logo

Ishlab chiqariladigan buyumlarning texnik va estetik xususiyatlari mutanosibligi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

21.6181640625 KB
Ishlab chiqariladigan buyumlarning texnik va estetik xususiyatlari
mutanosibligi
Reja: 
1. Dastgoh va qurilmalarning tashqi shakli, nisbatlari va materiallarning ahamiyati
2.Dizayn va kompozitsiya uyg‘unligi tushunchalari 1.   Dastgoh va qurilmalarning tashqi shakli, nisbatlari va materiallarning
ahamiyati .   Dizayn   nazariyasi   hozirgi   kunda   texnik   estetika   deb   nomlanib,   u   o‘z
ichiga ijtimoiy, iqtisodiy, ergonomik masalalarni oladi. 
Yaratilayotgan   har   qanday   obyekt   ma’lum   vazifani   (funksiyani)   bajarishga
qaratilgan.   Obyektning   shakli,   o‘lchami   uning   funksiyasiga   shakl   mazmuni   va
tashkiliy   qiyofasiga   mos   kelishi   kerak.   Agar   buyumning   eni   va   balandligi
chuqurligidan   nihoyatda   katta   bo‘lsa,   bunday   tuzilishi   frontal,   agar   buyumning
chuqurligi   yuqorida   aytilgan   tartibda   bo‘lsa,   u   holda   bunday   tuzilishni   fazoviy
tuzilish   deyiladi.   Dizaynda   kompozitsiya   deganda   ba’zan   tugallangan   obyektni
xarakterlovchi sifat bahosi tushuniladi.
Estetik   faoliyat   asosini   insonning   muayyan   talab   va   ehtiyojlari   tashkil   etadi.
Inson faoliyatining xususiyati ana shu talab va ehtiyoj tabiati bilan belgilanadi.
Estetik   faoliyatning   asosiy   xususiyatlari   ham   estetik   ehtiyojlar   bilan
belgilanadi. Inson faoliyatining barcha turlari ijtimoiy hayot jabhalarida namoyon
bo‘ladi.   Estetik   faoliyat   inson   moddiy   yoki   ma’naviy   faoliyatining   o‘zagi   bo‘lib,
uning   barcha   shakllari   inson   kuch-qudrati   mohiyatining   yorqin   ifodasi   bo‘lib
borgan   sari   estetik   mazmun   kasb   etaveradi.   Shunday   qilib,   estetik   faoliyat   inson
faoliyati boshqa shakllarining «insoniylik» mezoniga aylanadi.
Estetik   faoliyat   ilmiy   ijodning   ham   estetik   tomonini   tashkil   qiladi.   Lekin
estetik   omillar   ilmiy   ijodga   tarkiban   xos   bo‘lib,   unga   yordamchi   omil   vazifasini
o‘taydi.   Juda   ko‘p   ilmiy   tadqiqotlar   va   atoqli   olimlar   guvohlik   berishlaricha,
olimning   salohiyati,   ijodiy   mehnati   natijalari   va   samaradorligi   uning   estetik
madaniyati darajasiga bevosita bog‘liq ekan.
Estetik   faoliyat   ilmiy   izlanishlarning   hamma   bosqichlarida   ilmiy
muammolarning   qo‘yilishi,   ularning   yechimi,   olingan   ilmiy   natijalarni   baholash
jarayonida katta ahamiyat kasb etadi.
Eng   yaxshi   san’at   asarlari   insonlarda   xayol-farazni   vujudga   keltiradi   va
yaxlitlik,   nafosat   his-tuyg‘usini   uyg‘unlashtiradi,   tafakkur   qilish   qobiliyatini
oshiradi,   erkin   dunyoqarash   baxsh   etadi,   yuksak   muloqot   madaniyatini shakllantiradi,   hozirgi   fan   ravnaqi   uchun   juda   muhim   ahamiyat   kasb   etadigan
barcha qobiliyat imkoniyatlarini safarbar qilishga undaydi.
Estetik   ong   oddiy   his-tuyg‘u   emas,   balki   muayyan   axloqiy,   huquqiy,   ilmiy-
mafkuraviy qadriyatlarga asoslangan e’tiqoddir.
Demak, estetik ongning mohiyati, mazmuni insonning o‘zini anglash darajasi
bilan bog‘liq. Estetik ong shakllangan e’tiqodlar, maqsad va manfaatlar tizimi, o‘z-
o‘zini anglash esa shu tizimning shakllanish jarayonidir.
Estetik   faoliyat   nisbatan   badiiy   faoliyatda,   ya’ni   san’atda   eng   sof   holda
ko‘rinadi.   Shu   bois   san’at   estetik   faoliyatning   ixtisoslashgan   ko‘rinishidir.   Inson
faoliyatining asl  xususiyatlarini anglash uchun san’atga murojaat qilish maqsadga
muvofiq   keladi.   Chunki   san’at   o‘z   tabiatiga   ko‘ra   ijodiy   maqsadga   qaratilgan,
«nafosat qonunlariga rioya qilingan» bo‘lib, undan inson faoliyatining eng muhim
belgilari ko‘rinadi.
Estetik   faoliyat   moddiy   ishlab   chiqarishning   barcha   sohalarini   -   mehnat
sharoitlarini   ham,   mehnat   samaralarini   ham   qamrab   oladi.   Mehnat   insonning
jismoniy va ma’naviy kuch-qudratining mohiyatini ko‘proq ifodalasa, uning estetik
ahamiyati ham shunchalik ko‘proq ortib boradi.
Mehnatning   estetik   jihatdan   to‘laqonli   bo‘lishi,   birinchi   navbatda,   obyektiv
omillarga,   qolaversa,   ishlab   chiqarish   jarayoni   qatnashchilarining   umumiy   va
estetik madaniyati  darajasiga  bog‘liqdir. Bu yerda mehnat  sharoitlari  ham  muhim
o‘rin tutadi.
Ishlab   chiqarish   muhitining   estetik   jihatlarini   vujudga   keltirish,   unga
«ma’naviy   qadriyat»   maqomini   berish   dizayn   (sanoat   estetikasi)ga   oid   rasm
chizmalar,   modellar,   bezaklar   vositasida   ham   amalga   oshiriladi.   Hozircha   estetik
adabiyotda   dizaynning   yagona   hammabop   yaxlit   qoidaga   aylangan   ilmiy   ta’rifi
yaratilmagan.   Lekin   ko‘pchilik   tadqiqotlar   dizayn   badiiy-texnik   faoliyat   turidir,
deb qarashga moyildirlar.
Texnik   estetika   o‘zining   tabiiy   tomoni   bilan   bevosita   texnika   bilan   qorishib
ketadi.   Dizayn   dunyoqarashga   ham   taalluqli   bo‘lib,   u   umumiy   estetik   nazariya
oqimiga   kelib   quyiladi.   Bu   yerda   dizaynning   maxsus   faoliyat   turi   sifatidagi xususiyatlarini,   dizayn   va   san’atning   o‘zaro   munosabatlari,   sanoat   mahsulotlarini
ishlab   chiqarishda   badiiy   ijod   ishtiroki,   ular   o‘rtasidagi   umumiylik   va   farqlar,
texnikaning   estetik   jihozlanishi   va   estetik   qiymati   kabi   muammolar   tahlili   estetik
faoliyat uchun ko‘p samaralar berishi mumkin.
Dizayn muhandislik, ilmiy va badiiy faoliyat qorishiq holda namoyon bo‘ladi,
lekin   dizayn   ularning   birontasiga   aylanib   qolmadi.   Dizayn   san’atdan   bahra   oladi.
San’at bilan dizayn o‘rtasida umumiylik bo‘lsa-da, ular estetik faoliyatning ikki xil
turlaridir. Dizayn san’atdan qanday farq qiladi? Ayonki, badiiy faoliyat u yoki bu
ko‘rinishida faqat g‘oyalargina emas, balki narsalar ishlab chiqarish bilan bog‘liq.
San’at, avvalo, ma’naviy ishlab chiqarish turi, ong va bilish sohasidir. U san’atning
tub mohiyatini ifodalaydi.
San’at estetik qadriyati ma’lum darajada «foyda» qadriyatlariga ziddir, ya’ni
san’at   asari   moddiylikdan   ko‘ra   ko‘proq   ma’naviy   ehtiyojlarni   qondirishga
qaratilgan bo‘ladi. Dizayn mahsulotlari mashinalar, binolar va boshqalarda moddiy
«foyda» xususiyati bo‘rtib turadi.
Bu yerda narsaning burch-vazifasi  uning ijtimoiy ahamiyati, inson ehtiyojini
qondirish qobiliyati bilan aniqlanadi.
San’at bilan dizayn o‘rtasidagi farq haqida gapirganda, san’at mansubligidan
asari   qaysi   moddiy   tizimga,   qaysi   muhitda   vujudga   kelganligidan   qat’iy   nazar,
mustaqil qiymatga ega ekanini ta’kidlash kerak.
Dizayn   mahsuloti   esa   narsalar   tizimining   ajralmas   qismi   bo‘lib,   undan
tashqarida amal qila olmaydi. Uning estetik qiymati muayyan narsalar «tizimi»ga
anchalik mos kelishi bilan o‘lchanadi, ya’ni dizayn faoliyatining obyektini alohida
olingan   mashina   emas,   balki   o‘zining   barcha   jihozlari,   tashqi   va   ichki   bezaklari
ko‘rinishi va hokazo shakllari bilan birgalikda yaxlit olingan «mashinalar tizimi»ni
tashkil etishi shart.
Hozirgi sharoitda dizayn tobora umumbashariyat muammolari bo‘lgan tabiiy
boyliklardan   oqilona   foydalanish,   inson   salomatligini   va   uni   qurshab   turgan
muhitni himoya qilish vazifalarini bajarishda faol ishtirok etmoqda. Dizayn – jismlar  muhitini  shakllantiruvchi loyihalash bo‘yicha badiiy-texnik
sohalarda faoliyat yurituvchi fanlararo sohadir. Dizaynning asl mohiyati insonning
moddiy   va   ma’naviy   ehtiyojlarini   to‘la-to‘kisroq   qondirishga   qaratilgan   jismlar
dunyosini   garmonik   ravishda   yaratishdir.   Dizaynning   eng   muhim   ikki
komponentlari bu – funksionallik va estetiklik sifatidir.
Dizaynning klassik turlari:
1) Grafikaviy   dizayn:   Uning   loyihalash   obyekti   quyidagicha:   Shriftlar,
piktogrammalar,   firma   stili,   turli   nishonlar   va   hokazolar.   (Bular   qog‘oz   va
boshqa tekislik yuzalarida ishlanadigan tur)
2) Ishlab   chiqarish   dizayni   loyihalash   obyekti:   turli   mashinalar,   priborlar,
jihozlar,  mebel,  idish  buyumlari, kiyim.  Umuman olganda  obyemlar  ustida
ishlaydigan soha. 
3) Arxitekturaviy   dizayn.   Uning   loyihalash   obyekti:   Bino   va   inshootlar     va
ularning   komplekslari.   Interyer   loyihasi.   Arxitekturaviy   dizayn   asosan
fazoviylik bilan bog‘lik soha.
4) Me’moriy   muhit   dizayni.   Loyihalash   obyekti   quyidagicha:   Inson   istiqomat
qiladigan   muhitdagi   murakkab   dinamik   tizim   bo‘lib,   jismiy   –   fazoviylikni
optimal   tashkillashtiradigan   va   turli   muhitlarni   obrazli   yechimi   ustida
ishlaydigan soha.
Dizaynning yangi turlari
Bularni ikki guruhga ajratish mumkin. 
Sfera   dizayni:   Ekodizayn,   ergodizayn   (bu   turning   bosh   maqsadi   ergonomik
talabalarga   javob   berish),   Futurodizayn   (kelajak   loyihalari   ustida   ishlash   –
qaysiki   bugungi  kunda  uni  qo‘llashni   iloji   yo‘q),  Amaliy dizayn,  Ekspozitsiya
dizayni   (ko‘rgazmalar);   injenerlik   dizayni   (turli   texnik   qurilmalar,   masalan
ko‘priklar)
2)   Ishning   natijasiga   mo‘ljallangan   dizayn:   art   dizayn   (san’at   obyektlari   bilan
bog‘lik   ayrim   dizayn   obyektlari.   Masalan   amaliy   san’at   bilan   omo‘xtalashgan
monumental uslubdagi bajariladigan ishlar. Shtrixli, kompyuter dizayni va eng
zamonaviy Web dizayni) *   1- obyem – Hajmiy narsalar ko‘zda tutiladi
Dizayn kompozitsiyasi
Dizayn   kompozitsiyasiga   asosiy   talablari   quyidagicha:   Kompanovka   talablaridan
kelib   chiqqan   holda   qismlarini   o‘zaro   muvofiqlashgan   va   bog‘langan   holda
joylashuvi:   Texnika   g‘oyasiga   va   uning   bajaradigan   vazifasiga   mosligi,
xaridorning emotsional–hissiy  istaklari-talablariga javob beradigan, badiiy obrazli
ko‘rinishga   ega   bo‘lgan   dizayn   mahsuloti:   kompozitsion   vositalardan   ustakorlik
bilan foydalanilgan.  Kompleksli yechim birligiga va tartibga erishilganlik kabilar. 
Dizaynning   turlari   ko‘p   bulganligi   sababli   badiiy   obrazli   yechimiga
qo‘yiladigan   talablar   ham   keng   mikyosda   bo‘ladi:   Masalan   yagona   buyum,   jihoz
kompozitsiyasi   yechimi   yoki   butun   interyerning   barcha   qismlarini   o‘zaro
uyg‘unlashtirilgan   yechimi.   Bularning   har   ikkalasining   kompozitsion   yechimlari
o‘z vazifalariga ko‘ra yuo‘ori sifat darajasi talabini qo‘yadi.
Garmoniya tushunchasi va uning mohiyati
Garmoniya   (uyg‘unlik)   yunon   tilidan   olingan   bo‘lib,   betartiblikka   qarama-
qarshi   bo‘lgan   hamohanglik,   mutanosiblikni   anglatadi.   Garmoniya   yuksaklik   va
go‘zallik   kabi   estetik   kriteriyalarga   hamda   yuqori   darajada   tartibga   keltirilgan
degan   tushunchalarga   javob   beradi.   Kompozitsiyada   garmoniya   uning   formaviy
tuzilishini xarakterlaydi. 
Kompozitsiyada formaviylik tushunchasining mohiyati
Kompozitsiyada   forma   mazmun   bilan   o‘zaro   bog‘langan   bo‘lib,   ba’zan
uning   real   obyektdan   olingan   ayrim   formalari   «formal»     (yoki   abstrakt)   tarzda
kiritilishi   mumkin.   Bu   kompozitsiya   mazmunidan   chetlashgan   bo‘lsada   buning
«formallik»   da   uning   g‘oyasi   va   badiiy   obrazlilik   jihatdan   ifodaliligi   undagi
elementlari mohiyati va strukturaviy tashkillashganligi bilan xarakterlanadi. 
Tasviriy   san’atda   va   arxitekturada   kompozitsiya   asosan   uch   ko‘rinishli
bo‘ladi: frontal, obyomli, obyomli-fazoviy.
Frontal   kompozitsiya   –   bu   elementlarning   ikki   taraflama-vertikal   va
gorizontal   joylashuvi   bilan   xarakterli   bo‘lib   kupincha   yassi   kompozitsiya   va relyeflarga   taalluqlidir.   (Arxitekturada   qurilmaning   faqat   oldi   ya’ni,   frontal
qismiga aytiladi).
Obyomli   kompozitsiya   –   Elementlarni   yuqoriga,   yon   tomonlarga   va
uzunasiga   bo‘lgan   koordinatlar   bo‘yicha   joylashganligi   bilan   belgilanadi.
(Arxitekturada   dizayn   va   haykaltaroshlikda   yakka   bo‘lgan   obyomli   elementlarni
ko‘rsatish mumkin). Obyomli fazoviy kompozitsiya bu – fazoda ma’lum intervalda
joylashgan   bir   necha   elementli   kompozitsiyalardan   tashkil   topgan   obyomli
predmetlar guruhiga aytiladi.
Kompozitsiya turlari
3 ta asosiy elementga ega: Nuqta, chiziq, dog‘ (pyatno)
Nuqta   va   chiziqni   xususiylik   alomati   bo‘lmaydi.   Faqat   nuqtani
kattalashtiraversa u dog‘ga aylanadi yoki uning teskarisi. 
Dog‘lar xususiyatlarining klassifikatsiyalari:
Jismiy:   Kattaligi   (o‘lchamlari   va   proporsiyalari),   plastikligi1   (forma   va
strukturasi), dog‘ yuzasi xususiyligi (rangi, fakturasi, teksturasi) 
Subyektivligi:   (Jismoniyligi   kombinatsiyalaridan   tarkib   topadi):   Bu-ifodalilik,
jonlik (virazitelnost), mujmallik, statiklik2, dinamiklik3. ADABIYOTLAR
1.Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori: O‘zbekiston
Respublikasining   “Ta’lim   to‘g‘risida”gi   qonuni.   Kadrlar   tayyorlash
milliy dasturi.//  -T.:”Sharq”, 1997. - 63 b. 
2.   “Ixtirolar,     foydali   modellar   va   sanoat   namunalari”   to‘g‘risidagi
qonun.   //O‘zbekiston   ixtirochilar   va   ratsionalizatorlar   jamiyatining
Respublika  Kengashi. Rasmiy xujjatlar to‘plami. № 2.-T.,1994 . 4-28 b.
   3.Pravila   sostavleniya   i   podachi zayavok na izobreteniya i polezniye
modeli. -T., 1993. 56 s. 
4.Asatryan   A.T.     Razvitiye   tvorcheskix   sposobnostey   shkolnikov   v
krujkax stanshii yunix texnikov. - M.: 1987. 18 s.
5.Bosh   qotir,   yarat,   sinab   ko‘r!:   Qog‘oz   modellar   to‘plami:   O‘rta
maktabning   4-8   sinf   o‘quvchilari   uchun   kitob/   [O.YE.Zamotin   va
boshq.].-   2-qayta   ishlangan   va   to‘ldirilgan   nashr.   Tarj.   -   T.O‘qituvchi,
1988 -144 b. 
6.Vachevskiy   M.A.   Osnovi   ratsionalizatorskoy   i   izobretatelskoy   raboti.
Kiyev, 1988 . 92 s. 
7.Vorobyev   A.I.,   Limanskiy   S.A.   Texnicheskoye   konstruirovaniye   i
modelirovaniye. Uchebnoye posobiye dlya studentov IPF pedinstitutov i
uchashixsya peduchilish. -T.: Ukituvchi, 1990. -110 s. 
    8.Turaqulov   X.A.,   Sharipov   Sh.S.   Talabalar   ixtirochilik   ijodkorligini
rivojlantirish . metodiy tavsiyanoma. - Jizzax, 1998. 36 b.
 9.Andrianov P.N. Maktab o‘quvchilari texnik ijodkorligini rivojlantirish
//   O‘quvchilarning   texnik     ijodkorligi.   Tuzuvchi   P.N.Andrianov.   -
T .:”O‘qituvchi”, 1989.128 b.

Ishlab chiqariladigan buyumlarning texnik va estetik xususiyatlari mutanosibligi Reja: 1. Dastgoh va qurilmalarning tashqi shakli, nisbatlari va materiallarning ahamiyati 2.Dizayn va kompozitsiya uyg‘unligi tushunchalari

1. Dastgoh va qurilmalarning tashqi shakli, nisbatlari va materiallarning ahamiyati . Dizayn nazariyasi hozirgi kunda texnik estetika deb nomlanib, u o‘z ichiga ijtimoiy, iqtisodiy, ergonomik masalalarni oladi. Yaratilayotgan har qanday obyekt ma’lum vazifani (funksiyani) bajarishga qaratilgan. Obyektning shakli, o‘lchami uning funksiyasiga shakl mazmuni va tashkiliy qiyofasiga mos kelishi kerak. Agar buyumning eni va balandligi chuqurligidan nihoyatda katta bo‘lsa, bunday tuzilishi frontal, agar buyumning chuqurligi yuqorida aytilgan tartibda bo‘lsa, u holda bunday tuzilishni fazoviy tuzilish deyiladi. Dizaynda kompozitsiya deganda ba’zan tugallangan obyektni xarakterlovchi sifat bahosi tushuniladi. Estetik faoliyat asosini insonning muayyan talab va ehtiyojlari tashkil etadi. Inson faoliyatining xususiyati ana shu talab va ehtiyoj tabiati bilan belgilanadi. Estetik faoliyatning asosiy xususiyatlari ham estetik ehtiyojlar bilan belgilanadi. Inson faoliyatining barcha turlari ijtimoiy hayot jabhalarida namoyon bo‘ladi. Estetik faoliyat inson moddiy yoki ma’naviy faoliyatining o‘zagi bo‘lib, uning barcha shakllari inson kuch-qudrati mohiyatining yorqin ifodasi bo‘lib borgan sari estetik mazmun kasb etaveradi. Shunday qilib, estetik faoliyat inson faoliyati boshqa shakllarining «insoniylik» mezoniga aylanadi. Estetik faoliyat ilmiy ijodning ham estetik tomonini tashkil qiladi. Lekin estetik omillar ilmiy ijodga tarkiban xos bo‘lib, unga yordamchi omil vazifasini o‘taydi. Juda ko‘p ilmiy tadqiqotlar va atoqli olimlar guvohlik berishlaricha, olimning salohiyati, ijodiy mehnati natijalari va samaradorligi uning estetik madaniyati darajasiga bevosita bog‘liq ekan. Estetik faoliyat ilmiy izlanishlarning hamma bosqichlarida ilmiy muammolarning qo‘yilishi, ularning yechimi, olingan ilmiy natijalarni baholash jarayonida katta ahamiyat kasb etadi. Eng yaxshi san’at asarlari insonlarda xayol-farazni vujudga keltiradi va yaxlitlik, nafosat his-tuyg‘usini uyg‘unlashtiradi, tafakkur qilish qobiliyatini oshiradi, erkin dunyoqarash baxsh etadi, yuksak muloqot madaniyatini

shakllantiradi, hozirgi fan ravnaqi uchun juda muhim ahamiyat kasb etadigan barcha qobiliyat imkoniyatlarini safarbar qilishga undaydi. Estetik ong oddiy his-tuyg‘u emas, balki muayyan axloqiy, huquqiy, ilmiy- mafkuraviy qadriyatlarga asoslangan e’tiqoddir. Demak, estetik ongning mohiyati, mazmuni insonning o‘zini anglash darajasi bilan bog‘liq. Estetik ong shakllangan e’tiqodlar, maqsad va manfaatlar tizimi, o‘z- o‘zini anglash esa shu tizimning shakllanish jarayonidir. Estetik faoliyat nisbatan badiiy faoliyatda, ya’ni san’atda eng sof holda ko‘rinadi. Shu bois san’at estetik faoliyatning ixtisoslashgan ko‘rinishidir. Inson faoliyatining asl xususiyatlarini anglash uchun san’atga murojaat qilish maqsadga muvofiq keladi. Chunki san’at o‘z tabiatiga ko‘ra ijodiy maqsadga qaratilgan, «nafosat qonunlariga rioya qilingan» bo‘lib, undan inson faoliyatining eng muhim belgilari ko‘rinadi. Estetik faoliyat moddiy ishlab chiqarishning barcha sohalarini - mehnat sharoitlarini ham, mehnat samaralarini ham qamrab oladi. Mehnat insonning jismoniy va ma’naviy kuch-qudratining mohiyatini ko‘proq ifodalasa, uning estetik ahamiyati ham shunchalik ko‘proq ortib boradi. Mehnatning estetik jihatdan to‘laqonli bo‘lishi, birinchi navbatda, obyektiv omillarga, qolaversa, ishlab chiqarish jarayoni qatnashchilarining umumiy va estetik madaniyati darajasiga bog‘liqdir. Bu yerda mehnat sharoitlari ham muhim o‘rin tutadi. Ishlab chiqarish muhitining estetik jihatlarini vujudga keltirish, unga «ma’naviy qadriyat» maqomini berish dizayn (sanoat estetikasi)ga oid rasm chizmalar, modellar, bezaklar vositasida ham amalga oshiriladi. Hozircha estetik adabiyotda dizaynning yagona hammabop yaxlit qoidaga aylangan ilmiy ta’rifi yaratilmagan. Lekin ko‘pchilik tadqiqotlar dizayn badiiy-texnik faoliyat turidir, deb qarashga moyildirlar. Texnik estetika o‘zining tabiiy tomoni bilan bevosita texnika bilan qorishib ketadi. Dizayn dunyoqarashga ham taalluqli bo‘lib, u umumiy estetik nazariya oqimiga kelib quyiladi. Bu yerda dizaynning maxsus faoliyat turi sifatidagi

xususiyatlarini, dizayn va san’atning o‘zaro munosabatlari, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda badiiy ijod ishtiroki, ular o‘rtasidagi umumiylik va farqlar, texnikaning estetik jihozlanishi va estetik qiymati kabi muammolar tahlili estetik faoliyat uchun ko‘p samaralar berishi mumkin. Dizayn muhandislik, ilmiy va badiiy faoliyat qorishiq holda namoyon bo‘ladi, lekin dizayn ularning birontasiga aylanib qolmadi. Dizayn san’atdan bahra oladi. San’at bilan dizayn o‘rtasida umumiylik bo‘lsa-da, ular estetik faoliyatning ikki xil turlaridir. Dizayn san’atdan qanday farq qiladi? Ayonki, badiiy faoliyat u yoki bu ko‘rinishida faqat g‘oyalargina emas, balki narsalar ishlab chiqarish bilan bog‘liq. San’at, avvalo, ma’naviy ishlab chiqarish turi, ong va bilish sohasidir. U san’atning tub mohiyatini ifodalaydi. San’at estetik qadriyati ma’lum darajada «foyda» qadriyatlariga ziddir, ya’ni san’at asari moddiylikdan ko‘ra ko‘proq ma’naviy ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan bo‘ladi. Dizayn mahsulotlari mashinalar, binolar va boshqalarda moddiy «foyda» xususiyati bo‘rtib turadi. Bu yerda narsaning burch-vazifasi uning ijtimoiy ahamiyati, inson ehtiyojini qondirish qobiliyati bilan aniqlanadi. San’at bilan dizayn o‘rtasidagi farq haqida gapirganda, san’at mansubligidan asari qaysi moddiy tizimga, qaysi muhitda vujudga kelganligidan qat’iy nazar, mustaqil qiymatga ega ekanini ta’kidlash kerak. Dizayn mahsuloti esa narsalar tizimining ajralmas qismi bo‘lib, undan tashqarida amal qila olmaydi. Uning estetik qiymati muayyan narsalar «tizimi»ga anchalik mos kelishi bilan o‘lchanadi, ya’ni dizayn faoliyatining obyektini alohida olingan mashina emas, balki o‘zining barcha jihozlari, tashqi va ichki bezaklari ko‘rinishi va hokazo shakllari bilan birgalikda yaxlit olingan «mashinalar tizimi»ni tashkil etishi shart. Hozirgi sharoitda dizayn tobora umumbashariyat muammolari bo‘lgan tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish, inson salomatligini va uni qurshab turgan muhitni himoya qilish vazifalarini bajarishda faol ishtirok etmoqda.

Dizayn – jismlar muhitini shakllantiruvchi loyihalash bo‘yicha badiiy-texnik sohalarda faoliyat yurituvchi fanlararo sohadir. Dizaynning asl mohiyati insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini to‘la-to‘kisroq qondirishga qaratilgan jismlar dunyosini garmonik ravishda yaratishdir. Dizaynning eng muhim ikki komponentlari bu – funksionallik va estetiklik sifatidir. Dizaynning klassik turlari: 1) Grafikaviy dizayn: Uning loyihalash obyekti quyidagicha: Shriftlar, piktogrammalar, firma stili, turli nishonlar va hokazolar. (Bular qog‘oz va boshqa tekislik yuzalarida ishlanadigan tur) 2) Ishlab chiqarish dizayni loyihalash obyekti: turli mashinalar, priborlar, jihozlar, mebel, idish buyumlari, kiyim. Umuman olganda obyemlar ustida ishlaydigan soha. 3) Arxitekturaviy dizayn. Uning loyihalash obyekti: Bino va inshootlar va ularning komplekslari. Interyer loyihasi. Arxitekturaviy dizayn asosan fazoviylik bilan bog‘lik soha. 4) Me’moriy muhit dizayni. Loyihalash obyekti quyidagicha: Inson istiqomat qiladigan muhitdagi murakkab dinamik tizim bo‘lib, jismiy – fazoviylikni optimal tashkillashtiradigan va turli muhitlarni obrazli yechimi ustida ishlaydigan soha. Dizaynning yangi turlari Bularni ikki guruhga ajratish mumkin. Sfera dizayni: Ekodizayn, ergodizayn (bu turning bosh maqsadi ergonomik talabalarga javob berish), Futurodizayn (kelajak loyihalari ustida ishlash – qaysiki bugungi kunda uni qo‘llashni iloji yo‘q), Amaliy dizayn, Ekspozitsiya dizayni (ko‘rgazmalar); injenerlik dizayni (turli texnik qurilmalar, masalan ko‘priklar) 2) Ishning natijasiga mo‘ljallangan dizayn: art dizayn (san’at obyektlari bilan bog‘lik ayrim dizayn obyektlari. Masalan amaliy san’at bilan omo‘xtalashgan monumental uslubdagi bajariladigan ishlar. Shtrixli, kompyuter dizayni va eng zamonaviy Web dizayni)