi   immunitetning   hosil   bo’lishiga
ta’sir   qiladigan   preparatlar   (farmkoksid   -25,   klopidol,   koyden   –   25,   regikoksin,
sigro,   sterinol,   sakoks,   avatek   va   boshq.)   bu   guruh   preparatlari   go’sht
yo’nalishidagi broyler fabrikalarida ishlatiladi.
          2.Organizmda   eymerioz   kasalligiga   qarshi   immunitetning   hosil   bo’lishiga
ta’sir   qilmaydigan   preparatlar   (koksidiovit,   ardinon   25,   amproliks,   amprol   plyus,
amprolin,   amprolium,   koksidin   va   boshq.)   bu   guruh   preparatlari   tuxum
yo’nalishidagi parrandachilik xo’jaliklarida ishlatiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Asosiy adabiyotlar
1. G’afurov   A.G’.,   Davlatov   R.B.,   Rasulov   I.R.   “Veterinariya
protozoologiyasi”,   o’quv   qo’llanma,   “Zarafshon”   nashriyoti,   Samarand
2013y.
2. Oripov   A.O.,   Davlatov   R.B.,   Yo’ldoshev   N.Ye.   “Veterinariya
gelmintologiyasi”, o’quv qo’llanma, “Navro’z” nashriyoti, Toshkent-2016 y.
3. Bessarobov i dr. “Bolezni ptis”, uchebnoye posobiye dlya VUZ ov. Moskva,
izdatelstvo “Lan” 2007 g.
Xorijiy adabiyotlar
1. David E. Swayne, John R. Glisson, Larry R. McDougald, Lisa K. Nolan,
David   L.   Suarez,   Venugopal   L.   Nair,   «Diseases   of   Poultry»,   Wiley-
Blackwell; 13 edition, USA, 2013.
Qo’shimcha adabiyotlar
1. Davlatov   R.B.,   Eshbo’riyev   B.M.   “Parrandalarni   asrash,   oziqlantirish   va
ularning   kasalliklarini   oldini   olish   hamda   davolash   bo’yicha”   tavsiyalar,
Toshkent 2016 y.
2. Korovin   R.N.   “Spravochnik   veterinarnogo   vracha   ptisevodcheskogo
predpriyatiya” tom-1,2. Sankt-Peterburg. 1995 g.
3. Salimov   X.   va   boshq.   “Tovuq   eymeriozi   va   enterobakteriozlarini   oldini
olish, davolash hamda ularga qarshi kurashishning kompleks chora-tadbirlari
bo’yicha” tavsiyalar, “Optima print” nashriyoti. Toshkent-2014 y.
Internet  sayt lari :
1. email: zooveterinarya@ mail.ru
2. email:  sea@mail.net21.ru
3. email:  veterinary@actavis.ru
4. email:  fvat@academy.uzsci.net

Mavzu: EYMERIOZ Reja: 1. Tovuq eymeriozining qo’zg’atuvchilari? 2. Eymerioz qo’zg’atuvchilarining xususiyatlari? 3. Eymeriozning kelib chiqish sabablari? 4. Eymeriozni oldini olish va davolash tadbirlari

Eymeriozlar – parrandalarning protozooz kasalligi hisoblanadi. Protozoa hayvonot olamining Apicomplexa tipiga, Sporosoa sinfi, Coccidia turkumi, Eimeridae oilasiga mansub bo’lgan bir hujayrali sodda organizmlar tomonidan qo’zg’atiladi. Eymerioz – tovuqlarning, ayniqsa 10-80 kunlik jo’jalarning o’tkir va surunkali oqimda kechuvchi, bir necha turdagi eymeriyalarni ingichka va yo’g’on bo’lim ichaklarining epitelial xujayralarida parazitlik qilishi oqibatida qo’zg’atiladi va ishtahasizlanish, chanqash, ich o’tishi, anemiyaning rivojlanishi natijasida ko’plab jo’jalarni nobud bo’lishi bilan xarakterlanadi. Kasallik respublikaning parrandalar yerda va almashinmaydigan to’shamalar sharoitida asraladigan tovuqchilik xo’jaliklaridagi 1-3 oylik jo’jalar orasida eymeriozning tarqalish darajasi 57,4 – 79,1% ni tashkil etishi qayd qilingan. Kasallik qo’zg’atuvchisining tuzilishi. Tovuq ichaklarida koksidiyalarning 10 dan ortiq turi qayd etilgan bo’lib, shulardan 5 tur koksidiyalar tez-tez uchrab turadi. Eimeria tenella - oosistlari ovalsimon, rangsiz yoki yashil tusda bo’lib, mikropilasi yo’q, qutblaridan birida donachasi (granulasi) bo’ladi. Kattaligi 14,2- 31,2 x 9,5-24,8 mkm. Sporogoniya 24-48 soat davom etadi. Tovuqlarning ko’richaklarida parazitlik qiladi. Eimeria acervulina - oosist tuxumsimon yoki ovalsimon. Ko’proq toraygan qismida mikropilasi bilinar – bilinmas sezilib turadi. Pardasi silliq bo’lib, qutbiy donachasi (granulasi) mavjud. Kattaligi 17,7-20,2 x 13,7-16,3 mkm. Sporulyasiyasi 1 kecha – kunduz davom etadi. O’n ikki barmoqli ichakda parazitlik qiladi. Eimeria maxima - oosistlari ovalsimon, pardasi dag’al (g’adir-budir). Toraygan qutbida mikropilasi va donachasi (granulasi) mavjud. Kattaligi 24,4-42,5 x 16,5-29,3 mkm. Sporulyasiya 48 soat davom etadi. Ingichka ichaklarda parazitlik qiladi. Eimeria mitis - oosistlari yumaloq, rangsiz, qutbiy donachasi bo’ladi. Ingichka bo’lim ichaklarining oldingi qismi yarmida parazitlik qiladi.

Eimeria praecox - oosistlari ovalsimon, rangsiz, donachasi yonbosh qismida yoki sporalar orasida joylashadi. Kattaligi 16,6-27,7 x 14,8-19,4 mkm. Sporulyasiyasi 24-36 soat davom etadi. Ingichka bo’lim ichaklarining birinchi uchdan bir qismida parazitlik qiladi. Eimeria necatrix - oosistlari ovalsimon yoki yumaloq, qutbiy granulasi bo’ladi. Kattaligi 13-22,7 x 11,3-18,3 mkm. Sporulyasiyasi 48 soat davom etadi. Ingichka bo’lim ichaklarining o’rta qismida parazitlik qiladi. Eymeriyalarning rivojlanishi - eymeriyalar murakkab rivojlanish jarayoniga ega bo’lib, ko’pchilik xususiyatlari jihatdan o’zaro o’xshashdir. Eimeria – avlodi vakillarining rivojlanishi asosan 3 bosqichda kechadi: merogoniya, gametogoniya va sporogoniya. Merogoniya – jinssiz ko’payish. Parazitlar yetuk oosist organizmga tushadi. Ichak bo’shlig’ida oosist pardalaridan ozod bo’lgan sporozoitlar ichakning epitelial hujayralariga kirib oladi va hajmi kattalashib yumaloq shakldagi merontlarni hosil qiladi. So’ngra merontlarning yadrolari ko’plab bo’linish yo’li bilan bo’linib, yangi o’zaklar va ular atrofida protoplazma hosil bo’ladi. Yangidan hosil bo’lgan bu parazitlar esa merazoitlar deb nomlanadi. Merazoitlar kirib olgan epitelial hujayralarning ko’pchiligi nobud bo’ladi, parazitlar esa ulardan chiqib boshqa butun xujayraga kiradi va u yerda yuqoridagidek rivojlanish bosqichini bir necha marta takrorlagach keyingisi bilan almashadi. Gametogoniya – jinsiy ko’payish bosqichi hisoblanib, bunda merozoitlar o’rniga erkak va urg’ochi jinsiy hujayralari (gametalar) hosil bo’ladi va o’zaro qo’shiladi. Buning uchun dastlab tarkibida oz miqdordagi sitoplazmasi bo’lgan mitti parazitlar mikrogametalar va tarkibida ko’p miqdorda sitoplazma saqlovchi yirik parazitlar makrogametalar hosil bo’ladi. Mikrogametosidlarning yadrolari ko’plab bo’linib hosil bo’lgan yadrochalar atrofida sitoplazma paydo bo’lishi natijasida harakatchan mitti o’roqsimon shakldagi qo’sh xivchinli erkaklik jinsiy hujayralar – mikrogametalar hosil bo’ladi. Jinsiy hujayralar o’zaro ajrimlashgandan keyin mikrogametalar makrogametalarning ichiga kiradi, ya’ni parazitlarning qo’shilishi jarayoni sodir

bo’lib, zigota hosil bo’ladi. Qisqa vaqt ichida zigota atrofida parda hosil bo’lgan oosista paydo bo’ladi. Mazkur oosistalar epitelial hujayralaridan ajralib ichak bo’shlig’iga, u yerdan esa tezak bilan tashqi muhitga tushadi. Sporogoniya – spor va sporozoitlar hosil bo’lib, tashqi muhitda kechadi. Tashqi muhitga tushgan oosistlar qulay sharoitda o’z rivojlanishini davom ettiradi. Eymeriyalarning xususiyligi – bu avlodga mansub eymeriyalar bir biriga juda o’xshash bo’lishsada, biroq ular evolyusiya taraqqiyoti jarayonida moslashgan birgina hayvon turida parazitlik qilishadi. Eymeriyalarning qat’iy xususiyligi nafaqat xo’jayinga nisbatan balki, organizmning uchrash joyiga, organ va to’qimalarida parazitlik qilish xususiyati ham aynan o’ziga xos bo’ladi. Eymeriyalarning turlarini va rivojlanishini o’rganish, jo’jalarni eksperimental zararlab tajriba o’tkazish maqsadidagi tadqiqotlarimizda eymeriyalarning yuqoridagi biologik xususiyati yana bir marta tasdiqlandi. Oosistlarini ajratib olishda VNIVIP, M.V.Krыlov metodikasi bo’yicha stakanchalarda jo’jalarning axlati olindi, ustiga kaliy bixromat tuzining 2 % li suvdagi eritmasidan ozroq qo’yildi va yaxshilab aralashtirildi. Keyin 1:20 nisbatda 2 % li kaliy bixromat tuzining eritmasi solindi. Doka yoki simli to’r suzgichdan o’tkazildi va suyuq aralashma sentrafuga probirkalariga quyilib, 2500 aylana tezlikda 5 minut davomida sentrafuga qilindi. Probirkalardagi suyuqlikning ustki qismi boshqa idishga to’kilib, cho’kmasi qoldirilib, cho’kmaga osh tuzining to’yingan eritmasidan solindi va keyin yaxshilab aralashtirildi. Sentrafugada 10 minut davomida 1500 aylana tezlikda qayta sentrafuga qilinadi. Probirkalar ustki qismi to’kib tashlanib, tagidagi cho’kma qismi boshqa idishga yig’ib olinib ustiga toza suv (1:10) nisbatda qo’yilib, 1-2 kun saqlanadi. Tindirilgan idishning ustki qismini, cho’kma loyqalatilmasdan so’rg’ich nay orqali so’rib olindi. Cho’kmaga kaliy bixromat tuzining 2 % li suvdagi eritmasi solinib, termostatga qo’yildi. Oosistlar termostatda +25 0 +27 0 S da saqlandi va sporulyasiya bo’lish jarayonini tezlashtirish uchun kompressorda havo haydalib turildi. Oosistadagi sporulyasiya jarayoni har kuni kuzatilib borildi va termostatda qulay sharoitda o’z rivojlanishini

davom ettirdi. Uning tarkibidagi tuzilmalari zichlashib, shar shakliga kirib markazga to’planishdi. Undan keyin 2 - 3 - kunlari ushbu sharchalar har biri 4 tadan bo’laklarga, sporoblastlarga bo’linib, 4 ta sporaga aylandi. Xususiy zich parda bilan o’ralgan sporosistalar har biri 2 tadan uzunchoq, o’roqsimon shakldagi sporazoitlarni hosil qildi. Termostatda qulay sharoitda oosistalar 3 sutka davomida rivojlanib, sporulyasiya jarayonini o’z nihoyasiga yetkazdi. Epizootologiyasi. Tovuq eymeriozi yer sharinig barcha mintaqalarida keng tarqalgan. Kasallik manbai kasal va kasallanib sog’aygan jo’jalar (1sutkada 9-670 mln. oosistlar ajratadi) bo’lsa, tovuqlar esa eymeriyalarning tashuvchisi vazifasini o’taydi. Jo’jalarning zararlanishi koksidiyalarning oosistlari bilan ifloslangan oxur, ozuqa, suv, to’shama va tuproq orqali sodir bo’ladi. Shuningdek, eymeriyalarning oosistlar jo’jaxonalarga – qarovchilarning poyafzallari, kurak, supurgi va boshqa asbob – aslahalar bilan keltirilishi mumkin. Kemiruvchilar, qushlar, hashoratlar va boshqa jonivorlar esa koksidiya oosistlarining mexanik tashuvchilari bo’lib xizmat qiladi. Jo’jalar esa ko’proq suv va oziqadan alimentar zararlanadilar. Jo’jalar tig’iz asralishi, jo’jaxonalarda namlik yuqoriligi, oziqa sifatining pastligi va jo’jalarni o’stirish uslubining buzilishi, parrandalar “zararlanishiga ko’maklashuvchi” omillar qatoriga kiradi. Kasallikning mavsumiylik xususiyati bahor va kuz fasllariga to’g’ri kelsada, yirik parrandachilik fermalarida (ayniqsa polda asraladiganlari orasida) yilning barcha fasllarida eymerioz xuruj qilishi mumkin. Klinik belgilari. Kasallik o’tkir va surunkali oqimlarda kechadi. O’tkir oqim yosh jo’jalar orasida kechib, bir necha kundan 2-3 xaftagacha davom etadi. Kasal jo’jalar oriqlaydi, ishtahasi pasayib yo’qolib boradi. Patlari xo’rpayib, kloaka atrofi ifloslanadi va suyuq tezagi yopishib qoladi. Tezagida qon aralash suyuqlik qayd etiladi. Ko’rinarli shilliq pardalari va toji qonsizlanib oqaradi. Qondagi eritrositlar miqdori 40-70 foizgacha kamayadi. Chanqoqligi seziladi, jig’ildoni suyuqlikka