logo

KASBIY-METODIK IJODKORLIK FAOLIYATINI YURITA OLISH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISH

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

107.662109375 KB
6-MA’RUZA:  KASBIY-METODIK IJODKORLIK FAOLIYATINI
YURITA OLISH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISH
R Е J А :
1. Blum taksonomiyasi.
2. Ijodkorlik qobilyati mazmuni.
3. Shaxs   ijodkorlik   qobilyatlarini   rivojlantirish
muammosi.  Yuksak   ijodiy   qobiliyatlar   qandaydir   yagona   va   bir   necha   omilning   emas,
balki   pedagogik-psixologik   shart-sharoitlarning   kattagina   kompleksi   mahsuli.
Biroq   ushbu   inkor   etish   qiyin   bo'lgan   mulohazani   e'tirof   qilish,   kreativlikni
rivojlantiruvchi  bir  qator  omillarni  sun'iy  hosil  qilishning  iloji  yo'q,  degani   emas,
ikkinchidan,   psixik   taraqqiyotning   kompensasiya   qonuniga   ko'ra,   muayyan
omilning  etishmayotgan  ta'siri   boshqa  omillar   bilan muayyan  darajada  qoplanishi
mumkinligi   ehtimoldan   xoli   emas.   Xususan,   bir   qator   tadqiqotlarda   maxsus
uyushtirilgan   mashg'ulotlar   yordamida   shaxs   ijodiy   qobiliyatlari   taraqqiyotida
ijobiy dinamikaga erishish mumkinligi isbotlanmoqda.
Ko'plab   mashhur   olimlarning  tarjimai   holini   tahlil   qilgan  mutaxassislar,   ular
uchun   ko'pincha   bir   umumiy   jihat   xosligini   –   bu   ijodkorlarning   aksariyati   ijod
zavqini, mustaqil fikr va kashfiyotlar, ixtirolar qilish gashtini bolalik, o'smirlik va
o'spirinlik   davrlarida   turli   to'garaklardagi   faoliyati   davomida   ilk   bor   his   etganini
tan   olishini   qayd   etadilar.   To'garak   ishi   ham   qanday   yo'nalishda   amalga
oshirilayotgan   bo'lishidan   qat'i   nazar,   maxsus   uyushtirilgan   pedagogik-psixologik
jarayondan   tashkil   topishini   e'tiborga   olsak,   ijodiy   tafakkur   maqsadli   faoliyatni
tashqi ta'sir hisobiga rivojlantirilishi mumkinligiga ishontiradi.
Kreativlik   insonda   rivojlanishining   bir   qancha   omillarini   keltirish   mumkin.
Yuqorida   ta'kidlanganidek,   qo'shimcha   ta'lim,   qo'shimcha   mashg'ulotlar   ham
talabada   kreativlik,   ya'ni   unda   ijodkorlik   salohiyatining   ko'proq   namoyon
bo'lishida asosiy omil vazifasini o'taydi.
Kishi   tabiatan   qanchalik   kuchli   ijodkorlik   qobiliyati   kurtagiga   ega   bo'lib
tug'ilmasin, agar  u mos, qulay sharoitda bo'lmasa, uning rivojlanishi  qiyin, degan
xulosaga kelish mumkin.
Demak,   ijodkorlik   qobiliyatining   to'g'ri   kamol   topishi,   unga   mos   sharoit
yaratilishida pedagogik tarbiyaning roli nihoyatda yuksak. Oliy ta'lim Бўлажак технологик таълим йўналиши ўқитувчиларида касбий-
методик ижодкорлик сифатларининг таснифи
Xulosa   qilib   aytganda,   hozirgi   kunda   bo'lajak   texnologik   ta'lim   yo'nalishi
o'qituvchilarining   iqtidorlilarini   to'g'ri   topa   bilish,   ularda   ijodkorlik   qobiliyati
kurtaklarining   gurkirab   o'qishi   uchun   qulay   muhit   yaratish,   o'zini-o'zi
mukammallashtirish,   Iroda   va   doimiy   "qaynash",   "shaxti   baland   bo'lish",   nimaga
qo'l   ursa,   uddasidan   chiqa   olishi   muqarrarligiga   ishonch   tuyg'ulariga   ega
bo'lishlariga erishish muhim hisoblanadi. Shundagina bugungi ta'lim tizimi oldida КАСБИЙ-МЕТОДИК ИЖОДКОРЛ ИК 
СИФАТЛАРИ
Қадриятлар 
тизимиШахс 
сифатлари
тафаккур 
тезлиги 
(кўплаб 
фикрлар, 
ғоялар ва 
ассоциацияла
рнинг 
уйғониши)янги 
ҳаётий 
тажриба 
учун 
очиқлик Интеллектуал 
сифатлар
тафаккур 
эгилувчан-
лиги (вужудга 
келаётган 
ғояларнинг 
хилма-
хиллиги)тафаккур 
оригиналли-ги 
(ўйлаб 
топилаётган 
ғояларнинг 
ўринли бўлиш 
баробарида 
камёблиги, 
ноодатийлиги) ривожла-
ниш, билиш 
ва эркинлик 
қадрият-
ларини 
юқори 
қўйиш turgan yoshlarni ijodkorlik ruhida tarbiyalash, ularda ixtirochilik va kashfiyotchilik
ko'nikmalarini   shakllantirish   kabi   muhim   masalalar   o'z   echimini   topadi.   Albatta,
ta'limning   asosiy   maqsadi   komil   insonni   tarbiyalash   ekan,   o'z   navbatida   ularni
qo'llab-quvvatlash, o'z iste'dodini namoyon etishida yaqin ko'makchi bo'lish kerak.
Ijodkorlik   insoniyat   o'zligini   namoyon   qilishining   eng   oliy   ko'rinishi
bo'lishiga   qaramasdan,   bugungi   kunda   eng   kam   o'rganilgan   sohalardan   biri
sanaladi.   Zero,   qanchalik   g'ayrioddiy   bo'lmasin   bu   holat   tabiiydir.   Chunki
ijodkorlik   jarayonlarining   o'ta   murakkab   va   tutqich   bermaydigan   darajada
chalkashligi uning tabiiy-ilmiy tadqiqot metodlari doirasida o'rganishni birmuncha
mushkullashtiradi.
Ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish muammosi iqtidor, talant va geniallik
sifatlari   bilan   uzviy   bog'liq.   Ularni   tarbiyalash   va   rivojlantirish   bilan   bog'liq
masalalar barcha davrlarda insoniyatni qiziqtirib kelmoqda va bugungi kunda ham
o'z   jozibasi   bilan   barchani   o'ziga   jalb   etmoqda.   Ijodkorlik   turlari   qatorida   ilmiy,
badiiy,   texnik,   ixtirochilik   va   tashkilotchilik   ijodkorligini   qayd   etish   mumkin.
Insondagi   har   qanday   qobiliyat   asosida   kreativlik   yotadi.   Unda   alohida
iste'dodning namoyon bo'lishida ham ijodkorlikning alohida o'rni mavjud.
Kasbiy-metodik   ijodkorlik   –   bo'lajak   texnologik   ta'lim   yo'nalishi
o'qituvchilarining   mutaxassislik   kompetentsiyalarini   ijodiy   fikrlar,   kreativ
tafakkur,   ilmiy   dunyoqarash,   ilmiy-texnik   va   texnologik   bilimlarning   innovasion
metodlarini   ilm-fan,   ta'lim   va   ishlab   chiqarish   integrasiyasi   asosida,   ijodkorlik,
ixtirochilik mahsulini intellektual mulk sifatida yaratishga qaratilgan faoliyat.
Kreativlik   yillar   davomida   shakllantirilgan,   ma'lum   bir   tajribalar   asosida
yuzaga kelgan jarayondir.
Ta'limda   ijodiylikni   tashkil   qilish,   darsni   loyihalash,   muammolarni
kompleks o'rganish orqali tafakkur o'stirish masalalari yu.B.Naumkina, R.S.Safin,
N.A.Muslimov   kabi   olimlar   tomonidan   tadqiq   etilgan.   Kreativlikni   yuzaga
chiqarishda,   eng   avvalo,   ta'lim   sohasida   faoliyat   olib   boradigan   o'qituvchining
o'zida   shunday   qobiliyat   bo'lishi   kerak.   Shundagina   u   boshqalarda   ham   xuddi
shunday xususiyatni ko'ra oladi, unga munosabat bildira oladi. Bo'lajak   texnologik   ta'lim   yo'nalishi   o'qituvchilarini   kasbiy   faoliyatga
tayyorlashda   quyidagilar   muhim   hisoblanadi:   shaxsiy   sifatlar   va   yo'nalganlik
(ehtiyoji,  qiziqishi,  qadriyatlari  yo'nalishi,   motivasiya);  ma'lumot   darajasi   (bilimi,
ko'nikma   va   malakalarini   doimiy   ravishda   boyitishga   intilishi   va   mahorati);
tarbiyalanganligi   darajasi   (ma'naviy,   estetik,   jismoniy,   kasbiy,   madaniy);
ijtimoiylashish   (kasbiy   va   ijtimoiy   faoliyatini   tashkil   etishga   tayyorligi,   bilim
olishni   davom   ettirish,   ijtimoiy   qoidalar   va   qadriyatlarni   idrok   qilish);
madaniyatlilik   (ijtimoiy-madaniy   qadriyatlarni   idrok   qila   olishi,   intellektual,
iqtisodiy   va   ekologik   madaniyati,   aqliy,   jismoniy   va   mehnat   madaniyati,
munosabatlari mazmuni va xulq-atvori).
Zamonaviy   o'qituvchining   kasbiy   shakllanishini   ta'minlovchi   talablar   ikki
guruhga ajratiladi: birinchi guruhga, o'qituvchining turli darajadagi muammolarni
hal etishga tayyorgarligini ta'minlovchi ijtimoiy, kasbiy va shaxsiy ahamiyatga ega
invariant   (o'zgarmas)   intellektual   mahorat   hamda   variativ   (o'zgaruvchan)
individual   sifatlarning   shakllanishini,   shuningdek,   turli   darajadagi   muammolarni
hal   etishga   tayyorligini   ta'minlashga   xizmat   qiluvchi   fundamental   bilimlari
mazmuni va darajasiga qo'yiladigan talablar.
Ikkinchi   guruhga   kiruvchi   talablar   esa,   o'z   navbatida,   quyidagi   uchta
guruhga   ajratiladi:   inson   va   uni   o'rab   turgan   borliqning   yaxlitligi   borasidagi
zamonaviy   bilimlar;   fan   asoslari   bo'yicha   yaratilgan   modullar;   zamonaviy
fundamental bilimlar tarkibiga kiruvchi maxsus ilmiy fanlarni o'rganish.
Инвариан
т 
интеллек-
туал 
маҳорат Вариати
в 
индиви-
дуал 
сифат Замон
авий 
билим
-лар фан 
асосл
арида 
ярати
лган 
моду
ллар Фундамен-
тал 
билимларга 
асосланган 
махсус 
илмий 
фанларФундаме
нтал 
билимлар 
мазмуниМуаммоли 
вазиятларни ҳал 
этиш БилимЗАМОНАВИЙ ЎҚИТУВЧИНИНГ КАСБИЙ 
ШАКЛЛАНИШИНИ ТАЪМИНЛОВЧИ ТАЛАБЛАР Замонавий ўқитувчининг касбий шаклланишига қўйиладиган
касбий талабалар
Bo'lajak   texnologik   ta'lim   yo'nalishi   o'qituvchilarining   kasbiy-metodik
ijodkorligini takomillashtirishda maqsadning qo'yilishi, jarayonning tashkil etilishi
va   natijaning   aniqlanishi   klasterli   modeli   orqali   olib   borilgan   tadqiqot   ishining
asosini   o'zida   birlashtirgan.   Klasterli   model   –   ta'lim   jarayoni   samaradorligi
muammosining   tarmoq   elementlariga   ajratilgan   holatda   o'rganilishi,   umumiy
maqsadga   yo'naltirilgan   ketma-ket   ta'lim   natijalariga   erishish,   bir   butun   holatda
jarayonni   yuritish   imkoniyatidan   foydalangan   holda   maqsadga   hamda   natijaga
erishishdan iborat (2.3-rasm). Model o'z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:
1.   Maqsad,   ijtimoiy   ehtiyojga   bo'lajak   texnologik   ta'lim   yo'nalishi
o'qituvchilarining   DTS   va   malaka   talablari   asosida   kasbiy-metodik   ijodkorligini
takomillashtirishga erishishning metodologik omili sifatida qaralgan.
2.   Jarayonni   tashkil   etish   bo'yicha   yondashuvlar   (kreativlik,   kompetentlik,
kommunikativlik, faoliyatlilik), tamoyillar va natijaviy mezon sifatida motivasion,
kreativ-kognitiv   bilish   va   faoliyat   turlari   olingan.   Bo'lajak   texnologik   ta'lim
yo'nalishi o'qituvchilarini kasbiy-metodik ijodkorligini takomillashtirish mazmuni,
shakl,   metod   va   vositalari   mashg'ulotlarni   tashkil   etish   bosqichlari   va   jarayonlari
negizida tahlil qilindi. Bunda muammoli ta'lim, loyihaviy o'qitish, tanqidiy fikrlar
va   shaxsga   yo'naltirilgan   texnologiyalarni   qo'llash   metodikasi   ochib   berilgan.
Shuningdek,   kasbiy-metodik   ijodkorlikni   takomillashtirish   bosqichlari
darajalarining   mazmun   mohiyati   keltirilgan.   Bo'lajak   texnologik   ta'lim   yo'nalishi
o'qituvchilarining   kasbiy-metodik   ijodkorligini   takomillashtiruvchi   baholash
mezonlari   sifatida   reproduktiv,   produktiv   va   kreativ   darajalari   kasbiy   faoliyat
natijalari sifatida tahlil qilindi. Инвариан
т 
интеллек-
туал 
маҳорат Вариати
в 
индиви-
дуал 
сифат Замон
авий 
билим
-лар фан 
асосл
арида 
ярати
лган 
моду
ллар Фундамен-
тал 
билимларга 
асосланган 
махсус 
илмий 
фанларФундаме
нтал 
билимлар 
мазмуни Бўлажак технологик таълим йўналиши ўқитувчиларининг касбий-
методик ижодкорлигини такомиллаштириш модели2. Мақсад:  Бўлажак технологик таълим йўналиши ўқитувчиларининг касбий-методик 
ижодкорлигини такомиллаштириш
-ДТС
-малака талаблари,
-меъёрий 
ҳужжатлар, 
-қўшимча манба
-хорижий тажриба
8. Таълим натижаси-касбий-методик ижодкорликни бошқаришга эга 
креатив технология ўқитувчиси1.  Ижтимоий эҳтиёж:  Технологик таълим йўналишлари ДТС ва малака талаблари
Ёндашувлар:
- креатив ;
- компетентли;
- коммуникатив;
- фаолиятли. Тамойиллар:
-ғоянинг ижтимоий 
аҳамияти
-экологик хавфсизлиги;
-техник-иқтисодий  
самарадорлиги ;
- кафолатланган 
ишончлилик Натижавий мезон:
равонлик
эгилувчанлик 
оригиналлик
ишланганлик
НАТИЖА 3. Б ўлажак технологик таълим йўналиши ўқитувчиларининг касбий-методик 
ижодкорлигини такомиллаштириш
-жамоа
-гуруҳ
-якка
-мустақил 
таълим -анъанавий 
- ноанъанавий
-лойиҳалаш -табиий
-электрон таълим 
ресурслари   (офлайн ва 
онлайн топшириқлар)
-амалий ўқув қўлланмалар
5.  Касбий-методик 
ижодкорликни 
такомиллаштиришда 
инновацион таълим 
технологиялари - муаммоли таълим технологиялари
- лойиҳавий ўқитиш технологиялари
- танқидий фикрлашни ривожлантириш 
технологиялари
- шахсга йўналтирилган ёндашув технологиялари
6. Баҳолаш 
мезонлари Репродуктив
Касбга оид ахборот 
билан ишлаш Продуктив
Касбий мулоқотни 
амалга ошириш Креатив 
Касбий фаолиятда 
новаторликМазмун ВоситаМетод
Шакл
1- босқич . Объект ва ҳодисаларда ўхшашликни таққослаш ва топиш
4 .   Касбий-методик
ижодкорликни
такомиллаштиришнинг 
алгоритмик харитаси 2-босқич . Объект ва ҳодисалар билан ассоциатив алоқаларни ўрнатиш
3-босқич.  Объект ва ҳодисаларнинг яширин хусусиятларини аниқлаш 
4-босқич. Объектнинг аниқ ифодаланиши, субъект онгида пайдо бўлиши
5-босқич.  Барча ечимларни аниқлаш ва текширишП Е Д А Г О Г И К    Ж А Р А Ё Н  1.   Natija   sifatida   kasbiy-metodik   jarayonlarni   ijodiy   boshqarishga   ega
bo'lgan   bo'lajak   texnologik   ta'lim   yo'nalishi   o'qituvchilari   ijtimoiy   ehtiyojlarni
qondirishga   tayyor,   jamiyatimiz   ravnaqida   o'z   hissalarini   qo'shishlari   mumkinligi
ilmiy asoslandi.
Talabaning   intellektual,   tashkiliy   va   kommunikativ   qobiliyatlarini
rivojlantirish   bo'yicha   ishlarni   intellektual   dam   olish,   ijtimoiy   va   loyihaviy
faoliyatiga kattalar va talabalarning birgalikdagi faoliyati orqali barcha intellektual
va   kognitiv   tadbirlarning   faol   tashkilotchilari   sifatida   kiritishdan   iborat   (2-ilova).
Bu ishni amalga oshirishda quyidagi innovasion texnologiyalardan foydalaniladi:
-   muammoli   ta'lim   texnologiyalari   (talabalarning   ijodiy   qobiliyatlarini
rivojlantirish,   unda   o'qituvchi   tafakkurning   rivojlanish   qonuniyatlarini   bilishga
asoslanib,   talabalarning   fikrlash   qobiliyati   va   bilish   ehtiyojlarini   shakllantirish
bo'yicha   maqsadli   ishlarni   olib   borish   uchun   maxsus   pedagogik   vositalardan
foydalanadi);
-   loyihaviy   o'qitish   texnologiyalari   (muayyan   natijaga   erishish   uchun
talabalarning   mustaqil   faoliyatini   tashkil   etish   yo'llari,   qiziqish,   talabaning
rivojlanayotgan   shaxsini   ijodiy   o'z-o'zini   anglash,   unga   qiziqish   har   qanday
muammoni hal qilish jarayonida uning intellektual va jismoniy qobiliyatini, Iroda
va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish);
-   tanqidiy   fikrlashni   rivojlantirish   (qiziquvchanlikning   namoyon   bo'lishi,
tadqiqot usullaridan foydalanish, savollar tuzish, muntazam ravishda javob izlash,
dalillarning   sabablari   va   oqibatlarini   ochib   berish,   umumiy   qabul   qilingan
haqiqatlarga   nisbatan   shubha,   nuqtai   nazarni   ishlab   chiqish   va   mantiqiy   dalillar
bilan himoya qilish qobiliyati);
-   shaxsga   yo'naltirilgan   yondashuv   texnologiyalari   (maksimal   rivojlanish
(oldindan   belgilanganlarni   shakllantirish   emas)   talabaning   shaxsiy   bilim
qobiliyatlarini mavjud hayot faoliyati tajribasi asosida shakllantirish). Аdаbiyotlаr.
1.   N.Muslimov,   Sh.Sharipov,   M.Qodirov.   “Texnik   ijodkorlik   va   dizayn”.   -   T.:
2010 y
2.   L.E.Bobomurodova.   « Texnik   ijodkorlik   va   dizayn
»   fanidan   amaliy
mashg‘ulotlarni bajarish. – Samarqand.: 2019 y
3.   L.E.Bobomurodova.   « Texnik   ijodkorlik   va   dizayn
»   fanidan   laboratoriya
mashg‘ulotlarini bajarish. – Samarqand.: 2019 y

6-MA’RUZA: KASBIY-METODIK IJODKORLIK FAOLIYATINI YURITA OLISH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISH R Е J А : 1. Blum taksonomiyasi. 2. Ijodkorlik qobilyati mazmuni. 3. Shaxs ijodkorlik qobilyatlarini rivojlantirish muammosi.

Yuksak ijodiy qobiliyatlar qandaydir yagona va bir necha omilning emas, balki pedagogik-psixologik shart-sharoitlarning kattagina kompleksi mahsuli. Biroq ushbu inkor etish qiyin bo'lgan mulohazani e'tirof qilish, kreativlikni rivojlantiruvchi bir qator omillarni sun'iy hosil qilishning iloji yo'q, degani emas, ikkinchidan, psixik taraqqiyotning kompensasiya qonuniga ko'ra, muayyan omilning etishmayotgan ta'siri boshqa omillar bilan muayyan darajada qoplanishi mumkinligi ehtimoldan xoli emas. Xususan, bir qator tadqiqotlarda maxsus uyushtirilgan mashg'ulotlar yordamida shaxs ijodiy qobiliyatlari taraqqiyotida ijobiy dinamikaga erishish mumkinligi isbotlanmoqda. Ko'plab mashhur olimlarning tarjimai holini tahlil qilgan mutaxassislar, ular uchun ko'pincha bir umumiy jihat xosligini – bu ijodkorlarning aksariyati ijod zavqini, mustaqil fikr va kashfiyotlar, ixtirolar qilish gashtini bolalik, o'smirlik va o'spirinlik davrlarida turli to'garaklardagi faoliyati davomida ilk bor his etganini tan olishini qayd etadilar. To'garak ishi ham qanday yo'nalishda amalga oshirilayotgan bo'lishidan qat'i nazar, maxsus uyushtirilgan pedagogik-psixologik jarayondan tashkil topishini e'tiborga olsak, ijodiy tafakkur maqsadli faoliyatni tashqi ta'sir hisobiga rivojlantirilishi mumkinligiga ishontiradi. Kreativlik insonda rivojlanishining bir qancha omillarini keltirish mumkin. Yuqorida ta'kidlanganidek, qo'shimcha ta'lim, qo'shimcha mashg'ulotlar ham talabada kreativlik, ya'ni unda ijodkorlik salohiyatining ko'proq namoyon bo'lishida asosiy omil vazifasini o'taydi. Kishi tabiatan qanchalik kuchli ijodkorlik qobiliyati kurtagiga ega bo'lib tug'ilmasin, agar u mos, qulay sharoitda bo'lmasa, uning rivojlanishi qiyin, degan xulosaga kelish mumkin. Demak, ijodkorlik qobiliyatining to'g'ri kamol topishi, unga mos sharoit yaratilishida pedagogik tarbiyaning roli nihoyatda yuksak. Oliy ta'lim

Бўлажак технологик таълим йўналиши ўқитувчиларида касбий- методик ижодкорлик сифатларининг таснифи Xulosa qilib aytganda, hozirgi kunda bo'lajak texnologik ta'lim yo'nalishi o'qituvchilarining iqtidorlilarini to'g'ri topa bilish, ularda ijodkorlik qobiliyati kurtaklarining gurkirab o'qishi uchun qulay muhit yaratish, o'zini-o'zi mukammallashtirish, Iroda va doimiy "qaynash", "shaxti baland bo'lish", nimaga qo'l ursa, uddasidan chiqa olishi muqarrarligiga ishonch tuyg'ulariga ega bo'lishlariga erishish muhim hisoblanadi. Shundagina bugungi ta'lim tizimi oldida КАСБИЙ-МЕТОДИК ИЖОДКОРЛ ИК СИФАТЛАРИ Қадриятлар тизимиШахс сифатлари тафаккур тезлиги (кўплаб фикрлар, ғоялар ва ассоциацияла рнинг уйғониши)янги ҳаётий тажриба учун очиқлик Интеллектуал сифатлар тафаккур эгилувчан- лиги (вужудга келаётган ғояларнинг хилма- хиллиги)тафаккур оригиналли-ги (ўйлаб топилаётган ғояларнинг ўринли бўлиш баробарида камёблиги, ноодатийлиги) ривожла- ниш, билиш ва эркинлик қадрият- ларини юқори қўйиш

turgan yoshlarni ijodkorlik ruhida tarbiyalash, ularda ixtirochilik va kashfiyotchilik ko'nikmalarini shakllantirish kabi muhim masalalar o'z echimini topadi. Albatta, ta'limning asosiy maqsadi komil insonni tarbiyalash ekan, o'z navbatida ularni qo'llab-quvvatlash, o'z iste'dodini namoyon etishida yaqin ko'makchi bo'lish kerak. Ijodkorlik insoniyat o'zligini namoyon qilishining eng oliy ko'rinishi bo'lishiga qaramasdan, bugungi kunda eng kam o'rganilgan sohalardan biri sanaladi. Zero, qanchalik g'ayrioddiy bo'lmasin bu holat tabiiydir. Chunki ijodkorlik jarayonlarining o'ta murakkab va tutqich bermaydigan darajada chalkashligi uning tabiiy-ilmiy tadqiqot metodlari doirasida o'rganishni birmuncha mushkullashtiradi. Ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish muammosi iqtidor, talant va geniallik sifatlari bilan uzviy bog'liq. Ularni tarbiyalash va rivojlantirish bilan bog'liq masalalar barcha davrlarda insoniyatni qiziqtirib kelmoqda va bugungi kunda ham o'z jozibasi bilan barchani o'ziga jalb etmoqda. Ijodkorlik turlari qatorida ilmiy, badiiy, texnik, ixtirochilik va tashkilotchilik ijodkorligini qayd etish mumkin. Insondagi har qanday qobiliyat asosida kreativlik yotadi. Unda alohida iste'dodning namoyon bo'lishida ham ijodkorlikning alohida o'rni mavjud. Kasbiy-metodik ijodkorlik – bo'lajak texnologik ta'lim yo'nalishi o'qituvchilarining mutaxassislik kompetentsiyalarini ijodiy fikrlar, kreativ tafakkur, ilmiy dunyoqarash, ilmiy-texnik va texnologik bilimlarning innovasion metodlarini ilm-fan, ta'lim va ishlab chiqarish integrasiyasi asosida, ijodkorlik, ixtirochilik mahsulini intellektual mulk sifatida yaratishga qaratilgan faoliyat. Kreativlik yillar davomida shakllantirilgan, ma'lum bir tajribalar asosida yuzaga kelgan jarayondir. Ta'limda ijodiylikni tashkil qilish, darsni loyihalash, muammolarni kompleks o'rganish orqali tafakkur o'stirish masalalari yu.B.Naumkina, R.S.Safin, N.A.Muslimov kabi olimlar tomonidan tadqiq etilgan. Kreativlikni yuzaga chiqarishda, eng avvalo, ta'lim sohasida faoliyat olib boradigan o'qituvchining o'zida shunday qobiliyat bo'lishi kerak. Shundagina u boshqalarda ham xuddi shunday xususiyatni ko'ra oladi, unga munosabat bildira oladi.

Bo'lajak texnologik ta'lim yo'nalishi o'qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda quyidagilar muhim hisoblanadi: shaxsiy sifatlar va yo'nalganlik (ehtiyoji, qiziqishi, qadriyatlari yo'nalishi, motivasiya); ma'lumot darajasi (bilimi, ko'nikma va malakalarini doimiy ravishda boyitishga intilishi va mahorati); tarbiyalanganligi darajasi (ma'naviy, estetik, jismoniy, kasbiy, madaniy); ijtimoiylashish (kasbiy va ijtimoiy faoliyatini tashkil etishga tayyorligi, bilim olishni davom ettirish, ijtimoiy qoidalar va qadriyatlarni idrok qilish); madaniyatlilik (ijtimoiy-madaniy qadriyatlarni idrok qila olishi, intellektual, iqtisodiy va ekologik madaniyati, aqliy, jismoniy va mehnat madaniyati, munosabatlari mazmuni va xulq-atvori). Zamonaviy o'qituvchining kasbiy shakllanishini ta'minlovchi talablar ikki guruhga ajratiladi: birinchi guruhga, o'qituvchining turli darajadagi muammolarni hal etishga tayyorgarligini ta'minlovchi ijtimoiy, kasbiy va shaxsiy ahamiyatga ega invariant (o'zgarmas) intellektual mahorat hamda variativ (o'zgaruvchan) individual sifatlarning shakllanishini, shuningdek, turli darajadagi muammolarni hal etishga tayyorligini ta'minlashga xizmat qiluvchi fundamental bilimlari mazmuni va darajasiga qo'yiladigan talablar. Ikkinchi guruhga kiruvchi talablar esa, o'z navbatida, quyidagi uchta guruhga ajratiladi: inson va uni o'rab turgan borliqning yaxlitligi borasidagi zamonaviy bilimlar; fan asoslari bo'yicha yaratilgan modullar; zamonaviy fundamental bilimlar tarkibiga kiruvchi maxsus ilmiy fanlarni o'rganish. Инвариан т интеллек- туал маҳорат Вариати в индиви- дуал сифат Замон авий билим -лар фан асосл арида ярати лган моду ллар Фундамен- тал билимларга асосланган махсус илмий фанларФундаме нтал билимлар мазмуниМуаммоли вазиятларни ҳал этиш БилимЗАМОНАВИЙ ЎҚИТУВЧИНИНГ КАСБИЙ ШАКЛЛАНИШИНИ ТАЪМИНЛОВЧИ ТАЛАБЛАР