Jahon etnologiyasining tadqiqot usullari va boshka fanlar bilan aloqadorligi.
Mavzu: Jahon etnologiyasining tadqiqot usullari va boshka fanlar bilan aloqadorligi. Reja 1. Etnologiya fanining paydo bo’lish tarixi, predmeti va metodlari. 2. O’zbekistonda etnologiya fani: yutuqlar, muammolar va rivojlanish istiqbollari 3. Ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqadorligi
Tayanch so’zlar: Etnografiya, etnologiya, antrpologiya, etnografik tadqiqot, etnos, etnogenez, etnografiya muammolari, turmush-tarzi, urf-odatlar va an’analar, «xalq» («narod»), Amerika, Iosifom Mader, «Stoklund», «Madaniyat», Qadimgi jamiyat, E. Taylor, Ibtidoiy madaniyat. I.1. Etnologiya fanining paydo bo’lish tarixi. Har qanday fanning fan sifatida shakllanishi insonlar ehtiyoji bilan ma’lum ma’noda bog‘liqdir. Shubhasiz, bu holat etnologiya fani uchun ham taalluqlidir. Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti davomida yashagan barcha etnoslar o‘ziga xos turmush-tarzi, urf-odatlari va an’analari bilan bir-biridan ajralib turgan. O‘tgan ming yilliklar mobaynida to‘plangan bilimlar shundan dalolat beradiki, yer sharida turfa xil rasm-rusm va urf-odatlarga ega xalqlar yashashlariga qaramasdan, ularning barchasi tabiatning ajralmas bir qismi sifatida rivojlangan bo‘lib, mazkur jihat tabiiy-geografik hamda xo‘jalik munosabatlari bilan bog‘liq holda o‘ziga xos etnomadaniy an’analarga ega bo‘lganligini ko‘rsatadi. Eng qadimgi davrlardan boshlab kishilar nafaqat o‘zlarining balki tevarak atroflarda va uzoq yurtlarda yashovchi el-uluslar, ularning madaniyati, an’ana va marosimlariga qiziqib, ular to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishga harakat qilganlar. Antik davr mualliflari ko‘plab empirik materiallarni yig‘ishga, turli- tuman xalqlarning xo‘jalik va madaniy belgilariga qarab tasniflashga intilgan. Lekin o‘sha davr mualliflari asosan jangchilar, sayyohlar, elchilar va boshqa mamlakatlarda turli maqsadlarda bo‘lgan kishilarning xotiralari yoki bo‘lmasa o‘zga yurtlar to‘g‘risidagi turli-tuman rivoyatlarga asoslanib ma’lumotlar berganliklari bois ham ularning bizgacha qoldirgan ma’lumotlari ko‘pincha umumiy yoki mavhumiy xususiyat kasb etgan. Etnologiya-xalqlar to‘g‘risidagi mustaqil fan sifatida XIX - asr o‘rtalarida paydo bo‘lgan. Mazkur fanning aynan shu davrda paydo bo‘lishining o‘ziga xos sabablari mavjud. Avvalo, bu davrda dunyo qit’alari orasida iqtisodiy, madaniy aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi, turli xalqlarning mustamlaka tuzum ta’siriga tushib qolishi va mustamlakachi davlatlarni o‘z mustamlakalarini osonlik bilan boshqarishga intilishi u yerlarda yashovchi mahalliy xalqlar to‘g‘risida batafsil
ma’lumotlarga ega bo‘lishni talab qilar edi. Qolaversa, o‘sha davrda buyuk geografik kashfiyotlarning amalga oshirilishi natijasida dunyoning turli mintaqalari orasida o‘zaro etnomadaniy taraqqiyotdagi o‘zaro farqlarni, boshqa ellarda yashovchi etnik guruhlarning o‘ziga xos etnopsixologiyasi va ularning etnik o‘zlikni anglash mexanizmi, tarixning ma’lum davrlarida u yoki bu xalqning tutgan o‘rni, sivilizatsiyalar va madaniyatlar taraqqiyoti hamda tanazzulida etnik omilning o‘rni kabi muammolarni paydo qildi. Ana shu muammolar va savollarning yechimi tarzida qator yangi nazariyalar va konsepsiyalar yaratildi. Bu esa etnologiyaning dastlabki ilmiy maktablari va yo‘nalishlari paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Keyinchalik mazkur ilmiy maktablar va yo‘nalishlar asosida xalqlar to‘g‘risidagi maxsus fan - etnologiya shakllangan. Etnologiya fanining nomi ham boshqa ko‘plab ijtimoiy- gumanitar fanlar kabi yunoncha- etnos (xalq) va logos (fan) so‘zlaridan olingan bo‘lib, «xalq to‘g‘risidagi fan» degan ma’noni bildiradi. Etnologiyaning asosiy tadqiqot obyekti bo‘lgan «etnos» so‘zi ilk bor qadimgi grek tilida uchraydi. Taxminan mi loddan avvalgi VI-V asrlarda bu so’z kelib chiqishi grek bo’lmagan urug’ va qabilalarga nisbatan qo’llanilgan. Aynan shu ma’noda bu ata ma rim madaniyati va lotin tilida ishlatilgan. XVIII asrning oxirlariga qadar etnos tushunchasi nihoyatda chegara langan tarzda iste’molda bo’ldi. Faqat XIX asrdan e’tiboran bu termin ilmiy adabiyotlarda «xalq» («narod») ma’nosida kengroq qo’l lani la boshlagan. Bugungi kunga kelib ayrim mamlakatlarda mazkur fan «etnologiya», yoki «etnografiya» deb nomlansa, qator g‘arb mamlakatlarida ushbu fanni «madaniy antropologiya» yoki «ijtimoiy (sotsial) antropologiya» deb yuritish an’anaga aylangan. Ma’lumki, yaqin o‘tmishda sobiq Ittifoqda elshunoslik fani «etnografiya» deb nomlanib, mazkur sohada ilmiy tadqiqotlar olib borgan institut va ilmiy tadqiqot markazlari ham shu atama bilan yuritilar edi. Biroq o‘tgan asrning 90-yillaridan e’tiboran ushbu fanga nisbatan «etnografiya» atamasi bilan birga «etnologiya» atamasi ham qo‘llaniladigan bo‘ldi.
Darvoqe, «etnologiya» termini fanga ilk marotaba 1784 yil A.Shavann tomonidan olib kirilgan. Lekin ushbu fanning taraqqiyoti biroz keyingi davr bilan bog‘liq bo‘lib, mashxur fransuz elektrigi Andre-Mari Amper tomonidan 1830 yilda "antropologik" (ijtimoiy) fanlarning umumiy tasnifini ishlab chiqish jarayonida xalqlar va ularning madaniyati to‘g‘risidagi yangi fanning nomlanishi tarzida maxsus izoh berilgan. Keyinchalik mazkur termin Yevropa davlatlariga juda tezlik bilan yoyilgan. Umuman etnologiya mustaqil fan tarzida bir qator etnologlar jamiyatlarining (jumladan, 1839 yil Parijda Fransiyadagi etnologlar jamiyati, 1842 yil AQShda tashkil topgan Amerika etnologlar jamiyatining) tuzilishi bilan rasman tasdiqlangan. Biroq, shundan keyin turli ilmiy maktablar va yo‘nalishlar o‘rtasida mazkur fanning fanlar tizimidagi o‘rni, tadqiqot mavzusi borasidagi masalalar borasida keskin munozaralar yuzaga keldiki, bu bahslar bugungi kunga qadar davom etib kelmoqda. Mazkur bahs-munozaralarga sabab bo‘lib kelayotgan muammolar orasida fanning mazmuni va nomlanishi borasidagi masala alohida o‘rin tutadi. XIX asrgacha "etnologiya" iborasi maxsus fanga nisbatan emas, balki onda-sonda turli etnografik jarayonlarni tavsiflash maqsadida ishlatilgan. Germaniyada etnologiya «Volkskunde» nomi bilan shakllanib rivojlana boshlagan. 1787 yilda mazkur termin Iosifom Mader tomonidan qishloq aholisining statistik va topografik hisobini yuritish maksadida qo‘llanilgan. XX asrning 20 yillarida hozirgi kundagi etnologiya tushunchasiga yaqin atamani nemis tadqiqotchisi Folklayf tomonidan «Stoklund» tarzida kiritilgan. Dastlab Folklayf talabalari og‘zaki ijod ya’ni qo‘shiq, sher, ertak va miflarni o‘rganishgan. Keyinchalik, moddiy madaniyat – turar-joy, uy-ro‘zg‘or buyumlari, mebel kabi mavzular xam o‘rganila boshlandi. Shuningdek, Folklayf tomonidan nemis tilida Skandinaviya mamlakatlarida mazkur fan universitetlarda, xususan 1909 yilda Shvesiyada Upsala universitetida o‘qitilgan. Finlandiyalik olim Sigurd Erikson «Mintaqaviy etnologiya va etnografiya» atamasini dastlab qo‘llagan. Shundan so‘ng aloxida mintaqalar xalklari etnologiyasining o‘rganilishiga e’tibor kuchaydi.
Etnografiya yunoncha bo’lib, «etnos» -xalq «grafiya» tavsiflash degan ma’nolarni anglatgan. Mazkur fanning metodologik masalalariga bag’ishlangan qator ishlardan ko’rinadiki, «etnologiya» va «etnografiya» tushunchalarini aynan bir tushunchalar tarzida qabul qilish ham to’g’ri emas. Negaki, agar an’anaviy «etnografiya» u yoki bu etnosga (etnik birlikka) oid materiallarni to’plab, tizimlashtirib va uni ko’proq tavsiflab bersa, «etnologiya» etnos haqidagi barcha ma’lumotlarni nazariy-metodologik jihatdan tahlil qiladi va bu xususda umumiy xulosalar chiqaradi. Demak, «etnografiya» tushunchasi «etnologiya» tushunchasiga nisbatan nafaqat kengroq tushuncha, balki etnologiyaning ma’lum bir qismi deb aytish mumkin. O’z navbatida shuni ham aytish mumkinki, har bir mamlakatda mazkur fanning paydo bo’lishi va nomlanishi o’ziga xos tarixga ega. Etnografiya – bu xalqlarning turmush tarzi va madaniyatini o‘rganuvchi tarixiy fan. Turmush tarzi deganda shaxsiy va jamiyat hayotining turg‘un, boshlang‘ich, an’anaviy shakllarini tushunish mumkin. Har bir xalqning turmush tarzi o‘zgacha bo‘lib, u hatto qo‘shni xalqlar turmushidan farq qiladi. “Madaniyat” tushunchasi ancha murakkab so‘z bo‘lib, “colere” – degan lotin fe’lidan olingan, ya’ni haydamoq, yerga ishlov bermoq ma’nolarini anglatadi. Bizda “madaniyat” so‘zi turli ma’nolarda qo‘llaniladi; Ilmiy tilda, jumladan etnografiyada madaniyat deganda inson qo‘li bilan yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarni tushunish lozim. Moddiy madaniyatga inson qo‘li bilan barcha narsalar; mehnat qurollari, kiyim – kechak, turar joylar va shu kabilar kiradi; ma’naviy madaniyatga esa insonning aqliy faoliyati bilan bog‘liq narsalar; e’tiqod, badiiy ijod, adabiyot, musiqa, fan, odob – axloq va boshqalar. Ma’naviy madaniyatni – ijtimoiy madaniyat, jamiyat turmushi, oilaviy turmush kabi bo‘limlari mavjud. Albatta dunyoda barcha xalqlarda madaniyat mavjud, Ammo madaniyatni turli darajalari mavjud. Ayrim xalqlarda u tez rivojlangan, boshqalarida esa sekinroq. Nafaqat madaniyatni rivojlanish bosqichini, balki har bir xalqda uning o‘ziga xos tomonlarini farqlash muhim. Masalan, madaniyat bir hilda rivojlangan bosqichida ham o‘ziga xosliklari turlicha bo‘lishi mumkin, bunga yangi Gvineya papuaslari va Amerika eskimoslarini kirtishimiz mumkin.Dastlab o‘z taraqqiyotida orqada