Jahon she’riy janrlari


Jahon she’riy janrlari . Reja: 1. Modern yo‘nalishining paydo bo‘lishi. 2. Sonet va balladaning o‘ziga xosligi.
Modernizm (fr. Moderni- zamonaviy) dastavval, XIX asrning oxirida Fransiyada paydo bo‘lgan. Hayotni yuzaki, aynan(naturalizm) tasvirlashdan, uni etika va estetika (axloqiy va go‘zallik) chegarasidan chiqib aks ettirishdn ko‘ra voqea- hodisalarning falsafiy mohiyatini, ichki jarayonini tasvirlashni afzal bildi. Modern adabiyotining J.Satr (1905-1980), J.Joys(1864-1941), A.Kamyu (1913-1960), F.Kafka (1983-1924) kabi vakillari ijodida inson tabiati, fe’l- atvori, munosabatlari oshkoro gavdalantiriladi; insonni salbiy yoki ijobiy qilib tasvirlashdan voz kechib, unig tubanligini ham, buyukligini ham, iztiroblarini ham, xavotirlarini ham, sevgisini ham, nafratini ham, mehru oqibatini ham, razilligini ham- qo‘yingki, uning butun borlig‘ini(Rahmoniy va shaytoniy xislatlarining barchasini) ochish - bosh xususiyat sanaladi. Ana shu oqimning eng yaxshi yutuqlari qarashlari Istiqlol adabiyotining estetik qarshlariga mos kelgani sabab, u o‘zbek shoirlari e.Vohidov, R.Parfi, U. Azim, Sh. Rahmon, A.Qutbiddin, S.Ashur, nasrnavislari Murod Muhammad Do‘st, H.Shayxov, T.Murod, N.Eshonqul va shu kabilar ijodida o‘zining go‘zal namunalarini bera boshladi. O‘zbek adabiyotining insonshunoslik mohiyati yana jahoniy xislat kasb et boshladi. Ana shu xislatning chuqurlashuvi hozirgi o‘zbek adabiyotini jahoniy miqyosga chiqarishga asoslardan biri bo‘lsa, ajabmas... Bir necha oqimlarning siqiq bayonidan ham ko‘rinadiki, hech bir oqim hayot va inson tasvirining hamma jihatlarini qamrab ola bilmaydi, inson haqida anglagan haqiqatlarning saboqlarini o‘zidan keyingi oqimlar uchun uzatadilar va ana shu saboqlar yangi bosqich poydevori bo‘lib, yangi oqimlar tarixida hali anglanmagan haqiqatlarni kashfi davom etaveradi; adabiyot rivoji to‘xtovsiz harakat qilgani sayin – inson haqidagi haqiqat tobora chuqurroq aksini topaveradi. Demak, metod ham, oqimlar ham hech vaqt yozuvchi talantini, san’atini o‘lchovchi, baholovchi mezon bo‘la olmaydi. U “adabiy asarlarni bir-
biridan farqlash, adabiy davrlar o‘rtasidagi tafovutlarni ko‘rsatish, aniqlash va belgilashning o‘ziga xos mezoni sanaladi”(A. Ulug‘ov, 87-b). Har qanday asar o‘z davrining hukmron estetik qarashlari, muhitning bosh alomat va haqiqatlari bilan qoliplangan bo‘ladi. Garchi bu haqiqatni takrorlayotgan bo‘lsak-da, ana shu qolip (davr mohiyati) asarga o‘z nuqsini bosadi: nafasini, ruhini, ohangini, aqidasini, a’molini, “o‘zligi”ni qoldiradi. Ana shu holatlarni umumlashtirish, xususiyatlarini ochish uchun “metod” va “oqim” tushunchalari o‘ylab topilgan va ularning hammasi ham “romantizm va realizm” ijod tiplaridan bunyod bo‘lgan, ularning haqiqiy “farzandlari” sanaladi. Adabiyot hayotni badiiy obrazlarda so‘z vositasida akslantirish san’ati ekan, u hamon bosh qonun-adabiyotning konstitusiyasi vazifasini bajararkan, u bilan tug‘ilgan romantizm va realizm ham umriboqiy, doimo harakatdagi unsurdirki, bizningcha, faqat ana shu ikki qudratni-metod tarzida, qolganlarini oqim sifatida aniqlashtirish asosliroqdir, adabiyot ruhiga monanddir, uning rivojlanish bosqichlariga xosdir. Sonet (ital sonare –jaranglamoq) 14 misradan iborat bo‘ladi: uchta to‘rt misralik va bitta ikki misralik banddan, ba’zan esa ikkita to‘rt misralik, ikkita uch misralik banddan tashkil topadi. Birinchi ikki band-dastlabki qism –“katren” (fr. quatrion – to‘rtlik), yakunlovchi qism – “terset”(lat. Tres - uchlik ) deb yuritiladi va ular g‘oyaviy-kompozision jihatdan o‘zaro bog‘lanib, yaxlitlikni yuzaga chiqiradi. Sonetda fikr g‘oyatda siqiq, ta’sirchan tarzda voqe bo‘ladi. Oxirgi bandgacha fikr izchil rivojlanadi yoki uning qirralari detallashtiriladi – bor bo‘y-bastining mohiyati ochilgandan so‘ng, eng so‘nggi bandda poetik fikrga yakun yasaladi. I.Bexer sonetni badiiyatning eng yorqin dialektik ko‘rinishlaridan biri; dastlabki to‘rt misrasini tezis sifatida birinchi katren, keyingi to‘rtlikni antitezis tarzida ikkinchi katren, so‘nggi ikki uchlikni sintez deb yuritishni
tavsiya qilsa, A.Muxtor uni – she’riyatning olifta kamzuli, deydi. Sonetlar dastlab Italiyada (XIII-XIVasrlar) paydo bo‘lgan, Dante, Petrarka, keyinroq Mekelenjelo; V.Shekspir (Angliya), Miskevich(Polsha), Derjavin, A.S.Pushkin, Shchipaev (Rossiya) ijodlarida sonetning go‘zal namunalari yaratilgan. O‘zbek adabiyotida sonetlarning namunalari Usmon Nosir, Maqsud Shayxzodalar tomonidan yaratildi. Barot Boyqobilov 700dan ortiq sonetlar bitdi, uning ijodida sonetlar guldastasi yuzaga keldi. Sonetlar gulchambari-magistral (gr. magistralis-boshqaruvchi) 15 sonetdan (210 misradan) iborat bo‘ladi. Birinchi sonetning oxirgi misrasi bilan ikkinchi sonet boshlanadi. Ikkinchi sonetning oxirgi misrasi bilan uchinchisi boshlanadi. Shu tariqa 14 ta sonet yaratiladi va 15chi magistral sonet 14 sonetning birinchi misralaridan tuziladi. Oxirgi misra esa o‘z navbatida birinchi misrani takrorlash bilan tugaydi. Muhammad Ali, Rauf Parfi, Mirzo To‘ra, Ibrohim Yusupov kabi ijodkorlar ham ko‘plab sonetlar ijod etdilar. Ularda falsafiylik, “yombi”lik - original fikrlar chuqurlasha boshladi, katren va tersetlarning vobastaligidan so‘nggi band uchun zarur bo‘lgan poetik xulosalar chiqarish san’ati rivoj topdi. O‘zbek sonetlarining eng go‘zallaridan biri Cho‘lponing “ Men va boshqalar ” ( O‘zbek qizi og‘zidan ) asaridir : Kulgan boshqalardir, yig‘lagan menman. O‘ynagan boshqalar, ingragan menman. Yerk ertaklarini eshitgan boshqa, Qullik qo‘shig‘ini tinglagan menman... Boshqada qanot bor, ko‘kka uchadir, Shoxlarga qo‘nadir,bog‘da yayraydir. So‘zlari sadafdir, tovushi naydir,