logo

HOZIRGI ZAMON PSIXOLOGIYASINING TUZILISHI VA TADQIQOT METODLARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

43.3203125 KB
MAVZU:  HOZIRGI ZAMON PSIXOLOGIYASINING TUZILISHI VA 
TADQIQOT METODLARI
REJA:
1.  Psixologiya sohasida ilmiy tekshirish olib borishning o‘ziga xosligi.
2.Psixologiyaning asosiy tamoyillari
3 Psixologiyaning tadqiqot metodlari Psixologiya sohasida ilmiy tekshirish olib borishning o‘ziga xosligi.
Hozirgi zamon psixologiyasi yaxlit fanning o‘zidan emas, balki mustaqil fan
bo‘lishga da’vogarlik qiluvchi ilmiy fanlar majmuasidan iborat.
Bu majmuadan psixologiyaning ta’lim bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy va amaliy,
umumiy   va   maxsus   sohalari   o‘rin   olgan.   Psixologiya   fanining   asosiy   sohalari
odamlarning   aniq   bir   faoliyat   bilan   shug‘ullanishidan   qat’iy   nazar,   odamlarning
hulq-atvor psixologiyasini  bilish va tushuntirib berishda umumiy ahamiyatga ega.
Fanning   bu   sohalari   odam   hulq-atvori   va   psixologiyasi   bilan     qiziquvchilarga
birday zarur bo‘lgan bilimlarni berishlari kerak. Ba’zida umumiy xususiyatlaridan
kelib chiqqan holda, ular   «umumiy psixologiya» atamasi  bilan umumlashtiriladi.
Umumiy psixologiya sohasidagi  tadqiqotlar natijalari  psixologiya fanining barcha
soha va bo‘limlarining rivojlanishi uchun asos bo‘lib hisoblanadi. 
Shu bilan birga, ma’lum maxsus yoki nazariy faoliyatning u yoki bu turi bilan
mashg‘ul   odamlar   hulq-atvori   va   psixologiyasini   tadqiq   etuvchi   fanning   maxsus
yoki amaliy sohalari ham ajratiladi 
Psixologiya   fanida   ilmiy   tadqiqotlarning   integratsiyalashuvi   va
differensiatsiyalash   jarayonlari   ro‘y   beradi .   Xususan,   psixologi yaning   jadal
rivojlanishi  uning   differensiatsi yasiga   –   psixologiya fanlariqator sohalarining, shu
jumladan,   psixologiyani   boshqa   fanlar   bilan   bog‘lovchi   fanlararo   sohalarning
yuzaga   kelishiga   olib   keldi .   XIX   asrning   ikkinchi   yarmidan   boshlab,psixik
jarayonlarning   asosi   bo‘lgan fiziologi ya   mexanizm larini   o‘rganuvchi
psixofiziologiya   shakllandi .   XVIII-XIX   asrlarda   boshlangan   hayvonlar   psixik
faolligini   o‘rganish   bo‘yicha   tadqiqotlar   ekologiya,   otologiya   va   boshqa   fanlar
bilan uzviy bog‘langan   zoopsixologi yani yuzaga keltirdi .   P sixologi yaning alohida
sohasi   bo‘lib   psixogigien a,   psixoterapi yavatibbiyot   deontologi yasi   masalalarini,
patopsixologi ya   (qabul   qilish,   xotira,   tafakkur   va   boshqalar   kabi   psixik
jarayonlarning     izdan   chiqish   qonuniyatlarini   tadqiq   etuvchi),   neyropsixologi ya
(psixik jarayonlarning bosh miya ma’lum tuzilmalari bilan aloqasini o‘rganuvchi)
va  psixokorreksi yani o‘rganuvchi tibbiyot  psixologiya si hisoblanadi . Bir-biri   bilan   o‘zaro   uzviy   bog‘langan   bolalar   psixologiyasi   ( bola   psixik
rivojlanishining   qonuniyatlarini   o‘rganadi )   va   pedagogi k   psixologiya   ( maqsadga
yo‘naltirilgan   pedagogik   jarayon   sharoitida   psixikani   tadqiq   etib,   ta’lim   va
tarbiyaning   psixologik   asoslarini   ishlab   chiqadi ),   yosh   psixologiya si   ( o‘rganish
predmet i  –  psixikaning yosh xususiyatlari ),  mehnat  psixologiya si  (issleduet  mehnat
jarayonida   psixi k faoliyat va shaxsni tadqiq etib ,   kasb tanlash, mehnat jamoalarini
tashkil   etish   va   boshqalar   bo‘yicha   tavsiyalar   ishlab   chiqadi ),   boshqaruvning
avtomatlashtirilgan   tizimlarini   loyihalash   va   ularni   takomillashtirishda   muhim
ahamiyatga   ega   bo‘lgan   muhandislik   psixologiya si     (« inson   –   qurilma »   tizimida
inson   faoliyatini   o‘rganuvchi   mehnat   psixologiyasining   bo‘limi );   ko inot
psixologiya si   (ko inotga   parvoz   sharoitida   psixik   faoliyatning   xususiyatlarini
o‘rganadi ),   ijtimoiy     psixologiya   ( jamoada   inson   faoliyati   va   shaxslararo
munosabatlarning   shak llanish   qonuniyatlarini   tadqiq   etadi ),   qiyosiy   psixologiya
( o‘rganish predmeti   –   odam va hayvon psixikasi kelib chiqishi va rivojlanishidagi
umumiylik va tafovutlar )  kabi mustaqil bo‘limlarga shakllandilar .
Psixologiyaning ko‘plab sohalari quyidagi mezonlar bo‘yicha ajratiladi :
-    aniq faoliyat  ( mehnat  psixologiya si ,  tibbiyot , pedagog ik psixologiya,  san’at,
sport  psixologi yasi va shu kabilar );
-   r ivojlanish   ( hayvonlar   psixologiya si ,   qiyosiy psixologiya,   rivojlanish
psixologiya si ,  bolalar psixologiya si va shu kabilar );
-   ijtimoiy   umumiylik   ( ijtimoiy psixologiya,   shaxs   psixologiya si ,   guruh,   sinf
psixologiya si , etnopsixologiya va h.k. ).
Sohalar bo‘yicha faoliyat maqsadiga ko‘ra tafovut muhim ahamiyat kasb etadi
( yangi   bilimlarga   ega   bo‘lish   va   ularni   qo‘llash ):   asosiy   va   amaliy   f anlar ;   tadqiq
etish   predmet iga   ko‘ra   –   rivojlanish   psixologiya si ,   ijod ,   shaxs   psixologiyasi   va
h.k.Psixologiyaning   boshqa   fanlar   bilan   aloqasi   asosida   yuzaga   kelgan   fanlar
sifatida   psixofiziologi ya ,   neyropsixologi ya ,   matemati k psixologi yava   boshqalarni
keltirish   mumkin.Psixologiyaning   amaliyotning   turli   sohalari   bilan   murakkab
aloqalarining   rivojlanishini   tashkiliy,   muhandislik   psixologiyasi,   sport
psixologiyasi, pedagogik psixologiya va shu kabilarda kuzatish mumkin . Turli   mualliflar   psixologiyaning   100dan   ortiq   sohalarini   sanab   o‘tadilar .
Lekin aslida hozirgi kunda ularning soni bundan oshib ketgan.
Shuningdek,   psixologiyaning   maxsus   bo‘lim   va   yo‘nalishlari   ham   mavjud:
differensial   psixologiya   (odamlar   o‘rtasidagi   individual   tafovutlarni   o‘rganadi),
qabul qilish psixologiyasi, kriminalistika va sud psixologiyasi, ilmiy, texnikaviy va
badiiy   ijod   psixologiyasi,   qarish   psixologiyasi     (gerontopsixologiya),   aviatsiya
psixologiyasi.
Hozirgi   zamon   psixologiyasiboyib,   turli-tuman   bo‘lib   bormoqda,   oxirgi
yillarda   psixologiyaning   yangi   sohalari:antropologik   psixologiya,   akmeologiya,
tahdid va terrorizm psixologiyasi, xristianlik psixologiyasi, muloqot psixologiyasi,
davriy psixologiya, biokonstitutsion psixologiya, «buyukshunoslik» psixologiyasi,
o‘sish   psixologiyasi,   tirik   hayot   psixologiyasi,   kvant   psixologiyasi,   tergov
psixologiyasi,   badiiy   qabul   etish   psixologiyasi,   psixologik   adabiyotshunoslik,
eshitish   qobiliyatlar   psixologiyasi,   ko‘zi   ojiz   kar-soqovlar   psixologiyasi,
kitobxonlar   va   kitob   psixologiyasi,   mavh   etish   psixologiyasi,   tushlar   va   tush
ko‘rish   psixologiyasi,   sevgi   psixologiyasi,   inqirozli   va   xavfli   vaziyatlar
psixologiyasi,   ekzoteratik   psixologiya,   taqdir   psixologiyasi,   mutaassiblik
psixologiyasi,   qobiliyatlar   psixologiyasi,   xususiylik   psixologiyasi,   o‘quv   faoliyat
psixologiyasi,   ayollar   psixologiyasi,   tobe   hulq-atvor   psixologiyasi,   genotsid   va
ommaviy   qotilliklar   psixologiyasi,   xizmat   muloqoti   psixologiyasi,   o‘qituvchi
psixologiyasi,   tashqi   ko‘rinish   psixologiyasi,   oliy   maktab   psixologiyasi,   buyruq
psixologiyasi,   savdo-sotiq   psixologiyasi,   OAV   psixologiyasi,   elektoral   hulq-atvor
psixologiyasi,   erkaklar   psixologiyasi,   din   psixologiyasi,   tomalogiya,   qo‘rquv
psixologiyasi,   o‘lim   psixologiyasi,   muqobil   psixologiya   va   boshqalar   faol
shakllanib bormoqda.
Bu   sohalar   bilan   bir   qatorda   yoki,   real   hodisalar   va   inson   turlarini,   yoki,
bilimlar   sohasi   yoinki   maxsus   kurslarni   ifodalovchi   umuman   kutilmagan   so‘z
birikmalari   yuzaga   kelmoqda,   xususan,:   qarzdor,   qarz   beruvchi,   qimmatli
qog‘ozlar   egasi,   narx-navo,   so‘roq   qilish,   futbolchilar,   rassom,   diktatura,   bezori,
kasbiy   daraja,   ishonch,   e’tiqod,   jinsiy   munosabatlar,   murabbiylik   faoliyati, muloqot,  ishoratlar,  hissiy  kuyish,   muxbirlik  psixologik  madaniyati,  o‘qituvchilik
faoliyati,   bir   tarafmalilik,   dizayn,   bolalar   o‘yini,   baxtsizlik,   hissiy   munosabatlar,
ayol   xiyonati,   janjal,   yutuqqa   erishish,   sayohat,   millatga   tegishlilik,   qasd   qilish
hulq-atvori,   ta’sir   o‘tkazish,   ishdan   bo‘shatish,   bolalar   ijodiyoti,   tarbiyasi   og‘ir
o‘smirlar,   aqli   zaif   o‘quvchi,   bayram,   tabassum,   jizzakilik,   er-xotinlar,   telefon
so‘zlashuvlari, qotil  psixologiyasi  shular jumlasidandir.
An’anaviy   psixologik   fanlar   –   umumiy   psixologiya,   ijtimoiy   psixologiya,
shaxs psixologiyasi, muloqot psixologiyasi, yosh va pedagogik psixologiya chuqur
o‘zgarishlarga uchramoqda.
Hozirgi   zamon   psixologiyasining   negizini   psixikaning   umumiy   qonunlari,
qonuniyatlari,   mexanizmlarini   o‘rganuvchi   umumiy   psixologiya   tashkil   etadi.   U
ilmiy   kashfiyotlarni   amalga   oshiruvchi   nazariy   konsepsiyalar   va   tajriba
tadqiqotlarini o‘z ichiga oladi. Umumiy   psixologiya akademik fan nomini olgan.
Bu fan sifatida u universitetlarda va akademiya institutlarida rivojlanib, o‘z oldiga
asosiy bilimlarni orttirishni maqsad qilib qo‘ygan.
Bundan farqli o‘laroq, amaliy psixologiya aniq bir talabgor bilan ish yuritadi,
noma’lumlikni   ilmiy   tarzda   ochib   beruvchi   keng   hajmli   va   chuqur   tadqiqotlarni
olib   bormasdan,   mijozning   amaliy   ehtiyojlari,   masalan,   savdo   tashkiloti,   vazirlik
yoki  idora, harbiy kasalxona  yoki  umumta’lim  maktabi  bilan ish  ko‘radi. Amaliy
psixologlarning   asosiy   ish   vositasi   –   treninglar ,   xususan:   psixodrama,   jismoniy
treninglar, NLP-treninglar, o‘zini o‘stirish treninglari, ijtimoiy o‘zaro munosabatlar
treninglari,   geshtalttreninglar,   shaxsiy   o‘sish   treninglari   va   biznes-treninglar,
autotreninglar va qobiliyatlarni rivojlntirish treninglari, ota-onalar va bolalar uchun
treninglar.
Amaliy psixologiyaning bir qismini qator masalalarni, jumladan, ish bo‘yicha
yuzaga keladigan qiyinchiliklar (ishdan qanoatlanmaslik, hamkasblar va boshliqlar
bilan   kelishmovchiliklar,   ishdan   bo‘shatilish   imkoniyati,   yangi   ish   izlash
muammolari),   shaxsiy   hayotdagi   tartibsizliklar   oiladagi   ixtiloflar,   baynalminal
oilalarning muammolari, maktab yoki oliygohdagi yomon o‘zlashtirish, ota-onalar
va bolalar munosabatlarining muammolari, o‘ziga nisbatan ishonch va hurmatning etishmovchiligi,   shaxslararo   munosabatning   o‘rnatilishi   va   mustahkamlashdagi
qiyinchiliklarni hal etuvchi –  psixologik maslahat    tashkil etadi.
Psixologiya tarmoqlari
Psixologiya fani  qanday sohaga  taluqligi  bilan  bir  necha  guruhlarga bo’linib
ketadi.   Biz   buni   birinchi   bo’lib   nazariy   va   amaliy   psixologiya   deb   ataluvchi   ikki
katta guruhga bo’lamiz.
Nazariy psixologiya bizlarga fundament bo’lib hizmat qiluvchi asosiy qonun
qoidalarni     va   psixologik   teoriyalar   va   prinsiplarni   o’rgatadi.   Bu   bizlarga   juda
hilma xil analizlash, baholash, modifikatsiya qilish va hususiyatlarni rivojlantirish
metodlari va texnikalarini o’rgatadi.
Amaliy   psixologiyada   esa   nazariy   psixologiyada   muhokama   qilingan   va
o’rganilgan bilimlar sinaladi. Bu yerda biz psixologik qoidalar, prinisplar, teoralar
va   texnikalarni   haqiqiy   hayotda   qo’llab   ko’ramiz   va   o’z   bilimimizni   sinab
ko’ramiz. 
Yuqorida   takidlab   o’tilgan   nazariy   va   amaliy   psixologiyalar   ham   turli
tarmoqlarga   bo’linib   ketgan.   Kelinglar   birinchi   bo’lib   nazariy   psixologiyanign
tarmoqlarini ko’riib chiqamiz:
1. Umumiy   psixologiya   –   normal   odamlar   xarakterlarini   o’rganishga   bog’liq
bo’lgan   asosiy   fundament   vazifasini   o’tovchi   qonun  –   qoidalar,   teoralar   va
prinsiplarni o’rganadi;
2. Psixopatologiya   –   Ruhiya   kasalliklarning   kelib   chiqish   sababini,   tasir
darajasini   o’rganuvchi   va   uni   davolash   yo’llarini   izlovchi   psixologiya
bo’limidir.
3. Ijtiomoiy   psixologiya   –   kishilarning   ijtimoiy   guruhlarga   birlashishini,
guruhiy   tavsifni,   shaxsning   ruxiy   faoliyati   va   xulq   –   atvorini,   ijtiomoiy
psixologik qonuniyatlarni, holatlar, hodisalar, ularning qiziqishlarini, nimani
yoqtirishi   va   yoqtirmasligini   kabilarni   o’rganuvchi   va   tushuntirib   beruvchi
psixologiya sohasidir
4. Ekspirimental psixologiya – psixik jarayonlar va hodisalarni ilmiy metodlar
yordamida   labaratoriyalarda   ularni   o’rganuvchi   psixologiya   bo’limi.   Bu ekspirimentlar   asosan   hayvonlarda   va   qushlarda,   so’ngra   ixtiyorga   qarab
odamlarda amalga oshiriladi.
5. Fizologik   psixologiya   –   psixologiyaning   bu   bo’limi   hatti   harakatlarning
fizologik   va   biologik   asoslarini   o’rganadi.   Atrof   muhit,   tananing   fizologik
tuzilishi, miya ishi, nerv sistemalari  va ularning ishlash faoliyati va shunga
oxshash boshqalar bu bo’limning asosiy predmetlaridir.
6. Para   –   psixologiya   –   qo’shimcha   sezgi   turlari,   qayta   tug’ilish   asoslari,
telepatiya va o’zga sayyoraliklar haqidagi muomolarga javob izlaydi
7. Geo   –   psixologiya   –   landshaft,   tuproq,   havo   o’zgarishlarining   tabiatga
aloqador tamonlarini o’rganuvchi psixologiya bo’limi.
8. Rivojlanish   psixologiyasi   –   psixologiyaning   bu   bo’limi   induvid
tug’ilganidan   boshlab   to   o’guniga   qadar   davom   etadigan   jarayonlarda
yuzaga   keladigan   o’zgarishlarni   organadi.   Psixologiyaning   bu   bo’limi   o’z
navbatida   bolalar   psixologiyasi,   o’rta   yoshlilar   psixologiyasi   va   katta
yoshlilar psixologiyasi kabi tarmoqlarga bo’linib ketadi.
Psixologiyaning asosiy tamoyillari
Psixikani   o‘rganish   qator   boshlang‘ich   boshqaruv   nizomlariga   asoslangan
tamoyillarga   tayanadi,   bu  tamoyillar   tadqiq   etilayotgan  ob’ektni   mazmunli   bayon
etish,   tajriba   ma’lumotlariga   ega   bo‘lish   muolajalarini   rejalashtirish,   ularni
umumlashtirib, izohlash, shuningdek, ilmiy farazlarni ilgari surib, ularni tekshirish
imkonini beradi.
Psixologiyaning asosiy metodli tamoyillari sifatida quyidagilar ko‘rsatilgan :
1. D eterminizm   tamoyili . Bu   tamoyilga   asosan,   barcha   mavjudliklar   ma’lum
sabab,   qonuniyatga   ko‘ra   paydo   bo‘ladi,   o‘zgaradi   va   nobud   bo‘ladi .   Psixologik
tadqiqotda   psixika   hayot   tarzidan   kelib   chiqib,   mavjudlikning   turli   tashqi
sharoitlari ta’sirida o‘zgarishini bildiradi .
Hayvonlar   psixikasi   haqida   so‘z   yuritilganda,   uning   rivojlanishi   biologik
qonun   sifatidagi   tabiiy   tanlanish   bilan   belgilanishini   ta’kidlash   lozim.   Odam
psixikasini oladigan bo‘lsak, inson ongi kelib chiqishining shakllari va rivojlanishi
oxir-oqibat   hayot   uchun   zarur   moddiy   vositalarni   ishlab   chiqish   usulining rivojlanish   qonunlari   bilan   belgilanadi.   Determinizm   tamoyilidan   kelib   chiquvchi
xulosa sifatida inson ongining ijtimoiy-tarixiy xususiyatini tushunish xizmat qiladi.
2.   Ong va faoliyatning birligi tamoyili. Ong va faoliyat uzviy birlikni tashkil
etadi,   lekin   ular   bir-biriga   aynan   o‘xshash   emas.   Ong   faoliyat   jarayonida   uning
ichki rejasini, dasturini hosil  qilgan holda shakllanadi.  Aynan, ongda voqelikning
harakatchan   ko‘rinishlari   yuzaga   keladi,   ular   yordamida   inson   atrof   muhitda   o‘z
yo‘nalishini aniqlay oladi.
Ong   va   faoliyatning   birligi   tamoyili   ruhshunoslarga   hulq-atvor,   faoliyatni
o‘rgangan   holda,   samarali   maqsadga   muvofiq   harakatlarning   ichki   psixologik
mexanizmlarini  aniqlash, ya’ni, psixikaning ob’ektiv qonuniyatlarini  ochib berish
imkonini beradi.
3.   Psixika va ongning faoliyatda rivojlanish tamoyili. Ushbu tamoyil psixika
haqida   uning   faoliyat   jarayoni   va   natijasi   sifatida   uzluksiz   rivojlanishda   ko‘rib
chiqilgandagina to‘g‘ri tushuncha hosil bo‘lishini bildiradi.
Har bir psixik hodisaning tadqiq etilishi shu hodisaning aynan hozirgi vaqtga
tegishli   bo‘lgan   xususiyatlarining   ta’rifini,   yuzaga   kelish   va   shakllanish   tarixini,
shuningdek, rivojlanish istiqbollarini o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak.
Olimlar inson psixologiyasi va hulq-atvorini o‘rganishda ularni bir tomondan,
organizmning  biologik  tuzilishi  va   faoliyati  nuqtai  nazaridan,  ikkinchi  tomondan,
ijtimoiy rivojlanish qonunlari yordamida tushuntirib berishga harakat qiladilar.
Psixologik tadqiqot metodlari
Har   bir   fan   aniq   ma’lumotlarga   asoslanadi.   Ob’ektiv   voqelikning   bunday
hodisalarini to‘plab, solishtirib, guruhlarga ajratib va umumlashtirib, fan yaratilishi
kabi   eng   muhim   zaruriyatni,   aynan,   irodamiz   va   ongimizdan   mustaqil   ravishda
mavjud olamning ob’ektiv qonunlarini ochib beradi. Bu ma’lumotlarga ega bo‘lish
usullari   ilmiy-tadqiqot   metodlari   yoki   bilim,   nazariya,   ta’limot   deb   ataladi.
SHunday   qilib,   metod   –   ilmiy-tadqiqot   yo‘nalishi   yoki   biror-bir   reallikni   bilish
usuli. Ilmiy metod o‘z tuzilishiga ko‘ra, yondoshuvlar va muolajalar yig‘indisidan
iborat.   Ilmiy   tadqiqotlarning   metodlari   yordamida   olimlar   keyinchalik   ilmiy nazariyalar tuzish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun ishonchli ma’lumotlar
oladilar.
Har   qanday   fanga   o‘xshash   psixologiya   ham   o‘zining   tadqiqot   metodlariga
ega.   Psixologik   tadqiqotda   qo‘llaniladigan   metodlarning   barchasini   to‘rt   guruhga
ajratish mumkin: 1) tashkiliy metodlar; 2) tajriba metodlari; 3) ma’lumotlarni qayta
ishlab   chiqish   metodlari;   4)   izohlash   metodlari.   Birinchi   guruhga   qiyosiy,
longityud   va   majmua   metodlari   kiradi.   Ma’lumotlar   olishning   tajriba   metodlari
kuzatish   va   o‘zini   kuzatish   (introspeksiya),   tajriba  metodlari   (laboratoriya,   tabiiy,
shakllantiruvchi),   psixologik   tashhislash   metodlari   (testlar,   anketalar,
so‘rovnomalar,   sotsiometriya,   suhbat,   intervyu),   faoliyat   mahsuli   tahlili
(xronometriya,   kasbiy   ta’riflar,   mahsulot   va   bajarilgan   ishlarni   baholash   va
boshqalar),   tarjimai   hol   va   egizaklar   metodlarini   o‘z   ichiga   oladi.   Ma’lumotlarni
qayta   ishlash   metodlariga   miqdoriy   (statistika)   va     sifat   (materialni   guruhlarga
ajratish,   tahlil)   metodlari   kiradi.   Izohlash   metodlariga   turli   xildagi   irsiy
(materilning   rivojlanishdagi   alohida   davrlar,   bosqichlar,   xavfli   vaziyatlar   va
boshqalarni   ajratib   ko‘rsatgan   holda   tahlili)   va   tarkibiy   (psixika   barcha
xususiyatlarining tuzilishlari o‘rtasidagi aloqani o‘rnatish) metodlar kiradi.[1]
Endi   esa   psixologik   tadqiqotning   asosiy   metodlarini   birmuncha   to‘liqroq
holatda ko‘rib chiqamiz.
Qiyosiy   metod   («ko‘ndalang   kesim»   metodi)   turli   guruhlarga   mansub
odamlarning yoshi, ma’lumoti, faoliyati va muloqotiga ko‘ra taqqoslashdan iborat.
Masalan, yoshi va jinsi bir xil bo‘lgan odamlarning ikkita katta guruhi (talabalar va
ishchilar)   ilmiy   ma’lumotlarga   ega   bo‘lish   uchun   bir   xil   tajriba   metodlari   bilan
tadqiq etiladi va olingan ma’lumotlar o‘zaro solishtiriladi.
Longityud metodi  («uzunchoq kesim» metodi) tanlangan sinaluvchilarni uzoq
vaqt   davomida   qayta-qayta   tekshirishdan   iborat.   Masalan ,   talabalarni   oliygohda
ta’lim olish vaqti davomida ko‘plab marta tekshirish .
Qiyosiy va longityud metodlari o‘z afzalliklariga ega. Kesimlar metodi qisqa
vaqt ichida ko‘p sonli sinaluvchilarni tadqiqot bilan qamrab olish imkonini beradi.
Longityud metodi kesimlar metodi e’tiboridan chetda qolgan nozik farqlar, xususiy rivojlanish   turlarini   qayd   etishga   imkon   yaratadi.   Amaliyotda   bu   ikki   metod   bir-
birini to‘ldiradi.
Majmuiy   metod   –   tadqiqotda   turli   fan   vakillarining   ishtiroki   turli   hodisalar,
masalan,   shaxsning   fiziologik,   psixologik   va   ijtimoiy   taraqqiyoti   o‘rtasidagi
aloqalar va bog‘liqliklarni o‘rnatish imkonini beruvchi o‘rganish usuli.
Kuzatish   –   psixika   tashqi   alomatlarini   oldindan   belgilangan,   tizimli,
maqsadga muvofiq va qayd etilgan holatda qabul qilishdan iborat bo‘lgan metod.
Bu metod ilmiyligining asosiy sharti bo‘lib uning ob’ektivligi, ya’ni, qayta kuzatuv
yoki   tadqiqotning  boshqa  usullarini,  masalan,   tajribalarni  qo‘llagan  holda  nazorat
olib borish imkoniyati   xizmat qiladi. Kuzatish bir necha xil:   standartlashtirilgan
(belgilangan   dasturga   qat’iyan   mos   ravishda   o‘tkazilgan),   erkin   (oldindan
o‘rnatilgan chegaralarga ega bo‘lmagan),  kiritilgan  (tadqiqotchi o‘zi kuzatayotgan
jarayonning bevosita ishtirokchisiga aylanadi),   yashirin  bo‘ladi.
O‘tkazilish   joyiga   asosan   kuzatishlar dala   va laborator iya   kuzatishlariga
bo‘linadi .  Dala kuzatishlari tabiiy sharoitlarda, laboratoriya kuzatishlari esa sun’iy,
ya’ni, oldindan yaratilgan sharoitlarda o‘tkaziladi .
Olib  borish   muntazamligiga  ko‘ra  kuzatishlar tizimli   ( ma’lum  vaqt  davomida
ob’ektni   o‘rganish   uchun   ishlab   chiqilgan   reja   bo‘yicha )   va tizimsiz   ( noma’lum
vaqt davomida rejaga asoslanmagan )  bo‘ladi .
O‘rganilayotgan   hodisaning   o‘tkazilish   davomiyligi,   vazifalari   va   ko‘lamiga
ko‘ra   kuzatishlar   qisqa   vaqtli   (farazlarni   ifodalash   yoki   boshqa   metodlar
yordamida   olingan   ma’lumotlarni   nazorat   qilish   va   to‘ldirish   uchun   tadqiqotning
boshlang‘ich   bosqichida   o‘tkaziladi)   va,   uzoq   oylar   va   yillar   davomida   keng
ko‘lamli   yoki   murakkab   tuzilmali   ijtimoiy   jarayonlarning   kechishini   kuzatishga
xizmat qiluvchi  uzoq vaqtli  kuzatishlarga bo‘linadi .[2]
Kuzatish metodini qo‘llash uchun quyidagi shartlar qo‘yiladi :
-   sinaluvchining hulq-atvori uning ko‘pgina ko‘rinishlari va turli vaziyatlarda
har tomonlama baholanishi lozim ; -   kuzatuvchi sinaluvchi bilan juda ko‘p vaqt birga bo‘lishi kerak  ( kamida 2-3
oy   davomida ).   Seanslar   haftasiga   3-4   marta   o‘tkazilishi   kerak,   ularning
davomiyligi kuzatish maqsadidan kelib chiqib o‘rnatiladi ;
-   kuzatish   jarayoni   boshlanmasdan   avval   sinaluvchi   hulq-atvorining   qayd
etiladigan   xususiyatlari   aniqlab   olinishi,   va   xulq-atvorning   bunday   belgilari   bilan
tadqiqotchi   bu   metodni   qo‘llagan   holda   baholamoqchi   bo‘lgan   psixologik
xususiyatlar o‘rtasidagi aloqa oldindan o‘rnatilishi kerak ;
-  tadqiqotchi avvaldan kuzatish olib borish mashqini olgan bo‘lishi zarur ;
-   muammoni   xolisona   hal   etish   maqsadida   sinaluvchi   va   tadqiqotchi
o‘rtasidagi rolli munosabatlarga yo‘l qo‘ymaslik kerak ;
-   sinaluvchi   bir   vaqtning  o‘zida   kamida  10   ta  ruhshunos   kuzatuvida  bo‘lishi
va   olingan   baho   har   bir   ruhshunos   belgilagan   balldan   o‘rtachasini   tashkil   etgan
bo‘lishi kerak .
Barcha   ruhshunoslar   bir-biriga   bog‘langan   bo‘lmasliga   zarur .   Bunday   holat
natijalar samarasini oshiradi (baholash metodi) .
O‘zini  kuzatish   metodi , yoki   introspeksiya  (  l o t. dan   –   ichkariga qarayman ) –
insonning   o‘zining   shaxsiy   psixik   hodisalarini   kuzatishi .   Bu   psixikani   bilishning
eng   qadimiy   va   eng   qulay   vositasidir .   Uning   kashf   etilishiga   fransiyalik   faylasuf
Rene   Dekart ning   fikricha,   ong   –     alohida   tuzilgan,   moddiy   va   tarqoq   bo‘lmagan
substansiya bo‘lib, sub’ektning mulohaza yuritganida ichida qanday hodisalar ro‘y
berishi   haqidagi   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   va   bevosita   bilimlari   to‘g‘risidagi   dohiyona
yorqin   g‘oyalari   turtki   bo‘ldi .   O‘ziga   va   ongiga   nazar   tashlash   introspeksi yaning
mohiyatini tashkil etadi .
O‘zini kuzatish orqali ichki kechinmalar, sirli xayollar, xotiradan ko‘tarilgan
tasvirlar,   jamiyat   qarashlariga   zid   istaklar   va   irodaviy   jarayonlar   ochib   beriladi .
Bunda   o‘zini   kuzatish   bilan   olimning   o‘zi   ham,   uning   mijozi   –   sinaluvchi   ham
mashg‘ul bo‘lishi mumkin .
Sinaluvchilarga   alohida   ko‘rish   yoki   eshitish   ta’sirlovchilari,   jismlar   tasviri,
so‘zlar,   jumlalar   namoyish   etiladi ;   ular   qabul   etilib,   o‘zaro   solishtirilib,   hosil
bo‘lgan   tasavvurlar   haqida   ma’lumot   berilishi   kerak .   Bunda   sinaluvchilar   o‘z javoblarida   tashqi   ob’ektlarni   tasvirlovchi   atamalarni   qo‘llamay,   bu   ob’ektlar
sababli   yuzaga   kelgan   o‘z   his-tuyg‘ulari   va   ularning   sifatlari   haqida   so‘z
yuritishlari kerak .
Hozirgi zamon psixologiyasining yangi yo‘nalishi  – psixosintez ning asoschisi
–   ital iyalikshifokor -f aylasuf   Roberto   Assadjioli   fikricha,   ongimizning   bosh
rejissyori oliy  « Men »  bo‘lib, uning qo‘l ostidagi aktyorlar esa  –  bu  « Men » imizning
ajralgan   qismlari.   Inson   o‘zining   ichki   olamini   ko‘zdan   kechirishi,   unga   quloq
tutishi bilan ikkilamchi, uchlamchi, to‘rtlamchi  va boshqa  «Men»larning xushqad
yoki   unchalik   bo‘lmagan   jo‘rovozi   mavjudligi   ma’lum   bo‘ladi.   Bilish   va   yangi
nazariy   istiqbollarni   kashf   etish   metodi   sifatida   o‘zini   kuzatish   asosiy   o‘rin
egallaydi.
Psixo-fizik metodlar
Jismoniy   va   ruhiy   hodisa   deb   nomlangan   psychophysics   o'rtasidagi
munosabatlar   o'rganish   bilan   shug'ullanadi   psixologiya   filiali.   Shu   ma'noda,
muddatli   psixo-jismoniy   usullari   urinishlar  vazn   his,  yorqinligi,  hajmi,  va  boshqa
shunga   o'xshash   o'zgaruvchilar   sifatida   ma'lum   psixologik   tajribalar   ilmiy
o'lchovlar   uchun   jismoniy   qurilmalar   foydalanish   ashyodan   barcha   usullarini
ulanishi   mumkin.   va   hokazo   uyqu   oralig'ida   yoki   xotira   kabi   boshqa   murakkab
psixologik   hodisalar,   shuningdek,   psixo-jismoniy   usullarini   foydalanish   o'rganib
mumkin.
Nemis fiziolog va fizik Fechner (1801-1887) tomonidan ishlab chiqilgan uch
klassik psixofizik usullari, haligacha psixofizika otasi. Ular:
(I) usullari yoki cheklashlarni minimal o'zgarishlar usuli.
(II) doimiy rag'batlantirishning yoki to'g'ri va noto'g'ri javoblar usuli.
(III) O'rtacha yoki o’rtacha xato usuli.
Bu usullar, birinchi navbatda, mutlaq arafasida va arafasida o'rtasidagi farqni
o'lchash   uchun   ishlatiladi.   Va   mutlaq,   pol   va   pol   farqlar   statistik   tushunchalar   va
ham   deyarli   bir  xil   tarzda  o'lchanadi.   Mutlaq,  pol   ishonchli  hissi  ishlab   chiqaradi
jismoniy rag'bat, minimal qiymati sifatida belgilanishi mumkin. Mutlaq   chegara   Shunday   qilib,   biz,   biz,   nur   yorqinligi,   biz   nima   mumkin
emas va shuning uchun ko'rish mumkin olmaydi kishilardan hidlarni hidi mumkin
olmaydi o'sha eshitasiz tovushlarni ajratib turadi.
O'zlari   esa   farq   mavzu   orqali   idrok   qilinishi   mumkin,   ikki
rag'batlantirishning   o'rtasida   qiymati   eng   kam   farq   sifatida   belgilangan   bo'lishi
mumkin.   Bir   kishi   uning   qo'lini   qo'yish   uchun   ma'lum   bir   og'irlik   kechirmoqda
qachon umumiy birinchi  ajratib bo'lmaydigan bo'lib, masalan,  eng kam  vazn, pol
farq,   unga   ilova   qilinadi.   Keling,   endi   yuqorida   aytib   o'tilgan   uch   psixofizik
usullarini qisqacha fikr berish chiqaylik.
Minimal o'zgarishlar yoki cheklashlar usuli usuli.
Bu   usul   mutlaq   ostonasini   va   chegara   ( порог )   farqini   aniqlash   uchun
foydalanish mumkin. quyidagicha tartibi tasvirlangan:
1. An shaxs his duchor bo'ladi. Misol uchun, u bir ob'ekt (80 sm, masalan),
ma'lum   bir   masofada   yotgan   yoki   yo'q   ko'rishni   ega   yoki   yo'qligini   so'rang
mumkin.
Psixologiyaning   asosiy   metodi   bo‘lib   tajriba   hisoblanadi.Tajriba   metodi
tadqiq   etilayotgan   hodisalar,   ijtimoiy   yoki   psixologik   jarayonlar,   qarashlar,
qonuniyatlar,   yangi   bilimlarga   erishishdagi     xossalari   o‘rtasida   mavjud   bo‘lgan
sababiy-oqibat   aloqalari   haqida   aniqroq   ma’lumotga   ega   bo‘lish   maqsadida
qo‘llaniladi .   Kuzatishdan   farqli   ravishda   tajribada   tasviriy   ma’lumotdan   tashqari,
aloqalar, munosabatlar, jarayonlar haqida tushuncha beriladi .
Tajriba   o‘rganilayotgan   hodisaning   xususiyatlari   o‘rtasida   mavjud   aloqalar
to‘g‘risidagi   nazariy   tasavvurlarga   asoslangan   farazni   isbotlash   uchun   tekshirish
metodi   sifatida   shakllangan   va   mavjuddir.   Metodologik   rejaga   ko‘ra,   tadqiqot
ob’ektini   tahlil   qilish   birinchi   bosqich   bo‘lib,   ikkinchi   bosqich   –   o‘zgaruvchilar
o‘rtasidagi   aloqalarning   xususiyati   yoki   yo‘nalishi,   mavjudligi   haqidagi
farazlarning shakllanishi, uchinchi bosqich – o‘zgaruvchilarni mustaqil va mustaqil
bo‘lmagan   turlariga   ajratish   hisoblanadi.   Tajribadagi   o‘zgaruvchilarni   ajratish   –
ob’ektni   dastlabki   nazariy   tahlil   qilish   natijasi.   Tadqiqotchining   ta’siri
yo‘naltirilganlari   nazoratdagilar   va   mustaqil   o‘zgaruvchilar   deb   ataladi.   SHundan so‘ng   tajribaning   metodik   qismi   boshlanadi.   Tadqiqotning   maqsadi   aniqlanib,
dasturi tayyorlangandan so‘ng esa ikki guruh – tajriba va nazorat guruhlari tuziladi.
Nizom   bo‘yicha   tajribaga   qo‘yiladigan   muhim   talablardan   psixologlar
quyidagilarni sanab o‘tadilar: tadqiqot farazlariga ko‘ra aniq yo‘nalganlik; tadqiqot
ob’ektini   yuqori   darajada   bilish   va   to‘liq   ta’riflash;   tajriba   muolajalarini   olib
borishni  qat’iy nazorat qilish, ularning aniqligini ta’minlash;  qayta ishlab chiqish,
takrorlash   imkoniyati;   ijtimoiy   ob’ektga   mos   keluvchi   metodlar,   kuzatish   va
o‘lchash vositalarining mavjudligi.
Tajriba tadqiqotlarini olib borishda quyidagilarni bilish lozim.
Tajriba   predmeti   –   o‘rganilayotgan   ob’ekt   xossalari   va   uning   ijtimoiy
faoliyati va hulq-atvorini belgilab beruvchi omillar tizimi o‘rtasidagi munosabatlar
va aloqalar.
Tajribadagi   o‘zgaruvchi   –   o‘rganilayotgan   ob’ekt   holatiga   to‘g‘ridan-to‘g‘ri
va   bevosita   ta’sir   etuvchi   nazorat   ostidagi   va   nazoratga   olinmaydigan   omillar.
O‘zgaruvchilar   tizimi   tajribadagi   vaziyatda   etakchilik   qiladi   va   bu   vaziyat   xuddi
shu tizim orqali ta’riflanadi. Asosiy o‘zgaruvchilar mustaqil va bog‘langan bo‘lishi
mumkin. Mustaqil o‘zgaruvchi – tadqiqotchi tomonidan o‘zgartiriladigan va tajriba
guruhi   faoliyatiga   kiritiladigan   omil.   Bog‘langan   o‘zgaruvchi   –   mustaqil
o‘zgaruvchi ta’sirida o‘zgaradigan omil.
Tajribaviy   vaziyat   –   tajriba   o‘tkazilayotgan   sharoitlar   yig‘indisi.   U   dala   va
laboratoriya sharoitida o‘tkazilishi mumkin.
Tajriba   ob’ekti   –   ijtimoiy   guruh,   jamoa,   shaxs   (tajriba   ishtirokchilari).
Tajribada   ikki   xil   ob’ekt:   nazorat   va   tajriba   guruhlari   ajratiladi.   Ikki   guruhning
tuzilishi   tafovutlarni   aniqlashga   va   kutilgan   o‘zgarishlar   ro‘y   bergani   yoki
bermagani   haqida   mulohaza   yuritish   imkonini   beradi.   Tajriba   ishtirokchilarining
soni,   odatda,   unchalik   ko‘p   bo‘lmaydi,   aksariyat   hollarda   10-15   kishidan
oshmaydi .
Tajriba guruhi tajriba omili (mustaqil o‘zgaruvchi) ta’sir ettiriladigan guruh t.
Nazorat guruhi tajriba omillarining ta’sirini sezmaydi . Agar tajriba guruhida nazorat ostidagi (mustaqil) o‘zgaruvchilar o‘zgartirilsa,
nazorat guruhidagi mustaqil o‘zgaruvchilar o‘zgarishlarsiz sqlanib qoladi .   Nazorat
guruhi qiyosiy birlik bo‘lib xizmat qiladi .
Kengroq tarqalgan tajriba metodlarini ko‘rib chiqamiz .
Laborator iya   tajribasi sun’iy   shroitlarda   maxsus   asboblarni   qo‘llagan   holda
ta’sir   etuvchi   omillarning   qat’iy   nazorati   yordamida   amalga   oshiriladi . Masalan ,
inson   tafakkuri   xususiyatlarini   o‘rganish .   Sinaluvchiga   ajratilgan   vaqt   ichida
echishi lozim bo‘lgan aqliy vazifalar qatori taklif etiladi .   Har bir vazifani bajarish
ma’lum   ballar   miqdori   bilan   baholanadi,   ballar   yig‘indisi   esa   aqliy   rivojlanish
darajasining ko‘rsatkichi bo‘lib hisoblanadi .
Tabiiy tajriba  –  sinaluvchiga sezilarsiz tarzda uning faoliyati yoki muloqotiga
kiritilgan   psixologik   tajriba ,   u   tabiiy   sharoitlarda   tadqiqotchining   aralashuvisiz
o‘tkaziladi .   Tabiiy   tajribani   hayotning   o‘zi   qo‘yadi ,   tajribaviy   vaziyat   es a
tadqiqotchining   faol   ishtirokisiz   yuzaga   keladi .   Masalan ,   odam   to‘satdan   kasal
bo‘lib   qoldi ,   bunda   kasallik   uning   psixikasi   va   hulq-atvoriga   nisbatan   biror-bir
ta’sirga   ega   bo‘lishi   ma’lum .   Qanday   qilib ?   Bu   savolga   tajribadan   javob   topish
mumkin,   tajriba   davomida   bemor   psixolog   tomonidan   kuzatiladi   va   u   bemorning
kasalikkacha va kasallikdan so‘nggi holatlarini qiyoslaydi .
S h akllantiruvchi  ( ta’limiy )  tajriba  –  psixik jarayon, shaxs holati yoki sifatini
tadqiq etish va shakllantirish metodi .   Masalan ,   bolalarda ma’lum sinf masalalarini
echa   olish   qobiliyatini   shakllantirish .   Sinaluvchilar   tegishli   masalalar   bilan
tanishtirilib,   ularni   echish   tartibi   tushuntiriladi .   So‘ngra   ularga   zarur   malaka   va
ko‘nikmalarni   orttirishga   ko‘mak   beriladi .   Tajriba   yakunida   olingan   natijalar
baholanadi .
Dala tajribasi  o‘z xususiyati bilan laboratoriyadagi bilan o‘xshashdir, faqat u
insonning   real   hayotidagi   voqelikda   o‘tkazilishi   bilan   farq   qiladi .   Masalan ,   oliy
o‘quv   yurtida   ta’limning   yangi   dasturini   kiritish   bo‘yicha   tajriba   olib   boriladi,
buning   ustiga,   dastur   o‘quv   jarayoniga   real   tartibda   kiritiladi.   Tadqiqotchilarni
tajriba   natijasida     talabalar   bilimining   yaxshilanashi   yoki   ularning   avvalgidek
saqlanib   qolishi   qiziqtiradi.   Buning   uchun   ular   tajribagacha   va   tajribadan   so‘ng talabalar bilimini tekshiruvdan o‘tkazadilar va tajribaning samaradorligi yuzasidan
xulosa yasaydilar.
Qayd etish tajribasi   deb, vazifasi ma’lumotlarni oddiy ravishda qayd etish va
ta’riflash, ya’ni, jarayonga tadqiqotchi tomonidan faol aralashuvsiz haqiqatda ro‘y
beradigan   voqelarni   qayd   etishdan   iborat   bo‘lgan   tajribaga   aytiladi.   Qayd   etish
tajribasi   tabiiy   tajribadan   vazifalarning   real   holati   oddiy   qayd   etilishi   va   olingan
natijalar o‘zaro tajribagacha va tajribadan so‘ng solishtirilmasligi bilan farq qiladi.
Masalan,   bolalarda   xotiraning   rivojlanish   darajasini   aniqlash.   Sinaluvchilarga
materialni   eslab   qolish   va   namoyish   qilishga   doir   vazifalar   qatori   taklif   etiladi.
Ularni bajarish natijalariga ko‘ra, xotiraning rivojlanganlik darajasi aniqlanadi.
Assotsiativ tajriba  – K.G. YUng, M. Vertgeymer va D. Klyayn tomonidan bir
vaqtda   taklif   etilgan   va   shaxs   motivatsiyasini   tadqiq   etishga   mo‘ljallangan
loyihalash   metodi.   Bu   metodda   sinaluvchiga   rag‘bat   so‘zlar   to‘plamiga   javoban
miyaga kelgan so‘zlarni iloji boricha tez aytish taklif etiladi. Bunda yuzaga kelgan
tasavvurlar rag‘bat-so‘z va sinaluvchining javobi o‘rtasidagi bir xil tasavvurlarning
turi, qaytarilishi, vaqtiga ko‘ra qayd etiladi.
S.L.   Rubinshteyn   tajribaning   to‘rt   xil   o‘ziga   xos   xususiyatiga   ta’rif   bergan
edi.   Birinchidan,   tajribada   kuzatuvchi   vaziyatga   faol   aralasha   olmaydigan
kuzatishdan   farqli   ravishda   tadqiqotchining   o‘zi   o‘rganayotgan   hodisani   yuzaga
keltiradi.   Ikkinchidan,   tadqiqotchi   o‘rganilayotgan   jarayonning   kechishi   va
ifodalanishi   sharoitlarini   o‘zgartirishi   mumkin.   Uchinchidan,   tajribada
o‘rganilayotgan   jarayonni   aniqlash   uchun   qonuniyatli   aloqalarni   o‘rnatish
maqsadida, alohida sharoitlarni o‘zgarishli tarzda istisno qilish imkoni mavjud. Va,
nihoyat,   to‘rtinchidan,   tadqiqotchi   olingan   ma’lumotlarning   matematik   qayta
ishlanishini  qo‘llagan holda sharoitlarning miqdoriy nisbatlarini  ham  o‘zgartirishi
mumkin.
Tajriba   metodining   muhim   afzalligi   shundan   iboratki,   bunda   tadqiqotchi
sustkashlikka   yo‘l   qo‘ymay,   uni   qiziqtiruvchi   psixik   hodisaning   yuzaga   kelishini
kutib o‘tirmasligi lozim. Tajribada tadqiqotchi sharoitlarni o‘zi yaratganligi uchun
bu   sharoitlarni,   hamda,   ularning   sinaluvchiga   ko‘rsatadigan   ta’sirini   ham to‘laligicha   hisobga   olish   imkoniyati   tug‘iladi.   SHaroitlarning   tadqiqotchi
tomonidan   yaratilishi   ularni   bir   necha   marta   takrorlash   imkonini   beradi .   Bunday
takrorlash, bir tomondan, olingan natijalarning ob’ektiv tasdiqlanishi bo‘lib xizmat
qilsa,   ikkinchi   tomondan,   ma’lumotlar   to‘planishi   va   ularni   miqdoriy   baholash
imkoniyatlarini ochib beradi .
SHu   bilan   birga,   tajriba   metodining   salbiy   tomoni   uni   qo‘llashdagi   maxsus
yaratilgan   sharoitlar   o‘rganilayotgan   psixik   holatning   tabiiy     kechishini   izdan
chiqarishi   mumkinligidan       iborat   (tajriba   sharoitlari   hayajon,   qo‘rquv,   o‘zining
ijobiy   tomonlarini   ko‘rsatishga   intilishni   keltirib   chiqarishi   mumkin),   bu   esa   o‘z
navbatida olingan ma’lumotlarning buzib ko‘rsatilishiga olib keladi .
Keyingi   yillarda psixologik   tashhislash   metod lari ,   test   sinovlari   keng
ko‘lamda olib borilmoqda .
Psixologiyaning   ob’ektiv   metod lariga,   shuningdek,psixologik   tashhislash,
aniq   shaxs,   odamlar   guruhi,   u   yoki   bu   psixik   vazifaning   holatlari,   xususiyatlarini
baholash yoki aniqlash maqsadida qo‘llaniladigan test sinovlari ham kiradi .
Test deb,   bir   xil   shaklda   tuzilgan,   qisqa,   vaqt   bo‘yicha   chegaralangan,
miqdoriy   kattalik   bilan   ifodalangan   individual   tafovutlarni   o‘rnatish   uchun
mo‘ljallangan   psixologik   tashhislash   sinoviga   aytiladi .   Testlar   yordamida
odamlarni  o‘zaro  bir-biri  bilan  solishtirgan   holda  o‘rganish,   ular  psixologiyasi  va
hulq-atvoriga baho berish mumkin . Test  sinaluvchining o‘zini tutishini belgilovchi
qat’iy   qoida   bo‘yicha   sinaluvchilar   bajarishizarur   bo‘lgan   vazifalar   to‘rlamidan
iborat .   Testlarning bajarilishi javoblarning to‘g‘riligi mezoni bo‘yicha baholanadi .
To‘g‘ri   bajarilgan   vazifalar   uchun   ballar   belgilab   qo‘yilgan .   Testning   rag‘bat
materiali barcha sinaluvchilar tomonidan bir xilda qabul qilinishi kerak.
Testlarga   berilgan   javoblarni   ishlab   chiqishning   ma’nosi   shundan   iboratki,
olingan   ma’lumotlar   kalit   yordamida   baholashning   ma’lum   ko‘rsatkichlari,
masalan,   shaxsning   xususiyatlari   bilan   solishtiriladi.   Aniqlashning   so‘nggi
natijalari   test   ko‘rsatkichlarida   o‘z   ifodasini   topadi.   Ularning   tashhislashdagi
ahamiyati, odatda, ko‘p sonli sinaluvchilarda statistik hisoblash yo‘li bilan olingan
ko‘rsatkichlar bilan qiyoslash orqali aniqlanadi. Testlar   bir   necha   mezonlarga   ko‘ra   tasniflanadi .   Maqsadga   ko‘ra,   tanlash,
ajratish,   tasniflash   teslariga   bo‘linadi .   Mazmuniga   ko‘ra, :   a)   umumiy   qobiliyatlar
uchun     (intellektu al   va   kreativ);   b)   maxsus   qobiliyatlar :   shaxs   test lari ,   yutuqlarga
erishish   testlari ,   mezonli - yo‘naltirilgan   testlarga   ajratiladi .   SHakliga   ko‘ra   test lar
individual va guruhli bo‘lib, quyidagi turlarga bo‘linadi :
- verbal  va  n o verbal ( taqdim etilgan vazifalarning shakliga ko‘ra );
- blank li   test lar   (« qalam va qog‘ozli ») –   sinaluvchiga taqdim etilish shakliga
ko‘ra ;
- a sbobli  test lar  ( maxsus asboblar yordamida );
- kompyute r  test lari .
Texnika   usullari   nuqtai   nazaridan   testlar   to‘rt   turga   bo‘linadi :   1)   ob’ektiv ,
ko‘pchilik   hollarda   asbobli,   psixofiziologik   sinovlar ,   masalan ,   emotsional   holatni
belgilab   beruvchi   teri-galvanik   refleksini   o‘lchash ;   2)   so‘rov   metodikalari   yoki
sub’ektiv   testlar ,   masalan,   G.   Ayzenk va   R.   Kettel ning   umumshaxsiy   testlari ;   3)
« qalam   va   qog‘ozli »   test lar ,   masalan ,   diqqatni   tashhislash   uchun   –   matndagi
ma’lum   harflarni   o‘chirish   yoki   labirintdan   eng   yaqin   chiqish   yo‘lini   chizish   va
boshqalar ;       4)   sinaluvchilar   hulq-atvori   ifodalanishini   baholashga   asoslangan
test lar ,  masalan ,  shaxsning guruh tomonidan baholanishi metodikasi  ( SHGB ).
P sixologi yada   test lar   bilish   jarayonlari,   hissiy-irodaviy   soha,   shaxsning
psixologik   xossalari,   shaxslararo   munosabatlarni   tadqiq   etish   uchun   qo‘llaniladi .
Masalan , Ayzenk ning verbal matni aqliy qobiliyatlarni baholashga,  Teylor  testi esa
xavotirlanish darajasini aniqlashga mo‘ljallangan .
Klinik metod
eksperimental   va   differensial   usullari   odatda   xatti   umumiy   faktlarni
o'rganish   uchun   ishlatiladigan   bo'lsa,   klinik   usul   individual   xususiyatlarini
o'rganish   uchun   qaratilgan.   klinik   sozlama   yoki   jismoniy   va   ruhiy   kasalliklar
maslahat   va   davolash   uchun   kelgan   odamlar   parvarishlash   va   davolash   tufayli
atrof-muhit.   Shu   ma'noda,   klinik   usullari   muammo   yoki   favqulodda   xulq   tub
sabablarini tergov va taklif va tegishli shart-sharoit va imkon muolajalar ta'minlash
vazifa bilan engish barcha usullarini eslatadi:[4] Yaxshi klinik usuli tushunchasi sifatida ta'riflash mumkin klinik psixologiya
juda   tushunchasi,   mavjud:   Klinik   psixologiya   san'at   va   texnologiya   yechimlari
shaxsiyati   tuzatish   muammolar   bo'ladi.   Bu   ta'rifga   tahlili   bizga   tabiat   va   klinik
usuli davolash haqida quyidagi xususiyatlarga ba'zi farq yordam mumkin;
(I) klinik usul xususan holda tegishli.
(II) shaxs ba'zi muammolar bor.
(III)   tashxis   qo'yish   va   davolash   ikkalasi   usullari   Ushbu   muammolarni   hal
qo'llaniladi.
(IV)   klinik   yondashuv   barcha   har   bir   bemorga   nisbatan   qo'llanila   olmaydi,
degan ma'noni anglatadi, bir san'at, shuningdek, ilm-fan va texnologiya, deb, va u
sog'lom va insoniyat yaxshiroq yaratish zavq oladi.
Shunday   qilib,   psixologik   tashxis   tadqiqot   va   ruhiy   muammolar   davolash
yoki individual kasallik bu usulning asosiy elementlari.
Test lar juda xilma-xil bo‘ladi .  Quyida bulardan ba’zilari keltirilgan : 
1.   Y u tuqlarga   erishish   t est lari   –   sinaluvchining   aniq   bilim,   malaka   va
ko‘nikmalarga   ega   bo‘lish   darajasini   aniqlash   imkonini   beradigan   psixologik
tashhislash  metodika lardan biri .
2.   Idrok   t est lari   –   individning   aqliy   imkoniyatlarini   aniqlovchi     psixologik
tashhislash  metodika si .
3.   Ijodkorlik   t est lari   –   insonning   ijodkorlik   qobiliyatlarini   o‘rganish   va
baholash metodikalarining jamlanmasi .
4.   S h axsni   bilish   t est lari   –   individ   shaxsining   turli   tomonlariga   baho   berish
imkonini yaratuvchi psixologik tashhislash  metodika si .
5.   Loyihalash   t est lari   –   psixologik   izohlashga,   ya’ni,   sub’ekt   tomonidan
xususiy   xossalari   va   holatlarining   ustun   bo‘lgan   ehtiyojlar,   mazmunlar   va
qadriyatlar   ta’sirida   ongli   va   ongsiz   ravishda   tashqi   ob’ektlarga   ko‘chirilishiga
asoslangan shaxsni yaxlit o‘rganish uchun qo‘llaniladigan metodikalar jamlanmasi .
Y u qorida   keltirilgan   testlar   turlarining   aniq   qo‘llanilishi   haqidagi
ma’lumotlarga   A.X.   Yugay ning   «Ob щ aya   psixologiya:   laboratorno-prakticheskie
zanyatiya» (T a shkent, 2007)  o‘quv qo‘llanmasi yordamida ega bo‘lish mumkin . 6.   Suhbat   m etod i o‘rganilayotgan   muammoni   qo‘shimcha   ravishda   yoritib
berish   uchun   yordamchi   vosita   bo‘lib   hisoblanadi .   Suhbat   –   bu   nutq   muloqoti
orqali psixologik axborotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bevosita yo‘l bilan ega bo‘lishni
ko‘zda tutuvchi metod .   Suhbat sinaluvchi, uning harakatlari mayllari va motivlari,
psixik holatlari va boshqalar haqida ma’lumot olishning asosiy usuli bo‘lib xizmat
qiladi.
7.  Psixologik intervyu  – insonning shaxsiy sifatlari, tasavvurlari, motivlari va
boshqalarni o‘rganishga yo‘naltirilgan intervyu. Psixologik metod sifatida intervyu
o‘tkazilishi   uchun   katta   kuch   va   vaqt   talab   qilgani   hisobiga,   asosan,   individual
tadqiqot   ishida,   ya’ni,   shifoxona     amaliyotida,   maslahat   berishda,   shaxsiy
psixologik   korreksiya   jarayonida   qo‘llaniladi.   Bu   metodning   afzalligi   shundaki,
etarlicha   tayyorgarlikka   ega   bo‘lgan   psixolog   yordamida   so‘z   iboralari,   mimika,
holat, tovush sifati, tashqi ko‘rinish, harakatlarning o‘ziga xosligi, faollik darajasi,
hissiy   reaksiya   va   boshqa   muloqotning   barcha   omillari   kabi   manbalardan     inson
haqida katta hajmli axborot olish mumkin.
8.   Anketa   –   oldindan   tuzilgan   savollar   tizimiga   javoblar   olish   uchun
so‘rovnoma   varag‘idan   iborat   verbal   kommunikatsiya   asosida   birlamchi   ijtimoiy-
psixologik axborot olishda qo‘llaniladigan metodik vosita.
9.   Sotsiometriya   –     o‘zaro   munosabatlar   va   psixologik   kelishuvchanlikning
tuzilishini   aniqlash   maqsadida   guruhdagi   shaxslararo   munosabatlarni   psixologik
tadqiq etish metodi.
Xulosa   o‘rnida   aytish   mumkinki,   metodni   samarali   qo‘llash   uning   validligi
(oldindan   belgilab   qo‘yilgani   bo‘yicha   baholash   uchun   mos   kelishi)     va
ishonchliligiga   (takroriy   va   qayta   tadqiq   etishda   bir   xil   natijalar   olish   imkonini
beruvchi) bog‘liqdir.
Ishonchlilik   va   validlik   –   bular   psixologik   tashhisning   sifati   va   yuqori
samaradorligini aniqlash mumkin bo‘lgan mezonlar. Foydalanilgan adabiyotlar:
1.   Andreeva     G.M.     Sotsialnaya     psixologiya.     Uchebnik.-     M.:         Aspekt     P
ress,  
1999.-376   s.  
2.   G‘oziev   E.G.   Umumiy   psixologiya.   Toshkent.   2007.1-2   kitob.

MAVZU: HOZIRGI ZAMON PSIXOLOGIYASINING TUZILISHI VA TADQIQOT METODLARI REJA: 1. Psixologiya sohasida ilmiy tekshirish olib borishning o‘ziga xosligi. 2.Psixologiyaning asosiy tamoyillari 3 Psixologiyaning tadqiqot metodlari

Psixologiya sohasida ilmiy tekshirish olib borishning o‘ziga xosligi. Hozirgi zamon psixologiyasi yaxlit fanning o‘zidan emas, balki mustaqil fan bo‘lishga da’vogarlik qiluvchi ilmiy fanlar majmuasidan iborat. Bu majmuadan psixologiyaning ta’lim bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy va amaliy, umumiy va maxsus sohalari o‘rin olgan. Psixologiya fanining asosiy sohalari odamlarning aniq bir faoliyat bilan shug‘ullanishidan qat’iy nazar, odamlarning hulq-atvor psixologiyasini bilish va tushuntirib berishda umumiy ahamiyatga ega. Fanning bu sohalari odam hulq-atvori va psixologiyasi bilan qiziquvchilarga birday zarur bo‘lgan bilimlarni berishlari kerak. Ba’zida umumiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ular «umumiy psixologiya» atamasi bilan umumlashtiriladi. Umumiy psixologiya sohasidagi tadqiqotlar natijalari psixologiya fanining barcha soha va bo‘limlarining rivojlanishi uchun asos bo‘lib hisoblanadi. Shu bilan birga, ma’lum maxsus yoki nazariy faoliyatning u yoki bu turi bilan mashg‘ul odamlar hulq-atvori va psixologiyasini tadqiq etuvchi fanning maxsus yoki amaliy sohalari ham ajratiladi Psixologiya fanida ilmiy tadqiqotlarning integratsiyalashuvi va differensiatsiyalash jarayonlari ro‘y beradi . Xususan, psixologi yaning jadal rivojlanishi uning differensiatsi yasiga – psixologiya fanlariqator sohalarining, shu jumladan, psixologiyani boshqa fanlar bilan bog‘lovchi fanlararo sohalarning yuzaga kelishiga olib keldi . XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab,psixik jarayonlarning asosi bo‘lgan fiziologi ya mexanizm larini o‘rganuvchi psixofiziologiya shakllandi . XVIII-XIX asrlarda boshlangan hayvonlar psixik faolligini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar ekologiya, otologiya va boshqa fanlar bilan uzviy bog‘langan zoopsixologi yani yuzaga keltirdi . P sixologi yaning alohida sohasi bo‘lib psixogigien a, psixoterapi yavatibbiyot deontologi yasi masalalarini, patopsixologi ya (qabul qilish, xotira, tafakkur va boshqalar kabi psixik jarayonlarning izdan chiqish qonuniyatlarini tadqiq etuvchi), neyropsixologi ya (psixik jarayonlarning bosh miya ma’lum tuzilmalari bilan aloqasini o‘rganuvchi) va psixokorreksi yani o‘rganuvchi tibbiyot psixologiya si hisoblanadi .

Bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘langan bolalar psixologiyasi ( bola psixik rivojlanishining qonuniyatlarini o‘rganadi ) va pedagogi k psixologiya ( maqsadga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon sharoitida psixikani tadqiq etib, ta’lim va tarbiyaning psixologik asoslarini ishlab chiqadi ), yosh psixologiya si ( o‘rganish predmet i – psixikaning yosh xususiyatlari ), mehnat psixologiya si (issleduet mehnat jarayonida psixi k faoliyat va shaxsni tadqiq etib , kasb tanlash, mehnat jamoalarini tashkil etish va boshqalar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi ), boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimlarini loyihalash va ularni takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan muhandislik psixologiya si (« inson – qurilma » tizimida inson faoliyatini o‘rganuvchi mehnat psixologiyasining bo‘limi ); ko inot psixologiya si (ko inotga parvoz sharoitida psixik faoliyatning xususiyatlarini o‘rganadi ), ijtimoiy psixologiya ( jamoada inson faoliyati va shaxslararo munosabatlarning shak llanish qonuniyatlarini tadqiq etadi ), qiyosiy psixologiya ( o‘rganish predmeti – odam va hayvon psixikasi kelib chiqishi va rivojlanishidagi umumiylik va tafovutlar ) kabi mustaqil bo‘limlarga shakllandilar . Psixologiyaning ko‘plab sohalari quyidagi mezonlar bo‘yicha ajratiladi : - aniq faoliyat ( mehnat psixologiya si , tibbiyot , pedagog ik psixologiya, san’at, sport psixologi yasi va shu kabilar ); - r ivojlanish ( hayvonlar psixologiya si , qiyosiy psixologiya, rivojlanish psixologiya si , bolalar psixologiya si va shu kabilar ); - ijtimoiy umumiylik ( ijtimoiy psixologiya, shaxs psixologiya si , guruh, sinf psixologiya si , etnopsixologiya va h.k. ). Sohalar bo‘yicha faoliyat maqsadiga ko‘ra tafovut muhim ahamiyat kasb etadi ( yangi bilimlarga ega bo‘lish va ularni qo‘llash ): asosiy va amaliy f anlar ; tadqiq etish predmet iga ko‘ra – rivojlanish psixologiya si , ijod , shaxs psixologiyasi va h.k.Psixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi asosida yuzaga kelgan fanlar sifatida psixofiziologi ya , neyropsixologi ya , matemati k psixologi yava boshqalarni keltirish mumkin.Psixologiyaning amaliyotning turli sohalari bilan murakkab aloqalarining rivojlanishini tashkiliy, muhandislik psixologiyasi, sport psixologiyasi, pedagogik psixologiya va shu kabilarda kuzatish mumkin .

Turli mualliflar psixologiyaning 100dan ortiq sohalarini sanab o‘tadilar . Lekin aslida hozirgi kunda ularning soni bundan oshib ketgan. Shuningdek, psixologiyaning maxsus bo‘lim va yo‘nalishlari ham mavjud: differensial psixologiya (odamlar o‘rtasidagi individual tafovutlarni o‘rganadi), qabul qilish psixologiyasi, kriminalistika va sud psixologiyasi, ilmiy, texnikaviy va badiiy ijod psixologiyasi, qarish psixologiyasi (gerontopsixologiya), aviatsiya psixologiyasi. Hozirgi zamon psixologiyasiboyib, turli-tuman bo‘lib bormoqda, oxirgi yillarda psixologiyaning yangi sohalari:antropologik psixologiya, akmeologiya, tahdid va terrorizm psixologiyasi, xristianlik psixologiyasi, muloqot psixologiyasi, davriy psixologiya, biokonstitutsion psixologiya, «buyukshunoslik» psixologiyasi, o‘sish psixologiyasi, tirik hayot psixologiyasi, kvant psixologiyasi, tergov psixologiyasi, badiiy qabul etish psixologiyasi, psixologik adabiyotshunoslik, eshitish qobiliyatlar psixologiyasi, ko‘zi ojiz kar-soqovlar psixologiyasi, kitobxonlar va kitob psixologiyasi, mavh etish psixologiyasi, tushlar va tush ko‘rish psixologiyasi, sevgi psixologiyasi, inqirozli va xavfli vaziyatlar psixologiyasi, ekzoteratik psixologiya, taqdir psixologiyasi, mutaassiblik psixologiyasi, qobiliyatlar psixologiyasi, xususiylik psixologiyasi, o‘quv faoliyat psixologiyasi, ayollar psixologiyasi, tobe hulq-atvor psixologiyasi, genotsid va ommaviy qotilliklar psixologiyasi, xizmat muloqoti psixologiyasi, o‘qituvchi psixologiyasi, tashqi ko‘rinish psixologiyasi, oliy maktab psixologiyasi, buyruq psixologiyasi, savdo-sotiq psixologiyasi, OAV psixologiyasi, elektoral hulq-atvor psixologiyasi, erkaklar psixologiyasi, din psixologiyasi, tomalogiya, qo‘rquv psixologiyasi, o‘lim psixologiyasi, muqobil psixologiya va boshqalar faol shakllanib bormoqda. Bu sohalar bilan bir qatorda yoki, real hodisalar va inson turlarini, yoki, bilimlar sohasi yoinki maxsus kurslarni ifodalovchi umuman kutilmagan so‘z birikmalari yuzaga kelmoqda, xususan,: qarzdor, qarz beruvchi, qimmatli qog‘ozlar egasi, narx-navo, so‘roq qilish, futbolchilar, rassom, diktatura, bezori, kasbiy daraja, ishonch, e’tiqod, jinsiy munosabatlar, murabbiylik faoliyati,

muloqot, ishoratlar, hissiy kuyish, muxbirlik psixologik madaniyati, o‘qituvchilik faoliyati, bir tarafmalilik, dizayn, bolalar o‘yini, baxtsizlik, hissiy munosabatlar, ayol xiyonati, janjal, yutuqqa erishish, sayohat, millatga tegishlilik, qasd qilish hulq-atvori, ta’sir o‘tkazish, ishdan bo‘shatish, bolalar ijodiyoti, tarbiyasi og‘ir o‘smirlar, aqli zaif o‘quvchi, bayram, tabassum, jizzakilik, er-xotinlar, telefon so‘zlashuvlari, qotil psixologiyasi shular jumlasidandir. An’anaviy psixologik fanlar – umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya, shaxs psixologiyasi, muloqot psixologiyasi, yosh va pedagogik psixologiya chuqur o‘zgarishlarga uchramoqda. Hozirgi zamon psixologiyasining negizini psixikaning umumiy qonunlari, qonuniyatlari, mexanizmlarini o‘rganuvchi umumiy psixologiya tashkil etadi. U ilmiy kashfiyotlarni amalga oshiruvchi nazariy konsepsiyalar va tajriba tadqiqotlarini o‘z ichiga oladi. Umumiy psixologiya akademik fan nomini olgan. Bu fan sifatida u universitetlarda va akademiya institutlarida rivojlanib, o‘z oldiga asosiy bilimlarni orttirishni maqsad qilib qo‘ygan. Bundan farqli o‘laroq, amaliy psixologiya aniq bir talabgor bilan ish yuritadi, noma’lumlikni ilmiy tarzda ochib beruvchi keng hajmli va chuqur tadqiqotlarni olib bormasdan, mijozning amaliy ehtiyojlari, masalan, savdo tashkiloti, vazirlik yoki idora, harbiy kasalxona yoki umumta’lim maktabi bilan ish ko‘radi. Amaliy psixologlarning asosiy ish vositasi – treninglar , xususan: psixodrama, jismoniy treninglar, NLP-treninglar, o‘zini o‘stirish treninglari, ijtimoiy o‘zaro munosabatlar treninglari, geshtalttreninglar, shaxsiy o‘sish treninglari va biznes-treninglar, autotreninglar va qobiliyatlarni rivojlntirish treninglari, ota-onalar va bolalar uchun treninglar. Amaliy psixologiyaning bir qismini qator masalalarni, jumladan, ish bo‘yicha yuzaga keladigan qiyinchiliklar (ishdan qanoatlanmaslik, hamkasblar va boshliqlar bilan kelishmovchiliklar, ishdan bo‘shatilish imkoniyati, yangi ish izlash muammolari), shaxsiy hayotdagi tartibsizliklar oiladagi ixtiloflar, baynalminal oilalarning muammolari, maktab yoki oliygohdagi yomon o‘zlashtirish, ota-onalar va bolalar munosabatlarining muammolari, o‘ziga nisbatan ishonch va hurmatning