KASBIY-PEDAGOGIK IJODKORLIK FAOLIYATINI YURITA OLISH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISH











MAVZU : KASBIY-PEDAGOGIK IJODKORLIK FAOLIYATINI YURITA OLISH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISH R Е J А : 1. Blum taksonomiyasi. 2. Ijodkorlik qobilyati mazmuni. 3. Shaxs ijodkorlik qobilyatlarini rivojlantirish muammosi.
Ta’limiy uchlik – «maqsad - jarayon - natija»ning o‘rta bo‘g‘iniga hozir e’tibor kuchaygan bo‘lsa-da, bir qator pedagog olimlar ushbu zanjirning boshidagi va oxiridagi halqalarini chuqur o‘rganmoqdalar. Masalan, bu sohada CHikago universiteti professori Benjamin Blum tomonidan bilim olish sohasidagi o‘quv maqsadlari taksonomiyasining yaratilishi diqqatga sazovordir. «Taksonomiya» atamasi yunoncha taxis (tartib bo‘yicha joylashuv) va nomos (qonun) so‘zlaridan iborat bo‘lib, ob’ektlarni o‘zaro aloqadorlik asosida tasniflash va tizimlashtirish ma’nosini anglatadi. Blum taksonomiyasi o‘quv faoliyatining turli sohalarini qamrab oladi: kognitiv (bilish), affektiv (hissiy - qadriyatli), psixomotor (harakat). 1. Kognitiv soha. Bu sohada olingan texnik bilimlarni kasbiy-pedagogik ijodkorlikni rivojlantirishda texnologik jihatdan qayta takrorlash, ularni egallangan kompetensiyalar bilan uyg‘unlashtirish natijasida yangi kasbiy-pedagogik ijodkorlik va texnik-texnologik mashq bajarish qonun-qoidalarini o‘rganish zaruratiga tegishli o‘quv maqsadlari kiritiladi. 2. Affektiv soha. Kasbiy-pedagogik ijodkorlikni rivojlantirish jarayonida kasbiy qiziqish va moyilliklarni shakllantirish, ichki hamda tashqi psixologik ta’sirlar natijasida texnologik munosabatni o‘rnatish, uni mustaqil faoliyat davomida tushunib etish orqali kasbiy faoliyat amaliyotiga tatbiq qilish maqsadlari kiritiladi. 3. Psixomotorli soha. Bunga kasbiy-pedagogik ijodkorlikni rivojlantirish jarayonidagi psixologik faoliyat, texnik va texnologik jarayonlarda jismoniy faoliyat natijasida asab muskullarini markazlashtirish kompetensiyalarini shakllantirish bilan bog‘liq maqsadlar kiritiladi. Blum taksonomiyasi asosida ijodkorlikni rivojlantirish maqsadi, mazmuni, shakllarini hamkorlikda va individual tarzda tashkil etish mexanizmlari ishlab chiqildi va amaliyotga tatbiq etildi. (O.A.Qo‘ysinov)
Kasbiy-pedagogik ijodkorlik faoliyatini yurita olish kompetensiyasini shakllantirishning umumiy tuzilmasiКасбий-педагогик ижодкорлик фаолияти мақсади Ижодкорлик фаолият шаклларии Ҳамкорлик Ижодкорлик фаолияти мазмуниҲамкорликда касбий-педагогик ижодкорлик фаолиятини юрита олиш компетенцияини ташкил этувчилар Касбий-педагогик ижодкорликЎқитувчи ва талаба Методлар, воситалар Ўқитувчи назорати Тузатиш киритиш Билиш Тушуниш Қўллаш Таҳлил Синтез Натижа Индивидуал касбий-педагогик ижодкорлик фаолиятини юрита олиш компетенциясининг ташкил этувчилари Шахсий ва индивидуал сифатлар Талаба Мотивлар Ўз-ўзини назорат Креативлик
Ko‘pchilik konsepsiyalarda iqtidorlilik va uning rivojlantiruvchi asoslari shaxs kreativligi tushunchasi bilan ifodalanuvchi ijodiy imkoniyatlari va qobiliyatlari orqali tavsiflanadi. Kreativlik fikrlashda, muloqotda, faoliyatning alohida turlarida namoyon bo‘lishi mumkin. U umumiy holatda shaxs yoki uning alohida qobiliyatlarini tavsiflashi mumkin. Ko‘pchilik holatlarda “kreativlik”deyilganda texnik malakalarni egallash, yaxshilash va takomillashtirish, muammolarni o‘zgacha nuqtai nazardan o‘rganish, yangi, nostandart echimlarni topish qobiliyati tushuniladi. Insonning ijodiy imkoniyatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita uning bilim olish qobiliyatlari bilan bog‘langan emas va hamma vaqt ham u intellekt testlarida namoyon bo‘lavermaydi. Aksincha, ijodkorlik egallangan bilimlarning miqdori va turli-tumanligi bilan emas, balki qat’iy tarkib topgan tushunchalarni ijro eta oluvchi yangi g‘oyalarni seza olish qobiliyati bilan izohlanadi. Ijodiy g‘oyalar odatda relaksatsiya paytida, oldindan jiddiy izlanishlar natijasida tayyorlangan, jamlangan holda emas balki tarqoq diqqat payti yuzaga keladi. Kreativlikni jarayon sifatida o‘rganish – keng tadqiq qilinuvchi yo‘nalish hisoblanadi. “Kreativlik” tushunchasini o‘rganish bilan bir qatorda xorijiy olimlar kreativ shaxs tavsifiga alohida e’tibor qaratadilar. Ko‘pchilik holatlarda birinchi o‘rinda moslashuvchanlik kommunikativlik, mustaqillik kabi ko‘nikmalar qayd etiladi. Kreativlikni tashxis qiluvchi metodikalar odatda, sinaluvchini o‘ziga xos, original, ko‘p varianli, turli-tuman javoblarni berishga undovchi yo‘riqnomaga ega bo‘ladi. Bu kabi vaziyatlar kreativlikni namoyon qilishga qulay sharoit yaratadi deb hisoblanadi. Biroq asosida tashqi emas, balki ichki – o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish motivatsiyasiga asoslanuvchi ijodiy jarayonning mohiyati shaxs faolligining sub’ektligiga, ya’ni vaziyatga bog‘liq bo‘lmagan faollikka asoslanadi. O‘quvchi shaxsining intellektual hamda ijodkorlik sifatlarining o‘zaro munosabatlariga doir mulohazalarimizni umumlashtirib aytish mumkinki, ijodkor shaxs sifatlarining tashqi namoyon bo‘lishi spontanlik xarakteriga ega va vaqt bo‘yicha cheklovning olib tashlanishi ular qobiliyatlarining namoyon bo‘lishiga
olib keladi, tashqi motivatsiya ular kreativligining namoyon bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Quyi darajadagi kreativlikka ega o‘quvchilarda ijodkorlik sifatlarining mavjud bo‘lmasligini tashqi motivatsiya bilan bartaraf etib bo‘lmaydi, ya’ni turli chegaralarning olib tashlanishi yo‘q sifatlarning namoyon bo‘lishiga olib kelmaydi. Zamonaviy mutaxassislarni oldiga qo’yilgan kasbiy talab undan ijodkorlik, tashabbuskorlik, ilmiy izlanuvchanlik, mustaqillik va yangilik yaratishga qobilyatini talab qiladi. Zero, bu mutaxassislar bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqara olish lozim. Ijodkorlikka intilish, mehnatga bo’lgan munosabatni faqat moddiy mukofot olish vositasigina yemas, balki xayotning mazmuniga, o’zlikni namoyon qilish usuliga aylanishi shart. Turmushning barcha jabxalarida ijodkorlik bor yekan, u dizayn bilan bog’liq, dizayn bor joyda ijodkorlik talab yetiladi, ijodkorlik dizaynni asosiy tarkibiy qismidir. Ijod – insonning moddiy va ma’naviy ne’matlarini yaratish faoliyatidir. Unda inson tafakkuri, xotirasi, tasovvuri, diqqati, irodasi faol ishtirok yetadi, butun bilimi, tajribasi, iste’dodi namoyon bo’ladi. Ijod dastlab inson tasovvurida tug’iladi, keyin ijodga ta’luqli masalalar yuzasidan izlanishlar boradi, boshqalar bajargan ishlar tanqidiy ko’rib chiqiladi, tahlil yetiladi, kuzatishlar o’tkaziladi; mantiqiy xullosalar chiqariladi, shkotezalar qilinadi, bular tajribada sinab ko’riladi, noto’g’risi yangilanadi. Ijodiyot – muayyan bir soha. Ijodkorlik – bu insonning borliqni bilish va o’zgartirishga yo’naltirilgan ongli, maqsadli faoliyati bo’lib, uning natijasida yangi, original, ilgari mavju bo’lmagan, jamiyatni moddiy va ma’naviy xayotini yaxshilashga qaratilgan buyumlar, asarlar va boshqalar yaratiladi. Mehnat ta’limida o’quvchilar ijodkorligiga oid bo’lgan “texnik ijodkorlik”, “Ixtirochilik ijodkorligi”, “Dizaynerlik ijodkorligi” kabi atamalar mavjud.