Jadidlar maktabida tabiatshunoslikni o’qitishning o’ziga xos xususiyatlari
Jadidlar maktabida tabiatshunoslikni o’qitishning o’ziga xos xususiyatlari . Режа: 1.Жадид мактабларинит ташкил этилиши. 2.Maxmudxo’ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxon 0’g’li. Abdulla avloniy, Abdurauf Fitrat, Abduqodir Shakurriylarning ta’lim tarbiya va tabiatshunoslikni 0’qitis haqidagi qarahslari.
“ Jadid” so‘zi arabcha so‘z bo‘lib, “yangi”, “jadidchilik” esa yangilik tarafdorlari degan ma’noni bildiradi. X I X asr oxiri – XX asrning boshlarida Turkistonda chor mustamlakachiligining kuchayishi natijasida o‘lkada jadidchilik xarakatining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Jadidlar Misr, Turkiya, Kavkaz, Turkiston va boshqa o‘lkalarda siyosiy oqim sifatida yuzaga keldi. Jadidlar o‘z davrining eng ilg‘or kishilaridir. Bu kishilar jamiyatning qaysi tabaqasiga mansubligidan qatiy nazar, yangilik, taraqqiyot, ma’rifat va madaniyat tarafdori bo‘lib chiqdilar. Turkistonlik jadidlar ona Vatanlarini mustaqil, ozod holda ko‘rishni o‘zlarining bosh maqsadlari deb bildilar. Jadidchilik nomoyondalari m illiy ozodlik kurashida qurol kuchi bilan muvaffaqiyat qozonib bo‘lmas l i ni bilishar . SHu bois ular milliy istibdodga tushib qolishlarining sabablarini tahlil qilib, bularning tub ildizlari yo‘q qilib tashlash lozimligini anglab etdilar. Natijada jadidlarining hamma narsadan oldin halqqa ma’rifat berish lozim degan g‘oyasi yuzaga keldi. Jadidlar 1906 yildayoq “Taraqqiyot” deb nomlangan gazeta nashr ettirib, o‘z g‘oyalarini tarqata boshladilar. Turkistonning turli shaharlarida jadid maktablari ochilib, ularda diniy ilmlar bilan birgalikda dunyoviy bilimlar jumladan tabiat haqidagi bilimlar ham targ‘ib qilina boshlandi. Jadidlar uchun ilm va ma’rifat yagona qurol bo‘lib, ular shu qurol yordamida o‘lkada ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy taraqqiyot uchun kurashmoqchi bo‘ldilar. Jadidlar o‘z ezgu orzularini, faqat maktab, ma’orif va ta’lim tarbiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, uni rivojlantirish bilangina amalga oshirish mumkin, deb bildilar. Jadidlar ma’rifati haqida gap ketganda dastlab Qirimlik Ismoil Gaspirinskiyni tilga olish kerak. U Rossiya musulmonlari orasida birinchi bo‘lib “ maktabi usuli jadida” yani “ yangi usul maktabi” ga asos soldi. Ismoil Gasprinskiy taklif etgan “ Usuli jadid” maktabining tuzilishi, darslarning tashkil qilinishi, o‘qitish metodikasi, nazorat turlari ko‘p jihatdan Evropa talim tizimiga yaqin bo‘lgan. U madrasalarni isloh qilish, dunyoviy fanlarni o‘qitish masalalarini ko‘tardi. Jumladan, diniy fanlar bilan birga tibbiyot, kimyo kabi fanlarni o‘rganish zarurligi haqida so‘z yuritadi. I.Gasprinskiy yangi usulni targ‘ib qilish, jadid maktablarini tashkil ettirish uchun turli
joylarga safar qiladi. Turkistonda ham 2 marta bo‘lib, mahalliy halq yordamida, dastlabki yangi usul maktablari ochishga muvaffaq bo‘ldi. Jadidlar, eng avvalo, o‘qitishning eski usul lari o‘rniga yoshlarga zamonaviy ilmlarni o‘rgatish zarurligini tushunishlari bilan birga, ta’lim tizimida ona tilini chuqurroq o‘rgatish, ona tilidagi darslarni ko‘paytirish, boshqacha qilib aytganda, o‘quv dasturida ona tilidagi darslarni oshirish orqali yoshlarda vatanparvarlik, millatparvarlik tuyg‘usini shakllantirish mumkin degan hulosaga kelish va bu yo‘ldagi dadil harakat jadidlarning ma’rifat sohasidagi yangicha qarashlar i , aniqrog‘i Konsepsiyasi edi. Ana shu harakat zamirida jadidlarning pedagogik qarashlari ham shakllanib bordi. Jadidlar “Taraqqiyot” gazetasida maktab dasturiga alohida e’tibor berdi. Ularning ayrim dasturlariga ko‘ra, boshlang‘ich maktab 4-sinfdan tashkil topishi kerak. Unga 7-yoshdan kichik bolalar qabul qilinmaydi. Dasturda qanday fan lar o‘qitilishi bilan birga maktabning tashkiliy tomonlari haqida ham aniq ko‘rsatmalar bor edi . Jumladan, yilda to‘qqiz oy taxsil, uch oy ta’til bo‘lishi haqida, o‘quvchilarni maktabga avgustning 15 - sana sidan 1sentyabrgacha qabul qilish, 15 mayda imtixon bo‘lishi haqida qaror keltirilgan. Dasturda bayramlarda bir kun dam olish bo‘lishi, maktabda darslar ketayotganda maktabga qabul qilish to‘xtatilishi to‘g‘risida qaror ham mavjud bo‘lgan . Jadidlarning tarbiya haqida qarashlari ham ilg‘or fikrlar bilan boydir. Jadidlarning tarbiya odob – ahloq haqidagi fikrlari, asosan qadimdan islom olamida qaror topgan qarashlar negizida shakllangan. Jadidlar ajdodlardan bolalar, umuman, inson tarbiyasida musulmonlarga xos diyonatli, sahovatli, xushahloq, xushmuomula bo‘lishi singari muhim hislatlarni qabul qildilar. Ayni zamonda ularning pedagogik qarashlarida yangi bir tushuncha paydo bo‘ldi. Bu tarbiyada muhit, zamon, sharoitning o‘rni to‘g‘risidagi qarashdir. Jadidlar pedagogikasi ijtimoiy hayot, uning talablari, ehtiyojlarini hisobga olish bilan o‘zlarigacha bo‘lgan SHarq pedagogikasidan bir qadam siljish bo‘lgan edi. Jadidlar komil inson – bu, eng zamonaviy insondir. Zamonaviy inson esa, millat va Vatan manfaatini barcha narsadan ustun qo‘yuvchi, ma’rifatli, diniy va zamonaviy ilm-fanlarni egallagan hushahloq, tarbiyali kishidir deydi.
Markaziy Osiyo jadidchiligi haqida gap ketganda buni Be h budiy, Munavvar qori, S h akuriy, Fitrat, A.Avloniy kabi o‘nlab ma’rifatparvar ilm darg‘alarning faoliyatisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, aksincha ular haqida gap ketganda jadidchilikni chetlab o‘tib bo‘lmaydi: Mahmudxo‘ja Behbudiy Turkistonda jadidlar xarakati asoschilaridan biri, jahonga mashxur bo‘lgan geografiyashunos, atoqli jamoat arbobi, buyuk islomshunos, pedagog olimdir. Be h budiyning nomi Turkiston maktab maorifida keng o‘rin egallaydi. U birinchi bo‘lib o‘lkada yangicha usuldagi maktablarning tashkil etilishni targ‘ibotchilaridan va amaliyotchilaridan biridir. Bexbudiy “usuli jadid” maktabining qonun qoidalarini I.Gasprinskiy va uning maqolalaridan o‘rganadi. U “usuli jadid” maktablari uchun bir qancha darsliklar yozdi. “Qisqacha umumiy jo‘g‘rofiya”, “Bolalar maktubi”, “Aholi jo‘g‘rofiyasiga kirish”, “Rossiyaning qisqacha jo‘g‘rofiyasi”, “Amaliyot islomi”, “Islomning qisqacha tarixi” va boshqalar. Bexbudiyning yangi maktablar uchun yozgan asarlari maktablarning islohida katta xodisa bo‘ldi. Ayni davrda bu darsliklar nazariy, ilmiy va amaliy jihatdan keng qo‘llaniladi. Bexbudiy Turkistonning kelajagi uchun yangi kadrlarida, mutaxassislarida va o‘qimishli yoshlarida deb biladi. SHuning uchun har bir yozgan maqolasida yangi taraqqiyotga javob beradigan mutaxassis tarbiyalab etishtirish masalasini ko‘yardi. Munavvar qori Abdurashidxon o‘g‘li XX – asrning birinchi choragida faqat Turkistondagida emas, Rossiya musulmoni ziyolilari orasida ham mashhur edi. Jamoatchilik uni yangi usul maktablari asoschisi, mohir muallim, darslik va o‘quv kitoblari muallifi, jamoat arbobi sifatida xurmat ila tilga olardi. Munavvar qori Toshkentda “usuli savtiya” maktabini ochadi. U maktabni avval o‘z hovlisida, keyin boshqa joylarda ochishga xarakat qilardi. U maktabni isloh qilmay turib, odamlarning ongda o‘zgarish yasab bo‘lmasligini yaxshi tushunib etgan edi. Munavvar qori yoshlarni chet elga yuborishni, u erda ilm fanni o‘rganishni targ‘ib qiladi. U 1916 yili Toshkentda yig‘ilishda nutq so‘zlab shunday deydi:
“O‘zbek ziyoli bolalarining Germaniyaga borib o‘qitishga juda muhtojmiz, bolalar o‘qib, ilm tahsil olib kelsalar, millatga katta xizmat qila oladilar”. Munavvar qori fors, arab, rus, turk tillarini mukammal bilgan. Munavvar qori 1917 yil may oyida taraqqiyparvar musulmon yoshlari va ruxoniylar ishtirokida o‘tgan quriltoyda “S h o‘roi islomiya” jamiyati raisini muovini etib saylanadi. Natijada ilg‘or fikrli kishilar uning atrofida to‘plana boshlaydi. U 1918 yil may oyida Toshkent shahrida “Turk o‘chog‘i” ilmiy madaniy jamiyati tuzadi. U insonning ma’rifatli bo‘lib, ko‘zi ochilmaguncha na o‘zini, na halqining erkini muhofaza qila olishini, bu iymonsiz ekanini mutafakkirona noziklik bilan o‘z asarlarida ifoda etadi. Abdulla Avloniy 1907 yilda Toshkentning Mirobod mahallasida, keyinchalik Degrez mahallasida yangi usuldagi maktablar ochdi. Xadrada “Maktab kutubxonasi” nomli kitob do‘ k oni ochdi. Avloniyning maktabi o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalariga mashg‘ulotlarni sinf – dars tizimi asosida o‘z ona tilida olib borilishi bilan eski usul maktablaridan farq qilar edi. U o‘z maktabida bolalarga tabiat, geografiya, tarix, adabiyot, til, hisob kabi fanlardan ma’lumotlar berar edi. Ayniqsa o‘quvchilarni tabiat fanlari o‘simliklar, hayvonlarning hilma – hilligi ularni parvarish qilish usullari haqida ma’lumotlar berilishi juda qiziqtirgan. A.Avloniy maktablarda tabiiy fanlar ham o‘z rivojini topgan. A.Avloniy “Usuli jadid” maktablari uchun to‘rt qismdan iborat “Adabiyot yoxud milliy she’rlar”, “Birinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud ahloq”, “Ikkinchi muallim”, “Maktab gulistoni” kabi darslik va o‘qish kitoblari yaratdi. Bu asarlarida dunyo halqlari asarlarini ulug‘lab, o‘z halqini dunyoviy ilmlarni egallashga, madaniyatli va ma’rifatli bo‘lishga chaqiradi. A.Avloniy birinchi marta pedagogikaga ta’rif berib “Pedagogika bola tarbiyasining fani demakdir” deydi. Avloniy bola tarbiyasining nisbiy ravishda quyidagi to‘rt bo‘limga ajratadi. 1. Tarbiyaning zamoni 2. Badan tarbiyasi. 3. Fikr tarbiyasi. 4. Ahloq tarbiyasi.