HAZM TIZIMI KASALLIKLARI
Mavzu: HAZM TIZIMI KASALLIKLARI Reja: 1. Stomatit sabablari, klinik belgilari, davolash va oldini olish. 2. Jig’ildonning yallig’lanishi sabablari, klinik belgilari, davolash va oldini olish 3. Jig’ildonning tiqilishi sabablari, klinik belgilari, davolash va oldini olish 4. Kutikulit sabablari, klinik belgilari, davolash va oldini olish 5. Gastroenterit sabablari, klinik belgilari, davolash va oldini olish
STOMATIT - og’iz bo’shlig’i va tilning yallig’lanishi bo’lib, quruq oziqalar bilan boqish va suvning yetishmasligi, rasionning asosiy qismini unsimon oziqalar tashkil etishi, juda issiq oziqalar berilishi va boshqa sabablar oqibatida kelib chiqadi. Ikkilamchi sabablari A gipovitaminoz, til va tumshuqlarning anomaliyalari, katta yoshdagi parrandalar rasionida kalsiy, fosfor va vitaminlarning yetishmasligi bo’lishi mumkin. Belgilari . Ishtahaning yo’qolishi, oriqlash, og’iz shilliq pardasining qizarishi, ko’tarilishi, og’riqli bo’lishi, oziqani qabul qilish va yutishda qiynalishi, og’izdan so’lak oqishi. Davolash. Og’iz bo’shlig’i 0,1% li kaliy permanganat eritmasi bilan kuniga 1 - 2 marta, 7 - 10 kun davomida chayqaladi va yod-gliserin malhami surtiladi. Profilaktikasi . Kasallikning sabablari yo’qotiladi. Rasion tarkibi tahlil qilinib, yetishmaydigan mineral moddalar moddalar va vitaminlar preparatlari qo’shiladi, donli oziqalar maydalangan va namlangan holatda beriladi, parrandaxonalarda sanitariya-gigiyenik qoidalarga rioya qilinishi lozim. JIG’ILDONNING YaLLIG’LANIShI (INGLUVIT) Katta yoshdagi tovuq, kurka, sesarka va kaptarlarda ko’pincha yuqumli kasalliklarning asorati sifatida kuzatiladi. Sabablari . Parrandalarga uzoq muddat buzilgan, chirigan oziqalar (buzilgan go’sht, baliq uni, mog’orlagan donlar, barda va boshqalar) berilishi, oziqalarga mineral o’g’itlarning aralashib qolishi hamda parrandalarning chiqindi suvlar bilan sug’orilishi, ayrim hollarda jig’ildonga mix, igna, mayda shisha siniqlarining tushishi, mineral moddalar va vitaminlarning yetishmovchiligi kasallikka sabab bo’lishi mumkin.
Belgilari . Umumiy holsizlanish, ishtahaning pasayishi yoki yo’qolishi, jig’ildonning yumshoq konsistensiyada bo’lishi, paypaslanganda og’izdan chirigan hidli havo kelishi hamda ko’kimtir - sarg’ish rangli suyuqlik oqishi kuzatiladi. Yuqumli xarakterdagi ingluvitlarda (o’lat, xolera) va zaharlanishlarda nisbatan kuchli darajada holsizlanish, toj va sirg’alarning ko’kimtir rangda bo’lishi va ko’p miqdorda o’lim kuzatiladi. Davolash . Jig’ildon ingichka zond yoki rezina shlanglar yordamida 0,05% li kaliy permanganat, 0,1% li etakridin laktat, 2% li borat kislotasi, 5% li osh sodasi kabi eritmalar bilan yuviladi. Shundan keyin parrandalar kun davomida 1% li tanin, 0,5% li natriy salisilat yoki 0,1% li xlorid kislotalari eritmalari bilan sug’oriladi. Profilaktikasi . Parrandalarni toza suv bilan ta’minlash, yaxshi sifatli oziqalar bilan oziqlantirish, tovuqxonalarga yaqin joylarda mineral o’g’itlarning saqlanishiga va sanoat chiqindilari va chiqindi suvlarning to’planishiga yo’l quymaslik lozim. JIG’ILDONNING TIQILIShI Jig’ildonning oziqa massasi bilan to’lib qolishi, uning tonusining yo’qolishi, to’liq yoki qisman tiqilishi bilan tavsiflanadi. Ko’pincha tovuqlar, kurkalar, tustovuqlar, kaptarlar va katta yoshdagi jo’jalar kasallanadi. Belgilari . Ko’pincha surunkali kechadi. Holsizlanish, befarqlik, ishtahaning pasayishi, jig’ildonning qattiq yoki xamirsimon konsistensiyada bo’lishi, kattalashishi va osilib turishi, ba’zan devorining atrofiyaga uchragan joyidan donlarning to’kilishi, keskin ariqlash, anemiya va tuxum berishning to’xtashi, jig’ildonning kattalashishi kuzatiladi. Asfiksiya oqibatida o’lim qayd etilishi mumkin.
Davolash . Etiologik omillar yo’qotiladi, jig’ildon turli dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan yuviladi, 20 – 30 ml kungaboqar yoki vazelin yog’i ichirilib, keyin jig’ildon og’izga yo’naltirilgan holda massaj qilinadi. Jig’ildon massasi dag’al oziqalardan iborat bo’lsa, jarrohlik yo’li bilan olib tashlanadi va parranda 2-3 kun davomida parhyezda saqlanadi. Profilaktikasi . Oziqlantirish qoidalariga rioya qilish, oziqalarni parrandalarning yoshiga qarab tanlash, uzoq muddat och qoldirib, birdaniga ko’p miqdorda oziqa bermaslik, parrandalarni suv bilan yetarli darajada ta’minlash, rasionda vitaminlar va mineral moddalar yetishmovchiliklarining oldini olish lozim. KUTIKULIT Muskulli oshqozon ichki qavatining eroziyali, yarali yoki nekrotik yallig’lanishi bilan tavsiflanib, embrional davrda va tuxumdan yangi chiqqan jo’jalarda ko’p uchraydi. Belgilari . Yosh jo’jalarda holsizlanish, hurpayish, ishtahaning pasayishi yoki yo’qolishi, ba’zan ich ketishi, o’sish va rivojlanishdan qolish hamda o’lim holatlari kuzatiladi. Og’ir kechgan hollarda gastroenterit va sepsis rivojlanadi. Parrandalar murdasi yorib ko’rilganda kutikulada qon quyilishi, erroziyalar, yaralar va nekroz o’choqlarining bo’lishi xarakterlidir. Katta yoshdagi parrandalarning travmatik kutikulit bilan kasallanishida oshqozonda o’tkir yot jismlar topiladi. Davolash . Guruh usulida davolash uchun 7 - 10 kun davomida 0,02% li furasillin eritmasi erkin holda beriladi. Profilaktikasi. Ona tovuqlarni oziqlantirish va inkubasiya qoidalariga rioya qilinadi. Rasionda vitaminlar va mineral komponentlarning yetarli
bo’lishini ta’minlash, tuxum beradigan tovuqlar rasioniga ko’k beda, o’t uni, sabzi, karam kabilarni kiritish tavsiya etiladi. YoSh JO’JALAR DISPEPSIYaSI Oshqozon va ichaklarning motor, sekretor, hazmlash va so’rilish funksiyalarining buzilishi bilan tavsiflanadi. Hamma turdagi yosh parrandalar, ko’proq 1 oylikkacha bo’lgan tovuq va kurka jo’jalari kasallanadi. Belgilari . Holsizlanish, befarqlik, ishtahaning pasayishi yoki yo’qolishi kuzatiladi. Kasallangan jo’jalarning ko’zi yopilgan, bo’yni cho’zilgan holatda bo’ladi. Ich ketishi kasallikning patognomonik belgilaridan biri hisoblanib, tezak suyuq, sarg’ish - ko’kimtir, oqish yoki jigarrang, ko’pik yoki shilimshiq modda hamda hazmlanmagan oziqalar aralashgan bo’ladi. Kloaka atrofi tezak bilan ifloslanadi. Laborator va patalogoanatomik tekshirishlar yordamida yuqumli kasalliklardan (pullaroz, salmonelyoz, eymerioz va boshqalar) farqlanadi. Davolash . Hamma jo’jalarga 2 - 3 kun davomida kuchsiz dezinfeksiyalovchi vositalar sifatida 0,1%-li kaliy permanganat, 0,01%-li formalin, 0,02%-li ichimlik sodasi, 0,2%-li temir sulfat kabi eritmalar beriladi. Romashka, zveroboy, timin, dub ildizi nastoykalari yaxshi samara beradi. Antibiotiklar, sulfanilamidlar va nitrofuranlar qo’llaniladi. Antibiotiklar oziqa bilan 1 boshga 5 - 10 mg hisobida, sulfanilamidlar 1000 boshga 10 - 40 gramm, furazolidon 1 bosh jo’jaga o’rtacha 2 - 5 mg miqdorida beriladi. Profilaktikasi . Ona parrandalar guruhi va yosh jo’jalarni oziqlantirish texnologiyasiga asosiy e’tibor qaratiladi. Yosh jo’jalar maxsus tayyorlangan omixta yem bilan bir kunda 5 - 6 marta oziqlantiriladi. Rasionga yengil