logo

PEDAGOGIK MAHORAT ASOSLARI. KASBIY KOMPETENTLIK VA KREATIVLIK

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

901.3017578125 KB
PEDAGOGIK MAHORAT ASOSLARI. KASBIY KOMPETENTLIK VA
KREATIVLIK
REJA
1. Pedagogik mahorat, uning mohiyati va tuzilishi. 
2. Pedagogning kasbiy fazilatlari. 
3. Pedagogik muloqot. 
4. Muloqot vositalari va turlari. 
5. Pedagogik muloqot madaniyati, yo‘nalishlari va uslublari. 
6. O‘qituvchining nutq texnikasi va madaniyati. 
7. Kommunikativ ta’sir ko‘rsatish. 
8. Pedagogik deontologiya. O‘qituvchi professiogrammasi. 
9. Chet tili o‘qituvchisining professiogrammasi. 
10. Pedagogik kompetentlik tushunchasi. 
11. Pedagogik kompetentsiya va uning komponentlari. 
12. Kasbiy kompetentlik va uning sifatlari. 
13. Pedagogning o‘z ustida ishlashi. 
14. “Kreativlik” va “pedagogik kreativlik” tushunchalari. 
15. Kreativlik sifatlari. 
16. Shaxs kreativligini ifodalovchi xususiyatlar. 
17. Bulajak o‘qituvchilarda pedagogik kreativlikni shakllantirish.  Pedagogik mahorat asoslari va uning tarkibiy qismlari
O‘zbekiston   Respublikasi   hukumati   tomonidan   xalq   ta’limi   sohasi   bo‘yicha   o‘rtaga
quyilayotgan   vazifalarni  bajarish   ko‘p jihatdan  o‘qituvi   shaxsiga  bog‘liq.     Bozor  iqtisodiyotiga
o‘tish   sharoitida   ta’lim-   tarbiyadan   ko‘zda   tutilayotgan   maqsadga   erishish,   o‘quvchilarning
xilma-   xil   faoliyatini   uyushtirish,   ularni   bilimli,   odobli,   e’tiqodli,   mehnatkash,   ishbilarmon,
barkamol   inson   qilib   o‘stirish   o‘qituvchi   zimmasiga     yuklatilgan.   Xalqimizning   kelajagi,
O‘zbekistonning istiqboli ko‘p ejihatdan o‘qituvchiga, uning saviyasi, tayyorgarligi, fidoyiligiga,
yosh   avlodni   o‘kitish   va   tarbiyalash   ishiga   bo‘lgan   munosabatiga   bog‘liq.           O‘qituvchilik
sharafli,   lekin   juda   murakkab   kasbdir.   Yaxshi   o‘qituvchi   bo‘lish   uchun   pedagogik   nazariyani
egallashning   o‘zigina   yetarli   emas.   Chunki   pedagogik   nazariyada   bolalarni   o‘qitish   va
tarbiyalash   haqida   umumiy   qonun-   qoidalar,   tamoyillar,   umumlashtirilgan   metodik   g‘oyalar
bayon   etiladi,   o‘quvchilarning   yo   shva   individual   xususiyatlarini   e’tiborga   olish   ta’kidlanadi.
Maktab   hayoti,   amaliy   pedagogik   jarayon   esa   juda   xilma-   xil,   murakkabdir.   Pedagogik
nazariyaga   mos   kelmaydigan   vaziyatlar   ko‘p   uchrab   turadi.   Bu   esa   o‘qituvchidan   keng
bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlik va yuksak pedagogik mahorat hamda ijodkorlikni talab
etadi.
Biror kasbning haqiqiy  ustasi  bo‘lish uchun kishida  tabiiy  qobiliyat,  ma’lum  jismoniy  va
ruhiy xislatlar, puxta tayyorgarliq ayrim shaxsiy sifatlar bo‘lishi kerak.
Pedagoglik   kasbini   tanlagan   kishi   avvalo   sog‘lom   bo‘lishi,   so‘zlarni   to‘g‘ri   va   yaxshi
talaffuz qila olishi, bosiq va asablari joyida bo‘lishi, boshqalar bilan muomalada o‘zini tuta olishi
zarur.   Shuningdeq   o‘qituvchida   bolalarni     yoqtirish,   ular   bilan   ishlashga   mayli   borliq
xushmuomalaliq   kuzatuvchanliq   keng   fikrlay   olish,   tashkilotchiliq   o‘ziga   va   boshqalarga
nisbatan talabchanlik kabi shaxsiy sifatlar mavjud bo‘lishi zarurdir. 
Pedagogik faoliyat – yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq, davlat oldida
javob beradigan, bolalarga ta’lim- tarbiya beri shishi Bilan shug‘ullanadigan va bu ishga maxsus
tayyorlangan   odamlarning   mehnat   faoliyatidir.   «Tegishli   ma’lumoti,   kasb   tayyorgarligi   bor   va
yuksak   axloqiy   fazilatlarga   ega   bo‘lgan   shaxslar   pedagogik   faoliyat   Bilan   shug‘ullanish
huquqiga ega», - deyiladi «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunda. O‘qituvchilik faoliyati inson shaxsini
shakllantirishga   qaratilgandir.   O‘qituvchining   barkamol   insonni   tarbiyalash,   unda   milliy   va
umuminsoniy   fazilatlarni   tarkib   toptirish   vazifasi   eng   olijanob,   yuksak   va   shu   bilan   birga   eng
murakkab   vazifadir.   Har   bir   bola   o‘z   xulq-   atvoriga,   xarakteriga   ega.   Bolalarni   tarbiyalashda
ularning   anna   shu   o‘ziga   xos   xususiyatlarini   xisobga   olish,   o‘rganish   nihoyatda   murakkab.
Bunda   odamlar   o‘rtasidagi   ijtimoiy   munosabatlarning   murakkabligiga   mos   keladigan   maxsus
usullardan   foydalaniladi.   Pedagogik   faoliyatga   tayyorgarlik   ko‘rayotgan   yoshlar   uning   anna
shunday   xususiyatlarini   bilishlari   lozim.   O‘qituvchilik   ixtisosining   bu   xususiyatlari   uning
kasbnomasida ifodalanadi.
«Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi»da   ko‘tarilgan   barcha   tadbiru   -   amallar
respublikamizning   aqliy   salohiyatini   oshirishga   qaratilgan   ekan.   Bu   eng   avvalo   o‘qituvchi
kasbiga   bo‘lgan   munosabatni   tub   jihatdan   o‘zgartirishni,   uning   ma’naviy   -   axloqiy   va   aqliy
kamolotini oshirish lozimligini taqozo etadi.
Demaq bu fikrlarni ilmiy – nazariy tahlil qilish, shunday xulosalarga olib keladi:
Birinchidan  - o‘qituvchi pedagogik faoliyatga qobiliyati bor, ijodkor, ishbilarmon, bolajon
bo‘lmog‘i
Ikkinchidan   –   milliy   va   umuminsoniy   qadriyatlarni   yaxshi   anglaydigan   va   mukammal
egallagan,   diniy   va   dunyoviy   bilimlardan   ogoh,   ma’naviy   –   axloqiy   barkamol   inson   sifatida
obro‘ - e’tiborga ega bo‘lmog‘i;
Uchinchidan   –   imon   –ye’tiqodi   butun,   har   qanday   oqimlarga   va   ko‘rinishlarga   o‘zining
qat’iy   munosabatini   bildira   oladigan,   eng   muhimi   O‘zbekistonning   mustaqil   davlat   sifatida
maydonga chiqishiga ishonadigan va boshqalarni ham ishontira oladigan bo‘lishi;
To‘rtinchidan   -   o‘qituvchi   vatanparvarlik   g‘oyasi   bilan   sug‘orilgan   bo‘lmog‘i   va   o‘z
tarbiyalanuvchilarini ham ana shu yo‘lda fidokorlikka undamog‘i; Beshinchidan   – pedagoglik kasbiga doir bilimlarni ya’ni psixologiq pedagogik malaka va
mahoratni, ilmiy-nazariy va amaliy bilimlarni puxta egallagan bo‘lishi;
Oltinchidan  – bolalarni sevish, ular ruhiyatini yaxshi bilishi, shuningdeq ularning yoshi va
individual xususiyatini hisobga olgan holda ular bilan muomalaga kirisha olishi;
Yettinchidan  - o‘qituvchi erkin va ijodiy fikrlay olishi, talabchan, adolatli bo‘lmog‘i;
Sakkizinchidan   -   o‘qituvchi   odobli,   iboli   va   hayo   sohibi   bo‘lish   bilan   birga,   o‘z
tarbiyalanuvchilarini ham ana shunday sifatlar bilan qurollantirishga harakat qilmog‘i;
To‘qqizinchidan  - o‘qituvchi o‘z so‘ziga va qilayotgan ishiga bolalarni ishontira oladigan,
obro‘ - e’tiborli shaxs bo‘lmog‘i;
O‘ninchidan   -   o‘qituvchi   o‘tkir   suxandon,   mantiqiy   fikrlovchi,   o‘quvchilarga   berilishi
lozim bo‘lgan ma’lumotni izchil va ketma – ketlik printsipi asosida yetkazishi;
O‘n   birinchidan   -   o‘qituvchi   madaniyatli,   estetik   didli   bo‘lishi   bilan   o‘zining
tarbiyalanuvchilari uchun ibrat bo‘lib qolmog‘i kerak.
Agar o‘qituvchi ana shunday sifatlarni o‘zida mujassam qila olsa kadrlar tayyorlash milliy
modelida qayd etilgan o‘qituvchi tamoyiliga qo‘yilgan talablarga to‘liq javob bera oladi deyish
mumkin.
O‘qituvchilik kasbini egallash uchun, albatta, tabiiy qobiliyatlar bilan birga, jismoniy ham
ruhiy   xislatlar   ham   shakllangan   bo‘lmog‘i   darkor.   Aks   holda   o‘qituvchilik   kasbini   tanlagan
bunday shaxslardan na jamiyatga, na o‘zgalarga hyech qanday manfaat bo‘lmasligi turgan gap.
Pedagogik faoliyatning mazmuni asosan yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun
xalq   oldida,   davlat   oldida   javob   beradigan,   bolalarga   tarbiya   berish   uchun,   layoqatli,   talab
doirasida   barcha   aqliy   va   axloqiy   salohiyatga   ega   bo‘lgan   maxsus   tayyorgarlikdan   o‘tgan
shaxslarning   alohida   faoliyatiga   aytiladi.   Aniqroq   qilib   aytganda   o‘qituvchilarning   mehnat
faoliyati   komil   insonni   tarbiyalashga   qaratilgan   murakkab,   ziddiyatli   va   uzoq   davom   etadigan
jarayondir.
O‘qituvchilik kasbini egallagan har bir inson avvalo o‘qituvchi shaxsiga xos xususiyatlarni
o‘zida   mujassam   etishi;   shuningdeq   o‘qituvchining   ruhiy   –   pedagogik   tayyorgarligiga
qo‘yiladigan   talablarni   atroflicha   o‘zlashtirgan   bo‘lishi;   tanlangan   ixtisos   yuzasidan   kerakli
doirada pedagogik mahorat, texnika, takt, ziyrakliq kuzatuvchanliq bilimlarni bolalarga yetkaza
olish qobiliyatiga ega bo‘lmog‘i juda muhim.
 Inson faoliyatining boshqa turlari kabi pedagogik faoliyat ham o‘z xususiyatlari bilan bir-
biridan ajralib turuvchi: maqsad, obyekt va subyekt va vositalardan tashqil topadi. 
Eng   avvalo,   pedagogik   maqsadning   o‘ziga   xosligini   tushunishiga   harakat   qilamiz.   Ular
quyidagilardan iborat: 
1.   Pedagogik   faoliyatning   maqsadi   jamiyat   tomonidan   belgilanadi,   ya’ni   pedagog
faoliyatning   natijasi   jamiyat   manfaatlari   bilan   bog‘liqdir.   Uning   mehnati   yoshlar   shaxsini   har
tomonlama kamol toptirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. 
2.   Pedagog   faoliyati   doimo   shaxs   faoliyatini   boshqarish   bilan   bog‘liq.   Bunda   pedagogik
maqsad o‘quvchi maqsadiga aylanishi muhimdir. 
3.   Pedagogik   (ta’lim,   tarbiya)   jarayonida   o‘quvchi   faoliyatini   boshqarish   shuning   uchun
ham   murakkabki-pedagog   maqsadi   doimo   o‘quvchi   kelajagi   tomon   yo‘naltirilgan   bo‘ladi.   Bu
maqsadni o‘quvchidan ko‘ra pedagog yaqqolroq tasavvur qiladi.  Shunday   qilib,   pedagogik
faoliyat maqsadining o‘ziga xosligi o‘qituvchidan quyidagilarni talab qiladi: jamiyatning ijtimoiy
vazifalarini   (masalan,   muxandis-pedagoglar   tayyorlashni)   to‘la   anglab,   o‘z   shaxsiga   qabo‘l
qilishi. Jamiyat maqsadlarining "o‘sib", uning pedagogik nuqtai nazariga aylanishi;
muayyan harakat va vazifalarga ijodiy yondoshishi;
o‘quvchilar   qiziqishlarini   e’tiborga   olish,   ularni   pedagogik   faoliyatning   belgilangan
maqsadlariga   aylantirish.   O‘quvchilar   bilan   kasbga   yo‘naltirish   ishlarini   olib   borishda   bunga
e’tibor berish zarur. 
  Endi   pedagogik   faoliyat   obyektining   o‘ziga   xosligini   ko‘rib   chiqamiz.   Bu   faoliyatining
obyekti   insondir.   Pedagog-   tadqiqotchilarning   fikricha,   pedagogik   obyektining   o‘ziga   xosligi
quyidagilardan iborat: 1.   Inson-tabiatning   jonsiz   moddasi   emas,   balki   o‘zining   individual   sifatlari,   ro‘y
berayotgan voqyealarning idrok qilishi va ularga o‘zicha baho beradigan, takrorlanmaydigan faol
mavjudotdir.   Psixologiyada   ta’kidlanganideq   har   bir   shaxs-takrorlanmasdir".   U   pedagogik
jarayonning o‘z maqsadi, ishtiyoqi va shaxsiy xulqqa ega bo‘lgan ishtirokchisi hamdir. Shunday
qilib,   pedagogik   faoliyatning   obyekti   bir   paytning   o‘zida   bu   faoliyatning   subyekti   bo‘lib
hisoblanadi. 
2.   Pedagog   doimo   o‘zgarib,   o‘sib   boradigan   inson   bilan   ishlaydi.   Ularga   yondoshishda
bir   xil   qolip,   shakllanib   qolgan   hatti-harakatlardan   foydalanish   mumkin   emas.   Bu   esa
pedagogdan doimo ijodiy izlanib turishni talab qiladi. 
3.   O‘quvchilarga   pedagogdan   tashqari   atrof-muhit,   ota-ona,   boshqa   fan   o‘qituvchilari,
ommaviy   axborot   vositalari,   ijtimoiy   hayot   ham,   ba’zan   sezilmaydigan,   ba’zan   esa   har
tomonlama bir necha yo‘nalishda ta’sir etadi. Shuning uchun ham pedagog mehnati bir vaqtning
o‘zida   jamiki   ta’sirlarga   va   o‘quvchining   o‘zida   paydo   bo‘lgan   fikrlarga   tuzatishlar   kiritib
borishni   nazarda   to‘tadi.   Masalan,   diniy   ektsremizm   va   boshqa   oqimlarga   kirib   ketgan
yoshlarning   adashganligini   tushuntirish,   ommaviy   axborot   vositalari   orqali   berilayotgan
axborotlarni   to‘g‘ri   anglashga   undash   va   h.   k.   Tarbiya   jarayoni   o‘z-o‘zini   tarbiyalash   bilan
uyg‘unlashgan holda olib borilishi zarur. 
Pedagogik   mahorat   –   izlanish,   ijodiy   mehnat   mahsuli.   Pedagogik   mahorat   hamma
o‘qituvchilar   uchun   bir     qolipdagi   ish   uslubi   emas,   balki   u   har   bir   o‘qituvchining   o‘z   ustida
ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida yuzaga keladigan jarayondir.
Mahoratli   pedagog   deganda   -     ravon   va   ta’sirchan   nutqqa   ega   bo‘lgan,   o‘tilayotgan
mavzuga   o‘quvchi   diqqatini   torta   oladigan,   qobiliyatli,   mavzuga   mos   ko‘rgazmalar   ijod   qilib,
undan   unumli   foydalana   oladigan,   har   qanday   sharoitda   ham   o‘quvchi   qalbiga   yo‘l   topa
oladigan,   har   bir   darsi   jarayonida   bolaning   qiziqishi   va   faoliyatini   oshirisha   oladigan   kishini
tushunamiz.
Pedagogik mahorat  bir qator komponentlardan tarkib topadi. U pedagogika va psixologiya
bo‘yicha ilmiy bilimlarni, ya’ni kasbiy bilimlar, kasbiy qobiliyat, pedagogik etika va pedagogik
texnikani o‘z ichiga oladi.
Pedagogik   mahoratning   asosiy   negizi   bu   –   kasbga   oid   bilimlarni   puxta   o‘zlashtirishdan
iboratdir. 
«Ta’lim   to‘g‘risida»gi   va   «Kadrlar   tayyorlash   Milliy   dasturi»     o‘qituvchilar   oldiga   juda
katta  va mas’uliyatli  vazifalar  yukladi.  Bu esa o‘qituvchilardan  o‘z ustlarida  muntazam  tinmay
ishlashlari   va   yosh     avlodni   o‘z   Vataniga,   xalqiga   munosib   insonlar   qilib   tarbiyalashni   talab
etadi.
O‘qituvchilik   kasbi   ulug‘   va   sharafli,   murakkab,   o‘z   o‘rnida   mas’uliyatli     kasblardan
biridir.     Dunyodagi   barcha   insonlarni   komil   bo‘lib   yetilishiga   o‘qituvchi   sababchi   bo‘ladi.
Barcha joylardagi hamma kasb-hunar, ilmli, olimu-fuzalolar o‘qituvchining mehnati samarasidir.
O‘qituvchi   mehnatini   biror   narsa   bilan   taqqoslab   bo‘lmaydi.   O‘qituvchilik   kasbini   egallashga
intilayotgan har bir inson o‘zida avvalo iroda, sabr-matonat, pedagogik mahoratni, o‘qituvchilik
ixtisosligiga xos bilim, malaka, ko‘nikmalarni egallashi lozimdir.
Mahoratli o‘qituvchi o‘zini mahorat egasi sanasa u quyidagi bilim, ko‘nikma, malakalarni
egallagan bo‘lishi zarurdir.
1.O‘qituvchi   dunyoqarashi   keng,   hamma   voqyea,   hodisa   ustida   erkin   fikr   yurita   olishi
zarurdir.
2.   Mustaqil   O‘zbekistonimiz   o‘qituvchisi   birinchi   galda   o‘zi   o‘qitadigan   fanni   chuqur
egallagan  bo‘lgandagina   o‘quvchilarda  umumiy  va   kasbiy   ta’lim  sifatini   oshira   oladi   va  ularda
fan - texnika hamda amaliy faoliyatga qiziqish va istak hosil qila oladi.
3.O‘qituvchi hozirgi zamon fan-texnika talabiga muvofiq yaxshi dars berishi va uning har
minutidan unumli foydalanishi zarur.
4.O‘qituvchi   yaxshi   o‘qituvchi     bo‘lishi   uchun   pedagogika,   psixologiyaga   qo‘shib,   o‘z
fanining metodikasini yaxshi bilmog‘i lozim. 5.O‘qituvchining   umumiy   madaniyati   yuqori   bo‘lishi   bilan   birga   bu   kasb   adabiyot   va
san’at sohasidagi bilimlarga ega bo‘lishni talab qiladi.
6.O‘qituvchi   pedagoglik   odobiga   rioya   qilishi   kerak.   Pedagoglik   odobi   o‘qituvchilik
kasbiga xos fazilatlardan bo‘lib, u o‘qituvchining bolalar bilan ishlashi jarayonida uning tajribasi
mahorati oshadi.
7. O‘qituvchi pedagoglik mahoratiga va har tomonlama bilimga ega bo‘lishi keraq chunki
unga o‘quvchilar har sohada murojaat qilishlari mumkin.
Va   nihoyat   o‘qituvchida   o‘qituvchiga   xos   bo‘lgan   qobiliyatlar   mujassam   etgan   bo‘lishi
lozim.
Yosh  avlod   tarbiyalash  murakkab   va  olijanob  vazifa   bo‘lishi  bilan  birga   ayni  zamonda  u
g‘oyat darajada    murakkab,  mas’uliyatli  ishdir. Bu   vazifani  muvaffaqiyat  bilan  bajarish uchun
eng   avvalo   o‘qituvchi   o‘z   ishining   shaydosi   bo‘lishi,   bolalarni   sevishi,   mas’uliyatlarini,
burchlarini, hulqlarini anglab yetishlari lozim.
Xulosa   qilib,   aytganda   mustaqil   O‘zbekistonimizda   o‘zining   pedagogik   faoliyatini   olib
borayotgan   har   bir   o‘qituvchi   o‘z   ustida   tinmay   ishlashi,   doimiy   izlanishda   bo‘lishi,   o‘zidan
oldingi   pedagoglarning   ilg‘or   tajribalari   bilan   doimiy   tanishib   borishi   va   shu   yo‘llar   bilan   o‘z
mahoratining tizimlarini kengaytirishi lozimdir.
Qobiliyat, faoliyat jarayonida paydo bo‘ladiva rivojlanadi. Pedagogik faoliyatning samarali
bo‘lishi   uchun   o‘qituvchida   qobiliyatning   quyidagi   turlari   mavjud   bo‘lmog‘i   va   tarbiyalab
yetishtirilmog‘i lozim:
1.   Bilish   qobiliyati   -     fanning   tegishli sohalariga oid (matematika, fizika, biologiya,
adabiyot   va   hokazolarga   doir)   qobiliyatdir.   Bunday   qobiliyatga   ega   bo‘lgan   o‘qituvchi   fanni
o‘quv   kursi   hajmidagina   emas,   balki   ancha   keng   va   chuqurroq   biladi,o‘ z   fani   sohasidagi
kashfiyotlarni     hamisha     kuzatib     boradi, materialni ipidan ignasigacha biladi, unga nihoyatda
qiziqadi, oddiy tadqiqot ishlarini ham bajaradi.
2.       Tushuntira   olish   qobiliyati -   o‘quv   materialini   o‘quvchilarga   tushunarli   qilib   bayon
eta olish, o‘quvchilarda      mustaqil     ravishda      faol fikrlashga qiziqish uyg‘otish qobiliyatidir.
O‘qituvchi   zarur   hollarda   o‘quv   materialini   o‘zgartira   olishi,qiyin   narsani   oson,   murakkab
narsani oddiy, noaniq narsani tushunarli qilib o‘quvchilarga yetkaza olishi darkor.
3.      Kuzatuvchanlik       qobiliyati -        o‘quvchining. tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga
kira olish qobiliyati,    o‘quvchi    shaxsini    va    uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi
tushuna   bilish   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   psixologik   kuzatuvchanlikdir.   Bunday   o‘qituvchi
o‘quvchining   ruhiyatidagi   ko‘z   ilg‘amas   o‘zgarishlarni   ham   tez   fahmlab   oladi.   O‘quvchilar
bunday   o‘qituvchi   haqida:   "Qaramayotganga   o‘xshaydi   -   yu,   hamma   narsani   ko‘rib   turadi!",
"O‘quvchining xafa bo‘lganligini yoki dars tayyorlamayotganligini ko‘zidan biladi!", - deydilar.
4.   Nutq   qobiliyati   –   nutq   yordamida,   shuningdeq   imo   -   ishora   vositasida   o‘z   fikr   -
tuyg‘ularini   aniq  va  ravshan ifodalash   qobiliyati.  Bu  o‘qituvchilik  kasbi  uchun  juda  muhimdir.
O‘qituvchining nutqi darsda hamisha o‘quvchilarga qaratilgan bo‘ladi. O‘qituvchi yangi saboqni
tushuntirayotgan,   o‘quvchining   javobini   tahlil   qilayotgan   yoki   tanqid   qilayotgan   bo‘lsa   ham,
uning nutqi hamisha o‘zining ichki kuchi, ishonchi, o‘zi gapirayotgan narsaga qiziqqanligi bilan
ajralib turadi. Fikrning ifodasi o‘quvchilar uchun aniq, sodda, tushunarli bo‘ladi.
O‘qituvchining   nutqi       aniq,       jonli,       obrazli,   talaffuzi   jihatdan   yorqin,   ifodali,his   -
hayajonli   bo‘lib,   unda   stilistik   grammatiq   fonetik   nuqsonlar   uchrasmaligi   lozim.   Bir   xildagi
cho‘ziq , zeriktiradigan   nutq   o‘quvchilarni   juda   tez   charchatadi,   ularni   loqayd     qilib   qo‘yadi.
Ayrim o‘quvchilar tez gapirishga, boshqalarini sekin gapirishga moyil bo‘ladilar.
5.   Tashkilotchilik   qobiliyati   -   birinchidan,   o‘quvchilar   jamoasini   uyushtirish,
jipslashtirish,   muhim   vazifalarni   hal   etishga   ruhlantirishni,   ikkinchidan,   o‘z   ishini   to‘g‘ri
uyushtirishni nazarda tutadi.
6.  Obro‘   orttira   olish   qobiliyati   - o‘quvchilarga bevosita emotsional - irodaviy ta’sir
ko‘rsatish   va   shu   asosda   obro‘   qozona   olishdir.   Obro‘   faqat   shu   asosdagina   emas,       balki
o‘qituvchining     fanni     yaxshi     bilishi,   mehribonligi,   nazokatligi   va   hokazolar   asosida   ham
qozoniladi.   Bu   qobiliyat   o‘qituvchi   shaxsiy   sifatlarining   butun     bir     yig‘indisiga,     chunonchi, uning   irodaviy sifatlariga, shuningdeq o‘quvchilarga ta’lim hamda tarbiya berish mas’uliyatini
his   etishga,   o‘zining   haq   ekanligiga   ishonishga,   bu   ishonchni   o‘quvchilarga   yetkaza   olish
kabilarga ham bog‘iq 
7.To‘g‘ri   muomala     qila   olish   q obiliyati   -     bolalarga   yaqinlasha   olish,   ular   bilan
pedagogik   nuqtai   nazardan   juda   samarali   o‘zaro   munosabatlar   o‘rnata   bilish,   pedagogik
nazokatning mavjudligini bildiradi.
8. Kelajakni     ko‘ra     bilish     qobiliyati      - o‘z harakatlarining  oqibatini  ko‘ra bilishda,
o‘quvchining kelgusida qanday odam bo‘lishini tasavvur qila olishida, tarbiyalanuvchida qanday
fazilatlarni   taraqqiy   ettirish   lozimligini   oldindan   aytib   bera   olishda   ifodalanadi.   Bu   pedagogik
optimizmga, tarbiyaning qudratiga bog‘liqdir.
9. Diqqatni taqsimlab olish qobiliyati - o‘qituvchi uchun diqqatning barcha xususiyatlari -
hajmi,   kuchi,   ko‘chuvchanligi,       idora     qilina     olishi,       safarbarligi   kabilarning   taraqqiy   etishi
bilan izohlanadi.
Ye’tiqod,   odob,   fuqarolik   burchini   anglash-   o‘qituvchining   asosiy   sifatlaridan   biridir.
Maktab   o‘qituvchisi   o‘zi   targg‘b   qilayotgan   g‘oyaning   fazilatlarini   shaxsiy   namunasida
ko‘rsatishi kerak.
O‘qituvchining   odobi,   madaniyati,   yuksak   bo‘lsagina,   odamlarga   nisbatan   mehribon,
sahovatli bo‘la oladi, uni hamma hurmat qiladi. Buning uchun ochiq ko‘ngil qat’iyatli  bo‘lishi,
o‘zini tuta bilishi, bardoshli bo‘lishi kerak.  Bolalarga nisbatan talabchan bo‘lish bilan birga o‘z
shaxsga tanqidiy nuqtai nazardan qaray olishi kerak.
O‘qituvchi   pedagogik   etikaning   normalarini o‘zlashtirib   olishi,   tajribada   qo‘llashi,
o‘zining   dunyoqarashi   va   ahloqiy   tajribasi   bilan   taqqoslashi   lozim.   Fikrlash   va   his   etish,
turmushda sinab ko‘rish natijasida  pedagogik  etikaning  qoidalari  o‘qituvchining  o‘z e’tiqodiga,
intilishiga,   o‘z   axloqiy   sifatiga   aylanadi.   Axloq   nazariyasida   yaxshilik   eng   muhim   kategoriya
hisoblanadi.   Yaxshilik   –   axloqiy   ijobiy   fazilat   bo‘lib,   normativ   etikaning   idealini,   individual
axloqda   ijobiy   –   xulqiy   fazilatlarning   mazmunini   inson   faoliyati   yoki   biror     hatti   -   harakatiga
ijobiy  munosabatning yig‘indisini aks ettiradi.
Pedagogik   etikada   yaxshilik   tushunchasi   o‘qituvchi   faoliyati   bilan   bog‘liq   holda
aniqlashtiriladi.   Unda   o‘qituvchi   va   o‘quvchilar   jamoasi   manfaatlarining   birligi,   muallim   va
o‘quvchi maqsadining birligi, ta’lim va tarbiyaning samarasi uchun kurashning birligi aks etadi.
Yaxshilik   fazilati   ikkala   tomonning   ham   yaxshi   niyatli,   xayrixoh,   mehribon   bo‘lishini   taqozo
qiladi.   Yaxshilik   qaror   topishi   uchun   yomonlikka   murosasiz   bo‘lish   lozim.   Yaxshi   istak   bilan
xushmuomalaliq yaxshi qiliq, yaxshi xatti - harakatning birligi zarur.
O‘qituvchining mas’uliyati – mas’uliyat tushunchasining butun mazmunini saqlagan holda
muallimning   faoliyati   va   ta’lim   -   tarbiya   jarayonining   aniq   vazifalarini   ham   o‘z   ichiga   oladi.
O‘qituvchi   zimmasiga   bola   shaxsini   har   tomonlama   kamol   toptirish   mas’uliyati   yuklanadi.
Muallim   o‘quvchiga   chuqur   nazariy   bilimlar   berishi,   uni   hayotga,   mehnatga   tayyorlashi   lozim.
Shu   bilan   birga,   u   boladagi   mavjud   layoqat   va   qobiliyatlarni   payqab,   individual   munosabatda
bo‘lishi, unda mavjud bo‘lgan ijobiy axloqiy sifatlarni avaylab o‘stirishi darkor.
Muallim   sinfda   jamiyatning   vakili   sifatida   o‘quvchilar   jamoasi   bilan   yolg‘iz   ish   olib
boradi.   Bunday   sharoitda   o‘qituvchining   mas’uliyati   uning   xulqini   tartibga   solib   turadigan,
boshqaradigan kuch, o‘quvchilarga ta’sir o‘tkazish darajasining asosiymezoni hisoblanadi.
O‘qituvchi   deyarli   har   kuni   o‘quvchilar   bilan   uchrashadi,   savol   -   javob   qiladi,   ularning
yaxshi   ishlarini   ma’qullaydi,       bilimini   baholaydi,       nojo‘ya       hatti   -   harakatlari   uchun   tanbeh
beradi.   Albatta,   o‘qituvchining   bunday   xatti   -   harakatida         mulohazalarida       nisbiyliq
subyektivlik alomatlari mavjud. U hamma ayna birdek juda to‘g‘ri munosabatda bo‘la olmasligi
mumkin.   Lekin   u   hamma   o‘quvchilarga   nisbatan   xolis   niyatli,   yaxshilik     qilishga   intiluvchi,
adolatli kishi ekanligiga barchaning ishonchi komil bo‘lmog‘i darkor. Sinfda o‘qituvchi "yaxshi
ko‘radigan", "yomon   ko‘radigan"  o‘quvchilar   bor  degan  taassurot tug‘ilmasligi kerak.
Xullas,   obro‘   o‘qituvchilik   faoliyati   uchun   zarur   xususiyatdir.   Obro‘   kishining   chuqur
bilim,   yuksak   axloqiy   sifatlari,   hayot   tajribasi,   ilmiy   tadqiqot   va   jamoat   ishlarida   faol   ishtirok
etishi tufayli orttirilgan, ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan ta’siri nufuzidir. Hozirgi   zamon   fan   va  texnika taraqqiyoti o‘qituvchining   ijodkor    bo‘lishini,    fanning
muhim   muommolari   yuzasidan   erkin   fikr   yurita   olishi,   fan   yutuqlarini   o‘quvchilarga   yetkaza
olishi   va   nihoyat   o‘quvchilarni   ham   ijodiy   fikrlashga,   tadqiqot   ishlariga   o‘rgata   olishini   talab
qiladi.  Shuning uchun o‘qituvchi  avvalo tadqiqotchilik  malakalarini  egallashi  zarur.  O‘qituvchi
ilmiy   –   tadqiqot   ishlari   olib   borish   davomida   omillarni   to‘playdi,   tahlil   qiladi,   ular   asosida
xulosalar chiqaradi.
Kommunikativlik   shunday   qobiliyatki,   bunda   o‘qituvchi   o‘quvchilar   bilan   o‘zaro   to‘g‘ri
muloqat   o‘rnatishi   natijasida   o‘quvchilarda   o‘ziga   nisbatan   ishonch,   xayrihoxlik   uyg‘otadi.
Natijada   o‘quvchilar   o‘z   o‘qituvchisi   bilan   birga   bo‘lishga,   o‘qishga,   jamoat   ishlarida   u   bilan
birga   katnashishga   xoziru   –   nozir   bo‘lishadi.   Kommunikativ   qobiliyatlar   tashkilotchilik
qobiliyatlari   bilan   birga   uyg‘unlashib   ketsa   o‘quvchilarga   yanada   samaralirok   ta’sir   etishga
yordam   beradi   va   o‘zaro   shaxslararo   to‘g‘ri   munosabatlar   o‘rnatishni   ta’min   qiladi.
O‘quvchilarga   to‘g‘ri   muomala   qila   olish,   bolalarga   yaqinlasha   olish,   ular   bilan   pedagogik
nuqtai   nazardan   juda   samarali   o‘zaro   munosabatlar   o‘rnata   bilish,   pedagogik   nazokatning
mavjudligini bildiradi.
Kommunikativ qobiliyat – bu o‘qituvchining tarbiyalanuvchilar bilan aloqa o‘rnata   olish
faoliyatini   tashkil   qilishi   uchun   zarur   bo‘lgan   bilim,   malaka,   ko‘nikma   va   tajribasidir.
o‘qituvchining   kommunikativ   qobiliyati   pedagogik   faoliyat   jarayonida   shakllanadi.   buning
uchun quyidagi asosiy shartlar mavjud:
1) o‘quvchilarning yuz ifodasini o‘qish va o‘qish qobiliyati;
2) o‘quvchining tashqi ko‘rinishidan uning psixik holatini aniqlaganholda uning   adekvat
modelini yasab chiqish;
3) o‘qituvchi-o‘quvchi  bilan muloqot va muomala qilishga imkoniyat yarata bilishi, unga
yo‘l ochib berishi va yo‘l berishi kerak;
4) o‘qituvchi  o‘zini ota – onaning, o‘quvchining o‘rnida qo‘ya bilishi   va yuzaga kelgan
vaziyatni ijobiy, ziddiyatsiz yechishda ular kabi fikrlay olishi kerak.
Xulosa   qilib   aytganda,   o‘qituvchi   o‘z   tarbiyalanuvchilariga,     tinglovchilarga   va   ularning
ruhiy dunyosiga ta’sir etadi. Bu ta’sir o‘qituvchilik mahoratiga, uning so‘zlarni tanlay va qo‘llay
olishi bilan   bog‘liq. Har   bir o‘qituvchi, tarbiyachi dars mavzusini o‘quvchilarga gapirib berish
bilan cheklanmay, uni jonlantirishi, badiiy yetuk shaklda talqin etib bera olishi lozim. Tilsiz fikr
almashlab bo‘lmaydi. Demaq tilga befarq qarash mumkin emas.
Kompetentlilik   -   bilimdonliq   kasbiga   mosliq   malakaliliq     tajribaliliq     mas’uliyatlilikni
rahbarlik faoliyatiga singdirib borish.
     O‘z sohasini,   ishining ustasi bo‘lish, sohasining sirlarini har tomonlama chuqur bilish.
B.D.Elkonin “Ponyatiye kompetentnosti s pozisii razvivayuщyego obucheniya”. 2002g
Keyingi   yillarda   pedagogika   sohasida   “kompetentli”,   “kompetensiya”,   “kompetentlilik”
tushunchalaridan tez-tez foydalanilmoqda. Bu ta’lim mazmunini isloh qilish zarurati bilan uzviy
bog‘liq. S.I.Ojegov bu tushunchalarni quyidagicha ifodalaydi:
Kompetentli  – biror sohani chuqur bilish, ko‘p narsalardan xabardorliq o‘z mutaxassisligi
bo‘yicha   katta   e’tiborga   moliklik”   (S.I.Ojegov.   Slovar   russkogo   yazыka.   –   M.:   Russkiy
yazыk.1999.S.248).
Kompetensiya   –   1.   Biror     kishi   juda   yaxshi   bilgan   yoki   xabardor   bo‘lgan   masalalar
doirasi. 2. Biror kishining vazifalari, huquqlari  doirasi”  (S.I.Ojegov. Slovar russkogo yazыka. –
M.: Russkiy yazыk.1999.S.248).
Kompetensiya – bior soha bo‘yicha har tomonlama chuqur bilimga ega bo‘lgan va shuning
uchun ham fikri salmoqli, ishonchli hisoblangan kishining sifati”.
Umuman “kompetensiya” va “kompetentlik”   atamalari pedagog olimlar tomonidan bir
xilda talqin etilmaydi.
Rus tilidagi “kompetentnost” atamasidagi “nost” suffiksi ma’lum sifatni egallash darajasini
bildiradi   va   shu   bois,   “kompetentlilik”   atamasi   ma’lum   sifatlarni,   ularni   egallash   darajasini
belgilash uchun qo‘llaniladi. Shundan,   kompetensiya   va   kompetenlilik   tushunchalari   bilim,   ko‘nikma,   malaka
tushunchalaridan   ko‘ra   kengroq   ma’noni   anglatadi.   Chunki   ular   shaxsning   yo‘nalganligi
(motivasiyasi,   qadriyatlarining   yo‘nalishlari),   uning   stereotiplarini   yengish,   muammolarni   his
etish,   kuzatuvchanliq   fikrlash   qobiliyatini;   xarakterini   -   mustaqilliq   maqsadga   intiluvchanliq
irodaviy sifatlarini qamrab oladi.
Hozirgi   vaqtda   “kompetentlik”   tushunchasi   va   uning   tarkibiga   kiruvchi   kompetentliklar
mazmunini   aniqlash,   faoliyatning   turli   sohalarida   ularni   shakllantirish   hamda   rivojlantirish
muammolari   bo‘yicha   juda   ko‘p   tadqiqot   materiallari   to‘plangan.   Bu   esa,   ularni   tasniflash
muammosini yuzaga keltiradi.
  Shu fikrdan kelib chikib Aleks Mur ko‘pqirrali qobiliyat tushunchasiga asos soldi.   Ya’ni
ko‘pqirrali   qobiliyatlilik   tushunchasi   kompetentlik   tushunchasiga   mos   kelib,       uning   fikricha
“..... ko‘pqirrali qobiliyatlar deganda  turli xil insonlar turli xil uslublar orqali yoki bir inson turli
xil narsalarni turli xilda o‘rganilishi tushuniladi  1
Ko‘pqirrali   qobiliyat   tushunchasining   eng   ilg‘or   tarafdorlaridan   biri   asarlari   ko‘pchilikka
ma’lum   bo‘lgan   Govard     Gardnerdir.   (1983,1993).     (yana   ko‘rish   mumkin   bo‘lgan   asarlar
Armstrong 1994,  Xou 1984, 87-92 betlar va Bentli 1998). 2
G.V.Nikitinaning fikricha, kompetentliklar tasnifida bir nechta asoslar mavjud:
-   insonning   umumiy   kompetentligi   (matematiq   kommunikativ,   informasion,   ijtimoiy,
axloqiy va v.h);
- faoliyat turlri bo‘yicha kompetentlik (mehnat, o‘quv, o‘yin, kasbiy va boshqalar);
-   faoliyat   yo‘nalgan   obyektlar   bo‘yicha   kompetentlik   (inson-inson,   inson-texnika,   inson-
tabiat, inson-badiiy timsol va v.h,);
- ijtimoiy hayot sohalari bo‘yicha koipetentlik (maishiy, fuqaroviy, madaniy va boshqalar);
- ijtimoiy bilimlar tarmoqlari bo‘yicha kompetentlik (matematikada, gumanitar fanlarda);
-   ishlab   chiqarish   tarmoqlari   bo‘yicha   kompetentlik   (transport,   aloqa,   mudofaa   va
boshqalar);
-   qobiliyatlar   bo‘yicha   kompetentlik   (pedagogika,   psixologiya,   ijtimoiy,   ijodiy,   texnik   va
boshqalar).
Zero, yuqorida aytilgan kompetentlik yo‘nalishlari shaxs umummadaniy kompetentligining
tarkibiy   qismlari   hisoblanadi.   Shuningdeq   shaxs   kompetentligi   mazmuniga   ko‘ra   3   turga
bo‘linadi.
• Standart   kompetensiya   –   ushbu   faoliyatga   oid   doimiy   va   odatiy   vazifalarni   bajarish
qobiliyati. 
• Asosiy kompetensiya –  ushbu faoliyatga oid innovasion vazifalarni bajarish qobiliyati.
• Yetakchi kompetensiya  –  kasb faoliyatining yangi turlarini yarata olish qobiliyati
1
Teaching  and learning: Pedagogy, Curriculum
And Culture.  Alex Moore.146- бет
2
Teaching  and learning: Pedagogy, Curriculum
And Culture.  Alex Moore.147- бетКомпетентликка   йўналтирилган   таълим   америкалик     тилшунос   Н.Хомский
(1965   йил,   Массачутес   университети)   томонидан   таклиф   этилган     «компетенция»
атамасининг   умумий   маъносида   шаклланади.   Европа     Кенгаши     дастури     бўйича
Берн   шаҳрида   бўлиб     ўтган   симпозиумда   (1996   йил)   «компетенция»   тушунчаси
«ўқув»,   «компетентлик»,   «қобилият»,     «маҳорат»     сингари     тушунчалар     қаторига
киритилганлиги  таъкидланди. Европа  давлатларининг  таълим  вазирлари  Болония
декларациясида     (1999     йил)   таълим     ислоҳатларининг     консептуал     асослари
сифатида компетентли  ёндошувни белгилашди.  Pedagog kasbiy kompetentligining tuzilishi va mazmuni.
 Pedagogning kasbiy kompetentligi tasnifi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
- pedagogning   ish   sohasi   bo‘yicha   kompetentligi   -   uzluksiz     ta’lim   tizimini   o‘z   ichiga
oladi;
- ixtisoslik   bo‘yicha   kompetentligi   -     o‘qituvchi,   tarbiyachi,   psixolog,   defektolog,   kasb
ta’limi o‘qituvchisi, ishlab chiqarish ustasi;
- pedagogning   faoliyati   yo‘nalgan   obyekt   bo‘yicha   kompetentligi   -     o‘quvchilar,   ota-
onalar, sinf jamoasi, sosium va boshqalar;
- -   pedagogning   faoliyati   turi   bo‘yicha   kompetentligi   motivasion,   gnostiq   metodologiq
metodiq   informasion,   kommunikativ,   refleksiv,   prognostiq   konstruktiv,     tadqiqot,   texnologiq
korreksion va boshqalar;
Psixolog     olimlar   fikricha   “muhim   kompetensiya”larni   shaxsning   turli   kasbiy
uyushmalarda moslashish va samarali faoliyat ko‘rsatish uchun ma’lum ishlarni bajarishda zarur
bo‘ladigan   umumkasbiy   bilim,   ko‘nikma   va   malakalar,   shaxsiy   sifatlar   va   qobiliyatlar   sifatida
ta’riflaydi.   U   to‘rt   kichik   guruhni   alohida   ko‘satib   o‘tadi:   kasbiy   yo‘nalganliq   kasbiy
kompetentliq kasbiy ahamiyatga ega sifatlar va psixofiziologik xususiyatlar.
Jahon ta’lim amaliyotida quyidagi muhim kompetensiyalar keltirib o‘tiladi:
- turli   axborot   manbalari,   shu   jumladan,   ta’lim   muassasasidan   tashqaridagi   axborot
manbalaridan   bilimlarni   mustaqil   o‘zlashtirishga   asoslangan   bilish   faoliyati   sohasidagi
kompetensiyalar;
- ijtimoiy   faoliyat   sohasidagi   kompetnsiyalar   (fuqaro,   saylovchi,   ijtimoiy   guruh,   jamoa
ahzosi rolini bajarish);
- mehnat   faoliyati   sohasidagi   kompetensiyalar   (shu   jumladan   mehnat   bozoridagi   holatni
tahlil   etish   va   undan   foydalanish,   o‘zining   kasbiy   imkoniyatlarini,   o‘zini   o‘zi   uyushtirish
ko‘nikmalarini baholash va takomillashtirish);
- maishiy sohadagi kompetensiyalar (shu jumladan, oilaviy hayot aspektlarini, salomatlikni
saqlash va mustahkamlashni ham qamrab oladi);
- madaniy   faoliyat   sohasidagi     kompetensiyalar   (shu   jumladan,   shaxsning   ma’naviy   va
madaniy jihatdan boyishi uchun vaqtdan unumli foydalanish).
Kasbiy kompetensiyaning  shakllanish  bosqichlari : Pedagog kasbiy kompetentligi yo‘nalishlari 
Pedagogik-psixologik   tayyorgarlik   bo‘yicha: Ta’lim-tarbiya   jarayonida   qo‘llaniladigan
o‘qitish   shakllarining   pedagogik-psixologik   asoslari;   psixodiagnostika   usullaridan   foydalanish;
o‘qitish shakllarida  o‘qitish  metodlari  va  vositalaridan  o‘rinli  foydalana  olish;  ta’lim  mazmuni,
metodlari,   vositalari   va   shakllarining   uyg‘unligi,   uzviyligini   ta’minlay   olish;   pedagogik   va
axborot   texnologiyalarini   qo‘llashning   nazariy   asoslarini. Mashg‘ulotlarni   tashkil   qilish   va
o‘tkazish   mahorati   bo‘yicha: seminar,   amaliy   va   laboratoriya   mashg‘ulotlariga   qo‘yiladigan
didaktik   talablarni;   didaktik   maqsadlar   asosida   mashg‘ulotning   har   bir   bosqichi   uchun
reproduktiv   o‘quv   topshiriqlarini   ishlab   chiqish;   fanlararo,   mavzulararo   bog‘lanishni   amalga
oshirish.
Ta’lim jarayonida tarbiyalashning didaktik omillari bo‘yicha:  ma’naviy-ma’rifiy ishlarni
tashkil   etishda   ilmiy-nazariy,   ma’naviy-ma’rifiy,   madaniy   qadriyatlardan   samarali   foydalanish
malakasiga   ega   bo‘lish,   o‘qitish   jarayonida   talabalar   ongiga   milliy   g‘oyani   singdirishning
mazmuni,   vositalari,   metodlari   va   shakllarini   bilishi;   talabalarni   jamoaga   birlashtirish,   ularning
bo‘sh   vaqtini   mazmunli   tashkil   etish,   bajarilgan   ishni   baholay   olish,   oliy   ta’limda   tashkil
etiladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning shakllarini, pedagogik etika me’yorlarini bilish.
Mustaqil va ijodiy ishlarni tashkil etish bo‘yicha:   talabalarda mustaqil va ijodiy fikrlash
ko‘nikmalarini   tarkib   toptirishning   ijtimoiy-pedagogik   zarurati   va   nazariy   asoslarini   bilish;
iqtidorli   talabalarni   aniqlash   diagnostikasini   bilish,   talabalarning   mustaqil   ishini   tashkiliy   va
o‘quv-metodik   ta’minotini   yaratish   yo‘llarini   bilish,   o‘quv   materiali   mazmuni   asosida   vosita,
metod va shakllarini samarali tanlash va uyg‘unlashtira olish. 
Talabalar   o‘zlashtirishi   monitoringini   amalga   oshirishga   tayyorlik   bo‘yicha:   talabalar
bilimini   nazorat   qilish   va   baholashning   zamonaviy   usullarini;   reyting   tizimi,   nazorat   turlari
uchun   differensiallashtirilgan   topshiriqlarini   tuza   olish;   talabalarning   bilish   faoliyatidagi   tipik
kamchiliklar va ularning javoblaridagi xatoliklarni aniqlashni o‘rganish. 
O‘z-o‘zini   kasbiy   rivojlantirishga   tayyorgarlik   bo‘yicha: ta’lim   beradigan   fanlari
turkumini   ilmiy-nazariy   jihatdan   o‘zlashtirish,   ularning   rivojlanish   tarixi,   fanda   erishilgan
yutuqlar,   muammolar,   ilmiy-tadqiqot   va   izlanishlar   natijalaridan   xabardor   bo‘lish;   darsliklar,
o‘quv qo‘llanmalari, o‘quv-metodik adabiyotlarni tahlil qilish, ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida
samarali va o‘z o‘rnida foydalana olish. 
Mutaxassislik   bilim,   ko‘nikma   va   malakalari   bo‘yicha:     fanning   maqsadi,   vazifalari,
predmeti   va   obyekti,   asosiy   metodlari;   fanga   qo‘yiladigan   asosiy   talablar;   umumiy   yuklama
hajmi   va   uning   taqsimoti;   fan   bo‘yicha   tayyorgarlik   ko‘rayotgan   bo‘lajak   mutaxassisga
qo‘yiladigan:  umumiy   malaka   talablari;  ilmiy-metodik   ishlarni  amalga   oshirish, kasbiy  faoliyat
jarayonini   tashkil   etish   va   boshqarish;   fan   taraqqiyotining   axborot   va   kommunikasiya
texnologiyalariga   bog‘liqligi;   foydalaniladigan   asosiy   adabiyotlar;   fan   bo‘yicha   kasbiy
kompetentlik   darajasi;   fanning   o‘quv   rejasidagi   boshqa   fanlar   bilan   gorizontal   va   vertikal
uzviyligi ta’minlanganligi; fanni taraqqiy etish muammolari va yechimlari.
Xalqimizning   kelajagi,   mustaqil   O‘zbekistonning   istiqboli   ko‘p   jihatdan   o‘qituvchiga,
uning saviyasiga tayyorgarligi,  fidoiyligiga,  yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash  ishida bo‘lgan
munosabatiga   bog‘liq.   Kelajak   avlod   haqida   qayg‘urish,   sog‘lom,   barkamol   naslni   tarbiyalab
yetkazishga   intilish   bizning   milliy   xususiyatimizdir.   Shu   bois,   mamlakatimizning   istiqlol
yo‘lidagi birinchi qadamlaridanoq buyuk madaniyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy
ta’lim   tizimini   takomillashtirish,   uning   milliy   zaminini   mustahkamlash,   zamon   talablari   bilan
uyg‘unlashtirishga katta ahamiyat berib kelinmoqda.
Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturida   yuqori   malakali   o‘qituvchi-mutaxassislar   tayyorlash
masalasi alohida ta’kidlab o‘tilgan. Kasbiy tayyorgarlikka zamonaviy talablar umumiy va kasbiy
bilim,   ko‘nikma   va   malakalarning   yaxlit   tizimini,   muhim   kompetensiyalarni   shakllantirishni
taqozo   etmoqda.   Bular   hozirgi   zamon   ta’lim   sifatini   belgilab   beruvchi   muhim   omillardan
sanaladi.
 “Muhim kompetensiyalar” tushunchasi chet el olimlari tomonidan taqdim etilgan ko‘plab
zamonaviy   modellarning   asosida   yotadi.   “Muhim   kompetensiyalar”   insonning   egallagan ko‘nikma va malakalarini kasbiy faoliyat jarayonida qo‘llash, shuningdek amallarni bajarishning
umumlashgan usullaridan foydalanish qobiliyati sifatida talqin etiladi.
Pedagog kompetentligi tuzilishi
Kompetentlik 
darajalari Kompetentlik turlari Kompetentlik tushunchasi
Muhim   funksional
kompetentlar 
Insonning
kompetentligi Umumiy
kompetentliklar Qadriyatiy-ma’naviy
Umummadaniy 
Intellektual
Informasion
Shaxsiy komillik Ta’limiy
Kommunikativ
Ijtimoiy-kasbiy
Ijtimoiy-rolli  
Pedagogning
kasbiy
kompetentligi Tayanch
kompetentliklar 
(ma’lum   kasbiy
sohada) Qadriyatiy-ma’naviy
Umummadaniy 
Intellektual
Informasion
Kasbiy-shaxsiy komillik Operasion
Diagnostik
Prognostik 
Konstruktiv 
Tashkiliy 
Kommunikativ 
Texnologik 
Korreksion 
Tadqiqot 
Maxsus   kasbiy
kompetentlik Maxsus
kompetentliklar
(faoliyatning   aniq
sharoitida) Motivasion
Kognitiv 
Refleksiv  Operasion 
Shaxsiy-   kasbiy
kompetentlik Shaxsiy
kompetentliklar
(anik   kasbiy
vazifalarni  yechishga
yo‘naltirilgan) Motivasion
Kognitiv 
Refleksiv Operasion
Ўз устида ишлаш Ўқувчиларда
мотивацияни
шакллантиришЎз фанини мукаммал
билишХорижий тиллардан
бирини билиши
лозим Таълим муҳитига
янгилик киритишАхборот
коммуникацион
технологияларни
билиш Касбий компетенция талаблари        Маданиятли бўлиш
Бошқа миллатларнинг
маданиятини ҳурмат қилишиМиллий маданиятга эга
бўлиш Мамлакатнинг ижтимоий
ҳаётида иштирок этиш Умуминсоний
қадриятларга эгаликУмуммаданий 
компетенцияМулоқатчанлик
Етакчилик Фаолллик   ва
ташаббускорликИнсонпарварлик ИшчанликМаъсулиятлилик
Соғлом турмуш
тарзига амал қилишМослашувчанлик Бағрикенглик Шахсий компетенцияЎз устида ишлаш Ўқувчиларда
мотивацияни
шакллантириш                  A.V. Xutorskiy o‘qituvchining  quyidagi  kompetensiyalarini   tavsiflaydi:
1.   Dunyoqarash   asnosida,   ya’ni   qadriyat   va   o‘zini   anglash   - o‘qituvchining
dunyoqarashi, tasavvuri va qadriyati bilan bog‘liq ravishda namoyon bo‘ladi. U atrof-muhitdagi
voqyea va hodisalarning mohiyatini ko‘ra oladi va tushunadi, bunga o‘zini yo‘naltiradi, pedagog
sifatida   o‘z   fikrini   asoslay   oladi.   Muammo   yechimini   topa   oladi.   Bu   kompetensiya-
o‘qituvchining o‘quv va boshqa faoliyatlaridagi o‘z-o‘zini anglash mexanizmini ta’minlaydi. 
2.   Umummadaniy   –   milliy   va   umuminsoniy   qadriyatlarga   ega   bo‘lish;   mamlakatning
ijtimoiy   hayotida   ishtirok   etish;   oilasiga,   urf–odatlarga   hurmat;   ijtimoiy   ko‘nimalarga   ega
bo‘lish.   Ilm-fanning   inson   hayotiga   va   dunyo   rivojiga     ta’sirini     angaly   olish   va   o‘quvchi
yoshlarga tushuntira olish.
3.   O‘quv   va   bilish   jarayoni   -   o‘qituvchining     mustaqil   bilish   faoliyati.   Mantiqiy
fikrlashi.O‘quv-biluv faoliyatini baholashi, bilim va ko‘nikmalarini tahlil qila olishi.
4. Ma’lumotga ega bo‘lish  -  pedagogik faoliyat va o‘z faniga doir ma’lumotlarni egallash
ko‘nikmasi. 
5. Muloqotchanlik -   til bilishi, turli xil insonlar bilan muloqotda bo‘lishi, jamoada o‘ziga
xos o‘rinda turishi. 
6.Ijtimoiy   -   foydali   mehnat - oilaviy   munosabatlar   va   ma’suliyat,   jamiyat   rivojidagi
ishtiroki, ijtimoiy foydali mehnat qilishi. Iqtisodiy va huquqiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish. 
7. O‘z  ustida ishlashi   -   jismoniy,  ma’naviy,   intellektual  jihatdan     o‘z-o‘zini  rivojlantirib
borish.  Hissiyotini boshqarish.  Турли   ёш
хусусиятлариниТаълимни
табақалаштириш
Ўқувчилар
эҳтиёжини билишиФанига     доир   махсус
методларни билиш Махсус компетенция      Didaktik kompetensiya talablari:
Fanlar  bo‘yicha  kompetensiyaga ega bo‘lish
Rus  tili va  adabiyoti bo‘yicha:
   Psixologik-pedagogiq uslubiy bilimga ega bo‘lish
   Nutq  tajribasi va  muloqotchanlik
   Til vositasi bilan aloqa qilish, nutq orqali ta’sir qilish
   Nutq   yordamida   muayyan   tasavvurlar,   fikr   va   tushunchalar,   his-tuyg‘ular   hamda   turli
harakatalar  hosil qilish
     Rus   tili   va   adabiyotiga   doir   amaliy   va   nazariy   bilimlarni     muntazam   ravishda   o‘rganib
borish 
Xorijiy tillar bo‘yicha:
 Kommunikativ (nutqiy, ijtimoiy-madaniy, tilni chuqur bilish)
 Ijodiy   pedagogik   faoliyatida     o‘zi   o‘zlashtirgan   bilim,   ko‘nikma,     malakani,   tahlil   va
sintez  qilish   
 Pedagogik   faoliyatini   muvofiqlashtirish     ( shaxsiy   kompetensiya   -   shaxsiy   yutuqlarini
boshqarish,  o‘zini anglash va kasbiy o‘sish )
 Nutq madaniyatiga rioya qilish
 Ilmiy   badiiy-nazariy,   tarixiy-badiiy   bilimlarga   va   tadqiqotchilik   ko‘nikmalariga   ega
bo‘lish
D. Xaymz  kommuniktiv  kompetensi yaga quyidagilarni kiritadi:
 L ingvistik (  til qoidasiga rioya qilish )
 Ijtimoiy- lingvistik (  nutqni ifodlash qoidasi ) 
 D iskursiv ( mantiqiy fikrlash ketma-ketligi )
 Suhbatdoshni qo‘llab quvvatlash qoidasi
Jismoniy tarbiya o‘qituvchisining kasbiy  kompetensiyasi:
 Jismoniy tarbiyaning nazariy asoslarini bilish
 Jismoniy   tarbiya   va   sportning   tarixi,   olimpiada   yutuqlarini   bilish   va
rivojlantirish
 Texnika xavfsizligi, tibbiy-birinchi yordam qoidalarini bilish
Ta’lim sifatini o‘zgartirishda o‘qituvchi kompetentligining  roli  
1. Tashkilotchi - ijtimoiy pedagog : - o‘quvchilarni mustaqil hayotga tayyorlaydi. 
2. Sinf yetakchisi  - sinfda ijobiy psixologik muhit yaratadi va ta’sir ko‘rsatadi; 3. Metodist   -   ta’lim   jarayonida   o‘quvchilarning   muammoni   yechishlariga   yordam
beradi va qo‘llab-quvvatlaydi.
4. Faylasuf -  bilim va tajribalarni tahlil qiladi, o‘z qarashlarini asoslaydi;  
5. Tajribali   yaqin   do‘st   -   o‘quvchilar   oldidagi   to‘siq   va   muammolarni   bartaraf
etishga yordam beradi.
6. Tadqiqotchi   –novator   yangilik   yaratuvchi-muntazam   ravishda   o‘z   ustida
ishlaydi, yangi g‘oyalar yaratadi, tatbiq etadi.
7. O‘quv   jarayoni   rahbari   va   uni   rag‘batlantiruvchisi   - maqsadga   yetish
vositalari,   istiqbolini   nazarda   tutadi,   o‘qitish   uslublarini   tanlaydi,   o‘quvchilarni   o‘qishga
o‘rgatadi, ijodiy yondashadi.
8. O‘zaro ta’sir ko‘rsatuvchi -  jamoa bo‘lib ishlay oladi va ishlashga o‘rgatadi.
9. Maslahatchi -  shaxsiy namunasini o‘rgatadi
10. Tarbiyachi   -   o‘quvchilarga   jismonan,   aqliy   va   ma’naviy   tomondan
rivojlanishlariga yordam beradi.
11. Psixolog -  o‘zini yaxshi biladi va tushunadi
12. O‘zgarishlarga   yo‘naltiruvchi   -   o‘quvchilarning   hayotiy   ko‘nikmalarini
yaxshilashga yordam beradi
13. Ma’lumotlarni   taqsimlovchi   -   o‘quvchilarga   asosiyyangi   ma’lumotlarni
yetkazadi va amaliyotga tatbiq etishga o‘rgatadi.
O‘qituvchi o‘quv jarayonida maslahatchi sifatida faoliyat olib boradi.
Ya’ni:
- O‘quvchilarga  ko‘nikmalarini o‘qish jarayonida  rivojlantirishga yordam beradi;
- Turli xil yo‘nalishdagi reja (strategiya)larni qanday qo‘llash kerakligi bo‘yicha maslahat
beradi;
-  Faol qayta aloqani ta’minlaydi;
- Noan’anaviy usullar bilan  o‘quvchilarning harakatlarini qo‘llaydi va mustahkamlaydi;
- O‘quv faoliyatidagi qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi;
- O‘quv faoliyatini individuallashtirishga yordam beradi;
- O‘quvchilarning o‘quv  jarayonidagi ehtiyojlarini tahlil qiladi.  
O‘qituvchi-yangilik kirituvchi
 Yangiliklarni     ayniqsa   o‘zga davlatlardan   kirib   kelayotganlarini farqlaydi va tushunib
yetadi; 
 Yangiliklarni tahlil qila olishga layoqatli; 
 Yangiliklarni  turli xil vaziyatlarda  qo‘llay oladi va kamchiliklarini to‘g‘rilaydi;
 O‘z pedagogik amaliyotida yangiliklardan ijodkorona foydalana olishga layoqatli. 
 Kasbiy kompetensiya modeli Xalqimizning   kelajagi,   mustaqil   O‘zbekistonning   istiqboli   ko‘p   jihatdan   o‘qituvchiga,
uning saviyasiga tayyorgarligi,  fidoiyligiga,  yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash  ishida bo‘lgan
munosabatiga   bog‘liq.   Kelajak   avlod   haqida   qayg‘urish,   sog‘lom,   barkamol   naslni   tarbiyalab
yetkazishga   intilish   bizning   milliy   xususiyatimizdir.   Shu   bois,   mamlakatimizning   istiqlol
yo‘lidagi birinchi qadamlaridanoq buyuk madaniyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy
ta’lim   tizimini   takomillashtirish,   uning   milliy   zaminini   mustahkamlash,   zamon   talablari   bilan
uyg‘unlashtirishga katta ahamiyat berib, bu o‘rinda kadrlar tayyorlashga kompetentli yondoshuv
muhim o‘rin tutadi.
Nazorat   uchun   savollar ?
1.  T a’lim sifatini nazorat qilish  va uning turlari.
2.  Zamonaviy   o‘qituvchi   shaxsiga   qo‘yilgan   talablar   nimalardan   iborat ? 
3 .  Pedagogik   faoliyat   funksiyalari   va   ularga   muvofiq   pedagog   shaxsiga   qo‘yilgan   talablarni
izohlang?
4.  Pedagogik   mahoratning   mohiyati   va   tuzilishi   haqida   gapirib   bering ? 
5.  Pedagog   fazilatlarining   ijtimoiy   va   kasbiy   shartlanganligi   deganda   nimani   tushunasiz ?
6 . Muloqotning mohiyati va tuzilishi haqida gapirib bering? 
7. Muloqot vositalari va turlariga nimalar kiradi 
8.   Shaxsga   yo‘naltirilgan   ta’limda   o‘qituvchilar   va   ta’lim   oluvchilar   o‘rtasidagi
muloqotining o‘ziga xos tabiati haqida gapirib bering?
9.  Pedagogik o‘zaro munosabatlar mohiyatini yoriting?
Adabiyotlar
1. Aleks Muur. Ta’lim berish va ta’lim olish: pedagogika, ta’lim dasturi va tarbiya. Ikkinchi
nashr. - Rutledj. 2012. 202-bet. 
2.  Azizxulayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. –T.:   2020y. 183 bet.
3.   Begmatova   D.M.   O‘zbek   oilalarida   yoshlarning   kasbiy   ijtimoiylashuvi.   Моnografiya.   –
Samarqand, 2020. -142 bet.
4.   Daminova   N.K.,   Jamalova   N.U.   Та’limni   tashkil   etish   shakllari   mоdulini   o‘qitishda
interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish. – Samarqand, 2021. – 116 bet.
5 . Mavl o nova R. A.   va boshqalar. Umumiy   pedagogika.- T.: 2010 y. “Fan va texnologiya”
nashriyoti.  
6.  Махmudova  М.М.  Оila  tarbiyasi  asoslari.   O‘quv  qo‘llanma.  –  Samarqand,   2021.  -  183
бет. 7.   Pedagogika.   Toxtaxodjaeva   M.   umumiy   tahriri   ostida.   –T.:   O‘zbekiston   Faylasuflari
milliy jamiyati. 2010 y. 
8. Begmatova D.M., Daminova N.K. Pedagogik ta’limotlar. O‘quv qo‘llanma. - Samarqand,
2022.
6-MAVZU. PEDAGOGIK JARAYONIDA ILMIY VA UMUMMADANIY
DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISH
REJA
Bilim,   ilmiy   dunyoqarash   tushunchalari.   Dunyoqarashning   turlari.   O‘quvchilar
dunyoqarashida   yangicha   fikrlashni   shakllantirish   zaruriyati.   Pedagogik   jarayonda
umummadaniy dunyoqarashni shakllantirish. Milliy mafkurani yoshlar ongiga singdirish yo‘llari.
Milliy   ong   va   milliy   iftixor   o‘sishining   tarbiyaviy   ahamiyati.   Talabalarda   mustaqil   fikrlash   va
demokratik tafakkurni shakllantirishning zaruriyati. 
Tayanch   tushunchalar :   bilim,   ilm ,   dunyoqarash ,   ta’lim ,   umummadaniy,   tarbiya ,
mifologiya ,  diniy dunyoqarash ,   falsafiy dunyoqarash 
Ta’lim-tarbiya  jarayonida ilmiy va umummadaniy dunyoqarashni shakllantirish
O‘zbekistonda   amalga   oshirilayotgan   ijtimoiy-iqtisodiy     islohotlari   bevosita   uzluksiz
ta’lim tizimi bilan   bog‘liq. «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun asosida yangi turdagi – o‘rta maxsus,
kasb-hunar   ta’limi   shakllantirildi.   Hozirgi   paytda   yuqori   malakali   va   madaniyatli,   mustaqil
fikrlaydigan     mutaxassislar   tayyorlash   bo‘yicha   muhim   ahamiyatga   molik   ishlar     olib
borilmoqda.
Zamonaviy ta’lim sharoitida bo‘lajak mutaxassislarda kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar
bilan   bir   qatorda   bilimlarni     mustaqil   egallash   va     muammoni   mustaqil   ravishda   hal   etishda
ijodiy   yondashish   qobiliyatlari   ham   shakllanishi   kerak.   Bo‘lajak   mutaxassislarda   ushbu
xususiyatlarni   shakllantirishda   ta’lim   oluvchilarning   mustaqil     va   ijodiy   fikrlash   qobiliyatlarini
rivojlantirish  va  o‘quv biluv   faoliyatini  faollashtirish     muhim  ahamiyatga   ega.  Shuning    uchun
ham   bugungi   kunda   ta’lim   oluvchilarining   o‘quv-bilish   faoliyatlarini   ta’minlovchi   va
rivojlantiruvchi   faol   ta’lim   metodlarini   o‘quv   jarayoniga   joriy   etish   asosiy   vazifalardan
hisoblanadi.  Ta’lim   oluvchilarni   mustaqil   va ijodiy   yondoshgan holda  muammolarni  yechimini
izlash,   topish   va   mustaqil   qaror   qabul   qilish   qobiliyatlarini   shakllantirish   va   rivojlantirishga
qaratilgan faol ta’lim metodlaridan foydalanish muhim hisoblanadi.
Bilim     –   bu   ta’lim   oluvchilar
ongida   muayyan   tartibda
mustahkamlangan,   ularning   shaxsiy
mulkini   tashkil   etadigan   va   bundan
ular   zaruratiga   ko‘ra   foydalana
oladigan dalillar, ma’lumotlar, ilmiy
nazariyalar,   qonunlar,
tushunchalardir.
Dunyoqarash   insonning
cheksiz   bilimi   bo‘lib,   insonning
dunyoni   oddiy   umumlashtirilgan
holda aks ettirilishi bo‘lmay, balki u
dunyoni   insonning   amaliy   qayta   o‘zlashtirishning
natijasi sifatidagi bilimlari.Маълумот билимлар билан эмас, балки
билганингни   маҳорат   билан   амалда
қўллаш билан белгиланади.
А.Дистервег Билим, маърифат яхши ахлоқ билан безанмоғи лозим.
Абу Наср 
Ҳаётда ҳар нарса ва ҳодисанинг яхши 
жиҳатини, гўзал тарафини кўра билган одам 
доимо яхши нарсаларни фикрлайди, эзгу 
нарсаларниўйлайди ва  ҳаётидан завқ олиб 
яшайди.  
Академик Сиддиқ Ражабов    Dunyoqarashning tarixiy turlari (mifologiq diniy, falsafiy)Дунёкарашнинг	тарихий	турлари	
дунёкараш	
мифологик	диний	фалсафий
1. Mifologiya  (yunoncha metos naql, rivoyat, logos, ta’limot degani) bo‘lib, ibtidoiy ongda
voqyelikning   xayoliy   in’ikosidir.   Mifologik   dunyoqarashda   olamning   kelib   chiqishi,   tuzilishi
tabiat   va   jamiyatning   turli   xodisa   va   voqyealarni   umumlashtirib   hayoliy   shakllarda
tasvirlanishidir.   Masalan,   Gommerning   “Iliada”,   hind   eposi   “Romayana”,   o‘zbek   xalq   eposi
“Alpomish” v.b.
2.Diniy   dunyoqarash   din   tabiat,   jamiyat,   inson   uning   ongi,   yashashdan   maqsadi   hamda
taqdiri   insoniyatning   bevosita   qurshab   olgan   atrof   –   muxitdan   tashqari   bo‘lgan   uni   yaratgan,
insonlarga   to‘g‘ri   hayot   yo‘lini   ko‘rsatadigan   va   o‘rgatadigan   ilohiy   qudratga   ishonch   va
ishonishni ifoda etadigan qarash, ta’limotdir 3.Falsafiy   dunyoqarash   dunyoni,   borliqni   ilmiy   jihatdan   umumlashtirib   tushuntiruvchi
nazariy qarashlar tizimidir. 3
1.   Dunyoqarashlik   funksiyasi   bilimlarning   asosiy   xususiyati   bo‘lib,   insonni   borliq,
materiya,  tabiat, jamiyat,  inson, inson ongi va tafakkuri,  insonni dunyoning bilish haqidagi eng
umumiy   qarashlari   bilimi   bilan   qurollantiradigan   funksiyasidir.
2.   Metodologik   funksiyasi   metodologiya   sifatida   tibbiyot   ilmi   taraqqiyotining   konkret   tarixiy
sharoitlari   bilan   qonuniyatli   aloqasini   tushunishga,   ilmiy
kashfiyotlar va ularning  tadbiq  etilishini  ijtimoiy  qiymatini  va
umumiy   istiqbolini   chuqurroq   anglashga   yordam   beradigan
funksiyasidir.
3.   Gnoseologik   funksiyasi     dunyoni   bilish   asosida   uni
o‘zgartirishda   insonni   faol   faoliyat   ko‘rsatishga   undaydi.   Shu
bilan   birga   falsafa   amaliy   va   nazariy   masalalarni   xal   qilishda
katta   rol   o‘ynaydi.   Bularni   barchasi   falsafaning   gnoseologik
funksiyasida namoyon bo‘ladi.
4.   Ijtimoiy   funksiyasi.   Insonning   ijtimoiy   tabiatini   va
mohiyatini   ochib   berish   bilan   birga,   u   insonning   tabiatga
munosabatini,   jamiyat-ning   tabiat   bilan   uzviy   bog‘liqligini
ko‘rsatib   beradi,   shuningdek   insonning   tabiatga   g‘amxo‘rlik
bilan munosabatda bo‘lishini o‘rgatadigan funksiyasidir.
5.   Tarbiyaviy   funksiya   kishining   aqliy   jihatdan   kamol
topishida,   nazariy   tafakkurning   qaror   topishida,   jamiyat-ning   yetuk   kishisi   bo‘lib   yetishishida
yuksak g‘oyaviy mustahkam e’tiqod ruhida tarbiyalashda ilmiy dunyoqarashni qaror toptirishda
muhim rol o‘ynaydi.
Dunyoqarash olamni eng umumiy tarzda tasavvur qilish, idrok etish va bilishdan iboratdir.
Shu   ma’noda   dunyoqarash   har   qanday   ijtimoiy-tarixiy   mohiyat   kasb   etib,   kishilarning   umri,
amaliy  faoliyati,  hayoti,  tabiatga  ta’siri va mehnat  jarayonida  vujudga keladi. Dunyoqarash esa
kishilarning turmush tarzi, hayoti, xulqi, odobi, madaniyatini o‘zida mujassamlashtirgan tasavvur
va bilimlar yig‘indisidir.
Shunday   ekan,   inson   ongining   tabiat   va   jamiyatga   munosabati   natijasida   qarashlari,
e’tiqodi,   ideali   asosida   paydo   bo‘lgan   ijtimoiy-siyosiy,   axloqiy-estetik   va   xulqini   ifodalovchi
bilimlar tizimi uning dunyoqarashidir.
Dunyoqarash   kundalik   faoliyat,   dunyoviy,   diniy,   ilmiy   bilimlar,   hayotiy   kuzatishlar   va
ijtimoiy   tarbiya   ta’sirida   shaklanadi.   Uning   shakllanishida   his-tuyg‘u,   aql-idrok   va   tafakkur
muhim   o‘rin   tutadi.   Dunyoqarash   kishilarning   hissiy   kechinma   va   kayfiyatlariga   ham   bog‘liq
bo‘lib,   inson   kayfiyatida   uning   hayot   sharoitlari,   ijtimoiy   ahvoli,   milliy   xususiyati,   madaniy
saviyasi,   shaxsiy   taqdiri,   yoshi   va   boshqalar   aks   etadi.   Dunyoqarash   murakkab   tuzilmaga   ega.
Olimlar   uni   muayyan   bilimlar,   g‘oya   va   maqsadlar,   fan   yutuqlariga,   diniy   tasavvurlar,
qadriyatlar, ishonch va e’tiqod, fikr, hissiyot kabi tarkibiy qismlarga ajratadilar. 
Buni rasmda quyidagicha ko‘rsatish mumkin:
Dunyoqarashning tarkibiy tuzilmasi
3
Туленов Ж. Фалсафий маданият ва маънавий камолот.–Т.:2000. 40-43 бетлар  ДУНЁ ҚАРА Ш  
Билим  Ғоя ва 
мақсад  Фан 
юту қлари  Диний 
тасаввурлар Қадриятла р 
Ишонч  Эъти қод  Фикр Ҳиссиёт Дунёқараш   –
инсоннинг   теварак-
атрофини   қуршаб   турган
воқелик   тўғрисидаги,
оламнинг   моҳияти,
тузилиши, ўзининг ундаги
ўрни   ҳақидаги   қарашлар,
тасаввурлар,   билимлар
тизимиди.            Umummadaniy dunyoqarashni   shakllantirishda e’tiqod muhim ahamiyatga ega. E’tiqod
insonning   o‘z   qarashlari   va   g‘oyalarining   to‘g‘riligiga,   orzu-umidlarining   asosliligiga,   xatti-
harakatlarining umumiy maqsad va talablarga  mosligiga chuqur ishonch asosida paydo bo‘ladi.
U   insonning   hissiyoti,   irodasi   va   faoliyatini   belgilaydi,   shaxsni   samarali   faoliyatga   yo‘llaydi.
Ayniqsa, hissiyot va aql dunyoqarash tarkibida muhim ahamiyatga ega. Madaniy dunyoqarashda
hissiyot   emosional-ruhiy   jihatdan   muhim   bo‘lsa,   dunyoqarashning   aqliy   jihati   esa   dunyoni
tushunishdadir.
Hissiyot   asosida   quvonch,   shodliq   zavqlanish,   hayotdan   va   kasb-koridan   mamnunliq
hayratlanish yoki noroziliq xavotirlanish, asabiylashish, yolg‘izliq zaifliq ruhiy tushkunliq g‘am-
g‘ussa,   nadomat,   Vatani   va   eng   yaqin   odamlari   taqdiridan
befarq bo‘lmaslik kabi shakllarda namoyon bo‘ladi.  Bularning
barchasi   dunyoni   his   etish   muayyan   dunyoqarashning
shakllanishiga   zamin   yaratadi.   Har   bir   kishida   hissiyot,   fikr,
bilim,   e’tiqod,   intilish,   orzu-umid,   qadriyatlar   dunyoqarash
tarkibida   birlashib,   olamni   bir   butun,   yaxlit   holda   tasavvur
ettiradi.   Bilim   ma’lum   bir   hodisa   yoki   narsani   baholashda
dunyoqarashga   aylanadi.   Masalan,   kishilarning   jamiyatdagi
axloqiy munosabatlari – axloqiy dunyoqarashda, siyosiy, diniy
munosabatlari   huquqiy   va   diniy   dunyoqarashda,   ekologik
munosabatlari   –   ekologik   dunyoqarashda.   Madaniy
munosabatlari madaniy dunyoqarashda ifodalanadi.
«Dunyoqarash»   tushunchasi   o‘zlikni   anglash,
vatanparvarlik   va   milliy   g‘urur,   tarixiy   xotira,   ma’naviy
barkamollik   kabi   tuyg‘ular   bilan   uzviylikda   shakllana   boradi.   Shunga   ko‘ra   o‘qituvchilar   fan
asoslarini o‘qitar ekan, doimiy ravishda bilimlarning uzviyligiga rioya etishi kerak. 
Jamiyat taraqqiyotida, xususan barkamol shaxs tarbiyasida madaniyat katta ahamiyat kasb
etadi.   Chunki   madaniyat   insonnning   iqtidori,   salohiyati,   qobiliyati   va   o‘zligini   namoyon   etib,
uning   bilimlari,   ko‘nikma   va   tajribalarini,   ma’naviy   salohiyatini   amaliy   faoliyati   orqali   kamol
toptirishda asosiy rol o‘ynaydi. 
Shunga   ko‘ra   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti
I.A.Karimov:   «Milliy   va   jahon   madaniyatining   eng   yaxshi
namoyandalarini   keng   targ‘ib   qilish   va   ommalashtirish   yosh
avlodni,   hozirgi   yoshlarimizni   ma’naviy   tarbiyalashning   asosi
bo‘lmog‘i kerak», - deb ta’kidlaydi. 4
Haqiqatan   ham   madaniyat   shaxs   tarbiyasida   muhim   o‘rinni
egallashi dunyo sivilizasiyasi tajribasida o‘zini isbotlagan. 
Uzluksiz   ta’lim   tizimida   yoshlarning   umummadaniy
dunyoqarashining   tarkib   topishi   va   bu   jarayon   jamiyatning   faqat
ilg‘or   qatlami   emas,   balki   butun   xalqning   madaniy   kamoloti   -     ekologiq   iqtisodiy,   axborot   va
ijtimoiy muammolarni hal etishga bog‘liqligi hammaga ayon.. Aholining umummadaniy saviyasi
ishlab chiqarishning ham yuqori sifatiga kafolot beradi. Ayniqsa oliy ta’limning yuqori darajasi
bo‘lajak   mutaxassislarning   ham   sifat   darajasiga   ta’sir   etadi.   O‘qitishda   yoshlarni   bilim   olishga
ishtiyoqini   uyg‘otish,   tashabbuskorliq   tadbirkorliq   muammolarni   hal   etish   qobiliyatiga   ega
bo‘lish, ijodiy fikr yuritish, axborot texnologiyalarini egallab olish, ekologik ongliliq jamiyatdagi
o‘zgarishlarga tayyor turish, global tafakkur va kishilar bilan tolerantlik munosabatlarida bo‘lish
kabilar   hozirgi   texnologiyalashgan   ijtimoiy   muhitda   oliy   ta’lim   muassasi   talabalari   egallashi
lozim bo‘lgan talablardir.
Zero,   hozirgi   mutaxassis   o‘z   faoliyati   jarayonida   ixtisosligini   bir   necha   marta
o‘zgartirishga   va   o‘zgarayotgan   jamiyatga   moslashishiga   to‘g‘ri   kelmoqda.   Buning   barchasi
4
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч.Т.:2008. Маънавият нашриёти.  78-80 бетлар yoshlarning   hozirgi   davrda   ishlab   chiqarishning   yangilanib   turishi,   axborotlarning   o‘zgarib
borishi,   mutaxassis   tayyorlashda   ularni   mehnat   madaniyati   bilan   tanishtirib   borish,   axborot
texnologiyalari   bilan   ishlashga   o‘rgatish,   ijodiy,   ekologik   va   estetik   rivojlanishini
takomillashtirishi   zarur.   Bu   borada   har   bir   oliy   ta’lim   muassasida   ijtimoiy-gumanitar,   tabiiy-
matematikaga   oid   yoki   badiiy-estetik   yo‘nalishdagi   fanlarni,   umuman,   barcha   o‘quv   fanlarini
o‘qitish   orqali   talabalarni   ijodiy,   madaniy   muhitga   kiritish,   ularning   intellektual   qobiliyati   va
umummadaniy   dunyoqarashini   shakllantirishga   yo‘naltirish   orqali   fuqaroliq   oilaparvarliq
mutaxassis sifatida shakllanishiga ta’sir etadi.
Shunday   ekan,   madaniyatning   o‘zi   nima?   Uning   mazmun-mohiyati   nimalarda   namoyon
bo‘ladi?
Moddiy   madaniyat   moddiy   ne’matlar   ishlab   chiqarish   usuli   bilan   bog‘liq   bo‘lib,   ishlab
chiqaruvchi   kuchlarning   rivojlanishi   darajasi   va   ishlab   chiqarish   munosabatlarining   xarakteri
bilan belgilanishi  moddiy boyliklarning  barchasini   qamrab olishi, jamiyat moddiy ehtiyojlarini
qondirish uchun zarur va foydali bo‘lgan ishlab chiqarish faoliyati  mahsullari, ularning jamiyat
o‘rtasida   tarqalishi,   taqsimlanishi   va   yanada   rivojlantirilishi,   jamiyat   hayotida   qo‘llay   bilish
muammolari kiradi, deb tushuniladi. 
Ma’naviy   madaniyat   esa,   siyosat,   huquqiy   va   mafkuraviy,   axloqiy,   badiiy   va   diniy
qarashlar   bilan,   ikkinchidan,   ijtimoiy   jarayonlarga   rahbarlik   qilish   va   boshqarishning   shakl   va
usullarini   ishlab   chiqa   bilish,   rivojlantirish,   ilmiy   bilimlarni   amaliy   faoliyatda   qo‘llay   bilishni
ifodalaydi,   -   deydi   va   moddiy   madaniyatning   ham   asosida   ma’naviy   madaniyatning   yotishi,
ularning bir-biri bilan uzviy aloqasiga alohida urg‘u beradi.
«Falsafa» qomusiy lug‘atda esa («madaniyat» arabcha – madinaliq mohirliq ta’lim-tarbiya
ko‘rgan) – tabiat  va o‘zaro munosabatlarda  aks etilgan inson faoliyatining  o‘ziga xos usuli deb
ta’rif   berilgan.   Bu   o‘rinda   biz   «inson   faoliyatining   usuli»   degan   fikrga   qo‘shilolmaymiz.
Bizningcha,   «inson   faoliyatining   mahsuli»   -   desa   to‘g‘riroq   bo‘lar   edi.   Lekin   yuqoridagi   ta’rif
bilan birga, «Madaniyat inson faoliyatining ham mahsuli, ham sifat ko‘rsatkichi, shu bilan birga
insoniyatning   o‘zi  ham  pirovard  natijada  madaniyat  mahsulidir.  Madaniy  muhit   qanday  bo‘lsa,
inson   ham   shunday   shakllanadi.   Madaniyatning   ijodkori,   eng   avvalo,   xalq.   Xalq   madaniyatida
avlodlar yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar jamlangan. Ularni o‘zlashtirmay, bilmay turib,
madaniyatli kishi bo‘lib yetishishi qiyin» - deyiladi . 5
Boshqa   barcha   lug‘atlarda   va   falsafaga   doir   darsliklarda   esa   madaniyat   («cultura»)
atamasidan olingan bo‘lib, parvarish qilish, ishlov berish ma’nosini bildiradi, mumtoz lotin tilida
madaniyat   yerga   parvarish   qilish,   ishlov   berish   ma’nosida   ishlatib   kelingan.   Lekin   meloddan
avval   yashab   o‘tgan   Rim   notig‘i,   mashhur   faylasuf   Siseron   madaniyat   atamasini   aqlga   ishlov
berish ma’nosida ham ishlatganligi keltiriladi. 
Keyinchalik   madaniyat   tushunchasi
bilimdon,   ma’rifatli,   yuksak   tarbiyali
insonlarga nisbatan ishlatilgan. 
Faylasuf   olim   J.Tulenov   esa
«Madaniyat   ko‘p   qirrali   va   chuqur
mazmunga  ega tushuncha bo‘lib, u jamiyat
taraqqiyoti  davomida   insonlarning  faoliyati
tufayli   qo‘lga   kiritilgan   barcha   moddiy   va
ma’naviy   yutuqlarning   majmuidir»   -   deb
tushuntiradi   .   J.Tulenov   ham   moddiy
ma’naviyatga   ishlab   chiqarish   vositalari,
mehnat   qurollari,   mehnat   ko‘nikmalarini
hamda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan va hayot uchun xizmat qiladigan barcha boyliklarni
nazarda tutadi. 6
5
Юсупов Э.Инсон камолотининг маънавий асослари. – Т.:1998. 114 бет
6
Туленов Ж. Фалсафий маданият ва маънавий камолот.–Т.:2000. 50-51 бетлар Ma’naviy   madaniyatga   esa   ijtimoiy   ongning   barcha   shakllari,   ya’ni   falsafiy,   ilmiy,
huquqiy,   axloqiy,   estetiq   diniy   qarashlar,   madaniyat   muassasalari,   maorif,   ta’lim-tarbiya,   o‘rta,
oliy va o‘rta maxsus ta’lim, fan, ommaviy axborot vositalari, san’at, xalq ma’naviy ijodiyotining
barcha turlarini kiritiladi. 
Ma’lumki, moddiy va ma’naviy madaniyat o‘zaro aloqada rivojlanadi.   Moddiy boylikning
biror   turi   ham   insonning   aql-idroki,   tafakkursiz   yaratilishi   mumkin   emas.   O‘z   navbatida   inson
ongida   hyech   qanday   fikr,   qarashlar   va   tushunchalar   ham   o‘z-o‘zidan   paydo   bulmaydi.   Ular
moddiy boylik – tabiiy omillar, tashqi ta’sirlar natijasi, moddiy boyliklar mahsuli sifatida paydo
bo‘ladi.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida ta’lim tizimi,
shu   jumladan,   oliy   ta’lim   tizimi   tubdan   yangilanmoqda.   Ta’lim   tizimini   yangilash   uni
texnologiyalashtirish   bilan   bog‘liq   bo‘lib,   bugungi   kunda   shaxsni   tarbiyalash   va   unga   ta’lim
berishga yo‘naltirilgan  faoliyat  ta’lim  berishni tashkil etishga nisbatan  o‘ta qat’iy va murakkab
talablar qo‘ymoqda. Zero, hozirgi davrdagi murakkab texnika va texnologiyalar bilan muomala
qila   oladigan   inson   tarbiyasiga   qo‘yiladigan   katta   ehtiyoj   ham   ta’lim   jarayonini   texnologik
yondashuv asosida tashkil etishni talab etmoqda. 
Shaxsda   umummadaniy   dunyoqarashni   shakllantirish   jarayoni   ham   madaniyatga   doir
axborotlarni   qabul   qilib   olish,   ularni   tahlil   etish,   qayta   ishlab   talabalarga   yetkazishda   ta’lim-
tarbiya texnologiyalarini ishlab chiqishni taqozo etmoqda.
Talabalarda   umummadaniy   dunyoqarashni
shakllantirishda   pedagogik   texnologiyalarning
tarkibiy   qismlariga   asoslangan   holda   dastavval
ta’lim-tarbiya   jarayonining   umumiy   loyihasi
tuziladi,   ta’lim-tarbiyani   tashkil   etishga   bo‘lgan
ehtiyoj   va   maqsadi,   ta’lim   mazmuni,   shakl,
metod,   usullari,   va   vositalari,   bu   borada
o‘qituvchi   va   o‘quvchi   faoliyati   belgilanadi   va
ta’lim natijasi aniqlanadi. 
Umummadaniy   dunyoqarashni
shakllantirish   texnologiyalari   ham   pedagogik
texnologiyalarning   o‘ziga   xos   xususiyatlarini
namoyon etadi:
1.   Umummadaniy   dunyoqarashni   takomillashtirish,   optimallashtirishga   bo‘lgan   ijtimoiy
ehtiyojni qondirish omili sanaladi.
2.   Uning   didaktik   hamda   tarbiyaviy   xarakteri,   shuningdeq   ta’lim-tarbiya   jarayonini
samarali tarzda tashkil etishda nazariy va amaliy bilimlarni o‘zlashtirishga xizmat qiladi.
  3.   Umummadaniy   dunyoqarash   uning   mohiyatini   aks   ettiruvchi   yaxlit   jarayon   sifatida
namoyon bo‘ladi.
4. Pedagogik texnologiyalar umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qiladi.
5.   Umummadaniy   dunyoqarashni
shakllantirish   texnologiyasiga   va   yagona,
qat’iy, me’yoriy talablar qo‘yilmaydi.
6.   Pedagogik   texnologiyalar
umummadaniy   dunyoqarashni   shakllantirishda
shaxsga   yo‘naltirilgan   ta’limni   amalga
oshirishga xizmat qiladi.
Demaq   har   qanday   pedagogik
texnologiya,   jumladan   umummadaniy
dunyoqarashni   shakllantirishga   yo‘naltirilgan
texnologiya   ham   o‘zaro   hamkorliq   muloqot,
ularning   bir-birlariga   ta’sirlari   eng   zamonaviy
talablarga   javob   bergan   holda,   o‘qituvchi ta’lim-tarbiya   jarayonini   tashkil   etish   va   boshqarish   tamoyillari,   yo‘llari,   umummadaniy
dunyoqarashni   shakllantirishga   xizmat   qiluvchi   metod   va   uslublar,   talabalar   shaxsi   faoliyatni
to‘g‘ri   tashkil   etish,   ular   bilan   hamkorlik   qilish,   muloqotga   kirishish,   pedagogik   faoliyatini
tashkil   etish   jarayonida   yuzaga   keluvchi   muammo   va   qarashlarni   birgalikda   hal   etish,
auditoriyada   ijodiy   hamkorliq   ishchanlik   muhitini   hosil   qilishga   doir   shakl   va   metodlar   bilan
qurollangan bo‘lishi lozim. 7
Umummadaniy   dunyoqarashni   shakllantirishda   madaniyatni   anglash   (madaniy   hayotning
rivojlanishiga   muvofiqlik)   tamoyili   talabalarga   jamiyatning   madaniy   taraqqiyoti   darajasidan
kelib   chiqib,   ta’lim   berishni   nazarda   tutadi.   Bugungi   kunda   o‘qituvchining   salohiyati   va
mahoratining  yuqori  darajada   bo‘lishigina   muammoni   hal  eta  olmaydi.   Shu o‘rinda  zamonaviy
fan-texnika   imkoniyatlari,   kompyuter   va   multimediya   vositalari,   shuningdek   jamiyatning
ijtimoiy-madaniy taraqqiyoti ham e’tiborga olinadi. 
Hozirgi   sharoitda   talabalar   ongi,   dunyoqarashida   yangicha   fikr,   dunyoqarashni   tarkib
toptirish, iqtisodiyot, siyosat, madaniyat sohalarida sog‘lom fikr yuritishga erishish shu kunning
dolzarb muammolaridandir.
Umummadaniy   dunyoqarash   ham,   ilmiy   dunyoqarash   kabi   bilimlarning   e’tiqodga
aylanishida   tarkib   topadi.   Bu   esa   bilishga   oid,   axloqiy,   estetik   voqyea-hodisalarga,   milliy   va
umuminsoniy   qadriyatlarga   rag‘bat   uyg‘otish   bilan   paydo   bo‘ladi.   Shu   bilan   birga   talabalar
ijtimoiy-madaniy   faoliyatga   kirishishi   uchun   shart-sharoitlar   yaratilishi   zarurdir.   Bu   borada
«Madaniyatshunoslik» o‘quv fani talabalarga atrof-olam, uning hodisalari, ular o‘rtasidagi o‘zaro
aloqa va munosabatlari haqida bilim berishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuning   uchun   ham   «Madaniyatshunoslik   asoslari»   o‘quv   kursi   o‘rganilganda
umummadaniy dunyoqarashni shakllantirish sohalari: ta’lim va tarbiya, fan, din, rasm-rusumlar,
odatlar, an’analar, madaniy-ma’rifiy muassasalar, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati faoliyati,
ommaviy axborot vositalaridan foydalaniladi.
Ta’lim jarayonida «Madaniyatshunoslik asoslari» o‘quv fani «Madaniyat» tushunchasining
falsafiy   jihatdan   mohiyati,   madaniyatning   moddiy   va   ma’naviy   jihatdan   farqi,   uning   tarkibiy
qismlari haqida ma’lumot berilgandan  so‘ng madaniy vorislik va uning ko‘rinishlari, «madaniy
an’analar»   tushunchasining   mohiyati,   madaniy   meros   va   uning   tarkibi   haqida   tushunchaga   ega
bo‘lganlaridan   so‘ng   madaniy   rivojlanishning   ichki   va   tashqi   omillari,   uning   ijtimoiy
funksiyalari,   madaniyat   muassasalarining   mazmuni,   madaniyatning   jamiyat   rivojlanishidagi
o‘rni, madaniyat va sivilizasiya masalalari o‘rganilib, shaxsning kamol topishida madaniyatning
o‘rni va o‘z navbatida, jamiyat madaniyatining rivojlanishida shaxsning roli masalalariga e’tibor
beriladi.
Mazkur masalalar o‘rganilgandan so‘ng talabalar bilan quyidagi muammolar qay darajada
o‘zlashtirilganliklari ko‘rib chiqiladi:
- madaniyat ijtimoiy hodisa sifatida;
-   madaniyatning   mohiyati,   mazmuni,   ijtimoiy
vazifalari;
-   moddiy   madaniyatning   jamiyat   taraqqiyotida
tutgan o‘rni;
-   ma’naviy   madaniyatning   barkamol   shaxsni
shakllantirish-dagi o‘rni;
- madaniy taraqqiyotda ichki va tashqi ta’sirlar;
- madaniy meros va vorislik masalalalari;
-   mustaqillik   sharoitida   madaniy   taraqqiyotning
asosiy yo‘nalishlari;
7
Алекс   Муур.   Таълим   бериш   ва   таълим   олиш:   педагогика,   таълим   дастури   ва   тарбия.
Рутледж. Иккинчи нашр. 2012.  93-110-бетлар. -madaniyat va qadriyatlar, madaniyat va an’analar, madaniyat va 
  mehnatning o‘zaro uyg‘unligi;
- jamiyat taraqqiyoti va madaniyat;
- madaniyat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar;
- sivilizasiya va madaniyatning o‘zaro aloqadorligi;
- madaniyat sohasidagi islohotlarning bosh maqsadi;
- madaniyatning tarkibiy qismlari.
Mazkur   masalalar   umummadaniy   dunyoqarashni   shakllantirish   modeli   (andozasi)ni
loyihalashga yordam berdi va bu quyidagicha tuzildi:
Talabalar umummadaniy dunyoqarashini shakllantirish modeli
Шахс
Маданият 
Моддий маданият  Маънавий маданият
Маданият ва
жамият  Маданият ва
цивилизация  Маданият ва
шахс 
Маданиятнинг   таркибий
қ исмлари Экологик
маданият Сиёсий
маданият 
И қ тисодий
маданият  Ҳ у қ у қ ий
маданият  Ахло қ ий
маданият  Эстетик
маданият 
Фан  Дин 
Методлар  Шакллар  Воситалар 
Ҳ икоя, су ҳ бат, маъруза,
мунозара, ба ҳ слар,
намойиш этиш,
иллюстрация, видео,
маш қ лантириш,
ў йинлар, муаммоли
вазиятлар яратиш,
дарслик ва манбалар
билан ишлаш, та ҳ лиллар
в.б. Ишбоп  ў йинлар ,  матбуот
конфренциялари,
театрлаштирилган дарслар,
ижодкорлик дарслари,
танловлар, учрашувлар,
фантазия дарслари,
экскурсиялар, давра
су ҳ батлари, м ў ъжизалар
майдони в.б.     Оммавий ахборот
воситалари, музейлар,
галериялар, кутубхоналар,
к ў ргазмалар, аудиториядан
таш қ ари тадбирлар,
танловлар, т ў йлар, диний ва
дунёвий тадбирлар,
байрамлар, ма ҳ аллалар,
таълим муассасалари,
театр, кино в.б.                                 Yuqoridagi   model   asosida   o‘quvchilarda   umummadaniy   dunyoqarashni   shakllantirishda
uning   tarkibiy   qismlari   bo‘yicha   talabalarga   beriladigan   bilimlar   haqida   fikr   yuritamiz,   chunki
bilimlarni,   «murakkab   ijtimoiy   tuzilma   sifatida   madaniyat   ilmiy   bilimlarni,   dunyoqarashni,
ahloqiy   va   estetik   qadriyatlarni,xulq   va   huquqiy   me’yorlarni,   tarixan   tarkib   topgan   urf-odatlar,
an’analar,   ramziy   holatlarni   o‘z   ichiga   oladi.   Shu   asosda   madaniyat   moddiy   va   madaniy
boyliklarni ko‘paytiradi va tarbiya jarayonida muhim ma’naviy rol o‘ynaydi». 
Umummadaniyatning   muhim   elementlari   san’at,   moddiy-ma’naviy   meros,   fan   va
boshqalar   turli   yo‘llar   bilan   o‘rganiladi   va   talabalar   ongiga   yetkaziladi.   Umummadaniy
dunyoqarashga ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar ta’sir qilar ekan, ularning emosional-hissiy ta’siri
estetik   ta’sir   vazifasini,   o‘tmishni   yaqinlashtirish,   ayrim   shaxslarning   tarixi   va   psixologiyasini
ochib   berishga   oid   vazifani;   hayotga   bo‘lgan   munosabati   orqali   ifodalashga   yo‘naltirilgan,
jamiyatning   g‘oyaviy   hayot   jarayoniga   kiruvchi   mafkuraviy   vazifani   insonning   ma’naviy
shakllanishiga   aqli,   irodasi,   hissiyotiga   ta’sir   etuvchi   tarbiyaviy   vazifani   va   nihoyat,   ma’naviy
boyishiga ta’sir etuvchi kommunikativ vazifani bajaradi. 
Umummadaniy   dunyoqarash falsafiy   dunyoqarashning   tarkibiy   qismi   bo‘lgan
umummadaniy dunyoqarash ham quyidagi  tamoyillar  asosida shakllanadi:
1.  Dunyoqarashning   ilmiyligi   tamoyili.   Madaniyatning   ta’lim,   matbuot,   kitobot,   radio   va
televideniye,   madaniy-ma’rifiy   muassasalar,   jamiyatlar,   kutubxonalar,   kino,   teatr,   muzeylar,
ko‘rgazmalar   vositasida   va   fanlarni   o‘qitish   jarayonida   umummadaniy   ilmiy   dunyoqarash
shakllanadi.
2.   Umummadaniy   dunyoqarashning   izchilligi   tamoyili.   Bunda   mantiqiy   izchillik   buzilsa,
umummadaniy dunyoqarash ilmiy, aniq, izchil rivojlana olmaydi.
3.Umummadaniy   dunyoqarashning   tarixiylik   tamoyili.   Jamiyat   tarixida   umummadaniy
merosning rivojlanishi nazarda tutiladi.
4.   Madaniy   dunyoqarashning   maqsadga   muvofiqlik   tamoyili.   Uning   inson   manfaatlari,
orzu-umidlariga mos kelishi.
5.   Madaniy   dunyoqarashning   universalligi   tamoyili.   Bunda   har   qanday   dunyoqarash
shaklining o‘ziga xosligi nazarda tutiladi.
6. Umummadaniy dunyoqarashda nazariya bilan amaliyotning o‘zaro aloqasi.
7. Didaktik tamoyillarni ta’limning onglilik tamoyillariga qo‘llash shart-sharoitlari:
-  o‘quvchi larning tafakkur faoliyatini, mantiqiy fikrlashini me’yorida rivojlantirish, obrazli
fikrlashga, ularning shaxsiy tajribasiga tayanish; oldin o‘zlashtirgan bilimlar bilan yangilarining
o‘zaro   aloqasi;   metod   va   usullarning   xilma-xilligi,   ularning   ma’lum   yirik   mavzu   chegarasida
birlashishi; 
- didaktik maqsadda mashg‘ulotlar tizimini ishlab chiqish va boshqalar.
Lekin bularning barchasi qator  omillarga  bog‘liq holda amalga oshadi.
1.   Talabalar   ongiga   milliy   g‘oyani   singdirish   asosida   ular   tafakkurini   yangilash   orqali
umummadaniy dunyoqarashni shakllantirish.
2.   Jahon   umumbashariy   qadriyatlari,   o‘tmishda   madaniyat   rivojlanishida   erishilgan
yutuqlar,   muvaffaqiyatlardan   vorislik   jarayonidan   foydalanish   asosida   kelgusida   madaniyat
sohasida bajariladigan ishlar ko‘lamini belgilab olish.
3.   Turli   madaniyat   shakllarining   o‘zaro   ta’sirini   hisobga   olgan   holda   umummadaniy
dunyoqarashni   shakllantirishda   mamlakatimizda   amalga   oshirilayotgan   mustaqil   taraqqiyotning
imkoniyatlaridan   foydalanish.   Bu   borada   jahon   hamjamiyatiga   integrasiyalashuv   asosida Умуммаданий дунё қ араш   umumbashariy   qadriyatlarni   o‘rganish   va   ta’lim   jarayoniga   kiritish   imkoniyatlarining   ortib
borishi. 8
4.   Mamlakat   iqtisodiyotidagi   tub   o‘zgarishlarning   madaniyat   sohasiga   ham   ta’siri,
madaniyat sohasida mamlakatlararo aloqaning ortib borishi.
5. Davlat siyosatida ma’naviy madaniyatning ustuvor yo‘nalishi kasb etganligininig shaxs
umummadaniy dunyoqarashini shakllantirishga ta’siri.
6.   Milliy   o‘zlikni   anglash,   vatanparvarliq   milliy   iftixor   tuyg‘usining
shakllanayotganligining   boy   milliy,   tarixiy   ana’analariga,   xalqimizning   intellektual   merosga
hurmatining ortib borishi.
Bularning   barchasi   umummadaniy   dunyoqarashni shakllantirishda   madaniyatning
quyidagi yuksalish  mezonlariga  asoslanish lozimligini belgilaydi
1. Jamiyat taraqqiyoti jarayonida yaratilgan ma’naviy qadriyatlar ko‘lami va soni, ularning
tarqalish darajasi, odamlar tomonidan o‘zlashtirilishi.
2. Ma’naviy madaniyatning barcha turlarining bir tekis taraqqiy etishi.
3. Madaniy qadriyatlardan bahramand bo‘lishda barcha kishilarning ishtirok etishi.
4.   Madaniy   boyliklarni   yaratishda   aholi   barcha   ko‘lamlarining   ongli   ravishda   ishtirok
etishi.
5. Kishilarning  madaniy yuksalishiga  o‘z hissalarini  qo‘shishlari uchun jamiyatda  barcha
imkoniyatlarning mavjud bo‘lishi. 
Yuqoridagi   falsafiy   mezonlarga   tayangan   holda   umummadaniy   dunyoqarashni
shakllantirishga doir quyidagi  mezonlarni  tushunishimiz mumkin:
- umummadaniyatning mazmun-mohiyatini tushunishi;
- o‘z milliy madaniyati va boshqa xalqlarning madaniyatlariga hurmat 
 tuyg‘usi;
- o‘z-o‘ziga hurmat;
- tarixiy ongning shakllanganligi;
- men va vandalizm (madaniy boyliklarni g‘orat qiluvchilarga qarshi 
kurashi);
- ma’naviy va moddiy boyliklarga madaniy munosabat;
- tasavvur va fantaziya (men va mif);
- estetika va tarbiya (men va go‘zallik);
- axloqiy tarbiyalanganlik (boshqalarning holatini his etish);
- ma’naviyatlilik (men va mening qalbim);
- ekologik madaniyati (atrof-olamga munosabat);
- o‘z faoliyatida umummadaniy dunyoqarashini namoyon eta olishi.
Insonni  tarbiyalash   unga  ta’lim  berish   har qanday  davrda ham  asosiy masala bo‘lib
kelgan     va    ajdodlarimiz     ma’rifat     va     madaniyatni     qanday     qilib     yosh     avlodga     o‘rgatish   ,
komil shaxs  etib  tarbiyalash  yo‘llarini  izlaganlar. Hozirgi davrning asosiy talabi – mustahkam
va chuqur bilimlarga, kuchli irodaga, g‘oyaviy immunitetga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash va
ularning dunyoqarashini  shakllantirish.
Shunga     ko‘ra   ,   noan’anaviy   ta’lim-o‘quvchilarni     kasbga   qiziqtiruvchi   bilim   doiralarini
kengaytiruvchi,   ularda   hozirjavoblik   xususiyatlarini   tarbiyalovchi,   faollashtiruvchi   va   ularning
mustaqil   fikrlash   qobiliyatini   rivojlantiruvchi   kabi   didaktik   funksiyalarni   bajaradi.Tajribalarda
ta’kidlaganideq   agar   mashg‘ulot   odatdagi   tinglab   o‘tirishga   asoslangan   usulda   o‘tkazilganda
talabalar   axborotning   ko‘pi   bilan     20   %   ni   o‘zlashtirgan   bo‘lsa,   ilg‘or   pedagogik   usullardan
foydalanilganda esa, bu ko‘rsatkich 80-90% gacha oshganligi tasdiqlangan.
Noan’anaviy   ta’limning   samaradorligi   yana   shundan   iboratki,   uning   qatnashchilari   yaxlit
tizimli bilimga ega bo‘ladi va mustaqil ijodiy fikrlash qobilyatlari rivojlanishi negizida bo‘lajak
8
Алекс Муур. Таълим бериш ва таълим олиш: педагогика, таълим дастури ва
тарбия. Рутледж. Иккинчи нашр. 2012.  178 бет. kasbiy   faoliyatga   oid   boshlang‘ich   ko‘nikmalar   shakllantirilib   o‘quv-tarbiyaviy   jarayonini
amaliyot   bilan   bevosita   bog‘lab   olib   borishni   ta’minlaydi.     Shuning   uchun   ham,   u
rivojlantiruvchi o‘qitishning yuqori samarali usullaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Turli   g‘oya   va
mafkuralar   kurashi
kuchaygan   bugungi
tezkor   axborot   asrida
yoshlar   tarbiyasiga
bo‘lgan   salgina
befarqlik   katta
xatolarni   vujudga
kelishiga   sabab
bo‘ladi.   Ayniqsa,
“ommaviy   madaniyat”
deb   ataluvchi   salbiy
kuchlar   butun   dunyoga     axborot   oqimi   orqali   raxna     solib   turgan   davrda   oilalarimiz   bag‘rida  
unib o‘sayotgan yoshlar    ta’lim-tarbiyasiga    e’tibor va mas’uliyatni oshirish juda muhimdir.
Ana shunday vaziyatda, – deb yozadi I.A. Karimov, – odam o‘z mustaqil fikriga, insonlar
sinovidan   o‘tgan   hayotiy,   milliy   qadriyatlarga,   sog‘lom   negizda   shakllangan   dunyoqarash   va
mustahkam   irodaga   ega   bo‘lmasa,   turli     ma’naviy   tahdidlarga,   ularning   goh   oshkora,   goh,
pinhoniy     ko‘rinishdagi   ta’siriga   bardosh   berishi   amrimahol”.   Shuni   aytib   o‘tish     joizki,
Globallashuv   kuchayishi     bilan   birga   hozirgi   davrning   yana   bir   muhim   xususiyatlaridan   biri-
axborot   jamiyatning   shakllanishidir.   Bu   jamiyatda   axborot   asosiy     qadriyatga     aylangan.  
Axborot   asrining   muhim   ko`rsatkichlaridan   biri   –   davlat   va   jamiyatning     barcha   bo‘g‘inlari  
uchun axborot bilan almashish birinchi hayotiy zaruratga aylanishi.
Ta’lim  tizimiga  yangi pedagogik  va axborot  kommunikasiya  texnologiyalarini  olib  kirish
bugungi   kunning   muhim   masalalari   sirasiga   kiradi.   Ta’lim-tarbiya   jarayoniga   axborot   kom -
munikasiya   texnologiyalarini   joriy   etish   orqali   bir   qancha   qulayliklar   yaratiladi.   Shu   narsani
e’tibordan   chetda   qoldirmaslik   kerakki,     ayni   paytda,     axborot   olish   ko‘lami   har   qachongidan
ham   kengroq   bo‘lib,   yetarli   darajada   ko‘payib   bormoqda.   Demaq   yurtimizda   fan-texnika
rivojlangani   sayin,   axborot   olish   imkoniyati   ham   oshib   boradi.   O‘quvchilarga   talab   doirasida
ma’lumotlarni   yetkazib   berishda,   fan-texnika   yutuqlaridan   unumli   foydalanish   zarur.     O‘sib,  
ulg‘ayib   kelayotgan   yosh   avlodni     barkamol   qilib   tayyorlashda,   yangi   axborot
texnologiyalaridan     o‘z   vaqtida   va   unumli   foydalanishning   istiqbolli   tomonlari   ko‘zga
tashlanmoqda. Ta’ lim tizimida olib borilayotgan islohotlar yoshlarni har tomonlama yetuk shaxs    
qilib tarbiyalashga qaratilgan.
Ammo, ta’lim jarayonida ba’zi holatlar    ham ko‘zga    tashlanadiki,    masalan, an’anaviy dars
tizimidan voz kechmasliq pedagogik texnolo giyalardan foydalanmasliq darslarni ijodkorlik bilan
uyushtirmaslik   kabi.   Oqibatda,     o‘quvchilar   darsning     subektiga   emas,     balki,sust   obektiga
aylanib   qolmoqda.   An’ana viy   dars   tizimidan   voz   kechmaslik   oqibatida   o‘quvchilarda   mustaqil
fikrlash,   dunyoqarashning   boyib   borishi,   mavzularni   to‘liq   idrok   etish   im koniyati   cheklanib
qolmoqda.Ta’limning   barcha   bo‘g‘inlarida   olib   bori layotgan   tub   islohotlar,   asosan,   yuqori
malakali,    zamon talablariga javob bera oladigan raqobatbardosh pedagog kadrlarni tayyorlashga
bo‘lgan talabni, ehtiyojni qondirishga    qaratilgan.
Bugungi   kunda   bo‘lajak   o‘qituvchilar n i   ham   o‘z     faoliyatida   zamonaviy   axborot
texnologiyalaridan   bemalol,     o‘zgalar   yordamisiz   foydalana   olishlari   lozim.   Jumladan,   bo‘lajak
o‘qituvchilar   pedagogik   texnologiyalardan     o‘z     faoliyatlarida   malakali   mutaxassis   sifatida
foydalana   olishlari   uchun     ma’lum   bir     ma’noda,   shu   yo‘nalish   bo‘yicha     bilim,   ko‘nikma   va
malakalarga   ega   bo‘lishi   zarur.   Shuningdeq   bo‘lajak   o‘qituvchilarida   zamon,   pedagogik
texnologiya   yordamida   milliy-ma’naviy   qadriyatlarni   shakllantirish     ahamiyat   kasb   etadi.
Chunki,   zamonaviy   pedagogik     texnologiyadan   yangi   axborot   texnologiyalari     bir   qancha
afzalliklarga ega ekanligi bilan ajralib turadi. «Фикр тарбияси энг керакли, кўп замонлардан тақдир(орзу)
қилиб   келинган,   муаллимларнинг   диққатларига   суялган   ва
виждонларига   юкланган   муқаддас   бир   вазифадир.   Фикр
инсонни шарофатлик, ғайратлик бўлишига сабаб бўлур».
(А.Авлонийнинг   «Туркий         гулистон   ёхуд
ахлоқ»  китобидан).               Aynan  shunday  zamonaviy axborot texnologiyalardan unumli foydalanish orqali
o‘quvchilarda     ma’naviy   qadriyatlarga   bo‘lgan   qiziqish   hamda   ularni   e’zozlash   xususiyatlari
rivoj topadi. AKT bilan ishlash jarayonida ma’naviyatimizga   yot “ommaviy madaniyat”ga xos
bo‘lgan   axborotlarga   qarshi   kurashish   uchun   yoshlarda   ma’naviy   imunitetni   shakllantirishga
alohida e’tibor qaratish lozim. Buning uchun bo‘lajak o‘qituvchilar:
 o‘quvchilarda   AKT   imkoniyatlaridan   foydalangan   holda   milliy   qadriyatlarga   sodiqlik
fazilatlarini shakllantirishi;
 milliy-ma’naviy   qadriyatlarni   targ‘ib   etuvchi   sayt   materiallaridan   ta’lim   jarayonida
unumli foydalana olishlari;
 milliy-ma’naviy qadriyatlarni targ‘ib etishda yangi AKT loyihalarini tayyorlash.
 Bu,     o‘z   navbatida,     ta’lim   samaradorligining   oshishiga   olib   keladi.   Ta’lim-tarbiya
jarayoniga axborot texnologiyalari imkoniyatlarini tatbiq etish ijobiy natija beradi.
O‘zbekiston   Respublikasining   birinchi   Prezidenti     Islom   Karimovning   “Yuksak
ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida odamzot uchun hamma zamonlarda ham eng buyuk boylik
bo‘lib   kelgan   ma’naviyatning   ma’no-mazmuni,   uning   inson   va   jamiyat   hayotidagi   o‘rni   va
ahamiyati, bu murakkab va serqirra tushunchaning nazariy va amaliy tomonlari har tomonlama
keng   qamrovli   fikr   va   xulosalar   orqali   tahlil   etiladi.  Ayni   paytda   istiqlol   yillarida   yurtimizda
milliy   ma’naviyatimizni   tiklash,   uni   zamon   talablari   asosida   rivojlantirish   bo‘yicha   amalga
oshirilayotgan   ulkan   ishlar,   bu   borada   oldimizda   turgan   maqsad   va   vazifalar   haqida   atroflicha
fikr   yuritiladi.   Shuningdeq   jahon   miqyosida   voqyealar   shiddat   bilan   kechayotgan   bir   paytda
zamonaviy   axborot-kommunikatsion   texnologiyalaridan,   Internetning   beqiyos   imkoniyatlaridan
keng   foydalanishga   erishish   hamda   komil   insonni   tarbiyalash   pedagog   xodimlarning   faoliyat
mezoniga aylanishi zarurligini barchamiz yaxshi anglashimiz lozim deb takidlanadi. 9
          Zamonaviy   axborot   texnologiyalaridan     foydalanish,   milliy-ma’naviy   qadriyatlarni
o‘rgatish yoshlarning   har     tomonlama erkin fikrlashiga, ijodiy yondashuviga, dars jarayonining
faol ishtirokchisiga aylanishiga sharoit yaratadi.
Har   bir   kishining   dunyoga   nisbatan   o‘z   qarashi,   o‘zi   va   o‘zgalar,   hayot   va   olam
to‘g‘risidagi   tasavvurlari,   xulosalari   bo‘ladi.   Ana   shu   tasavvurlar,   tushunchalar,   qarash   va
xulosalar   muayyan   kishining   boshqa   odamlarga   munosabati   va   kundalik   faoliyatining
mazmunini belgilaydi.
Dunyoqarash-insonning   tevarak-atrofini   qurshab   turgan   voqyelik   to‘g‘risidagi,   olamning
haqidagi   turli   qarashlarining   majmui,   shaxsning   barcha   bilimlar   tizimi.   Shu   ma’noda
dunyoqarash turlicha  bo‘lishi   mumkin.  Masalan  individual  dunyoqarash,  ijtimoiy  dunyoqarash,
milliy dunyoqarash, umummadaniy dunyoqarash .
Hozirgi   kunda   biz   e’tibor   berishimiz   kerak   bo‘lgan   vakundan   –kunga   bir   qancha
munozaralarga   sabab   bo‘layotgan   mavzu   bu   umummadaniy   dunyoqarash   va   uni   bo‘lajak
pedagoglarda   shakllantirishning   mexanizmlari.   Umummadaniy   dunyoqarash   pedagogika
sohasida   o‘zining   ahamiyatiga   ega   tushuncha.Chunki   aynan   umummadaniy   dunyoqarash
pedagogik   mahorat,   pedagogik   malakani   tashkil   etuvchi   muhim   komponentlardan   hisoblanadi.
Zero biz XXI asrda yashayotgan ekanmiz har bir pedagog zamon talablariga munosib, faqat o‘z
kasbining ustasi bo‘libgina qolmay, o‘z xalqining buyuk madaniy merosi haqida bilish bilan bir
qatorda   o‘zgamillatlar   madaniyati,   ularning   tili,   dini,   san’ati,   moddiy   va   ma’naviy   meroslari
haqida ham tushunchalarga ega bo‘lishi va ularga nisbatan hurmat bilan qarashi umummadaniy
dunyoqarashning asosiy komponentini tashkil etadi.
9
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч.Т.:2008. Маънавият нашриёти.  86 бет Jahon   ta’limi   taraqqiyoti   tajribasi   shundan   dalolat   beradiki,   jamiyat   taraqqiyoti   shu
jarayonda joriy etilgan ta’lim tizimining rivoji va takomillashuvi bilan chambarchas bog‘liqdir. 10
  O‘zbekiston   Respublikasining   Birinchi   Prezidenti   I.A.Karimov   ta’kidlab   o‘tganidek:
«Aslida ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotning chegarasi yo‘q. Toki hayot davom etar ekan, ta’lim
ham,   tarbiya   ham   zamon   o‘rtaga   qo‘yayotgan   yangi-yangi   talablarga   ko‘ra   mustaqil   ravishda
o‘zgarib-yangilanib boraveradi».  11
Ta’lim-tarbiyasohasidagiislohotlarningmarkazida   e sao‘qituvchituradi.   Qadimda   greklar
juda   ajoyib   iborani   qo‘llaydilar:   «Talaba   –   to‘ldirilib     turilishi   kerak   bo‘lgan   idish   emas,   balki
yoqib   turilishi   lozim   bo‘lgan   mash’aldir».   Bu   fikrning   tagida   chuqur   ma’no   bor.   Zero,
o‘qituvchi   yetarli   kasbiy   malakaga   ega   bo‘libgina   qolmay,   darsni   qay   tarzda   tashkil   etish
usullarini mukammal bilishi     kerak. Ta’lim jarayonini bugungi kundagi asosiy talablaridan biri
erkin   fikrlovchi,   mustaqil   tafakkurga   va   dunyoqarashga   ega   bo‘lgan   shaxsni   shakllantirish,
umumstandart talablarga javob bera oladigan bo‘lib, katta mash’allar paydo bo‘lishini ta’minlab
beradi.
Shu   xususda   e’tiborni   qaratishimiz   kerak   bo‘lgan   masala   shuki,   umummadaniy
dunyoqarash bo‘lajak xorijiy tillar o‘qituvchilarida mukammal shakllantirilishi muhim ahamiyat
kasb   etadi.   Yuqoridagi   fikrga   ko‘ra   talaba   yoqib   turilishi   lozim   bo‘lgan   mash’ala   bo‘lsa,   uni
hozirgi   XXI   asrda   davr   taraqqiy   etgan,   innovasion   texnologiyalar   rivojlangan   bir   paytda,   dars
jarayoniga qiziqtirish biroz qiyinroq masalaga aylanmoqda. Bugun biz ta’lim-tarbiya berayotgan
talabalar-bo‘lajak o‘qituvchilar ertaga bolaga, shaxsga ta’lim-tarbiya beradilar.Ular maktablarda,
kollejlarda,   akademik-litseylarda   pedagog   sifatida   faoliyat   ko‘rsatadilar.   Ularga   ham   «Kadrlar
tayyorlash   milliy   dasturi»   (1997yil)   ta’lim   muammolari   oldiga   mustaqil   fikrlovchi   shaxsni
shakllantirish muammosini qo‘ygandir.
        Ularni   darsga   qiziqtirish   va
mustaqil   fikrlash   qobiliyatini
shakllantirish   jarayonida   esa
o‘qituvchi   o‘zida   shakllantirilgan
umummadaniy   dunyoqarashdan
asosli  foydalana oladi.  Masalan biror
xorijiy   tilni   o‘rgatayotganda
o‘qituvchi   turli   qoidalar,
materiallardan mohirona foydalanishi
mumkin,   ammo   shunda   ham   bolada   bu   xorijiy   tilni   o‘zlashtirishga   qiziqish   uyg‘onmasligini
kuzatishimiz   mumkin.   Bunday   hollarda   aksariyat   o‘qituvchilarda   muammoli   vaziyat   tug‘iladi.
Lekin   pedagogik   mahoratli   o‘qituvchi   bu   darsni   tashkil   etishning   yangi   usulini   o‘ylab   topadi.
Albatta   bu   dars   o‘qituvchining   umummadaniy   dunyoqarashi   bilan   bevosita   bog‘liq   bo‘ladi.
Masalan,   o‘qituvchi   mavzuni   tili   o‘rganilayotgan   mamlakat   madaniyati,   uning   urf-odatlari
asosida   tushuntiradi.   Natijada   bu   dars   o‘qituvchi   uchun   ham,   o‘quvchi   uchun   ham   samarali
bo‘ladi.   Albatta   bunday   usuldagi   darsni   tashkil   etish   pedagogdan   qattiq   mehnatni   talab   etadi.
Bunda   esa   o‘qituvchining   o‘zida   umummadaniyat   tushunchasi,   umummadaniy   dunyoqarash
yuksak   darajada   shakllangan   bo‘lishi   kerak.   Zero   o‘qituvchi   shaxsi   faqatgina
umummadaniyatdan   xabardorgina   bo‘lib   qolmay,   bu   umummadaniy   dunyoqarashni
o‘quvchilarda ham to‘g‘ri yo‘nalishda shakllantira olishdek ma’suliyatli vazifani talab etadi. Shu
sababli   oliy   ta’limning   bakalavriat   yo‘nalishidagi   bo‘lajak   xorijiy   til   o‘qituvchilarida
umummadaniy   dunyoqarashni   shakllantirishga   hozirdan   e’tibor   berilmoqda.   Oliy   o‘quv
yurtlarida madaniyatshunosliq mamlakatshunosliq tili o‘rganilayotgan mamlakat madaniyati kabi
10
Алекс Муур. Таълим бериш ва таълим олиш: педагогика, таълим дастури ва
тарбия. Рутледж. Иккинчи нашр. 2012.  51-53 бетлар.
11
Karimov I. A. O’zbekiston buyuk kelajak sari T.: O’zbekiston, 1998 y. –62 b. Тафаккурни   ривожлантириш   учун
ёдлашдан   кўра,   кўпроқ   мулоҳаза
юритиш зарур. 
Р.Декарт fanlarining   bo‘lajak   o‘qituvchilarga   o‘qitilayotganidan   maqsad   ham     bo‘lajak   o‘qituvchilarda
umummadaniy dunyoqarashni shakllantirish.
Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi.
Agar bolalar erkin fikrlashni o‘rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo‘lishi muqarar.
Albatta, bilim keraq ammo, bilim o‘z yo‘liga. Mustaqil fikrlash ham katta boylik. Hozirgi
zamon   o‘quv   mussasalarining   vazifasi   yosh   avlodni   mustaqil   fikrlashga   o‘rgatishdir.   Mustaqil
fikrlashni   o‘rgatishda   esa   dastlab   oila,   so‘ng   bog‘cha,   maktab,   akademik-lisey   va   kollejlardagi
ta’lim-tarbiya   beruvchi   shaxslarning   zimmasiga   yuksak   ma’suliyatni   yuklaydi.   Ayniqsa   bu
maktab   o‘qituvchilaridan   katta   mehnatni   talab   etadi.   Shu   sababdan   har   bir   pedagog   o‘z   ustida
tinmay ishlashi va ishi davomida o‘zining barcha mahoratidan o‘rinli foydalana olishi kerak.
        Xulosa qilib shuni  aytish  kerakki,  yosh  avlodga  zamonaviy  bilimlar  berish, kasb –
hunar   o‘rgatish,   iqtidori,   qobiliyati   va   intellektual   salohiyatini   o‘stirish   uchun   zarur   bo‘lgan
barcha   imkoniyatlarni   yaratish,   ayni   paytda   ularni   umuminsoniy   va   milliy   qadriyatlar,   ezgu
fazilatlarga   sadoqat   ruhida   tarbiyalash   masalasi     doimo     e’tiborga     olinadi.
  O‘zbekiston
Respublikasining   taraqqiy   etgan
mamalakatlar   qatoridan   munosib
o‘rin   egallashi   va   ijtimoiy-
iqtisodiy   rivojlanishi   2008-yilda
iqtisodiy   islohotlarni
chuqurlashtirish   uchun
fuqarolarning,   ayniqsa,
ziyolilarning   ma’naviy   salohiyati,
o‘zgarishlarini   to‘g‘ri   talqin
qilishlari   va   bu   jarayonlarni
boshqara   olishlari   hamda   yigirma
birinchi   asr   ilmiy-texnika
taraqqiyoti   talablariga   javob   bera
olishlari   uchun   o‘quv
maskanlarida   sifatli   kadrlarni
yetkazib   berish   masalasi   hozirda
dolzarb hisoblanadi.
Hozirgi davrda jahon miqyosida kechayotgan globallashuv jarayonlari yigirmanchi asrning
oxiri yigirma birinchi asrning boshlarida butun insoniyat, yer yuzidagi barcha xalqlar va millatlar
taraqqiyoti   uchun,   ayniqsa,   hayotga   kirib   kelayotgan   yosh   avlod   uchun   misli   ko‘rilmagan
imkoniyatlar   yaratib   berdi.   Ayniqsa   fan   va   texnikaning   ilg‘or   yutuqlari   zamonaviy   axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari xususan Internet tizimi turli davlatlar va mintaqalar o‘rtasidagi
chegaralarni   ochib   berib,   o‘zaro   hamkorlik   va   inteoratsiya   rivojiga   so‘zsiz   katta   hissa
qo‘shayotganiga   bugun   barchamiz   guvoh   bo‘lmoqdamiz.   Lekin   insoniyat   tafakkurining   yuksak
va   yorqin   namoyoni   bo‘lgan   bunday   yutuqlar   ayni   paytda   ayrim   siyosiy   kuchlarning   g‘arazli
niyatlarini oshirishda mafkuraviy qurol sifatida ishlatilayotganini ham e’tibordan chetda qoldirib
bo‘lmaydi.  Ayniqsa bunday mafkuralarning  ko‘proq yoshlarni  jalb etib  ularga  ma’naviy  tahdid
o‘tkazishga,   ularning   ongini   zaharlashga   qaratilgan   turli   xil   g‘oyalari,   albatta,   insonni
tashvishlantirmay   qolmaydi.   Chunki   yoshlarning   hali   shakllanib   ulgurmagan   umummadaniy
dunyoqarashini   bunday   siyosiy   kuchlar   o‘zlarining   g‘arazli   mafkuralari   bilan   to‘ldiradilar.
O‘zbekiston   Respublikasi   Birinchi   Prezidenti   muhtaram   Islom   Abdug‘aniyevich   Karimov
aytganlarideq “Kelajak yoshlar qo‘lida” deb aytgan serma’no fikrlari ham bejizga emas, albatta.
Chunki   davlatning   ertasi   qanday   bo‘lishi   bugungi   yoshlarga   bog‘liqdir.   Shunday   ekan,   yoshlar
masalasi   har   doim   hamma   davrda   ham   davr   masalasi   bo‘lib   qoladi.   Chunki   bo‘lajak
o‘qituvchilar,   ya’ni   oliy   ta’lim   muassasasidagi   talabalar   bo‘lg‘usi   o‘z   kasbining   mutaxassislari
hisoblanishadi.   Bo‘lg‘usi   pedagoglar   esa   ertaga   o‘qituvchi,   ya’ni   mutaxassis   kadrlar   bo‘lib
yetishishadi. Bu mavzuni ommaviy madaniyat tushunchasini yoritishdan boshlamoqchiman.  Bugun ana shu “o‘rgimchak to‘ri” bilan bog‘liq ravishda o‘zbek tili lug‘atiga kirib kelgan
va tez-tez tilga olinayotgan “ommaviy madaniyat” yoki “olomon madaniyati” so‘z birikmasining
lug‘aviy   ma’nosiga   e’tibor   bersaq   undagi   “madaniyat”   so‘zi   o‘zi   asli   “taraqqiyot,   sivilizasiya”
kabi   ma’nolarni   anglatadi.   Shu   o‘rinda,   “ommaviy   madaniyat”   tushunchasiga   nisbatan   salbiy
qarashlar boisi nimada ekanligini tushunib yetish lozim. “Ommaviy madaniyat” G‘arb dunyosida
o‘tgan   asrning   ikkinchi   yarmida   shakllandi.   Uni   G‘arbda   “populyar”   yoki   qisqartirilgan   holda
“pop-kultura”   (ya’ni   “ommaviy   madaniyat”)   deb   atashadi.   Garchi   “madaniyat”   deb   atalsa-da,
aslida,   tub   mazmun-ma’nosiga,   maqsadiga   ko‘ra   “ommaviy   madaniyat”   chinakam
ma’naviyatning kushandasidir.
Mutaxassislar,   (faylasuf   va   sosiolog   olimlar)ning   fikricha,   hali   ilm-fanda   “antikultura”
(“g‘ayrimadaniyat”)   degan   ilmiy   tushuncha   shakllanmaganligi   uchun   “Pop”   (ommaviy)
madaniyat   tushunchasi   nochorlikdan   qo‘llanilmoqda.   Chunki   “ommaviy   madaniyat”   aslida
madaniyatsizliqya’ni   ma’naviyatsizlik   va   axloqsizlik   sinonimidir.   Tabiiyki,   “ommaviy
madaniyat”   degan   niqob   ostida   zo‘ravonliq   individualizm,   egosentrizm   g‘oyalarini   tarqatish,
kerak bo‘lsa,shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va
qadryatlari,   turmush   tarzining   ma’naviy   negizlariga   bepisandliq   ularni   qo‘porishga   qaratilgan
xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo‘ymaydi.
Albatta,   xalqimiz,   jumladan,   yosh   avlod   g‘arb   fan   texnikasi,   madaniyati,   adabiyot-u
san’atining   ilg‘or   jihatlarini   inkor   etmaydi.   Biroq   g‘arbdagi   taraqqiyparvar   ziyolilaring   o‘zi
“g‘arbning   muammosi”   sifatida   baholayotgan   “ommaviy   madaniyatning”     ma’naviy   axloqiy
tubanliklarini   yoshlarimiz   qancha   tez   anglashsa,   shuncha   jamiyat   uchun   foyda   bo‘ladi.   Shu
boisdan,   mustaqillikning   dastlabki   yillaridanoq   O‘zbekiston   Respublikasi     Birinchi   Prezidenti
I.A.Karimov jamiyat rivojlanishining ma’naviy-axloqiy negizlarini aniq belgilab berdilar:
- Umuminsoniy qadryatlarga sodiqlik;
- Xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
- Insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
- Vatanparvarlik . 12
Haqiqatdan   ham,   bunday   tamoyillar   ostida   yoshlarimiz   ma’naviyatini   mustahkamlash
asosida   ularning   umummadaniy   dunyoqarashini   shakllantirishga   zamin   yaratgan   bo‘lamiz.
Yuqordagilarga   qo‘shimcha   qilgan   holda   yoshlarning   umummadaniy   dunyoqarashining
shakllanishida yana shu kabi bir qator pedagogik shart-sharoitlarni ham sanashimiz mumkin:
- Yoshlarni   milliy,   umuminsoniy   qadryatlar   asosida   tarbiyalash   va   ularning   shu
qadryatlarga ega bo‘lishlari;
- Yoshlarga   ta’lim   berishda   tarbiyani   ta’lim   bilan   ta’limni   tarbiya   bilan   olib   borish   va
shular asosida ularni komil inson qilib tarbiyalash;
- Ta’lim   jarayonida   yoshlarga   ularning   intellektual   salohiyatini   oshirishga   shart-sharoitlar
yaratish;
- Yoshlarga vatanparvarlik tuyg‘ulari asosida ta’lim berish.
Biz   fuqarolik   jamiyatiga   asoslangan   demokratik   davlatda   yashar   ekanmiz,   jamiyatimizda
har qanday fikr, qiziqishga hurmat bilan qaraladi. Ammo xatarli qiziqish va mayllardan davlat va
jamiyat   o‘zini   himoya   qilishi   lozim.   Dunyoqarash   tarbiyasi   imkoniyatlarini   rivojlantirishimiz
uchun   “ogohlik”   iborasining   ma’nolarini   bugungi   zamon   sharoitidan   kelib   chiqib,   ancha   keng
miqyosda tushunishimizga to‘g‘ri keladi. Ya’ni buguni ogohlik xalqimiz, ayniqsa, yoshlar dilini,
ruhiyatini, aql-idroki va umuman ma’naviyatini diniy aqidaparastliq jaholatparastliklar xataridan
tashqari, ayni paytda jahonda yuz berayotgan siyosiy, mafkuraviy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy
va   estetik   manfaatlar   yo‘nalishidagi   kurashlarning   xatarli   jihatlari,   jumladan,   “ommaviy
madaniyat”   ning   yemiruvchi   ta’siridan   muhofaza   qilishni   o‘z   ichiga   oladi.   Zero,   globallashuv
jarayoni,   zamonaviy   kommunikatsiya   tarmoqlarining   jadal   rivojlanishi,   madaniyatlararo,
insonlararo  muloqot  kengayib borayotgan  bir  pallada  Vatanimiz  mustaqilligini  mustahkamlash,
12 ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy-madaniy merosni asrab-avaylab va kelgusi avlodlarga bekami-
ko‘st   yetkazib   berish,   yoshlarimizni   aqlli,   dono,   baxtli   va   barkamol   etib   tarbiyalash   g‘oyatda
muhim va ahamiyatlidir. 13
 
13 Adabiyotlar
1. Aleks Muur. Ta’lim berish va ta’lim olish: pedagogika, ta’lim dasturi va tarbiya. Ikkinchi
nashr. - Rutledj. 2012. 202-bet. 
2.  Azizxulayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. –T.:   2020y. 183 bet.
3.   Begmatova   D.M.   O‘zbek   oilalarida   yoshlarning   kasbiy   ijtimoiylashuvi.   Моnografiya.   –
Samarqand, 2020. -142 bet.
4.   Daminova   N.K.,   Jamalova   N.U.   Та’limni   tashkil   etish   shakllari   mоdulini   o‘qitishda
interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish. – Samarqand, 2021. – 116 bet.
5 . Mavl o nova R. A.   va boshqalar. Umumiy   pedagogika.- T.: 2010 y. “Fan va texnologiya”
nashriyoti.  
6.  Махmudova  М.М.  Оila  tarbiyasi  asoslari.   O‘quv  qo‘llanma.  –  Samarqand,   2021.  -  183
бет.
7.   Pedagogika.   Toxtaxodjaeva   M.   umumiy   tahriri   ostida.   –T.:   O‘zbekiston   Faylasuflari
milliy jamiyati. 2010 y. 
8. Begmatova D.M., Daminova N.K. Pedagogik ta’limotlar. O‘quv qo‘llanma. - Samarqand,
2022.

PEDAGOGIK MAHORAT ASOSLARI. KASBIY KOMPETENTLIK VA KREATIVLIK REJA 1. Pedagogik mahorat, uning mohiyati va tuzilishi. 2. Pedagogning kasbiy fazilatlari. 3. Pedagogik muloqot. 4. Muloqot vositalari va turlari. 5. Pedagogik muloqot madaniyati, yo‘nalishlari va uslublari. 6. O‘qituvchining nutq texnikasi va madaniyati. 7. Kommunikativ ta’sir ko‘rsatish. 8. Pedagogik deontologiya. O‘qituvchi professiogrammasi. 9. Chet tili o‘qituvchisining professiogrammasi. 10. Pedagogik kompetentlik tushunchasi. 11. Pedagogik kompetentsiya va uning komponentlari. 12. Kasbiy kompetentlik va uning sifatlari. 13. Pedagogning o‘z ustida ishlashi. 14. “Kreativlik” va “pedagogik kreativlik” tushunchalari. 15. Kreativlik sifatlari. 16. Shaxs kreativligini ifodalovchi xususiyatlar. 17. Bulajak o‘qituvchilarda pedagogik kreativlikni shakllantirish.

Pedagogik mahorat asoslari va uning tarkibiy qismlari O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan xalq ta’limi sohasi bo‘yicha o‘rtaga quyilayotgan vazifalarni bajarish ko‘p jihatdan o‘qituvi shaxsiga bog‘liq. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ta’lim- tarbiyadan ko‘zda tutilayotgan maqsadga erishish, o‘quvchilarning xilma- xil faoliyatini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e’tiqodli, mehnatkash, ishbilarmon, barkamol inson qilib o‘stirish o‘qituvchi zimmasiga yuklatilgan. Xalqimizning kelajagi, O‘zbekistonning istiqboli ko‘p ejihatdan o‘qituvchiga, uning saviyasi, tayyorgarligi, fidoyiligiga, yosh avlodni o‘kitish va tarbiyalash ishiga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq. O‘qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasbdir. Yaxshi o‘qituvchi bo‘lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o‘zigina yetarli emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni o‘qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun- qoidalar, tamoyillar, umumlashtirilgan metodik g‘oyalar bayon etiladi, o‘quvchilarning yo shva individual xususiyatlarini e’tiborga olish ta’kidlanadi. Maktab hayoti, amaliy pedagogik jarayon esa juda xilma- xil, murakkabdir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar ko‘p uchrab turadi. Bu esa o‘qituvchidan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlik va yuksak pedagogik mahorat hamda ijodkorlikni talab etadi. Biror kasbning haqiqiy ustasi bo‘lish uchun kishida tabiiy qobiliyat, ma’lum jismoniy va ruhiy xislatlar, puxta tayyorgarliq ayrim shaxsiy sifatlar bo‘lishi kerak. Pedagoglik kasbini tanlagan kishi avvalo sog‘lom bo‘lishi, so‘zlarni to‘g‘ri va yaxshi talaffuz qila olishi, bosiq va asablari joyida bo‘lishi, boshqalar bilan muomalada o‘zini tuta olishi zarur. Shuningdeq o‘qituvchida bolalarni yoqtirish, ular bilan ishlashga mayli borliq xushmuomalaliq kuzatuvchanliq keng fikrlay olish, tashkilotchiliq o‘ziga va boshqalarga nisbatan talabchanlik kabi shaxsiy sifatlar mavjud bo‘lishi zarurdir. Pedagogik faoliyat – yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq, davlat oldida javob beradigan, bolalarga ta’lim- tarbiya beri shishi Bilan shug‘ullanadigan va bu ishga maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat faoliyatidir. «Tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat Bilan shug‘ullanish huquqiga ega», - deyiladi «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunda. O‘qituvchilik faoliyati inson shaxsini shakllantirishga qaratilgandir. O‘qituvchining barkamol insonni tarbiyalash, unda milliy va umuminsoniy fazilatlarni tarkib toptirish vazifasi eng olijanob, yuksak va shu bilan birga eng murakkab vazifadir. Har bir bola o‘z xulq- atvoriga, xarakteriga ega. Bolalarni tarbiyalashda ularning anna shu o‘ziga xos xususiyatlarini xisobga olish, o‘rganish nihoyatda murakkab. Bunda odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning murakkabligiga mos keladigan maxsus usullardan foydalaniladi. Pedagogik faoliyatga tayyorgarlik ko‘rayotgan yoshlar uning anna shunday xususiyatlarini bilishlari lozim. O‘qituvchilik ixtisosining bu xususiyatlari uning kasbnomasida ifodalanadi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ko‘tarilgan barcha tadbiru - amallar respublikamizning aqliy salohiyatini oshirishga qaratilgan ekan. Bu eng avvalo o‘qituvchi kasbiga bo‘lgan munosabatni tub jihatdan o‘zgartirishni, uning ma’naviy - axloqiy va aqliy kamolotini oshirish lozimligini taqozo etadi. Demaq bu fikrlarni ilmiy – nazariy tahlil qilish, shunday xulosalarga olib keladi: Birinchidan - o‘qituvchi pedagogik faoliyatga qobiliyati bor, ijodkor, ishbilarmon, bolajon bo‘lmog‘i Ikkinchidan – milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yaxshi anglaydigan va mukammal egallagan, diniy va dunyoviy bilimlardan ogoh, ma’naviy – axloqiy barkamol inson sifatida obro‘ - e’tiborga ega bo‘lmog‘i; Uchinchidan – imon –ye’tiqodi butun, har qanday oqimlarga va ko‘rinishlarga o‘zining qat’iy munosabatini bildira oladigan, eng muhimi O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida maydonga chiqishiga ishonadigan va boshqalarni ham ishontira oladigan bo‘lishi; To‘rtinchidan - o‘qituvchi vatanparvarlik g‘oyasi bilan sug‘orilgan bo‘lmog‘i va o‘z tarbiyalanuvchilarini ham ana shu yo‘lda fidokorlikka undamog‘i;

Beshinchidan – pedagoglik kasbiga doir bilimlarni ya’ni psixologiq pedagogik malaka va mahoratni, ilmiy-nazariy va amaliy bilimlarni puxta egallagan bo‘lishi; Oltinchidan – bolalarni sevish, ular ruhiyatini yaxshi bilishi, shuningdeq ularning yoshi va individual xususiyatini hisobga olgan holda ular bilan muomalaga kirisha olishi; Yettinchidan - o‘qituvchi erkin va ijodiy fikrlay olishi, talabchan, adolatli bo‘lmog‘i; Sakkizinchidan - o‘qituvchi odobli, iboli va hayo sohibi bo‘lish bilan birga, o‘z tarbiyalanuvchilarini ham ana shunday sifatlar bilan qurollantirishga harakat qilmog‘i; To‘qqizinchidan - o‘qituvchi o‘z so‘ziga va qilayotgan ishiga bolalarni ishontira oladigan, obro‘ - e’tiborli shaxs bo‘lmog‘i; O‘ninchidan - o‘qituvchi o‘tkir suxandon, mantiqiy fikrlovchi, o‘quvchilarga berilishi lozim bo‘lgan ma’lumotni izchil va ketma – ketlik printsipi asosida yetkazishi; O‘n birinchidan - o‘qituvchi madaniyatli, estetik didli bo‘lishi bilan o‘zining tarbiyalanuvchilari uchun ibrat bo‘lib qolmog‘i kerak. Agar o‘qituvchi ana shunday sifatlarni o‘zida mujassam qila olsa kadrlar tayyorlash milliy modelida qayd etilgan o‘qituvchi tamoyiliga qo‘yilgan talablarga to‘liq javob bera oladi deyish mumkin. O‘qituvchilik kasbini egallash uchun, albatta, tabiiy qobiliyatlar bilan birga, jismoniy ham ruhiy xislatlar ham shakllangan bo‘lmog‘i darkor. Aks holda o‘qituvchilik kasbini tanlagan bunday shaxslardan na jamiyatga, na o‘zgalarga hyech qanday manfaat bo‘lmasligi turgan gap. Pedagogik faoliyatning mazmuni asosan yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq oldida, davlat oldida javob beradigan, bolalarga tarbiya berish uchun, layoqatli, talab doirasida barcha aqliy va axloqiy salohiyatga ega bo‘lgan maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan shaxslarning alohida faoliyatiga aytiladi. Aniqroq qilib aytganda o‘qituvchilarning mehnat faoliyati komil insonni tarbiyalashga qaratilgan murakkab, ziddiyatli va uzoq davom etadigan jarayondir. O‘qituvchilik kasbini egallagan har bir inson avvalo o‘qituvchi shaxsiga xos xususiyatlarni o‘zida mujassam etishi; shuningdeq o‘qituvchining ruhiy – pedagogik tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablarni atroflicha o‘zlashtirgan bo‘lishi; tanlangan ixtisos yuzasidan kerakli doirada pedagogik mahorat, texnika, takt, ziyrakliq kuzatuvchanliq bilimlarni bolalarga yetkaza olish qobiliyatiga ega bo‘lmog‘i juda muhim. Inson faoliyatining boshqa turlari kabi pedagogik faoliyat ham o‘z xususiyatlari bilan bir- biridan ajralib turuvchi: maqsad, obyekt va subyekt va vositalardan tashqil topadi. Eng avvalo, pedagogik maqsadning o‘ziga xosligini tushunishiga harakat qilamiz. Ular quyidagilardan iborat: 1. Pedagogik faoliyatning maqsadi jamiyat tomonidan belgilanadi, ya’ni pedagog faoliyatning natijasi jamiyat manfaatlari bilan bog‘liqdir. Uning mehnati yoshlar shaxsini har tomonlama kamol toptirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. 2. Pedagog faoliyati doimo shaxs faoliyatini boshqarish bilan bog‘liq. Bunda pedagogik maqsad o‘quvchi maqsadiga aylanishi muhimdir. 3. Pedagogik (ta’lim, tarbiya) jarayonida o‘quvchi faoliyatini boshqarish shuning uchun ham murakkabki-pedagog maqsadi doimo o‘quvchi kelajagi tomon yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bu maqsadni o‘quvchidan ko‘ra pedagog yaqqolroq tasavvur qiladi. Shunday qilib, pedagogik faoliyat maqsadining o‘ziga xosligi o‘qituvchidan quyidagilarni talab qiladi: jamiyatning ijtimoiy vazifalarini (masalan, muxandis-pedagoglar tayyorlashni) to‘la anglab, o‘z shaxsiga qabo‘l qilishi. Jamiyat maqsadlarining "o‘sib", uning pedagogik nuqtai nazariga aylanishi; muayyan harakat va vazifalarga ijodiy yondoshishi; o‘quvchilar qiziqishlarini e’tiborga olish, ularni pedagogik faoliyatning belgilangan maqsadlariga aylantirish. O‘quvchilar bilan kasbga yo‘naltirish ishlarini olib borishda bunga e’tibor berish zarur. Endi pedagogik faoliyat obyektining o‘ziga xosligini ko‘rib chiqamiz. Bu faoliyatining obyekti insondir. Pedagog- tadqiqotchilarning fikricha, pedagogik obyektining o‘ziga xosligi quyidagilardan iborat:

1. Inson-tabiatning jonsiz moddasi emas, balki o‘zining individual sifatlari, ro‘y berayotgan voqyealarning idrok qilishi va ularga o‘zicha baho beradigan, takrorlanmaydigan faol mavjudotdir. Psixologiyada ta’kidlanganideq har bir shaxs-takrorlanmasdir". U pedagogik jarayonning o‘z maqsadi, ishtiyoqi va shaxsiy xulqqa ega bo‘lgan ishtirokchisi hamdir. Shunday qilib, pedagogik faoliyatning obyekti bir paytning o‘zida bu faoliyatning subyekti bo‘lib hisoblanadi. 2. Pedagog doimo o‘zgarib, o‘sib boradigan inson bilan ishlaydi. Ularga yondoshishda bir xil qolip, shakllanib qolgan hatti-harakatlardan foydalanish mumkin emas. Bu esa pedagogdan doimo ijodiy izlanib turishni talab qiladi. 3. O‘quvchilarga pedagogdan tashqari atrof-muhit, ota-ona, boshqa fan o‘qituvchilari, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy hayot ham, ba’zan sezilmaydigan, ba’zan esa har tomonlama bir necha yo‘nalishda ta’sir etadi. Shuning uchun ham pedagog mehnati bir vaqtning o‘zida jamiki ta’sirlarga va o‘quvchining o‘zida paydo bo‘lgan fikrlarga tuzatishlar kiritib borishni nazarda to‘tadi. Masalan, diniy ektsremizm va boshqa oqimlarga kirib ketgan yoshlarning adashganligini tushuntirish, ommaviy axborot vositalari orqali berilayotgan axborotlarni to‘g‘ri anglashga undash va h. k. Tarbiya jarayoni o‘z-o‘zini tarbiyalash bilan uyg‘unlashgan holda olib borilishi zarur. Pedagogik mahorat – izlanish, ijodiy mehnat mahsuli. Pedagogik mahorat hamma o‘qituvchilar uchun bir qolipdagi ish uslubi emas, balki u har bir o‘qituvchining o‘z ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida yuzaga keladigan jarayondir. Mahoratli pedagog deganda - ravon va ta’sirchan nutqqa ega bo‘lgan, o‘tilayotgan mavzuga o‘quvchi diqqatini torta oladigan, qobiliyatli, mavzuga mos ko‘rgazmalar ijod qilib, undan unumli foydalana oladigan, har qanday sharoitda ham o‘quvchi qalbiga yo‘l topa oladigan, har bir darsi jarayonida bolaning qiziqishi va faoliyatini oshirisha oladigan kishini tushunamiz. Pedagogik mahorat bir qator komponentlardan tarkib topadi. U pedagogika va psixologiya bo‘yicha ilmiy bilimlarni, ya’ni kasbiy bilimlar, kasbiy qobiliyat, pedagogik etika va pedagogik texnikani o‘z ichiga oladi. Pedagogik mahoratning asosiy negizi bu – kasbga oid bilimlarni puxta o‘zlashtirishdan iboratdir. «Ta’lim to‘g‘risida»gi va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» o‘qituvchilar oldiga juda katta va mas’uliyatli vazifalar yukladi. Bu esa o‘qituvchilardan o‘z ustlarida muntazam tinmay ishlashlari va yosh avlodni o‘z Vataniga, xalqiga munosib insonlar qilib tarbiyalashni talab etadi. O‘qituvchilik kasbi ulug‘ va sharafli, murakkab, o‘z o‘rnida mas’uliyatli kasblardan biridir. Dunyodagi barcha insonlarni komil bo‘lib yetilishiga o‘qituvchi sababchi bo‘ladi. Barcha joylardagi hamma kasb-hunar, ilmli, olimu-fuzalolar o‘qituvchining mehnati samarasidir. O‘qituvchi mehnatini biror narsa bilan taqqoslab bo‘lmaydi. O‘qituvchilik kasbini egallashga intilayotgan har bir inson o‘zida avvalo iroda, sabr-matonat, pedagogik mahoratni, o‘qituvchilik ixtisosligiga xos bilim, malaka, ko‘nikmalarni egallashi lozimdir. Mahoratli o‘qituvchi o‘zini mahorat egasi sanasa u quyidagi bilim, ko‘nikma, malakalarni egallagan bo‘lishi zarurdir. 1.O‘qituvchi dunyoqarashi keng, hamma voqyea, hodisa ustida erkin fikr yurita olishi zarurdir. 2. Mustaqil O‘zbekistonimiz o‘qituvchisi birinchi galda o‘zi o‘qitadigan fanni chuqur egallagan bo‘lgandagina o‘quvchilarda umumiy va kasbiy ta’lim sifatini oshira oladi va ularda fan - texnika hamda amaliy faoliyatga qiziqish va istak hosil qila oladi. 3.O‘qituvchi hozirgi zamon fan-texnika talabiga muvofiq yaxshi dars berishi va uning har minutidan unumli foydalanishi zarur. 4.O‘qituvchi yaxshi o‘qituvchi bo‘lishi uchun pedagogika, psixologiyaga qo‘shib, o‘z fanining metodikasini yaxshi bilmog‘i lozim.

5.O‘qituvchining umumiy madaniyati yuqori bo‘lishi bilan birga bu kasb adabiyot va san’at sohasidagi bilimlarga ega bo‘lishni talab qiladi. 6.O‘qituvchi pedagoglik odobiga rioya qilishi kerak. Pedagoglik odobi o‘qituvchilik kasbiga xos fazilatlardan bo‘lib, u o‘qituvchining bolalar bilan ishlashi jarayonida uning tajribasi mahorati oshadi. 7. O‘qituvchi pedagoglik mahoratiga va har tomonlama bilimga ega bo‘lishi keraq chunki unga o‘quvchilar har sohada murojaat qilishlari mumkin. Va nihoyat o‘qituvchida o‘qituvchiga xos bo‘lgan qobiliyatlar mujassam etgan bo‘lishi lozim. Yosh avlod tarbiyalash murakkab va olijanob vazifa bo‘lishi bilan birga ayni zamonda u g‘oyat darajada murakkab, mas’uliyatli ishdir. Bu vazifani muvaffaqiyat bilan bajarish uchun eng avvalo o‘qituvchi o‘z ishining shaydosi bo‘lishi, bolalarni sevishi, mas’uliyatlarini, burchlarini, hulqlarini anglab yetishlari lozim. Xulosa qilib, aytganda mustaqil O‘zbekistonimizda o‘zining pedagogik faoliyatini olib borayotgan har bir o‘qituvchi o‘z ustida tinmay ishlashi, doimiy izlanishda bo‘lishi, o‘zidan oldingi pedagoglarning ilg‘or tajribalari bilan doimiy tanishib borishi va shu yo‘llar bilan o‘z mahoratining tizimlarini kengaytirishi lozimdir. Qobiliyat, faoliyat jarayonida paydo bo‘ladiva rivojlanadi. Pedagogik faoliyatning samarali bo‘lishi uchun o‘qituvchida qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bo‘lmog‘i va tarbiyalab yetishtirilmog‘i lozim: 1. Bilish qobiliyati - fanning tegishli sohalariga oid (matematika, fizika, biologiya, adabiyot va hokazolarga doir) qobiliyatdir. Bunday qobiliyatga ega bo‘lgan o‘qituvchi fanni o‘quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurroq biladi,o‘ z fani sohasidagi kashfiyotlarni hamisha kuzatib boradi, materialni ipidan ignasigacha biladi, unga nihoyatda qiziqadi, oddiy tadqiqot ishlarini ham bajaradi. 2. Tushuntira olish qobiliyati - o‘quv materialini o‘quvchilarga tushunarli qilib bayon eta olish, o‘quvchilarda mustaqil ravishda faol fikrlashga qiziqish uyg‘otish qobiliyatidir. O‘qituvchi zarur hollarda o‘quv materialini o‘zgartira olishi,qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, noaniq narsani tushunarli qilib o‘quvchilarga yetkaza olishi darkor. 3. Kuzatuvchanlik qobiliyati - o‘quvchining. tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira olish qobiliyati, o‘quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna bilish bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik kuzatuvchanlikdir. Bunday o‘qituvchi o‘quvchining ruhiyatidagi ko‘z ilg‘amas o‘zgarishlarni ham tez fahmlab oladi. O‘quvchilar bunday o‘qituvchi haqida: "Qaramayotganga o‘xshaydi - yu, hamma narsani ko‘rib turadi!", "O‘quvchining xafa bo‘lganligini yoki dars tayyorlamayotganligini ko‘zidan biladi!", - deydilar. 4. Nutq qobiliyati – nutq yordamida, shuningdeq imo - ishora vositasida o‘z fikr - tuyg‘ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyati. Bu o‘qituvchilik kasbi uchun juda muhimdir. O‘qituvchining nutqi darsda hamisha o‘quvchilarga qaratilgan bo‘ladi. O‘qituvchi yangi saboqni tushuntirayotgan, o‘quvchining javobini tahlil qilayotgan yoki tanqid qilayotgan bo‘lsa ham, uning nutqi hamisha o‘zining ichki kuchi, ishonchi, o‘zi gapirayotgan narsaga qiziqqanligi bilan ajralib turadi. Fikrning ifodasi o‘quvchilar uchun aniq, sodda, tushunarli bo‘ladi. O‘qituvchining nutqi aniq, jonli, obrazli, talaffuzi jihatdan yorqin, ifodali,his - hayajonli bo‘lib, unda stilistik grammatiq fonetik nuqsonlar uchrasmaligi lozim. Bir xildagi cho‘ziq , zeriktiradigan nutq o‘quvchilarni juda tez charchatadi, ularni loqayd qilib qo‘yadi. Ayrim o‘quvchilar tez gapirishga, boshqalarini sekin gapirishga moyil bo‘ladilar. 5. Tashkilotchilik qobiliyati - birinchidan, o‘quvchilar jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, muhim vazifalarni hal etishga ruhlantirishni, ikkinchidan, o‘z ishini to‘g‘ri uyushtirishni nazarda tutadi. 6. Obro‘ orttira olish qobiliyati - o‘quvchilarga bevosita emotsional - irodaviy ta’sir ko‘rsatish va shu asosda obro‘ qozona olishdir. Obro‘ faqat shu asosdagina emas, balki o‘qituvchining fanni yaxshi bilishi, mehribonligi, nazokatligi va hokazolar asosida ham qozoniladi. Bu qobiliyat o‘qituvchi shaxsiy sifatlarining butun bir yig‘indisiga, chunonchi,