Hayvonlarning psixik faoliyatini ontogenezda rivojlanishi. Hayvonot olamida psixik funksiyalar evolyusiyasi. Qiyosiy psixologiya
Hayvonlarning psixik faoliyatini ontogenezda rivojlanishi. Hayvonot olamida psixik funksiyalar evolyusiyasi. Qiyosiy psixologiya Reja: 1. Psixik faoliyatning perenatal davrda rivojlanishi . 2. Erta postnatal davrda psixik faoliyatning rivojlanishi . 3. Psixik faoliyatning yuvenal (o’yinli) davrda rivojlanishi 4. Sodda sensor psixika . 5. Perseptiv psixika 6. Psixika evolyusiyasi va antropogenez . 7. Qiyosiy psixologiya, maqsadi, vazfalari va predmeti 8. Odamsimon maymunlarning bolasini qobiliyatini tadqiq qilish 9. Hayvonlar va insonlarning psixikasini o’xshashligi va farqlari
Psixik faoliyatning perenatal davrda rivojlanishi. Embrionning rivojlanishi ko’pgina holatlarda ontogenez rivojlanishini asosiy bosqichlari sifatida e’tirof qilinadi. Umurtqasizlarda ham umurtqalilarda ham perenatal (tug’ruqdan oldingi holatlar) davr mavjud. Bu holatlar harakatni ta’minlashi mumkin. Bu funksiya postnatal davrda paydo bo’ladiyu bunda embrionning moslashishdan oldingi holati haqida so’z yuritish mumkin. A.D.Slonimaning tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, homila ichidagi faoliyat ularni qiziologik jarayonlariga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bu esa yangi tug’ilgan hayvonlarni xatti-harakatlarini amalga oshirishga xizmat qilishi mumkin. Slonimaning tadqiqotlarini ko’rsatishicha yangi tug’ilgan qo’zichoqlar va uloqchalar charchamasdan ikki soat davomida yugirishlari mumkin ekan. Bu imkoniyat embriogenez yo’li bilan shakllantirilishi mumkin ekan. Postnatal rivojlanishni yaxshi bo’lishida albatta perenatal davrning o’rni kattadir. Hayvonchalar tug’ilishi bilan fiziologik mexanizmlar ishlay boshlaydi. Embrional preadaptasiyani fatal aniqlik sifatida talqil qilish shart emas. Katta hayvonning yashash sharoiti va atrof muhitdagi holati tug’iladigan yangi hayvonchani taqdirini benlgilashi mumkin. Umumiy qonuniyatlar determinizm tamoyillariga bog’liqdir. XVIIasrda V. Garvey «barcha tiriklik tuxumdan boshlanadi» degan iborani ishlatib, barcha organizmlar rivojlanishi-dagi umumiylikni qayd qilgan edi. Hayvonlarning individual (shaxsiy) rivojlanishini o’rganishni Volf va ayniqsa Ber boshlab berdi 1 . Ber qiyosiy metoddan foydalanib, bir tipning har xil sinflariga kiruvchi hayvonlarning embrion rivojlanishidan avval umumiy so’ngra xususiy va nihoyat maxsus organ, belgilar rivojlanishini, ya’ni embrion divergensiyasi ro’y be-rishini asoslab berdi. Evolyusion ta’limot asoschisi bo’lgan Darvin embrion ri-vojlanishidagi o’xshashlik hamda embrion divergensiyasi hayvon-larning o’zaro yaqinligi va muhit sharoitining ta’siri bilan ularda filogenetik divergensiya ro’y berganligini 1 Evolutionary Psychology David M. Buss, third edition , The University of Texas at Austin, 2008 4
ta’kidladi. Darvin «Turlarning kelib chiqishi» va boshqa asarlarida onto-genez bilan filogenez o’rtasida uzviy bog’liqlik borligini e’tirof etdi. Uning mulohazasiga ko’ra, ontogenez turli tuzi-lish va xossalarning shakllanishiga olib keladigan murakkab va qarama-qarshi jarayondir 2 . Ontogenezda qadimgi ajdodlar rivojlanish bosqichlarining takrorlanishi tufayli har xil organizmlarning embrion rivojlanishi umumiylikka ega bo’-ladi. Embrion o’z rivojlanishining turli bosqichlarida ta-biiy tanlanish ta’siriga beriladi. Natijada muayyan bosqich-larda yangi moslanish xossalari vujudga kelib, ular organizmning rivojlanishi tarixiy rivojlanish doirasidan chetga chiqishiga sabab bo’ladi. Shunga ko’ra, ontogenez indivi-dual rivojlanish, filogenez esa ajdod rivojlanishinyng od-diy takrorlanishi emas. Ontogenezdagi o’zgarishlar ayrim organlar, belgilarning rivojlanishini tezlashtirishi yoki se-kinlashtirishi, rivojlanish bosqichlaridan ba’zilarining tu-shib qolishiga, murtak va lichinkada moslanish ahamiyatiga ega yangi xossalar vujudga kelishiga, organizmning tuzilishi aj-dodlarinikiga nisbatan murakkablashuviga yoki soddalashuvnga olib keladi. Evolyusion embriologiyaning asoschilari bo’lgan Kovalev-skiy, Mechnikovlar lansetnik, assidiya, ignatanlilar va boshqa umurtqasiz hamda xordali hayvonlarning individual rivojla-nishini atroflicha o’rganib, ularning filogenetik bog’lanishinn aniqladilar. Ular hayvonot olamining har xil guruhlaryga mansub vakillarning kelib chiqishi bir ekanligini isbotlash bilan bir qatorda, ontogenezning o’ziga xos tomonlarini/ham oydinlashtirib berdilar. Gekkel Darvin mulohazalariga, Qovalevskiy, Mechnikov larning umurtqasiz va xordali hayvonlarshshg turli vaiilla- ri, shuningdek, Myullerning qisqichbaqasimonlar ustida utkazgan tadqiqotlariga asoslanib, 1866 yili biogenetik qonun kashf etdi. Bu qonunga ko’ra, ontogenez filogenezning 1sAsqa va tez takrorlanishi (rekapitulyasiyasi) dan iborat. Odatda, jin- siy yo’l bilan ko’payadigan barcha ko’p hujayrali organizmlar-ning rivojlanishi urug’langan yagona tuxum hujayradan bosh-lanadi. Shu dalilga asoslanib, Gekkel barcha yuksak orga-nizmlar 2 Evolutionary Psychology David M. Buss, third edition , The University of Texas at Austin, 2008 5
kelib chiqishi bilan bir hujayralilarga bog’liq, de-gan edi. Urug’langan tuxum hujayraning keyingi rivojlani-shida uchraydigan morula, blastula va gastrula bossichlarini Gekkel bir hujayrali koloniyali organizmlarshshg rekapitu lyasiyasidan iborat, deb ta’kidlagan. Shunga asoslanib, u ib-tidoiy ko’p hujayrali organizmlarning paydo bo’lishi haqida gastreya gipotezasini yaratdi. Gekkel har qanday organizmning embrional rivojlanishn-da avlod-ajdodi belgi-xossalarining takrorlanishini reka-pitulyasiya deb, ajdod belgilarining o’zini esa palingenezlar — palingenetik belgilar deb atadi. Quruqda yashovchi umurtqalilarning embrional rivojlanishida uchraydigan jab-ra yoylari, ikki kamerali yurakli palingenezlarga misol qi- lib keltirish mumkin 3 . Qadimgi belgilardan tashqari, organizmning embrional va lichinkalik davrida muhitga moslashtiruvchi belgilari borli-gini ko’rsatib, Gekkel ularni senogenetik belgilar, ya’ni se-nogenezlar deb atadi. Amniotlarning murtak pardasi (amnion, allantois, xorion), sut emizuvchilarning yo’ldoshi, qushlar tu-xumining sariqligi senogenezlarga misoldir. Gekkel senoge-nezlarga organlarning rivojlanish muddati va o’rnining o’zga-rishi bilan bog’liq bo’lgan o’zgarishlarni ham kiritdi. Odatda, ma’lum gruppa hayvonlarda progressiv uchragan organlar ri- voji doim oldin boshlanib, boshqa organlarga nisbatan uzoq muddat davom etadi. Masalan, umurtqalilarning yuksak vakil- lari (qushlar va sut emizuvchilar) da bosh miya va sezgi organ-lari tuban vakillari (amfibiya va boshqalar) dagiga nisbatan oldin rivojlanadi va uzoq muddat davom etadi. Aksincha, on-togenezda regressga uchragan organlarning individual rivoj-lanishi sekinlik bilan boradi. Umurtqalilarning yuksak vakillarida jsnsiy bezlar tuban vakillarig’a nisbatan keyin- roq rivojlanishi yuqoridagi qonun bilan izohlanadi. Embrional rivojlanishda organlarga asos solinish vaqti-ning bunday o’zgarishi geteroxroniya deyiladi. Ontogenezda or-ganlarning tanada joylashishi ham o’zgaradi. Masalan, yuksak umurtqali hayvonlarda dastlab bo’yin vujudga kelishi hisobi ga yurakning o’rni baliqlarnnkpga nisbatan ko’krak qafasining ichkarisiga ancha surilgan. Bunday o’zgarish geterotopiya deb ataladi. Gekkel va 3 Evolutionary Psychology David M. Buss, third edition , The University of Texas at Austin, 2008 р7
Myuller tomonidan ilgari surilgan biogenetik qonun keyinchalik turli hayvon guruhlarining filogenetik ta-rixini tiklashga oid tadqiqotlar avj olishiga sabab bo’ldi. Bu paleontologiyaga ham tatbiq qilindi. Oqibatda L. Vertenberger qirilib ketgan boshoyoqlimollyuskalar — ammonitlarda, Gayett qazilma mollyuskalarda, Ryutimeyer qazilma holdagi otlarda rekapitulyasiya hodisasini aniqlashga muvaffaq bo’ldilar 4 . Rekapitulyasiya botanika sohasida ham o’z ifodasini topdi. Natijada yuksak o’simliklarda tuban formalarga xos shoxla-nish tipi, paporotniklar birinchi barglarining dixotomik tu- zilishi kabilar kashf qilindi. Asosiy mazmuni Darvin, keyinchalik Myuller, Gekkel tomo nidan bayon etilgan biogenetik qonunga ko’ra, ontogenez bilan filogenez o’rtasidagi munosabatlar to’g’ri ifodalab berildi. Biogenetik qonun xilma-xil organizm guruhlari o’z onto genetik rivojlanishi bilan ozmi-ko’pmi o’xshash ekanligini ko’rsatdi. Bu bilan organik olamning monofiletik kelib chiqi-shi haqidagi g’oya yana bir martatasdiqlandi. Lekin Gekkel biogenetik qonung’a uncha to’liq ta’rif bermadi. Chunki u ontogenez bilan filogekez muammosini bir tomonlama yoritgan edi. Ubiogenetik qonunga ta’rif berishda «ontogenez filogenezning qisqa va tez takrorlanishidan iborat» degan iborani ishlatib, filogenez uchun asosan palingenetik belgi-xossalar ahamiyatlidi r, degan. Gekkel evolyusiya jarayonida filogenezga katta o’rin berib, unda ontogenezning rolini to’liq ko’rsatmadi. Unin.g mulohazasiga ko’ra, ontogenezda paydo bo’lgan har qanday yangilik filogenezni xiralashtirar ekan (masalan, geterotopiya va geteroxroniya). Darvin evolyusiya jarayoni individual rivojlanishning hamma bosqichlarini qamrab oladi, ontogenez ham evolyusiyani o’z boshidan kechiradi va uning yangilanishi filogenetik tarix-ga kiradi, deb e’tirof qildi. U filogenezga nisbatan ontoge-nez har xil usullar bilan o’zgaradi va ular evolyusion rivojlanishda muhim ahamiyatga ega bo’ladi, deb ko’rsatdi. Dar- vinning bu sohadagi mulohazalari Myuller tomonidan aniq-lashtirilgan bo’lsa-da, u Gekkel uchun tushunarsiz bo’lib 4 Evolutionary Psychology David M. Buss, third edition , The University of Texas at Austin, 2008 8