Gominidlar evolyusiyasining ilk bosqichi. Avstrolopiteklar.
Gominidlar evolyusiyasining ilk bosqichi. Avstrolopiteklar. Reja: 1. Avstrolopiteklarning vujudga kelishi 2. Avstrolopiteklar yashagan tabiiy shart sharoitlar 3. Ilk avtrolopiteklar guruhi 4. Markaziy va Sharqiy Afrikadan topilgan paleantropologik topilmalar tavsifi 5. Rivojlangan avstrolopiteklar guruhining vujudga kelishi 6. Rivojlangan avstrolopiteklarning turmush tarzi va mehnat faoliyati 7. Markaziy va Janubiy Afrikadan topilgan paleantropologik topilmalar tavsifi 8. Yirik avstrolopiteklar guruhining vujudga kelishi 9. Yirik avstrolopiteklarning turmush tarzi 10. Sharqiy va Janubiy Afrikadan topilgan paleantropologik topilmalar tavsifi 11. Avstrolopitelar to‘g‘risidagi yangi antropogenez nazariyalar.
Bugungi kunda inson evolyusiyasining ilk bosqichi qilib avstrolopiteklarni ( Australopithecus ) ko‘rsatishimiz mumkin. Inson evolyusiyasi bosqichida avstrolopiteklar o‘ziga xos guruh bo‘lib ularni bir xil ravishda ikki oyoqli maymunlarga va maymun boshli odamlarga qiyoslash mumkin. Primatlar orasida avstrolopiteklarning joylashtirishning murakabligi shundaki ularning tana tuzilishlarida zamonaviy maymunlarga va odamlarga xos mozaik belgilar bor. Bu belgilar birlashmasiga qanday yondoshuv zarur? Eng qadimgi avstrolopitek qodiqlari Chad Respublikasining Toros-Menalla degan joyidan topilgan bo‘lib uning yashagan davri 7-6 million yillar bilan davrlashtiriladi. Avstrolopiteklar guruhining so‘nggi vakili esa Janubiy Afrikaning Svartkrans degan joyidan topilgan bo‘lib uning yashagan davri 900 ming yil bilan davrlashtiriladi. Bu davr yirik avstrolopiteklarning yashagan davri bilan chegaralinadi. Demak avstropiteklar bundan 7 mln dan boshlab 900 ming yilgacha istiqomat qilgan. Ushbu davrlar oralig‘ida ularning ko‘plab turlari yashaganligi bugungi kunda fanga ma’lum bo‘lib ulgurdi. Shunday qilib avstrolopiteklar guruhlarining bunday katta vaqt oralig‘ida istoqomat qilishi zamonaviy fanda inson evolyusiyasi jarayoni xaqida ko‘plab ma’lumot beradi. Avstrolopiteklar tarqalgan hudud ham juda katta bo‘lib ular Janubiy Saxro cho‘llaridan boshlab butun Afrika qit’sini o‘z ichiga qamrab oladi. Bugungi kunda fanga ma’lum bo‘lishicha avstrolopiteklar xech qachon Afrika qit’asini tark etishmagan. Yana shuni ta’kidlab o‘tish lozimki avstrolopitekka o‘xshagan mavjudot qoldiqlari Afrika qit’asidan boshqa Xitoy va Indoneziyada ham topilgan bo‘lib lekin ular o‘z isbotini topmagan hamda baxsli munozaralarga boy bo‘lib turibdi. Afrika qit’asi ichida avstrolopiteklarning istiqomat qilgan hududlari ikkta asosiy rayonga bo‘linadi. Bular Sharqiy Afrika (Tanzaniya, Keniya, Efiopiya) va Janubiy Afrikadir. Avstrolopiteklar yashagan davr va turlariga qarab ularni uch guruhga buo‘lib o‘rganishimiz mumkin. Ilk avstrolpiteklar – 7-4 mln yillar ilgari yashagan bo‘lib juda primitiv tana tuzilishiga ega bo‘lgan. Bugungi kunda ularning bir nechta turlari o‘rganilgan.
Rivojlangan avstrolopiteklar – 4 -2,5 mln yillar ilgari yashagan bo‘lib unchalik katta bo‘lmagan tana tuzilishiga ega bo‘lgan. Asosan Australopithecus urug‘i bir nechta turi bilan ajralib turadi. Yirik avstrolopiteklar – 2,5-1 mln yillar ilgari yashagan bo‘lib judak yirik tana va jag‘ suyaklari va juda kichik odingi lablari va juda katta pastki lablari bilan ajralib turadi. Yirik avstrolopitekla o‘z navbatida uchta turdan iborat Paranthropus guruhiga ham bo‘linadi . Bu guruhlar ichida ya’ni Sharqiy hamda Janubiy Afrika Respulikalarida yashagan avstrolopiteklar o‘rtasida taksonomik bog‘liqlik xam xali o‘z isbotini topgani yo‘q. Lekin avstrolopiteklarning bir vaqtning o‘zida va bir qancha hududlarda istiqomat qilishgani bir qancha faraz ilgari surilgan bo‘lsa ham xali fanga noma’lumoigicha qolmoqda. Yana bir qiziqarli jihati shundaki avstrolopiteklarning ayrim turlar eng qadimgi odamlar (yoki "ilk Homo ") vakillari bilan bir hududda ya’ni Sharqiy Afrikada yashaganliklari xaqida ikkilanishsiz e’tirof etishimiz mumkin. Avstrolopiteklarning bosh chanog‘i shimpanzenikiga o‘xshash. Ular asosan yirik jag‘ suyagli, katta bosh suyaklari, miya xajmining kichigligi va keng yuz tuzilishi bilan xarakterlanadi. Avstrolopiteklarning tishlari yirik lekin joylashuviga ko‘ra odamnikiga yaqin bo‘lgan. Shunisi bilan ular maymunlardan farq qilganlar. Avstrolopiteklarning tana tuzilishidagi xarakterli belgilar bu ularning oyoqlarining uzunligi,, qo‘llarning kaltaligi, vertikal umurtqa suyagi va kengi pastki toz suyaklaridadir. Bu belgilari bilan avstrolopiteklar odamlarning tana tuzilishlariga yaqinligini va farqli tarafi ularni ayrim suyaklarini kichigligi bilan farqlanishidadir. Avstrolopiteklarning bo‘ylari bir metrdan bir yarim metrgacha bo‘lgan. Miya xajmlari esa 350-550 sm 3 bulganligi ularni zamonaviy gorilla va shimpanzega o‘xshashligini ko‘rsatadi. Agarda zamonaviy odamning miya xajmi 1200-1500 sm 3 bilan solishtiradigan bo‘lsak ancha katta farq kelib chiqadi. Avstrolopiteklarning miya xajmining tuzilishi juda primitiv bo‘lib shimpanzenikidan juda kam farq qiladi.
Avstrolopiteklarning turmush tarzi primatlarnikiga o‘xshash bo‘lmagan. Ular tropik o‘rmonlarda va savannalarda yashab asosan o‘simliklar bilan oziqlanishgan. Lekin shu o‘rinda shuni ta’kidlab o‘tish lozimki so‘ngi avstrolopiteklar ba’zi olimlarning fikrlariga ko‘ra antilopalarga ov qilishgan yoki katta yirtqich hayvonlarning o‘ljalirini tortib olib oziqlana boshlaganlar. Ilk avstrolopiteklar asosan o‘rmonlarda keng tarqalishgan va yashaganlar. Janubiy Afrikaning rivojlangan avstrolopiteklari esa juda keng hududlarda tarqalganlar. Ular asosan o‘rmonlardan tortib quruq savannalarda yashashgan. Yirik avstrolopiteklar esa olimlarning fikriga ko‘ra ko‘proq suvga yaqin joylarda yashashgan. Lekin ba’zi bir olimlarning fikriga ko‘ra esa ular asosan quruq va ochiq landshaftli hududlarda yashashgan. Sharqiy Afrikadan topilgan avstrolopiteklarning qoldiqlari asosan ko‘l bo‘ylari yoki suvga yaqin bo‘lgan joylardan aniqlangan. Bu topilmalar ularning xammasi suvga yaqin joylarda yashaganliklaridan dalolat bermaydi. Chunki aynan suvga yaqin bo‘lgan joylarda ularning suyak qoldiqlari yaxshi saqlangan. Balki avstrolopiteklarning yashagan hududlari suvdan uzoq joylarda joylashganligi ham bo‘lishi mumkin. Odatda avstrolopiteklar yashagan davr rekonstrutsiya qilingan Afrika landshaftlari o‘zida o‘rmonlar bilan birga quruq savannalarni ham qamrab oladi. Bu landshaftlarning hilma-hilligi balkim keyinchalik zamonaviy odamlarning yerning turli yerlarini o‘zlashtirilishiga olib kelgan bo‘lishi mumkin. Bu savollar va taxminlarga javobni aynan avstrolopiteklak yashagan davrdan qidirish maqsadga muofiq bo‘ladi. Avstrolopiteklar bir nechta individdan iborat guruhlar bilan istiqomat qilishib ozuqa topish maqsadida Afrika qita’si bo‘ylab ko‘chib yurishgan. Mehnat qurollari yasashni avstrolopiteklar xali bilishmagan lekin topilgan topilmalarni ularning mehnat qurollaridan foydalanganligi ko‘rsatadi. Ularning qo‘llarining o‘xshashligi ko‘roq odanikiga yaqin lekin shu bilan bir qatorda barmoqlari ko‘proq egilgan va ingichka edi. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek birinchi mehnat qurollari bundan 2,7 million yil ilgari vujudga kelgan. Bu voqea avstrolopiteklar
vujudga kelgandan so‘ng 4-4,5 million yil o‘tib sodir bo‘lgan. Janubiy Afrika avstrolopiteklari bundan 2-1,5 million yillar ilgari ko‘proq suyakdan mehnat va ov qurollari sifatida foydalanganligini ko‘rishimiz mumkin. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek eng qadimgi avstrolopitek qodiqlari Chad Respublikasining Toros-Menalla degan joyidan topilgan bo‘lib unga Sahelanthropus tchadensis nom berilgan. Shu bilan topilgan butun bosh chanog‘iga "Tumai" deb laqab qo‘yishgan. Sahelanthropus tchadensis ning yashagan davri bundan 7 million yil qilib davrlashtirilgan. Keniyaning Tugen Xills joyidan topilgan ko‘plab paleantropolig topilmalar 6 million yil bilan belgilangan. Ularni asosan bitta turga birlashtirishib Orrorin