logo

Jismoniy sifatlarni (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik) tarbiyalash uslubiyati.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

46.4921875 KB
Jismoniy sifatlarni (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik)
tarbiyalash uslubiyati.
Reja:
1. Kirish
2. Kuch va uni rivojlantirish usuliyati
3. Tezkorlik sifati va uni rivojlantirish usuliyati
4. Chaqqonlik va uni tarbiyalash usuli
5. Egiluvchanlik va uni rivojlantirish usuliyati
6. Chidamlilikni rivojlantirish metodikasi Tarixan   mavjud   bo’lgan   jismoniy   tarbiya   tizimlariga   insonning   jismoniy
(Harakat)   sifatlarini   tarbiyalay   olishiga   qarab   baho   berilgan.   Insonning
organizmida   turli   darajada   shakllangan   kuch,   tezkorlik,   chidamlilik,   chaqqonlik,
tana bo’g’inlariharakatchanligi va muskullar egiluvchanligini jismoniy sifatlar deb
atash   qabul   qilingan.   Inson   organiz-mining   shu   sifatlarini   qanday   namoyon   qila
olishiga   qarab   individga   kuchli,   chaqqon,   tezkor   vah.k.   deb   baho   berganlar.   Bu
sifatlar o’lchovga ega, uning ko’rsatkichlari jismoniy tayyorgar-lik ko’rsatkichlari
deb   ataladi   va   ko’rsatkichlar   orqali   individning   ijodiy   mehnatga   va   vatan
mudofaasiga tayyorligi aniqlanadi. Masalan, individ 100 kg og’irlikdagi shtangani
elkaga   olib   faqat   3   marotaba   o’tirib   tura   olsa,   boshqasi   shu   vazn   bilan   5
marotabadan   ortiq   o’tirib   tura   olishi   mumkin.   SHu   mashqni   ikki   marta   ortiq
bajarganligi uchun ikkinchi o’rtoq-ning kuch sifati rivojlangan deb baHolanadi. Bu
sifat   organizmning   suyak,   muskul   va   boshqa   aozolarining   to’qimalari,hujayralari
vahokazolarning   rivojlanganligigagina   bog’liq   bo’lmay,   maonaviy-ruHiy
fazilatlarigaham   bog’liq.   SHuning   uchunharakat   sifatlarini   tarbiyalash   maonaviy-
ruHiy  fazilat-larni  tarbiyalash   ishi  bilan  cham  barchas   bog’liq  va  tarbiyaning  shu
yo’nalishiga vosita bo’lib xizmat qiladi.
Harakat sifatlarini tarbiyalashga intilish insoniyat-ning azaliy orzusi. Mehnat
qurollari,harbiy   anjom   va   aslaxa   bilan   muomala   qilishning   samaradorligi   tabiat
insonga   inoom   etgan   va   uni   tarbiya   jarayonida   rivojlantirish   mumkin   bo’lgan
jismoniy fazilatlarga bog’liq tarbiyalash lozimligi masala-sini ko’ndalang qo’yadi.
Jismonan   barkamol,   axloqan   pok,   estetik   didli,   eoti-qodli,   sadoqatli,   texnika
ilmining   zamonaviy   asoslarini   puxta   egallagan,har   taraflama   maonaviy   etuk,
jismonan garmo-nik rivojlangan kishini tarbiyalashhozirgi kungacha davrimiz-ning
asosiy vazifalaridan biri debhisoblanib kelindi.hozirham bu dastur o’z ahamiyatini
yo’qotgani   yo’q.   U   mamlakatimizda   amalga   oshiralayotgan   “sog’lom   avlod
uchun” dasturining o’zagini tashkil etadi. 
Xulosa   qilganda   jismoniy   tarbiyani,   xususan,   jismoniy   sifatlarni
rivojlantirishni   moHiyatining   yuqoriligi   va   salmoqliligi   ko’zga   yaqqol   tashlanib
turibdi.   SHuni   qayd   etish   kerakki,   jismoniy   sifatlarni   rivojlantirishda   ularning (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik vahokazolarning) barchasini o’zaro uzviy
bog’lab   olib   borishni   tarbiya   jarayoni   taqazo   qiladi.   Lekin   sportning   maolum   bir
turida muayyan fazilat kuchliroq shakllanadi, rivojlanadi va u etakchiharakat sifati
tarzida   nomoyon   bo’ladi.   Boshqa   sifatlarham   nisbatan   rivojlanadi,   lekin   ular
yordamchi,   ko’makchiharakat   sifati   tarzida   namoyon   bo’lishi   mumkin.   Masalan,
sport   o’yinlaridan   basketbolda   asosan   chaqqonlik   sifatini   rivojlantiradi
debhisoblansa,   tezlik   yordamchi   sifati   tariqasida   rivojlanadi.   Lekin   basketbol
chidamlilikniham   tarbiyalashda   asosiy   vosita-dir.   Og’ir   atletikachilarda   kuch
jismoniy   sifati   etakchi   fazi-lat   sanaladi.   “Siltab   ko’tarish   (rqvok)”ni   ko’p   mashq
qilish esa tezkorlikni rivojlantiradi. Amaliyotda bu mashqlar orqali chidamlilik va
egiluvchanlikham   ko’makchi   jismoniy   sifat   tarzida   rivojlanishini   guvoHimiz.
Umuman,   chaqqon-likni   rivojlantirish   uchun   ko’proq   o’yinlardan:   voleybol,
basketbol,   futbol,   tennis,   stol   tennisi,   gandbol,   xokkey,   regbi   va   boshqalardan
foydalanish   maqsadga   muvofiqdir.   Aslida   bu   o’yinlar   uchun   tezlikning
aHamiyatiham   ikkinchi   darajali   emas.   Chaqqonlikni   rivojlantirish   esa   tez
o’zgaruvchan   o’yin   sharoi-tiga   moslasha   bilishni,   kuzatuvchanlikni,   mo’ljalga
to’g’ri olish-ni, qisqa fursat ichida turli murakkab vaziyatda aniq, to’xtamga kelish,
unihis   qilish   va   o’zharakatlarini   shu   vaziyatga   moslay   olishdekhayotiy-zaruriy
amaliyharakat   malakalarni   shakllan-tiradi.   Velosiped,harakatli   o’yinlarham
chaqqonlikni rivoj-lantiradi. 
Har   qandayharakat   biror-bir   konkrektharakat   vazifasi   deb   ataladigan
vazifanihal qilishga qaratiladi. Masalan, iloji boricha balandroq sakrash, to’pni ilib
olish,   raqibni   aldab   o’tish,   shtangani   ko’tarish   vahokazo.harakat   vazifasining
murakkabligi,   bir   vaqtda   va   ketma-ket   bajariladiganharakat-larning   uyg’unligiga
bo’lgan talablar,harakatlar koordina-tsiyasini tarbiyalaydi.                                     
1. Kuch va uni rivojlantirish usuliyati
Har   qaysi   individ   tashqi   taosir   yoki   qarshilikni   engish   uchun   o’z   jismidagi
maolum   sifatni   namoyon   qiladi.   Tashqi   taosirga   qarshi   muskul   zo’riqishi
orqaliharakat   faoliyati   -   shaxsning   kuchi,   uning   kuch   qobiliyati   deb   atash   qabul
qilingan . SHug’ullanuvchi mashg’ulot paytida o’z tanasi tinch turganholdan sport snaryadiga   (uloqtirishda),   o’z   tanasiniharakatlantirish   maqsadida   (gimnastika
mashqlari   va   boshqalar),   aylantirish,   siljitish,   ko’tarishga   intilsa,   ayrimhollarda
uning teskarisi, tananing o’zi, yoki uni bilagiga tashqi kuch taosir etishi bilan uning
statitikholatini   buzib   o’z   gavdasini   oldingi   (dastlabki)holatini   ushlab   turishga
urinadi. Bokschining raqibi mushti-ning zarbi, kurashchini raqibi tomonidan kuch
ishlatib   uni   tanasini   ayrim   bo’laklarini   egishga   dosh   berishi   tanaholatini
o’zgartirmaslik orqali ro’y beradi. Bunda shug’ullanuvchi va uning raqibi maolum
darajada   qarshiliklarni,   og’irliklarni   engish   va   ko’tarishda   maolum   darajada   kuch
sifatini namoyon qiladi.
  Ilmiy tushuncha tarzida kuch imkoniyati boricha o’zining aniq taorifiga ega
bo’lishi va farqlanishi lozim:
1)harakatning   mexanik   xarakteristikasi   sifatidagi   kuch   (“tanaga   «m»
massasidagi «F» kuchining taosiri...”); 
2)   inson   jismidagi   jismoniy   sifat   tarzidagi   kuch   (masalan,   “yoshning
ulg’ayishi   bilan   kuchning   rivojlanishi;   sportchi   kuchini   sport   bilan
shug’ullanmaydiganlarga nisbatan ko’p bo’lishi...” vah.k.).
Bu   sifatning   psixofizik   mexanizmi   muskul   zo’riqishi-ning   boshqarilishi
(regulyatsiyasi)   va   ularning   ish   tartibi   (rejimi)   bilan   aloqador.   Muskulning
taranglashishi inson-ning kuchini namoyon bo’lishiga olib keladi. 
RuHiy   ozuqa   olishi   vaharakatni   maolum   tizimda   bajarish   markaziyhamda
pereferik   nerv   sistemasi,   xususan,   nerv   markazlaridan   muskullarga   kelayotgan
signallarga   va   muskullar-ning   o’z   xizmatiholatiga   bog’liq.   Umuman,   muskul
tarangligi  –  zo’riqishi (kuch namoyon qila olishi) quyidagilarga qarab aniqlanadi;
1)   markazdan   muskullarga   kelayotgan   qo’zg’alishlarning   chastotasiga
(chastota   qancha   katta   bo’lsa,   muskul   shunchalik   zo’r   darajada   o’zining
tarangligini oshiradi) ko’ra;
2) zo’riqishga qo’shilganharakat birligining soni bilan;
3)   muskulning   qo’zg’aluvchanligi   va   undagi   quvvatning   manbai   miqdoriga
qarab.
Muskul kuch namoyon qilishi uch xil rejimda zo’riqadi:  a)   o’zining   uzunligini   o’zgartirmay   (statik,   izometrik   rejimda).   Tananing
turlichaholatlarda (pozalar)da ushlash vah.k.lar bilan; 
b) muskul uzunligini kamayishigahisobiga, bardosh berish bilan (miometrik).
Zo’riqish birday  –  o’zgarmay turadi, bunday rejim tsiklik va balastikharakatlardagi
muskul qisqarishi fazalari evaziga sodir bo’ladi; 
v)   muskulni   cho’zish   vaqtida   uning   uzayishihisobiga   (yon   berish,   bo’sh
kelish-pliometrik )   kuch   yuzaga   keladi.   O’tirib   turish,   uloqtirish,   depsinishda
muskul qisqarishi orqali shu kuch namoyon bo’ladi.
Bardosh   berish   bilan,   yon   berish,   bo’shashtirish   bilan   kuch   namoyon
qilishni dinamik rejimdagi kuch deb atash qabul qilingan.  SHunday qilib bunday
sharoitlarda   maksimal   kuchni   ko’lami   turlicha   qayd   qilingan   kuch   namoyon
qilishning   asosiy   xillari   kuch   qobiliyatining   klassifikatsiyasi   sifatida   qabul
qilingan. 
Kuch   qobiliyatlarining   turlari   muskul   zo’riqishi   tartibi-ning
kombinatsiyalashtira   olish   xarakteriga   qarab   farqlanadi.   Statik   rejimda   va
sekinlashtirilganharakatlarda   namoyon   bo’ladigan   shaxsiy-kuch   qobiliyatlari   va
tezlik-kuchi hisobiga   sodir   bo’ladigan   kuch   (dinamik   kuch),   tez
bajariladiganharakat-larda   qo’llaniladi.   Boshqachasiga   buni   shiddat   (portlash)
kuchi   debham  ataladi. Bunga qisqa vaqt  ichida eng ko’p darajada kuch namoyon
qila   olish   qobiliyati   deb   qaraladi.   Portlash   kuchi   sak-rashlarda   depsinish   orqali
sakrovchanlik tarzida namoyon bo’ladi.
Muskulning   o’ta   zo’riqishini   optimal   yo’nalishi.   Muskul   kuchi   belgilangan
faoliyatning   yo’nalishiga   iloji   boricha   yaqinlashtirilishi,   moslashtirilishi   lozim.
Masalan, nayza uloqtirishda zo’r berib tanaga tezlik berishimiz mumkin, lekin bu
tezlik   nayzani   uloqtirishdagi   zarbga   moslanmasa,   sarf-langan   kuch   samarasiz
bo’ladi,   nayza   mo’ljallangan   traektoriyada   uchmasligi   mumkin.   Past   start   olishda
tananing   og’ishi   54   va   72   gradusli   burchakhosil   qilgandan   so’ng   startdan
chiqishning samarasi turlicha bo’ladi.hisoblashlar ko’rsatmoqdaki, ikkala oyoqdan
180   kg   kuch   bilan   depsinish   72   gradusdan   start   olganda,   kuchning   gorizontal
yo’nalishi samaradorligi 55,62 dan oshmas ekan. Agar start 54 gradusda bajarilsa, depsinish kuchi Samara-dorli 105,80  kg  bo’lishi mumkin.harakat tezligini oshirish,
gavdaga   tezlanish   berish   uchun   unga   anchagina   kuch   taosir   etilishi   lozim.   U
qanchalik   kuchli   bo’lsa,   tanani   fazoda   tezlanishi   shunchalik   qisqa   vaqt   ichida   tez
vujudga   keladi.   Lekin   tezlik   birdaniga   oshmaydi.   Buning   uchun   kuch   anchagina
vaqt   ichida   taosir   etib   turishi   zarur.   Maksimal   tezlik   olish   uchun   esa   uzoqroq
masofa   lozim   va   katta   kuch   bilan   taosir   etish   foydalidir.   Oyoqning   to’pga
tegadigan   ustki   qismini   qanchalik   orqaga   cho’zib   to’p   oralig’idagi   masofa
uzaytirilib oyoq kafti-ning to’pga tegish tezligi oshirilsa, to’pning zarbi kuchayadi.
Yo’lning chegaralanishi tezlikni kuchayishini susaytiradi.
Kuchning taosir etish vaqti qanchalik oz bo’lsa,harakat tezligi shuncha yuqori
bo’ladi. Gavda qiya chiziq bo’ylab tezlik oladigan bo’lsa shuncha ko’p taosir kuchi
kerak bo’ladi. 
To’g’ri   chiziq   bo’ylabharakat   tezligi   uchun   qiya   chiziq   bo’ylabharakat
tezligiga nisbatan taosir kuchi oz talab qilinadi. 
Kuch   oshirilishining   uzluksizligi   va   birin   ketinligi.   Bu   qoida   Npyutonning
ikkita   (inertsiya   va   tezlanish)   qonunidan   kelib   chiqadi.   eng   katta   kuchharakatni
boshlash uchun, tinch (turg’un) inertsiyani engish uchun kerak bo’ladi. 
Masalan,   shtangani   ko’krakka   olishgaharakat   boshlash   uchun   oyoqning   va
elkaning   orqa   muskullaridan,   ularning   kuchidan   foydalaniladi.   CHunki   uni
to’xtatish yoki tinch turgan jism enertsiyasini ozgina bo’lsa-da, o’zgartirish uchun
yana  qo’shimcha  zo’riqish  talab  qilinadi.  Aslida   bu  zo’riqishdan  mashq  tezli-gini
yanada oshirishda samarali foydalansa bo’lar ekan. 
Mabodo yadro turtishning qaysidir joyidaharakatning ozgina sekinlashtirilishi
yoki   ushlanishiga   yo’l   qo’yilsa,   oldingiharakatning   foydali   effektidan   mahrum
bo’lib qolish mumkin.
Harakatlarning   uzluksizligi   va   davomiyligi   texnik   tayyorgarligi   yuqori
bo’lgan   sportchilarda,   ayniqsa   uloqtirish,   sakrash,   suzishning   barcha   turlarida
yaqqol ko’zga tashlanadi vaharakat samarasiga taosir qiladi. Insonning   kuch   namoyon   qila   olishdagi   asosiy   faktor   –   muskul   zo’riqishi,
lekin   uning   tanasining   massasi   (vazni)ham   maolum   darajada   rolp   o’ynaydi.
SHunga ko’ra,  absolyut va nisbiy kuch  debham farqlanadi. Birinchisida insonning
tanasi   vazninihisobiga   olmay,   qandaydir   birharakatda   kuch   namoyon   qila   olishi
tushunilsa,   ikkinchisida,   uning   tana   vaznininghar   bir   kilogrammiga   to’g’ri
keladigan qilib namoyon qilinadigan kuchning meoyori tushuniladi. 
Kuchni   o’lchash.   Absolyut   kuch   inson   dinamometriyasi   ko’rsatkichlari   va
boshqalarga   asoslanib,   ko’tara   oladigan   yuk   kuchini   namoyon   qila   oladigan
chegara   tushuniladi.   Nisbiysi   esa   absolyut   kuchning   shaxsiy   vazniga   (tana
og’irligiga)   nisbati   bilan   o’lchanadi.   Vazni   turli   xil,   lekin   bir   xil   darajada
shug’ullanganlikka   ega   bo’lganlarda   absolyut   kuch   tana   vaznining   oshishi   orqali
ortadi,   nisbiy   kuch   kamayadi.   Buni   shunday   tushunish   lozimki,   tana   vaznini
qo’shilishi bilan uning og’irligi muskul kuchiga nisbatan ortib ketadi.
Qator sport turlarida (masalan, uloqtirishda) yutuq absolyut kuchhisobigagina
qo’lga   kiritiladi.   Qaysiki   tana   vazni   chegaralanadigan,   vaznhisobiga   olinadigan
turlarda yoki tananing ko’p marotalab o’rni almashtirilib turiladigan sport turlarida
(masalan,   gimnastikada)   yutuq   nisbiy   kuch   bilan   qo’lga   kiritiladi.   Kuchning
namoyon bo’lishiharakatning biomexanik sharoitiga to’g’ridan-to’g’ri bog’langan:
elka   suyagining   va   boshqa   gavda   richagining   uzunligi,   muskullarning   fiziologik-
yo’g’on   yoki   ingichgaligi,   cho’ziluvchanligi,   chayir   yoki   mo’rtligi   vah.k.   larida
eotiborga olinadi.
Kuchni   rivojlantirish   metodikasi   va   vositalari .   Kuchni   rivojlantirish   uchun
yuqori qarshilik bilan bajariladigan mashqlardan foydalaniladi. Ular ikki guruHdan
iborat:
1.   Tashqi   qarshilik   bilan   bajariladigan   mashqlar.   Qar-shilik   sifatida   jismlar
vazni   (girlar,   toshlar,   shtanga   va   boshqalar),   raqibining   qarshiligidan,   o’ziga
o’zining   qarshi-ligi,   boshqa   jismlar   qarshiligiga   (prujinali   espanderlar,   rezinali
bint,   maxsus   moslama   stanoklar)   tashqi   muHit   qarshi-ligi   (qumli   yo’lkada,   qalin
qorda yugurish va boshqa-lar)dan foydalaniladi. 2.   Individning   o’z   tanasi   og’irligini   engish   bilan   bajariladigan   mashqlar
(tayanib   yotib   qo’llarni   tirsakdan   bukish).   Kuch   bilan   bajariladiganhar   qanday
mashqlar   o’zining   ijobiy   va   salbiy   tomonlariga   ega.   Og’irlik   bilan   bajarila-digan
mashqlarning   qulay   tomoni   shundaki,   ular   yordamidaham   yirik,ham   mayda
muskullar   guruHiga   taosir   etish   oson   va   ularni   dozalash   qulay.   Salbiy   tomoni
shundaki,   tezlik   –   kuch   talab   qiladigan   xarakterdagiharakatlar   tartibi   tez   buziladi
(ayniqsa   og’irlashtirib,   vazminligini   ortirib,   malol   kelishi   tezlashadigan
mashqlarda),   dastlabkiholatda   muskul   tarangligi   bir   xil   (statikholat)   ushlanadigan
mashqlarda, mashqning tashkillanishi qiyinligi (maxsus jiHozning kerakligi, metal
jiHozning shovqini va boshqalar) ko’zga tashlanadi. O’z-o’ziga qarshilik ko’rsatish
bilan   bajariladigan   mashqlarning   qulay-ligi   shundaki,   qisqa   vaqt   ichida   katta
dozada   nagruzka   berish   mumkin   va   maxsus   jihoz   va   inventarni   talab   qilmaydi,
lekin muskullar elastikligining tezda yo’qolishiga olib keladi. Bundan tashqari, bu
mashqlar   yuqori   nerv   tarangligi   (zo’ri-qishi)da   bajariladi,   shuning   uchun   ularni
sog’lom,   jismoniy   tayyorgarligi   talab   darajasida   bo’lgan   odamlarga,   o’z-o’zini
nazorat qilish tizimli olib borilishi tavsiya etiladi.
Kuchni   rivojlantirish   metodlari .   Muskul   kuchining   ortishi,   asosan   uni
rivojlantirish metodlariga bog’liqdir.
Maksimal   zo’riqish   metodi ,   yaoni   meoyordagi   yoki   meoyorga   yaqin
og’irliklarni ko’tarish (o’z vaznining 90-95%), nerv muskul apparatining maksimal
safarbarligi va muskul kuchining ko’p bo’lmasada ortishini taominlaydi. Ammo bu
yuqori darajadagi nerv-psixik zo’riqishi bilan bog’liq, ayniqsa, o’quvchilar kuchi-
ni   rivojlantirishda   noqulaylik   tug’diradi.   Oz   mikdordagi   qaytarishlar   modda
almashinuvi   va   boshqa   plastik   jarayonlarni   yo’lga   qo’yolmaydi,   natijada   muskul
massasi   ortmaydi.   Bu   metod   mashq   texnikasi   ustida   ishlash   uchun   qiyinchilik
tug’diradi,   chunki   meoyoridan   ortiq   nerv-muskul   tarangiligi   nerv   markazi-dagi
qo’zg’alishni   generalizatsiyalashishiga   va   ishga   ortiqcha   muskul   guruHlarining
qo’shilib ketishiga olib keladi. Va niHoyat, shunihisobga olish kerakki, xatto etarli
darajadagi   tayyorgarlikka   ega   bo’lgan   sportchilarning   nerv   sistemasi   yaxshi
rivojlanmagan bo’lsa, meoyoriga yaqin bo’lgan nagruzkalardan foydalanish metodi muskul   kuchining   ortishida   meoyor   bo’lmagan   nagruzkalar   bilan   mashq   qilish
metodi bergan foydaniham bermaydi.
Meoyorga   yaqin   bo’lmagan   ( oz   zo’riqish   talab   qilinadigan)   nagruzka   bilan
mashq qilish metodida  kattahajmda ish bajarish mumkin. Bu modda almashinuvida
maolum   o’zgarishlarga   sabab   bo’ladi   va   o’z   navbatida,   muskul   massasining
ortishiga   olib   keladi.   Kuchli   zo’riqishsiz   yuklama   bilan   bajariladigan
mashqlarharakat texnikasini aniq nazorat qilish imkonini beradi, ayniqsa, bu yangi
o’rganuvchi   shug’ullanuvchilar   uchun   qulay.   O’rtacha   nagruzka   trenirovka
jarayonining boshlang’ich etaplarida katta bo’lmagan yuqori tiklanishni va quvvat
manbalarini   qo’zgotadi,   qaysiki,   ularhisobiga   sifatning   bir   oz   o’sganligi   ko’zga
tashlanadi.   Ayniqsa,   yangi   o’rganuvchilarning   shikastlanishlari   oldi   olinadi.
SHuning   uchun   meoyorga   yaqin   va   o’rtacha   nagruzka   bilan   kuch   talab   qiladigan
mashqlarni bajarish kuchni rivojlantirishning asosiy metodihisoblanadi.
Jismoniy   tayyorgarlikning   ortishi   bilan   ko’proq,   meoyordagi   va   meoyorga
yaqin og’irliklardan foydalaniladi. 
Meoyorga   etmagan   zo’riqishni   qo’llash   o’z   kamchiliklarga   ega.   energiya
sarflashda   meoyordan   ortiq   –   muskul   butunlay   bajara   olmay   qoladigan   darajada
ishlash   samara   bermaydi.   Kuchni   rivojlantirish   nuqtai   nazaridan   aytarli
aHamiyatga ega bo’ladi-gani asosan oxirgi o’rinishlar bo’lib, toliqishhisobiga o’ta
zo’riqish susayadi, ishga ko’proqharakat birligi qo’shila boradi va ko’tarilayotgan
og’irlik   meoyoriga   yaqin   bo’la   boshlaydi.   Lekin   bu   urinishlar   yarim   sharlar
po’stlog’i   funktsiyasining   susaygan-ligi   fonida   (Holatida)   bajariladi.   Bundan
tashqari, takror-lash sonini  ko’p marotabaliligi shug’ullanuvchilarda befarqli-likni
uyg’otadi   yoki   faoliyatga   munosabati   salbiylashadi,   albatta,   ular   mashq
samarasining pasayishiga olib keladi.
O’quvchilarning   yoshiga   xos   xususiyatlar   o’zgarishi   bilan   bog’liq   kuch
mashqlaridan   mashg’ulotlarda,   ayniqsa,   darslarda   foydalanish   imkoniyati
chegarillangan.   Kichik   va   o’rta   maktab   yoshida   shaxsiy   kuchini   rivojlantirishni
o’ta   oshirib   yubormas-lik   lozim.   Mashqlar   tezlik   kuchini   rivojlantirishga   yo’nal-
tirilsa   mashqdagi   statik   komponentlar   chegaralanishini   aHa-miyati   muHimdir. Lekin   uni   butunlay   chiqarib   tashlab   bo’lmaydi,   chunki   statikholatlarni   qo’llash,
ayniqsa,   qomatning   tarbiya-lashning   etakchi   vositalarihisoblanadi   va   uni   qo’llash
Samara-lidir.   YOsh   o’tishi   bilan   bu   mashqlar   kengrok   qo’llaniladi.   Lekin   albatta
nafas   olishning   nazorati   kuchaytirilishi   kerak.   Chunki   nafasni   zo’riqish   paytida
uzoqroq   ushlash,   ayniqsa,   qizlarda   salbiy   taosirga   olib   kelishi,hatto   ularning
xushdan ketib qolishlaridekholatlar sodir qilishi mumkin. 
Maktabda kuch tayyorgarligini olib borishdagi asosiy vazifa tananing orqa va
qorinning   tomonini   yirik   muskula-lari   guruHini   rivojlantirishga   yo’naltirilishi,
chunki   qomat-ning   shakllanishi   shu   muskullarga   bog’liq.   Rivojlanmaydigan
muskul   guruHlari   –   tananing   qiyshiq   muskullari,harakat   tayanch   apparati
muskullari,   sonning   orqa   tomoni   muskullari   vahokazolarni   rivojlantirish.
«Alpomish»   va   «Barchinoy»   testi   talab   normalari   tarkibiga   kiritilganligi   bejiz
emas.
Kuchni   rivojlantirishning   tipik   vositalari:   7-9   yoshda   jismlar   bilan   umumiy
rivojlantiruvchi   mashqlar,   qiyshiq   o’rnatilgan   gimnastika   skameykalariga
tirmashib   chiqish,   gim-nastika   devoridagi   mashqlar,   sakrashlar,   uloqtirishlardir;
10-11   yoshdagilar   uchun   –   katta   muskul   tarangligi   talab   qilinadigan   jismlarni
ko’tarish   bilan   umumiy   rivojlantiruvchi   mashqlar   (to’ldirma   to’plar,   gimnastika
tayoqlari   vah.k.)da,   uch   usul   bilan   vertikal   kanatga   tirmashib,   engil   jismlarni
uloqtirish   va   boshqalar;   14-15   yoshda   -   to’ldirma   to’plar,   katta   og’irlikka   ega
bo’lmagan gantellar, kanat (arg’amchi) tortishdek kuch talab qila-digan mashqlar,
tortilishlar,   qo’lda   tik   turish   va   boshqalar.   To’g’ri   o’smirlarda   og’irlashtirish
maksimal   vaznga   nisbatan   60-70%ni   tashkillashi   lozim,   bundan   tashqari,
mashqlarni   muskul   to’la   bajara   olmay   qolgungacha   bajarish   bu   yoshdagilarda
qatoiyan taoqiqlanadi.
Qizlardan   13-14   yoshdan   boshlab   talab   qilinadigan   nagruz-ka   bolalar   uchun
talab   qilinadigan   nagruzkaga   nisbatan   o’z   tanasinig   maksimal   vazni   atrofida
bo’lishi,   ko’proq   lokalholda   muskul   guruHlariga   kuch   mashqlari,   tashqi
og’irlashtiruvchi sifatida gimnastika predmetlari yoki og’ir bo’lmagan jiHoz-lardan
foydalanish tavsiya etiladi.  Kuchni   rivojlantirishda   muskul   zo’riqishi   ko’lami   (tirik   organizm   sodir
qiladigan)   ikki   faktorga   bog’liq:   a)   orqa   miyaning   oldingi   shoHchalari
motoneyronlaridan muskulga bora-digan impulpslar; b) shartli ravishda  –  muskulni
o’zining reak-tivligi, yaoni maolum qo’zg’olishlarda javob berish kuchi. Muskulni
reaktivligi   uni   fiziologik   ko’ndalangi,   tolasi   yo’g’onligi,   uni   qo’zg’ala   olishi
darajasi   va   boshqa   to’zilishidagi   bir   qancha   xususiyatlariga,   markaziy   nerv
sistemasiga,   trofik   adrenalin-simpatik   tizimi   orqali   amalga   oshiriladigan   taosiriga
va   shu   daqiqadagi   muskul   uzunligi   va   boshqaholatlar,   faktorlargaham   bog’liq.
Muskul   zo’riqishi   darajasini   zudlik   bilan   o’zgartirishda   unga   keladigan   effektli
impulpslar xarakteri etakchi mexanizmlardan birihisoblanadi. 
Yuk   (og’irlik)   ko’tarish   bilan   mashqlanish   o’zining   universalligi   bilan   qulay
bo’lib,   ular   yordamida   faqat   eng   kichik   muskullar   guruHigagina   emas,   xatto   eng
yirik muskullar guruHigaham taosir etish mumkin. Ularni dozalash oson. Lekin bir
qator   salbiy   xususiyatlariham   mavjud.   Og’irlik   bilan   ishlash   mashqlarida
dastlabkiholat   muHim   rolp   o’ynaydi.   U   albatta   yukni   statikholda   ushlashni   talab
qiladi. Agarda yukni massasi  og’ir bo’lsa dastlabkiholatda turish qiyinlashadi. Bu
o’z   navbatidaharakatnihal   qiluvchi   fazasida   diqqatni   kontsentra-tsiyalashda
qiyinchilikni   yuzaga   keltiradi.   Bundan   tashqari   aHamiyatli   massaga   ega   bo’lgan
snaryadga   birdaniga   katta   tezlik   berish   qiyin,   xoHlaysizmi   yo’qmiharakatning
birinchi   qismi   (boshlanishi)   sekin   bajariladi.harakat   ritmi   majburiy   astalik   bilan
ortib   boruvchi   bo’ladi.   Bu   o’z   navbatida   lozim   bo’lgan   muskullar   guruHiga
zo’riqish berishda qiyinchiliklarga sabab bo’ladi.
Egilib   yana   asliholatga   qaytadigan   jiHozlardagi   qarshiliklarni   engish   bilan
mashqlanish uchunharkatni oxiriga borib zo’riqishni ortirilishi xarakterlidir. 
O’z   tanasi   og’irligini   engish   bilan   bajariladigan   mashq-lar   odatda
gavdaning   tayanch   apparatlari   yordamida   bajariladi.   Bunda   tananing   muskul
apparati   kuch   namoyon   qilishda   yutqazadi,   yaoni   bir   oz   tayanish   (proksimal)dan
yuqori   bo’lmagan   kuch   sarflaydi   xolos.   Oqibatda   qandaydirharakatda   tananing
shaxsiy vazni  yoki uning og’irligiga teng qarshilikni engish kerak bo’lsa bu kuch
namoyon   qilish   nuqtai   nazaridan   ancha   engil   kechadi.   Masalan,   devorga   suyanib kaftga   tayanib   qo’lda   turishda   qo’llar   tirsakda   bukib   to’g’rilanganda   o’z   vazni
uchun sarflangan kuch shu vazndagi shtangani ko’tarishdan engilroq tuyuladi. 
Jismoniy   sifatlar   insonni   maolum   yoshdan   navbatdagi   yosh   kategoriyasiga
o’tishi   bilan   tabiiy   ravishda   o’zgaradi.   Bunday   o’zgarish   yosh   bilan   bog’liq
bo’lgan   rivojlanishlar   yoki   o’zgarish-lar   deb   tushuniladi.   YOsh   bilan   bog’liq
jismoniy sifatlarni rivojlanishi nisbatan sekin va notekis boradi. 
Jismoniy   sifatlarni   rivojlantirishning   asosida   orga-nizmning   ish   qobiliyatini
boshlang’ich   darajasini   oshirish   maqsadida   oshirib   berilgan   yuklamalarga   javob
bera olishi xususiyati unga javoban reaktsiyasi deb tushuniladi. Organizm jismoniy
yukga o’zidagi mavjud zaHiralarini jalb qilish orqali javob beradi. Mashq bajarish
davomida   energiya   resurs-lari   sarflanadi,   asta-sekinlik   bilan   charchoqhis   qila
boshla-nadi.   CHarchoqhosil   bo’lgan   mashg’ulotdan   so’ng   ish   qobiliyati
pasayganholda qoladi, so’ng u asta sekinlik bilan tiklana boshlaydi. Ish qobiliyatini
tiklanishi ish boshlangungacha bo’lganholatga etib uni ortishi davom etaveradi (bu
fiziologik   qonun),   shunday   qilib   organizm   energiya   resursini   son   jiHat-dan
sarflanganini   tiklab   ulguradi.   Bunday   yuqori   tiklanishda   ish   qobiliyatini   oshgan
fazasi   vujudga   keladi.   Bu   faza   bir   oz   vaqt   ichida   ushlanib   turadi   va   so’ng
dastlabkiholatga   pasayadi.   SHunday   qilib   jismoniy   mashqlar   bilan   shug’ullanish
mashg’u-lotlaridan   so’ng   organizmniholatida   uchta   fazani   kuzatish   mumkin:
charchash,   dastlabkiholat   darajasigacha   tiklanish,   ish   qobiliyatini   dastlabki
darajadan yuqoriroq ortishi. 
Agarda keyingi mashg’ulot charchash fazasiga to’g’ri kelib qolsa charchoqni
ustma-ust to’planishi sodir bo’lib u tolishga aylanadi. 
SHug’ullanish   organizmning   energiya   resurslarini   tikla-nish   fazasiga   to’g’ri
kelsa   ish   qobiliyati   aytarli   darajada   oshmasligi,   ish   qobiliyatini   yuqori
darajadaligiga   to’g’ri   kelsa   organizm   jismoniy   yukga   tayyorligi,   kattahajmda
mashq bajarishni uddalay olishligi amaliyotda va fanda isbotlangan. SHunga ko’ra
trenirovkalar   organizmni   yuqori   ishchanlikka   ega   bo’lgan   fazalarda   o’tkazilsa
shug’ullanganlik   darajasi   doim   o’sishi   kuzatilmoqda.   Masalan,   kuch   talab
qiladigan mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlarining chastotasi  qator faktor- larga,   xususan   shug’ullanuvchilarning   tayyorlanganligiga   bog’liq.   Tajribada
isbotlanishicha   shug’ullanishni   endigina   boshlagan-larda   mashg’ulotlarni   xaftada
uch   marotaba   o’tkazish,   1,   2   yoki   5   marotabali   mashg’ulotlarham   yuqori   samara
bergan, yuqori malakali sportchilarda esa mashg’ulotlar chastotasi ko’proq. 
SHug’ullanganlik   faqat   tizimli   mashg’ulotlardagina   ortadi   va   uni   to’xtatish
bilan   shug’ullanganlikni   keskin   pasayishi   kuzatiladi.   Jismoniy   tarbiya   jarayonida
tanaffuslarga   yo’l   qo’yilmaydi.   Chunki   mashg’ulotni   ijobiy   effekti   yo’qoladi.
Ijobiy   effekt   foni   (soyasi)   muhimdir.   Zararli   o’zgarishlar   tanaffusning   5-7
kunlaridayoq   keskin   namoyon   bo’ladi.   Muskul   kuchi   ozayadi,harakat   tezligi
susayadi, chidamlilik yomonlashadi.
Jismioniy   tarbiya   jarayonining   –   jismoniy   sifatlarni   rivojlantirishning
uzluksizligi   jismoniy   kamolotga   erishish   uchun   optimal   sharoit   yaratadi.
Nagruzkani   intensivligi   vahajmi,   dam   olish   bilan   shug’ullanishni   (nagruzkani)
to’g’ri   navbatlashuvini   tizimliligi   bo’zilishi,   judaham   yuqori   yoki   past   yuklama
tanlash,   mashg’ulotlardan   kutilgan   natijaga   olib   kelmasligiga   sabab   bo’lishi
mumkin va u amalda isbotlangan.
2- Tezkorlik sifati va uni rivojlantirish usuliyati
Tezkorlik   deganda,   individharakatlarining   tezlik   xarakteristikasi,
asosanharakat   reaktsiyasining   vaqtini   bel-gilovchi   funktsional   xususiyatlarning
kompleksi tushuni-ladi . Tezlikni namoyon bo’lishining uchta asosiy shakli bor:
1. YAkkaharakat tezligi (kichik tashqi qarshilikni engish bilan);
2.harakatlar chastotasi;
3.harakatlar reaktsiyasi tezligi (yashirin latent davri).
Tezkorlikning   eng   sodda   shakllarining   namoyon   bo’lishi   bir-biriga   aloqador
emas.   Ayniqsa   bu   reaktsiya   vaqtiga   bog’liq   bo’lib,   ko’phollardaharakat   tezligi
ko’rsatkichlari bilan   korelyatsiya   qilinmaydi.   Tezlikning namoyon qilinishini   qayd
e tilgan uchta shaklining umumlashmasidan (qo’shilmasidan) aniqlash mumkin.
Masalan,   100   m   ga   yugurish   natijasi   startdan   chiqish   reaktsiyasi   vaqtiga,
aloHidaharakatlarning bajarilishi tezligi (depsinish, sonni tez tiklab olish qadamlar
suroati)   va   boshqalarga   bog’liq.   Amalda   yaxlitharakatlar   (yugurish,   suzish)   ning tezligi   to’laharakat   aktining   tezligiga   bog’liq.   Biroq   murakkab
koordinatsionharakatlardagi   tezlik   faqat   tezkorlik   darajasiga   emas,   balki   boshqa
sabablarga,   masalan,   yugurishda   qadam   uzunliligiga,   u   o’z   navbatida,   oyoqning
uzunliligiga   va   depsinish   kuchigaham   bog’liqdir.   SHuning   uchun   yaxlitharakat
tezligi   individning   tezkorligini   qisman   ifodalaydi   xolos.   Aslida   tezkorlikning   eng
sodda shakllarining namoyon bo’layot-ganligini taHlil qila olamiz xolos.
Ko’pincha   maksimal   tezlik   bilan   bajarilayotganharakat-larda   ikki   xil   fazasi
farqlanmoqda:
a) tezlikni oshirib borish (tezlanish, olish) fazasi;
b) tezlikning nisbatan stabillashuvi fazasi (startdagi tezlanish). 
Tezlikni   oshirib   borish   qobiliyati   bilan   masofani   katta   tezlikda   o’tish
qobiliyati  –  tezkorlik namoyon qilishda biri ikkinchisiga bog’liq emas. Juda yuqori
darajada   startdan   chiqish   tezligiga   ega   bo’lib   masofada   tez   yuguraolmasligi   yoki
uning   aksichaham   bo’lishi   mumkin.   Signallarga   reaktsiya   yaxshi
bo’lganiholda,h arakat chastotasi oz  bo’lishiham kuzatiladi.
Psixolofizikaviy   mexanizmlar   tezlik   reaktsiyasining   xarakterini   turlicha
namoyon   bo’lishiga   sababchi   bo’ladi.   Tezlik   namoyon   bo’lishining   bunday
xarakterini   qisqa   masofaga   yugurishda   aniq   ko’rishimiz   mumkin.   Startni   (vaqt
xarakteris-tikasiga   ko’ra)   tez   olish   mumkin,   lekin   tezlikni   masofada   uzoq   ushlab
tura olmasligiga guvoH bo’lishimiz mumkin. 
YUgurish   tezligiharakatni   ko’rsatilgan   xarakteristikasi   bilan   nisbiy   bog’liq
xolos.   Tezlikning   namoyon   bo’lishida   yuguruvchi   qadamining   uzunligi,   uning
oyog’i   uzunligiga,   o’z   navbatida,   yuguruvchi   oyoq   muskullarining   erga   tiranish
kuchiga   bog’liqdir.   SHuning   uchunharakat   reaktsiyasining   vaqt   davomida
namoyon bo’lishiga qarab o’quvchining sprintda o’zini qanday namoyon qilishini
bashorat qilishimiz g’oyatda mushkul. 
Tezkorlik   sifatini   bir   mashqdan   ikkinchi   mashqka   “ ko’chirish ”   qoidada
kuzatilmagan.   Uning   ko’chishi   mashqlarni   bir-biriga   koordinatsiya   nuqtai
nazaridan yaqin o’xshashaligi bo’lsagina namoyon bo’lgan, qolaversa individning
mashqlangan-ligi (shug’ullanganligi) qancha yuqori bo’lsa, bu ko’chish shunchalik past darajada bo’ladi (N.G. Ozolin, 1949; V.M. Zatsiorskiy, 1961). SHunga ko’ra,
tezkorlik   sifati   xaqida   gapirganda,   bu   sifatni,   tarbiyalash   xaqida   gapirmay,
insonharakatidagi   aniq   tezkorlik   xususiyatlarini   rivojlantirish   xaqida   gapirish
lozim. 
Yakka harakat tezkorligini  harakat aktini biomexaniq bo’laklarga (qismlarga)
ajratib   chegaralanganholda   tavsifla-shimiz   mumkin.   (masalan,   depsinish   tezligini
aniqlash   kerak   bo’lib   qolsa,   yugurishda   sonni   tez   ko’tarib   chiqaolish   orqali
aniqlanadi).   Ayrim   sport   mashqlari   turlarida   (masalan:   uloq-tirishlarda)harakat
tezligi   muskullar   kuchining   namoyon   bo’lishi   bilan   umumiylashib   (qo’shilib)
ketadi   va   bu   bilan   tezkorlikni   kompleksli   xususiyatini   -   keskinharakat   (rez-
kostp)ni   vujudga   keltiradi.   SHuning   uchun   tezkorlik   -   kuch   talab   qiladigan   sport
turlaridaharakat   tezligini   rivojlantirish,   ayniqsa,   tashqi   qarshiligi   yuqori   bo’lgan
mashqlar muskul kuchini rivojlantiruvchi vosita sifatida rol o’ynaydi.
Sof, tez bajariladigan mashqlar evaziga tezkorlikni rivojlantirish juda qiyin
bo’lib ,   kuch   talab   qiladigan   mashq-lar   orqaligina   muskul   qo’zg’alishi   tezligining
oshishi   amaliyot-da   isbotlangan.   Kuch   imkoniyatlarini   oshirish   vazifasi   esa   juda
soddahal   qilinadi.   Kuchni   rivojlantirish   tezharakat-lar   sharoitida   o’tishi   lozim.
Buning   uchun   dinamik   zo’riqish   uslubi dan   foydalanadilar:   maksimal   kuch   bilan
zo’riqishhara-katni to’la amplitudada, eng yuqori  tezlikda, shug’ullanuvchi uchun
meoyoridan oz vazminlikda yuk bilan yuzaga keltiriladi. 
TSiklikharakatlarh arakat   chastotasini   ifodalaydi.   Qo’l-larni
maksimalharakati   chastotasi   oyoqlarnikidan   yuqori,   oyoq   qo’l
bo’g’inlariningharakati   chastotasi   tananing   boshqa   aozolari   va   boshqa
bo’laklaridan yuqori darajada bo’lishi mumkin.
Harakat   chastotasini   o’lchash   qoida   sifatida   vaqtning   qisqa   intervali   orqali
olib boriladi. Sprint yuguruvchining 100 metrga yugurishdagiharakat chastotasi bir
sekundda baja-radigan qadamlari sonini sanash orqali aniqlanadi. 
Harakat   chastotasi   va   shu   bilan   birga,   tsiklliharakatlar   tezligini   rivojlantirish
maksimal tezlikda bajariladigan mashqlarni bajarish orqali amalga oshiriladi.  V.P.   Filinning   (1970)   isbotlashicha,   sport   trenirovkasi-ning   boshlarida   tor
yo’nalishdagi   mashqlar   bilan   tezlikni   rivojlantirish   salbiy   oqibatlarga   olib   kelar
ekan.   Bu   metod   bilan   natija   sprintda   1-1,5   sekundgina   yaxshilanadi   xolos.
Boshlanishdan   umumjismoniy   tayyorgarlikni   oshirib   tor   yo’na-lishdagi   tezlik
sifatlarini rivojlantirish ijobiy natija beradi. YUqoridagi qoidaga rioya qilish bilan
cheklanib   qolinsa,   tor   yo’nalishdagi   tezlik   uchun   berilgan   mashqlar   tezlik
to’sig’ining   (skorostnoy   baroer)   paydo   bo’lishiga   olib   keladi.   Ana   shu   tezlikka
organizmda refleks vujudga keladi, bu esa  tezlikning stabillashuvi  demakdir. 
Harakat chastotasi vaharakat tezligini rivojlantirish uchun takrorlash, takroriy
- oshirib borish va o’zgaruvchan mashq qilish metodlaridan foydalaniladi. Bunday
metodlarni   qo’l-lashda   yugurish   masofasi   shunday   tanlanadiki,   uning   oxirida   va
yuguruvchiiing takroriy urinishlaridaham tezkorlik pasaymasligi kerak.
Maksimal   intensivlikda   bajariladigan   ish   anaerob   sharoitda   o’tadi,   shuning
uchun   dam   olish   intervali   urinishlar   orasida   kislorodga   muHtojlikni   qondira
oladigan   darajada   belgilanishi   (o’rnatilishi)   lozim.   Ularning   oralig’ini   engil
yugurish, osoyishta yurish va boshqalar bilan to’ldirish tavsiya etiladi. 
Emotsionallik   va   qo’zg’alishning   yuqori   darajasi   tezkor-lik   imkoniyatlarini
namoyon bo’lishi uchun sharoit yaratadi. Bunda o’yin va musobaqa metodlari (bu
metodlardan   jismoniy   tarbiya   metodlari   mavzusida   tanishamiz)   maqsadga
muvofiqdir.
Agarda ishni tez bajarish charchash ko’zga tashlana boshla-ganda bajarilsa,
maksimal tezkorlik emas, tezkorlik chidam-liligi rivojlanadi. 
SHug’ullanuvchining   yoshi   va   ularning   individual   xususiyat-lari   tezlikni
rivojlantirish   imkoniyatlarini   chegaralaydi.   Qizlarda   qulay   yosh   11-12,   o’g’il
bolalarda esa 12-13 yoshhisoblanadi. Mashqlarni standart ravishda takrorlayverish
yoshlikdanoq   “tezlikning   to’sig’ini”   vujudga   keltiradi.   Kichik   maktab
yoshidagilardaharakatli   o’yinlar,   o’rta   va   katta   maktab   yoshida   sport   o’yinlari,
tezkorlik bilan bajaradigan standart yugurishlardan foydalanish foydaliroqdir.
Harakat   reaktsiyasining   tezligi.   Individning   qandaydir   tanlangan   signalga,
buyruqqa, ovozga javoban tezkorligini tushuniladi. Harakat   reaktsiyasi   ikki   turga   ajratiladi:   sodda   (oddiy)   reaktsiya   -   bu
kutilgan signalga oldindan belgilanganharakatlar orqali beriladigan javob. 
Murakkab   reaktsiya   -   tanlay   olish   reaktsiyasidir.   Oldindan
belgilanganharakatni   bajarish   uchun   bir   necha   signal   ichidan   shartlangani   tanlab
olinadi   yoki   bir   signalga   oldindan   belgilangan   bir   nechaharakatdan   kelishib
olinganini bajarish tushuniladi.
Harakatlanayotgan   oboektga   nisbatan   reaktsiya   ko’pincha   o’yinlarda,
asosan   sport   o’yinlarida,   sport   yakka   kurashida   masalan,   o’yinchining   raqibi
tomonidan   yoki   sherigi   tomonidan   uzatilgan   to’pni   qabul   qilib   olish   uchun
chiqishi.   Murakkabharakat   reaktsiyasining   davom   etish   vaqti   soddasidan   –   oddiy
reaktsiyadan birmuncha uzunroq bo’ladi.
Sodda reaktsiya “ ko’chish ”   (o’tish) xususiyatiga ega:  agarda individ (shaxs)
biron-birholatda   signalga   tez   reaktsiya   qilsa,   boshqalarigahamhuddi   shunga
o’xshagan   sharoitda   tez   reaktsiya   qilishi   mumkin.   Qiyin   reaktsiyalar   xususiyligi
bilan ajralib turadi. Agarda odam navbati bilan ikki signalga yaxshi reaktsiya qilsa,
uchta   va   undan   ortiq   signallargaham   shunday   tez   reaktsiya   qiladi,   deyishimiz
noto’g’ri bo’ladi.
Harakat   tezligi   reaktsiyasini   sekundlar   va   millisekund-lar   bilan   o’lchanadi.
Tezlikni   rivojlantirish   uchun   vosita   qilib,   odatda,   maxsus   mashqlar   tanlanmaydi.
Oddiyharakat reaktsiyasi tezlik talab qiladigan turliharakatlarni bajarish davomida
rivojlanaveradi.   Bundaharakat   reaktsiyasini   “ko’-chish”i   (tezlikning   ko’chishi)
kuzatilmaydi,   yaoni   tezlik   reatsiya-sini   rivojlantirish   bilanharakat   tezligini   rivoj-
lantirish   qiyin.harakat   reaktsiyasini   rivojlantirishda   turli-tumanharakatli,   sport
o’yinlarini   vosita   sifatida   qimmati   yuqori,   ammo   basketbol   ularning   ichida
etakchisidir.
Uni   tarbiyalashning   asosiy   metodi   -   paydo   bo’lgan,   bo’ladigan   signallarga
imkoni boricha tez reaktsiya qila olish. 
Analitik   yondoshish   metodi ,   yaoni   engillashtirilgan   sharoitda   va
tezlikdaharakatlarni aloHida ajratib olib tezlikni  rivojlantirishham  yaxshi  natijalar
beradi. Sensamotor   metodidan ham   foydalaniladi   (S.P.   Geller-shteyn   1958).   Unda
interval   vaqtini   farqlay   olish   qobiliya-tini   oshirish   uchun   signallarga   reaktsiya
qilish tezligini oshirish mashq qilinadi.
Maktabdagi   jismoniy   madaniyat   darslarida   reaktsiya   qilish   vaqtini   oldindan
shartlashilgan   turli-tuman   signal-larga   reaktsiya   qilishni   talab   qiluvchi   (masalan,
to’xtalishlar bilan bajariladigan erkin yugurishlar yoki o’qituvchi signali, buyrug’i
bilan   yugurish   yo’nalishini   o’zgartirish)   mashqlarni   yordamida   rivojlantiriladi.
Sport o’yinlari reaktsiya qila olish va uni tarbiyalaydigan eng yaxshi vositadir.
3- Chaqqonlik va uni tarbiyalash usuli
Xarakatlarning   koordinatsiyaviy   murakkabligi   chaqqon-likning   birinchi
o’lchovidir.   Agarharakatning   fazo,   vaqt,   kuch   xarakteristikalariharakat   vazifasiga
mos   bo’lsa,harakat   etarli   darajada   aniq   bo’ladi,harakat   vazifalarih arakatning
aniqligi   tushunchasini   keltirib   chiqaradi.harakatning   aniq-ligi   chaqqonlikning
ikkinchi o’lchovidir.
Hayotda   va   sportda   duch   kelishi   mumkin   bo’lgan   barchaharakatlarni   ikki
guruHga ajratamiz.
1. Nisbatan stereotipharakatlar.
2. Nosteriotipharakatlar.
Engil   atletika   yo’lkasida,   tekis   joyda   yugurishlar,   uloq-tirish   va   sakrashlar,
gimnastika mashqlari, birinchi guruHharakatlariga, sport o’yinlari, yakkama-yakka
olishuv,   slalom,   kross   va   shu   kabilar   ikkinchi   guruHga   kiritiladi.
Stereotipharakatlardagi   aniqlik,   kishi   buharakatlarni   bajarishning   qanchalik   uzoq
mashq   qilganligiga,   va   uni   texnikasini   o’zlash-tirganligiga   bog’liq.   Agar   inson
to’g’ridan-to’g’ri,   tayyorgar-liksiz   yangiharakatlarni   birdaniga   bajara
boshlasa,harakatni   o’zlashtirib   olishi   uchun   vaqtni   turlicha   sarflanishiga   qarab
chaqqonlikka   baHo   beriladi.   SHuning   uchun   yangiharakatni   o’zlashtirib   olishga
ketgan vaqt shug’ullanuvchida chaqqonlik sifatining ko’rsatkichlaridan biridir. 
YUqorida   aytganlrnihisobga   olib,   birinchidan   chaqqon-likni
yangih arakatlarni   tezda   o’zlashtirib   olish   qobiliyati   (tez   o’rganish   qobiliyati),
ikkinchidan,harakat faoliyatini to’satdan o’zgarayotgan sharoit talablariga muvofiq tezda   qayta   moslash   deb   tushunish   to’g’ri   bo’ladi.   Bu   taorifimizdan   ko’rinib
turibdiki,   chaqqonlik   –   bu   baHolash   uchun   yagona   o’lchovga   (kriteriyga)   ega
bo’lmagan murakkab  kompleksli  fazilatdir. har  bir  muayyanholda, sharoitga  qarab
u yoki bu kriteriyni tanlab oladilar. CHaqqonlik anchagina xususiy fazilatdir. Sport
o’yinlarida   chaqqon   bo’lib,   gimnastikada   unchalik   chaqqonlik   ko’rsata   olmaslik
mumkin. CHaqqonlikning
hayotiy muhim
harakat   sifati   tarzida   namoyon   bo’lishi   gavdaning   nisbatan   kamharakatda
bo’lganiholda, qo’llar bilan moHironaharakat qilishda qo’l chaqqonligini namoyon
bo’lishi (ajratuvchi, slesarlik, uymakor-lik, duradgorlik, stanokda ishlash, kosiblik
va   boshqalarda)   ko’zga   tashlanadi.har   qandayharakat   qanchalar   yangi   bo’lib
tuyulmasin, doimo koordinatsiyaviy bog’lanishlar asosida baja-riladi. 
Sxema   tarzidahar   qanday   individ   yangidan-yangiharakat-larning   barchasini
oldindan   o’zlashtirgan   tajribalari   zaHirasi   asosida   o’zlashtiradi   va
mustaHkamlangan,   g’oyat   ko’p   elementar   koordinatsiyaviy   bo’lak   chalarning
yig’inini   tuzadi.   Kishidaharakatlar   koordinatsiyalarining   zaHirasi,harakat
ko’nikmalari   zamini   qanchalik   ko’p   bo’lsa,   u   yangiharakatlarni   shuncha   tez
o’zlashtirib   oladi.   Unda   chaqqonlik   darajasi   aytarli   yuqori   bo’ladi.
CHaqqonlikning   namoyonlik   darajasi   analiza-torlar   faoliyatiga,   jumladan,harakat
analizatorlarining   faoliyatiga   bog’liqdir.   Individningharakatlarni   aniq   taHlil   etish
qobiliyati qanchalik rivojlangan bo’lsa, yangiharakat-larni tez egallab, ularni qayta
o’zlashtirish,   yangilash   imko-niyatlari   shunchalik   yuqori   bo’ladi.   Sport   bilan
endigina   shug’ullana   boshlagan   kishilardiharakat   tuyg’usi   (kinesteziya)
ko’rsatkich-lari   zaHirasiga   tayanib   o’rgatish   (o’qitish)   jarayoni   yo’lga   qo’yiladi.
Boshqacha   qilib   aytsak,   shug’ullanayotganlarda   o’zhara-katlarini   aniq   sezish   va
idrok qilish qobiliyatlari qanchalik yaxshi bo’lsa, yangiharakatlarni ular shunchalik
tez   o’zlashti-radilar.   CHaqqonlik   markaziy   nerv   sistemasining   plastikli-gigaham
bog’liq   va   uning   darajasi   shu   bilan   aniqlanadi.   CHaqqonlik,   psixologiya   nuqtai
nazaridan, o’zharakatlarini va tevarak-atrofidagiharakatni ijro etish, sharoitni idrok
etish   qobiliyati   qanchalik   ekanligiga,   shuningdek,   shug’ullanuv-chining tashabbuskorligiga   bog’liq.   Buharakat   sifati   murakkabharakat   reaktsiyalarining
tezligi va aniqligini namoyon qilish-da juda muHim rolp o’ynaydi.
CHaqqonlikni   rivojlantirishi   usuliyati   bilan   tanishib   chiqsak.   Birinchidan-
chaqqonlikni   rivojlantirish   koordinatsiya   jiHatdan   murakkabharakatlarni
bajarishni,   ikkinchidan   -harakat   faoliyatini   to’satdan   o’zgargan   sharoit
talablariga   muvofiq   ravishda   qayta   tuza   olish   qobiliyatini   tarbiyalashdan
iboratdir.   Bunda   chaqqonlik   uchun   zarur   bo’lgan   o’zharakatlarini   fazo   va   vaqtda
aniq idrok etish, lozim bo’lsa, stabilharakatlar qila bilish, muvozanat saqlay olish,
galma-gal   zo’r   berish   va   muskullarni   bo’shattirish   yoki,   aksincha,   muskullarni
taranglash-tirish   qobiliyati   va   shunga   o’xshash   boshqa   xususiyatlarni   tanlab
takomillashtirish   muHim   aHamiyatga   ega.   Demak   “chaqqonlik”
deganda,harakatlar koordinatsiyalarning umumiy to’plami-yig’indisi tushuniladi . 
CHaqqonlikni   rivojlantirish   va   tarbiyalashning   asosiy   yo’li   yangi   xilma-
xilharakat   malakalarini   va   kqnikmalarini   shakllantirish   demakdir.   Bu   esaharakat
malakalarining zaHirasi ortib borishiga sabab bo’ladi vaharakat analizator-larining
funktsional   imkoniyatlariga   samarali   taosir   ko’rsa-tadi.   YAngiharakatlarni
o’zlashtirish uzluksiz bo’lgani yaxshi. Agar uzoq vaqt oralig’ida yangiharakatlarni
o’rganish   rejalashtirilgan   bo’lsaham,   o’quvchilarga   vaqti-vaqti   bilan   o’zlariga
maolum   bo’lmagan   mashqlarni   bajarib   turish   tavsiya   etiladi.   CHunki
yangiharakatlar   (mashqlar)   o’zlashtirib   turil-masa   shug’ullanuvchiniharakatga
o’rgatish   qiyinlashadi.   Bunday   mashqlarni   to’la   o’zlashtirib   olish   shart   emas,
chunki   u   shug’ul-lanuvchilarning   qandaydir   yangiharakatlarnihis   qilib   turish-lari
uchun   zarur.   Bu   kabi   mayda-chuydaharakatlarni,   odatda,   aktiv   dam   olish   uchun
ajratilgan   kunlardagi   trenirovka   jarayoni   tarkibiga   kiritiladi.   CHaqqonlikni
rivojlantirishda   yangiharakatlarni   o’zlashtirib   olish   qobiliyati   sifatidahar   qanday
iHtiyoriyharakatdan foydalanish mumkin, lekin ular faqat mashq tarkibidagi yangi
elementlar   bo’lgani   uchungina   o’rganiladi.   Malaka   avtmatlashib   borgan   sari   shu
jismoniy   mashqning   chaqqonlikning   rivojlantirish   vositasi   tarzidagi   aHamiyati
kamayib   boradi.harakat   faoliyatini   tez   va   maqsadga   muvofiq   qayta   tuzish
qobiliyati   to’satdan   o’zgargan   sharoitdagi   taosirlarga   darHol   javobning   berilishi chaqqonlikni rivojla-nayotganligidan dalolat beradi. Bunda yuklamning o’zgarishi
sodir   bo’ladi,   chaqqonlikni   rivojlantirishga   yo’naltirilib   yuklamani   oshirish
shug’ullanuvchilarga   koordinatsiyaviy   qiyin-chiliklarni   oshiradi.   Ular   engishi
lozim bo’lgan koordina-tsiyaviy qiyinchiliklar uch guruHga bo’linadi:
1.harakatlarning aniqligiga erishishdagi qiyinchi-liklar;
2. Ularning o’zaro moslasha olishidagi qiyinchiliklar:
3. Birdaniga, qisqa, o’zgargan sharoitda duch kelinadigan qiynchiliklar. 
Amaliyotda qayd qilingan qiyinchiliklarni osonhal qilish uchun, asosan, L.P.
Matveevning chaqqonlikni tarbiyalash uslubiyatidan ko’proq foydalaniladi:
1.   G’ayritabiiy,   g’ayri   oddiy   dastlabkiholatdan   foyda-lanish   (zarur   bo’lgan
tomonga orqa bilan turib uzunlikka sakrashlar vah.k).
2.   Mashqni   oynaga   qarab   bajarish   ( diskani   chap   qo’l   bilan   uloqtirish   yoki
bokschini chap tomonlama turib zarba berishi).
3.harakatlar tezligi va suroatning o’zgartirish  (masalan, tezlashtirilgan usulda
yoki sekinlashtirib mashqlar bajarish).
  4.   Fazoda   mashqlar   bajarilayotgan   chegaralarni   o’zgarti-rish   (masalan,
uloqtirishda   snaryadlarni   kichiklashtirilgan   aylanadan   uloqtirish   yoki   maydoni
satxi kichiklashtirilgan sport o’yinlaridan foydalanilanish, chunki keng maydon tor
maydonga   nisbatan   chaqqonlikni   namoyon   qilish   uchun   qulaylik   tug’dirmaydi;
balandlikka turli usul bilan: orqamachasiga, oldi, yonlama, aylanib yugurib sakrash
vahokazolar).
5.   Qo’shimchaharakatlar   kiritib   mashqlarni   murakkab-lashtirish   (masalan,
erga tushish oldidan qo’shimcha burilishlar qo’shib, tayanib sakrash va boshqalar).
6.   Tanish   mashqlarni   oldindan   rejalashtirmay,   maolum   bo’lmagan   tarzda
qo’shib   bajarish   (masalan,   gimnastik   kombina-tsiyalarini   ko’rgan   va   o’qitgan
zaHoti bajarish musobaqasi va shunga o’xshashlar).
7.   Juft   va   gruppa   bo’lib   bajariladigan   mashqlarda   shug’ullanuvchilarning
bir-biriga   ko’rsatadigan   qarshiliklarini   o’zgartirish   (masalan,   o’yinlarda   turli
taktik kombinatsiyalarni qo’llash, mashqlarni bajarishda tez-tez sheriklarni o’zgar-
tirish). CHaqqonlikni nisbatan xususiy bo’lgan sifatlaridan biri  muskullarni ratsional
bo’shashtira   bilishni   o’rganish   va   uni   takomillashtirishdir.har   qandayharakat
maolum   maonoda   muskullarni   ko’zg’alishi   va   bo’shashtirilishining   natijasidir.
Ko’zg’alishdek, bo’shashtirish (lozim bo’lgan muskulni, lozim bo’lgan payitda) ni
bilishhar   qandayharakatni   samarali   bajarishda   muHim   rol   o’ynaydi.harakatni
qoyilmaqom   qilib   bajarish   uchun   vaqtincha   bo’shashib   turishi   kerak   bo’lgan
muskullar guruHining tarangligiharakatni bajarish uchun lozim bo’lgan bemalollik
(bo’g’iqliq) ni,harakatni erkin bajarishni yo’qqa chiqaradi.
Harakatni   bo’g’iq,   emin-erkin   bajara   olmasak   ruHiy   va   muskul   tarangligi
orqali   sodir   bo’ladi   deb   uni   ikki   guruHga   ajratiladi.   RuHiy   taranglik
asosanhishayajonga   sabab   bo’ladigan   faktorlar   (kuchli   raqibni   ko’rish,
musobaqalashadigan   muHit,   tomoshabinlar   vah.k.)   orqali   sodir   bo’ladi   va
chaqqon-likkagina   emas,   organizmning   boshqa   funktsionalhamda   jismo-niy
sifatlarigaham   salbiy   taosir   ko’rsatadi.   Bu   diqqatni   to’play   olmaslik,   faoliyat
tarkibidagi   o’zgartirish   qilishda   kechikish,harakatlar   ketma-ketligini   buzilishi   va
boshqalar   tarzida   namoyon   bo’ladi.   Bu   noqulayliklar   bilan   kurashish   yo’llari
xaqida   “Sport   psixologiyasi”   fanida   lozim   bo’lgan   maolumotlarni   olish   mumkin.
RuHiy taranglik  albatta  muskul tarangligini  sodir bo’lishi bilan kuzatiladi. 
Muskul   tarangligi  turli   sabablar  orqali   vujudga  kelib  quyidagi   qayd  qilingan
uch shaklda namoyon bo’ladi: a) muskul tonusini ortishi (gipermoiotoniya) orqali
muskul   tarangla-shishi;   b)   o’ta   tez   bajarish   oqibatida   muskulni   taranglikdan
tushishga,   bo’shashishga   ulgurmasligidan   sodir   bo’ladigan   tarang-lik;   v)
koordinatsiyaviy,   (takomillashmagan   koordinatsiya   sabab-li   muskul   bo’shashishi
fazasida bir oz qo’zg’aluvchanlikni mav-judligi orqali sodir bo’ladigan) taranglik.
Qayd qilingan chaqqonlikni  namoyon bo’lishiga salbiy taosir ko’rsatayotgan
muskul   tarangligini   engish   usullari   sport   fiziologiyasi   va   jismoniy   tarbiya
nazariyasi fanlari orqali o’rganiladi. 
Chaqqonlikni   rivojlantiruvchi   mashqlar   tez   charchatadi.   Bunday   mashqlarni
bajarishda   muskullar   niHoyatda   aniq   va   yuqori   darajadagi   sezgi   talabiga   muHtoj
bo’lib,   charchash   sodir   bo’lganda,   mashqni   bajarish   kam   samara   beradi.   SHunga ko’ra   organizm   sarflangan   energiyani   nisbatan   to’liq   tiklanishi   uchun   etarli
bo’lganda   dam   olish   oraliqlaridan   (intervaldan)   foyda-laniladi.   YUqori   darajada
energiya sarflash bilan bajarilgan mashqlardan so’ng chaqqonlikni tarbiyalaydigan
mashqlarni bajarish biz kutmagan natijani beradi.
4- Egiluvchanlik va uni rivojlantirish usuliyati
Egiluvchanlik   –   jismoniy   fazilat   bo’lib,harakat   tayanch   apparatlarining
morfofunktsional   xususiyatlari   demakdir.   Bu   xususiyatlar   shu   apparat
zvenolariningharakatchanligi,   uning   maksimal   amplitudasi   (og’ishi,   egilishi,
buklanishi, cho’zilishi, qayishqoqligi, buralishi vahokazolar) bilan o’lchanadi.
Egiluvchanlik   aktiv,   passiv   bo’lishi   mumkin.   Muskul   kuchi   evaziga
bo’ladigan   egiluvchanlik   aktiv;   tashqi   qarshilikni   inertsiya   yoki   og’irligi   evaziga
tashqi taosir kuchi vahokazolarhisobiga namoyon qilinadigan egiluvchanlik passiv
egiluvchan-lik deyiladi. 
Emotsionallik   ko’tarinki   kayfiyat   va   boshqalar   egiluvchan-likning   namoyon
bo’lishiga   ijobiy   yoki   salbiy   taosir   ko’rsatishi   amaliyotda   isbotlangan.
egiluvchanlik chegaralanadi unda cho’zila-digan muskullarning qo’zg’aluvchanligi
muHim   aHamiyatga   ega.   CHunki   uning   tabiatida   cho’zilayotgan
muskullarnihimoyalash, saqlash xususiyati mavjud. CHo’zilayotgan muskullarning
egiluv-chanligi   ortishi   bilan   ularning   qo’zg’aluvchanlikholati   yuqori   darajaga
ko’tariladi.   Bunda   cho’ziluvchan   muskullarning   faoliyati   maolum   darajada
pasayadi. 
Egiluvchanlikni namoyon bo’lishi tashqi muHit temperatu-rasigaham bog’liq.
Temperaturaning   ortishi   bilan   egiluvchan-lik   ortib   boradi.   erta   tongdan   tungacha
bo’lgan   vaqt,   boshqa   jismoniy   sifatlarga   qaraganda,   egiluvchanlikka   ko’p   taosir
qiladi.   Masalan,   ertalab   egiluvchanlik   ancha   kamaygan   bo’ladi.   Mashg’ulot
vaqtida egiluvchanlik turli sharoitlar (Harorat, kunning vaqti) taosirida o’zgarishini
eotiborga olish lozim. 
Egiluvchanlikni   yomonlashuviga   olib   boradigan   noqulayholatlarni,   chigal
yozish   (razminka)   mashqlari   yordamida   muskul-larni   qizitish   bilan   bartaraf   etish
mumkin. egiluvchanlik charchash taosirida sezilarli o’zgaradi,  aktiv egiluvchanlik ko’rsatkichlari   esa   ortib   boradi.   Bolalar   kattalarga   qaraganda   ancha   egiluvchan
bo’ladi,   degan   fikr   unchalar   to’g’ri   emas.   Bu   fikrni   boshqacharoq   –   bolalarda
egiluvchanlikni   tarbiyalash   kattalarga   nisbatan   osonroq   ko’chadi,   deb   tushunsak
to’g’rirok   bo’ladi.   Aktiv   egiluvchanlik   bevosita   muskul   kuchi   bilan   aloqa-dor.
Lekin   kuchni   rivojlantiradigan   mashqlar   bilan   shug’ulla-nish
bo’g’inlardaharakatchanlikni susaytirishi, chegaralash mumkin.
Lekin   bunday   salbiy   taosirni   engish   mumkin.   egiluvchan-lik   va   kuchni
rivojlantiradigan   mashqlarni   maqsadga   muvofiq   qo’shib   olib   borish   yo’li   bilan
egiluvchanlik jismoniy sifa-tini normal tarbiyalanishiga erishish mumkin. 
Jismoniy tarbiya jarayonida egiluvchanlikni mumkin qadar meoyoridan ortiq
rivojlantirish   salbiy   oqibatga   olib   kelishi   mumkin.   Zaruriyharakatlarni   imkoniyat
darajasida   erkin   bajarilishini   taominlaydiganholatda   rivojlantirish,   uning   meoyori
esaharakat   bajariladigan   maksimal   amplituda-dan   ortmasligiga   erishish,
egiluvchanlik zaHirasini boyitishga olib keladi. egiluvchanlikdan kelib chiqadigan
gipertrofiya,   bo’g’inlarning   anotomik   tuzilishi   doirasida   rivojlanish   o’zini
oqlamaydi, chunki u rivojlanishning garmoniyasini buzadi, pedagogik maqsadlarga
zid   keladiganholga   kelishi   mumkin.   Umurtqa   pog’onasining   tos   son   va   elka
bo’g’inlariningharakat-chanligini tarbiya jarayonidagi aHamiyati beqiyosdir. 
Egiluvchanlikni   rivojlantirish   uchun   maksimalharakat   amplitudasidagi
cho’zish, eshish, buklana olishni oshiradigan jismoniy mashqlardan foydalaniladi.
Ular ikki guruhga (aktiv va passivga) bo’linadi.
Aktivharakatlarda   bo’g’inlardagiharakatchanlik   shu   bo’g’indan   o’tadigan
muskullarning qisqarishihisobiga ro’y beradi, passivharakatlarda tashqi kuchlardan
foydalaniladi. 
Aktiv   mashqlar   bajarilish   xarakteriga   ko’ra   bir-biridan   farq   qiladi.   Ular   bir
fazali   va   prujinasimon   (ketma-ket,   ikki-uch   marotabalab   engashish)   mashqlar.
Ularga   tananing   maolum   aozolarini   yoki   uning   bir   qismini   tebratish,   siltash
(maxlar)lar,   oxirgiholatini   ushlash   (fiksiya),   qarshiliklarni   engish,   og’irlikdan
foydalanish mashqlari.  Bulardan   tashqari   maksimal   amplitudada   bajariladigan,harakat   davomida
tanani   qimirlatmay   ushlash   bilan   (statikholatda)   bajariladigan   mashqlarh am   shu
guruHga kiradi. 
Passiv   statik   mashqlar da   gavdaningholati   tashqi   kuchlarhisobiga   saqlanadi.
Bu   aktiv   egiluvchanlikni   rivojlantirish   uchun   dinamik   mashqlarga   qaraganda
samarasizroq,   lekin   passiv   egiluvchanlikni   tarbiyalashda   yuqori   ko’rsatkichlarga
olib keli-shi mumkin. Muskullarning cho’ziluvchanligi nisbatan kam bo’ladi. Agar
birharakatda  ularning uzunligini  oshrishgaharakat   qilinsa,  uning  natijasi   juda past
bo’ladi.   Biroq   mashqlarni   takrorlayverish   mashq   qilish   orqali   ular   qoldirgan
natijalar   yig’ilib,   amplitudaning   ortishi   juda   sezirarli   bo’ladi.   SHuning   uchun
egiluvchanlikni   oshirish   mashqlari   seriyalar   bilan,har   birini   bir   nechta   marta
qaytarib bajarish bilan rivojlantiriladi va shunday qilishham zarur.
Seriyadan seriyaga o’tgan sariharakat amplitudasi kattalashtirilib boriladi.har
bir   mashg’ulotda   cho’ziluvchanlik   mashqlarini   og’riq   sezguncha   bajarish   tavsiya
etiladi.   Og’riq   paydo   bo’lishi   bilan   mashq   amplitudasi   chegaralanadi.   Agar
mashqlarnihar   kuni   sistemali   bir   yoki   bir   necha   marta   bajarilsa,   ularning   foydasi
ko’proq   bo’ladi.   Agar   egiluvchan-likning   erishilgan   darajasini   saqlab   turish
maqsad qilinsa, kamroq mashq qilish, yaoni  mashg’ulotlar sonini  ozaytirib borish
mumkin. Bu mashqlarni mustaqil topshiriq sifatida uyga vazifa qilib berish samara
beradi. Darslarda bu mashqlar asosan darsning asosiy qismi oxiriga, chigal yozish
vaqtida   va   asosiy   bo’lmagan   mashqlar   orasidagi   intervallarda   bajarish   tavsiya
qilinadi. egiluvchanlik  mashqlarini  bajarishdan  oldin  muskullarda engil   ter   paydo
bo’lguncha   chigal   yozish   mashqlarini   bajarish   zarur.   Bu   mashqlarhisobiga
erishilganharakatchanlik-ning   ortishi   nisbatan   uzoq   davom   etmaydi   -   xona
temperatu-rasida   10   minutcha   saqlanadi.   Issiqlik   tarqalishini   kamayti-rish   (issiq
kiyim kiyish) bilan, bu vaqtni maolum darajada oshirish mumkin. 
Bolalik   va   o’smirlik   yoshida   egiluvchanlikni   rivojlanti-rish   oson   bo’lgani
sababli   10-15   yoshdagilardan   boshlab   bu   sifatni   rivojlantirishni   rejalashtirish
samara beradi. 
5- C h idamlilikni rivojlantirish metodikasi Muskul   ishi   faoliyatida   jismoniy   mashqlar   bilan   shug’ullanish   davomida
charchoqka qarshilik ko’rsatish darajasi chidamlilik sifati deb ataladi.
Jismoniy   mehnat   (sport   faoliyati)   ni   bajarayotgan   kishi   sekin   asta   o’z
faoliyatni   davom   ettirishi   qiiynlashayot-ganligini   sezadi.   Ter   quyuilib   oqa
boshlaydi,   yuzida   qizillik   kuchayadi,   rangi   o’zgaradi,   muskullarida   xorg’inilik
sezadi,hara-kat   koordinatsiyasi,harakat   texnikasi   tarkibidagi   element-larning
bajarish   ketma-ketligi   buziladi,   nafas   olishi   ritmi   chuqurligi   o’zgaradi.
Bajarayotganharakati   tarkibida   qo’shimcha   keraksizharakatlar   paydo   bo’ladi,
qo’shilib qoladi. Bunga asosan, organizmda kechayotgan fiziologik, bioximiyaviy
va   biomexanik   o’zgarishlar   sabab   bo’ladi.   Faoliyatni   davom   ettirish   esa   ruHiy,
irodaviy   va   boshqa   sifatlar   evaziga   bajariladi.   Bundayholatni   konpensatsiyali
charchoq  fazasi  deyiladi. 
Agarda iroda namoyon qilish darajasini ortganligiga qaramay, ish intensivligi
pasaya borsa,  konpensatsiyasiz charchoq  fazasi  boshlanganligini kuzatamiz. 
Charchoq   o’zi   nima?   Mehnat   (mashq   qilish)   davomida   ish   qobiliyatining
vaqtinchalik   susayishi   CHARCHOQ   deyiladi.   Bir   xil   ish   faoliyati   davomida
charchoq   turli   kishilarda   turlicha   bo’lishi   amaliyotda   isbotlangan.   Chunki,har   bir
individning chidamliligini rivojlanganligi turlichadir.
Bobkalonimiz   Abu   Ali   ibn   Sinoning   ilmiy   merosidan   charchash   mavzusiga
katta   eotibor   berilgan.   Bir   minginchi   yili   yozishni   boshlab,   bir   ming   yigirma
to’rtinchi yili mukammal tarixiy ilmiy asarga aylangan «Kitob ul qonun fit Tib”da
surunkali   jismoniy   mashq   bajarish   charchoqni   vujudga   kelti-rishiga   to’xtalib   uni
to’rt xilga ajratib izoH bergan: 
1.  YArali charchash –  unda terini yuzida yoki tagida yara kabi narsa seziladi. 
2.   Qotib charchash –   unda kishi go’yo gavdasini  ezilgan yoki majag’langan
gumon qilib tanasida issiqlik va bo’shashishni sezadi. 
3.   SHishli   charchash   –   bunda   tana   odatdagidan   qizarganroq   bo’lib,
g’ovlaganga o’xshashhissiyat sezadi.  4.  Ozib charchash –  unga uchragan kishi gavdasini qurigan va kovjiraganroq
sezadi. 
X   asrgacha   O’rta   Osie   xalqlari   jismoniy   tarbiyasi   tarixida   tan   tarbiyasining
ilmiy-amaliy   fikrlari   birinchi   bo’lib   yuqorida   qaydilingan   asarda   ifodalanganligi
eotibor bersak bu asar charchoqning ichki mexanizmini mukammal bayon etib uni
organizmda tiklanishihaqida tibbiy maslahatlar berilgan. 
Jismoniy   tarbiya   amaliyotida   aqliy,   jismoniy,   emotsio-nal,   sensor
charchoqlarni farqlashimizga to’g’ri kelmoqda. 
Chidamlilik   vositalar   va   vositalarsiz   o’lchanadi.   Chidam-lilikni   vositali
o’lchash   uchun   maolum   tezlik   bilan   yugurish   tavsiya   qilinadi,hamda   o’sha
intensivlikni   bo’shashtirmay   ushlay   olish   vaqti   (tezlikni   susayishi   boshlangunga
qadar)hisoblanadi.   SHuning   uchun   to’g’ridan-to’g’ri   chidamlilikni   o’lchash   juda
noqulay.   Ko’proq   vositasiz   ulchashdan   foydalaniladi.   Sport   amaliyotida,   uzoq
masofaga   (10.000   m ;   20.000   m )   yugurish   uchun   sarflangan   vaqtiga   qarab
chidamlilikga baHo beriladi.
Kishiningharakat   faoliyati   turlichadir.   Charchoqning   xarakteri   va
mexanizmiga   qarab   maxsus   va   umumiy   chidamlilik   farqlanadi.   Tanlab   olingan
(ixtisoslik)   sport   turi   yoki   mehnat   faoliyati   uchun   talab  qilinadigan  chidamlilikni
maxsus   chidam-lilik,   boshqahayotiy   sharoitdagi   faoliyat   uchun   lozim   bo’lgan
chidamlilikni   umumiy   chidamlilik   deyiladi.   Bokschining   max-sus   chidamliligi,
futbolchining   umumiy   chidamliligi   degan   iboralar   dan   amaliyotda
foydalanilmoqda.
Yugurish, suzish, chang’ida yurish, qayiq xaydash kabi sport turlarida deyarli
barcha muskullarharakat faoliyatida ishtirok etadi. SHuning uchun charchoq ayrim
muskullar   guruHidahamda   organizmning   barcha   muskullarida   bo’lishi
chidamlilikni maxsus va umumiyligini keltirib chiqaradi va shakl  jiHatdan bir xil
bo’lgan   mashqlarni   turli   intensivlikda   bajarish   imkonini   yaratadi.   Bunda
chidamlilikham   turlicha   namoyon   bo’ladi.   SHuning   uchun   jismoniy   mashqlarni
bajarishda organizmning charchoqqa nisbatan talabi turlicha bo’ladi. Chidamlilik   talab   qilinadigan   mashqlarni   bajarishda   insonning   funktsional
imkoniyatlari,   bir   tomondan,   lozim   bo’lganharakat   malakalari   va   texnikani
egallanganligi darajasiga bog’liq bo’lsa, boshqa tomondan, organizmning aerob va
anaerob   (kislorodli,   kislorodsiz)   imkoniyatlariga   bog’liq.   Nafas   imoniyatlarining
xususiyligi   nisbatan   yuqori   emas,   ularharakatni   tashqi   formasigaham   aytarli
bog’liq   bo’lmaydi.   SHuning   uchun   yugurish   mashqi   yordamida   o’zini   aerob
imkoniyat-larining   darajasini   oshirgan   shug’ullanuvchi   boshqaharakat-larni,
masalan,   eshkak   eshish,   yurish,   velosipedda   yurish   mashq-larni   bajarishdaham
o’zining   chidamliligidan   ijobiy   naf   oladi.   Misol,   yurish   va
yugurishdagiharakatlarning   koordina-tsiyaviy   tuzulishi   va   tezlik,   kuch
xarakteristikasi   ko’phollarda   turlicha.   Trenirovka   orqali   yugurishda   erishilgan
tezlikni   yaxshilanganligi   yurushni   maksimal   tezligiga   ijobiy   yoki   sal-biy   taosir
ko’rsata   olmaydi.   YAoni   “ko’chish”   yo’q.   YUgurish   tezligi   yurish   tezligini
o’zgarishiga   taosir   ko’rsatmagan.   Lekin   uzun   masofadagi   shug’ullanganlik   bir
vaqtni   o’zida   yurish   bilan   yugurishda   biri-biriga   «ko’chishi»   mumkinligi   ilmiy-
amaliy isbotlangan (V.M.Zatsiorskiy va boshqalar). Demak, koordina-tsiyaviy biri-
biriga   yaqin   bo’lganharakatlarni   bajarishda   sportchi   organizmining   vegetativ
sistemasini funktsional imkoniyatini eotiborga olsak umumlashtirilganholat, shartli
aytilganda,   “vegetativ”   shug’ulaganlik   chidamlilikning   “ko’chi-shi”   (o’tish)ga
qulay   imkoniyat   ochiladi.   Lekinhar   birholatda   ko’chish   ro’y   bermasligi
organizmning   energiyasi   imkoniyat-lariga,harakatlarning   barcha   sifat
xususiyatlariga   talab   qo’y-may,harakat   malakalarining   o’zaro   muvofiqlashuvi
xarakterigaham bog’liq bo’ladi. 
Umumiy   va   maxsus   chidamlilikning   aniq   vazifalarinihal   qilish   og’ir,
ko’ngilga tegadigan darajadagi  bir xil  va eng kattahajmdagi  og’ir ishni  bajarishni
taqazo   qiladi.   CHarchash   toliqishga   aylana   boshlangandaham   mashqni
to’xtatmaslik   talab   qilinadi.   Bu   esa   ruHiy   tayyorgarlikning   namoyon   bo’lishi
uchun yuqori darajada katta talabni qo’yadi.
CHidamlilikni   rivojlantirish   mehnatsevarlikni,   katta   nagruzkalarga,
shuningdek,   niHoyatdahorg’inlikhissiga   bardosh   berishga   tayyor   turishni tarbiyalash   bilan   olib   boriladi.   Sportchilar   mashg’ulotda   ozmi-ko’pmi
charchoqnihis   qilsalar-gina,   ularda   chidamlilik   ortib   boradi.   Bu   esa   tashqi
tomondan   chidamlilikning   ortib   borishida   namoyon   bo’ladi.   Moslashuv
o’zgarishlarning miqdori va qay maqsadga qaratilganligi, tre-nirovka nagruzkalari
natijasida organizmdagi javob reaktsiya-si xarakteri darajasi bilan belgilanadi.
Chidamlilikni tarbiyalashda yuklamini kriteriyasi va komponentlari   muhim
ahamiyat   kasb   etadi.   Chidamlilik   mashg’u-lotlar   davomida   sportchini   bir   oz
bo’lsada   charchashnihis   qilishi   orqali   rivojlanishiga   eotibor   bersak   yuklamadan
so’ng   tiklanish   juda   oz   vaqt   ichida   sodir   bo’lsa   chidamlilikni   rivojlanmasligi
maolum bo’ladi. Ishhajmi katta bo’lib charchoqhis qilish bilan bajarilsa organizm
yuklamaga   moslasha   boshlaydi   va   qator   mashg’ulotlardan   so’ng   chidamlilikni
ortib   borayotganligi   ko’zga   tashlanadi.   Moslashuv   organizmdagi   o’zga-rishlar
darajasi, yuklamaga javob reaktsiyasi xarakteri, uni ko’lami yo’nalishi orqali sodir
bo’ladi.har xil tipdagi nagruzkada charchoq bir xil bo’lmaydi.
Siklik   mashqlarni   bajarishda   chidamlilik   uchun   yuklamaning   to’la   tavsifini
quyidagi besh komponentda ko’rishimiz mumkin;
1) mashqni absolyut intensivligi (Harakatlanish tezligi); 
2) mashqni davomiyligi (uzunligi);
3) dam olish intervalining katta kichikligi;
4) dam olishning xarakteri (aktiv yoki passiv);
5) mashqni takrorlashlar (qaytarishlar) soni;
Bu   komponentlarni   bir-biri   bilan   o’zaro   uzviy   olib   borish   orqali   berilgan
yuklama   organizmning   faqat   javob   reaktsiyasi   ko’lamigagina   emas,hatto   uning
sifati   xususiyatiniham   turlicha   bo’lishiga   olib   kelishi   amaliyotda   isbotlandi.
YUqorida qayd qilingan komponentlarni taosirini tsiklik mashqlar misolida ko’rib
chiqamiz:
1.   Mashqni   absolyut   intensivligi   faoliyatni   energiya   bilan   taominlash
xarakteriga   to’g’ridan-to’g’ri   taosir   qiladi.harakatlanishning   tezligini   pastligida
katta energiya sarf-lanmaydi. Sportchini organizmini kislorodga talabining ko’lami
uni aerob imkoniyatlaridan oz. Bunda kislorodga bo’lgan joriy talab, agarda, ishni boshlanishida   nafas  jarayoni  etarli   darajada   yo’lga   qo’yilib  ulgurmagan   payitdagi
kislorodga muHtojlikni ko’p emasliginihisobga olmasak, sarflanayot-ganini o’rnini
qoplamaydi   va   ish   xaqiqiy   turg’unholatdagi   sharoitda   bajariladi.   Bunday   tezlik
subkritik   tezlik   deb   nomlanadi.   Subkritik   tezlik   zonasida   kislorodga   muHtojlik
taxminanharakatlanish   tezligiga   to’g’ri   proportsiyada   bo’ladi.   Agarda   sportchi
tezroqharakatlanayotgan   bo’lsa   kritik   tezlikka   erishadi,   bu   erda   kislorodga
muHtojlik   uni   aerob   imkoniyat-lariga   teng.   Buholda   ishning   bajarilishi   bilan
kislorod   sarflanishining   ko’lami   maksimal   darajada   debhisoblanadi.   Kritik   tezligi
qanchalar   yuqori   bo’lsa   sportchini   nafas   imkoniyati   shuncha   yuqori   bo’ladi.
Tezligi kritik tezlikdan yuqoriligi uchun  yuqori kritik tezlik   deb nomlanadi. 
YUqori kritik tezlik zonasida energetika mexanizmi samaradorligini ozligidan
kislorodga   muHtojlik   tezlashadi,harakat   tezligiga   nisbatan   ortadi.   Taxminan
kislorodga   muHtojlik   tezlikni   kubiga   nisbatan   proportsional   oshadi   (Xill   A.B.).
Masalan,   yugurish   tezligini   6   dan   9   m.   sek.ga   oshirilsa   (yaoni   1.5   marta)
kislorodga   muHtojlik   esa   taxminan   3,3-3,4   martaga   ortadi.   Bu   degani,   tezlik   bir
ozgina   oshirilsa   kislorodga   muHtojlik   aHamiyatli   darajada   ko’payadi.   Bu   o’z
navbatida anaerob mexanizmlar rolini muvofiq ravishda ko’taradi. 
2.   Mashqni   davomiyligi   masofani   bo’laklarining   uzun-ligi   va   masofa
bo’ylabharakatlanish   tezligi   bilan   aniqlanadi.   Davomiyligini   o’zgartirish   ikki   xil
aHamiyat   kasb   etadi.   Birinchidan,   faoliyatni   bajarish   uchun   energiya   qaysi
manbahisobidan   bo’lishligiga   qarab   ishning   davomiyligi   belgila-nadi.   Agarda
ishning   davomiyligi   3-5   min   ga   etmasa   nafas   jarayoni   kerak   bo’lgan   darajada
kuchayib ulgurmaydi, energiya bilan taominlashni anaerob reaktsiya o’z bo’yniga
oladi.   Bu   shunda   yuz   beradiki   ish   nisbatan   organizmniholati   tinch,   qo’zg’alish
jarayoniham   kuchaymaganholda   bo’lsa   yoki   ishgacha   boshqa   faoliyat   bajarilgan
bo’lib, nafas jarayoni etarli darajada yuqoriholatga ko’tarilsa, kislorodga muHtojlik
sodir bo’lishi uchun vaqt cho’zilishi mumkin. Mashqni davom ettiri-lishi meoyori
qancha qisqartirilsa nafas jarayonining roli shuncha pasayadi va avvaliga  glikolitik
undan   keyin   esa   kreotin   fosfokinez   reaktsiyalari ni   aHamiyati   ortib   boradi.
SHuning   uchun   glikolitik   mexanizmlari ni   takomillashtirish   maqsadida   asosan   20 sek   dan   2   min   gacha,   fosfokreotin   mexa-nizmlarigacha   3   dan   8   sek   bo’lgan
yuklamalardan   foydalaniladi.   Ikkinchidan,   ishning   davomiyligi   yuqori   kritik
tezlikda   kislorodga   muH-tojlikning   ko’lami   aniqlansa,   subkritik   tezlik   esa   kislo-
rodni   etkazib   beruvchi,   uni   sarflovchi   faoliyat   tizimlarini   uzoqroq   zo’riqishda
ishlashini   talab   qiladi.   Organizm   uchun   bu   tizimlarni   uzoq   vaqt   davomida
mukammal ishlashini taominlash ancha og’ir kechadi. 
3.   Dam   olish   intervalining   katta-kichikligi   organizmni   nagruzkaga   javob
reaktsiyalari   ko’lami   va   uni   xarakterli   xususiyatlarini   aniqlashda   muHim   rolp
o’ynaydi. Takrorlash-larda organizmga bo’ladigan taosir reaktsiyasihar bir nagruz-
kadan   so’ng   bir   tomondan   oldin   bajarilgan   ishga   va   boshqa   tomondan   urinishlar
orasidagi dam olishning davomiyliligiga - katta kichikliligiga bog’liq.
Katta dam olish intervali subkritik va kritik tezlik-larda mashqlarni bajarishda
fiziologik   funktsiyani   nisbatan   normallashishi   uchun   etarli   bo’libhar   bir   urinish
yoki navbatdagisi  birinchi urinishdagiholatga yaqin bo’lgan fonda boshlanadi. Bu
boshlanishida   energiya   almashinuvining   fosfo-kreotin   mexanizmi   qatorida   tursa,
so’ng   bir-ikki   minut   o’tib   glikoliz   maksimalga   ko’tariladi   va   uch-to’rt   minutdan
keyin   nafas   jarayonlari   keng   faoliyatini   boshlaydi.   Uzoq   davom   etmaydigan   ish
bajarilsa   ular   lozim   bo’lgan   darajadagiholatga   kelishga   ulgurmay   ish   asosan   ana
aerob   sharoitda   bajariladi.   Agarda   dam   olish   intervali   ozaytirilsa   nafas   jarayoni
qisqa vaqt ichida bir ozga pasayadi xolos, ishni davomi birdaniga kislorod etkazish
aktivtizimi (qon aylanish, tashqi nafas va boshqalar)hisobiga bajariladi. 
Bundan   xulosa   shuki:   subkritik,   kritik   tezlikda   inter-valli   mashq   bajarishda
dam   olishning   intervalini   ozaytirish   nagruzkani   nisbatan   aerob   qiladi.   Teskarisi,
yuqori kritik tezliklardaharakatlanish va dam olish intervali kislorodga muHtojlikni
yo’qotishga etarli bo’lmasa kislorod etishmovchi-ligi takrorlashdan   –   takrorlashga
qo’shila boshlaydi. SHuning uchun bu sharoitda dam olish intervalini qisqartirish
anaerob jarayonlarhissasini ortiradi-nagruzkani nisbatan anaerobrok qiladi.
4.   Dam   olish   xarakteri   (aktiv   va   passiv)   xususan   pauza-larni   boshqa,
qo’shimcha   faoliyat   turlari   (engil-trustsoy   yugurish   -   asosiy   masofa   oralig’idir
vah.k.) bilan to’ldirish organizmga asosiy ish turi va qo’shimcha qilinganini inten- sivligiga qarab organizmga turlicha taosir ko’rsatadi. Kritikka yaqin tezliklar bilan
ishlashda   past   intensivlikdagi   qo’shimcha   ish   nafas   jarayonlarini   nisbatan   yuqori
darajada   ushlashga   imkoniyat   beradi   va   shunga   ko’ra   tinchholatdan   ishholatiga,
ishholatidan   tinchholatga   o’tishdagi   keskin   o’zgarishlarning   oldi   olinadi.
O’zgaruvchan   metodning   asosiy   xarakterli   tomonlaridan   biriham   asosan   shundan
iboratdir.
5.   Mashqni   takrorlashlar   (qaytarishlar)   soni   organizmga   nagruzkani   taosiri
ko’lamining   yig’indisini   belgilaydi.   Aerob   ish   sharoitida   takrorlashlar   sonini
oshirish   yurak-tomir   va   nafas   tizimi   organlarini   uzoq   vaqt   davomida   yuqori
darajada   faoliyat   ko’satishga   majbur   qiladi.   Anaerob   sharoitda   esa   qaytarishlar
sonini oshirish ertami-kechmi kislorodsiz mexa-nizmlarni tugatilishiga olib keladi.
Unda ish bajarish butunlay to’xtaydi yoki uni intensivligi keskin pasayadi.
Chidamlilik   namoyon   qilishda   nafas   muHim   aHamiyatga   egaligi   maolum
bo’ldi. SHunga ko’ra tinch, bir xil maromdagi ishlarda asosan burun orqali chuqur
nafas olish bilan mashq, ish bajarish to’g’riligi amaliyotda isbotlangan. Maolumki
nafas,   ko’krak,   qorin,   (bryushnoy   press)   va   aralash   muskullar   –   diafragma
aralashuvi orqali olinadi. Kuchli zo’riqish bilan bajariladigan faoliyatda maksimal
darajada   o’pka   ventilyatsiya-sini   yo’lga   qo’yish   uchun   (N.G.   Ozolin,   V.V.
Mixaylov)   og’iz   orqali   chuqur   nafas   tavsiya   qilinadi.   Asosiy   eotibor   nafas
chiqarishga   qaratilishi,   chunki   o’pkadagi   kislorodi   kam   bo’lganhavo   yangihavo
bilan aralashib ketmasligi keskin va chuqur nafas chiqarish tavsiya qilinadi.
Yuqori   malakali   sportchilarda   chidamlilikni   tarbiyalash-dahozirgi   zamon
metodikasi   biror   mashg’ulotni   o’zidagina   emas,   trenirovka   mashg’ulotlarining
yillik tsiklidaham juda kattahajmda ish bajarishni tavsiya qilmoqda. 
Masalan,   mashhur   frantsuz   stayyori   Allen   Mimun   o’zini   sport   karperasi
yilarida   jami   85   ming   km   yurgan.   Uni   baholash   maqsadida   er   shari   aylanasi-
ekvatori 40 ming kmligini ekanligini eotiborga olsak, Magellanni birichi marta uni
aylanib   o’tishi   uchun   3   yil   sarflaganligini   ko’z   oldimizga   keltirishimiz   lozim.
“Sport   yurushi”   bilan   shug’ullanuvchilar   bitta   trenirovka   mashg’ulotida   100
km.gacha masofani o’tadilar.  CHidamlilikni   tarbiyalashda   faqat   masofa   uzunliginihisobga   olish   noto’g’ri
natijaga   olib   kelishi   ni   unutmas-ligimiz   lozim.   CHunki   jismoniy   tayyorgarligi
yuqori bo’lgan sportchi uchun 800  m  ga yugurishga 1.45.0 dan tez vaqt sarflasa bu
yuguruvchiga   qayd   qilingan   masofa   sprint   masofasi   bo’lib   xizmat   qiladi.   Yangi
o’rganuvchi uchun esa 3-3,5  min  li muddat uzoq masofa rolini o’ynashi mumkin. Asosiy adabiyotlar.
1. A.Abdullayev. Sh.Xonkeldiyev. Jismoniy tarbiya nazariyasi va 
metodikasi. Toshkent. 2005 u
2.
R.S.Salomov. Sport mashg'ulotlarining nazariy asoslari. T. 2005 yil
3. Maxkamdjonov K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi. T. 
2008.
4.
R.S.Salomov.  Jismoniy  tarbiya  nazariyasi  va  uslubiyati. T. 2014 y.
5. R.S.Salomov. Jismoniy  tarbiya  nazariyasi  va  uslubiyati. (II-jild) T. 
2015 y.
6. R.S.Salomov, Y.Y.Aripov. Maktab yoshidagi bolalar jismoniy  tarbiyasi 
uslubiyati asoslari. T. “Molya” 2011 y.
7. U.S.Do’sanov.   Jismoniy   madaniyat   nazariyasi   va   metodikasi .   O’quv
qo’llanma  Tashkent 20 19  y

Jismoniy sifatlarni (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik) tarbiyalash uslubiyati. Reja: 1. Kirish 2. Kuch va uni rivojlantirish usuliyati 3. Tezkorlik sifati va uni rivojlantirish usuliyati 4. Chaqqonlik va uni tarbiyalash usuli 5. Egiluvchanlik va uni rivojlantirish usuliyati 6. Chidamlilikni rivojlantirish metodikasi

Tarixan mavjud bo’lgan jismoniy tarbiya tizimlariga insonning jismoniy (Harakat) sifatlarini tarbiyalay olishiga qarab baho berilgan. Insonning organizmida turli darajada shakllangan kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik, tana bo’g’inlariharakatchanligi va muskullar egiluvchanligini jismoniy sifatlar deb atash qabul qilingan. Inson organiz-mining shu sifatlarini qanday namoyon qila olishiga qarab individga kuchli, chaqqon, tezkor vah.k. deb baho berganlar. Bu sifatlar o’lchovga ega, uning ko’rsatkichlari jismoniy tayyorgar-lik ko’rsatkichlari deb ataladi va ko’rsatkichlar orqali individning ijodiy mehnatga va vatan mudofaasiga tayyorligi aniqlanadi. Masalan, individ 100 kg og’irlikdagi shtangani elkaga olib faqat 3 marotaba o’tirib tura olsa, boshqasi shu vazn bilan 5 marotabadan ortiq o’tirib tura olishi mumkin. SHu mashqni ikki marta ortiq bajarganligi uchun ikkinchi o’rtoq-ning kuch sifati rivojlangan deb baHolanadi. Bu sifat organizmning suyak, muskul va boshqa aozolarining to’qimalari,hujayralari vahokazolarning rivojlanganligigagina bog’liq bo’lmay, maonaviy-ruHiy fazilatlarigaham bog’liq. SHuning uchunharakat sifatlarini tarbiyalash maonaviy- ruHiy fazilat-larni tarbiyalash ishi bilan cham barchas bog’liq va tarbiyaning shu yo’nalishiga vosita bo’lib xizmat qiladi. Harakat sifatlarini tarbiyalashga intilish insoniyat-ning azaliy orzusi. Mehnat qurollari,harbiy anjom va aslaxa bilan muomala qilishning samaradorligi tabiat insonga inoom etgan va uni tarbiya jarayonida rivojlantirish mumkin bo’lgan jismoniy fazilatlarga bog’liq tarbiyalash lozimligi masala-sini ko’ndalang qo’yadi. Jismonan barkamol, axloqan pok, estetik didli, eoti-qodli, sadoqatli, texnika ilmining zamonaviy asoslarini puxta egallagan,har taraflama maonaviy etuk, jismonan garmo-nik rivojlangan kishini tarbiyalashhozirgi kungacha davrimiz-ning asosiy vazifalaridan biri debhisoblanib kelindi.hozirham bu dastur o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. U mamlakatimizda amalga oshiralayotgan “sog’lom avlod uchun” dasturining o’zagini tashkil etadi. Xulosa qilganda jismoniy tarbiyani, xususan, jismoniy sifatlarni rivojlantirishni moHiyatining yuqoriligi va salmoqliligi ko’zga yaqqol tashlanib turibdi. SHuni qayd etish kerakki, jismoniy sifatlarni rivojlantirishda ularning

(kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik vahokazolarning) barchasini o’zaro uzviy bog’lab olib borishni tarbiya jarayoni taqazo qiladi. Lekin sportning maolum bir turida muayyan fazilat kuchliroq shakllanadi, rivojlanadi va u etakchiharakat sifati tarzida nomoyon bo’ladi. Boshqa sifatlarham nisbatan rivojlanadi, lekin ular yordamchi, ko’makchiharakat sifati tarzida namoyon bo’lishi mumkin. Masalan, sport o’yinlaridan basketbolda asosan chaqqonlik sifatini rivojlantiradi debhisoblansa, tezlik yordamchi sifati tariqasida rivojlanadi. Lekin basketbol chidamlilikniham tarbiyalashda asosiy vosita-dir. Og’ir atletikachilarda kuch jismoniy sifati etakchi fazi-lat sanaladi. “Siltab ko’tarish (rqvok)”ni ko’p mashq qilish esa tezkorlikni rivojlantiradi. Amaliyotda bu mashqlar orqali chidamlilik va egiluvchanlikham ko’makchi jismoniy sifat tarzida rivojlanishini guvoHimiz. Umuman, chaqqon-likni rivojlantirish uchun ko’proq o’yinlardan: voleybol, basketbol, futbol, tennis, stol tennisi, gandbol, xokkey, regbi va boshqalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Aslida bu o’yinlar uchun tezlikning aHamiyatiham ikkinchi darajali emas. Chaqqonlikni rivojlantirish esa tez o’zgaruvchan o’yin sharoi-tiga moslasha bilishni, kuzatuvchanlikni, mo’ljalga to’g’ri olish-ni, qisqa fursat ichida turli murakkab vaziyatda aniq, to’xtamga kelish, unihis qilish va o’zharakatlarini shu vaziyatga moslay olishdekhayotiy-zaruriy amaliyharakat malakalarni shakllan-tiradi. Velosiped,harakatli o’yinlarham chaqqonlikni rivoj-lantiradi. Har qandayharakat biror-bir konkrektharakat vazifasi deb ataladigan vazifanihal qilishga qaratiladi. Masalan, iloji boricha balandroq sakrash, to’pni ilib olish, raqibni aldab o’tish, shtangani ko’tarish vahokazo.harakat vazifasining murakkabligi, bir vaqtda va ketma-ket bajariladiganharakat-larning uyg’unligiga bo’lgan talablar,harakatlar koordina-tsiyasini tarbiyalaydi. 1. Kuch va uni rivojlantirish usuliyati Har qaysi individ tashqi taosir yoki qarshilikni engish uchun o’z jismidagi maolum sifatni namoyon qiladi. Tashqi taosirga qarshi muskul zo’riqishi orqaliharakat faoliyati - shaxsning kuchi, uning kuch qobiliyati deb atash qabul qilingan . SHug’ullanuvchi mashg’ulot paytida o’z tanasi tinch turganholdan sport

snaryadiga (uloqtirishda), o’z tanasiniharakatlantirish maqsadida (gimnastika mashqlari va boshqalar), aylantirish, siljitish, ko’tarishga intilsa, ayrimhollarda uning teskarisi, tananing o’zi, yoki uni bilagiga tashqi kuch taosir etishi bilan uning statitikholatini buzib o’z gavdasini oldingi (dastlabki)holatini ushlab turishga urinadi. Bokschining raqibi mushti-ning zarbi, kurashchini raqibi tomonidan kuch ishlatib uni tanasini ayrim bo’laklarini egishga dosh berishi tanaholatini o’zgartirmaslik orqali ro’y beradi. Bunda shug’ullanuvchi va uning raqibi maolum darajada qarshiliklarni, og’irliklarni engish va ko’tarishda maolum darajada kuch sifatini namoyon qiladi. Ilmiy tushuncha tarzida kuch imkoniyati boricha o’zining aniq taorifiga ega bo’lishi va farqlanishi lozim: 1)harakatning mexanik xarakteristikasi sifatidagi kuch (“tanaga «m» massasidagi «F» kuchining taosiri...”); 2) inson jismidagi jismoniy sifat tarzidagi kuch (masalan, “yoshning ulg’ayishi bilan kuchning rivojlanishi; sportchi kuchini sport bilan shug’ullanmaydiganlarga nisbatan ko’p bo’lishi...” vah.k.). Bu sifatning psixofizik mexanizmi muskul zo’riqishi-ning boshqarilishi (regulyatsiyasi) va ularning ish tartibi (rejimi) bilan aloqador. Muskulning taranglashishi inson-ning kuchini namoyon bo’lishiga olib keladi. RuHiy ozuqa olishi vaharakatni maolum tizimda bajarish markaziyhamda pereferik nerv sistemasi, xususan, nerv markazlaridan muskullarga kelayotgan signallarga va muskullar-ning o’z xizmatiholatiga bog’liq. Umuman, muskul tarangligi – zo’riqishi (kuch namoyon qila olishi) quyidagilarga qarab aniqlanadi; 1) markazdan muskullarga kelayotgan qo’zg’alishlarning chastotasiga (chastota qancha katta bo’lsa, muskul shunchalik zo’r darajada o’zining tarangligini oshiradi) ko’ra; 2) zo’riqishga qo’shilganharakat birligining soni bilan; 3) muskulning qo’zg’aluvchanligi va undagi quvvatning manbai miqdoriga qarab. Muskul kuch namoyon qilishi uch xil rejimda zo’riqadi:

a) o’zining uzunligini o’zgartirmay (statik, izometrik rejimda). Tananing turlichaholatlarda (pozalar)da ushlash vah.k.lar bilan; b) muskul uzunligini kamayishigahisobiga, bardosh berish bilan (miometrik). Zo’riqish birday – o’zgarmay turadi, bunday rejim tsiklik va balastikharakatlardagi muskul qisqarishi fazalari evaziga sodir bo’ladi; v) muskulni cho’zish vaqtida uning uzayishihisobiga (yon berish, bo’sh kelish-pliometrik ) kuch yuzaga keladi. O’tirib turish, uloqtirish, depsinishda muskul qisqarishi orqali shu kuch namoyon bo’ladi. Bardosh berish bilan, yon berish, bo’shashtirish bilan kuch namoyon qilishni dinamik rejimdagi kuch deb atash qabul qilingan. SHunday qilib bunday sharoitlarda maksimal kuchni ko’lami turlicha qayd qilingan kuch namoyon qilishning asosiy xillari kuch qobiliyatining klassifikatsiyasi sifatida qabul qilingan. Kuch qobiliyatlarining turlari muskul zo’riqishi tartibi-ning kombinatsiyalashtira olish xarakteriga qarab farqlanadi. Statik rejimda va sekinlashtirilganharakatlarda namoyon bo’ladigan shaxsiy-kuch qobiliyatlari va tezlik-kuchi hisobiga sodir bo’ladigan kuch (dinamik kuch), tez bajariladiganharakat-larda qo’llaniladi. Boshqachasiga buni shiddat (portlash) kuchi debham ataladi. Bunga qisqa vaqt ichida eng ko’p darajada kuch namoyon qila olish qobiliyati deb qaraladi. Portlash kuchi sak-rashlarda depsinish orqali sakrovchanlik tarzida namoyon bo’ladi. Muskulning o’ta zo’riqishini optimal yo’nalishi. Muskul kuchi belgilangan faoliyatning yo’nalishiga iloji boricha yaqinlashtirilishi, moslashtirilishi lozim. Masalan, nayza uloqtirishda zo’r berib tanaga tezlik berishimiz mumkin, lekin bu tezlik nayzani uloqtirishdagi zarbga moslanmasa, sarf-langan kuch samarasiz bo’ladi, nayza mo’ljallangan traektoriyada uchmasligi mumkin. Past start olishda tananing og’ishi 54 va 72 gradusli burchakhosil qilgandan so’ng startdan chiqishning samarasi turlicha bo’ladi.hisoblashlar ko’rsatmoqdaki, ikkala oyoqdan 180 kg kuch bilan depsinish 72 gradusdan start olganda, kuchning gorizontal yo’nalishi samaradorligi 55,62 dan oshmas ekan. Agar start 54 gradusda bajarilsa,