logo

Ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish va joriy qilinishi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

25.599609375 KB
Ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish va joriy qilinishi
 
Reja
1. Ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish 
2. Dissertasiya va unga qo’yilgan talablar 
3. Magistrlik   dissertasiyasini   mazmuni,   tarkibiy   qismlari   va
rasmiylashtirish qoidalari 
 
  1.Ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish 
Ilmiy   tadqiqotning   mas’uliyatli   bosqichini   olingan   natijalarni
rasmiylashtirish   tashkil   qiladi.   Katta   fanga   qadam   tashlagan   yosh   tadqiqotchi
qo’lga kiritgan izlanish natijalarini Oliy ta’lim muassasi hukmiga taqdim qilishdan
oldin ilmiy ishlarni rasmiylashtirish qonun-qoidalari bilan batafsil tanishib chiqishi
va ularni o’zini faoliyatida tatbiq qilish lozim. 
Bajarilgan tadqiqot, uning natijalari davlat attestasiyasi to’g’risidagi Nizom,
qabul qilingan standart va qoidalar asosida rasmiylashtirilgandan keying mutasaddi
tashkilotlar tomonidan tan olinadi.  
Rasmiylashtirilgan   ish   ijtimoiy   qadriyat   va   intellektual   mulkka   aylanadi.
Ilmiy   tadqiqot   natijalari   dastlab   qo’lyozma   huquqida   bo’lgan   hisobot   shaklida
tayyorlanadi. 
Keyinchalik hisobot materiallari turli matbuot organlarida chop qilinadi. 
Amaliy  va  nazariy  jihatdan  muhim   hisoblangan,  o’zida  yangilikni  saqlagan
ilmiy   natijalar   monografiya,   ilmiy   maqola,   ilmiy   va   ilmiy-amaliy     anjuman
materiallari shaklida chop etiladi. 
Bunda   bir   qator   uslubiy   talablarga   rioya   qilish   lozim.   Xususan,   materialni
bayon etish aniq, izchil va tizimli bo’lishi kerak. 
Qo’lyozma   matni   abzaslarga   bo’linadi.   Abzas   satr   boshi   bo’lib,   u  5   ta  harf
joyi tashlangandan keyin boshlanadi. Har bir abzas bir yoki bir nechta hukmlarda
ifodalangan mustaqil fikrni o’z ichiga oladi. Bir butun abzas stalistik va mantiqiy
izchillikni ta’minlaydi, o’qishni osonlashtiradi. 
Matnda   qaytarishlar   bo’lmasligi   lozim,   faqat   bir   fikr   tugallangandan   keyin
boshqa ma’noga ega bo’lgan fikrga o’tiladi. 
Jumla   va   iboralar   qisqa,   tushunarli   va   aniq   tarzda   yoziladi.   Tadqiqot
predmetiga   oid   mavjud   nuqtai   nazarlar   tanqidiy   tahlil   asosida   xolisona   ko’rib
chiqiladi. 
Matnni  raqamlar  va ixtiboslar  bilan to’ldirib yuborish tavsiya etilmaydi, bu
diqqatni   asosiy   masaladan   chetga   tortadi.   Ixtibos   (matnda   keltirilgan   asos)
adabiyoti va manbai aniq ko’rsatiladi.  So’z qisqartmalari standart simvollar orqali beriladi. Masalan, 10 tonna 10 tn
yoki 10 t. emas, faqat 10 t (nuqtasiz) shaklida yoziladi. Bunday standart iboralar va
qisqartmalar   haqidagi   ma’lumot   barcha   qomusiy   va   ixtisoslashgan   lug’atlarda
mavjud. 
Har   qanday   tugallangan   ilmiy   ish   natijalarini   matnga   tushirish   ma’lum
kompozisiya   (tuzilma)   asosida   amalga   oshiriladi.   Bunda   birinchi   navbatda
mantiqiy izchillik va strukturaviy ketma-ketlikka e’tibor berish kerak.  
Hisobot, risola yoki maqola yozishda quyidagi strukturaga rioya qilinadi. 
Oldin ishni nomi belgilanadi. Ishni nomi sar varaq hisoblangan 1-betga olib
chiqiladi. Shu betda muallif yoki mualliflar familiyalari, lavozimi, vaqt, muassasa
va shahar nomlari yoziladi. Ishni nomi imkoniyat darajasida qisqa, aniq bo’lishi va
bajarilgan ish mazmuniga mos kelishi kerak. 
Sar   varaqdan   keyin   mundarija   joylashtiriladi.   Mundarijada   ishning   barcha
bo’limlari va qismlari (boblar, paragraflar, raqamlar bilan ifodalangan sahiyaalar),
ularning nomlari belgilanadi. 
Ishni   kirish   qismida   tanlangan   mavzu   dolzarbligi,   belgilangan   vazifalarni
maqsad   va   mazmuni   asoslanadi,   tadqiqot   obyekti   va   predmeti,   izlanishning
metodologik   bazasi,   shu   sohadagi   yetakchi   olimlar   qo’lga   kiritgan   natijalar,
axborot manbalari ko’rsatiladi. 
Ishni   asosiy   qismida   qo’lga   kirilgan   natijalar   bayoni,   xususan,   materiallar
tahlili,   tezislar,   mmulohazalar,   yangi   g’oya   yoki   yondashuv   va   talqinni
asoslaydigan faktlar va argementlar, umumlashma va xulosalar keltiriladi. 
Tadqiqot   jarayonida   jadvallar   va   grafik   modellardan   foydalanishga   to’g’ri
keladi.  Har bir jadval yoki rasmni nomi va tartib raqami beriladi. 
Ishni   oxirida   xulosa   tuzilib,   u   qo’lga   kiritilgan   yakuniy   natijalarning
mantiqiy   umumlashmasini   tashkil   qiladi.   Xulosada   qo’lga   kiritilgan   yangi
natijalarni   asoslanganligi   ko’rsatiladi,   hal   etilishi   zarur   bo’lgan   masalalar   va
istiqboliy muammolar belgilanadi. 
Ilmiy ish salohiyatini namoyish etadigan belgilardan biri  uning bibliografik
(adabiyotlardan foydalanish) apparatidir. Bibliografik apparatga qarab, muallifning o’rganilayotgan muammo bo’yicha kasbiy malakasi va mahorati xususida ma’lum
fikrga kelish mumkin. 
Bibliografik apparatning muhim unsurini foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
tashkil   qiladi.   Adabiyotlar   ro’yxatini   bir   nechta   turi   -   mualliflar   familiyalari   yoki
boblar,   mavzular,   nashrlar   tartibi   bo’yicha,   ish   mazmunini   xususiyatiga   qarab;
aralash tuzilmalar va boshqa ko’rinishlarda mavjud . 
Ro’yxatda   keltirilgan   adabiyotlarni   qayd   qilish   qoidasi:   muallif   familiyasi,
ismi-sharifi,   ishni   nomi,   shahar,   nashriyot,   nashr   etilgan   yil,   ishni   hajmi,   agar
to’plam bo’lsa, bo’lim hajmi keltiriladi. 
Bajarilgan ish yuzasidan annotasiya va referat tuzishga to’g’ri keladi. 
Annotasiya   bajarilgan   ishni   mazmuni,   vazifasi,   shakli   haqidagi   qisqacha
ma’lumotdir.   Annotasiya   axborot   funksiyasini   bajarib,   mazkur   ishda   nima   haqida
mulohaza yuritilayapti, degan savolga javob beradi. 
Referet   ilmiy   ishni   qisqartirilgan   bayonidir.   Unda   faktik     ma’lumotlar,
mulohazalar   va   xulosaning   qisqacha   bayon   beriladi.   Muallif   magistrlik   yoki
doktorlik dissertasiyasiga referat yozsa, unda u avtoreferatga aylanadi. 
Referat va avtoriferatda mavzu, muammo obyekti va prdmeti, ishni xarakteri
va   maqsadi,   tadqiqotni   uslubiy   asoslari,   bob   va   paragraflar   mazmuni,   qo’lga
kiritilgan natijalar tavsiyalar aks etiladi. 
Qo’lyozma   ustida   ishlashni   muhim   tomonini   tahrir   tashkil   qiladi.   Tahrir
qilishdan maqsad asarda keltirilgan mulohazalarni jamiyat va o’quvchi manfaatlari
nuqtai   nazardan   tanqidiy   baholash   va   takomillashtirishdir.   Bu   yerda   birinchi
navbatda muallifni o’zi o’z asariga muharrirlik qilishi lozim.  
 
2.Dissertasiya va unga qo’yilgan talablar 
Dissetasiya (lot dissertatio – mulohaza, tadqiq) – bu ilmiy kengash majlisida
himoya   qilinadigan   ilmiy   tadqiqotning   maxsus   shaklidir.   U   fan   doktori   va
magistrlik akademik darajasini olish maqsadida bajariladi.  
Dissertasiyaning   ilmiy   va   amaliy   darajasi   ta’lim   dasturiga   to’liq   javob
berishi,   ilm-fanning   hozirgi   zamon   muammolarini   yechishga,   ilmiy-texnik taraqqiyot  va  ishlab chiqarish samaradorligini  oshirishga  xizmat  qilishi  kerak. Bu
dissertasion tadqiqot oldiga qo’yilgan asosiy vazifa va talabdir. 
Dissertasiya mavzusi muassasaning ilmiy ishlar rejasiga kiritiladi, oliy ta’lim
va ilmiy-tadqiqot muassasi Ilmiy kengashi tomonidash tasdiqlananadi. 
Dissertasiyani   yozishda   muallifdan   mustaqil   ilmiy   izlanishlar   olib   borish,
kasbiy   masalakasini   shakllantirish,   ilmiy   va   kasbiy   muammolarni   hal   qilishning
qoida   va   usullarini   bilish,   olingan   natijalarni   amaliyotga   tatbiq   qila   olishga   doir
ko’nikmalarga ega bo’lish talab etiladi. 
Magistrlik   dissertasiyasi   oldiga   qo’yilgan   talabni   muhim   jihati   ishni
yozishdan   maqsadda   o’z   ifodasini   topadi.   Dissertasiyani   tayyorlashdan
maqsadmavzu   bo’yicha   magistrantning   shaxsiy   kuzatishlari,   tajriba   natijalari
jamlangan   ilmiy   va   amaliy   ma’lumotlar   va   dalillarni   to’plash,   tartibga   keltirish,
muammo   tahlili   va   qilingan   ijodiy,   hamda,   ilmiy-uslubiy   yechimni   bayon   qilish,
tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq qilish bo’yicha tavsiya va takliflar berishdan
iboratdir.  
Texnika   sohasidagi   muammolarga   bag’ishlangan   dissertasiyalar   oldiga
zamonaviy   postnoklassik   fan   va   texnologiya   darajasida   turgan   texnologik
jaaryonlarni o’rganish va ishlab chiqish, yuqori unumdorlikka ega bo’lgan mashina
va   uskunalar   kompleksini   yaratish,   yangi   materiallarni   olish,   ishlab   chiqarishni
avtomatlashtirish   va   kompyuterlashtirish,   hamda,   texnikaning   muhim   nazariy   va
funksional muammolarini hal etish kabi vazifalar qo’yiladi. 
Tadqiqotdan   kutilayotgan   samaradorlikni   inobatga   olib,   yuqorida   qayd
qilingan vazifalarni yanada konkretlashtiramiz: 
- tanlangan mavzu dolzarbligini asoslash; 
- sohaga doir ilmiy muammo holatini tahlil qilish; 
- muammoning   samarali   yechimini   ilmiy,   konstruktorlik,   texnologik
va texnik-iqtisodiy jihatdan asoslab berish; 
- muammo   yechimining   patentga   loyiqligini   aniqlash   va   patent
sofligini belgilash;  - tadqiqot   natijalari   bo’yicha   xulosalar   va   takliflarni   ishlab   chiqish,
hamda,   ularni   iqtisodiyot   va   ishlab   chiqarishning   tegishli   tarmoqlarida   tatbiq
qilish imkoniyatini aniqlash kerak. 
Magistrlik   dissertasiyasiga   nisbatan   belgilangan   vazifa   va   talablarni   to’la,
yuqori   saviyada   bajarish   umum   qabul   qilingan   xalqaro   talablar   va   standartlarga
javob beradigan ilmiy ishni tayyorlash va himoya qilish imkoniyatini beradi. 
 
3.Magistrlik   dissertasiyasini   mazmuni,   tarkibiy   qismlari   va   rasmiylashtirish
qoidalari 
Magistrlik   dissertasiyasi   –   magistraturada   ta’lim   alayotgan   talabaning
yakunlovchi   ishi   hisoblanadi.   Dissertasi   ishi   talabaning   o’qish   davrida   egallagan
nazariy va amaliy bilimlari asosida bajarilgan ilmiy tadqiqot ishining natijasidir. 
Magistrlik   dissertasiyasining   mazmuni   bajarilgan   ishning   ijodiy   o’ziga
xosligi, muallif bilimi, uning individual tajribasi va qarashlarini ilmiy ifodalanishi
bilan ajralib turishi kerak. 
Dissertasiyaga   muallif   tomonidan   ta’riflanish   ilmiy   mulohazalar,   qoidalar,
xulosa   va   tavsiyalar   kiritilib,   ular   nazariy   jihatdan   asoslangan   va   tajribada   o’z
tasdig’ini topgan bo’lishi kerak. 
Magistrlik dissertasiyasi mantiqan izchil reja asosida yoziladi. mazkur reja
muammo, tadqiq qilish va ilmiy-amaliy masalalarni hal etish yo’llarini ifodalaydi. 
Dissertasiya   strukturasini  ishlab  chiqish  uchun  magistrant  izlanish   obyekti
va predmetiga doir dastlabki manbalar, adabiyotlar, xorijiy ma’lumotlar, mahalliy,
ilmiy, statistik va boshqa tegishli manbalarni diqqat bilan o’rganib chiqadi. 
Tadqiqot   loyihasi   mutaxassislik   kafedrasi   yig’ilishida   muhokama   qilinadi
va   dissertasiya   mazmuni   bo’yicha   kerakli   taklif   va   tavsiyalar   beriladi.   Magistrlik
dissertasiyasi tuzilishi: 
- sar   varaq,   dissertasiyasi   tuzilishi;   hisoblanabi,   qat’iy
belgilangan qoidalar asosida to’ldiriladi 1
; 
1  Қаранг: Магистрлик диссертацияси ва унга қўйиладиган талаблар. Услубий 
кўрсатмалар. тузувчи Р.М.Эшбўриев. Самарқан., СамДУ нашри, 2007. 22-бет.  - mundarija; 
- kirish; 
- asosiy qism; 
- xulosa va takliflar; 
- foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati; 
- ilova 
Kirish qismini tuzilishi; 
- tadqiqot mavzusining dolzarbligi; 
- dissertasiyaning maqsadi va vazifalari; 
- muammoning ishlanganlik darajasi; 
- tadqiqotning ilmiy yangiligi; 
- tadqiqot obyekti va predmeti; 
- tadqiqotning ilmiy-amaliy ahamiyati; 
- foydalanilgan metodologik va uslubiy yondashuvni belgilash -
tadqiqotning nazariy va gipotetik asosi; 
- himoyachi olib chiqilgan asosiy g’oyalar, ularning yangiligi; 
- tadqiqot natijalarini ilmiy va amaliy ahamiyati 
- tadqiqot   aprobasiyasi,   izlanish   natijalarini   sinov   va
muhokamalardan o’tkazilganligi, nashrlarda e’lon qilinganligi. 
Ishning   asosiy   qismida   tadqiq   jarayoni   bayoni,   materiallar   tahlili,   qo’lga
kiritilgan natijalarni umumlashmalari, yangi fikr va holatlarni asoslaydigan dalillar,
qisqacha xulosa keltiraladi. 
Xulosa qismi magistrlik dissertasiyasi umumiy hajmini 10-155 tashkil qlib,
unda tadqiqot natijalari umumlashtiriladi, taklif va tavsiyalar beriladi. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Hozirgi vaqtda bunday ryo’xatni manba
va adabiyot turlari bo’yicha shaxobchalangan va konkretlashtirilgan tarzda keltirish
qabul qilingan.  
Ilova-boshlang’ich   ma’lumotlar,   diagrammalar,   sinov   va   tatbiq   etish
dalolatnomalari va shunga o’xshash materiallar keltirilgan bo’lim.  Magistrlik   dissertasiyasi   nashriyoti   amaliyoti   qabul   qilingan   standartga
muvofiq muqovalangan bo’lishi kerak. 
Magistrlik dissertasiyasining umumiy hajmi 70-80 varaq matndan (ilovadan
tashqari)   iborat   bo’li,   A4   (21*29)   format   qog’ozga   kompyuterda   1,5   intervalda
Times   nev   Roman,   14   shriftda   yozilgan   bo’ladi.   Matning   chap   tomoni   30   mm.
yuqori   25   mm,   o’ng   tomoni   15   mm.   va   quyi   tomonida   2125   mm.   bo’sh   maydon
bo’lishi lozim. Betning tartib raqami sahifaning osti o’rtasiga qo’yiladi. 
Magistrlik   dissertaisyasini   himoya   qilishdan   oldin   tadqiqot   mavzusi
bo’yicha kamida bitta ilmiy maqola va mazkur yo’nalish bo’yicha ilmiy-texnikaviy
anjumanlarda   ma’ruza   bilan   qatnashib,   tezis   va   materiallar   to’plamida   chop
qilinishi lozim. 
 
Xulosa
 
- Rasmiylashtirilgan   ish   ijtimoiy   qadriyat   va   intellektual   mulkka
aylanadi. 
- Dissetasiya   (lot   dissertatio   –   mulohaza,   tadqiq)   –   bu   ilmiy   kengash
majlisida himoya qilinadigan ilmiy tadqiqotning maxsus  shaklidir. U fan
doktori va magistrlik akademik darajasini olish maqsadida bajariladi.  
- Dissertasiyani tayyorlashdan maqsad-mavzu bo’yicha magistrantning
shaxsiy   kuzatishlari,   tajriba   natijalari   jamlangan   ilmiy   va   amaliy
ma’lumotlar   va   dalillarni   to’plash,   tartibga   keltirish,   muammo   tahlili   va
qilingan   ijodiy,   hamda,   ilmiy-uslubiy   yechimni   bayon   qilish,   tadqiqot
natijalarini amaliyotga tatbiq qilish bo’yicha tavsiya va takliflar berishdan
iboratdir.  
- Texnika   sohasidagi   muammolarga   bag’ishlangan   dissertasiyalar
oldiga   zamonaviy   postnoklassik   fan   va   texnologiya   darajasida   turgan
texnologik jaaryonlarni o’rganish va ishlab chiqish, yuqori unumdorlikka
ega   bo’lgan   mashina   va   uskunalar   kompleksini   yaratish,   yangi
materiallarni   olish,   ishlab   chiqarishni   avtomatlashtirish   va kompyuterlashtirish,   hamda,   texnikaning   muhim   nazariy   va   funksional
muammolarini hal etish kabi vazifalar qo’yiladi.  FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. -T.: “O’zbekiston”, 2019 
2. Karimov I.A. Yuqori malakali mutaxassislar taraqqiyot omili. T.: 1995. 
3.Mirziyoyev   Sh.M.   Buyuk   kelajagimizni   mard   va   olijanob   xalqimiz   bilan   birga
quramiz. - Toshkent: ―O’zbekiston , 2017.-491 b.  ‖
4.   Mirziyoyev.   Sh.M.   Ilmu   ma’rifat,   dinu   diyonat,   bunyodkorlik   bilan   nom
qozongan   xalq   (Buxoro   viloyati   saylovchilar   vakillari   bilan   uchrashuvdagi   nutq).
Buyuk   kelajagimizni   mard   va  olijanob   xalqimiz   bilan   birga   quramiz.   -   Toshkent.
“O’zbekiston”.  2017 y.
5. Oliy ma’lumotli   mutaxassislar   tayyorlash  sifatini   oshirishda  iqtisodiyot   sohalari
va   tarmoqlarining   ishtirokini   yanada   kengaytirish   chora - tadbirlari   to’g’risida.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi pq - 3151 - son qarori  
6.Alemasov   V.,   Mamadaliyev   Sh.O.   «Ilmiy   tadqiqot:   metodologiya,   metodika,
ijodiyot»   kursidan   katta   ilmiy   xodimlar-izlanuvchilar   va   mustaqil   izlanuvchilar
uchun   o’quv     qo’llanma     –     T.:     O’zbekiston     Respublikasi     IIV     Akademiyasi,
2015. – 102 b.  
7. Azizqulov A.A.  Ilmiy ijodiyotida rasionallik  va  norasionallik:  
konseptual tahliliy yondashuvlar:   Dis.   ...   Fal.   fan.   nom.;   O’zR Oliy
va   o’rta     maxsus     ta’lim     vazirligi,     Alisher     Navoiy     nomidagi
Samarqand  Davlat un-ti. - Samarqand, 2007,  146-b. 
8. Davronov Z., M.Primov “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fanidan O’quv-uslubiy
majmua. – Toshkent: Moliya instituti. – 2014. – 400 bet.  
9.   Kuznesov   I.N.   Nauchniye   raboti:   metodika   podgotovki   i   oformleniya   –Minax,
2001. 
10.  Koxanovsiy V.P. Filosofiya i metodologiya nauki. – Rostov na Donu.: Feniks,
1999.  – S 576.

Ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish va joriy qilinishi Reja 1. Ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish 2. Dissertasiya va unga qo’yilgan talablar 3. Magistrlik dissertasiyasini mazmuni, tarkibiy qismlari va rasmiylashtirish qoidalari

1.Ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish Ilmiy tadqiqotning mas’uliyatli bosqichini olingan natijalarni rasmiylashtirish tashkil qiladi. Katta fanga qadam tashlagan yosh tadqiqotchi qo’lga kiritgan izlanish natijalarini Oliy ta’lim muassasi hukmiga taqdim qilishdan oldin ilmiy ishlarni rasmiylashtirish qonun-qoidalari bilan batafsil tanishib chiqishi va ularni o’zini faoliyatida tatbiq qilish lozim. Bajarilgan tadqiqot, uning natijalari davlat attestasiyasi to’g’risidagi Nizom, qabul qilingan standart va qoidalar asosida rasmiylashtirilgandan keying mutasaddi tashkilotlar tomonidan tan olinadi. Rasmiylashtirilgan ish ijtimoiy qadriyat va intellektual mulkka aylanadi. Ilmiy tadqiqot natijalari dastlab qo’lyozma huquqida bo’lgan hisobot shaklida tayyorlanadi. Keyinchalik hisobot materiallari turli matbuot organlarida chop qilinadi. Amaliy va nazariy jihatdan muhim hisoblangan, o’zida yangilikni saqlagan ilmiy natijalar monografiya, ilmiy maqola, ilmiy va ilmiy-amaliy anjuman materiallari shaklida chop etiladi. Bunda bir qator uslubiy talablarga rioya qilish lozim. Xususan, materialni bayon etish aniq, izchil va tizimli bo’lishi kerak. Qo’lyozma matni abzaslarga bo’linadi. Abzas satr boshi bo’lib, u 5 ta harf joyi tashlangandan keyin boshlanadi. Har bir abzas bir yoki bir nechta hukmlarda ifodalangan mustaqil fikrni o’z ichiga oladi. Bir butun abzas stalistik va mantiqiy izchillikni ta’minlaydi, o’qishni osonlashtiradi. Matnda qaytarishlar bo’lmasligi lozim, faqat bir fikr tugallangandan keyin boshqa ma’noga ega bo’lgan fikrga o’tiladi. Jumla va iboralar qisqa, tushunarli va aniq tarzda yoziladi. Tadqiqot predmetiga oid mavjud nuqtai nazarlar tanqidiy tahlil asosida xolisona ko’rib chiqiladi. Matnni raqamlar va ixtiboslar bilan to’ldirib yuborish tavsiya etilmaydi, bu diqqatni asosiy masaladan chetga tortadi. Ixtibos (matnda keltirilgan asos) adabiyoti va manbai aniq ko’rsatiladi.

So’z qisqartmalari standart simvollar orqali beriladi. Masalan, 10 tonna 10 tn yoki 10 t. emas, faqat 10 t (nuqtasiz) shaklida yoziladi. Bunday standart iboralar va qisqartmalar haqidagi ma’lumot barcha qomusiy va ixtisoslashgan lug’atlarda mavjud. Har qanday tugallangan ilmiy ish natijalarini matnga tushirish ma’lum kompozisiya (tuzilma) asosida amalga oshiriladi. Bunda birinchi navbatda mantiqiy izchillik va strukturaviy ketma-ketlikka e’tibor berish kerak. Hisobot, risola yoki maqola yozishda quyidagi strukturaga rioya qilinadi. Oldin ishni nomi belgilanadi. Ishni nomi sar varaq hisoblangan 1-betga olib chiqiladi. Shu betda muallif yoki mualliflar familiyalari, lavozimi, vaqt, muassasa va shahar nomlari yoziladi. Ishni nomi imkoniyat darajasida qisqa, aniq bo’lishi va bajarilgan ish mazmuniga mos kelishi kerak. Sar varaqdan keyin mundarija joylashtiriladi. Mundarijada ishning barcha bo’limlari va qismlari (boblar, paragraflar, raqamlar bilan ifodalangan sahiyaalar), ularning nomlari belgilanadi. Ishni kirish qismida tanlangan mavzu dolzarbligi, belgilangan vazifalarni maqsad va mazmuni asoslanadi, tadqiqot obyekti va predmeti, izlanishning metodologik bazasi, shu sohadagi yetakchi olimlar qo’lga kiritgan natijalar, axborot manbalari ko’rsatiladi. Ishni asosiy qismida qo’lga kirilgan natijalar bayoni, xususan, materiallar tahlili, tezislar, mmulohazalar, yangi g’oya yoki yondashuv va talqinni asoslaydigan faktlar va argementlar, umumlashma va xulosalar keltiriladi. Tadqiqot jarayonida jadvallar va grafik modellardan foydalanishga to’g’ri keladi. Har bir jadval yoki rasmni nomi va tartib raqami beriladi. Ishni oxirida xulosa tuzilib, u qo’lga kiritilgan yakuniy natijalarning mantiqiy umumlashmasini tashkil qiladi. Xulosada qo’lga kiritilgan yangi natijalarni asoslanganligi ko’rsatiladi, hal etilishi zarur bo’lgan masalalar va istiqboliy muammolar belgilanadi. Ilmiy ish salohiyatini namoyish etadigan belgilardan biri uning bibliografik (adabiyotlardan foydalanish) apparatidir. Bibliografik apparatga qarab, muallifning

o’rganilayotgan muammo bo’yicha kasbiy malakasi va mahorati xususida ma’lum fikrga kelish mumkin. Bibliografik apparatning muhim unsurini foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati tashkil qiladi. Adabiyotlar ro’yxatini bir nechta turi - mualliflar familiyalari yoki boblar, mavzular, nashrlar tartibi bo’yicha, ish mazmunini xususiyatiga qarab; aralash tuzilmalar va boshqa ko’rinishlarda mavjud . Ro’yxatda keltirilgan adabiyotlarni qayd qilish qoidasi: muallif familiyasi, ismi-sharifi, ishni nomi, shahar, nashriyot, nashr etilgan yil, ishni hajmi, agar to’plam bo’lsa, bo’lim hajmi keltiriladi. Bajarilgan ish yuzasidan annotasiya va referat tuzishga to’g’ri keladi. Annotasiya bajarilgan ishni mazmuni, vazifasi, shakli haqidagi qisqacha ma’lumotdir. Annotasiya axborot funksiyasini bajarib, mazkur ishda nima haqida mulohaza yuritilayapti, degan savolga javob beradi. Referet ilmiy ishni qisqartirilgan bayonidir. Unda faktik ma’lumotlar, mulohazalar va xulosaning qisqacha bayon beriladi. Muallif magistrlik yoki doktorlik dissertasiyasiga referat yozsa, unda u avtoreferatga aylanadi. Referat va avtoriferatda mavzu, muammo obyekti va prdmeti, ishni xarakteri va maqsadi, tadqiqotni uslubiy asoslari, bob va paragraflar mazmuni, qo’lga kiritilgan natijalar tavsiyalar aks etiladi. Qo’lyozma ustida ishlashni muhim tomonini tahrir tashkil qiladi. Tahrir qilishdan maqsad asarda keltirilgan mulohazalarni jamiyat va o’quvchi manfaatlari nuqtai nazardan tanqidiy baholash va takomillashtirishdir. Bu yerda birinchi navbatda muallifni o’zi o’z asariga muharrirlik qilishi lozim. 2.Dissertasiya va unga qo’yilgan talablar Dissetasiya (lot dissertatio – mulohaza, tadqiq) – bu ilmiy kengash majlisida himoya qilinadigan ilmiy tadqiqotning maxsus shaklidir. U fan doktori va magistrlik akademik darajasini olish maqsadida bajariladi. Dissertasiyaning ilmiy va amaliy darajasi ta’lim dasturiga to’liq javob berishi, ilm-fanning hozirgi zamon muammolarini yechishga, ilmiy-texnik

taraqqiyot va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qilishi kerak. Bu dissertasion tadqiqot oldiga qo’yilgan asosiy vazifa va talabdir. Dissertasiya mavzusi muassasaning ilmiy ishlar rejasiga kiritiladi, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasi Ilmiy kengashi tomonidash tasdiqlananadi. Dissertasiyani yozishda muallifdan mustaqil ilmiy izlanishlar olib borish, kasbiy masalakasini shakllantirish, ilmiy va kasbiy muammolarni hal qilishning qoida va usullarini bilish, olingan natijalarni amaliyotga tatbiq qila olishga doir ko’nikmalarga ega bo’lish talab etiladi. Magistrlik dissertasiyasi oldiga qo’yilgan talabni muhim jihati ishni yozishdan maqsadda o’z ifodasini topadi. Dissertasiyani tayyorlashdan maqsadmavzu bo’yicha magistrantning shaxsiy kuzatishlari, tajriba natijalari jamlangan ilmiy va amaliy ma’lumotlar va dalillarni to’plash, tartibga keltirish, muammo tahlili va qilingan ijodiy, hamda, ilmiy-uslubiy yechimni bayon qilish, tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq qilish bo’yicha tavsiya va takliflar berishdan iboratdir. Texnika sohasidagi muammolarga bag’ishlangan dissertasiyalar oldiga zamonaviy postnoklassik fan va texnologiya darajasida turgan texnologik jaaryonlarni o’rganish va ishlab chiqish, yuqori unumdorlikka ega bo’lgan mashina va uskunalar kompleksini yaratish, yangi materiallarni olish, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish, hamda, texnikaning muhim nazariy va funksional muammolarini hal etish kabi vazifalar qo’yiladi. Tadqiqotdan kutilayotgan samaradorlikni inobatga olib, yuqorida qayd qilingan vazifalarni yanada konkretlashtiramiz: - tanlangan mavzu dolzarbligini asoslash; - sohaga doir ilmiy muammo holatini tahlil qilish; - muammoning samarali yechimini ilmiy, konstruktorlik, texnologik va texnik-iqtisodiy jihatdan asoslab berish; - muammo yechimining patentga loyiqligini aniqlash va patent sofligini belgilash;